Sura 8

Anfol

E

G'animat

75 oyat |MadinaMadina |
Sura 8 • Oyat 1 / 75 • Juz 97⁄8 • Sahifa 177
Anfol
ﻉ146Juz 9 7⁄8 • Sahifa 177146ﻉ
2
1
۞ يَسْـَٔلُونَكَ عَنِ ٱلْأَنفَالِ ​ۖ قُلِ ٱلْأَنفَالُ لِلَّهِ وَٱلرَّسُولِ ​ۖ فَٱتَّقُواْ ٱللَّهَ وَأَصْلِحُواْ ذَاتَ بَيْنِكُمْ ​ۖ وَأَطِيعُواْ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥٓ إِن كُنتُم مُّؤْمِنِينَ‮١‬‬‬
Sodiq
Sendan o`ljalar haqida so`rarlar. Sen: «O`ljalar Alloh va Payg`ambarnikidir. Bas, Allohga taqvo qilinglar va o`z oralaringizni isloh etinglar. Agar mo`min bo`lsangiz, Allohga va Uning Payg`ambariga itoat qilinglar», deb ayt.
2
إِنَّمَا ٱلْمُؤْمِنُونَ ٱلَّذِينَ إِذَا ذُكِرَ ٱللَّهُ وَجِلَتْ قُلُوبُهُمْ وَإِذَا تُلِيَتْ عَلَيْهِمْ ءَايَٰتُهُۥ زَادَتْهُمْ إِيمَٰنًا وَعَلَىٰ رَبِّهِمْ يَتَوَكَّلُونَ‮٢‬‬‬
Sodiq
Albatta, Alloh zikr qilinsa, qalblari titraguvchi, oyatlari tilovat etilsa, iymonlarini ziyoda qilguvchi va Robbilariga tavakkul qilguvchilargina mo`minlardir.
3
ٱلَّذِينَ يُقِيمُونَ ٱلصَّلَوٰةَ وَمِمَّا رَزَقْنَٰهُمْ يُنفِقُونَ‮٣‬‬‬
Sodiq
Ular namozni to`kis ado etadiganlar va Biz rizq qilib bergan narsalardan infoq qiladiganlardir.
4
أُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْمُؤْمِنُونَ حَقًّا ​ۚ لَّهُمْ دَرَجَٰتٌ عِندَ رَبِّهِمْ وَمَغْفِرَةٌ وَرِزْقٌ كَرِيمٌ‮٤‬‬‬
Sodiq
Ana o`shalar haqiqiy mo`minlardir. Ularga Robbilari huzurida darajalar, mag`firat va karamli rizq bor.
5
كَمَآ أَخْرَجَكَ رَبُّكَ مِن​ۢ بَيْتِكَ بِٱلْحَقِّ وَإِنَّ فَرِيقًا مِّنَ ٱلْمُؤْمِنِينَ لَكَٰرِهُونَ‮٥‬‬‬
Sodiq
Albatta, bu holat, mo`minlardan bir guruhi yoqtirmagan bo`lsalar ham, Robbing seni haq ila uyingdan chiqarganga o`xshaydi.[1]

[1] Ya'ni, uyingdan Badrga urush qilish uchun chiqarganga o`xshaydi. Ushbu ikki ish — o`ljani bo`lish va g`azotga chiqishning bir-biriga o`xshashliklari bor. O`lja taqsimoti bir guruh mo`minlarga yoqmaganidek, urushga chiqish ham ba'zi bir mo`minlarga yoqmagan edi.)
6
يُجَٰدِلُونَكَ فِى ٱلْحَقِّ بَعْدَ مَا تَبَيَّنَ كَأَنَّمَا يُسَاقُونَ إِلَى ٱلْمَوْتِ وَهُمْ يَنظُرُونَ‮٦‬‬‬
Sodiq
Xuddi o`zlari ko`rib turgan hollarida o`limga haydalayotgandek, haq ayon bo`lgandan keyin ham sen bilan bahslashadilar.[1]

[1] Haq ayon bo`lgandan keyin ham, ya'ni urush bo`lishi ayon bo`lib qolgandan keyin ham. Chunki Abu Sufyon karvonni boshqa tomonga burib, sohil bo`ylab o`tib ketganining va qurayshliklar askar tortib kelayotganining aniq xabari yetgan edi. Shunday bo`lsa ham, ba'zilar biz karvonni qasd qilib chiqqan edik, urushga tayyor emasmiz, deb sen bilan bahs qildilar. Agar urushga borsak, albatta, o`lamiz, deb o`yladilar.)
7
وَإِذْ يَعِدُكُمُ ٱللَّهُ إِحْدَى ٱلطَّآئِفَتَيْنِ أَنَّهَا لَكُمْ وَتَوَدُّونَ أَنَّ غَيْرَ ذَاتِ ٱلشَّوْكَةِ تَكُونُ لَكُمْ وَيُرِيدُ ٱللَّهُ أَن يُحِقَّ ٱلْحَقَّ بِكَلِمَٰتِهِۦ وَيَقْطَعَ دَابِرَ ٱلْكَٰفِرِينَ‮٧‬‬‬
Sodiq
O`shanda Alloh sizga ikki toifadan biri albatta sizniki bo`lishini va'da qilgan edi. Sizlar shavkati yo`g`i sizlarniki bo`lishini suyar edingiz. Alloh esa, O`z kalimalari ila haqni haq qilishni va kofirlarning dumini qirqishni iroda qilgan edi.[1]

[1] Ya'ni, Badr tomon yurgan vaqtingizda, ikki toifadan biri — yoki Abu Sufyonning karvoni yoki Quraysh lashkarlari sizniki bo`lishini Alloh va'da qilgan edi.)
8
لِيُحِقَّ ٱلْحَقَّ وَيُبْطِلَ ٱلْبَٰطِلَ وَلَوْ كَرِهَ ٱلْمُجْرِمُونَ‮٨‬‬‬
Sodiq
Jinoyatchilar yoqtirmasalar ham, haqni haq, botilni botil qilish uchun shunday bo`lishini iroda qilgan edi.
9
إِذْ تَسْتَغِيثُونَ رَبَّكُمْ فَٱسْتَجَابَ لَكُمْ أَنِّى مُمِدُّكُم بِأَلْفٍ مِّنَ ٱلْمَلَٰٓئِكَةِ مُرْدِفِينَ‮٩‬‬‬
Sodiq
O`shanda Robbingizdan madad so`raganingizda, sizni (so`rovingizni) ijobat qilib: «Albatta, Men sizlarga ketma-ket keladigan mingta farishta ila madad beruvchiman», – dedi.[1]

[1] Alloh taolo mo`min bandalariga madad uchun farishtalarni yuborganligi haqida mavzularda eng ishonchli manba Qur'oni Karim va hadisi sharif bo`ladi. Ikrima va Ibn Abbos roziyallohu anhumlardan rivoyat qilingan hadisda quyidagilar aytiladi «Payg`ambar alayhissalotu vassalom Badr kuni Mana bu Jibroil otining boshidan tutib ustida urush anjomlari bilan kelmoqda, dedilar.)
10
وَمَا جَعَلَهُ ٱللَّهُ إِلَّا بُشْرَىٰ وَلِتَطْمَئِنَّ بِهِۦ قُلُوبُكُمْ ​ۚ وَمَا ٱلنَّصْرُ إِلَّا مِنْ عِندِ ٱللَّهِ ​ۚ إِنَّ ٱللَّهَ عَزِيزٌ حَكِيمٌ‮١٠‬‬‬
Sodiq
Alloh u(madad)ni bashorat va qalblaringiz u bilan xotirjam bo`lishi uchungina qildi. o`alaba esa, faqat Allohning huzuridadir. Albatta, Alloh g`olib va hikmatli Zotdir.
11
إِذْ يُغَشِّيكُمُ ٱلنُّعَاسَ أَمَنَةً مِّنْهُ وَيُنَزِّلُ عَلَيْكُم مِّنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءً لِّيُطَهِّرَكُم بِهِۦ وَيُذْهِبَ عَنكُمْ رِجْزَ ٱلشَّيْطَٰنِ وَلِيَرْبِطَ عَلَىٰ قُلُوبِكُمْ وَيُثَبِّتَ بِهِ ٱلْأَقْدَامَ‮١١‬‬‬
Sodiq
O`shanda U sizni O`zidan omonlik qilib, mudroq ila o`ragan edi va sizni poklash, sizdan shaytonning vasvasasini ketkazish hamda qalblaringizni bog`lash va qadamlaringizni sobit qilish uchun ustingizga osmondan suv tushirgan edi.[1]

[1] Musulmonlarga ajoyib bir ruhiy holat paydo bo`ldi o`shanda. Hozirgina qo`rqib, xavsirab turgan odamlar bir mudroqdan keyin qalblari to`la sokinlik, o`zlari xotirjam, dushmandan zarracha qo`rqmaydigan holga keldilar. Mudroq bosish holati Payg`ambarimiz alayhissalotu vassalomda qanday kechgani Imomi Buxoriyning «Sahih»larida bunday rivoyat qilingan «Badr urushi kuni Rasululloh alayhissalotu vassalom Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu bilan kapada duo qilib turganlarida Rasululloh alayhissalotu vassalomni mudroq bosdi. U kishi kulib uyg`ondilar. «Suyunaver, ey Abu Bakr, Jabroil otda ikki tomonidan chang chiqarib kelmoqda», dedilar. So`ngra kapadan «Tezda bu jamoat yengiladi va orqaga qarab qochurlar», degan oyatni o`qib chiqdilar». Suvsizlikdan, shaytonning vasvasasidan yetgan zaiflikni ketkazish, sobitqadam qilish uchun Alloh taolo yomg`ir yog`dirdi.)
12
إِذْ يُوحِى رَبُّكَ إِلَى ٱلْمَلَٰٓئِكَةِ أَنِّى مَعَكُمْ فَثَبِّتُواْ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ ​ۚ سَأُلْقِى فِى قُلُوبِ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ ٱلرُّعْبَ فَٱضْرِبُواْ فَوْقَ ٱلْأَعْنَاقِ وَٱضْرِبُواْ مِنْهُمْ كُلَّ بَنَانٍ‮١٢‬‬‬
Sodiq
O`shanda Robbingiz farishtalarga: «Men, albatta, siz bilanman, bas, siz iymon keltirganlarni sobit qiling, tezda kufr keltirganlarning qalblariga qo`rqinch solaman. Bas, bo`yinlar ustidan zarba beringlar va hamma barmoqlariga zarba beringlar», deb vahiy qilgan edi.
13
ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمْ شَآقُّواْ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥ ​ۚ وَمَن يُشَاقِقِ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥ فَإِنَّ ٱللَّهَ شَدِيدُ ٱلْعِقَابِ‮١٣‬‬‬
Sodiq
Bu ularning Allohga va Uning Rasuliga qarshi turganlari uchundir. Kim Allohga va Uning Rasuliga qarshi tursa, bas, albatta, Allohning iqobi shiddatlidir.
14
ذَٰلِكُمْ فَذُوقُوهُ وَأَنَّ لِلْكَٰفِرِينَ عَذَابَ ٱلنَّارِ‮١٤‬‬‬
Sodiq
Mana shu sizniki, tortaveringlar! Albatta, kofirlarga do`zax azobi bordir.
15
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ إِذَا لَقِيتُمُ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ زَحْفًا فَلَا تُوَلُّوهُمُ ٱلْأَدْبَارَ‮١٥‬‬‬
Sodiq
Ey, iymon keltirganlar, kufr keltirganlarga yaqinlashib, yuzma-yuz kelganingizda ularga orqa o`girmangiz.
16
وَمَن يُوَلِّهِمْ يَوْمَئِذٍ دُبُرَهُۥٓ إِلَّا مُتَحَرِّفًا لِّقِتَالٍ أَوْ مُتَحَيِّزًا إِلَىٰ فِئَةٍ فَقَدْ بَآءَ بِغَضَبٍ مِّنَ ٱللَّهِ وَمَأْوَىٰهُ جَهَنَّمُ ​ۖ وَبِئْسَ ٱلْمَصِيرُ‮١٦‬‬‬
Sodiq
Kimki o`sha kunda jang hunari ko`rsatib yoki boshqa guruhga qo`shilmoqchi bo`lgan holatdan tashqari, ularga orqa o`girib qochsa, bas, batahqiq, Allohdan bo`lgan g`azab ila qaytibdi. Uning joyi jahannamdir. U qanday ham yomon joy.
17
فَلَمْ تَقْتُلُوهُمْ وَلَٰكِنَّ ٱللَّهَ قَتَلَهُمْ ​ۚ وَمَا رَمَيْتَ إِذْ رَمَيْتَ وَلَٰكِنَّ ٱللَّهَ رَمَىٰ ​ۚ وَلِيُبْلِىَ ٱلْمُؤْمِنِينَ مِنْهُ بَلَآءً حَسَنًا ​ۚ إِنَّ ٱللَّهَ سَمِيعٌ عَلِيمٌ‮١٧‬‬‬
Sodiq
Ularni siz o`ldirmadingiz, balki Alloh o`ldirdi. Otgan paytingda, sen otmading, balki Alloh otdi. Va mo`minlarni go`zal sinov ila sinash uchun (shunday qildi). Albatta, Alloh eshitguvchi va bilguvchi Zotdir.[1]

[1] Badr urushida Payg`ambarimiz alayhissalotu vassalom siqimlariga tuproq olib, mushriklar tomonga «Shahatil vujuh» Yuzlar qaro bo`lsin!) deb otganlari rivoyatlarda sobit. Hazrati Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhumo bu haqda shunday rivoyat qiladilar «Badr kuni Rasululloh alayhissalotu vassalom qo`llarini ko`tarib «Ey bor Xudoyo, agar ushbu jamoa halok bo`lsa, Yer yuzida senga ibodat qiladigan odam qolmaydi...», deb duo qildilar. Jabroil kelib u kishiga «Bir siqim tuproq olib, ularning yuziga qarab ot!» dedi. Bir siqim tuproq olib, ularga otdilar. Ko`ziga va og`zi-burniga tuproq kirmagan birorta ham mushrik qolmadi. Shundan keyin ortlariga qarab qocha boshladilar».)
18
ذَٰلِكُمْ وَأَنَّ ٱللَّهَ مُوهِنُ كَيْدِ ٱلْكَٰفِرِينَ‮١٨‬‬‬
Sodiq
Ana o`shalarning (sizga bo`lishi) Alloh, albatta, kofirlarning hiylasini zaif qilguvchi bo`lganidandir.
19
إِن تَسْتَفْتِحُواْ فَقَدْ جَآءَكُمُ ٱلْفَتْحُ ​ۖ وَإِن تَنتَهُواْ فَهُوَ خَيْرٌ لَّكُمْ ​ۖ وَإِن تَعُودُواْ نَعُدْ وَلَن تُغْنِىَ عَنكُمْ فِئَتُكُمْ شَيْـًٔا وَلَوْ كَثُرَتْ وَأَنَّ ٱللَّهَ مَعَ ٱلْمُؤْمِنِينَ‮١٩‬‬‬
Sodiq
Agar orani ochishni so`ragan bo`lsangiz, bas, batahqiq sizga orani ochish keldi. Agar to`xtasangiz, bu o`zingiz uchun yaxshidir. Agar siz qaytsangiz, Biz ham qaytamiz. Sizning guruhingiz qancha ko`p bo`lsa ham, sizga hech bir hojatingizni chiqara olmas. Albatta, Alloh mo`minlar bilan birgadir.
20
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ أَطِيعُواْ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥ وَلَا تَوَلَّوْاْ عَنْهُ وَأَنتُمْ تَسْمَعُونَ‮٢٠‬‬‬
Sodiq
Ey, iymon keltirganlar, Allohga va Uning Rasuliga itoat qilingiz va eshitib turib, Undan yuz o`girib ketmangiz.
21
وَلَا تَكُونُواْ كَٱلَّذِينَ قَالُواْ سَمِعْنَا وَهُمْ لَا يَسْمَعُونَ‮٢١‬‬‬
Sodiq
Va o`zlari eshitmasalar ham, «eshitdik» deganlar kabi bo`lmangiz.
22
۞إِنَّ شَرَّ ٱلدَّوَآبِّ عِندَ ٱللَّهِ ٱلصُّمُّ ٱلْبُكْمُ ٱلَّذِينَ لَا يَعْقِلُونَ‮٢٢‬‬‬
Sodiq
Allohning huzurida hayvonning eng yomoni, albatta, karu soqov bo`lib, aql ishlatmaydiganlardir.
23
وَلَوْ عَلِمَ ٱللَّهُ فِيهِمْ خَيْرًا لَّأَسْمَعَهُمْ ​ۖ وَلَوْ أَسْمَعَهُمْ لَتَوَلَّواْ وَّهُم مُّعْرِضُونَ‮٢٣‬‬‬
Sodiq
Agar Alloh ularda biror yaxshilikni bilganida, albatta eshittirar edi va agar ularga eshittirsa ham, albatta yuz o`girib, burilib ketar edilar.[1]

[1] Alloh taolo ulardan biror yaxshilik chiqishini bilganida edi, albatta, ularni eshitganidan foyda oladigan qilib qo`ygan bo`lardi. Ammo ularning tabiatlari buzuqligini, eshitsalar ham, yuz o`girib ketishlarini bilgani uchun ham Alloh bunday qilmadi.)
24
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ ٱسْتَجِيبُواْ لِلَّهِ وَلِلرَّسُولِ إِذَا دَعَاكُمْ لِمَا يُحْيِيكُمْ ​ۖ وَٱعْلَمُوٓاْ أَنَّ ٱللَّهَ يَحُولُ بَيْنَ ٱلْمَرْءِ وَقَلْبِهِۦ وَأَنَّهُۥٓ إِلَيْهِ تُحْشَرُونَ‮٢٤‬‬‬
Sodiq
Ey, iymon keltirganlar, sizga hayot beradigan narsaga chaqirganlarida, Alloh va Rasuliga javob bering va bilingki, albatta, Alloh kishi bilan uning qalbini ajratib qo`yadi va, albatta, Uning huzurida to`planursiz.[1]

[1] «Hayot beradigan narsa» — iymon va Islomdir. Qur'oni Karim ta'biri bo`yicha, haqiqiy hayot iymon va Islomdir. Inson bularsiz o`likdir. Alloh inson bilan qalbining orasini ajratgandan keyin u o`zini o`nglay olmay qoladi. Inson o`z qalbiga molik bo`la olmay qolmaydi.)
25
وَٱتَّقُواْ فِتْنَةً لَّا تُصِيبَنَّ ٱلَّذِينَ ظَلَمُواْ مِنكُمْ خَآصَّةً ​ۖ وَٱعْلَمُوٓاْ أَنَّ ٱللَّهَ شَدِيدُ ٱلْعِقَابِ‮٢٥‬‬‬
Sodiq
Va sizlardan faqat zulm qilganlarning o`zigagina yetmaydigan fitnadan saqlaning. Va bilingki, albatta, Allohning iqobi shiddatlidir.
26
وَٱذْكُرُوٓاْ إِذْ أَنتُمْ قَلِيلٌ مُّسْتَضْعَفُونَ فِى ٱلْأَرْضِ تَخَافُونَ أَن يَتَخَطَّفَكُمُ ٱلنَّاسُ فَـَٔاوَىٰكُمْ وَأَيَّدَكُم بِنَصْرِهِۦ وَرَزَقَكُم مِّنَ ٱلطَّيِّبَٰتِ لَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ‮٢٦‬‬‬
Sodiq
Siz yer yuzida oz sonli, zaifhol bo`lib, odamlar sizni tutib olishidan qo`rqib yurgan holingizni eslang. Bas, U zot sizga joy berdi, O`z nusrati ila qo`lladi va sizlarga pok narsalarni rizq qilib berdi. Shoyadki, shukr qilsangiz.[1]

[1] Alloh taolo musulmonlarga juda qiyin paytlarida ham O`zi yordam berganini eslatmoqda. Islomiy da'vatning boshlanishida musulmonlar oz sonli, zaifhol edilar. Makkada qo`rqib bekinib yurardilar.)
27
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ لَا تَخُونُواْ ٱللَّهَ وَٱلرَّسُولَ وَتَخُونُوٓاْ أَمَٰنَٰتِكُمْ وَأَنتُمْ تَعْلَمُونَ‮٢٧‬‬‬
Sodiq
Ey, iymon keltirganlar, bilib turib, Allohga, Payg`ambarga va omonatlaringizga xiyonat qilmang.[1]

[1] Allohga xiyonat — «La ilaha ilalloh», deb iymonga kelgan shaxsning ana o`sha «Allohdan o`zga ibodatga sazovor zot yo`q» shioriga xilof qilishidir. Allohdan o`zganing yo`liga yurish, Alloh farz qilgan amallarni tark etish, qaytarganlaridan qaytmaslik va boshqa gunohlar Allohga xiynat qilish bo`ladi. Payg`ambarga xiyonat qilish esa, «Muhammadun Rasululloh»ga xilof qilishdir. Payg`ambarimiz alayhissalotu vassalomning shariatlariga yurmaslik, sunnatlariga amal qilmaslikdir. Kishilar orasida bo`ladigan muomalalarda omonatlar bor. Muomalalar shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va boshqacha bo`lishi mumkin. Ularning hammasida ham birovga bir nima ishonib topshirilsa, omonat bo`ladi. Uni o`z o`rniga qo`ya olmaslik xiyonat hisoblanadi.)
28
وَٱعْلَمُوٓاْ أَنَّمَآ أَمْوَٰلُكُمْ وَأَوْلَٰدُكُمْ فِتْنَةٌ وَأَنَّ ٱللَّهَ عِندَهُۥٓ أَجْرٌ عَظِيمٌ‮٢٨‬‬‬
Sodiq
Va bilingki, mollaringiz va farzandlaringiz fitnadan o`zga narsa emas va, albatta, Allohning huzurida ulug` ajr bordir.[1]

[1] Molu dunyo va farzandlar omonatga xiyonat qilishga sabab bo`lishi uchun emas, sinov uchun beriladi. Har bir insonda molu dunyoga, farzandga muhabbat bor. Bular ham Allohning ne'matlari.)
29
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ إِن تَتَّقُواْ ٱللَّهَ يَجْعَل لَّكُمْ فُرْقَانًا وَيُكَفِّرْ عَنكُمْ سَيِّـَٔاتِكُمْ وَيَغْفِرْ لَكُمْ ​ۗ وَٱللَّهُ ذُو ٱلْفَضْلِ ٱلْعَظِيمِ‮٢٩‬‬‬
Sodiq
Ey, iymon keltirganlar, agar Allohga taqvo qilsangiz, sizga furqon beradi, sizning gunohlaringizni yuvib, mag`firat qiladi. Alloh ulug` fazl egasidir.
30
وَإِذْ يَمْكُرُ بِكَ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ لِيُثْبِتُوكَ أَوْ يَقْتُلُوكَ أَوْ يُخْرِجُوكَ ​ۚ وَيَمْكُرُونَ وَيَمْكُرُ ٱللَّهُ ​ۖ وَٱللَّهُ خَيْرُ ٱلْمَٰكِرِينَ‮٣٠‬‬‬
Sodiq
Kufr keltirganlar seni ushlash, o`ldirish yoki chiqarib yuborish uchun makr qilganlarini esla. Ular makr qildilar va Alloh ham «makr» qildi. Alloh «makr» qilguvchilarning ustasidir.[1]

[1] Ulamolarimiz Allohga «makkor» sifatini berishdan qaytarganlar. Shuning uchun ham Qur'on yoki hadisda Alloh taologa nisbatan «makr» lafzi ishlatilsa, uni bandalarga nisbatan qo`llanilgani kabi tushunmaslik kerak.)
31
وَإِذَا تُتْلَىٰ عَلَيْهِمْ ءَايَٰتُنَا قَالُواْ قَدْ سَمِعْنَا لَوْ نَشَآءُ لَقُلْنَا مِثْلَ هَٰذَآ ​ۙ إِنْ هَٰذَآ إِلَّآ أَسَٰطِيرُ ٱلْأَوَّلِينَ‮٣١‬‬‬
Sodiq
Ularga oyatlarimiz tilovat qilinsa: «Batahqiq, eshitdik, agar xohlasak, bunga o`xshashni o`zimiz ham aytamiz. Bu avvalgilarning afsonasidan o`zga narsa emas», – deydilar.
32
وَإِذْ قَالُواْ ٱللَّهُمَّ إِن كَانَ هَٰذَا هُوَ ٱلْحَقَّ مِنْ عِندِكَ فَأَمْطِرْ عَلَيْنَا حِجَارَةً مِّنَ ٱلسَّمَآءِ أَوِ ٱئْتِنَا بِعَذَابٍ أَلِيمٍ‮٣٢‬‬‬
Sodiq
«Allohim! agar mana shu sening huzuringdan kelgan haq bo`lsa, ustimizga osmondan tosh yog`dirgin yoki bizga alamli azob yuborgin», deganlarini esla.
33
وَمَا كَانَ ٱللَّهُ لِيُعَذِّبَهُمْ وَأَنتَ فِيهِمْ ​ۚ وَمَا كَانَ ٱللَّهُ مُعَذِّبَهُمْ وَهُمْ يَسْتَغْفِرُونَ‮٣٣‬‬‬
Sodiq
Modomiki, sen ularning ichida ekansan, Alloh ularni azoblamas. Modomiki, ular istig`for aytar ekanlar, Alloh ularni azoblovchimas.
34
وَمَا لَهُمْ أَلَّا يُعَذِّبَهُمُ ٱللَّهُ وَهُمْ يَصُدُّونَ عَنِ ٱلْمَسْجِدِ ٱلْحَرَامِ وَمَا كَانُوٓاْ أَوْلِيَآءَهُۥٓ ​ۚ إِنْ أَوْلِيَآؤُهُۥٓ إِلَّا ٱلْمُتَّقُونَ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَهُمْ لَا يَعْلَمُونَ‮٣٤‬‬‬
Sodiq
Nega endi Alloh ularni azoblamas ekan. Ular Masjidul Haromdan to`smoqdalar. Holbuki, Uning valiylari emaslar. Uning valiylari taqvodorlardan o`zga hech kim emas. Lekin ko`plari bilmaslar.
35
وَمَا كَانَ صَلَاتُهُمْ عِندَ ٱلْبَيْتِ إِلَّا مُكَآءً وَتَصْدِيَةً ​ۚ فَذُوقُواْ ٱلْعَذَابَ بِمَا كُنتُمْ تَكْفُرُونَ‮٣٥‬‬‬
Sodiq
Ularning Bayt oldidagi namozlari hushtak va qarsak chalishdan iborat edi, xolos. Bas, kufr keltirganingiz tufayli azobni tatib ko`ring.[1]

[1] Mushriklar Baytullohning valiy-mutasaddilari bo`lsa, ibodatlari hushtak va chapak chalishdan iborat bo`larmidi? Bu ishda na Baytullohga hurmat-ehtirom bor va na Allohga ibodat. Faqat ovoz chiqarish, to`s-to`polon qilish. Shuning uchun ham oyatning so`ngida ularga xitoban «Bas, kufr keltirganingiz tufayli azobni tatib ko`ring», deyilmoqda.) Ya'ni, Badr urushidagi azobni tatib turing, qolganini qiyomatda olasiz.)
36
إِنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ يُنفِقُونَ أَمْوَٰلَهُمْ لِيَصُدُّواْ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ ​ۚ فَسَيُنفِقُونَهَا ثُمَّ تَكُونُ عَلَيْهِمْ حَسْرَةً ثُمَّ يُغْلَبُونَ ​ۗ وَٱلَّذِينَ كَفَرُوٓاْ إِلَىٰ جَهَنَّمَ يُحْشَرُونَ‮٣٦‬‬‬
Sodiq
Albatta, kufr keltirganlar mollarini Allohning yo`lidan to`sish uchun sarflarlar. Bas, ularni sarflarlar-u, so`ngra, o`zlariga hasrat bo`ladir, keyin mag`lub bo`lurlar. Kufr keltirganlar jahannamga to`planurlar.[1]

[1] Ushbu surai karima tafsiri muqaddimasida keltirilgan Badr urushi haqidagi rivoyatlarda Makka mushriklarining boylari musulmonlarga, Payg`ambar alayhissalotu vassalomga qarshi qanchalik molu mulk sarflaganliklarini ko`rib o`tdik. Kofirlar odamlarini Allohning yo`lidan qaytarish uchun undan keyin ham, hozir ham hisobsiz mablag`larini sarflamoqdalar. Ular o`zlaricha, bu xarajatlarni ezgulik yo`lida, savob uchun sarflayapmiz, deb o`ylaydilar. Ular xohlaganlaricha sarflayversinlar, lekin bir kuni kelib, xuddi shu sarflagan mollari o`zlariga hasrat-nadomat bo`lib qaytadi. Bunga Badr urushiga xarjlangan mollar misol bo`la oladi. Ming-minglab sarf qilsalar ham, maqsadlariga erisha olmay, mag`lub bo`ldilar. Oxiratda esa, jahannamda to`planadilar.)
37
لِيَمِيزَ ٱللَّهُ ٱلْخَبِيثَ مِنَ ٱلطَّيِّبِ وَيَجْعَلَ ٱلْخَبِيثَ بَعْضَهُۥ عَلَىٰ بَعْضٍ فَيَرْكُمَهُۥ جَمِيعًا فَيَجْعَلَهُۥ فِى جَهَنَّمَ ​ۚ أُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْخَٰسِرُونَ‮٣٧‬‬‬
Sodiq
Alloh pokdan nopokni ayirishi uchun va nopokning ba'zisi ustiga ba'zisini taxlab, hammasini jahannamga tashlashi uchun. Ana o`shalar ziyon ko`rguvchilardir.[1]

[1] Alloh taolo kofirlarni u dunyoda jahannamga to`playdi, ularni pok — jannati mo`minlardan ajratib olish uchun, xuddi o`tinni taxlagandek, bir-birlarining ustiga taxlab turib, do`zaxga tashlash uchun to`playdi. Haqiqiy ziyon ko`ruvchilar ana shular bo`ladi.)
38
قُل لِّلَّذِينَ كَفَرُوٓاْ إِن يَنتَهُواْ يُغْفَرْ لَهُم مَّا قَدْ سَلَفَ وَإِن يَعُودُواْ فَقَدْ مَضَتْ سُنَّتُ ٱلْأَوَّلِينَ‮٣٨‬‬‬
Sodiq
Kufr keltirganlarga ayt, agar to`xtasalar, o`tgan narsalar mag`firat qilinur va agar qaytadigan bo`lsalar, bas, batahqiq, avvalgilarning sunnati o`tgan.
39
وَقَٰتِلُوهُمْ حَتَّىٰ لَا تَكُونَ فِتْنَةٌ وَيَكُونَ ٱلدِّينُ كُلُّهُۥ لِلَّهِ ​ۚ فَإِنِ ٱنتَهَوْاْ فَإِنَّ ٱللَّهَ بِمَا يَعْمَلُونَ بَصِيرٌ‮٣٩‬‬‬
Sodiq
Va ular bilan to fitna bo`lmaguncha va dinning hammasi Allohga bo`lguncha urush qiling. Agar to`xtasalar, bas, Alloh, albatta, nima qilayotganlarini ko`rib turguvchi Zotdir.
40
وَإِن تَوَلَّوْاْ فَٱعْلَمُوٓاْ أَنَّ ٱللَّهَ مَوْلَىٰكُمْ ​ۚ نِعْمَ ٱلْمَوْلَىٰ وَنِعْمَ ٱلنَّصِيرُ‮٤٠‬‬‬
Sodiq
Agar yuz o`girsalar, bas, bilginki, albatta, Alloh xojangizdir. U qanday ham yaxshi xoja va qanday ham yaxshi nusrat berguvchi!
41
۞ وَٱعْلَمُوٓاْ أَنَّمَا غَنِمْتُم مِّن شَىْءٍ فَأَنَّ لِلَّهِ خُمُسَهُۥ وَلِلرَّسُولِ وَلِذِى ٱلْقُرْبَىٰ وَٱلْيَتَٰمَىٰ وَٱلْمَسَٰكِينِ وَٱبْنِ ٱلسَّبِيلِ إِن كُنتُمْ ءَامَنتُم بِٱللَّهِ وَمَآ أَنزَلْنَا عَلَىٰ عَبْدِنَا يَوْمَ ٱلْفُرْقَانِ يَوْمَ ٱلْتَقَى ٱلْجَمْعَانِ ​ۗ وَٱللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرٌ‮٤١‬‬‬
Sodiq
Va agar Allohga, furqon kuni — ikki jamoat to`qnashgan kuni bandamizga nozil qilgan narsamizga iymon keltirgan bo`lsangiz, bilingki, o`ljaga olgan narsangizdan beshdan biri Allohga, Rasuliga, yaqinlariga, yetimlarga, miskinlarga va musofirlargadir. Va Alloh har bir narsaga qodirdir.[1]

[1] «Furqon kuni — ikki jamoat to`qnashgan kuni»dan murod Badr urushi kunidir. Chunki ayni o`sha kun Alloh taolo haq bilan botilni farq qilgan, ajratgan kundir. O`sha kun musulmonlar bilan mushriklar to`qnashgan kundir. Oyatda Badr urushi kuni Rasulullohga nozil qilingan oyatlarga iymon keltirishlik Allohga iymon keltirish bilan birga zikr etilmoqda. O`sha kuni nozil qilingan oyati karimalar o`ljani taqsimlashga ham taalluqli edi. Ana o`sha oyatlardagi hukmlarga amal qilsalar, iymonlari borligiga dalolat bo`lishi ta'kidlanmoqda. Jihod paytida qo`lga tushgan o`ljalarning beshdan to`rti mujohidlarga bo`lib beriladi. Qolgan bir qismi esa, ushbu oyatda zikr qilingan toifalarga ajratiladi.)
42
إِذْ أَنتُم بِٱلْعُدْوَةِ ٱلدُّنْيَا وَهُم بِٱلْعُدْوَةِ ٱلْقُصْوَىٰ وَٱلرَّكْبُ أَسْفَلَ مِنكُمْ ​ۚ وَلَوْ تَوَاعَدتُّمْ لَٱخْتَلَفْتُمْ فِى ٱلْمِيعَٰدِ ​ۙ وَلَٰكِن لِّيَقْضِىَ ٱللَّهُ أَمْرًا كَانَ مَفْعُولًا لِّيَهْلِكَ مَنْ هَلَكَ عَن​ۢ بَيِّنَةٍ وَيَحْيَىٰ مَنْ حَىَّ عَن​ۢ بَيِّنَةٍ ​ۗ وَإِنَّ ٱللَّهَ لَسَمِيعٌ عَلِيمٌ‮٤٢‬‬‬
Sodiq
O`shanda sizlar (vodiyning Madinaga) yaqin tarafida, ular uzoq tarafida, otliqlar esa sizdan pastda edi. Agar va'dalashib olganingizda ham, kelishilgan joy va vaqtda xilof qilardingiz. Lekin Alloh qilinishi kerak bo`lgan ishni hal etishi uchun, halok bo`ladigan odam ochiq-oydin hujjat bilan halok bo`lishi uchun, yashashi kerak bo`lgan odam ochiq-oydin hujjat bilan yashashi uchun (to`qnashdingiz). Va, albatta, Alloh eshitguvchi va bilguvchi Zotdir.[1]

[1] Ya'ni, Badr urushi kuni sizlar, ey musulmonlar, vodiyning Madinaga yaqin tarafiga kelib tushdingiz. Mushriklar vodiyning Madinadan uzoq tarafiga kelib tushdilar. Karvondagi otliqlar esa, siz turgan joyning pastrog`idan yurib, sohil bo`ylab o`tib ketdi. Siz bilan mushriklar o`rtasida tepalik bo`lib, bir-biringizni ko`rmas edingiz.)
43
إِذْ يُرِيكَهُمُ ٱللَّهُ فِى مَنَامِكَ قَلِيلًا ​ۖ وَلَوْ أَرَىٰكَهُمْ كَثِيرًا لَّفَشِلْتُمْ وَلَتَنَٰزَعْتُمْ فِى ٱلْأَمْرِ وَلَٰكِنَّ ٱللَّهَ سَلَّمَ ​ۗ إِنَّهُۥ عَلِيمُ​ۢ بِذَاتِ ٱلصُّدُورِ‮٤٣‬‬‬
Sodiq
O`shanda Alloh tushingda ularni senga oz ko`rsatdi. Agar ularni senga ko`p ko`rsatganida, tushkunlikka uchrar edingizlar va bu ishda oralaringizda nizo chiqar edi. Lekin Alloh saqladi. Albatta, U dilingizdagi narsani bilguvchi Zotdir.
44
وَإِذْ يُرِيكُمُوهُمْ إِذِ ٱلْتَقَيْتُمْ فِىٓ أَعْيُنِكُمْ قَلِيلًا وَيُقَلِّلُكُمْ فِىٓ أَعْيُنِهِمْ لِيَقْضِىَ ٱللَّهُ أَمْرًا كَانَ مَفْعُولًا ​ۗ وَإِلَى ٱللَّهِ تُرْجَعُ ٱلْأُمُورُ‮٤٤‬‬‬
Sodiq
O`shanda, to`qnashganingizda, ularni sizning ko`zingizga oz qilib ko`rsatganini, sizni ularning ko`ziga oz qilib ko`rsatganini eslang. Buni Alloh qilinishi kerak bo`lgan ishni hal etish uchun qildi. Va barcha ishlar Allohga qaytarilur.[1]

[1] Payg`ambarimiz alayhissalotu vassalomning ko`rgan tushlari rost chiqdi. Alloh taolo musulmonlarga ko`p sonli mushriklarni oz qilib ko`rsatdi. Alloh taolo mushriklarga oz sonli musulmonlarni yana ham kamaytib ko`rsatdi. Ular biz ko`pmiz, musulmonlar oz ekan, deb g`ururga ketishdi va g`aflatda qolib, mag`lub bo`lishdi.)
45
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ إِذَا لَقِيتُمْ فِئَةً فَٱثْبُتُواْ وَٱذْكُرُواْ ٱللَّهَ كَثِيرًا لَّعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ‮٤٥‬‬‬
Sodiq
Ey, iymon keltirganlar! (Kofir) jamoatga ro`baro` kelganingizda, sabotli bo`ling va Allohni ko`p zikr qiling, shoyadki, najot topsangiz.
46
وَأَطِيعُواْ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥ وَلَا تَنَٰزَعُواْ فَتَفْشَلُواْ وَتَذْهَبَ رِيحُكُمْ ​ۖ وَٱصْبِرُوٓاْ ​ۚ إِنَّ ٱللَّهَ مَعَ ٱلصَّٰبِرِينَ‮٤٦‬‬‬
Sodiq
Allohga va Uning Rasuliga itoat qiling. O`zaro nizo qilmang, u holda tushkunlikka uchraysiz va kuch-quvvatingiz ketadir. Va sabr qiling. Albatta, Alloh sabr qilguvchilar bilandir.[1]

[1] G`alaba omillaridan biri — Allohga va uning Rasuliga itoat qilish bo`lib, u nafaqat urush maydonidagi, balki barcha sohalardagi g`alaba va muvaffaqiyatlarning asosiy garovidir. Ma'lumki, urushda qo`mondolikka itoat katta ahamiyatga ega. Bu oddiy bandalarga itoat haqidagi gap. Endi olamlarning Yaratguvchisi va tadbirini qilguvchisiga, U zotning tanlab olgan oxirgi Payg`ambari Muhammad alayhissalotu vassalomga bo`ladigan itoat qanchalar ulug` ekanini, qanchalik muvaffaqiyatlar garovi ekanini o`zimiz bilib olaverishimiz kerak.)
47
وَلَا تَكُونُواْ كَٱلَّذِينَ خَرَجُواْ مِن دِيَٰرِهِم بَطَرًا وَرِئَآءَ ٱلنَّاسِ وَيَصُدُّونَ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ ​ۚ وَٱللَّهُ بِمَا يَعْمَلُونَ مُحِيطٌ‮٤٧‬‬‬
Sodiq
Va diyorlaridan kibru havo bilan, odamlarga riyo uchun chiqib, Allohning yo`lidan to`sadiganlarga o`xshamang. Alloh nima qilayotganlarini ihota qilguvchidir.[1]

[1] Ushbu oyati karimada kofirlarga, jumladan, Makkadan Badrga qarab otlangan qurayshliklarga ishora qilinmoqda. Ular urushga katta dabdaba bilan borardilar. Kibru havolari dunyoni olardi. Qayerga tushsalar, tuyalar so`yishar, o`yinchi qizlarni o`ynatib, qo`shiq ayttirishar, odamlarni mehmon qilishar edi. Bu dabdabalar riyo uchun, kuch-quvvatlarini boshqalarga ko`rsatish uchun edi.)
48
وَإِذْ زَيَّنَ لَهُمُ ٱلشَّيْطَٰنُ أَعْمَٰلَهُمْ وَقَالَ لَا غَالِبَ لَكُمُ ٱلْيَوْمَ مِنَ ٱلنَّاسِ وَإِنِّى جَارٌ لَّكُمْ ​ۖ فَلَمَّا تَرَآءَتِ ٱلْفِئَتَانِ نَكَصَ عَلَىٰ عَقِبَيْهِ وَقَالَ إِنِّى بَرِىٓءٌ مِّنكُمْ إِنِّىٓ أَرَىٰ مَا لَا تَرَوْنَ إِنِّىٓ أَخَافُ ٱللَّهَ ​ۚ وَٱللَّهُ شَدِيدُ ٱلْعِقَابِ‮٤٨‬‬‬
Sodiq
O`shanda shayton ularga amallarini ziynatlab ko`rsatdi va: «Bu kunda odamlardan sizga g`olib kela oladigan hech kim yo`q. Men sizning homiyingizman», – dedi. Ikki jamoa bir-birini ko`rganida esa, orqasiga qaytdi va: «Albatta, men siz ko`rmayotgan narsani ko`rmoqdaman. Men Allohdan qo`rqaman», – dedi. Alloh iqobi shiddatli Zotdir.[1]

[1] Ya'ni, musulmonlar bir tomondan, mushriklar boshqa bir tomondan jang maydoniga qarab yurib, bir-birlariga yaqin kelganda esa, shayton orqasiga qarab qochdi. Mushriklarni vasvasa qilish, ularning ishini ziynatlab ko`rsatish to`xtadi. Demak, shayton mushriklar mag`lubiyatga uchrashlari shubhasiz ekanligini ko`rgan, shuning uchun qochgan.)
49
إِذْ يَقُولُ ٱلْمُنَٰفِقُونَ وَٱلَّذِينَ فِى قُلُوبِهِم مَّرَضٌ غَرَّ هَٰٓؤُلَآءِ دِينُهُمْ ​ۗ وَمَن يَتَوَكَّلْ عَلَى ٱللَّهِ فَإِنَّ ٱللَّهَ عَزِيزٌ حَكِيمٌ‮٤٩‬‬‬
Sodiq
O`shanda munofiqlar va dillarida maraz bo`lganlar: «Anavilarni dini mag`rur qilib yubordi», – dedilar. Kim Allohga tavakkul qilsa, bas, albatta, Alloh g`olib va hikmatli Zotdir.
50
وَلَوْ تَرَىٰٓ إِذْ يَتَوَفَّى ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ ​ۙ ٱلْمَلَٰٓئِكَةُ يَضْرِبُونَ وُجُوهَهُمْ وَأَدْبَٰرَهُمْ وَذُوقُواْ عَذَابَ ٱلْحَرِيقِ‮٥٠‬‬‬
Sodiq
Agar farishtalar kufr keltirganlarning jonini olaturib, yuzlariga va ketlariga urib: «Yong`in azobini toting!
51
ذَٰلِكَ بِمَا قَدَّمَتْ أَيْدِيكُمْ وَأَنَّ ٱللَّهَ لَيْسَ بِظَلَّٰمٍ لِّلْعَبِيدِ‮٥١‬‬‬
Sodiq
Bu, qo`lingiz taqdim qilgan narsa tufaylidir. Albatta, Alloh bandalariga hech zulm qilguvchi emasdir», – deyishlarini ko`rsang edi.
52
كَدَأْبِ ءَالِ فِرْعَوْنَ ​ۙ وَٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ ​ۚ كَفَرُواْ بِـَٔايَٰتِ ٱللَّهِ فَأَخَذَهُمُ ٱللَّهُ بِذُنُوبِهِمْ ​ۗ إِنَّ ٱللَّهَ قَوِىٌّ شَدِيدُ ٱلْعِقَابِ‮٥٢‬‬‬
Sodiq
Xuddi Oli Fir'avn va ulardan oldingilarning qilmishlariga o`xshaydi. Allohning oyatiga kufr keltirdilar. Bas, Alloh ularni gunohlari tufayli tutdi. Albatta, Alloh kuchli va iqobi shiddatli Zotdir.[1]

[1] Ya'ni, mushriklarning bu qilmishi, xuddi Oli Fir'avn va ulardan oldingilarning qilmishlariga o`xshaydi.)
53
ذَٰلِكَ بِأَنَّ ٱللَّهَ لَمْ يَكُ مُغَيِّرًا نِّعْمَةً أَنْعَمَهَا عَلَىٰ قَوْمٍ حَتَّىٰ يُغَيِّرُواْ مَا بِأَنفُسِهِمْ ​ۙ وَأَنَّ ٱللَّهَ سَمِيعٌ عَلِيمٌ‮٥٣‬‬‬
Sodiq
Bunday bo`lishi Alloh bir qavmga bergan ne'matini, toki, ular o`zlarini o`zgartirmagunlaricha, o`zgartiruvchi bo`lmasligi va Alloh eshitguvchi va bilguvchi zot bo`lganidandir.
54
كَدَأْبِ ءَالِ فِرْعَوْنَ ​ۙ وَٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ ​ۚ كَذَّبُواْ بِـَٔايَٰتِ رَبِّهِمْ فَأَهْلَكْنَٰهُم بِذُنُوبِهِمْ وَأَغْرَقْنَآ ءَالَ فِرْعَوْنَ ​ۚ وَكُلٌّ كَانُواْ ظَٰلِمِينَ‮٥٤‬‬‬
Sodiq
Xuddi Oli Fir'avn va ulardan oldingilarning qilmishiga o`xshab, Robbilarining oyatlarini yolg`onga chiqardilar. Bas, Biz ularni gunohlari tufayli halok qildik va Oli Fir'avnni g`arq qildik. Hammalari zolim edilar.
55
إِنَّ شَرَّ ٱلدَّوَآبِّ عِندَ ٱللَّهِ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ فَهُمْ لَا يُؤْمِنُونَ‮٥٥‬‬‬
Sodiq
Albatta, Allohning huzurida hayvonning yomoni kufr keltirganlaridir. Bas, ular iymon keltirmaslar.[1]

[1] Iymon bo`lmagan joyda yaxshilik qayerdan bo`lsin. Yaratgan xoliqqa — Allohga ishonmay yurgan odamdan har qanday yomonlikni kutish mumkin. Bunday odam iymonsiz — kofir bo`lgani uchun hayvondan ham past darajaga tushib qoladi. Tushganda ham, Allohning huzurida tushadi. Bu esa, har qanday inson uchun badbaxtlikdir.)
56
ٱلَّذِينَ عَٰهَدتَّ مِنْهُمْ ثُمَّ يَنقُضُونَ عَهْدَهُمْ فِى كُلِّ مَرَّةٍ وَهُمْ لَا يَتَّقُونَ‮٥٦‬‬‬
Sodiq
Ulardan sen ahdlashganlar so`ngra har safar ahdlarini buzarlar va ular U zotdan qo`rqmaslar.[1]

[1] Bu qilmishlari bilan yana bir insoniylik xususiyatlarini yo`qotadilar. Ya'ni, ahdda turish insonni hayvondan ajratadigan xususiyatlaridan biri sanaladi. Kofirlar ahdni buzish bilan shu sifatni ham yo`qotdilar. Bu qilmishlariga bosh sabab ularning Allohdan qo`rqmasliklaridir.)
57
فَإِمَّا تَثْقَفَنَّهُمْ فِى ٱلْحَرْبِ فَشَرِّدْ بِهِم مَّنْ خَلْفَهُمْ لَعَلَّهُمْ يَذَّكَّرُونَ‮٥٧‬‬‬
Sodiq
Agar urushda ulardan zafar qozonsang, bas, ularni halok qilish bilan ortlaridagilarni sarson qilib qo`y, shoyadki, eslasalar.
58
وَإِمَّا تَخَافَنَّ مِن قَوْمٍ خِيَانَةً فَٱن​ۢبِذْ إِلَيْهِمْ عَلَىٰ سَوَآءٍ ​ۚ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يُحِبُّ ٱلْخَآئِنِينَ‮٥٨‬‬‬
Sodiq
Agar bir qavmning xiyonatidan qo`rqadigan bo`lsang, ularga tengma-teng (ahd buzilganini) o`rtaga tashla. Albatta, Alloh xoinlarni sevmas.[1]

[1] Ya'ni, biror kofir qavm bilan ahdlashgan bo`lsang, ammo sodir bo`layotgan gap-so`z va tasarruflardan, ba'zi bir ma'lumotlardan ahdga xiyonat qilayotganlarini bilib qolsang, ularga ahd ikki tomondan barobar buzilganini bildir. Ahdga ishonib, xotirjam turgan tomonga yomonlik qilish xoinlik bo`ladi.)
59
وَلَا يَحْسَبَنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ سَبَقُوٓاْ ​ۚ إِنَّهُمْ لَا يُعْجِزُونَ‮٥٩‬‬‬
Sodiq
Kufr keltirganlar o`zdik deb o`ylamasinlar. Ular hech qochib qutula olmaslar.
60
وَأَعِدُّواْ لَهُم مَّا ٱسْتَطَعْتُم مِّن قُوَّةٍ وَمِن رِّبَاطِ ٱلْخَيْلِ تُرْهِبُونَ بِهِۦ عَدُوَّ ٱللَّهِ وَعَدُوَّكُمْ وَءَاخَرِينَ مِن دُونِهِمْ لَا تَعْلَمُونَهُمُ ٱللَّهُ يَعْلَمُهُمْ ​ۚ وَمَا تُنفِقُواْ مِن شَىْءٍ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ يُوَفَّ إِلَيْكُمْ وَأَنتُمْ لَا تُظْلَمُونَ‮٦٠‬‬‬
Sodiq
Ular uchun qo`lingizdan kelganicha kuch-quvvat va egarlangan otlarni tayyorlab qo`yingizki, bu bilan Allohning dushmanini, o`z dushmaningizni va ulardan boshqa o`zingiz bilmaydiganlarni qo`rqitasiz. Ularni Alloh biladir. Alloh yo`lida nimani sarf qilsangiz, sizga to`liq qaytarilur. Sizga zulm qilinmas.[1]

[1] Ushbu oyat musulmon jamiyatining qurolli kuchlari doimo shay turishi lozimligiga dalildir. Har bir musulmon jamiyat qo`lidan kelganicha harbiy tayyorgarlikni ko`rib qo`yish bilan Allohning amrini bajargan bo`ladi.)
61
۞وَإِن جَنَحُواْ لِلسَّلْمِ فَٱجْنَحْ لَهَا وَتَوَكَّلْ عَلَى ٱللَّهِ ​ۚ إِنَّهُۥ هُوَ ٱلسَّمِيعُ ٱلْعَلِيمُ‮٦١‬‬‬
Sodiq
Agar ular tinchlikka moyil bo`lsalar, sen ham moyil bo`l. Va Allohga tavakkul qil. Albatta, U eshitguvchi va bilguvchi Zotdir.
62
وَإِن يُرِيدُوٓاْ أَن يَخْدَعُوكَ فَإِنَّ حَسْبَكَ ٱللَّهُ ​ۚ هُوَ ٱلَّذِىٓ أَيَّدَكَ بِنَصْرِهِۦ وَبِٱلْمُؤْمِنِينَ‮٦٢‬‬‬
Sodiq
Agar seni aldashni iroda qilsalar, bas, senga Alloh kifoya qiladir. U seni O`z nusrati va mo`minlar bilan qo`llagan.
63
وَأَلَّفَ بَيْنَ قُلُوبِهِمْ ​ۚ لَوْ أَنفَقْتَ مَا فِى ٱلْأَرْضِ جَمِيعًا مَّآ أَلَّفْتَ بَيْنَ قُلُوبِهِمْ وَلَٰكِنَّ ٱللَّهَ أَلَّفَ بَيْنَهُمْ ​ۚ إِنَّهُۥ عَزِيزٌ حَكِيمٌ‮٦٣‬‬‬
Sodiq
Hamda ularning qalblarini birlashtirgan Zotdir. Agar yer yuzidagi hamma narsani sarf qilsang ham, ularning qalblarini birlashtira olmas eding. Lekin Alloh ularni birlashtirdi. Albatta, U g`olib va hikmatli Zotdir.[1]

[1] Bu masalalar xalqlar boshiga bitgan balo bo`lgani hammaga ma'lum.) Chunki Islom birodarligi irq, nasab, til, qabila, qavm asosida emas, Allohga muhabbat asosida bo`ladi.)
64
يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّبِىُّ حَسْبُكَ ٱللَّهُ وَمَنِ ٱتَّبَعَكَ مِنَ ٱلْمُؤْمِنِينَ‮٦٤‬‬‬
Sodiq
Ey Nabiy, senga va senga ergashgan mo`minlarga Alloh kifoyadir.
65
يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّبِىُّ حَرِّضِ ٱلْمُؤْمِنِينَ عَلَى ٱلْقِتَالِ ​ۚ إِن يَكُن مِّنكُمْ عِشْرُونَ صَٰبِرُونَ يَغْلِبُواْ مِاْئَتَيْنِ ​ۚ وَإِن يَكُن مِّنكُم مِّاْئَةٌ يَغْلِبُوٓاْ أَلْفًا مِّنَ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ بِأَنَّهُمْ قَوْمٌ لَّا يَفْقَهُونَ‮٦٥‬‬‬
Sodiq
Ey Nabiy, mo`minlarni jangga chorla! Agar sizdan yigirmata sabrli bo`lsa, ikki yuztani yengadi. Agar sizdan yuzta bo`lsa, kufr keltirganlardan mingtasini yengadi. Bu, ular tushunmaydigan qavm bo`lganlaridandir.
66
ٱلْـَٰٔنَ خَفَّفَ ٱللَّهُ عَنكُمْ وَعَلِمَ أَنَّ فِيكُمْ ضَعْفًا ​ۚ فَإِن يَكُن مِّنكُم مِّاْئَةٌ صَابِرَةٌ يَغْلِبُواْ مِاْئَتَيْنِ ​ۚ وَإِن يَكُن مِّنكُمْ أَلْفٌ يَغْلِبُوٓاْ أَلْفَيْنِ بِإِذْنِ ٱللَّهِ ​ۗ وَٱللَّهُ مَعَ ٱلصَّٰبِرِينَ‮٦٦‬‬‬
Sodiq
Endi, Alloh sizlardan yengillashtirdi, sizlarda ojizlik borligini bildi. Bas, agar sizdan yuzta sabrli bo`lsa, ikki yuztani yengadi. Agar sizdan mingta bo`lsa, Allohning izni ila ikki mingtani yengadi. Alloh sabrlilar bilandir.[1]

[1] Musulmonlar doimo quvvatli bo`lib turavermas ekanlar, ularda zaiflik hollari ham uchrab turarkan. Buni Alloh taolo hammadan ko`ra yaxshiroq biladi. Shuning uchun avvalgi oyatda kelgan hukmni yengillashtirib, zaif holatida bir musulmon jangchi ikkita dushmanga g`olib kelishini ta'kidlamoqda. Shu bilan birga, nomi musulmon bo`lsa bo`ldi, degan tushuncha uyg`onmasligi uchun «Allohning izni ila» sharti ham qo`shib qo`yildi.)
67
مَا كَانَ لِنَبِىٍّ أَن يَكُونَ لَهُۥٓ أَسْرَىٰ حَتَّىٰ يُثْخِنَ فِى ٱلْأَرْضِ ​ۚ تُرِيدُونَ عَرَضَ ٱلدُّنْيَا وَٱللَّهُ يُرِيدُ ٱلْـَٔاخِرَةَ ​ۗ وَٱللَّهُ عَزِيزٌ حَكِيمٌ‮٦٧‬‬‬
Sodiq
Nabiy uchun yer yuzida zabardast bo`lmagunicha asirlari bo`lishi yaxshi emas edi. Sizlar dunyoning o`tkinchi matohini istaysizlar. Alloh esa, oxiratni istaydir. Va Alloh g`olib va hikmatli Zotdir.[1]

[1] Ushbu va keyingi oyati karimalar Badr urushida asirga tushgan mushriklar masalasida nozil bo`lgandir.)
68
لَّوْلَا كِتَٰبٌ مِّنَ ٱللَّهِ سَبَقَ لَمَسَّكُمْ فِيمَآ أَخَذْتُمْ عَذَابٌ عَظِيمٌ‮٦٨‬‬‬
Sodiq
Agar Allohning oldindan yozgani bo`lmaganida, sizga olgan narsalaringiz tufayli ulug` azob yetar edi.[1]

[1] Alloh taolo avvaldan Badr urushida ishtirok etgan musulmonlarning barcha gunohlarini kechib yuborgan edi. Shuning uchun ularning bu holatlari ham oldindan yozib qo`yilgan qazoi qadarga binoan kechib yuborildi. Buning ustiga, ularga boshqa in'omlar ham berdi.)
69
فَكُلُواْ مِمَّا غَنِمْتُمْ حَلَٰلًا طَيِّبًا ​ۚ وَٱتَّقُواْ ٱللَّهَ ​ۚ إِنَّ ٱللَّهَ غَفُورٌ رَّحِيمٌ‮٦٩‬‬‬
Sodiq
Bas, o`ljaga olgan narsalaringizdan halol-pok holda yenglar. Allohga taqvo qilinglar. Albatta, Alloh mag`firat qilguvchi va rahimli Zotdir.
ﻉ155Sahifa 186155ﻉ
70
يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّبِىُّ قُل لِّمَن فِىٓ أَيْدِيكُم مِّنَ ٱلْأَسْرَىٰٓ إِن يَعْلَمِ ٱللَّهُ فِى قُلُوبِكُمْ خَيْرًا يُؤْتِكُمْ خَيْرًا مِّمَّآ أُخِذَ مِنكُمْ وَيَغْفِرْ لَكُمْ ​ۗ وَٱللَّهُ غَفُورٌ رَّحِيمٌ‮٧٠‬‬‬
Sodiq
Ey Nabiy, qo`lingizdagi asirlarga: «Agar qalblaringizda yaxshilik bo`lsa, Alloh bilur va sizga o`zingizdan olingan narsadan ko`ra yaxshiroq narsani berur va sizni mag`firat qilur. Alloh mag`firat qilguvchi va rahimli Zotdir», – deb ayt![1]

[1] «Qurayshliklar Rasululloh alayhissalotu vassalomga asirlarni to`lovini berib, ozod qilish uchun odam yubordilar. Abbos «Ey Allohning Rasuli, men musulmon edim», dedi. Rasululloh alayhissalotu vassalom «Musulmonligingni Alloh biladi. Ammo sen sirtdan bizga qarshi bo`lding. O`zing uchun, akalaringning o`g`illari uchun hamda ittifoqdoshing Bani Horis ibn Fehrning ukasi uchun to`lov ber», dedilar. Abbos Ey Allohning Rasuli, menda uncha mol yo`q», dedi. Rasululloh alayhissalotu vassalom «Ummu Fazl ikkovingiz ko`mgan mollar qani?» dedilar. Abbos «Allohga qasamki, ey Muhammad, siz Allohning Rasuli ekaningizni yaxshi bilaman, bu mollarni men va Ummu Fazldan boshqa hech kim bilmas edi. Mendagi molning yigirma uqiyasi o`zingizga o`tdi, deb hisoblayvering», dedi. Rasululloh alayhissalotu vassalom «Yo`q, u boylik Alloh sendan bizga olib berganidir», dedilar. Abbos o`ziga, ikki akasining ikki o`g`liga va ittifoqdoshiga to`lov berdi. Shunda Alloh taolo ushbu oyatini nozil qildi.)
71
وَإِن يُرِيدُواْ خِيَانَتَكَ فَقَدْ خَانُواْ ٱللَّهَ مِن قَبْلُ فَأَمْكَنَ مِنْهُمْ ​ۗ وَٱللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌ‮٧١‬‬‬
Sodiq
Agar senga xiyonat qilishni istasalar, batahqiq, bundan oldin Allohga xiyonat qilgan edilar. Bas, U ularga qarshi imkon topdi. Alloh bilguvchi va hikmatli Zotdir.
72
إِنَّ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَهَاجَرُواْ وَجَٰهَدُواْ بِأَمْوَٰلِهِمْ وَأَنفُسِهِمْ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ وَٱلَّذِينَ ءَاوَواْ وَّنَصَرُوٓاْ أُوْلَٰٓئِكَ بَعْضُهُمْ أَوْلِيَآءُ بَعْضٍ ​ۚ وَٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَلَمْ يُهَاجِرُواْ مَا لَكُم مِّن وَلَٰيَتِهِم مِّن شَىْءٍ حَتَّىٰ يُهَاجِرُواْ ​ۚ وَإِنِ ٱسْتَنصَرُوكُمْ فِى ٱلدِّينِ فَعَلَيْكُمُ ٱلنَّصْرُ إِلَّا عَلَىٰ قَوْمٍ بَيْنَكُمْ وَبَيْنَهُم مِّيثَٰقٌ ​ۗ وَٱللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ بَصِيرٌ‮٧٢‬‬‬
Sodiq
Albatta, iymon keltirgan, hijrat qilgan, Allohning yo`lida molu jonlari bilan jihod qilganlar va joy berib, yordam ko`rsatganlar, ana o`shalar bir-birlariga valiydirlar. Iymon keltirgan, ammo hijrat qilmaganlarga esa, to hijrat qilmagunlaricha, siz hech valiy bo`la olmassiz. Agar ular sizdan dinda yordam so`rasalar, yordam bermog`ingiz vojib. Faqat, siz bilan o`rtalarida ahdnoma bor qavm ziddiga emas. Alloh nima qilayotganingizni ko`rguvchi Zotdir.[1]

[1] Islomda «vala»-valiylik aqida asosida bo`ladi. Kim mo`min-musulmon bo`lib, Islomga kirar ekan, boshqa hamma vosita va aloqalardan uzilib, aqida ila bog`lanadi. Barcha mo`min-musulmonlar uning valiysiga aylanadi. Qarindoshlari mo`min bo`lmasa, valiy emaslar; jamiyati mo`min bo`lmasa, valiy emas.)
73
وَٱلَّذِينَ كَفَرُواْ بَعْضُهُمْ أَوْلِيَآءُ بَعْضٍ ​ۚ إِلَّا تَفْعَلُوهُ تَكُن فِتْنَةٌ فِى ٱلْأَرْضِ وَفَسَادٌ كَبِيرٌ‮٧٣‬‬‬
Sodiq
Kufr keltirganlar bir-birlariga valiydirlar. Agar (mazkur narsani) qilmasangiz, yer yuzida fitna va katta fasod bo`ladir.
74
وَٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَهَاجَرُواْ وَجَٰهَدُواْ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ وَٱلَّذِينَ ءَاوَواْ وَّنَصَرُوٓاْ أُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْمُؤْمِنُونَ حَقًّا ​ۚ لَّهُم مَّغْفِرَةٌ وَرِزْقٌ كَرِيمٌ‮٧٤‬‬‬
Sodiq
Iymon keltirgan, hijrat etgan, Allohning yo`lida jihod qilganlar va joy berib, yordam ko`rsatganlar, ana o`shalar haq mo`minlardir. Ular uchun mag`firat va karamli rizq bordir.
75
وَٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ مِن​ۢ بَعْدُ وَهَاجَرُواْ وَجَٰهَدُواْ مَعَكُمْ فَأُوْلَٰٓئِكَ مِنكُمْ ​ۚ وَأُوْلُواْ ٱلْأَرْحَامِ بَعْضُهُمْ أَوْلَىٰ بِبَعْضٍ فِى كِتَٰبِ ٱللَّهِ ​ۗ إِنَّ ٱللَّهَ بِكُلِّ شَىْءٍ عَلِيمُ​ۢ‮٧٥‬‬‬
Sodiq
Keyin iymon keltirib, hijrat qilgan va sizlar bilan jihod qilganlar ham sizlardandir. Allohning kitobida qarindoshlar bir-birlariga haqliroqdirlar. Albatta, Alloh har bir narsani bilguvchi Zotdir.[1]

[1] Hijratning avvalida meros ma'lum muddat musulmon birodarligi asosida taqsimlangan. Ushbu oyat nozil bo`lgandan boshlab, meros musulmon qarindoshlar orasida bo`ladigan bo`ldi.)