Sura 91

Shams

u

Quyosh

15 oyat |MakkaMakka |
Sura 91 • Oyat 1 / 15 • Juz 306⁄8 • Sahifa 595
Shams
ﻉ533Sahifa 595533ﻉ
2
1
وَٱلشَّمْسِ وَضُحَىٰهَا‮١‬‬‬
Sodiq
Quyosh bilan va uning ziyosi bilan qasam.
2
وَٱلْقَمَرِ إِذَا تَلَىٰهَا‮٢‬‬‬
Sodiq
Uning ortidan kelgan oy bilan qasam.
3
وَٱلنَّهَارِ إِذَا جَلَّىٰهَا‮٣‬‬‬
Sodiq
Va u(quyosh)ni ravshan ko`rsatgan nahor bilan qasam.
4
وَٱلَّيْلِ إِذَا يَغْشَىٰهَا‮٤‬‬‬
Sodiq
Va u(quyosh)ni qoplagan tun bilan qasam.
5
وَٱلسَّمَآءِ وَمَا بَنَىٰهَا‮٥‬‬‬
Sodiq
Va osmon bilan va uning bino qilinishi bilan qasam.
6
وَٱلْأَرْضِ وَمَا طَحَىٰهَا‮٦‬‬‬
Sodiq
Va yer bilan va uning to`shalishi bilan qasam.
7
وَنَفْسٍ وَمَا سَوَّىٰهَا‮٧‬‬‬
Sodiq
Va nafs bilan va uning mukammal qilinishi bilan qasam.
8
فَأَلْهَمَهَا فُجُورَهَا وَتَقْوَىٰهَا‮٨‬‬‬
Sodiq
Bas, unga fujurini va taqvosini bildirdi.
9
قَدْ أَفْلَحَ مَن زَكَّىٰهَا‮٩‬‬‬
Sodiq
Batahqiq, kim u(nafs)ni poklasa, yutuqqa erishdi.
10
وَقَدْ خَابَ مَن دَسَّىٰهَا‮١٠‬‬‬
Sodiq
Va batahqiq, kim u(nafs)ni kirlasa, noumid bo`ldi.
11
كَذَّبَتْ ثَمُودُ بِطَغْوَىٰهَآ‮١١‬‬‬
Sodiq
Samud qavmi o`z tug`yoni ila yolg`onga chiqardi.
12
إِذِ ٱن​ۢبَعَثَ أَشْقَىٰهَا‮١٢‬‬‬
Sodiq
Vaqtiki, uning eng badbaxti shoshilib turdi.
13
فَقَالَ لَهُمْ رَسُولُ ٱللَّهِ نَاقَةَ ٱللَّهِ وَسُقْيَٰهَا‮١٣‬‬‬
Sodiq
Bas, ularga Allohning Rasuli: «Allohning tuyasiga va uning suviga tegmanglar», dedi.
14
فَكَذَّبُوهُ فَعَقَرُوهَا فَدَمْدَمَ عَلَيْهِمْ رَبُّهُم بِذَن​ۢبِهِمْ فَسَوَّىٰهَا‮١٤‬‬‬
Sodiq
Bas, (uni) yolg`onchiga chiqarishdi va (tuyani) so`yishdi. Bas, Robblari ularni gunohlari sababli yo`q qilib yubordi va bunda barchani barobar qildi.
15
وَلَا يَخَافُ عُقْبَٰهَا‮١٥‬‬‬
Sodiq
Va U zot bu(ish)ning oqibatidan qo`rqmas.[1]

[1] Bu dunyoning podshohlari o`zlarining qilgan ishlaridan, oqibati nima bo`larkin, deb hadiksirab turadilar. Alloh subhanahu va taolo esa bunday xavfdan mustasnodir.)