Sura 92
Layl
w
Kecha
21 oyat |
Makka |
Sura 92 • Oyat 1 / 21 • Juz 306⁄8 • Sahifa 595
Layl
2
1
وَٱلَّيْلِ إِذَا يَغْشَىٰ١
Sodiq
Tunning qoplab kelayotgan payti bilan qasam.
2
وَٱلنَّهَارِ إِذَا تَجَلَّىٰ٢
Sodiq
Nahorning tajalli payti bilan qasam.
3
وَمَا خَلَقَ ٱلذَّكَرَ وَٱلْأُنثَىٰٓ٣
Sodiq
Erkak va urg`ochining yaratilishi bilan qasam.
4
إِنَّ سَعْيَكُمْ لَشَتَّىٰ٤
Sodiq
Albatta, sizlarning ishlaringiz turlichadur.
5
فَأَمَّا مَنْ أَعْطَىٰ وَٱتَّقَىٰ٥
Sodiq
Ammo kimki (ato) bersa va taqvo qilsa...
6
وَصَدَّقَ بِٱلْحُسْنَىٰ٦
Sodiq
Va go`zalni tasdiq qilsa...
7
فَسَنُيَسِّرُهُۥ لِلْيُسْرَىٰ٧
Sodiq
Bas, Biz uni osonga muyassar qilamiz.
8
وَأَمَّا مَنۢ بَخِلَ وَٱسْتَغْنَىٰ٨
Sodiq
Va ammo, kimki baxillik va istig`no qilsa...
9
وَكَذَّبَ بِٱلْحُسْنَىٰ٩
Sodiq
Va go`zalni yolg`onga chiqarsa...
10
فَسَنُيَسِّرُهُۥ لِلْعُسْرَىٰ١٠
Sodiq
Bas, Biz uni qiyinga muyassar qilamiz.
11
وَمَا يُغْنِى عَنْهُ مَالُهُۥٓ إِذَا تَرَدَّىٰٓ١١
Sodiq
U qulagan vaqtda unga mol-mulki foyda bermas.
12
إِنَّ عَلَيْنَا لَلْهُدَىٰ١٢
Sodiq
Albatta, hidoyatga boshlash Bizning zimmamizdadir.
13
وَإِنَّ لَنَا لَلْـَٔاخِرَةَ وَٱلْأُولَىٰ١٣
Sodiq
Albatta, ham oxirat va ham bu dunyo Biznikidir.
14
فَأَنذَرْتُكُمْ نَارًا تَلَظَّىٰ١٤
Sodiq
Bas, Men sizlarni lovullagan o`tdan ogohlantirdim.
15
لَا يَصْلَىٰهَآ إِلَّا ٱلْأَشْقَى١٥
Sodiq
Unga badbaxtdan boshqa kirmas.
16
ٱلَّذِى كَذَّبَ وَتَوَلَّىٰ١٦
Sodiq
O`sha yolg`onga chiqargan va yuz o`girgan edi.
17
وَسَيُجَنَّبُهَا ٱلْأَتْقَى١٧
Sodiq
Va albatta, undan taqvodor banda chetda qoladir.
18
ٱلَّذِى يُؤْتِى مَالَهُۥ يَتَزَكَّىٰ١٨
Sodiq
U, boyligini sarflaydir va o`zini poklaydir.
19
وَمَا لِأَحَدٍ عِندَهُۥ مِن نِّعْمَةٍ تُجْزَىٰٓ١٩
Sodiq
Biror kishining unda qaytarilishi lozim yaxshiligi yo`q edi.
20
إِلَّا ٱبْتِغَآءَ وَجْهِ رَبِّهِ ٱلْأَعْلَىٰ٢٠
Sodiq
Faqat, o`zining oliy maqom Robbining roziligini so`rab qiladir.
21
وَلَسَوْفَ يَرْضَىٰ٢١
Sodiq
Va albatta, tezda rozi bo`ladir.