Sura 93
Zuho
y
Choshgoh
11 oyat |
Makka |
Sura 93 • Oyat 1 / 11 • Juz 306⁄8 • Sahifa 596
Zuho
2
1
وَٱلضُّحَىٰ١
Sodiq
Choshtgoh bilan qasam.
2
وَٱلَّيْلِ إِذَا سَجَىٰ٢
Sodiq
Sukunatga cho`mgan tun bilan qasam.
3
مَا وَدَّعَكَ رَبُّكَ وَمَا قَلَىٰ٣
Sodiq
Robbing seni tark qilgani yo`q, senga g`azab ham qilgani yo`q.[1]
[1] Ushbu oyati karima mushriklar, Muhammadning Robbisi unga g`azab qildi, uni tark etdi, deb gap tarqatganlarida raddiya sifatida tushgandir.)
4
وَلَلْـَٔاخِرَةُ خَيْرٌ لَّكَ مِنَ ٱلْأُولَىٰ٤
Sodiq
Va albatta, oxirat sen uchun bu dunyodan yaxshidir.
5
وَلَسَوْفَ يُعْطِيكَ رَبُّكَ فَتَرْضَىٰٓ٥
Sodiq
Va tezda Robbing senga ato qilur va sen rozi bo`lursan.
6
أَلَمْ يَجِدْكَ يَتِيمًا فَـَٔاوَىٰ٦
Sodiq
U seni yetim topib, joylab qo`ymadimi?
7
وَوَجَدَكَ ضَآلًّا فَهَدَىٰ٧
Sodiq
Va U seni hayron holda topib, hidoyatga boshlamadimi?
8
وَوَجَدَكَ عَآئِلًا فَأَغْنَىٰ٨
Sodiq
Va U seni kambag`al holda topib, boy qilmadimi?
9
فَأَمَّا ٱلْيَتِيمَ فَلَا تَقْهَرْ٩
Sodiq
Ammo yetimga qahr qilmagin.
10
وَأَمَّا ٱلسَّآئِلَ فَلَا تَنْهَرْ١٠
Sodiq
Va ammo, «soil»ga zajr qilma.[1]
[1] «Soil» kelganda — biror narsasi bo`lsa berishi, bo`lmasa yaxshi muomala qilishi kerak.)
11
وَأَمَّا بِنِعْمَةِ رَبِّكَ فَحَدِّثْ١١
Sodiq
Va ammo Robbingning bergan ne'mati haqida so`zla.