Al-Bosit (Kengaytiruvchi, Yoyuvchi) — xohlaganlariga mo’l beradigan va tavba qiluvchilarning tavbasini qabul qiladigan, O’z maxluqotida xohlagan narsasini ko’paytiradigan va Unga iymon keltirganlarning qalbini kengaytiradigan Zot. Al-Bosit O’z rahmatini bandalariga yoyadi va ularga ne’matlarni mo’l va ehtiyojlaridan ortiq beradi.
Bu ism Qur’onda zikr qilinmagan, Sunnatda uchraydi.
Dalil: Payg’ambar (unga Allohning salovoti va salomi bo’lsin) aytdi: Albatta, Alloh narxlarni belgilovchi, toraytiruvchi, kengaytiruvchi va rizq beruvchidir. (Termiziy, Abu Dovud)