Al-Mu’tiy (Beruvchi, Ato Qiluvchi) — O’z bandalariga, mo’minlarga ham, kofirlarga ham beradigan Zot. Bu inson ega bo’lgan va qo’lga kiritadigan mutlaqo hamma narsaga taalluqli, hatto u buning uchun harom vositalardan foydalansa ham. U haqiqiy ma’noda beradigan Yagonadir. U bergan narsadan hech kim mahrum qila olmaydi va U mahrum qilgan narsani hech kim bera olmaydi.
Bu ism Qur’onda zikr qilinmagan, Sunnatda uchraydi.
Dalil: Payg’ambar (unga Allohning salovoti va salomi bo’lsin) aytdi: Alloh beruvchidir, men esa taqsimlovchiman. (Buxoriy)