Al-Muaxxir (Orqaga Suruvchi, Kechiktiruvchi) — O’z ilmi va hikmatiga tayanib, ba’zi maxluqotlarni boshqalaridan keyin yaratadigan va ba’zi narsalarni boshqalarining ortiga qo’yadigan, solihlarning mukofotini va gunohkorlarning jazosini belgilangan muddatgacha kechiktiradigan Zot. Biror narsani hatto imkonsizdek tuyulganda ham kechiktirish yoki orqaga surish Uning ixtiyoridadir.
Bu ism Qur’onda zikr qilinmagan, Sunnatda uchraydi.
Dalil: Payg’ambar (unga Allohning salovoti va salomi bo’lsin) aytdi: Oldinga suruvchi Sensan va ortga suruvchi Sensan. (Buxoriy, Muslim)