Sura 2

Baqara

2

Sigir

286 oyat |MadinaMadina |
Sura 2 • Oyat 1 / 286 • Juz 11⁄8 • Sahifa 2
Baqara
ﻉ2Sahifa 22ﻉ
2
1
الٓمٓ‮١‬‬‬
Sodiq
Alif. Laam. Miym.[1]

[1] Qur'oni Karimning yigirma to`qqiz surasi harflar bilan boshlangan. Bu harflarga turlicha nomlar berilgan ba'zilar «Huriful muqataot" kesik harflar desalar, boshqalar «Huriful hijoi" alifbo hariflari deydilar, uchinchilari esa, «Favotuhus suar" suralarni ochuvchilar deydilar. Bu harflarga turlicha nom berilganidek, ular ila boshlanishidan ko`zlangan murod haqida ham har xil fikrlar aytilgan. Bu haqda maxsus bahslar ham bor. Ba'zi ulamolar bu harflarning sirini Allohga havola etadilar, boshqalari «Bu Alloh bilan Payg`ambar alayhissalom o`rtalaridagi sir», deydilar. Boshqa birlari esa, ularga o`zlaricha ma'no yo`yganlar. Ixtilofning asosiy sababi — ular haqida na Payg`ambar alayhissalomning o`zlaridan va na sahobai kiromlardan birorta ham rivoyat yo`qligidir.)
2
ذَٰلِكَ ٱلْكِتَٰبُ لَا رَيْبَ ​ۛ فِيهِ ​ۛ هُدًى لِّلْمُتَّقِينَ‮٢‬‬‬
Sodiq
Bu kitobda shak-shubha yo`q, u taqvodorlarga hidoyatdir.[1]

[1] Ya'ni, Qur'oni Karim shunday kitobki, uning haqligiga hech shak-shubha yo`q. Unda hamma narsa ochiq-oydin, aniq-ravshandir. Qur'oni Karimning bir sifati «taqvodorlarga hidoyatdir». Hidoyat-maqsadga erishtirguvchi lutf bilan yo`l ko`rsatishdir. Taqvodorlar esa, uqubatga eltguvchi narsalardan saqlanadigan shaxslardir. Demak, Qur'oni Karim hidoyatidan bahramand bo`lish uchun taqvodor bo`lish kerak ekan. Taqvosiz qalbga Qur'oni Karim hidoyat solmaydi. Kimki Qur'oni Karimdan hidoyat olibdimi, demak unda taqvo bor ekan.)
3
ٱلَّذِينَ يُؤْمِنُونَ بِٱلْغَيْبِ وَيُقِيمُونَ ٱلصَّلَوٰةَ وَمِمَّا رَزَقْنَٰهُمْ يُنفِقُونَ‮٣‬‬‬
Sodiq
Ular g`aybga iymon keltirurlar, namozni to`kis o`qirlar va Biz ularga bergan rizqdan nafaqa qilurlar.[1]

[1] Ushbu oyatda Qur'on hidoyatidan bahramand bo`la oladigan taqvodorlarning sifatlaridan uchtasi sanalgan Birinchisi — «g`aybga iymon keltirurlar». Abul Oliya g`aybga iymon keltirishning tafsirida «Allohga, Uning farishtalariga, kitoblariga, payg`ambarlariga, qiyomat kuniga, jannatiga, do`zaxiga, muloqotiga, o`limdan keyingi hayotga va qayta tirilishga ishonishdir», degan ekanlar. Ikkinchisi — «namoz o`qirlar». Ya'ni, Allohga ibodat qiladilar. Bandaga qul bo`lishdan ozod bo`lib, bandalarning Parvardigoriga qul bo`ladilar. Namoz orqali banda Alloh taologa bog`lanadi. Hayotida yerga qapishib yurishdan yuqori narsani topadi. Shuningdek, boshqa ulkan yaxshiliklarga erishadi. Uchinchisi — «Biz ularga bergan rizqdan nafaqa qilurlar». Mo`min-musulmonning, taqvodor odamning e'tiqodi bo`yicha, uning qo`lidagi mol-dunyo Alloh bergan rizq, o`zi yaratgan narsa emas. Shuning uchun ham taqvodor inson Alloh bergan rizqdan o`zining zaifhol, muhtoj birodarlariga sadaqa qiladi. «Sadaqa" so`zini tasdiq ma'nosi bor, mol-dunyosini sarflab sadaqa qilishda e'tiqoddagi ma'noning, ya'ni yaxshilik qilish ma'nosining tasdig`i bor. «Nafaqa" o`zi umumiy so`z bo`lib, zakot, xayr-ehson, sadaqa kabi ma'nolarni anglatadi.);
4
وَٱلَّذِينَ يُؤْمِنُونَ بِمَآ أُنزِلَ إِلَيْكَ وَمَآ أُنزِلَ مِن قَبْلِكَ وَبِٱلْـَٔاخِرَةِ هُمْ يُوقِنُونَ‮٤‬‬‬
Sodiq
Va ular senga va sendan oldin nozil qilingan narsaga iymon keltirarlar va oxiratga aniq ishonarlar.[1]

[1] Demak, taqvodorlarga oid navbatdagi to`rtinchi sifat — Muhammad alayhissalomga nozil qilingan Qur'oni Karimga va u kishidan oldin tushirilgan samoviy kitoblarga iymon keltirish. Bu narsa, Islom ummatining buyuk sifatlaridan biri bo`lib, boshqa hech bir ummatda yo`qdir. Chunki Islom ummatidan boshqa hech bir ummat Allohdan nozil bo`lgan barcha kitoblarga birdek iymon keltirmagan. Islom ummati Alloh tushirgan barcha kitoblarga birdek iymon keltiradi.)
5
أُوْلَٰٓئِكَ عَلَىٰ هُدًى مِّن رَّبِّهِمْ ​ۖ وَأُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْمُفْلِحُونَ‮٥‬‬‬
Sodiq
Ana o`shalar Robbilaridan bo`lgan hidoyatdadirlar va ana o`shalar, o`shalargina najot topguvchilardir.[1]

[1] Kim najot topishni istasa, o`zida taqvodorlik sifatlarini mujassam qilishga urinsin.)
6
إِنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ سَوَآءٌ عَلَيْهِمْ ءَأَنذَرْتَهُمْ أَمْ لَمْ تُنذِرْهُمْ لَا يُؤْمِنُونَ‮٦‬‬‬
Sodiq
Albatta, kufr keltirganlarga qo`rqitasanmi-qo`rqitmaysanmi — bari bir, iymon keltirmaslar.
7
خَتَمَ ٱللَّهُ عَلَىٰ قُلُوبِهِمْ وَعَلَىٰ سَمْعِهِمْ ​ۖ وَعَلَىٰٓ أَبْصَٰرِهِمْ غِشَٰوَةٌ ​ۖ وَلَهُمْ عَذَابٌ عَظِيمٌ‮٧‬‬‬
Sodiq
Alloh ularning qalblari va quloqlarini muhrlab qo`ygan va ko`zlarida parda bor. Va ularga ulkan azob bordir.
8
وَمِنَ ٱلنَّاسِ مَن يَقُولُ ءَامَنَّا بِٱللَّهِ وَبِٱلْيَوْمِ ٱلْـَٔاخِرِ وَمَا هُم بِمُؤْمِنِينَ‮٨‬‬‬
Sodiq
Va odamlardan, Allohga va oxirat kuniga iymon keltirdik, deydiganlari bor. Holbuki, ular mo`min emaslar.
9
يُخَٰدِعُونَ ٱللَّهَ وَٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَمَا يَخْدَعُونَ إِلَّآ أَنفُسَهُمْ وَمَا يَشْعُرُونَ‮٩‬‬‬
Sodiq
Ular Allohni va iymon keltirganlarni aldamoqchi bo`larlar. Va holbuki, sezmasdan o`zlarini aldarlar.
10
فِى قُلُوبِهِم مَّرَضٌ فَزَادَهُمُ ٱللَّهُ مَرَضًا ​ۖ وَلَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمُ​ۢ بِمَا كَانُواْ يَكْذِبُونَ‮١٠‬‬‬
Sodiq
Ularning qalblarida kasal bor. Alloh kasallarini ziyoda qildi. Va ularga yolg`on gapirganlari uchun alamli azob bor.
11
وَإِذَا قِيلَ لَهُمْ لَا تُفْسِدُواْ فِى ٱلْأَرْضِ قَالُوٓاْ إِنَّمَا نَحْنُ مُصْلِحُونَ‮١١‬‬‬
Sodiq
Va agar ularga, yer yuzida fasod qilmang, deyilsa, biz faqat isloh qiluvchilarmiz, derlar.
12
أَلَآ إِنَّهُمْ هُمُ ٱلْمُفْسِدُونَ وَلَٰكِن لَّا يَشْعُرُونَ‮١٢‬‬‬
Sodiq
Ogoh bo`ling, ular, faqat ular fasodchilardir, lekin sezmaslar.
13
وَإِذَا قِيلَ لَهُمْ ءَامِنُواْ كَمَآ ءَامَنَ ٱلنَّاسُ قَالُوٓاْ أَنُؤْمِنُ كَمَآ ءَامَنَ ٱلسُّفَهَآءُ ​ۗ أَلَآ إِنَّهُمْ هُمُ ٱلسُّفَهَآءُ وَلَٰكِن لَّا يَعْلَمُونَ‮١٣‬‬‬
Sodiq
Va agar ularga, odamlar iymon keltirganidek iymon keltiringlar, deyilsa, «Esi pastlar iymon keltirganidek iymon keltiramizmi?» derlar. Ogoh bo`ling, ular, faqat ular esi pastlardir va lekin o`zlari bilmaslar.
14
وَإِذَا لَقُواْ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ قَالُوٓاْ ءَامَنَّا وَإِذَا خَلَوْاْ إِلَىٰ شَيَٰطِينِهِمْ قَالُوٓاْ إِنَّا مَعَكُمْ إِنَّمَا نَحْنُ مُسْتَهْزِءُونَ‮١٤‬‬‬
Sodiq
Ular iymon keltirganlarni uchratsalar, iymon keltirdik, derlar, shaytonlari bilan xoli qolganda esa, biz sizlar bilanmiz, faqat istehzo qilyapmiz, xolos, derlar.
15
ٱللَّهُ يَسْتَهْزِئُ بِهِمْ وَيَمُدُّهُمْ فِى طُغْيَٰنِهِمْ يَعْمَهُونَ‮١٥‬‬‬
Sodiq
Alloh ularni istehzo qiladir va tug`yonlarida dovdirashlariga qo`yib beradir.
16
أُوْلَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ ٱشْتَرَوُاْ ٱلضَّلَٰلَةَ بِٱلْهُدَىٰ فَمَا رَبِحَت تِّجَٰرَتُهُمْ وَمَا كَانُواْ مُهْتَدِينَ‮١٦‬‬‬
Sodiq
Ana o`shalar zalolatni hidoyatga sotib olganlardir. Va tijoratlari foyda keltirmadi hamda ular hidoyat topganlardan bo`lmadilar.[1]

[1] Ushbu oyatda Alloh taolo munofiqlar hidoyatni qo`yib zalolat-adashish yo`lini ixtiyor qilganliklarini ilohiy ta'birlar bilan bayon qilmoqda. Agar ular xohlasalar, hidoyat qo`llariga tekkan edi, undan foydalanib yursalar bo`lar edi. Payg`ambar alayhissalom boshqalar qatori ularni ham da'vat qilgan edilar. Ammo ular hidoyatni boy berib, zalolatni tanladilar. Ya'ni, hidoyatga zalolatni sotib oldilar. Ammo ularning bu tijorat-savdolari foyda keltirmadi. Shu bilan birga, ular hidoyatda-to`g`ri yo`lda yuruvchilardan bo`lmadilar. Imom Buxoriy Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Payg`ambarimiz alayhissalom «Munofiqning belgisi uchdir gapirsa yolg`on gapiradi, va'da bersa, so`zida turmaydi va omonat topshirilsa, xiyonat qiladi», deganlar. Shuningdek, Imom Buxoriy Ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda «To`rt narsa bor, kimda ular bo`lsa, to`liq munofiq bo`ladi. Kimda ulardan bir xislat bo`lsa, uni tashlaguncha, nifoqning xislatlaridan biri u kishida turadi. Omonatga xiyonat qiladi, yolg`on gapiradi, ahd qilsa, aldaydi va tortishsa, fojirlik qiladi», deyilgan.)
17
مَثَلُهُمْ كَمَثَلِ ٱلَّذِى ٱسْتَوْقَدَ نَارًا فَلَمَّآ أَضَآءَتْ مَا حَوْلَهُۥ ذَهَبَ ٱللَّهُ بِنُورِهِمْ وَتَرَكَهُمْ فِى ظُلُمَٰتٍ لَّا يُبْصِرُونَ‮١٧‬‬‬
Sodiq
Ular, misoli, yoqqan o`ti endi atrofini yoritganida, Alloh nurlarini ketkazib, qorong`u zulmatlarda qoldirgan kishilarga o`xsharlar. Ular ko`rmaslar.[1]

[1] Haqiqatda ham, munofiqlar kofirlarning ziddi o`laroq, avval boshdan Islom da'vatini eshitdilar. Islom-iymon kalimalarini nutq qildilar, hatto yaxshigina quloq osdilar, iymon keltirdik, dedilar, ibodat ham qildilar. Keyin esa, hammasini tashlab, inkor qilib, kufr, nifoq, shak-shubha zulmatlarida qolib ketdilar.)
18
صُمُّ​ۢ بُكْمٌ عُمْىٌ فَهُمْ لَا يَرْجِعُونَ‮١٨‬‬‬
Sodiq
Ular kar, soqov, ko`rdirlar. Bas, ular qaytmaslar.
19
أَوْ كَصَيِّبٍ مِّنَ ٱلسَّمَآءِ فِيهِ ظُلُمَٰتٌ وَرَعْدٌ وَبَرْقٌ يَجْعَلُونَ أَصَٰبِعَهُمْ فِىٓ ءَاذَانِهِم مِّنَ ٱلصَّوَٰعِقِ حَذَرَ ٱلْمَوْتِ ​ۚ وَٱللَّهُ مُحِيطُ​ۢ بِٱلْكَٰفِرِينَ‮١٩‬‬‬
Sodiq
Yoki xuddi osmondan yomg`ir yog`ib, qorong`u bosib, momaqaldiroq va chaqmoq chaqqanda, yashindan qochib, panjalarini quloqlariga tiqib, o`limdan ehtiyot bo`layotgan odamga o`xsharlar. Va Alloh kofirlarni o`rab oluvchidir.
20
يَكَادُ ٱلْبَرْقُ يَخْطَفُ أَبْصَٰرَهُمْ ​ۖ كُلَّمَآ أَضَآءَ لَهُم مَّشَوْاْ فِيهِ وَإِذَآ أَظْلَمَ عَلَيْهِمْ قَامُواْ ​ۚ وَلَوْ شَآءَ ٱللَّهُ لَذَهَبَ بِسَمْعِهِمْ وَأَبْصَٰرِهِمْ ​ۚ إِنَّ ٱللَّهَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرٌ‮٢٠‬‬‬
Sodiq
Chaqmoq ularning ko`zini olib qo`yay deydi. Yorishgan paytda yurishar, qorong`i bo`lsa, to`xtashar. Agar Alloh xohlasa, ularning ko`zu quloqlarini ketkazur. Albatta, Alloh har bir narsaga qodirdir.[1]

[1] Alloh taolo ushbu ikki oyatda munofiqlarning hayratlari, ikkilanishlari va umumiy ruhiy holatlarini momaqaldiroq bo`lib chaqmoq chaqib, osmonni zulmat bosib, qattiq yomg`ir yoqqanda ko`chada qolgan bechora odamga o`xshatadi. U qo`rqqanidan dahshatga tushib, yashindan qutulmoqchi bo`ladi, panjalarini quloqlariga tiqib, shu meni o`limdan saqlaydi, deb turadi. Ular kufr va nifoq zulmatidadirlar; chaqmoq chaqqan paytdagi yorug`dan foydalanib bir-ikki qadam bosa oladilar, chaqmoqdan keyin yana qorong`uda turib qoladilar.)
21
يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ ٱعْبُدُواْ رَبَّكُمُ ٱلَّذِى خَلَقَكُمْ وَٱلَّذِينَ مِن قَبْلِكُمْ لَعَلَّكُمْ تَتَّقُونَ‮٢١‬‬‬
Sodiq
Ey odamlar, sizlarni va sizdan oldingilarni yaratgan Robbingizga ibodat qiling. Shoyadki, taqvodor bo`lsangiz.[1]

[1] Ushbu oyatda umumbasharga qarata nido etilmoqdaki, sizlarni yaratgan tarbiyakunandalaringiz ulug` Allohga ibodat qilinglar! Sizlarni yaratishda U yagona bo`lgan, endi yolg`iz O`ziga ibodat qilishingizga haqlidir. Ibodatdan maqsad — shoyadki taqvodor bo`lsalaringiz.)
22
ٱلَّذِى جَعَلَ لَكُمُ ٱلْأَرْضَ فِرَٰشًا وَٱلسَّمَآءَ بِنَآءً وَأَنزَلَ مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءً فَأَخْرَجَ بِهِۦ مِنَ ٱلثَّمَرَٰتِ رِزْقًا لَّكُمْ ​ۖ فَلَا تَجْعَلُواْ لِلَّهِ أَندَادًا وَأَنتُمْ تَعْلَمُونَ‮٢٢‬‬‬
Sodiq
U sizlarga yerni to`shab, osmonni bino qilgan va osmondan suv tushirib, u bilan sizlarga mevalarni rizq qilib chiqargan Zotdir. Bilib turib Allohga boshqalarni tenglashtirmang.
23
وَإِن كُنتُمْ فِى رَيْبٍ مِّمَّا نَزَّلْنَا عَلَىٰ عَبْدِنَا فَأْتُواْ بِسُورَةٍ مِّن مِّثْلِهِۦ وَٱدْعُواْ شُهَدَآءَكُم مِّن دُونِ ٱللَّهِ إِن كُنتُمْ صَٰدِقِينَ‮٢٣‬‬‬
Sodiq
Va agar bandamizga tushirgan narsamizga shakingiz bo`lsa, unga o`xshash bir sura keltiring va rost so`zlovchilardan bo`lsangiz, Allohdan o`zga guvohlaringizni chaqiring.
24
فَإِن لَّمْ تَفْعَلُواْ وَلَن تَفْعَلُواْ فَٱتَّقُواْ ٱلنَّارَ ٱلَّتِى وَقُودُهَا ٱلنَّاسُ وَٱلْحِجَارَةُ ​ۖ أُعِدَّتْ لِلْكَٰفِرِينَ‮٢٤‬‬‬
Sodiq
Bas, agar qila olmasanglar, hech qachon qila olmaysizlar ham, yoqilg`isi odamlar va tosh bo`lgan, kofirlar uchun tayyorlangan o`tdan qo`rqinglar.[1]

[1] Alloh subhonahu va taoloning, «hech qachon qila olmaysizlar ham», deyishi ulkan mo`'jizadir. Bu yerda Qur'on suralaridan bittasiga o`xshash surani hech qachon keltira olmasligi ta'kidlab aytilmoqda.)
25
وَبَشِّرِ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَعَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ أَنَّ لَهُمْ جَنَّٰتٍ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَٰرُ ​ۖ كُلَّمَا رُزِقُواْ مِنْهَا مِن ثَمَرَةٍ رِّزْقًا ​ۙ قَالُواْ هَٰذَا ٱلَّذِى رُزِقْنَا مِن قَبْلُ ​ۖ وَأُتُواْ بِهِۦ مُتَشَٰبِهًا ​ۖ وَلَهُمْ فِيهَآ أَزْوَٰجٌ مُّطَهَّرَةٌ ​ۖ وَهُمْ فِيهَا خَٰلِدُونَ‮٢٥‬‬‬
Sodiq
Iymon keltirgan va solih amallar qilganlarga ular uchun ostidan anhorlar oqib turgan jannatlar borligining bashoratini ber. Qachonki ularning mevasidan bahramand bo`lsalar, bundan avval ham rizqlangan edik, derlar. Ularga o`xshash narsalar berilgandir. Ularga u yerda pokiza juftlar bor va ular u yerda abadiy qolurlar.[1]

[1] Ushbu oyati karimada Alloh subhonahu va taolo Payg`ambari Muhammad alayhissalomga xitob qilib, iymon keltirgan va solih amal qilganlarga bashorat-suyunchi xabarini berishni buyurmoqda. Demak, daraxtlari ostidan anhorlar oqib turuvchi jannatga kirish uchun iymon keltirish, ya'ni Allohga, Payg`ambarga, Qur'onga va iymon lozim bo`lgan boshqa narsalarga iymon keltirish hamda amali solihlarni, ya'ni Qur'on va sunnatda yaxshi deb ta'riflangan ishlarni qilish zarurdir.)
26
۞إِنَّ ٱللَّهَ لَا يَسْتَحْىِۦٓ أَن يَضْرِبَ مَثَلًا مَّا بَعُوضَةً فَمَا فَوْقَهَا ​ۚ فَأَمَّا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ فَيَعْلَمُونَ أَنَّهُ ٱلْحَقُّ مِن رَّبِّهِمْ ​ۖ وَأَمَّا ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ فَيَقُولُونَ مَاذَآ أَرَادَ ٱللَّهُ بِهَٰذَا مَثَلًا ​ۘ يُضِلُّ بِهِۦ كَثِيرًا وَيَهْدِى بِهِۦ كَثِيرًا ​ۚ وَمَا يُضِلُّ بِهِۦٓ إِلَّا ٱلْفَٰسِقِينَ‮٢٦‬‬‬
Sodiq
Albatta, Alloh chivin yoki undan ustunroq narsani misol keltirishdan uyalmas. Iymon keltirganlar, albatta, u Robbilaridan kelgan haqligini bilurlar. Ammo kufr keltirganlar: «Alloh bu misoldan nimani iroda qildi?» – derlar. U o`sha bilan ko`pchilikni zalolatga ketkizar va ko`pchilikni hidoyatga solar. U o`sha bilan faqat fosiqlarnigina zalolatga ketkizar.
27
ٱلَّذِينَ يَنقُضُونَ عَهْدَ ٱللَّهِ مِن​ۢ بَعْدِ مِيثَٰقِهِۦ وَيَقْطَعُونَ مَآ أَمَرَ ٱللَّهُ بِهِۦٓ أَن يُوصَلَ وَيُفْسِدُونَ فِى ٱلْأَرْضِ ​ۚ أُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْخَٰسِرُونَ‮٢٧‬‬‬
Sodiq
Ular Allohning ahdini bog`langanidan so`ng buzadigan, Alloh bog`lanishga buyurgan narsalarni kesadigan, yer yuzida fasod qiladigan zotlardir. Ana o`shalar yutqazuvchilardir.[1]

[1] Ya'ni, har bir bandaning Yaratgan bilan bog`lagan ahdi bor. Kofir va munofiqlar o`sha ahdni buzish bilan boshqalardan ajrab turadi. Alloh ko`p narsalarni, jumladan, qarindoshlik aloqalarini bog`lashga, insoniy aloqalarni bog`lashga, iymon va dindoshlik aloqalarini bog`lashga... va hokazo ishlarga buyurgan. Fosiq-kofir va munofiqlar ushbu aloqalarni ham kesadilar. Fasodning turi juda ko`p. Jumladan, yuqoridagi ikki sifat ham Yer yuzini fasodga to`ldiradigan sifatlardan hisoblanadi. Ammo eng katta fasod-borliqni yaratuvchi zot bo`lmish Alloh taolo ko`rsatgan yo`lini tark etib, boshqacha yashashga harakat qilishidir. Hamma fasod shundan kelib chiqadi.)
28
كَيْفَ تَكْفُرُونَ بِٱللَّهِ وَكُنتُمْ أَمْوَٰتًا فَأَحْيَٰكُمْ ​ۖ ثُمَّ يُمِيتُكُمْ ثُمَّ يُحْيِيكُمْ ثُمَّ إِلَيْهِ تُرْجَعُونَ‮٢٨‬‬‬
Sodiq
Allohga qanday kufr keltirasizlar? Va holbuki, jonsiz edingiz, U sizga jon berdi, so`ngra joningizni oladir va yana tiriltiradir va sizlar Unga qaytajaksizlar.
29
هُوَ ٱلَّذِى خَلَقَ لَكُم مَّا فِى ٱلْأَرْضِ جَمِيعًا ثُمَّ ٱسْتَوَىٰٓ إِلَى ٱلسَّمَآءِ فَسَوَّىٰهُنَّ سَبْعَ سَمَٰوَٰتٍ ​ۚ وَهُوَ بِكُلِّ شَىْءٍ عَلِيمٌ‮٢٩‬‬‬
Sodiq
U sizlar uchun yer yuzidagi barcha narsani yaratgan Zot. So`ngra osmonga yuzlandi va ularni yettita qilib to`g`riladi. Va U har bir narsani biluvchi Zotdir.[1]

[1] Alloh dunyodagi jamiki narsalarni insonga hadya etgan ekan, inson ham, o`z navbatida, o`sha ne'matlarni bergan Zotga shukr qilib yashamog`i lozim. Hol shunday ekan, qanday qilib ular Allohni inkor etadilar va unga kufr keltiradilar?!)
ﻉ5Sahifa 65ﻉ
30
وَإِذْ قَالَ رَبُّكَ لِلْمَلَٰٓئِكَةِ إِنِّى جَاعِلٌ فِى ٱلْأَرْضِ خَلِيفَةً ​ۖ قَالُوٓاْ أَتَجْعَلُ فِيهَا مَن يُفْسِدُ فِيهَا وَيَسْفِكُ ٱلدِّمَآءَ وَنَحْنُ نُسَبِّحُ بِحَمْدِكَ وَنُقَدِّسُ لَكَ ​ۖ قَالَ إِنِّىٓ أَعْلَمُ مَا لَا تَعْلَمُونَ‮٣٠‬‬‬
Sodiq
Esla, vaqtiki Robbing farishtalarga: «Men yer yuzida xalifa qilmoqchiman», – dedi. Ular: «Unda fasod qiladigan, qon to`kadigan kimsani qilmoqchimisan? Va holbuki, biz Senga tasbih, hamd aytib va Seni ulug`lab turibmiz», – dedilar. U: «Men siz bilmaganni bilaman», – dedi.[1]

[1] Ushbu oyatdan ma'lum bo`lyaptiki, Alloh taolo Odamni O`zining Yer yuzidagi o`rinbosari-xalifasi bo`lishini iroda etgan ekan. Demak, insonga ulkan ishonch bildirilgan, ulug` Allohning xalifasi bo`lishdek oliy maqomga loyiq ko`rilgan. Bunday marhamatning o`ziga yarasha buyuk mas'uliyati ham bor. Inson shuni anglagan holda, uni xalifa qilib qo`ygan Zotning topshiriqlarini bajarmog`i, yaratgan Zot munosib ko`rgan oliy maqomga dog` tushirmaslikka harakat qilmog`i kerak.)
31
وَعَلَّمَ ءَادَمَ ٱلْأَسْمَآءَ كُلَّهَا ثُمَّ عَرَضَهُمْ عَلَى ٱلْمَلَٰٓئِكَةِ فَقَالَ أَن​ۢبِـُٔونِى بِأَسْمَآءِ هَٰٓؤُلَآءِ إِن كُنتُمْ صَٰدِقِينَ‮٣١‬‬‬
Sodiq
Va U Odamga ismlarning barchasini o`rgatdi, so`ngra ularni farishtalarga ro`baro` qildi. Keyin: «Agar rostgo`ylardan bo`lsangiz, anavilarning ismlarini menga aytib bering», – dedi.
32
قَالُواْ سُبْحَٰنَكَ لَا عِلْمَ لَنَآ إِلَّا مَا عَلَّمْتَنَآ ​ۖ إِنَّكَ أَنتَ ٱلْعَلِيمُ ٱلْحَكِيمُ‮٣٢‬‬‬
Sodiq
Ular: «O`zing poksan! Bizda Sen bildirgandan boshqa ilm yo`q. Albatta, Sening O`zing biluvchisan va hikmatli Zotsan», – dedilar.
33
قَالَ يَٰٓـَٔادَمُ أَن​ۢبِئْهُم بِأَسْمَآئِهِمْ ​ۖ فَلَمَّآ أَن​ۢبَأَهُم بِأَسْمَآئِهِمْ قَالَ أَلَمْ أَقُل لَّكُمْ إِنِّىٓ أَعْلَمُ غَيْبَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَأَعْلَمُ مَا تُبْدُونَ وَمَا كُنتُمْ تَكْتُمُونَ‮٣٣‬‬‬
Sodiq
«Ey Odam, bularga u narsalarning ismlarini aytib ber», – dedi. Ularga o`sha narsalarning ismlarini aytib bergan chog`ida, «Men sizlarga osmonlaru yerning g`aybini bilaman va sizlar berkitmaganu berkitgan narsalarni ham bilaman demabmidim», – dedi.[1]

[1] Shu bilan Odamning farishtalardan ustunlik tarafi namoyon bo`ldi. U ham bo`lsa, ilm-ma'rifat. Inson Yer yuzida fasod qilishi, qon to`kishi ham mumkin, ne'mati ilohiy bo`lmish ilmni o`z o`rnida ishlatib, farishtalardan ustun bo`lishi ham mumkin.)
34
وَإِذْ قُلْنَا لِلْمَلَٰٓئِكَةِ ٱسْجُدُواْ لِـَٔادَمَ فَسَجَدُوٓاْ إِلَّآ إِبْلِيسَ أَبَىٰ وَٱسْتَكْبَرَ وَكَانَ مِنَ ٱلْكَٰفِرِينَ‮٣٤‬‬‬
Sodiq
Esla, farishtalarga: «Odamga sajda qilinglar!» deganimizni. Bas, sajda qildilar, magar iblis bosh tortdi, mutakabbirlik qildi va kofirlardan bo`ldi.[1]

[1] Farishtalarga sajdani buyurib, Alloh Odamga ulkan martaba ato etdi. Ammo bu sajda ibodat uchun emas, balki Odamni — Allohning ulug` ijodini tabriklash ma'nosida edi. Farishtalar darhol sajda qildilar, chunki ular fitratida Allohning amriga isyon qilish xususiyati yo`q. Faqat Iblis sajda qilmadi.)
35
وَقُلْنَا يَٰٓـَٔادَمُ ٱسْكُنْ أَنتَ وَزَوْجُكَ ٱلْجَنَّةَ وَكُلَا مِنْهَا رَغَدًا حَيْثُ شِئْتُمَا وَلَا تَقْرَبَا هَٰذِهِ ٱلشَّجَرَةَ فَتَكُونَا مِنَ ٱلظَّٰلِمِينَ‮٣٥‬‬‬
Sodiq
Va: «Ey Odam, sen o`z jufting ila jannatda maskan top. Unda nimani xohlasalaringiz, yenglar, osh bo`lsin va mana bu daraxtga yaqin kelmanglar, bas, u holda zolimlardan bo`lasizlar», – dedik.
36
فَأَزَلَّهُمَا ٱلشَّيْطَٰنُ عَنْهَا فَأَخْرَجَهُمَا مِمَّا كَانَا فِيهِ ​ۖ وَقُلْنَا ٱهْبِطُواْ بَعْضُكُمْ لِبَعْضٍ عَدُوٌّ ​ۖ وَلَكُمْ فِى ٱلْأَرْضِ مُسْتَقَرٌّ وَمَتَٰعٌ إِلَىٰ حِينٍ‮٣٦‬‬‬
Sodiq
Shayton ularni undan ozdirdi va bo`lgan narsalaridan chiqardi. Va Biz: «Ba'zingiz ba'zingizga dushman bo`lib tushinglar, sizlarga yer yuzida qarorgoh va bir muddat huzur qilish bordir», – dedik.
37
فَتَلَقَّىٰٓ ءَادَمُ مِن رَّبِّهِۦ كَلِمَٰتٍ فَتَابَ عَلَيْهِ ​ۚ إِنَّهُۥ هُوَ ٱلتَّوَّابُ ٱلرَّحِيمُ‮٣٧‬‬‬
Sodiq
Bas, Odam o`z Robbisidan so`zlarni qabul qilib oldi, keyin U Zot uning tavbasini qabul qildi. Albatta, U tavbani qabul qiluvchi va rahimli Zotdir.
38
قُلْنَا ٱهْبِطُواْ مِنْهَا جَمِيعًا ​ۖ فَإِمَّا يَأْتِيَنَّكُم مِّنِّى هُدًى فَمَن تَبِعَ هُدَاىَ فَلَا خَوْفٌ عَلَيْهِمْ وَلَا هُمْ يَحْزَنُونَ‮٣٨‬‬‬
Sodiq
Biz: «Undan hammangiz tushing. Bas, Mendan sizga hidoyat kelajak. Kim Mening hidoyatimga ergashsa, ularga xavf yo`q va ular xafa ham bo`lmaslar», – dedik.
39
وَٱلَّذِينَ كَفَرُواْ وَكَذَّبُواْ بِـَٔايَٰتِنَآ أُوْلَٰٓئِكَ أَصْحَٰبُ ٱلنَّارِ ​ۖ هُمْ فِيهَا خَٰلِدُونَ‮٣٩‬‬‬
Sodiq
Va kufr keltirgan hamda oyatlarimizni yolg`onga chiqarganlar esa, ular do`zax egalaridir, ular unda abadiy qolurlar.[1]

[1] Allohning hidoyatiga ergashmaganlarni Alloh taolo lo`nda qilib, kufr keltirganlar deb qo`ya qolgan. Erishadigan oqibatlari aniq ular do`zaxga tushadilar, o`sha yerda abadiy qoladilar.)
40
يَٰبَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ ٱذْكُرُواْ نِعْمَتِىَ ٱلَّتِىٓ أَنْعَمْتُ عَلَيْكُمْ وَأَوْفُواْ بِعَهْدِىٓ أُوفِ بِعَهْدِكُمْ وَإِيَّٰىَ فَٱرْهَبُونِ‮٤٠‬‬‬
Sodiq
Ey Bani Isroil, sizga bergan ne'matlarimni eslang va Menga bergan ahdingizga vafo qiling. Men ham sizga bergan ahdimga vafo qilurman. Va Mendangina qo`rqing.
41
وَءَامِنُواْ بِمَآ أَنزَلْتُ مُصَدِّقًا لِّمَا مَعَكُمْ وَلَا تَكُونُوٓاْ أَوَّلَ كَافِرٍ بِهِۦ ​ۖ وَلَا تَشْتَرُواْ بِـَٔايَٰتِى ثَمَنًا قَلِيلًا وَإِيَّٰىَ فَٱتَّقُونِ‮٤١‬‬‬
Sodiq
Va sizdagi narsani tasdiqlovchi qilib tushirgan narsamga iymon keltiring. Unga birinchi kufr keltiruvchi bo`lmang. Mening oyatlarimni oz bahoga sotmang va Mengagina taqvo qiling.
42
وَلَا تَلْبِسُواْ ٱلْحَقَّ بِٱلْبَٰطِلِ وَتَكْتُمُواْ ٱلْحَقَّ وَأَنتُمْ تَعْلَمُونَ‮٤٢‬‬‬
Sodiq
Haqni botilga aralashtirmang va o`zingiz bilib turib haqni berkitmang.
43
وَأَقِيمُواْ ٱلصَّلَوٰةَ وَءَاتُواْ ٱلزَّكَوٰةَ وَٱرْكَعُواْ مَعَ ٱلرَّٰكِعِينَ‮٤٣‬‬‬
Sodiq
Namozni to`kis ado qiling, zakot bering va ruku' qiluvchilar bilan ruku' qiling.
44
۞أَتَأْمُرُونَ ٱلنَّاسَ بِٱلْبِرِّ وَتَنسَوْنَ أَنفُسَكُمْ وَأَنتُمْ تَتْلُونَ ٱلْكِتَٰبَ ​ۚ أَفَلَا تَعْقِلُونَ‮٤٤‬‬‬
Sodiq
Odamlarni yaxshilikka chorlab turib, o`zingizni unutasizmi? Holbuki, kitobni tilovat qilyapsiz-ku. Aqlni ishlatmaysizmi?!
45
وَٱسْتَعِينُواْ بِٱلصَّبْرِ وَٱلصَّلَوٰةِ ​ۚ وَإِنَّهَا لَكَبِيرَةٌ إِلَّا عَلَى ٱلْخَٰشِعِينَ‮٤٥‬‬‬
Sodiq
Sabr va namoz ila yordam so`rang. Va albatta, u nafsi siniqlardan boshqalarga juda katta ishdir.[1]

[1] Biz yordam so`rang deb tarjima qilgan ibora arab tilida «ista'iynu" deb kelgan. Bu so`zning ma'nosi bir ishga urinib turib, yana qo`shimcha yordam so`rashni anglatadi. Demak, musulmon kishi har bir ishga astoydil urinadi va shu urinish bilan birga, Allohdan yordam so`raydi. Sabr ham, ko`pchilik xayol qilganiday salbiy ma'noda, ya'ni nima bo`lsa ham sabr qilyapman, deb jim-harakatsiz turish emas, balki Allohning aytganini bajarish jarayonida duch keladigan mashaqqatlarni yengishdagi sabrdir. Eng bosh sabr havoyu nafsni, rohat-farog`atni, mansabni tark qilib, Allohning aytganiga yurishga chidamdir.)
46
ٱلَّذِينَ يَظُنُّونَ أَنَّهُم مُّلَٰقُواْ رَبِّهِمْ وَأَنَّهُمْ إِلَيْهِ رَٰجِعُونَ‮٤٦‬‬‬
Sodiq
Ular albatta Robbilariga ro`baro` bo`lishlariga va albatta Unga qaytib borishlariga ishongan zotlardir.
47
يَٰبَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ ٱذْكُرُواْ نِعْمَتِىَ ٱلَّتِىٓ أَنْعَمْتُ عَلَيْكُمْ وَأَنِّى فَضَّلْتُكُمْ عَلَى ٱلْعَٰلَمِينَ‮٤٧‬‬‬
Sodiq
Ey Bani Isroil, sizga bergan ne'matlarimni va Men sizlarni olamlardan afzal qilib qo`yganimni eslang![1]

[1] O`sha paytlarda payg`ambarlik, ilohiy kitoblar va boshqa afzalliklar Bani Isroilga berilgan edi. Lekin ular bu ne'matlarga shukr etmadilar, ahdga vafo qilmadilar. Shundan so`ng Alloh ularni la'natladi, g`azab qildi, xorlik va zorlikni ravo ko`rdi.)
48
وَٱتَّقُواْ يَوْمًا لَّا تَجْزِى نَفْسٌ عَن نَّفْسٍ شَيْـًٔا وَلَا يُقْبَلُ مِنْهَا شَفَٰعَةٌ وَلَا يُؤْخَذُ مِنْهَا عَدْلٌ وَلَا هُمْ يُنصَرُونَ‮٤٨‬‬‬
Sodiq
Bir jon boshqa jondan hech narsani ado qila olmaydigan, undan shafoat qabul qilinmaydigan, undan to`lov olinmaydigan va ularga yordam berilmaydigan kundan qo`rqing.
49
وَإِذْ نَجَّيْنَٰكُم مِّنْ ءَالِ فِرْعَوْنَ يَسُومُونَكُمْ سُوٓءَ ٱلْعَذَابِ يُذَبِّحُونَ أَبْنَآءَكُمْ وَيَسْتَحْيُونَ نِسَآءَكُمْ ​ۚ وَفِى ذَٰلِكُم بَلَآءٌ مِّن رَّبِّكُمْ عَظِيمٌ‮٤٩‬‬‬
Sodiq
Sizni yomon azoblarga solib, o`g`illaringizni so`yib, qizlaringizni tirik qoldirayotgan Fir'avn ahlidan qutqarganimizni eslang. Ana o`shanda Robbingizdan ulug` sinov bordir.[1]

[1] Fir'avn — qadimgi Misr podshohining laqabi. Ya'ni, kim Misrga podshoh bo`lsa, Fir'avn bo`ladi. «Fir'avn ahli" degani Fir'avnning odamlari demakdir. Fir'avn Bani Isroilda tug`ilgan o`g`il bolalarni o`ldirib, qizlarni tirik qoldirishi ham ulkan bir azob.)
50
وَإِذْ فَرَقْنَا بِكُمُ ٱلْبَحْرَ فَأَنجَيْنَٰكُمْ وَأَغْرَقْنَآ ءَالَ فِرْعَوْنَ وَأَنتُمْ تَنظُرُونَ‮٥٠‬‬‬
Sodiq
Va dengizni yorib, sizni qutqarib, sizning ko`z oldingizda Fir'avn ahlini g`arq qilganimizni eslang.[1]

[1] Bani Isroilni Muso alayhissalom Misrdan olib chiqib ketayotganlarida, Fir'avn odamlari bilan quvib kelib qoladi. Shunda Alloh dengizni ikkiga bo`lib yo`l ochadi va Bani Isroil o`tib oladilar. Ortlaridan Fir'avn odamlari bilan tushganda, Alloh ularni g`arq qiladi.)
51
وَإِذْ وَٰعَدْنَا مُوسَىٰٓ أَرْبَعِينَ لَيْلَةً ثُمَّ ٱتَّخَذْتُمُ ٱلْعِجْلَ مِن​ۢ بَعْدِهِۦ وَأَنتُمْ ظَٰلِمُونَ‮٥١‬‬‬
Sodiq
Va Muso bilan qirq kechaga va'dalashganimizni, u (ketgani)dan so`ng zolim bo`lgan holingizda buzoqni (xudo) tutganingizni eslang!
52
ثُمَّ عَفَوْنَا عَنكُم مِّن​ۢ بَعْدِ ذَٰلِكَ لَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ‮٥٢‬‬‬
Sodiq
O`shandan keyin sizni afv etdik. Shoyadki, shukr qilsangiz.
53
وَإِذْ ءَاتَيْنَا مُوسَى ٱلْكِتَٰبَ وَٱلْفُرْقَانَ لَعَلَّكُمْ تَهْتَدُونَ‮٥٣‬‬‬
Sodiq
Shoyadki, hidoyat topsangiz deb, Musoga kitobni va furqonni berganimizni eslang.
54
وَإِذْ قَالَ مُوسَىٰ لِقَوْمِهِۦ يَٰقَوْمِ إِنَّكُمْ ظَلَمْتُمْ أَنفُسَكُم بِٱتِّخَاذِكُمُ ٱلْعِجْلَ فَتُوبُوٓاْ إِلَىٰ بَارِئِكُمْ فَٱقْتُلُوٓاْ أَنفُسَكُمْ ذَٰلِكُمْ خَيْرٌ لَّكُمْ عِندَ بَارِئِكُمْ فَتَابَ عَلَيْكُمْ ​ۚ إِنَّهُۥ هُوَ ٱلتَّوَّابُ ٱلرَّحِيمُ‮٥٤‬‬‬
Sodiq
Musoning o`z qavmiga: «Ey qavmim, albatta, siz buzoqni (xudo) tutishingiz ila o`zingizga o`zingiz zulm qildingiz. Endi sizni bor qiluvchi Zotga tavba qiling, o`zingizni o`zingiz o`ldiring, shundoq qilmog`ingiz sizni bor qiluvchi Zot huzurida siz uchun yaxshidir. Bas, U tavbangizni qabul qildi. Chunki U tavbani ko`plab qabul qiluvchi va rahimli Zotdir», deganini eslang.[1]

[1] Buzoqni xudo deb tutish inson uchun, uning aqli uchun naqadar ulkan or bo`lishiga qaramay, Bani Isroil tabiatidagi buzuqlikdan kelib chiqib, shu ishni o`ziga ep ko`rdi va bu bilan o`ziga o`zi zulm qildi.)
55
وَإِذْ قُلْتُمْ يَٰمُوسَىٰ لَن نُّؤْمِنَ لَكَ حَتَّىٰ نَرَى ٱللَّهَ جَهْرَةً فَأَخَذَتْكُمُ ٱلصَّٰعِقَةُ وَأَنتُمْ تَنظُرُونَ‮٥٥‬‬‬
Sodiq
«Ey Muso, Allohni ochiq-ravshan ko`rmagunimizcha, senga ishonmaymiz», deganingizni, shunda sizni o`zingiz nazar solib turganingizda yashin urganini eslang.[1]

[1] Bani Isroilning bu shakkokligi uchun Alloh taolo munosib jazoladi o`zlari qarab turgan holda yashin urib, halok bo`ldilar.)
56
ثُمَّ بَعَثْنَٰكُم مِّن​ۢ بَعْدِ مَوْتِكُمْ لَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ‮٥٦‬‬‬
Sodiq
So`ngra, o`limingizdan keyin qayta tiriltirdik, shoyadki, shukr qilsangiz.[1]

[1] Alloh taolo ularni qayta tiriltiribgina qo`ymadi. Balki yana qo`shimcha marhamatlar ko`rsatdi.)
57
وَظَلَّلْنَا عَلَيْكُمُ ٱلْغَمَامَ وَأَنزَلْنَا عَلَيْكُمُ ٱلْمَنَّ وَٱلسَّلْوَىٰ ​ۖ كُلُواْ مِن طَيِّبَٰتِ مَا رَزَقْنَٰكُمْ ​ۖ وَمَا ظَلَمُونَا وَلَٰكِن كَانُوٓاْ أَنفُسَهُمْ يَظْلِمُونَ‮٥٧‬‬‬
Sodiq
Va bulutni ustingizdan soya soldirib qo`ydik, sizga mann va bedanani tushirdik. Rizq qilib bergan narsalarimizning poklarini yenglar. Bizga zulm qilmadilar. Lekin o`zlariga zulm qilardilar.[1]

[1] Ibn Kasirning aytishlaricha, «Mann» o`zini yesa, taom va shirinlik, suvga qo`shib ichsa, ichimlik bo`ladigan narsadir. Uni boshqa narsalarga qo`shsa ham bo`laveradi.)
58
وَإِذْ قُلْنَا ٱدْخُلُواْ هَٰذِهِ ٱلْقَرْيَةَ فَكُلُواْ مِنْهَا حَيْثُ شِئْتُمْ رَغَدًا وَٱدْخُلُواْ ٱلْبَابَ سُجَّدًا وَقُولُواْ حِطَّةٌ نَّغْفِرْ لَكُمْ خَطَٰيَٰكُمْ ​ۚ وَسَنَزِيدُ ٱلْمُحْسِنِينَ‮٥٨‬‬‬
Sodiq
«Ushbu qishloqqa kiringiz va uning xohlagan joyida yenglar, yeganingiz osh bo`lsin va eshikdan ta'zim bilan, hittatun, deb kiring, sizning xatolaringizni mag`firat qilamiz va yaxshilarga ziyoda qilamiz», deganimizni eslang.[1]

[1] Ushbu oyatda, «Ushbu qishloqqa kiringiz», degan jumladagi «qishloq»dan murod — Quddusi sharifdir. Uzoq zamonlar Misrda vatangado bo`lib yurgan Bani Isroilga Alloh taolo vatan ato qilib, «qishloqqa kiringiz», deyapti. Buning ustiga yana «Xohlagan joyingizda yeb-ichinglar, yeganlaringiz osh bo`lsin», deb katta marhamat ko`rsatyapti. Shu bilan birga, qanday holda kirish lozimligini ham o`rgatdi. Eshikdan sajda qilib, ya'ni odob bilan, «hittatun» degan so`zni aytib kiring, deyildi. «Hittatun» degani — afv et, gunohimni kech, degan ma'noni anglatar ekan. Bani Isroil agar qishloqqa sajda qilib, gunohlarini kechishini so`rab, Alloh o`rgatgan so`zni aytib kirsalar, Parvardigor ularga mag`firat va'da qildi. «Sizning xatolaringizni mag`firat qilamiz va yaxshilarga ziyoda qilib beramiz», dedi.)
59
فَبَدَّلَ ٱلَّذِينَ ظَلَمُواْ قَوْلًا غَيْرَ ٱلَّذِى قِيلَ لَهُمْ فَأَنزَلْنَا عَلَى ٱلَّذِينَ ظَلَمُواْ رِجْزًا مِّنَ ٱلسَّمَآءِ بِمَا كَانُواْ يَفْسُقُونَ‮٥٩‬‬‬
Sodiq
Bas, zulm qilganlar ularga aytilgan so`zni boshqasiga almashtirdilar. Biz zulm qilganlarga fisq qilayotganlari uchun osmondan azob tushirdik.[1]

[1] Bani Isroil yana buzg`unchilik qildi. Alloh taolo o`rgatgan «hittatun» so`zi o`rniga boshqa so`zni almashtirib aytdilar. Imom Buxoriy Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qiladilarki, Payg`ambar alayhissalom «Bani Isroilga, eshikdan ta'zim qilib, hittatun, deb kiringlar, deyilgan edi. Ular dumbalari bilan sudralib, so`zni almashtirib, habbatun fi sha'ratin, deb kirdilar», dedilar. Ushbu hadisdan ma'lum bo`ladiki, ular ham amalda, ham so`zda xilof qilganlar. Sajda ta'zim) qilib kiringlar, deyilsa, dumbalari bilan sudralib kirganlar. «Hittatun» deb aytinglar, deyilsa, «habbatun fi sha'ratin», ya'ni arpa doni ichidagi bir dona don, deyishgan. Ularning bu ishlari ham zulm, ham fisq — Allohning amridan chiqish edi. Shuning uchun Alloh taolo ularga osmondan azob tushirdi.)
ﻉ8Juz 1 4⁄88ﻉ
60
۞وَإِذِ ٱسْتَسْقَىٰ مُوسَىٰ لِقَوْمِهِۦ فَقُلْنَا ٱضْرِب بِّعَصَاكَ ٱلْحَجَرَ ​ۖ فَٱنفَجَرَتْ مِنْهُ ٱثْنَتَا عَشْرَةَ عَيْنًا ​ۖ قَدْ عَلِمَ كُلُّ أُنَاسٍ مَّشْرَبَهُمْ ​ۖ كُلُواْ وَٱشْرَبُواْ مِن رِّزْقِ ٱللَّهِ وَلَا تَعْثَوْاْ فِى ٱلْأَرْضِ مُفْسِدِينَ‮٦٠‬‬‬
Sodiq
Muso o`z qavmini serob qilishni so`raganida, «Hassang bilan toshni ur!» deganimizni eslang. Bas, undan o`n ikki buloq otilib chiqdi. Har qabila o`z suvini bildi. Alloh bergan rizqdan yeb-ichinglar. Yer yuzida buzg`unchilik ustiga buzg`unchilik qilmanglar.
61
وَإِذْ قُلْتُمْ يَٰمُوسَىٰ لَن نَّصْبِرَ عَلَىٰ طَعَامٍ وَٰحِدٍ فَٱدْعُ لَنَا رَبَّكَ يُخْرِجْ لَنَا مِمَّا تُن​ۢبِتُ ٱلْأَرْضُ مِن​ۢ بَقْلِهَا وَقِثَّآئِهَا وَفُومِهَا وَعَدَسِهَا وَبَصَلِهَا ​ۖ قَالَ أَتَسْتَبْدِلُونَ ٱلَّذِى هُوَ أَدْنَىٰ بِٱلَّذِى هُوَ خَيْرٌ ​ۚ ٱهْبِطُواْ مِصْرًا فَإِنَّ لَكُم مَّا سَأَلْتُمْ ​ۗ وَضُرِبَتْ عَلَيْهِمُ ٱلذِّلَّةُ وَٱلْمَسْكَنَةُ وَبَآءُو بِغَضَبٍ مِّنَ ٱللَّهِ ​ۗ ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمْ كَانُواْ يَكْفُرُونَ بِـَٔايَٰتِ ٱللَّهِ وَيَقْتُلُونَ ٱلنَّبِيِّـۧنَ بِغَيْرِ ٱلْحَقِّ ​ۗ ذَٰلِكَ بِمَا عَصَواْ وَّكَانُواْ يَعْتَدُونَ‮٦١‬‬‬
Sodiq
«Ey Muso, bir xil taomga hech chiday olmaymiz, Robbingga duo qil, bizga yerda o`sadigan narsalardan — sabzavot, tarra, sarimsoq, mosh, piyoz chiqarib bersin», deganingizni eslang. U: «Yaxshi narsani past narsaga almashtirishni so`raysizlarmi? Birorta shaharga tushing, so`raganingizni albatta topasiz», dedi. Ularga xorlik va miskinlik yozildi va Allohning g`azabiga loyiq bo`ldilar. Bu, Allohning oyatlariga kufr keltirganlari, Nabiylarni nohaq qatl etganlari uchundir. Bu, isyonga ketganlari va haddan oshganlari uchundir.
ﻉ9Sahifa 109ﻉ
62
إِنَّ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَٱلَّذِينَ هَادُواْ وَٱلنَّصَٰرَىٰ وَٱلصَّٰبِـِٔينَ مَنْ ءَامَنَ بِٱللَّهِ وَٱلْيَوْمِ ٱلْـَٔاخِرِ وَعَمِلَ صَٰلِحًا فَلَهُمْ أَجْرُهُمْ عِندَ رَبِّهِمْ وَلَا خَوْفٌ عَلَيْهِمْ وَلَا هُمْ يَحْزَنُونَ‮٦٢‬‬‬
Sodiq
Albatta, iymon keltirganlar, yahudiy bo`lganlar, nasorolar va sobiiylardan, qaysilari Allohga va qiyomat kuniga iymon keltirsa va yaxshi amallarni qilsa, o`shalarga Robbilari huzurida ajrlar bordir. Ularga xavf yo`q va ular xafa ham bo`lmaslar.[1]

[1] Oyati karimadagi «iymon keltirganlar»dan murod musulmonlardir. «Yahudiy bo`lganlar» — Bani Isroildir. Yahudiyning ikki toifasi bor birinchisi — Allohga qaytgan, ikkinchisi — Yahudoning farzandlari. «Nasorolar» deganda esa, Iyso alayhissalomga iymon keltirganlar tushuniladi. Ular u kishiga yordam berganlari uchun «nasoro» yordam beruvchilar) deb nom olganlar. «Sobiiylar» deb Payg`ambarimiz kelishlaridan oldin arab mushriklaridan bir guruhlari o`z qavmlarining butu sanamlarga sig`inishlarini yoqtirmay, o`zlari yangi aqida axtarib, oxiri, Ibrohim alayhissalom dinida yuramiz, deb qavmlaridan ajrab chiqqan kishilarga aytiladi. Bu nomni ularga mushriklar bergan, ya'ni otalarining dinidan burilganlar, deganidir.)
63
وَإِذْ أَخَذْنَا مِيثَٰقَكُمْ وَرَفَعْنَا فَوْقَكُمُ ٱلطُّورَ خُذُواْ مَآ ءَاتَيْنَٰكُم بِقُوَّةٍ وَٱذْكُرُواْ مَا فِيهِ لَعَلَّكُمْ تَتَّقُونَ‮٦٣‬‬‬
Sodiq
Ahdu paymonlaringizni olganimizni va ustingizga Turni ko`targanimizni, «Biz sizga bergan narsani quvvat bilan oling va undagi narsani eslang, shoyadki, taqvodor bo`lsangiz», (deganimizni) eslang.
64
ثُمَّ تَوَلَّيْتُم مِّن​ۢ بَعْدِ ذَٰلِكَ ​ۖ فَلَوْلَا فَضْلُ ٱللَّهِ عَلَيْكُمْ وَرَحْمَتُهُۥ لَكُنتُم مِّنَ ٱلْخَٰسِرِينَ‮٦٤‬‬‬
Sodiq
So`ngra, o`shandan keyin yuz o`girdingiz. Sizga Allohning fazli bo`lmaganida, albatta yutqazganlardan bo`lardingiz.
65
وَلَقَدْ عَلِمْتُمُ ٱلَّذِينَ ٱعْتَدَوْاْ مِنكُمْ فِى ٱلسَّبْتِ فَقُلْنَا لَهُمْ كُونُواْ قِرَدَةً خَٰسِـِٔينَ‮٦٥‬‬‬
Sodiq
Batahqiq, sizlardan shanba kuni tajovuzkorlik qilganlarni bildingiz. Biz ularga: «Quvilgan, xor-zor maymunga aylaning», – dedik.
66
فَجَعَلْنَٰهَا نَكَٰلًا لِّمَا بَيْنَ يَدَيْهَا وَمَا خَلْفَهَا وَمَوْعِظَةً لِّلْمُتَّقِينَ‮٦٦‬‬‬
Sodiq
Biz bu (hodisa)ni uning oldidagilarga va keyinidagilarga va taqvodorlarga mav'iza qildik.[1]

[1] Ushbu xabarlardan Bani Isroilning yana ikki axloqini bilib olsa bo`ladi. Ko`p ta'kidlashga qaramay, o`zlariga tushgan vahiydan, ilohiy ko`rsatmalardan yuz o`girish. Buyruq va qaytariqlarga yuzaki amal qilgan bo`lib, aslida, xilof ish tutish. Imom Ahmad rivoyat qilgan hadisda Payg`ambar alayhissalom «Yahudiylar qilgan ishni sizlar qilmanglar, Alloh harom qilgan narsalarni har xil hiylalar bilan halol hisoblamanglar», deydilar.)
67
وَإِذْ قَالَ مُوسَىٰ لِقَوْمِهِۦٓ إِنَّ ٱللَّهَ يَأْمُرُكُمْ أَن تَذْبَحُواْ بَقَرَةً ​ۖ قَالُوٓاْ أَتَتَّخِذُنَا هُزُوًا ​ۖ قَالَ أَعُوذُ بِٱللَّهِ أَنْ أَكُونَ مِنَ ٱلْجَٰهِلِينَ‮٦٧‬‬‬
Sodiq
Muso o`z qavmiga: «Alloh sizga sigir so`ymoqni buyurmoqda», deganini eslang. Ular: «Bizni masxara qilyapsanmi?» – dedilar. U: «Johillardan bo`lishimdan Allohdan panoh so`rayman», – dedi.
68
قَالُواْ ٱدْعُ لَنَا رَبَّكَ يُبَيِّن لَّنَا مَا هِىَ ​ۚ قَالَ إِنَّهُۥ يَقُولُ إِنَّهَا بَقَرَةٌ لَّا فَارِضٌ وَلَا بِكْرٌ عَوَانُ​ۢ بَيْنَ ذَٰلِكَ ​ۖ فَٱفْعَلُواْ مَا تُؤْمَرُونَ‮٦٨‬‬‬
Sodiq
Ular: «Robbingga duo qil, uning qanday ekanini bayon qilib bersin», – dedilar. U: «U Zot, qari ham, yosh ham bo`lmagan, ikkovining o`rtasidagi sigir, deyapti. Bas, buyurilgan narsani bajaring», – dedi.
69
قَالُواْ ٱدْعُ لَنَا رَبَّكَ يُبَيِّن لَّنَا مَا لَوْنُهَا ​ۚ قَالَ إِنَّهُۥ يَقُولُ إِنَّهَا بَقَرَةٌ صَفْرَآءُ فَاقِعٌ لَّوْنُهَا تَسُرُّ ٱلنَّٰظِرِينَ‮٦٩‬‬‬
Sodiq
Ular: «Robbingga duo qil, uning rangini bayon qilib bersin», dedilar. U: «U Zot, rangi sap-sariq, qaraganlarni xursand qiladigan sigir, deyapti», – dedi.
70
قَالُواْ ٱدْعُ لَنَا رَبَّكَ يُبَيِّن لَّنَا مَا هِىَ إِنَّ ٱلْبَقَرَ تَشَٰبَهَ عَلَيْنَا وَإِنَّآ إِن شَآءَ ٱللَّهُ لَمُهْتَدُونَ‮٧٠‬‬‬
Sodiq
Ular: «Robbingga duo qil, uning qanday ekanini bizga bayon qilib bersin, sigir bizga noaniq bo`lib qoldi, biz, inshoalloh, albatta, hidoyat topuvchimiz», – dedilar.
71
قَالَ إِنَّهُۥ يَقُولُ إِنَّهَا بَقَرَةٌ لَّا ذَلُولٌ تُثِيرُ ٱلْأَرْضَ وَلَا تَسْقِى ٱلْحَرْثَ مُسَلَّمَةٌ لَّا شِيَةَ فِيهَا ​ۚ قَالُواْ ٱلْـَٰٔنَ جِئْتَ بِٱلْحَقِّ ​ۚ فَذَبَحُوهَا وَمَا كَادُواْ يَفْعَلُونَ‮٧١‬‬‬
Sodiq
U: «U Zot, o`sha sigir minilmagan, yer haydash, ekin sug`orishda ishlatilmagan, ayblardan salomat, aralashgan rangi yo`q, deyapti», – dedi. Ular: «Ana endi haqni keltirding», – dedilar. Bas, uni so`ydilar. Sal bo`lmasa, qila olmasdilar.
72
وَإِذْ قَتَلْتُمْ نَفْسًا فَٱدَّٰرَأْتُمْ فِيهَا ​ۖ وَٱللَّهُ مُخْرِجٌ مَّا كُنتُمْ تَكْتُمُونَ‮٧٢‬‬‬
Sodiq
Bir jonni o`ldirib qo`yib, u haqida ixtilofga tushganingizni eslang. Alloh siz berkitgan narsani chiqarguvchidir.
73
فَقُلْنَا ٱضْرِبُوهُ بِبَعْضِهَا ​ۚ كَذَٰلِكَ يُحْىِ ٱللَّهُ ٱلْمَوْتَىٰ وَيُرِيكُمْ ءَايَٰتِهِۦ لَعَلَّكُمْ تَعْقِلُونَ‮٧٣‬‬‬
Sodiq
«Bas, uni u(sigir)ning ba'zi joyi bilan uring», – dedik. Alloh xuddi shunday qilib o`liklarni tiriltirur va oyat — alomatlarini sizga ko`rsatur. Shoyadki, aql ishlatsangiz.
74
ثُمَّ قَسَتْ قُلُوبُكُم مِّن​ۢ بَعْدِ ذَٰلِكَ فَهِىَ كَٱلْحِجَارَةِ أَوْ أَشَدُّ قَسْوَةً ​ۚ وَإِنَّ مِنَ ٱلْحِجَارَةِ لَمَا يَتَفَجَّرُ مِنْهُ ٱلْأَنْهَٰرُ ​ۚ وَإِنَّ مِنْهَا لَمَا يَشَّقَّقُ فَيَخْرُجُ مِنْهُ ٱلْمَآءُ ​ۚ وَإِنَّ مِنْهَا لَمَا يَهْبِطُ مِنْ خَشْيَةِ ٱللَّهِ ​ۗ وَمَا ٱللَّهُ بِغَٰفِلٍ عَمَّا تَعْمَلُونَ‮٧٤‬‬‬
Sodiq
So`ngra, shundan keyin qalblaringiz qattiq bo`ldi, ular toshdek yoki toshdan ham qattiq. Va holbuki, toshlarning ba'zilaridan anhorlar otilib chiqadir, ba'zilari yorilib, undan suv chiqadir va ba'zilari Allohdan qo`rqqanidan qulab tushadir. Va Alloh qilayotgan ishlaringizdan g`ofil emas.[1]

[1] Ushbu oyatda Alloh taolo Bani Isroilning oxirgi hodisadan keyingi holatini vasf qilmoqda. Shuncha mo`'jiza ko`rgan inson, kim bo`lishidan qat'iy nazar, qalbi erib, Allohga bo`lgan e'tiqodi ziyoda bo`lishi kerak edi. Ammo Bani Isroilning qalblari qattiq bo`ldi. Qattiq bo`lganda ham, toshdek qattiq, balki toshdan haim qattiq bo`ldi.)
75
۞أَفَتَطْمَعُونَ أَن يُؤْمِنُواْ لَكُمْ وَقَدْ كَانَ فَرِيقٌ مِّنْهُمْ يَسْمَعُونَ كَلَٰمَ ٱللَّهِ ثُمَّ يُحَرِّفُونَهُۥ مِن​ۢ بَعْدِ مَا عَقَلُوهُ وَهُمْ يَعْلَمُونَ‮٧٥‬‬‬
Sodiq
Ularning iymon keltirishlarini tama' qilasizlarmi? Va holbuki, ulardan bir guruhlari Allohning kalomini eshitar edilar va so`ngra uni tushunganlaridan keyin, bilib turib buzar edilar.[1]

[1] Iymon o`ziga yarasha poklik, musaffolik, nurni qabul qilib olishga iste'dod talab qiladi. Ammo yahudiylarda bu narsaga yaqinlik hech sezilmayapti. Ularning eng yaxshi vakillari bo`lmish diniy olimlariki Allohning kalomini eshitib, uni tushunib yetgandan so`ng, bilib turib buzsalar, qolganlari nima ham qilar edi.)
76
وَإِذَا لَقُواْ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ قَالُوٓاْ ءَامَنَّا وَإِذَا خَلَا بَعْضُهُمْ إِلَىٰ بَعْضٍ قَالُوٓاْ أَتُحَدِّثُونَهُم بِمَا فَتَحَ ٱللَّهُ عَلَيْكُمْ لِيُحَآجُّوكُم بِهِۦ عِندَ رَبِّكُمْ ​ۚ أَفَلَا تَعْقِلُونَ‮٧٦‬‬‬
Sodiq
Ular iymon keltirganlarni uchratsalar, iymon keltirdik, derlar. Ba'zilari ba'zilari bilan xoli qolsalar, ularga: «Alloh sizga ochgan narsa haqida Robbingiz huzurida hujjat talashishlari uchun gapiryapsizmi? Aqlni ishlatmaysizmi?» derlar.[1]

[1] Shunaqa sifat egalarining iymonga kelishidan umidvor bo`lsa bo`ladimi? Ular ikkiyuzlamachi qavmdir. Musulmonlar bilan uchrashib qolganda, iymonga keldik, Muhammad alayhissalomga ummat bo`ldik, deyishadi. Chunki Tavrotda u kishi haqlarida bashoratlar bor va yahudiylar u zotning payg`ambar bo`lib kelishlarini kutayotgan edilar. Alloh taolo o`sha Payg`ambar tufayli bizni dushmanlarimizga g`olib qiladi, deyishar edi... Ammo o`zlari bir-birlari bilan yolg`iz qolganlarida, bu haqiqatni oshkor qilganlarni so`ka boshlar edilar.)
77
أَوَلَا يَعْلَمُونَ أَنَّ ٱللَّهَ يَعْلَمُ مَا يُسِرُّونَ وَمَا يُعْلِنُونَ‮٧٧‬‬‬
Sodiq
Alloh ularning sir tutganu oshkor qilgan narsalarini albatta bilishini anglamaydilarmi?[1]

[1] Zikr qilingan bu hol yahudiylarning diniy olimlariga oid.)
78
وَمِنْهُمْ أُمِّيُّونَ لَا يَعْلَمُونَ ٱلْكِتَٰبَ إِلَّآ أَمَانِىَّ وَإِنْ هُمْ إِلَّا يَظُنُّونَ‮٧٨‬‬‬
Sodiq
Ularning ichida kitobdan bexabar, xomxayoldan boshqani bilmaydigan omiylar bor. Ular faqat gumon qiladilar xolos.[1]

[1] Ya'ni, yahudiylar ichida Tavrotdan bexabar, unda nima gap borligini bilmaydigan savodsiz omiylar ham bor. O`sha omiylarning bilgani faqat xomxayol, xolos. Turli narsalarni gumon qilib, o`sha gumoniga ishonib yuraveradi. Bu omiylarning shunday holga tushib qolishiga nima sabab? Asosiy sabablaridan biri — zalolatga ketgan ulamolar.)
79
فَوَيْلٌ لِّلَّذِينَ يَكْتُبُونَ ٱلْكِتَٰبَ بِأَيْدِيهِمْ ثُمَّ يَقُولُونَ هَٰذَا مِنْ عِندِ ٱللَّهِ لِيَشْتَرُواْ بِهِۦ ثَمَنًا قَلِيلًا ​ۖ فَوَيْلٌ لَّهُم مِّمَّا كَتَبَتْ أَيْدِيهِمْ وَوَيْلٌ لَّهُم مِّمَّا يَكْسِبُونَ‮٧٩‬‬‬
Sodiq
Kitobni o`z qo`li bilan yozib, so`ngra uni arzon bahoga sotish uchun: «Bu Allohning huzuridan», deydiganlarga halokat bo`lsin! Ularga qo`llari bilan yozgan narsalaridan halokat bo`lsin! Ularga topgan foydalaridan halokat bo`lsin![1]

[1] Oyati karima zikr qilgan «arzon baho» haqida Imom Hasan Basriy «Arzon baho — dunyo va uning narsalaridir», degan ekanlar. Dunyoga molu boylik, mansab va boshqalar kiradi.)
80
وَقَالُواْ لَن تَمَسَّنَا ٱلنَّارُ إِلَّآ أَيَّامًا مَّعْدُودَةً ​ۚ قُلْ أَتَّخَذْتُمْ عِندَ ٱللَّهِ عَهْدًا فَلَن يُخْلِفَ ٱللَّهُ عَهْدَهُۥٓ ​ۖ أَمْ تَقُولُونَ عَلَى ٱللَّهِ مَا لَا تَعْلَمُونَ‮٨٠‬‬‬
Sodiq
Va ular: «Bizga (do`zax) o`ti hech tegmas, tegsa ham sanoqli kunlargina tegadir», – dedilar. Sen: «Allohdan ahd oldingizmi? Zotan, Alloh ahdiga hech xilof qilmas. Yoki Allohning nomidan bilmagan narsangizni gapiryapsizmi?» – deb ayt.
81
بَلَىٰ مَن كَسَبَ سَيِّئَةً وَأَحَٰطَتْ بِهِۦ خَطِيٓـَٔتُهُۥ فَأُوْلَٰٓئِكَ أَصْحَٰبُ ٱلنَّارِ ​ۖ هُمْ فِيهَا خَٰلِدُونَ‮٨١‬‬‬
Sodiq
Yo`q! Kim gunoh qilsa va uni xatolari o`rab olgan bo`lsa, ana o`shalar do`zax egalaridir. Ular unda abadiy qolurlar.
82
وَٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَعَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ أُوْلَٰٓئِكَ أَصْحَٰبُ ٱلْجَنَّةِ ​ۖ هُمْ فِيهَا خَٰلِدُونَ‮٨٢‬‬‬
Sodiq
Va iymon keltirib, yaxshi amallarni qilganlar, ana o`shalar jannat egalaridir. Ular unda abadiy qolurlar.
83
وَإِذْ أَخَذْنَا مِيثَٰقَ بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ لَا تَعْبُدُونَ إِلَّا ٱللَّهَ وَبِٱلْوَٰلِدَيْنِ إِحْسَانًا وَذِى ٱلْقُرْبَىٰ وَٱلْيَتَٰمَىٰ وَٱلْمَسَٰكِينِ وَقُولُواْ لِلنَّاسِ حُسْنًا وَأَقِيمُواْ ٱلصَّلَوٰةَ وَءَاتُواْ ٱلزَّكَوٰةَ ثُمَّ تَوَلَّيْتُمْ إِلَّا قَلِيلًا مِّنكُمْ وَأَنتُم مُّعْرِضُونَ‮٨٣‬‬‬
Sodiq
Allohdan boshqaga ibodat etmaysiz, ota-onaga, qarindoshlarga, yetimlarga, miskinlarga yaxshilik qilasiz, odamlarga yaxshi gaplar ayting, namozni qoim qiling, zakot bering, deb Bani Isroildan ahdu paymon olganimizni eslang. So`ngra, ozginangizdan boshqangiz yuz o`girib, ortga qarab ketdingiz.[1]

[1] Mulohaza qilinsa, Alloh taolo Bani Isroildan ahdu paymon olgan ishlar Islom dini ham buyurgan ishlardir. Shundan hamma samoviy dinlarning birligi kelib chiqadi. Tavhid aqidasining asosi — Allohdan boshqaga ibodat qilmaslik — ahdu paymon olingan ishlarning boshida sanalyapti. Ota-onaga yaxshilik qilish har bir farzandning muqaddas burchi hisoblanadi. Qarindoshlarning qarindoshlik haqqi bor, ularga ham yaxshilik qilish lozim. Yetimlar — boquvchisiz qolgan yosh bolalardir. Jamiyatda ularning ham haqqi bor. Shuningdek, miskinlar ham turli sabablarga ko`ra, hayoti noqulay hollarga tushib qolgan shaxslardir, ularga ham yaxshilik ko`rsatish insonning insoniylik burchi hisoblanadi.)
84
وَإِذْ أَخَذْنَا مِيثَٰقَكُمْ لَا تَسْفِكُونَ دِمَآءَكُمْ وَلَا تُخْرِجُونَ أَنفُسَكُم مِّن دِيَٰرِكُمْ ثُمَّ أَقْرَرْتُمْ وَأَنتُمْ تَشْهَدُونَ‮٨٤‬‬‬
Sodiq
Bir-biringizning qonlaringizni to`kmaysiz va diyoringizdan chiqarmaysiz, deb sizlardan ahdu paymon olganimizni eslang. So`ngra, guvohlik berib turib iqror bo`ldingiz.
85
ثُمَّ أَنتُمْ هَٰٓؤُلَآءِ تَقْتُلُونَ أَنفُسَكُمْ وَتُخْرِجُونَ فَرِيقًا مِّنكُم مِّن دِيَٰرِهِمْ تَظَٰهَرُونَ عَلَيْهِم بِٱلْإِثْمِ وَٱلْعُدْوَٰنِ وَإِن يَأْتُوكُمْ أُسَٰرَىٰ تُفَٰدُوهُمْ وَهُوَ مُحَرَّمٌ عَلَيْكُمْ إِخْرَاجُهُمْ ​ۚ أَفَتُؤْمِنُونَ بِبَعْضِ ٱلْكِتَٰبِ وَتَكْفُرُونَ بِبَعْضٍ ​ۚ فَمَا جَزَآءُ مَن يَفْعَلُ ذَٰلِكَ مِنكُمْ إِلَّا خِزْىٌ فِى ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا ​ۖ وَيَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ يُرَدُّونَ إِلَىٰٓ أَشَدِّ ٱلْعَذَابِ ​ۗ وَمَا ٱللَّهُ بِغَٰفِلٍ عَمَّا تَعْمَلُونَ‮٨٥‬‬‬
Sodiq
So`ngra, siz o`zingizni o`zingiz o`ldirasiz va bir guruhingizni diyoridan chiqarasiz hamda ularga qarshi gunoh va dushmanlik yo`lida yordam berasiz. Agar ular asir bo`lsalar, qutqarib olasiz. Va holbuki, ularni chiqarish harom edi. Yoki kitobning ba'zisiga iymon keltirib, ba'zisiga kufr keltirasizmi?! Sizlardan o`shandoq qilganlarning jazosi bu dunyoda faqat rasvo bo`lishlikdir, qiyomat kunida esa, eng shiddatli azobga qaytarilurlar. Alloh qilayotganingizdan g`ofil emas.
86
أُوْلَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ ٱشْتَرَوُاْ ٱلْحَيَوٰةَ ٱلدُّنْيَا بِٱلْـَٔاخِرَةِ ​ۖ فَلَا يُخَفَّفُ عَنْهُمُ ٱلْعَذَابُ وَلَا هُمْ يُنصَرُونَ‮٨٦‬‬‬
Sodiq
Ana o`shalar dunyo hayotini oxiratga sotib olganlardir. Ulardan azob yengillatilmas va ularga yordam ham berilmas.
87
وَلَقَدْ ءَاتَيْنَا مُوسَى ٱلْكِتَٰبَ وَقَفَّيْنَا مِن​ۢ بَعْدِهِۦ بِٱلرُّسُلِ ​ۖ وَءَاتَيْنَا عِيسَى ٱبْنَ مَرْيَمَ ٱلْبَيِّنَٰتِ وَأَيَّدْنَٰهُ بِرُوحِ ٱلْقُدُسِ ​ۗ أَفَكُلَّمَا جَآءَكُمْ رَسُولُ​ۢ بِمَا لَا تَهْوَىٰٓ أَنفُسُكُمُ ٱسْتَكْبَرْتُمْ فَفَرِيقًا كَذَّبْتُمْ وَفَرِيقًا تَقْتُلُونَ‮٨٧‬‬‬
Sodiq
Va batahqiq, Musoga kitobni berdik va uning ortidan Payg`ambarlarni ketma-ket yubordik. Va Iyso ibn Maryamga ravshan(mo`'jiza)larni berdik va uni Ruhul Qudus bilan qo`lladik. Har qachon Payg`ambar sizning havoyi nafsingizga yoqmaydigan narsa keltirsa, mutakabbirlik qilib, ba'zilarini yolg`onchiga chiqarib, ba'zilarini o`ldiraverasizmi?!
88
وَقَالُواْ قُلُوبُنَا غُلْفُ​ۢ ​ۚ بَل لَّعَنَهُمُ ٱللَّهُ بِكُفْرِهِمْ فَقَلِيلًا مَّا يُؤْمِنُونَ‮٨٨‬‬‬
Sodiq
Va ular: «Qalbimiz g`iloflangan», deyishar. Yo`q, unday emas, kufrlari sababli Alloh ularni la'natlagan. Bas, ozginagina iymon keltirurlar.[1]

[1] Yahudiylar Islomga da'vat qilinganlarida «Bizning qalbimiz g`iloflangan, yangi da'vat kirmaydi, yangi da'vatchini qabul qilmaydi», deb aytishar edilar. Alloh taolo ushbu oyatda ularning bu gaplari yolg`on ekanini fosh etib, haqiqatni bayon qilmoqda. Haqiqat nima? Haqiqat shulki, ular avvaldan kufr keltirib, iymondan qochib yurganlari uchun Alloh ularni la'natlab, ya'ni rahmatidan quvib, hidoyat ne'matidan mahrum etgan. Shu sababdan ular iymonga kela olmaydilar. Agar mabodo kelsalar ham, juda oz keladilar.)
89
وَلَمَّا جَآءَهُمْ كِتَٰبٌ مِّنْ عِندِ ٱللَّهِ مُصَدِّقٌ لِّمَا مَعَهُمْ وَكَانُواْ مِن قَبْلُ يَسْتَفْتِحُونَ عَلَى ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ فَلَمَّا جَآءَهُم مَّا عَرَفُواْ كَفَرُواْ بِهِۦ ​ۚ فَلَعْنَةُ ٱللَّهِ عَلَى ٱلْكَٰفِرِينَ‮٨٩‬‬‬
Sodiq
Ularga Allohning huzuridan o`zlaridagi narsani tasdiqlovchi kitob kelganda, va holbuki, kofirlarga qarshi (undan) yordam kutardilar. Bas, qachonki ularga o`zlari bilgan narsa kelganda, unga kufr keltirdilar. Kofirlarga Allohning la'nati bo`lsin.[1]

[1] Ibn Kasir rahmatullohi alayhi rivoyat qiladilarki, yahudiylar Avs va Xazraj qabilalariga qarshi, yaqinda bizning kitoblarimiz xabarini bergan Payg`ambar chiqadi, biz unga iymon keltirib, sizlarning ustingizdan g`alaba qozonamiz, der edilar. Alloh taolo Payg`ambarni arablar ichidan tanlab yuborgach esa, u kishiga kufr keltirdilar. Avvalgi gaplarini o`zlari inkor qildilar. Shunda Muoz ibn Jabal, Bashir ibn al-Barraa ibn Ma'ruf va Dovud ibn Salamalar ularga qarata «Ey yahudiylar jamoasi, Allohdan qo`rqinglar! Musulmon bo`linglar! Biz shirk ahli bo`lgan davrimizda, bizga qarshi u kishidan yordam topishingizni aytar edingizlar. U kishining payg`ambar qilib yuborilishi xabarini berar edingizlar. Sifatlarini aytib berar edingizlar», dedilar. Bunga javoban Bani Naziyr yahudiylaridan Salom ibn Mushkam degani «U biz bilgan narsani olib keldi. Biz sizga aytgan bu emas», dedi.)
90
بِئْسَمَا ٱشْتَرَوْاْ بِهِۦٓ أَنفُسَهُمْ أَن يَكْفُرُواْ بِمَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ بَغْيًا أَن يُنَزِّلَ ٱللَّهُ مِن فَضْلِهِۦ عَلَىٰ مَن يَشَآءُ مِنْ عِبَادِهِۦ ​ۖ فَبَآءُو بِغَضَبٍ عَلَىٰ غَضَبٍ ​ۚ وَلِلْكَٰفِرِينَ عَذَابٌ مُّهِينٌ‮٩٠‬‬‬
Sodiq
Ular o`zlarini sotgan narsa: Alloh bandalaridan xohlaganiga O`z fazlidan tushirganiga hasad qilib, Alloh tushirgan narsaga kufr keltirmoqlik, qandoq ham yomon. Ular g`azabning ustiga g`azabni lozim tutdilar. Kofirlarga xor qiluvchi azob bordir.
91
وَإِذَا قِيلَ لَهُمْ ءَامِنُواْ بِمَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ قَالُواْ نُؤْمِنُ بِمَآ أُنزِلَ عَلَيْنَا وَيَكْفُرُونَ بِمَا وَرَآءَهُۥ وَهُوَ ٱلْحَقُّ مُصَدِّقًا لِّمَا مَعَهُمْ ​ۗ قُلْ فَلِمَ تَقْتُلُونَ أَن​ۢبِيَآءَ ٱللَّهِ مِن قَبْلُ إِن كُنتُم مُّؤْمِنِينَ‮٩١‬‬‬
Sodiq
Agar ularga: «Alloh tushirgan narsaga iymon keltiring», deyilsa, «Bizga tushirilgan narsaga iymon keltiramiz», derlar va undan keyingi narsaga kufr keltirarlar. Holbuki, u ulardagi narsani tasdiqlovchi haqdir. Ayt: «Agar mo`min bo`lsangiz, nimaga ilgari Allohning Payg`ambarlarini o`ldirdingiz?!»
92
۞وَلَقَدْ جَآءَكُم مُّوسَىٰ بِٱلْبَيِّنَٰتِ ثُمَّ ٱتَّخَذْتُمُ ٱلْعِجْلَ مِن​ۢ بَعْدِهِۦ وَأَنتُمْ ظَٰلِمُونَ‮٩٢‬‬‬
Sodiq
Va batahqiq, Muso sizlarga ravshan(mo`'jiza)lar ila keldi. So`ngra, siz undan keyin zolim bo`lgan holingizda buzoqni (xudo) tutdingiz.
93
وَإِذْ أَخَذْنَا مِيثَٰقَكُمْ وَرَفَعْنَا فَوْقَكُمُ ٱلطُّورَ خُذُواْ مَآ ءَاتَيْنَٰكُم بِقُوَّةٍ وَٱسْمَعُواْ ​ۖ قَالُواْ سَمِعْنَا وَعَصَيْنَا وَأُشْرِبُواْ فِى قُلُوبِهِمُ ٱلْعِجْلَ بِكُفْرِهِمْ ​ۚ قُلْ بِئْسَمَا يَأْمُرُكُم بِهِۦٓ إِيمَٰنُكُمْ إِن كُنتُم مُّؤْمِنِينَ‮٩٣‬‬‬
Sodiq
Sizdan ahdu paymoningizni olib, ustingizga Turni ko`tarib: «Sizga Biz bergan narsani quvvat bilan tuting va tinglang», deganimizni eslang. Ular: «Tingladik va isyon qildik», dedilar. Kufrlari sababli qalblariga buzoq o`rnashtirildi. Ayt: «Agar mo`min bo`lsangiz, sizning iymoningiz qanday ham yomon narsaga buyuradi!»[1]

[1] Bani Isroilning xiyonatkorligi, aldamchiligi va boshqa kirdikorlarni nazarda tutgan holda Alloh taolo ulardan ta'kidlangan, hujjatlashtirilgan ahdu paymon olgan va ustilariga Tur tog`ini ko`tarib turib «Sizga Biz bergan narsani quvvat bilan tuting va tinglang», deb aytgan edi. Iymoni bor xalqqa shu yetarli bo`lishi kerak edi. Ammo Bani Isroil nima qildi?! Ular tilda «eshitdik», deyishdi, ammo amallari bilan, «isyon qildik», deyishdi. Ya'ni, til boshqa, amal boshqa bo`ldi.)
94
قُلْ إِن كَانَتْ لَكُمُ ٱلدَّارُ ٱلْـَٔاخِرَةُ عِندَ ٱللَّهِ خَالِصَةً مِّن دُونِ ٱلنَّاسِ فَتَمَنَّوُاْ ٱلْمَوْتَ إِن كُنتُمْ صَٰدِقِينَ‮٩٤‬‬‬
Sodiq
Ayt: «Agar Allohning huzuridagi oxirat hovlisi boshqa odamlarsiz xolis sizga bo`ladigan bo`lsa, gapingizda rostgo`y bo`lsangiz, o`limni orzu qiling».
95
وَلَن يَتَمَنَّوْهُ أَبَدً​ۢا بِمَا قَدَّمَتْ أَيْدِيهِمْ ​ۗ وَٱللَّهُ عَلِيمُ​ۢ بِٱلظَّٰلِمِينَ‮٩٥‬‬‬
Sodiq
Ular qo`llari taqdim qilgan narsalar sababidan, uni abadiy orzu qilmaslar va Alloh zulm qiluvchilarni biluvchi Zotdir.[1]

[1] Oyatdagi «qo`llari taqdim qilgan narsalar» jumlasi, «gunohlar» ma'nosida kelgandir. Arab tilida biror narsaning ahamiyatini bo`rttirib ko`rsatilmoqchi bo`linsa, ushbu uslub ishlatiladi. Demak, yahudiylar o`limni orzu qila olmaydilar. Chunki ular o`zlarining gunohlarini yaxshi biladilar. Ushbu gunohlar bilan hech-hech jannatga kirib bo`lmaydi. O`lsalar, besh kunlik dunyoning matosidan ajralib qolishlaridan qo`rqib, bu dunyo hayotiga mahkam yopishib oladilar.)
96
وَلَتَجِدَنَّهُمْ أَحْرَصَ ٱلنَّاسِ عَلَىٰ حَيَوٰةٍ وَمِنَ ٱلَّذِينَ أَشْرَكُواْ ​ۚ يَوَدُّ أَحَدُهُمْ لَوْ يُعَمَّرُ أَلْفَ سَنَةٍ وَمَا هُوَ بِمُزَحْزِحِهِۦ مِنَ ٱلْعَذَابِ أَن يُعَمَّرَ ​ۗ وَٱللَّهُ بَصِيرُ​ۢ بِمَا يَعْمَلُونَ‮٩٦‬‬‬
Sodiq
Ularning hayotga eng hirs qo`ygan odamlar ekanligini bilasan. Mushriklardan birlari ming yil umr ko`rishni suyadir. Ammo uzoq umr ko`rishi uni azobdan qutqarmas. Va Alloh ularning qilayotganlarini ko`ruvchidir.
97
قُلْ مَن كَانَ عَدُوًّا لِّجِبْرِيلَ فَإِنَّهُۥ نَزَّلَهُۥ عَلَىٰ قَلْبِكَ بِإِذْنِ ٱللَّهِ مُصَدِّقًا لِّمَا بَيْنَ يَدَيْهِ وَهُدًى وَبُشْرَىٰ لِلْمُؤْمِنِينَ‮٩٧‬‬‬
Sodiq
Jabroilga dushman bo`lganlarga ayt, albatta, Ul u(Qur'on)ni sening qalbingga Allohning izni bilan, o`zidan oldingini tasdiqlovchi va mo`minlar uchun hidoyat va bashorat qilib tushirdi.[1]

[1] «Jibroilga dushman bo`lganlar» — yahudiylardir. Ular Jibroil farishtani o`zlariga dushman hisoblashar edilar. Bunga dalil o`laroq Imom Ahmad ibn Hanbal rivoyat qilishicha yahudiylar Payg`ambarimiz Muhammad alayhissalom bilan uzoq suhbat qurgan edilar. Shunda, «Ular «Har bir payg`ambarning unga xabar keltiradigan farishtasi bo`ladi. Bizga ayt-chi, sening sohibing kim?» dedilar. U kishi «Jibroil alayhissalom», dedilar. Ular «Jibroil urushni, jangni, azobni tushiradi, bizning dushmanimiz, agar rahmat, yomg`ir va nabototlarni olib tushadigan Mikoil deganingda, yaxshi bo`lardi», dedilar.)
98
مَن كَانَ عَدُوًّا لِّلَّهِ وَمَلَٰٓئِكَتِهِۦ وَرُسُلِهِۦ وَجِبْرِيلَ وَمِيكَىٰلَ فَإِنَّ ٱللَّهَ عَدُوٌّ لِّلْكَٰفِرِينَ‮٩٨‬‬‬
Sodiq
Kim Allohga, Uning farishtalariga, Payg`ambarlariga, Jabroilga va Mikoilga dushman bo`lsa, albatta, Alloh kofirlarning dushmanidir.
99
وَلَقَدْ أَنزَلْنَآ إِلَيْكَ ءَايَٰتٍ بَيِّنَٰتٍ ​ۖ وَمَا يَكْفُرُ بِهَآ إِلَّا ٱلْفَٰسِقُونَ‮٩٩‬‬‬
Sodiq
Batahqiq, senga ravshan oyatlarni tushirdik, ularga faqat fosiqlargina kufr keltirur.
100
أَوَكُلَّمَا عَٰهَدُواْ عَهْدًا نَّبَذَهُۥ فَرِيقٌ مِّنْهُم ​ۚ بَلْ أَكْثَرُهُمْ لَا يُؤْمِنُونَ‮١٠٠‬‬‬
Sodiq
Har qachon ahd qilsalar, ulardan bir guruhi uni buzaveradimi?! Yo`q! Ularning ko`plari iymon keltirmaslar.
101
وَلَمَّا جَآءَهُمْ رَسُولٌ مِّنْ عِندِ ٱللَّهِ مُصَدِّقٌ لِّمَا مَعَهُمْ نَبَذَ فَرِيقٌ مِّنَ ٱلَّذِينَ أُوتُواْ ٱلْكِتَٰبَ كِتَٰبَ ٱللَّهِ وَرَآءَ ظُهُورِهِمْ كَأَنَّهُمْ لَا يَعْلَمُونَ‮١٠١‬‬‬
Sodiq
Ulardagi narsani tasdiqlab, Allohning huzuridan ularga Payg`ambar kelsa, kitob berilganlardan bir guruhi, xuddi bilmagandek, Allohning kitobini ortlariga qarab otdilar.[1]

[1] «Allohning kitobi» Tavrot bo`lishi mumkin, chunki unda Muhammad alayhissalomning payg`ambar bo`lib kelishlari bashorati bor. Tavrotning bashoratini tan olmaganlarni kitobni orqalariga qarab otish deb vasf etilmoqda. Ayni choqda, u kitob Qur'oni Karim ham bo`lishi mumkin, chunki yahudiylar uni ham qabul qilmadilar.)
102
وَٱتَّبَعُواْ مَا تَتْلُواْ ٱلشَّيَٰطِينُ عَلَىٰ مُلْكِ سُلَيْمَٰنَ ​ۖ وَمَا كَفَرَ سُلَيْمَٰنُ وَلَٰكِنَّ ٱلشَّيَٰطِينَ كَفَرُواْ يُعَلِّمُونَ ٱلنَّاسَ ٱلسِّحْرَ وَمَآ أُنزِلَ عَلَى ٱلْمَلَكَيْنِ بِبَابِلَ هَٰرُوتَ وَمَٰرُوتَ ​ۚ وَمَا يُعَلِّمَانِ مِنْ أَحَدٍ حَتَّىٰ يَقُولَآ إِنَّمَا نَحْنُ فِتْنَةٌ فَلَا تَكْفُرْ ​ۖ فَيَتَعَلَّمُونَ مِنْهُمَا مَا يُفَرِّقُونَ بِهِۦ بَيْنَ ٱلْمَرْءِ وَزَوْجِهِۦ ​ۚ وَمَا هُم بِضَآرِّينَ بِهِۦ مِنْ أَحَدٍ إِلَّا بِإِذْنِ ٱللَّهِ ​ۚ وَيَتَعَلَّمُونَ مَا يَضُرُّهُمْ وَلَا يَنفَعُهُمْ ​ۚ وَلَقَدْ عَلِمُواْ لَمَنِ ٱشْتَرَىٰهُ مَا لَهُۥ فِى ٱلْـَٔاخِرَةِ مِنْ خَلَٰقٍ ​ۚ وَلَبِئْسَ مَا شَرَوْاْ بِهِۦٓ أَنفُسَهُمْ ​ۚ لَوْ كَانُواْ يَعْلَمُونَ‮١٠٢‬‬‬
Sodiq
Va Sulaymon podsholigida shaytonlar tilovat qilgan narsaga ergashdilar. Sulaymon kufr keltirgani yo`q. Lekin shaytonlar odamlarga sehrni o`rgatib, kofir bo`ldilar. Va Bobilda Horut va Morut nomli ikki farishtaga tushgan narsaga ergashdilar. Ikkovlari hatto: «Biz fitna — sinov uchunmiz, kofir bo`lmagin», demasdan oldin hech kimga o`rgatmasdilar. Bas, ikkovlaridan er-xotinning o`rtasini buzadigan narsani o`rganishar edi. Va ular u ila Allohning iznisiz biror kishiga zarar yetkazuvchi emasdilar. Va ular zarar keltiradigan, foyda keltirmaydigan narsani o`rganurlar. Va batahqiq, biladilarki, uni sotib olgan kishiga oxiratda nasiba yo`q. Agar bilsalar, o`zlarini sotgan narsa qandoq ham yomon![1]

[1] Alloh Sulaymon alayhissalomga bergan mazkur mo`'jizalarni ko`rib, odamlardan ba'zilari iymonga keldi, iymonlilarning iymonlari mustahkamlandi. Ammo kofirlar, dushmanlar va shaytonlar «Sulaymon sehrgar, u o`z sehrining kuchi bilan turli hayvonlar ila munosabatda bo`lmoqda, jinlarni ishlatmoqda, degan gaplarni tarqatishdi. payg`ambarlik mo`'jizasi ilohiy ne'mat bo`lib, faqat Alloh tomonidan beriladi. Sehr esa, o`rgatuvchidan o`rgansa bo`ladigan, yomonlikka ishlatiladigan bir narsadir. Shunday qilib, mo`'jiza nimayu sehr nima — kishilarga amalda ko`rsatilgan ekan. Ushbu oyati karima mazkur masalani muolaja qilarkan, Sulaymon sehrgar bo`lgan, degan da'voga «Sulaymon kofir bo`lmagan» degan javob kelmoqda. Shundan anglashiladiki, sehr kufrga tenglashtirilmoqda. Bu ma'noni «Lekin shaytonlar odamlarga sehrni o`rgatib kofir bo`ldilar», degan jumla yanada ta'kidlamoqda. Kofirlikni bo`yniga olib sehrni o`rganganlar nimaga ishlatishadi sehrlarini? «Er-xotinning o`rtasini buzishga». Demak, yomon narsaga. Cehrni o`rgangan, uni yomonlikka ishlatganlarga oxiratda hech qanday nasiba qolmaydi. Buni ularning o`zlari ham yaxshi biladilar.)
103
وَلَوْ أَنَّهُمْ ءَامَنُواْ وَٱتَّقَوْاْ لَمَثُوبَةٌ مِّنْ عِندِ ٱللَّهِ خَيْرٌ ​ۖ لَّوْ كَانُواْ يَعْلَمُونَ‮١٠٣‬‬‬
Sodiq
Agar ular iymon keltirib, taqvo qilganlarida, gar bilsalar, Allohning huzuridagi savob yaxshi edi.
104
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ لَا تَقُولُواْ رَٰعِنَا وَقُولُواْ ٱنظُرْنَا وَٱسْمَعُواْ ​ۗ وَلِلْكَٰفِرِينَ عَذَابٌ أَلِيمٌ‮١٠٤‬‬‬
Sodiq
Ey, iymon keltirganlar! «Ro'ina» demanglar, «unzurna» denglar va tinglanglar. Va kofirlarga alamli azob bo`lur.[1]

[1] Cahobai kiromlar o`rganishi lozim bo`lgan narsalarni saboq olsalar, Payg`ambarimiz alayhissalotu vassalomga, «Ro'ina», ya'ni kuzatib turing, tushunib, o`zlashtirib olaylik, deyishar ekan. Ammo pastkash yahudiylar musulmonlarni tahqirlash uchun shu holatdan ham foydalanishibdi. O`zlarining ibroniy tillarida xuddi «ro'ina» kabi talaffuz etiladigan, lekin so`kish, masxara ma'nosida ishlatiladigan so`zni Rasuli akram alayhissalotu vassalom huzurlariga kelganda aytadigan bo`lishibdi.)
105
مَّا يَوَدُّ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ مِنْ أَهْلِ ٱلْكِتَٰبِ وَلَا ٱلْمُشْرِكِينَ أَن يُنَزَّلَ عَلَيْكُم مِّنْ خَيْرٍ مِّن رَّبِّكُمْ ​ۗ وَٱللَّهُ يَخْتَصُّ بِرَحْمَتِهِۦ مَن يَشَآءُ ​ۚ وَٱللَّهُ ذُو ٱلْفَضْلِ ٱلْعَظِيمِ‮١٠٥‬‬‬
Sodiq
Ahli kitob va mushriklardan bo`lgan kofirlar sizlarga Robbingizdan yaxshilik tushirilishini yoqtirmaslar. Va holbuki, Alloh O`z rahmatini kimga xohlasa, o`shanga xos qiladir. Alloh ulug` fazl egasidir.
106
۞مَا نَنسَخْ مِنْ ءَايَةٍ أَوْ نُنسِهَا نَأْتِ بِخَيْرٍ مِّنْهَآ أَوْ مِثْلِهَآ ​ۗ أَلَمْ تَعْلَمْ أَنَّ ٱللَّهَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرٌ‮١٠٦‬‬‬
Sodiq
Oyatlardan birontasini nasx qilsak yoki unuttirsak, undan yaxshisini yoki unga o`xshashini keltirurmiz. Alloh har narsaga qodir ekanini bilmadingmi?
107
أَلَمْ تَعْلَمْ أَنَّ ٱللَّهَ لَهُۥ مُلْكُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ​ۗ وَمَا لَكُم مِّن دُونِ ٱللَّهِ مِن وَلِىٍّ وَلَا نَصِيرٍ‮١٠٧‬‬‬
Sodiq
Albatta, osmonlaru yerning mulki Allohniki ekanini va sizlarga Allohdan o`zga do`st ham, yordamchi ham yo`qligini bilmadingmi?[1]

[1] «Nasx» so`zi lug`atda o`zgartish, bekor qilish ma'nosini bildiradi. Shariat ta'rifida esa, bir shar'iy hukmning undan keyin kelgan shar'iy dalil bilan bekor qilinishiga aytiladi. Tushunish uchun oddiy bir misol keltiradigan bo`lsak, ko`pchilik bo`lar-bo`lmasga Payg`ambar alayhissalom huzurlariga kirib, bekorchi gaplar bilan u zotning vaqtlarini olishaverganidan so`ng, Alloh taolo oyat tushirib, kim Payg`ambar alayhissalom bilan huzurlarida yolg`iz qolib gaplashmoqchi bo`lsa, gaplashishdan oldin sadaqa qilishga buyurdi. Odamlar bu orqali Payg`ambar alayhissalomning qimmatli vaqtlarini bekor o`tkazmaslik lozim ekanligini anglab bo`lganlaridan so`ng, boshqa oyat tushirib, avvalgi hukm bekor qilingani e'lon etildi.)
108
أَمْ تُرِيدُونَ أَن تَسْـَٔلُواْ رَسُولَكُمْ كَمَا سُئِلَ مُوسَىٰ مِن قَبْلُ ​ۗ وَمَن يَتَبَدَّلِ ٱلْكُفْرَ بِٱلْإِيمَٰنِ فَقَدْ ضَلَّ سَوَآءَ ٱلسَّبِيلِ‮١٠٨‬‬‬
Sodiq
Yoki Payg`ambaringizdan, bundan avval Musodan so`ralganidek, savol so`rashni xohlaysizmi?! Kim iymonni kufrga almashtirsa, batahqiq, to`g`ri yo`ldan adashgan bo`lur.[1]

[1] Alloh taolo musulmonlarni yahudiylarga o`xshab g`arazli savollar berishdan qaytarmoqda. Payg`ambar alayhissalomdan Muso alayhissalomdan Bani Isroil so`ragan narsalarga o`xshash narsalarni so`rashning yomonligini bayon qilyapti va bu ishni, iymonni kufrga almashtirish, deb atayapti.)
109
وَدَّ كَثِيرٌ مِّنْ أَهْلِ ٱلْكِتَٰبِ لَوْ يَرُدُّونَكُم مِّن​ۢ بَعْدِ إِيمَٰنِكُمْ كُفَّارًا حَسَدًا مِّنْ عِندِ أَنفُسِهِم مِّن​ۢ بَعْدِ مَا تَبَيَّنَ لَهُمُ ٱلْحَقُّ ​ۖ فَٱعْفُواْ وَٱصْفَحُواْ حَتَّىٰ يَأْتِىَ ٱللَّهُ بِأَمْرِهِۦٓ ​ۗ إِنَّ ٱللَّهَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرٌ‮١٠٩‬‬‬
Sodiq
Ahli kitoblardan ko`plari ularga haq ravshan bo`lganidan keyin, o`zlaricha hasad qilib, sizlarni iymonli bo`lganingizdan keyin kofirlikka qaytarmoqchi bo`lurlar. Allohning amri kelguncha afv eting, kechirimli bo`ling. Albatta, Alloh har bir narsaga qodirdir.
110
وَأَقِيمُواْ ٱلصَّلَوٰةَ وَءَاتُواْ ٱلزَّكَوٰةَ ​ۚ وَمَا تُقَدِّمُواْ لِأَنفُسِكُم مِّنْ خَيْرٍ تَجِدُوهُ عِندَ ٱللَّهِ ​ۗ إِنَّ ٱللَّهَ بِمَا تَعْمَلُونَ بَصِيرٌ‮١١٠‬‬‬
Sodiq
Namozni qoim qiling, zakot bering, o`zingiz uchun qilgan yaxshiliklarni Allohning huzurida toparsiz. Albatta, Alloh qilayotganingizni ko`ruvchidir.
111
وَقَالُواْ لَن يَدْخُلَ ٱلْجَنَّةَ إِلَّا مَن كَانَ هُودًا أَوْ نَصَٰرَىٰ ​ۗ تِلْكَ أَمَانِيُّهُمْ ​ۗ قُلْ هَاتُواْ بُرْهَٰنَكُمْ إِن كُنتُمْ صَٰدِقِينَ‮١١١‬‬‬
Sodiq
Va ular: «Jannatga yahudiy va nasroniylardan boshqa hech kim kirmas», – dedilar. Bu ularning xom xayollaridir. Sen: «Agar rostgo`y bo`lsangiz, hujjatingizni keltiring», – deb ayt.
112
بَلَىٰ مَنْ أَسْلَمَ وَجْهَهُۥ لِلَّهِ وَهُوَ مُحْسِنٌ فَلَهُۥٓ أَجْرُهُۥ عِندَ رَبِّهِۦ وَلَا خَوْفٌ عَلَيْهِمْ وَلَا هُمْ يَحْزَنُونَ‮١١٢‬‬‬
Sodiq
Yo`q! Kimki yaxshilik qilgan holida yuzini Allohga topshirsa, unga Robbi huzurida ajr bordir. Ularga xavf yo`q va ular xafa ham bo`lmaslar.[1]

[1] Demak, ham ma'naviy, ham moddiy tarafdan faqat Alloh uchun bo`lgan ish o`z egasini mukofotga yetkazadi. Avvalo, «Robbi huzurida ajr bordir». Yana unga kelajakda xavf yo`q. Yana u bo`lib o`tgan ishlardan afsuslanmaydi. Bular Allohning va'dalaridir va muhaqqaq, shunday bo`lgusidir.)
ﻉ15Sahifa 1815ﻉ
113
وَقَالَتِ ٱلْيَهُودُ لَيْسَتِ ٱلنَّصَٰرَىٰ عَلَىٰ شَىْءٍ وَقَالَتِ ٱلنَّصَٰرَىٰ لَيْسَتِ ٱلْيَهُودُ عَلَىٰ شَىْءٍ وَهُمْ يَتْلُونَ ٱلْكِتَٰبَ ​ۗ كَذَٰلِكَ قَالَ ٱلَّذِينَ لَا يَعْلَمُونَ مِثْلَ قَوْلِهِمْ ​ۚ فَٱللَّهُ يَحْكُمُ بَيْنَهُمْ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ فِيمَا كَانُواْ فِيهِ يَخْتَلِفُونَ‮١١٣‬‬‬
Sodiq
Yahudiylar: «Nasroniylar arzimas narsadadirlar», dedilar. Nasroniylar: «Yahudiylar arzimas narsadadirlar», dedilar. Va holbuki, ular kitob tilovat qilurlar. Shuningdek, bilmaydigan kimsalar ham ularning gapiga o`xshash gap aytdilar. Bas, qiyomat kuni oralarida Alloh ular ixtilof qilgan narsa haqida hakamlik qiladir.[1]

[1] Samoviy kitob egasi bo`lmagan xalqlar oyatda ilohiy ta'limotlarni «bilmaydigan kimsalar», deb atalyapti. Ular ham yahudiy va nasroniylarning gaplariga o`xshash gaplarni aytadilar, ya'ni bular ikkalasi ham hech narsaga arzimaydi, deydilar. Ular tortishishgan masalaning haqiqiy hukmini Alloh taolo qiyomat kuni O`zi chiqaradi.)
114
وَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّن مَّنَعَ مَسَٰجِدَ ٱللَّهِ أَن يُذْكَرَ فِيهَا ٱسْمُهُۥ وَسَعَىٰ فِى خَرَابِهَآ ​ۚ أُوْلَٰٓئِكَ مَا كَانَ لَهُمْ أَن يَدْخُلُوهَآ إِلَّا خَآئِفِينَ ​ۚ لَهُمْ فِى ٱلدُّنْيَا خِزْىٌ وَلَهُمْ فِى ٱلْـَٔاخِرَةِ عَذَابٌ عَظِيمٌ‮١١٤‬‬‬
Sodiq
Allohning masjidlarida Uning ismi zikr qilinishini man etgan va ularni buzishga harakat qilgandan ham zolimroq odam bormi? Ana o`shalar u joylarga faqat qo`rqqan hollaridagina kirishlari kerak edi-ku! Ularga bu dunyoda xorlik bordir va ularga oxiratda ulug` azob bordir.
115
وَلِلَّهِ ٱلْمَشْرِقُ وَٱلْمَغْرِبُ ​ۚ فَأَيْنَمَا تُوَلُّواْ فَثَمَّ وَجْهُ ٱللَّهِ ​ۚ إِنَّ ٱللَّهَ وَٰسِعٌ عَلِيمٌ‮١١٥‬‬‬
Sodiq
Mashriqu mag`rib Allohnikidir, qayoqqa qarasangiz, Allohning yuzi bor. Albatta, Alloh keng qamrovli, biluvchi Zotdir.[1]

[1] Butun Yer yuzi — mag`ribu mashriq musulmonlar uchun masjid qilingan. Chunki Yer yuzi Alloh taoloniki. Unga ibodat qilmoqchi bo`lgan odam har joyda ibodat qilaversa bo`laveradi.)
116
وَقَالُواْ ٱتَّخَذَ ٱللَّهُ وَلَدًا ​ۗ سُبْحَٰنَهُۥ ​ۖ بَل لَّهُۥ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ​ۖ كُلٌّ لَّهُۥ قَٰنِتُونَ‮١١٦‬‬‬
Sodiq
Ular: «Alloh farzand tutdi», derlar. U pokdir. Albatta osmonlaru yerdagi barcha narsalar Unikidir. Hamma Unga bo`ysunuvchidir.
117
بَدِيعُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ​ۖ وَإِذَا قَضَىٰٓ أَمْرًا فَإِنَّمَا يَقُولُ لَهُۥ كُن فَيَكُونُ‮١١٧‬‬‬
Sodiq
U osmonlaru yerni paydo qiluvchidir. Biror ishni qilmoqchi bo`lganida, unga: «Bo`l!» desa, bo`laveradir.[1]

[1] Kofirlar ushbu oyati karimada kelganidek, «Alloh o`ziga farzand tutdi», deydilar. Bu oyatlar tushayotgan paytda musulmonlar bilan yuzma-yuz to`qnashib turgan uch toifa kofirlar uchchalasi ham ulkan jinoyatga borib, Allohga tuhmat qilishardi Yahudiylar «Uzayr Allohning o`g`li», deyishardi; nasorolar «Iyso Masih Allohning o`g`li», deyishardi; kofirlarning uchinchi guruhi bo`lmish mushriklar «Farishtalar Allohning qizlari», deyishardi. Islomiy tasavvurdan boshqa tasavvurlar falsafalarning katta xatosi Xoliq yaratuvchi) bilan maxluq yaratilmish) orasidagi farqni tushunmaslikdadir. Islom nazariyasi bo`yicha, mahluqlar tamom boshqa, Xoliq tamom boshqa mavjudlik. Xoliqning aslo o`xshashi yo`q, Uni tasavvurga sig`dirib ham bo`lmaydi, maxluqqa qiyosan ta'riflanmaydi ham. Ya'ni, Allohning xotini ham, farzandi ham bo`lishi mumkin emas.)
118
وَقَالَ ٱلَّذِينَ لَا يَعْلَمُونَ لَوْلَا يُكَلِّمُنَا ٱللَّهُ أَوْ تَأْتِينَآ ءَايَةٌ ​ۗ كَذَٰلِكَ قَالَ ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِم مِّثْلَ قَوْلِهِمْ ​ۘ تَشَٰبَهَتْ قُلُوبُهُمْ ​ۗ قَدْ بَيَّنَّا ٱلْـَٔايَٰتِ لِقَوْمٍ يُوقِنُونَ‮١١٨‬‬‬
Sodiq
Bilmaydigan kimsalar: «Alloh biz bilan gaplashsa edi yoki mo`'jiza kelsa edi», deyishdi. Ulardan oldingilar ham ularning so`ziga o`xshash gapirgan edilar. Qalblari o`xshash bo`ldi. Batahqiq, Biz yaxshi biluvchi qavmlarga mo`'jizalarni bayon qilganmiz.
119
إِنَّآ أَرْسَلْنَٰكَ بِٱلْحَقِّ بَشِيرًا وَنَذِيرًا ​ۖ وَلَا تُسْـَٔلُ عَنْ أَصْحَٰبِ ٱلْجَحِيمِ‮١١٩‬‬‬
Sodiq
Albatta, Biz seni haq bilan suyunchli xabar beruvchi va ogohlantiruvchi qilib yubordik. Va do`zaxiylar haqida so`ralmassan.
120
وَلَن تَرْضَىٰ عَنكَ ٱلْيَهُودُ وَلَا ٱلنَّصَٰرَىٰ حَتَّىٰ تَتَّبِعَ مِلَّتَهُمْ ​ۗ قُلْ إِنَّ هُدَى ٱللَّهِ هُوَ ٱلْهُدَىٰ ​ۗ وَلَئِنِ ٱتَّبَعْتَ أَهْوَآءَهُم بَعْدَ ٱلَّذِى جَآءَكَ مِنَ ٱلْعِلْمِ ​ۙ مَا لَكَ مِنَ ٱللَّهِ مِن وَلِىٍّ وَلَا نَصِيرٍ‮١٢٠‬‬‬
Sodiq
Sendan yahudiylar ham, nasroniylar ham ularning millatiga ergashmaguningcha hech-hech rozi bo`lmaslar. «Albatta, Allohning hidoyati haqiqiy hidoyatdir», deb ayt. Agar senga kelgan ilmdan keyin ham ularning havoyi nafslariga ergashsang, seni Allohdan (qutqaruvchi) do`st ham, yordamchi ham yo`qdir.
121
ٱلَّذِينَ ءَاتَيْنَٰهُمُ ٱلْكِتَٰبَ يَتْلُونَهُۥ حَقَّ تِلَاوَتِهِۦٓ أُوْلَٰٓئِكَ يُؤْمِنُونَ بِهِۦ ​ۗ وَمَن يَكْفُرْ بِهِۦ فَأُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْخَٰسِرُونَ‮١٢١‬‬‬
Sodiq
Biz kitob berganlardan uni o`rniga qo`yib tilovat qiladiganlari, ana o`shalari unga iymon keltiradir. Kim unga kufr keltirsa, ana o`shalar o`zlari yutqazganlardir.[1]

[1] Agar yahudiylar haqiqiy Tavrotni insof bilan, o`rniga qo`yib o`qisalar, Muhammad alayhissalomga iymon keltirish zarurligini tushunib yetadilar. Nasroniylar ham Injilni buzmasdan, insof bilan, o`rniga qo`yib o`qisalar, Muhammad alayhissalomga iymon keltirish zarurligini anglab yetadilar. Kimki Qur'oni Karimni insof bilan, o`rniga qo`yib o`qisa, unga iymon keltirish zarurligini tushunib yetadi.)
122
يَٰبَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ ٱذْكُرُواْ نِعْمَتِىَ ٱلَّتِىٓ أَنْعَمْتُ عَلَيْكُمْ وَأَنِّى فَضَّلْتُكُمْ عَلَى ٱلْعَٰلَمِينَ‮١٢٢‬‬‬
Sodiq
Ey, Bani Isroil, sizga bergan ne'matlarimni va Men sizlarni olamlardan afzal qilib qo`yganimni eslang!
123
وَٱتَّقُواْ يَوْمًا لَّا تَجْزِى نَفْسٌ عَن نَّفْسٍ شَيْـًٔا وَلَا يُقْبَلُ مِنْهَا عَدْلٌ وَلَا تَنفَعُهَا شَفَٰعَةٌ وَلَا هُمْ يُنصَرُونَ‮١٢٣‬‬‬
Sodiq
Bir jon boshqa jondan hech narsani ado qila olmaydigan, undan shafoat qabul qilinmaydigan, undan to`lov olinmaydigan va ularga yordam berilmaydigan Kundan qo`rqing!
124
۞وَإِذِ ٱبْتَلَىٰٓ إِبْرَٰهِـۧمَ رَبُّهُۥ بِكَلِمَٰتٍ فَأَتَمَّهُنَّ ​ۖ قَالَ إِنِّى جَاعِلُكَ لِلنَّاسِ إِمَامًا ​ۖ قَالَ وَمِن ذُرِّيَّتِى ​ۖ قَالَ لَا يَنَالُ عَهْدِى ٱلظَّٰلِمِينَ‮١٢٤‬‬‬
Sodiq
Ibrohimni Robbisi kalimalar ila sinab ko`rganda, u ularni batamom ado etganini esla! U zot: «Men, albatta, seni odamlarga imom qilmoqchiman» – dedi. U: «Zurriyotimdan hammi?» – dedi. U zot: «Zolimlar ahdimga hech qachon erisha olmaslar», – dedi.
125
وَإِذْ جَعَلْنَا ٱلْبَيْتَ مَثَابَةً لِّلنَّاسِ وَأَمْنًا وَٱتَّخِذُواْ مِن مَّقَامِ إِبْرَٰهِـۧمَ مُصَلًّى ​ۖ وَعَهِدْنَآ إِلَىٰٓ إِبْرَٰهِـۧمَ وَإِسْمَٰعِيلَ أَن طَهِّرَا بَيْتِىَ لِلطَّآئِفِينَ وَٱلْعَٰكِفِينَ وَٱلرُّكَّعِ ٱلسُّجُودِ‮١٢٥‬‬‬
Sodiq
«Uy»ni odamlar uchun masaba va omonlik joyi qilganimizni esla. Va Ibrohimning maqomini namozgoh tuting. Va Ibrohim va Ismoilga: «Uyimni tavof qiluvchilar, muqim turuvchilar, ruku' va sajda qiluvchilar uchun poklab qo`yinglar», deb amr qildik.[1]

[1] «Masaba» ziyorat qilib to`ymaydigan makon.)
126
وَإِذْ قَالَ إِبْرَٰهِـۧمُ رَبِّ ٱجْعَلْ هَٰذَا بَلَدًا ءَامِنًا وَٱرْزُقْ أَهْلَهُۥ مِنَ ٱلثَّمَرَٰتِ مَنْ ءَامَنَ مِنْهُم بِٱللَّهِ وَٱلْيَوْمِ ٱلْـَٔاخِرِ ​ۖ قَالَ وَمَن كَفَرَ فَأُمَتِّعُهُۥ قَلِيلًا ثُمَّ أَضْطَرُّهُۥٓ إِلَىٰ عَذَابِ ٱلنَّارِ ​ۖ وَبِئْسَ ٱلْمَصِيرُ‮١٢٦‬‬‬
Sodiq
Ibrohimning: «Robbim, buni omonlik yurti qilgin va ahlidan Allohga va qiyomat kuniga iymon keltirganlarini mevalar ila rizqlantirgin», deganini esla. U: «Kim kufr keltirsa, ozgina huzur baxsh etaman, so`ngra do`zax azobiga majbur qilaman va u qanday ham yomon joy!» – dedi.[1]

[1] Ushbu oyatda ikkinchi marta, endi Ibrohim alayhissalom tillaridan, Baytullohning omonlik maskani bo`lishi xabari kelyapti. Ammo, odobli, sermulahaza payg`ambar Ibrohim alayhissalom avvalgi darsdan saboq olib, Allohning mukofotini bu gal hammaga emas, balki mo`minlargagina so`ramoqdalar. Asosiy qoida esa o`zgarmasdir «Kim kufr keltirsa, ozgina huzur baxsh etaman, so`ngra do`zax azobiga majbur qilaman va u qanday ham yomon joy!» «Ozgina huzur» kofirlar uchun bu dunyoda beriladigan zohiriy huzurdir. So`ngra esa, oxiratda ularni do`zax azobi kutadi.)
127
وَإِذْ يَرْفَعُ إِبْرَٰهِـۧمُ ٱلْقَوَاعِدَ مِنَ ٱلْبَيْتِ وَإِسْمَٰعِيلُ رَبَّنَا تَقَبَّلْ مِنَّآ ​ۖ إِنَّكَ أَنتَ ٱلسَّمِيعُ ٱلْعَلِيمُ‮١٢٧‬‬‬
Sodiq
Ibrohim bilan Ismoil «Ey Robbimiz, bizdan qabul et, albatta, Sening O`zing eshituvchi, biluvchi Zotsan», deb Baytning poydevorlarini ko`tarayotganini esla.
Qur'oniy duolar
Oyat 2:127
128
رَبَّنَا وَٱجْعَلْنَا مُسْلِمَيْنِ لَكَ وَمِن ذُرِّيَّتِنَآ أُمَّةً مُّسْلِمَةً لَّكَ وَأَرِنَا مَنَاسِكَنَا وَتُبْ عَلَيْنَآ ​ۖ إِنَّكَ أَنتَ ٱلتَّوَّابُ ٱلرَّحِيمُ‮١٢٨‬‬‬
Sodiq
«Robbimiz, ikkovimizni O`zingga musulmon bo`lganlardan qil va zurriyotimizdan ham O`zingga musulmon ummat qil, bizga ibodatlarimizni ko`rsat, tavbamizni qabul et. Albatta, Sening O`zing tavbalarni ko`plab qabul etuvchi, rahimli Zotsan.»
Qur'oniy duolar
Oyat 2:128
129
رَبَّنَا وَٱبْعَثْ فِيهِمْ رَسُولًا مِّنْهُمْ يَتْلُواْ عَلَيْهِمْ ءَايَٰتِكَ وَيُعَلِّمُهُمُ ٱلْكِتَٰبَ وَٱلْحِكْمَةَ وَيُزَكِّيهِمْ ​ۚ إِنَّكَ أَنتَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ‮١٢٩‬‬‬
Sodiq
Robbimiz, ularga o`zlarining ichidan ularga oyatlaringni tilovat qilib beradigan, kitobni va hikmatni o`rgatadigan, ularni poklaydigan Payg`ambar yubor. Albatta, Sening O`zing Aziyz va hikmatli zotsan.[1]

[1] Yuqoridagi oyatlar Baytullohning qurilish jarayonini jonlantirib ko`z oldimizga olib keladi. Ibrohim va Ismoil alayhissalomlar Baytullohni qurar ekanlar, fursatni qulay bilib, ko`ngillaridagi duolarni ham qilib oldilar. Aqida ishi muhim ish, u mo`min inson uchun eng ahamiyatli masaladir. Shuning uchun avvalgi oyatlarda ahli haramga rizq so`ragan ota-bola payg`ambarlar endi zurriyotlariga Allohdan iymon-islom so`ramoqdalar. Ular yana Allohdan «Bizga ibodatlarimizni ko`rsat, tavbamizni qabul et», deb so`rayaptilar. Biz, «ibodatlarimizni» deb tarjima qilgan so`z arabchada «manasikana» deyilgan. «Manosik» so`zi aslida ibodat ma'nosini anglatsa ham, urfda haj ibodatlari ma'nosida ishlatiladi. Shuning uchun bu duoda, mana, sening uyingni quryapmiz, endi uni haj qilishni ham o`zing o`rgat, ma'nosi bo`ladi.)
130
وَمَن يَرْغَبُ عَن مِّلَّةِ إِبْرَٰهِـۧمَ إِلَّا مَن سَفِهَ نَفْسَهُۥ ​ۚ وَلَقَدِ ٱصْطَفَيْنَٰهُ فِى ٱلدُّنْيَا ​ۖ وَإِنَّهُۥ فِى ٱلْـَٔاخِرَةِ لَمِنَ ٱلصَّٰلِحِينَ‮١٣٠‬‬‬
Sodiq
O`zini esi past sanaganlargina Ibrohimning millatidan yuz o`girur. Albatta, Biz uni bu dunyoda tanlab oldik va, albatta, u oxiratda solihlardan bo`lgay.
131
إِذْ قَالَ لَهُۥ رَبُّهُۥٓ أَسْلِمْ ​ۖ قَالَ أَسْلَمْتُ لِرَبِّ ٱلْعَٰلَمِينَ‮١٣١‬‬‬
Sodiq
Chunki Robbi unga: «Musulmon bo`l!» deganida, u: «Olamlarning Robbiga musulmon bo`ldim», – dedi.
132
وَوَصَّىٰ بِهَآ إِبْرَٰهِـۧمُ بَنِيهِ وَيَعْقُوبُ يَٰبَنِىَّ إِنَّ ٱللَّهَ ٱصْطَفَىٰ لَكُمُ ٱلدِّينَ فَلَا تَمُوتُنَّ إِلَّا وَأَنتُم مُّسْلِمُونَ‮١٣٢‬‬‬
Sodiq
Ibrohim o`sha(millat)ni bolalariga vasiyat qildi. Ya'qub ham: «Ey bolalarim, albatta, Alloh sizlarga dinni tanladi, sizlar musulmon bo`lmasdan turib o`lmassiz», – dedi.
133
أَمْ كُنتُمْ شُهَدَآءَ إِذْ حَضَرَ يَعْقُوبَ ٱلْمَوْتُ إِذْ قَالَ لِبَنِيهِ مَا تَعْبُدُونَ مِن​ۢ بَعْدِى قَالُواْ نَعْبُدُ إِلَٰهَكَ وَإِلَٰهَ ءَابَآئِكَ إِبْرَٰهِـۧمَ وَإِسْمَٰعِيلَ وَإِسْحَٰقَ إِلَٰهًا وَٰحِدًا وَنَحْنُ لَهُۥ مُسْلِمُونَ‮١٣٣‬‬‬
Sodiq
Yoki Ya'qubga o`lim hozir bo`lib, u o`z bolalariga: «Mendan keyin nimaga ibodat qilasizlar?» deganida, ular: «Sening Ilohingga va otalaring Ibrohim, Ismoil va Is'hoqning Ilohiga, yolg`iz Ilohga ibodat qilamiz hamda biz Unga musulmon bo`luvchimiz», deganlarida guvoh bo`lganmisiz?!
134
تِلْكَ أُمَّةٌ قَدْ خَلَتْ ​ۖ لَهَا مَا كَسَبَتْ وَلَكُم مَّا كَسَبْتُمْ ​ۖ وَلَا تُسْـَٔلُونَ عَمَّا كَانُواْ يَعْمَلُونَ‮١٣٤‬‬‬
Sodiq
Ular bir ummat edi, o`tib ketdilar. Ularga o`zlari kasb qilganlari bo`ladi. Sizlarga o`zingiz kasb qilganingiz bo`ladir. Ularning qilgan amallaridan siz so`ralmassiz.
135
وَقَالُواْ كُونُواْ هُودًا أَوْ نَصَٰرَىٰ تَهْتَدُواْ ​ۗ قُلْ بَلْ مِلَّةَ إِبْرَٰهِـۧمَ حَنِيفًا ​ۖ وَمَا كَانَ مِنَ ٱلْمُشْرِكِينَ‮١٣٥‬‬‬
Sodiq
Ular: «Yahudiy yoki nasroniy bo`ling, hidoyat topasiz», derlar. «Balki, Ibrohimning hanif millatiga (diniga) ergashamiz va u mushriklardan bo`lmagan», deb ayt.[1]

[1] Yahudiy va nasroniylarning gapi bitta unisi, yahudiy bo`ling, hidoyat topasiz, desa, bunisi, nasroniy bo`ling, hidoyat topasiz, deydi. Bunga javoban esa, Alloh Payg`ambarimiz Muhammad alayhissalomga «Yaxshisi hammamiz — sizlar ham, biz ham Ibrohim alayhissalomning hanif millatiga ergashaylik», deyishni buyurmoqda. «Hanif» degani barcha botil dinlarni tashlab haq din tomon burilishni anglatadi.)
136
قُولُوٓاْ ءَامَنَّا بِٱللَّهِ وَمَآ أُنزِلَ إِلَيْنَا وَمَآ أُنزِلَ إِلَىٰٓ إِبْرَٰهِـۧمَ وَإِسْمَٰعِيلَ وَإِسْحَٰقَ وَيَعْقُوبَ وَٱلْأَسْبَاطِ وَمَآ أُوتِىَ مُوسَىٰ وَعِيسَىٰ وَمَآ أُوتِىَ ٱلنَّبِيُّونَ مِن رَّبِّهِمْ لَا نُفَرِّقُ بَيْنَ أَحَدٍ مِّنْهُمْ وَنَحْنُ لَهُۥ مُسْلِمُونَ‮١٣٦‬‬‬
Sodiq
Aytinglar: «Allohga va bizga tushirilgan narsaga, Ibrohim, Ismoil, Is'hoq, Ya'qub, asbotlarga tushirilgan narsaga, Muso va Iysoga berilgan narsaga va Payg`ambarlarga Robbilaridan berilgan narsaga iymon keltirdik. Ularning orasidan birortasini farqlamasmiz va biz Unga musulmonlarmiz».[1]

[1] Qur'oni Karimda zikri kelgan «asbotlar»dan murod — Ya'qub alayhissalomning o`n ikki nafar o`g`lidan tarqalgan zurriyotlari. Demak, musulmonlar ularning payg`ambarliklariga ham iymon keltirishlari lozim.)
137
فَإِنْ ءَامَنُواْ بِمِثْلِ مَآ ءَامَنتُم بِهِۦ فَقَدِ ٱهْتَدَواْ ​ۖ وَّإِن تَوَلَّوْاْ فَإِنَّمَا هُمْ فِى شِقَاقٍ ​ۖ فَسَيَكْفِيكَهُمُ ٱللَّهُ ​ۚ وَهُوَ ٱلسَّمِيعُ ٱلْعَلِيمُ‮١٣٧‬‬‬
Sodiq
Agar siz iymon keltirganga o`xshash iymon keltirsalar, batahqiq, hidoyat toparlar. Va agar yuz o`girsalar, bas, albatta, ular xilofdan boshqa narsada bo`lmaslar. Alloh senga ular (yomonligi)dan kifoya qilur. Va U eshituvchi, biluvchi Zotdir.
138
صِبْغَةَ ٱللَّهِ ​ۖ وَمَنْ أَحْسَنُ مِنَ ٱللَّهِ صِبْغَةً ​ۖ وَنَحْنُ لَهُۥ عَٰبِدُونَ‮١٣٨‬‬‬
Sodiq
Allohning bo`yog`ini (lozim tuting). Allohning bo`yog`idan chiroyliroq bo`yoq berguvchi kim bor?! Va biz Unga ibodat qiluvchilarmiz.[1]

[1] Oyatdagi «bo`yoq» kalimasi ramzan dinni anglatadi. Insonni go`zal qilib ko`rsatadigan narsa dindir. Haqiqiy dindor shaxsda uning alomatlari yaqqol ko`zga tashlanib turadi. Shu ma'noda, inson agar go`zal bo`lish uchun turli bo`yoqlardan — din va tuzumlardan birini tanlashi lozim bo`lsa, nimani tanlashi kerak? Albatta, hech qanday gap-so`zsiz, Allohning bo`yog`ini dinini) tutishi lozim. Chunki Allohning bo`yog`idan dinidan) o`zga chiroyliroq bo`yoq yo`q!)
139
قُلْ أَتُحَآجُّونَنَا فِى ٱللَّهِ وَهُوَ رَبُّنَا وَرَبُّكُمْ وَلَنَآ أَعْمَٰلُنَا وَلَكُمْ أَعْمَٰلُكُمْ وَنَحْنُ لَهُۥ مُخْلِصُونَ‮١٣٩‬‬‬
Sodiq
Ayt: «Biz bilan Alloh haqida tortishasizmi?! Va holbuki, U bizning Robbimiz va sizning Robbingiz, bizning o`z amallarimiz bor, sizning o`z amallaringiz bor. Va biz Unga muxlismiz».
140
أَمْ تَقُولُونَ إِنَّ إِبْرَٰهِـۧمَ وَإِسْمَٰعِيلَ وَإِسْحَٰقَ وَيَعْقُوبَ وَٱلْأَسْبَاطَ كَانُواْ هُودًا أَوْ نَصَٰرَىٰ ​ۗ قُلْ ءَأَنتُمْ أَعْلَمُ أَمِ ٱللَّهُ ​ۗ وَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّن كَتَمَ شَهَٰدَةً عِندَهُۥ مِنَ ٱللَّهِ ​ۗ وَمَا ٱللَّهُ بِغَٰفِلٍ عَمَّا تَعْمَلُونَ‮١٤٠‬‬‬
Sodiq
Yoki: «Albatta, Ibrohim, Ismoil, Is'hoq, Ya'qub va asbotlar yahudiy va nasroniy bo`lgan», deysizlarmi?! «Sizlar bilimdonroqmi yoki Allohmi?» degin. Huzuridagi Allohdan bo`lgan guvohlikni berkitgan kimsadan ham zolimroq odam bormi?! Va Alloh qilayotgan ishlaringizdan g`ofil emasdir.
141
تِلْكَ أُمَّةٌ قَدْ خَلَتْ ​ۖ لَهَا مَا كَسَبَتْ وَلَكُم مَّا كَسَبْتُمْ ​ۖ وَلَا تُسْـَٔلُونَ عَمَّا كَانُواْ يَعْمَلُونَ‮١٤١‬‬‬
Sodiq
Ular bir ummat edilar, o`tib ketdilar. Ularga o`zlari kasb qilganlari bo`lur. Sizlarga o`zingiz kasb qilganingiz bo`ladir. Ularning qilgan amallaridan sizlar so`ralmassiz.
ﻉ18Juz 2 • Sahifa 2218ﻉ
142
۞ سَيَقُولُ ٱلسُّفَهَآءُ مِنَ ٱلنَّاسِ مَا وَلَّىٰهُمْ عَن قِبْلَتِهِمُ ٱلَّتِى كَانُواْ عَلَيْهَا ​ۚ قُل لِّلَّهِ ٱلْمَشْرِقُ وَٱلْمَغْرِبُ ​ۚ يَهْدِى مَن يَشَآءُ إِلَىٰ صِرَٰطٍ مُّسْتَقِيمٍ‮١٤٢‬‬‬
Sodiq
Odamlardan esi pastlari: «Bularni qiblalaridan nima yuz o`girtirdi ekan?» derlar. Sen: «Mashriqu mag`rib Allohniki, kimni xohlasa, o`shani to`g`ri yo`lga boshlaydir», deb ayt.[1]

[1] Oyati karima kelajakda ro`y beradigan muhim bir ishning xabarini bermoqda. Vaqti yetib, Allohning amri ila qibla Baytul Maqdisdan Ka'bai Muazzamaga o`zgartirilganda, ya'ni musulmonlar avvalgi qiblani qo`yib boshqasiga yuz o`girganlarida, yahudiylar — odamlardan esi pastlari, bularni qiblalaridan nima yuz o`girtirdi ekan, deydilar. Bunday ko`ngilsiz gaplar bo`lishini avvaldan bildirib qo`yayotganining bir boisi, bo`lg`usi yomon ta'sirni kesishdir.)
143
وَكَذَٰلِكَ جَعَلْنَٰكُمْ أُمَّةً وَسَطًا لِّتَكُونُواْ شُهَدَآءَ عَلَى ٱلنَّاسِ وَيَكُونَ ٱلرَّسُولُ عَلَيْكُمْ شَهِيدًا ​ۗ وَمَا جَعَلْنَا ٱلْقِبْلَةَ ٱلَّتِى كُنتَ عَلَيْهَآ إِلَّا لِنَعْلَمَ مَن يَتَّبِعُ ٱلرَّسُولَ مِمَّن يَنقَلِبُ عَلَىٰ عَقِبَيْهِ ​ۚ وَإِن كَانَتْ لَكَبِيرَةً إِلَّا عَلَى ٱلَّذِينَ هَدَى ٱللَّهُ ​ۗ وَمَا كَانَ ٱللَّهُ لِيُضِيعَ إِيمَٰنَكُمْ ​ۚ إِنَّ ٱللَّهَ بِٱلنَّاسِ لَرَءُوفٌ رَّحِيمٌ‮١٤٣‬‬‬
Sodiq
Shuningdek, sizlarni odamlar ustidan guvoh bo`lishingiz va Payg`ambar sizlarning ustingizdan guvoh bo`lishi uchun o`rta millat qildik. Sen avval yuzlangan qiblani, faqat, ortga burilib ketadiganlar kim-u, Payg`ambarga ergashuvchilar kim ekanini bilish uchungina qilganmiz. Garchi bu ish Alloh hidoyatga solganlardan boshqalarga og`ir bo`lsa ham. Alloh iymoningizni zoye qilmas. Albatta, Alloh odamlarga mehribon va rahimlidir.[1]

[1] Alloh taolo musulmonlarni o`rta ummat qilgan. Biz «o`rta» deb tarjima qilgan so`z arabchada «vasat» deb kelgan va yaxshi, o`rta, markaz va adolatli ma'nolarini anglatadi. «O`rta» ma'noda ko`proq ishlatilgani uchun tarjimaga shu ma'no ixtiyor qilindi. O`rtaning yaxshi deyilayotganiga bois shuki, chetlar chet bo`lgani uchun ham har xil ta'sirlarga ko`p uchraydi va buzilish ehtimoli ko`proq. Ammo o`rta buzilmay, yaxshi holicha qoladi. O`rtaga adolat ma'nosi berilishining sababi esa, «o`rta» atroflarga nisbatan bir xil turadi, biror tomonga og`ib, adolatni buzmaydi. Oyatdan, xuddi sizlar o`zlaringiz o`rta ummat bo`lganingiz uchun qiblalaringizni ham shundoq qildik, degan ma'no chiqadi.)
144
قَدْ نَرَىٰ تَقَلُّبَ وَجْهِكَ فِى ٱلسَّمَآءِ ​ۖ فَلَنُوَلِّيَنَّكَ قِبْلَةً تَرْضَىٰهَا ​ۚ فَوَلِّ وَجْهَكَ شَطْرَ ٱلْمَسْجِدِ ٱلْحَرَامِ ​ۚ وَحَيْثُ مَا كُنتُمْ فَوَلُّواْ وُجُوهَكُمْ شَطْرَهُۥ ​ۗ وَإِنَّ ٱلَّذِينَ أُوتُواْ ٱلْكِتَٰبَ لَيَعْلَمُونَ أَنَّهُ ٱلْحَقُّ مِن رَّبِّهِمْ ​ۗ وَمَا ٱللَّهُ بِغَٰفِلٍ عَمَّا يَعْمَلُونَ‮١٤٤‬‬‬
Sodiq
Goho yuzingning osmonga tez-tez burilganini ko`rurmiz. Bas, albatta, seni o`zing rozi bo`lgan qiblaga qaraturmiz. Yuzingni Masjidul Harom tomon bur. Qayerda bo`lsangiz ham, yuzingizni u tomon buringiz. Albatta, kitob berilganlar uning Robbilaridan bo`lgan haq ekanini bilurlar. Va Alloh ularning qilayotgan amallaridan g`ofil emasdir.
145
وَلَئِنْ أَتَيْتَ ٱلَّذِينَ أُوتُواْ ٱلْكِتَٰبَ بِكُلِّ ءَايَةٍ مَّا تَبِعُواْ قِبْلَتَكَ ​ۚ وَمَآ أَنتَ بِتَابِعٍ قِبْلَتَهُمْ ​ۚ وَمَا بَعْضُهُم بِتَابِعٍ قِبْلَةَ بَعْضٍ ​ۚ وَلَئِنِ ٱتَّبَعْتَ أَهْوَآءَهُم مِّن​ۢ بَعْدِ مَا جَآءَكَ مِنَ ٱلْعِلْمِ ​ۙ إِنَّكَ إِذًا لَّمِنَ ٱلظَّٰلِمِينَ‮١٤٥‬‬‬
Sodiq
Agar kitob berilganlarga barcha hujjatlarni keltirsang ham, sening qiblangga ergashmaslar. Sen ham ularning qiblasiga ergashuvchi emassan. Va ular bir-birlarining qiblasiga ergashuvchi emaslar. Agar senga kelgan ilmdan keyin ham ularning havoyi nafslariga ergashsang, unda, albatta, zolimlardan bo`lursan.[1]

[1] Ushbu oyati karimada ahli kitoblarning tabiati, fe'lidagi muhim nuqta tushuntirilyapti ularga hujjat-mujjat kerak emas, ularning Islomga nisbatan dushmanliklari dalil va tushunchaning yetishmasligidan emas, balki bilib, tushunib turib qilinayotgan dushmanlikdir. Ahli kitoblar qiblangga ergashmaydilar, deyilishidan ham qibla butun boshli din va millatning ramzi ekanligi ko`rinib turibdi.)
146
ٱلَّذِينَ ءَاتَيْنَٰهُمُ ٱلْكِتَٰبَ يَعْرِفُونَهُۥ كَمَا يَعْرِفُونَ أَبْنَآءَهُمْ ​ۖ وَإِنَّ فَرِيقًا مِّنْهُمْ لَيَكْتُمُونَ ٱلْحَقَّ وَهُمْ يَعْلَمُونَ‮١٤٦‬‬‬
Sodiq
Kitob berilganlar uni xuddi bolalarini tanigandek tanirlar. Va, albatta, ulardan bir guruhlari bilib turib haqni berkitarlar.[1]

[1] Inson o`z bolasini hammadan yaxshi taniydi. Chunki bola uning jigarbandi, unda o`zining qoni, his-tuyg`ulari va butun vujudi aksini topgan. Ba'zi hollarda bolaning o`zi u yoqda tursin, hididan ham taniydi. Shunga qiyosan zarbulmasal qilib aytilyaptiki, «Kitob berilganlar uni Muhammad alayhissalomni) xuddi bolalarini tanigandek taniydilar». Chunki ularning muqaddas kitoblari Tavrot va Injilda oxirzamon Payg`ambari haqida oydin xabarlar kelgan. Yahudiylardan insoflilari o`sha xabar asosida Payg`ambar alayhissalomga iymon keltirib, sahobalik baxtiga muyassar bo`lganlar. Lekin ahli kitoblardan bir guruhlari haqni bilib turib, hasad qilishib, berkitadilar. Shu jumladan, qibla haqidagi ilmni ham. Ulardagi mavjud hasad va haq doimo o`zini ko`rsatib turadi.)
147
ٱلْحَقُّ مِن رَّبِّكَ ​ۖ فَلَا تَكُونَنَّ مِنَ ٱلْمُمْتَرِينَ‮١٤٧‬‬‬
Sodiq
Bu haq Robbingdandir, hechhech shak qiluvchilardan bo`lma.
148
وَلِكُلٍّ وِجْهَةٌ هُوَ مُوَلِّيهَا ​ۖ فَٱسْتَبِقُواْ ٱلْخَيْرَٰتِ ​ۚ أَيْنَ مَا تَكُونُواْ يَأْتِ بِكُمُ ٱللَّهُ جَمِيعًا ​ۚ إِنَّ ٱللَّهَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرٌ‮١٤٨‬‬‬
Sodiq
Har kimning yuzlanadigan tarafi bor. U o`shanga boqadir. Yaxshiliklarga shoshiling. Qayerda bo`lsangiz ham, Alloh sizlarni jamlaydir. Albatta, Alloh har bir narsaga qodirdir.
149
وَمِنْ حَيْثُ خَرَجْتَ فَوَلِّ وَجْهَكَ شَطْرَ ٱلْمَسْجِدِ ٱلْحَرَامِ ​ۖ وَإِنَّهُۥ لَلْحَقُّ مِن رَّبِّكَ ​ۗ وَمَا ٱللَّهُ بِغَٰفِلٍ عَمَّا تَعْمَلُونَ‮١٤٩‬‬‬
Sodiq
Qayerdan chiqsang ham, yuzingni Masjidul Harom tomon bur. Va, albatta, bu Robbingdan bo`lgan haqdir. Va Alloh siz qilayotgan narsadan g`ofil emasdir.
150
وَمِنْ حَيْثُ خَرَجْتَ فَوَلِّ وَجْهَكَ شَطْرَ ٱلْمَسْجِدِ ٱلْحَرَامِ ​ۚ وَحَيْثُ مَا كُنتُمْ فَوَلُّواْ وُجُوهَكُمْ شَطْرَهُۥ لِئَلَّا يَكُونَ لِلنَّاسِ عَلَيْكُمْ حُجَّةٌ إِلَّا ٱلَّذِينَ ظَلَمُواْ مِنْهُمْ فَلَا تَخْشَوْهُمْ وَٱخْشَوْنِى وَلِأُتِمَّ نِعْمَتِى عَلَيْكُمْ وَلَعَلَّكُمْ تَهْتَدُونَ‮١٥٠‬‬‬
Sodiq
Va qayerdan chiqsang ham, yuzingni Masjidul Harom tomon bur. Qayerda bo`lsangiz ham, yuzingizni u tomonga buring. Odamlarda sizga qarshi hujjat bo`lmasligi uchun. Ulardan zulm qilganlaridan qo`rqmanglar, Mendan qo`rqinglar. Va sizga ne'matimni batamom etish uchun, shoyadki, hidoyat topsangiz.
151
كَمَآ أَرْسَلْنَا فِيكُمْ رَسُولًا مِّنكُمْ يَتْلُواْ عَلَيْكُمْ ءَايَٰتِنَا وَيُزَكِّيكُمْ وَيُعَلِّمُكُمُ ٱلْكِتَٰبَ وَٱلْحِكْمَةَ وَيُعَلِّمُكُم مَّا لَمْ تَكُونُواْ تَعْلَمُونَ‮١٥١‬‬‬
Sodiq
Shuningdek, ichingizga o`zingizdan, sizlarga oyatlarimizni tilovat qiladigan, sizlarni poklaydigan, sizlarga kitobni, hikmatni va bilmaydigan narsalaringizni o`rgatadigan Payg`ambar yubordik.
152
فَٱذْكُرُونِىٓ أَذْكُرْكُمْ وَٱشْكُرُواْ لِى وَلَا تَكْفُرُونِ‮١٥٢‬‬‬
Sodiq
Bas, Meni eslangiz, sizni eslarman. Va Menga shukr qilingiz, kufr qilmangiz.
153
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ ٱسْتَعِينُواْ بِٱلصَّبْرِ وَٱلصَّلَوٰةِ ​ۚ إِنَّ ٱللَّهَ مَعَ ٱلصَّٰبِرِينَ‮١٥٣‬‬‬
Sodiq
Ey, iymon keltirganlar! Sabr va namoz ila madad so`ranglar. Albatta, Alloh sabrlilar bilandir.[1]

[1] Demak, mo`min-musulmon banda mazkur qiyinchiliklarni yengish uchun katta miqdordagi sabrga ega bo`lishi kerak. Ammo hamma narsaning chegarasi bo`lganidek, gohida sabr ham tugashi, susayishi mumkin, bunday holatda namoz yordamga keladi. Namoz bitmas-tuganmas yordamchi, kuchga-kuch, quvvatga-quvvat baxsh etuvchi, qalbga madad beruvchi, sabrga-sabr qo`shuvchi, sokinlik va xotirjamlik manbaidir. U ojiz, zaif odamni quvvat va yordamning asl manbai bo`lmish Alloh taologa bog`lovchi vositadir.)
154
وَلَا تَقُولُواْ لِمَن يُقْتَلُ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ أَمْوَٰتُ​ۢ ​ۚ بَلْ أَحْيَآءٌ وَلَٰكِن لَّا تَشْعُرُونَ‮١٥٤‬‬‬
Sodiq
Allohning yo`lida qatl bo`lganlarni «o`liklar» demang. Balki ular tirikdirlar, lekin siz sezmassiz.
155
وَلَنَبْلُوَنَّكُم بِشَىْءٍ مِّنَ ٱلْخَوْفِ وَٱلْجُوعِ وَنَقْصٍ مِّنَ ٱلْأَمْوَٰلِ وَٱلْأَنفُسِ وَٱلثَّمَرَٰتِ ​ۗ وَبَشِّرِ ٱلصَّٰبِرِينَ‮١٥٥‬‬‬
Sodiq
Albata, Biz sizlarni bir oz qo`rqinch va ochlik bilan, mol-mulkka, jonga, mevalarga nuqson yetkazish bilan sinaymiz. Va sabrlilarga bashorat ber.
156
ٱلَّذِينَ إِذَآ أَصَٰبَتْهُم مُّصِيبَةٌ قَالُوٓاْ إِنَّا لِلَّهِ وَإِنَّآ إِلَيْهِ رَٰجِعُونَ‮١٥٦‬‬‬
Sodiq
Ular musiybat yetganda: «Albatta, biz Allohnikimiz va, albatta, biz Unga qaytuvchimiz», derlar.
157
أُوْلَٰٓئِكَ عَلَيْهِمْ صَلَوَٰتٌ مِّن رَّبِّهِمْ وَرَحْمَةٌ ​ۖ وَأُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْمُهْتَدُونَ‮١٥٧‬‬‬
Sodiq
Ana o`shalarga Robbilaridan salovotlar va rahmat bor. Ana o`shalar hidoyat topganlardir.[1]

[1] Bu ulkan tarbiyaning yorqin misolidir. Shuncha sinov va mashaqqatlarga mukofot qilib g`alaba, nusrat va boshqa narsalar emas, Allohning salovatlari, mehri va shafqati hamda rahmati va'da qilinmoqda! Shuning uchun mo`minlar doimo Allohning roziligini ko`zlab ish qilishlari lozim bo`ladi. Bu dunyoda hosil bo`ladigan ba'zi bir natijalar oxirgi maqsad bo`lib qolmasligi kerak. Hatto aqidaning g`olib kelishi ham yuqorida aytilgan mukofotning o`rnini bosa olmaydi.)
158
۞إِنَّ ٱلصَّفَا وَٱلْمَرْوَةَ مِن شَعَآئِرِ ٱللَّهِ ​ۖ فَمَنْ حَجَّ ٱلْبَيْتَ أَوِ ٱعْتَمَرَ فَلَا جُنَاحَ عَلَيْهِ أَن يَطَّوَّفَ بِهِمَا ​ۚ وَمَن تَطَوَّعَ خَيْرًا فَإِنَّ ٱللَّهَ شَاكِرٌ عَلِيمٌ‮١٥٨‬‬‬
Sodiq
Albatta, Safo va Marva Allohning (dinining) belgilaridandir. Kim Baytullohni haj yoki umra qilsa, ikkovlari o`rtasida sa'yi qilish gunoh emas. Kim yaxshilikni xolisona qilsa, bas, albatta, Alloh Shakur(oz amal uchun ko`p savob beruvchi) va biluvchidir.[1]

[1] Oyatda Alloh taolo «Kim Baytullohni haj yoki umra qilsa, ikkovlari o`rtasida sa'y qilishi gunoh emas», deydi. Ushbu oyat hujjat bo`lib shariatimizda Safo va Marva tepaliklari o`rtasida sa'yi qilish vojib amal, deb belgilangan. Oyatda sa'yi qilish vojib bo`ladi, deyish o`rniga, «Sa'yi qilish gunoh bo`lmaydi», deyilishining boisi shuki, ikkala tepalikda but borligi uchun, sa'yi qilish mushriklarning ishi, gunoh bo`ladi, deb o`ylab musulmonlar sa'yi qilmay qo`ygan edilar. Shuning uchun Alloh taolo gunoh bo`lmaydi, sa'yi qilinglar, demoqda.)
159
إِنَّ ٱلَّذِينَ يَكْتُمُونَ مَآ أَنزَلْنَا مِنَ ٱلْبَيِّنَٰتِ وَٱلْهُدَىٰ مِن​ۢ بَعْدِ مَا بَيَّنَّٰهُ لِلنَّاسِ فِى ٱلْكِتَٰبِ ​ۙ أُوْلَٰٓئِكَ يَلْعَنُهُمُ ٱللَّهُ وَيَلْعَنُهُمُ ٱللَّٰعِنُونَ‮١٥٩‬‬‬
Sodiq
Albatta, Biz nozil qilgan ravshan oyatlarni va hidoyatni odamlarga kitobda bayon qilib berganimizdan keyin berkitganlarni — o`shalarni Alloh la'natlaydir. Va la'natlovchilar la'natlaydir.
160
إِلَّا ٱلَّذِينَ تَابُواْ وَأَصْلَحُواْ وَبَيَّنُواْ فَأُوْلَٰٓئِكَ أَتُوبُ عَلَيْهِمْ ​ۚ وَأَنَا ٱلتَّوَّابُ ٱلرَّحِيمُ‮١٦٠‬‬‬
Sodiq
Magar tavba qilib, ahli solih bo`lib, bayon qilganlarning, ana o`shalarning tavbasini qabul qilurman. Va Men tavbalarni ko`plab qabul qiluvchi va rahimlidirman.
161
إِنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ وَمَاتُواْ وَهُمْ كُفَّارٌ أُوْلَٰٓئِكَ عَلَيْهِمْ لَعْنَةُ ٱللَّهِ وَٱلْمَلَٰٓئِكَةِ وَٱلنَّاسِ أَجْمَعِينَ‮١٦١‬‬‬
Sodiq
Albatta, kufr keltirgan va kofirlik holida o`lganlarga, ana o`shalarga Allohning, farishtalarning va odamlarning — barchaning la'nati bo`lgay.
162
خَٰلِدِينَ فِيهَا ​ۖ لَا يُخَفَّفُ عَنْهُمُ ٱلْعَذَابُ وَلَا هُمْ يُنظَرُونَ‮١٦٢‬‬‬
Sodiq
Unda abadiy bo`lurlar. Ulardan azob yengillatilmas. Va ularga nazar ham solinmas.
163
وَإِلَٰهُكُمْ إِلَٰهٌ وَٰحِدٌ ​ۖ لَّآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ٱلرَّحْمَٰنُ ٱلرَّحِيمُ‮١٦٣‬‬‬
Sodiq
Va ilohingiz bir ilohdir. Rohman va Rohiym bo`lmish Undan o`zga ibodatga sazovor zot yo`qdir.
ﻉ21Sahifa 2521ﻉ
164
إِنَّ فِى خَلْقِ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَٱخْتِلَٰفِ ٱلَّيْلِ وَٱلنَّهَارِ وَٱلْفُلْكِ ٱلَّتِى تَجْرِى فِى ٱلْبَحْرِ بِمَا يَنفَعُ ٱلنَّاسَ وَمَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ مِنَ ٱلسَّمَآءِ مِن مَّآءٍ فَأَحْيَا بِهِ ٱلْأَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا وَبَثَّ فِيهَا مِن كُلِّ دَآبَّةٍ وَتَصْرِيفِ ٱلرِّيَٰحِ وَٱلسَّحَابِ ٱلْمُسَخَّرِ بَيْنَ ٱلسَّمَآءِ وَٱلْأَرْضِ لَـَٔايَٰتٍ لِّقَوْمٍ يَعْقِلُونَ‮١٦٤‬‬‬
Sodiq
Albatta, osmonlaru yerning yaratilishida, kechayu kunduzning almashib turishida, odamlarga manfaatli narsalari ila dengizda yurib turgan kemada, Allohning osmondan suv tushirib, u bilan o`lgan yerni tiriltirishi va unda turli jondorlarni taratishida, shamollarni yo`naltirishida, osmonu yer orasidagi itoatgo`y bulutda aql yurituvchi qavmlar uchun belgilar bor.[1]

[1] Ushbu oyatlarda zikr qilingan holatlarni doim ko`rib, ularning ichida yashab yuramiz. Shu qadar ko`nikib ketganmizki, alohida e'tibor bermay qo`yganmiz. Holbuki, bularning har biri Alloh taoloning borligiga katta bir dalildir. Darhaqiqat, insof bilan, aqlni joyiga qo`yib, bir o`ylab ko`raylik-chi osmonlaru Yerni kim yaratgan? Osmonlarning chegarasini hali birov chegaralab bilgani yo`q. Undagi bor narsalar, hamma-hammasini kim yaratgan? Allohning borligini inkor qilayotgan xudosizlarmi? Yoki boshqa birorta yaratuvchi bormi?)
165
وَمِنَ ٱلنَّاسِ مَن يَتَّخِذُ مِن دُونِ ٱللَّهِ أَندَادًا يُحِبُّونَهُمْ كَحُبِّ ٱللَّهِ ​ۖ وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ أَشَدُّ حُبًّا لِّلَّهِ ​ۗ وَلَوْ يَرَى ٱلَّذِينَ ظَلَمُوٓاْ إِذْ يَرَوْنَ ٱلْعَذَابَ أَنَّ ٱلْقُوَّةَ لِلَّهِ جَمِيعًا وَأَنَّ ٱللَّهَ شَدِيدُ ٱلْعَذَابِ‮١٦٥‬‬‬
Sodiq
Odamlar ichida Allohdan o`zga tengdoshlarni tutadiganlar va ularni Allohni sevgandek sevadiganlar bor. Iymon keltirganlarning Allohga muhabbatlari qattiqdir. Zulm qilganlar azobni ko`rgan chog`larida, albatta, barcha quvvat Allohga xosligini va, albatta, Allohning azobi shiddatli ekanini bilsalar edi!
166
إِذْ تَبَرَّأَ ٱلَّذِينَ ٱتُّبِعُواْ مِنَ ٱلَّذِينَ ٱتَّبَعُواْ وَرَأَوُاْ ٱلْعَذَابَ وَتَقَطَّعَتْ بِهِمُ ٱلْأَسْبَابُ‮١٦٦‬‬‬
Sodiq
U paytda peshvolar (o`zlariga) ergashganlardan tonarlar va ular azobni ko`rarlar, ularning bog`lanishlari kesilur.
167
وَقَالَ ٱلَّذِينَ ٱتَّبَعُواْ لَوْ أَنَّ لَنَا كَرَّةً فَنَتَبَرَّأَ مِنْهُمْ كَمَا تَبَرَّءُواْ مِنَّا ​ۗ كَذَٰلِكَ يُرِيهِمُ ٱللَّهُ أَعْمَٰلَهُمْ حَسَرَٰتٍ عَلَيْهِمْ ​ۖ وَمَا هُم بِخَٰرِجِينَ مِنَ ٱلنَّارِ‮١٦٧‬‬‬
Sodiq
Va ergashganlar: «Qani endi bizga bir ortga qaytish bo`lsa edi, bizdan tonganlaridek, biz ham ulardan tonar edik», derlar. Shunday qilib, Alloh ularga amallarining o`zlariga hasrat bo`lganini ko`rsatur. Va ular do`zaxdan chiquvchi emaslar.[1]

[1] Qiyomatdan bir ko`rinish hamma o`zi bilan ovora, birov bilan birovning ishi yo`q. Peshvolar, boshliqlar, bu dunyoda boshqalarni o`z ortidan ergashtirib yurganlar o`zlariga ergashganlardan tonadilar. Chunki o`zining ishi chatoq bo`lib turganda, boshqaning tashvishi ortiqcha bo`ladi ularga. Azobni ko`rgach, oralaridagi barcha bog`lanishlar, aloqalar, yaqinliklar kesiladi.)
168
يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ كُلُواْ مِمَّا فِى ٱلْأَرْضِ حَلَٰلًا طَيِّبًا وَلَا تَتَّبِعُواْ خُطُوَٰتِ ٱلشَّيْطَٰنِ ​ۚ إِنَّهُۥ لَكُمْ عَدُوٌّ مُّبِينٌ‮١٦٨‬‬‬
Sodiq
Ey odamlar! Yer yuzidagi narsalardan halol-poklarini yenglar. Va shayton izidan ergashmanglar, chunki u sizlarga ochiq dushmandir.[1]

[1] Oyati karima halol-pok rizqlarni yeyishga zid qilib shaytonning izidan ergashish qo`yilmoqda. Ya'ni, shaytonning yo`lida yurganlargina halol-pok yemaydilar, deganidir bu. Shayton insonlarga halol yedirmaslik bilan ularni Allohning itoatidan chiqaradi. Shaytonning yetoviga tushib qolgan nodon inson esa, halol-haromni farqlamay naqadar ulkan gunoh qilayotganini o`zi bilmaydi, hatto his etmaydigan darajaga tushadi.)
169
إِنَّمَا يَأْمُرُكُم بِٱلسُّوٓءِ وَٱلْفَحْشَآءِ وَأَن تَقُولُواْ عَلَى ٱللَّهِ مَا لَا تَعْلَمُونَ‮١٦٩‬‬‬
Sodiq
Albatta, u sizlarni yomon va fahsh ishlarga hamda Allohga qarshi bilmagan narsangizni gapirishingizga buyuradir.
170
وَإِذَا قِيلَ لَهُمُ ٱتَّبِعُواْ مَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ قَالُواْ بَلْ نَتَّبِعُ مَآ أَلْفَيْنَا عَلَيْهِ ءَابَآءَنَآ ​ۗ أَوَلَوْ كَانَ ءَابَآؤُهُمْ لَا يَعْقِلُونَ شَيْـًٔا وَلَا يَهْتَدُونَ‮١٧٠‬‬‬
Sodiq
Ularga: «Alloh nozil qilgan narsaga ergashingiz», deyilsa, ular: «Yo`q, biz otalarimizni nimada topsak, shunga ergashamiz», derlar. Otalari hech narsaga aqli yetmagan va hidoyat topmagan bo`lsalar ham-a?!
171
وَمَثَلُ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ كَمَثَلِ ٱلَّذِى يَنْعِقُ بِمَا لَا يَسْمَعُ إِلَّا دُعَآءً وَنِدَآءً ​ۚ صُمُّ​ۢ بُكْمٌ عُمْىٌ فَهُمْ لَا يَعْقِلُونَ‮١٧١‬‬‬
Sodiq
Kufr keltirganlar misoli xuddi qichqiriq va sasdan boshqa narsani eshitmaydiganlarga baqirayotganga o`xshaydi. Ular kar, soqov va ko`rdirlar. Ular aql ishlatmaslar.[1]

[1] Alloh taolo bu oyati karimada kofirlarni cho`ponni ovozini eshitib, ma'nosini tushinmaydigan chorva hayvonlariga, payg`ambarlarni ularni haydab yuruvchi cho`ponga o`xshatmoqda.)
172
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ كُلُواْ مِن طَيِّبَٰتِ مَا رَزَقْنَٰكُمْ وَٱشْكُرُواْ لِلَّهِ إِن كُنتُمْ إِيَّاهُ تَعْبُدُونَ‮١٧٢‬‬‬
Sodiq
Ey, iymon keltirganlar! Sizlarga rizq qilib berganimiz pok narsalardan yenglar va Allohga shukr qilinglar, agar Unga ibodat qiladigan bo`lsalaringiz.
173
إِنَّمَا حَرَّمَ عَلَيْكُمُ ٱلْمَيْتَةَ وَٱلدَّمَ وَلَحْمَ ٱلْخِنزِيرِ وَمَآ أُهِلَّ بِهِۦ لِغَيْرِ ٱللَّهِ ​ۖ فَمَنِ ٱضْطُرَّ غَيْرَ بَاغٍ وَلَا عَادٍ فَلَآ إِثْمَ عَلَيْهِ ​ۚ إِنَّ ٱللَّهَ غَفُورٌ رَّحِيمٌ‮١٧٣‬‬‬
Sodiq
Albatta, U zot sizlarga faqat o`limtikni, qonni, cho`chqaning go`shtini va Allohdan boshqaga so`yilganni harom qildi. Kimki majbur bo`lsa-yu, zulm qilmay, haddan oshmay (esa), unga gunoh bo`lmas. Albatta, Alloh mag`firatli va rahimlidir.[1]

[1] Sa'd ibn Abi Vaqqos roziyallohu anhu Payg`ambarimiz alayhissalomga «Ey Allohning Rasuli, duo qiling, Alloh meni duosi qabul bo`ladiganlardan qilsin», dedilar. Shunda Payg`ambar alayhissalom «Ey Sa'd, taomingni halol qil, duosi qabul bo`ladigan bo`lasan. Muhammadning joni qo`lida bo`lgan Zot bilan qasamki, bir odam harom luqmani qorniga tashlasa, Alloh uning duosini qirq kungacha qabul qilmaydi. Qaysi bandaning go`shti haromdan va ribodan o`ssa, unga do`zax munosibdir», dedilar.)
174
إِنَّ ٱلَّذِينَ يَكْتُمُونَ مَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ مِنَ ٱلْكِتَٰبِ وَيَشْتَرُونَ بِهِۦ ثَمَنًا قَلِيلًا ​ۙ أُوْلَٰٓئِكَ مَا يَأْكُلُونَ فِى بُطُونِهِمْ إِلَّا ٱلنَّارَ وَلَا يُكَلِّمُهُمُ ٱللَّهُ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ وَلَا يُزَكِّيهِمْ وَلَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ‮١٧٤‬‬‬
Sodiq
Albatta, Alloh kitobda tushirgan narsani berkitganlar va uni ozgina bahoga sotganlar, ana o`shalar qorinlariga olovdan boshqa narsani yemaslar, ularga Alloh qiyomat kuni gapirmas va ularni poklamas. Ularga alamli azoblar bor.[1]

[1] Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadiki, u kishi «Ushbu oyat yahudiylarning Ka'b ibn Ashraf, Molik ibn as-Soyf va Hayyi ibn Axtobga o`xshash boshliqlari haqida tushgan. Ular o`zlariga ergashganlardan hadyalar olar edilar. Muhammad alayhissalom payg`ambar etib yuborilganlaridan so`ng, mazkur manfaatlardan mahrum bo`lishdan qo`rqib, u kishi haqidagi haqiqatni berkitdilar», dedilar.)
175
أُوْلَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ ٱشْتَرَوُاْ ٱلضَّلَٰلَةَ بِٱلْهُدَىٰ وَٱلْعَذَابَ بِٱلْمَغْفِرَةِ ​ۚ فَمَآ أَصْبَرَهُمْ عَلَى ٱلنَّارِ‮١٧٥‬‬‬
Sodiq
Ana o`shalar adashuvni hidoyatga, azobni mag`firatga sotib olganlardir. Do`zax o`tiga qandoq chidaydilar-a?!
176
ذَٰلِكَ بِأَنَّ ٱللَّهَ نَزَّلَ ٱلْكِتَٰبَ بِٱلْحَقِّ ​ۗ وَإِنَّ ٱلَّذِينَ ٱخْتَلَفُواْ فِى ٱلْكِتَٰبِ لَفِى شِقَاقٍ بَعِيدٍ‮١٧٦‬‬‬
Sodiq
Buning sababi, albatta, Alloh kitobni haq bilan nozil qilgan edi. Kitob xususida ixtilof qilganlar esa, tubsiz tortishuvdadirlar.[1]

[1] Qo`llaridagi hidoyat va mag`firatni boy berib, qattiq azobga duchor bo`lishlarining sababi — ular «Alloh kitobni haq bilan nozil qilgan»ini tan olmadilar. Holbuki, bu haq kitobga amal qilib, baxt-saodatda yashasalar bo`lar edi. Ammo ular Allohning kitobi xususida ixtilof qildilar, tubsiz talashuv va tuganmas ixtilof girdobiga tushib qoldilar. Oqibatda mazkur azoblarga duchor bo`ldilar.)
ﻉ23Juz 2 3⁄8 • Sahifa 2723ﻉ
177
۞لَّيْسَ ٱلْبِرَّ أَن تُوَلُّواْ وُجُوهَكُمْ قِبَلَ ٱلْمَشْرِقِ وَٱلْمَغْرِبِ وَلَٰكِنَّ ٱلْبِرَّ مَنْ ءَامَنَ بِٱللَّهِ وَٱلْيَوْمِ ٱلْـَٔاخِرِ وَٱلْمَلَٰٓئِكَةِ وَٱلْكِتَٰبِ وَٱلنَّبِيِّـۧنَ وَءَاتَى ٱلْمَالَ عَلَىٰ حُبِّهِۦ ذَوِى ٱلْقُرْبَىٰ وَٱلْيَتَٰمَىٰ وَٱلْمَسَٰكِينَ وَٱبْنَ ٱلسَّبِيلِ وَٱلسَّآئِلِينَ وَفِى ٱلرِّقَابِ وَأَقَامَ ٱلصَّلَوٰةَ وَءَاتَى ٱلزَّكَوٰةَ وَٱلْمُوفُونَ بِعَهْدِهِمْ إِذَا عَٰهَدُواْ ​ۖ وَٱلصَّٰبِرِينَ فِى ٱلْبَأْسَآءِ وَٱلضَّرَّآءِ وَحِينَ ٱلْبَأْسِ ​ۗ أُوْلَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ صَدَقُواْ ​ۖ وَأُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْمُتَّقُونَ‮١٧٧‬‬‬
Sodiq
Yaxshilik yuzingizni mashriq yoki mag`rib tomonga burishingizda emas. Lekin yaxshilik kim Allohga, oxirat kuniga, farishtalarga, kitobga, Payg`ambarlarga iymon keltirsa va yaxshi ko`rgan molini qarindoshlarga, yetimlarga, miskinlarga, vatangadolarga, tilanchilarga, qul ozod qilishga bersa, namozni qoim qilsa, zakot bersa
178
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ كُتِبَ عَلَيْكُمُ ٱلْقِصَاصُ فِى ٱلْقَتْلَى ​ۖ ٱلْحُرُّ بِٱلْحُرِّ وَٱلْعَبْدُ بِٱلْعَبْدِ وَٱلْأُنثَىٰ بِٱلْأُنثَىٰ ​ۚ فَمَنْ عُفِىَ لَهُۥ مِنْ أَخِيهِ شَىْءٌ فَٱتِّبَاعُ​ۢ بِٱلْمَعْرُوفِ وَأَدَآءٌ إِلَيْهِ بِإِحْسَٰنٍ ​ۗ ذَٰلِكَ تَخْفِيفٌ مِّن رَّبِّكُمْ وَرَحْمَةٌ ​ۗ فَمَنِ ٱعْتَدَىٰ بَعْدَ ذَٰلِكَ فَلَهُۥ عَذَابٌ أَلِيمٌ‮١٧٨‬‬‬
Sodiq
Ey, iymon keltirganlar! Sizga o`ldirilganlar uchun qasos farz qilindi: hurga hur, qulga qul, ayolga ayol. Kimga o`z birodaridan bir narsa afv qilinsa, bas, yaxshilik ila so`ralsin va ado etish ham yaxshilikcha bo`lsin. Bu, Robbilaringizdan yengillik va rahmatdir. Undan keyin kim dushmanlik qilsa, unga alamli azob bor.[1]

[1] Bu oyati karimada Alloh taolo qasos olishda adolat bo`lishini, haddan oshmaslikni uqdirib, «hurga hur, qulga qul, ayolga ayol», deb tushuntirmoqda. Lekin oyati karimaga binoan, odam o`ldirgan shaxsni qasos uchun, albatta, o`ldirish shart emas, balki o`likning egalari kechib yuborsa, o`ldirmay qo`yib yuborsa, o`rniga xun puli olsa ham bo`ladi. Bunda o`lik egasi haqini yaxshilik bilan so`rashi lozim, aybdor taraf ham ularning haqini yaxshilik bilan ado etishi zarur.)
179
وَلَكُمْ فِى ٱلْقِصَاصِ حَيَوٰةٌ يَٰٓأُوْلِى ٱلْأَلْبَٰبِ لَعَلَّكُمْ تَتَّقُونَ‮١٧٩‬‬‬
Sodiq
Sizlarga qasos olishda hayot bor. Ey, aql egalari! Shoyadki, taqvodor bo`lsangiz.[1]

[1] Bu oyati karima qasosning shariatga kiritilishining hikmatini bayon qilmoqda. Demak, qasos olishda kishilar uchun hayot bor ekan. Qasos qalbdagi nafratni qondirish emas, balki oliy maqsad — hayot uchun ekan. Qasos olish yo`lga qo`yilsa, inson hayotini saqlab qolishda katta ish qilingan bo`ladi. Chunki har bir odam boshqa birovni o`ldirsa, qasosiga o`zining ham o`ldirilishini biladi va hech qachon odam o`ldirishga qo`l urmaydi.)
180
كُتِبَ عَلَيْكُمْ إِذَا حَضَرَ أَحَدَكُمُ ٱلْمَوْتُ إِن تَرَكَ خَيْرًا ٱلْوَصِيَّةُ لِلْوَٰلِدَيْنِ وَٱلْأَقْرَبِينَ بِٱلْمَعْرُوفِ ​ۖ حَقًّا عَلَى ٱلْمُتَّقِينَ‮١٨٠‬‬‬
Sodiq
Sizlarga, birortangizga o`lim kelganda, agar u boylik qoldirayotgan bo`lsa, ota-onasi va yaqinlariga to`g`rilik bilan vasiyat qilish taqvodorlarning burchi sifatida farz qilindi.[1]

[1] Bu oyati karima meros haqidagi oyatdan avval tushgan, keyinchalik meros oyati tushib, vasiyat qilmasa ham, o`lgandan qolgan mol meros sifatida yaqin kishilarga bo`lib berilishi bayon qilindi. O`sha oyatda kimga qancha tegishi ham aytildi. Ota-ona merosxo`rlar qatoriga kirdilar.)
181
فَمَن​ۢ بَدَّلَهُۥ بَعْدَ مَا سَمِعَهُۥ فَإِنَّمَآ إِثْمُهُۥ عَلَى ٱلَّذِينَ يُبَدِّلُونَهُۥٓ ​ۚ إِنَّ ٱللَّهَ سَمِيعٌ عَلِيمٌ‮١٨١‬‬‬
Sodiq
Kim uni eshitgandan so`ng o`zgartirsa, bas, gunohi faqat o`zgartirganlarning o`ziga bo`ladir. Albatta, Alloh eshituvchi va biluvchidir.[1]

[1] Ya'ni, o`layotgan odamning vasiyatini eshitgan odam u o`lgach, vasiyatini o`zgartirib, mol-dunyosining vasiyatga muvofiq taqsimlanmasligiga sabab bo`lsa, gunohkorlardandir. Gunoh vasiyat qiluvchi yoki vasiyat qilingan kishiga emas, balki o`sha o`zgartiruvchining o`ziga bo`ladi. Alloh eshituvchi va biluvchi Zotdir.)
182
فَمَنْ خَافَ مِن مُّوصٍ جَنَفًا أَوْ إِثْمًا فَأَصْلَحَ بَيْنَهُمْ فَلَآ إِثْمَ عَلَيْهِ ​ۚ إِنَّ ٱللَّهَ غَفُورٌ رَّحِيمٌ‮١٨٢‬‬‬
Sodiq
Kimki vasiyat qiluvchidan toyilish yoki gunoh sodir bo`lishidan qo`rqsa, bas, ularning orasini isloh qilsa, unga gunoh bo`lmas. Albatta, Alloh mag`firatli va rahimli Zotdir.[1]

[1] Biz «toyilish» deb tarjima qilgan so`z oyati karimada «janafan» deyilgan. Bu so`z xato qilib haqdan burilishni bildiradi. Ya'ni, bilmasdan. «Gunoh» esa, bilib turib haqsizlik qilishdir. Demak, vasiyat qiluvchi bilibmi-bilmaymi noto`g`ri vasiyat qilgan bo`lsa, uning vasiyatini buzgan odam bundan avvalgi oyatda kelgani kabi gunohkor bo`lmaydi. Misol uchun, bir odam molining uchdan biri miqdoridan ko`pini vasiyat qilib yuborsa, vasiyati faqat uchdan biriga o`tadi, qolganiga amal qilmagan odam gunohkor bo`lmaydi.)
183
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ كُتِبَ عَلَيْكُمُ ٱلصِّيَامُ كَمَا كُتِبَ عَلَى ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِكُمْ لَعَلَّكُمْ تَتَّقُونَ‮١٨٣‬‬‬
Sodiq
Ey, iymon keltirganlar! Sizlardan avvalgilarga farz qilinganidek, sizlarga ham ro`za farz qilindi. Shoyadki, taqvodor bo`lsalaringiz.
184
أَيَّامًا مَّعْدُودَٰتٍ ​ۚ فَمَن كَانَ مِنكُم مَّرِيضًا أَوْ عَلَىٰ سَفَرٍ فَعِدَّةٌ مِّنْ أَيَّامٍ أُخَرَ ​ۚ وَعَلَى ٱلَّذِينَ يُطِيقُونَهُۥ فِدْيَةٌ طَعَامُ مِسْكِينٍ ​ۖ فَمَن تَطَوَّعَ خَيْرًا فَهُوَ خَيْرٌ لَّهُۥ ​ۚ وَأَن تَصُومُواْ خَيْرٌ لَّكُمْ ​ۖ إِن كُنتُمْ تَعْلَمُونَ‮١٨٤‬‬‬
Sodiq
Sanoqli kunlar. Sizlardan kim bemor yoki musofir bo`lsa, bas, sanog`ini boshqa kunlardan tutadir. Uni qiynalib tutadiganlar zimmasida bir miskin taomi fidya bordir. Kim yaxshilikni o`z ixtiyori ila qilsa, o`zi uchun yaxshidir. Agar bilsangiz, ro`za tutmog`ingiz siz uchun yaxshidir.
185
شَهْرُ رَمَضَانَ ٱلَّذِىٓ أُنزِلَ فِيهِ ٱلْقُرْءَانُ هُدًى لِّلنَّاسِ وَبَيِّنَٰتٍ مِّنَ ٱلْهُدَىٰ وَٱلْفُرْقَانِ ​ۚ فَمَن شَهِدَ مِنكُمُ ٱلشَّهْرَ فَلْيَصُمْهُ ​ۖ وَمَن كَانَ مَرِيضًا أَوْ عَلَىٰ سَفَرٍ فَعِدَّةٌ مِّنْ أَيَّامٍ أُخَرَ ​ۗ يُرِيدُ ٱللَّهُ بِكُمُ ٱلْيُسْرَ وَلَا يُرِيدُ بِكُمُ ٱلْعُسْرَ وَلِتُكْمِلُواْ ٱلْعِدَّةَ وَلِتُكَبِّرُواْ ٱللَّهَ عَلَىٰ مَا هَدَىٰكُمْ وَلَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ‮١٨٥‬‬‬
Sodiq
Ramazon oyiki, unda odamlarga hidoyat hamda hidoyatu furqondan iborat ochiq bayonotlar bo`lib Qur'on tushirilgandir. Sizdan kim u oyda hozir bo`lsa, ro`zasini tutsin. Kim bemor yoki safarda bo`lsa, bas, sanog`ini boshqa kunlardan tutadir. Alloh sizlarga yengillikni xohlaydi va sizlarga qiyinlikni xohlamas. Sanog`ini mukammal qilishingiz va sizni hidoyatga boshlagan Allohni ulug`lashingiz uchun. Shoyadki, shukr qilsalaringiz.[1]

[1] Alloh taolo O`zining abadiy mo`'jizasi, qiyomatgacha insoniyatga hidoyat bo`ladigan kitobi Qur'oni Karimni tushirish vaqti qilib Ramazoni sharif oyini ixtiyor qilganining o`zi bu oyning fazilatini yuksakka ko`targan. Endi esa, nur ustiga nur, fazilat ustiga fazilat qo`shib, ro`za ibodatini ham shu Ramazon oyida tutishni farz qilmoqda.)
186
وَإِذَا سَأَلَكَ عِبَادِى عَنِّى فَإِنِّى قَرِيبٌ ​ۖ أُجِيبُ دَعْوَةَ ٱلدَّاعِ إِذَا دَعَانِ ​ۖ فَلْيَسْتَجِيبُواْ لِى وَلْيُؤْمِنُواْ بِى لَعَلَّهُمْ يَرْشُدُونَ‮١٨٦‬‬‬
Sodiq
Agar bandalarim sendan Meni so`rasalar, Men, albatta, yaqinman. Duo qilguvchi duo qilganda, ijobat qilurman. Bas, Menga ham ijobat qilsinlar va iymon keltirsinlar. Shoyadki, to`g`ri yo`lni topsalar.[1]

[1] Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan imom Ahmad rivoyat qiladilarki, Payg`ambarimiz alayhissalom «Qalblar idishga o`xshaydi. Ba'zilari ba'zisidan ko`proq joylashtiradi. Agar Allohdan biror narsa so`raydigan bo`lsangiz, ijobat bo`lishiga qattiq ishonib so`rang. G`ofil qalb bilan duo qilgan bandaning duosini Alloh qabul qilmaydi», dedilar. Imomi Buxoriy Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda, Payg`ambarimiz alayhissalom «Agar banda shoshilishmasa, duosiga ijobat bo`ladi. Duo qildim, qabul bo`lmadi, demasin», deganlar.)
187
أُحِلَّ لَكُمْ لَيْلَةَ ٱلصِّيَامِ ٱلرَّفَثُ إِلَىٰ نِسَآئِكُمْ ​ۚ هُنَّ لِبَاسٌ لَّكُمْ وَأَنتُمْ لِبَاسٌ لَّهُنَّ ​ۗ عَلِمَ ٱللَّهُ أَنَّكُمْ كُنتُمْ تَخْتَانُونَ أَنفُسَكُمْ فَتَابَ عَلَيْكُمْ وَعَفَا عَنكُمْ ​ۖ فَٱلْـَٰٔنَ بَٰشِرُوهُنَّ وَٱبْتَغُواْ مَا كَتَبَ ٱللَّهُ لَكُمْ ​ۚ وَكُلُواْ وَٱشْرَبُواْ حَتَّىٰ يَتَبَيَّنَ لَكُمُ ٱلْخَيْطُ ٱلْأَبْيَضُ مِنَ ٱلْخَيْطِ ٱلْأَسْوَدِ مِنَ ٱلْفَجْرِ ​ۖ ثُمَّ أَتِمُّواْ ٱلصِّيَامَ إِلَى ٱلَّيْلِ ​ۚ وَلَا تُبَٰشِرُوهُنَّ وَأَنتُمْ عَٰكِفُونَ فِى ٱلْمَسَٰجِدِ ​ۗ تِلْكَ حُدُودُ ٱللَّهِ فَلَا تَقْرَبُوهَا ​ۗ كَذَٰلِكَ يُبَيِّنُ ٱللَّهُ ءَايَٰتِهِۦ لِلنَّاسِ لَعَلَّهُمْ يَتَّقُونَ‮١٨٧‬‬‬
Sodiq
Sizlarga ro`za kechasida xotinlaringizga yaqinlik qilish halol qilindi. Ular sizga libosdir, siz ularga libosdirsiz. Alloh sizning o`zingizga xiyonat qilayotganingizni bildi, tavbangizni qabul etdi va sizlarni afv etdi. Endi ularga yaqinlashavering va Alloh sizga yozgan narsani talab qiling. Tong paytida oq ip qora ipdan ajraguncha yeb-ichavering. So`ngra, ro`zani kechasigacha batamom qiling. Masjidlarda, e'tikofdaligingizda ularga yaqinlik qilmang. Bular Allohning chegaralaridir, unga yaqinlashmang. Alloh odamlarga O`z oyatlarini shundoq bayon etadir. Shoyadki, taqvo qilsalar.[1]

[1] «E'tikof» so`zi bir narsani lozim tutish ma'nosini bildiradi. Shariatda esa, masjidda Allohga yaqinlik hosil qilish niyatida ibodatni lozim tutishga aytiladi. Payg`ambarimiz alayhissalotu vassalom Ramazoni sharifning oxirgi o`n kunligida e'tikofda o`tirar edilar. E'tikof o`tirgan odam iloji boricha masjiddan chiqmay ibodat bilan mashg`ul bo`ladi. Unda banda Alloh uchun hamma narsadan ajrab chiqadi. Shuning uchun ayollarga yaqinlik qilishdan ham o`zini tiyadi. Ushbu zikr qilingan narsalarning barchasi Alloh taologa bog`liq narsalar, Uning chegaralari. Alloh ularga yaqinlashmaslikka buyurmoqda, chunki chegaraga qancha yaqinlashilsa, chegarani buzish ehtimoli shuncha ko`payadi.)
188
وَلَا تَأْكُلُوٓاْ أَمْوَٰلَكُم بَيْنَكُم بِٱلْبَٰطِلِ وَتُدْلُواْ بِهَآ إِلَى ٱلْحُكَّامِ لِتَأْكُلُواْ فَرِيقًا مِّنْ أَمْوَٰلِ ٱلنَّاسِ بِٱلْإِثْمِ وَأَنتُمْ تَعْلَمُونَ‮١٨٨‬‬‬
Sodiq
Bir-birlaringizning mollaringizni botil yo`l bilan yemang. Bilib turib odamlarning mollaridan bir qismini yeyishingiz uchun hokimlarga gunohkorona tashlamang.[1]

[1] Imom Qurtubiy deganlarki «Oyatdagi «botil yo`l bilan yemaslik»ka haromning barcha turlari kiradi. Qimor, aldamchilik, harom narsalarni sotib mol topishlik, harom kasblarni qilib mol topishlik va boshqalar».)
ﻉ25Juz 2 4⁄825ﻉ
189
۞يَسْـَٔلُونَكَ عَنِ ٱلْأَهِلَّةِ ​ۖ قُلْ هِىَ مَوَٰقِيتُ لِلنَّاسِ وَٱلْحَجِّ ​ۗ وَلَيْسَ ٱلْبِرُّ بِأَن تَأْتُواْ ٱلْبُيُوتَ مِن ظُهُورِهَا وَلَٰكِنَّ ٱلْبِرَّ مَنِ ٱتَّقَىٰ ​ۗ وَأْتُواْ ٱلْبُيُوتَ مِنْ أَبْوَٰبِهَا ​ۚ وَٱتَّقُواْ ٱللَّهَ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ‮١٨٩‬‬‬
Sodiq
Sendan hilollar haqida so`rarlar. Ular odamlar va haj uchun vaqt o`lchovidir, deb ayt. Yaxshilik uylarning orqasidan kirishingizda emas, lekin yaxshilik kim taqvodorlik qilsa, shundadir. Va uylarga eshiklaridan kiring. Allohga taqvo qiling. Shoyadki, najot topsangiz.[1]

[1] Hajga bog`liq ulug` ruknlar kunini va yana boshqa vaqtlarni aniqlash uchun, albatta, hilolga qaraladi va vaqt uning chiqishidan belgilanadi. Demak, haj va hilolda o`zaro bog`liqlik bor. Shu bog`liqlik tufayli hilol haqida javob tushgan oyat hajga bog`liq yana bir masalani ham oydinlashtiradi. Imom Buxoriy va Imom Muslimlar sahih kitoblarida al-Baro roziyallohu anhudan rivoyat qiladilarki «Ansoriylarda madinalik musulmonlarda) hajdan qaytib kelganda uyning eshigidan kirmaslik odat bor edi. Ulardan bir kishi hajdan qaytganda uyining eshigidan kiribdi. Bu ishi unga ayb qilgandek qaralishiga sabab bo`libdi. Shunda «Yaxshilik uylarning orqasidan kirishingizda emas...», oyati tushdi», deganlar.)
190
وَقَٰتِلُواْ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ ٱلَّذِينَ يُقَٰتِلُونَكُمْ وَلَا تَعْتَدُوٓاْ ​ۚ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يُحِبُّ ٱلْمُعْتَدِينَ‮١٩٠‬‬‬
Sodiq
Sizga urush qilayotganlarga qarshi Allohning yo`lida urush qiling. Va tajovuzkor bo`lmang. Albatta, Alloh tajovuzkor bo`lganlarni xush ko`rmas.
191
وَٱقْتُلُوهُمْ حَيْثُ ثَقِفْتُمُوهُمْ وَأَخْرِجُوهُم مِّنْ حَيْثُ أَخْرَجُوكُمْ ​ۚ وَٱلْفِتْنَةُ أَشَدُّ مِنَ ٱلْقَتْلِ ​ۚ وَلَا تُقَٰتِلُوهُمْ عِندَ ٱلْمَسْجِدِ ٱلْحَرَامِ حَتَّىٰ يُقَٰتِلُوكُمْ فِيهِ ​ۖ فَإِن قَٰتَلُوكُمْ فَٱقْتُلُوهُمْ ​ۗ كَذَٰلِكَ جَزَآءُ ٱلْكَٰفِرِينَ‮١٩١‬‬‬
Sodiq
Ularni topgan yeringizda qatl qiling. Va sizlarni chiqargan joydan ularni ham chiqaring. Fitna qatl etishdan ham yomonroqdir. Masjidul Harom oldida sizga qarshi urushmagunlaricha, siz urushmang. Agar urushsalar, bas, siz ham urushing. Kofirlarning jazosi shunday.
192
فَإِنِ ٱنتَهَوْاْ فَإِنَّ ٱللَّهَ غَفُورٌ رَّحِيمٌ‮١٩٢‬‬‬
Sodiq
Agar to`xtasalar, albatta, Alloh mag`firatli va rahimlidir.
193
وَقَٰتِلُوهُمْ حَتَّىٰ لَا تَكُونَ فِتْنَةٌ وَيَكُونَ ٱلدِّينُ لِلَّهِ ​ۖ فَإِنِ ٱنتَهَوْاْ فَلَا عُدْوَٰنَ إِلَّا عَلَى ٱلظَّٰلِمِينَ‮١٩٣‬‬‬
Sodiq
Fitna bo`lmasligi va din Allohga bo`lishi uchun ular bilan jang qiling. Agar to`xtasalar, zolimlardan boshqalarga dushmanlik yo`q.
194
ٱلشَّهْرُ ٱلْحَرَامُ بِٱلشَّهْرِ ٱلْحَرَامِ وَٱلْحُرُمَٰتُ قِصَاصٌ ​ۚ فَمَنِ ٱعْتَدَىٰ عَلَيْكُمْ فَٱعْتَدُواْ عَلَيْهِ بِمِثْلِ مَا ٱعْتَدَىٰ عَلَيْكُمْ ​ۚ وَٱتَّقُواْ ٱللَّهَ وَٱعْلَمُوٓاْ أَنَّ ٱللَّهَ مَعَ ٱلْمُتَّقِينَ‮١٩٤‬‬‬
Sodiq
Harom oyga harom oy. Harom qilingan narsalarda qasos bor. Kim sizga dushmanlik qilsa, siz ham unga shunga o`xshash dushmanlik qiling. Va Allohga taqvo qiling hamda, bilingki, albatta, Alloh taqvodorlar bilandir.[1]

[1] Oyati karimadagi «Ash-shahrul-haromu» deb kelgan ta'birni «harom oy» deb tarjima qildik. «Harom oy» degani urush harom qilingan oy, deganidir. «Harom oyga harom oy», ya'ni kim urush harom qilgan oyning hurmatini buzsa, unga bu oy bergan hurmatlar bekor qilinadi. Agar u bu oyni hurmat qilmay urush boshlasa, unga qarshi urush qilinadi. Musulmonlarga qarshi urush ochib, harom qilingan narsani buzib tajovuzkorlik qilganlardan o`ch olinadi. Ammo o`ch olishda ma'lum chegara bo`lib, musulmonlar undan chiqmaydilar. Qilgan dushmanligiga yarasha javob qilinadi, oshirib yuborilmaydi yoki kamaytirib qo`yilmaydi.)
195
وَأَنفِقُواْ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ وَلَا تُلْقُواْ بِأَيْدِيكُمْ إِلَى ٱلتَّهْلُكَةِ ​ۛ وَأَحْسِنُوٓاْ ​ۛ إِنَّ ٱللَّهَ يُحِبُّ ٱلْمُحْسِنِينَ‮١٩٥‬‬‬
Sodiq
Va Allohning yo`lida nafaqa qiling. O`zingizni halokatga duchor qilmang. Ehson qiling, albatta, Alloh ehson qiluvchilarni xush ko`radir.[1]

[1] Bu oyati karimada Alloh taolo musulmonlarni o`zining yo`lida pul-mol nafaqa qilishga amr qilmoqda. Bunga jihod uchun ham, boshqa xayrli ishlar uchun ham nafaqa qilish kiradi. «O`zingizni halokatga duchor qilmang» jumlasida bir necha xil ma'no bor. Biri Allohning yo`lida nafaqa qilmay, o`zingizni halokatga duchor qilmang. Ya'ni, baxilligingiz halokatga sabab bo`lmasin, degani. Yana bir ma'nosi o`zingizni o`zingiz o`ldirmang. Bir kishi o`zining o`limiga o`zi sabab bo`lsa, o`zini o`zi o`ldirdi, deyiladi.)
196
وَأَتِمُّواْ ٱلْحَجَّ وَٱلْعُمْرَةَ لِلَّهِ ​ۚ فَإِنْ أُحْصِرْتُمْ فَمَا ٱسْتَيْسَرَ مِنَ ٱلْهَدْىِ ​ۖ وَلَا تَحْلِقُواْ رُءُوسَكُمْ حَتَّىٰ يَبْلُغَ ٱلْهَدْىُ مَحِلَّهُۥ ​ۚ فَمَن كَانَ مِنكُم مَّرِيضًا أَوْ بِهِۦٓ أَذًى مِّن رَّأْسِهِۦ فَفِدْيَةٌ مِّن صِيَامٍ أَوْ صَدَقَةٍ أَوْ نُسُكٍ ​ۚ فَإِذَآ أَمِنتُمْ فَمَن تَمَتَّعَ بِٱلْعُمْرَةِ إِلَى ٱلْحَجِّ فَمَا ٱسْتَيْسَرَ مِنَ ٱلْهَدْىِ ​ۚ فَمَن لَّمْ يَجِدْ فَصِيَامُ ثَلَٰثَةِ أَيَّامٍ فِى ٱلْحَجِّ وَسَبْعَةٍ إِذَا رَجَعْتُمْ ​ۗ تِلْكَ عَشَرَةٌ كَامِلَةٌ ​ۗ ذَٰلِكَ لِمَن لَّمْ يَكُنْ أَهْلُهُۥ حَاضِرِى ٱلْمَسْجِدِ ٱلْحَرَامِ ​ۚ وَٱتَّقُواْ ٱللَّهَ وَٱعْلَمُوٓاْ أَنَّ ٱللَّهَ شَدِيدُ ٱلْعِقَابِ‮١٩٦‬‬‬
Sodiq
Alloh uchun haj va umrani tugal ado eting. Agar ushlanib qolsangiz, muyassar bo`lganicha qurbonlik qiling. Qurbonlik o`z joyiga yetmaguncha, sochingizni oldirmang. Sizdan kim bemor bo`lsa yoki boshida ozor beruvchi narsa bo`lsa, ro`za tutish yoki sadaqa berish yoxud qurbonlik so`yish ila to`lov to`lasin. Agar tinch bo`lsangiz, kim umradan hajgacha huzur qilgan bo`lsa, muyassar bo`lgan qurbonlikni qilsin. Kim topmasa, uch kun hajda, yetti kun qaytganingizda — hammasi o`n kun to`liq ro`za tutsin. Bu ahli Masjidul Haromda yashamaydiganlar uchundir. Va Allohga taqvo qiling hamda, bilingki, albatta, Alloh iqobi shiddatli Zotdir.
ﻉ26Sahifa 3126ﻉ
197
ٱلْحَجُّ أَشْهُرٌ مَّعْلُومَٰتٌ ​ۚ فَمَن فَرَضَ فِيهِنَّ ٱلْحَجَّ فَلَا رَفَثَ وَلَا فُسُوقَ وَلَا جِدَالَ فِى ٱلْحَجِّ ​ۗ وَمَا تَفْعَلُواْ مِنْ خَيْرٍ يَعْلَمْهُ ٱللَّهُ ​ۗ وَتَزَوَّدُواْ فَإِنَّ خَيْرَ ٱلزَّادِ ٱلتَّقْوَىٰ ​ۚ وَٱتَّقُونِ يَٰٓأُوْلِى ٱلْأَلْبَٰبِ‮١٩٧‬‬‬
Sodiq
Haj ma'lum oylardir. Kimki ularda o`ziga hajni farz qilsa, hajda shahvoniy narsalar, fisq va janjal yo`qdir. Nima yaxshilik qilsangiz, Alloh uni biladir. Ozuqa oling, eng yaxshi ozuqa taqvodir. Menga taqvo qiling, ey, aql egalari![1]

[1] O`ziga hajni farz qilish — hajni niyat qilib, ihromga kirish deganidir. Demak, unday odamga shahvoniy ishlar, ya'ni jinsiy yaqinlik va uning haqidagi gap-so`zlarni so`zlash mumkin bo`lmaydi. Fisq — katta-kichik gunoh ishlarni qilish. Janjal — odamlar bilan talashib-tortishish va so`kishib, achchiq chiqarish. Bu ishlar ham mumkin emas. Chunki haj qiluvchi inson ulug` maqomga erishgan bo`ladi. U dunyoning hammasidan yuz o`girib, ajrab, Allohga yuzlanadi, Robbul Olamiynning uyini ziyorat qilgani chiqqan bo`ladi. Shu bois oliy darajadagi odob bilan odoblanishi zarur. Hamma yomon narsalarni tark etib, yaxshi ishlarni ko`proq qilishi lozim.)
198
لَيْسَ عَلَيْكُمْ جُنَاحٌ أَن تَبْتَغُواْ فَضْلًا مِّن رَّبِّكُمْ ​ۚ فَإِذَآ أَفَضْتُم مِّنْ عَرَفَٰتٍ فَٱذْكُرُواْ ٱللَّهَ عِندَ ٱلْمَشْعَرِ ٱلْحَرَامِ ​ۖ وَٱذْكُرُوهُ كَمَا هَدَىٰكُمْ وَإِن كُنتُم مِّن قَبْلِهِۦ لَمِنَ ٱلضَّآلِّينَ‮١٩٨‬‬‬
Sodiq
Sizga o`z Robbingizdan fazl istashingizda gunoh yo`qdir. Arafotdan qaytib tushganingizda, Allohni Mash'arul Haromda zikr qiling. Ilgari adashganlardan bo`lsangiz ham, sizni hidoyatga boshlagani uchun Uni zikr qiling.[1]

[1] Oyatda zikr qilingan «fazl» so`zi rizq, kasb ma'nosini anglatadi. Odamlar o`rtasida hajga borgan kishi tijorat bilan yoki boshqa biror kasb bilan shug`ullansa bo`lmaydi, degan tushuncha bor edi. Imom Nasafiy rivoyat qilishlaricha, bir qavm «Hammollik va tojirlik qilgan odamning haji haj bo`lmaydi», degan gapni tarqatganida, shu oyat nozil bo`lgan ekan. Shunga o`xshash ma'nolar boshqa rivoyatlarda ham kelgan. Imom Ahmad qilgan rivoyatda, Abu Umoma aytadilarki «Abdulloh ibn Umardan, biz kiraga ishlaymiz, haj qilsak bo`larmi?» deb so`rasam, «Baytullohni tavof qilib, Arofatda vuquf qilib, tosh otib, sochingizni oldirasizmi?» dedi. «Albatta», dedim. U kishi «Bir odam Rasulullohning huzurlariga kelib, sen hozir mendan so`ragan narsani so`ragan edi, javob bermay turdilar. So`ng Jibroil «Sizga o`z Robbingizdan fazl istashingizda gunoh yo`qdir», degan oyatni olib tushdi, dedilar. Ilgari musulmonlar Islomdan oldingi hayotlari bilan musulmon bo`lganlaridan keyingi hayotlarini solishtirib ko`rib, bu ulug` ne'matlarni tushunib yetar edilar va uni bergan Allohga shukr qilar edilar.)
199
ثُمَّ أَفِيضُواْ مِنْ حَيْثُ أَفَاضَ ٱلنَّاسُ وَٱسْتَغْفِرُواْ ٱللَّهَ ​ۚ إِنَّ ٱللَّهَ غَفُورٌ رَّحِيمٌ‮١٩٩‬‬‬
Sodiq
So`ngra, odamlar qaytib tushgan joydan tushinglar. Va Allohga istig`for aytinglar. Albatta, Alloh mag`firatli, rahimli Zotdir.
200
فَإِذَا قَضَيْتُم مَّنَٰسِكَكُمْ فَٱذْكُرُواْ ٱللَّهَ كَذِكْرِكُمْ ءَابَآءَكُمْ أَوْ أَشَدَّ ذِكْرًا ​ۗ فَمِنَ ٱلنَّاسِ مَن يَقُولُ رَبَّنَآ ءَاتِنَا فِى ٱلدُّنْيَا وَمَا لَهُۥ فِى ٱلْـَٔاخِرَةِ مِنْ خَلَٰقٍ‮٢٠٠‬‬‬
Sodiq
Ibodatlaringizni tugatganingizda, Allohni otalaringizni eslagandek, balki undan ham kuchliroq eslang. Odamlardan ba'zilari: «Robbimiz, bizga bu dunyoda bergin», deydir va unga oxiratda nasiba yo`qdir.
201
وَمِنْهُم مَّن يَقُولُ رَبَّنَآ ءَاتِنَا فِى ٱلدُّنْيَا حَسَنَةً وَفِى ٱلْـَٔاخِرَةِ حَسَنَةً وَقِنَا عَذَابَ ٱلنَّارِ‮٢٠١‬‬‬
Sodiq
Va ulardan ba'zilari: «Robbimiz, bizga bu dunyoda ham yaxshilikni, oxiratda ham yaxshilikni bergin va bizni do`zax olovi azobidan saqlagin», deydir.
Qur'oniy duolar
Oyat 2:201
202
أُوْلَٰٓئِكَ لَهُمْ نَصِيبٌ مِّمَّا كَسَبُواْ ​ۚ وَٱللَّهُ سَرِيعُ ٱلْحِسَابِ‮٢٠٢‬‬‬
Sodiq
Ana o`shalarga qilgan kasblaridan nasiba bor. Va Alloh tez hisob qiluvchidir.
203
۞وَٱذْكُرُواْ ٱللَّهَ فِىٓ أَيَّامٍ مَّعْدُودَٰتٍ ​ۚ فَمَن تَعَجَّلَ فِى يَوْمَيْنِ فَلَآ إِثْمَ عَلَيْهِ وَمَن تَأَخَّرَ فَلَآ إِثْمَ عَلَيْهِ ​ۚ لِمَنِ ٱتَّقَىٰ ​ۗ وَٱتَّقُواْ ٱللَّهَ وَٱعْلَمُوٓاْ أَنَّكُمْ إِلَيْهِ تُحْشَرُونَ‮٢٠٣‬‬‬
Sodiq
Allohni sanoqli kunlarda eslang. Bas, kim ikki kundan keyin shoshilib, ketsa, unga gunoh yo`q. Kim kechikib qolsa, unga gunoh yo`q. Taqvo qiluvchilar uchun. Allohga taqvo qilinglar va bilinglarki, siz albatta Unga to`planursiz.[1]

[1] Payg`ambarimiz alayhissalom «Arafa, qurbonlik va tashriq kunlari biz ahli Islomning bayrami — yemoq, ichmoq kunlaridir», deganlar. Shundan chiqadiki, arafa va qurbon hayiti kunlari tashriq kunlari qatoriga kirmaydi. Ushbu oyatda Alloh taolo sanoqli kunlarda, ya'ni tashriq kunlarida O`zini eslashga, zikr qilishga buyurmoqda. Ikrima roziyallohu anhudan rivoyat qilinadiki «Sanoqli kunlarda Allohni eslang», degani tashriq kunlarida farz namozlaridan keyin, «Allohu akbar», «Allohu akbar», deb takbir ayting, deganidir».)
204
وَمِنَ ٱلنَّاسِ مَن يُعْجِبُكَ قَوْلُهُۥ فِى ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا وَيُشْهِدُ ٱللَّهَ عَلَىٰ مَا فِى قَلْبِهِۦ وَهُوَ أَلَدُّ ٱلْخِصَامِ‮٢٠٤‬‬‬
Sodiq
Odamlar ichida dunyo hayotidagi gapi seni ajablantiradiganlari bor. U qalbidagi narsaga Allohni guvoh ham qiladi. Holbuki, u ashaddiy xusumatchidir.
205
وَإِذَا تَوَلَّىٰ سَعَىٰ فِى ٱلْأَرْضِ لِيُفْسِدَ فِيهَا وَيُهْلِكَ ٱلْحَرْثَ وَٱلنَّسْلَ ​ۗ وَٱللَّهُ لَا يُحِبُّ ٱلْفَسَادَ‮٢٠٥‬‬‬
Sodiq
Va burilib ketganda, yer yuzida fasod uchun va ekin va naslni halok qilish uchun harakat etadir. Va holbuki, Alloh fasodni xush ko`rmas.
206
وَإِذَا قِيلَ لَهُ ٱتَّقِ ٱللَّهَ أَخَذَتْهُ ٱلْعِزَّةُ بِٱلْإِثْمِ ​ۚ فَحَسْبُهُۥ جَهَنَّمُ ​ۚ وَلَبِئْسَ ٱلْمِهَادُ‮٢٠٦‬‬‬
Sodiq
Agar unga, Allohdan qo`rqqin, deyilsa, uni kibru havosi gunohga yetaklar. Jahannam unga yetarlidir. U qanday ham yomon o`rin-a?
207
وَمِنَ ٱلنَّاسِ مَن يَشْرِى نَفْسَهُ ٱبْتِغَآءَ مَرْضَاتِ ٱللَّهِ ​ۗ وَٱللَّهُ رَءُوفُ​ۢ بِٱلْعِبَادِ‮٢٠٧‬‬‬
Sodiq
Va odamlardan Allohning roziligini tilab jonini sotadiganlar bor. Va Alloh bandalarga mehribondir.[1]

[1] Bu haqiqiy muxlis mo`minning vasfi. Uning yagona maqsadi — Allohning roziligini topish. Bu yo`lda u hamma narsani sarflashga, hatto jonini berishga ham tayyor. Faqat Alloh taoloning roziligini topsa bo`ldi.)
208
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ ٱدْخُلُواْ فِى ٱلسِّلْمِ كَآفَّةً وَلَا تَتَّبِعُواْ خُطُوَٰتِ ٱلشَّيْطَٰنِ ​ۚ إِنَّهُۥ لَكُمْ عَدُوٌّ مُّبِينٌ‮٢٠٨‬‬‬
Sodiq
Ey, iymon keltirganlar! Islomga to`lig`icha kiring. Va shaytonning izidan ergashmang. Albatta, u sizga ochiq dushmandir.
209
فَإِن زَلَلْتُم مِّن​ۢ بَعْدِ مَا جَآءَتْكُمُ ٱلْبَيِّنَٰتُ فَٱعْلَمُوٓاْ أَنَّ ٱللَّهَ عَزِيزٌ حَكِيمٌ‮٢٠٩‬‬‬
Sodiq
Agar ochiq bayonotlar kelgandan keyin ham toyilsangiz, bilingki, albatta, Alloh Aziyz va hikmatlidir.
210
هَلْ يَنظُرُونَ إِلَّآ أَن يَأْتِيَهُمُ ٱللَّهُ فِى ظُلَلٍ مِّنَ ٱلْغَمَامِ وَٱلْمَلَٰٓئِكَةُ وَقُضِىَ ٱلْأَمْرُ ​ۚ وَإِلَى ٱللَّهِ تُرْجَعُ ٱلْأُمُورُ‮٢١٠‬‬‬
Sodiq
Ular Alloh va farishtalar soyali bulutlarda kelishi hamda ishning tugashidan boshqaga intizor bo`lmayaptilar, shekilli?! Va barcha ishlar Allohga qaytajak.[1]

[1] Ochiq-oydin bayonotlar, hujjat va dalillar kelgandan keyin ham Islomga yurmay, shaytonning izidan yurishlaridan ular xuddi qiyomatni intizor bo`lib kutayotganga o`xshaydi. Ish tugab, hamma narsa oxiriga yetadigan kunni kutayotganga o`xshaydi. Bo`lmasa, hamma narsa aniq bo`lgan bo`lsa ham, nima uchun Islomga kirmay turibdilar? Nima ularning yo`lini to`syapti? Ular bilib qo`ysinlarki, «barcha ishlar Allohga qaytajak».)
ﻉ27Sahifa 3327ﻉ
211
سَلْ بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ كَمْ ءَاتَيْنَٰهُم مِّنْ ءَايَةٍ بَيِّنَةٍ ​ۗ وَمَن يُبَدِّلْ نِعْمَةَ ٱللَّهِ مِن​ۢ بَعْدِ مَا جَآءَتْهُ فَإِنَّ ٱللَّهَ شَدِيدُ ٱلْعِقَابِ‮٢١١‬‬‬
Sodiq
Bani Isroildan ularga qancha oyatlarni berganimizni so`ra. Kimki o`ziga kelgan Allohning ne'matini o`zgartirsa, bas, albatta, Alloh iqobi shiddatli Zotdir.
212
زُيِّنَ لِلَّذِينَ كَفَرُواْ ٱلْحَيَوٰةُ ٱلدُّنْيَا وَيَسْخَرُونَ مِنَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ ​ۘ وَٱلَّذِينَ ٱتَّقَوْاْ فَوْقَهُمْ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ ​ۗ وَٱللَّهُ يَرْزُقُ مَن يَشَآءُ بِغَيْرِ حِسَابٍ‮٢١٢‬‬‬
Sodiq
Kufr keltirganlarga bu dunyo hayoti ziynatlandi va ular iymon keltirganlarni masxara qilurlar. Va holbuki, qiyomat kuni taqvo qilganlar ulardan ustundir. Alloh kimni xohlasa, behisob rizq berur.[1]

[1] Kofirlarning Alloh yo`liga yurmasliklarining sababi dunyo hayotining ziynatidir. Ularning birdan-bir maqsadi, fikri-zikri va orzu-umidi — shu besh kunlik dunyoning hoy-havasi, ziynatidir. Kofirlar hayotning ma'nosini shunda, deb tushunadilar. Iymonsiz bo`lganlari uchun hayvoniy tasavvur va chegaradan tashqariga chiqa olmaydilar. Mo`min kishi uchun esa, bu dunyoning ziynati haqir va ahamiyatsiz narsa hisoblanadi. Ular dunyo hoy-havasiga o`ch bo`lishni o`zlariga or hisoblaydilar. Haqiqiy hayot — oxirat hayoti kelgan choqda esa, hamma narsa o`z o`rniga tushadi. O`shanda, ya'ni qiyomat kunida mo`minlar, taqvo qilganlar kofirlardan ustun bo`ladilar. Rizqi ro`zga keladigan bo`lsak, uni Alloh taolo kimga xohlasa, behisob beradi. Rizq beruvchi Uning O`zi. Mo`minga ham, kofirga ham beraveradi.)
213
كَانَ ٱلنَّاسُ أُمَّةً وَٰحِدَةً فَبَعَثَ ٱللَّهُ ٱلنَّبِيِّـۧنَ مُبَشِّرِينَ وَمُنذِرِينَ وَأَنزَلَ مَعَهُمُ ٱلْكِتَٰبَ بِٱلْحَقِّ لِيَحْكُمَ بَيْنَ ٱلنَّاسِ فِيمَا ٱخْتَلَفُواْ فِيهِ ​ۚ وَمَا ٱخْتَلَفَ فِيهِ إِلَّا ٱلَّذِينَ أُوتُوهُ مِن​ۢ بَعْدِ مَا جَآءَتْهُمُ ٱلْبَيِّنَٰتُ بَغْيً​ۢا بَيْنَهُمْ ​ۖ فَهَدَى ٱللَّهُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ لِمَا ٱخْتَلَفُواْ فِيهِ مِنَ ٱلْحَقِّ بِإِذْنِهِۦ ​ۗ وَٱللَّهُ يَهْدِى مَن يَشَآءُ إِلَىٰ صِرَٰطٍ مُّسْتَقِيمٍ‮٢١٣‬‬‬
Sodiq
Odamlar bir millat edilar. Bas, Alloh xushxabar va ogohlantirish beruvchi Nabiylarni yubordi va ularga odamlar o`rtasida ular ixtilof qilgan narsalarda hukm qilish uchun haq kitob tushirdi. U to`g`risida ixtilofni ochiq hujjatlar kelgandan so`ng, kimga berilgan bo`lsa, o`shalargina haddan oshib qildilar. Iymon keltirganlarni haq to`g`risida ixtilof qilgan narsalarida Alloh O`z izni ila hidoyatga soladir. Alloh kimni xohlasa, to`g`ri yo`lga boshlaydir.[1]

[1] Alloh iroda qilgan to`g`ri yo`l Islomga to`lig`icha kirish bilan bo`ladi. Buni amalga oshirish uchun shaytonning izidan yurganlar, hasad, tama', hirs va havoyu nafs tufayli haq kitob to`g`risida ixtilofga tushganlar bilan bo`ladigan to`qnashuvlarda g`olib kelish kerak. Ulardan bo`ladigan zulm va dushmanliklarga chidash kerak.)
214
أَمْ حَسِبْتُمْ أَن تَدْخُلُواْ ٱلْجَنَّةَ وَلَمَّا يَأْتِكُم مَّثَلُ ٱلَّذِينَ خَلَوْاْ مِن قَبْلِكُم ​ۖ مَّسَّتْهُمُ ٱلْبَأْسَآءُ وَٱلضَّرَّآءُ وَزُلْزِلُواْ حَتَّىٰ يَقُولَ ٱلرَّسُولُ وَٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ مَعَهُۥ مَتَىٰ نَصْرُ ٱللَّهِ ​ۗ أَلَآ إِنَّ نَصْرَ ٱللَّهِ قَرِيبٌ‮٢١٤‬‬‬
Sodiq
Sizdan avval o`tganlarga kelganga o`xshash narsa sizlarga kelmasdan turib, jannatga kiramiz, deb o`yladingizmi? Ularni balo va musiybatlar tutgan va larzaga tushirilganlar. Hattoki, Payg`ambar va u bilan iymon keltirganlar: «Allohning nusrati qachon bo`ladir?» deganlar. Ogoh bo`linglar, albatta, Allohning nusrati yaqindir.[1]

[1] Demak, jannatga kirish oson emas, iymon, islomni og`izda e'lon qilib qo`yish bilangina bo`lavermaydi. Jannatga kirishning bir sharti — avvalgi ummatlardan unga kirishga haqdor bo`lganlarga yuborilgan og`ir sinovlarni boshdan o`tkazish zarur.)
215
يَسْـَٔلُونَكَ مَاذَا يُنفِقُونَ ​ۖ قُلْ مَآ أَنفَقْتُم مِّنْ خَيْرٍ فَلِلْوَٰلِدَيْنِ وَٱلْأَقْرَبِينَ وَٱلْيَتَٰمَىٰ وَٱلْمَسَٰكِينِ وَٱبْنِ ٱلسَّبِيلِ ​ۗ وَمَا تَفْعَلُواْ مِنْ خَيْرٍ فَإِنَّ ٱللَّهَ بِهِۦ عَلِيمٌ‮٢١٥‬‬‬
Sodiq
Sendan nimani nafaqa qilishni so`rarlar. «Nafaqa qilgan yaxshiligingizdan ota-onalarga, yaqin kishilarga, yetimlarga, miskinlarga va vatangadolarga bo`lsin. Qanday yaxshilik qilgan bo`lsangiz, albatta, Alloh uni biluvchidir», deb ayt.
216
كُتِبَ عَلَيْكُمُ ٱلْقِتَالُ وَهُوَ كُرْهٌ لَّكُمْ ​ۖ وَعَسَىٰٓ أَن تَكْرَهُواْ شَيْـًٔا وَهُوَ خَيْرٌ لَّكُمْ ​ۖ وَعَسَىٰٓ أَن تُحِبُّواْ شَيْـًٔا وَهُوَ شَرٌّ لَّكُمْ ​ۗ وَٱللَّهُ يَعْلَمُ وَأَنتُمْ لَا تَعْلَمُونَ‮٢١٦‬‬‬
Sodiq
Sizga yoqmasa ham, jang qilishingiz farz qilindi. Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo`lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo`lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz.[1]

[1] Alloh taolo bandalarining hamma holatlarini yaxshi biladi. Ularning jangni yoqtirmasliklarini ham biladi. Insonning tabiati shundoq mashaqqatni, qiyinchilikni yoqtirmaydi. Lekin Islom odamlarga yoqadigan narsalarni emas, balki ularga foyda, ikki dunyoda baxt — saodat keltiradigan amallarni taklif qiladi. Insonga yoqmaydigan jang, nafaqa kabi narsalar aslida o`zi uchun yaxshi bo`ladi. Shuningdek, urushga bormay uyda o`tirishi kabi o`ziga yaxshi ko`ringan narsalar aslida uning uchun yomonlik bo`lishi mumkin. Bunday ishlarning oqibatini Alloh biladi, banda bilmaydi.)
217
يَسْـَٔلُونَكَ عَنِ ٱلشَّهْرِ ٱلْحَرَامِ قِتَالٍ فِيهِ ​ۖ قُلْ قِتَالٌ فِيهِ كَبِيرٌ ​ۖ وَصَدٌّ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ وَكُفْرُ​ۢ بِهِۦ وَٱلْمَسْجِدِ ٱلْحَرَامِ وَإِخْرَاجُ أَهْلِهِۦ مِنْهُ أَكْبَرُ عِندَ ٱللَّهِ ​ۚ وَٱلْفِتْنَةُ أَكْبَرُ مِنَ ٱلْقَتْلِ ​ۗ وَلَا يَزَالُونَ يُقَٰتِلُونَكُمْ حَتَّىٰ يَرُدُّوكُمْ عَن دِينِكُمْ إِنِ ٱسْتَطَٰعُواْ ​ۚ وَمَن يَرْتَدِدْ مِنكُمْ عَن دِينِهِۦ فَيَمُتْ وَهُوَ كَافِرٌ فَأُوْلَٰٓئِكَ حَبِطَتْ أَعْمَٰلُهُمْ فِى ٱلدُّنْيَا وَٱلْـَٔاخِرَةِ ​ۖ وَأُوْلَٰٓئِكَ أَصْحَٰبُ ٱلنَّارِ ​ۖ هُمْ فِيهَا خَٰلِدُونَ‮٢١٧‬‬‬
Sodiq
Sendan harom oyda urush qilish haqida so`rarlar. «Unda urush qilish katta gunoh. Allohning yo`lidan to`sish, Unga kufr keltirish, Masjidul Haromdan to`sish, uning ahlini undan chiqarish Allohning huzurida eng katta gunohdir. Fitna o`ldirishdan kattaroqdir», deb ayt. Ular, agar qodir bo`lsalar, sizlarni diningizdan qaytargunlaricha sizga qarshi urush qilaveradilar. Sizdan kimki dindan qaytib, kofir holida o`lib ketsa, ana o`shalar bu dunyoyu oxiratda amali habata bo`lganlardir. Ana o`shalar do`zax egalaridir. Ular unda abadiy qolguvchilardir.
218
إِنَّ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَٱلَّذِينَ هَاجَرُواْ وَجَٰهَدُواْ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ أُوْلَٰٓئِكَ يَرْجُونَ رَحْمَتَ ٱللَّهِ ​ۚ وَٱللَّهُ غَفُورٌ رَّحِيمٌ‮٢١٨‬‬‬
Sodiq
Albatta, iymon keltirganlar, hijrat qilganlar va Allohning yo`lida jiddu jahd qilganlar — ana o`shalar Allohning rahmatini umid qiladilar. Alloh mag`firatli va rahimli Zotdir.[1]

[1] Hukm umumiy kim bo`lishidan qat'iy nazar, iymon keltirsa, mo`minlik sifatiga erishsa, diniyu diyonatini saqlab qolish niyatida hijrat qilsa, Allohning yo`lida jihod qilsa, ular Allohning rahmatidan umid qiladilar. Allohning rahmati ularga bo`lmasa, kimga bo`lar edi!)
219
۞يَسْـَٔلُونَكَ عَنِ ٱلْخَمْرِ وَٱلْمَيْسِرِ ​ۖ قُلْ فِيهِمَآ إِثْمٌ كَبِيرٌ وَمَنَٰفِعُ لِلنَّاسِ وَإِثْمُهُمَآ أَكْبَرُ مِن نَّفْعِهِمَا ​ۗ وَيَسْـَٔلُونَكَ مَاذَا يُنفِقُونَ قُلِ ٱلْعَفْوَ ​ۗ كَذَٰلِكَ يُبَيِّنُ ٱللَّهُ لَكُمُ ٱلْـَٔايَٰتِ لَعَلَّكُمْ تَتَفَكَّرُونَ‮٢١٩‬‬‬
Sodiq
Sendan xamr va qimor haqida so`rarlar. Sen: «Ikkisida katta gunoh va kishilar uchun manfaat bor va gunohlari naflaridan kattadir», deb ayt. Va sendan nimani nafaqa qilishni so`rarlar. Sen: «Ortiqchasini», deb ayt. Alloh shundoq qilib sizga O`z oyatlarini bayon qiladi. Shoyadki, tafakkur qilsangiz.[1]

[1] Oyatdagi «xamr» so`zini ichkilik, aroq yoki vino deb tarjima qilmadik. Chunki «xamr» so`zi umumiy bo`lib, iste'mol qilgan kishining aqlini to`suvchi, ya'ni bir oz bo`lsa-da ta'sir o`tkazuvchi barcha narsaga aytiladi. Buning ichiga nasha, qoradori, ko`knori va boshqalar ham kiradi. Dunyoda adolat o`rnatish, Yer yuzida Allohning xalifasi bo`lish vazifasi yuklatilgan shaxs aroqxo`r yoki qimorboz va molini noo`rin sarflaydigan bo`lishi mumkinmi? Albatta, yo`q. Holbuki, xamr ichish, qimor o`ynash va noo`rin nafaqa qilish hollari johiliyat vaqtida kishilar hayotiga singib ketgan edi. Xamrsiz hayotni tasavvur qila olmas edilar.)
220
فِى ٱلدُّنْيَا وَٱلْـَٔاخِرَةِ ​ۗ وَيَسْـَٔلُونَكَ عَنِ ٱلْيَتَٰمَىٰ ​ۖ قُلْ إِصْلَاحٌ لَّهُمْ خَيْرٌ ​ۖ وَإِن تُخَالِطُوهُمْ فَإِخْوَٰنُكُمْ ​ۚ وَٱللَّهُ يَعْلَمُ ٱلْمُفْسِدَ مِنَ ٱلْمُصْلِحِ ​ۚ وَلَوْ شَآءَ ٱللَّهُ لَأَعْنَتَكُمْ ​ۚ إِنَّ ٱللَّهَ عَزِيزٌ حَكِيمٌ‮٢٢٠‬‬‬
Sodiq
Bu dunyo va oxirat haqida. Sendan yetimlar haqida so`rarlar. Sen: «Ularga isloh qilish yaxshidir», deb ayt. Agar ularning (mollarini) aralashtirib yuborsangiz, bas, birodarlaringiz. Alloh buzg`unchini ham, islohchini ham biladi. Agar xohlasa, Alloh sizlarni qiyinchilikka solardi. Albatta, Alloh Aziyz va hikmatli Zotdir.[1]

[1] Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhumo aytishlaricha, yetimlarni o`z kafolatiga olgan kishilar, yetimlarning haqqini yeb qo`ymaylik, deb ularning ovqatlarini ham, ichimliklarini ham alohida qilib qo`yishgan ekan. Hatto yetimdan biror ovqat ortib qolsa, o`zi yemasa, buzilib ketsa ham, birov yemaydigan bo`libdi. Bunday qiyin holni Payg`ambarimiz Muhammad alayhissalomga zikr qilishganida, Alloh taolo «Sendan yetimlar haqida so`raydilar», oyatini nozil qilgan ekan.)
221
وَلَا تَنكِحُواْ ٱلْمُشْرِكَٰتِ حَتَّىٰ يُؤْمِنَّ ​ۚ وَلَأَمَةٌ مُّؤْمِنَةٌ خَيْرٌ مِّن مُّشْرِكَةٍ وَلَوْ أَعْجَبَتْكُمْ ​ۗ وَلَا تُنكِحُواْ ٱلْمُشْرِكِينَ حَتَّىٰ يُؤْمِنُواْ ​ۚ وَلَعَبْدٌ مُّؤْمِنٌ خَيْرٌ مِّن مُّشْرِكٍ وَلَوْ أَعْجَبَكُمْ ​ۗ أُوْلَٰٓئِكَ يَدْعُونَ إِلَى ٱلنَّارِ ​ۖ وَٱللَّهُ يَدْعُوٓاْ إِلَى ٱلْجَنَّةِ وَٱلْمَغْفِرَةِ بِإِذْنِهِۦ ​ۖ وَيُبَيِّنُ ءَايَٰتِهِۦ لِلنَّاسِ لَعَلَّهُمْ يَتَذَكَّرُونَ‮٢٢١‬‬‬
Sodiq
Mushrika ayollarni iymon keltirmagunlaricha nikohingizga olmang. Shubhasiz, mo`mina cho`ri mushrikadan, gar u sizga yoqsa ham, yaxshidir. Va mushriklar iymonga kelmagunlaricha, ularga nikohlab bermang. Shubhasiz, mo`min qul mushrikdan, gar u sizga yoqsa ham, yaxshidir. Anavilar do`zax o`tiga chaqirarlar. Alloh esa, O`z izni ila jannatga va mag`firatga chaqirar hamda odamlarga O`z oyatlarini bayon qiladir. Shoyadki, esga olsalar.[1]

[1] Nikoh insoniy aloqalar ichida eng muqaddas va ahamiyatlisidir. Bu aloqa odam bolasining ko`plab xohish istaklariga javob beradi. Nikohdagi ikki shaxs bir-biriga eng yaqin shaxslar hisoblanadi. Bu holga erishish avvalo qalblarning birlashmog`ini, qalblarning birlashmog`i esa, aqida birligini taqozo etadi. Chunki har bir insonning hayotiy yo`lini belgilaydigan o`lchov diniy nuqtai nazari bo`ladi. Shu boisdan Islomda aqidasi buzuq ayollarga uylanish, mushrik erkaklarga turmushga chiqish man qilinadi.)
222
وَيَسْـَٔلُونَكَ عَنِ ٱلْمَحِيضِ ​ۖ قُلْ هُوَ أَذًى فَٱعْتَزِلُواْ ٱلنِّسَآءَ فِى ٱلْمَحِيضِ ​ۖ وَلَا تَقْرَبُوهُنَّ حَتَّىٰ يَطْهُرْنَ ​ۖ فَإِذَا تَطَهَّرْنَ فَأْتُوهُنَّ مِنْ حَيْثُ أَمَرَكُمُ ٱللَّهُ ​ۚ إِنَّ ٱللَّهَ يُحِبُّ ٱلتَّوَّٰبِينَ وَيُحِبُّ ٱلْمُتَطَهِّرِينَ‮٢٢٢‬‬‬
Sodiq
Sendan hayz haqida so`rarlar. Sen: «U ko`ngilsiz narsadir. Hayz chog`ida ayollardan chetda bo`ling. Ularga pok bo`lmagunlaricha yaqinlashmanglar. Agar pok bo`lsalar, ularga Alloh amr qilgan joydan keling. Albatta, Alloh tavba qiluvchilarni sevadi va poklanuvchilarni sevadir», deb ayt.
223
نِسَآؤُكُمْ حَرْثٌ لَّكُمْ فَأْتُواْ حَرْثَكُمْ أَنَّىٰ شِئْتُمْ ​ۖ وَقَدِّمُواْ لِأَنفُسِكُمْ ​ۚ وَٱتَّقُواْ ٱللَّهَ وَٱعْلَمُوٓاْ أَنَّكُم مُّلَٰقُوهُ ​ۗ وَبَشِّرِ ٱلْمُؤْمِنِينَ‮٢٢٣‬‬‬
Sodiq
Ayollaringiz ekinzorlaringizdir. Bas, ekinzoringizga xohlaganingizcha keling. O`zingiz uchun (yaxshilik) taqdim qiling. Va Allohga taqvo qiling hamda, bilingki, albatta, Unga ro`baro` keluvchisiz. Mo`minlarga bashorat ber.[1]

[1] Er-xotin orasidagi hassos va nozik aloqa Qur'oni Karim oyatlarida o`ziga xos uslub bilan tasvirlanadi. Avvalgi oyatlardan birida er-xotinni bir-biriga nisbatan kiyim-libos deb ta'rif qilingan edi. Bu oyatda esa, ayollar ekinzorga o`xshatilyapti.)
224
وَلَا تَجْعَلُواْ ٱللَّهَ عُرْضَةً لِّأَيْمَٰنِكُمْ أَن تَبَرُّواْ وَتَتَّقُواْ وَتُصْلِحُواْ بَيْنَ ٱلنَّاسِ ​ۗ وَٱللَّهُ سَمِيعٌ عَلِيمٌ‮٢٢٤‬‬‬
Sodiq
Allohga ichgan qasamlaringizni yaxshilik qilish, taqvo qilish va odamlar orasini isloh etishingizga to`siq qilmang. Alloh eshituvchi, biluvchi Zotdir.
225
لَّا يُؤَاخِذُكُمُ ٱللَّهُ بِٱللَّغْوِ فِىٓ أَيْمَٰنِكُمْ وَلَٰكِن يُؤَاخِذُكُم بِمَا كَسَبَتْ قُلُوبُكُمْ ​ۗ وَٱللَّهُ غَفُورٌ حَلِيمٌ‮٢٢٥‬‬‬
Sodiq
Alloh sizlarning behuda qasamlaringiz uchun tutmas. Lekin qalbdan kasb qilganingiz uchun tutadir. Va Alloh mag`firatli, rahimli Zotdir.
226
لِّلَّذِينَ يُؤْلُونَ مِن نِّسَآئِهِمْ تَرَبُّصُ أَرْبَعَةِ أَشْهُرٍ ​ۖ فَإِن فَآءُو فَإِنَّ ٱللَّهَ غَفُورٌ رَّحِيمٌ‮٢٢٦‬‬‬
Sodiq
Xotinlaridan iylaa qilganlar uchun kutish to`rt oydir. Agar qaytsalar, bas, albatta, Alloh mag`firatli, rahimli Zotdir.
227
وَإِنْ عَزَمُواْ ٱلطَّلَٰقَ فَإِنَّ ٱللَّهَ سَمِيعٌ عَلِيمٌ‮٢٢٧‬‬‬
Sodiq
Va agar taloqni qasd qilsalar, bas, albatta, Alloh eshituvchi, biluvchi Zotdir.[1]

[1] Iylaa — er kishining o`z xotiniga yaqinlik qilmaslikka qasam ichishidir. Johiliyat davrida odamlar xotinidan achchig`i chiqsa yoki uni jazolamoqchi bo`lsa, iylaa qilib, unga jinsiy yaqinlik qilmaslikka qasam ichib qo`yar ekan. Shu bilan bir-ikki yil yoki undan ham ko`proq beparvo yuraverar ekan. Ayol bechora azobda qolar ekan. Iylaaning uzoq vaqti aynan to`rt oy bo`lishining hikmati shuki, ayol kishi ersiz shu muddatga sabr qila oladi. Bundan o`tib ketsa, chiday olmaslik ehtimoli bor.)
228
وَٱلْمُطَلَّقَٰتُ يَتَرَبَّصْنَ بِأَنفُسِهِنَّ ثَلَٰثَةَ قُرُوٓءٍ ​ۚ وَلَا يَحِلُّ لَهُنَّ أَن يَكْتُمْنَ مَا خَلَقَ ٱللَّهُ فِىٓ أَرْحَامِهِنَّ إِن كُنَّ يُؤْمِنَّ بِٱللَّهِ وَٱلْيَوْمِ ٱلْـَٔاخِرِ ​ۚ وَبُعُولَتُهُنَّ أَحَقُّ بِرَدِّهِنَّ فِى ذَٰلِكَ إِنْ أَرَادُوٓاْ إِصْلَٰحًا ​ۚ وَلَهُنَّ مِثْلُ ٱلَّذِى عَلَيْهِنَّ بِٱلْمَعْرُوفِ ​ۚ وَلِلرِّجَالِ عَلَيْهِنَّ دَرَجَةٌ ​ۗ وَٱللَّهُ عَزِيزٌ حَكِيمٌ‮٢٢٨‬‬‬
Sodiq
Taloq qilingan ayollar uch qur'u kutarlar. Agar Allohga va qiyomat kuniga iymon keltirgan bo`lsalar, ular uchun Alloh rahmlarida xalq qilgan narsani berkitishlari halol bo`lmas. O`shanda erlari ularni, agar islohni iroda qilsalar, o`zlariga qaytarib olishga haqliroqdirlar. Va yaxshilik ila ularning burchlari muqobilida haqlari ham bordir. Va erkaklarga ulardan ustun daraja bordir. Alloh Aziyz va Hakiymdir.[1]

[1] Ushbu oyati karimadagi hukm eri bilan birga yashagan, hayz ko`radigan va taloq qilingan ayollarga oiddir.)
229
ٱلطَّلَٰقُ مَرَّتَانِ ​ۖ فَإِمْسَاكُ​ۢ بِمَعْرُوفٍ أَوْ تَسْرِيحُ​ۢ بِإِحْسَٰنٍ ​ۗ وَلَا يَحِلُّ لَكُمْ أَن تَأْخُذُواْ مِمَّآ ءَاتَيْتُمُوهُنَّ شَيْـًٔا إِلَّآ أَن يَخَافَآ أَلَّا يُقِيمَا حُدُودَ ٱللَّهِ ​ۖ فَإِنْ خِفْتُمْ أَلَّا يُقِيمَا حُدُودَ ٱللَّهِ فَلَا جُنَاحَ عَلَيْهِمَا فِيمَا ٱفْتَدَتْ بِهِۦ ​ۗ تِلْكَ حُدُودُ ٱللَّهِ فَلَا تَعْتَدُوهَا ​ۚ وَمَن يَتَعَدَّ حُدُودَ ٱللَّهِ فَأُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلظَّٰلِمُونَ‮٢٢٩‬‬‬
Sodiq
Taloq ikki martadir. So`ngra, yaxshilikcha ushlab qolish yoki yaxshilikcha qo`yib yuborish. Sizga ularga bergan narsangizdan biror narsani olish halol bo`lmas, magar ikkovlari Allohning chegaralarida tura olmaslikdan qo`rqsalar (bo`lur). Bas, agar ikkovlarining Allohning chegaralarida tura olmasligidan qo`rqsangiz, xotin bergan evazda ikkovlariga gunoh yo`qdir. Ushbular Allohning chegaralaridir. Bas, ulardan tajovuz qilmang. Va kim Allohning chegaralaridan tajovuz qilsa, bas, o`shalar, ana o`shalar zolimlardir.
230
فَإِن طَلَّقَهَا فَلَا تَحِلُّ لَهُۥ مِن​ۢ بَعْدُ حَتَّىٰ تَنكِحَ زَوْجًا غَيْرَهُۥ ​ۗ فَإِن طَلَّقَهَا فَلَا جُنَاحَ عَلَيْهِمَآ أَن يَتَرَاجَعَآ إِن ظَنَّآ أَن يُقِيمَا حُدُودَ ٱللَّهِ ​ۗ وَتِلْكَ حُدُودُ ٱللَّهِ يُبَيِّنُهَا لِقَوْمٍ يَعْلَمُونَ‮٢٣٠‬‬‬
Sodiq
Bas, agar yana taloq qilsa, bundan keyin u ayol, toki boshqa erga tegib chiqmaguncha, unga halol bo`lmas. Agar u ham taloq qilsa, gar Allohning chegaralarida turishga ishonsalar, bir-birlariga qaytsalar, gunoh bo`lmas. Ushbular Allohning bilgan qavmlarga bayon qilayotgan chegaralaridir.[1]

[1] Ya'ni, agar avvalgi ikkita ustiga yana bir bor taloq qilsa, jami uchta bo`ladi. Uch taloq bo`lgandan keyin ayol taloq qilgan erkakka halol bo`lmaydi. Eru xotin bo`lib yashashlari mumkin emas. Faqat bir yo`l bor, u ham bo`lsa, u ayol boshqa erga tegsa-yu, u er bilan er-xotin bo`lib hayot kechirib yurganda, ikkinchi er vafot etib qolsa yoki taloq qilsa, shundan keyingina yana avvalgi eri bilan qayta turmush qursa bo`ladi. «Agar u ham taloq qilsa, gar Allohning chegaralarida turishga ishonsalar, bir-birlariga qaytsalar, gunoh bo`lmaydi», deyilishining ma'nosi shu.)
231
وَإِذَا طَلَّقْتُمُ ٱلنِّسَآءَ فَبَلَغْنَ أَجَلَهُنَّ فَأَمْسِكُوهُنَّ بِمَعْرُوفٍ أَوْ سَرِّحُوهُنَّ بِمَعْرُوفٍ ​ۚ وَلَا تُمْسِكُوهُنَّ ضِرَارًا لِّتَعْتَدُواْ ​ۚ وَمَن يَفْعَلْ ذَٰلِكَ فَقَدْ ظَلَمَ نَفْسَهُۥ ​ۚ وَلَا تَتَّخِذُوٓاْ ءَايَٰتِ ٱللَّهِ هُزُوًا ​ۚ وَٱذْكُرُواْ نِعْمَتَ ٱللَّهِ عَلَيْكُمْ وَمَآ أَنزَلَ عَلَيْكُم مِّنَ ٱلْكِتَٰبِ وَٱلْحِكْمَةِ يَعِظُكُم بِهِۦ ​ۚ وَٱتَّقُواْ ٱللَّهَ وَٱعْلَمُوٓاْ أَنَّ ٱللَّهَ بِكُلِّ شَىْءٍ عَلِيمٌ‮٢٣١‬‬‬
Sodiq
Xotinlarni taloq qilganingizda, muddatlari oxiriga yetganda, ularni yaxshilik bilan ushlab qoling yoki yaxshilik bilan qo`yvoring. Ularni tajovuz uchun, zarar yetkazish yuzasidan ushlab turmang. Kim o`shandoq qilsa, shubhasiz, o`ziga zulm qiladi. Allohning oyatlarini hazil bilmang. Allohning sizga bergan ne'matini va va'z etib tushirgan kitobi va hikmatini esda tuting. Allohga taqvo qiling va bilingki, albatta, Alloh har bir narsani biluvchidir.[1]

[1] Allohning ulug` ne'mati — Islomni din va Muhammad alayhissalomni payg`ambar qilib yuborishidir. Va'z etib tushirgan kitobi — Qur'oni Karim. Hikmat — Payg`ambar alayhissalomning sunnatlari. Bu narsalarni doimo esda tutish, ular asosida ilohiy ko`rsatmalarga amal qilib yashashgina insonga baxt keltiradi, shu jumladan, oilaviy hayotda ham.)
232
وَإِذَا طَلَّقْتُمُ ٱلنِّسَآءَ فَبَلَغْنَ أَجَلَهُنَّ فَلَا تَعْضُلُوهُنَّ أَن يَنكِحْنَ أَزْوَٰجَهُنَّ إِذَا تَرَٰضَوْاْ بَيْنَهُم بِٱلْمَعْرُوفِ ​ۗ ذَٰلِكَ يُوعَظُ بِهِۦ مَن كَانَ مِنكُمْ يُؤْمِنُ بِٱللَّهِ وَٱلْيَوْمِ ٱلْـَٔاخِرِ ​ۗ ذَٰلِكُمْ أَزْكَىٰ لَكُمْ وَأَطْهَرُ ​ۗ وَٱللَّهُ يَعْلَمُ وَأَنتُمْ لَا تَعْلَمُونَ‮٢٣٢‬‬‬
Sodiq
Xotinlarni taloq qilganingizda, muddatlari oxiriga yetganda, yaxshilik bilan o`zaro rizolashing, erlariga qayta nikohlanishlarini man qilib, qiyinlashtirmang. Ushbu ila sizlardan Allohga va oxirat kuniga iymon keltirganlar va'zlanadi. Shundoq qilishingiz siz uchun tozaroq va pokroqdir. Va Alloh biladir, siz esa bilmassiz.[1]

[1] Ma'qal ibn Yasar roziyallohu anhu Payg`ambarimiz alayhissalomning davrlarida singlisini musulmonlardan bir kishiga erga beribdi. Eru xotin bir muddat birga yashashibdi. Keyin er xotinini bir taloq qo`yib, qaytmabdi. Iddasi chiqib ketibdi. Keyin ikkovlari ham afsus qilib, er xotinga, xotin erga muhabbat qilibdi. Va boshqa sovchilar qatori sovchi qo`yibdi. Shunda Ma'qal ibn Yasar unga «Pastkashning o`g`li pastkash! Seni hurmat qilib singlimni bergan edim, sen bo`lsa uni taloq qilding. Allohga qasamki, u senga abadiy qaytmaydi», debdi. So`ngra Alloh taolo erning xotinga, xotinning erga hojatini bilib, «Xotinlarni taloq qilganingizda, muddatlari yetganda...» deb boshlanib, «... siz esa bilmaysiz», deb tugovchi oyatni nozil qildi. Ma'qal ibn Yasar roziyallohu anhu oyati karimani eshitishlari bilan «Parvardigorning so`zini eshitdik va itoat qilamiz, dedilar-da, kuyovni chaqirib «Singlimni senga nikohlab beraman va seni hurmat qilaman», dedilar.)
233
۞وَٱلْوَٰلِدَٰتُ يُرْضِعْنَ أَوْلَٰدَهُنَّ حَوْلَيْنِ كَامِلَيْنِ ​ۖ لِمَنْ أَرَادَ أَن يُتِمَّ ٱلرَّضَاعَةَ ​ۚ وَعَلَى ٱلْمَوْلُودِ لَهُۥ رِزْقُهُنَّ وَكِسْوَتُهُنَّ بِٱلْمَعْرُوفِ ​ۚ لَا تُكَلَّفُ نَفْسٌ إِلَّا وُسْعَهَا ​ۚ لَا تُضَآرَّ وَٰلِدَةُ​ۢ بِوَلَدِهَا وَلَا مَوْلُودٌ لَّهُۥ بِوَلَدِهِۦ ​ۚ وَعَلَى ٱلْوَارِثِ مِثْلُ ذَٰلِكَ ​ۗ فَإِنْ أَرَادَا فِصَالًا عَن تَرَاضٍ مِّنْهُمَا وَتَشَاوُرٍ فَلَا جُنَاحَ عَلَيْهِمَا ​ۗ وَإِنْ أَرَدتُّمْ أَن تَسْتَرْضِعُوٓاْ أَوْلَٰدَكُمْ فَلَا جُنَاحَ عَلَيْكُمْ إِذَا سَلَّمْتُم مَّآ ءَاتَيْتُم بِٱلْمَعْرُوفِ ​ۗ وَٱتَّقُواْ ٱللَّهَ وَٱعْلَمُوٓاْ أَنَّ ٱللَّهَ بِمَا تَعْمَلُونَ بَصِيرٌ‮٢٣٣‬‬‬
Sodiq
Kim emizishni batamom qilishni iroda qilsa, onalar farzandlarni to`liq ikki yil emizurlar. Ularni yaxshilab yedirib, kiyintirish otaning zimmasidadir. Hech bir jonga imkondan tashqari taklif bo`lmas. Ona ham, ota ham bolasi sababidan zarar tortmasin. Merosxo`rga ham xuddi shundoq. Agar o`zaro rozi bo`lib, sutdan ajratishni iroda qilsalar, ikkovlariga gunoh bo`lmas. Agar farzandlaringizga emizuvchi talab qilishni iroda qilsangiz, beradiganingizni yaxshilik bilan avvaldan topshirsangiz, gunoh bo`lmas. Va Allohga taqvo qiling hamda, bilingki, Alloh qilayotganingizni albatta ko`rib turuvchidir.
234
وَٱلَّذِينَ يُتَوَفَّوْنَ مِنكُمْ وَيَذَرُونَ أَزْوَٰجًا يَتَرَبَّصْنَ بِأَنفُسِهِنَّ أَرْبَعَةَ أَشْهُرٍ وَعَشْرًا ​ۖ فَإِذَا بَلَغْنَ أَجَلَهُنَّ فَلَا جُنَاحَ عَلَيْكُمْ فِيمَا فَعَلْنَ فِىٓ أَنفُسِهِنَّ بِٱلْمَعْرُوفِ ​ۗ وَٱللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرٌ‮٢٣٤‬‬‬
Sodiq
Sizlardan vafot etib juftlarini qoldirganlarning ayollari o`zlaricha to`rt oyu o`n kun kutarlar. Muddatlari yetganda o`zlari haqida yaxshilik bilan qilgan ishlarida sizga gunoh yo`q. Alloh qilayotgan amalingizdan xabardordir.[1]

[1] Johiliyat ahlining odatiga binoan, eri o`lgan xotinning ustiga erining qarindoshlaridan biri ridosini tashlab qo`ysa, ayol bechora o`z-o`zidan o`sha odamning mulkiga aylanib qolar edi. Xohlasa haligi odam o`zi xotin qilar, xohlasa, boshqa erga berib, mahrini olar yoki umuman sotib yuborar edi. Islom bu zulmni ayolning yelkasidan ko`tarib tashladi. Eri o`lgan ayolning iddasini ma'lum muddatga chegaralab qo`ydi «to`rt oy-u o`n kun». Buning hikmati ko`p. Avvalo, bu muddat ichida rahmining bachadonning) homiladan bo`sh yoki bo`sh emasligi bilinadi. Iddalari chiqqanidan keyin, ayollar shariat yo`li bilan o`zlariga sovchi kutsalar, ayb emas. Demak, eri o`lganidan to`rt oy-u o`n kun bitgach, xotini yasanib, pardoz qilib, erga tegishi uchun sovchi kutsa, o`zining ishi, hech kimga gunoh bo`lmaydi. Uni bu ishdan to`sishga hech kimning haqqi ham yo`q. Shariatning hukmi shu. Hayotda bundan boshqa hollarning uchrab turishi esa, bid'at yoki xurofotdir. Xurofotdan saqlanish lozim. Chunki «Alloh qilayotgan amalingizdan xabardordir». Iddada o`tirgan ayolga nisbatan shariat ko`rsatmalaridan boshqa yo`l tutmaslik kerak.)
235
وَلَا جُنَاحَ عَلَيْكُمْ فِيمَا عَرَّضْتُم بِهِۦ مِنْ خِطْبَةِ ٱلنِّسَآءِ أَوْ أَكْنَنتُمْ فِىٓ أَنفُسِكُمْ ​ۚ عَلِمَ ٱللَّهُ أَنَّكُمْ سَتَذْكُرُونَهُنَّ وَلَٰكِن لَّا تُوَاعِدُوهُنَّ سِرًّا إِلَّآ أَن تَقُولُواْ قَوْلًا مَّعْرُوفًا ​ۚ وَلَا تَعْزِمُواْ عُقْدَةَ ٱلنِّكَاحِ حَتَّىٰ يَبْلُغَ ٱلْكِتَٰبُ أَجَلَهُۥ ​ۚ وَٱعْلَمُوٓاْ أَنَّ ٱللَّهَ يَعْلَمُ مَا فِىٓ أَنفُسِكُمْ فَٱحْذَرُوهُ ​ۚ وَٱعْلَمُوٓاْ أَنَّ ٱللَّهَ غَفُورٌ حَلِيمٌ‮٢٣٥‬‬‬
Sodiq
U ayollarga ishora ila sovchilik qilishingiz yoki uni o`z ichingizda tutishingizda gunoh yo`q. Alloh siz ularni albatta eslashingizni biladir. Lekin ular bilan xufyona va'dalashmang. Magar yaxshi gap gapirsangiz, mayli. Idda o`z muddatiga yetmaguncha, nikoh bog`lashni qasd qilmang. Va bilingki, Alloh ichingizdagini albatta biladi. Bas, Undan ogoh bo`ling. Va bilingki, albatta, Alloh mag`firatli va Haliymdir.
236
لَّا جُنَاحَ عَلَيْكُمْ إِن طَلَّقْتُمُ ٱلنِّسَآءَ مَا لَمْ تَمَسُّوهُنَّ أَوْ تَفْرِضُواْ لَهُنَّ فَرِيضَةً ​ۚ وَمَتِّعُوهُنَّ عَلَى ٱلْمُوسِعِ قَدَرُهُۥ وَعَلَى ٱلْمُقْتِرِ قَدَرُهُۥ مَتَٰعً​ۢا بِٱلْمَعْرُوفِ ​ۖ حَقًّا عَلَى ٱلْمُحْسِنِينَ‮٢٣٦‬‬‬
Sodiq
Agar xotinlarga qo`l tekkizmay turib yoki ularni mahrni aniqlamay turib taloq qilsangiz, sizga gunoh bo`lmas. Ularni boy boricha, yo`q holicha yaxshilik ila foydalantiring. Bu yaxshilik qiluvchilar burchidir.[1]

[1] Bu oyatda nikohdan keyin mahrni aniqlamagan holatda duxuldan oldin taloq qilganda nima bo`lishi haqida so`z ketmoqda.)
237
وَإِن طَلَّقْتُمُوهُنَّ مِن قَبْلِ أَن تَمَسُّوهُنَّ وَقَدْ فَرَضْتُمْ لَهُنَّ فَرِيضَةً فَنِصْفُ مَا فَرَضْتُمْ إِلَّآ أَن يَعْفُونَ أَوْ يَعْفُوَاْ ٱلَّذِى بِيَدِهِۦ عُقْدَةُ ٱلنِّكَاحِ ​ۚ وَأَن تَعْفُوٓاْ أَقْرَبُ لِلتَّقْوَىٰ ​ۚ وَلَا تَنسَوُاْ ٱلْفَضْلَ بَيْنَكُمْ ​ۚ إِنَّ ٱللَّهَ بِمَا تَعْمَلُونَ بَصِيرٌ‮٢٣٧‬‬‬
Sodiq
Agar ularga qo`l tegizmay taloq qilsangiz va mahrni aniqlab qo`ygan bo`lsangiz, aniqlanganning yarmini berasiz, magar ayol yoki nikoh tuguni qo`lida bo`lgan kishi afv qilsa, bermaysiz. Va afv qilishingiz taqvoga yaqindir. Orangizdagi fazilatni unutmang. Albatta, Alloh qilayotgan amallaringizni ko`rib turuvchi Zotdir.
238
حَٰفِظُواْ عَلَى ٱلصَّلَوَٰتِ وَٱلصَّلَوٰةِ ٱلْوُسْطَىٰ وَقُومُواْ لِلَّهِ قَٰنِتِينَ‮٢٣٨‬‬‬
Sodiq
Namozlarni va o`rta namozni muhofaza eting. Va Alloh uchun xushu' ila qoim bo`ling.[1]

[1] Namozni muhofaza etish — ularni o`z vaqtida, yaxshilab, kamchiliksiz o`qish ma'nolarini bildiradi. «O`rta namoz» haqida ulamolar turli fikrlarni aytganlar. Lekin dalillarni solishtirib ko`rgan ulamolar «o`rta namoz»dan murod — asr namozi, deganlar. Imom Muslim qilgan rivoyatda Payg`ambarimiz alayhissalom Ahzob urushida «Bizni o`rta namoz, asr namozidan mashg`ul qildilar. Alloh ularning qalblarini ham, uylarini ham olovga to`ldirsin», deganlar.)
239
فَإِنْ خِفْتُمْ فَرِجَالًا أَوْ رُكْبَانًا ​ۖ فَإِذَآ أَمِنتُمْ فَٱذْكُرُواْ ٱللَّهَ كَمَا عَلَّمَكُم مَّا لَمْ تَكُونُواْ تَعْلَمُونَ‮٢٣٩‬‬‬
Sodiq
Agar xavfda qolsangiz, yurgan va mingan holingizda, xotirjam bo`lganingizda, bilmagan narsangizni qandoq o`rgatgan bo`lsa, Allohni shundoq zikr qiling.[1]

[1] Odamlar ko`p narsalarni bilmaydilar, Alloh o`rgatmasa hech narsani bilmas edilar. Shuningdek, Alloh o`rgatmasa, namoz o`qishni ham bilmasdilar. Xotirjam bo`lganlarida, Alloh qanday o`rgatgan bo`lsa, shundoq qilib namoz o`qisinlar.)
240
وَٱلَّذِينَ يُتَوَفَّوْنَ مِنكُمْ وَيَذَرُونَ أَزْوَٰجًا وَصِيَّةً لِّأَزْوَٰجِهِم مَّتَٰعًا إِلَى ٱلْحَوْلِ غَيْرَ إِخْرَاجٍ ​ۚ فَإِنْ خَرَجْنَ فَلَا جُنَاحَ عَلَيْكُمْ فِى مَا فَعَلْنَ فِىٓ أَنفُسِهِنَّ مِن مَّعْرُوفٍ ​ۗ وَٱللَّهُ عَزِيزٌ حَكِيمٌ‮٢٤٠‬‬‬
Sodiq
Sizlardan vafot etganda juftlarini qoldirayotganlar xotinlari chiqmasdan bir yilgacha foydalanishini vasiyat qilsinlar. Agar ular chiqsalar, o`z xususlarida yaxshilik bilan qilgan ishlarida sizga gunoh yo`q. Alloh Aziyz va Hakiym Zotdir.
241
وَلِلْمُطَلَّقَٰتِ مَتَٰعُ​ۢ بِٱلْمَعْرُوفِ ​ۖ حَقًّا عَلَى ٱلْمُتَّقِينَ‮٢٤١‬‬‬
Sodiq
Taloq qilingan ayollarga foyda berish taqvodorlar burchidir.
242
كَذَٰلِكَ يُبَيِّنُ ٱللَّهُ لَكُمْ ءَايَٰتِهِۦ لَعَلَّكُمْ تَعْقِلُونَ‮٢٤٢‬‬‬
Sodiq
Alloh shunday qilib sizlarga O`z oyatlarini bayon etadir. Shoyadki, aql ishlatsangizlar.
ﻉ33Juz 2 8⁄833ﻉ
243
۞أَلَمْ تَرَ إِلَى ٱلَّذِينَ خَرَجُواْ مِن دِيَٰرِهِمْ وَهُمْ أُلُوفٌ حَذَرَ ٱلْمَوْتِ فَقَالَ لَهُمُ ٱللَّهُ مُوتُواْ ثُمَّ أَحْيَٰهُمْ ​ۚ إِنَّ ٱللَّهَ لَذُو فَضْلٍ عَلَى ٱلنَّاسِ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَ ٱلنَّاسِ لَا يَشْكُرُونَ‮٢٤٣‬‬‬
Sodiq
Diyorlaridan o`limdan qochib chiqqan minglarcha kishilarning (xabarini) bilmadingmi?! Bas, Alloh ularga: o`ling, dedi. So`ngra, ularni tiriltirdi. Albatta, Alloh odamlar ustidan fazl egasidir. Lekin ko`p odamlar shukr qilmaslar.[1]

[1] Demak, bir vaqtlar katta bir qavm o`limdan qochib, diyorlarini tashlab chiqqan ekanlar. O`limdan qochishlarining sababi turlicha bo`lishi mumkin. Balki vabo tarqalgan bo`lsa, shundan qochishgandir. Yoki dushman bilan jang qilish kerak bo`lsa, urushda o`lib ketmaylik, deb qochishgandir. Maqsadlarining teskarisi bo`ldi. «O`ling» degan bir og`iz so`z bilan o`lib qolishdi. Demak, Allohning qazoi qadaridan qochib bo`lmas ekan. Allohdan o`zga qaytib boradigan joy yo`q ekan. Allohning O`zi xohlagan vaqtida o`ldirar ekan.)
244
وَقَٰتِلُواْ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ وَٱعْلَمُوٓاْ أَنَّ ٱللَّهَ سَمِيعٌ عَلِيمٌ‮٢٤٤‬‬‬
Sodiq
Allohning yo`lida jang qiling. Va bilingki, albatta, Alloh eshituvchi va biluvchi Zotdir.
245
مَّن ذَا ٱلَّذِى يُقْرِضُ ٱللَّهَ قَرْضًا حَسَنًا فَيُضَٰعِفَهُۥ لَهُۥٓ أَضْعَافًا كَثِيرَةً ​ۚ وَٱللَّهُ يَقْبِضُ وَيَبْص​ُۜطُ وَإِلَيْهِ تُرْجَعُونَ‮٢٤٥‬‬‬
Sodiq
Allohga yaxshi qarz beradigan kim bor?! Bas, toki unga berganini ko`p marta ko`paytirib bersa. Va holbuki, Alloh (rizqni) tor qilur va keng qilur. Va Ungagina qaytasizlar.
246
أَلَمْ تَرَ إِلَى ٱلْمَلَإِ مِن​ۢ بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ مِن​ۢ بَعْدِ مُوسَىٰٓ إِذْ قَالُواْ لِنَبِىٍّ لَّهُمُ ٱبْعَثْ لَنَا مَلِكًا نُّقَٰتِلْ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ ​ۖ قَالَ هَلْ عَسَيْتُمْ إِن كُتِبَ عَلَيْكُمُ ٱلْقِتَالُ أَلَّا تُقَٰتِلُواْ ​ۖ قَالُواْ وَمَا لَنَآ أَلَّا نُقَٰتِلَ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ وَقَدْ أُخْرِجْنَا مِن دِيَٰرِنَا وَأَبْنَآئِنَا ​ۖ فَلَمَّا كُتِبَ عَلَيْهِمُ ٱلْقِتَالُ تَوَلَّوْاْ إِلَّا قَلِيلًا مِّنْهُمْ ​ۗ وَٱللَّهُ عَلِيمُ​ۢ بِٱلظَّٰلِمِينَ‮٢٤٦‬‬‬
Sodiq
Musodan keyingi Bani Isroildan bo`lgan a'yonlarni bilmadingmi?! Vaqtiki o`z Nabiylariga: «Bizga bir podshoh tayin qilgin, Allohning yo`lida urush qilaylik», – dedilar. U: «Agar sizlarga urush farz qilinsa, urushmasalaringizchi?!» – dedi. Ular: «Bizga nima bo`libdiki, diyorimizdan va farzandlarimizdan judo qilinsak ham, Allohning yo`lida urushmasak», – dedilar. Urush farz qilinganda esa, ozginalaridan boshqalari yuz o`girib ketdilar. Va Alloh zulm qiluvchilarni biluvchidir.[1]

[1] Muso alayhissalom vafot etib ketganlaridan keyin Bani Isroilning a'yonlari, kattalari, ishboshilaridan bir guruhi o`z nabiylari oldiga kelib «Bizga bir podshoh — boshliq tayin qilib ber, uning rahbarligida Allohning yo`lida urushmoqchimiz», deyishdi. Ular «Allohning yo`lida urush» qilmoqchilar. Lekin quruq havas bilan ish bitmasligini anglab yetmaydilar. Hozir kenglikda turib, bir-biringizga qiziqib, bizga podshh tayin qilgin, Allohning yo`lida urush qilaylik, demoqdalar. Haqiqatan shu ish yo`lga qo`yilsa, urush farzga aylanadi va unda orqaga qaytishning iloji qolmaydi. Ortga qaytgan gunohkor bo`ladi.)
247
وَقَالَ لَهُمْ نَبِيُّهُمْ إِنَّ ٱللَّهَ قَدْ بَعَثَ لَكُمْ طَالُوتَ مَلِكًا ​ۚ قَالُوٓاْ أَنَّىٰ يَكُونُ لَهُ ٱلْمُلْكُ عَلَيْنَا وَنَحْنُ أَحَقُّ بِٱلْمُلْكِ مِنْهُ وَلَمْ يُؤْتَ سَعَةً مِّنَ ٱلْمَالِ ​ۚ قَالَ إِنَّ ٱللَّهَ ٱصْطَفَىٰهُ عَلَيْكُمْ وَزَادَهُۥ بَسْطَةً فِى ٱلْعِلْمِ وَٱلْجِسْمِ ​ۖ وَٱللَّهُ يُؤْتِى مُلْكَهُۥ مَن يَشَآءُ ​ۚ وَٱللَّهُ وَٰسِعٌ عَلِيمٌ‮٢٤٧‬‬‬
Sodiq
Nabiylari ularga: «Albatta, Alloh Tolutni sizga podshoh qilib tayinladi», – dedi. Ular: «U bizga qayoqdan podshoh bo`lsin. Undan ko`ra podshohlikka biz haqliroqmiz. Qolaversa, unga ko`proq mol ham berilmagan», – dedilar. U: «Albatta, uni Allohning O`zi sizlarga tanladi va ilmda, jismda kengligini ziyoda qildi. Alloh podshohligini kimga xohlasa, o`shanga beradi. Va Alloh keng qamrovli va biluvchidir», – dedi.[1]

[1] Bani Isroilning talabiga binoan, Tolut ularga podshoh etib tayinlanganida, ular uni rizolik ila qabul qilishning o`rniga, Allohning amriga isyon qilishdi. Alloh tayin qilgan Tolutning podshoh bo`lishini inkor etishdi. Uning podshohlikka tayinlanishini xato deb e'lon qilishdi.)
248
وَقَالَ لَهُمْ نَبِيُّهُمْ إِنَّ ءَايَةَ مُلْكِهِۦٓ أَن يَأْتِيَكُمُ ٱلتَّابُوتُ فِيهِ سَكِينَةٌ مِّن رَّبِّكُمْ وَبَقِيَّةٌ مِّمَّا تَرَكَ ءَالُ مُوسَىٰ وَءَالُ هَٰرُونَ تَحْمِلُهُ ٱلْمَلَٰٓئِكَةُ ​ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَةً لَّكُمْ إِن كُنتُم مُّؤْمِنِينَ‮٢٤٨‬‬‬
Sodiq
Nabiylari ularga: «Albatta, uning podshohligining belgisi sizlarga Robbingizdan sandiq kelmog`idir, unda xotirjamlik va Muso hamda Horun ahlidan qolgan qoldiq bo`lib, farishtalar ko`tarib kelur. Agar mo`min bo`lsalaringiz, albatta, bu narsada sizlarga belgi bor», – dedi.[1]

[1] Tolutning haqiqatda Alloh tomonidan tayin qilingan podshoh ekanini Bani Isroilga isbot etish uchun ularga qoyil qoldiradigan, odatdan tashqari, Allohdan boshqa hech kimning qo`lidan kelmaydigan bir mo`'jiza sodir etilyapti. Ma'lumki, ulamolarimiz ushbu hodisani payg`ambarlardan qolgan narsalarni tabarruk tutishga dalildir, deganlar. Payg`ambarlari, tobutni farishtalar ko`tarib kelishi Tolutning podshohligiga belgidir, dedi.)
ﻉ34Sahifa 4134ﻉ
249
فَلَمَّا فَصَلَ طَالُوتُ بِٱلْجُنُودِ قَالَ إِنَّ ٱللَّهَ مُبْتَلِيكُم بِنَهَرٍ فَمَن شَرِبَ مِنْهُ فَلَيْسَ مِنِّى وَمَن لَّمْ يَطْعَمْهُ فَإِنَّهُۥ مِنِّىٓ إِلَّا مَنِ ٱغْتَرَفَ غُرْفَةً​ۢ بِيَدِهِۦ ​ۚ فَشَرِبُواْ مِنْهُ إِلَّا قَلِيلًا مِّنْهُمْ ​ۚ فَلَمَّا جَاوَزَهُۥ هُوَ وَٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ مَعَهُۥ قَالُواْ لَا طَاقَةَ لَنَا ٱلْيَوْمَ بِجَالُوتَ وَجُنُودِهِۦ ​ۚ قَالَ ٱلَّذِينَ يَظُنُّونَ أَنَّهُم مُّلَٰقُواْ ٱللَّهِ كَم مِّن فِئَةٍ قَلِيلَةٍ غَلَبَتْ فِئَةً كَثِيرَةً​ۢ بِإِذْنِ ٱللَّهِ ​ۗ وَٱللَّهُ مَعَ ٱلصَّٰبِرِينَ‮٢٤٩‬‬‬
Sodiq
Tolut askar bilan chiqqanda: «Albatta, Alloh sizni daryo bilan sinovchidir, kim undan ichsa, u mendan emas. Va kim uni tanovul qilmasa, u, albatta, mendandir. Magar birov qo`li bilan bir ho`plam ho`plasa, mayli», dedi. Ozginalaridan boshqalari undan ichdilar. U va u bilan birga iymon keltirganlar u(daryo)dan o`tganlarida, ular: «Bugun bizda Jolut va uning askari bilan jang qilishga toqat yo`q», dedilar. Allohga ro`baro` bo`lishga ishonganlar: «Qanchadan-qancha oz sonli guruhlar Allohning izni bilan ko`p sonli guruhlarga g`olib kelgan. Alloh sabrlilar bilandir», – dedilar.[1]

[1] Asl narsa o`zi oz bo`ladi. Haqiqiy mo`minlar ham oz bo`ladilar. Chunki ular xatarli so`qmoqlardan qiyinchiliklarni yengib o`tib, maqsadga yetadilar, Alloh tanlagan, muqarrab bandalar qatoriga kiradilar. Allohnig O`zidan sabr tilab, qo`rqmay, ko`p sonli va quvvatli dushmanning ko`ziga tik boqib boraveradilar.)
250
وَلَمَّا بَرَزُواْ لِجَالُوتَ وَجُنُودِهِۦ قَالُواْ رَبَّنَآ أَفْرِغْ عَلَيْنَا صَبْرًا وَثَبِّتْ أَقْدَامَنَا وَٱنصُرْنَا عَلَى ٱلْقَوْمِ ٱلْكَٰفِرِينَ‮٢٥٠‬‬‬
Sodiq
Jolut va uning askarlariga ro`baro` kelganlarida: «Robbimiz, bizga sabr to`kkin, sobitqadam qilgin va kofir qavmlarga qarshi nusrat bergin», – dedilar.
251
فَهَزَمُوهُم بِإِذْنِ ٱللَّهِ وَقَتَلَ دَاوُۥدُ جَالُوتَ وَءَاتَىٰهُ ٱللَّهُ ٱلْمُلْكَ وَٱلْحِكْمَةَ وَعَلَّمَهُۥ مِمَّا يَشَآءُ ​ۗ وَلَوْلَا دَفْعُ ٱللَّهِ ٱلنَّاسَ بَعْضَهُم بِبَعْضٍ لَّفَسَدَتِ ٱلْأَرْضُ وَلَٰكِنَّ ٱللَّهَ ذُو فَضْلٍ عَلَى ٱلْعَٰلَمِينَ‮٢٥١‬‬‬
Sodiq
Bas, Allohning izni bilan ularni yengdilar va Dovud Jolutni qatl etdi. So`ngra, Alloh unga podshohlik va hikmatni berdi va xohlagan narsasini o`rgatdi. Agar Allohning ba'zi (odam)larni ba'zilariga daf' qilishi bo`lmasa edi, yer yuzi buzilardi. Lekin Alloh olamlar ustidan fazl egasidir.[1]

[1] Dovud Tolut askari ichida yosh yigit edi. Jolut esa, katta kuchga ega bo`lgan podshoh, hammaning qalbiga dahshat solib turuvchi askarboshi edi. Alloh taolo ushbu zolim podshoh va askarboshining yoshgina yigitcha qo`lida qatl bo`lishini iroda qildi. Bu bilan odamlarga, Alloh xohlasa, har qanday jabbor bo`lsa ham, bir yosh yigit uning o`limiga sabab bo`lishi mumkinligini ko`rsatdi. «So`ngra Alloh unga podshohlik va hikmatni berdi va xohlagan narsasini o`rgatdi». Dovud Allohning inoyati bilan Tolutdan keyin Bani Isroilga podshoh bo`ldi. Uning podshohlik davri oltin davr bo`ldi. Alloh taolo unga podshohlikka qo`shib hikmatni, ya'ni payg`ambarlikni ham berdi. Shu bilan birga, unga urush asboblarini yasashni ham o`rgatdi.)
252
تِلْكَ ءَايَٰتُ ٱللَّهِ نَتْلُوهَا عَلَيْكَ بِٱلْحَقِّ ​ۚ وَإِنَّكَ لَمِنَ ٱلْمُرْسَلِينَ‮٢٥٢‬‬‬
Sodiq
Bular Allohning oyatlaridir. Ularni senga haq ila tilovat qilurmiz. Va, albatta, sen Payg`ambarlardandirsan.[1]

[1] «Bular» — minglarcha odamlarni o`ldirish va tiriltirish, tobutni farishtalar ko`tarib kelishi, oz sonli mo`minlarning ko`p sonli kofirlarning ustidan g`olib kelishi haqidagi xabarlarni o`z ichiga olgan oyatlardir. Ularni Alloh taolo O`z Payg`ambariga haq ila hikoya qilib bermoqda. «Haq bilan» degani — qanday bo`lgan bo`lsa, shunday, voqelikdagi hodisaning o`zini aytib bermoqda, deganidir.)
253
۞ تِلْكَ ٱلرُّسُلُ فَضَّلْنَا بَعْضَهُمْ عَلَىٰ بَعْضٍ ​ۘ مِّنْهُم مَّن كَلَّمَ ٱللَّهُ ​ۖ وَرَفَعَ بَعْضَهُمْ دَرَجَٰتٍ ​ۚ وَءَاتَيْنَا عِيسَى ٱبْنَ مَرْيَمَ ٱلْبَيِّنَٰتِ وَأَيَّدْنَٰهُ بِرُوحِ ٱلْقُدُسِ ​ۗ وَلَوْ شَآءَ ٱللَّهُ مَا ٱقْتَتَلَ ٱلَّذِينَ مِن​ۢ بَعْدِهِم مِّن​ۢ بَعْدِ مَا جَآءَتْهُمُ ٱلْبَيِّنَٰتُ وَلَٰكِنِ ٱخْتَلَفُواْ فَمِنْهُم مَّنْ ءَامَنَ وَمِنْهُم مَّن كَفَرَ ​ۚ وَلَوْ شَآءَ ٱللَّهُ مَا ٱقْتَتَلُواْ وَلَٰكِنَّ ٱللَّهَ يَفْعَلُ مَا يُرِيدُ‮٢٥٣‬‬‬
Sodiq
Bular Payg`ambarlar. Ularning ba'zilarini ba'zilaridan fazllik qildik. Ulardan Alloh gaplashgani bor va ba'zilarining darajasini ko`targan. Va Iyso ibn Maryamga oydin(mo`'jiza)larni berdik va uni muqaddas ruh bilan qo`lladik. Agar Alloh xohlaganida, ulardan keyin qolganlar o`zlariga ochiq-oydin bayonotlar kelganidan so`ng urushmas edilar. Lekin ixtilof qildilar. Ulardan kimdir iymon keltirdi, kimdir kufr keltirdi. Agar Alloh xohlaganida, urushmas edilar. Lekin Alloh nimani iroda qilsa, shuni qiladi.[1]

[1] «Muqaddas ruh» deb tarjima qilingan «Ruhul qudus»dan murod Jibroil farishta alayhissalomdir.)
254
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ أَنفِقُواْ مِمَّا رَزَقْنَٰكُم مِّن قَبْلِ أَن يَأْتِىَ يَوْمٌ لَّا بَيْعٌ فِيهِ وَلَا خُلَّةٌ وَلَا شَفَٰعَةٌ ​ۗ وَٱلْكَٰفِرُونَ هُمُ ٱلظَّٰلِمُونَ‮٢٥٤‬‬‬
Sodiq
Ey, iymon keltirganlar! Sizga rizq qilib bergan narsalarimizdan na oldi-sotdi, na oshna-og`aynichilik va na shafoatchilik yo`q Kun kelmasdan oldin nafaqa qiling. Va kofirlar — o`shalar zolimlardir.
255
ٱللَّهُ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ٱلْحَىُّ ٱلْقَيُّومُ ​ۚ لَا تَأْخُذُهُۥ سِنَةٌ وَلَا نَوْمٌ ​ۚ لَّهُۥ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ ​ۗ مَن ذَا ٱلَّذِى يَشْفَعُ عِندَهُۥٓ إِلَّا بِإِذْنِهِۦ ​ۚ يَعْلَمُ مَا بَيْنَ أَيْدِيهِمْ وَمَا خَلْفَهُمْ ​ۖ وَلَا يُحِيطُونَ بِشَىْءٍ مِّنْ عِلْمِهِۦٓ إِلَّا بِمَا شَآءَ ​ۚ وَسِعَ كُرْسِيُّهُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ ​ۖ وَلَا يَـُٔودُهُۥ حِفْظُهُمَا ​ۚ وَهُوَ ٱلْعَلِىُّ ٱلْعَظِيمُ‮٢٥٥‬‬‬
Sodiq
Alloh, Undan o`zga iloh yo`q. U tirikdir va qayyumdir. Uni mudroq ham, uyqu ham olmas. Osmonlaru yerdagi narsalar Unikidir. Uning huzurida O`zining iznisiz hech kim shafoat qila olmas. U ularning oldilaridagi narsani ham, ortlaridagi narsani ham bilur. Uning ilmidan hech narsani ihota qila olmaslar, magar O`zi xohlaganini, xolos. Uning kursisi osmonlaru yerni qamragan. U ularni muhofaza qilishdan charchamas. Va U Aliy va Aziym Zotdir.[1]

[1] Imom Muslim va Imom Ahmad Ubay ibn Ka'b roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda, Allohning kitobidagi eng ulug` oyat Kursi oyati ekanligi ta'kidlangan. Imom Nasoiy Abu Umomadan rivoyat qilgan hadisda Payg`ambarimiz alayhissalom «Kim har farz namozdan keyin «Oyatul Kursiy»ni o`qisa, uning jannatga kirishini faqat o`lim to`sib turadi, xolos», deganlar. Ya'ni, o`lmagani uchun jannatga kirmaydi, agar vafot etsa, uni jannatdan to`sadigan hech narsa qolmaydi, degani.)
Tanlangan oyatlar va suralar
Oyatal Kursiy: matn, tarjimalar va tafsir
256
لَآ إِكْرَاهَ فِى ٱلدِّينِ ​ۖ قَد تَّبَيَّنَ ٱلرُّشْدُ مِنَ ٱلْغَىِّ ​ۚ فَمَن يَكْفُرْ بِٱلطَّٰغُوتِ وَيُؤْمِن​ۢ بِٱللَّهِ فَقَدِ ٱسْتَمْسَكَ بِٱلْعُرْوَةِ ٱلْوُثْقَىٰ لَا ٱنفِصَامَ لَهَا ​ۗ وَٱللَّهُ سَمِيعٌ عَلِيمٌ‮٢٥٦‬‬‬
Sodiq
Dinga majbur qilish yo`q. Batahqiq, haq botildan ajradi. Kim tog`utga kufr keltirib, Allohga iymon keltirsa, batahqiq, uzilmaydigan mustahkam tutqichni ushlagan bo`ladi. Va Alloh eshituvchi, biluvchi Zotdir.[1]

[1] Aqida, iymon masalasi inson qalbiga bog`liq juda ham nozik bir masaladir. Bu narsani majbur etib, kuch bilan singdirib bo`lmaydi. Balki har bir inson bayon qilingan narsalarga tushunib iymon keltirgandagina maqsad hosil bo`ladi. Islomda ushbu qoidaga qattiq rioya qilinadi. Alloh taolo O`zi «Dinga majbur qilish yo`q. Batahqiq, haq botildan ajradi», deb qo`ygan. Ya'ni, Alloh taolo O`z Payg`ambari Muhammad alayhissalomga Qur'oni Karimni tushirib, Islomni joriy qilgandan so`ng to`g`ri yo`l noto`g`risidan, haq botildan ajradi. Hamma narsa o`z o`rnini topdi. Shunday bo`lgandan keyin «Dinga majbur qilish yo`q». Har kimga Alloh aql bergan, o`ziga kerak yo`lni tanlab olsin.)
257
ٱللَّهُ وَلِىُّ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ يُخْرِجُهُم مِّنَ ٱلظُّلُمَٰتِ إِلَى ٱلنُّورِ ​ۖ وَٱلَّذِينَ كَفَرُوٓاْ أَوْلِيَآؤُهُمُ ٱلطَّٰغُوتُ يُخْرِجُونَهُم مِّنَ ٱلنُّورِ إِلَى ٱلظُّلُمَٰتِ ​ۗ أُوْلَٰٓئِكَ أَصْحَٰبُ ٱلنَّارِ ​ۖ هُمْ فِيهَا خَٰلِدُونَ‮٢٥٧‬‬‬
Sodiq
Alloh iymon keltirganlarning do`stidir. Ularni zulmatlardan nurga chiqarur. Kufr keltirganlarning do`stlari tog`utlardir. Ularni nurdan zulmatlarga chiqarurlar. Ana o`shalar do`zax egalaridir. Ular unda abadiydirlar.[1]

[1] Biz oyatda «do`st» deb tarjima qilgan ibora arabchada «valiy» deb kelgan bo`lib, bu siz bilan bizning tushunchamizdagi «do`st»dan ko`ra kengroq tushunchani ifoda qiladi. Bu do`st ishboshi, hamma kerakli narsalarni tayyorlab, ishlarni to`g`ri izga solib turuvchi g`amxo`rdir. «Tog`ut» — Allohdan boshqa ibodat qilinadigan narsalar.)
258
أَلَمْ تَرَ إِلَى ٱلَّذِى حَآجَّ إِبْرَٰهِـۧمَ فِى رَبِّهِۦٓ أَنْ ءَاتَىٰهُ ٱللَّهُ ٱلْمُلْكَ إِذْ قَالَ إِبْرَٰهِـۧمُ رَبِّىَ ٱلَّذِى يُحْىِۦ وَيُمِيتُ قَالَ أَنَاْ أُحْىِۦ وَأُمِيتُ ​ۖ قَالَ إِبْرَٰهِـۧمُ فَإِنَّ ٱللَّهَ يَأْتِى بِٱلشَّمْسِ مِنَ ٱلْمَشْرِقِ فَأْتِ بِهَا مِنَ ٱلْمَغْرِبِ فَبُهِتَ ٱلَّذِى كَفَرَ ​ۗ وَٱللَّهُ لَا يَهْدِى ٱلْقَوْمَ ٱلظَّٰلِمِينَ‮٢٥٨‬‬‬
Sodiq
Alloh podshohlik berib qo`ygani sababidan Ibrohim bilan Robbisi haqida hujjat talashganni bilmadingmi? Ibrohim: «Mening Robbim tiriltiradi va o`ldiradi», deganda, u: «Men tiriltiraman va o`ldiraman», – dedi. Ibrohim: «Albatta, Alloh quyoshni Mashriqdan chiqarur, bas, sen uni Mag`ribdan chiqarging-chi», – dedi. Bas, kufr keltirgan lol qoldi. Va, Alloh zolim qavmlarni hidoyatga solmas.[1]

[1] Ushbu oyati karima Ibrohim alayhissalom bilan u kishining davrlarida o`tgan bir hukmdor podshohning tortishuvini hikoya qiladi.)
259
أَوْ كَٱلَّذِى مَرَّ عَلَىٰ قَرْيَةٍ وَهِىَ خَاوِيَةٌ عَلَىٰ عُرُوشِهَا قَالَ أَنَّىٰ يُحْىِۦ هَٰذِهِ ٱللَّهُ بَعْدَ مَوْتِهَا ​ۖ فَأَمَاتَهُ ٱللَّهُ مِاْئَةَ عَامٍ ثُمَّ بَعَثَهُۥ ​ۖ قَالَ كَمْ لَبِثْتَ ​ۖ قَالَ لَبِثْتُ يَوْمًا أَوْ بَعْضَ يَوْمٍ ​ۖ قَالَ بَل لَّبِثْتَ مِاْئَةَ عَامٍ فَٱنظُرْ إِلَىٰ طَعَامِكَ وَشَرَابِكَ لَمْ يَتَسَنَّهْ ​ۖ وَٱنظُرْ إِلَىٰ حِمَارِكَ وَلِنَجْعَلَكَ ءَايَةً لِّلنَّاسِ ​ۖ وَٱنظُرْ إِلَى ٱلْعِظَامِ كَيْفَ نُنشِزُهَا ثُمَّ نَكْسُوهَا لَحْمًا ​ۚ فَلَمَّا تَبَيَّنَ لَهُۥ قَالَ أَعْلَمُ أَنَّ ٱللَّهَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرٌ‮٢٥٩‬‬‬
Sodiq
Yoki shiftlari ustiga qulagan qishloqdan o`tgan kishiga o`xshashni ko`rmadingmi? U: «Alloh buni o`limdan keyin qanday tiriltirur?» – dedi. Bas, Alloh uni yuz yil o`ldirdi, so`ngra, qayta tiriltirdi. «Qancha yotding?» – dedi. U: «Bir kun yoki bir kunning ba'zisicha yotdim», – dedi. «Balki, yuz yil yotding, taomingga va sharobingga nazar sol, o`zgargani yo`q va eshagingga ham qara. Seni odamlarga ibrat qilish uchun shunday qildik. Va suyaklarga nazar sol, ularni qandoq harakatga solamiz va ularga qandoq go`sht kiygizamiz», – dedi. Unga ravshan bo`lganda: «Albatta, Alloh har bir narsaga qodirligini bildim», – dedi.[1]

[1] Demak, o`sha kishi Alloh taoloning har bir narsaga qodir ekaniga shubha bilan qarardi. Shunda Alloh taolo unga, o`lgan narsalarni qanday qilib tiriltirishini tushuntirib o`tirmadi-da, u bandaning o`zini tajriba qilib qo`ya qoldi «Bas, Alloh uni yuz yil o`ldirdi, so`ngra qayta tiriltirdi». Bo`lib o`tgan voqeani tushunib yetish uchun Alloh unga «Qancha yotding?» dedi». U odam o`zining qancha yotganini qayerdan bilsin. Vaqtni sezish tirik, hayot nashidasini surib turgan kishilarga xos xususiyat. U bo`lsa, yuz yil o`lib yotdi. Buning ustiga, his-tuyg`u odamni aldaydi ham. Shuning uchun «U «Bir kun yoki bir kunining ba'zisicha yotdim», dedi». O`zining bilganicha javob berdi. O`zining yuz yil o`lib yotib, yana qayta tirilgani unga bir kun yoki bir kundan ham ozroq yotganday bo`lib ko`rindi. Bu holati o`ziga tasdiqlatib olingandan so`ng, bo`lgan ishning haqiqati unga aytildi «Balki yuz yil yotding», deyildi.)
260
وَإِذْ قَالَ إِبْرَٰهِـۧمُ رَبِّ أَرِنِى كَيْفَ تُحْىِ ٱلْمَوْتَىٰ ​ۖ قَالَ أَوَلَمْ تُؤْمِن ​ۖ قَالَ بَلَىٰ وَلَٰكِن لِّيَطْمَئِنَّ قَلْبِى ​ۖ قَالَ فَخُذْ أَرْبَعَةً مِّنَ ٱلطَّيْرِ فَصُرْهُنَّ إِلَيْكَ ثُمَّ ٱجْعَلْ عَلَىٰ كُلِّ جَبَلٍ مِّنْهُنَّ جُزْءًا ثُمَّ ٱدْعُهُنَّ يَأْتِينَكَ سَعْيًا ​ۚ وَٱعْلَمْ أَنَّ ٱللَّهَ عَزِيزٌ حَكِيمٌ‮٢٦٠‬‬‬
Sodiq
Esla, Ibrohim: «Ey Robbim, menga o`liklarni qanday tiriltirishingni ko`rsat», deganda, U Zot: «Ishonmadingmi?» – dedi. U: Ore, lekin qalbim xotirjam bo`lishi uchun», – dedi. U zot: «Qushdan to`rtta olgin-da, o`zingga tortib, kesib maydala, so`ngra, ulardan har bir toqqa bo`laklarini qo`ygin, keyin ularni o`zingga chaqir, huzuringga tezlab keladilar», – dedi. «Va bilginki, albatta, Alloh Aziyz va Hakiym Zotdir».[1]

[1] Ibrohim alayhissalom Alloh taolo o`liklarni tiriltira olishiga hech qanday shubha qilmas edilar. U zotning bunga ishonchlari komil edi. Shuning uchun ham Alloh taolo «Ishonmadingmi?» deb so`raganida «Ore ishondim), lekin qalbim xotirjam bo`lishi uchun», dedilar. Dilda ishongan narsani, ko`z bilan ko`rib, Alloh taoloning qudratiga qoyil qolib, mo`min banda o`z Robbining mo`'jizalarini ko`rib maza qilgandek maza qilib, ko`ngli xotirjam bo`lishi uchun so`raganlar.)
261
مَّثَلُ ٱلَّذِينَ يُنفِقُونَ أَمْوَٰلَهُمْ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ كَمَثَلِ حَبَّةٍ أَن​ۢبَتَتْ سَبْعَ سَنَابِلَ فِى كُلِّ سُن​ۢبُلَةٍ مِّاْئَةُ حَبَّةٍ ​ۗ وَٱللَّهُ يُضَٰعِفُ لِمَن يَشَآءُ ​ۗ وَٱللَّهُ وَٰسِعٌ عَلِيمٌ‮٢٦١‬‬‬
Sodiq
Mollarini Allohning yo`lida sarflaydiganlarning misoli xuddi bir dona donga o`xshaydir. Undan yetti boshoq o`sib chiqadir, har boshoqda yuztadan don bor. Va Alloh kimga xohlasa, yana ko`paytirib beradir. Va Alloh qamrab oluvchi va biluvchi Zotdir.
262
ٱلَّذِينَ يُنفِقُونَ أَمْوَٰلَهُمْ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ ثُمَّ لَا يُتْبِعُونَ مَآ أَنفَقُواْ مَنًّا وَلَآ أَذًى ​ۙ لَّهُمْ أَجْرُهُمْ عِندَ رَبِّهِمْ وَلَا خَوْفٌ عَلَيْهِمْ وَلَا هُمْ يَحْزَنُونَ‮٢٦٢‬‬‬
Sodiq
Allohning yo`lida mollarini sarflab, so`ngra sarflari ketidan minnat qilmay va ozor bermaydiganlarning ajrlari Robbilari huzuridadir. Ularga xavf yo`q va ular xafa ham bo`lmaslar.[1]

[1] Allohning yo`lida sarflangan molning savobini to`liq olishning sharti ham bor, u ham bo`lsa, mol sarflovchi minnat qilmasligi va molni olganlarga ozor bermasligi kerak. Minnat qilishlik yomon odat bo`lib, inson qalbida og`ir yara qoldiradi.)
263
۞قَوْلٌ مَّعْرُوفٌ وَمَغْفِرَةٌ خَيْرٌ مِّن صَدَقَةٍ يَتْبَعُهَآ أَذًى ​ۗ وَٱللَّهُ غَنِىٌّ حَلِيمٌ‮٢٦٣‬‬‬
Sodiq
Yaxshi so`z va kechirish ortidan ozor keladigan sadaqadan ko`ra yaxshiroqdir. Va Alloh G`aniy va Haliym Zotdir.[1]

[1] «Ortidan ozor keladigan sadaqa»ning keragi yo`q. Undan ko`ra bir og`iz shirin so`z va kechirimli bo`lish yaxshiroqdir. Bir og`iz bo`lsa ham, shirin so`z qalbning jarohatiga malham bo`ladi, kishining ko`nglini ko`taradi. Kechirish esa, hasad va yomonlikni yuvib tashlab, o`rniga muhabbat va do`stlikni soladi.)
264
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ لَا تُبْطِلُواْ صَدَقَٰتِكُم بِٱلْمَنِّ وَٱلْأَذَىٰ كَٱلَّذِى يُنفِقُ مَالَهُۥ رِئَآءَ ٱلنَّاسِ وَلَا يُؤْمِنُ بِٱللَّهِ وَٱلْيَوْمِ ٱلْـَٔاخِرِ ​ۖ فَمَثَلُهُۥ كَمَثَلِ صَفْوَانٍ عَلَيْهِ تُرَابٌ فَأَصَابَهُۥ وَابِلٌ فَتَرَكَهُۥ صَلْدًا ​ۖ لَّا يَقْدِرُونَ عَلَىٰ شَىْءٍ مِّمَّا كَسَبُواْ ​ۗ وَٱللَّهُ لَا يَهْدِى ٱلْقَوْمَ ٱلْكَٰفِرِينَ‮٢٦٤‬‬‬
Sodiq
Ey, iymon keltirganlar! Sadaqalaringizni minnat va ozor berish bilan, Allohga va oxirat kuniga iymon keltirmasa ham, kishilarga riyo uchun molini nafaqa qilganga o`xshab, bekorga ketkazmang. U misoli ustini tuproq bosgan silliq bir toshga o`xshaydir. Bas, kuchli yomg`ir yog`sa, silliq bo`lib qoladi. Kasb qilganlaridan hech narsaga qodir bo`lmaslar. Va Alloh kofir qavmlarni hidoyatga boshlamas.[1]

[1] Ushbu oyati karimada sadaqadan keyin minnat qilib, ozor berib, qilgan yaxshiligining savobidan bebahra qolishlik ajoyib badiiy vasf bilan tasvirlanyapti. Bu bilan musulmonlar hissida bu ishning naqadar yomon ish ekanligini jonli tasvir qilinmoqda.)
265
وَمَثَلُ ٱلَّذِينَ يُنفِقُونَ أَمْوَٰلَهُمُ ٱبْتِغَآءَ مَرْضَاتِ ٱللَّهِ وَتَثْبِيتًا مِّنْ أَنفُسِهِمْ كَمَثَلِ جَنَّةٍ بِرَبْوَةٍ أَصَابَهَا وَابِلٌ فَـَٔاتَتْ أُكُلَهَا ضِعْفَيْنِ فَإِن لَّمْ يُصِبْهَا وَابِلٌ فَطَلٌّ ​ۗ وَٱللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ بَصِيرٌ‮٢٦٥‬‬‬
Sodiq
Mollarini Allohning roziligini istab, o`zlaridagi ishonch bilan sarflaydiganlar xuddi tepalikdagi boqqa o`xshaydir. Unga qattiq yomg`ir yog`sa, mevasini ikki barobar beradi. Agar qattiq yomg`ir yog`masa, maydalab yoqqani ham bo`laveradi. Va Alloh qilayotganlaringizni ko`rib turuvchi Zotdir.
266
أَيَوَدُّ أَحَدُكُمْ أَن تَكُونَ لَهُۥ جَنَّةٌ مِّن نَّخِيلٍ وَأَعْنَابٍ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَٰرُ لَهُۥ فِيهَا مِن كُلِّ ٱلثَّمَرَٰتِ وَأَصَابَهُ ٱلْكِبَرُ وَلَهُۥ ذُرِّيَّةٌ ضُعَفَآءُ فَأَصَابَهَآ إِعْصَارٌ فِيهِ نَارٌ فَٱحْتَرَقَتْ ​ۗ كَذَٰلِكَ يُبَيِّنُ ٱللَّهُ لَكُمُ ٱلْـَٔايَٰتِ لَعَلَّكُمْ تَتَفَكَّرُونَ‮٢٦٦‬‬‬
Sodiq
Sizlardan birortangiz ostidan anhorlar oqib turgan xurmozor va uzumzor, turli mevali bog`i bo`laturib, yoshi bir joyga yetganda, zaifhol zurriyoti bor paytda unga o`tli bo`ron kelib, yonib bitishini xohlaydimi?! Alloh sizlarga shu tariqa O`z oyatlarini bayon qilur, shoyadki, fikr yuritsangiz.[1]

[1] Allohning yo`lida qilingan sadaqa xuddi daraxtlari ostidan sharqirab suvlar oqib turgan xurmozor va uzumzor, turli mevali boqqa o`xshaydi. Bog`dan hammaga foyda — ko`rgan ham, kirgan ham, yegan ham hursand. Xuddi shuningdek, Alloh yo`lida qilingan sadaqa berganni ham, olganni ham, bilganni ham xursand qiladi. Hammaga o`z darajasida foyda yetkazadi. Ana shunday oliymaqom bog`u bo`stoni bor odam shu bog`ning o`tli bo`ronda kuyib tugashini, xususan, yoshi bir joyga yetib, qo`lidan bir ish kelmay qolgan chog`ida, uning qo`liga qarab turgan zaifhol zurriyotlari bor chog`ida shunday bo`lishini xohlaydimi? Albatta, yo`q. Alloh yo`lida sadaqa qilgan odam ham go`yo o`shanday bog`u bo`stonga erishgan bo`ladi. Sadaqasi ketidan minnat etsa va ozor yetkazsa, xuddi o`tli bo`ron bilan bog`ini kuydirgandek bo`ladi. Sadaqasining savobi qolmaydi.)
267
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ أَنفِقُواْ مِن طَيِّبَٰتِ مَا كَسَبْتُمْ وَمِمَّآ أَخْرَجْنَا لَكُم مِّنَ ٱلْأَرْضِ ​ۖ وَلَا تَيَمَّمُواْ ٱلْخَبِيثَ مِنْهُ تُنفِقُونَ وَلَسْتُم بِـَٔاخِذِيهِ إِلَّآ أَن تُغْمِضُواْ فِيهِ ​ۚ وَٱعْلَمُوٓاْ أَنَّ ٱللَّهَ غَنِىٌّ حَمِيدٌ‮٢٦٧‬‬‬
Sodiq
Ey, iymon keltirganlar! Kasb qilgan pok narsalaringizdan va Biz sizlarga yerdan chiqarib bergan narsalarimizdan sadaqa qilinglar. Nopokni qasd etib sadaqa qilmang. Holbuki, uni o`zingiz ham oluvchimassiz, magar ko`z yumsangizgina olasiz. Va bilingki, albatta, Alloh boy va maqtalgan Zotdir.
268
ٱلشَّيْطَٰنُ يَعِدُكُمُ ٱلْفَقْرَ وَيَأْمُرُكُم بِٱلْفَحْشَآءِ ​ۖ وَٱللَّهُ يَعِدُكُم مَّغْفِرَةً مِّنْهُ وَفَضْلًا ​ۗ وَٱللَّهُ وَٰسِعٌ عَلِيمٌ‮٢٦٨‬‬‬
Sodiq
Shayton sizga faqirlikni va'da qiladir va fahsh ishlarga buyuradir. Alloh sizga O`zidan mag`firat va fazlni va'da qiladir. Va Alloh keng qamrovli, biluvchi Zotdir.[1]

[1] Shayton bandalarni molingdan sadaqa qilsang, faqir-kambag`al bo`lib qolasan, deb qo`rqitadi. Ham kishilarni fahshga — yomon gunoh ishlarga, qizg`anchiqlikka, baxillik va molu dunyoga o`ch bo`lishga buyuradi. Shaytonning gapiga kirganlar faqirlikdan qo`rqib, baxil bo`lib, Allohning yo`lida sadaqa qilmay yuraveradilar.)
269
يُؤْتِى ٱلْحِكْمَةَ مَن يَشَآءُ ​ۚ وَمَن يُؤْتَ ٱلْحِكْمَةَ فَقَدْ أُوتِىَ خَيْرًا كَثِيرًا ​ۗ وَمَا يَذَّكَّرُ إِلَّآ أُوْلُواْ ٱلْأَلْبَٰبِ‮٢٦٩‬‬‬
Sodiq
U kimni xohlasa, o`shanga hikmatni berar. Kimga hikmat berilsa, unga ko`p yaxshilik berilgan bo`lar. Faqat aql egalarigina eslarlar.[1]

[1] Hikmat bilan tasarruf qilgan inson har bir narsani o`z o`rniga qo`yib, qoyillatib qiladi. Sadaqada ham haddidan oshmay, adolat bilan ish yuritadi. Umuman, hikmatli bo`lishlik unga juda ko`p yaxshilik keltiradi. Bu haqiqatni aql egalarigina eslaydilar, tushunib yetadilar.)
270
وَمَآ أَنفَقْتُم مِّن نَّفَقَةٍ أَوْ نَذَرْتُم مِّن نَّذْرٍ فَإِنَّ ٱللَّهَ يَعْلَمُهُۥ ​ۗ وَمَا لِلظَّٰلِمِينَ مِنْ أَنصَارٍ‮٢٧٠‬‬‬
Sodiq
Qilgan nafaqangizni yoki nazringizni Alloh albatta biladir. Zolimlarga yordamchilar yo`qdir.
271
إِن تُبْدُواْ ٱلصَّدَقَٰتِ فَنِعِمَّا هِىَ ​ۖ وَإِن تُخْفُوهَا وَتُؤْتُوهَا ٱلْفُقَرَآءَ فَهُوَ خَيْرٌ لَّكُمْ ​ۚ وَيُكَفِّرُ عَنكُم مِّن سَيِّـَٔاتِكُمْ ​ۗ وَٱللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرٌ‮٢٧١‬‬‬
Sodiq
Sadaqani oshkora qilsangiz, qandoq ham yaxshi. Agar maxfiy qilsangiz va faqirlarga bersangiz, bu siz uchun yaxshidir. Sizdan gunohlaringizni yuvadir. Va Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir.[1]

[1] Ushbu oyati karimada sadaqani oshkora qilish ham, maxfiy qilish ham maqtalmoqda. Bu haqdagi boshqa oyat va shar'iy dalillarni jamlab o`rganib chiqqan ulamolarimiz xulosa qilib aytadilarki, sadaqa farz bo`lsa, uni oshkora qilish yaxshi, chunki bu holda Allohning amriga toat oshkora ko`rinadi va haqdor bo`lmagan kishilarga ham tushib qolishi mumkinligi oldi olinadi. Agar sadaqa ixtiyoriy bo`lsa, uni maxfiy qilingani yaxshi. Riyodan va manmanlikdan uzoqda bo`linadi. Sadaqaning eng haqdori kambag`al-faqir kishilardir. Islomda sadaqaning joriy qilinishi ham o`sha toifaning himoyasi va yordami uchun bo`lgan.)
272
۞لَّيْسَ عَلَيْكَ هُدَىٰهُمْ وَلَٰكِنَّ ٱللَّهَ يَهْدِى مَن يَشَآءُ ​ۗ وَمَا تُنفِقُواْ مِنْ خَيْرٍ فَلِأَنفُسِكُمْ ​ۚ وَمَا تُنفِقُونَ إِلَّا ٱبْتِغَآءَ وَجْهِ ٱللَّهِ ​ۚ وَمَا تُنفِقُواْ مِنْ خَيْرٍ يُوَفَّ إِلَيْكُمْ وَأَنتُمْ لَا تُظْلَمُونَ‮٢٧٢‬‬‬
Sodiq
Ularni hidoyatga solish sening zimmangda emas. Lekin Alloh kimni xohlasa, hidoyatga boshlar. Nafaqa qilgan yaxshiliklaringiz o`z foydangizga. Qilgan nafaqangiz faqat Allohning yuzini istash uchundir. Nafaqa qilgan yaxshiliklaringiz o`zingizga to`laligicha qaytarilur. Sizlarga zulm qilinmas.
273
لِلْفُقَرَآءِ ٱلَّذِينَ أُحْصِرُواْ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ لَا يَسْتَطِيعُونَ ضَرْبًا فِى ٱلْأَرْضِ يَحْسَبُهُمُ ٱلْجَاهِلُ أَغْنِيَآءَ مِنَ ٱلتَّعَفُّفِ تَعْرِفُهُم بِسِيمَٰهُمْ لَا يَسْـَٔلُونَ ٱلنَّاسَ إِلْحَافًا ​ۗ وَمَا تُنفِقُواْ مِنْ خَيْرٍ فَإِنَّ ٱللَّهَ بِهِۦ عَلِيمٌ‮٢٧٣‬‬‬
Sodiq
(Sadaqa va xayru ehsonlar) Allohning yo`lida tutilgan, yer yuzida kasb qilishga qodir bo`lmagan, iffatlari tufayli bilmagan kishi ularni boy deb o`ylaydigan faqirlargadir. Ularni siymolaridan taniysan, odamlardan xiralik qilib so`ramaslar. Nafaqa qilgan yaxshiliklaringizni Alloh albatta bilguvchidir.[1]

[1] Bu toifadagi odamlar o`zlarini Alloh yo`lida jihod qilishga bag`ishlagan kishilardir, ular nafslarini jihod uchun tutganlar, shu sababdan kasb qilishga ham imkonlari yo`q. Ayni choqda, iffatlari, uyatlari kuchli bo`lganidan o`zlarining hojatmand ekanliklarini yashirib yuradilar. Asl holni bilmagan odam ularni sirtlaridan ko`rib boy deb o`ylaydi. Nafaqani xuddi ana o`shalarga qilish kerak. Ular o`zlari asl hollarini berkitsalar, odamlardan xiralik bilan tilanmasalar, qanday qilib topamiz ularni? «Ularni siymolaridan taniysan».)
274
ٱلَّذِينَ يُنفِقُونَ أَمْوَٰلَهُم بِٱلَّيْلِ وَٱلنَّهَارِ سِرًّا وَعَلَانِيَةً فَلَهُمْ أَجْرُهُمْ عِندَ رَبِّهِمْ وَلَا خَوْفٌ عَلَيْهِمْ وَلَا هُمْ يَحْزَنُونَ‮٢٧٤‬‬‬
Sodiq
Kechasiyu kunduzi mollarini yashirin va oshkora nafaqa qiladiganlarning ajrlari Robbilari huzuridadir. Ularga xavf yo`q va ular xafa ham bo`lmaslar.[1]

[1] «Kechasiyu kunduzi» deyishdan murod hamma vaqt nazarda tutilmoqda; «mollarini» degan so`z zamirida esa, hamma tur mollar va hamma tur ehson qiluvchilarga ishora bor. Ularning ajrlari eng oliymaqom joyda — Robbilari huzurida ekanligi ta'kidlanmoqda.)
275
ٱلَّذِينَ يَأْكُلُونَ ٱلرِّبَوٰاْ لَا يَقُومُونَ إِلَّا كَمَا يَقُومُ ٱلَّذِى يَتَخَبَّطُهُ ٱلشَّيْطَٰنُ مِنَ ٱلْمَسِّ ​ۚ ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمْ قَالُوٓاْ إِنَّمَا ٱلْبَيْعُ مِثْلُ ٱلرِّبَوٰاْ ​ۗ وَأَحَلَّ ٱللَّهُ ٱلْبَيْعَ وَحَرَّمَ ٱلرِّبَوٰاْ ​ۚ فَمَن جَآءَهُۥ مَوْعِظَةٌ مِّن رَّبِّهِۦ فَٱنتَهَىٰ فَلَهُۥ مَا سَلَفَ وَأَمْرُهُۥٓ إِلَى ٱللَّهِ ​ۖ وَمَنْ عَادَ فَأُوْلَٰٓئِكَ أَصْحَٰبُ ٱلنَّارِ ​ۖ هُمْ فِيهَا خَٰلِدُونَ‮٢٧٥‬‬‬
Sodiq
Riboni yeydiganlar (qabrlaridan) faqat shayton urib, jinni bo`lgan kishidek dovdirab turarlar. Bunday bo`lishi ularning, tijorat ham riboga o`xshash-da, deganlari uchundir. Va holbuki, Alloh tijoratni halol, riboni harom qilgan. Kimki Robbidan mav'iza kelganda to`xtasa, avval o`tgani o`ziga va uning ishi Allohning O`ziga havola. Kimki, yana (riboga) qaytsa, ana o`shalar do`zax egalaridir. Ular unda abadiy qolurlar.
276
يَمْحَقُ ٱللَّهُ ٱلرِّبَوٰاْ وَيُرْبِى ٱلصَّدَقَٰتِ ​ۗ وَٱللَّهُ لَا يُحِبُّ كُلَّ كَفَّارٍ أَثِيمٍ‮٢٧٦‬‬‬
Sodiq
Alloh riboni doimo nuqsonga uchratur va sadaqalarni ziyoda qilur. Va Alloh har bir kofir, gunohkorni xush ko`rmas.[1]

[1] Sudxo`rning puli hisob jihatidan ko`p bo`lsa ham Alloh uning barakasini ko`tarib, yegani o`ziga yuqmaydigan qilib qo`yadi. Sudxo`rni turli kasalliklarga duchor qiladi, tinchligini, xotirjamligini oladi. Yana biz bilmaydigan ko`p balo-ofatlarga duchor qiladi. Shuningdek, sirtdan qaraganda, sadaqa qilgan kishilarning moli kamayganga o`xshaydi. Aslida esa, ish buning teskarisi bo`ladi Alloh «sadaqalarni ziyoda qiladi». Agar hisobda sadaqa qiluvchining moli hajmi oz bo`lsa ham, Alloh unga baraka ato qiladi, balo-ofatlardan saqlaydi, o`zini tinch, xotirini jam qiladi.)
277
إِنَّ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَعَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ وَأَقَامُواْ ٱلصَّلَوٰةَ وَءَاتَوُاْ ٱلزَّكَوٰةَ لَهُمْ أَجْرُهُمْ عِندَ رَبِّهِمْ وَلَا خَوْفٌ عَلَيْهِمْ وَلَا هُمْ يَحْزَنُونَ‮٢٧٧‬‬‬
Sodiq
Albatta, iymon keltirgan, yaxshi amallarni qilgan, namozni qoim qilib, zakot berganlarning ajrlari Robbilari huzuridadir. Ularga xavf yo`q va ular xafa ham bo`lmaslar.[1]

[1] Haqiqiy iymon egasi bo`lgan kishilar doimo yaxshi amallarni qiladilar, xususan, namozni vaqtida yaxshilab ado etadilar. Iqtisodiy sohada esa, zakot beradilar. Riboxo`rlar odamlarning peshona teri bilan topgan daromadlarini harom yo`l bilan o`zlashtirib olayotgan bo`lsalar, mo`minlar o`zlari peshona teri bilan topgan halol mollaridan zakot chiqarib odamlarga, shunday yeb ketarga beradilar. Qaytarib olish yoki o`rniga boshqa narsa olish umidlari ham yo`q. Ularning birdan-bir umidlari «zakot berganlarning ajrlari Robbilari huzuridadir», degan va'dadadir. Ular ikki dunyoda eminlik va baxt-saodatda bo`lurlar.)
278
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ ٱتَّقُواْ ٱللَّهَ وَذَرُواْ مَا بَقِىَ مِنَ ٱلرِّبَوٰٓاْ إِن كُنتُم مُّؤْمِنِينَ‮٢٧٨‬‬‬
Sodiq
Ey, iymon keltirganlar! Agar mo`min bo`lsangiz, Allohga taqvo qiling va riboning sarqitini ham tark qiling.
279
فَإِن لَّمْ تَفْعَلُواْ فَأْذَنُواْ بِحَرْبٍ مِّنَ ٱللَّهِ وَرَسُولِهِۦ ​ۖ وَإِن تُبْتُمْ فَلَكُمْ رُءُوسُ أَمْوَٰلِكُمْ لَا تَظْلِمُونَ وَلَا تُظْلَمُونَ‮٢٧٩‬‬‬
Sodiq
Agar undoq qilmasangiz, Alloh va Uning Rasuli tomonidan bo`ladigan urushga ishonavering. Agar tavba qilsangiz, sarmoyangiz o`zingizga, zulm qilmassiz va sizga ham zulm qilinmas.
280
وَإِن كَانَ ذُو عُسْرَةٍ فَنَظِرَةٌ إِلَىٰ مَيْسَرَةٍ ​ۚ وَأَن تَصَدَّقُواْ خَيْرٌ لَّكُمْ ​ۖ إِن كُنتُمْ تَعْلَمُونَ‮٢٨٠‬‬‬
Sodiq
Agar nochor bo`lsa, boyiguncha intizor qiling. Sadaqa qilmog`ingiz, gar bilsangiz, o`zingiz uchun yaxshidir.
281
وَٱتَّقُواْ يَوْمًا تُرْجَعُونَ فِيهِ إِلَى ٱللَّهِ ​ۖ ثُمَّ تُوَفَّىٰ كُلُّ نَفْسٍ مَّا كَسَبَتْ وَهُمْ لَا يُظْلَمُونَ‮٢٨١‬‬‬
Sodiq
Allohga qaytariladigan kuningizdan qo`rqing. So`ngra, har bir jon qilganiga yarasha to`liq oladur. Ularga zulm qilinmas.
ﻉ40Sahifa 4840ﻉ
282
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ إِذَا تَدَايَنتُم بِدَيْنٍ إِلَىٰٓ أَجَلٍ مُّسَمًّى فَٱكْتُبُوهُ ​ۚ وَلْيَكْتُب بَّيْنَكُمْ كَاتِبُ​ۢ بِٱلْعَدْلِ ​ۚ وَلَا يَأْبَ كَاتِبٌ أَن يَكْتُبَ كَمَا عَلَّمَهُ ٱللَّهُ ​ۚ فَلْيَكْتُبْ وَلْيُمْلِلِ ٱلَّذِى عَلَيْهِ ٱلْحَقُّ وَلْيَتَّقِ ٱللَّهَ رَبَّهُۥ وَلَا يَبْخَسْ مِنْهُ شَيْـًٔا ​ۚ فَإِن كَانَ ٱلَّذِى عَلَيْهِ ٱلْحَقُّ سَفِيهًا أَوْ ضَعِيفًا أَوْ لَا يَسْتَطِيعُ أَن يُمِلَّ هُوَ فَلْيُمْلِلْ وَلِيُّهُۥ بِٱلْعَدْلِ ​ۚ وَٱسْتَشْهِدُواْ شَهِيدَيْنِ مِن رِّجَالِكُمْ ​ۖ فَإِن لَّمْ يَكُونَا رَجُلَيْنِ فَرَجُلٌ وَٱمْرَأَتَانِ مِمَّن تَرْضَوْنَ مِنَ ٱلشُّهَدَآءِ أَن تَضِلَّ إِحْدَىٰهُمَا فَتُذَكِّرَ إِحْدَىٰهُمَا ٱلْأُخْرَىٰ ​ۚ وَلَا يَأْبَ ٱلشُّهَدَآءُ إِذَا مَا دُعُواْ ​ۚ وَلَا تَسْـَٔمُوٓاْ أَن تَكْتُبُوهُ صَغِيرًا أَوْ كَبِيرًا إِلَىٰٓ أَجَلِهِۦ ​ۚ ذَٰلِكُمْ أَقْسَطُ عِندَ ٱللَّهِ وَأَقْوَمُ لِلشَّهَٰدَةِ وَأَدْنَىٰٓ أَلَّا تَرْتَابُوٓاْ ​ۖ إِلَّآ أَن تَكُونَ تِجَٰرَةً حَاضِرَةً تُدِيرُونَهَا بَيْنَكُمْ فَلَيْسَ عَلَيْكُمْ جُنَاحٌ أَلَّا تَكْتُبُوهَا ​ۗ وَأَشْهِدُوٓاْ إِذَا تَبَايَعْتُمْ ​ۚ وَلَا يُضَآرَّ كَاتِبٌ وَلَا شَهِيدٌ ​ۚ وَإِن تَفْعَلُواْ فَإِنَّهُۥ فُسُوقُ​ۢ بِكُمْ ​ۗ وَٱتَّقُواْ ٱللَّهَ ​ۖ وَيُعَلِّمُكُمُ ٱللَّهُ ​ۗ وَٱللَّهُ بِكُلِّ شَىْءٍ عَلِيمٌ‮٢٨٢‬‬‬
Sodiq
Ey, iymon keltirganlar! Ma'lum muddatga qarz oldi-berdi qilgan vaqtingizda, uni yozib qo`ying. Orangizda bir yozuvchi adolat bilan yozsin. Hech bir yozuvchi Alloh bildirganidek qilib yozishdan bosh tortmasin. Bas, yozsin va haq zimmasiga tushgan kishi aytib tursin, Robbiga taqvo qilsin va undan hech narsani kamaytirmasin. Agar haq zimmasiga tushgan kishi esi past, zaif yoki aytib tura olmaydigan bo`lsa, uning valiyi adolat bilan aytib tursin. Erkaklaringizdan ikki kishini guvoh qiling. Agar ikki er kishi bo`lmasa, o`zingiz rozi bo`ladigan guvohlardan bir er kishi va ikki ayol kishi bo`lsin. Ikkovi(ayol)dan birortalari adashsa, birlari boshqalarining esiga soladi. Va chaqirilgan vaqtda guvohlar bosh tortmasinlar. Kichik bo`lsa ham, katta bo`lsa ham, muddatigacha yozishingizni malol olmang. Shundoq qilmog`ingiz, Allohning huzurida adolatliroq, guvohlikka kuchliroq va shubhalanmasligingiz uchun yaqinroqdir. Magar oralaringizda yurib turgan naqd savdo bo`lsa, yozmasangiz ham, sizga gunoh bo`lmas. Oldi-sotdi qilganingizda, guvoh keltiring va yozuvchi ham, guvoh ham zarar tortmasin. Agar (aksini) qilsangiz, albatta, bu fosiqligingizdir. Allohga taqvo qiling. Va Alloh sizga ilm beradir. Alloh har bir narsani biluvchi Zotdir.[1]

[1] Oyati karima «haq zimmasiga tushgan kishi» deganda qarz oluvchini nazarda tutgan. Demak, o`rtadagi kishi kelib qarz oldi-berdini yozayotgan vaqtda matnni qarz oluvchi aytib turadi. Avvalo, qarz olayotganini e'tirof qiladi. Qarzning miqdorini, shartini va muddatini aytadi. Bu narsalarni qarz beruvchi aytib tursa, o`z foydasiga burib yubormasin, degan ehtiyot chorasi tufayli shunday qilinadi. Qarz oluvchi muhtoj bo`lib turgani uchun bunday qilmasligi aniqroq. Chunki u muomalaning tezroq amalga oshishiga muhtoj. Shunday bo`lsa ham, oyati karima yana bir bor, uni Robbiga taqvo qilishga va hech narsani kamaytirmaslikka da'vat qilmoqda. Agar qarz olayotgan odam esi past, moliyaviy ishlar tadbirini bilmaydigan bo`lsa, zaifligi yoshi kichikdir yoki o`ta keksadir, kasaldir) tufayli yoki tilidagi aybi, bilmasligi va boshqa mavjud ayblar tufayli aytib tura olmasa, uning valiysi adolat bilan aytib tursin. Chunki valiylar boshqa ishlarda ham o`z qaramog`idagilarning mas'uliyatini oladilar. Moliyaviy oldi-berdi katta ahamiyatga egadir, chunki bunda oraga molu pul aralashadi. Bunday holda birov boshqasining haqini yeb ketishining yo`lini har jihatdan to`sish lozim. Bunda adolatli kotib yozdirib qo`yish bilan kifoyalanmay, yana musulmonlardan ikki erkak kishini guvoh qilishga ham amr bo`lmoqda. Islomda guvohlikka doimo adolatli kishilar o`tishi zarur, bu narsa boshqa joylarda ko`p ta'kidlangani uchun bu yerda qayta aytilmadi. Ammo baribir bu shart bekor bo`lmaydi. Chunki shariat o`lchovida adolatsiz bo`lgan kishining guvohligi qabul qilinmaydi.)
283
۞وَإِن كُنتُمْ عَلَىٰ سَفَرٍ وَلَمْ تَجِدُواْ كَاتِبًا فَرِهَٰنٌ مَّقْبُوضَةٌ ​ۖ فَإِنْ أَمِنَ بَعْضُكُم بَعْضًا فَلْيُؤَدِّ ٱلَّذِى ٱؤْتُمِنَ أَمَٰنَتَهُۥ وَلْيَتَّقِ ٱللَّهَ رَبَّهُۥ ​ۗ وَلَا تَكْتُمُواْ ٱلشَّهَٰدَةَ ​ۚ وَمَن يَكْتُمْهَا فَإِنَّهُۥٓ ءَاثِمٌ قَلْبُهُۥ ​ۗ وَٱللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ عَلِيمٌ‮٢٨٣‬‬‬
Sodiq
Agar safarda bo`lsangiz va yozuvchi topa olmasangiz, bas, qo`lga olinadigan garov bo`lsin. Agar ba'zingiz ba'zingizga ishonsangiz, bas, ishonilgan omonatni ado qilsin, Allohga — Robbiga taqvo qilsin. Guvohlikni berkitmang! Kim uni berkitsa, uning qalbi gunohkordir. Va Alloh qilayotgan amallaringizni biluvchi Zotdir.
284
لِّلَّهِ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ ​ۗ وَإِن تُبْدُواْ مَا فِىٓ أَنفُسِكُمْ أَوْ تُخْفُوهُ يُحَاسِبْكُم بِهِ ٱللَّهُ ​ۖ فَيَغْفِرُ لِمَن يَشَآءُ وَيُعَذِّبُ مَن يَشَآءُ ​ۗ وَٱللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرٌ‮٢٨٤‬‬‬
Sodiq
Osmonlaru yerdagi narsalar Allohnikidir. Agar ichingizdagi narsalarni oshkor qilsangiz ham, maxfiy qilsangiz ham, sizlarni Alloh hisob-kitob qiladir. Va kimni xohlasa, mag`firat qilar, kimni xohlasa, azoblar. Va U har bir narsaga qodirdir.[1]

[1] Borliq Allohning mulkidir. Mulkida jarayon etayotgan har bir ishdan U ogohdir. Jumladan, bandalarning yashirin niyatlarini ham, oshkora ishlarini ham yaxshi biladi. Va hammasini hisob-kitob qilib, xohlaganini kechib yuboradi, xohlaganini azoblaydi.)
285
ءَامَنَ ٱلرَّسُولُ بِمَآ أُنزِلَ إِلَيْهِ مِن رَّبِّهِۦ وَٱلْمُؤْمِنُونَ ​ۚ كُلٌّ ءَامَنَ بِٱللَّهِ وَمَلَٰٓئِكَتِهِۦ وَكُتُبِهِۦ وَرُسُلِهِۦ لَا نُفَرِّقُ بَيْنَ أَحَدٍ مِّن رُّسُلِهِۦ ​ۚ وَقَالُواْ سَمِعْنَا وَأَطَعْنَا ​ۖ غُفْرَانَكَ رَبَّنَا وَإِلَيْكَ ٱلْمَصِيرُ‮٢٨٥‬‬‬
Sodiq
Payg`ambar unga o`z Robbisidan tushirilgan narsaga iymon keltirdi va mo`minlar ham. Allohga, Uning farishtalariga, kitoblariga, Payg`ambarlariga hamma-hamma iymon keltirdi. Uning Payg`ambarlarining birortalarini ajratmaymiz. Va: «Eshitdik va itoat qildik, (ey Robbimiz), mag`firatingni so`raymiz va qaytib borish Sengadir», dedilar.[1]

[1] Ushbu oyati karima va keyingi oyat ikkalovi suraning xulosasini mujassam qilgandir. Bu ikki oyatning har bir so`zi ulkan ma'no anglatadi. Ularda aqida, iymon xususiyatlari, bandaning o`z Robbi bilan bo`ladigan holi, farz qilingan amallarga munosabat va boshqalar kelgan.)
286
لَا يُكَلِّفُ ٱللَّهُ نَفْسًا إِلَّا وُسْعَهَا ​ۚ لَهَا مَا كَسَبَتْ وَعَلَيْهَا مَا ٱكْتَسَبَتْ ​ۗ رَبَّنَا لَا تُؤَاخِذْنَآ إِن نَّسِينَآ أَوْ أَخْطَأْنَا ​ۚ رَبَّنَا وَلَا تَحْمِلْ عَلَيْنَآ إِصْرًا كَمَا حَمَلْتَهُۥ عَلَى ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِنَا ​ۚ رَبَّنَا وَلَا تُحَمِّلْنَا مَا لَا طَاقَةَ لَنَا بِهِۦ ​ۖ وَٱعْفُ عَنَّا وَٱغْفِرْ لَنَا وَٱرْحَمْنَآ ​ۚ أَنتَ مَوْلَىٰنَا فَٱنصُرْنَا عَلَى ٱلْقَوْمِ ٱلْكَٰفِرِينَ‮٢٨٦‬‬‬
Sodiq
Alloh hech bir jonni toqatidan tashqari narsaga taklif qilmas. Foydasi ham o`z kasbidan, zarari ham o`z kasbidan. Ey Robbimiz, agar unutsak yoki xato qilsak, (iqobga) tutmagin. Ey Robbimiz, bizdan oldingilarga yuklaganga o`xshash og`irlikni bizga yuklamagin. Ey Robbimiz, bizga toqatimiz yetmaydigan narsani yuklamagin. Bizni afv et, mag`firat qil va rahim et. Sen xojamizsan. Bas, kofir qavmlarga bizni g`olib qil.[1]

[1] Hamma narsani daqiq-daqiqlarigacha biluvchi Alloh har bir jonni ham nimaga yaraydiyu nimaga yaramaydi — yaxshi biladi. Bandalariga mehribonligidan imkoni va haqqi bo`lsa ham, hech bir jonni toqatidan tashqari narsaga taklif qilmaydi. Allohning buyruqlari va qaytariqlari bandaning imkoni darajasi doirasida bo`ladi. Ana o`sha taklifga amal qilishiga qarab, boshqa hech bir narsaga qaramasdan, bandaning jazosi yoki mukofoti belgilanadi. Imom Ahmad rivoyat qilgan hadisda Payg`ambar alayhissalom «Surai Baqaraning ikki oyatini o`qi, ular menga Arshning ostidagi xazinadan berilgan», deganlar. Boshqa bir hadisda «Kim Baqara surasi oxiridagi ikki oyatni bir kechada o`qisa, kifoya qiladi», deganlar...)