Sura 15

Hijr

S

Toshlik

99 oyat |MakkaMakka |
Sura 15 • Oyat 1 / 99 • Juz 141⁄8 • Sahifa 262
Hijr
ﻉ218Juz 14 • Sahifa 262218ﻉ
2
1
الٓر ​ۚ تِلْكَ ءَايَٰتُ ٱلْكِتَٰبِ وَقُرْءَانٍ مُّبِينٍ‮١‬‬‬
Sodiq
Alif. Laam. Ro. Ushbular kitobning va ravshan Qur'onning oyatlaridir.
2
رُّبَمَا يَوَدُّ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ لَوْ كَانُواْ مُسْلِمِينَ‮٢‬‬‬
Sodiq
Hali, kufr keltirganlar musulmon bo`lishni ham istab qolurlar.[1]

[1] Ushbu holat jon taslim qilish chog`ida, qiyomat kuni Alloh taolo musulmonlarni jannatga kiritayotgan paytda, ba'zi gunohlari tufayli do`zaxga tushgan ahli qiblalar undan ozod bo`lib jannatga o`tayotganlarida bo`ladi.)
3
ذَرْهُمْ يَأْكُلُواْ وَيَتَمَتَّعُواْ وَيُلْهِهِمُ ٱلْأَمَلُ ​ۖ فَسَوْفَ يَعْلَمُونَ‮٣‬‬‬
Sodiq
Ularni tek qo`y, yeb-ichib, huzurlanib, umidlar ila mashg`ul bo`lib yuraversinlar. Bas, tezda bilurlar.
4
وَمَآ أَهْلَكْنَا مِن قَرْيَةٍ إِلَّا وَلَهَا كِتَابٌ مَّعْلُومٌ‮٤‬‬‬
Sodiq
Biz ma'lum bitiksiz hech bir shaharni halok etganimiz yo`q.
5
مَّا تَسْبِقُ مِنْ أُمَّةٍ أَجَلَهَا وَمَا يَسْتَـٔۡخِرُونَ‮٥‬‬‬
Sodiq
Hech bir ummat o`z ajalidan o`zib keta olmas va ortda ham qola olmas.
6
وَقَالُواْ يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِى نُزِّلَ عَلَيْهِ ٱلذِّكْرُ إِنَّكَ لَمَجْنُونٌ‮٦‬‬‬
Sodiq
Ular: «Ey, zikr nozil qilingan kishi, albatta, sen majnunsan.
7
لَّوْ مَا تَأْتِينَا بِٱلْمَلَٰٓئِكَةِ إِن كُنتَ مِنَ ٱلصَّٰدِقِينَ‮٧‬‬‬
Sodiq
Agar rostgo`ylardan bo`lsang, bizga farishtalarni keltirsang-chi!» derlar.[1]

[1] Bu gap ham, avval aytib o`tilgandek, o`zlariga o`xshagan odamni payg`ambar bo`lishini aqliga sig`dira olmaslikdan kelib chiqadi.)
8
مَا نُنَزِّلُ ٱلْمَلَٰٓئِكَةَ إِلَّا بِٱلْحَقِّ وَمَا كَانُوٓاْ إِذًا مُّنظَرِينَ‮٨‬‬‬
Sodiq
Biz farishtalarni faqat haq ila tushiramiz, xolos. U holda ularga qarab turilmas.[1]

[1] Farishtalarni tushirgan chog`imizda kofirlarga qarab turilmay ular halok qilinadi.)
9
إِنَّا نَحْنُ نَزَّلْنَا ٱلذِّكْرَ وَإِنَّا لَهُۥ لَحَٰفِظُونَ‮٩‬‬‬
Sodiq
Albatta, Zikrni Biz nozil qildik va, albatta, uni Biz muhofaza qilurmiz.
10
وَلَقَدْ أَرْسَلْنَا مِن قَبْلِكَ فِى شِيَعِ ٱلْأَوَّلِينَ‮١٠‬‬‬
Sodiq
Batahqiq, sendan oldin ham avvalgilar guruhlariga (Payg`ambar) yuborganmiz.
11
وَمَا يَأْتِيهِم مِّن رَّسُولٍ إِلَّا كَانُواْ بِهِۦ يَسْتَهْزِءُونَ‮١١‬‬‬
Sodiq
Ularga qaysi bir Payg`ambar kelsa, uni masxara qilmasdan qo`ymas edilar.
12
كَذَٰلِكَ نَسْلُكُهُۥ فِى قُلُوبِ ٱلْمُجْرِمِينَ‮١٢‬‬‬
Sodiq
Shunga o`xshash, Biz uni jinoyatchilar qalbiga solamiz.
13
لَا يُؤْمِنُونَ بِهِۦ ​ۖ وَقَدْ خَلَتْ سُنَّةُ ٱلْأَوَّلِينَ‮١٣‬‬‬
Sodiq
U(Qur'on)ga iymon keltirmaslar. Batahqiq, avvalgilarning sunnati — odati shundoq o`tgandir.
14
وَلَوْ فَتَحْنَا عَلَيْهِم بَابًا مِّنَ ٱلسَّمَآءِ فَظَلُّواْ فِيهِ يَعْرُجُونَ‮١٤‬‬‬
Sodiq
Agar ularga osmondan bir eshik ochsag-u, undan chiqib tursalar ham.
15
لَقَالُوٓاْ إِنَّمَا سُكِّرَتْ أَبْصَٰرُنَا بَلْ نَحْنُ قَوْمٌ مَّسْحُورُونَ‮١٥‬‬‬
Sodiq
Ular: «Albatta, ko`zlarimiz bog`landi, balki biz sehrlangan qavmdirmiz», derlar.[1]

[1] Allohning haqligi haqidagi mo`'jiza ko`rsatilib, qo`liga ushlatib qo`yilsa ham, ehtimol udir, ehtimol budir, balki tabiat qonunini men tushunmayotgandirman, deb turaveradilar.)
ﻉ219Sahifa 263219ﻉ
16
وَلَقَدْ جَعَلْنَا فِى ٱلسَّمَآءِ بُرُوجًا وَزَيَّنَّٰهَا لِلنَّٰظِرِينَ‮١٦‬‬‬
Sodiq
Batahqiq, Biz osmonlarda burjlar qilib qo`ydik va uni nazar soluvchilar uchun ziynatlab qo`ydik.[1]

[1] Osmon hammaning ko`z o`ngida turibdi. Lekin hamma ham osmonni Allohning qudratiga dalolat qiluvchi buyuk mo`'jiza deb tushunavermaydi. Aslida, u mo`'jizadir. Xo`sh, shunday ulkan, bepoyon, cheksiz osmonni kim yaratgan? Yaratganda ham, yulduzlar yuradigan yo`llar — burjlar bilan kim yaratgan? Albatta, Alloh yaratgan.)
17
وَحَفِظْنَٰهَا مِن كُلِّ شَيْطَٰنٍ رَّجِيمٍ‮١٧‬‬‬
Sodiq
Uni har bir quvilgan shaytondan muhofaza qildik.
18
إِلَّا مَنِ ٱسْتَرَقَ ٱلسَّمْعَ فَأَتْبَعَهُۥ شِهَابٌ مُّبِينٌ‮١٨‬‬‬
Sodiq
Magar birortasi o`g`rilikcha quloq ossa, ravshan olov uning ortidan tushar.
19
وَٱلْأَرْضَ مَدَدْنَٰهَا وَأَلْقَيْنَا فِيهَا رَوَٰسِىَ وَأَن​ۢبَتْنَا فِيهَا مِن كُلِّ شَىْءٍ مَّوْزُونٍ‮١٩‬‬‬
Sodiq
Biz yerni yoyib, ustiga baland tog`larni tashlab qo`ydik va unda o`lchangan turli narsalarni o`stirib qo`ydik.
20
وَجَعَلْنَا لَكُمْ فِيهَا مَعَٰيِشَ وَمَن لَّسْتُمْ لَهُۥ بِرَٰزِقِينَ‮٢٠‬‬‬
Sodiq
Va unda sizlar uchun maosh vositalarini va siz rizqini bera olmaydigan kimsalarni qilib qo`ydik.
21
وَإِن مِّن شَىْءٍ إِلَّا عِندَنَا خَزَآئِنُهُۥ وَمَا نُنَزِّلُهُۥٓ إِلَّا بِقَدَرٍ مَّعْلُومٍ‮٢١‬‬‬
Sodiq
Hech bir narsa yo`qki, uning xazinalari Bizning huzurimizda bo`lmasa. Biz uni faqat ma'lum miqdor-la nozil qilurmiz.
22
وَأَرْسَلْنَا ٱلرِّيَٰحَ لَوَٰقِحَ فَأَنزَلْنَا مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءً فَأَسْقَيْنَٰكُمُوهُ وَمَآ أَنتُمْ لَهُۥ بِخَٰزِنِينَ‮٢٢‬‬‬
Sodiq
Biz shamollarni urchituvchilar etib yubordik. Bas, osmondan suv tushirib, u ila sizlarni serob qildik. Sizlar uni to`plab oluvchi emassiz.[1]

[1] Ya'ni, Biz shamollarni o`lchov bilan bulutlarni urchituvchi, bir-biriga qo`shib suv hosil qiluvchi etib yubordik. Asosan, yomg`irning yog`ishiga shamollar sabab bo`ladi. Ular ma'lum qoidalarga ko`ra esadi. Paydo bo`lgan bulutlarning bir-birlari ila qo`shilishlaridan suv hosil bo`ladi. Ana shundan keyin osmondan suv tushadi, yomg`ir yog`adi. Alloh taolo u suv bilan Yer yuzini, odamlarni serob qiladi. Deyarli hamma rizq osmondan tushgan shu suvga bog`liq bo`ladi. Inson esa, Alloh tayyor holda unga osmondan tushirib bergan suvni to`plab olishga ham qodir emas. Uni to`plashni ham buloq, quduq, anhor, yer osti ko`llari va boshqa vositalar orqali Alloh taoloning O`zi amalga oshiradi.)
23
وَإِنَّا لَنَحْنُ نُحْىِۦ وَنُمِيتُ وَنَحْنُ ٱلْوَٰرِثُونَ‮٢٣‬‬‬
Sodiq
Albatta, Biz o`zimiz tiriltirurmiz va Biz merosxo`rmiz.
24
وَلَقَدْ عَلِمْنَا ٱلْمُسْتَقْدِمِينَ مِنكُمْ وَلَقَدْ عَلِمْنَا ٱلْمُسْتَـٔۡخِرِينَ‮٢٤‬‬‬
Sodiq
Batahqiq, sizdan oldin kelganlarni bildik. Batahqiq, keyin kelganlarni ham bildik.
25
وَإِنَّ رَبَّكَ هُوَ يَحْشُرُهُمْ ​ۚ إِنَّهُۥ حَكِيمٌ عَلِيمٌ‮٢٥‬‬‬
Sodiq
Albatta, sening Robbing O`zi ularni mahsharga jamlar. Albatta, U hikmatli va ilmli Zotdir.
26
وَلَقَدْ خَلَقْنَا ٱلْإِنسَٰنَ مِن صَلْصَٰلٍ مِّنْ حَمَإٍ مَّسْنُونٍ‮٢٦‬‬‬
Sodiq
Batahqiq, Biz insonni quruq loydan, o`zgartirilgan qora balchiqdan yaratdik.
27
وَٱلْجَآنَّ خَلَقْنَٰهُ مِن قَبْلُ مِن نَّارِ ٱلسَّمُومِ‮٢٧‬‬‬
Sodiq
Va jinlarni bundan oldin samum olovidan yaratdik.
28
وَإِذْ قَالَ رَبُّكَ لِلْمَلَٰٓئِكَةِ إِنِّى خَٰلِقُ​ۢ بَشَرًا مِّن صَلْصَٰلٍ مِّنْ حَمَإٍ مَّسْنُونٍ‮٢٨‬‬‬
Sodiq
Sen Robbingning farishtalarga: «Albatta, men quruq loydan, o`zgartirilgan qora balchiqdan bashar yaratguvchidirman.
29
فَإِذَا سَوَّيْتُهُۥ وَنَفَخْتُ فِيهِ مِن رُّوحِى فَقَعُواْ لَهُۥ سَٰجِدِينَ‮٢٩‬‬‬
Sodiq
Bas, qachonki uni to`g`rilab bo`lganimda va ichiga O`z ruhimdan puflaganimda, unga sajda qilgan holingizda yiqiling», deganini esla.
30
فَسَجَدَ ٱلْمَلَٰٓئِكَةُ كُلُّهُمْ أَجْمَعُونَ‮٣٠‬‬‬
Sodiq
Bas, farishtalar barchalari sajda qildilar.
31
إِلَّآ إِبْلِيسَ أَبَىٰٓ أَن يَكُونَ مَعَ ٱلسَّٰجِدِينَ‮٣١‬‬‬
Sodiq
Magar iblis sajda qiluvchilar bilan birga bo`lishdan bosh tortdi.
32
قَالَ يَٰٓإِبْلِيسُ مَا لَكَ أَلَّا تَكُونَ مَعَ ٱلسَّٰجِدِينَ‮٣٢‬‬‬
Sodiq
U zot: «Ey, iblis! Senga ne bo`ldi, sajda qiluvchilar bilan birga bo`lmading?» dedi.
33
قَالَ لَمْ أَكُن لِّأَسْجُدَ لِبَشَرٍ خَلَقْتَهُۥ مِن صَلْصَٰلٍ مِّنْ حَمَإٍ مَّسْنُونٍ‮٣٣‬‬‬
Sodiq
U: «Sen quruq loydan, o`zgartirilgan qora balchiqdan yaratgan basharga sajda qila olmasdim», dedi.
34
قَالَ فَٱخْرُجْ مِنْهَا فَإِنَّكَ رَجِيمٌ‮٣٤‬‬‬
Sodiq
U zot: «Bas, sen undan chiq! Albatta, sen quvilgansan!
35
وَإِنَّ عَلَيْكَ ٱللَّعْنَةَ إِلَىٰ يَوْمِ ٱلدِّينِ‮٣٥‬‬‬
Sodiq
Va, albatta, senga to jazo kunigacha la'nat bo`lur!» dedi.
36
قَالَ رَبِّ فَأَنظِرْنِىٓ إِلَىٰ يَوْمِ يُبْعَثُونَ‮٣٦‬‬‬
Sodiq
U: «Ey Robbim, meni ular qayta tiriladigan kungacha qo`yib qo`ygin», dedi.
37
قَالَ فَإِنَّكَ مِنَ ٱلْمُنظَرِينَ‮٣٧‬‬‬
Sodiq
U zot: «Albatta, sen qo`yib qo`yilganlardansan.
38
إِلَىٰ يَوْمِ ٱلْوَقْتِ ٱلْمَعْلُومِ‮٣٨‬‬‬
Sodiq
Ma'lum vaqt kunigacha», dedi.
39
قَالَ رَبِّ بِمَآ أَغْوَيْتَنِى لَأُزَيِّنَنَّ لَهُمْ فِى ٱلْأَرْضِ وَلَأُغْوِيَنَّهُمْ أَجْمَعِينَ‮٣٩‬‬‬
Sodiq
U: «Ey Robbim, meni zalolatga ketkazganing sababidan, albatta, men ularga yer yuzida (gunohlarni) ziynatlab ko`rsataman va, albatta, ularning hammasini ig`vo qilaman.
40
إِلَّا عِبَادَكَ مِنْهُمُ ٱلْمُخْلَصِينَ‮٤٠‬‬‬
Sodiq
Magar, ulardan tanlangan bandalaringni (adashtira olmasman)», dedi.
41
قَالَ هَٰذَا صِرَٰطٌ عَلَىَّ مُسْتَقِيمٌ‮٤١‬‬‬
Sodiq
U zot: «Ushbu zimmamdagi to`g`ri yo`ldir:
42
إِنَّ عِبَادِى لَيْسَ لَكَ عَلَيْهِمْ سُلْطَٰنٌ إِلَّا مَنِ ٱتَّبَعَكَ مِنَ ٱلْغَاوِينَ‮٤٢‬‬‬
Sodiq
Albatta, Mening bandalarim ustida sening sultoning yo`qdir, magar senga ergashgan gumrohlargagina bordir.
43
وَإِنَّ جَهَنَّمَ لَمَوْعِدُهُمْ أَجْمَعِينَ‮٤٣‬‬‬
Sodiq
Albatta, jahannam ularning barchasining va'da qilingan joyidir.
44
لَهَا سَبْعَةُ أَبْوَٰبٍ لِّكُلِّ بَابٍ مِّنْهُمْ جُزْءٌ مَّقْسُومٌ‮٤٤‬‬‬
Sodiq
Uning yetti eshigi bordir. Har bir eshik uchun ulardan taqsimlangan bo`lagi bordir», dedi.[1]

[1] Ba'zi rivoyatlarda kelishicha, jahannam yetti qavatdan iborat bo`lib, har qavatining alohida eshigi bo`lar ekan. Har qavati bir-biridan ashaddiyroq bo`lar ekan. Chunki gumrohlik, xatokorlik ham har xil bo`ladi. Qilgan gunohi darajasiga qarab kofirlar turli qavatlarga kiritiladi. Shaytonga ergashgan gumrohlar taqsimlab, bo`lib-bo`lib, guruhlarga ajratib qo`yilgan bo`ladi. O`sha mazkur yetti eshikdan gunohining ko`p-ozligiga qarab birin-ketin kiritilaveradilar.)
45
إِنَّ ٱلْمُتَّقِينَ فِى جَنَّٰتٍ وَعُيُونٍ‮٤٥‬‬‬
Sodiq
Albatta, taqvodorlar jannatlar va chashmalardadir.
46
ٱدْخُلُوهَا بِسَلَٰمٍ ءَامِنِينَ‮٤٦‬‬‬
Sodiq
Ularga tinchlik, omonlik ila kiringlar, (deyilur).
47
وَنَزَعْنَا مَا فِى صُدُورِهِم مِّنْ غِلٍّ إِخْوَٰنًا عَلَىٰ سُرُرٍ مُّتَقَٰبِلِينَ‮٤٧‬‬‬
Sodiq
Ularning dillaridagi g`illi-g`ishtlarni chiqarib tashladik. So`rilarda bir-birlariga boqib, do`st bo`lgan hollarida o`ltirurlar.[1]

[1] Inson qanchalik moddiy rohat-farog`atga erishmasin, ko`nglida bir oz g`ashlik bo`lsa, unga o`sha rohat-farog`at tatimaydi. Shuning uchun Alloh taolo O`z rahmati ila jannatga sazovor qilgan taqvodor bandalarining dillarida g`ashliklar, ya'ni hiqdu hasad, ko`ra olmaslik kabi ba'zi bir illatlar bo`lsa, chiqarib tashlaydi.)
48
لَا يَمَسُّهُمْ فِيهَا نَصَبٌ وَمَا هُم مِّنْهَا بِمُخْرَجِينَ‮٤٨‬‬‬
Sodiq
Ularni u joyda charchoq tutmas va ular undan chiqariluvchi ham emaslar.
49
۞ نَبِّئْ عِبَادِىٓ أَنِّىٓ أَنَا ٱلْغَفُورُ ٱلرَّحِيمُ‮٤٩‬‬‬
Sodiq
Bandalarimga xabar bergil: «Albatta, Mening O`zim g`ofuru rohiymdirman».
50
۞وَأَنَّ عَذَابِى هُوَ ٱلْعَذَابُ ٱلْأَلِيمُ‮٥٠‬‬‬
Sodiq
Va, albatta, azobim alamli azobdir.
51
وَنَبِّئْهُمْ عَن ضَيْفِ إِبْرَٰهِيمَ‮٥١‬‬‬
Sodiq
Ularga Ibrohimning mehmonlari xabarini ber.
52
إِذْ دَخَلُواْ عَلَيْهِ فَقَالُواْ سَلَٰمًا قَالَ إِنَّا مِنكُمْ وَجِلُونَ‮٥٢‬‬‬
Sodiq
Ular uning huzuriga kirganlarida: «Salom», dedilar. U: «Albatta, biz sizlardan qo`rqmoqdamiz», dedi.
53
قَالُواْ لَا تَوْجَلْ إِنَّا نُبَشِّرُكَ بِغُلَٰمٍ عَلِيمٍ‮٥٣‬‬‬
Sodiq
Ular: «Qo`rqma, biz senga o`ta bilimdon o`g`ilning xushxabarini beramiz», dedilar.
54
قَالَ أَبَشَّرْتُمُونِى عَلَىٰٓ أَن مَّسَّنِىَ ٱلْكِبَرُ فَبِمَ تُبَشِّرُونَ‮٥٤‬‬‬
Sodiq
U: «Meni keksalik tutganida, xushxabar berasizlarmi? Nimaning xushxabarini beryapsizlar, o`zi?» dedi.
55
قَالُواْ بَشَّرْنَٰكَ بِٱلْحَقِّ فَلَا تَكُن مِّنَ ٱلْقَٰنِطِينَ‮٥٥‬‬‬
Sodiq
Ular: «Biz senga haq ila bashorat berdik. Bas, sen noumid bo`luvchilardan bo`lma», dedilar.
56
قَالَ وَمَن يَقْنَطُ مِن رَّحْمَةِ رَبِّهِۦٓ إِلَّا ٱلضَّآلُّونَ‮٥٦‬‬‬
Sodiq
U: «Faqat zalolatga ketgan kishilargina o`z Robbisining rahmatidan noumid bo`lurlar», dedi.[1]

[1] Allohning rahmatidan noumid bo`lish faqat bir toifaga — yo`ldan adashgan, gumroh toifaga xos. Allohning rahmatidan yuz o`girib, zalolat yo`liga kirib ketgan kimsagina noumid bo`ladi, xolos.)
57
قَالَ فَمَا خَطْبُكُمْ أَيُّهَا ٱلْمُرْسَلُونَ‮٥٧‬‬‬
Sodiq
U: «Ey elchilar, nima ish ila yuborildingiz?» dedi.[1]

[1] Ya'ni, menga juda bilimdon o`g`il xushxabarini berishdan boshqa yana nima ish bilan yuborildingiz, dedi.)
58
قَالُوٓاْ إِنَّآ أُرْسِلْنَآ إِلَىٰ قَوْمٍ مُّجْرِمِينَ‮٥٨‬‬‬
Sodiq
Ular: «Biz jinoyatchi qavmlarga yuborildik.
59
إِلَّآ ءَالَ لُوطٍ إِنَّا لَمُنَجُّوهُمْ أَجْمَعِينَ‮٥٩‬‬‬
Sodiq
Magar Lut ahliga emas. Albatta, biz ularning hammasini qutqarguvchilarmiz.
60
إِلَّا ٱمْرَأَتَهُۥ قَدَّرْنَآ ​ۙ إِنَّهَا لَمِنَ ٱلْغَٰبِرِينَ‮٦٠‬‬‬
Sodiq
Faqat uning xotinigina istisnodir. Uning albatta qoluvchilardan bo`lishini taqdir qildik», dedilar.
61
فَلَمَّا جَآءَ ءَالَ لُوطٍ ٱلْمُرْسَلُونَ‮٦١‬‬‬
Sodiq
Elchilar Lut ahliga kelganlarida...
62
قَالَ إِنَّكُمْ قَوْمٌ مُّنكَرُونَ‮٦٢‬‬‬
Sodiq
U: «Albatta, siz notanish qavmsiz», dedi.
63
قَالُواْ بَلْ جِئْنَٰكَ بِمَا كَانُواْ فِيهِ يَمْتَرُونَ‮٦٣‬‬‬
Sodiq
Ular: «Yo`q! Biz senga ular shak qilayotgan narsa ila keldik.
64
وَأَتَيْنَٰكَ بِٱلْحَقِّ وَإِنَّا لَصَٰدِقُونَ‮٦٤‬‬‬
Sodiq
Senga haq ila keldik va albatta, bizlar rostgo`ylardurmiz.
65
فَأَسْرِ بِأَهْلِكَ بِقِطْعٍ مِّنَ ٱلَّيْلِ وَٱتَّبِعْ أَدْبَٰرَهُمْ وَلَا يَلْتَفِتْ مِنكُمْ أَحَدٌ وَٱمْضُواْ حَيْثُ تُؤْمَرُونَ‮٦٥‬‬‬
Sodiq
Ahling ila kechaning bir bo`lagida yo`lga chiq, sen ularning ortidan kuzatib bor. Sizlardan hech birlaringiz ortga qaramasin. Amr qilingan tomoningizga ketaveringlar», dedilar.
66
وَقَضَيْنَآ إِلَيْهِ ذَٰلِكَ ٱلْأَمْرَ أَنَّ دَابِرَ هَٰٓؤُلَآءِ مَقْطُوعٌ مُّصْبِحِينَ‮٦٦‬‬‬
Sodiq
Va unga ushbu amrni vahiy qildik: «Albatta, anavilarning orqasi subh chog`i kesilajakdir».
67
وَجَآءَ أَهْلُ ٱلْمَدِينَةِ يَسْتَبْشِرُونَ‮٦٧‬‬‬
Sodiq
Va shahar ahli sevinib, yetib keldilar.[1]

[1] Lut alayhissalom qavmi yashaydigan Sadum shahrining jinoyatkor aholisi, Lutning uyiga chiroyli, yosh yigitlar kelgan emish, ular bilan fohisha ish qiladigan bo`libmiz, deb sevingan hollarida yetib keldilar.)
68
قَالَ إِنَّ هَٰٓؤُلَآءِ ضَيْفِى فَلَا تَفْضَحُونِ‮٦٨‬‬‬
Sodiq
U: «Bular mening mehmonlarim, axir. Meni sharmanda qilmanglar», dedi.
69
وَٱتَّقُواْ ٱللَّهَ وَلَا تُخْزُونِ‮٦٩‬‬‬
Sodiq
Va: «Allohdan qo`rqinglar! Meni xor qilmanglar», dedi.
70
قَالُوٓاْ أَوَلَمْ نَنْهَكَ عَنِ ٱلْعَٰلَمِينَ‮٧٠‬‬‬
Sodiq
Ular: «Biz seni olamlardan qaytarmaganmidik?!» dedilar.[1]

[1] Lut alayhissalom ularni o`taketgan fahsh ish bo`lmish bachchabozlikdan qaytarganlar, kimlarnidir himoya qilganlar va jinoyatchi qavm u kishiga olamda hech kimni himoya qilmaslikni aytib tahdid solgan. Ular hozir Lut alayhissalomga oralarida avval bo`lib o`tgan o`sha gap-so`zlarni eslatmoqdalar.)
71
قَالَ هَٰٓؤُلَآءِ بَنَاتِىٓ إِن كُنتُمْ فَٰعِلِينَ‮٧١‬‬‬
Sodiq
U: «Agar (bu ishni) qiluvchi bo`lsangiz, anavu qizlarim bor», dedi.
72
لَعَمْرُكَ إِنَّهُمْ لَفِى سَكْرَتِهِمْ يَعْمَهُونَ‮٧٢‬‬‬
Sodiq
Sening umring ila qasamki, albatta, ular o`z sarxushliklarida tentiramoqdalar.
73
فَأَخَذَتْهُمُ ٱلصَّيْحَةُ مُشْرِقِينَ‮٧٣‬‬‬
Sodiq
Bas, ularni quyosh chiqish paytida dahshatli qichqiriq tutdi.
74
فَجَعَلْنَا عَٰلِيَهَا سَافِلَهَا وَأَمْطَرْنَا عَلَيْهِمْ حِجَارَةً مِّن سِجِّيلٍ‮٧٤‬‬‬
Sodiq
Bas, Biz bu(shahar)ning ostini ustin qildik va ular ustiga loyi qotgan toshlar yog`dirdik.
75
إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَٰتٍ لِّلْمُتَوَسِّمِينَ‮٧٥‬‬‬
Sodiq
Albatta, bunda farosatli kishilar uchun oyat-belgilar bordir.
76
وَإِنَّهَا لَبِسَبِيلٍ مُّقِيمٍ‮٧٦‬‬‬
Sodiq
Albatta, u (shahar) boqiy yo`l ustidadir.[1]

[1] Ya'ni, Lut alayhissalom qavmi halokatga uchragan shaharning vayronalari hozirgacha boqiy yo`l ustidadir. U orqali odamlar Hijoz bilan Shom o`rtasida qatnaydilar. Jumladan, Makka ahli ham Shomga borganlarida va u yerdan qaytganlarida, shu yo`ldan yuradilar.)
77
إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَةً لِّلْمُؤْمِنِينَ‮٧٧‬‬‬
Sodiq
Albatta, bunda mo`minlar uchun ibrat bordir.
78
وَإِن كَانَ أَصْحَٰبُ ٱلْأَيْكَةِ لَظَٰلِمِينَ‮٧٨‬‬‬
Sodiq
Albatta, bir-biriga kirishib ketgan daraxtzor egalari zolimlardan bo`lganlar.
79
فَٱنتَقَمْنَا مِنْهُمْ وَإِنَّهُمَا لَبِإِمَامٍ مُّبِينٍ‮٧٩‬‬‬
Sodiq
Bas, Biz ulardan intiqom oldik. Albatta, ularning ikkovlari ham ochiq yo`l ustidadir.
80
وَلَقَدْ كَذَّبَ أَصْحَٰبُ ٱلْحِجْرِ ٱلْمُرْسَلِينَ‮٨٠‬‬‬
Sodiq
Batahqiq, Hijr egalari Payg`ambarlarni yolg`onchiga chiqardilar.
81
وَءَاتَيْنَٰهُمْ ءَايَٰتِنَا فَكَانُواْ عَنْهَا مُعْرِضِينَ‮٨١‬‬‬
Sodiq
Va ularga oyatlarimizni berdik. Bas, yuz o`giruvchi bo`ldilar.
82
وَكَانُواْ يَنْحِتُونَ مِنَ ٱلْجِبَالِ بُيُوتًا ءَامِنِينَ‮٨٢‬‬‬
Sodiq
Ular tog`dan o`yib uy yasab, omonlikda yurar edilar.
83
فَأَخَذَتْهُمُ ٱلصَّيْحَةُ مُصْبِحِينَ‮٨٣‬‬‬
Sodiq
Bas, subhidam chog`ida ularni qattiq qichqiriq tutdi.
84
فَمَآ أَغْنَىٰ عَنْهُم مَّا كَانُواْ يَكْسِبُونَ‮٨٤‬‬‬
Sodiq
Qilgan kasblari ularga biron foyda bermadi.
85
وَمَا خَلَقْنَا ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ وَمَا بَيْنَهُمَآ إِلَّا بِٱلْحَقِّ ​ۗ وَإِنَّ ٱلسَّاعَةَ لَـَٔاتِيَةٌ ​ۖ فَٱصْفَحِ ٱلصَّفْحَ ٱلْجَمِيلَ‮٨٥‬‬‬
Sodiq
Biz osmonlaru yerni va ulardagi narsalarni haq ila yaratdik. Albatta, qiyomat kelguvchidir. Bas, sen go`zal shaklda yuz o`gir.
86
إِنَّ رَبَّكَ هُوَ ٱلْخَلَّٰقُ ٱلْعَلِيمُ‮٨٦‬‬‬
Sodiq
Albatta, Robbing yaratguvchi va bilguvchi Zotdir.
87
وَلَقَدْ ءَاتَيْنَٰكَ سَبْعًا مِّنَ ٱلْمَثَانِى وَٱلْقُرْءَانَ ٱلْعَظِيمَ‮٨٧‬‬‬
Sodiq
Va, batahqiq, senga yetti takrorlanuvchini va Ulug` Qur'onni berdik.[1]

[1] Oyatdagi «etti takrorlanuvchi»dan murod Fotiha surasidir. Chunki bu surai karima yetti oyatdan iborat bo`lib, juda ko`p takrorlanadi. Namozning har rakaatida qayta-qayta o`qiladi.)
88
لَا تَمُدَّنَّ عَيْنَيْكَ إِلَىٰ مَا مَتَّعْنَا بِهِۦٓ أَزْوَٰجًا مِّنْهُمْ وَلَا تَحْزَنْ عَلَيْهِمْ وَٱخْفِضْ جَنَاحَكَ لِلْمُؤْمِنِينَ‮٨٨‬‬‬
Sodiq
Biz ulardan ba'zi guruhlarni bahramand qilgan narsalarga (havas-la) nazar solma! Ular uchun xafa ham bo`lma! Mo`minlarga qanotingni pastlat!
89
وَقُلْ إِنِّىٓ أَنَا ٱلنَّذِيرُ ٱلْمُبِينُ‮٨٩‬‬‬
Sodiq
Va: «Albatta, men ochiq-oydin ogohlantirguvchiman», deb ayt.
90
كَمَآ أَنزَلْنَا عَلَى ٱلْمُقْتَسِمِينَ‮٩٠‬‬‬
Sodiq
Xuddi taqsimlovchilarga tushirganimizga o`xshash.[1]

[1] Ahli kitob; yahudiy va nasorolar o`zlariga kelgan ilohiy kitoblarni taqsimlab, bir qismiga iymon keltirib, bir qismiga iymon keltirmagan edilar. Ana o`shalarga kitob tushirganimizga o`xshab senga ham kitob tushirdik.)
91
ٱلَّذِينَ جَعَلُواْ ٱلْقُرْءَانَ عِضِينَ‮٩١‬‬‬
Sodiq
Qur'onni parcha-parcha qilganlarga.[1]

[1] «Qur'onni parcha-parcha qilgan taqsimlovchilar» deganda ahli kitob yahudiy va nasorolar nazarda tutilgandir. Ular o`zlariga kelgan ilohiy kitoblarni taqsimlab, bir qismiga iymon keltirib, bir qismiga iymon keltirmagan edilar. Endi Qur'onni ham parcha-parcha qilib, o`z fikrlariga mos kelganini olib, to`g`ri kelmaganini tark etmoqchi bo`lmoqdalar.)
92
فَوَرَبِّكَ لَنَسْـَٔلَنَّهُمْ أَجْمَعِينَ‮٩٢‬‬‬
Sodiq
Bas, Robbing ila qasamki, albatta, ularning hammasidan so`rarmiz.
93
عَمَّا كَانُواْ يَعْمَلُونَ‮٩٣‬‬‬
Sodiq
Qilib yurgan ishlari haqida.
94
فَٱصْدَعْ بِمَا تُؤْمَرُ وَأَعْرِضْ عَنِ ٱلْمُشْرِكِينَ‮٩٤‬‬‬
Sodiq
Bas, senga amr etilgan narsani yuzaga chiqar va mushriklardan yuz o`gir.[1]

[1] Ushbu oyat nozil bo`lgunga qadar Rasululloh alayhissalotu vassalom odamlarni dinga sirli-yashirin ravishda da'vat etar edilar. Bu oyatdagi «yuzaga chiqar» degan amrga muvofiq oshkora da'vatni boshladilar. Mushriklarning gap-so`zlariga e'tibor bermay qo`ydilar.)
95
إِنَّا كَفَيْنَٰكَ ٱلْمُسْتَهْزِءِينَ‮٩٥‬‬‬
Sodiq
Albatta, Biz senga istehzo qiluvchilardan kifoya qilurmiz.
96
ٱلَّذِينَ يَجْعَلُونَ مَعَ ٱللَّهِ إِلَٰهًا ءَاخَرَ ​ۚ فَسَوْفَ يَعْلَمُونَ‮٩٦‬‬‬
Sodiq
Ular Alloh bilan birga boshqa iloh (sherik) qilurlar. Bas, tezda bilurlar.
97
وَلَقَدْ نَعْلَمُ أَنَّكَ يَضِيقُ صَدْرُكَ بِمَا يَقُولُونَ‮٩٧‬‬‬
Sodiq
Albatta, Biz ularning aytayotganlaridan sening diling siqilishini yaxshi bilurmiz.
98
فَسَبِّحْ بِحَمْدِ رَبِّكَ وَكُن مِّنَ ٱلسَّٰجِدِينَ‮٩٨‬‬‬
Sodiq
Bas, Robbing hamdi ila tasbih ayt va sajda qilguvchilardan bo`l.
99
وَٱعْبُدْ رَبَّكَ حَتَّىٰ يَأْتِيَكَ ٱلْيَقِينُ‮٩٩‬‬‬
Sodiq
Va senga aniq narsa (o`lim) kelgunicha Robbingga ibodat qil.