Sura 16

Nahl

U

Asalari

128 oyat |MakkaMakka |
Sura 16 • Oyat 1 / 128 • Juz 143⁄8 • Sahifa 267
Nahl
ﻉ224Juz 14 3⁄8224ﻉ
2
1
۞ أَتَىٰٓ أَمْرُ ٱللَّهِ فَلَا تَسْتَعْجِلُوهُ ​ۚ سُبْحَٰنَهُۥ وَتَعَٰلَىٰ عَمَّا يُشْرِكُونَ‮١‬‬‬
Sodiq
Allohning amri keldi. Bas, uning tezroq kelishini talab qilmay qo`ya qoling. U zot ular keltirayotgan shirklardan pok va oliy bo`ldi.
2
يُنَزِّلُ ٱلْمَلَٰٓئِكَةَ بِٱلرُّوحِ مِنْ أَمْرِهِۦ عَلَىٰ مَن يَشَآءُ مِنْ عِبَادِهِۦٓ أَنْ أَنذِرُوٓاْ أَنَّهُۥ لَآ إِلَٰهَ إِلَّآ أَنَاْ فَٱتَّقُونِ‮٢‬‬‬
Sodiq
U O`z amri ila farishtalarni ruh — vahiy bilan bandalaridan O`zi xohlaganlariga: «Ogohlantiringlar. Albatta, Mendan o`zga iloh yo`q. Bas, Menga taqvo qilinglar», deb nozil qilur.
3
خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ بِٱلْحَقِّ ​ۚ تَعَٰلَىٰ عَمَّا يُشْرِكُونَ‮٣‬‬‬
Sodiq
U osmonlaru yerni haq ila yaratdi. U ular shirk keltirayotgan narsalardan oliy bo`ldi.
4
خَلَقَ ٱلْإِنسَٰنَ مِن نُّطْفَةٍ فَإِذَا هُوَ خَصِيمٌ مُّبِينٌ‮٤‬‬‬
Sodiq
U insonni nutfadan yaratdi. Endi esa, u (inson) ochiq-oydin xusumatchi bo`lib turibdi.
5
وَٱلْأَنْعَٰمَ خَلَقَهَا ​ۗ لَكُمْ فِيهَا دِفْءٌ وَمَنَٰفِعُ وَمِنْهَا تَأْكُلُونَ‮٥‬‬‬
Sodiq
U chorva hayvonlarini ham yaratdi. Ularda siz uchun issiqlik, manfaatlar bor va ulardan yeysizlar ham.
6
وَلَكُمْ فِيهَا جَمَالٌ حِينَ تُرِيحُونَ وَحِينَ تَسْرَحُونَ‮٦‬‬‬
Sodiq
Va siz uchun ularda kechki payt (o`tloqdan) qaytayotganlarida va ertalab (o`tloqqa) ketayotganida jamol bor.
7
وَتَحْمِلُ أَثْقَالَكُمْ إِلَىٰ بَلَدٍ لَّمْ تَكُونُواْ بَٰلِغِيهِ إِلَّا بِشِقِّ ٱلْأَنفُسِ ​ۚ إِنَّ رَبَّكُمْ لَرَءُوفٌ رَّحِيمٌ‮٧‬‬‬
Sodiq
Va ular yuklaringizni siz jon mashaqqatisiz yeta olmaydigan yurtlargacha ko`tarib boradi. Albatta, Robbingiz mehribon va rahimlidir.
8
وَٱلْخَيْلَ وَٱلْبِغَالَ وَٱلْحَمِيرَ لِتَرْكَبُوهَا وَزِينَةً ​ۚ وَيَخْلُقُ مَا لَا تَعْلَمُونَ‮٨‬‬‬
Sodiq
Otlar, xachirlar va eshaklarni minishingiz va ziynat uchun (yaratdi) va siz bilmaydigan narsalarni yaratur.[1]

[1] Ya'ni, Alloh taolo kelajakda sizlar uchun tuya, ot, xachir va eshakdan boshqa siz bilmaydigan naqliyot vositalarini yaratadi. Darhaqiqat, shunday ham bo`ldi. Ushbu oyatlar tushgan davrda mavjud bo`lmagan havoda, suvda va yerda yuradigan ko`plab naqliyot vositalari vujudga keldi. Bu esa, o`z navbatida, Qur'oni Karim mazkur «va siz bilmaydigan narsalarni yaratadi», jumlasi ila mo`min-musulmonlarni kelajak yangiliklaridan xabardor qilayotganiga dalolatdir.)
9
وَعَلَى ٱللَّهِ قَصْدُ ٱلسَّبِيلِ وَمِنْهَا جَآئِرٌ ​ۚ وَلَوْ شَآءَ لَهَدَىٰكُمْ أَجْمَعِينَ‮٩‬‬‬
Sodiq
Yo`llarning maqsaddagisi Allohga oiddir. Ulardan egrisi ham bordir. Agar xohlasa, albatta, hammangizni hidoyat qilgan bo`lardi.[1]

[1] Bu dunyoda hissiy yo`llarga o`xshab, ma'naviy yo`llar ham ko`pdir. O`sha ma'naviy yo`llar ichida yaxshisi ham, yomoni ham bor Eng to`g`ri yo`l, ya'ni maqsadga erishtiradigan, ikki dunyo saodatiga olib boradigan yo`l — Alloh yo`lidir.)
10
هُوَ ٱلَّذِىٓ أَنزَلَ مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءً ​ۖ لَّكُم مِّنْهُ شَرَابٌ وَمِنْهُ شَجَرٌ فِيهِ تُسِيمُونَ‮١٠‬‬‬
Sodiq
U osmondan suvni tushirgan Zotdir. Sizga unda sharob va (chorvalaringizni) o`tlatadigan daraxt bordir.
11
يُن​ۢبِتُ لَكُم بِهِ ٱلزَّرْعَ وَٱلزَّيْتُونَ وَٱلنَّخِيلَ وَٱلْأَعْنَٰبَ وَمِن كُلِّ ٱلثَّمَرَٰتِ ​ۗ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَةً لِّقَوْمٍ يَتَفَكَّرُونَ‮١١‬‬‬
Sodiq
U o`sha (suv) ila sizga ekinlarni, zaytunni, xurmolarni, uzumlarni va turli mevalarni o`stirur. Albatta, bunda tafakkur qiladigan qavmlar uchun oyat-belgilar bordir.
12
وَسَخَّرَ لَكُمُ ٱلَّيْلَ وَٱلنَّهَارَ وَٱلشَّمْسَ وَٱلْقَمَرَ ​ۖ وَٱلنُّجُومُ مُسَخَّرَٰتُ​ۢ بِأَمْرِهِۦٓ ​ۗ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَٰتٍ لِّقَوْمٍ يَعْقِلُونَ‮١٢‬‬‬
Sodiq
U sizga kechaniyu kunduzni, quyoshniyu oyni xizmatkor qildi. Yulduzlar Uning amri ila xizmatkordir. Albatta, bunda aql yuritguvchi qavmlar uchun oyat-belgilar bordir.[1]

[1] Bu oyatda zikri kelgan narsalar ham Allohning buyuk ne'matlaridir. Masalan, kecha bilan kunduzning qanchalik ulug` ne'matlar ekanini anglab yetish uchun ikkovidan biri yo`q bo`lishini tasavvur qilishning o`zi kifoya.)
13
وَمَا ذَرَأَ لَكُمْ فِى ٱلْأَرْضِ مُخْتَلِفًا أَلْوَٰنُهُۥٓ ​ۗ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَةً لِّقَوْمٍ يَذَّكَّرُونَ‮١٣‬‬‬
Sodiq
Va siz uchun yerda turli rangda qilib yaratgan narsalarini ham (xizmatkor qildi). Albatta, bunda eslaydigan qavmlar uchun oyat-belgi bordir.[1]

[1] Alloh taolo yer osti boyliklarini ham insonga ulug` ne'mat o`laroq berdi. Ranglari xilma-xil bo`lgan bu ne'matlarning hammasi inson uchun beminnat xizmat qiladi. O`sha ne'matlarni yer ostidan topib olgan ba'zi insonlargina bir-birlariga minnat qiladilar, xolos.)
14
وَهُوَ ٱلَّذِى سَخَّرَ ٱلْبَحْرَ لِتَأْكُلُواْ مِنْهُ لَحْمًا طَرِيًّا وَتَسْتَخْرِجُواْ مِنْهُ حِلْيَةً تَلْبَسُونَهَا وَتَرَى ٱلْفُلْكَ مَوَاخِرَ فِيهِ وَلِتَبْتَغُواْ مِن فَضْلِهِۦ وَلَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ‮١٤‬‬‬
Sodiq
U dengizni siz undan toza go`sht yeyishingiz, undan taqadigan taqinchoqlar chiqarib olishingiz uchun, unda (suvni) yorib ketayotgan kemalarni ko`rasan, hamda Uning fazlini talab qilishingiz uchun xizmatkor qildi. Shoyadki, shukr keltirsangiz.[1]

[1] Alloh taoloning suvdagi ne'matlari ham juda ko`pdir. Ushbu oyatda ulardan ba'zilari zikr qilinmoqda.)
15
وَأَلْقَىٰ فِى ٱلْأَرْضِ رَوَٰسِىَ أَن تَمِيدَ بِكُمْ وَأَنْهَٰرًا وَسُبُلًا لَّعَلَّكُمْ تَهْتَدُونَ‮١٥‬‬‬
Sodiq
U zot yer sizlarni tebratib yubormasligi uchun uning ustiga baland tog`larni tashlab qo`ydi. Anhorlaru yo`llarni ham. Shoyadki, to`g`ri yo`l topsangiz.
16
وَعَلَٰمَٰتٍ ​ۚ وَبِٱلنَّجْمِ هُمْ يَهْتَدُونَ‮١٦‬‬‬
Sodiq
Va alomatlar hamda yulduzlar ila ular yo`l topurlar.
17
أَفَمَن يَخْلُقُ كَمَن لَّا يَخْلُقُ ​ۗ أَفَلَا تَذَكَّرُونَ‮١٧‬‬‬
Sodiq
Yaratadigan Zot yaratmaydigan zot kabi bo`lurmi? O`ylab ko`rmaysizlarmi?
18
وَإِن تَعُدُّواْ نِعْمَةَ ٱللَّهِ لَا تُحْصُوهَآ ​ۗ إِنَّ ٱللَّهَ لَغَفُورٌ رَّحِيمٌ‮١٨‬‬‬
Sodiq
Agar Allohning ne'matlarini sanasangizlar, sanog`iga yeta olmassizlar. Albatta, Alloh o`ta mag`firatli va rahimli Zotdir.[1]

[1] Ha, Allohning bandalariga bergan ne'matlari sonsiz-sanoqsizdir. Ularning ba'zilari yuqoridagi oyatlarda eslatib o`tildi. Aslida esa, agar insonlar o`zlariga berilgan ne'matlarni hisoblashga urinsalar, sanab sanog`iga yeta olmaydilar. Shunday son-sanoqsiz ne'matning shukrini hech kim ado qila bilmaydi. Agar Alloh hamma ne'matlari uchun to`la-to`kis shukrni talab etsa, bandalarga juda qiyin bo`lardi.)
19
وَٱللَّهُ يَعْلَمُ مَا تُسِرُّونَ وَمَا تُعْلِنُونَ‮١٩‬‬‬
Sodiq
Alloh nimani sir tutayotganingizni va nimani oshkor qilayotganingizni biladir.
20
وَٱلَّذِينَ يَدْعُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ لَا يَخْلُقُونَ شَيْـًٔا وَهُمْ يُخْلَقُونَ‮٢٠‬‬‬
Sodiq
Ularning Allohdan o`zga ibodat qilayotganlari hech narsani yarata olmaslar. Holbuki, o`zlari yaratilurlar.
21
أَمْوَٰتٌ غَيْرُ أَحْيَآءٍ ​ۖ وَمَا يَشْعُرُونَ أَيَّانَ يُبْعَثُونَ‮٢١‬‬‬
Sodiq
O`liklardir, tirik emaslar va qachon qayta tiriltirilishlarini bilmaslar.
22
إِلَٰهُكُمْ إِلَٰهٌ وَٰحِدٌ ​ۚ فَٱلَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ بِٱلْـَٔاخِرَةِ قُلُوبُهُم مُّنكِرَةٌ وَهُم مُّسْتَكْبِرُونَ‮٢٢‬‬‬
Sodiq
Ilohingiz yagona ilohdir. Oxiratga iymon keltirmaydiganlarning qalblari inkor qiluvchidir, o`zlari esa mutakabbirdirlar.
23
لَا جَرَمَ أَنَّ ٱللَّهَ يَعْلَمُ مَا يُسِرُّونَ وَمَا يُعْلِنُونَ ​ۚ إِنَّهُۥ لَا يُحِبُّ ٱلْمُسْتَكْبِرِينَ‮٢٣‬‬‬
Sodiq
Shubhasizki, Alloh nimani sir tutayotganlarini va nimani oshkor qilayotganlarini biladir. Albatta, U mutakabbirlarni xush ko`rmas.
24
وَإِذَا قِيلَ لَهُم مَّاذَآ أَنزَلَ رَبُّكُمْ ​ۙ قَالُوٓاْ أَسَٰطِيرُ ٱلْأَوَّلِينَ‮٢٤‬‬‬
Sodiq
Qachonki, ularga: «Robbingiz nimani nozil qildi?» deyilsa, ular: «Avvalgilarning afsonalarini», derlar.
25
لِيَحْمِلُوٓاْ أَوْزَارَهُمْ كَامِلَةً يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ ​ۙ وَمِنْ أَوْزَارِ ٱلَّذِينَ يُضِلُّونَهُم بِغَيْرِ عِلْمٍ ​ۗ أَلَا سَآءَ مَا يَزِرُونَ‮٢٥‬‬‬
Sodiq
Qiyomat kuni o`z gunohlarini to`laligicha va jaholat ila yo`ldan adashtirganlarining gunohlaridan ko`tarishlari uchundir. Ogoh bo`ling! Ular ko`targan narsa qandoq ham yomon![1]

[1] Mazkur kofirlar kufrlari, Qur'onga iymon keltirmay yurganlari va odamlarni Qur'ondan to`sganlari uchun yetarli jazo oladilar. Qiyomat kunida ular o`z gunohlarini to`laligicha ko`taradilar, ya'ni shunga yarasha jazoga yo`liqtiriladilar. Bunga qo`shimcha ravishda, o`zlari jaholat ila Qur'onga qarshi tashviqot olib borib yo`ldan adashtirgan kishilarning gunohlaridan ba'zisini ham ko`taradilar. Unga yarasha qo`shimcha jazo ham oladilar. O`z gunohlariga boshqalarning gunohlarini ham qo`shib ko`taradilar.)
26
قَدْ مَكَرَ ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ فَأَتَى ٱللَّهُ بُنْيَٰنَهُم مِّنَ ٱلْقَوَاعِدِ فَخَرَّ عَلَيْهِمُ ٱلسَّقْفُ مِن فَوْقِهِمْ وَأَتَىٰهُمُ ٱلْعَذَابُ مِنْ حَيْثُ لَا يَشْعُرُونَ‮٢٦‬‬‬
Sodiq
Batahqiq, ulardan oldingilar ham makr qilganlar. Bas, Alloh binolarini poydevoridan yiqitdi. Shift ularning ustiga qulab tushdi. Va ularga o`zlari sezmagan tomondan azob keldi.
27
ثُمَّ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ يُخْزِيهِمْ وَيَقُولُ أَيْنَ شُرَكَآءِىَ ٱلَّذِينَ كُنتُمْ تُشَٰٓقُّونَ فِيهِمْ ​ۚ قَالَ ٱلَّذِينَ أُوتُواْ ٱلْعِلْمَ إِنَّ ٱلْخِزْىَ ٱلْيَوْمَ وَٱلسُّوٓءَ عَلَى ٱلْكَٰفِرِينَ‮٢٧‬‬‬
Sodiq
So`ngra qiyomat kunida U zot ularni xor qilur va: «Sizlar ular haqida tortishib yurgan Mening «sheriklarim» qani?» der. Ilm berilganlar: «Bugungi kunda xorlik va yomonlik kofirlargadir», derlar.
28
ٱلَّذِينَ تَتَوَفَّىٰهُمُ ٱلْمَلَٰٓئِكَةُ ظَالِمِىٓ أَنفُسِهِمْ ​ۖ فَأَلْقَوُاْ ٱلسَّلَمَ مَا كُنَّا نَعْمَلُ مِن سُوٓءٍ ​ۚ بَلَىٰٓ إِنَّ ٱللَّهَ عَلِيمُ​ۢ بِمَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ‮٢٨‬‬‬
Sodiq
Farishtalar ularning jonlarini o`zlariga zulm qilgan hollarida olgandir. Ular, hech bir yomonlik qilmagan edik, deya taslim bo`lurlar. Yo`q! Albatta, Alloh nima amal qilib yurganingizni bilguvchi Zotdir.
29
فَٱدْخُلُوٓاْ أَبْوَٰبَ جَهَنَّمَ خَٰلِدِينَ فِيهَا ​ۖ فَلَبِئْسَ مَثْوَى ٱلْمُتَكَبِّرِينَ‮٢٩‬‬‬
Sodiq
Bas, jahannam eshiklaridan, unda abadiy qolguvchi bo`lgan holingizda kiring! Bas, mutakabbirlarning qaytar joyi qandoq ham yomon![1]

[1] Bu dunyoda mutakabbirlik bilan dinni inkor qilganingiz, odamlarni din yo`lidan qaytarib, adashtirganingiz uchun jahannam eshiklaridan kiring. Kirganda ham, unda abadul-abad qoladigan bo`lib kiring. Mutakabbirlarning jazosi shu bo`ladi.)
30
۞وَقِيلَ لِلَّذِينَ ٱتَّقَوْاْ مَاذَآ أَنزَلَ رَبُّكُمْ ​ۚ قَالُواْ خَيْرًا ​ۗ لِّلَّذِينَ أَحْسَنُواْ فِى هَٰذِهِ ٱلدُّنْيَا حَسَنَةٌ ​ۚ وَلَدَارُ ٱلْـَٔاخِرَةِ خَيْرٌ ​ۚ وَلَنِعْمَ دَارُ ٱلْمُتَّقِينَ‮٣٠‬‬‬
Sodiq
Va taqvo qilganlarga: «Robbingiz nimani nozil qildi?», deyildi. Ular: «Yaxshilikni», dedilar. Chiroyli amallar qilganlar uchun bu dunyoda chiroyli (mukofot) bordir. Albatta, oxirat diyori yaxshiroqdir. Robbilarining diyori naqadar yaxshi.[1]

[1] Mushriklarga «Robbingiz nimani nozil qildi?» deyilganida, «Avvalgilarning afsonalarini», deyishgan edi. Chunki ular dinga, Qur'onga o`tgan avlodlarning afsonasi, eskilik sarqiti, deb qaradilar. Shuning uchun yomon oqibatga uchradilar. O`sha mushrik va kofirlardan farqli o`laroq taqvodorlar yaxshi oqibatga erishdilar.)
31
جَنَّٰتُ عَدْنٍ يَدْخُلُونَهَا تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَٰرُ ​ۖ لَهُمْ فِيهَا مَا يَشَآءُونَ ​ۚ كَذَٰلِكَ يَجْزِى ٱللَّهُ ٱلْمُتَّقِينَ‮٣١‬‬‬
Sodiq
U adn jannatlaridir. Ularga kirganlarida ostilardan anhorlar oqib turar, ular uchun u yerda istagan narsalari bor. Alloh taqvodorlarni ana shunday mukofotlar.
32
ٱلَّذِينَ تَتَوَفَّىٰهُمُ ٱلْمَلَٰٓئِكَةُ طَيِّبِينَ ​ۙ يَقُولُونَ سَلَٰمٌ عَلَيْكُمُ ٱدْخُلُواْ ٱلْجَنَّةَ بِمَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ‮٣٢‬‬‬
Sodiq
Farishtalar ularning jonlarini pok hollarida ola turib: «Sizlarga salom bo`lsin. Qilib yurgan ishlaringiz tufayli jannatga kiring», derlar.[1]

[1] Ha, o`lim farishtalari ham taqvodorlar bilan go`zal muomalada bo`ladilar. Ularning jonlarini olishda muloyimlik bilan, pok hollarida salom berib turib, jannatga kirishlarini aytib bashorat beradilar.)
33
هَلْ يَنظُرُونَ إِلَّآ أَن تَأْتِيَهُمُ ٱلْمَلَٰٓئِكَةُ أَوْ يَأْتِىَ أَمْرُ رَبِّكَ ​ۚ كَذَٰلِكَ فَعَلَ ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ ​ۚ وَمَا ظَلَمَهُمُ ٱللَّهُ وَلَٰكِن كَانُوٓاْ أَنفُسَهُمْ يَظْلِمُونَ‮٣٣‬‬‬
Sodiq
Ular o`zlariga (o`lim) farishtalari yoki Robbingning (azob) amri kelishiga intizor bo`lib turibdilarmi? Ulardan oldingilar ham shunday qilgan edilar. Alloh ularga zulm qilmadi. Lekin ular o`zlariga zulm qilgan edilar.
34
فَأَصَابَهُمْ سَيِّـَٔاتُ مَا عَمِلُواْ وَحَاقَ بِهِم مَّا كَانُواْ بِهِۦ يَسْتَهْزِءُونَ‮٣٤‬‬‬
Sodiq
Bas, qilgan yomon amallari o`zlariga yetdi va istehzo qilgan narsalari o`zlarini o`radi.[1]

[1] Ya'ni, ularga yomonlik tashqaridan kelgani yo`q. O`zlari o`zlarining boshlariga yetdilar. Qilgan yomon amallariga yarasha jazo oldilar, xolos.)
ﻉ228Sahifa 271228ﻉ
35
وَقَالَ ٱلَّذِينَ أَشْرَكُواْ لَوْ شَآءَ ٱللَّهُ مَا عَبَدْنَا مِن دُونِهِۦ مِن شَىْءٍ نَّحْنُ وَلَآ ءَابَآؤُنَا وَلَا حَرَّمْنَا مِن دُونِهِۦ مِن شَىْءٍ ​ۚ كَذَٰلِكَ فَعَلَ ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ ​ۚ فَهَلْ عَلَى ٱلرُّسُلِ إِلَّا ٱلْبَلَٰغُ ٱلْمُبِينُ‮٣٥‬‬‬
Sodiq
Shirk keltirganlar: «Agar Alloh xohlaganida, biz ham, ota-bobolarimiz ham undan o`zga hech narsaga ibodat qilmas edik hamda Uning hukmisiz biron narsani harom qilmagan bo`lar edik», dedilar. Ulardan oldingilar ham shunday qilganlar. Payg`ambarlar zimmasida faqat ochiq-oydin yetkazish bor, xolos.[1]

[1] Alloh taolo insonni hidoyatga ham, zalolatga ham qobiliyatli qilib yaratdi. So`ngra xohlagan yo`lini tanlashni ixtiyoriga havola etdi. Shunga yarasha ularga aql va sezgi a'zolarini berdi. Shuningdek, payg`ambarlar yuborib, kitoblar nozil qildi va shariatlar joriy etdi.)
36
وَلَقَدْ بَعَثْنَا فِى كُلِّ أُمَّةٍ رَّسُولًا أَنِ ٱعْبُدُواْ ٱللَّهَ وَٱجْتَنِبُواْ ٱلطَّٰغُوتَ ​ۖ فَمِنْهُم مَّنْ هَدَى ٱللَّهُ وَمِنْهُم مَّنْ حَقَّتْ عَلَيْهِ ٱلضَّلَٰلَةُ ​ۚ فَسِيرُواْ فِى ٱلْأَرْضِ فَٱنظُرُواْ كَيْفَ كَانَ عَٰقِبَةُ ٱلْمُكَذِّبِينَ‮٣٦‬‬‬
Sodiq
Batahqiq, Biz har bir ummatga: «Allohga ibodat qiling va tog`utdan chetlaning», deb Payg`ambar yuborganmiz. Bas, ulardan ba'zilarini Alloh hidoyat qildi. Ba'zilariga esa, zalolat haq bo`ldi. Bas, yer yuzida sayr qilib yurib, yolg`onga chaqiruvchilarning oqibati qanday bo`lganiga nazar soling.[1]

[1] Hidoyat yo`lini ixtiyor qilib, unga intilganlarni Alloh taolo hidoyatga yo`lladi. Zalolat-kufr yo`lini ixtiyor etib, o`sha tomonni ko`zlaganlarga zalolat haq bo`ldi. Bu ikki toifaning hech birini Alloh majburlagani yo`q.)
37
إِن تَحْرِصْ عَلَىٰ هُدَىٰهُمْ فَإِنَّ ٱللَّهَ لَا يَهْدِى مَن يُضِلُّ ​ۖ وَمَا لَهُم مِّن نَّٰصِرِينَ‮٣٧‬‬‬
Sodiq
Agar sen ularning hidoyatiga o`ta qiziqsang ham, Alloh zalolatga ketkazgan kimsalarni hidoyat qilmas. Ularga nusrat berguvchilardan bo`lmas.
38
وَأَقْسَمُواْ بِٱللَّهِ جَهْدَ أَيْمَٰنِهِمْ ​ۙ لَا يَبْعَثُ ٱللَّهُ مَن يَمُوتُ ​ۚ بَلَىٰ وَعْدًا عَلَيْهِ حَقًّا وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَ ٱلنَّاسِ لَا يَعْلَمُونَ‮٣٨‬‬‬
Sodiq
Ular jon-jahdlari bilan: «Alloh o`lganlarni qayta tiriltirmas», deb Alloh nomi ila qasam ichdilar. Yo`q! Bu, U zotning zimmasidagi haq va'dadir. Lekin odamlarning ko`plari bilmaslar.[1]

[1] Yo`q! Ey mushriklar, siz aytayotgan gaplar behuda gaplardir. O`lganlarni qayta tiriltirish, Allohning zimmasidagi haq va'dadir. Alloh va'dasiga xilof qilmaydi. O`lganlarni albatta qayta tiriltiradi.)
39
لِيُبَيِّنَ لَهُمُ ٱلَّذِى يَخْتَلِفُونَ فِيهِ وَلِيَعْلَمَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓاْ أَنَّهُمْ كَانُواْ كَٰذِبِينَ‮٣٩‬‬‬
Sodiq
Ularga ixtilof qilib yurgan narsalarini bayon qilib berish uchun, kufr keltirganlar o`zlarining shubhasiz yolg`onchi ekanlarini bilishlari uchun (qayta tiriltirur).
40
إِنَّمَا قَوْلُنَا لِشَىْءٍ إِذَآ أَرَدْنَٰهُ أَن نَّقُولَ لَهُۥ كُن فَيَكُونُ‮٤٠‬‬‬
Sodiq
Agar Biz bir narsaning bo`lishini iroda qilsak, unga «bo`l» demog`imiz kifoya. Bas, o`sha narsa bo`lur.
41
وَٱلَّذِينَ هَاجَرُواْ فِى ٱللَّهِ مِن​ۢ بَعْدِ مَا ظُلِمُواْ لَنُبَوِّئَنَّهُمْ فِى ٱلدُّنْيَا حَسَنَةً ​ۖ وَلَأَجْرُ ٱلْـَٔاخِرَةِ أَكْبَرُ ​ۚ لَوْ كَانُواْ يَعْلَمُونَ‮٤١‬‬‬
Sodiq
Zulmga duchor bo`lganlaridan so`ng Allohning yo`lida hijrat qilganlarni bu dunyoda, albatta, go`zal(joy)ga joylashtiramiz. Va oxirat ajri kattaroqdir, agar biladigan bo`lsalar.
42
ٱلَّذِينَ صَبَرُواْ وَعَلَىٰ رَبِّهِمْ يَتَوَكَّلُونَ‮٤٢‬‬‬
Sodiq
Ular sabr qilgan va Robbilariga tavakkal qilganlardir.[1]

[1] Muhojirlar ana o`sha qiyinchiliklarga, mashaqqatlarga, azob-uqubatlarga sabr qilgan ulug` kishilardir. Ular Allohning roziligi uchun sabr qilgan va bu asnoda faqat Robbilariga tavakkal etgan hamda faqat Ungagina suyangan zotlardir.)
43
وَمَآ أَرْسَلْنَا مِن قَبْلِكَ إِلَّا رِجَالًا نُّوحِىٓ إِلَيْهِمْ ​ۚ فَسْـَٔلُوٓاْ أَهْلَ ٱلذِّكْرِ إِن كُنتُمْ لَا تَعْلَمُونَ‮٤٣‬‬‬
Sodiq
Biz sendan oldin ham faqat er kishilarni yuborib, ularga vahiy qilganmiz. Agar bilmaydigan bo`lsangiz, zikr ahllaridan so`ranglar.
44
بِٱلْبَيِّنَٰتِ وَٱلزُّبُرِ ​ۗ وَأَنزَلْنَآ إِلَيْكَ ٱلذِّكْرَ لِتُبَيِّنَ لِلنَّاسِ مَا نُزِّلَ إِلَيْهِمْ وَلَعَلَّهُمْ يَتَفَكَّرُونَ‮٤٤‬‬‬
Sodiq
Ochiq-oydin bayonotlar va kitoblar ila (yubordik). Va senga odamlarga nozil qilingan narsani o`zlariga bayon qilib berishing uchun Zikrni nozil qildik. Shoyadki, tafakkur qilsalar.[1]

[1] Qur'oni Karimning ismlaridan biri «zikr» ekanini boshqa joylarda ham aytib o`tgan edik. Ushbu oyat ham uni «zikr» deb atamoqda. Ya'ni, payg`ambarlarni o`z qavmlariga turli ochiq-oydin bayonotlar va kitoblar bilan yubordik. Seni esa, ey Muhammad, odamlarga nozil qilingan narsani o`zlariga bayon qilib berishing uchun zikr — Qur'on ila yubordik.)
45
أَفَأَمِنَ ٱلَّذِينَ مَكَرُواْ ٱلسَّيِّـَٔاتِ أَن يَخْسِفَ ٱللَّهُ بِهِمُ ٱلْأَرْضَ أَوْ يَأْتِيَهُمُ ٱلْعَذَابُ مِنْ حَيْثُ لَا يَشْعُرُونَ‮٤٥‬‬‬
Sodiq
Makr ila yomonliklar qilganlar Alloh ularni yerga yutqazib yuborishidan yoki ularga kutmagan tomonlaridan azob kelib qolishidan xotirjam bo`ldilarmi?!
46
أَوْ يَأْخُذَهُمْ فِى تَقَلُّبِهِمْ فَمَا هُم بِمُعْجِزِينَ‮٤٦‬‬‬
Sodiq
Yoxud ularni harakatlari asnosida olishidan, ular U zotni ojiz qoldiruvchi bo`la olmasliklaridan (xotirjammilar)?[1]

[1] Agar Alloh xohlasa, ularni harakatda bo`lib, shaharma-shahar kezib, sayru sayohat yoki boshqa ishlar bilan mashg`ul bo`lib yurganlarida ham olaveradi. Allohni ojiz qoldirib, qochib qutula bilmaydilar. Nimaga ishonib kofir holida yuribdilar?)
47
أَوْ يَأْخُذَهُمْ عَلَىٰ تَخَوُّفٍ فَإِنَّ رَبَّكُمْ لَرَءُوفٌ رَّحِيمٌ‮٤٧‬‬‬
Sodiq
Yoki U zot ularni xavfsirab turgan hollarida olishidan ham (xotirjammilar)? Albatta, Robbingiz mehribon va rahimlidir.
48
أَوَلَمْ يَرَوْاْ إِلَىٰ مَا خَلَقَ ٱللَّهُ مِن شَىْءٍ يَتَفَيَّؤُاْ ظِلَٰلُهُۥ عَنِ ٱلْيَمِينِ وَٱلشَّمَآئِلِ سُجَّدًا لِّلَّهِ وَهُمْ دَٰخِرُونَ‮٤٨‬‬‬
Sodiq
Axir ular Alloh yaratgan har bir narsaning soyalari o`ngga, chapga moyil bo`lib, Allohga sajda qilib yotganini va ular bo`ysunuvchi ekanini ko`rmaydilarmi?![1]

[1] Barcha mavjudotlarning Alloh joriy etgan qonun-qoidalarga bo`ysunishlarini ushbu oyati karima, Allohga sajda qilish, deb ta'riflamoqda.)
49
وَلِلَّهِ يَسْجُدُ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ مِن دَآبَّةٍ وَٱلْمَلَٰٓئِكَةُ وَهُمْ لَا يَسْتَكْبِرُونَ‮٤٩‬‬‬
Sodiq
Osmonlaru yerdagi barcha jonzotlar va farishtalar faqat Allohga sajda qilurlar. Ular mutakabbirlik qilmaslar.
50
يَخَافُونَ رَبَّهُم مِّن فَوْقِهِمْ وَيَفْعَلُونَ مَا يُؤْمَرُونَ ۩‮٥٠‬‬‬
Sodiq
Ular ustilaridagi Robbilaridan qo`rqurlar va o`zlariga amr qilingan narsalarni qilurlar.
ﻉ230Juz 14 5⁄8230ﻉ
51
۞وَقَالَ ٱللَّهُ لَا تَتَّخِذُوٓاْ إِلَٰهَيْنِ ٱثْنَيْنِ ​ۖ إِنَّمَا هُوَ إِلَٰهٌ وَٰحِدٌ ​ۖ فَإِيَّٰىَ فَٱرْهَبُونِ‮٥١‬‬‬
Sodiq
Alloh: «Ikkita iloh tutmangiz. Haqiqatda, U yolg`iz ilohdir. Bas, Mendangina qo`rqingiz», dedi.
52
وَلَهُۥ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَلَهُ ٱلدِّينُ وَاصِبًا ​ۚ أَفَغَيْرَ ٱللَّهِ تَتَّقُونَ‮٥٢‬‬‬
Sodiq
Osmonlaru yerdagi narsalar Unikidir. Din ham bardavom Unikidir. Allohdan o`zgadan qo`rqasizlarmi?
53
وَمَا بِكُم مِّن نِّعْمَةٍ فَمِنَ ٱللَّهِ ​ۖ ثُمَّ إِذَا مَسَّكُمُ ٱلضُّرُّ فَإِلَيْهِ تَجْـَٔرُونَ‮٥٣‬‬‬
Sodiq
Sizda qaysiki ne'mat bo`lsa, Allohdandir. So`ngra, qachonki sizga yomonlik yetsa, Ungagina yolvorasiz.
54
ثُمَّ إِذَا كَشَفَ ٱلضُّرَّ عَنكُمْ إِذَا فَرِيقٌ مِّنكُم بِرَبِّهِمْ يُشْرِكُونَ‮٥٤‬‬‬
Sodiq
So`ngra, U sizdan yomonlikni kushoyish qilgan chog`da, ko`ribsizki, sizdan bir guruh o`z Robbilariga shirk keltirurlar.[1]

[1] Yomonlik yetgan paytida faqat Allohga yolborib turgan odamlardan ba'zilari Alloh taolo ularga yetgan yomonlikni ketkazgandan so`ng yana Allohga shirk keltirishga o`tadilar.)
55
لِيَكْفُرُواْ بِمَآ ءَاتَيْنَٰهُمْ ​ۚ فَتَمَتَّعُواْ ​ۖ فَسَوْفَ تَعْلَمُونَ‮٥٥‬‬‬
Sodiq
Ularga bergan narsalarimizga kufr keltirurlar. Bas, huzurlanib turinglar, tezda bilursiz.
56
وَيَجْعَلُونَ لِمَا لَا يَعْلَمُونَ نَصِيبًا مِّمَّا رَزَقْنَٰهُمْ ​ۗ تَٱللَّهِ لَتُسْـَٔلُنَّ عَمَّا كُنتُمْ تَفْتَرُونَ‮٥٦‬‬‬
Sodiq
Va ular o`zlari (mohiyatini) bilmagan narsaga Biz ularga bergan rizqdan nasiba ajraturlar. Allohga qasamki, o`zingiz uydirgan yolg`on narsa haqida albatta so`ralursiz.[1]

[1] Ya'ni, mushriklar o`zlari asl mohiyatini bilmaydigan butlariga Biz bergan rizqdan nasiba ajratadilar. Johiliyat paytida mushriklar ba'zi hayvonlarni ma'lum bir butlarga atab qo`yar edilar. O`sha hayvon atalgandan so`ng, bu falon xudoning nasibasi, deb unga alohida ehtirom ila muomala qilinardi. O`sha hayvon minilmas, ustiga yuk yuklanmas, suti ichilmas, go`shti ham yeyilmas edi.)
57
وَيَجْعَلُونَ لِلَّهِ ٱلْبَنَٰتِ سُبْحَٰنَهُۥ ​ۙ وَلَهُم مَّا يَشْتَهُونَ‮٥٧‬‬‬
Sodiq
Ular qizlarni Allohniki qilishur. U (bundan) pokdir. Ularga esa, ko`ngillari tusagani (emish).[1]

[1] Alloh «qizi bor» degan aybdan pokdir. Chunki farzandga muhtoj bo`lish nuqsondir. Allohning hech qanday nuqsoni yo`qdir. Mushriklarga ko`ngillari tusagan o`g`il farzandlar emish. Johiliyat davrida qiz farzand or-nomus hisoblanar edi. Shuning uchun mushriklardan hech kim qiz farzand ko`rishni xohlamas edi.)
58
وَإِذَا بُشِّرَ أَحَدُهُم بِٱلْأُنثَىٰ ظَلَّ وَجْهُهُۥ مُسْوَدًّا وَهُوَ كَظِيمٌ‮٥٨‬‬‬
Sodiq
Qachonki ulardan biriga qizning xushxabari berilsa, g`am-alamga to`lib, yuzi qorayib ketur.
59
يَتَوَٰرَىٰ مِنَ ٱلْقَوْمِ مِن سُوٓءِ مَا بُشِّرَ بِهِۦٓ ​ۚ أَيُمْسِكُهُۥ عَلَىٰ هُونٍ أَمْ يَدُسُّهُۥ فِى ٱلتُّرَابِ ​ۗ أَلَا سَآءَ مَا يَحْكُمُونَ‮٥٩‬‬‬
Sodiq
Unga berilgan xushxabarning yomonligidan (uyalib) qavmidan berkinur. U(qiz)ni xorlik-la olib qolsamikin yoki tuproqqa ko`msamikin? Ogoh bo`ling! Ular qilgan hukm naqadar yomon.
60
لِلَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ بِٱلْـَٔاخِرَةِ مَثَلُ ٱلسَّوْءِ ​ۖ وَلِلَّهِ ٱلْمَثَلُ ٱلْأَعْلَىٰ ​ۚ وَهُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ‮٦٠‬‬‬
Sodiq
Oxiratga iymon keltirmaydiganlarning misoli yomon misoldir. A'lo misol Allohnikidir. U Aziyz va Hakiymdir.
61
وَلَوْ يُؤَاخِذُ ٱللَّهُ ٱلنَّاسَ بِظُلْمِهِم مَّا تَرَكَ عَلَيْهَا مِن دَآبَّةٍ وَلَٰكِن يُؤَخِّرُهُمْ إِلَىٰٓ أَجَلٍ مُّسَمًّى ​ۖ فَإِذَا جَآءَ أَجَلُهُمْ لَا يَسْتَـٔۡخِرُونَ سَاعَةً ​ۖ وَلَا يَسْتَقْدِمُونَ‮٦١‬‬‬
Sodiq
Agar Alloh odamlarni qilgan zulmlariga binoan tutganida, yer yuzida bitta ham jonzotni qo`ymas edi. Lekin ularni belgilangan ajaliga qo`yib qo`yur. Qachonki, ajallari kelsa, uni bir soat orqaga ham, oldinga ham sura olmaslar.
62
وَيَجْعَلُونَ لِلَّهِ مَا يَكْرَهُونَ وَتَصِفُ أَلْسِنَتُهُمُ ٱلْكَذِبَ أَنَّ لَهُمُ ٱلْحُسْنَىٰ ​ۖ لَا جَرَمَ أَنَّ لَهُمُ ٱلنَّارَ وَأَنَّهُم مُّفْرَطُونَ‮٦٢‬‬‬
Sodiq
Ular o`zlari yoqtirmagan narsani Allohniki qilurlar. Ularning tillari esa, yolg`ondan o`zlariga go`zal (oqibat) bo`lishini vasf qilur. Hech shubha yo`qki, ularga, albatta, do`zax bo`lur va, albatta, ular unutilganlardir.
63
تَٱللَّهِ لَقَدْ أَرْسَلْنَآ إِلَىٰٓ أُمَمٍ مِّن قَبْلِكَ فَزَيَّنَ لَهُمُ ٱلشَّيْطَٰنُ أَعْمَٰلَهُمْ فَهُوَ وَلِيُّهُمُ ٱلْيَوْمَ وَلَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ‮٦٣‬‬‬
Sodiq
Allohga qasamki, Biz sendan oldingi ummatlarga ham (Payg`ambar) yuborganmiz. Bas, shayton ularga amallarini ziynatlab ko`rsatdi. U bugun ularning do`stidir. Ularga alamli azob bo`lur.
64
وَمَآ أَنزَلْنَا عَلَيْكَ ٱلْكِتَٰبَ إِلَّا لِتُبَيِّنَ لَهُمُ ٱلَّذِى ٱخْتَلَفُواْ فِيهِ ​ۙ وَهُدًى وَرَحْمَةً لِّقَوْمٍ يُؤْمِنُونَ‮٦٤‬‬‬
Sodiq
Biz senga kitobni, faqat, ularga o`zlari ixtilof qilgan narsalarni bayon qilishing uchun, iymon keltiradigan qavmlarga hidoyat va rahmat etib nozil etdik, xolos.[1]

[1] Ha, Alloh taolo Muhammad alayhissalotu vassalomga Qur'oni Karimni turli xalqlarning haq va botil, iymon va kufr, yaxshilik va yomonlik hamda boshqa narsalar ustidagi ixtiloflarini bayon etib berish uchun nozil qildi.)
65
وَٱللَّهُ أَنزَلَ مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءً فَأَحْيَا بِهِ ٱلْأَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَآ ​ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَةً لِّقَوْمٍ يَسْمَعُونَ‮٦٥‬‬‬
Sodiq
Alloh osmondan suv tushirib, u ila yerni o`limidan keyin tiriltirdi. Albatta, bunda eshitadigan qavmlar uchun oyat — belgilar bordir.[1]

[1] Er o`lik bo`lsa, Yer yuzidagi narsalar ham jonsiz bo`ladi. Yer tirilishi bilan uning ustidagi hamma narsalarga jon kiradi. Demak, suv hamma narsaga hayot bag`ishlaydi. Suvni esa, faqatgina Alloh taolo tushira oladi. Hamma narsaga hayotni faqat Allohgina bera oladi. Demak, hamma narsaga ma'bud bo`lishga faqat Allohgina haqlidir.)
66
وَإِنَّ لَكُمْ فِى ٱلْأَنْعَٰمِ لَعِبْرَةً ​ۖ نُّسْقِيكُم مِّمَّا فِى بُطُونِهِۦ مِن​ۢ بَيْنِ فَرْثٍ وَدَمٍ لَّبَنًا خَالِصًا سَآئِغًا لِّلشَّٰرِبِينَ‮٦٦‬‬‬
Sodiq
Chorva hayvonlarida ham siz uchun, albatta, ibrat bordir. Biz sizlarni ularning qornidan, go`ng va qon orasidan ichuvchilar(tomog`i)dan oson o`tuvchi sof sut ila sug`oramiz.
67
وَمِن ثَمَرَٰتِ ٱلنَّخِيلِ وَٱلْأَعْنَٰبِ تَتَّخِذُونَ مِنْهُ سَكَرًا وَرِزْقًا حَسَنًا ​ۗ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَةً لِّقَوْمٍ يَعْقِلُونَ‮٦٧‬‬‬
Sodiq
Va xurmo va uzumlarning mevalaridan mast qiluvchi narsa va go`zal rizq olursiz. Albatta, bunda aql yuritguvchilar uchun oyat — belgi bordir.[1]

[1] Ushbu oyati karima Qur'oni Karimda mast qiluvchi ichimlik haqida nozil bo`lgan to`rt oyatning birinchisidir, bu oyatda mast qiluvchi ichimlik haqida bir hukm yo`q. Ammo uning yaxshi rizqqa qiyosan yomon ekaniga ishora bor. Bu ishora mast qiluvchi ichimlikka qarshi qur'oniy targ`ibotning boshlanishidir.)
68
وَأَوْحَىٰ رَبُّكَ إِلَى ٱلنَّحْلِ أَنِ ٱتَّخِذِى مِنَ ٱلْجِبَالِ بُيُوتًا وَمِنَ ٱلشَّجَرِ وَمِمَّا يَعْرِشُونَ‮٦٨‬‬‬
Sodiq
Robbing asalariga: «Tog`lardan, daraxtlardan va ko`tarilgan so`ritoklardan uy tutgin.
69
ثُمَّ كُلِى مِن كُلِّ ٱلثَّمَرَٰتِ فَٱسْلُكِى سُبُلَ رَبِّكِ ذُلُلًا ​ۚ يَخْرُجُ مِن​ۢ بُطُونِهَا شَرَابٌ مُّخْتَلِفٌ أَلْوَٰنُهُۥ فِيهِ شِفَآءٌ لِّلنَّاسِ ​ۗ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَةً لِّقَوْمٍ يَتَفَكَّرُونَ‮٦٩‬‬‬
Sodiq
So`ngra hamma mevalardan yegin. Bas, Robbing oson qilib qo`ygan yo`llardan yurgin», deb vahiy qildi. Ularning qorinlaridan turli rangdagi sharob chiqar. Unda odamlar uchun shifo bordir. Albatta, bunda tafakkur qiluvchilar uchun oyat — belgi bordir.[1]

[1] Alloh taoloning hayvonotlarga, jumladan, asalariga vahiy qilishi unga ilhom berishi hisoblanadi. Alloh taolo asalarini yaratganda unga his-tuyg`u va ilhomni qo`shib yaratgani uchun u ko`pgina aqlli insonlar ham qila olmaydigan aniqlik bilan o`ziga topshirilgan ishni bajaradi.)
70
وَٱللَّهُ خَلَقَكُمْ ثُمَّ يَتَوَفَّىٰكُمْ ​ۚ وَمِنكُم مَّن يُرَدُّ إِلَىٰٓ أَرْذَلِ ٱلْعُمُرِ لِكَىْ لَا يَعْلَمَ بَعْدَ عِلْمٍ شَيْـًٔا ​ۚ إِنَّ ٱللَّهَ عَلِيمٌ قَدِيرٌ‮٧٠‬‬‬
Sodiq
Alloh sizlarni yaratgandir. So`ngra, U sizlarni vafot ettiradir. Sizlardan ba'zilar bilimli bo`lgandan so`ng, hech narsa bilmasligi uchun, umrning eng zaifligiga qaytariladir. Albatta, Alloh bilguvchi va qodirdir.
71
وَٱللَّهُ فَضَّلَ بَعْضَكُمْ عَلَىٰ بَعْضٍ فِى ٱلرِّزْقِ ​ۚ فَمَا ٱلَّذِينَ فُضِّلُواْ بِرَآدِّى رِزْقِهِمْ عَلَىٰ مَا مَلَكَتْ أَيْمَٰنُهُمْ فَهُمْ فِيهِ سَوَآءٌ ​ۚ أَفَبِنِعْمَةِ ٱللَّهِ يَجْحَدُونَ‮٧١‬‬‬
Sodiq
Alloh rizqda ba'zingizni ba'zingizdan afzal qildi. Bas, afzal qilinganlar o`z rizqlarini qo`llarida mulk bo`lganlarga, hamma teng bo`lsin deb, beruvchi emaslar-ku. Allohning ne'matini inkor qiladilarmi?!
72
وَٱللَّهُ جَعَلَ لَكُم مِّنْ أَنفُسِكُمْ أَزْوَٰجًا وَجَعَلَ لَكُم مِّنْ أَزْوَٰجِكُم بَنِينَ وَحَفَدَةً وَرَزَقَكُم مِّنَ ٱلطَّيِّبَٰتِ ​ۚ أَفَبِٱلْبَٰطِلِ يُؤْمِنُونَ وَبِنِعْمَتِ ٱللَّهِ هُمْ يَكْفُرُونَ‮٧٢‬‬‬
Sodiq
Alloh sizlarga o`zlaringizdan juft(halol)lar qildi va sizlarga juftlaringizdan bolalar va nabiralar qildi hamda sizlarga pok rizqlarni berdi. Botilga iymon keltiradilar-u, Allohning ne'matiga kufr keltiradilarmi?![1]

[1] Oyati karimada jon, jufti halol, farzand va nabira kabi ne'matlar haqida so`z ketmoqda. Bu orqali o`sha ulug` ne'matlarni berishga yagona Allohning o`zi haqli ekani ta'kidlanadi. Shuningdek, Alloh taolo mazkur ne'matlardan bahramand bo`lgan bandalarning yagona ilohi-ma'budi bo`lishga ham haqli ekaniga ishorat qilinadi.)
73
وَيَعْبُدُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ مَا لَا يَمْلِكُ لَهُمْ رِزْقًا مِّنَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ شَيْـًٔا وَلَا يَسْتَطِيعُونَ‮٧٣‬‬‬
Sodiq
Va Allohdan o`zga — ularga osmonlaru yerdan hech bir rizqqa molik bo`la olmaydigan va hech narsaga qodir bo`la olmaydigan — narsalarga ibodat qilurlarmi?[1]

[1] Allohdan o`zga ibodat qilayotgan o`sha narsasi nima ekanini o`ylab ko`rmaydimi? Nima uchun unga sig`inyapti o`zi? Axir, sig`inayotgan narsasi unga biror rizqni bera olmaydi-ku?! U narsa rizq ham, ne'mat ham berishga qodir emas-ku! Xo`sh, rizq berishga qodir bo`lmagan, hech bir rizq bera olmaydigan narsaga nima uchun ibodat qiladi?! Ey mushriklar!!!)
74
فَلَا تَضْرِبُواْ لِلَّهِ ٱلْأَمْثَالَ ​ۚ إِنَّ ٱللَّهَ يَعْلَمُ وَأَنتُمْ لَا تَعْلَمُونَ‮٧٤‬‬‬
Sodiq
Allohga misol keltirmanglar! Albatta, Alloh biladir. Sizlar esa, bilmassizlar.
75
۞ضَرَبَ ٱللَّهُ مَثَلًا عَبْدًا مَّمْلُوكًا لَّا يَقْدِرُ عَلَىٰ شَىْءٍ وَمَن رَّزَقْنَٰهُ مِنَّا رِزْقًا حَسَنًا فَهُوَ يُنفِقُ مِنْهُ سِرًّا وَجَهْرًا ​ۖ هَلْ يَسْتَوُۥنَ ​ۚ ٱلْحَمْدُ لِلَّهِ ​ۚ بَلْ أَكْثَرُهُمْ لَا يَعْلَمُونَ‮٧٥‬‬‬
Sodiq
Alloh hech narsaga qodir bo`lmaydigan mamluk — qul bilan Biz uni yaxshi rizq ila rizqlantirgan va o`shandan maxfiy va oshkora infoq qiladigan kimsani misol keltiradi. Ular teng bo`lurlarmi? Hamdu sano Allohgadir. Lekin ko`plari bilmaslar.[1]

[1] Ushbu misol oyati karima nozil bo`lgan joydagi arab johiliy jamiyati voqe'ligidan olingandir. Islomni inkor etib, Allohga shirk keltirayotganlarning boshliqlari Qurayshning zodagon-boylari edi. U davrdagi boylarning mamluk-qullari bor edi. Bu qullar egasiga mulk, o`zlari hech narsaga haqsiz bir jonzot edi. Ko`p rizqu ro`zga ega bo`lib, hammaga xayru ehson qilayotgan xo`jayin bilan uning hech narsasi yo`q mamluk quli teng bo`ladimi? Albatta, teng emaslar. Demak, hammaning xoliqi va roziqi Alloh taolo bilan hech narsaga qodir bo`lmagan, mushriklar ibodat qilayotgan butlar ham teng bo`la olmaydilar.)
76
وَضَرَبَ ٱللَّهُ مَثَلًا رَّجُلَيْنِ أَحَدُهُمَآ أَبْكَمُ لَا يَقْدِرُ عَلَىٰ شَىْءٍ وَهُوَ كَلٌّ عَلَىٰ مَوْلَىٰهُ أَيْنَمَا يُوَجِّههُّ لَا يَأْتِ بِخَيْرٍ ​ۖ هَلْ يَسْتَوِى هُوَ وَمَن يَأْمُرُ بِٱلْعَدْلِ ​ۙ وَهُوَ عَلَىٰ صِرَٰطٍ مُّسْتَقِيمٍ‮٧٦‬‬‬
Sodiq
Alloh ikki kishini zarbulmasal keltirdi. Birlari soqov, hech narsaga qodir bo`lmas. U o`z xojasiga yukdir. Qayerga yuborsa ham, yaxshilik keltirmas. O`sha odam bilan o`zi to`g`ri yo`lda turib, boshqalarni adolatga amr qiladigan kishi barobar bo`lurmi?
77
وَلِلَّهِ غَيْبُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ​ۚ وَمَآ أَمْرُ ٱلسَّاعَةِ إِلَّا كَلَمْحِ ٱلْبَصَرِ أَوْ هُوَ أَقْرَبُ ​ۚ إِنَّ ٱللَّهَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرٌ‮٧٧‬‬‬
Sodiq
Osmonlaru yerning g`ayb(ilm)i Allohnikidir. Soat (qiyomat) ishi esa, ko`z ochib-yumgandek yoki undan ham yaqinroqdir. Albatta, Alloh har bir narsaga qodirdir.
78
وَٱللَّهُ أَخْرَجَكُم مِّن​ۢ بُطُونِ أُمَّهَٰتِكُمْ لَا تَعْلَمُونَ شَيْـًٔا وَجَعَلَ لَكُمُ ٱلسَّمْعَ وَٱلْأَبْصَٰرَ وَٱلْأَفْـِٔدَةَ ​ۙ لَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ‮٧٨‬‬‬
Sodiq
Alloh sizni onalaringiz qornidan hech narsa bilmaydigan holingizda chiqardi. U sizga quloq, ko`zlar va dillarni berdi. Shoyadki, shukr qilsangiz.[1]

[1] Dunyoda faqat inson bolasigina juda ojiz holda tug`iladi. Boshqa hayvonlarning bolalari tug`ilgandan bir oz o`tib, harakatga tushadi, o`zi yuradi, onasini emadi va boshqa hojatlarini chiqaradi. Inson bolasi esa, yig`idan boshqa hech narsani bilmay turaveradi. Har bir narsani unga soat, kun, hafta, oy emas, balki yil davomida o`rgatish kerak. O`sha o`rganish ham Alloh bergan xususiyatlar bilan bo`ladi.)
79
أَلَمْ يَرَوْاْ إِلَى ٱلطَّيْرِ مُسَخَّرَٰتٍ فِى جَوِّ ٱلسَّمَآءِ مَا يُمْسِكُهُنَّ إِلَّا ٱللَّهُ ​ۗ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَٰتٍ لِّقَوْمٍ يُؤْمِنُونَ‮٧٩‬‬‬
Sodiq
Osmon havosidagi beminnat bo`ysundirilgan qushlarga qaramaydilarmi? Ularni faqatgina Alloh ushlab turadir, xolos. Albatta, bunda iymon keltiradigan qavmlar uchun oyat-belgilar bordir.
80
وَٱللَّهُ جَعَلَ لَكُم مِّن​ۢ بُيُوتِكُمْ سَكَنًا وَجَعَلَ لَكُم مِّن جُلُودِ ٱلْأَنْعَٰمِ بُيُوتًا تَسْتَخِفُّونَهَا يَوْمَ ظَعْنِكُمْ وَيَوْمَ إِقَامَتِكُمْ ​ۙ وَمِنْ أَصْوَافِهَا وَأَوْبَارِهَا وَأَشْعَارِهَآ أَثَٰثًا وَمَتَٰعًا إِلَىٰ حِينٍ‮٨٠‬‬‬
Sodiq
Alloh sizga uylaringizni oromgoh qildi. U sizga chorva hayvonlarining terisidan ko`chadigan va qo`nadigan kuningizda yengil ko`tariladigan uylar qildi. Ularning junlari, yunglari va qillaridan ma'lum vaqtgacha jihoz va mato bo`ladigan qildi.[1]

[1] Insonning uyi eng qulay oromgohi hisoblanadi. Uydan boshqa joyda odam oromini yo`qotadi. Shuning uchun ham Islom dinida uyga va uning osoyishta, xotirjamlik makoni bo`lishiga katta e'tibor berilgan.)
81
وَٱللَّهُ جَعَلَ لَكُم مِّمَّا خَلَقَ ظِلَٰلًا وَجَعَلَ لَكُم مِّنَ ٱلْجِبَالِ أَكْنَٰنًا وَجَعَلَ لَكُمْ سَرَٰبِيلَ تَقِيكُمُ ٱلْحَرَّ وَسَرَٰبِيلَ تَقِيكُم بَأْسَكُمْ ​ۚ كَذَٰلِكَ يُتِمُّ نِعْمَتَهُۥ عَلَيْكُمْ لَعَلَّكُمْ تُسْلِمُونَ‮٨١‬‬‬
Sodiq
Alloh sizga O`zi yaratgan narsalardan soyalar qilib qo`ydi va sizga tog`lardan boshpanalar, sizlarni issiqdan saqlaydigan kiyimlar va zarbadan saqlaydigan kiyimlar qilib qo`ydi. Shunday qilib, U sizlarga O`z ne'matini batamom qilib berdi. Shoyadki, musulmon bo`lsangiz.[1]

[1] Bu o`rinda inson, ayniqsa, ushbu oyati karima tushgan joy va vaqtning odami kundalik hayotida muhtoj bo`lib turadigan Allohning ne'matlari haqida gap ketmoqda.)
82
فَإِن تَوَلَّوْاْ فَإِنَّمَا عَلَيْكَ ٱلْبَلَٰغُ ٱلْمُبِينُ‮٨٢‬‬‬
Sodiq
Agar yuz o`girib ketsalar, bas, sening zimmangda ochiq-oydin yetkazib qo`yish, xolos.
83
يَعْرِفُونَ نِعْمَتَ ٱللَّهِ ثُمَّ يُنكِرُونَهَا وَأَكْثَرُهُمُ ٱلْكَٰفِرُونَ‮٨٣‬‬‬
Sodiq
Ular Allohning ne'matini tanirlar, keyin esa, inkor qilurlar. Ularning ko`plari kofirlardir.[1]

[1] Allohning ne'matini bila turib inkor qilgan kishi aniq kofir bo`ladi.)
84
وَيَوْمَ نَبْعَثُ مِن كُلِّ أُمَّةٍ شَهِيدًا ثُمَّ لَا يُؤْذَنُ لِلَّذِينَ كَفَرُواْ وَلَا هُمْ يُسْتَعْتَبُونَ‮٨٤‬‬‬
Sodiq
U kunda barcha ummatlardan guvoh keltirurmiz, so`ngra, kufr keltirganlarga (uzr uchun) izn ham berilmas va ular itobga ham qaytarilmaslar.[1]

[1] Qiyomatda Alloh taolo o`tgan ummatlardan har biriga o`zining payg`ambarini guvoh qilib keltiradi. Ko`pchilik oldida hamma narsa ayon bo`ladi. Sharmandasi chiqqan kofirlar, uzr aytmoqchi bo`ladilar. Ammo uzr aytishga izn berilmaydi. Ular hayoti dunyoga yana qaytarilishlarini, itobdan so`ng yaxshi ishlari qilishlariga imkon berilishini so`raydilar. Unga ham izn berilmaydi.)
85
وَإِذَا رَءَا ٱلَّذِينَ ظَلَمُواْ ٱلْعَذَابَ فَلَا يُخَفَّفُ عَنْهُمْ وَلَا هُمْ يُنظَرُونَ‮٨٥‬‬‬
Sodiq
Zulm qilganlar azobni ko`rgan vaqtlarida, ulardan u yengillatilmas va ularga muhlat ham berilmas.
86
وَإِذَا رَءَا ٱلَّذِينَ أَشْرَكُواْ شُرَكَآءَهُمْ قَالُواْ رَبَّنَا هَٰٓؤُلَآءِ شُرَكَآؤُنَا ٱلَّذِينَ كُنَّا نَدْعُواْ مِن دُونِكَ ​ۖ فَأَلْقَوْاْ إِلَيْهِمُ ٱلْقَوْلَ إِنَّكُمْ لَكَٰذِبُونَ‮٨٦‬‬‬
Sodiq
Va shirk keltirganlar o`zlarining «sherik»larini ko`rgan chog`larida: «Ey Robbimiz, anavilar bizning Sendan o`zga ibodat qilgan «sherik»larimiz», derlar. Bas, u(sherik)lar bularga: «Albatta, sizlar yolg`onchidirsizlar», deb so`z tashlarlar.[1]

[1] Bu dunyoda Allohni tan olmasdan qiyomatga kelib, Allohga «Ey Robbimiz» deb murojaat, iltijo qiladigan bo`lib qolibdilar. Avvallar boshqani Robbimiz deb yurganlar endi o`sha Robbilarini «anavilar» deydigan bo`lib qolishibdi. O`sha «anavilar» ularni adashtirib o`ziga ibodat qildirganligini yuzlariga soldilar.)
87
وَأَلْقَوْاْ إِلَى ٱللَّهِ يَوْمَئِذٍ ٱلسَّلَمَ ​ۖ وَضَلَّ عَنْهُم مَّا كَانُواْ يَفْتَرُونَ‮٨٧‬‬‬
Sodiq
O`shal kunda u(mushrik)lar Allohga taslim bo`lurlar va uydirib yurgan narsalari botil bo`lur.[1]

[1] Oxiratda butu sanamlarimiz bizga shafoatchi bo`lur, deya o`zlaricha to`qib chiqargan umidlari botil bo`ladi.)
88
ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ وَصَدُّواْ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ زِدْنَٰهُمْ عَذَابًا فَوْقَ ٱلْعَذَابِ بِمَا كَانُواْ يُفْسِدُونَ‮٨٨‬‬‬
Sodiq
Kufr keltirgan va Allohning yo`lidan to`sganlarga fasod qilganlari uchun azob ustiga azob ziyoda qildik.[1]

[1] Kofirlik yomon fasoddir. Odamlarni Allohning dinidan to`sish undan ham yomonroq fasod sanaladi.)
89
وَيَوْمَ نَبْعَثُ فِى كُلِّ أُمَّةٍ شَهِيدًا عَلَيْهِم مِّنْ أَنفُسِهِمْ ​ۖ وَجِئْنَا بِكَ شَهِيدًا عَلَىٰ هَٰٓؤُلَآءِ ​ۚ وَنَزَّلْنَا عَلَيْكَ ٱلْكِتَٰبَ تِبْيَٰنًا لِّكُلِّ شَىْءٍ وَهُدًى وَرَحْمَةً وَبُشْرَىٰ لِلْمُسْلِمِينَ‮٨٩‬‬‬
Sodiq
Har bir ummatga o`zidan guvoh olib kelgan kunimizda seni anavilarga (ummatingga) guvoh qilib keltiramiz. Senga Kitobni har bir narsani bayon qiluvchi etib, musulmonlarga hidoyat, rahmat va xushxabar qilib nozil etdik.[1]

[1] Ya'ni, qiyomat kuni har bir ummatga payg`ambarini guvoh etganimizdek, seni ham ummatingga guvoh qilib keltiramiz. Senga Qur'oni Karimni nozil qilishdan maqsad har bir narsani bayon qilib berishdir. Qur'on mo`minlar uchun Allohning rahmatidir, musulmonlar uchun hidoyatdir. Qur'oni Karim mo`minlar uchun xushxabardir, ularga iymonlari orqasidan keladigan yaxshiliklar xushxabarini beradi.)
ﻉ236Juz 14 7⁄8236ﻉ
90
۞إِنَّ ٱللَّهَ يَأْمُرُ بِٱلْعَدْلِ وَٱلْإِحْسَٰنِ وَإِيتَآئِ ذِى ٱلْقُرْبَىٰ وَيَنْهَىٰ عَنِ ٱلْفَحْشَآءِ وَٱلْمُنكَرِ وَٱلْبَغْىِ ​ۚ يَعِظُكُمْ لَعَلَّكُمْ تَذَكَّرُونَ‮٩٠‬‬‬
Sodiq
Albatta, Alloh adolatga, ehsonga, qarindoshlarga yaxshilik qilishga amr etadir va fahshu munkar (ishlardan) hamda zulmkorlikdan qaytarur. U sizlarga va'z qilur. Shoyadki, eslasangiz.[1]

[1] Abdulloh ibn Mas'ud roziyallohu anhudan qilingan rivoyatda u kishi «Qur'ondagi eng jamlovchi oyat shu oyatdir. Ergashiladigan yaxshilikni ham, chetlanishi lozim bo`lgan yomonlikni ham jamlab zikr qilgan», deydilar. Alloh buyurgan adolat — islomiy mutlaq adolatdir. Bu adolatga ko`ra, har bir shaxs, jamoat va har bir qavmga odilona muomalada bo`linadi. Hamma uchun o`lchov bir. «Ehson» — yaxshilik qilish ma'nosini anglatadi. Islomda uning eshigi keng ochilgan. «Fahsh» so`zining lug`aviy ma'nosi haddan oshishlikdir. Lekin urfda kishilar nomusiga taalluqli jinoyatlar tushuniladi. «Munkar» deganda, insonning sof tabiati inkor qiladigan ishlar ko`zda tutiladi. Buni, albatta, shariat ham inkor etadi. «Zulmkorlik» esa, haqqa tajovuz qilish va adolatni buzishdir. Darhaqiqat, bular eslashga arzigulik va'z-nasihatdir.)
91
وَأَوْفُواْ بِعَهْدِ ٱللَّهِ إِذَا عَٰهَدتُّمْ وَلَا تَنقُضُواْ ٱلْأَيْمَٰنَ بَعْدَ تَوْكِيدِهَا وَقَدْ جَعَلْتُمُ ٱللَّهَ عَلَيْكُمْ كَفِيلًا ​ۚ إِنَّ ٱللَّهَ يَعْلَمُ مَا تَفْعَلُونَ‮٩١‬‬‬
Sodiq
Agar ahdlashsangiz, Allohning ahdiga vafo qiling. Qasamlarni ta'kid qilinganidan so`ng buzmang. Batahqiq, Allohni o`zingizga kafil qilgansiz-a! Albatta, Alloh nima qilayotganingizni bilur.
92
وَلَا تَكُونُواْ كَٱلَّتِى نَقَضَتْ غَزْلَهَا مِن​ۢ بَعْدِ قُوَّةٍ أَنكَٰثًا تَتَّخِذُونَ أَيْمَٰنَكُمْ دَخَلً​ۢا بَيْنَكُمْ أَن تَكُونَ أُمَّةٌ هِىَ أَرْبَىٰ مِنْ أُمَّةٍ ​ۚ إِنَّمَا يَبْلُوكُمُ ٱللَّهُ بِهِۦ ​ۚ وَلَيُبَيِّنَنَّ لَكُمْ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ مَا كُنتُمْ فِيهِ تَخْتَلِفُونَ‮٩٢‬‬‬
Sodiq
To`qigani kuchli bo`lgandan so`ng uni so`kib yuborgan xotinga o`xshab, bir ummat boshqa ummatdan ziyodroq bo`lgani uchun, qasamlaringizni orangizga aldov vositasi qilib olmang. Albatta, bu bilan sizni Alloh sinamoqda, xolos. Albatta, U qiyomat kuni nima haqida ixtilof qilganingizni bayon qilib berur.[1]

[1] Ahdni buzish, asosan, o`z manfaatlarini ko`zlab, ko`proq kuchli tomonga yaltoqlanish maqsadida bo`ladi.)
93
وَلَوْ شَآءَ ٱللَّهُ لَجَعَلَكُمْ أُمَّةً وَٰحِدَةً وَلَٰكِن يُضِلُّ مَن يَشَآءُ وَيَهْدِى مَن يَشَآءُ ​ۚ وَلَتُسْـَٔلُنَّ عَمَّا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ‮٩٣‬‬‬
Sodiq
Agar Alloh xohlasa, sizlarni bir ummat qilar edi. Lekin xohlagan kimsani zalolatga ketkazadi va xohlagan kimsani hidoyat qiladir. Va, albatta, qilib yurgan amallaringizdan so`ralursiz.
94
وَلَا تَتَّخِذُوٓاْ أَيْمَٰنَكُمْ دَخَلً​ۢا بَيْنَكُمْ فَتَزِلَّ قَدَمُ​ۢ بَعْدَ ثُبُوتِهَا وَتَذُوقُواْ ٱلسُّوٓءَ بِمَا صَدَدتُّمْ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ ​ۖ وَلَكُمْ عَذَابٌ عَظِيمٌ‮٩٤‬‬‬
Sodiq
Qasamlaringizni orangizda aldov vositasi qilib olmang. Bas, qadam sobit bo`lganidan so`ng toymasin va Allohning yo`lidan to`sganingiz uchun yomonlikni tatib yurmang. Sizga ulkan azob bo`lmasin.
95
وَلَا تَشْتَرُواْ بِعَهْدِ ٱللَّهِ ثَمَنًا قَلِيلًا ​ۚ إِنَّمَا عِندَ ٱللَّهِ هُوَ خَيْرٌ لَّكُمْ إِن كُنتُمْ تَعْلَمُونَ‮٩٥‬‬‬
Sodiq
Allohning ahdini oz bahoga sotib yubormang. Agar bilsangiz, siz uchun, albatta, Allohning huzuridagi narsa yaxshiroqdir.
96
مَا عِندَكُمْ يَنفَدُ ​ۖ وَمَا عِندَ ٱللَّهِ بَاقٍ ​ۗ وَلَنَجْزِيَنَّ ٱلَّذِينَ صَبَرُوٓاْ أَجْرَهُم بِأَحْسَنِ مَا كَانُواْ يَعْمَلُونَ‮٩٦‬‬‬
Sodiq
Sizning huzuringizdagi narsa tugaydir. Allohning huzuridagi narsa esa, boqiydir. Albatta, Biz sabr etganlarni qilib yurgan amallarining eng go`zaliga beriladigan ajr ila mukofotlarmiz.
97
مَنْ عَمِلَ صَٰلِحًا مِّن ذَكَرٍ أَوْ أُنثَىٰ وَهُوَ مُؤْمِنٌ فَلَنُحْيِيَنَّهُۥ حَيَوٰةً طَيِّبَةً ​ۖ وَلَنَجْزِيَنَّهُمْ أَجْرَهُم بِأَحْسَنِ مَا كَانُواْ يَعْمَلُونَ‮٩٧‬‬‬
Sodiq
Erkagu ayol, kim mo`min holida yaxshi amal qilsa, Biz unga yaxshi hayot kechirtiramiz va, albatta, ularni qilib yurgan amallarining eng go`zaliga beriladigan ajr ila mukofotlarmiz.
98
فَإِذَا قَرَأْتَ ٱلْقُرْءَانَ فَٱسْتَعِذْ بِٱللَّهِ مِنَ ٱلشَّيْطَٰنِ ٱلرَّجِيمِ‮٩٨‬‬‬
Sodiq
Qur'on o`qigan chog`ingda, Allohdan quvilgan shayton (sharri)dan panoh so`ragin.[1]

[1] Ya'ni, avval «A'uzu billahi minash shaytonir rojiym»ni aytib turib, keyin Qur'on qiroatini boshlagin. «A'uzu billahi»ni aytish Qur'oni Karim tilovati uchun tilni poklaydi. Kishini Allohning kitobi Qur'oni Karimni o`qishga tayyorlaydi. Shaytonning vasvasasidan saqlaydi. Butun vujudi va shuurini Alloh tomon buradi. Ushbu oyati karimadan ulamolarimiz Qur'on o`qishni boshlamoqchi bo`lgan har bir insonga «A'uzu billahi»ni aytish vojibligi hukmini chiqarganlar. Chunki Alloh shunga amr qilmoqda. Allohning amri har bir mo`minga vojib. Uni qilmagan odam gunohkor bo`ladi.)
99
إِنَّهُۥ لَيْسَ لَهُۥ سُلْطَٰنٌ عَلَى ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَعَلَىٰ رَبِّهِمْ يَتَوَكَّلُونَ‮٩٩‬‬‬
Sodiq
Albatta, iymon keltirganlarga va o`z Robbilariga tavakkal qilganlarga u(shayton)ning sultoni yo`q.
100
إِنَّمَا سُلْطَٰنُهُۥ عَلَى ٱلَّذِينَ يَتَوَلَّوْنَهُۥ وَٱلَّذِينَ هُم بِهِۦ مُشْرِكُونَ‮١٠٠‬‬‬
Sodiq
Uning sultoni faqat uni do`st tutadiganlarga va u sababli mushrik bo`lganlarga, xolos.
101
وَإِذَا بَدَّلْنَآ ءَايَةً مَّكَانَ ءَايَةٍ ​ۙ وَٱللَّهُ أَعْلَمُ بِمَا يُنَزِّلُ قَالُوٓاْ إِنَّمَآ أَنتَ مُفْتَرٍ ​ۚ بَلْ أَكْثَرُهُمْ لَا يَعْلَمُونَ‮١٠١‬‬‬
Sodiq
Qachonki, Biz bir oyat o`rnini boshqa bir oyat ila almashtirsak, — holbuki, Alloh nimani nozil qilishni O`zi yaxshi bilguvchidir — ular: «Shubhasiz, sen uydirmachisan!» derlar. Yo`q! Ularning ko`plari bilmaslar.[1]

[1] Avvalgi o`rgangan suralarimizda Qur'ondagi ba'zi oyatlar kezi kelganda ma'lum sabablarga ko`ra nasx etilib, Alloh ularning hukmi o`rniga boshqa oyat ila boshqa hukm joriy qilishini bilgan edik. Ushbu oyatda Qur'ondagi ba'zi oyatlarning nasx bo`lishiga mushriklarning munosabatlari bildirilmoqda.)
102
قُلْ نَزَّلَهُۥ رُوحُ ٱلْقُدُسِ مِن رَّبِّكَ بِٱلْحَقِّ لِيُثَبِّتَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَهُدًى وَبُشْرَىٰ لِلْمُسْلِمِينَ‮١٠٢‬‬‬
Sodiq
Sen uni ruhul qudus Robbingdan iymon keltirganlarni sobitqadam qilish uchun va musulmonlarga hidoyat va xushxabar etib haq ila tushirganini ayt.[1]

[1] Ey Muhammad! Sen ularga Qur'onni Alloh taolo huzuridan ruhul qudus unvoniga ega bo`lgan farishta Jabroil alayhissalom olib tushganini ayt.)
103
وَلَقَدْ نَعْلَمُ أَنَّهُمْ يَقُولُونَ إِنَّمَا يُعَلِّمُهُۥ بَشَرٌ ​ۗ لِّسَانُ ٱلَّذِى يُلْحِدُونَ إِلَيْهِ أَعْجَمِىٌّ وَهَٰذَا لِسَانٌ عَرَبِىٌّ مُّبِينٌ‮١٠٣‬‬‬
Sodiq
Batahqiq, bilamizki, albatta, ular: «Unga faqat bashar ta'lim bermoqda, xolos», derlar. Ular gumon qilayotganning tili ajamiydir. Bu esa, ochiq-oydin arab tilidadir.[1]

[1] Qadimgi Quraysh kofirlari, Muhammadga Qur'onni Jabr, Balzot yoki Ya'iysh o`rgatdi, deb ajam qullarning ismlarini aytganlar. Ulardan bir ming to`rt yuz yil so`nggi kofirlar, Muhammad katta olimlarni to`plab Qur'onni yozdirdi, so`ngra ularning hammasini o`ldirib yuborib, kitobni bedapoyaga tashlab qo`ydi-da, odamlarni chaqirib kelib, mana menga osmondan kitob tushdi, deb da'vo qildi, deyishdi. Ushbu uydirmani uyalmay-netmay dars qilib o`tishdi. Ularning bu uydirmasi o`zlarining aqlsizliklariga dalolat ekanini tushunib yetishmas edi. Kofir bo`lgandan keyin shu ekan-da!)
104
إِنَّ ٱلَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ بِـَٔايَٰتِ ٱللَّهِ لَا يَهْدِيهِمُ ٱللَّهُ وَلَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ‮١٠٤‬‬‬
Sodiq
Albatta, Allohning oyatlariga iymon keltirmaydiganlarni Alloh hidoyatga solmaydi va ularga alamli azob bordir.
105
إِنَّمَا يَفْتَرِى ٱلْكَذِبَ ٱلَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ بِـَٔايَٰتِ ٱللَّهِ ​ۖ وَأُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْكَٰذِبُونَ‮١٠٥‬‬‬
Sodiq
Yolg`onni faqat Allohning oyatlariga iymon keltirmaydiganlargina to`qirlar. Ana o`shalar o`zlari yolg`onchilardir.
106
مَن كَفَرَ بِٱللَّهِ مِن​ۢ بَعْدِ إِيمَٰنِهِۦٓ إِلَّا مَنْ أُكْرِهَ وَقَلْبُهُۥ مُطْمَئِنُّ​ۢ بِٱلْإِيمَٰنِ وَلَٰكِن مَّن شَرَحَ بِٱلْكُفْرِ صَدْرًا فَعَلَيْهِمْ غَضَبٌ مِّنَ ٱللَّهِ وَلَهُمْ عَذَابٌ عَظِيمٌ‮١٠٦‬‬‬
Sodiq
Kim iymondan so`ng Allohga kufr keltirsa, — qalbi iymon ila orom topa turib zo`rlanganlar bundan mustasno — kim ko`ksini kufrga ochsa, bas, ularga Allohdan g`azab bor. Ularga ulkan azob bor.[1]

[1] Mushriklar sahobalardan Ammor ibn Yosir roziyallohu anhu va u kishining otalari Yosir roziyallohu anhu hamda onalari Sumayya roziyallohu anholarni ham tutib kelib, dindan qaytarish uchun qattiq azobladilar. Ular azoblarga chidam bilan sabr qilib, iymonlaridan qaytishga ko`nmadilar. Sumayya roziyallohu anhoning ikki oyoqlarini qoziqqa bog`lab, avrat joylariga nayza sanchdilar. So`ngra Ammorning otasi Yosir roziyallohu anhuni ham o`ldirdilar. Bu ikki ulug` inson — eru xotin Islom yo`lida, iymon uchun birinchi shahidlar bo`lish sharafiga erishdilar. Ammorning ko`z o`ngida ham onasini, ham otasini o`ldirgan mushriklar uni ham o`ldirishga qasd qilganlarida uning og`zidan kofirlarni rozi etadigan gap chiqdi. Shunda mushriklar uni o`ldirmadilar. Odamlar Payg`ambarimiz alayhissalotu vassalomning huzurlariga kelib «Ey Allohning Rasuli, Ammor murtad bo`ldi», dedilar. Bunga javoban Rasululloh alayhissalotu vassalom «Yo`q! Ammor boshidan tovonigacha iymonga to`liqdir. Iymon uning etiga ham, qoniga ham singib ketgandir», dedilar. So`ng ushbu oyat nozil bo`ldi.)
107
ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمُ ٱسْتَحَبُّواْ ٱلْحَيَوٰةَ ٱلدُّنْيَا عَلَى ٱلْـَٔاخِرَةِ وَأَنَّ ٱللَّهَ لَا يَهْدِى ٱلْقَوْمَ ٱلْكَٰفِرِينَ‮١٠٧‬‬‬
Sodiq
Bu, ularning dunyo hayotini oxiratdan ustun qo`yganlari sababidandir. Albatta, Alloh kofir qavmlarni hidoyat etmas.
108
أُوْلَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ طَبَعَ ٱللَّهُ عَلَىٰ قُلُوبِهِمْ وَسَمْعِهِمْ وَأَبْصَٰرِهِمْ ​ۖ وَأُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْغَٰفِلُونَ‮١٠٨‬‬‬
Sodiq
Ana o`shalarning qalblari, quloqlari va ko`zlariga Alloh muhr bosgandir. Ana o`shalar g`ofillardir.
109
لَا جَرَمَ أَنَّهُمْ فِى ٱلْـَٔاخِرَةِ هُمُ ٱلْخَٰسِرُونَ‮١٠٩‬‬‬
Sodiq
Hech shubha yo`qki, oxiratda ular ziyon ko`rguvchilardir.
110
ثُمَّ إِنَّ رَبَّكَ لِلَّذِينَ هَاجَرُواْ مِن​ۢ بَعْدِ مَا فُتِنُواْ ثُمَّ جَٰهَدُواْ وَصَبَرُوٓاْ إِنَّ رَبَّكَ مِن​ۢ بَعْدِهَا لَغَفُورٌ رَّحِيمٌ‮١١٠‬‬‬
Sodiq
So`ngra, albatta, Robbing fitnaga uchraganlaridan keyin hijrat etib, jihod qilgan va sabr etganlari uchun, albatta, Robbing shulardan keyin mag`firatli va rahimlidir.
ﻉ238Juz 14 8⁄8 • Sahifa 280238ﻉ
111
۞يَوْمَ تَأْتِى كُلُّ نَفْسٍ تُجَٰدِلُ عَن نَّفْسِهَا وَتُوَفَّىٰ كُلُّ نَفْسٍ مَّا عَمِلَتْ وَهُمْ لَا يُظْلَمُونَ‮١١١‬‬‬
Sodiq
U kunda har jon o`zi haqida tortishish uchun kelur va har bir jonga amaliga yarasha vafo qilinur hamda ularga zulm etilmas.[1]

[1] Ya'ni, qiyomat kunida har kim o`zini o`ylab, o`zini azobdan qutqazish payida bo`lib qoladi. Boshqalarni tamoman unutadi.)
112
وَضَرَبَ ٱللَّهُ مَثَلًا قَرْيَةً كَانَتْ ءَامِنَةً مُّطْمَئِنَّةً يَأْتِيهَا رِزْقُهَا رَغَدًا مِّن كُلِّ مَكَانٍ فَكَفَرَتْ بِأَنْعُمِ ٱللَّهِ فَأَذَٰقَهَا ٱللَّهُ لِبَاسَ ٱلْجُوعِ وَٱلْخَوْفِ بِمَا كَانُواْ يَصْنَعُونَ‮١١٢‬‬‬
Sodiq
Alloh bir shaharni zarbulmasal qiladi: u omonlik va xotirjamlikda edi. Rizqi har makondan serob holda kelib turardi. So`ng, u Allohning ne'matlariga kufr keltirdi. Bas, Alloh unga, qilgan ishlari uchun, ochlik va xavf kiyimini tottirdi.[1]

[1] Ya'ni, qilgan noshukrchiliklari, keltirgan kufrlari uchun ularga ochlik va xavfni kiyim qilib kiygazib qo`ydi. Allohning amri bilan Makkaga yetti yil qahatchilik kelgani, uning aholisi o`limtiklar, tuyaning yungi va odatda yeb bo`lmaydigan boshqa narsalarni yeganlari hammaga ma'lum. Shunday qilib, Alloh ularni to`qlikdan ochlikka chiqardi. Musulmonlar Madinai Munavvaraga hijrat etib, o`sha yerda o`z jamiyatlarini qurganlaridan so`ng esa, ahli Makkadan xotirjamlik ne'matini ham olib, ularni xavf-xatarda yashaydigan qilib qo`ydi. Ular musulmonlar Makkani fath etishi uchun kelib qolarmikan, degan xavfda yashardilar.)
113
وَلَقَدْ جَآءَهُمْ رَسُولٌ مِّنْهُمْ فَكَذَّبُوهُ فَأَخَذَهُمُ ٱلْعَذَابُ وَهُمْ ظَٰلِمُونَ‮١١٣‬‬‬
Sodiq
Batahqiq, ularga o`zlaridan Payg`ambar keldi. Bas, ular uni yolg`onchiga chiqardilar. Keyin, zolim bo`lganlari uchun, ularni azob tutdi.[1]

[1] Ahli Makka bu payg`ambarga iymon keltirish, u bilan faxrlanish o`rniga, uni yolg`onchiga chiqardi, unga turli bo`htonlar qildi va ozorlar berdi.)
114
فَكُلُواْ مِمَّا رَزَقَكُمُ ٱللَّهُ حَلَٰلًا طَيِّبًا وَٱشْكُرُواْ نِعْمَتَ ٱللَّهِ إِن كُنتُمْ إِيَّاهُ تَعْبُدُونَ‮١١٤‬‬‬
Sodiq
Bas, Alloh sizga rizq qilib bergan narsalardan halol-pok holida yeng. Va agar unga ibodat qiladigan bo`lsangiz, Allohning ne'matiga shukr qiling.
115
إِنَّمَا حَرَّمَ عَلَيْكُمُ ٱلْمَيْتَةَ وَٱلدَّمَ وَلَحْمَ ٱلْخِنزِيرِ وَمَآ أُهِلَّ لِغَيْرِ ٱللَّهِ بِهِۦ ​ۖ فَمَنِ ٱضْطُرَّ غَيْرَ بَاغٍ وَلَا عَادٍ فَإِنَّ ٱللَّهَ غَفُورٌ رَّحِيمٌ‮١١٥‬‬‬
Sodiq
Sizlarga faqat o`limtikni, qonni, cho`chqa go`shtini va Allohdan o`zgaga atab so`yilgan narsalarnigina harom qildi. Kim zolim va haddan oshuvchi bo`lmagan holida majbur bo`lib qolsa, albatta, Alloh mag`firatli va rahimlidir.[1]

[1] Insonni yaratgan va unga ne'matlarini bergan zot — Alloh taoloning O`zigina insonga nima halol va nima harom ekanini ham belgilab beradi.)
116
وَلَا تَقُولُواْ لِمَا تَصِفُ أَلْسِنَتُكُمُ ٱلْكَذِبَ هَٰذَا حَلَٰلٌ وَهَٰذَا حَرَامٌ لِّتَفْتَرُواْ عَلَى ٱللَّهِ ٱلْكَذِبَ ​ۚ إِنَّ ٱلَّذِينَ يَفْتَرُونَ عَلَى ٱللَّهِ ٱلْكَذِبَ لَا يُفْلِحُونَ‮١١٦‬‬‬
Sodiq
Allohga nisbatan yolg`on to`qish uchun tillaringiz vasf qilgan yolg`onni gapirib: «Bu halol, bu harom», deyavermanglar. Albatta, Allohga nisbatan yolg`on to`quvchilar najot topmaslar.[1]

[1] Inson ne'matni roziq Allohdan oladi. Shuning uchun insonning halol yoki harom haqida hukm chiqarishga haqqi yo`qdir. Kimki o`zi haqsiz bo`lgan narsaga aralashib, «Bu halol, bu harom», desa, Alloh taologa nisbatan yolg`on to`qigan bo`ladi.)
117
مَتَٰعٌ قَلِيلٌ وَلَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ‮١١٧‬‬‬
Sodiq
Ozgina matoh va alamli azob bor.
118
وَعَلَى ٱلَّذِينَ هَادُواْ حَرَّمْنَا مَا قَصَصْنَا عَلَيْكَ مِن قَبْلُ ​ۖ وَمَا ظَلَمْنَٰهُمْ وَلَٰكِن كَانُوٓاْ أَنفُسَهُمْ يَظْلِمُونَ‮١١٨‬‬‬
Sodiq
Yahudiy bo`lganlarga esa, senga bundan oldin aytib bergan narsalarimizni harom qildik. Biz ularga zulm qilmadik. Lekin ular o`zlariga zulm qilgan edilar.[1]

[1] Ushbu oyatda ishora etilayotgan, — Alloh yahudiylarga harom qilgan narsalar An'om surasida kelgan.)
119
ثُمَّ إِنَّ رَبَّكَ لِلَّذِينَ عَمِلُواْ ٱلسُّوٓءَ بِجَهَٰلَةٍ ثُمَّ تَابُواْ مِن​ۢ بَعْدِ ذَٰلِكَ وَأَصْلَحُوٓاْ إِنَّ رَبَّكَ مِن​ۢ بَعْدِهَا لَغَفُورٌ رَّحِيمٌ‮١١٩‬‬‬
Sodiq
So`ngra, albatta, Robbing bilmasdan yomon amal qilganlarga, undan keyin esa, tavba qilib yaxshi amallarni qilganlarga, albatta, Robbing shulardan so`ng mag`firatli va rahimlidir.
120
إِنَّ إِبْرَٰهِيمَ كَانَ أُمَّةً قَانِتًا لِّلَّهِ حَنِيفًا وَلَمْ يَكُ مِنَ ٱلْمُشْرِكِينَ‮١٢٠‬‬‬
Sodiq
Albatta, Ibrohim Allohning itoat qilguvchi, haqqa moyil ummati edi. Mushriklardan bo`lgan emas.
121
شَاكِرًا لِّأَنْعُمِهِ ​ۚ ٱجْتَبَىٰهُ وَهَدَىٰهُ إِلَىٰ صِرَٰطٍ مُّسْتَقِيمٍ‮١٢١‬‬‬
Sodiq
Uning ne'matlariga shukr qilguvchi edi. U zot uni tanlab oldi va sirotul mustaqiymga hidoyat qildi.
122
وَءَاتَيْنَٰهُ فِى ٱلدُّنْيَا حَسَنَةً ​ۖ وَإِنَّهُۥ فِى ٱلْـَٔاخِرَةِ لَمِنَ ٱلصَّٰلِحِينَ‮١٢٢‬‬‬
Sodiq
Unga bu dunyoda yaxshi (hayot) berdik. Oxiratda esa, u, albatta, solihlardandir.
123
ثُمَّ أَوْحَيْنَآ إِلَيْكَ أَنِ ٱتَّبِعْ مِلَّةَ إِبْرَٰهِيمَ حَنِيفًا ​ۖ وَمَا كَانَ مِنَ ٱلْمُشْرِكِينَ‮١٢٣‬‬‬
Sodiq
So`ngra, senga: «Ibrohimning haqqa moyil millatiga ergash. U mushriklardan bo`lmagan edi», deb vahiy qildik.
124
إِنَّمَا جُعِلَ ٱلسَّبْتُ عَلَى ٱلَّذِينَ ٱخْتَلَفُواْ فِيهِ ​ۚ وَإِنَّ رَبَّكَ لَيَحْكُمُ بَيْنَهُمْ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ فِيمَا كَانُواْ فِيهِ يَخْتَلِفُونَ‮١٢٤‬‬‬
Sodiq
Shanba, faqat, u to`g`risida ixtilof qilganlar zimmasiga yuklandi, xolos. Albatta, Robbing qiyomat kunida ular orasida ixtilof qilgan narsalari haqida hukm chiqarur.[1]

[1] Yahudiylarga farz qilingan shanba kunini ulug`lash ham Ibrohim alayhissalomning millatlarida yo`q narsa. Alloh yahudiylar ixtilof qilganlari uchun jazo sifatida joriy etgandir.)
125
ٱدْعُ إِلَىٰ سَبِيلِ رَبِّكَ بِٱلْحِكْمَةِ وَٱلْمَوْعِظَةِ ٱلْحَسَنَةِ ​ۖ وَجَٰدِلْهُم بِٱلَّتِى هِىَ أَحْسَنُ ​ۚ إِنَّ رَبَّكَ هُوَ أَعْلَمُ بِمَن ضَلَّ عَن سَبِيلِهِۦ ​ۖ وَهُوَ أَعْلَمُ بِٱلْمُهْتَدِينَ‮١٢٥‬‬‬
Sodiq
Robbingning yo`liga hikmat va yaxshi mav'iza ila da'vat qil. Va ular ila go`zal uslubda mujodala et. Albatta, Robbing O`z yo`lidan adashganlarni o`ta bilguvchi va hidoyat topguvchilarni ham o`ta bilguvchidir.[1]

[1] Avvalo, da'vat «Allohning yo`liga» bo`lmog`i kerak. Ba'zi shaxslarga, guruhlarga emas, xolis Allohning yo`liga bo`lishi kerak. Ikkinchidan, da'vat hikmat bilan amalga oshirilishi kerak. Bunda da'vat qilinayotganlarning ijtimoiy, madaniy saviyasini e'tiborga olib, og`ir kelmaydigan yo`sinda da'vat qilish lozim. Uchinchidan, da'vat yaxshi mav'iza orqali yo`lga qo`yilmog`i kerak. Kishilarni qiziqtirish uchun chiroyli gaplarni topib gapirish zarur. Ularni nafratlantirmaslik lozim. To`rtinchidan, kishilar bilan «go`zal uslubda munozara qilish» kerak. Allohning yo`liga da'vat, avvalo, fikriy harakatdir. Fikriy harakat bor joyda munozara bo`lishi turgan gap. Islom da'vatchisi munozarani g`oyatda go`zal uslubda olib borishi kerak. U raqibi bilan talashib, tortishib, baqir-chaqir, urush-janjal etmasdan, uning tab'iga yo`l topib, unga qanoat hosil qildirib, o`zi sezmagan holda Islomga moyil bo`lib qoladigan ustalik bilan munozara olib borishi lozim. Beshinchidan, da'vatchi o`z vazifasi da'vat qilish ekanini, hidoyat va zalolat Allohga bog`liqligini hech qachon unutmasligi kerak.)
126
وَإِنْ عَاقَبْتُمْ فَعَاقِبُواْ بِمِثْلِ مَا عُوقِبْتُم بِهِۦ ​ۖ وَلَئِن صَبَرْتُمْ لَهُوَ خَيْرٌ لِّلصَّٰبِرِينَ‮١٢٦‬‬‬
Sodiq
Agar iqob qiladigan bo`lsangiz, o`zingizga qilingan iqobga o`xshash iqob qiling. Agar sabr qilsangiz, albatta, u sabr qilguvchilar uchun xayrlidir.[1]

[1] O`rni kelganda sabr qilib o`ch olmaslik ham, xayr bo`lib, Islom da'vatiga foyda keltirishi mumkin.)
127
وَٱصْبِرْ وَمَا صَبْرُكَ إِلَّا بِٱللَّهِ ​ۚ وَلَا تَحْزَنْ عَلَيْهِمْ وَلَا تَكُ فِى ضَيْقٍ مِّمَّا يَمْكُرُونَ‮١٢٧‬‬‬
Sodiq
Sabr qil, sening sabring faqat Alloh ila bo`lur. Ular (holi)ga xafa bo`lma. Ular qilayotgan makrdan siqilma.
128
إِنَّ ٱللَّهَ مَعَ ٱلَّذِينَ ٱتَّقَواْ وَّٱلَّذِينَ هُم مُّحْسِنُونَ‮١٢٨‬‬‬
Sodiq
Albatta, Alloh taqvo qilganlar va go`zal ishlar qilganlar bilandir.