Sura 20
Toha
c
Toha
135 oyat |
Makka |
Sura 20 • Oyat 1 / 135 • Juz 165⁄8 • Sahifa 312
Toha
2
1
۞ طه١
Sodiq
Toha.
2
مَآ أَنزَلْنَا عَلَيْكَ ٱلْقُرْءَانَ لِتَشْقَىٰٓ٢
Sodiq
Senga Qur'onni badbaxt bo`lishing uchun nozil qilganimiz yo`q.
3
إِلَّا تَذْكِرَةً لِّمَن يَخْشَىٰ٣
Sodiq
Magar qo`rqqan kimsalarga eslatma bo`lishi uchun.
4
تَنزِيلًا مِّمَّنْ خَلَقَ ٱلْأَرْضَ وَٱلسَّمَٰوَٰتِ ٱلْعُلَى٤
Sodiq
U, yerni va yuksak osmonlarni yaratgan Zotdan nozil bo`lgandir.
5
ٱلرَّحْمَٰنُ عَلَى ٱلْعَرْشِ ٱسْتَوَىٰ٥
Sodiq
U — Rohman (Zoti va ulug`ligiga munosib ravishda) Arshga ko`tarildi.[1]
[1] Rohman sifatining sohibi Alloh ulug`ligiga munosib ravishda Arshga yuksaldi. Arshga ko`tarilish, oliy bo`lishning esa, o`xshashi yo`q, misli yo`q, shakli ham yo`q. Uning yuksalishi o`ziga xos.)
6
لَهُۥ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ وَمَا بَيْنَهُمَا وَمَا تَحْتَ ٱلثَّرَىٰ٦
Sodiq
Osmonlardagi narsalaru yerdagi narsalar, ularning orasidagi narsalaru yer ostidagi narsalar Unikidir.
7
وَإِن تَجْهَرْ بِٱلْقَوْلِ فَإِنَّهُۥ يَعْلَمُ ٱلسِّرَّ وَأَخْفَى٧
Sodiq
Sen agar so`zda ovozingni yuksaltirsang ham. Bas, albatta, U sirni ham, maxfiyni ham bilguvchidir.
8
ٱللَّهُ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ۖ لَهُ ٱلْأَسْمَآءُ ٱلْحُسْنَىٰ٨
Sodiq
Alloh — Undan boshqa ibodatga sazovor iloh yo`q Zotdir. Go`zal ismlar Unikidir.
9
وَهَلْ أَتَىٰكَ حَدِيثُ مُوسَىٰٓ٩
Sodiq
Senga Musoning xabari keldimi?
10
إِذْ رَءَا نَارًا فَقَالَ لِأَهْلِهِ ٱمْكُثُوٓاْ إِنِّىٓ ءَانَسْتُ نَارًا لَّعَلِّىٓ ءَاتِيكُم مِّنْهَا بِقَبَسٍ أَوْ أَجِدُ عَلَى ٱلنَّارِ هُدًى١٠
Sodiq
U, olovni ko`rgan chog`ida o`z ahliga: «Turib turinglar, men olovni ko`rdim, shoyad, sizga undan cho`g` keltirsam yoki olov boshida yo`l ko`rsatuvchini topsam», dedi.[1]
[1] Oyati karimada Muso alayhissalom Madyandan Misrga kelayotganlarida ro`y bergan hodisa bayon etilmoqda.)
11
فَلَمَّآ أَتَىٰهَا نُودِىَ يَٰمُوسَىٰٓ١١
Sodiq
Bas, u(olov)ga kelganida, nido qilindi: «Ey Muso.
12
إِنِّىٓ أَنَا۠ رَبُّكَ فَٱخْلَعْ نَعْلَيْكَ ۖ إِنَّكَ بِٱلْوَادِ ٱلْمُقَدَّسِ طُوًى١٢
Sodiq
Albatta, Men O`zim sening Robbingdirman. Kavushlaringni yech. Chunki, sen muqaddas Tuvo vodiysidasan».
13
وَأَنَا ٱخْتَرْتُكَ فَٱسْتَمِعْ لِمَا يُوحَىٰٓ١٣
Sodiq
Men seni ixtiyor qilib oldim. Vahiy qilinadigan narsaga quloq os.
14
إِنَّنِىٓ أَنَا ٱللَّهُ لَآ إِلَٰهَ إِلَّآ أَنَاْ فَٱعْبُدْنِى وَأَقِمِ ٱلصَّلَوٰةَ لِذِكْرِىٓ١٤
Sodiq
Albatta, Men O`zim Allohdirman. Mendan o`zga iloh yo`q. Bas, Menga ibodat qil va Meni zikr etish uchun namozni to`kis ado et.
15
إِنَّ ٱلسَّاعَةَ ءَاتِيَةٌ أَكَادُ أُخْفِيهَا لِتُجْزَىٰ كُلُّ نَفْسٍ بِمَا تَسْعَىٰ١٥
Sodiq
Albatta, soat (qiyomat) kelguvchidir. Har bir jon sa'yi-harakatiga yarasha jazo olishi uchun uni maxfiy tuturman.
16
فَلَا يَصُدَّنَّكَ عَنْهَا مَن لَّا يُؤْمِنُ بِهَا وَٱتَّبَعَ هَوَىٰهُ فَتَرْدَىٰ١٦
Sodiq
Unga iymon keltirmaydiganlar va havoyi nafsiga ergashganlar seni hargiz undan to`smasinlar. U holda halok bo`lasan.
17
وَمَا تِلْكَ بِيَمِينِكَ يَٰمُوسَىٰ١٧
Sodiq
Ey Muso, qo`lingdagi nima?»
18
قَالَ هِىَ عَصَاىَ أَتَوَكَّؤُاْ عَلَيْهَا وَأَهُشُّ بِهَا عَلَىٰ غَنَمِى وَلِىَ فِيهَا مَـَٔارِبُ أُخْرَىٰ١٨
Sodiq
U: «Bu asoimdir, unga suyanaman, u bilan qo`ylarimga (barg) qoqib beraman va unda mening boshqa ishlarim bor», dedi.
19
قَالَ أَلْقِهَا يَٰمُوسَىٰ١٩
Sodiq
U: «Ey Muso, uni tashla», dedi.
20
فَأَلْقَىٰهَا فَإِذَا هِىَ حَيَّةٌ تَسْعَىٰ٢٠
Sodiq
Bas, uni tashladi. Birdan u (aso) ilon bo`lib yura boshladi.
21
قَالَ خُذْهَا وَلَا تَخَفْ ۖ سَنُعِيدُهَا سِيرَتَهَا ٱلْأُولَىٰ٢١
Sodiq
U zot: «Uni ol, qo`rqma. Biz uni avvalgi holiga keltiramiz.
22
وَٱضْمُمْ يَدَكَ إِلَىٰ جَنَاحِكَ تَخْرُجْ بَيْضَآءَ مِنْ غَيْرِ سُوٓءٍ ءَايَةً أُخْرَىٰ٢٢
Sodiq
Qo`lingni qo`ltig`ingga tiq, yomonliksiz oppoq bo`lib chiqadir. Bu boshqa bir mo`'jizadir.[1]
[1] Qo`l oppoq bo`ldi, ammo bu oqlikda yomonlik yo`qdir. Yaxshilik bor. Juda chiroyli bo`lib ko`rinadi. Bunday bo`lishi sening payg`ambar ekanligingni tasdiqlovchi asodan keyingi yana bir mo`'jizadir.)
23
لِنُرِيَكَ مِنْ ءَايَٰتِنَا ٱلْكُبْرَى٢٣
Sodiq
Biz senga buyuk mo`'jizalarimizni ko`rsatish uchun (shunday qildik).
24
ٱذْهَبْ إِلَىٰ فِرْعَوْنَ إِنَّهُۥ طَغَىٰ٢٤
Sodiq
Sen Fir'avnga bor, chunki, u tug`yonga ketdi», dedi.
25
قَالَ رَبِّ ٱشْرَحْ لِى صَدْرِى٢٥
Sodiq
U: «Ey Robbim, mening qalbimni keng qil.
Qur'oniy duolar
Oyat 20:25 26
وَيَسِّرْ لِىٓ أَمْرِى٢٦
Sodiq
Mening ishimni oson qil.
27
وَٱحْلُلْ عُقْدَةً مِّن لِّسَانِى٢٧
Sodiq
Tilimdagi tugunni yechgin.
28
يَفْقَهُواْ قَوْلِى٢٨
Sodiq
So`zimni anglasinlar.
29
وَٱجْعَل لِّى وَزِيرًا مِّنْ أَهْلِى٢٩
Sodiq
Menga o`z ahlimdan bir vazir qilib ber.
30
هَٰرُونَ أَخِى٣٠
Sodiq
Og`am Horunni.
31
ٱشْدُدْ بِهِۦٓ أَزْرِى٣١
Sodiq
U bilan belimni quvvatla.
32
وَأَشْرِكْهُ فِىٓ أَمْرِى٣٢
Sodiq
Uni ishimga sherik ayla.
33
كَىْ نُسَبِّحَكَ كَثِيرًا٣٣
Sodiq
Senga ko`p tasbih aytishimiz uchun.
34
وَنَذْكُرَكَ كَثِيرًا٣٤
Sodiq
Va Seni ko`p zikr qilishimiz uchun.
35
إِنَّكَ كُنتَ بِنَا بَصِيرًا٣٥
Sodiq
Albatta, Sen O`zing bizni ko`rib turuvchi eding», dedi.
36
قَالَ قَدْ أُوتِيتَ سُؤْلَكَ يَٰمُوسَىٰ٣٦
Sodiq
U zot: «Ey Muso, senga so`raganing berildi.[1]
[1] Bir og`iz gap bilan hal qilib qo`ydi. Nimani so`ragan bo`lsalar, berdi.)
37
وَلَقَدْ مَنَنَّا عَلَيْكَ مَرَّةً أُخْرَىٰٓ٣٧
Sodiq
Batahqiq, Biz senga boshqa marta ham ne'mat bergan edik.[1]
[1] Ya'ni, hozir bergan ne'matlarimizdan boshqa ham ne'mat bergan edik.)
38
إِذْ أَوْحَيْنَآ إِلَىٰٓ أُمِّكَ مَا يُوحَىٰٓ٣٨
Sodiq
O`shanda onangga ilhom qilinadigan narsani ilhom qilib.
39
أَنِ ٱقْذِفِيهِ فِى ٱلتَّابُوتِ فَٱقْذِفِيهِ فِى ٱلْيَمِّ فَلْيُلْقِهِ ٱلْيَمُّ بِٱلسَّاحِلِ يَأْخُذْهُ عَدُوٌّ لِّى وَعَدُوٌّ لَّهُۥ ۚ وَأَلْقَيْتُ عَلَيْكَ مَحَبَّةً مِّنِّى وَلِتُصْنَعَ عَلَىٰ عَيْنِىٓ٣٩
Sodiq
«Uni tobutga sol, uni esa, daryoga tashla. Daryo uni sohilga otsin. Uni Mening dushmanim va uning dushmani oladi», dedik. Va senga O`zimdan muhabbat soldim. Buni Mening ko`z oldimda yetishtirilishing uchun (qildim).[1]
[1] Musoning onasi Alloh bergan ilhom bilan uni sandiqqa solib, suvga oqizib yuboradi. Musoning o`z ko`zi ostida voyaga yetishi uchun dushman Fir'avnning uyiga uni joylashtirgan, qalbiga uning muhabbatini solgan Zot onaning farzand firoqida qiynalishiga ham barham berdi. Murg`ak Muso ayollarning bittasini ham emmay qo`ydi. Musoning opasini Fir'avn saroyiga yuborib, shu bolani emizadigan ayol bor, deb aytishni buyuradi.)
40
إِذْ تَمْشِىٓ أُخْتُكَ فَتَقُولُ هَلْ أَدُلُّكُمْ عَلَىٰ مَن يَكْفُلُهُۥ ۖ فَرَجَعْنَٰكَ إِلَىٰٓ أُمِّكَ كَىْ تَقَرَّ عَيْنُهَا وَلَا تَحْزَنَ ۚ وَقَتَلْتَ نَفْسًا فَنَجَّيْنَٰكَ مِنَ ٱلْغَمِّ وَفَتَنَّٰكَ فُتُونًا ۚ فَلَبِثْتَ سِنِينَ فِىٓ أَهْلِ مَدْيَنَ ثُمَّ جِئْتَ عَلَىٰ قَدَرٍ يَٰمُوسَىٰ٤٠
Sodiq
O`shanda opang yurib borib: «Uni kafillikka oladiganlarga dalolat qilaymi?» – degan edi. Bas, Biz seni ko`zi quvonishi va xafa bo`lmasligi uchun onangga qaytardik. Va bir jonni o`ldirding. Bas, Biz seni g`amdan qutqardik va turli sinovlar ila sinadik. So`ngra, Madyan ahli ila yillarcha qolding va taqdirga binoan kelding, ey Muso!
41
وَٱصْطَنَعْتُكَ لِنَفْسِى٤١
Sodiq
Men seni O`zim uchun tanladim.[1]
[1] Ya'ni, payg`ambar qilib oldim. Keyin esa, payg`ambarlik vazifasiga oid topshiriqlar berildi)
42
ٱذْهَبْ أَنتَ وَأَخُوكَ بِـَٔايَٰتِى وَلَا تَنِيَا فِى ذِكْرِى٤٢
Sodiq
Sen va og`ang mo`'jizalarimni olib boringlar va Meni zikr etishda sustkashlik qilmanglar.
43
ٱذْهَبَآ إِلَىٰ فِرْعَوْنَ إِنَّهُۥ طَغَىٰ٤٣
Sodiq
Fir'avnga boringlar! Chunki, u tug`yonga ketdi.
44
فَقُولَا لَهُۥ قَوْلًا لَّيِّنًا لَّعَلَّهُۥ يَتَذَكَّرُ أَوْ يَخْشَىٰ٤٤
Sodiq
Bas, unga yumshoq so`z aytinglar. Shoyad, eslasa yoki qo`rqsa».[1]
[1] Yumshoq so`z ta'sir qilishi mumkin. Yumshoq so`z kofirni va tug`yonga ketgan shaxsni ham muloyim qilib qo`yishi mumkin. Shoyad Fir'avn ham o`ziga kelib, insof qilsa.)
45
قَالَا رَبَّنَآ إِنَّنَا نَخَافُ أَن يَفْرُطَ عَلَيْنَآ أَوْ أَن يَطْغَىٰ٤٥
Sodiq
Ikkovlari: «Ey Robbimiz, biz uning tezda bizga yomonlik qilishidan yoki haddan oshishidan qo`rqamiz», dedilar.
46
قَالَ لَا تَخَافَآ ۖ إِنَّنِى مَعَكُمَآ أَسْمَعُ وَأَرَىٰ٤٦
Sodiq
U zot: «Qo`rqmanglar! Albatta, Men sizlar bilanman, eshitaman va ko`raman.
47
فَأْتِيَاهُ فَقُولَآ إِنَّا رَسُولَا رَبِّكَ فَأَرْسِلْ مَعَنَا بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ وَلَا تُعَذِّبْهُمْ ۖ قَدْ جِئْنَٰكَ بِـَٔايَةٍ مِّن رَّبِّكَ ۖ وَٱلسَّلَٰمُ عَلَىٰ مَنِ ٱتَّبَعَ ٱلْهُدَىٰٓ٤٧
Sodiq
Bas, uning oldiga boringlar va unga: «Albatta, biz Robbingning Payg`ambarlarimiz, Bani Isroilni biz bilan qo`yib yubor. Ularni azoblama. Batahqiq, biz senga Robbingdan mo`'jiza keltirdik. Hidoyatga ergashgan kimsaga salom bo`lur.
48
إِنَّا قَدْ أُوحِىَ إِلَيْنَآ أَنَّ ٱلْعَذَابَ عَلَىٰ مَن كَذَّبَ وَتَوَلَّىٰ٤٨
Sodiq
Albatta, bizga vahiy qilindiki, «Yolg`onga chiqarganlarga va yuz o`girib ketganlarga, shubhasiz, azob bo`lur», denglar», dedi.
49
قَالَ فَمَن رَّبُّكُمَا يَٰمُوسَىٰ٤٩
Sodiq
U: «Ey Muso, ikkovingizning Robbingiz kim?» – dedi.
50
قَالَ رَبُّنَا ٱلَّذِىٓ أَعْطَىٰ كُلَّ شَىْءٍ خَلْقَهُۥ ثُمَّ هَدَىٰ٥٠
Sodiq
U: «Bizning Robbimiz har narsaga o`z yaratilishini bergan hamda uni hidoyatga solgan Zotdir», dedi.
51
قَالَ فَمَا بَالُ ٱلْقُرُونِ ٱلْأُولَىٰ٥١
Sodiq
U: «O`tgan asrlarning holi nedir?» – dedi.
52
قَالَ عِلْمُهَا عِندَ رَبِّى فِى كِتَٰبٍ ۖ لَّا يَضِلُّ رَبِّى وَلَا يَنسَى٥٢
Sodiq
U: «Ularning ilmi Robbim huzurida, kitobdadir. Robbim adashmas va unutmas», dedi.[1]
[1] Ya'ni, o`tgan asrlar haqidagi barcha ilm Robbim huzuridagi kitobda yozilgandir. Qancha asrlar o`tib, qancha odamlar yashab, nima ishlar qilgan bo`lsalar, hamma-hammasi Robbim huzurida turibdi, kitobda yozilgan. Shunga qarab jazolaydi yoki mukofotlaydi.)
53
ٱلَّذِى جَعَلَ لَكُمُ ٱلْأَرْضَ مَهْدًا وَسَلَكَ لَكُمْ فِيهَا سُبُلًا وَأَنزَلَ مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءً فَأَخْرَجْنَا بِهِۦٓ أَزْوَٰجًا مِّن نَّبَاتٍ شَتَّىٰ٥٣
Sodiq
«U sizga yerni beshik qilgan, sizga unda yo`llar ochgan va osmondan suv tushirgan Zotdir». Bas, o`sha (suv) ila turli nabototlar juftlarini chiqardik.
54
كُلُواْ وَٱرْعَوْاْ أَنْعَٰمَكُمْ ۗ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَٰتٍ لِّأُوْلِى ٱلنُّهَىٰ٥٤
Sodiq
Yenglar va chorvalaringizni boqinglar. Albatta, bunda aql egalari uchun ibratlar bordir.
55
۞مِنْهَا خَلَقْنَٰكُمْ وَفِيهَا نُعِيدُكُمْ وَمِنْهَا نُخْرِجُكُمْ تَارَةً أُخْرَىٰ٥٥
Sodiq
Sizlarni undan yaratdik, unga qaytaramiz va yana bir bor undan chiqarib olamiz.[1]
[1] Ya'ni, Biz sizlarni yerdan yaratdik, o`lganingizdan so`ng yana unga qaytaramiz. Qiyomat kuni esa, sizlarni qayta tiriltirib, yerdan chiqarib olamiz. Ey Fir'avn, sen ham odamsan, sening ham boshingga shu kun tushadi.)
56
وَلَقَدْ أَرَيْنَٰهُ ءَايَٰتِنَا كُلَّهَا فَكَذَّبَ وَأَبَىٰ٥٦
Sodiq
Batahqiq, Biz unga oyat-mo`'jizalarimizning hammasini ko`rsatdik. Bas, u yolg`onga chiqardi va bosh tortdi.
57
قَالَ أَجِئْتَنَا لِتُخْرِجَنَا مِنْ أَرْضِنَا بِسِحْرِكَ يَٰمُوسَىٰ٥٧
Sodiq
U: «Ey Muso, bizni yerimizdan chiqarish uchun sehring ila keldingmi?!
58
فَلَنَأْتِيَنَّكَ بِسِحْرٍ مِّثْلِهِۦ فَٱجْعَلْ بَيْنَنَا وَبَيْنَكَ مَوْعِدًا لَّا نُخْلِفُهُۥ نَحْنُ وَلَآ أَنتَ مَكَانًا سُوًى٥٨
Sodiq
Bas, albatta, biz ham unga o`xshash sehr keltiramiz, biz bilan o`zing orangda va'da vaqti tayin qil, unga biz ham, sen ham xilof qilmaydigan bo`laylik, o`rta joy bo`lsin», dedi.
59
قَالَ مَوْعِدُكُمْ يَوْمُ ٱلزِّينَةِ وَأَن يُحْشَرَ ٱلنَّاسُ ضُحًى٥٩
Sodiq
U: «Va'da vaqtingiz ziynat kuni. Odamlarning choshtgohda to`planishi», dedi.[1]
[1] Misrliklarning «ziynat kuni» katta bayrami bo`lib, unda barcha xaloyiq ziynatli kiyimlar kiyib chiqar edilar. Muso alayhissalom hamma guvoh bo`lsin deb ziynat kunini tanladilar.)
60
فَتَوَلَّىٰ فِرْعَوْنُ فَجَمَعَ كَيْدَهُۥ ثُمَّ أَتَىٰ٦٠
Sodiq
Bas, Fir'avn qaytib ketdi, so`ngra, hiylasini yig`ib keldi.[1]
[1] Oyati karima, uchta holatni tasvir etmoqda. Fir'avn Muso alayhissalom bilan bo`lgan uchrashuvdan qaytib ketdi. Keyin hiylasini yig`di — hamma kuchli sehrgarlarini to`pladi. So`ngra yana qaytib keldi. Tortishuv, musobaqaga tayyorgarlik nihoyasiga yetdi.)
61
قَالَ لَهُم مُّوسَىٰ وَيْلَكُمْ لَا تَفْتَرُواْ عَلَى ٱللَّهِ كَذِبًا فَيُسْحِتَكُم بِعَذَابٍ ۖ وَقَدْ خَابَ مَنِ ٱفْتَرَىٰ٦١
Sodiq
Ularga Muso: «Holingizga voy! Allohga nisbatan yolg`on uydirmang, bas, sizni azob ila butunlay halok qilur. Batahqiq, kim yolg`on uydirsa, noumid bo`lur», dedi.
62
فَتَنَٰزَعُوٓاْ أَمْرَهُم بَيْنَهُمْ وَأَسَرُّواْ ٱلنَّجْوَىٰ٦٢
Sodiq
Bas, ular ishlari haqida o`zaro asta shivirlashib, munozara qila boshladilar.
63
قَالُوٓاْ إِنْ هَٰذَٰنِ لَسَٰحِرَٰنِ يُرِيدَانِ أَن يُخْرِجَاكُم مِّنْ أَرْضِكُم بِسِحْرِهِمَا وَيَذْهَبَا بِطَرِيقَتِكُمُ ٱلْمُثْلَىٰ٦٣
Sodiq
Ular: «Albatta, bu ikkovi sehrgardirlar. Sizni sehrlari bilan yerlaringizdan chiqarishni va sizning afzal yo`lingizni yo`qotishni xohlarlar.
64
فَأَجْمِعُواْ كَيْدَكُمْ ثُمَّ ٱئْتُواْ صَفًّا ۚ وَقَدْ أَفْلَحَ ٱلْيَوْمَ مَنِ ٱسْتَعْلَىٰ٦٤
Sodiq
Bas, makr-hiylangizni jamlab, bir saf bo`lib keling. Batahqiq, bugungi kunda kim ustun kelsa, o`sha g`olib bo`lur», dedilar.
65
قَالُواْ يَٰمُوسَىٰٓ إِمَّآ أَن تُلْقِىَ وَإِمَّآ أَن نَّكُونَ أَوَّلَ مَنْ أَلْقَىٰ٦٥
Sodiq
Ular: «Ey Muso, sen tashlaysanmi yoki biz avval tashlovchi bo`laylikmi?» – dedilar.
66
قَالَ بَلْ أَلْقُواْ ۖ فَإِذَا حِبَالُهُمْ وَعِصِيُّهُمْ يُخَيَّلُ إِلَيْهِ مِن سِحْرِهِمْ أَنَّهَا تَسْعَىٰ٦٦
Sodiq
U: «Yo`q. Sizlar tashlang», dedi. Birdan ularning arqonlari va asolari unga sehrlaridan xuddi harakatlanayotgandek bo`lib ko`rindi.
67
فَأَوْجَسَ فِى نَفْسِهِۦ خِيفَةً مُّوسَىٰ٦٧
Sodiq
Bas, Muso ichida xavf his etdi.
68
قُلْنَا لَا تَخَفْ إِنَّكَ أَنتَ ٱلْأَعْلَىٰ٦٨
Sodiq
Biz: «Qo`rqma, albatta, sen ustunsan.
69
وَأَلْقِ مَا فِى يَمِينِكَ تَلْقَفْ مَا صَنَعُوٓاْ ۖ إِنَّمَا صَنَعُواْ كَيْدُ سَٰحِرٍ ۖ وَلَا يُفْلِحُ ٱلسَّاحِرُ حَيْثُ أَتَىٰ٦٩
Sodiq
Qo`lingdagi narsani tashlagin, ularning qilgan hunarini yutib yuborur. Ularning qilgan hunari sehrgarning hiylasi, xolos. Sehrgar qayerda bo`lsa ham, zafar topmas», dedik.[1]
[1] Fir'avnlar va ularning gumashtalari-sehrgarlari doimo hiyla-nayranglar ila xalqning ko`zini bo`yab kelganlar. Ularning botili haq ko`rinmagan paytda o`tadi, xolos. Haq kelganida, botil yo`q bo`ladi. Sen Robbingdan haq keltirding, endi ularning botili yo`qoladi. Alloh taoloning amri ila Muso alayhissalom qo`llaridagi asoni yerga tashladilar. U sehrgarlarning hunarini yutib yubordi.)
70
فَأُلْقِىَ ٱلسَّحَرَةُ سُجَّدًا قَالُوٓاْ ءَامَنَّا بِرَبِّ هَٰرُونَ وَمُوسَىٰ٧٠
Sodiq
Bas, sehrgarlar: «Horun va Musoning Robbiga iymon keltirdik», deb sajdaga tashlandilar.
71
قَالَ ءَامَنتُمْ لَهُۥ قَبْلَ أَنْ ءَاذَنَ لَكُمْ ۖ إِنَّهُۥ لَكَبِيرُكُمُ ٱلَّذِى عَلَّمَكُمُ ٱلسِّحْرَ ۖ فَلَأُقَطِّعَنَّ أَيْدِيَكُمْ وَأَرْجُلَكُم مِّنْ خِلَٰفٍ وَلَأُصَلِّبَنَّكُمْ فِى جُذُوعِ ٱلنَّخْلِ وَلَتَعْلَمُنَّ أَيُّنَآ أَشَدُّ عَذَابًا وَأَبْقَىٰ٧١
Sodiq
U: «Sizga izn bermasimdan oldin unga iymon keltirdingizmi?! Albatta, u sizga sehr o`rgatgan kattangizdir! Bas, albatta, qo`l-oyoqlaringizni qarama-qarshisidan kesurman va, albatta, sizlarni xurmo tanasiga osurman, albatta, qaysi birimizning azobimiz shiddatliroq va boqiyroq ekanini bilursiz», dedi.[1]
[1] Fir'avn o`z qarichi bilan o`lchar edi. U tahdid, azob-uqubat, qiynash, chopish-kesish, o`ldirish bilan odamlarni izmimda ushlab turaman, deb xayol qilardi. Ammo insonning qalbiga haqiqiy iymon kirganida, uning bu choralari zarracha ham ta'sir qilmay qolishini anglamasdi. Uning sobiq sehrgarlari qalbiga ana shunday iymon jo bo`lgan edi. Endi ular Fir'avnning hech qanday do`q-po`pisalaridan qo`rqmasdilar.)
72
قَالُواْ لَن نُّؤْثِرَكَ عَلَىٰ مَا جَآءَنَا مِنَ ٱلْبَيِّنَٰتِ وَٱلَّذِى فَطَرَنَا ۖ فَٱقْضِ مَآ أَنتَ قَاضٍ ۖ إِنَّمَا تَقْضِى هَٰذِهِ ٱلْحَيَوٰةَ ٱلدُّنْيَآ٧٢
Sodiq
Ular: «Biz seni zinhor o`zimizga kelgan ochiq-oydin (mo`'jiza)lardan va bizni yaratgan Zotdan ustun qo`ymasmiz. Bas, nima hukm qilsang, qilaver. Sen faqat hayoti dunyoda hukm chiqarasan, xolos.
73
إِنَّآ ءَامَنَّا بِرَبِّنَا لِيَغْفِرَ لَنَا خَطَٰيَٰنَا وَمَآ أَكْرَهْتَنَا عَلَيْهِ مِنَ ٱلسِّحْرِ ۗ وَٱللَّهُ خَيْرٌ وَأَبْقَىٰٓ٧٣
Sodiq
Albatta, biz Robbimiz xatolarimizni va sen bizni majbur qilgan sehrni mag`firat qilishi uchun iymon keltirdik. Alloh yaxshi va boqiydir», dedilar.
74
إِنَّهُۥ مَن يَأْتِ رَبَّهُۥ مُجْرِمًا فَإِنَّ لَهُۥ جَهَنَّمَ لَا يَمُوتُ فِيهَا وَلَا يَحْيَىٰ٧٤
Sodiq
Shubhasiz, kim Robbiga jinoyatchi bo`lgan holida kelsa, unga albatta jahannam bordir. U yerda u o`lib o`lmas, yashab yashamas.
75
وَمَن يَأْتِهِۦ مُؤْمِنًا قَدْ عَمِلَ ٱلصَّٰلِحَٰتِ فَأُوْلَٰٓئِكَ لَهُمُ ٱلدَّرَجَٰتُ ٱلْعُلَىٰ٧٥
Sodiq
Kim Unga mo`min o`laroq, yaxshi amallar qilgan holida kelsa, bas, ana o`shalarga oliy darajalar.
76
جَنَّٰتُ عَدْنٍ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَٰرُ خَٰلِدِينَ فِيهَا ۚ وَذَٰلِكَ جَزَآءُ مَن تَزَكَّىٰ٧٦
Sodiq
Ostidan anhorlar oqib turgan adn jannatlari bor. Unda abadiy qolurlar. Ana shu, pok bo`lganning mukofotidir.
77
وَلَقَدْ أَوْحَيْنَآ إِلَىٰ مُوسَىٰٓ أَنْ أَسْرِ بِعِبَادِى فَٱضْرِبْ لَهُمْ طَرِيقًا فِى ٱلْبَحْرِ يَبَسًا لَّا تَخَٰفُ دَرَكًا وَلَا تَخْشَىٰ٧٧
Sodiq
Batahqiq, Biz Musoga: «Sen bandalarim ila kechasi yo`lga tush, ularga dengizdan quruq yo`l och, yetib olishlaridan xavf qilma va qo`rqma», deb vahiy qildik.[1]
[1] Muso alayhissalom Alloh taoloning amrini amalga oshirdi. Bani Isroil bilan kechasi yo`lga chiqdilar. Dengizga bordilar, asolari bilan urib, yo`l ochdilar. Allohning amri ila dengiz ikkiga yorilib, quruq yer — yo`l ochildi. Bani Isroil eson-omon o`tib oldi.)
78
فَأَتْبَعَهُمْ فِرْعَوْنُ بِجُنُودِهِۦ فَغَشِيَهُم مِّنَ ٱلْيَمِّ مَا غَشِيَهُمْ٧٨
Sodiq
Bas, Fir'avn askarlari ila ularning ortidan ta'qib etdi. Dengiz ularni o`raganicha o`rab oldi.
79
وَأَضَلَّ فِرْعَوْنُ قَوْمَهُۥ وَمَا هَدَىٰ٧٩
Sodiq
Fir'avn o`z qavmini adashtirdi, to`g`ri yo`lga boshlamadi.[1]
[1] Xudoga emas, fir'avnlarga ergashganlar doimo shunday oqibat topadilar. Alloh taolo Fir'avn va askarlarini g`arq etib, Bani Isroilni zulm, jabr-sitamdan ozod qildi.)
80
يَٰبَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ قَدْ أَنجَيْنَٰكُم مِّنْ عَدُوِّكُمْ وَوَٰعَدْنَٰكُمْ جَانِبَ ٱلطُّورِ ٱلْأَيْمَنَ وَنَزَّلْنَا عَلَيْكُمُ ٱلْمَنَّ وَٱلسَّلْوَىٰ٨٠
Sodiq
Ey, Bani Isroil, batahqiq, Biz sizni dushmaningizdan qutqardik va siz bilan Turning o`ng tomonini va'dalashdik hamda sizlarga mann va bedana tushirdik.[1]
[1] Alloh taolo ushbu oyati karimada Bani Isroilga uch turlik ne'matini eslatmoqda.)
81
كُلُواْ مِن طَيِّبَٰتِ مَا رَزَقْنَٰكُمْ وَلَا تَطْغَوْاْ فِيهِ فَيَحِلَّ عَلَيْكُمْ غَضَبِى ۖ وَمَن يَحْلِلْ عَلَيْهِ غَضَبِى فَقَدْ هَوَىٰ٨١
Sodiq
Biz sizga rizq qilib bergan pok narsalardan yenglar, unda haddingizdan oshmang, yana, boshingizga g`azabim tushib qolmasin. Kimning boshiga g`azabim tushsa, bas, batahqiq, halok bo`libdi.
82
وَإِنِّى لَغَفَّارٌ لِّمَن تَابَ وَءَامَنَ وَعَمِلَ صَٰلِحًا ثُمَّ ٱهْتَدَىٰ٨٢
Sodiq
Albatta, Men tavba qilgan, iymon keltirib, yaxshi amal qilgan, so`ngra to`g`ri yurganlarni ko`plab mag`firat qilguvchiman.
83
۞وَمَآ أَعْجَلَكَ عَن قَوْمِكَ يَٰمُوسَىٰ٨٣
Sodiq
Ey Muso, seni qavmingdan nima ilgarilatdi?
84
قَالَ هُمْ أُوْلَآءِ عَلَىٰٓ أَثَرِى وَعَجِلْتُ إِلَيْكَ رَبِّ لِتَرْضَىٰ٨٤
Sodiq
U: «Ular ana izimdalar. Rozi bo`lishing uchun men Senga shoshdim, ey Robbim», dedi.
85
قَالَ فَإِنَّا قَدْ فَتَنَّا قَوْمَكَ مِنۢ بَعْدِكَ وَأَضَلَّهُمُ ٱلسَّامِرِىُّ٨٥
Sodiq
U zot: «Batahqiq, Biz qavmingni sendan keyin fitnaga duchor qildik. Somiriy ularni adashtirdi», dedi.[1]
[1] Bani Isroilga hurlik og`ir keldi, uni ko`tara olmadi. Jumladan, eng nozik va ahamiyatli masala — iymon-e'tiqod masalasida ham. Muso alayhissalom ilk bor tark etishlari bilanoq zalolatga ketdilar. Somiriyga ergashib, buzoqning haykalini xudo qilib oldilar.)
86
فَرَجَعَ مُوسَىٰٓ إِلَىٰ قَوْمِهِۦ غَضْبَٰنَ أَسِفًا ۚ قَالَ يَٰقَوْمِ أَلَمْ يَعِدْكُمْ رَبُّكُمْ وَعْدًا حَسَنًا ۚ أَفَطَالَ عَلَيْكُمُ ٱلْعَهْدُ أَمْ أَرَدتُّمْ أَن يَحِلَّ عَلَيْكُمْ غَضَبٌ مِّن رَّبِّكُمْ فَأَخْلَفْتُم مَّوْعِدِى٨٦
Sodiq
Bas, Muso qavmiga g`azablangan, afsuslangan holda qaytdi. U: «Ey qavmim, Robbingiz sizga yaxshi va'da qilmaganmidi?! Sizlarga zamon uzoq ko`rindimi yoki boshingizga Robbingizdan g`azab tushishini xohladingizmi?! Menga bergan va'daga xilof qilibsiz?!» – dedi.
87
قَالُواْ مَآ أَخْلَفْنَا مَوْعِدَكَ بِمَلْكِنَا وَلَٰكِنَّا حُمِّلْنَآ أَوْزَارًا مِّن زِينَةِ ٱلْقَوْمِ فَقَذَفْنَٰهَا فَكَذَٰلِكَ أَلْقَى ٱلسَّامِرِىُّ٨٧
Sodiq
Ular: «Biz senga bergan va'daga o`z ixtiyorimiz ila xilof qilmadik. Lekin bizga u qavmning ziynatidan og`irliklar yuklangan edi. Bas, ularni tashladik, Somiriy ana shunday ilqo qildi», dedilar.[1]
[1] Taqinchoqlarni olovli chuqurga tashlashgan ekan, Somiriy ularni eritib, buzoq shakliga solib, mana shu sizlarning xudoingiz, unga ibodat qilinglar, desa, ibodat qilib ketaverishibdi. Ularning fikricha, bu ixtiyorlaridan tashqari ish emish!)
88
فَأَخْرَجَ لَهُمْ عِجْلًا جَسَدًا لَّهُۥ خُوَارٌ فَقَالُواْ هَٰذَآ إِلَٰهُكُمْ وَإِلَٰهُ مُوسَىٰ فَنَسِىَ٨٨
Sodiq
Bas, u (Somiriy) ularga bo`kiradigan buzoq shaklini chiqarib berdi. Ular: «Mana shu sizning ilohingiz va Musoning ham ilohi, faqat u unutdi», dedilar.[1]
[1] Somiriy ularga tilla taqinchoqlardan ovoz chiqaradigan buzoq haykali yasab, shu haykal sizning ilohingiz, Payg`ambarimiz Muso bizga buni aytmadi, degan xayolga bormang. Musoning ilohi ham shu buzoq. Ammo, Muso buni unutib qo`yib, toqqa izlab chiqib ketdi, dedi. Ular bu gapni takrorladilar.)
89
أَفَلَا يَرَوْنَ أَلَّا يَرْجِعُ إِلَيْهِمْ قَوْلًا وَلَا يَمْلِكُ لَهُمْ ضَرًّا وَلَا نَفْعًا٨٩
Sodiq
Uning o`zlariga biron so`z qaytara olmayotganini, na zarar va na foydaga molik bo`la olmayotganini ko`rmayaptilarmi?!
90
وَلَقَدْ قَالَ لَهُمْ هَٰرُونُ مِن قَبْلُ يَٰقَوْمِ إِنَّمَا فُتِنتُم بِهِۦ ۖ وَإِنَّ رَبَّكُمُ ٱلرَّحْمَٰنُ فَٱتَّبِعُونِى وَأَطِيعُوٓاْ أَمْرِى٩٠
Sodiq
Batahqiq, ilgari Horun ularga: «Ey qavmim, bu bilan fitnaga duchor qilindingiz, xolos. Shubhasiz, Robbingiz Rohmandir. Bas, menga ergashing. Mening amrimga itoat qiling», degan edi.
91
قَالُواْ لَن نَّبْرَحَ عَلَيْهِ عَٰكِفِينَ حَتَّىٰ يَرْجِعَ إِلَيْنَا مُوسَىٰ٩١
Sodiq
Ular: «To Muso bizga qaytgunicha, unga ibodat qilishda bardavom bo`lamiz», dedilar.
92
قَالَ يَٰهَٰرُونُ مَا مَنَعَكَ إِذْ رَأَيْتَهُمْ ضَلُّوٓاْ٩٢
Sodiq
U: «Ey Horun, ularning zalolatga ketganlarini ko`rganingda seni nima man qildi?!
93
أَلَّا تَتَّبِعَنِ ۖ أَفَعَصَيْتَ أَمْرِى٩٣
Sodiq
Menga ergashishingdan?! Mening amrimga osiy bo`ldingmi?!» – dedi.
94
قَالَ يَبْنَؤُمَّ لَا تَأْخُذْ بِلِحْيَتِى وَلَا بِرَأْسِىٓ ۖ إِنِّى خَشِيتُ أَن تَقُولَ فَرَّقْتَ بَيْنَ بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ وَلَمْ تَرْقُبْ قَوْلِى٩٤
Sodiq
U: «Ey, onamning o`g`li, soch-soqolimdan tutma. Men sening: «Bani Isroilni tafriqaga solibsan, gapimga kirmabsan, deyishingdan qo`rqdim», dedi.
95
قَالَ فَمَا خَطْبُكَ يَٰسَٰمِرِىُّ٩٥
Sodiq
U: «Bu nima qilganing, ey, Somiriy?!» – dedi.
96
قَالَ بَصُرْتُ بِمَا لَمْ يَبْصُرُواْ بِهِۦ فَقَبَضْتُ قَبْضَةً مِّنْ أَثَرِ ٱلرَّسُولِ فَنَبَذْتُهَا وَكَذَٰلِكَ سَوَّلَتْ لِى نَفْسِى٩٦
Sodiq
U: «Ular ko`rmagan narsani ko`rdim. Bas, Rasulning izidan bir siqim oldim, so`ngra uni tashladim. Havoyi nafsim menga shunday qilishni xush ko`rsatdi», dedi.[1]
[1] Somiriyning Bani Isroil ko`rmaganini ko`rgani — Jabroil alayhissalomning hayot otiga minib kelishlari. «Rasul»dan murod Jabroil alayhissalom. Izidan olingan bir siqim esa, Jabroil alayhissalom minib kelgan otning tuyog`i tagidan olingan tuproq. U tuproqni sochgan joyi esa, Bani Isroilning zeb-ziynatlari to`plab qo`yilgan joy. Somiriy ana shu ishlarni qilganida ziynatlar buzoqqa aylanib, undan ovoz chiqadigan bo`libdi. Men hech narsa qilganim yo`q, yomon niyatim ham yo`q edi, ko`nglimga tushgan ishni qilsam, o`zlaridan o`zlari ergashib ketishaverdi, demoqchi bo`ldi.)
97
قَالَ فَٱذْهَبْ فَإِنَّ لَكَ فِى ٱلْحَيَوٰةِ أَن تَقُولَ لَا مِسَاسَ ۖ وَإِنَّ لَكَ مَوْعِدًا لَّن تُخْلَفَهُۥ ۖ وَٱنظُرْ إِلَىٰٓ إِلَٰهِكَ ٱلَّذِى ظَلْتَ عَلَيْهِ عَاكِفًا ۖ لَّنُحَرِّقَنَّهُۥ ثُمَّ لَنَنسِفَنَّهُۥ فِى ٱلْيَمِّ نَسْفًا٩٧
Sodiq
U: «Bas, jo`na! Ket! Endi senga bu hayotda «tegish yo`q» deyishing bor, xolos. Albatta, senga xilof qilmaydigan va'damiz bor. O`zing ibodatida bardavom bo`lgan ilohingga nazar solib qo`y. Biz uni, albatta, kuydiramiz, so`ngra dengizga sochib yuboramiz.[1]
[1] Bani Isroilda, «tegish yo`q» nomli quvg`in jazosi bor edi. O`sha jazoga mahkum bo`lgan shaxs bilan hech kim aloqa qilmas, hatto gaplashmas ham edi. U yolg`izlik azobida o`lib ketar edi.)
98
إِنَّمَآ إِلَٰهُكُمُ ٱللَّهُ ٱلَّذِى لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ۚ وَسِعَ كُلَّ شَىْءٍ عِلْمًا٩٨
Sodiq
Albatta, sizning ilohingiz Allohdir, xolos. Undan o`zga ibodatga sazovor zot yo`qdir. U barcha narsani O`z ilmi bilan qamrab olgandir.
99
كَذَٰلِكَ نَقُصُّ عَلَيْكَ مِنْ أَنۢبَآءِ مَا قَدْ سَبَقَ ۚ وَقَدْ ءَاتَيْنَٰكَ مِن لَّدُنَّا ذِكْرًا٩٩
Sodiq
Shunday qilib, senga o`tgan narsalar xabarini qissa qilib berurmiz. Batahqiq, senga O`z tarafimizdan Zikrni berdik.[1]
[1] Ya'ni, Muso qissasini aytib berganimizdek, boshqalarning xabarini ham qissa qilib beramiz.)
100
مَّنْ أَعْرَضَ عَنْهُ فَإِنَّهُۥ يَحْمِلُ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ وِزْرًا١٠٠
Sodiq
Kim undan yuz o`girsa, albatta, u qiyomat kuni (gunoh) yukini ko`tarur.
101
خَٰلِدِينَ فِيهِ ۖ وَسَآءَ لَهُمْ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ حِمْلًا١٠١
Sodiq
Unda abadiy qolurlar. Qiyomat kunida ularning yuki qanday ham yomon bo`ldi.
102
يَوْمَ يُنفَخُ فِى ٱلصُّورِ ۚ وَنَحْشُرُ ٱلْمُجْرِمِينَ يَوْمَئِذٍ زُرْقًا١٠٢
Sodiq
U kun surga puflanadigan kundir. O`sha kunda jinoyatchilarni ko`zlari ko`k bo`lgan holda to`plarmiz.[1]
[1] Qiyomatning kelganini bildirib, sur chalinadi. O`sha qiyomat kunida kofirlar-jinoyatchilarni Alloh taolo qo`rquvdan yuzlari qorayib, ko`zlari ko`karib ketgan ketgan hollarida mahsharga jamlaydi.)
103
يَتَخَٰفَتُونَ بَيْنَهُمْ إِن لَّبِثْتُمْ إِلَّا عَشْرًا١٠٣
Sodiq
Ular o`zaro: «O`n kundan ortiq turganingiz yo`q», deya shivirlashar.
104
نَّحْنُ أَعْلَمُ بِمَا يَقُولُونَ إِذْ يَقُولُ أَمْثَلُهُمْ طَرِيقَةً إِن لَّبِثْتُمْ إِلَّا يَوْمًا١٠٤
Sodiq
Biz nima deyayotganlarini yaxshi bilguvchimiz. O`shanda ularning eng to`g`ri yo`ldagisi: «Bir kundan ortiq turganimiz yo`q», degan edi.[1]
[1] Demak, oxirat azoblarini ko`rgan kofirlar garchi bu dunyoda uzoq yillar rohat-farog`atda kun kechirgan bo`lsalar ham, yashagan muddatlari oz ko`rinib ketadi.)
105
وَيَسْـَٔلُونَكَ عَنِ ٱلْجِبَالِ فَقُلْ يَنسِفُهَا رَبِّى نَسْفًا١٠٥
Sodiq
Sendan tog`lar haqida so`rarlar. Bas: «Robbim ularni mutlaqo sovurib yuborajak», degin.
106
فَيَذَرُهَا قَاعًا صَفْصَفًا١٠٦
Sodiq
So`ng ularni tep-tekis holga keltirur.
107
لَّا تَرَىٰ فِيهَا عِوَجًا وَلَآ أَمْتًا١٠٧
Sodiq
U yerda chuqur ham, do`ng ham ko`rmassan.
108
يَوْمَئِذٍ يَتَّبِعُونَ ٱلدَّاعِىَ لَا عِوَجَ لَهُۥ ۖ وَخَشَعَتِ ٱلْأَصْوَاتُ لِلرَّحْمَٰنِ فَلَا تَسْمَعُ إِلَّا هَمْسًا١٠٨
Sodiq
U kunda chorlovchiga ergashurlar. Undan burilish yo`q. Ovozlar Rohman(haybati)dan jim qolmish. Pichirlashdan boshqa narsa eshitmassan.[1]
[1] Hammayoq tep-tekis. Hamma jim holda bo`yin egib, mahsharga chorlovchiga ergashishdan boshqa narsani bilmaydi.)
109
يَوْمَئِذٍ لَّا تَنفَعُ ٱلشَّفَٰعَةُ إِلَّا مَنْ أَذِنَ لَهُ ٱلرَّحْمَٰنُ وَرَضِىَ لَهُۥ قَوْلًا١٠٩
Sodiq
U kunda Rohman unga izn bergan va so`zidan rozi bo`lganlardan boshqaga shafoat foyda bermas.
110
يَعْلَمُ مَا بَيْنَ أَيْدِيهِمْ وَمَا خَلْفَهُمْ وَلَا يُحِيطُونَ بِهِۦ عِلْمًا١١٠
Sodiq
U ularning oldilaridagi narsalarni ham, orqalaridagi narsalarni ham bilur. Ular esa, Uni ilm ila ihota qila olmaslar.[1]
[1] Alloh taolo bandalarning kelajagini ham o`tmishini ham biladi. Ilmning barchasi Allohnikidir. Odamlar esa hech narsa bilmaslar.)
111
۞وَعَنَتِ ٱلْوُجُوهُ لِلْحَىِّ ٱلْقَيُّومِ ۖ وَقَدْ خَابَ مَنْ حَمَلَ ظُلْمًا١١١
Sodiq
Butun yuzlar tirik va doim turuvchi Zotga bosh egmish. Batahqiq, kim zulm ko`targan bo`lsa, noumid bo`lmish.
112
وَمَن يَعْمَلْ مِنَ ٱلصَّٰلِحَٰتِ وَهُوَ مُؤْمِنٌ فَلَا يَخَافُ ظُلْمًا وَلَا هَضْمًا١١٢
Sodiq
Kim mo`min holida yaxshi amallardan qilgan bo`lsa, zulmdan ham, nuqsondan ham qo`rqmas.
113
وَكَذَٰلِكَ أَنزَلْنَٰهُ قُرْءَانًا عَرَبِيًّا وَصَرَّفْنَا فِيهِ مِنَ ٱلْوَعِيدِ لَعَلَّهُمْ يَتَّقُونَ أَوْ يُحْدِثُ لَهُمْ ذِكْرًا١١٣
Sodiq
Shunday qilib, Biz uni arabiy Qur'on etib nozil etdik. Shoyadki, taqvo qilsalar yoki ularda eslash paydo qilsa deb, unda qo`rqinchli va'dalarni bayon qildik.[1]
[1] Ushbu arabiy Qur'onda ko`plab qo`rqinchli va'dalarni ham bayon etdik. Bundan maqsadimiz, shoyad odamlar taqvo qilsalar, kufr va yomonliklardan saqlansalar, qo`rqinchlik va'dalardan eslatma olsalar.)
114
فَتَعَٰلَى ٱللَّهُ ٱلْمَلِكُ ٱلْحَقُّ ۗ وَلَا تَعْجَلْ بِٱلْقُرْءَانِ مِن قَبْلِ أَن يُقْضَىٰٓ إِلَيْكَ وَحْيُهُۥ ۖ وَقُل رَّبِّ زِدْنِى عِلْمًا١١٤
Sodiq
Haq Podshoh — Alloh oliy bo`ldi. Senga vahiyi bitguncha Qur'on(tilovati)ga oshiqma va: «Robbim, ilmimni ziyoda qilgin», degin.[1]
[1] Payg`ambarimiz alayhissalotu vassalom unutib qo`yishdan xavflanib, vahiy tushgan paytida Qur'oni Karim oyatlarini Jabroil alayhissalomga qo`shilib, o`qib turar edilar. Bu esa, qiyinchilik tug`dirardi. Ya'ni, ey Muhammad, Jabroil vahiyni senga oxirigacha o`qib bermagunicha, Qur'onni tilovat qilib, oyatlarni o`qishga shoshilma. Oldin Jabroil to`liq o`qib bersin, keyin sen o`qiysan.)
115
وَلَقَدْ عَهِدْنَآ إِلَىٰٓ ءَادَمَ مِن قَبْلُ فَنَسِىَ وَلَمْ نَجِدْ لَهُۥ عَزْمًا١١٥
Sodiq
Batahqiq, ilgari Biz Odam bilan ahdlashgan edik. Lekin u unutdi. Unda azmu qaror topmadik.[1]
[1] Biz qadimda Odam bilan buyruqqa bo`ysunish — daraxtdan yemaslik haqida ahdlashgan edik. Ammo Odam ahdni unutdi va daraxtdan yeb qo`ydi. U shaytonning ig`vosiga sabr qila olmadi. Azmu qarorida turmadi.)
116
وَإِذْ قُلْنَا لِلْمَلَٰٓئِكَةِ ٱسْجُدُواْ لِـَٔادَمَ فَسَجَدُوٓاْ إِلَّآ إِبْلِيسَ أَبَىٰ١١٦
Sodiq
Biz farishtalarga: «Odamga sajda qiling», deganimizda, ular sajda qildilar. Magar iblis bosh tortdi.
117
فَقُلْنَا يَٰٓـَٔادَمُ إِنَّ هَٰذَا عَدُوٌّ لَّكَ وَلِزَوْجِكَ فَلَا يُخْرِجَنَّكُمَا مِنَ ٱلْجَنَّةِ فَتَشْقَىٰٓ١١٧
Sodiq
Bas, Biz: «Ey Odam, albatta, bu senga va juftingga dushmandir. Yana, u ikkovingizni jannatdan chiqarib, badbaxt bo`lib qolmagin.
118
إِنَّ لَكَ أَلَّا تَجُوعَ فِيهَا وَلَا تَعْرَىٰ١١٨
Sodiq
Albatta, sen u yerda och-yalang`och qolmassan.[1]
[1] Ya'ni, jannatda doimo sening qorning to`q, usting but bo`ladi.)
119
وَأَنَّكَ لَا تَظْمَؤُاْ فِيهَا وَلَا تَضْحَىٰ١١٩
Sodiq
Albatta, sen u yerda tashna ham bo`lmaysan, issiqda ham qolmassan», dedik.
120
فَوَسْوَسَ إِلَيْهِ ٱلشَّيْطَٰنُ قَالَ يَٰٓـَٔادَمُ هَلْ أَدُلُّكَ عَلَىٰ شَجَرَةِ ٱلْخُلْدِ وَمُلْكٍ لَّا يَبْلَىٰ١٢٠
Sodiq
Bas, shayton uni vasvasa qildi. U: «Ey Odam, men senga abadiyat daraxtini va bitmas-tuganmas mulkni ko`rsataymi?» – dedi.[1]
[1] Robbing manavi daraxt mevasidan yeyishingni man qilgan bo`lsa, sening abadiy yashashingni, mulking bardavom bo`lishini xohlamaganidandir, bu daraxtning mevasidan yesang, hech o`lmaysan, mulking yo`qolmaydi, dedi.)
121
فَأَكَلَا مِنْهَا فَبَدَتْ لَهُمَا سَوْءَٰتُهُمَا وَطَفِقَا يَخْصِفَانِ عَلَيْهِمَا مِن وَرَقِ ٱلْجَنَّةِ ۚ وَعَصَىٰٓ ءَادَمُ رَبَّهُۥ فَغَوَىٰ١٢١
Sodiq
Bas, ikkovlari undan yedilar. Keyin, avratlari o`zlariga ochilib qolib, o`zlarini jannat barglari bilan to`sa boshladilar. Odam Robbiga osiy bo`ldi va yo`ldan ozdi.
122
ثُمَّ ٱجْتَبَٰهُ رَبُّهُۥ فَتَابَ عَلَيْهِ وَهَدَىٰ١٢٢
Sodiq
So`ngra, Robbi uni tanlab oldi, bas, tavbasini qabul qildi va hidoyatga boshladi.
123
قَالَ ٱهْبِطَا مِنْهَا جَمِيعًۢا ۖ بَعْضُكُمْ لِبَعْضٍ عَدُوٌّ ۖ فَإِمَّا يَأْتِيَنَّكُم مِّنِّى هُدًى فَمَنِ ٱتَّبَعَ هُدَاىَ فَلَا يَضِلُّ وَلَا يَشْقَىٰ١٢٣
Sodiq
U: «Hammangiz bir-biringizga dushman holda undan tushing. Agar men tomonimdan sizga hidoyat kelganida, kim hidoyatimga ergashsa, adashmas va badbaxt bo`lmas.
124
وَمَنْ أَعْرَضَ عَن ذِكْرِى فَإِنَّ لَهُۥ مَعِيشَةً ضَنكًا وَنَحْشُرُهُۥ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ أَعْمَىٰ١٢٤
Sodiq
Kim Mening zikrimdan yuz o`girsa, albatta, unga torchilik hayoti bo`lur va qiyomat kuni uni ko`r holida tiriltirurmiz», dedi.
125
قَالَ رَبِّ لِمَ حَشَرْتَنِىٓ أَعْمَىٰ وَقَدْ كُنتُ بَصِيرًا١٢٥
Sodiq
U: «Ey Robbim, nima uchun meni ko`r holda tiriltirding. Axir, ko`ruvchi edim-ku?!» – dedi.
126
قَالَ كَذَٰلِكَ أَتَتْكَ ءَايَٰتُنَا فَنَسِيتَهَا ۖ وَكَذَٰلِكَ ٱلْيَوْمَ تُنسَىٰ١٢٦
Sodiq
U: «Shunday. Senga oyatlarimiz keldi. Sen esa, ularni unutding? Shuningdek, sen ham bugun unutilursan», dedi.
127
وَكَذَٰلِكَ نَجْزِى مَنْ أَسْرَفَ وَلَمْ يُؤْمِنۢ بِـَٔايَٰتِ رَبِّهِۦ ۚ وَلَعَذَابُ ٱلْـَٔاخِرَةِ أَشَدُّ وَأَبْقَىٰٓ١٢٧
Sodiq
Isrof qilgan va Robbi oyatlariga iymon keltirmaganlarni ana shunday jazolaymiz. Oxirat azobi, albatta, ashaddiy va boqiydir.
128
أَفَلَمْ يَهْدِ لَهُمْ كَمْ أَهْلَكْنَا قَبْلَهُم مِّنَ ٱلْقُرُونِ يَمْشُونَ فِى مَسَٰكِنِهِمْ ۗ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَٰتٍ لِّأُوْلِى ٱلنُّهَىٰ١٢٨
Sodiq
Ulardan ilgari ularning maskanlarida yurgan asrlardan qanchadan-qanchasini halok qilganimiz ham hidoyat qilmadimi? Albatta, bunda aql egalari uchun ibratlar bordir.
129
وَلَوْلَا كَلِمَةٌ سَبَقَتْ مِن رَّبِّكَ لَكَانَ لِزَامًا وَأَجَلٌ مُّسَمًّى١٢٩
Sodiq
Agar Robbingdan so`z o`tib qolmaganida va nomlangan ajal bo`lmaganida, albatta, (azob) lozim bo`lar edi.
130
فَٱصْبِرْ عَلَىٰ مَا يَقُولُونَ وَسَبِّحْ بِحَمْدِ رَبِّكَ قَبْلَ طُلُوعِ ٱلشَّمْسِ وَقَبْلَ غُرُوبِهَا ۖ وَمِنْ ءَانَآئِ ٱلَّيْلِ فَسَبِّحْ وَأَطْرَافَ ٱلنَّهَارِ لَعَلَّكَ تَرْضَىٰ١٣٠
Sodiq
Bas, ular aytayotgan narsalarga sabr qil. Robbingga quyosh chiqishidan oldin va botishidan oldin tasbih va hamd ayt. Shuningdek, kechaning bir qismida va kunduzning atrofida ham tasbih ayt. Shoyadki, rozi bo`lsang.[1]
[1] Ey Muhammad, shunday ekan, kofir va mushriklarning noxush gap-so`zlariga, so`kishlariga, ig`vo-bo`htonlariga sabr qil. Doimo Robbingga tasbihu hamd ayt. Quyosh chiqishidan oldin ham, quyosh botishidan oldin ham Robbingga tasbih va hamd ayt. Kechaning bir qismida ham Robbingga tasbih ayt, kunduzning atrofida ham. Namoz o`qi. Albatta, rozi bo`lasan. Robbing ham sendan rozi bo`ladi.)
131
وَلَا تَمُدَّنَّ عَيْنَيْكَ إِلَىٰ مَا مَتَّعْنَا بِهِۦٓ أَزْوَٰجًا مِّنْهُمْ زَهْرَةَ ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا لِنَفْتِنَهُمْ فِيهِ ۚ وَرِزْقُ رَبِّكَ خَيْرٌ وَأَبْقَىٰ١٣١
Sodiq
Ko`zlaringni ularni sinash uchun ayrimlariga bahramand qilib berganimiz hayoti dunyoning turli ziynatlariga tikma. Robbingning rizqi yaxshi va boqiydir.
132
وَأْمُرْ أَهْلَكَ بِٱلصَّلَوٰةِ وَٱصْطَبِرْ عَلَيْهَا ۖ لَا نَسْـَٔلُكَ رِزْقًا ۖ نَّحْنُ نَرْزُقُكَ ۗ وَٱلْعَٰقِبَةُ لِلتَّقْوَىٰ١٣٢
Sodiq
Ahlingni namozga amr et va o`zing unga sabr qil. Biz sendan rizq so`ramasmiz. Biz senga rizq beramiz. Oqibat taqvonikidir.
133
وَقَالُواْ لَوْلَا يَأْتِينَا بِـَٔايَةٍ مِّن رَّبِّهِۦٓ ۚ أَوَلَمْ تَأْتِهِم بَيِّنَةُ مَا فِى ٱلصُّحُفِ ٱلْأُولَىٰ١٣٣
Sodiq
Ular: «U bizga Robbidan mo`'jiza keltirsa edi», derlar. Axir, ularga avvalgi sahifalardagi narsalarning bayonoti kelmadimi?[1]
[1] Kofir va mushriklar, Muhammad Robbidan bir lol qoldiruvchi mo`'jiza keltirsa edi, deydilar. Axir, Qur'onda avvalgi ummatlarga kelgan narsalarning bayoni keldi-ku. Shu ularga kifoya qilmaydimi?)
134
وَلَوْ أَنَّآ أَهْلَكْنَٰهُم بِعَذَابٍ مِّن قَبْلِهِۦ لَقَالُواْ رَبَّنَا لَوْلَآ أَرْسَلْتَ إِلَيْنَا رَسُولًا فَنَتَّبِعَ ءَايَٰتِكَ مِن قَبْلِ أَن نَّذِلَّ وَنَخْزَىٰ١٣٤
Sodiq
Agar Biz ularni u(kelishi)dan oldin azob-la halok qilganimizda edi, albatta: «Ey Robbimiz, bizga Payg`ambar yuborganingda edi, xoru zor va sharmanda bo`lishimizdan oldin oyatlaringga ergashgan bo`lar edik», derdilar.
135
قُلْ كُلٌّ مُّتَرَبِّصٌ فَتَرَبَّصُواْ ۖ فَسَتَعْلَمُونَ مَنْ أَصْحَٰبُ ٱلصِّرَٰطِ ٱلسَّوِىِّ وَمَنِ ٱهْتَدَىٰ١٣٥
Sodiq
Sen: «Barcha kutguvchidir. Bas, kutinglar. Albatta, kimlar to`g`ri yo`l sohiblari va kimlar hidoyat topganini bilursizlar», deb ayt.[1]
[1] Payg`ambarimiz alayhissalotu vassalomga qilingan bu xitob doimo yangilanib turadi.)