Sura 22

Haj

g

Haj

78 oyat |MadinaMadina |
Sura 22 • Oyat 1 / 78 • Juz 175⁄8 • Sahifa 332
Haj
ﻉ285Juz 17 5⁄8 • Sahifa 332285ﻉ
2
1
۞ يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ ٱتَّقُواْ رَبَّكُمْ ​ۚ إِنَّ زَلْزَلَةَ ٱلسَّاعَةِ شَىْءٌ عَظِيمٌ‮١‬‬‬
Sodiq
Ey odamlar! Robbingizdan qo`rqing! Albatta, soat (qiyomat) zilzilasi ulkan narsadir.
2
يَوْمَ تَرَوْنَهَا تَذْهَلُ كُلُّ مُرْضِعَةٍ عَمَّآ أَرْضَعَتْ وَتَضَعُ كُلُّ ذَاتِ حَمْلٍ حَمْلَهَا وَتَرَى ٱلنَّاسَ سُكَٰرَىٰ وَمَا هُم بِسُكَٰرَىٰ وَلَٰكِنَّ عَذَابَ ٱللَّهِ شَدِيدٌ‮٢‬‬‬
Sodiq
Uni ko`radigan kuningizda, har bir emizuvchi o`zi emizayotgan narsasini unutar. Har bir homilador homilasini tashlar. Odamlarni mast holda ko`rarsan. Holbuki, ular mast emas. Lekin Allohning azobi shiddatlidir.
3
وَمِنَ ٱلنَّاسِ مَن يُجَٰدِلُ فِى ٱللَّهِ بِغَيْرِ عِلْمٍ وَيَتَّبِعُ كُلَّ شَيْطَٰنٍ مَّرِيدٍ‮٣‬‬‬
Sodiq
Odamlardan Alloh haqida bilmasdan tortishganlari va bebosh shaytonga ergashganlari ham bor.[1]

[1] Alloh taolo haqida, «bilmasdan» tortishish johillikdir. Bunday tortishuvga jur'at qilgan shaytonga ergashgan bo`ladi.)
4
كُتِبَ عَلَيْهِ أَنَّهُۥ مَن تَوَلَّاهُ فَأَنَّهُۥ يُضِلُّهُۥ وَيَهْدِيهِ إِلَىٰ عَذَابِ ٱلسَّعِيرِ‮٤‬‬‬
Sodiq
Unga bitilganki, albatta, unga kim do`st bo`lsa, shubhasiz, uni adashtirur va do`zax azobiga «hidoyat» qilur.
5
يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ إِن كُنتُمْ فِى رَيْبٍ مِّنَ ٱلْبَعْثِ فَإِنَّا خَلَقْنَٰكُم مِّن تُرَابٍ ثُمَّ مِن نُّطْفَةٍ ثُمَّ مِنْ عَلَقَةٍ ثُمَّ مِن مُّضْغَةٍ مُّخَلَّقَةٍ وَغَيْرِ مُخَلَّقَةٍ لِّنُبَيِّنَ لَكُمْ ​ۚ وَنُقِرُّ فِى ٱلْأَرْحَامِ مَا نَشَآءُ إِلَىٰٓ أَجَلٍ مُّسَمًّى ثُمَّ نُخْرِجُكُمْ طِفْلًا ثُمَّ لِتَبْلُغُوٓاْ أَشُدَّكُمْ ​ۖ وَمِنكُم مَّن يُتَوَفَّىٰ وَمِنكُم مَّن يُرَدُّ إِلَىٰٓ أَرْذَلِ ٱلْعُمُرِ لِكَيْلَا يَعْلَمَ مِن​ۢ بَعْدِ عِلْمٍ شَيْـًٔا ​ۚ وَتَرَى ٱلْأَرْضَ هَامِدَةً فَإِذَآ أَنزَلْنَا عَلَيْهَا ٱلْمَآءَ ٱهْتَزَّتْ وَرَبَتْ وَأَن​ۢبَتَتْ مِن كُلِّ زَوْجٍ بَهِيجٍ‮٥‬‬‬
Sodiq
Ey, odamlar! Agar qayta tirilish haqida shubha qiladigan bo`lsangiz, bas, Biz sizga bayon qilishimiz uchun sizlarni tuproqdan, so`ngra nutfadan, so`ngra alaqadan, so`ngra bitgan-bitmagan bir chaynam go`shtdan yaratdik. Va bachadonlarda xohlagan narsamizni ma'lum muddatgacha qaror toptirarmiz. Keyin sizlarni buvak holingizda chiqararmiz. So`ngra, voyaga yetishingiz uchun (tarbiya qilarmiz). Sizdan vafot qilib ketadiganlar ham, bilganidan keyin hech narsani bilmay qoladigan darajada nochor umrga yetadiganlar ham bor. Va yerni qaqragan holda ko`rarsan. Qachonki, Biz unga suv tushirsak, u seskanadir va ko`pchiydir. Hamda har xil go`zal juftlarni o`stiradir.[1]

[1] Sizning otangiz Odamni tuproqdan yaratganmiz. Inson yo`q edi. U otasining nutfa-spermasidan dunyoga keldi. Oddiy ko`zga ko`rinmas ushbu maniy hayvonchalar bilan barkamol inson orasida qancha farq bor?! Ana shu zarradan odam yaratgan Xoliq Alloh o`lgan odamni qayta tiriltira olmasmi?! Qur'oni Karimda «alaqa» deb nomlangan bosqichdagi homila zulukdek bachadonga yopishib turishi ma'lum bo`ldi. Alaqaning suvrati haqiqiy zuluk bilan solishtirilsa, ularni farqlab bo`lmaydi. Xo`sh, o`sha zulukka o`xshash qotgan laxta qon bilan inson orasida qancha farq bor? Homila rivojlanib, alaqa-laxta qon shaklidan bir parcha chaynalgan go`sht holiga o`tadi. Ana o`shanda unga shakl kiradi. Shakl kirsa, bitgan bo`ladi. Shakl kirmasa, bitmagan bo`ladi, bachadondan tushib ketadi. Hech kim uni eslamaydi ham. Endi, o`sha bir parcha chaynalgan go`shtga o`xshash narsa bilan inson orasida qancha farq borligini bir o`ylab ko`raylik? O`sha go`shtdan inson yaratgan Alloh o`lgan odamni qayta tiriltira olmasmi?!)
6
ذَٰلِكَ بِأَنَّ ٱللَّهَ هُوَ ٱلْحَقُّ وَأَنَّهُۥ يُحْىِ ٱلْمَوْتَىٰ وَأَنَّهُۥ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرٌ‮٦‬‬‬
Sodiq
Bu(holat)lar ko`rsatadiki, albatta, Alloh haq Zotdir va, albatta, U o`liklarni tiriltiradi hamda U har bir narsaga qodirdir.
7
وَأَنَّ ٱلسَّاعَةَ ءَاتِيَةٌ لَّا رَيْبَ فِيهَا وَأَنَّ ٱللَّهَ يَبْعَثُ مَن فِى ٱلْقُبُورِ‮٧‬‬‬
Sodiq
Va, albatta, soat (qiyomat) kelguvchidir, bunga shubha yo`q. Va, albatta, Alloh qabrlardagi kimsalarni tiriltirur.
8
وَمِنَ ٱلنَّاسِ مَن يُجَٰدِلُ فِى ٱللَّهِ بِغَيْرِ عِلْمٍ وَلَا هُدًى وَلَا كِتَٰبٍ مُّنِيرٍ‮٨‬‬‬
Sodiq
Odamlardan Alloh haqida ilmsiz (holda), hidoyatga yoki nurli kitobga ega bo`lmasdan turib tortishadiganlari bor.
9
ثَانِىَ عِطْفِهِۦ لِيُضِلَّ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ ​ۖ لَهُۥ فِى ٱلدُّنْيَا خِزْىٌ ​ۖ وَنُذِيقُهُۥ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ عَذَابَ ٱلْحَرِيقِ‮٩‬‬‬
Sodiq
Allohning yo`lidan adashtirish uchun, bo`ynini bulqab (tortishar). Unga dunyoda rasvolik bor. Qiyomat kuni unga kuydirish azobini tottiramiz.
10
ذَٰلِكَ بِمَا قَدَّمَتْ يَدَاكَ وَأَنَّ ٱللَّهَ لَيْسَ بِظَلَّٰمٍ لِّلْعَبِيدِ‮١٠‬‬‬
Sodiq
Bunday bo`lishi o`z qo`llaring taqdim qilgan narsalardandir. Albatta, Alloh bandalarga zulm qilguvchi emasdir.
11
وَمِنَ ٱلنَّاسِ مَن يَعْبُدُ ٱللَّهَ عَلَىٰ حَرْفٍ ​ۖ فَإِنْ أَصَابَهُۥ خَيْرٌ ٱطْمَأَنَّ بِهِۦ ​ۖ وَإِنْ أَصَابَتْهُ فِتْنَةٌ ٱنقَلَبَ عَلَىٰ وَجْهِهِۦ خَسِرَ ٱلدُّنْيَا وَٱلْـَٔاخِرَةَ ​ۚ ذَٰلِكَ هُوَ ٱلْخُسْرَانُ ٱلْمُبِينُ‮١١‬‬‬
Sodiq
Odamlardan Allohga bir tomonlama ibodat qiladiganlari ham bor. Agar unga yaxshilik yetsa, ko`ngli to`lur. Agar unga balo yetsa, yuz o`girib ketur. U, dunyoda ham, oxiratda ham ziyon ko`rur. Ana o`sha ochiq-oydin ziyondir.[1]

[1] Islom tijorat emaski, unga o`tkinchi foydani ko`zlab kirilsa. Islom — iymon, e'tiqod, Allohga bandalik qilish, Uning yo`lida jonni ham, molni ham fido etish, har xil balo-ofatlarga bardosh berish demakdir. Ana o`sha sinovlardan o`tganlar ikki dunyo baxtiga sazovor bo`ladilar. Ammo Islomga muayyan foydani ko`zlab kirgan, o`sha foydaga erishsa, xursand bo`lib, erishmasa, dinni tark etib, yuz o`girib ketadigan munofiqlar ikki dunyoda ziyon ko`rishlari muqarrar. Aslini olganda munofiq, Islomdan, Allohdan yuz o`girib, qayoqqa ham borardi, kimga ham topinardi?)
12
يَدْعُواْ مِن دُونِ ٱللَّهِ مَا لَا يَضُرُّهُۥ وَمَا لَا يَنفَعُهُۥ ​ۚ ذَٰلِكَ هُوَ ٱلضَّلَٰلُ ٱلْبَعِيدُ‮١٢‬‬‬
Sodiq
U, Allohni qo`yib, o`ziga zarar ham bermaydigan, manfaat ham bermaydigan narsaga iltijo qiladir. Shuning o`zi qattiq adashishdir.
13
يَدْعُواْ لَمَن ضَرُّهُۥٓ أَقْرَبُ مِن نَّفْعِهِۦ ​ۚ لَبِئْسَ ٱلْمَوْلَىٰ وَلَبِئْسَ ٱلْعَشِيرُ‮١٣‬‬‬
Sodiq
U, manfaatidan ko`ra zarari yaqinroq bo`lganga iltijo qiladir. U qanday ham yomon xoja va qanday ham yomon do`stdir!
14
إِنَّ ٱللَّهَ يُدْخِلُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَعَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ جَنَّٰتٍ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَٰرُ ​ۚ إِنَّ ٱللَّهَ يَفْعَلُ مَا يُرِيدُ‮١٤‬‬‬
Sodiq
Albatta, iymon keltirib, yaxshi amallarni qilganlarni Alloh ostilaridan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiritadir. Albatta, Alloh O`zi iroda etgan narsani qiladir.
15
مَن كَانَ يَظُنُّ أَن لَّن يَنصُرَهُ ٱللَّهُ فِى ٱلدُّنْيَا وَٱلْـَٔاخِرَةِ فَلْيَمْدُدْ بِسَبَبٍ إِلَى ٱلسَّمَآءِ ثُمَّ لْيَقْطَعْ فَلْيَنظُرْ هَلْ يُذْهِبَنَّ كَيْدُهُۥ مَا يَغِيظُ‮١٥‬‬‬
Sodiq
Kimki unga bu dunyoyu oxiratda Alloh nusrat berishiga shubha qilsa, bir vosita topib, osmonga osilsin, so`ngra uni kessin. Bas, nazar solsin-chi, uning bu hiylasi g`am-g`ussani ketkizarmikan?![1]

[1] Allohga iymoni yo`q kishining holi shunday bo`ladi. Uning balo-ofatdan, g`am-g`ussadan qutulishga chorasi yo`q. Allohga iymoni bo`lmagani uchun undan nusrat kelishiga ham umid qilmaydi. Shuning uchun yo osmonga chiqib, yordam topsin, yo, unday qila olmasa, o`zini ossin. Boshqa iloji yo`q.)
16
وَكَذَٰلِكَ أَنزَلْنَٰهُ ءَايَٰتٍ بَيِّنَٰتٍ وَأَنَّ ٱللَّهَ يَهْدِى مَن يُرِيدُ‮١٦‬‬‬
Sodiq
Mana shunday qilib, Biz u(Qur'on)ni ochiq-oydin oyatlar holida nozil qildik. Albatta, Alloh xohlagan kishilarni hidoyat qiladir.
17
إِنَّ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَٱلَّذِينَ هَادُواْ وَٱلصَّٰبِـِٔينَ وَٱلنَّصَٰرَىٰ وَٱلْمَجُوسَ وَٱلَّذِينَ أَشْرَكُوٓاْ إِنَّ ٱللَّهَ يَفْصِلُ بَيْنَهُمْ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ ​ۚ إِنَّ ٱللَّهَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ شَهِيدٌ‮١٧‬‬‬
Sodiq
Albatta, Alloh qiyomat kuni iymon keltirganlar, yahudiy bo`lganlar, sobiiylar, nasorolar, majusiylar va shirk keltirganlar orasida O`zi ajrim qilur. Albatta, Alloh har bir narsaga shohiddir.
18
أَلَمْ تَرَ أَنَّ ٱللَّهَ يَسْجُدُ لَهُۥ مَن فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَمَن فِى ٱلْأَرْضِ وَٱلشَّمْسُ وَٱلْقَمَرُ وَٱلنُّجُومُ وَٱلْجِبَالُ وَٱلشَّجَرُ وَٱلدَّوَآبُّ وَكَثِيرٌ مِّنَ ٱلنَّاسِ ​ۖ وَكَثِيرٌ حَقَّ عَلَيْهِ ٱلْعَذَابُ ​ۗ وَمَن يُهِنِ ٱللَّهُ فَمَا لَهُۥ مِن مُّكْرِمٍ ​ۚ إِنَّ ٱللَّهَ يَفْعَلُ مَا يَشَآءُ ۩‮١٨‬‬‬
Sodiq
Osmonlardagi kimsalar, yerdagi kimsalar, quyosh, oy, yulduzlar, tog`lar, daraxtlar, jonivorlar va odamlardan ko`plari, albatta, Allohga sajda qilishini ko`rmaysanmi? Ko`plariga esa, azob haq bo`ldi. Kimni Alloh xor qilsa, uni ikrom qilguvchi bo`lmas. Albatta, Alloh xohlagan narsasini qiladir.[1]

[1] Demak, dunyodagi barcha mavjudot Alloh taologa sajda qiladi. Ularning qanday sajda qilishini Allohning O`zi biladi. «Osmonlardagi kimsalar, yerdagi kimsalar Allohga sajda qiladi», deb qo`yilsa, kifoya edi, butun borliqning sajda qilishi tushunaverilar edi. Lekin ba'zi maxluqlar alohida qayd etildi, chunki ba'zi odamlar o`sha maxluqlarga — quyosh, oy va yulduzlarga sajda qiladilar. Oyatda o`sha narsalarning Allohga sajda qilishini ta'kidlashdan maqsad ular xudo bo`la olmasligini yana bir bor ta'kidlashdir. Butun borliq hech bir istisnosiz Allohga sajda qilayotgani aytilgan bo`lsa ham, odamlarga kelganda, «ko`plari» sajda qilmasliklariga ishora etilmoqda. Ha, faqat odam bolasigina Allohga isyon qiladi. Allohga sajda qilmagani uchun, kofir bo`lgani uchun ularga azob haq bo`ldi. Allohning azobiga duchor bo`lganlar ikki dunyoda xordir.)
19
۞هَٰذَانِ خَصْمَانِ ٱخْتَصَمُواْ فِى رَبِّهِمْ ​ۖ فَٱلَّذِينَ كَفَرُواْ قُطِّعَتْ لَهُمْ ثِيَابٌ مِّن نَّارٍ يُصَبُّ مِن فَوْقِ رُءُوسِهِمُ ٱلْحَمِيمُ‮١٩‬‬‬
Sodiq
Mana bu ikki g`anim Robbilari haqida talashgan edilar. Bas, kufr keltirganlarga olovdan kiyim bichildi. Boshlari ustidan o`ta qaynoq suv quyilar.
20
يُصْهَرُ بِهِۦ مَا فِى بُطُونِهِمْ وَٱلْجُلُودُ‮٢٠‬‬‬
Sodiq
U bilan qorinlaridagi narsalar va terilari eritilur.
21
وَلَهُم مَّقَٰمِعُ مِنْ حَدِيدٍ‮٢١‬‬‬
Sodiq
Ular uchun temir gurzilar bor.
22
كُلَّمَآ أَرَادُوٓاْ أَن يَخْرُجُواْ مِنْهَا مِنْ غَمٍّ أُعِيدُواْ فِيهَا وَذُوقُواْ عَذَابَ ٱلْحَرِيقِ‮٢٢‬‬‬
Sodiq
Ular har qachon undagi g`amdan chiqmoqchi bo`lsalar, unga qaytarilurlar va «Yonish azobini toting!» deyilur.
23
إِنَّ ٱللَّهَ يُدْخِلُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَعَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ جَنَّٰتٍ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَٰرُ يُحَلَّوْنَ فِيهَا مِنْ أَسَاوِرَ مِن ذَهَبٍ وَلُؤْلُؤًا ​ۖ وَلِبَاسُهُمْ فِيهَا حَرِيرٌ‮٢٣‬‬‬
Sodiq
Albatta, iymon keltirib, yaxshi amallarni qilganlarni Alloh ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiritur. Ular u yerda oltin bilakuzuklar va injular ila bezanurlar. U yerdagi liboslari esa, ipakdandir.[1]

[1] Bir-biriga qarama-qarshi ikki narsani bir joyda, bir xil saviyada vasf qilishlik Qur'oni Karimga xos xususiyatlardan biridir. Jahannamda olovning azobiga qo`shimcha qilib, o`ta qaynoq suv quyilsa, jannatda soya-salqin bog`lar ostidan muzdek zilol, huzurbaxsh suvlar oqib turibdi. Jahannamda azob ustiga azob kelsa, jannatda huzur ustiga huzur. Do`zaxilarga olovdan kiyim kiydirilsa, jannatilarga ipakdan ko`ylak kiydiriladi. Do`zaxilar boshiga temir gurzi bilan urilsa, jannatilarga oltin va injulardan bezak taqilgan.)
24
وَهُدُوٓاْ إِلَى ٱلطَّيِّبِ مِنَ ٱلْقَوْلِ وَهُدُوٓاْ إِلَىٰ صِرَٰطِ ٱلْحَمِيدِ‮٢٤‬‬‬
Sodiq
Ular shirin so`zga hidoyat qilinurlar va maqtalgan Zotning yo`liga hidoyat qilinurlar.[1]

[1] Jahannam ahliga «Yonish azobini toting!» deb gurzi bilan urilsa, jannat ahliga shirin so`zlar aytilib, Alloh taoloning yo`liga hidoyat qilib qo`yiladi.)
25
إِنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ وَيَصُدُّونَ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ وَٱلْمَسْجِدِ ٱلْحَرَامِ ٱلَّذِى جَعَلْنَٰهُ لِلنَّاسِ سَوَآءً ٱلْعَٰكِفُ فِيهِ وَٱلْبَادِ ​ۚ وَمَن يُرِدْ فِيهِ بِإِلْحَادٍ بِظُلْمٍ نُّذِقْهُ مِنْ عَذَابٍ أَلِيمٍ‮٢٥‬‬‬
Sodiq
Kufr keltirganlar va Allohning yo`lidan hamda yerli va chetdan kelgan odamlar uchun barobar qilib qo`yganimiz Masjidul Haromdan to`sganlarga va u yerda kim zulm ila yanglish yo`lga burilishni iroda qilsa, unga alamli azobni tottirurmiz.
26
وَإِذْ بَوَّأْنَا لِإِبْرَٰهِيمَ مَكَانَ ٱلْبَيْتِ أَن لَّا تُشْرِكْ بِى شَيْـًٔا وَطَهِّرْ بَيْتِىَ لِلطَّآئِفِينَ وَٱلْقَآئِمِينَ وَٱلرُّكَّعِ ٱلسُّجُودِ‮٢٦‬‬‬
Sodiq
Biz Ibrohimga Baytning joyini belgilab berib: «Menga hech narsani sherik qilma, Baytimni tavof qilguvchilar, (ibodatda) qoim turguvchilar hamda ruku', sujud qilguvchilar uchun poklagin.
27
وَأَذِّن فِى ٱلنَّاسِ بِٱلْحَجِّ يَأْتُوكَ رِجَالًا وَعَلَىٰ كُلِّ ضَامِرٍ يَأْتِينَ مِن كُلِّ فَجٍّ عَمِيقٍ‮٢٧‬‬‬
Sodiq
Odamlarni hajga chaqir, ular sen tomon piyoda, uzoq-uzoq yo`llardan yurib, ozigan ulovlar ustida kelsinlar.
28
لِّيَشْهَدُواْ مَنَٰفِعَ لَهُمْ وَيَذْكُرُواْ ٱسْمَ ٱللَّهِ فِىٓ أَيَّامٍ مَّعْلُومَٰتٍ عَلَىٰ مَا رَزَقَهُم مِّن​ۢ بَهِيمَةِ ٱلْأَنْعَٰمِ ​ۖ فَكُلُواْ مِنْهَا وَأَطْعِمُواْ ٱلْبَآئِسَ ٱلْفَقِيرَ‮٢٨‬‬‬
Sodiq
Va o`zlariga bo`ladigan manfaatlarga shohid bo`lsinlar. Ma'lum kunlarda ularga rizq qilib bergan chorva hayvonlarini (so`yishda) Allohning ismini zikr qilsinlar. Bas, ulardan yenglar va bechora va faqirlarga ham yegizinglar.
29
ثُمَّ لْيَقْضُواْ تَفَثَهُمْ وَلْيُوفُواْ نُذُورَهُمْ وَلْيَطَّوَّفُواْ بِٱلْبَيْتِ ٱلْعَتِيقِ‮٢٩‬‬‬
Sodiq
So`ngra o`zlaridagi kirlarni ketkazsinlar, nazrlariga vafo qilsinlar va «qadimgi uy»ni tavof qilsinlar», deganimizni esla.[1]

[1] Baytullohning egasi Alloh taolo tomonidan, uning quruvchisi Ibrohim alayhissalomga aytilayotgan bu sifatlar Quraysh kofirlarida emas, musulmonlarda mavjud. Demak, Baytullohga, Masjidul Haromga Quraysh kofirlari emas, musulmonlar haqlidirlar. Ey Ibrohim, odamlarni haj ibodatiga chaqir. Eng uzoq yurtlardan ham kelsinlar. Piyoda yurib bo`lsa ham, kelsinlar. Yo`l uzoqligidan, mashaqqatliligidan ulovlari ozib-horib ketsa ham, kelsinlar. Hajga keluvchilar, avvalo, Allohga ibodat qiladi, taqvosi ziyoda bo`ladi, o`zaro fikr va tajriba almashadilar, foydali maslahatlar oladilar, shuningdek, savdo-sotiq, tijorat ham qiladilar. Haj mavsumning avji, iyd kunlari bo`lib, unda zikr qurbonlik so`yish jarayonida yana avjlanadi. Qurbonlik qiluvchi hoji qurbonligidan o`zi yesa ham bo`ladi, beva-bechora, faqir-fuqarolarga yegizsa ham bo`ladi. Qurbonlik qilib bo`lganidan keyin, hojiga ehromdan chiqishga ruxsat bo`ladi, ehrom vaqtida mumkin bo`lmagan soch oldirish yoki qisqartirishga, qo`ltiq ostidagi va boshqa joylardagi tuklarni, tirnoqlarni olishga izn beriladi. Hoji bu ishlarni bajarib, yuvinib-taranadi. Oyatda «... o`zlaridagi kirlarni ketkazsinlar...» deyishdan maqsad shu. «Qadimgi uy»dan murod Ka'batulloh. Bu tavofni farz tavof, ifoza tavofi, deyiladi. Bu tavofsiz haj haj bo`lmaydi. Shuni ado etishlik bilan haj ibodati ham tugaydi.)
30
ذَٰلِكَ وَمَن يُعَظِّمْ حُرُمَٰتِ ٱللَّهِ فَهُوَ خَيْرٌ لَّهُۥ عِندَ رَبِّهِۦ ​ۗ وَأُحِلَّتْ لَكُمُ ٱلْأَنْعَٰمُ إِلَّا مَا يُتْلَىٰ عَلَيْكُمْ ​ۖ فَٱجْتَنِبُواْ ٱلرِّجْسَ مِنَ ٱلْأَوْثَٰنِ وَٱجْتَنِبُواْ قَوْلَ ٱلزُّورِ‮٣٠‬‬‬
Sodiq
Ana shunday. Kim Alloh harom qilgan narsalarga rioya qilsa, bas, bu Robbi huzurida uning o`zi uchun yaxshidir. Va sizlarga (kelajakda) tilovat qilinadiganlardan boshqa chorva hayvonlari halol qilindi. Bas, butlardan iborat najosatdan yiroq bo`ling va yolg`on so`zdan yiroq bo`ling.
31
حُنَفَآءَ لِلَّهِ غَيْرَ مُشْرِكِينَ بِهِۦ ​ۚ وَمَن يُشْرِكْ بِٱللَّهِ فَكَأَنَّمَا خَرَّ مِنَ ٱلسَّمَآءِ فَتَخْطَفُهُ ٱلطَّيْرُ أَوْ تَهْوِى بِهِ ٱلرِّيحُ فِى مَكَانٍ سَحِيقٍ‮٣١‬‬‬
Sodiq
Allohga bo`lgan iymondan og`mang, unga shirk keltirguvchi bo`lmang. Kim Allohga shirk keltirsa, bas, u go`yoki osmondan qulab tushgan-u, uni yirtqich qush olib qochgan yoki uni shamol uzoq yerga uchirib ketgan kabidir.[1]

[1] Inson iymonga erishganda, yuqori martabalarga erishgan bo`ladi, kimki o`sha yuksak martabani xohlamay, Allohga shirk keltirsa, xuddi osmondan qulab tushgan kabi bo`ladi.)
32
ذَٰلِكَ وَمَن يُعَظِّمْ شَعَٰٓئِرَ ٱللَّهِ فَإِنَّهَا مِن تَقْوَى ٱلْقُلُوبِ‮٣٢‬‬‬
Sodiq
Ish bundoq. Kim Allohning nishonlarini ulug`lasa, bas, albatta, bu, qalblarning taqvosidandir.[1]

[1] Ushbu oyat ma'nosida «nishonlar» deb tarjima qilgan ibora Qur'oni Karimda «shaoir» deb aytilgan. Bu «sha'iyra» so`zining jami — ko`pligi, nishon, belgi, alomat ma'nolarini bildiradi. Bu so`z Alloh taologa nisbat berilib, «shaoirulloh — Allohning nishonlari», deyilganda esa, Allohning dini, Islomning ko`zga ko`ringan, shon-shavkati alomati bo`lgan ibodatlar ko`zda tutiladi. Ushbu oyati karimada esa, qurbonlikka so`yiladigan katta hayvonlar ko`zda tutilmoqda.)
33
لَكُمْ فِيهَا مَنَٰفِعُ إِلَىٰٓ أَجَلٍ مُّسَمًّى ثُمَّ مَحِلُّهَآ إِلَى ٱلْبَيْتِ ٱلْعَتِيقِ‮٣٣‬‬‬
Sodiq
Sizga u(nishon)larda ma'lum vaqtgacha manfaatlar bordir. So`ngra ularni (so`yish) halol makoni «qadimgi uy» (atrofi)dadir.
34
وَلِكُلِّ أُمَّةٍ جَعَلْنَا مَنسَكًا لِّيَذْكُرُواْ ٱسْمَ ٱللَّهِ عَلَىٰ مَا رَزَقَهُم مِّن​ۢ بَهِيمَةِ ٱلْأَنْعَٰمِ ​ۗ فَإِلَٰهُكُمْ إِلَٰهٌ وَٰحِدٌ فَلَهُۥٓ أَسْلِمُواْ ​ۗ وَبَشِّرِ ٱلْمُخْبِتِينَ‮٣٤‬‬‬
Sodiq
Har bir ummatga, ularga chorva hayvonlarini rizq qilib bergan Allohning ismini eslashlari uchun, qurbonlik qilishni joriy etganmiz. Bas, ilohlaringiz bir ilohdir. Bas, Ungagina musulmon bo`ling. Itoatli, mutavoze'larga bashorat ber.
35
ٱلَّذِينَ إِذَا ذُكِرَ ٱللَّهُ وَجِلَتْ قُلُوبُهُمْ وَٱلصَّٰبِرِينَ عَلَىٰ مَآ أَصَابَهُمْ وَٱلْمُقِيمِى ٱلصَّلَوٰةِ وَمِمَّا رَزَقْنَٰهُمْ يُنفِقُونَ‮٣٥‬‬‬
Sodiq
Ular Alloh zikr qilingan vaqtda qalblari titraydigan va o`zlariga yetgan musiybatga sabr qilguvchilar hamda namozni to`kis ado etguvchilardir, ularga rizq qilib bergan narsamizdan infoq qiladilar.
36
وَٱلْبُدْنَ جَعَلْنَٰهَا لَكُم مِّن شَعَٰٓئِرِ ٱللَّهِ لَكُمْ فِيهَا خَيْرٌ ​ۖ فَٱذْكُرُواْ ٱسْمَ ٱللَّهِ عَلَيْهَا صَوَآفَّ ​ۖ فَإِذَا وَجَبَتْ جُنُوبُهَا فَكُلُواْ مِنْهَا وَأَطْعِمُواْ ٱلْقَانِعَ وَٱلْمُعْتَرَّ ​ۚ كَذَٰلِكَ سَخَّرْنَٰهَا لَكُمْ لَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ‮٣٦‬‬‬
Sodiq
Va tuyalarni siz uchun Allohning nishonlaridan qildik. Ularda sizga yaxshilik bor. Ularga old oyoqlaridan biri bog`liq turgan holida Allohning nomini zikr qiling. Yonlari yerga tekkanida esa, bas, ulardan yeng va qanoatli va tilangan kambag`allarni ham taomlantiring. Shunday qilib, Biz ularni sizga bo`yinsundirib qo`ydik. Shoyadki, shukr qilsangiz.
37
لَن يَنَالَ ٱللَّهَ لُحُومُهَا وَلَا دِمَآؤُهَا وَلَٰكِن يَنَالُهُ ٱلتَّقْوَىٰ مِنكُمْ ​ۚ كَذَٰلِكَ سَخَّرَهَا لَكُمْ لِتُكَبِّرُواْ ٱللَّهَ عَلَىٰ مَا هَدَىٰكُمْ ​ۗ وَبَشِّرِ ٱلْمُحْسِنِينَ‮٣٧‬‬‬
Sodiq
Ularning go`shtlari ham, qonlari ham zinhor Allohga yetmas. Lekin Unga sizdan taqvo yetadir. Shunday qilib, sizni hidoyat qilgani evaziga Allohga takbir aytishingiz uchun ularni sizga bo`yinsundirib qo`ydi. Yaxshilik qilguvchilarga bashorat ber.[1]

[1] Qurbonlik qilishdan maqsad bandaning Alloh amriga itoatini, taqvosini namoyon etishdir. Banda Allohni qancha ulug`lasa, shuncha oz. Birgina hidoyatga boshlab qo`ygani uchun qancha takbir aytsa, oz. Qurbonlik qilish ham, Allohning yo`lida har qanday qurbonlik berishga tayyor ekanini ko`rsatish ham o`sha hidoyat uchun Alloh taoloni ulug`lashdir.)
38
۞إِنَّ ٱللَّهَ يُدَٰفِعُ عَنِ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ ​ۗ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يُحِبُّ كُلَّ خَوَّانٍ كَفُورٍ‮٣٨‬‬‬
Sodiq
Albatta, Alloh iymon keltirganlarni mudofaa qilur. Albatta, Alloh barcha xoin va kofirlarni xush ko`rmas.
ﻉ290Sahifa 337290ﻉ
39
أُذِنَ لِلَّذِينَ يُقَٰتَلُونَ بِأَنَّهُمْ ظُلِمُواْ ​ۚ وَإِنَّ ٱللَّهَ عَلَىٰ نَصْرِهِمْ لَقَدِيرٌ‮٣٩‬‬‬
Sodiq
O`zlariga qarshi urush ochganlarga, ularga zulm qilingani uchun, (urushga) izn berildi. Albatta, Alloh ularga nusrat berishga qodirdir.[1]

[1] Demak, kofirlar avval musulmonlarga qarshi urush ochgan. Musulmonlar hujumga va zulmga uchraganlar. Endi ular o`zlarini himoya qilmasalar, bo`lmaydi. Kofirlar ularni yo`q qilib yuborishlari mumkin. Musulmonlar urushga kirsalar, Alloh ularga yordam berishga qodirdir.)
40
ٱلَّذِينَ أُخْرِجُواْ مِن دِيَٰرِهِم بِغَيْرِ حَقٍّ إِلَّآ أَن يَقُولُواْ رَبُّنَا ٱللَّهُ ​ۗ وَلَوْلَا دَفْعُ ٱللَّهِ ٱلنَّاسَ بَعْضَهُم بِبَعْضٍ لَّهُدِّمَتْ صَوَٰمِعُ وَبِيَعٌ وَصَلَوَٰتٌ وَمَسَٰجِدُ يُذْكَرُ فِيهَا ٱسْمُ ٱللَّهِ كَثِيرًا ​ۗ وَلَيَنصُرَنَّ ٱللَّهُ مَن يَنصُرُهُۥٓ ​ۗ إِنَّ ٱللَّهَ لَقَوِىٌّ عَزِيزٌ‮٤٠‬‬‬
Sodiq
Ular nohaqdan, faqatgina «Robbimiz Alloh» deganlari uchun o`z diyorlaridan chiqarilgandirlar. Agar Alloh odamlarning ba'zilarini ba'zilari bilan daf' qilib turmasa, uzlatgohlar, kanisalar, havralar va Allohning nomi ko`plab zikr qilinadigan masjidlar vayron qilingan bo`lur edi. Albatta, Alloh O`ziga yordam berganlarga yordam berur. Albatta, Alloh kuchli va g`olibdir.
41
ٱلَّذِينَ إِن مَّكَّنَّٰهُمْ فِى ٱلْأَرْضِ أَقَامُواْ ٱلصَّلَوٰةَ وَءَاتَوُاْ ٱلزَّكَوٰةَ وَأَمَرُواْ بِٱلْمَعْرُوفِ وَنَهَوْاْ عَنِ ٱلْمُنكَرِ ​ۗ وَلِلَّهِ عَٰقِبَةُ ٱلْأُمُورِ‮٤١‬‬‬
Sodiq
Ularga yer yuzida imkon bersak, namozni to`kis ado eturlar, zakotni berurlar, yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytarurlar. Ishlarning oqibati Allohga oiddir.[1]

[1] Oyati karimadagi «Ularga Yer yuzida imkon bersak» jumlasidan «makon bersak» ma'nosi ham tushuniladi. Bunga qo`shimcha «Er yuzida nusrat, g`alaba bersak» ma'nolari ham chiqadi. Diyorlaridan «Robbimiz Alloh» deganlari uchun chiqarilgan musulmonlarga Yer yuzida makon, nusrat, g`alaba — imkon bersak Xovliqib ketmaydilar, balki Alloh taologa ixlos bilan ibodat qiladilar, u bilan bog`lanishni kuchaytiradilar. Alloh xohlagan oqibatini keltirib chiqaradi. Xohlasa, mag`lubiyatni ham g`alabaga aylantirib yuboradi.)
42
وَإِن يُكَذِّبُوكَ فَقَدْ كَذَّبَتْ قَبْلَهُمْ قَوْمُ نُوحٍ وَعَادٌ وَثَمُودُ‮٤٢‬‬‬
Sodiq
Agar seni yolg`onchi qilayotgan bo`lsalar, bas, bulardan oldin Nuh qavmi, Od va Samud ham yolg`onchi qilgan edilar.
43
وَقَوْمُ إِبْرَٰهِيمَ وَقَوْمُ لُوطٍ‮٤٣‬‬‬
Sodiq
Ibrohim qavmi, Lut qavmi.
44
وَأَصْحَٰبُ مَدْيَنَ ​ۖ وَكُذِّبَ مُوسَىٰ فَأَمْلَيْتُ لِلْكَٰفِرِينَ ثُمَّ أَخَذْتُهُمْ ​ۖ فَكَيْفَ كَانَ نَكِيرِ‮٤٤‬‬‬
Sodiq
Madyan egalari ham. Va Muso ham yolg`onchi qilindi. Men kofirlarga bir oz muhlat berdim, so`ngra ularni tutdim. Bas, Mening inkorim qandoq bo`ldi?![1]

[1] Albatta, o`ta shiddatli bo`ldi. O`ta qo`rqinchli bo`ldi. O`sha kofir, jinoyatchi, payg`ambarlarini yolg`onchiga chiqargan qavmlarning ba'zilarini to`fon azobi tutdi. Ba'zilarini yer yutdi, zilzila va boshqa azoblarga duchor bo`ldilar.)
45
فَكَأَيِّن مِّن قَرْيَةٍ أَهْلَكْنَٰهَا وَهِىَ ظَالِمَةٌ فَهِىَ خَاوِيَةٌ عَلَىٰ عُرُوشِهَا وَبِئْرٍ مُّعَطَّلَةٍ وَقَصْرٍ مَّشِيدٍ‮٤٥‬‬‬
Sodiq
Qanchadan-qancha shahar-qishloqlarni zulm qilguvchi bo`lgan holida halok etdik. Bas, ular (hozirda) shiftlari qulagan, tashlandiq quduq, (huvillagan) yuksak qasr (holidadir).
46
أَفَلَمْ يَسِيرُواْ فِى ٱلْأَرْضِ فَتَكُونَ لَهُمْ قُلُوبٌ يَعْقِلُونَ بِهَآ أَوْ ءَاذَانٌ يَسْمَعُونَ بِهَا ​ۖ فَإِنَّهَا لَا تَعْمَى ٱلْأَبْصَٰرُ وَلَٰكِن تَعْمَى ٱلْقُلُوبُ ٱلَّتِى فِى ٱلصُّدُورِ‮٤٦‬‬‬
Sodiq
Axir, yer yuzida aylanib yurmaydilarmi, toki qalblar ila aql yuritsalar, quloqlari ila eshitsalar. Zero, ko`zlar ko`r bo`lmas, siynalardagi qalblar ko`r bo`lur.[1]

[1] O`sha kofirlar Yer yuzida aylanib yurganlarida, o`tgan kofirlardan qolgan asarlarni ko`rar edilar. Ularni ko`rib, tafakkur qilganlarida qalblari ta'sirlanib, aqllari kirar edi. Odamlardan o`tgan zolim kofir qavmlar nima uchun va qanday qilib halokatga uchraganlari haqidagi rivoyatlarni eshitar, ulardan ibrat olar edilar.)
47
وَيَسْتَعْجِلُونَكَ بِٱلْعَذَابِ وَلَن يُخْلِفَ ٱللَّهُ وَعْدَهُۥ ​ۚ وَإِنَّ يَوْمًا عِندَ رَبِّكَ كَأَلْفِ سَنَةٍ مِّمَّا تَعُدُّونَ‮٤٧‬‬‬
Sodiq
Ular sendan azobning tezroq kelishini so`rarlar. Holbuki, Alloh va'dasiga xilof qilmas. Darhaqiqat, Robbing huzuridagi bir kun siz sanaydigan ming yildekdir.[1]

[1] Modomiki kofirlarga azob yuborishni va'da qildimi, ularga Allohning azobi, albatta, keladi. Shoshilmay tursinlar. Azobni qachon yuborishni Allohning O`zi biladi. Alloh taolo hech shoshilmaydi. «Darhaqiqat, Robbing huzuridagi bir kun siz sanaydigan ming yildekdir». Shuning uchun ham U zot shoshilmaydi.)
48
وَكَأَيِّن مِّن قَرْيَةٍ أَمْلَيْتُ لَهَا وَهِىَ ظَالِمَةٌ ثُمَّ أَخَذْتُهَا وَإِلَىَّ ٱلْمَصِيرُ‮٤٨‬‬‬
Sodiq
Qanchadan-qancha shahar-qishloqlarga zulm qilguvchi bo`lgan holida ham muhlat berdim. So`ngra ularni (azobga) tutdim. Qaytish faqat Mengaginadir.
49
قُلْ يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ إِنَّمَآ أَنَاْ لَكُمْ نَذِيرٌ مُّبِينٌ‮٤٩‬‬‬
Sodiq
Sen: «Ey odamlar! Men sizlar uchun faqat bir ochiq ogohlantirguvchiman, xolos», deb ayt.
50
فَٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَعَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ لَهُم مَّغْفِرَةٌ وَرِزْقٌ كَرِيمٌ‮٥٠‬‬‬
Sodiq
Iymon keltirib, yaxshi amallarni qilganlarga mag`firat va ikromli rizq bordir.
51
وَٱلَّذِينَ سَعَوْاْ فِىٓ ءَايَٰتِنَا مُعَٰجِزِينَ أُوْلَٰٓئِكَ أَصْحَٰبُ ٱلْجَحِيمِ‮٥١‬‬‬
Sodiq
Bizning oyatlarimizni ojiz qoldirmoqchi bo`lib, sa'yi-harakat qilganlar, ana o`shalar jahiym egalaridir.
52
وَمَآ أَرْسَلْنَا مِن قَبْلِكَ مِن رَّسُولٍ وَلَا نَبِىٍّ إِلَّآ إِذَا تَمَنَّىٰٓ أَلْقَى ٱلشَّيْطَٰنُ فِىٓ أُمْنِيَّتِهِۦ فَيَنسَخُ ٱللَّهُ مَا يُلْقِى ٱلشَّيْطَٰنُ ثُمَّ يُحْكِمُ ٱللَّهُ ءَايَٰتِهِۦ ​ۗ وَٱللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌ‮٥٢‬‬‬
Sodiq
Biz sendan ilgari hech bir Rasul va Nabiy yubormadikki, u bir narsani tamanniy qilganida, shayton uning tamanniysiga (shubha) tashlamagan bo`lsa. Bas, Alloh shayton tashlaydigan narsani ketkazur. So`ngra, Alloh O`z oyatlarini mustahkam qilur. Alloh o`ta bilguvchi va hikmatli Zotdir.[1]

[1] Lug`at jihatidan qaraydigan bo`lsak «Tamanniy» so`zi arab tilida «oliy orzu» ajnabiy tildagi «ideal») ma'nosini anglatadi. Shuning uchun ham oyati karima ma'nosini tarjima qilishda bu so`zni shu holda qoldirishni ravo ko`rdik. Ushbu oyati karimada, bu oliy orzu boshqa Rasul va Nabiylarda ham bo`lganligi, bu ko`proq shayton tomonidan noto`g`ri fikr yoki holatlarga olib borishi mumkinligi, ammo Alloh doimo O`zi payg`ambarlarni bundan saqlab kelganligi aytilmoqda. Ushbu holat Payg`ambarimiz sollallohu alayhi va sallam hayotlarida bir necha marta ko`rilgan.)
53
لِّيَجْعَلَ مَا يُلْقِى ٱلشَّيْطَٰنُ فِتْنَةً لِّلَّذِينَ فِى قُلُوبِهِم مَّرَضٌ وَٱلْقَاسِيَةِ قُلُوبُهُمْ ​ۗ وَإِنَّ ٱلظَّٰلِمِينَ لَفِى شِقَاقٍ بَعِيدٍ‮٥٣‬‬‬
Sodiq
Shayton tashlaydigan narsa qalblarida kasali borlarga va qalblari toshlarga fitna bo`lishi uchundir. Albatta, zolimlar (haqdan) uzoq tortishuvdadirlar.
54
وَلِيَعْلَمَ ٱلَّذِينَ أُوتُواْ ٱلْعِلْمَ أَنَّهُ ٱلْحَقُّ مِن رَّبِّكَ فَيُؤْمِنُواْ بِهِۦ فَتُخْبِتَ لَهُۥ قُلُوبُهُمْ ​ۗ وَإِنَّ ٱللَّهَ لَهَادِ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ إِلَىٰ صِرَٰطٍ مُّسْتَقِيمٍ‮٥٤‬‬‬
Sodiq
Ilm berilganlar u(Qur'on) Robbingdan kelgan haq ekanini bilishlari, unga iymon keltirishlari va qalblari unga bog`lanib, taskin topishi uchundir. Albatta, Alloh iymon keltirganlarni to`g`ri yo`lga hidoyat qilguvchidir.
55
وَلَا يَزَالُ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ فِى مِرْيَةٍ مِّنْهُ حَتَّىٰ تَأْتِيَهُمُ ٱلسَّاعَةُ بَغْتَةً أَوْ يَأْتِيَهُمْ عَذَابُ يَوْمٍ عَقِيمٍ‮٥٥‬‬‬
Sodiq
Kufr keltirganlar ularga soat (qiyomat) to`satdan kelgunicha yoki qisir Kun azobi kelgunicha u(Qur'on)dan shubhada bo`lishda davom etadilar.[1]

[1] Kofirlar qiyomatgacha Qur'oni Karim Allohdan kelgan haq ekaniga shubhada bo`ladilar. Shuning uchun iymon keltirmaydilar. Lekin bu bilan faqat o`zlariga ziyon qiladilar, xolos.)
56
ٱلْمُلْكُ يَوْمَئِذٍ لِّلَّهِ يَحْكُمُ بَيْنَهُمْ ​ۚ فَٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَعَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ فِى جَنَّٰتِ ٱلنَّعِيمِ‮٥٦‬‬‬
Sodiq
O`sha kunda hukmronlik Allohgagina xosdir. U ular orasida hukm qilur. Bas, iymon keltirganlar va yaxshi amal qilganlar nozu ne'mat jannatlaridadirlar.
57
وَٱلَّذِينَ كَفَرُواْ وَكَذَّبُواْ بِـَٔايَٰتِنَا فَأُوْلَٰٓئِكَ لَهُمْ عَذَابٌ مُّهِينٌ‮٥٧‬‬‬
Sodiq
Kufr keltirgan va oyatlarimizni yolg`onga chiqarganlar esa, bas, ana o`shalarga xorlovchi azob bordir.
58
وَٱلَّذِينَ هَاجَرُواْ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ ثُمَّ قُتِلُوٓاْ أَوْ مَاتُواْ لَيَرْزُقَنَّهُمُ ٱللَّهُ رِزْقًا حَسَنًا ​ۚ وَإِنَّ ٱللَّهَ لَهُوَ خَيْرُ ٱلرَّٰزِقِينَ‮٥٨‬‬‬
Sodiq
Alloh yo`lida hijrat qilganlar, so`ngra o`ldirilib yoki vafot etganlarni, albatta, Alloh go`zal rizq ila rizqlantirur. Albatta, Alloh rizq berguvchilarning eng yaxshisidir.[1]

[1] Hijrat Alloh yo`lida vatandan, qarindosh-urug`dan, molu dunyodan, turli qulayliklardan uzoqda bo`lishdir. Hijrat barcha payg`ambarlar, ulug` zotlar boshidan o`tkazgan holatdir. Islomda esa, Islom Payg`ambari Muhammad alayhissalotu vassalom va u kishining safdoshlari — sahobalarning bir qismi hayotidagi katta sinovdir. Alloh taolo ularning Makkadan Madinaga qilgan hijratlaridan so`ng Islomga fathu futuh, shonu shavkat berdi.)
59
لَيُدْخِلَنَّهُم مُّدْخَلًا يَرْضَوْنَهُۥ ​ۗ وَإِنَّ ٱللَّهَ لَعَلِيمٌ حَلِيمٌ‮٥٩‬‬‬
Sodiq
Albatta, U zot ularni o`zlari rozi bo`ladigan joyga kiritur. Albatta, Alloh o`ta bilguvchi va haliym Zotdir.
60
۞ذَٰلِكَ وَمَنْ عَاقَبَ بِمِثْلِ مَا عُوقِبَ بِهِۦ ثُمَّ بُغِىَ عَلَيْهِ لَيَنصُرَنَّهُ ٱللَّهُ ​ۗ إِنَّ ٱللَّهَ لَعَفُوٌّ غَفُورٌ‮٦٠‬‬‬
Sodiq
Ish bundoq. Kim o`ziga iqob qilinganiga o`xshash iqob qilsa-yu, so`ngra unga yana zo`ravonlik qilinsa, Alloh, albatta, unga nusrat berur. Albatta, Alloh afvli va mag`firatli Zotdir.[1]

[1] Birov zulmga uchrab, boshqa bir kishi tomonidan iqobga uchrasa, qasos olish tariqasida o`sha zolimdan o`ziga qilingan iqob darajasida o`ch olsayu, so`ngra unga yana tajovuz qilinsa, o`sha odamga Alloh yordam beradi. Chunki u zulm qilmayapti, haddidan oshmayapti, faqat o`z haqqini talab qilyapti. Boshqa tomon esa, avval nohaqdan tajovuzkorlik qilgan edi. Tajovuziga yarasha javob kelganida, tushunib o`zini tiyishi kerak edi. Ammo u yana tajovuzkorlik qildi.)
61
ذَٰلِكَ بِأَنَّ ٱللَّهَ يُولِجُ ٱلَّيْلَ فِى ٱلنَّهَارِ وَيُولِجُ ٱلنَّهَارَ فِى ٱلَّيْلِ وَأَنَّ ٱللَّهَ سَمِيعُ​ۢ بَصِيرٌ‮٦١‬‬‬
Sodiq
Chunki, Alloh, albatta, kechani kunduzga kiritur va kunduzni kechaga kiritur. Albatta, Alloh o`ta eshitguvchi va o`ta ko`rguvchi Zotdir.[1]

[1] Doimiy suvratda kecha kunduzga, kunduz kechaga kirib turadi. Buni Allohga kufr keltirib, gerdayib yurgan odamlar ham, boshqalari ham qila olmaydi. Buni faqat Alloh taologina qiladi. Allohning bu ishini birov to`xtata olmaganidek, U zotning mazlumlarga nusrat berishini ham to`xtata olmaydi.)
62
ذَٰلِكَ بِأَنَّ ٱللَّهَ هُوَ ٱلْحَقُّ وَأَنَّ مَا يَدْعُونَ مِن دُونِهِۦ هُوَ ٱلْبَٰطِلُ وَأَنَّ ٱللَّهَ هُوَ ٱلْعَلِىُّ ٱلْكَبِيرُ‮٦٢‬‬‬
Sodiq
Chunki, Allohning O`zigina haqdir, Undan boshqa topinayotganlari esa, botildir. Albatta, Alloh yuksak va buyukdir.
63
أَلَمْ تَرَ أَنَّ ٱللَّهَ أَنزَلَ مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءً فَتُصْبِحُ ٱلْأَرْضُ مُخْضَرَّةً ​ۗ إِنَّ ٱللَّهَ لَطِيفٌ خَبِيرٌ‮٦٣‬‬‬
Sodiq
Alloh osmondan suv tushirganida, yerning yam-yashil bo`lishini ko`rmadingmi?! Albatta, Alloh o`ta lutfli va xabardor Zotdir.
64
لَّهُۥ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ ​ۗ وَإِنَّ ٱللَّهَ لَهُوَ ٱلْغَنِىُّ ٱلْحَمِيدُ‮٦٤‬‬‬
Sodiq
Osmonlaru yerdagi narsalar Unikidir. Albatta, Alloh, Uning O`zigina behojat va maqtalgan Zotdir.[1]

[1] Alloh taolo osmonlaru Yerdagi narsalarga ega bo`lganidan, U zotning hech bir narsaga hojati yo`q. Shunday ham maqtalgan, hamdu sano egasi bo`lgan Zotdir. O`zidan boshqa yordamchiga Uning hojati bo`lmaganidek, birovning maqtoviga ham hojati yo`qdir.)
ﻉ293Sahifa 340293ﻉ
65
أَلَمْ تَرَ أَنَّ ٱللَّهَ سَخَّرَ لَكُم مَّا فِى ٱلْأَرْضِ وَٱلْفُلْكَ تَجْرِى فِى ٱلْبَحْرِ بِأَمْرِهِۦ وَيُمْسِكُ ٱلسَّمَآءَ أَن تَقَعَ عَلَى ٱلْأَرْضِ إِلَّا بِإِذْنِهِۦٓ ​ۗ إِنَّ ٱللَّهَ بِٱلنَّاسِ لَرَءُوفٌ رَّحِيمٌ‮٦٥‬‬‬
Sodiq
Alloh yerdagi narsalarni, dengizda O`z izni ila yuradigan kemani sizlarga bo`ysundirib qo`yganini hamda osmonni iznisiz yerga tushishdan tutib turishini ko`rmadingizmi?! Albatta, Alloh odamlarga shafqatli va mehribondir.[1]

[1] Insof bilan fikr ishlatib qaralsa, Alloh taolo Yer yuzidagi hamma narsalarni inson foydasi uchun, unga bo`ysunadigan, unga beminnat xizmat qiladigan qilib qo`ygan. Havodan tortib, toshu toqqacha, nabototu jamodot, katta-kichik jonzotlar, hamma-hammasi inson uchun xizmatkor. Ularning evaziga insondan haq talab qilinmaydi.)
66
وَهُوَ ٱلَّذِىٓ أَحْيَاكُمْ ثُمَّ يُمِيتُكُمْ ثُمَّ يُحْيِيكُمْ ​ۗ إِنَّ ٱلْإِنسَٰنَ لَكَفُورٌ‮٦٦‬‬‬
Sodiq
Sizlarni tiriltirgan, keyin o`ldiradigan, so`ngra (qayta) tiriltiradigan ham Uning O`zidir. Albatta, inson o`ta noshukrdir.[1]

[1] Insonga hayot berib, uni yo`qdan bor qilgan kim?! Albatta, Alloh! Ana shu Zotga shukr qilib, Unga iymon keltirib, Uning ibodatini qilsa, bo`lmasmidi?! Bu dunyoda yashab yurgan insonni o`ldiradigan kim?! Albatta, Alloh! O`lganlarni qiyomat kuni qayta tiriltiradigan, ularni so`roq-savolga tutadigan, qilganiga yarasha mukofot yoki jazo beradigan kim?! Albatta, Alloh! Shunday ekan, inson o`sha kunga tayyorgarlik ko`rsa bo`lmasmidi?! «Albatta, inson o`ta noshukrdir». Shuning uchun ham Allohga kufr keltiradi. Unga isyon qiladi. Uning ko`rsatgan yo`lidan yurmaydi.)
67
لِّكُلِّ أُمَّةٍ جَعَلْنَا مَنسَكًا هُمْ نَاسِكُوهُ ​ۖ فَلَا يُنَٰزِعُنَّكَ فِى ٱلْأَمْرِ ​ۚ وَٱدْعُ إِلَىٰ رَبِّكَ ​ۖ إِنَّكَ لَعَلَىٰ هُدًى مُّسْتَقِيمٍ‮٦٧‬‬‬
Sodiq
Biz har bir ummatga shariat berganmiz. Ular o`shanga amal qilguvchilardir. Bas, bu ishda hargiz sen ila nizo qilmasinlar. Robbingga da'vat qil. Albatta, sen mustaqiym hidoyatdasan.
68
وَإِن جَٰدَلُوكَ فَقُلِ ٱللَّهُ أَعْلَمُ بِمَا تَعْمَلُونَ‮٦٨‬‬‬
Sodiq
Agar ular sen bilan tortishsalar: «Alloh nima qilayotganingizni bilguvchidir.
69
ٱللَّهُ يَحْكُمُ بَيْنَكُمْ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ فِيمَا كُنتُمْ فِيهِ تَخْتَلِفُونَ‮٦٩‬‬‬
Sodiq
Alloh qiyomat kuni siz ixtilof qilgan narsa bo`yicha orangizda hukm qiladir», deb ayt.
70
أَلَمْ تَعْلَمْ أَنَّ ٱللَّهَ يَعْلَمُ مَا فِى ٱلسَّمَآءِ وَٱلْأَرْضِ ​ۗ إِنَّ ذَٰلِكَ فِى كِتَٰبٍ ​ۚ إِنَّ ذَٰلِكَ عَلَى ٱللَّهِ يَسِيرٌ‮٧٠‬‬‬
Sodiq
Alloh, albatta, osmonu yerdagi narsani bilishini, ana o`sha, albatta, kitobda ekanini va, albatta, u narsa Allohga oson ekanini bilmaysanmi?![1]

[1] Ushbu oyatdagi savol iqror qildirish ma'nosidadir. Ya'ni, bilar eding-ku, deyilmoqda. Oyati karimadagi «kitob»dan murod «Lavhul mahfuz»dir. Demak, hukm qilish Alloh taolo uchun hech narsa emas.)
71
وَيَعْبُدُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ مَا لَمْ يُنَزِّلْ بِهِۦ سُلْطَٰنًا وَمَا لَيْسَ لَهُم بِهِۦ عِلْمٌ ​ۗ وَمَا لِلظَّٰلِمِينَ مِن نَّصِيرٍ‮٧١‬‬‬
Sodiq
Ular Allohni qo`yib, U zot u haqida biron hujjat tushirmagan, o`zlarida u haqda ilm bo`lmagan narsaga ibodat qilurlar. Zolimlarga hech bir nusrat berguvchi yo`qdir.
72
وَإِذَا تُتْلَىٰ عَلَيْهِمْ ءَايَٰتُنَا بَيِّنَٰتٍ تَعْرِفُ فِى وُجُوهِ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ ٱلْمُنكَرَ ​ۖ يَكَادُونَ يَسْطُونَ بِٱلَّذِينَ يَتْلُونَ عَلَيْهِمْ ءَايَٰتِنَا ​ۗ قُلْ أَفَأُنَبِّئُكُم بِشَرٍّ مِّن ذَٰلِكُمُ ​ۗ ٱلنَّارُ وَعَدَهَا ٱللَّهُ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ ​ۖ وَبِئْسَ ٱلْمَصِيرُ‮٧٢‬‬‬
Sodiq
Ularga ochiq-oydin oyatlarimiz tilovat qilinayotganida, kufr keltirganlarning yuzlarida inkorni ko`rursan. Ular o`zlariga oyatlarimizni tilovat qilib berayotganlarga chang solishlariga oz qolurlar. Sen ularga: «Buningizdan ham yomonroq narsaning xabarini beraymi? U do`zaxdir. Alloh uni kufr keltirganlarga va'da qilgandir. Va u naqadar yomon qaytish joyidir», degin.
ﻉ294Sahifa 341294ﻉ
73
يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ ضُرِبَ مَثَلٌ فَٱسْتَمِعُواْ لَهُۥٓ ​ۚ إِنَّ ٱلَّذِينَ تَدْعُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ لَن يَخْلُقُواْ ذُبَابًا وَلَوِ ٱجْتَمَعُواْ لَهُۥ ​ۖ وَإِن يَسْلُبْهُمُ ٱلذُّبَابُ شَيْـًٔا لَّا يَسْتَنقِذُوهُ مِنْهُ ​ۚ ضَعُفَ ٱلطَّالِبُ وَٱلْمَطْلُوبُ‮٧٣‬‬‬
Sodiq
Ey odamlar! Bir masal aytilmish, bas, unga quloq soling! Albatta, sizlar Allohni qo`yib, topinayotgan narsalaringiz, agar barchalari birlashsalar ham, bitta pashsha yarata olmaslar. Va agar pashsha ulardan biron narsani tortib olsa, undan o`shani qutqarib ololmaslar. Talab qiluvchi ham, talab qilingan ham ojiz bo`ldi.[1]

[1] Boshqa katta jonzotlarni qo`ysinlar-u, eng kichik, eng haqir, eng ahamiyatsiz ko`ringan pashshani yaratishga urinib ko`rsinlar. Yarata olmaslar. Xo`sh, endi bir dona pashshani yarata olmagan butga qanday qilib topinish, sig`inish, aytganini agar aytolsa,) qilish mumkin? Aslo mumkin emas. Umuman aqlga, mantiqqa to`g`ri kelmaydi. Pashsha juda zaif, haqir jon. Ammo, u sabab bo`lib ba'zi bir kasalliklarni tashib keltirsa, hammasi to`planib, harakat qilsa ham, o`sha kasallikdan zarar ko`rayotganni yoki o`layotganni qutqarib qololmaydilar. Buni hamma hayotda ko`rgan. «Talab qiluvchi ham, talab qilingan ham ojiz bo`ldi». Ya'ni, Allohdan o`zganing ibodatini talab qiluvchi ham, ibodati talab qilingan narsalar ham ojizdirlar. Biron narsa qo`llaridan kelmas.)
74
مَا قَدَرُواْ ٱللَّهَ حَقَّ قَدْرِهِۦٓ ​ۗ إِنَّ ٱللَّهَ لَقَوِىٌّ عَزِيزٌ‮٧٤‬‬‬
Sodiq
Ular Allohning qadrini joyiga qo`ymadilar. Albatta, Alloh kuchli va aziyzdir.[1]

[1] Ya'ni, ular yolg`iz Allohning O`ziga e'tiqod qilishlari, faqat Ungagina ibodat qilishlari lozim edi. Ammo ular Allohning qadrini bilmadilar, unga shirk keltirdilar, Undan o`zgalarga topindilar.)
75
ٱللَّهُ يَصْطَفِى مِنَ ٱلْمَلَٰٓئِكَةِ رُسُلًا وَمِنَ ٱلنَّاسِ ​ۚ إِنَّ ٱللَّهَ سَمِيعُ​ۢ بَصِيرٌ‮٧٥‬‬‬
Sodiq
Alloh farishtalardan va odamlardan Payg`ambarlar tanlar. Albatta, Alloh o`ta eshitguvchi va ko`rguvchidir.
76
يَعْلَمُ مَا بَيْنَ أَيْدِيهِمْ وَمَا خَلْفَهُمْ ​ۗ وَإِلَى ٱللَّهِ تُرْجَعُ ٱلْأُمُورُ‮٧٦‬‬‬
Sodiq
U zot ularning oldilaridagi va ortlaridagi narsani bilur. Barcha ishlar yolg`iz Allohgagina qaytarilur.
77
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ ٱرْكَعُواْ وَٱسْجُدُواْ وَٱعْبُدُواْ رَبَّكُمْ وَٱفْعَلُواْ ٱلْخَيْرَ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ ۩‮٧٧‬‬‬
Sodiq
Ey, iymon keltirganlar, ruku', sajda qilinglar va Robbingizga ibodat qilinglar hamda yaxshilik qilinglar, shoyadki, najot topsangiz.
78
وَجَٰهِدُواْ فِى ٱللَّهِ حَقَّ جِهَادِهِۦ ​ۚ هُوَ ٱجْتَبَىٰكُمْ وَمَا جَعَلَ عَلَيْكُمْ فِى ٱلدِّينِ مِنْ حَرَجٍ ​ۚ مِّلَّةَ أَبِيكُمْ إِبْرَٰهِيمَ ​ۚ هُوَ سَمَّىٰكُمُ ٱلْمُسْلِمِينَ مِن قَبْلُ وَفِى هَٰذَا لِيَكُونَ ٱلرَّسُولُ شَهِيدًا عَلَيْكُمْ وَتَكُونُواْ شُهَدَآءَ عَلَى ٱلنَّاسِ ​ۚ فَأَقِيمُواْ ٱلصَّلَوٰةَ وَءَاتُواْ ٱلزَّكَوٰةَ وَٱعْتَصِمُواْ بِٱللَّهِ هُوَ مَوْلَىٰكُمْ ​ۖ فَنِعْمَ ٱلْمَوْلَىٰ وَنِعْمَ ٱلنَّصِيرُ‮٧٨‬‬‬
Sodiq
Va Alloh (yo`lida) haq jihod qilingiz. U sizlarni tanlab oldi. Va sizga bu dinda hech tanglik qilmadi. Bu, otangiz Ibrohimning millati. U sizlarni bundan oldin va bu (Qur'on)da Payg`ambar sizlarga guvoh bo`lishi uchun, sizlar esa, odamlarga guvohlar bo`lishingiz uchun «musulmonlar» deb nomladi. Bas, namozni to`kis ado etinglar, zakot beringlar va Allohga bog`laninglar. U sizning xojangizdir. Bas, U zot qanday ham yaxshi xoja va qanday ham yaxshi nusrat berguvchidir.[1]

[1] Suraning oxiridagi ushbu ikki oyatda Alloh taolo Islom ummatiga nido qilmoqda. Bu nido musulmonlarga eng mahbub murojaat bilan «Ey iymon keltirganlar», deb boshlamoqda. Bu nido o`zidan keyin keladigan amrlarni alohida ko`tarinki ruhda ado etishga undaydi. Undan keyin kelayotgan amrlar esa, ruku', sajda qilmoqlikdir.)