Sura 24
Nur
k
Nur
64 oyat |
Madina |
Sura 24 • Oyat 1 / 64 • Juz 184⁄8 • Sahifa 350
Nur
2
1
۞ سُورَةٌ أَنزَلْنَٰهَا وَفَرَضْنَٰهَا وَأَنزَلْنَا فِيهَآ ءَايَٰتٍ بَيِّنَٰتٍ لَّعَلَّكُمْ تَذَكَّرُونَ١
Sodiq
(Bu bir) suradir. Biz uni nozil qildik. Biz uni farz qildik. Biz unda ochiq-oydin oyatlarni nozil qildik. Shoyadki, eslasangiz.
2
ٱلزَّانِيَةُ وَٱلزَّانِى فَٱجْلِدُواْ كُلَّ وَٰحِدٍ مِّنْهُمَا مِاْئَةَ جَلْدَةٍ ۖ وَلَا تَأْخُذْكُم بِهِمَا رَأْفَةٌ فِى دِينِ ٱللَّهِ إِن كُنتُمْ تُؤْمِنُونَ بِٱللَّهِ وَٱلْيَوْمِ ٱلْـَٔاخِرِ ۖ وَلْيَشْهَدْ عَذَابَهُمَا طَآئِفَةٌ مِّنَ ٱلْمُؤْمِنِينَ٢
Sodiq
Zinokor ayol va zinokor erkak, ikkovlaridan har birini yuz darradan uring. Agar siz Allohga va oxirat kuniga iymon keltiradigan bo`lsangiz, sizlarni ularga nisbatan Allohning dinida shafqat tutmasin. Va ularning azobiga bir toifa mo`minlar guvoh bo`lsinlar.[1]
[1] Nikohda bo`lmay, er-xotinlik hayotini tanib olmaganlar zino qilsalar, ushbu oyatning hukmiga binoan yuz darradan uriladi.)
3
ٱلزَّانِى لَا يَنكِحُ إِلَّا زَانِيَةً أَوْ مُشْرِكَةً وَٱلزَّانِيَةُ لَا يَنكِحُهَآ إِلَّا زَانٍ أَوْ مُشْرِكٌ ۚ وَحُرِّمَ ذَٰلِكَ عَلَى ٱلْمُؤْمِنِينَ٣
Sodiq
Zinokor erkak faqat zinokor yoki mushrika ayolga nikohlanur. Zinokor ayolga faqat zinokor yoki mushrik erkak nikohlanur. Bu, mo`minlarga harom qilinmishdir.[1]
[1] Zinokor Islom jamiyati jismidan umuman olib tashlanadi. Guvohligi qabul qilinmaydigan bo`ladi, mo`minlar bilan nikohda bo`lishdan man etiladi va hokazo.)
4
وَٱلَّذِينَ يَرْمُونَ ٱلْمُحْصَنَٰتِ ثُمَّ لَمْ يَأْتُواْ بِأَرْبَعَةِ شُهَدَآءَ فَٱجْلِدُوهُمْ ثَمَٰنِينَ جَلْدَةً وَلَا تَقْبَلُواْ لَهُمْ شَهَٰدَةً أَبَدًا ۚ وَأُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْفَٰسِقُونَ٤
Sodiq
Pokiza ayollarga (bo`hton) toshi otib, so`ngra to`rtta guvoh keltira olmaganlarni sakson darra uringlar va ularning guvohligini abadiy qabul qilmanglar. Ana o`shalar fosiqlardir.
5
إِلَّا ٱلَّذِينَ تَابُواْ مِنۢ بَعْدِ ذَٰلِكَ وَأَصْلَحُواْ فَإِنَّ ٱللَّهَ غَفُورٌ رَّحِيمٌ٥
Sodiq
Magar bundan keyin tavba qilib, o`zini isloh qilganlar (mustasnodir). Zero, Alloh o`ta mag`firatli va o`ta rahimlidir.
6
وَٱلَّذِينَ يَرْمُونَ أَزْوَٰجَهُمْ وَلَمْ يَكُن لَّهُمْ شُهَدَآءُ إِلَّآ أَنفُسُهُمْ فَشَهَٰدَةُ أَحَدِهِمْ أَرْبَعُ شَهَٰدَٰتٍ بِٱللَّهِ ۙ إِنَّهُۥ لَمِنَ ٱلصَّٰدِقِينَ٦
Sodiq
O`z juftlariga (bo`hton) toshi otib, faqat o`zlaridan boshqa guvohlari bo`lmaganlar esa, bas, ulardan har birining guvohligi Allohning nomi ila to`rt marta, albatta, u rostgo`ylardan ekanligi haqida shohidlik berishdir.
7
وَٱلْخَٰمِسَةُ أَنَّ لَعْنَتَ ٱللَّهِ عَلَيْهِ إِن كَانَ مِنَ ٱلْكَٰذِبِينَ٧
Sodiq
Beshinchisida esa, agar yolg`onchilardan bo`lsa, unga Allohning la'nati bo`lishini (aytishlikdir).
8
وَيَدْرَؤُاْ عَنْهَا ٱلْعَذَابَ أَن تَشْهَدَ أَرْبَعَ شَهَٰدَٰتٍ بِٱللَّهِ ۙ إِنَّهُۥ لَمِنَ ٱلْكَٰذِبِينَ٨
Sodiq
Va u(ayol)dan azobni qaytaradigan narsa Allohning nomi ila to`rt marta, albatta, u(er) yolg`onchilardandir, deb shohidlik berishidir.
9
وَٱلْخَٰمِسَةَ أَنَّ غَضَبَ ٱللَّهِ عَلَيْهَآ إِن كَانَ مِنَ ٱلصَّٰدِقِينَ٩
Sodiq
Beshinchisida esa, agar u(er) rostgo`ylardan bo`lsa, o`zi(ayol)ga Allohning g`azabi bo`lishini (aytishlikdir).
10
وَلَوْلَا فَضْلُ ٱللَّهِ عَلَيْكُمْ وَرَحْمَتُهُۥ وَأَنَّ ٱللَّهَ تَوَّابٌ حَكِيمٌ١٠
Sodiq
Agar sizlarga Allohning fazli va marhamati bo`lmaganida... Albatta, Alloh tavbalarni ko`plab qabul qilguvchi va o`ta hikmatli zot bo`lmaganida edi...
11
إِنَّ ٱلَّذِينَ جَآءُو بِٱلْإِفْكِ عُصْبَةٌ مِّنكُمْ ۚ لَا تَحْسَبُوهُ شَرًّا لَّكُم ۖ بَلْ هُوَ خَيْرٌ لَّكُمْ ۚ لِكُلِّ ٱمْرِيٕٖ مِّنْهُم مَّا ٱكْتَسَبَ مِنَ ٱلْإِثْمِ ۚ وَٱلَّذِى تَوَلَّىٰ كِبْرَهُۥ مِنْهُمْ لَهُۥ عَذَابٌ عَظِيمٌ١١
Sodiq
Albatta, ifkni keltirganlar o`zingizdan bo`lgan bir usba (to`da)dir. Uni o`zingizga yomonlik deb hisoblamang. Aksincha, u siz uchun yaxshilikdir. Ulardan har bir kishi uchun o`zi qilgan kasbning gunohi bordir. Ulardan (gunohning) kattasini ko`targan kimsaga buyuk azob bordir.[1]
[1] Islom dushmanlari aqliy tortishuvlarda, jang maydonlarida musulmonlardan ustun kela olishlariga ko`zlari yetmaganidan keyin musulmonlarning eng kuchli nuqtasini zaiflashtirish uchun ochiqdan-ochiq ig`vo, bo`hton, tuhmat va uydirma qilishga o`tdilar. Gapni boshqa yoqqa burib, haqiqatdan chetga chiqish, yolg`ondan uydirma to`qish, bo`hton va ig`vo qilish arab tilida «ifk» deyiladi. Munofiqlar Oyisha onamizga nisbatan ifk uyushtirdilar. Ularning ifkiga ba'zi sodda musulmonlar ham qo`shildilar. Orada katta fitna chiqdi. Oyisha onamizni zino qilganlikda ayblay boshladilar. U kishiga nisbatan ifk — ig`vo, bo`hton, tuhmat va uydirma uyushtirildi. Bu hodisa «Ifk hodisasi» nomi bilan mashhurdir.)
12
لَّوْلَآ إِذْ سَمِعْتُمُوهُ ظَنَّ ٱلْمُؤْمِنُونَ وَٱلْمُؤْمِنَٰتُ بِأَنفُسِهِمْ خَيْرًا وَقَالُواْ هَٰذَآ إِفْكٌ مُّبِينٌ١٢
Sodiq
U(ifk)ni eshitgan vaqtingizda mo`minlar va mo`minalar o`zlari haqida yaxshi gumonga borib: «Bu ochiq-oydin ifk-ku!» desalar bo`lmasmidi?!
13
لَّوْلَا جَآءُو عَلَيْهِ بِأَرْبَعَةِ شُهَدَآءَ ۚ فَإِذْ لَمْ يَأْتُواْ بِٱلشُّهَدَآءِ فَأُوْلَٰٓئِكَ عِندَ ٱللَّهِ هُمُ ٱلْكَٰذِبُونَ١٣
Sodiq
U(ifkchi)lar o`sha(ifk)ga to`rtta guvoh keltirsalar bo`lmasmidi?! Bas, guvohlarni keltira olmagan chog`da ana o`shalar o`zlari Allohning huzurida yolg`onchidirlar.
14
وَلَوْلَا فَضْلُ ٱللَّهِ عَلَيْكُمْ وَرَحْمَتُهُۥ فِى ٱلدُّنْيَا وَٱلْـَٔاخِرَةِ لَمَسَّكُمْ فِى مَآ أَفَضْتُمْ فِيهِ عَذَابٌ عَظِيمٌ١٤
Sodiq
Agar dunyoyu oxiratda sizlarga Allohning fazli, marhamati bo`lmaganida, o`zingiz ichiga sho`ng`igan narsa uchun sizni, albatta, buyuk azob tutar edi.
15
إِذْ تَلَقَّوْنَهُۥ بِأَلْسِنَتِكُمْ وَتَقُولُونَ بِأَفْوَاهِكُم مَّا لَيْسَ لَكُم بِهِۦ عِلْمٌ وَتَحْسَبُونَهُۥ هَيِّنًا وَهُوَ عِندَ ٱللَّهِ عَظِيمٌ١٥
Sodiq
O`shanda siz u(ifk)ni tillaringiz ila ilib olar, og`zingiz ila o`zingiz bilmagan narsani gapirar edingiz va u (ifk)ni o`zingizga yengil sanardingiz. Holbuki, u Allohning nazdida buyukdir.
16
وَلَوْلَآ إِذْ سَمِعْتُمُوهُ قُلْتُم مَّا يَكُونُ لَنَآ أَن نَّتَكَلَّمَ بِهَٰذَا سُبْحَٰنَكَ هَٰذَا بُهْتَٰنٌ عَظِيمٌ١٦
Sodiq
Uni eshitgan chog`ingizda: «Bizga buni gapirmog`imiz to`g`ri kelmas. O`zing poksan! Bu katta bo`htondir!» desangiz bo`lmasmidi?!
17
يَعِظُكُمُ ٱللَّهُ أَن تَعُودُواْ لِمِثْلِهِۦٓ أَبَدًا إِن كُنتُم مُّؤْمِنِينَ١٧
Sodiq
Agar mo`min bo`lsangiz, hargiz u(ifk)ga o`xshash narsaga qaytmasligingizni Alloh sizga va'z-nasihat qilur.
18
وَيُبَيِّنُ ٱللَّهُ لَكُمُ ٱلْـَٔايَٰتِ ۚ وَٱللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌ١٨
Sodiq
Alloh sizga oyatlarni bayon qilur. Va Alloh o`ta bilguvchi, o`ta hikmatli Zotdir.
19
إِنَّ ٱلَّذِينَ يُحِبُّونَ أَن تَشِيعَ ٱلْفَٰحِشَةُ فِى ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ لَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ فِى ٱلدُّنْيَا وَٱلْـَٔاخِرَةِ ۚ وَٱللَّهُ يَعْلَمُ وَأَنتُمْ لَا تَعْلَمُونَ١٩
Sodiq
Albatta, iymon keltirganlar ichida fohisha tarqalishini yaxshi ko`radiganlarga bu dunyoyu oxiratda alamli azob bordir. Alloh biladir, sizlar bilmassizlar.
20
وَلَوْلَا فَضْلُ ٱللَّهِ عَلَيْكُمْ وَرَحْمَتُهُۥ وَأَنَّ ٱللَّهَ رَءُوفٌ رَّحِيمٌ٢٠
Sodiq
Agar sizlarga Allohning fazli, marhamati bo`lmaganida... Va, albatta, Alloh o`ta shafqatli va rahimli bo`lmaganida...
21
۞يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ لَا تَتَّبِعُواْ خُطُوَٰتِ ٱلشَّيْطَٰنِ ۚ وَمَن يَتَّبِعْ خُطُوَٰتِ ٱلشَّيْطَٰنِ فَإِنَّهُۥ يَأْمُرُ بِٱلْفَحْشَآءِ وَٱلْمُنكَرِ ۚ وَلَوْلَا فَضْلُ ٱللَّهِ عَلَيْكُمْ وَرَحْمَتُهُۥ مَا زَكَىٰ مِنكُم مِّنْ أَحَدٍ أَبَدًا وَلَٰكِنَّ ٱللَّهَ يُزَكِّى مَن يَشَآءُ ۗ وَٱللَّهُ سَمِيعٌ عَلِيمٌ٢١
Sodiq
Ey, iymon keltirganlar! Shaytonning izidan ergashmang. Kim shaytonning izidan ergashsa, bas, albatta, u fohisha va munkarga buyuradir. Agar sizlarga Allohning fazli va marhamati bo`lmaganida, abadul-abad ichingizdan biror kishi poklana olmas edi. Lekin Alloh O`zi xohlagan kishini poklar. Alloh o`ta eshitguvchi, o`ta bilguvchi Zotdir.
22
وَلَا يَأْتَلِ أُوْلُواْ ٱلْفَضْلِ مِنكُمْ وَٱلسَّعَةِ أَن يُؤْتُوٓاْ أُوْلِى ٱلْقُرْبَىٰ وَٱلْمَسَٰكِينَ وَٱلْمُهَٰجِرِينَ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ ۖ وَلْيَعْفُواْ وَلْيَصْفَحُوٓاْ ۗ أَلَا تُحِبُّونَ أَن يَغْفِرَ ٱللَّهُ لَكُمْ ۗ وَٱللَّهُ غَفُورٌ رَّحِيمٌ٢٢
Sodiq
Sizlardan fazl va boylik egasi bo`lganlar qarindoshlarga, miskinlarga va Allohning yo`lida muhojir bo`lganlarga (nafaqa) bermaslikka qasam ichmasinlar, bas, afv etsinlar, o`tib yuborsinlar. Alloh sizlarni mag`firat qilishini xush ko`rmaysizlarmi?! Alloh o`ta mag`firatli, o`ta rahimli Zotdir.[1]
[1] Oyisha onamiz quyidagilarni aytadilar «Alloh taolo meni oqlash uchun ushbu oyatlarni nozil qilganida Abu Bakr u kishi qarindosh bo`lgani va faqirligi uchun Mistoh ibn Asosaga nafaqa berib turardilar) «Allohga qasamki, Oyisha haqida qilgan gapi uchun Mistohga abadiy hech narsa bermayman», dedilar. Shunda Alloh taolo quyidagi oyatni nozil qildi. Abu Bakr roziyallohu anhu darhol «Ha! Allohga qasamki, albatta, Alloh meni mag`firat qilishini xush ko`raman», dedilar va Mistohga berib yurgan nafaqalarini qaytadan joriy qildilar. So`ngra «Allohga qasamki, bu nafaqani undan hech uzmayman», dedilar».)
23
إِنَّ ٱلَّذِينَ يَرْمُونَ ٱلْمُحْصَنَٰتِ ٱلْغَٰفِلَٰتِ ٱلْمُؤْمِنَٰتِ لُعِنُواْ فِى ٱلدُّنْيَا وَٱلْـَٔاخِرَةِ وَلَهُمْ عَذَابٌ عَظِيمٌ٢٣
Sodiq
Albatta, pokiza, g`ofila va mo`mina ayollarga (bo`hton) toshi otganlar bu dunyoyu oxiratda la'natlanurlar. Ularga katta azob bordur.
24
يَوْمَ تَشْهَدُ عَلَيْهِمْ أَلْسِنَتُهُمْ وَأَيْدِيهِمْ وَأَرْجُلُهُم بِمَا كَانُواْ يَعْمَلُونَ٢٤
Sodiq
U kunda tillari, qo`llari va oyoqlari qilib yurgan amallari haqida ularga qarshi guvohlik berur.
25
يَوْمَئِذٍ يُوَفِّيهِمُ ٱللَّهُ دِينَهُمُ ٱلْحَقَّ وَيَعْلَمُونَ أَنَّ ٱللَّهَ هُوَ ٱلْحَقُّ ٱلْمُبِينُ٢٥
Sodiq
O`sha kunda Alloh ularning haq jazolarini to`liq berur va ular Allohning O`zi ochiq haq ekanini bilurlar.
26
ٱلْخَبِيثَٰتُ لِلْخَبِيثِينَ وَٱلْخَبِيثُونَ لِلْخَبِيثَٰتِ ۖ وَٱلطَّيِّبَٰتُ لِلطَّيِّبِينَ وَٱلطَّيِّبُونَ لِلطَّيِّبَٰتِ ۚ أُوْلَٰٓئِكَ مُبَرَّءُونَ مِمَّا يَقُولُونَ ۖ لَهُم مَّغْفِرَةٌ وَرِزْقٌ كَرِيمٌ٢٦
Sodiq
Nopok xotinlar nopok erkaklar uchundir. Nopok erkaklar nopok xotinlar uchundir. Pokiza ayollar pokiza erkaklar uchundir. Pokiza erkaklar pokiza ayollar uchundir. Ana o`shalar u(bo`htonchi)lar aytayotgan narsalardan poklangandirlar. Ularga mag`firat va go`zal rizq bordir.[1]
[1] Shu bilan ifk hodisasi — musulmonlar jamoasini katta musibatga solgan hodisa haqidagi oyatlar nihoyasiga yetdi. Bu hodisa Payg`ambar alayhissalotu vassalom oilasining pokligini va bu oilani Allohning O`zi saqlashini isbot etdi.)
27
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ لَا تَدْخُلُواْ بُيُوتًا غَيْرَ بُيُوتِكُمْ حَتَّىٰ تَسْتَأْنِسُواْ وَتُسَلِّمُواْ عَلَىٰٓ أَهْلِهَا ۚ ذَٰلِكُمْ خَيْرٌ لَّكُمْ لَعَلَّكُمْ تَذَكَّرُونَ٢٧
Sodiq
Ey, iymon keltirganlar! O`z uylaringizdan boshqa uylarga to izn so`ramaguningizcha va ularning ahliga salom bermaguningizcha, kirmang. Ana shunday qilmog`ingiz siz uchun yaxshidir, shoyadki, eslasangiz.[1]
[1] Ushbu oyatga amal qilinsa, birovning xonadoniga izn so`rab, salom berib kirilsagina, turli noqulay holatlarning oldi olinadi. Izn so`ramay kirgan odam uy egalarining noqulay holda turganlarini ko`rib qolsa, gunoh bo`ladi. Ikki tomon ham hijolatga tushadi. Balki xusumat, urush-janjal chiqishi ham mumkin. Ba'zi hollarda uyda ayol kishi yolg`iz bo`lishi, ustiga begona erkak kirib, orada ig`vo, bo`hton, fitna chiqishi mumkin.)
28
فَإِن لَّمْ تَجِدُواْ فِيهَآ أَحَدًا فَلَا تَدْخُلُوهَا حَتَّىٰ يُؤْذَنَ لَكُمْ ۖ وَإِن قِيلَ لَكُمُ ٱرْجِعُواْ فَٱرْجِعُواْ ۖ هُوَ أَزْكَىٰ لَكُمْ ۚ وَٱللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ عَلِيمٌ٢٨
Sodiq
Bas, agar u(uy)larda birortani topmasangiz, to sizga izn berilmaguncha, ularga kirmang. Agar sizga, qayting, deyilsa, bas, qayting, o`sha siz uchun pokdir. Alloh nima amal qilayotganingizni o`ta bilguvchidir.
29
لَّيْسَ عَلَيْكُمْ جُنَاحٌ أَن تَدْخُلُواْ بُيُوتًا غَيْرَ مَسْكُونَةٍ فِيهَا مَتَٰعٌ لَّكُمْ ۚ وَٱللَّهُ يَعْلَمُ مَا تُبْدُونَ وَمَا تَكْتُمُونَ٢٩
Sodiq
Maskan bo`lmagan, siz uchun foyda bor uylarga (iznsiz) kirishingizda gunoh yo`qdir. Alloh nimani oshkor qilayotganingizni va nimani yashirin qilayotganingizni biladir.
30
قُل لِّلْمُؤْمِنِينَ يَغُضُّواْ مِنْ أَبْصَٰرِهِمْ وَيَحْفَظُواْ فُرُوجَهُمْ ۚ ذَٰلِكَ أَزْكَىٰ لَهُمْ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ خَبِيرُۢ بِمَا يَصْنَعُونَ٣٠
Sodiq
Sen mo`minlarga ayt, ko`zlarini tiysinlar va farjlarini saqlasinlar. Ana shu ular uchun pokdir. Albatta, Alloh nima hunar qilayotganlaridan xabardordir.
31
وَقُل لِّلْمُؤْمِنَٰتِ يَغْضُضْنَ مِنْ أَبْصَٰرِهِنَّ وَيَحْفَظْنَ فُرُوجَهُنَّ وَلَا يُبْدِينَ زِينَتَهُنَّ إِلَّا مَا ظَهَرَ مِنْهَا ۖ وَلْيَضْرِبْنَ بِخُمُرِهِنَّ عَلَىٰ جُيُوبِهِنَّ ۖ وَلَا يُبْدِينَ زِينَتَهُنَّ إِلَّا لِبُعُولَتِهِنَّ أَوْ ءَابَآئِهِنَّ أَوْ ءَابَآءِ بُعُولَتِهِنَّ أَوْ أَبْنَآئِهِنَّ أَوْ أَبْنَآءِ بُعُولَتِهِنَّ أَوْ إِخْوَٰنِهِنَّ أَوْ بَنِىٓ إِخْوَٰنِهِنَّ أَوْ بَنِىٓ أَخَوَٰتِهِنَّ أَوْ نِسَآئِهِنَّ أَوْ مَا مَلَكَتْ أَيْمَٰنُهُنَّ أَوِ ٱلتَّٰبِعِينَ غَيْرِ أُوْلِى ٱلْإِرْبَةِ مِنَ ٱلرِّجَالِ أَوِ ٱلطِّفْلِ ٱلَّذِينَ لَمْ يَظْهَرُواْ عَلَىٰ عَوْرَٰتِ ٱلنِّسَآءِ ۖ وَلَا يَضْرِبْنَ بِأَرْجُلِهِنَّ لِيُعْلَمَ مَا يُخْفِينَ مِن زِينَتِهِنَّ ۚ وَتُوبُوٓاْ إِلَى ٱللَّهِ جَمِيعًا أَيُّهَ ٱلْمُؤْمِنُونَ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ٣١
Sodiq
Sen mo`minalarga ayt: «Ko`zlarini tiysinlar, farjlarini saqlasinlar va ziynatlarini ko`rsatmasinlar, magar zohir bo`lgan ziynatlar bo`lsa (mayli). Ro`mollarini ko`ksilariga to`sib yursinlar. Ziynatlarini ko`rsatmasinlar, magar erlariga yo otalariga yo erlarining otalariga yo o`g`illariga yo erlarining o`g`illariga yo aka-ukalariga yo aka-ukalarining o`g`illariga yo opa-singillarining o`g`illariga yo ayollariga yo o`z qo`llarida mulk bo`lganlarga yo (ayollarga) behojat erkak xizmatchilarga yo ayollar avratining farqiga bormagan yosh bolalarga (bo`lsa, mayli). Maxfiy ziynatlarini bildirish uchun oyoqlarini (erga) urmasinlar. Allohga barchangiz tavba qiling, ey mo`minlar! Shoyadki, najot topsangizlar».[1]
[1] Ushbu oyatda Alloh taolo Payg`ambarimiz alayhissalotu vassalomga xitob qilib, mo`mina ayollarga kiyim kiyish va avrat berkitish borasida o`zlarini qanday tutishlari lozimligini bayon qilib berishini buyurmoqda. Muslima ayollar ham nomahramlarga shahvat nazari bilan qaramasliklari lozimligi ushbu oyatdan tushuniladi. Ayolning ayolga nisbatan avrati kindigidan tizzasigachadir. Ayol kishining nomahram erkaklarga nisbatan avrati yuzi va ikki kaftidan boshqa butun badanidir. Mo`mina-muslima ayol sharafini saqlash uchun Allohning amriga itoat etib, avratini nomahram erkaklardan berkitmog`i kerak. Buning uchun esa, yuzi va ikki kaftidan boshqa butun tanasini to`sib turadigan kiyim kiymog`i lozim. Shuningdek, kiyim yupqa, badanga yopishgan, tor bo`lmasligi ham zarur. Nomahram erkaklarning e'tiborini jalb qilmaydigan darajada bo`lishi kerak. Ziynat deganda chiroyli kiyimlar, taqinchoqlar va ayollar o`zlarini chiroyli ko`rsatish uchun ishlatadigan turli vositalar ko`zda tutiladi. Ayol kishi ushbu oyatga amal qilib, ziynatini nomahramlardan berkitmog`i lozim, berkitishning imkoni bo`lmay qolganda gunoh emas. Boshlariga o`ragan ro`mollari faqat sochlarini emas, balki tomoqlari, ko`ksilari va ko`kraklarini ham to`sib tursin. Toki, ularning jamoli begona ko`zlarga mo`ljal bo`lmasin, turli fitnalar keltirib chiqarmasin. Johiliyat davrida ayollar oyoqlariga ham turli taqinchoqlar, qo`ng`iroqlar taqib olishar ekan. Keyin esa, erkaklarning e'tiborini jalb etish uchun oyoqlarini yerga qattiq-qattiq urib yurib, haligi taqinchoqlarning ovozini chiqarishar ekan. Bu esa, o`z navbatida, erkaklarning shahvatini qo`zg`agan, ayolning ortidan tushib xiralik qilishiga va oxir-oqibat zinoga olib borishi mumkin bo`lgan.)
32
وَأَنكِحُواْ ٱلْأَيَٰمَىٰ مِنكُمْ وَٱلصَّٰلِحِينَ مِنْ عِبَادِكُمْ وَإِمَآئِكُمْ ۚ إِن يَكُونُواْ فُقَرَآءَ يُغْنِهِمُ ٱللَّهُ مِن فَضْلِهِۦ ۗ وَٱللَّهُ وَٰسِعٌ عَلِيمٌ٣٢
Sodiq
Oralaringizdagi nikohsizlarni va qulu cho`rilaringizdan solihlarini nikohlab qo`ying. Agar faqir bo`lsalar, Alloh ularni O`z fazlidan boy qilur. Alloh (fazli) keng, o`ta bilguvchi Zotdir.
33
وَلْيَسْتَعْفِفِ ٱلَّذِينَ لَا يَجِدُونَ نِكَاحًا حَتَّىٰ يُغْنِيَهُمُ ٱللَّهُ مِن فَضْلِهِۦ ۗ وَٱلَّذِينَ يَبْتَغُونَ ٱلْكِتَٰبَ مِمَّا مَلَكَتْ أَيْمَٰنُكُمْ فَكَاتِبُوهُمْ إِنْ عَلِمْتُمْ فِيهِمْ خَيْرًا ۖ وَءَاتُوهُم مِّن مَّالِ ٱللَّهِ ٱلَّذِىٓ ءَاتَىٰكُمْ ۚ وَلَا تُكْرِهُواْ فَتَيَٰتِكُمْ عَلَى ٱلْبِغَآءِ إِنْ أَرَدْنَ تَحَصُّنًا لِّتَبْتَغُواْ عَرَضَ ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا ۚ وَمَن يُكْرِههُّنَّ فَإِنَّ ٱللَّهَ مِنۢ بَعْدِ إِكْرَٰهِهِنَّ غَفُورٌ رَّحِيمٌ٣٣
Sodiq
Nikoh(imkon)ni topa olmaganlar, to Alloh ularni O`z fazlidan boy qilgunicha, iffatlarini saqlasinlar. Qo`llaringizda mulk bo`lganlardan (ozodlik) vasiqasini istaydiganlari bo`lsa, bas, ularda yaxshilik borligini bilsangiz, ular ila vasiqa yozing va Allohning sizga bergan molidan ularga bering. Hayoti dunyoning o`tkinchi matohini istab, poklikni iroda qilgan (cho`ri) qizlaringizni fohishalikka majbur qilmang. Kim ularni majbur qilgan bo`lsa, bas, albatta, Alloh ular majbur qilganlaridan keyin o`ta mag`firatli va rahimli Zotdir.[1]
[1] Ushbu oyati karimada uchta muhim masala — nikohga qodir bo`lmaganlar nima qilishligi, ozod bo`lishni istab, o`z xojasi bilan shartnoma tuzgan, ma'lum mablag` evaziga ozod bo`lishga harakat qilayotgan qulu cho`rilar va fohishabozlik, ya'ni ba'zi ayollarni zinoga majburlab pul topishga urinish masalalari muolaja etilmoqda.)
34
وَلَقَدْ أَنزَلْنَآ إِلَيْكُمْ ءَايَٰتٍ مُّبَيِّنَٰتٍ وَمَثَلًا مِّنَ ٱلَّذِينَ خَلَوْاْ مِن قَبْلِكُمْ وَمَوْعِظَةً لِّلْمُتَّقِينَ٣٤
Sodiq
Batahqiq, Biz sizlarga ochiq-oydin oyatlarni, sizdan oldin o`tganlardan misolni va taqvodorlar uchun va'zni nozil qildik.
35
۞ٱللَّهُ نُورُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۚ مَثَلُ نُورِهِۦ كَمِشْكَوٰةٍ فِيهَا مِصْبَاحٌ ۖ ٱلْمِصْبَاحُ فِى زُجَاجَةٍ ۖ ٱلزُّجَاجَةُ كَأَنَّهَا كَوْكَبٌ دُرِّىٌّ يُوقَدُ مِن شَجَرَةٍ مُّبَٰرَكَةٍ زَيْتُونَةٍ لَّا شَرْقِيَّةٍ وَلَا غَرْبِيَّةٍ يَكَادُ زَيْتُهَا يُضِىٓءُ وَلَوْ لَمْ تَمْسَسْهُ نَارٌ ۚ نُّورٌ عَلَىٰ نُورٍ ۗ يَهْدِى ٱللَّهُ لِنُورِهِۦ مَن يَشَآءُ ۚ وَيَضْرِبُ ٱللَّهُ ٱلْأَمْثَٰلَ لِلنَّاسِ ۗ وَٱللَّهُ بِكُلِّ شَىْءٍ عَلِيمٌ٣٥
Sodiq
Alloh osmonlar va yerning nuridir. Uning nurining misoli xuddi bir tokcha, uning ichiga chiroq qo`yilgan, chiroq esa, shisha ichida, shisha esa, go`yo durdan bo`lgan bir yulduz bo`lib, sharqiy ham, g`arbiy ham bo`lmagan muborak zaytun daraxtidan yoqiladir. Uning moyi o`ziga olov tegmasa ham, yoritib yuboray deydir. (Bu) nur ustiga nurdir. Alloh xohlagan odamni O`z nuriga hidoyat qilur. Alloh odamlarga misollarni keltirur. Alloh har bir narsani o`ta bilguvchidir.[1]
[1] Suraning nomi ushbu oyati karimadan olingan. Bu oyati karima «Nur» oyati deb ham nomlanadi. Oyatda Alloh taoloning O`zi O`z zoti oliysini «Nur» deb atamoqda. Lekin bu nur siz bilan bizning tushunchamizdagi moddiy, ko`zga ta'sir o`tkazadigan yorug`lik nuri emas. Alloh taoloning hech bir sifati siz bilan bizning tasavvurimizga to`g`ri kelmaydi. Bu jumlani ba'zi ulamolarimiz, «Alloh osmonlar va Yerni munavvar qilguvchidir», deb tushuntirganlar. Boshqa birlari esa, «Alloh osmonlaru Yerni vujudga keltirguvchidir», deganlar. Yana boshqalari, Alloh taolo osmonlar va Yerni, ya'ni borliqni O`z nuridan yaratgandir, degan ma'noda tafsir qilganlar. Bu tushunchalarning hammasi arab tilida «nur» so`zi ifoda etadigan ma'nolardan olingandir. «Nur» so`zi aslida o`zi zohir bo`lib, o`zgalarni ham zohir etuvchi vujudga nisbatan ishlatiladi. Misol uchun, qorong`ulikda yorug`lik zohir bo`lib, avval o`zi ko`rinadi va shuning barobarida atrofni ham yoritadi-ko`rsatadi.)
36
فِى بُيُوتٍ أَذِنَ ٱللَّهُ أَن تُرْفَعَ وَيُذْكَرَ فِيهَا ٱسْمُهُۥ يُسَبِّحُ لَهُۥ فِيهَا بِٱلْغُدُوِّ وَٱلْـَٔاصَالِ٣٦
Sodiq
(U) bir uylardaki, Alloh ularning ko`tarilishiga va ularda O`z ismi zikr qilinishiga izn bergandir. Ularda Unga ertayu kech tasbih ayturlar
37
رِجَالٌ لَّا تُلْهِيهِمْ تِجَٰرَةٌ وَلَا بَيْعٌ عَن ذِكْرِ ٱللَّهِ وَإِقَامِ ٱلصَّلَوٰةِ وَإِيتَآءِ ٱلزَّكَوٰةِ ۙ يَخَافُونَ يَوْمًا تَتَقَلَّبُ فِيهِ ٱلْقُلُوبُ وَٱلْأَبْصَٰرُ٣٧
Sodiq
Bir kishilarki, ularni tijorat ham, oldi-sotdi ham Allohning zikridan, namozni to`kis ado etishdan va zakot berishdan mashg`ul qila olmas. Ular qalblar va ko`zlar iztirobga tushadigan kundan qo`rqarlar.
38
لِيَجْزِيَهُمُ ٱللَّهُ أَحْسَنَ مَا عَمِلُواْ وَيَزِيدَهُم مِّن فَضْلِهِۦ ۗ وَٱللَّهُ يَرْزُقُ مَن يَشَآءُ بِغَيْرِ حِسَابٍ٣٨
Sodiq
Alloh ularni qilgan amallarining eng go`zali ila mukofotlashi va fazli karamidan ziyoda qilib berishi uchundir. Alloh xohlagan kishiga behisob rizq berur.
39
وَٱلَّذِينَ كَفَرُوٓاْ أَعْمَٰلُهُمْ كَسَرَابٍ بِقِيعَةٍ يَحْسَبُهُ ٱلظَّمْـَٔانُ مَآءً حَتَّىٰٓ إِذَا جَآءَهُۥ لَمْ يَجِدْهُ شَيْـًٔا وَوَجَدَ ٱللَّهَ عِندَهُۥ فَوَفَّىٰهُ حِسَابَهُۥ ۗ وَٱللَّهُ سَرِيعُ ٱلْحِسَابِ٣٩
Sodiq
Kufr keltirganlarning amallari sahrodagi sarobga o`xshar. Chanqoq odam uni suv deb hisoblar. Qachonki, uning oldiga kelsa, hech narsani topmas. Va u oldida Allohni topur. Bas, U zot uning hisobini to`liq qilur. Alloh o`ta tez hisob qilguvchidir.[1]
[1] Ushbu oyati karimada Alloh taoloning nuridan mahrum bo`lgan kofir va munofiqlarning holi ajoyib uslub ila vasf etilmoqda. O`zlari chanqoq odamga, amallari esa, sahrodagi sarobga o`xshatilmoqda. Munofiqlar ham bu dunyoda o`zlaricha, u qildim-bu qildim, deb amallarini sanab, «yaxshi-yaxshi» umidlar bilan oxirat tomon ketaveradilar. Qiyomat qoim bo`lib, «manzil»ga yetganlarida esa, hech narsa topmaydilar. Qilgan amalimizning savobini topamiz, deb borgan joylarida Allohni topadilar va Alloh ularni bekamu ko`st hisob-kitob qiladi.)
40
أَوْ كَظُلُمَٰتٍ فِى بَحْرٍ لُّجِّىٍّ يَغْشَىٰهُ مَوْجٌ مِّن فَوْقِهِۦ مَوْجٌ مِّن فَوْقِهِۦ سَحَابٌ ۚ ظُلُمَٰتُۢ بَعْضُهَا فَوْقَ بَعْضٍ إِذَآ أَخْرَجَ يَدَهُۥ لَمْ يَكَدْ يَرَىٰهَا ۗ وَمَن لَّمْ يَجْعَلِ ٱللَّهُ لَهُۥ نُورًا فَمَا لَهُۥ مِن نُّورٍ٤٠
Sodiq
Yoki xuddi qa'rsiz dengizdagi zulmatlarga o`xshar. Uning ustidan mavj qoplagandir, u(mavj)ning ham ustidan mavj va uni esa, bulut (qoplagandir). Bir-birining ustidagi zulmatlardir. U qo`lini chiqarsa, ko`ra olmas. Kimgaki Alloh nur bermasa, uning uchun nur bo`lmas.[1]
[1] Ushbu oyati karimada ham Allohning nuridan mahrum bo`lgan kofir va munofiqlarning holati ajoyib uslub ila vasf qilinmoqda. Ya'ni, dengizni katta to`lqin qoplab olgandir. Bu to`lqin esa, zulmat ustiga zulmatdir. Ammo bu hali hammasi emas. O`sha qop-qora to`lqinning ustidan qop-qora bulut qoplab turibdi. Bu zulmatlar ostida kofir va munofiq qanday qilib Allohning nurini ko`rsin. U o`z qo`lini ko`ra olmagandan keyin, Allohning nurini ko`ra olmasligi turgan gap.)
41
أَلَمْ تَرَ أَنَّ ٱللَّهَ يُسَبِّحُ لَهُۥ مَن فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَٱلطَّيْرُ صَٰٓفَّٰتٍ ۖ كُلٌّ قَدْ عَلِمَ صَلَاتَهُۥ وَتَسْبِيحَهُۥ ۗ وَٱللَّهُ عَلِيمُۢ بِمَا يَفْعَلُونَ٤١
Sodiq
Allohga osmonlar va yerdagi bor jonzot va saf tortgan holidagi qushlar tasbih aytishini ham ko`rmaysanmi?! Har biri o`z duosi va tasbihini, batahqiq, bilmishdir. Alloh nima amal qilishlarini o`ta bilguvchidir.
42
وَلِلَّهِ مُلْكُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۖ وَإِلَى ٱللَّهِ ٱلْمَصِيرُ٤٢
Sodiq
Osmonlar va yerning mulki Allohnikidir va qaytish ham faqat Allohgadir.
43
أَلَمْ تَرَ أَنَّ ٱللَّهَ يُزْجِى سَحَابًا ثُمَّ يُؤَلِّفُ بَيْنَهُۥ ثُمَّ يَجْعَلُهُۥ رُكَامًا فَتَرَى ٱلْوَدْقَ يَخْرُجُ مِنْ خِلَٰلِهِۦ وَيُنَزِّلُ مِنَ ٱلسَّمَآءِ مِن جِبَالٍ فِيهَا مِنۢ بَرَدٍ فَيُصِيبُ بِهِۦ مَن يَشَآءُ وَيَصْرِفُهُۥ عَن مَّن يَشَآءُ ۖ يَكَادُ سَنَا بَرْقِهِۦ يَذْهَبُ بِٱلْأَبْصَٰرِ٤٣
Sodiq
Alloh bulutlarni haydashini, so`ngra birga to`plashini, so`ngra uyib qo`yishini ko`rmayapsanmi?! Bas, uning orasidan yomg`ir chiqayotganini ko`rursan. U zot osmondan, undagi tog`lardan do`l tushirib, u bilan O`zi xohlagan kishilarga musiybat yetkazur va uni O`zi xohlagan kishilardan burib yuborur. Uning chaqmog`ining yarqirashi ko`zlarni ketkazgudek bo`lur.
44
يُقَلِّبُ ٱللَّهُ ٱلَّيْلَ وَٱلنَّهَارَ ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَعِبْرَةً لِّأُوْلِى ٱلْأَبْصَٰرِ٤٤
Sodiq
Alloh kecha va kunduzni aylantirib turur. Albatta, bunda ko`zi ochiqlar uchun ibrat bordir.
45
وَٱللَّهُ خَلَقَ كُلَّ دَآبَّةٍ مِّن مَّآءٍ ۖ فَمِنْهُم مَّن يَمْشِى عَلَىٰ بَطْنِهِۦ وَمِنْهُم مَّن يَمْشِى عَلَىٰ رِجْلَيْنِ وَمِنْهُم مَّن يَمْشِى عَلَىٰٓ أَرْبَعٍ ۚ يَخْلُقُ ٱللَّهُ مَا يَشَآءُ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرٌ٤٥
Sodiq
Alloh hamma jonivorni suvdan yaratdi. Bas, ulardan ba'zilari qorni bilan yuradir, ba'zilari ikki oyoq bilan yuradir va ba'zilari to`rt (oyoq) bilan. Alloh O`zi xohlagan narsani yaratur. Albatta, Alloh har bir narsaga qodirdir.
46
لَّقَدْ أَنزَلْنَآ ءَايَٰتٍ مُّبَيِّنَٰتٍ ۚ وَٱللَّهُ يَهْدِى مَن يَشَآءُ إِلَىٰ صِرَٰطٍ مُّسْتَقِيمٍ٤٦
Sodiq
Batahqiq, Biz ochiq-oydin bayon qilguvchi oyatlarni tushirdik. Alloh O`zi xohlagan kimsani to`g`ri yo`lga hidoyat qiladir.
47
وَيَقُولُونَ ءَامَنَّا بِٱللَّهِ وَبِٱلرَّسُولِ وَأَطَعْنَا ثُمَّ يَتَوَلَّىٰ فَرِيقٌ مِّنْهُم مِّنۢ بَعْدِ ذَٰلِكَ ۚ وَمَآ أُوْلَٰٓئِكَ بِٱلْمُؤْمِنِينَ٤٧
Sodiq
Ular: «Allohga va Payg`ambarga iymon keltirdik va itoat qildik», derlar. So`ngra ulardan bir guruhi yuz o`girib keturlar. Ana o`shalar mo`min emaslar.[1]
[1] U guruh — munofiqlardir. Ular tillari bilan «Allohga va Payg`ambarga iymon keltirdik va itoat qildik», deydilar. Lekin iymonga amalni qo`shmaydilar. Og`izlari bilan iymonli ekanlari haqida safsata sotsalar ham, hayotda iymon taqozosi ila amal qilmay, Islom shariatiga yurishni istamay, boshqa qonun-qoidalar asosida yashashga urinadilar. Allohga va Payg`ambar alayhissalotu vassalomga iymonlari borligini aytsalar ham, ularga itoat etishlari haqida og`iz ko`pirtirib so`zlasalar ham, amal qilmaydilar. Ularga, ayniqsa, Nur surasi o`qilganda yuraklari siqilib ketadi. Chunki bu sura ularga zinoni, ochiq-sochiqlikni, axloqiy buzuqlik bo`lmish havoyi nafsning xohishlarini man qilib, odob-axloq doirasida halol-pok yashashni taklif etadi. «So`ngra ulardan bir guruhi yuz o`girib keturlar». Tillari bilan aytgan gaplariga amal qilish kerak bo`lganda yuz o`girib, boshqa tomonga qarab ketadilar.)
48
وَإِذَا دُعُوٓاْ إِلَى ٱللَّهِ وَرَسُولِهِۦ لِيَحْكُمَ بَيْنَهُمْ إِذَا فَرِيقٌ مِّنْهُم مُّعْرِضُونَ٤٨
Sodiq
Ularni qachonki Allohga va Uning Payg`ambariga oralarida hukm chiqarish uchun chorlansa, banogoh, ulardan bir guruhi yuz o`girguvchilardir.
49
وَإِن يَكُن لَّهُمُ ٱلْحَقُّ يَأْتُوٓاْ إِلَيْهِ مُذْعِنِينَ٤٩
Sodiq
Agar haq ular (tarafda) bo`lsa, u(Payg`ambar)ga bo`yin egib kelurlar.
50
أَفِى قُلُوبِهِم مَّرَضٌ أَمِ ٱرْتَابُوٓاْ أَمْ يَخَافُونَ أَن يَحِيفَ ٱللَّهُ عَلَيْهِمْ وَرَسُولُهُۥ ۚ بَلْ أُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلظَّٰلِمُونَ٥٠
Sodiq
Ularning qalblarida maraz bormi?! Yoki shubha qildilarmi?! Yoxud Alloh va Uning Payg`ambari ularga zulm qilishidan qo`rqadilarmi?! Yo`q! Ularning o`zlari zolimlardir.
51
إِنَّمَا كَانَ قَوْلَ ٱلْمُؤْمِنِينَ إِذَا دُعُوٓاْ إِلَى ٱللَّهِ وَرَسُولِهِۦ لِيَحْكُمَ بَيْنَهُمْ أَن يَقُولُواْ سَمِعْنَا وَأَطَعْنَا ۚ وَأُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْمُفْلِحُونَ٥١
Sodiq
Albatta, mo`minlarning Allohga va Uning Payg`ambariga oralarida hukm chiqarish uchun chorlanganlaridagi gaplari: «Eshitdik va itoat qildik», demoqlaridir. Ana o`shalarning o`zlarigina najot topguvchilardir.
52
وَمَن يُطِعِ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥ وَيَخْشَ ٱللَّهَ وَيَتَّقْهِ فَأُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْفَآئِزُونَ٥٢
Sodiq
Kim Allohga va Uning Payg`ambariga itoat etsa hamda Allohdan qo`rqib, Unga taqvo qilsa, bas, ana o`shalargina yutuqqa erishguvchilardir.
53
۞وَأَقْسَمُواْ بِٱللَّهِ جَهْدَ أَيْمَٰنِهِمْ لَئِنْ أَمَرْتَهُمْ لَيَخْرُجُنَّ ۖ قُل لَّا تُقْسِمُواْ ۖ طَاعَةٌ مَّعْرُوفَةٌ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ خَبِيرُۢ بِمَا تَعْمَلُونَ٥٣
Sodiq
Ular agar amr qilsang, albatta (jihodga) chiqishlari haqida Alloh nomi bilan jon-jahdlari ila qasam icharlar. Sen: «Qasam ichmanglar! (Bu jihod) ma'lum toatdir! Albatta, Alloh nima amal qilayotganlaringizdan xabardordir», deb ayt.
54
قُلْ أَطِيعُواْ ٱللَّهَ وَأَطِيعُواْ ٱلرَّسُولَ ۖ فَإِن تَوَلَّوْاْ فَإِنَّمَا عَلَيْهِ مَا حُمِّلَ وَعَلَيْكُم مَّا حُمِّلْتُمْ ۖ وَإِن تُطِيعُوهُ تَهْتَدُواْ ۚ وَمَا عَلَى ٱلرَّسُولِ إِلَّا ٱلْبَلَٰغُ ٱلْمُبِينُ٥٤
Sodiq
Sen: «Allohga itoat qilinglar, Payg`ambarga itoat qilinglar. Bas, agar yuz o`girib ketsangiz, u(Payg`ambar)ga o`ziga yuklatilgan narsa, sizga o`zingizga yuklatilgan narsa. Agar unga itoat qilsangiz, hidoyat topursiz. Payg`ambarning zimmasida ochiq-oydin yetkazishdan boshqa narsa yo`q», deb ayt.
55
وَعَدَ ٱللَّهُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ مِنكُمْ وَعَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ لَيَسْتَخْلِفَنَّهُمْ فِى ٱلْأَرْضِ كَمَا ٱسْتَخْلَفَ ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ وَلَيُمَكِّنَنَّ لَهُمْ دِينَهُمُ ٱلَّذِى ٱرْتَضَىٰ لَهُمْ وَلَيُبَدِّلَنَّهُم مِّنۢ بَعْدِ خَوْفِهِمْ أَمْنًا ۚ يَعْبُدُونَنِى لَا يُشْرِكُونَ بِى شَيْـًٔا ۚ وَمَن كَفَرَ بَعْدَ ذَٰلِكَ فَأُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْفَٰسِقُونَ٥٥
Sodiq
Alloh sizlardan iymon keltirib, solih amallarni qilganlarga ularni yer yuzida xuddi ulardan oldin o`tganlarni xalifa qilganidek xalifa qilishni, ular uchun O`zi rozi bo`lgan dinni mustahkamlashni va ularning xavf-xatarlaridan so`ng omonlikni badal qilib berishni va'da qildi. Mengagina ibodat qilurlar va Menga hech narsani shirk keltirmaslar. Shundan keyin ham kim kufr keltirsa, bas, ana o`shalar, o`zlari fosiqlardir.[1]
[1] Oldingi o`tgan ummatlardan qaysi biri Alloh taologa iymon keltirgan va bu iymoni haqiqiy bo`lib, butun vujudini qamrab olgan hamda o`sha haqiqiy iymonlari taqozosi ila solih amallar qilib hayot kechirgan bo`lsa, Alloh taolo ularni Yer yuziga O`zining xalifasi etib tayinlab qo`ygan edi. Yer yuzida hukmi yuritilishi uchun ularni O`ziga o`rinbosar qilib qo`ygan edi. Endi o`shalar kabi Yer yuzida xalifa bo`lish imkoniyati faqat Muhammad alayhissalotu vassalomning ummatlarida bordir. Ularning mazkur xalifalikka erishishlari uchun asosiy shart — iymon keltirib, amali solih qilishdir. Islom ummati qachon ushbu shartni bajarganida, Alloh taolo va'dasining ustidan chiqqan.)
56
وَأَقِيمُواْ ٱلصَّلَوٰةَ وَءَاتُواْ ٱلزَّكَوٰةَ وَأَطِيعُواْ ٱلرَّسُولَ لَعَلَّكُمْ تُرْحَمُونَ٥٦
Sodiq
Namozni to`kis ado etinglar, zakot beringlar va Payg`ambarga itoat qilinglar. Shoyadki, rahim qilinsangiz.
57
لَا تَحْسَبَنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ مُعْجِزِينَ فِى ٱلْأَرْضِ ۚ وَمَأْوَىٰهُمُ ٱلنَّارُ ۖ وَلَبِئْسَ ٱلْمَصِيرُ٥٧
Sodiq
Sen kufr keltirganlarni yer yuzida qochib qutula olguvchilardir, deb hisoblama! Ularning joyi do`zaxdir. U naqadar yomon borar joydir!
58
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ لِيَسْتَـٔۡذِنكُمُ ٱلَّذِينَ مَلَكَتْ أَيْمَٰنُكُمْ وَٱلَّذِينَ لَمْ يَبْلُغُواْ ٱلْحُلُمَ مِنكُمْ ثَلَٰثَ مَرَّٰتٍ ۚ مِّن قَبْلِ صَلَوٰةِ ٱلْفَجْرِ وَحِينَ تَضَعُونَ ثِيَابَكُم مِّنَ ٱلظَّهِيرَةِ وَمِنۢ بَعْدِ صَلَوٰةِ ٱلْعِشَآءِ ۚ ثَلَٰثُ عَوْرَٰتٍ لَّكُمْ ۚ لَيْسَ عَلَيْكُمْ وَلَا عَلَيْهِمْ جُنَاحُۢ بَعْدَهُنَّ ۚ طَوَّٰفُونَ عَلَيْكُم بَعْضُكُمْ عَلَىٰ بَعْضٍ ۚ كَذَٰلِكَ يُبَيِّنُ ٱللَّهُ لَكُمُ ٱلْـَٔايَٰتِ ۗ وَٱللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌ٥٨
Sodiq
Ey, iymon keltirganlar! Qo`lingizda mulk bo`lganlar va o`zingizdan balog`atga yetmaganlar sizdan uch vaqtda izn so`rasinlar: bomdod namozidan oldin, peshinda kiyimlaringizni yechadigan paytingizda va xufton namozidan so`ng. (Ushbu) uch vaqt siz uchun avratdir. Ulardan keyin sizga ham, ularga ham gunoh yo`q. Ular sizning atrofingizda, bir-biringizga aylanib turuvchidirsiz. Alloh sizlarga oyatlarni ana shunday bayon qilur. Alloh o`ta bilguvchi, o`ta hikmatli Zotdir.[1]
[1] Ushbu oyati karimada zikri kelagan shaxslar uch vaqtda, albatta izn so`rashlari kerak «... bomdod namozidan oldin...» Chunki bu vaqtda odam hali o`rnida yotgan bo`ladi. «... peshinda kiyimlaringizni yechadigan paytingizda...» Qur'on nozil bo`lgan issiq o`lkalarda peshin vaqtida yechinib, salqinlab, dam olmaslikning hech iloji yo`q. «... xufton namozidan so`ng». Bu vaqtda ham kishilar yechinib, dam olayotgan bo`ladi. «Ushbu) uch vaqt siz uchun avratdir». Ya'ni, avratlar ochiladigan vaqtdir. Shuning uchun qul va cho`rilar ham, balog`atga yetmagan yosh bolalar ham izn so`rab kirsinlar. Odatda xizmatchilar va yosh bolalarning kirib chiqishlari ko`p bo`ladi. Shuning uchun mazkur avrat vaqtlaridan boshqasida izn so`ramay kirishlariga ruxsat berildi.)
59
وَإِذَا بَلَغَ ٱلْأَطْفَٰلُ مِنكُمُ ٱلْحُلُمَ فَلْيَسْتَـٔۡذِنُواْ كَمَا ٱسْتَـٔۡذَنَ ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ ۚ كَذَٰلِكَ يُبَيِّنُ ٱللَّهُ لَكُمْ ءَايَٰتِهِۦ ۗ وَٱللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌ٥٩
Sodiq
Qachon sizning yosh bolalaringiz balog`atga yetsalar, ulardan oldingilar izn so`raganidek, izn so`rasinlar. Alloh O`z oyatlarini sizga ana shunday bayon qilur. Alloh o`ta bilguvchi, o`ta hikmatli Zotdir.
60
وَٱلْقَوَٰعِدُ مِنَ ٱلنِّسَآءِ ٱلَّٰتِى لَا يَرْجُونَ نِكَاحًا فَلَيْسَ عَلَيْهِنَّ جُنَاحٌ أَن يَضَعْنَ ثِيَابَهُنَّ غَيْرَ مُتَبَرِّجَٰتٍ بِزِينَةٍ ۖ وَأَن يَسْتَعْفِفْنَ خَيْرٌ لَّهُنَّ ۗ وَٱللَّهُ سَمِيعٌ عَلِيمٌ٦٠
Sodiq
Ayollardan (keksayib) o`tirib qolganlari, nikohni umid qilmaydiganlariga ziynatlarini ko`z-ko`z qilmagan holda kiyimlarini qo`yishlarida gunoh yo`qdir. Iffat talabida bo`lsalar, o`zlari uchun yaxshidir. Alloh o`ta eshitguvchi, o`ta bilguvchi Zotdir.[1]
[1] Ushbu oyatdagi «kiyimlari»dan murod katta yopinchiq va hamda ustdan kiyiladigan ridodir. Ayol kishi o`ta qarib, nikohdan umuman umidsiz bo`lib qolganda paranji-chimmat qilmaslikka ruxsat bor. Lekin, shunday bo`lsa ham, iffatlarini saqlaganlari o`zlari uchun yaxshidir. Ammo voqelikda qari ayollarning o`ranib-chirmanib, yoshlarning ochilib-sochilib yurgani ko`riladi. Bu ham, ya'ni yoshlarning bu holati shariatga bo`yinsunmaslikning bir ko`rinishidir.)
61
لَّيْسَ عَلَى ٱلْأَعْمَىٰ حَرَجٌ وَلَا عَلَى ٱلْأَعْرَجِ حَرَجٌ وَلَا عَلَى ٱلْمَرِيضِ حَرَجٌ وَلَا عَلَىٰٓ أَنفُسِكُمْ أَن تَأْكُلُواْ مِنۢ بُيُوتِكُمْ أَوْ بُيُوتِ ءَابَآئِكُمْ أَوْ بُيُوتِ أُمَّهَٰتِكُمْ أَوْ بُيُوتِ إِخْوَٰنِكُمْ أَوْ بُيُوتِ أَخَوَٰتِكُمْ أَوْ بُيُوتِ أَعْمَٰمِكُمْ أَوْ بُيُوتِ عَمَّٰتِكُمْ أَوْ بُيُوتِ أَخْوَٰلِكُمْ أَوْ بُيُوتِ خَٰلَٰتِكُمْ أَوْ مَا مَلَكْتُم مَّفَاتِحَهُۥٓ أَوْ صَدِيقِكُمْ ۚ لَيْسَ عَلَيْكُمْ جُنَاحٌ أَن تَأْكُلُواْ جَمِيعًا أَوْ أَشْتَاتًا ۚ فَإِذَا دَخَلْتُم بُيُوتًا فَسَلِّمُواْ عَلَىٰٓ أَنفُسِكُمْ تَحِيَّةً مِّنْ عِندِ ٱللَّهِ مُبَٰرَكَةً طَيِّبَةً ۚ كَذَٰلِكَ يُبَيِّنُ ٱللَّهُ لَكُمُ ٱلْـَٔايَٰتِ لَعَلَّكُمْ تَعْقِلُونَ٦١
Sodiq
Ko`zi ojizga gunoh — tanglik yo`qdir. Va, cho`loqqa gunoh — tanglik yo`qdir. Va, bemorga gunoh — tanglik yo`qdir. Va, Sizning o`zingizga ham o`z uyingizdan, yo otalaringizning uylaridan, yo onalaringizning uylaridan, yo aka-ukalaringizning uylaridan, yo opa-singillaringizning uylaridan, yo amakilaringizning uylaridan, yo ammalaringizning uylaridan, yo tog`alaringizning uylaridan, yo xolalaringizning uylaridan, yo siz kalitiga molik bo`lgan yoki do`stingiz (uyidan) yemoqligingizda (tanglik) yo`qdir. Sizlarga jamlangan yoki tarqoq holda yemoqlikda ham gunoh — tanglik yo`qdir. Uylarga kirgan chog`ingizda o`zlaringizga Allohdan bo`lgan pokiza va muborak tabrik ila salom beringlar. Alloh sizlarga oyatlarni ana shunday bayon qilur. Shoyadki, aql yuritsangiz.[1]
[1] Ushbu oyati karimaning avvalida ko`zi ojiz, cho`loq va bemor kishilarga nimada gunoh bo`lmasligi, tanglik yo`qligi haqida mufassir ulamolarimiz ixtilof qilishgan. Bir guruhlari, ularning jihodga chiqmay qolishlarida gunoh va tanglik yo`q, deydilar. Boshqalari, bu yerda esa, so`z jihod haqida emas, balki aynan taom yemoq haqida ketmoqda, shuning uchun ham mazkur jumlani «taom yeyishda ularga gunoh va tanglik yo`q», deb tushunmoq kerak, deydilar va bu fikrlarini tasdiqlovchi rivoyatlarni keltiradilar. Ikkinchi toifa mufassirlarning fikrlari kuchliroqdir. «Kalitga molik bo`lish» uy egasining kalitni ishonib topshirib qo`yishidir. Ana shunday kishilar insof bilan, qorinlari to`yguncha yesalar, bo`laveradi. Oyisha onamizdan Imom az-Zuhriy qilgan rivoyatda aytilishicha, Rasululloh alayhissalotu vassalom bilan jihodga jo`nab ketayotgan musulmonlar uylari kalitlarini o`zlari bilgan kishilarga topshirib, hojatingiz tushganda yemoqni sizga halol qildik, deb ketar ekanlar. Ammo kalitni olib qolganlar, quruq manzirat uchun aytilgan bo`lsa kerak, deb o`zlarini tiyisharkan. Ushbu oyat bilan ularga Alloh ham izn bergan.)
62
إِنَّمَا ٱلْمُؤْمِنُونَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ بِٱللَّهِ وَرَسُولِهِۦ وَإِذَا كَانُواْ مَعَهُۥ عَلَىٰٓ أَمْرٍ جَامِعٍ لَّمْ يَذْهَبُواْ حَتَّىٰ يَسْتَـٔۡذِنُوهُ ۚ إِنَّ ٱلَّذِينَ يَسْتَـٔۡذِنُونَكَ أُوْلَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ يُؤْمِنُونَ بِٱللَّهِ وَرَسُولِهِۦ ۚ فَإِذَا ٱسْتَـٔۡذَنُوكَ لِبَعْضِ شَأْنِهِمْ فَأْذَن لِّمَن شِئْتَ مِنْهُمْ وَٱسْتَغْفِرْ لَهُمُ ٱللَّهَ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ غَفُورٌ رَّحِيمٌ٦٢
Sodiq
Albatta, mo`minlar Allohga va Uning Rasuliga iymon keltirgan kishilardir. Ular u(Payg`ambar) bilan birga jamlovchi (muhim) ishda bo`lsalar, undan izn so`ramasdan turib ketib qolmaslar. Albatta, sendan izn so`raydiganlar, ana o`shalar Allohga va Uning Rasuliga iymon keltiradiganlardir. Ular ba'zi ishlari uchun sendan izn so`rasalar, ulardan kimga xohlasang, izn ber va ular uchun Allohga istig`for ayt. Albatta, Alloh o`ta mag`firatli, o`ta rahimli Zotdir.
63
لَّا تَجْعَلُواْ دُعَآءَ ٱلرَّسُولِ بَيْنَكُمْ كَدُعَآءِ بَعْضِكُم بَعْضًا ۚ قَدْ يَعْلَمُ ٱللَّهُ ٱلَّذِينَ يَتَسَلَّلُونَ مِنكُمْ لِوَاذًا ۚ فَلْيَحْذَرِ ٱلَّذِينَ يُخَالِفُونَ عَنْ أَمْرِهِۦٓ أَن تُصِيبَهُمْ فِتْنَةٌ أَوْ يُصِيبَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ٦٣
Sodiq
Payg`ambarning orangizdagi da'vatini bir-biringizning da'vatingizga o`xshatmang. Batahqiq, sizlardan panalab, asta-asta sug`urilib chiqib ketadiganlarni Alloh yaxshi bilur. Uning ishiga xilof qiladiganlar o`zlariga fitna yetishi yoki alamli azob yetishidan hazir bo`lsinlar.[1]
[1] Ushbu oyati karimaning birinchi jumlasi haqida ulamolar uch xil fikr aytganlar. Uchala fikr ham bir-birini to`ldirib keladi. Birinchi fikrga binoan, Payg`ambarni chaqirishda, bir-biringizni chaqirishingizdagi lafzlarni qo`llamang, degani. Ikkinchi fikrga ko`ra, Payg`ambarning chaqirig`ini, buyrug`ini boshqalarning chaqirig`i kabi oddiy qabul qilmang, balki alohida ahamiyat va e'tibor bilan qabul qiling, deganidir. Uchinchi fikrga ko`ra esa, Payg`ambarning duosini, boshqalarning duosiga o`xshatmang, deganidir. U zotning duosi, albatta, qabul bo`lishi muqarrardir.)
64
أَلَآ إِنَّ لِلَّهِ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۖ قَدْ يَعْلَمُ مَآ أَنتُمْ عَلَيْهِ وَيَوْمَ يُرْجَعُونَ إِلَيْهِ فَيُنَبِّئُهُم بِمَا عَمِلُواْ ۗ وَٱللَّهُ بِكُلِّ شَىْءٍ عَلِيمُۢ٦٤
Sodiq
Ogoh bo`linglar! Albatta, osmonlaru yerdagi narsalar Allohnikidir. U zot sizning qay holatda ekaningizni yaxshi bilur. Uning O`ziga qaytariladigan kunda esa, qilgan amallari haqida ularga xabar berur. Alloh har bir narsani o`ta bilguvchi Zotdir.