Sura 28
Qasas
r
Hikoyalar
88 oyat |
Makka |
Sura 28 • Oyat 1 / 88 • Juz 202⁄8 • Sahifa 385
Qasas
2
1
طسٓمٓ١
Sodiq
To. Siyn. Miym.
2
تِلْكَ ءَايَٰتُ ٱلْكِتَٰبِ ٱلْمُبِينِ٢
Sodiq
Ushbular ochiq-oydin kitob oyatlaridir.
3
نَتْلُواْ عَلَيْكَ مِن نَّبَإِ مُوسَىٰ وَفِرْعَوْنَ بِٱلْحَقِّ لِقَوْمٍ يُؤْمِنُونَ٣
Sodiq
Iymon keltiradigan qavm uchun senga Muso va Fir'avnning xabaridan haq ila tilovat qilib beramiz.
4
إِنَّ فِرْعَوْنَ عَلَا فِى ٱلْأَرْضِ وَجَعَلَ أَهْلَهَا شِيَعًا يَسْتَضْعِفُ طَآئِفَةً مِّنْهُمْ يُذَبِّحُ أَبْنَآءَهُمْ وَيَسْتَحْىِۦ نِسَآءَهُمْ ۚ إِنَّهُۥ كَانَ مِنَ ٱلْمُفْسِدِينَ٤
Sodiq
Albatta, Fir'avn yer yuzida baland ketdi. U o`sha(er)ning aholisini bo`lib tashladi. Ulardan bir toifasini ezar, o`g`illarini so`yib, qizlarini tirik qoldirardi. Albatta, u buzg`unchilardan bo`lgan edi.[1]
[1] Ushbu oyati karimadagi «Albatta, Fir'avn Yer yuzida baland ketdi», degani Fir'avn butun Yer yuziga hokim bo`lgan ekan, degan ma'noni emas, balki Misr yerida «baland ketdi» — takabburlik qildi, tug`yonga ketdi, haddan oshdi, kabi ma'nolarni beradi. O`zi hokim bo`lgan yer aholisini bo`lib tashlash har bir fir'avnning odati.)
5
وَنُرِيدُ أَن نَّمُنَّ عَلَى ٱلَّذِينَ ٱسْتُضْعِفُواْ فِى ٱلْأَرْضِ وَنَجْعَلَهُمْ أَئِمَّةً وَنَجْعَلَهُمُ ٱلْوَٰرِثِينَ٥
Sodiq
Biz esa, yer yuzida ezilganlarga beminnat ne'mat berishni, ularni peshvo qilishni, ularni vorislar qilishni va yer yuzida ularga imkonlar berishni
6
وَنُمَكِّنَ لَهُمْ فِى ٱلْأَرْضِ وَنُرِىَ فِرْعَوْنَ وَهَٰمَٰنَ وَجُنُودَهُمَا مِنْهُم مَّا كَانُواْ يَحْذَرُونَ٦
Sodiq
Fir'avn, Homon va ikkovining askarlariga ular(Bani Isroil)dan qo`rqqan narsalarini ko`rsatishni istaymiz.
7
وَأَوْحَيْنَآ إِلَىٰٓ أُمِّ مُوسَىٰٓ أَنْ أَرْضِعِيهِ ۖ فَإِذَا خِفْتِ عَلَيْهِ فَأَلْقِيهِ فِى ٱلْيَمِّ وَلَا تَخَافِى وَلَا تَحْزَنِىٓ ۖ إِنَّا رَآدُّوهُ إِلَيْكِ وَجَاعِلُوهُ مِنَ ٱلْمُرْسَلِينَ٧
Sodiq
Va Musoning onasiga: «Uni emizaver. Bas, (unga yomonlik yetishidan) qo`rqqan chog`ingda uni daryoga tashla, qo`rqma, xafa bo`lma, Biz, albatta, uni senga qaytarguvchimiz va Payg`ambarlardan qilguvchimiz», deb vahiy qildik.[1]
[1] Arab tilshunos olimlari bu oyati karimani Qur'oni Karimning yuksak darajadagi balog`at va fasohatiga misol sifatida keltiradilar. Alloh taolo birgina oyatda ikkita buyruq — «emizaver» va «daryoga tashla», ikkita qaytarish — «qo`rqma», «xafa bo`lma», ikkita bashorat — «uni senga qaytaramiz» va «payg`ambarlardan qilguvchimiz» juftliklarini ishlatgandir. Onalari ko`ngillariga Alloh taolo ilhom etgan buyruqni bajardilar. Go`dakni sandiqqa solib, daryoga oqizib yubordilar.)
8
فَٱلْتَقَطَهُۥٓ ءَالُ فِرْعَوْنَ لِيَكُونَ لَهُمْ عَدُوًّا وَحَزَنًا ۗ إِنَّ فِرْعَوْنَ وَهَٰمَٰنَ وَجُنُودَهُمَا كَانُواْ خَٰطِـِٔينَ٨
Sodiq
Bas, Fir'avn oilasi uni o`zlariga dushman va g`am-g`ussa bo`lishi uchun tutib oldilar. Albatta, Fir'avn, Homon va ikkovlarining askarlari xatokorlardan bo`lgan edilar.
9
وَقَالَتِ ٱمْرَأَتُ فِرْعَوْنَ قُرَّتُ عَيْنٍ لِّى وَلَكَ ۖ لَا تَقْتُلُوهُ عَسَىٰٓ أَن يَنفَعَنَآ أَوْ نَتَّخِذَهُۥ وَلَدًا وَهُمْ لَا يَشْعُرُونَ٩
Sodiq
Fir'avnning xotini: «(Bu bola) men uchun ham, sen uchun ham ko`z quvonchidir. Uni o`ldirmanglar. Shoyadki, u bizga foyda bersa yoki uni bola qilib olsak», dedi. Holbuki, ular sezmasdilar.
10
وَأَصْبَحَ فُؤَادُ أُمِّ مُوسَىٰ فَٰرِغًا ۖ إِن كَادَتْ لَتُبْدِى بِهِۦ لَوْلَآ أَن رَّبَطْنَا عَلَىٰ قَلْبِهَا لِتَكُونَ مِنَ ٱلْمُؤْمِنِينَ١٠
Sodiq
Musoning onasining qalbi bo`shab qoldi. Mo`minlardan bo`lishi uchun qalbini mustahkam bog`lamaganimizda, uni bildirib qo`yishiga sal qoldi.
11
وَقَالَتْ لِأُخْتِهِۦ قُصِّيهِ ۖ فَبَصُرَتْ بِهِۦ عَن جُنُبٍ وَهُمْ لَا يَشْعُرُونَ١١
Sodiq
U(ona) u(Muso)ning opasiga: «Izidan bor», dedi. Bas, uni bir chetdan ko`rdi. Holbuki, ular sezmasdilar.
12
۞وَحَرَّمْنَا عَلَيْهِ ٱلْمَرَاضِعَ مِن قَبْلُ فَقَالَتْ هَلْ أَدُلُّكُمْ عَلَىٰٓ أَهْلِ بَيْتٍ يَكْفُلُونَهُۥ لَكُمْ وَهُمْ لَهُۥ نَٰصِحُونَ١٢
Sodiq
Va bundan oldin unga emizguvchilarni harom qilgan edik. Bas, (opasi): «Men sizlarga uni siz uchun kafillikka oladigan va unga nasihatgo`y bo`lguvchi ahli baytni aytib beraymi?» dedi.
13
فَرَدَدْنَٰهُ إِلَىٰٓ أُمِّهِۦ كَىْ تَقَرَّ عَيْنُهَا وَلَا تَحْزَنَ وَلِتَعْلَمَ أَنَّ وَعْدَ ٱللَّهِ حَقٌّ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَهُمْ لَا يَعْلَمُونَ١٣
Sodiq
Bas, Biz uni onasiga ko`zi quvonchga to`lishi, xafa bo`lmasligi va, albatta, Allohning va'dasi haq ekanini bilishi uchun qaytardik. Lekin ko`plari buni bilmaslar.[1]
[1] Alloh taolo O`zining hikmatli tadbiri ila Muso alayhissalomni onalariga qaytarib berdi. Oyatda ta'kidlanishicha, bundan quyidagi uchta maqsad ko`zlangan edi Muso alayhissalom ila onalarining ko`zlari quvonishi. Onaning o`g`li Muso alayhissalom firoqi ila xafa bo`lmasligi. Muso alayhissalomning onalari Allohning va'dasi haq ekanini bilishlari. Chunki avval Alloh taolo u ayolga, Biz uni senga qaytarguvchimiz, deb va'da bergan edi. Ana o`sha va'dasini haq ila amalga oshirdi. Ha, Alloh taolo nimani va'da qilsa, uni albatta bajaradi. Shunday qilib, Muso alayhissalom oilalaridan ayrilmagan holda Fir'avnning qasrida tarbiya topa boshladilar.)
14
وَلَمَّا بَلَغَ أَشُدَّهُۥ وَٱسْتَوَىٰٓ ءَاتَيْنَٰهُ حُكْمًا وَعِلْمًا ۚ وَكَذَٰلِكَ نَجْزِى ٱلْمُحْسِنِينَ١٤
Sodiq
Qachonki u voyaga yetib, mukammal bo`lganida, unga hikmat va ilmni berdik. Biz yaxshi amal qilguvchilarni shunday mukofotlarmiz.[1]
[1] Biz «voyaga yetib» deb tarjima qilgan «balag`a ashudda» iborasini arablar jismoniy jihatdan voyaga yetish, «mukammal bo`lganida» deb o`girgan «istavo» so`zini aqliy jihatdan kamolga yetish, deb tushunadilar. Hazrati Ibn Abbos roziyallohu anhumo «Voyaga yetish o`n sakkizdan o`ttiz yoshgacha, mukammal bo`lish o`ttizdan qirqqacha», degan ekanlar.)
15
وَدَخَلَ ٱلْمَدِينَةَ عَلَىٰ حِينِ غَفْلَةٍ مِّنْ أَهْلِهَا فَوَجَدَ فِيهَا رَجُلَيْنِ يَقْتَتِلَانِ هَٰذَا مِن شِيعَتِهِۦ وَهَٰذَا مِنْ عَدُوِّهِۦ ۖ فَٱسْتَغَٰثَهُ ٱلَّذِى مِن شِيعَتِهِۦ عَلَى ٱلَّذِى مِنْ عَدُوِّهِۦ فَوَكَزَهُۥ مُوسَىٰ فَقَضَىٰ عَلَيْهِ ۖ قَالَ هَٰذَا مِنْ عَمَلِ ٱلشَّيْطَٰنِ ۖ إِنَّهُۥ عَدُوٌّ مُّضِلٌّ مُّبِينٌ١٥
Sodiq
Va u shaharga uning aholisi g`aflatdalik paytda kirdi. Unda urishayotgan ikki kishini ko`rdi. Bunisi o`z guruhidan, unisi esa, dushmanlaridan edi. Bas, o`z guruhidan bo`lgan dushman bo`lganga qarshi undan yordam so`radi. Shunda Muso uni bir musht urib o`ldirib qo`ydi. U(Muso): «Bu shaytonning ishidir. Albatta, u ochiq-oydin dushman va yo`ldan ozdirguvchidir», dedi.[1]
[1] Shahar aholisi g`aflatda bo`ladigan payt, tush vaqtidir. Issiq yurtlarda, jumladan, Misrda ham tush payti shahar va qishloq aholisi kunduzgi uyquda bo`ladilar. Muso alayhissalom biri o`z qavmi — Bani Isroildan, ikkinchisi dushman — Fir'avn qavmidan bo`lgan ikki kishining urishayotganini ko`rdilar. Bani isroillik kishi Muso alayhissalomdan qibtiyga qarshi yordam so`rar edi. «Shunda Muso uni bir musht urib o`ldirib qo`ydi». Muso alayhissalom qibtiyni umuman o`ldirmoqchi emas edilar. Uning o`lib qolganini ko`rib qattiq afsuslandilar.)
16
قَالَ رَبِّ إِنِّى ظَلَمْتُ نَفْسِى فَٱغْفِرْ لِى فَغَفَرَ لَهُۥٓ ۚ إِنَّهُۥ هُوَ ٱلْغَفُورُ ٱلرَّحِيمُ١٦
Sodiq
U: «Ey Robbim, albatta, men o`zimga zulm qildim. Bas, meni mag`firat qil», dedi. Shunda U zot uni mag`firat qildi. Albatta, Uning O`zi mag`firat qilguvchi, mehribondir.
Qur'oniy duolar
Oyat 28:16 17
قَالَ رَبِّ بِمَآ أَنْعَمْتَ عَلَىَّ فَلَنْ أَكُونَ ظَهِيرًا لِّلْمُجْرِمِينَ١٧
Sodiq
U: «Ey Robbim, menga bergan ne'mating haqqi-hurmati, hargiz, jinoyatchilarga yordamchi bo`lmasman», dedi.
18
فَأَصْبَحَ فِى ٱلْمَدِينَةِ خَآئِفًا يَتَرَقَّبُ فَإِذَا ٱلَّذِى ٱسْتَنصَرَهُۥ بِٱلْأَمْسِ يَسْتَصْرِخُهُۥ ۚ قَالَ لَهُۥ مُوسَىٰٓ إِنَّكَ لَغَوِىٌّ مُّبِينٌ١٨
Sodiq
Bas, u ertalab shaharda qo`rqqan holida, alanglab ketayotgan edi, birdan, kecha undan yordam so`ragan yana yordam so`rab qichqirib qoldi. Muso unga: «Albatta, sen ochiq-oydin gumrohsan», dedi.
19
فَلَمَّآ أَنْ أَرَادَ أَن يَبْطِشَ بِٱلَّذِى هُوَ عَدُوٌّ لَّهُمَا قَالَ يَٰمُوسَىٰٓ أَتُرِيدُ أَن تَقْتُلَنِى كَمَا قَتَلْتَ نَفْسًۢا بِٱلْأَمْسِ ۖ إِن تُرِيدُ إِلَّآ أَن تَكُونَ جَبَّارًا فِى ٱلْأَرْضِ وَمَا تُرِيدُ أَن تَكُونَ مِنَ ٱلْمُصْلِحِينَ١٩
Sodiq
Qachonki ikkovlariga dushman bo`lganni tutmoqchi bo`lgan edi, u: «Ey Muso, kecha bir jonni o`ldirganing kabi, meni o`ldirmoqchimisan?! Sen yer yuzida faqat jabbor bo`lishni istarsan va isloh qilguvchilardan bo`lishni istamassan», dedi.
20
وَجَآءَ رَجُلٌ مِّنْ أَقْصَا ٱلْمَدِينَةِ يَسْعَىٰ قَالَ يَٰمُوسَىٰٓ إِنَّ ٱلْمَلَأَ يَأْتَمِرُونَ بِكَ لِيَقْتُلُوكَ فَٱخْرُجْ إِنِّى لَكَ مِنَ ٱلنَّٰصِحِينَ٢٠
Sodiq
Va shaharning narigi chetidan bir kishi shoshib kelib: «Ey Muso, aniqki, a'yonlar seni o`ldirish uchun til biriktirmoqdalar. Bas, chiqib ket! Albatta, men senga nasihat qilguvchilardanman», dedi.
21
فَخَرَجَ مِنْهَا خَآئِفًا يَتَرَقَّبُ ۖ قَالَ رَبِّ نَجِّنِى مِنَ ٱلْقَوْمِ ٱلظَّٰلِمِينَ٢١
Sodiq
Bas, xavfsirab, alanglagan holda u yerdan: «Ey Robbim, menga zolim qavmlardan najot bergin», deb chiqdi.
22
وَلَمَّا تَوَجَّهَ تِلْقَآءَ مَدْيَنَ قَالَ عَسَىٰ رَبِّىٓ أَن يَهْدِيَنِى سَوَآءَ ٱلسَّبِيلِ٢٢
Sodiq
Qachonki Madyan tomon yuzlanganida: «Shoyadki, Robbim meni to`g`ri yo`lga hidoyat qilsa», dedi.
23
وَلَمَّا وَرَدَ مَآءَ مَدْيَنَ وَجَدَ عَلَيْهِ أُمَّةً مِّنَ ٱلنَّاسِ يَسْقُونَ وَوَجَدَ مِن دُونِهِمُ ٱمْرَأَتَيْنِ تَذُودَانِ ۖ قَالَ مَا خَطْبُكُمَا ۖ قَالَتَا لَا نَسْقِى حَتَّىٰ يُصْدِرَ ٱلرِّعَآءُ ۖ وَأَبُونَا شَيْخٌ كَبِيرٌ٢٣
Sodiq
Qachonki Madyan suviga yetib kelgach, bir to`p odamlarning hayvonlarini sug`orayotganini ko`rdi va ulardan boshqa (qo`ylarini suvdan) qaytarayotgan ikki ayolni ko`rdi. U: «Sizlarga ne bo`ldi?» dedi. Ular: «Cho`ponlar qaytmagunlaricha sug`ora olmaymiz, otamiz qari chol», dedilar.
24
فَسَقَىٰ لَهُمَا ثُمَّ تَوَلَّىٰٓ إِلَى ٱلظِّلِّ فَقَالَ رَبِّ إِنِّى لِمَآ أَنزَلْتَ إِلَىَّ مِنْ خَيْرٍ فَقِيرٌ٢٤
Sodiq
Bas, ikkovlariga (hayvonlarini) sug`orib berdi. So`ngra soyaga qaytdi va «Ey Robbim, albatta, menga tushirajaging har bir yaxshilikka muhtojman», dedi.[1]
[1] Muso alayhissalom haligi ikki ayolning hayvonlarini sug`orib berdilar. Buni o`zlarining erkak kishilik burchi, deb bildilar. Demak, kun issiq ekan. Avval ham soyada o`tirgan edilar. Lekin qiynalayotgan ikki ayolni ko`rib, g`oyatda charchagan, horib-tolgan, ochiqqan bo`lsalar ham, turib ularga yordam berdilar. Qaytib borib yana soyadan joy oldilar. Yana yolg`iz qoldilar. Yana muhojirlik g`urbatini his etdilar. Yolg`izning yori xudo, deb yana Robbul Olamiynga iltijo qilib «Ey Robbim, albatta, menga tushirajaging har bir yaxshilikka muhtojman», dedilar.)
25
فَجَآءَتْهُ إِحْدَىٰهُمَا تَمْشِى عَلَى ٱسْتِحْيَآءٍ قَالَتْ إِنَّ أَبِى يَدْعُوكَ لِيَجْزِيَكَ أَجْرَ مَا سَقَيْتَ لَنَا ۚ فَلَمَّا جَآءَهُۥ وَقَصَّ عَلَيْهِ ٱلْقَصَصَ قَالَ لَا تَخَفْ ۖ نَجَوْتَ مِنَ ٱلْقَوْمِ ٱلظَّٰلِمِينَ٢٥
Sodiq
Bas, ikkovlaridan biri hayo bilan yurib kelib: «Otam senga bizlarga sug`orib berganing haqini berish uchun chaqirmoqda», dedi. Qachonki unga kelganida va qissani aytib berganida, u: «Qo`rqma, zolim qavmlardan najot topding», dedi.[1]
[1] Qizlar otasiga hayvonlarini sug`orib bergan g`arib yigit haqida, uning mardligi, shijoatligi, yana o`zi yolg`iz soyada o`tirib qolganligi haqida so`zlab berishgan. O`shanda otalari qizlardan birini o`sha g`arib yigitni chaqirib kelish uchun yuboradi. Muso alayhissalom bu chaqiriqni qabul qilib, cholning oldiga boradilar. Muso alayhissalom uy egasiga boshlaridan o`tgan qissani gapirib berdilar. Ko`pni ko`rgan tajribali chol u kishining ko`nglini ko`tarib, qo`rqma, endi qutulib ketding, degan ma'noni aytdi.)
26
قَالَتْ إِحْدَىٰهُمَا يَٰٓأَبَتِ ٱسْتَـٔۡجِرْهُ ۖ إِنَّ خَيْرَ مَنِ ٱسْتَـٔۡجَرْتَ ٱلْقَوِىُّ ٱلْأَمِينُ٢٦
Sodiq
Ikki(qiz)dan biri: «Ey otajon, uni ishga yollab ol. Chunki, ishga yollanadigan eng yaxshi kimsa kuchli va ishonchli kimsadir», dedi.
27
قَالَ إِنِّىٓ أُرِيدُ أَنْ أُنكِحَكَ إِحْدَى ٱبْنَتَىَّ هَٰتَيْنِ عَلَىٰٓ أَن تَأْجُرَنِى ثَمَٰنِىَ حِجَجٍ ۖ فَإِنْ أَتْمَمْتَ عَشْرًا فَمِنْ عِندِكَ ۖ وَمَآ أُرِيدُ أَنْ أَشُقَّ عَلَيْكَ ۚ سَتَجِدُنِىٓ إِن شَآءَ ٱللَّهُ مِنَ ٱلصَّٰلِحِينَ٢٧
Sodiq
U: «Menga sakkiz yil ishlab berishing sharti bilan, shu ikki qizimdan birini senga nikohlab bermoqchiman, agar o`n yilni tamomlasang, bu sening ishing. Men esa senga mashaqqat qilishni istamasman. Inshoalloh, mening solih kishilardan ekanimni ko`rasan», dedi.
28
قَالَ ذَٰلِكَ بَيْنِى وَبَيْنَكَ ۖ أَيَّمَا ٱلْأَجَلَيْنِ قَضَيْتُ فَلَا عُدْوَٰنَ عَلَىَّ ۖ وَٱللَّهُ عَلَىٰ مَا نَقُولُ وَكِيلٌ٢٨
Sodiq
U(Muso): «Bu men bilan sening oramizdadir. Ikki muddatdan qay birini ado qilsam ham, menga tajovuz qilinmas. Aytayotgan narsamizga Alloh vakildir», dedi.
29
۞فَلَمَّا قَضَىٰ مُوسَى ٱلْأَجَلَ وَسَارَ بِأَهْلِهِۦٓ ءَانَسَ مِن جَانِبِ ٱلطُّورِ نَارًا قَالَ لِأَهْلِهِ ٱمْكُثُوٓاْ إِنِّىٓ ءَانَسْتُ نَارًا لَّعَلِّىٓ ءَاتِيكُم مِّنْهَا بِخَبَرٍ أَوْ جَذْوَةٍ مِّنَ ٱلنَّارِ لَعَلَّكُمْ تَصْطَلُونَ٢٩
Sodiq
Muso muddatni tugatib, ahli bilan yo`lga tushib ketayotib, Tur tomonda uzoqdan olovni ko`rib qoldi. U ahliga: «Turib turinglar, aniqki, men uzoqdan olovni ko`rdim. Balki, u yerdan sizga biror xabar yoki isinishingiz uchun bir tutam cho`g` olib kelarman», dedi.[1]
[1] Muso alayhissalom qayinotasi bilan kelishgan muddatni o`tab, ahli ayollarini olib Misrga qaytish uchun yo`lga chiqdilar. Yo`lda, Siyna yarim orolidagi Tur tog`iga yaqinlashganda, tog` tomonda uzoqdan bir olov yonib turganini ko`rdilar.)
30
فَلَمَّآ أَتَىٰهَا نُودِىَ مِن شَٰطِئِ ٱلْوَادِ ٱلْأَيْمَنِ فِى ٱلْبُقْعَةِ ٱلْمُبَٰرَكَةِ مِنَ ٱلشَّجَرَةِ أَن يَٰمُوسَىٰٓ إِنِّىٓ أَنَا ٱللَّهُ رَبُّ ٱلْعَٰلَمِينَ٣٠
Sodiq
Bas, qachonki uning oldiga yetib kelganida, vodiyning o`ng tomonidan, muborak joydan, daraxtdan unga: «Ey Muso, albatta, Men, O`zim olamlarning Robbi Allohdirman.
31
وَأَنْ أَلْقِ عَصَاكَ ۖ فَلَمَّا رَءَاهَا تَهْتَزُّ كَأَنَّهَا جَآنٌّ وَلَّىٰ مُدْبِرًا وَلَمْ يُعَقِّبْ ۚ يَٰمُوسَىٰٓ أَقْبِلْ وَلَا تَخَفْ ۖ إِنَّكَ مِنَ ٱلْـَٔامِنِينَ٣١
Sodiq
Va asoingni tashla», deb nido qilindi. Qachonki uning katta ilon kabi qimirlayotganini ko`rgach, qaramasdan ortga qochdi. «Ey Muso, beri kel, qo`rqma, albatta, sen omonlikdagilardansan.[1]
[1] Bu hol haqiqatda ajoyib edi. Bepoyon sahrodagi tog`ning o`ng tomonida, muborak bir joyda Alloh taolo farishtani ham o`rtaga qo`ymay, Muso alayhissalomga bevosita O`zi nido qilmoqda. Bu joy haqiqatda ham muborak bir joy edi. Bu payt, shubhasiz, muborak bir payt edi. Bu nido haqiqatda ham muborak bir nido edi.)
32
ٱسْلُكْ يَدَكَ فِى جَيْبِكَ تَخْرُجْ بَيْضَآءَ مِنْ غَيْرِ سُوٓءٍ وَٱضْمُمْ إِلَيْكَ جَنَاحَكَ مِنَ ٱلرَّهْبِ ۖ فَذَٰنِكَ بُرْهَٰنَانِ مِن رَّبِّكَ إِلَىٰ فِرْعَوْنَ وَمَلَإِيْهِۦٓ ۚ إِنَّهُمْ كَانُواْ قَوْمًا فَٰسِقِينَ٣٢
Sodiq
Qo`lingni yoqangdan (qo`ltig`ingga) suq, biron nuqsonsiz oppoq bo`lib chiqur va qo`rquvdan qanot(qo`l)ingni o`zingga tortib ol. Bas, shu ikkisi Robbingdan Fir'avn va uning odamlariga ikki hujjatdir. Albatta, ular fosiq qavm bo`ldilar», (deyildi).
33
قَالَ رَبِّ إِنِّى قَتَلْتُ مِنْهُمْ نَفْسًا فَأَخَافُ أَن يَقْتُلُونِ٣٣
Sodiq
U: «Ey Robbim, men ulardan bir jonni o`ldirganman, ular meni o`ldirishlaridan qo`rqaman.
34
وَأَخِى هَٰرُونُ هُوَ أَفْصَحُ مِنِّى لِسَانًا فَأَرْسِلْهُ مَعِىَ رِدْءًا يُصَدِّقُنِىٓ ۖ إِنِّىٓ أَخَافُ أَن يُكَذِّبُونِ٣٤
Sodiq
Birodarim Horun mendan ko`ra tili burroroq, uni ham men bilan yubor, meni tasdiqlaydir. Zero, ular meni yolg`onchi qilishlaridan qo`rqurman», dedi.[1]
[1] Men ulardan bani isroillik bilan urishayotgan qibtiyni bilmasdan, noxosdan o`ldirib qo`yganman. Fir'avn a'yonlari meni o`ldirish uchun til biriktirayotganlarida qochib ketganman. Endi yana kirib borsam, ularning eski adovati qo`zib meni o`ldirib qo`ysalar, diniy da'vat ishi nima bo`ladi, deb qo`rqaman. Mening tilimda bir oz duduqlik bor, og`am Horun esa, tili burro odam. Kofirlar bilan tortishuvlarda ish beradi. Uni ham men bilan birga payg`ambar qilib yubor. U ham men bilan birga payg`ambar bo`lib, meni tasdiqlasin.)
35
قَالَ سَنَشُدُّ عَضُدَكَ بِأَخِيكَ وَنَجْعَلُ لَكُمَا سُلْطَٰنًا فَلَا يَصِلُونَ إِلَيْكُمَا ۚ بِـَٔايَٰتِنَآ أَنتُمَا وَمَنِ ٱتَّبَعَكُمَا ٱلْغَٰلِبُونَ٣٥
Sodiq
U zot: «Biz seni og`ang bilan quvvatlaymiz va ikkovingizga bir saltanat berurmizki, ular sizga yetisha olmaslar. Bizning oyatlarimiz ila ikkingiz va sizga ergashganlar g`olibdirsiz», dedi.[1]
[1] Demak, Muso va Horun alayhimassalom hamda ularga ergashganlar g`olib bo`lishlari turgan gap. G`alabaga erishish uchun Allohning oyatlari bilan harakat qilinsa, bas. Shunday harakat bo`ldi ham.)
36
فَلَمَّا جَآءَهُم مُّوسَىٰ بِـَٔايَٰتِنَا بَيِّنَٰتٍ قَالُواْ مَا هَٰذَآ إِلَّا سِحْرٌ مُّفْتَرًى وَمَا سَمِعْنَا بِهَٰذَا فِىٓ ءَابَآئِنَا ٱلْأَوَّلِينَ٣٦
Sodiq
Bas, qachonki Muso ularga ochiq-oydin oyatlarimiz ila kelganida, ular: «Bu uydirma sehrdan boshqa narsa emas. Avvalgi ota-bobolarimizdan ham bu haqda eshitmagan edik», dedilar.[1]
[1] Ko`zlariga ko`rinib turgan mo`'jizani, ko`zbo`yamachilik, sehrdan o`zga narsa emas, u uydirmadir, dedilar. Allohning Payg`ambariga qarshi, Allohning mo`'jizalariga qarshi bunday gapni aytishga biror dalil-hujjatlari bormidi? Albatta, yo`q edi. Ota-bobolaridan eshitmaganlari uchun Allohning Payg`ambarini yolg`onchi qilib, mo`'jizasani sehr deyishlari to`g`rimi?! Ularning ota-bobolari kim edi o`zi? Dunyoning oxirigacha bo`ladigan narsalarni ko`rsatib ketishganmi?!)
37
وَقَالَ مُوسَىٰ رَبِّىٓ أَعْلَمُ بِمَن جَآءَ بِٱلْهُدَىٰ مِنْ عِندِهِۦ وَمَن تَكُونُ لَهُۥ عَٰقِبَةُ ٱلدَّارِ ۖ إِنَّهُۥ لَا يُفْلِحُ ٱلظَّٰلِمُونَ٣٧
Sodiq
Va Muso: «Robbim O`z huzuridan kim hidoyat keltirganini ham, oxirat diyori oqibati kimga bo`lishini ham yaxshi bilguvchi Zotdir. Albatta, zolimlar najot topmaslar», dedi.[1]
[1] Kufr keltirib, Allohning Payg`ambarini inkor etib, Allohning oyat-mo`'jizalarini sehr deb zulm qilganlar najot topmaslar.)
38
وَقَالَ فِرْعَوْنُ يَٰٓأَيُّهَا ٱلْمَلَأُ مَا عَلِمْتُ لَكُم مِّنْ إِلَٰهٍ غَيْرِى فَأَوْقِدْ لِى يَٰهَٰمَٰنُ عَلَى ٱلطِّينِ فَٱجْعَل لِّى صَرْحًا لَّعَلِّىٓ أَطَّلِعُ إِلَىٰٓ إِلَٰهِ مُوسَىٰ وَإِنِّى لَأَظُنُّهُۥ مِنَ ٱلْكَٰذِبِينَ٣٨
Sodiq
Va Fir'avn: «Ey, a'yonlar, men sizlarga o`zimdan boshqa iloh borligini bilmasman. Bas, ey, Homon, loyga o`t yoqib, men uchun bir baland qasr qur, shoyadki (unga chiqib) Musoning ilohini ko`rsam. Albatta, men uni yolg`onchilardan deb o`ylamoqdaman», dedi.[1]
[1] Xudolik da'vosida bo`lgan ahmoq fir'avnlar o`ylamay, og`ziga nima kelsa gapiraveradi. Vaziriga nimani xohlasa, buyuraveradi. Homon loyga o`t yoqib g`isht pishirib, o`ta baland qasr qurarmish, Fir'avn unga chiqib, osmonda Allohni ko`rar emish. Alloh osmonda sening chiqishingga qarab turadigan zotmidi?! Senga o`xshagan iflos Allohning dargohiga bora olarmidi?! Osmon senga o`xshash bandalar uchun Alloh taolo tomonidan yaratilgan bir narsa-ku, nima uchun Allohni osmon bilan chegaralab qo`ymoqchisan?! Ushbu savollar ham o`zini xudo sanayotgan Fir'avning naqadar esi past ekanini tushunishga yordam beradi. O`sha esi past maxluq o`zining ahmoqona gapi bilan Alloh yuborgan Payg`ambar Muso alayhissalomni yolg`onchiga chiqarmoqda.)
39
وَٱسْتَكْبَرَ هُوَ وَجُنُودُهُۥ فِى ٱلْأَرْضِ بِغَيْرِ ٱلْحَقِّ وَظَنُّوٓاْ أَنَّهُمْ إِلَيْنَا لَا يُرْجَعُونَ٣٩
Sodiq
U(Fir'avn) va uning askarlari yer yuzida nohaqdan takabburlik qildilar hamda o`zlarini Bizga qaytarilmaslar deb gumon qildilar.
40
فَأَخَذْنَٰهُ وَجُنُودَهُۥ فَنَبَذْنَٰهُمْ فِى ٱلْيَمِّ ۖ فَٱنظُرْ كَيْفَ كَانَ عَٰقِبَةُ ٱلظَّٰلِمِينَ٤٠
Sodiq
Bas, Biz uni va uning askarlarini tutdik va dengizga otdik. Endi zolimlarning oqibati qandoq bo`lganiga nazar sol.
41
وَجَعَلْنَٰهُمْ أَئِمَّةً يَدْعُونَ إِلَى ٱلنَّارِ ۖ وَيَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ لَا يُنصَرُونَ٤١
Sodiq
Va ularni do`zaxga chaqiradigan peshvolar qildik. Qiyomat kuni esa, ularga yordam berilmas.[1]
[1] Axir, bu dunyodan nohaq takabburlik qilib, do`zaxga da'vat bo`yicha peshvolik bilan o`tgan bo`lsalar, ularga qanday qilib yordam berilishi mumkin?)
42
وَأَتْبَعْنَٰهُمْ فِى هَٰذِهِ ٱلدُّنْيَا لَعْنَةً ۖ وَيَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ هُم مِّنَ ٱلْمَقْبُوحِينَ٤٢
Sodiq
Va bu dunyoda ularga la'natni ergashtirib qo`ydik. Qiyomat kuni esa, ular (rahmatdan) yiroq qilinganlardandir.
43
وَلَقَدْ ءَاتَيْنَا مُوسَى ٱلْكِتَٰبَ مِنۢ بَعْدِ مَآ أَهْلَكْنَا ٱلْقُرُونَ ٱلْأُولَىٰ بَصَآئِرَ لِلنَّاسِ وَهُدًى وَرَحْمَةً لَّعَلَّهُمْ يَتَذَكَّرُونَ٤٣
Sodiq
Batahqiq, Biz avvalgi asrlarni halok qilganimizdan so`ng Musoga odamlar uchun nur, hidoyat va rahmat qilib kitobni berdik. Shoyadki, ular eslasalar.
44
وَمَا كُنتَ بِجَانِبِ ٱلْغَرْبِىِّ إِذْ قَضَيْنَآ إِلَىٰ مُوسَى ٱلْأَمْرَ وَمَا كُنتَ مِنَ ٱلشَّٰهِدِينَ٤٤
Sodiq
Biz Musoga ishni hukm qilgan paytimizda sen g`arbiy tomonda emas eding va guvohlardan ham bo`lmagansan.[1]
[1] Ey Muhammad! Musoga payg`ambarlikni, Tavrot va uning hukmini bergan paytimizda Tur tog`ining g`arbiy tomonida yo`q eding. Bu ishga guvohlardan ham bo`lmagansan.)
45
وَلَٰكِنَّآ أَنشَأْنَا قُرُونًا فَتَطَاوَلَ عَلَيْهِمُ ٱلْعُمُرُ ۚ وَمَا كُنتَ ثَاوِيًا فِىٓ أَهْلِ مَدْيَنَ تَتْلُواْ عَلَيْهِمْ ءَايَٰتِنَا وَلَٰكِنَّا كُنَّا مُرْسِلِينَ٤٥
Sodiq
Lekin Biz bir necha asrlarni paydo qildik, bas, ularning umri cho`zildi. Sen Madyanda turib, ularga oyatlarimizni tilovat qilib berganing yo`q. Ammo Biz Payg`ambar yuborguvchi bo`ldik.
46
وَمَا كُنتَ بِجَانِبِ ٱلطُّورِ إِذْ نَادَيْنَا وَلَٰكِن رَّحْمَةً مِّن رَّبِّكَ لِتُنذِرَ قَوْمًا مَّآ أَتَىٰهُم مِّن نَّذِيرٍ مِّن قَبْلِكَ لَعَلَّهُمْ يَتَذَكَّرُونَ٤٦
Sodiq
Biz nido qilgan chog`imizda Turning yonida yo`q eding. Lekin Robbingdan rahmat sifatida sendan oldin ogohlantirguvchi kelmagan qavmni ogohlantirish uchun (qissalarni senga bildirdik). Shoyadki, eslasalar.[1]
[1] Ya'ni, Biz Musoga Tur tog`ining yonida nido qilganimizda sen u yerda yo`q eding. Ammo Biz u yerda bo`lib o`tgan qissani senga bildirdik. Bu ish sendan oldin ogohlantirguvchi-payg`ambar kelmagan qavmni ogohlantirishing uchun Robbingning senga bergan rahmatidir. Shoyadki ushbu qissalar ta'sirida ular eslashlari lozim bo`lgan narsalarni esga olsalar.)
47
وَلَوْلَآ أَن تُصِيبَهُم مُّصِيبَةُۢ بِمَا قَدَّمَتْ أَيْدِيهِمْ فَيَقُولُواْ رَبَّنَا لَوْلَآ أَرْسَلْتَ إِلَيْنَا رَسُولًا فَنَتَّبِعَ ءَايَٰتِكَ وَنَكُونَ مِنَ ٱلْمُؤْمِنِينَ٤٧
Sodiq
Agar ularga qilmishlari tufayli musiybat yetganida: «Ey Robbimiz, bizga Payg`ambar yuborganingda edi, oyatlaringga ergashar edik va mo`minlardan bo`lar edik», demasalar edi.
48
فَلَمَّا جَآءَهُمُ ٱلْحَقُّ مِنْ عِندِنَا قَالُواْ لَوْلَآ أُوتِىَ مِثْلَ مَآ أُوتِىَ مُوسَىٰٓ ۚ أَوَلَمْ يَكْفُرُواْ بِمَآ أُوتِىَ مُوسَىٰ مِن قَبْلُ ۖ قَالُواْ سِحْرَانِ تَظَٰهَرَا وَقَالُوٓاْ إِنَّا بِكُلٍّ كَٰفِرُونَ٤٨
Sodiq
Qachonki ularga bizning huzurimizdan haq kelganida, ular: «Unga ham Musoga berilgan narsa berilsa edi», dedilar. Ular ilgari Musoga berilgan narsaga kufr keltirmagan edilarmi?! Ular: «Ikki sehr o`rtaga chiqdi, bir-biriga yordam bermoqda, biz har biriga kufr keltirguvchimiz», dedilar.[1]
[1] Ha, Muhammad alayhissalotu vassalomdan ilgari ular Muso alayhissalomga tushgan narsaga ham kufr keltirgan edilar. Endi bo`lsa, Muhammad alayhissalotu vassalomga iymon keltirmasliklariga Muso alayhissalomga berilgan narsaga o`xshash narsa u kishiga berilmaganini sabab qilib turibdilar. Ular «ikki sehr» deb Tavrot bilan Qur'onni nazarda tutishyapti. Tavrot ham, Qur'on ham sehrdir, ular birga o`rtaga chiqib, bir-biriga yordam bermoqda, biz har ikkisiga ham kufr keltiruvchilarmiz, deyishyapti.)
49
قُلْ فَأْتُواْ بِكِتَٰبٍ مِّنْ عِندِ ٱللَّهِ هُوَ أَهْدَىٰ مِنْهُمَآ أَتَّبِعْهُ إِن كُنتُمْ صَٰدِقِينَ٤٩
Sodiq
Sen: «Agar rostgo`ylardan bo`lsangiz, Allohning huzuridagi u ikkisidan ko`ra to`g`riroq bir kitob keltiring, men unga ergashaman», degin.
50
فَإِن لَّمْ يَسْتَجِيبُواْ لَكَ فَٱعْلَمْ أَنَّمَا يَتَّبِعُونَ أَهْوَآءَهُمْ ۚ وَمَنْ أَضَلُّ مِمَّنِ ٱتَّبَعَ هَوَىٰهُ بِغَيْرِ هُدًى مِّنَ ٱللَّهِ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يَهْدِى ٱلْقَوْمَ ٱلظَّٰلِمِينَ٥٠
Sodiq
Agar senga javob bera olmasalar, bas, bilginki, ular faqat havoyi nafslariga ergashmoqdalar, xolos. Allohdan bo`lgan hidoyatsiz, o`z havoyi nafsiga ergashgandan ko`ra ham gumrohroq kimsa bormi?! Albatta, Alloh zolim qavmlarni hidoyat qilmas.[1]
[1] Qur'onga ergashmagan har bir kimsa havoi nafsi yo`lida yurgan bo`ladi. Havoi nafsi ixtiyoridagi har bir kimsa dunyodagi eng gumroh kimsadir. Agar bunga e'tiroz bo`lsa, Qur'ondan ko`ra to`g`riroq kitobni keltirsin!)
51
۞وَلَقَدْ وَصَّلْنَا لَهُمُ ٱلْقَوْلَ لَعَلَّهُمْ يَتَذَكَّرُونَ٥١
Sodiq
Batahqiq, Biz ularga gapni yetkazib qo`ydik. Shoyadki, eslasalar.
52
ٱلَّذِينَ ءَاتَيْنَٰهُمُ ٱلْكِتَٰبَ مِن قَبْلِهِۦ هُم بِهِۦ يُؤْمِنُونَ٥٢
Sodiq
U(Qur'on)dan oldin kitob berilganlar unga iymon keltirurlar.[1]
[1] Bu oyati karima tushgan paytda yahudiylardan ham, masihiylardan ham iymon keltirib, mo`min-musulmon bo`lgan kishilar bor edi. Oyatda ana shunga ishora qilinmoqda.)
53
وَإِذَا يُتْلَىٰ عَلَيْهِمْ قَالُوٓاْ ءَامَنَّا بِهِۦٓ إِنَّهُ ٱلْحَقُّ مِن رَّبِّنَآ إِنَّا كُنَّا مِن قَبْلِهِۦ مُسْلِمِينَ٥٣
Sodiq
Ularga tilovat qilingan chog`da: «Biz unga iymon keltirdik. Albatta, u Robbimizdan kelgan haqdir. Albatta, biz bundan oldin ham musulmon edik», dedilar.
54
أُوْلَٰٓئِكَ يُؤْتَوْنَ أَجْرَهُم مَّرَّتَيْنِ بِمَا صَبَرُواْ وَيَدْرَءُونَ بِٱلْحَسَنَةِ ٱلسَّيِّئَةَ وَمِمَّا رَزَقْنَٰهُمْ يُنفِقُونَ٥٤
Sodiq
Ana o`shalarga sabr qilganlari uchun ajrlari ikki marta berilgan. Ular yaxshilik ila yomonlikni daf' qilurlar va ularga rizq qilib bergan narsalarimizdan nafaqa qilurlar.
55
وَإِذَا سَمِعُواْ ٱللَّغْوَ أَعْرَضُواْ عَنْهُ وَقَالُواْ لَنَآ أَعْمَٰلُنَا وَلَكُمْ أَعْمَٰلُكُمْ سَلَٰمٌ عَلَيْكُمْ لَا نَبْتَغِى ٱلْجَٰهِلِينَ٥٥
Sodiq
Qachonki behuda narsa eshitsalar, undan yuz o`girib: «Bizga o`z amallarimiz, sizga o`z amallaringiz, omon bo`linglar, biz johillarni istamasmiz», dedilar.
56
إِنَّكَ لَا تَهْدِى مَنْ أَحْبَبْتَ وَلَٰكِنَّ ٱللَّهَ يَهْدِى مَن يَشَآءُ ۚ وَهُوَ أَعْلَمُ بِٱلْمُهْتَدِينَ٥٦
Sodiq
Albatta, sen o`zing sevgan kishingni hidoyat qila olmassan. Lekin Alloh kimni xohlasa, o`shani hidoyat qiladir. U hidoyatga yuruvchilarni yaxshi bilguvchi Zotdir.[1]
[1] Demak, odamlarni hidoyat qilish faqat Alloh taoloning izmidadir. Allohdan boshqa hech kim, hatto oxirzamon Payg`ambari alayhissalotu vassalomning ham bu ishga qurblari yetmaydi. Agar u zot alayhissalotu vassalom biror kishini hidoyat qilish imkoniga ega bo`lganlarida, amakilari Abu Tolibni hidoyat qilgan bo`lar edilar. Ammo buning imkoni bo`lmadi. Abu Tolib hidoyatga muyassar bo`lmay dunyodan o`tdi. Bunga Rasuli Akram alayhissalotu vassalom qattiq afsus chekdilar. Alloh taolo esa, bu haqda Payg`ambariga ushbu oyatdagi bayonotni berdi.)
57
وَقَالُوٓاْ إِن نَّتَّبِعِ ٱلْهُدَىٰ مَعَكَ نُتَخَطَّفْ مِنْ أَرْضِنَآ ۚ أَوَلَمْ نُمَكِّن لَّهُمْ حَرَمًا ءَامِنًا يُجْبَىٰٓ إِلَيْهِ ثَمَرَٰتُ كُلِّ شَىْءٍ رِّزْقًا مِّن لَّدُنَّا وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَهُمْ لَا يَعْلَمُونَ٥٧
Sodiq
Ular: «Agar sen bilan hidoyatga ergashsak, o`z yerimizdan yulib olinamiz», dedilar. Biz ularga omonlik haramini makon qilib bermadikmi?! U yerga har narsaning mevalari Bizning dargohimizdan rizq o`laroq yig`iladi-ku! Ammo ko`plari bilmaslar.
58
وَكَمْ أَهْلَكْنَا مِن قَرْيَةٍ بَطِرَتْ مَعِيشَتَهَا ۖ فَتِلْكَ مَسَٰكِنُهُمْ لَمْ تُسْكَن مِّنۢ بَعْدِهِمْ إِلَّا قَلِيلًا ۖ وَكُنَّا نَحْنُ ٱلْوَٰرِثِينَ٥٨
Sodiq
Biz maishatlari haddan oshgan qanchadan-qancha yurtlarni halok qildik. Bas, anavilar ularning maskanlari, ulardan keyin maskan qilinmadi, illo, ozginasi, xolos. Va Biz O`zimiz voris bo`lib qoldik.
59
وَمَا كَانَ رَبُّكَ مُهْلِكَ ٱلْقُرَىٰ حَتَّىٰ يَبْعَثَ فِىٓ أُمِّهَا رَسُولًا يَتْلُواْ عَلَيْهِمْ ءَايَٰتِنَا ۚ وَمَا كُنَّا مُهْلِكِى ٱلْقُرَىٰٓ إِلَّا وَأَهْلُهَا ظَٰلِمُونَ٥٩
Sodiq
Robbing shahar-qishloqlarni, to ular orasiga ularga oyatlarimizni tilovat qiladigan Payg`ambar yubormasdan turib, halok qiluvchi bo`lmagan. Biz shahar-qishloqlarni faqat ahli zolim bo`lgan holdagina halok qilguvchi bo`lganmiz.[1]
[1] Alloh taoloning odati shuki, insonlarga jon, aql-idrok berib qo`ysa ham, yana payg`ambar orqli ogohlantirmasdan turib ularni halok qilmaydi. Payg`ambarni qachon va qayerga yuborishni O`zi biladi. Mana, Makka ahliga ham payg`ambar kelmagan edi. Endi Muhammad alayhissalotu vassalomni yubordi. U kishini faqat Makka ahliga emas, balki barcha makon va zamonlarga ogohlantirguvchi payg`ambar qilib yubordi.)
60
وَمَآ أُوتِيتُم مِّن شَىْءٍ فَمَتَٰعُ ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا وَزِينَتُهَا ۚ وَمَا عِندَ ٱللَّهِ خَيْرٌ وَأَبْقَىٰٓ ۚ أَفَلَا تَعْقِلُونَ٦٠
Sodiq
Va sizga berilgan narsalar bu dunyoning matohi va ziynati, xolos. Allohning huzuridagi narsa yaxshiroq va boqiydir. Aql ishlatmaysizlarmi?
61
أَفَمَن وَعَدْنَٰهُ وَعْدًا حَسَنًا فَهُوَ لَٰقِيهِ كَمَن مَّتَّعْنَٰهُ مَتَٰعَ ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا ثُمَّ هُوَ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ مِنَ ٱلْمُحْضَرِينَ٦١
Sodiq
Biz unga go`zal va'da qilgan, keyin o`shanga erishuvchi kishi, bu hayoti dunyo matohini berganimizdan so`ngra qiyomat kuni (azobga) hozir qilinganlardan bo`lgan kishi kabi bo`larmidi?![1]
[1] Bu oyati karimada mo`min bilan kofir bir-birlariga solishtirib ko`rsatilmoqda. Bir tomonda mo`min kishi. Unga Alloh taolo mo`minligi uchun bu dunyoda go`zal yashashni, u dunyoda go`zal jannatga ega bo`lishni va'da qilgan. Ikkinchi tomonda kofir kishi. Alloh taolo unga hayoti dunyoning ozgina matohini bergan. Keyin u dunyoda azoblash uchun do`zaxni tayyorlab qo`yadi. Xo`sh, shu ikki kishini o`zaro teng deya olamizmi? Albatta, yo`q!)
62
وَيَوْمَ يُنَادِيهِمْ فَيَقُولُ أَيْنَ شُرَكَآءِىَ ٱلَّذِينَ كُنتُمْ تَزْعُمُونَ٦٢
Sodiq
U zot ularni chaqirgan kunida: «Siz da'vo qilgan Mening «sherik»larim qani?!» der.
63
قَالَ ٱلَّذِينَ حَقَّ عَلَيْهِمُ ٱلْقَوْلُ رَبَّنَا هَٰٓؤُلَآءِ ٱلَّذِينَ أَغْوَيْنَآ أَغْوَيْنَٰهُمْ كَمَا غَوَيْنَا ۖ تَبَرَّأْنَآ إِلَيْكَ ۖ مَا كَانُوٓاْ إِيَّانَا يَعْبُدُونَ٦٣
Sodiq
Ustilariga so`z(langan azob) tushishi haq bo`lganlar: «Ey Robbimiz, anavi yo`ldan ozdirganlarimizni o`zimiz yo`ldan ozganimizdek ozdirganmiz. Senga o`zimizni oqladik. Ular bizga ibodat qilgan emaslar», derlar.
64
وَقِيلَ ٱدْعُواْ شُرَكَآءَكُمْ فَدَعَوْهُمْ فَلَمْ يَسْتَجِيبُواْ لَهُمْ وَرَأَوُاْ ٱلْعَذَابَ ۚ لَوْ أَنَّهُمْ كَانُواْ يَهْتَدُونَ٦٤
Sodiq
Va: «Mening «sherik»larimni chaqiringlar», deyilur. Ular chaqirurlar. Bas, (soxta xudolari) ularga javob bermaslar. Va, azobni ko`rurlar. Koshki, hidoyat topgan bo`lganlarida edi![1]
[1] Qani, u dunyoda ibodat qilib yurgan xudolarini endi chaqirsinlar, ularga yordam berishsin. Hozir yordam berishmasa, qachon yordam berishadi? Mushriklar Allohga sherik qilgan soxta xudolarini chaqiradilar. «Bas, soxta xudolari) ularga javob bermaslar». Bu dunyoda javob bera olmagan soxta xudolar u dunyoda javob bera bilarmidi? Demak, mushriklarning umidlari uzildi. Ana shunda ular «azobni ko`rurlar».)
65
وَيَوْمَ يُنَادِيهِمْ فَيَقُولُ مَاذَآ أَجَبْتُمُ ٱلْمُرْسَلِينَ٦٥
Sodiq
U kunda U zot ularga nido qilib: «Payg`ambarlarga nima deb javob berdingiz?» der.
66
فَعَمِيَتْ عَلَيْهِمُ ٱلْأَنۢبَآءُ يَوْمَئِذٍ فَهُمْ لَا يَتَسَآءَلُونَ٦٦
Sodiq
Ana o`sha kunda xabarlar ulardan maxfiy bo`lur va ular bir-birlaridan so`ray olmaslar ham.
67
فَأَمَّا مَن تَابَ وَءَامَنَ وَعَمِلَ صَٰلِحًا فَعَسَىٰٓ أَن يَكُونَ مِنَ ٱلْمُفْلِحِينَ٦٧
Sodiq
Ammo tavba qilgan, iymon keltirib, solih amallarni qilgan kishi, shoyadki, najot topguvchilardan bo`lsa.
68
وَرَبُّكَ يَخْلُقُ مَا يَشَآءُ وَيَخْتَارُ ۗ مَا كَانَ لَهُمُ ٱلْخِيَرَةُ ۚ سُبْحَٰنَ ٱللَّهِ وَتَعَٰلَىٰ عَمَّا يُشْرِكُونَ٦٨
Sodiq
Va Robbing xohlaganini yaratib, xohlaganini ixtiyor qilur. Ularda ixtiyor haqqi yo`qdir. Ular shirk keltirayotgan narsalardan Alloh pok va yuksakdir.
69
وَرَبُّكَ يَعْلَمُ مَا تُكِنُّ صُدُورُهُمْ وَمَا يُعْلِنُونَ٦٩
Sodiq
Va, Robbing ularning qalblari yashirayotgan narsalarni ham, oshkor qilayotgan narsalarni ham bilur.
70
وَهُوَ ٱللَّهُ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ۖ لَهُ ٱلْحَمْدُ فِى ٱلْأُولَىٰ وَٱلْـَٔاخِرَةِ ۖ وَلَهُ ٱلْحُكْمُ وَإِلَيْهِ تُرْجَعُونَ٧٠
Sodiq
U Alloh Undan boshqa ibodatga sazovor iloh yo`q Zotdir. Bu dunyoda va oxiratda barcha hamd Ungadir. Hukm ham Uning O`zigadir va Ungagina qaytarilursizlar.
71
قُلْ أَرَءَيْتُمْ إِن جَعَلَ ٱللَّهُ عَلَيْكُمُ ٱلَّيْلَ سَرْمَدًا إِلَىٰ يَوْمِ ٱلْقِيَٰمَةِ مَنْ إِلَٰهٌ غَيْرُ ٱللَّهِ يَأْتِيكُم بِضِيَآءٍ ۖ أَفَلَا تَسْمَعُونَ٧١
Sodiq
Sen ularga: «Ayting-chi, agar Alloh kechani qiyomat kunigacha doimiy qilib qo`ysa, Allohdan o`zga qaysi iloh sizga yorug`lik keltira olur? Eshitmaysizlarmi?!» deb ayt.
72
قُلْ أَرَءَيْتُمْ إِن جَعَلَ ٱللَّهُ عَلَيْكُمُ ٱلنَّهَارَ سَرْمَدًا إِلَىٰ يَوْمِ ٱلْقِيَٰمَةِ مَنْ إِلَٰهٌ غَيْرُ ٱللَّهِ يَأْتِيكُم بِلَيْلٍ تَسْكُنُونَ فِيهِ ۖ أَفَلَا تُبْصِرُونَ٧٢
Sodiq
Sen ularga: «Ayting-chi, agar Alloh kunduzni qiyomat kunigacha doimiy qilib qo`ysa, Allohdan o`zga qaysi iloh sizlarga orom oladiganingiz kechani keltira oladi?! Ko`rmaysizlarmi?!» deb ayt.
73
وَمِن رَّحْمَتِهِۦ جَعَلَ لَكُمُ ٱلَّيْلَ وَٱلنَّهَارَ لِتَسْكُنُواْ فِيهِ وَلِتَبْتَغُواْ مِن فَضْلِهِۦ وَلَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ٧٣
Sodiq
U zot O`z rahmati ila sizlarga kecha va kunduzni orom olishingiz va O`z fazlidan talab qilishingiz uchun paydo qildi. Shoyadki, shukr keltirsangiz.
74
وَيَوْمَ يُنَادِيهِمْ فَيَقُولُ أَيْنَ شُرَكَآءِىَ ٱلَّذِينَ كُنتُمْ تَزْعُمُونَ٧٤
Sodiq
U kunda U zot ularga nido qilib: «Sizlar da'vo qilgan «sherik»larim qani?» der.
75
وَنَزَعْنَا مِن كُلِّ أُمَّةٍ شَهِيدًا فَقُلْنَا هَاتُواْ بُرْهَٰنَكُمْ فَعَلِمُوٓاْ أَنَّ ٱلْحَقَّ لِلَّهِ وَضَلَّ عَنْهُم مَّا كَانُواْ يَفْتَرُونَ٧٥
Sodiq
Va har bir ummatdan bir shohid chiqarib: «Hujjatlaringizni keltiring!» degaymiz. Bas, ular haq Allohga ekanini bilurlar va o`zlari uydirib yurgan narsalari g`oyib bo`lur.[1]
[1] Qiyomat kunida Alloh taolo har ummatning payg`ambarini guvoh sifatida chiqarib olib, ummatlarga, mening sherigim borligi haqida qilgan da'volaringizga hujjatlaringizni keltiring, deydi. Ularning o`zlari o`ylab topgan soxta xudolari g`oyib bo`lib qoladi. Ana o`shanda sharmandalari chiqadi.)
76
۞إِنَّ قَٰرُونَ كَانَ مِن قَوْمِ مُوسَىٰ فَبَغَىٰ عَلَيْهِمْ ۖ وَءَاتَيْنَٰهُ مِنَ ٱلْكُنُوزِ مَآ إِنَّ مَفَاتِحَهُۥ لَتَنُوٓأُ بِٱلْعُصْبَةِ أُوْلِى ٱلْقُوَّةِ إِذْ قَالَ لَهُۥ قَوْمُهُۥ لَا تَفْرَحْ ۖ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يُحِبُّ ٱلْفَرِحِينَ٧٦
Sodiq
Albatta, Qorun Muso qavmidan bo`lib, ularga takabburlik qildi. Biz unga kalitlari bir guruh quvvatlilarga ham og`irlik qiladigan xazinalarni bergan edik. O`shanda qavmi unga: «Hovliqma, albatta, Alloh hovliqqanlarni suymas.[1]
[1] Demak, Qorun Muso alayhissalomning, ya'ni Bani Isroil qavmidan bo`lib, qavmiga takabburlik qilgan. Qorun katta boylikka uchib, qavmiga takabburlik qildi. Molu mulki shu darajada ko`p ediki, xazinalarining kalitlarini ko`tarish bir to`da kuchli odamlarga ham og`irlik qilar edi. O`sha vaqtda shunchalik molga egalik uni hovliqtirib yuboradi. Shu sababli, o`z qavmiga takabburlik qiladi.)
77
وَٱبْتَغِ فِيمَآ ءَاتَىٰكَ ٱللَّهُ ٱلدَّارَ ٱلْـَٔاخِرَةَ ۖ وَلَا تَنسَ نَصِيبَكَ مِنَ ٱلدُّنْيَا ۖ وَأَحْسِن كَمَآ أَحْسَنَ ٱللَّهُ إِلَيْكَ ۖ وَلَا تَبْغِ ٱلْفَسَادَ فِى ٱلْأَرْضِ ۖ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يُحِبُّ ٱلْمُفْسِدِينَ٧٧
Sodiq
Va Alloh senga bergan narsa bilan oxiratni izlagin, bu dunyodagi nasibangni ham unutma. Alloh senga yaxshilik qilganidek, sen ham yaxshilik qil. Yer yuzida buzg`unchilikni izlama. Albatta, Alloh buzg`unchilarni suymas», dedilar.[1]
[1] Alloh taolo bergan molu dunyoga qanday munosabatda bo`lish kerakligi ushbu oyati karimada o`z aksini topgan. Musulmon banda qo`liga molu dunyo tushganda o`zini xuddi shu oyatga mos tutmog`i lozim. Musulmon odam, avvalo, Alloh bergan molu dunyo bilan oxiratni izlashga intiladi. Ya'ni, molu mulkini shariatda ko`rsatilgan, oxiratda foyda beradigan joylarga sarflaydi. Harom-xarish, gunoh, fisqu fujur va behuda ishlarga sarf etmaydi. Chunki behuda ishlarga sarflangan molu dunyo bu dunyoda ham, u dunyoda ham foyda bermaydi. Aksincha, ikki dunyoda ham ziyon keltiradi. Lekin musulmon odam oxiratni o`ylab, bu dunyosini tark qilib-unutib ham yubormaydi.)
78
قَالَ إِنَّمَآ أُوتِيتُهُۥ عَلَىٰ عِلْمٍ عِندِىٓ ۚ أَوَلَمْ يَعْلَمْ أَنَّ ٱللَّهَ قَدْ أَهْلَكَ مِن قَبْلِهِۦ مِنَ ٱلْقُرُونِ مَنْ هُوَ أَشَدُّ مِنْهُ قُوَّةً وَأَكْثَرُ جَمْعًا ۚ وَلَا يُسْـَٔلُ عَن ذُنُوبِهِمُ ٱلْمُجْرِمُونَ٧٨
Sodiq
U (Qorun): «Menga u faqat o`zimdagi ilm tufayligina berilgandir», dedi. Alloh undan oldingi asrlarda undan ko`ra quvvatliroq, undan ko`ra ko`proq (mol) to`plaganlarni(ham) albatta halok etganini u bilmasmidi?! Gunohkorlardan gunohlari haqida so`rab o`tirilmas.
79
فَخَرَجَ عَلَىٰ قَوْمِهِۦ فِى زِينَتِهِۦ ۖ قَالَ ٱلَّذِينَ يُرِيدُونَ ٱلْحَيَوٰةَ ٱلدُّنْيَا يَٰلَيْتَ لَنَا مِثْلَ مَآ أُوتِىَ قَٰرُونُ إِنَّهُۥ لَذُو حَظٍّ عَظِيمٍ٧٩
Sodiq
Bas, u (Qorun) qavmi huzuriga zebu ziynati ila chiqdi. Hayoti dunyoni xohlaydiganlar: «Qani endi bizga ham Qorunga berilgan narsadan bo`lsa edi. Haqiqatan, u ulug` nasiba egasidir», dedilar.[1]
[1] Molu dunyosiga ishonib mutakabbirlik bilan g`ururga ketgan, dunyoda buzg`unchilik qilishga uringan, noshukr odamga faqat hayoti dunyoni o`ylaydigan kishilargina havas qilishi mumkin. Ushbu dunyoning besh kunlik matohiga erishishdan boshqa maqsadi yo`qlargina o`sha tug`yonkor, buzg`unchiga o`xshagan bo`lishni orzu qilishi mumkin. Ana o`shalargina g`ururga ketgan mazkur mutakabbirni «ulug`» nasiba egasi, deyishi mumkin.)
80
وَقَالَ ٱلَّذِينَ أُوتُواْ ٱلْعِلْمَ وَيْلَكُمْ ثَوَابُ ٱللَّهِ خَيْرٌ لِّمَنْ ءَامَنَ وَعَمِلَ صَٰلِحًا وَلَا يُلَقَّىٰهَآ إِلَّا ٱلصَّٰبِرُونَ٨٠
Sodiq
Ilm berilganlar esa: «Voy bo`lsin sizlarga! Iymon keltirib, solih amallarni qilganlar uchun Allohning savobi yaxshidir. Unga faqat sabr qilganlargina erishurlar», dedilar.
81
فَخَسَفْنَا بِهِۦ وَبِدَارِهِ ٱلْأَرْضَ فَمَا كَانَ لَهُۥ مِن فِئَةٍ يَنصُرُونَهُۥ مِن دُونِ ٱللَّهِ وَمَا كَانَ مِنَ ٱلْمُنتَصِرِينَ٨١
Sodiq
Bas, Biz uni va uning hovli-joyini yerga yuttirdik. Unga Alloh(azobi)dan yordam beradigan guruh ham bo`lmadi, uning o`zi nusratga erishguvchilardan ham bo`lmadi.[1]
[1] Hammasi oddiygina tugadi. Qorunni ham, hovli-joyini ham yer yutdi-qo`ydi. Qorun ham, uning boyliklari ham, kibru havosi ham yo`q bo`ldi-ketdi. Qorunga Allohning azobi kelganida unga yordam beruvchi topilmadi. Uning o`zi ham ilmi ila, molu dunyosi ila o`zini qutqarib qola olmadi.)
82
وَأَصْبَحَ ٱلَّذِينَ تَمَنَّوْاْ مَكَانَهُۥ بِٱلْأَمْسِ يَقُولُونَ وَيْكَأَنَّ ٱللَّهَ يَبْسُطُ ٱلرِّزْقَ لِمَن يَشَآءُ مِنْ عِبَادِهِۦ وَيَقْدِرُ ۖ لَوْلَآ أَن مَّنَّ ٱللَّهُ عَلَيْنَا لَخَسَفَ بِنَا ۖ وَيْكَأَنَّهُۥ لَا يُفْلِحُ ٱلْكَٰفِرُونَ٨٢
Sodiq
Va kechagina uning makonini orzu qilayotganlar: «Voajab, Alloh bandalaridan O`zi xohlaganlariga rizqini keng yoki tor qiladiganga o`xshaydir. Agar Alloh bizga lutf qilmaganida, bizni ham yerga yuttirar edi. Voajab, kofirlar najot topmaydiganga o`xshaydi-ku!» deyishga o`tdilar.[1]
[1] Hayoti dunyoga berilgan g`ofillarning ko`zi shunga o`xshash falokatlar vaqtida ochilishi mumkin. Qorunni va uning hovli-joyini yer yutganidan keyingina unga havas qilayotgan hayoti dunyo ixlosmandlarining ko`zi ochildi.)
83
تِلْكَ ٱلدَّارُ ٱلْـَٔاخِرَةُ نَجْعَلُهَا لِلَّذِينَ لَا يُرِيدُونَ عُلُوًّا فِى ٱلْأَرْضِ وَلَا فَسَادًا ۚ وَٱلْعَٰقِبَةُ لِلْمُتَّقِينَ٨٣
Sodiq
Biz o`sha oxirat diyorini yer yuzida takabburlik va buzg`unchilikni istamaydiganlar uchun qilurmiz. Oqibat taqvodorlarnikidir.[1]
[1] O`sha ilmlilar aytgan oxirat diyorini Yer yuzida Qorun kabi takabburlik va buzg`unchilik qilmaganlar, ularning Yer yuzida bo`lishini istamaydiganlarga beramiz. Kim taqvodor bo`lsa, oqibat yaxshi bo`ladi.)
84
مَن جَآءَ بِٱلْحَسَنَةِ فَلَهُۥ خَيْرٌ مِّنْهَا ۖ وَمَن جَآءَ بِٱلسَّيِّئَةِ فَلَا يُجْزَى ٱلَّذِينَ عَمِلُواْ ٱلسَّيِّـَٔاتِ إِلَّا مَا كَانُواْ يَعْمَلُونَ٨٤
Sodiq
Kim bir yaxshilik keltirsa, unga undan ko`ra xayrliroq (mukofot) bor. Kim bir yomonlik keltirsa, yomonlik qilganlar faqat qilganlariga yarasha jazolanurlar.[1]
[1] Ya'ni, yaxshilikning savobi ko`paytirib beriladi. Yomonlik esa, o`z holicha jazoga tortiladi. U ko`paytirilmaydi.)
85
إِنَّ ٱلَّذِى فَرَضَ عَلَيْكَ ٱلْقُرْءَانَ لَرَآدُّكَ إِلَىٰ مَعَادٍ ۚ قُل رَّبِّىٓ أَعْلَمُ مَن جَآءَ بِٱلْهُدَىٰ وَمَنْ هُوَ فِى ضَلَٰلٍ مُّبِينٍ٨٥
Sodiq
Senga Qur'onni farz qilgan Zot, albatta, seni qaytar joyga qaytarguvchidir. Sen: «Robbim hidoyat keltirgan shaxsni ham va ochiq-oydin gumrohlikdagi shaxsni ham yaxshi bilguvchidir», deb ayt.[1]
[1] Sen ona yurtingdan hijrat qilib ketishga majbur bo`layotganingdan o`kinma. Senga Qur'on tilovati va unga amal qilishni farz qilgan Zot — Alloh, albatta, seni qaytar joyga — Makkaga yana qaytarguvchidir.)
86
وَمَا كُنتَ تَرْجُوٓاْ أَن يُلْقَىٰٓ إِلَيْكَ ٱلْكِتَٰبُ إِلَّا رَحْمَةً مِّن رَّبِّكَ ۖ فَلَا تَكُونَنَّ ظَهِيرًا لِّلْكَٰفِرِينَ٨٦
Sodiq
Sen o`zingga kitob tushirilishidan umidvor ham emas eding. Illo, Robbing rahmati bo`lib (tushdi). Bas, hargiz kofirlarga yordamchi bo`lma.
87
وَلَا يَصُدُّنَّكَ عَنْ ءَايَٰتِ ٱللَّهِ بَعْدَ إِذْ أُنزِلَتْ إِلَيْكَ ۖ وَٱدْعُ إِلَىٰ رَبِّكَ ۖ وَلَا تَكُونَنَّ مِنَ ٱلْمُشْرِكِينَ٨٧
Sodiq
Va seni ular senga tushirilgan Allohning oyatlaridan hargiz to`smasinlar. Robbingga da'vat qil. Aslo mushriklardan bo`lma.
88
وَلَا تَدْعُ مَعَ ٱللَّهِ إِلَٰهًا ءَاخَرَ ۘ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ۚ كُلُّ شَىْءٍ هَالِكٌ إِلَّا وَجْهَهُۥ ۚ لَهُ ٱلْحُكْمُ وَإِلَيْهِ تُرْجَعُونَ٨٨
Sodiq
Allohdan o`zga hech bir ilohga iltijo qilma. Undan o`zga ibodatga sazovor zot yo`q. Undan o`zga har bir narsa halok bo`lguvchidir. Hukm Uning O`zigaginadir va faqat Ungagina qaytarilursiz.[1]
[1] Sen ularning gap-so`zlariga, xohish-istaklariga qarab o`tirma. Allohning oyatlariga amal qilishda davom etaver.)