Sura 27
Naml
p
Chumolilar
93 oyat |
Makka |
Sura 27 • Oyat 1 / 93 • Juz 197⁄8 • Sahifa 377
Naml
2
1
۞ طسٓ ۚ تِلْكَ ءَايَٰتُ ٱلْقُرْءَانِ وَكِتَابٍ مُّبِينٍ١
Sodiq
To. Siyn. Ushbular Qur'on — ochiq kitob oyatlaridir.
2
هُدًى وَبُشْرَىٰ لِلْمُؤْمِنِينَ٢
Sodiq
Mo`minlar uchun hidoyat va xushxabardir.
3
ٱلَّذِينَ يُقِيمُونَ ٱلصَّلَوٰةَ وَيُؤْتُونَ ٱلزَّكَوٰةَ وَهُم بِٱلْـَٔاخِرَةِ هُمْ يُوقِنُونَ٣
Sodiq
Ular namozni to`kis ado etadigan, zakotni beradigan va oxiratga qattiq ishonadiganlardir.
4
إِنَّ ٱلَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ بِٱلْـَٔاخِرَةِ زَيَّنَّا لَهُمْ أَعْمَٰلَهُمْ فَهُمْ يَعْمَهُونَ٤
Sodiq
Albatta, oxiratga iymon keltirmaydiganlarga Biz amallarini ziynatlab ko`rsatdik. Bas, ular adashib-uloqib yuraveradilar.
5
أُوْلَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ لَهُمْ سُوٓءُ ٱلْعَذَابِ وَهُمْ فِى ٱلْـَٔاخِرَةِ هُمُ ٱلْأَخْسَرُونَ٥
Sodiq
Ana o`shalarga yomon azob bordir va ular oxiratda eng ko`p ziyon ko`rguvchilardir.[1]
[1] Bu dunyoda oxiratdan umidi yo`qligi uchun molu dunyo, ayshu ishrat, shahvatu lazzat ketidan tushib, o`zini o`tga-cho`qqa urib, rasvo bo`ladi. Oxiratda esa, qanaqa azoblarga duchor bo`lishini Allohning O`zi biladi.)
6
وَإِنَّكَ لَتُلَقَّى ٱلْقُرْءَانَ مِن لَّدُنْ حَكِيمٍ عَلِيمٍ٦
Sodiq
Albatta, senga bu Qur'on o`ta hikmatli va o`ta ilmli Zot tomonidan berilur.
7
إِذْ قَالَ مُوسَىٰ لِأَهْلِهِۦٓ إِنِّىٓ ءَانَسْتُ نَارًا سَـَٔاتِيكُم مِّنْهَا بِخَبَرٍ أَوْ ءَاتِيكُم بِشِهَابٍ قَبَسٍ لَّعَلَّكُمْ تَصْطَلُونَ٧
Sodiq
Muso o`z ahliga: «Aniqki, men bir olov ko`rdim. Tezda men sizlarga undan biror xabar yoki isinishingiz uchun bir tutam cho`g` keltirurman», deganini esla.
8
فَلَمَّا جَآءَهَا نُودِىَ أَنۢ بُورِكَ مَن فِى ٱلنَّارِ وَمَنْ حَوْلَهَا وَسُبْحَٰنَ ٱللَّهِ رَبِّ ٱلْعَٰلَمِينَ٨
Sodiq
U(olov)ga kelganida, olov oldidagi va atrofidagi shaxslarga baraka berildi va «Olamlarning Robbi — Alloh pokdir», deb nido qilindi.
9
يَٰمُوسَىٰٓ إِنَّهُۥٓ أَنَا ٱللَّهُ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ٩
Sodiq
«Ey Muso! Albatta, bu — Menman! Aziyzu hakiym Allohman!
10
وَأَلْقِ عَصَاكَ ۚ فَلَمَّا رَءَاهَا تَهْتَزُّ كَأَنَّهَا جَآنٌّ وَلَّىٰ مُدْبِرًا وَلَمْ يُعَقِّبْ ۚ يَٰمُوسَىٰ لَا تَخَفْ إِنِّى لَا يَخَافُ لَدَىَّ ٱلْمُرْسَلُونَ١٠
Sodiq
Va asoingni tashla!» Bas, qachonki, Muso u(aso)ning ilondek qimirlayotganini ko`rganida, ortiga qaramay qochdi. «Ey Muso! Qo`rqma! Zero, Mening huzurimda Payg`ambarlar qo`rqmaslar!»
11
إِلَّا مَن ظَلَمَ ثُمَّ بَدَّلَ حُسْنًۢا بَعْدَ سُوٓءٍ فَإِنِّى غَفُورٌ رَّحِيمٌ١١
Sodiq
Lekin kim zulm qilsa-yu, so`ngra yomonlik ketidan unga yaxshilikni badal qilsa, bas, Men, albatta, mag`firatli va mehribondirman.
12
وَأَدْخِلْ يَدَكَ فِى جَيْبِكَ تَخْرُجْ بَيْضَآءَ مِنْ غَيْرِ سُوٓءٍ ۖ فِى تِسْعِ ءَايَٰتٍ إِلَىٰ فِرْعَوْنَ وَقَوْمِهِۦٓ ۚ إِنَّهُمْ كَانُواْ قَوْمًا فَٰسِقِينَ١٢
Sodiq
Qo`lingni yoqangning ichiga suq, hech qanday yomonliksiz oppoq bo`lib chiqur. Fir'avn va uning qavmiga qaratilgan to`qqiz mo`'jiza orasida (bu bordir). Albatta, ular buzg`unchi qavm bo`ldilar.
13
فَلَمَّا جَآءَتْهُمْ ءَايَٰتُنَا مُبْصِرَةً قَالُواْ هَٰذَا سِحْرٌ مُّبِينٌ١٣
Sodiq
Bas, qachonki ularga oyat-mo`'jizalarimiz ko`z ochguvchi bo`lib kelganida, «Bu ochiq-oydin sehrdir», dedilar.
14
وَجَحَدُواْ بِهَا وَٱسْتَيْقَنَتْهَآ أَنفُسُهُمْ ظُلْمًا وَعُلُوًّا ۚ فَٱنظُرْ كَيْفَ كَانَ عَٰقِبَةُ ٱلْمُفْسِدِينَ١٤
Sodiq
Va o`zlari aniq bilib turib, zulm va kibr tufayli u(mo`'jiza)larni inkor etdilar. Buzg`unchilarning oqibati qanday bo`lishiga nazar sol.[1]
[1] Ular bu mo`'jizalarning nimaligini juda yaxshi bilganlar. Ammo bilib turib, zulm yuzasidan, iymonni mensimasdan, kibr qilgan hollarida inkor etdilar. Bu inkorning oqibati nima bilan tugashi ma'lum va mashhurdir.)
15
وَلَقَدْ ءَاتَيْنَا دَاوُۥدَ وَسُلَيْمَٰنَ عِلْمًا ۖ وَقَالَا ٱلْحَمْدُ لِلَّهِ ٱلَّذِى فَضَّلَنَا عَلَىٰ كَثِيرٍ مِّنْ عِبَادِهِ ٱلْمُؤْمِنِينَ١٥
Sodiq
Batahqiq, Biz Dovud va Sulaymonga ilm berdik. Ikkovlari: «Bizni ko`pgina mo`min bandalaridan afzal qilgan Allohga hamdlar bo`lsin», dedilar.
16
وَوَرِثَ سُلَيْمَٰنُ دَاوُۥدَ ۖ وَقَالَ يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ عُلِّمْنَا مَنطِقَ ٱلطَّيْرِ وَأُوتِينَا مِن كُلِّ شَىْءٍ ۖ إِنَّ هَٰذَا لَهُوَ ٱلْفَضْلُ ٱلْمُبِينُ١٦
Sodiq
Va Sulaymon Dovudga voris bo`ldi. U: «Ey odamlar, bizga qush tili o`rgatildi va har bir narsadan berildi. Bu, albatta, ochiq-oydin fazldir», dedi.[1]
[1] Ushbu oyatdagi vorislik, ilmga vorislikdir. Ota vafot etgandagi bolalarning vorisligi emas. Chunki Dovud alayhissalomning Sulaymon alayhissalomdan boshqa farzandlari ham ko`p edi. Ular molu dunyo masalasidagi merosda teng huquqli edilar. Ammo ilm ma'nosidagi merosga faqat Sulaymon alayhissalom voris bo`ldilar. Shuning uchun ham «Va Sulaymon Dovudga voris bo`ldi» jumlasidan keyin Sulaymon alayhissalomning «Ey odamlar, bizga qush tili o`rgatildi», degan so`zlari kelmoqda. Sulaymon alayhissalom o`zlariga Alloh tomonidan qushlarning tilini anglash ilmi berilganligini barcha odamlarga e'lon qilmoqdalar. Bu e'lon faxr va riyokorlik uchun emas, balki Allohning ne'matini eslash ma'nosidadir.)
17
وَحُشِرَ لِسُلَيْمَٰنَ جُنُودُهُۥ مِنَ ٱلْجِنِّ وَٱلْإِنسِ وَٱلطَّيْرِ فَهُمْ يُوزَعُونَ١٧
Sodiq
Sulaymonga jin, ins va qushlardan bo`lgan askarlari to`planib, tizilgan holda turdilar.
18
حَتَّىٰٓ إِذَآ أَتَوْاْ عَلَىٰ وَادِ ٱلنَّمْلِ قَالَتْ نَمْلَةٌ يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّمْلُ ٱدْخُلُواْ مَسَٰكِنَكُمْ لَا يَحْطِمَنَّكُمْ سُلَيْمَٰنُ وَجُنُودُهُۥ وَهُمْ لَا يَشْعُرُونَ١٨
Sodiq
Toki ular chumolilar vodiysiga kelganlarida, bir chumoli: «Ey, chumolilar, maskanlaringga kiringlar, Sulaymon va uning askarlari sizlarni bilmasdan ezib yubormasinlar», dedi.[1]
[1] Chumolilar ham asalarilarga o`xshab, ajoyib intizomga ega. Hali-hanuz ularning jamoat bo`lib yashashlari siri anglangan emas. Bu oyatda ular bir-birlarini xavf-xatardan ogoh etishlari aytilmoqda.)
19
فَتَبَسَّمَ ضَاحِكًا مِّن قَوْلِهَا وَقَالَ رَبِّ أَوْزِعْنِىٓ أَنْ أَشْكُرَ نِعْمَتَكَ ٱلَّتِىٓ أَنْعَمْتَ عَلَىَّ وَعَلَىٰ وَٰلِدَىَّ وَأَنْ أَعْمَلَ صَٰلِحًا تَرْضَىٰهُ وَأَدْخِلْنِى بِرَحْمَتِكَ فِى عِبَادِكَ ٱلصَّٰلِحِينَ١٩
Sodiq
Bas, u uning so`zidan tabassum qildi va: «Robbim, meni O`zing menga va ota-onamga bergan ne'matlaringga shukr etishimga va Sen rozi bo`ladigan solih amallar qilishimga muyassar etgin. O`z rahmating ila meni solih bandalaringga qo`shgin», dedi.[1]
[1] Sulaymon alayhissalom chumolining so`zlarini eshitib jilmaydilar.)
Qur'oniy duolar
Oyat 27:19 20
وَتَفَقَّدَ ٱلطَّيْرَ فَقَالَ مَا لِىَ لَآ أَرَى ٱلْهُدْهُدَ أَمْ كَانَ مِنَ ٱلْغَآئِبِينَ٢٠
Sodiq
Va qushlarni tekshirdi-da: «Nega Hudhudni ko`rmayotirman yoki g`oyiblardan bo`ldimi?» dedi.
21
لَأُعَذِّبَنَّهُۥ عَذَابًا شَدِيدًا أَوْ لَأَاْذْبَحَنَّهُۥٓ أَوْ لَيَأْتِيَنِّى بِسُلْطَٰنٍ مُّبِينٍ٢١
Sodiq
«Albatta, uni shiddatli azob-la azoblarman yoki so`yib yuborurman yoxud menga, albatta, ochiq-oydin hujjat keltirajak.»
22
فَمَكَثَ غَيْرَ بَعِيدٍ فَقَالَ أَحَطتُ بِمَا لَمْ تُحِطْ بِهِۦ وَجِئْتُكَ مِن سَبَإٍ بِنَبَإٍ يَقِينٍ٢٢
Sodiq
Ko`p o`tmasdan u kelib: «Sen bilmagan narsani bildim va senga Saba'dan ishonchli bir xabar olib keldim.[1]
[1] Saba' Arabiston yarim orolining janubida, Yamanda joylashgan bir mamlakat edi. Ana o`sha mamlakatdan o`ta muhim bir xabar keltirganini aytdi.)
23
إِنِّى وَجَدتُّ ٱمْرَأَةً تَمْلِكُهُمْ وَأُوتِيَتْ مِن كُلِّ شَىْءٍ وَلَهَا عَرْشٌ عَظِيمٌ٢٣
Sodiq
Darhaqiqat, men bir ayolni ko`rdim. U ularning malikasi ekan. Unga har narsa berilgan ekan. Hamda uning ulug` taxti bor ekan.[1]
[1] O`sha Saba' yurtida bir ayolni ko`rdim. U ayol xalqqa podshoh ekan. Ayolga har narsa berilgan ekan. Hamda o`sha malikaning katta taxti bor ekan.)
24
وَجَدتُّهَا وَقَوْمَهَا يَسْجُدُونَ لِلشَّمْسِ مِن دُونِ ٱللَّهِ وَزَيَّنَ لَهُمُ ٱلشَّيْطَٰنُ أَعْمَٰلَهُمْ فَصَدَّهُمْ عَنِ ٱلسَّبِيلِ فَهُمْ لَا يَهْتَدُونَ٢٤
Sodiq
Men u(ayol)ning va qavmining Allohni qo`yib, quyoshga sajda qilayotganlarini va shayton ularga amallarini ziynatlab, yo`ldan to`sayotganini ko`rdim. Bas, ular hidoyat topmaslar.[1]
[1] Gap shu yerga kelganda, eng muhim xabar chiqdi. O`sha Saba' mamlakatiga podshoh bo`lgan ayol va uning qavmi Allohga emas, quyoshga sajda qilayotgan ekan. Bu noto`g`ri yo`l. Allohning Payg`ambari Sulaymon alayhissalom ularning bu xatolarini tuzatishlari zarur. Shayton la'nati ular qilayotgan gunoh amallarni o`zlariga chiroyli ko`rsatib qo`yibdi. Agar shu hollarida yuraversalar, hidoyat topmaydilar.)
25
أَلَّا يَسْجُدُواْ لِلَّهِ ٱلَّذِى يُخْرِجُ ٱلْخَبْءَ فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَيَعْلَمُ مَا تُخْفُونَ وَمَا تُعْلِنُونَ٢٥
Sodiq
Osmonlaru yerdagi sirlarni oshkor qiladigan, maxfiy va oshkor qilgan narsalaringizni biladigan Allohga sajda qilmaydilarmi?!
26
ٱللَّهُ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ رَبُّ ٱلْعَرْشِ ٱلْعَظِيمِ ۩٢٦
Sodiq
Alloh — Undan o`zga hech qanday iloh yo`q Zotdir. U ulug` arshning Robbidir», dedi.
27
۞قَالَ سَنَنظُرُ أَصَدَقْتَ أَمْ كُنتَ مِنَ ٱلْكَٰذِبِينَ٢٧
Sodiq
U: «Ko`ramiz, rost so`zladingmi yoki yolg`onchilardan bo`ldingmi?
28
ٱذْهَب بِّكِتَٰبِى هَٰذَا فَأَلْقِهْ إِلَيْهِمْ ثُمَّ تَوَلَّ عَنْهُمْ فَٱنظُرْ مَاذَا يَرْجِعُونَ٢٨
Sodiq
Bu maktubimni olib borib, ularga tashla, so`ngra chetga chiqib nazar sol-chi, nima qaytarurlar», dedi.
29
قَالَتْ يَٰٓأَيُّهَا ٱلْمَلَؤُاْ إِنِّىٓ أُلْقِىَ إِلَىَّ كِتَٰبٌ كَرِيمٌ٢٩
Sodiq
U (Malika): «Ey, a'yonlar! Menga karomatli bir maktub tashlandi.[1]
[1] Malika a'yonlariga maktub haqida xabar berishi uning o`z odamlari bilan maslahatlashib ish ko`rishiga dalolat qiladi. Shu bilan birga, malika o`zi sezgan belgilar asosida maktubning karomatli ekanini aytmoqda.)
30
إِنَّهُۥ مِن سُلَيْمَٰنَ وَإِنَّهُۥ بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ٣٠
Sodiq
Albatta, u Sulaymondandir, albatta, unda: «Bismillahir rohmanir rohiym.
31
أَلَّا تَعْلُواْ عَلَىَّ وَأْتُونِى مُسْلِمِينَ٣١
Sodiq
Menga qarshi bosh ko`tarmay, taslim bo`lgan holingizda keling», deyilmishdir», dedi.
32
قَالَتْ يَٰٓأَيُّهَا ٱلْمَلَؤُاْ أَفْتُونِى فِىٓ أَمْرِى مَا كُنتُ قَاطِعَةً أَمْرًا حَتَّىٰ تَشْهَدُونِ٣٢
Sodiq
U (Malika): «Ey, a'yonlar! Menga bu ishimda fatvo (maslahat) beringlar. Sizlar shohid bo`lmaguningizcha, men bir ishga qat'iy qaror qilmasman», dedi.
33
قَالُواْ نَحْنُ أُوْلُواْ قُوَّةٍ وَأُوْلُواْ بَأْسٍ شَدِيدٍ وَٱلْأَمْرُ إِلَيْكِ فَٱنظُرِى مَاذَا تَأْمُرِينَ٣٣
Sodiq
Ular: «Biz kuch-quvvat egalarimiz va shiddatli azmu shijoat egalarimiz. Ish o`zingga havola. Nima amr qilishingni o`ylab ko`r», dedilar.
34
قَالَتْ إِنَّ ٱلْمُلُوكَ إِذَا دَخَلُواْ قَرْيَةً أَفْسَدُوهَا وَجَعَلُوٓاْ أَعِزَّةَ أَهْلِهَآ أَذِلَّةً ۖ وَكَذَٰلِكَ يَفْعَلُونَ٣٤
Sodiq
U: «Albatta, podshohlar biror shahar-qishloqqa kirsalar, uni vayron qilurlar va uning aziz ahllarini xor qilurlar. Ana shunday qilurlar.
35
وَإِنِّى مُرْسِلَةٌ إِلَيْهِم بِهَدِيَّةٍ فَنَاظِرَةُۢ بِمَ يَرْجِعُ ٱلْمُرْسَلُونَ٣٥
Sodiq
Men ularga bir hadya yuborurman, ko`ray-chi, elchilar nima bilan qaytar ekanlar», dedi.
36
فَلَمَّا جَآءَ سُلَيْمَٰنَ قَالَ أَتُمِدُّونَنِ بِمَالٍ فَمَآ ءَاتَىٰنِۦَ ٱللَّهُ خَيْرٌ مِّمَّآ ءَاتَىٰكُم بَلْ أَنتُم بِهَدِيَّتِكُمْ تَفْرَحُونَ٣٦
Sodiq
Qachonki, (elchisi) Sulaymonga kelganida, u: «Sizlar menga mol-dunyo ila madad bermoqchimisiz?! Bas, Alloh menga bergan narsa sizga bergan narsadan yaxshidir. Ammo sizlar hadyalaringiz bilan quvonursiz.
37
ٱرْجِعْ إِلَيْهِمْ فَلَنَأْتِيَنَّهُم بِجُنُودٍ لَّا قِبَلَ لَهُم بِهَا وَلَنُخْرِجَنَّهُم مِّنْهَآ أَذِلَّةً وَهُمْ صَٰغِرُونَ٣٧
Sodiq
(Ey elchi!) Sen ularga qaytib bor. Bas, albatta, biz ular bas kela olmaydigan qo`shin ila borurmiz va u yerdan ularni xoru zor hollarida chiqarurmiz», dedi.
38
قَالَ يَٰٓأَيُّهَا ٱلْمَلَؤُاْ أَيُّكُمْ يَأْتِينِى بِعَرْشِهَا قَبْلَ أَن يَأْتُونِى مُسْلِمِينَ٣٨
Sodiq
U (Sulaymon): «Ey a'yonlar! Ular menga taslim bo`lib kelishlaridan oldin qaysingiz huzurimga u(malika)ning taxtini keltira oladi?» dedi.
39
قَالَ عِفْرِيتٌ مِّنَ ٱلْجِنِّ أَنَاْ ءَاتِيكَ بِهِۦ قَبْلَ أَن تَقُومَ مِن مَّقَامِكَ ۖ وَإِنِّى عَلَيْهِ لَقَوِىٌّ أَمِينٌ٣٩
Sodiq
Jinlardan bo`lgan Ifrit: «Men uni senga maqomingdan turguningcha keltirurman. Albatta, bunga quvvatim va ishonchim bor», dedi.[1]
[1] Arab tilida yomonlikda uchiga chiqqan va quvvatli jin-shayton «ifrit» deyiladi. Bu so`z shaytonga o`xshash odamga ham ishlatiladi.)
40
قَالَ ٱلَّذِى عِندَهُۥ عِلْمٌ مِّنَ ٱلْكِتَٰبِ أَنَاْ ءَاتِيكَ بِهِۦ قَبْلَ أَن يَرْتَدَّ إِلَيْكَ طَرْفُكَ ۚ فَلَمَّا رَءَاهُ مُسْتَقِرًّا عِندَهُۥ قَالَ هَٰذَا مِن فَضْلِ رَبِّى لِيَبْلُوَنِىٓ ءَأَشْكُرُ أَمْ أَكْفُرُ ۖ وَمَن شَكَرَ فَإِنَّمَا يَشْكُرُ لِنَفْسِهِۦ ۖ وَمَن كَفَرَ فَإِنَّ رَبِّى غَنِىٌّ كَرِيمٌ٤٠
Sodiq
Kitobdan ilmi bor shaxs: «Men uni senga ko`zingni ochib yumguningcha keltirurman», dedi. Qachonki (Sulaymon) u(taxt)ning o`z huzurida qaror topganini ko`rgach: «Bu Robbimning fazlidandir. Men shukr qilamanmi yoki kufroni ne'mat qilamanmi, sinash uchundir. Kim shukr keltirsa, o`zi uchungina shukr qilur. Kim kufroni ne'mat qilsa, bas, Robbim behojat va karamli Zotdir», dedi.[1]
[1] Ulamolar «kitobdan ilmi bor shaxs»ning kimligi haqida ko`p fikrlar aytganlar. U Tavrotni, Ismul A'zamni biladigan, Lavhul Mahfuzdan xabardor edi, degan gaplarni aytishgan. Lekin Qur'oni Karim yoki Payg`ambarimiz alayhissalotu vassalom aytmaganlaridan keyin, ishonchli ilmiy dalil bo`lmagach, Qur'on iborasi bilan kifoyalanib, Alloh o`sha shaxsni «kitobdan ilmi bor», deb aytibdi, u yog`ini O`zi biladi, deyishimiz to`g`ridir.)
41
قَالَ نَكِّرُواْ لَهَا عَرْشَهَا نَنظُرْ أَتَهْتَدِىٓ أَمْ تَكُونُ مِنَ ٱلَّذِينَ لَا يَهْتَدُونَ٤١
Sodiq
U (Sulaymon): «Uning taxtini tanimaydigan qilib qo`ying. Ko`raylik-chi, u(malika) uni tanirmi yoki tanimaydiganlardan bo`lurmi?» dedi.
42
فَلَمَّا جَآءَتْ قِيلَ أَهَٰكَذَا عَرْشُكِ ۖ قَالَتْ كَأَنَّهُۥ هُوَ ۚ وَأُوتِينَا ٱلْعِلْمَ مِن قَبْلِهَا وَكُنَّا مُسْلِمِينَ٤٢
Sodiq
Qachonki u kelganida: «Sening taxting shundaymi?» deyildi. U: «Xuddi o`shaning o`zi», dedi. «Bizga bundan ilgari ilm berilgan edi va musulmon bo`lgan edik».
43
وَصَدَّهَا مَا كَانَت تَّعْبُدُ مِن دُونِ ٱللَّهِ ۖ إِنَّهَا كَانَتْ مِن قَوْمٍ كَٰفِرِينَ٤٣
Sodiq
Va u(malika)ni Allohdan o`zga ibodat qilgan narsa to`sdi. Albatta, u kofir qavmlardan bo`lgan edi.
44
قِيلَ لَهَا ٱدْخُلِى ٱلصَّرْحَ ۖ فَلَمَّا رَأَتْهُ حَسِبَتْهُ لُجَّةً وَكَشَفَتْ عَن سَاقَيْهَا ۚ قَالَ إِنَّهُۥ صَرْحٌ مُّمَرَّدٌ مِّن قَوَارِيرَ ۗ قَالَتْ رَبِّ إِنِّى ظَلَمْتُ نَفْسِى وَأَسْلَمْتُ مَعَ سُلَيْمَٰنَ لِلَّهِ رَبِّ ٱلْعَٰلَمِينَ٤٤
Sodiq
U(malika)ga: «Saroyga kir», deyildi. Qachonki uni ko`rganida, suv deb o`ylab, poychalarini ochdi. U(Sulaymon): «Albatta, bu billurdan silliq qilib yasalgan saroydir», dedi. U(malika): «Ey Robbim, albatta, men o`zimga zulm qilib yurgan ekanman, Sulaymon ila olamlarning Robbi — Allohga musulmon bo`ldim!» dedi.[1]
[1] Saroy oldidagi maydon ham billurdan yasalgan, juda silliq, uni suv deb o`ylab, kiyimingni ko`tarma. Ana shunda malika ro`y berayotgan hodisalar oddiy emasligiga, balki Alloh yuborgan Payg`ambarning mo`'jizalari ekaniga ishonch hosil qildi. Alloh taoloning qudratiga tan berdi.)
45
وَلَقَدْ أَرْسَلْنَآ إِلَىٰ ثَمُودَ أَخَاهُمْ صَٰلِحًا أَنِ ٱعْبُدُواْ ٱللَّهَ فَإِذَا هُمْ فَرِيقَانِ يَخْتَصِمُونَ٤٥
Sodiq
Batahqiq, Samud qavmiga, Allohga ibodat qiling, deb birodarlari Solihni yubordik. Bas, banogoh, ular ikki guruh bo`lib tortisha boshladilar.
46
قَالَ يَٰقَوْمِ لِمَ تَسْتَعْجِلُونَ بِٱلسَّيِّئَةِ قَبْلَ ٱلْحَسَنَةِ ۖ لَوْلَا تَسْتَغْفِرُونَ ٱللَّهَ لَعَلَّكُمْ تُرْحَمُونَ٤٦
Sodiq
U (Solih): «Ey qavmim, nima uchun yaxshilikdan oldin yomonlikka oshiqasiz?! Allohdan mag`firat so`rasangiz-chi?! Shoyad rahim qilinsangiz», dedi.[1]
[1] O`zingizga azob so`rash o`rniga, Allohdan gunohlaringizni kechirishini tilasangiz bo`lmaydimi? Ana o`shanda shoyad gunohingiz kechirilib, Allohning rahmatiga erishsangiz, dedilar.)
47
قَالُواْ ٱطَّيَّرْنَا بِكَ وَبِمَن مَّعَكَ ۚ قَالَ طَٰٓئِرُكُمْ عِندَ ٱللَّهِ ۖ بَلْ أَنتُمْ قَوْمٌ تُفْتَنُونَ٤٧
Sodiq
Ular: «Sendan va sen bilan bo`lganlardan shumlandik», dedilar. U: «Shumlanishingiz Allohning huzuridadir. Balki sizlar sinalayotgan qavmsiz», dedi.[1]
[1] Biz «shumlanish» deb tarjima qilgan ma'no oyati karima matnida «toir», «toyyar» kabi iboralar bilan kelgan. Bu ibora qush, qush uchirish ma'nolarini beradi. O`sha paytlar mushriklar biror ish qilmoqchi bo`lsalar, qush uchirib ko`rar edilar. Agar qush o`ng tomonidan uchsa, xursand bo`lar va o`sha ishni boshlar edi. Agar qush chap tomoniga uchsa, shumqadamlik deb o`ylar, xafa bo`lar, shumlanar va u ishni qilmas edi. Keyin borib-borib bu ibora qush uchirmasa ham, biror narsaning shumqadamligini anglatish uchun ishlatiladigan bo`lib ketgan. Samud qavmi ham o`zlariga «Allohga ibodat qiling» shiorini olib kelgan, ularni Allohga istig`for aytishga, undan rahmatini so`rashga chaqirgan payg`ambarlari Solih alayhissalomdan shumlanganlarini aytishdi.)
48
وَكَانَ فِى ٱلْمَدِينَةِ تِسْعَةُ رَهْطٍ يُفْسِدُونَ فِى ٱلْأَرْضِ وَلَا يُصْلِحُونَ٤٨
Sodiq
U shaharda to`qqiz nafarli guruh bor bo`lib, yer yuzida buzg`unchilik qilishar, isloh qilmas edilar.[1]
[1] Ya'ni, Solih alayhissalom shaharlari Hijrda to`qqiz kishidan iborat bir guruh bo`lib, o`sha guruh a'zolari buzg`unchilik, fasod ishlar bilan shug`ullanishardi.)
49
قَالُواْ تَقَاسَمُواْ بِٱللَّهِ لَنُبَيِّتَنَّهُۥ وَأَهْلَهُۥ ثُمَّ لَنَقُولَنَّ لِوَلِيِّهِۦ مَا شَهِدْنَا مَهْلِكَ أَهْلِهِۦ وَإِنَّا لَصَٰدِقُونَ٤٩
Sodiq
Ular: «Allohning nomiga qasam ichinglar! Albatta, u (Solih)ni va uning ahlini tunda o`ldiramiz, so`ngra valiyiga, biz uning ahlining halokatiga guvoh emasmiz, albatta, biz rostgo`ylarmiz, deymiz», dedilar.
50
وَمَكَرُواْ مَكْرًا وَمَكَرْنَا مَكْرًا وَهُمْ لَا يَشْعُرُونَ٥٠
Sodiq
Ular makr qildilar. Biz ham ular sezmagan holda bir «makr» qildik.
51
فَٱنظُرْ كَيْفَ كَانَ عَٰقِبَةُ مَكْرِهِمْ أَنَّا دَمَّرْنَٰهُمْ وَقَوْمَهُمْ أَجْمَعِينَ٥١
Sodiq
Nazar sol! Ularning makri oqibati nima bo`ldi?! Biz, albatta, ularni va qavmlarini, hammalarini yer bilan yakson qildik.
52
فَتِلْكَ بُيُوتُهُمْ خَاوِيَةًۢ بِمَا ظَلَمُوٓاْ ۗ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَةً لِّقَوْمٍ يَعْلَمُونَ٥٢
Sodiq
Ana, zulmlari sababli uylari huvillab yotibdi! Albatta, bunda biladigan qavmlar uchun ibrat bordir.
53
وَأَنجَيْنَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَكَانُواْ يَتَّقُونَ٥٣
Sodiq
Va iymon keltirib, taqvo qilib yurganlarga najot berdik.
54
وَلُوطًا إِذْ قَالَ لِقَوْمِهِۦٓ أَتَأْتُونَ ٱلْفَٰحِشَةَ وَأَنتُمْ تُبْصِرُونَ٥٤
Sodiq
Va Lutni ham (Payg`ambar qilib yubordik). O`shanda u o`z qavmiga: «Siz ko`rib-bilib turib, fohisha ish qilasizmi?!
55
أَئِنَّكُمْ لَتَأْتُونَ ٱلرِّجَالَ شَهْوَةً مِّن دُونِ ٱلنِّسَآءِ ۚ بَلْ أَنتُمْ قَوْمٌ تَجْهَلُونَ٥٥
Sodiq
Siz, albatta, ayollarni qo`yib, erkaklarga shahvat ila yaqinlik qilasizmi?! Yo`q! Siz johillik qilayotgan qavmdirsiz!» dedi.
56
۞ فَمَا كَانَ جَوَابَ قَوْمِهِۦٓ إِلَّآ أَن قَالُوٓاْ أَخْرِجُوٓاْ ءَالَ لُوطٍ مِّن قَرْيَتِكُمْ ۖ إِنَّهُمْ أُنَاسٌ يَتَطَهَّرُونَ٥٦
Sodiq
Uning qavmining javobi: «Lut ahlini yurtingizdan quvib chiqaring, chunki ular pokiza bo`lishni xohlagan kishilardir», deyishdan boshqa narsa bo`lmadi.[1]
[1] Ifloslikka botib qolgan bu qavm poklikni masxara qilib, pokiza odamlarni kamsitish yo`liga o`tdi. Ularni dunyoda hech kim qilmagan ifloslikdan qaytarib, poklanishga, inson nomiga dog` tushirmaslikka chorlagan Allohning Payg`ambari Lut alayhissalomni va u kishiga ergashgan mo`minlarni aynan pokliklari uchun yurtlaridan haydab chiqarmoqdalar.)
57
فَأَنجَيْنَٰهُ وَأَهْلَهُۥٓ إِلَّا ٱمْرَأَتَهُۥ قَدَّرْنَٰهَا مِنَ ٱلْغَٰبِرِينَ٥٧
Sodiq
Bas, Biz unga va xotinidan boshqa ahliga najot berdik. U(xotin)ning azobda qolguvchilar ichida bo`lishini taqdir qildik.
58
وَأَمْطَرْنَا عَلَيْهِم مَّطَرًا ۖ فَسَآءَ مَطَرُ ٱلْمُنذَرِينَ٥٨
Sodiq
Va ularning ustlariga bir yomg`ir yog`dirdikki, bas, ogohlantirilganlarning azobi qanday ham yomon bo`ldi.[1]
[1] Va jinoyatchi Lut qavmining ustidan tosh yog`dirdik. Hammalari halok bo`ldilar. Ogohlantirishlarga qaramay, jinoyatda bardavom bo`lganlarning oqibati shunday bo`ladi.)
59
قُلِ ٱلْحَمْدُ لِلَّهِ وَسَلَٰمٌ عَلَىٰ عِبَادِهِ ٱلَّذِينَ ٱصْطَفَىٰٓ ۗ ءَآللَّهُ خَيْرٌ أَمَّا يُشْرِكُونَ٥٩
Sodiq
Sen: «Allohga hamd bo`lsin va U tanlab olgan bandalariga salom bo`lsin. Alloh yaxshimi yoki ular shirk keltirayotgan narsalarmi?» degin.
60
أَمَّنْ خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ وَأَنزَلَ لَكُم مِّنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءً فَأَنۢبَتْنَا بِهِۦ حَدَآئِقَ ذَاتَ بَهْجَةٍ مَّا كَانَ لَكُمْ أَن تُنۢبِتُواْ شَجَرَهَآ ۗ أَءِلَٰهٌ مَّعَ ٱللَّهِ ۚ بَلْ هُمْ قَوْمٌ يَعْدِلُونَ٦٠
Sodiq
Yoki osmonlaru yerni yaratgan, sizlarga osmondan suv tushirgan Zotmi? Bas, Biz u(suv) bilan go`zal bog`lar o`stirdik. Siz o`zingiz uning daraxtini o`stira olmas edingiz. Alloh bilan birga boshqa iloh bormi?! Yo`q, ular o`zlari tenglashtiradigan qavmdirlar.
61
أَمَّن جَعَلَ ٱلْأَرْضَ قَرَارًا وَجَعَلَ خِلَٰلَهَآ أَنْهَٰرًا وَجَعَلَ لَهَا رَوَٰسِىَ وَجَعَلَ بَيْنَ ٱلْبَحْرَيْنِ حَاجِزًا ۗ أَءِلَٰهٌ مَّعَ ٱللَّهِ ۚ بَلْ أَكْثَرُهُمْ لَا يَعْلَمُونَ٦١
Sodiq
Yoki yerni qarorgoh etgan, uning uzra anhorlar qilgan, unga tog`lar qilgan va ikki dengiz o`rtasida to`siq qilgan Zotmi?! Alloh bilan birga boshqa iloh bormi?! Yo`q, ularning ko`plari bilmaslar.[1]
[1] Ikki dengiz — dengiz va daryodir. Birining suvi ikkinchisiga quyiladi, ammo aralashib ketmaydi daryoning chuchuk suvi sho`r, dengizning sho`r suvi chuchuk bo`lib qolmaydi. Chunki Alloh ularning o`rtasiga tabiiy to`siq tortib qo`ygan.)
62
أَمَّن يُجِيبُ ٱلْمُضْطَرَّ إِذَا دَعَاهُ وَيَكْشِفُ ٱلسُّوٓءَ وَيَجْعَلُكُمْ خُلَفَآءَ ٱلْأَرْضِ ۗ أَءِلَٰهٌ مَّعَ ٱللَّهِ ۚ قَلِيلًا مَّا تَذَكَّرُونَ٦٢
Sodiq
Yoki muztar(nochor) odam duo qilganda ijobat etib, uning mushkulini oson qilgan hamda sizni yer yuzida xalifa qilgan Zot yaxshimi?! Alloh bilan birga boshqa iloh bormi? Qanchalik oz eslaysizlar-a?!
63
أَمَّن يَهْدِيكُمْ فِى ظُلُمَٰتِ ٱلْبَرِّ وَٱلْبَحْرِ وَمَن يُرْسِلُ ٱلرِّيَٰحَ بُشْرًۢا بَيْنَ يَدَىْ رَحْمَتِهِۦٓ ۗ أَءِلَٰهٌ مَّعَ ٱللَّهِ ۚ تَعَٰلَى ٱللَّهُ عَمَّا يُشْرِكُونَ٦٣
Sodiq
Yoki sizlarni quruqlik va dengiz zulmatlarida to`g`ri yo`lga soladigan hamda O`z rahmati oldidan shamollarni xushxabar qilib yuboradigan Zotmi?! Alloh bilan birga boshqa iloh bormi?! Alloh ular shirk keltirayotgan narsalardan oliydir.[1]
[1] Odamlar doimo quruqlik va dengizda safar qilib keladi. Ko`zlangan manzillarga yetish uchun turli yo`llardan yurishadi. Ilojini qilib, o`sha joyni topib borishadi. Xo`sh, o`sha safarlarda yo`l topish qobiliyatini insonga kim berdi? Yo`lni aniqlashda yordam beradigan aql, ko`z, quloqni-chi? Turli belgilarga, yulduzlarga, asboblarga qarab yo`l topishni unga kim o`rgatdi? Soxta xudolarmi? Yoki Alloh taolomi? Albatta, Alloh taolo.)
64
أَمَّن يَبْدَؤُاْ ٱلْخَلْقَ ثُمَّ يُعِيدُهُۥ وَمَن يَرْزُقُكُم مِّنَ ٱلسَّمَآءِ وَٱلْأَرْضِ ۗ أَءِلَٰهٌ مَّعَ ٱللَّهِ ۚ قُلْ هَاتُواْ بُرْهَٰنَكُمْ إِن كُنتُمْ صَٰدِقِينَ٦٤
Sodiq
Yoki avval boshdan yaratadigan, so`ngra yana qaytadan yaratadigan va sizlarni osmonlaru yerdan rizqlantiradigan Zot yaxshimi? Alloh bilan birga boshqa iloh bormi?! «Agar rostgo`y bo`lsangiz, hujjatingizni keltiring», degin.[1]
[1] Aslida, yo`q insonni bor qilib, avval-boshda yaratgan kim? But-sanamlarmi, jin va farishtalarmi, mushriklar xudo deb yurgan boshqa maxluqlarmi? Insonni oxiratda qaytadan yaratadigan ham faqat Alloh taoloning O`zi.)
65
قُل لَّا يَعْلَمُ مَن فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ٱلْغَيْبَ إِلَّا ٱللَّهُ ۚ وَمَا يَشْعُرُونَ أَيَّانَ يُبْعَثُونَ٦٥
Sodiq
Sen: «Osmonlaru yerda Allohdan boshqa hech kim g`aybni bilmas», deb ayt. Ular qachon qayta tiriltirilishlarini ham sezmaslar.[1]
[1] G`aybni bilish faqat Alloh taoloning O`ziga xosdir. Allohdan boshqa hech kim — na inson, na farishtalar, na jinlar g`aybni bilmaydi.)
66
بَلِ ٱدَّٰرَكَ عِلْمُهُمْ فِى ٱلْـَٔاخِرَةِ ۚ بَلْ هُمْ فِى شَكٍّ مِّنْهَا ۖ بَلْ هُم مِّنْهَا عَمُونَ٦٦
Sodiq
Balki ilmlari oxiratni idrok qilgandir? Yo`q, ular undan shak-shubhadadirlar. Yo`q, ular undan ko`rdirlar.[1]
[1] Kofirlar oxirat ilmidan xabardormikin? Yo`q, bila olmaydilar. Ular oxirat nima ekanini bilish u yoqda tursin, oxiratning bo`lish-bo`lmasligiga aniq ishonmaydilar. Balki u xususdagi masalada ko`rdirlar, hech narsani ko`rmaslar.)
67
وَقَالَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓاْ أَءِذَا كُنَّا تُرَٰبًا وَءَابَآؤُنَآ أَئِنَّا لَمُخْرَجُونَ٦٧
Sodiq
Kufr keltirganlar: «Biz va ota-bobolarimiz tuproq bo`lganimizdan keyin, yana chiqarilamizmi?!
68
لَقَدْ وُعِدْنَا هَٰذَا نَحْنُ وَءَابَآؤُنَا مِن قَبْلُ إِنْ هَٰذَآ إِلَّآ أَسَٰطِيرُ ٱلْأَوَّلِينَ٦٨
Sodiq
Batahqiq, bu bizga-da, ota-bobolarimizga-da oldin ham va'da qilingan edi. Bu, avvalgilarning afsonasidan boshqa hech narsa emas», dedilar.
69
قُلْ سِيرُواْ فِى ٱلْأَرْضِ فَٱنظُرُواْ كَيْفَ كَانَ عَٰقِبَةُ ٱلْمُجْرِمِينَ٦٩
Sodiq
Sen: «Er yuzida sayr qilinglar va jinoyatchilarning oqibati qanday bo`lganiga nazar solinglar», deb ayt.
70
وَلَا تَحْزَنْ عَلَيْهِمْ وَلَا تَكُن فِى ضَيْقٍ مِّمَّا يَمْكُرُونَ٧٠
Sodiq
Sen ular haqida g`am chekma va qilayotgan makrlaridan ham siqilma.
71
وَيَقُولُونَ مَتَىٰ هَٰذَا ٱلْوَعْدُ إِن كُنتُمْ صَٰدِقِينَ٧١
Sodiq
Ular: «Agar rostgo`y bo`lsangiz, bu va'da qachon bo`ladi?» derlar.
72
قُلْ عَسَىٰٓ أَن يَكُونَ رَدِفَ لَكُم بَعْضُ ٱلَّذِى تَسْتَعْجِلُونَ٧٢
Sodiq
Sen: «Siz kelishiga oshiqayotgan narsaning ba'zisi ortingizga mingashib olgan bo`lsa, ajab emas», deb ayt.[1]
[1] Ya'ni, o`sha va'dalar shundoqqina ortingizda turibdi, ammo siz sezmayapsiz, xolos. Darhaqiqat, g`aybni kim biladi? Ehtimol, besh daqiqadan so`ng azob, qiyomat yoki qayta tirilish ro`y berar, ehtimol, undan ko`proq yoki ozroq vaqt qolgandir. Kim biladi buni?! Alloh taolo bu ishlarni xohlagan lahzasida sodir etishga qodir.)
73
وَإِنَّ رَبَّكَ لَذُو فَضْلٍ عَلَى ٱلنَّاسِ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَهُمْ لَا يَشْكُرُونَ٧٣
Sodiq
Albatta, Robbing odamlarga nisbatan fazlu marhamat sohibidir. Lekin ularning ko`plari shukr qilmaslar.
74
وَإِنَّ رَبَّكَ لَيَعْلَمُ مَا تُكِنُّ صُدُورُهُمْ وَمَا يُعْلِنُونَ٧٤
Sodiq
Va, albatta, Robbing ularning dillari berkitgan narsani ham, oshkor qilgan narsani ham bilur.
75
وَمَا مِنْ غَآئِبَةٍ فِى ٱلسَّمَآءِ وَٱلْأَرْضِ إِلَّا فِى كِتَٰبٍ مُّبِينٍ٧٥
Sodiq
Osmonu yerda hech bir g`ayb narsa yo`q, illo u ochiq-oydin kitobda bordir.
76
إِنَّ هَٰذَا ٱلْقُرْءَانَ يَقُصُّ عَلَىٰ بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ أَكْثَرَ ٱلَّذِى هُمْ فِيهِ يَخْتَلِفُونَ٧٦
Sodiq
Albatta, ushbu Qur'on Bani Isroilga ular ixtilof qilayotgan narsalarning ko`pini aytib beradir.
77
وَإِنَّهُۥ لَهُدًى وَرَحْمَةٌ لِّلْمُؤْمِنِينَ٧٧
Sodiq
Albatta, u (Qur'on) mo`minlar uchun hidoyat va rahmatdir.
78
إِنَّ رَبَّكَ يَقْضِى بَيْنَهُم بِحُكْمِهِۦ ۚ وَهُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْعَلِيمُ٧٨
Sodiq
Albatta, Robbing ular o`rtasida O`z hukmi ila ajrim chiqaradi. U aziyz va bilguvchidir.
79
فَتَوَكَّلْ عَلَى ٱللَّهِ ۖ إِنَّكَ عَلَى ٱلْحَقِّ ٱلْمُبِينِ٧٩
Sodiq
Bas, sen Allohga tavakkal qil. Albatta, sen ochiq-oydin haqdadirsan.
80
إِنَّكَ لَا تُسْمِعُ ٱلْمَوْتَىٰ وَلَا تُسْمِعُ ٱلصُّمَّ ٱلدُّعَآءَ إِذَا وَلَّوْاْ مُدْبِرِينَ٨٠
Sodiq
Albatta, sen o`liklarga eshittira olmaysan, ortga qarab qochayotgan karlarga ham chaqiriqni eshittira olmaysan.
81
وَمَآ أَنتَ بِهَٰدِى ٱلْعُمْىِ عَن ضَلَٰلَتِهِمْ ۖ إِن تُسْمِعُ إِلَّا مَن يُؤْمِنُ بِـَٔايَٰتِنَا فَهُم مُّسْلِمُونَ٨١
Sodiq
Sen ko`rlarni zalolatdan hidoyatga solguvchi emassan. Sen faqat musulmon bo`lgan hollarida oyatlarimizga iymon keltiradiganlargagina eshittira olursan.[1]
[1] Kofirlar o`lik, kar bo`lish bilan birga, ko`r hamdir. Sen, ey Payg`ambar, u ko`rlarni adashib yurgan yo`llaridan qaytarib, to`g`ri yo`lga hidoyat qila olmassan.)
82
۞وَإِذَا وَقَعَ ٱلْقَوْلُ عَلَيْهِمْ أَخْرَجْنَا لَهُمْ دَآبَّةً مِّنَ ٱلْأَرْضِ تُكَلِّمُهُمْ أَنَّ ٱلنَّاسَ كَانُواْ بِـَٔايَٰتِنَا لَا يُوقِنُونَ٨٢
Sodiq
Qachonki ularning boshiga so`z(langan azob) tushganida, Biz ular uchun yerdan bir jonivor chiqaramiz. U ularga, albatta, odamlar Bizning oyatlarimizga ishonmaydigan bo`lganlarini aytib beradi.[1]
[1] Bu hodisa qiyomatning alomatlaridan biridir. Alloh taolo ushbu oyati karimada kofirlar boshiga va'da qilingan so`z — qiyomat azobi tushish chog`ida yerdan bir hayvon chiqarishi haqida xabar bermoqda. Demak, bu ishning bo`lishi muqarrarligida hech qanday shubha yo`q. Sahih hadisi shariflarda bu hayvon qiyomatning alomatlaridan biri ekanligi, tavba qilsa, foyda bermaydigan vaqt bo`lib qolganda chiqishi haqida xabarlar kelgan.)
83
وَيَوْمَ نَحْشُرُ مِن كُلِّ أُمَّةٍ فَوْجًا مِّمَّن يُكَذِّبُ بِـَٔايَٰتِنَا فَهُمْ يُوزَعُونَ٨٣
Sodiq
Biz har ummatning oyatlarimizni yolg`onga chiqarganlaridan bir guruhini to`plagan kunda ular jamlanib-tizilib turishar.
84
حَتَّىٰٓ إِذَا جَآءُو قَالَ أَكَذَّبْتُم بِـَٔايَٰتِى وَلَمْ تُحِيطُواْ بِهَا عِلْمًا أَمَّاذَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ٨٤
Sodiq
Toki ular kelib bo`lgach, U zot: «Bizning oyatlarimizni yolg`onga chiqardingizmi?! Ularni puxta anglamay turib-a? Yo`qsa, nima qilgan edingiz?» der.
85
وَوَقَعَ ٱلْقَوْلُ عَلَيْهِم بِمَا ظَلَمُواْ فَهُمْ لَا يَنطِقُونَ٨٥
Sodiq
Va ularga, zulm qilganlari sababli, so`z(langan azob) tushar. Bas, ular so`zlay olmaslar.
86
أَلَمْ يَرَوْاْ أَنَّا جَعَلْنَا ٱلَّيْلَ لِيَسْكُنُواْ فِيهِ وَٱلنَّهَارَ مُبْصِرًا ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَٰتٍ لِّقَوْمٍ يُؤْمِنُونَ٨٦
Sodiq
Biz sokinlik topishlari uchun kechani, ko`rishlari uchun kunduzni qilganimizni ko`rmadilarmi?! Albatta, bunda iymon keltiradigan qavmlar uchun ibratlar bordir.
87
وَيَوْمَ يُنفَخُ فِى ٱلصُّورِ فَفَزِعَ مَن فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَمَن فِى ٱلْأَرْضِ إِلَّا مَن شَآءَ ٱللَّهُ ۚ وَكُلٌّ أَتَوْهُ دَٰخِرِينَ٨٧
Sodiq
Sur chalinib, Alloh xohlaganidan boshqa osmonlardagi kimsalar va yerdagi kimsalar dahshatga tushgan kunda hamma U(zot)ga bo`yin egib kelurlar.
88
وَتَرَى ٱلْجِبَالَ تَحْسَبُهَا جَامِدَةً وَهِىَ تَمُرُّ مَرَّ ٱلسَّحَابِ ۚ صُنْعَ ٱللَّهِ ٱلَّذِىٓ أَتْقَنَ كُلَّ شَىْءٍ ۚ إِنَّهُۥ خَبِيرُۢ بِمَا تَفْعَلُونَ٨٨
Sodiq
Tog`larni ko`rib, qimirlamay turibdi deb hisoblaysan. Holbuki, ular bulutning o`tishidek o`turlar. Bu har bir narsani puxta qiladigan Allohning san'atidir. Albatta, U nima qilayotganingizdan xabardordir.[1]
[1] Qiyomat kuni shunday dahshatliki, ko`zimizga eng salobatli, viqorli, mustahkam bo`lib ko`rinadigan ulug`vor tog`lar ham joyidan ko`chib, titilib, bulutday suzib yuradi. Ularni ko`rgan odam, joyida turibdi, deb o`ylaydi, aslida esa, ular bulutdek suzib ketayotgan bo`ladi.)
89
مَن جَآءَ بِٱلْحَسَنَةِ فَلَهُۥ خَيْرٌ مِّنْهَا وَهُم مِّن فَزَعٍ يَوْمَئِذٍ ءَامِنُونَ٨٩
Sodiq
Kim yaxshilik qilsa, unga undan ko`ra yaxshiroq (mukofot) bo`lur. Hamda ular o`sha kunning dahshatidan omondadirlar.
90
وَمَن جَآءَ بِٱلسَّيِّئَةِ فَكُبَّتْ وُجُوهُهُمْ فِى ٱلنَّارِ هَلْ تُجْزَوْنَ إِلَّا مَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ٩٠
Sodiq
Kim yomonlik qilsa, bas, yuztuban do`zaxga tashlanurlar va (ularga): «Sizlarga faqat qilgan amallaringiz jazosi berilmoqda, xolos», (deyilur).
91
إِنَّمَآ أُمِرْتُ أَنْ أَعْبُدَ رَبَّ هَٰذِهِ ٱلْبَلْدَةِ ٱلَّذِى حَرَّمَهَا وَلَهُۥ كُلُّ شَىْءٍ ۖ وَأُمِرْتُ أَنْ أَكُونَ مِنَ ٱلْمُسْلِمِينَ٩١
Sodiq
Men ushbu shaharning Robbiga, uni haram qilgan Zotga ibodat qilishga amr etildim, xolos. Hamma narsa Unikidir. Va musulmonlardan bo`lishga amr etildim.
92
وَأَنْ أَتْلُوَاْ ٱلْقُرْءَانَ ۖ فَمَنِ ٱهْتَدَىٰ فَإِنَّمَا يَهْتَدِى لِنَفْسِهِۦ ۖ وَمَن ضَلَّ فَقُلْ إِنَّمَآ أَنَاْ مِنَ ٱلْمُنذِرِينَ٩٢
Sodiq
Va Qur'onni tilovat qilishga (amr etildim). Kim hidoyat topsa, faqat o`zi uchun hidoyat topadir. Kim zalolatga ketsa, unga: «Men ogohlantirguvchilardanman, xolos», degin.
93
وَقُلِ ٱلْحَمْدُ لِلَّهِ سَيُرِيكُمْ ءَايَٰتِهِۦ فَتَعْرِفُونَهَا ۚ وَمَا رَبُّكَ بِغَٰفِلٍ عَمَّا تَعْمَلُونَ٩٣
Sodiq
Sen: «Allohga hamd bo`lsin! U sizlarga O`z oyat-mo`'jizalarini ko`rsatur. Siz ularni ko`rib, taniysiz», deb ayt. Robbing qilayotgan amallaringizdan g`ofil emasdir.