Sura 40

G'ofir

G

Kechiruvchi

85 oyat |MakkaMakka |
Sura 40 • Oyat 1 / 85 • Juz 243⁄8 • Sahifa 467
G'ofir
ﻉ404Juz 24 3⁄8404ﻉ
2
1
۞ حمٓ‮١‬‬‬
Sodiq
Haa. Miym.
2
تَنزِيلُ ٱلْكِتَٰبِ مِنَ ٱللَّهِ ٱلْعَزِيزِ ٱلْعَلِيمِ‮٢‬‬‬
Sodiq
Bu kitobning nozil qilinishi aziyzu o`ta ilmli Alloh tomonidandir.
3
غَافِرِ ٱلذَّن​ۢبِ وَقَابِلِ ٱلتَّوْبِ شَدِيدِ ٱلْعِقَابِ ذِى ٱلطَّوْلِ ​ۖ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ​ۖ إِلَيْهِ ٱلْمَصِيرُ‮٣‬‬‬
Sodiq
U, gunohni mag`firat qilguvchi, tavbani qabul etguvchi, iqobi shiddatli va fazlu karam sohibi bo`lgan Zotdir. Undan o`zga ibodatga sazovor zot yo`q. Qaytish Uning O`zigaginadir.
4
مَا يُجَٰدِلُ فِىٓ ءَايَٰتِ ٱللَّهِ إِلَّا ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ فَلَا يَغْرُرْكَ تَقَلُّبُهُمْ فِى ٱلْبِلَٰدِ‮٤‬‬‬
Sodiq
Allohning oyatlari haqida faqatgina kufr keltirganlar talashib-tortishurlar. Bas, ularning yurtlarda aylanib yurishlari seni aldab qo`ymasin.[1]

[1] Kofirlar hukm va sultonga, boshqa narsalarga ega bo`lishlari mumkin, bu hollar mo`min kishini aldab qo`ymasligi kerak.)
5
كَذَّبَتْ قَبْلَهُمْ قَوْمُ نُوحٍ وَٱلْأَحْزَابُ مِن​ۢ بَعْدِهِمْ ​ۖ وَهَمَّتْ كُلُّ أُمَّةٍ بِرَسُولِهِمْ لِيَأْخُذُوهُ ​ۖ وَجَٰدَلُواْ بِٱلْبَٰطِلِ لِيُدْحِضُواْ بِهِ ٱلْحَقَّ فَأَخَذْتُهُمْ ​ۖ فَكَيْفَ كَانَ عِقَابِ‮٥‬‬‬
Sodiq
Ulardan oldin Nuh qavmi va ular ketidan kelgan firqalar ham yolg`onchi qilgan edilar. Har ummat o`z Payg`ambarini tutishga qasd qildi va haqni yo`qotish uchun botil ila mujodala etdi. Bas, Men ularni tutdim. Bas, Mening iqobim qanday bo`ldi![1]

[1] Ana o`sha o`tgan ummatlardan har biri o`z payg`ambarini tutib, o`ldirmoqni qasd qildi. Suiqasd kofirlarning qadimiy odati.)
6
وَكَذَٰلِكَ حَقَّتْ كَلِمَتُ رَبِّكَ عَلَى ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓاْ أَنَّهُمْ أَصْحَٰبُ ٱلنَّارِ‮٦‬‬‬
Sodiq
Kufr keltirganlarga ham Robbingning (azob) so`zi xuddi ana shunday haq bo`ldi. Albatta, ular do`zax egalaridir.
7
ٱلَّذِينَ يَحْمِلُونَ ٱلْعَرْشَ وَمَنْ حَوْلَهُۥ يُسَبِّحُونَ بِحَمْدِ رَبِّهِمْ وَيُؤْمِنُونَ بِهِۦ وَيَسْتَغْفِرُونَ لِلَّذِينَ ءَامَنُواْ رَبَّنَا وَسِعْتَ كُلَّ شَىْءٍ رَّحْمَةً وَعِلْمًا فَٱغْفِرْ لِلَّذِينَ تَابُواْ وَٱتَّبَعُواْ سَبِيلَكَ وَقِهِمْ عَذَابَ ٱلْجَحِيمِ‮٧‬‬‬
Sodiq
Arshni ko`tarib turganlar va uning atrofidagilar Robbilariga hamd ila tasbih ayturlar, Unga iymon keltirurlar va iymon keltirganlarga mag`firat so`rab: «Ey Robbimiz, rahmating va ilming ila har bir narsani qurshagansan, bas, tavba qilib, yo`lingga ergashganlarni mag`firat qilgin va ularni do`zax azobidan saqlagin.[1]

[1] Alloh taoloning Arshini inson idrok qila olmaydi, inson arshni ko`tarib turadiganlar va uning atrofidagilarning ham haqiqatini bilmaydi. Bilgani — Arshni ko`tarib turadigan, atrofini o`rab olgan zotlar borligidir. Ular modomiki Arshni ko`tarib turgan ekanlar, shunga yarasha kuch-quvvat va maqom-martabaga egadirlar.)
8
رَبَّنَا وَأَدْخِلْهُمْ جَنَّٰتِ عَدْنٍ ٱلَّتِى وَعَدتَّهُمْ وَمَن صَلَحَ مِنْ ءَابَآئِهِمْ وَأَزْوَٰجِهِمْ وَذُرِّيَّٰتِهِمْ ​ۚ إِنَّكَ أَنتَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ‮٨‬‬‬
Sodiq
Ey Robbimiz, ularni ham, otalaridan, juftlaridan va zurriyotlaridan ahli solih bo`lganlarini ham O`zing ularga va'da qilgan adn jannatlariga kiritgin. Albatta, Sening O`zing aziyzu o`ta hikmatli zotsan.
9
وَقِهِمُ ٱلسَّيِّـَٔاتِ ​ۚ وَمَن تَقِ ٱلسَّيِّـَٔاتِ يَوْمَئِذٍ فَقَدْ رَحِمْتَهُۥ ​ۚ وَذَٰلِكَ هُوَ ٱلْفَوْزُ ٱلْعَظِيمُ‮٩‬‬‬
Sodiq
Va ularni yomonliklardan saqla, o`sha kuni kimni yomonliklardan saqlasang, batahqiq, unga rahim qilibsan. Ana o`sha buyuk yutuqdir», (derlar).
10
إِنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ يُنَادَوْنَ لَمَقْتُ ٱللَّهِ أَكْبَرُ مِن مَّقْتِكُمْ أَنفُسَكُمْ إِذْ تُدْعَوْنَ إِلَى ٱلْإِيمَٰنِ فَتَكْفُرُونَ‮١٠‬‬‬
Sodiq
Albatta, kufr keltirganlarga: «Iymonga chaqirilganingizda kufr keltirgan chog`ingizdagi Allohning g`azabi sizning o`zingizga (hozirgi) g`azabingizdan kattaroqdir», deb nido qilinur.
11
قَالُواْ رَبَّنَآ أَمَتَّنَا ٱثْنَتَيْنِ وَأَحْيَيْتَنَا ٱثْنَتَيْنِ فَٱعْتَرَفْنَا بِذُنُوبِنَا فَهَلْ إِلَىٰ خُرُوجٍ مِّن سَبِيلٍ‮١١‬‬‬
Sodiq
Ular: «Ey Robbimiz, Sen bizni ikki marta o`ldirding, ikki marta tiriltirding. Bas, biz gunohlarimizni e'tirof etdik. Endi chiqishning biron yo`li bormi?» – dedilar.[1]

[1] Ular ona qornida ruh kirgunicha jonsiz holda yotganlarini va yorug` dunyoda o`lib, ko`milganlarini ikki marta o`lish demoqdalar. Onaning qornida bir marta va qiyomat kuni ikkinchi marta tiriltirding. Sening har bir narsaga qodir ekaningni ham e'tirof qildik.)
12
ذَٰلِكُم بِأَنَّهُۥٓ إِذَا دُعِىَ ٱللَّهُ وَحْدَهُۥ كَفَرْتُمْ ​ۖ وَإِن يُشْرَكْ بِهِۦ تُؤْمِنُواْ ​ۚ فَٱلْحُكْمُ لِلَّهِ ٱلْعَلِىِّ ٱلْكَبِيرِ‮١٢‬‬‬
Sodiq
Bunday bo`lishingiz Allohning yolg`iz O`ziga da'vat qilinganida, kufr keltirganingiz, Unga shirk keltirilsa, iymon keltirganingiz uchundir. Bas, hukm oliy va ulug` Allohnikidir.
13
هُوَ ٱلَّذِى يُرِيكُمْ ءَايَٰتِهِۦ وَيُنَزِّلُ لَكُم مِّنَ ٱلسَّمَآءِ رِزْقًا ​ۚ وَمَا يَتَذَكَّرُ إِلَّا مَن يُنِيبُ‮١٣‬‬‬
Sodiq
Uning O`zi sizga oyat (belgi)larini ko`rsatadigan, osmondan sizga rizq tushiradigan Zotdir. Faqat qaytadigan kishigina anglar.[1]

[1] Har bir narsada Allohga qaytadigan, tavba qiladigan, ko`rgan-bilganidan va'z-nasihat oladigan kishilargina anglab yetadilar.)
14
فَٱدْعُواْ ٱللَّهَ مُخْلِصِينَ لَهُ ٱلدِّينَ وَلَوْ كَرِهَ ٱلْكَٰفِرُونَ‮١٤‬‬‬
Sodiq
Bas, agar kofirlar yoqtirmasalar ham, Allohga dinni xolis qilgan holingizda yolvoring.
15
رَفِيعُ ٱلدَّرَجَٰتِ ذُو ٱلْعَرْشِ يُلْقِى ٱلرُّوحَ مِنْ أَمْرِهِۦ عَلَىٰ مَن يَشَآءُ مِنْ عِبَادِهِۦ لِيُنذِرَ يَوْمَ ٱلتَّلَاقِ‮١٥‬‬‬
Sodiq
U, darajasi yuksak, Arsh egasi bo`lgan Zotdir. U, O`z amri ila bandalaridan kimni xohlasa, o`shanga muloqot kunidan ogohlantirishi uchun ruhni tushirur.[1]

[1] Muloqot-uchrashuv kunidan murod qiyomatdir. Ruhdan murod esa, vahiy va uni olib keluvchi farishtadir.)
16
يَوْمَ هُم بَٰرِزُونَ ​ۖ لَا يَخْفَىٰ عَلَى ٱللَّهِ مِنْهُمْ شَىْءٌ ​ۚ لِّمَنِ ٱلْمُلْكُ ٱلْيَوْمَ ​ۖ لِلَّهِ ٱلْوَٰحِدِ ٱلْقَهَّارِ‮١٦‬‬‬
Sodiq
O`sha kunda ular zohir bo`lurlar. Allohga ulardan biron narsa maxfiy qolmas. Bugun mulk kimnikidir?! Yakkayu yolg`iz, Qahhor Allohnikidir![1]

[1] Qiyomat kunida odamlar ko`milib yotgan joylaridan chiqib, zohir bo`lib, ko`rinish beradilar. Bandalaridan sodir bo`lgan biron narsa Alloh taologa maxfiy qolmas, ammo bu haqiqatni qiyomat kuni haqida alohida takror aytishdan maqsad kofir, munofiq va osiylar, qilgan ishlarimiz to`polonning ichida maxfiy qolsa ajab emas, degan o`yda bo`lsalar, o`sha xayolni ko`tarish uchundir.)
17
ٱلْيَوْمَ تُجْزَىٰ كُلُّ نَفْسٍ بِمَا كَسَبَتْ ​ۚ لَا ظُلْمَ ٱلْيَوْمَ ​ۚ إِنَّ ٱللَّهَ سَرِيعُ ٱلْحِسَابِ‮١٧‬‬‬
Sodiq
Bugungi kunda har bir jon o`zi qilgan kasbga yarasha jazo olur. Bugunga kunda zulm yo`qdur. Albatta, Alloh hisobni tez qilguvchi Zotdir.
18
وَأَنذِرْهُمْ يَوْمَ ٱلْـَٔازِفَةِ إِذِ ٱلْقُلُوبُ لَدَى ٱلْحَنَاجِرِ كَٰظِمِينَ ​ۚ مَا لِلظَّٰلِمِينَ مِنْ حَمِيمٍ وَلَا شَفِيعٍ يُطَاعُ‮١٨‬‬‬
Sodiq
Sen ularni yaqinlashguvchi Kundan ogohlantir. O`shanda jonlar xalqumga kelib, g`am-g`ussaga to`lib turarlar. Zolimlar uchun hech bir do`st ham, itoat qilinadigan shafoatchi ham yo`q.[1]

[1] Yaqinlashguvchi kun qiyomat kunidir. U hademay kelib qoladi. Ko`zni ochib yumguncha ro`y beradi. Odamlar o`sha kundan ogoh bo`lsinlar. U kun og`ir kun bo`ladi. Hayoti dunyoda kufr va shirk ila zulmga yurgan kishilar uchun yonini oladigan do`st ham, gapiga quloq soladigan shafoatchi ham bo`lmaydi.)
19
يَعْلَمُ خَآئِنَةَ ٱلْأَعْيُنِ وَمَا تُخْفِى ٱلصُّدُورُ‮١٩‬‬‬
Sodiq
U zot ko`zlarning xiyonatini ham, dillar maxfiy tutgan narsalarni ham bilur.[1]

[1] Ya'ni, birovga bildirmasdan, o`g`irincha ko`z qiri tashlaganini ham biladi, hisobga olib qo`yadi. Hech kimga bildirmasdan, dilda tugib qo`yilgan narsalarni ham juda yaxshi biladi. Shunday bo`lganidan keyin boshqa narsalarni bilishida hech shak-shubha yo`qdir. Odamlar undan ogoh bo`lsinlar.)
20
وَٱللَّهُ يَقْضِى بِٱلْحَقِّ ​ۖ وَٱلَّذِينَ يَدْعُونَ مِن دُونِهِۦ لَا يَقْضُونَ بِشَىْءٍ ​ۗ إِنَّ ٱللَّهَ هُوَ ٱلسَّمِيعُ ٱلْبَصِيرُ‮٢٠‬‬‬
Sodiq
Alloh haq ila hukm qilur. Undan o`zga iltijo qilayotganlari esa, hech narsa bilan hukm qilmaslar. Albatta, Allohning O`zi o`ta eshitguvchi va o`ta ko`rguvchi Zotdir.
ﻉ406Juz 24 4⁄8406ﻉ
21
۞أَوَلَمْ يَسِيرُواْ فِى ٱلْأَرْضِ فَيَنظُرُواْ كَيْفَ كَانَ عَٰقِبَةُ ٱلَّذِينَ كَانُواْ مِن قَبْلِهِمْ ​ۚ كَانُواْ هُمْ أَشَدَّ مِنْهُمْ قُوَّةً وَءَاثَارًا فِى ٱلْأَرْضِ فَأَخَذَهُمُ ٱللَّهُ بِذُنُوبِهِمْ وَمَا كَانَ لَهُم مِّنَ ٱللَّهِ مِن وَاقٍ‮٢١‬‬‬
Sodiq
Axir, ular yer yuzida yurib, o`zlaridan oldin o`tganlarning oqibati qanday bo`lganiga nazar solmaydilarmi?! Holbuki, o`shalar ulardan ko`ra quvvatliroq va yer yuzida asarlari ko`proq bo`lgan edilar. Bas, Alloh o`shalarni gunohlari sababli tutdi. Ularga Allohdan o`zga bir saqlovchi bo`lmadi.
22
ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمْ كَانَت تَّأْتِيهِمْ رُسُلُهُم بِٱلْبَيِّنَٰتِ فَكَفَرُواْ فَأَخَذَهُمُ ٱللَّهُ ​ۚ إِنَّهُۥ قَوِىٌّ شَدِيدُ ٱلْعِقَابِ‮٢٢‬‬‬
Sodiq
Bunday bo`lishining sababi shuki, ularga Payg`ambarlari aniq hujjatlar bilan kelar edilar, ular esa, kufr keltirdilar. Bas, Alloh ularni tutdi. Albatta, U kuchli va iqobi shiddatli Zotdir.
23
وَلَقَدْ أَرْسَلْنَا مُوسَىٰ بِـَٔايَٰتِنَا وَسُلْطَٰنٍ مُّبِينٍ‮٢٣‬‬‬
Sodiq
Batahqiq, Biz Musoni O`z oyatlarimiz va ochiq hujjat ila yubordik:
24
إِلَىٰ فِرْعَوْنَ وَهَٰمَٰنَ وَقَٰرُونَ فَقَالُواْ سَٰحِرٌ كَذَّابٌ‮٢٤‬‬‬
Sodiq
Fir'avnga, Homonga va Qorunga. Bas, ular: «(Bu) sehrgar va kazzob», dedilar.
25
فَلَمَّا جَآءَهُم بِٱلْحَقِّ مِنْ عِندِنَا قَالُواْ ٱقْتُلُوٓاْ أَبْنَآءَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ مَعَهُۥ وَٱسْتَحْيُواْ نِسَآءَهُمْ ​ۚ وَمَا كَيْدُ ٱلْكَٰفِرِينَ إِلَّا فِى ضَلَٰلٍ‮٢٥‬‬‬
Sodiq
Muso ularga Bizning huzurimizdan haq ila kelgan chog`da, ular: «U bilan birga iymon keltirganlarning o`g`illarini qatl qilinglar, qizlarini tirik qoldiringlar», dedilar. Kofirlarning makr-hiylasi zalolatdan boshqa narsa emas.[1]

[1] Bani Isroilni o`ziga qul qilib olgan Fir'avn bu xalqqa turli azob-uqubatlarni yog`dirar, nima qilib bo`lsa ham, ularni qullikda ushlab turib, o`z foydasi uchun ishlatishga urinar edi. O`ziga qarshi yosh yigitlar bosh ko`tarishi mumkinligini yaxshi bilganidan, qolaversa, atrofidagi gumashtalaridan, mulkiga Bani Isroildan tug`iladigan bola zavol bo`lishini eshitganidan keyin Bani Isroilda tug`iladigan qiz bolaga tegmasdan, o`g`il bolalarni o`ldirishga farmon bergan edi. Muso alayhissalom kelib, Alloh taolo tomonidan payg`ambar etib yuborilganlarini aytganlaridan keyin Fir'avnning xavfi yana ham ziyoda bo`ldi va Bani Isroilning, ya'ni Muso alayhissalomga qo`shilib, iymon keltirganlarning o`g`il bolalarini o`ldirish haqidagi farmonini yangiladi.)
26
وَقَالَ فِرْعَوْنُ ذَرُونِىٓ أَقْتُلْ مُوسَىٰ وَلْيَدْعُ رَبَّهُۥٓ ​ۖ إِنِّىٓ أَخَافُ أَن يُبَدِّلَ دِينَكُمْ أَوْ أَن يُظْهِرَ فِى ٱلْأَرْضِ ٱلْفَسَادَ‮٢٦‬‬‬
Sodiq
Fir'avn: «Meni qo`yinglar, Musoni o`ldiray. Mayli, Robbiga duo qilsin. Albatta, men uning diningizni almashtirishidan va yer yuzida fasod chiqarishidan qo`rqmoqdaman», dedi.[1]

[1] Mantiq bilan muvaffaqiyatga erisha olmagan, payg`ambarni sehrgar, kazzob, deb ham biror naf topmagan zolim podshoh endi kuch ishlatishga o`tdi. Tug`yonga ketgan hukmdor o`z taxtidan ajrab qolishdan qo`rqib, har qanday pastkashlikka tayyor ekanini ko`rsatdi. Haq yo`lga da'vat qiluvchini o`ldirishda Allohni ham e'tiborga olmasligini bildirdi. Robbiga duo qilsa, qilaversin, men baribir uni o`ldiraman, dedi. Shu bilan birga, eng qizig`i, dinni himoya etayotgan qilib ko`rsatdi o`zini. Yer yuzida buzuqilik bo`lmasligi uchun kurashyapman, deb iddio qildi.)
27
وَقَالَ مُوسَىٰٓ إِنِّى عُذْتُ بِرَبِّى وَرَبِّكُم مِّن كُلِّ مُتَكَبِّرٍ لَّا يُؤْمِنُ بِيَوْمِ ٱلْحِسَابِ‮٢٧‬‬‬
Sodiq
Muso: «Albatta, men Robbim va Robbingiz bo`lgan Zotdan hisob kuniga iymon keltirmaydigan har bir mutakabbirdan panoh so`rayman», dedi.
28
وَقَالَ رَجُلٌ مُّؤْمِنٌ مِّنْ ءَالِ فِرْعَوْنَ يَكْتُمُ إِيمَٰنَهُۥٓ أَتَقْتُلُونَ رَجُلًا أَن يَقُولَ رَبِّىَ ٱللَّهُ وَقَدْ جَآءَكُم بِٱلْبَيِّنَٰتِ مِن رَّبِّكُمْ ​ۖ وَإِن يَكُ كَٰذِبًا فَعَلَيْهِ كَذِبُهُۥ ​ۖ وَإِن يَكُ صَادِقًا يُصِبْكُم بَعْضُ ٱلَّذِى يَعِدُكُمْ ​ۖ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يَهْدِى مَنْ هُوَ مُسْرِفٌ كَذَّابٌ‮٢٨‬‬‬
Sodiq
Fir'avn ahlidan bo`lgan, iymonini berkitib yuradigan bir mo`min kishi: «Bir odamni, Alloh Robbimdir, degani uchun o`ldirasizlarmi?! Holbuki, u sizga Robbingizdan ochiq-oydin hujjatlar ila kelmishdir. Agar u yolg`onchi bo`lsa, yolg`oni o`ziga zarar. Agar rostgo`y bo`lsa, unda u va'da qilayotgan ba'zi musiybatlar sizga yetar. Albatta, Alloh isrofchi va kazzob bo`lgan shaxsni hidoyat qilmas.[1]

[1] Darhaqiqat, Muso alayhissalomning «Alloh Robbimdir» degan so`zdan boshqa da'volar yo`q edi. Bu degani Alloh mening yaratguvchim, rizq berguvchim, tadbirimni qilguvchi tarbiyachim, degani edi. Bu e'tirof oddiy haqiqat edi. Buning yomon joyi yo`q edi. Buni hamma tan olishi kerak edi. Bu narsa sof qalb va oddiy mantiqning taqozosi edi. Shuning uchun sof qalb egasi bo`lgan kishi tomonidan bu haqiqat e'lon etildi.)
29
يَٰقَوْمِ لَكُمُ ٱلْمُلْكُ ٱلْيَوْمَ ظَٰهِرِينَ فِى ٱلْأَرْضِ فَمَن يَنصُرُنَا مِن​ۢ بَأْسِ ٱللَّهِ إِن جَآءَنَا ​ۚ قَالَ فِرْعَوْنُ مَآ أُرِيكُمْ إِلَّا مَآ أَرَىٰ وَمَآ أَهْدِيكُمْ إِلَّا سَبِيلَ ٱلرَّشَادِ‮٢٩‬‬‬
Sodiq
Ey qavmim, bugungi kunda mulk siznikidir. Yer yuzida yuzaga chiqib turibsizlar. Agar bizga Allohning azobi kelsa, unda bizga kim yordam berar?!» – dedi. Fir'avn: «Men sizga o`zim ko`rayotgan narsadan boshqani ko`rsatmasman va sizlarni to`g`ri yo`ldan boshqaga yo`llamasman», dedi.[1]

[1] Ya'ni, menikidan boshqa fikrni qabul qilishingizga rozi emasman, bilib qo`ying, faqat mengina sizni to`g`ri yo`lga boshlayman, dedi.)
30
وَقَالَ ٱلَّذِىٓ ءَامَنَ يَٰقَوْمِ إِنِّىٓ أَخَافُ عَلَيْكُم مِّثْلَ يَوْمِ ٱلْأَحْزَابِ‮٣٠‬‬‬
Sodiq
Iymon keltirgan kishi: «Ey qavmim, albatta, men sizga ham boshqa firqalar kuniga o`xshash kun...
31
مِثْلَ دَأْبِ قَوْمِ نُوحٍ وَعَادٍ وَثَمُودَ وَٱلَّذِينَ مِن​ۢ بَعْدِهِمْ ​ۚ وَمَا ٱللَّهُ يُرِيدُ ظُلْمًا لِّلْعِبَادِ‮٣١‬‬‬
Sodiq
Nuh qavmi, Od, Samud va ulardan keyingilar holiga o`xshash hol bo`lishidan qo`rqurman. Alloh bandalarga zulmni iroda qilmas.
32
وَيَٰقَوْمِ إِنِّىٓ أَخَافُ عَلَيْكُمْ يَوْمَ ٱلتَّنَادِ‮٣٢‬‬‬
Sodiq
Ey qavmim, albatta, men sizlarga nidolashuv kunidan qo`rqurman.
33
يَوْمَ تُوَلُّونَ مُدْبِرِينَ مَا لَكُم مِّنَ ٱللَّهِ مِنْ عَاصِمٍ ​ۗ وَمَن يُضْلِلِ ٱللَّهُ فَمَا لَهُۥ مِنْ هَادٍ‮٣٣‬‬‬
Sodiq
U kunda ortga qarab qochursiz. Siz uchun Allohdan hech bir qutqarguvchi bo`lmas. Kimni Alloh zalolatga ketkazsa, bas, unga hech bir hidoyatchi bo`lmas.
34
وَلَقَدْ جَآءَكُمْ يُوسُفُ مِن قَبْلُ بِٱلْبَيِّنَٰتِ فَمَا زِلْتُمْ فِى شَكٍّ مِّمَّا جَآءَكُم بِهِۦ ​ۖ حَتَّىٰٓ إِذَا هَلَكَ قُلْتُمْ لَن يَبْعَثَ ٱللَّهُ مِن​ۢ بَعْدِهِۦ رَسُولًا ​ۚ كَذَٰلِكَ يُضِلُّ ٱللَّهُ مَنْ هُوَ مُسْرِفٌ مُّرْتَابٌ‮٣٤‬‬‬
Sodiq
Batahqiq, bundan oldin Yusuf ochiq-oydin hujjatlar ila keldi. Bas, siz u o`zingizga keltirgan narsaga shak keltirib, turib oldingiz. Nihoyat, u vafot etgan paytda: «Alloh undan keyin Payg`ambar yubormas», dedingiz. Alloh shunday qilib, isrofchi va shubhachi bo`lgan kimsani zalolatga ketkazdi.[1]

[1] Ey qavmim, siz Yusuf alayhissalomning payg`ambarligiga shubha qilib, iymon keltirmay turib oldingiz. Xullas, Yusuf alayhissalom vafot etganida, undan qutuldik, Alloh tomonidan payg`ambar bo`lib keldim, deydigan odam endi bo`lmaydi, dedingiz. Alloh Yusuf alayhissalom haqida shubhada turib olgan o`sha ota-bobolaringizni zalolatga ketkazgani kabi, har bir xususda isrofgar bo`lgan va dinda shubha qilganlarni ham zalolatga ketkazdi. Muso haqida isrofchi va shubhachi bo`lmang, yana Alloh sizni ham zalolatga ketkazib qo`ymasin.)
35
ٱلَّذِينَ يُجَٰدِلُونَ فِىٓ ءَايَٰتِ ٱللَّهِ بِغَيْرِ سُلْطَٰنٍ أَتَىٰهُمْ ​ۖ كَبُرَ مَقْتًا عِندَ ٱللَّهِ وَعِندَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ ​ۚ كَذَٰلِكَ يَطْبَعُ ٱللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ قَلْبِ مُتَكَبِّرٍ جَبَّارٍ‮٣٥‬‬‬
Sodiq
Allohning oyatlari haqida o`zlariga kelgan hujjat-dalilsiz talashib-tortishadiganlar Alloh tomonidan ham, iymon keltirganlar tomonidan ham qattiq g`azabga qolurlar. Alloh shunday qilib, har bir mutakabbir va zo`ravon qalbni muhrlar», dedi.
36
وَقَالَ فِرْعَوْنُ يَٰهَٰمَٰنُ ٱبْنِ لِى صَرْحًا لَّعَلِّىٓ أَبْلُغُ ٱلْأَسْبَٰبَ‮٣٦‬‬‬
Sodiq
Fir'avn dedi: «Ey, Homon, menga bir baland qasr bino qil, shoyad, sabablarga yetsam.
37
أَسْبَٰبَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ فَأَطَّلِعَ إِلَىٰٓ إِلَٰهِ مُوسَىٰ وَإِنِّى لَأَظُنُّهُۥ كَٰذِبًا ​ۚ وَكَذَٰلِكَ زُيِّنَ لِفِرْعَوْنَ سُوٓءُ عَمَلِهِۦ وَصُدَّ عَنِ ٱلسَّبِيلِ ​ۚ وَمَا كَيْدُ فِرْعَوْنَ إِلَّا فِى تَبَابٍ‮٣٧‬‬‬
Sodiq
Osmonlarning sabablariga yetsam, so`ngra Musoning Ilohiga boqsam. Albatta, men uni yolg`onchi deb, gumon qilmoqdaman». Shunday qilib, Fir'avnga uning yomon amali ziynatlandi va u yo`ldan to`sildi. Fir'avnning makr-hiylasi ziyonkorlikdan boshqa narsa emas.[1]

[1] U vaziri Homonni baland qasr qurishga buyurdi. U qasr nima uchun kerak bo`lib qolganini ham aytdi, osmonlarga chiqadigan sabablarga, yo`llarga yetishsamu chiqib Musoning xudosini ko`rsam. Men Musoning Alloh tomonidan yuborilgan payg`ambar ekaniga ishonmayman, o`zim osmonga chiqib, uning yolg`onchi ekanini isbotlamoqchiman, dedi. Fir'avnning bu gaplari qaysi tomondan olib qaralganda ham qavmni aldash, o`zini oliy maqom qilib ko`rsatish va Allohning dinini inkor etishdan iborat ekani bilinadi. Bu gaplar uning insofga kelib, to`g`ri yo`lga tushmasligidan darak berardi.)
38
وَقَالَ ٱلَّذِىٓ ءَامَنَ يَٰقَوْمِ ٱتَّبِعُونِ أَهْدِكُمْ سَبِيلَ ٱلرَّشَادِ‮٣٨‬‬‬
Sodiq
Iymon keltirgan kishi: «Ey qavmim, menga ergashinglar, sizni to`g`ri yo`lga hidoyat qilurman.
39
يَٰقَوْمِ إِنَّمَا هَٰذِهِ ٱلْحَيَوٰةُ ٱلدُّنْيَا مَتَٰعٌ وَإِنَّ ٱلْـَٔاخِرَةَ هِىَ دَارُ ٱلْقَرَارِ‮٣٩‬‬‬
Sodiq
Ey qavmim, bu dunyo hayoti vaqtinchalik bir matoh, xolos. Albatta, oxirat, o`shaning o`zi barqarorlik diyoridir.
40
مَنْ عَمِلَ سَيِّئَةً فَلَا يُجْزَىٰٓ إِلَّا مِثْلَهَا ​ۖ وَمَنْ عَمِلَ صَٰلِحًا مِّن ذَكَرٍ أَوْ أُنثَىٰ وَهُوَ مُؤْمِنٌ فَأُوْلَٰٓئِكَ يَدْخُلُونَ ٱلْجَنَّةَ يُرْزَقُونَ فِيهَا بِغَيْرِ حِسَابٍ‮٤٠‬‬‬
Sodiq
Kim biror yomonlik qilsa, faqat o`shanga yarasha jazo oladi, xolos. Erkakdir, ayoldir, har kim mo`min bo`lgan holida solih amal qilsa, bas, ana o`shalar jannatga kirurlar, u yerda hisobsiz rizqlanurlar.
41
۞وَيَٰقَوْمِ مَا لِىٓ أَدْعُوكُمْ إِلَى ٱلنَّجَوٰةِ وَتَدْعُونَنِىٓ إِلَى ٱلنَّارِ‮٤١‬‬‬
Sodiq
Ey qavmim, nechun men sizni najotga chaqirsam, siz meni do`zaxga chaqirursiz?![1]

[1] Men sizni Allohga, Uning yuborgan payg`ambariga iymon keltirib, najotga erishishga chorlasam, siz meni kufrga chaqirmoqdasiz, kufrga chaqirishingiz do`zaxga chaqirishingizdir.)
42
تَدْعُونَنِى لِأَكْفُرَ بِٱللَّهِ وَأُشْرِكَ بِهِۦ مَا لَيْسَ لِى بِهِۦ عِلْمٌ وَأَنَاْ أَدْعُوكُمْ إِلَى ٱلْعَزِيزِ ٱلْغَفَّٰرِ‮٤٢‬‬‬
Sodiq
Siz meni Allohga kufr keltirishimga va o`zim bilmagan narsani Unga shirk keltirishimga chaqirmoqdasiz. Holbuki, men sizni aziyzu o`ta mag`firatli Zotga chaqirmoqdaman.[1]

[1] Siz meni Allohni inkor etib, unga ibodat qilmaslikka, xudoligini bilmaganim narsani unga shirk keltirib, o`shanga ibodat qilishimga chaqirmoqdasiz. Bu chaqirig`ingiz asossiz va foydasizdir.)
43
لَا جَرَمَ أَنَّمَا تَدْعُونَنِىٓ إِلَيْهِ لَيْسَ لَهُۥ دَعْوَةٌ فِى ٱلدُّنْيَا وَلَا فِى ٱلْـَٔاخِرَةِ وَأَنَّ مَرَدَّنَآ إِلَى ٱللَّهِ وَأَنَّ ٱلْمُسْرِفِينَ هُمْ أَصْحَٰبُ ٱلنَّارِ‮٤٣‬‬‬
Sodiq
Hech shubha yo`qki, albatta, siz meni chaqirayotgan narsaning dunyoda ham, oxiratda ham da'vatga haqqi yo`qdir. Albatta, qaytib borarimiz Allohgadir. Albatta, isrofchilar, ayni o`shalar do`zax egalaridir.
44
فَسَتَذْكُرُونَ مَآ أَقُولُ لَكُمْ ​ۚ وَأُفَوِّضُ أَمْرِىٓ إِلَى ٱللَّهِ ​ۚ إِنَّ ٱللَّهَ بَصِيرُ​ۢ بِٱلْعِبَادِ‮٤٤‬‬‬
Sodiq
Hali, men sizga aytayotgan gaplarni eslaysizlar. Men ishimni Allohning O`ziga topshirdim. Albatta, Alloh bandalarini aniq ko`rib turguvchidir», dedi.
45
فَوَقَىٰهُ ٱللَّهُ سَيِّـَٔاتِ مَا مَكَرُواْ ​ۖ وَحَاقَ بِـَٔالِ فِرْعَوْنَ سُوٓءُ ٱلْعَذَابِ‮٤٥‬‬‬
Sodiq
Bas, Alloh uni makrlari yomonliklaridan saqladi va Fir'avn ahlini yomon azob o`rab oldi.[1]

[1] Alloh taolo mazkur mo`min kishini Fir'avn va uning odamlari makr-hiylalarining yomonliklaridan qutqardi. Fir'avn ahlini esa, yomon azob o`rab oldi.)
46
ٱلنَّارُ يُعْرَضُونَ عَلَيْهَا غُدُوًّا وَعَشِيًّا ​ۖ وَيَوْمَ تَقُومُ ٱلسَّاعَةُ أَدْخِلُوٓاْ ءَالَ فِرْعَوْنَ أَشَدَّ ٱلْعَذَابِ‮٤٦‬‬‬
Sodiq
U olovdir. Unga ertayu kech ko`ndalang qilinurlar. Soat (qiyomat) qoim bo`lganida esa: «Fir'avn ahlini eng ashaddiy azobga kiritinglar», deyilur.[1]

[1] Demak, o`sha Fir'avn ahlini o`rab olgan yomon azob bir olovdir. Ular o`sha olovga doimo, ertayu kech ko`ndalang qilib turiladilar. Ya'ni, qabrlarida qiyomatgacha olov bilan azoblanadilar.)
47
وَإِذْ يَتَحَآجُّونَ فِى ٱلنَّارِ فَيَقُولُ ٱلضُّعَفَٰٓؤُاْ لِلَّذِينَ ٱسْتَكْبَرُوٓاْ إِنَّا كُنَّا لَكُمْ تَبَعًا فَهَلْ أَنتُم مُّغْنُونَ عَنَّا نَصِيبًا مِّنَ ٱلنَّارِ‮٤٧‬‬‬
Sodiq
O`shanda ular do`zaxda bir-birlari ila xusumat qilurlar. Bas, zaiflar mutakabbirlik qilganlarga: «Albatta, biz sizga ergashuvchi bo`lgan edik. Endi siz bizning do`zax nasibamizdan biror bo`lagini daf' qilasizlarmi?!» – derlar.
48
قَالَ ٱلَّذِينَ ٱسْتَكْبَرُوٓاْ إِنَّا كُلٌّ فِيهَآ إِنَّ ٱللَّهَ قَدْ حَكَمَ بَيْنَ ٱلْعِبَادِ‮٤٨‬‬‬
Sodiq
Mutakabbirlik qilganlar: «Albatta hammamiz uning ichidamiz. Shubhasiz, Alloh bandalar orasida hukm chiqarib bo`ldi», derlar.[1]

[1] Bo`lar ish bo`ldi, endi bu savolni berib nima qilasizlar. Bu yerda u dunyodagiga o`xshab katta-boshliq yoki zaifligiga qarab emas, qilgan amaliga qarab hukm chiqarilar ekan. Biz ham kufr keltirdik, siz ham kufr keltirdingiz va qilganimizga yarasha hammamiz jazoimizni oldik. Alloh hukmini chiqarib bo`ldi. Hammamiz jahannamga tushdik.)
49
وَقَالَ ٱلَّذِينَ فِى ٱلنَّارِ لِخَزَنَةِ جَهَنَّمَ ٱدْعُواْ رَبَّكُمْ يُخَفِّفْ عَنَّا يَوْمًا مِّنَ ٱلْعَذَابِ‮٤٩‬‬‬
Sodiq
Do`zaxda turganlar jahannam qo`riqchilariga: «Robbingizga duo qilinglar, bizdan biror kun azobni yengillatsin», dedilar.
50
قَالُوٓاْ أَوَلَمْ تَكُ تَأْتِيكُمْ رُسُلُكُم بِٱلْبَيِّنَٰتِ ​ۖ قَالُواْ بَلَىٰ ​ۚ قَالُواْ فَٱدْعُواْ ​ۗ وَمَا دُعَٰٓؤُاْ ٱلْكَٰفِرِينَ إِلَّا فِى ضَلَٰلٍ‮٥٠‬‬‬
Sodiq
Ular: «Sizga Payg`ambarlaringiz ochiq-oydin hujjatlar bilan kelmagan edilarmi?!» – dedilar. Bular: «Ha», deyishdi. Ular: «Bas, duo qilaveringlar. Kofirlarning duosi zalolatdan boshqa narsa emas», dedilar.[1]

[1] Jahannam qo`riqchilari «Nima sababdan bu holga tushib qoldingiz?! Sizga payg`ambar kelib, shu kun boshingizga tushishi mumkinligidan ogohlantirmagan edimi?!» deb so`radilar.)
51
إِنَّا لَنَنصُرُ رُسُلَنَا وَٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ فِى ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا وَيَوْمَ يَقُومُ ٱلْأَشْهَٰدُ‮٥١‬‬‬
Sodiq
Albatta, Biz Payg`ambarlarimizga va iymon keltirganlarga bu dunyo hayotida va guvohlar turgan kunda ham nusrat berurmiz.
52
يَوْمَ لَا يَنفَعُ ٱلظَّٰلِمِينَ مَعْذِرَتُهُمْ ​ۖ وَلَهُمُ ٱللَّعْنَةُ وَلَهُمْ سُوٓءُ ٱلدَّارِ‮٥٢‬‬‬
Sodiq
U kunda zolimlarga ma'ziratlari naf bermas. Ularga la'nat bo`lg`ay va ularga yomon hovli joy bo`lg`ay.[1]

[1] Iymon bilan kufr orasidagi kurash bir shaxs, bir avlod, bir zamonga bog`liq emas. Balki bu kurash dunyo bunyod bo`lganidan boshlab, qiyomatgacha davom etadigan kurashdir. Bu kurash davomida turli holatlar bo`lib o`tadi. Iymon tomonida turgan ba'zi kishilarning e'tiqod yo`lida shahid bo`lishlari ulkan nusrat bo`lishi mumkin. Hozirgacha butun dunyo qanchadan-qancha shahidlarni madh etib, ehtirom ila eslab kelmoqda, ularni shahid etgan qotillar esa, la'natlanmoqda. Qani, ko`raylik-chi, bu yerda nusrat shahidgami yo qotilga?! Ba'zi bir shahidlarning o`limi butun boshli ummatlarni g`alabaga chorlagan vaqtlar ham bo`lgan. Demak, o`limning hammasi ham, xususan iymon yo`lidagi o`lim, mag`lubiyat hisoblanmaydi. Iymon va kufr orasidagi kurashda nusrat kimga bo`lishi tor o`lchovda emas, balki keng mezonlar bilan o`lchanadi. Iymonning qalblarda, Yer yuzida tantanasi uchun insonning o`zi sa'yi-harakat qilishini Alloh shart etgan ekan, Uning yo`lidagi qurbonlar, mashaqqatlar erishiladigan nusratning qiymatini oshiradi, qadrini ko`taradi. Undan keyin, insoniyat tarixidagi iymon bilan kufr o`rtasidagi kurashning oraliq natijalariga ham bir nazar solaylik. Ularning hammasi payg`ambarlar va mo`minlarga nusrat berilishi bilan yakun topganini ko`ramiz.)
53
وَلَقَدْ ءَاتَيْنَا مُوسَى ٱلْهُدَىٰ وَأَوْرَثْنَا بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ ٱلْكِتَٰبَ‮٥٣‬‬‬
Sodiq
Batahqiq, Biz Musoga hidoyatni berdik va Bani Isroilni Kitobga voris qildik.
54
هُدًى وَذِكْرَىٰ لِأُوْلِى ٱلْأَلْبَٰبِ‮٥٤‬‬‬
Sodiq
Aql egalariga hidoyatchi va eslatma bo`lsin uchun.
55
فَٱصْبِرْ إِنَّ وَعْدَ ٱللَّهِ حَقٌّ وَٱسْتَغْفِرْ لِذَن​ۢبِكَ وَسَبِّحْ بِحَمْدِ رَبِّكَ بِٱلْعَشِىِّ وَٱلْإِبْكَٰرِ‮٥٥‬‬‬
Sodiq
Bas, sabr qil. Albatta, Allohning va'dasi haqdir. Gunohing uchun istig`for ayt. Ertayu kech Robbingga hamd ila tasbih ayt.[1]

[1] Oyati karimada Payg`ambarimiz alayhissalotu vassalomga xitob orqali mo`min bandaga iymon yo`lida zarur bo`ladigan zodi rohila taqdim etilmoqda.)
56
إِنَّ ٱلَّذِينَ يُجَٰدِلُونَ فِىٓ ءَايَٰتِ ٱللَّهِ بِغَيْرِ سُلْطَٰنٍ أَتَىٰهُمْ ​ۙ إِن فِى صُدُورِهِمْ إِلَّا كِبْرٌ مَّا هُم بِبَٰلِغِيهِ ​ۚ فَٱسْتَعِذْ بِٱللَّهِ ​ۖ إِنَّهُۥ هُوَ ٱلسَّمِيعُ ٱلْبَصِيرُ‮٥٦‬‬‬
Sodiq
Albatta, Allohning oyatlari haqida o`zlariga kelgan hujjatsiz talashib-tortishadiganlarning dillarida kibrdan o`zga narsa yo`q. Ular unga yetishguvchi emaslar. Bas, Allohdan panoh so`ra. Albatta, Uning O`zi o`ta eshitguvchi, o`ta ko`rguvchi Zotdir.
57
لَخَلْقُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ أَكْبَرُ مِنْ خَلْقِ ٱلنَّاسِ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَ ٱلنَّاسِ لَا يَعْلَمُونَ‮٥٧‬‬‬
Sodiq
Albatta, osmonlaru yerni yaratish odamlarni yaratishdan kattaroqdir. Lekin odamlarning ko`plari bilmaslar.
58
وَمَا يَسْتَوِى ٱلْأَعْمَىٰ وَٱلْبَصِيرُ وَٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَعَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ وَلَا ٱلْمُسِىٓءُ ​ۚ قَلِيلًا مَّا تَتَذَكَّرُونَ‮٥٨‬‬‬
Sodiq
Ko`r bilan ko`ruvchi barobar bo`lmas. Iymon keltirib, solih amallar qilganlar bilan yomonlik qilguvchi ham. Juda ham kam eslaysizlar.
59
إِنَّ ٱلسَّاعَةَ لَـَٔاتِيَةٌ لَّا رَيْبَ فِيهَا وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَ ٱلنَّاسِ لَا يُؤْمِنُونَ‮٥٩‬‬‬
Sodiq
Albatta, soat (qiyomat)kelguvchidir. Unda shubha yo`q. Lekin odamlarning ko`plari iymon keltirmaslar.[1]

[1] Ya'ni, qiyomat qoim bo`lishiga ishonmaydilar. Ishonmaganlari uchun ham Allohning oyatlari haqida hech qanday hujjat-dalilsiz talashib-tortishadilar. O`zlarining kim ekanlarini unutib, kibrga ketadilar. Kibr esa, ularni halokatga eltadi. Bu halokatdan, unga eltuvchi kibrdan saqlanish uchun Allohga ibodat etish kerak, U zotga duo qilish kerak.)
60
وَقَالَ رَبُّكُمُ ٱدْعُونِىٓ أَسْتَجِبْ لَكُمْ ​ۚ إِنَّ ٱلَّذِينَ يَسْتَكْبِرُونَ عَنْ عِبَادَتِى سَيَدْخُلُونَ جَهَنَّمَ دَاخِرِينَ‮٦٠‬‬‬
Sodiq
Robbingiz: «Menga duo qiling, sizga ijobat qilurman. Albatta, Mening ibodatimdan kibr qilganlar jahannamga xoru zor hollarida kirurlar», dedi.[1]

[1] Allohga banda tomonidan qilinadigan duo, ibodat lug`atda bir xil ma'noni bildiradi. Duo va ibodat xoh so`zdan iborat bo`lsin, xoh amaldan, banda tomonidan Alloh taoloning roziligini izlashdir, iymon ila Uning roziligini so`rashdir. Duo va ibodat bandaning Alloh taolo huzurida hojatmand ekanini e'tirof etishidir. O`zining nochorligiyu ojizligini tan olishidir. Bu ishni faqat iymoni borlargina, qalb ko`zlari ochiqlargina, o`zining kimligini anglab yetganlargina, insof qilganlargina, qalbida Allohga nisbatan kibru havo bo`lmaganlargina qiladilar. Buni bandaga Allohning O`zi buyurgandir.)
61
ٱللَّهُ ٱلَّذِى جَعَلَ لَكُمُ ٱلَّيْلَ لِتَسْكُنُواْ فِيهِ وَٱلنَّهَارَ مُبْصِرًا ​ۚ إِنَّ ٱللَّهَ لَذُو فَضْلٍ عَلَى ٱلنَّاسِ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَ ٱلنَّاسِ لَا يَشْكُرُونَ‮٦١‬‬‬
Sodiq
Alloh sizga sukunat topishingiz uchun kechani, ko`rsatuvchi etib kunduzni qilib bergan Zotdir. Albatta, Alloh odamlarga nisbatan fazlu karam sohibidir. Lekin odamlarning ko`plari bilmaslar.
62
ذَٰلِكُمُ ٱللَّهُ رَبُّكُمْ خَٰلِقُ كُلِّ شَىْءٍ لَّآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ​ۖ فَأَنَّىٰ تُؤْفَكُونَ‮٦٢‬‬‬
Sodiq
Ana o`sha Alloh Robbingizdir. U har bir narsaning yaratguvchisidir. Undan o`zga ibodatga sazovor zot yo`q. Bas, qayoqqa burilib ketmoqdasiz?![1]

[1] Allohga ibodat qilmay, qaysi tomonga burilib ketmoqdasizlar?! Allohning aytganini qilmay, qayon qarab ketmoqdasizlar?! Allohning oyatlariga amal qilmay, qayoqqa ketmoqdasizlar?!)
63
كَذَٰلِكَ يُؤْفَكُ ٱلَّذِينَ كَانُواْ بِـَٔايَٰتِ ٱللَّهِ يَجْحَدُونَ‮٦٣‬‬‬
Sodiq
Allohning oyatlarini inkor qiladiganlar ana shunday burilib keturlar.
64
ٱللَّهُ ٱلَّذِى جَعَلَ لَكُمُ ٱلْأَرْضَ قَرَارًا وَٱلسَّمَآءَ بِنَآءً وَصَوَّرَكُمْ فَأَحْسَنَ صُوَرَكُمْ وَرَزَقَكُم مِّنَ ٱلطَّيِّبَٰتِ ​ۚ ذَٰلِكُمُ ٱللَّهُ رَبُّكُمْ ​ۖ فَتَبَارَكَ ٱللَّهُ رَبُّ ٱلْعَٰلَمِينَ‮٦٤‬‬‬
Sodiq
Alloh sizga yerni qarorgoh, osmonni tom qilgan va sizlarning suvratlaringizni go`zal suvratda qilgan, sizlarga pok narsalardan rizq bergan Zotdir. Ana o`sha Alloh Robbingizdir. Bas, olamlarning Robbi Alloh barakotli (yuksak) bo`ldi.
65
هُوَ ٱلْحَىُّ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ فَٱدْعُوهُ مُخْلِصِينَ لَهُ ٱلدِّينَ ​ۗ ٱلْحَمْدُ لِلَّهِ رَبِّ ٱلْعَٰلَمِينَ‮٦٥‬‬‬
Sodiq
U zot tirikdir. Undan o`zga ibodatga sazovor zot yo`q. Bas, Unga dinni xolis qilgan holda duo qiling. Olamlarning Robbi Allohga hamdlar bo`lsin.[1]

[1] Allohga xolis bo`ysungan holda, shariatga to`la amal qilgan holda, iymon-e'tiqodni yolg`onu riyodan pok o`tgan holda duo-ibodat qiling.)
66
۞قُلْ إِنِّى نُهِيتُ أَنْ أَعْبُدَ ٱلَّذِينَ تَدْعُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ لَمَّا جَآءَنِىَ ٱلْبَيِّنَٰتُ مِن رَّبِّى وَأُمِرْتُ أَنْ أُسْلِمَ لِرَبِّ ٱلْعَٰلَمِينَ‮٦٦‬‬‬
Sodiq
Sen: «Albatta, men o`zimga Robbimdan ochiq-oydin hujjatlar kelgan paytda siz iltijo etayotgan narsalarga ibodat qilishdan qaytarilganman va olamlarning Robbiga taslim bo`lishga amr etildim», deb ayt.
67
هُوَ ٱلَّذِى خَلَقَكُم مِّن تُرَابٍ ثُمَّ مِن نُّطْفَةٍ ثُمَّ مِنْ عَلَقَةٍ ثُمَّ يُخْرِجُكُمْ طِفْلًا ثُمَّ لِتَبْلُغُوٓاْ أَشُدَّكُمْ ثُمَّ لِتَكُونُواْ شُيُوخًا ​ۚ وَمِنكُم مَّن يُتَوَفَّىٰ مِن قَبْلُ ​ۖ وَلِتَبْلُغُوٓاْ أَجَلًا مُّسَمًّى وَلَعَلَّكُمْ تَعْقِلُونَ‮٦٧‬‬‬
Sodiq
U sizni tuproqdan, so`ngra nutfadan, so`ngra (yopishqoq) laxta qondan yaratgan Zotdir. So`ngra U sizni buvak holingizda chiqarur. So`ngra kamolga yetishingiz uchun, so`ngra qari bo`lishingiz uchun (ulg`aytirur). Sizning ichingizda undan oldin vafot etadiganlar ham bo`lur. (Bular) belgilangan ajalga yetishingiz uchundir. Shoyadki, aql yuritsangiz.[1]

[1] Bu oyatda kibrga ketib, o`zini unutgan, Allohni — xoliqini tan olmay qo`ygan insonga asli, ojizligi eslatilmoqda. Ya'ni, ey odamlar, sizning ayrimlaringiz kamolga yoki qarilikka yetishdan oldin vafot etib ketadi. Har lahzada tushayotgan homilalar, o`layotgan bolalar, yoshlar buning dalilidir. Har bir inson uchun belgilab qo`yilgan ajal bor. Ana o`sha ajalga yetguncha yashaydi. Bu ham Alloh taoloning ishidir. Shoyadki ushbu haqiqatlar ustida aql yuritib, kim ekaningizni anglab, Robbingizga ibodat qilsangiz.)
68
هُوَ ٱلَّذِى يُحْىِۦ وَيُمِيتُ ​ۖ فَإِذَا قَضَىٰٓ أَمْرًا فَإِنَّمَا يَقُولُ لَهُۥ كُن فَيَكُونُ‮٦٨‬‬‬
Sodiq
U zot tiriltirur va o`ldirur. Qachonki biror ishni xohlasa, «Bo`l!» der va u bo`lur.
69
أَلَمْ تَرَ إِلَى ٱلَّذِينَ يُجَٰدِلُونَ فِىٓ ءَايَٰتِ ٱللَّهِ أَنَّىٰ يُصْرَفُونَ‮٦٩‬‬‬
Sodiq
Allohning oyatlari haqida talashib-tortishadiganlarni ko`rmaysanmi?! Qayoqqa burilib ketmoqdalar?!
70
ٱلَّذِينَ كَذَّبُواْ بِٱلْكِتَٰبِ وَبِمَآ أَرْسَلْنَا بِهِۦ رُسُلَنَا ​ۖ فَسَوْفَ يَعْلَمُونَ‮٧٠‬‬‬
Sodiq
Kitobni va Biz Payg`ambarlarimiz ila yuborgan narsani yolg`onga chiqarganlar tezda bilurlar.
71
إِذِ ٱلْأَغْلَٰلُ فِىٓ أَعْنَٰقِهِمْ وَٱلسَّلَٰسِلُ يُسْحَبُونَ‮٧١‬‬‬
Sodiq
O`shanda ular bo`yinlarida kishanlar va zanjirlar ila tortilurlar.
72
فِى ٱلْحَمِيمِ ثُمَّ فِى ٱلنَّارِ يُسْجَرُونَ‮٧٢‬‬‬
Sodiq
O`ta qaynoq suvga, so`ngra olovda kuydirilurlar.
73
ثُمَّ قِيلَ لَهُمْ أَيْنَ مَا كُنتُمْ تُشْرِكُونَ‮٧٣‬‬‬
Sodiq
So`ngra ularga: «Shirk keltirib yurgan narsalaringiz qani.
74
مِن دُونِ ٱللَّهِ ​ۖ قَالُواْ ضَلُّواْ عَنَّا بَل لَّمْ نَكُن نَّدْعُواْ مِن قَبْلُ شَيْـًٔا ​ۚ كَذَٰلِكَ يُضِلُّ ٱللَّهُ ٱلْكَٰفِرِينَ‮٧٤‬‬‬
Sodiq
Allohdan o`zga?!» – deyildi. Ular: «Bizdan yo`qolib qoldilar. Yo`q. Oldin hech narsaga iltijo qilmagan edik», dedilar. Alloh kofirlarni shunday qilib zalolatga ketkazur.[1]

[1] Siz shunchalar azob uqubatlarga duchor bo`lyapsiz. Qutqaradi, deb u dunyoda Allohdan o`zga narsalarga ibodat qilgan edingiz. Allohga sherik qilgan o`sha narsalaringiz endi qani? Nima uchun ular kelib, sizlarni qutqarib olmayaptilar? deb so`raladi. Ular avval haqiqatni — soxta xudolarining o`zlaridan yo`qolib qolganlarini, azobdan saqlab qola olmayotganlarini tan olib turib, keyin tona boshladilar. Yo`q-yo`q, biz oldin hech kimni shirk keltirmagan edik, deyishga o`tdilar.)
75
ذَٰلِكُم بِمَا كُنتُمْ تَفْرَحُونَ فِى ٱلْأَرْضِ بِغَيْرِ ٱلْحَقِّ وَبِمَا كُنتُمْ تَمْرَحُونَ‮٧٥‬‬‬
Sodiq
Mana shular yer yuzida nohaqdan shodlanib yurganingiz va kibru havoga berilib yurganingiz uchundir.
76
ٱدْخُلُوٓاْ أَبْوَٰبَ جَهَنَّمَ خَٰلِدِينَ فِيهَا ​ۖ فَبِئْسَ مَثْوَى ٱلْمُتَكَبِّرِينَ‮٧٦‬‬‬
Sodiq
Jahannam eshiklaridan unda abadiy qolguvchi bo`lgan holingizda kiringlar. Mutakabbirlarning joyi naqadar yomon!
77
فَٱصْبِرْ إِنَّ وَعْدَ ٱللَّهِ حَقٌّ ​ۚ فَإِمَّا نُرِيَنَّكَ بَعْضَ ٱلَّذِى نَعِدُهُمْ أَوْ نَتَوَفَّيَنَّكَ فَإِلَيْنَا يُرْجَعُونَ‮٧٧‬‬‬
Sodiq
Bas, sabr qil. Albatta, Allohning va'dasi haqdir. Endi Biz yoki senga ularga va'da qilgan narsalarimizning ba'zilarini ko`rsaturmiz yoki seni vafot ettirurmiz. Bas, Bizgagina qaytarilurlar.
78
وَلَقَدْ أَرْسَلْنَا رُسُلًا مِّن قَبْلِكَ مِنْهُم مَّن قَصَصْنَا عَلَيْكَ وَمِنْهُم مَّن لَّمْ نَقْصُصْ عَلَيْكَ ​ۗ وَمَا كَانَ لِرَسُولٍ أَن يَأْتِىَ بِـَٔايَةٍ إِلَّا بِإِذْنِ ٱللَّهِ ​ۚ فَإِذَا جَآءَ أَمْرُ ٱللَّهِ قُضِىَ بِٱلْحَقِّ وَخَسِرَ هُنَالِكَ ٱلْمُبْطِلُونَ‮٧٨‬‬‬
Sodiq
Batahqiq, Biz sendan oldin ham Payg`ambarlar yuborganmiz. Ulardan kimningdir qissasini senga aytdik va ulardan kimningdir qissasini senga aytmadik. Hech Payg`ambar Allohning iznisiz oyat (mo`'jiza) keltirgan emas. Bas, qachonki Allohning amri kelganida, haq ila hukm chiqarilur va o`shanda botil ish qilib yurguvchilar ziyon torturlar.[1]

[1] Alloh taolo Qur'oni Karimda Payg`ambarimiz Muhammad alayhissalotu vassalomga va u zotning ummatlariga o`tgan payg`ambarlardan yigirma to`rttasining qissasini aytgan. O`sha qissalarning hammasi bilan tanishib chiqildi. Ularning hammasida kofirlar tomonidan payg`ambarlarga alayhimussalom) va mo`minlarga turli ozorlar berilgani, azob-uqubatlar yog`dirilgani haqida turli ma'lumotlarga ega ham bo`lindi. Yana Qur'oni Karimda qanchadan-qancha qissalari kelmagan payg`ambarlar alayhimussalom) o`tgan bo`lib, ular ham qiyinchilik, ozor va mashaqqatlarga duchor bo`lganlar. Payg`ambarlar o`z hollaricha odamlarga mo`'jiza ko`rsatib, ularni lol qoldirishga uringan emas. Chunki bu ularning ishi emas. Ularning ishi Allohning ta'limotlarini xalqqa yetkazishdir. Mo`'jiza ko`rsatish esa, Allohga xos ishdir. U zot O`zi xohlagan vaqtida, O`zi xohlagan payg`ambariga mo`'jizani va uni ko`rsatish iznini beradi. Boshqa vaqtlarda payg`ambarlar mo`'jiza ko`rsatish haqida tashvish qilishlari kerak emas.)
79
ٱللَّهُ ٱلَّذِى جَعَلَ لَكُمُ ٱلْأَنْعَٰمَ لِتَرْكَبُواْ مِنْهَا وَمِنْهَا تَأْكُلُونَ‮٧٩‬‬‬
Sodiq
Alloh sizlarga chorva hayvonlarini ulardan ba'zilarini minishingiz uchun yaratdi. Ulardan ba'zilarini yersizlar.
80
وَلَكُمْ فِيهَا مَنَٰفِعُ وَلِتَبْلُغُواْ عَلَيْهَا حَاجَةً فِى صُدُورِكُمْ وَعَلَيْهَا وَعَلَى ٱلْفُلْكِ تُحْمَلُونَ‮٨٠‬‬‬
Sodiq
Siz uchun ularda manfaatlar bor. Va ular ustida dillaringizdagi hojatlarga yetishishingiz uchundir. Ularda va kemalarda tashilursiz.
81
وَيُرِيكُمْ ءَايَٰتِهِۦ فَأَىَّ ءَايَٰتِ ٱللَّهِ تُنكِرُونَ‮٨١‬‬‬
Sodiq
Va U zot sizlarga O`z oyat(belgi)larini ko`rsatur. Bas, Allohning qaysi oyat(belgi)larini inkor qilursizlar?!
82
أَفَلَمْ يَسِيرُواْ فِى ٱلْأَرْضِ فَيَنظُرُواْ كَيْفَ كَانَ عَٰقِبَةُ ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ ​ۚ كَانُوٓاْ أَكْثَرَ مِنْهُمْ وَأَشَدَّ قُوَّةً وَءَاثَارًا فِى ٱلْأَرْضِ فَمَآ أَغْنَىٰ عَنْهُم مَّا كَانُواْ يَكْسِبُونَ‮٨٢‬‬‬
Sodiq
Axir, ular yer yuzida yurib, o`zlaridan oldingilarning oqibati qanday bo`lganiga nazar solmaydilarmi?! Holbuki, o`shalar bulardan ko`ra quvvatliroq va yer yuzida asarlari ko`proq bo`lgan edilar. Bas, ularga kasb qilgan narsalari asqotmadi.
83
فَلَمَّا جَآءَتْهُمْ رُسُلُهُم بِٱلْبَيِّنَٰتِ فَرِحُواْ بِمَا عِندَهُم مِّنَ ٱلْعِلْمِ وَحَاقَ بِهِم مَّا كَانُواْ بِهِۦ يَسْتَهْزِءُونَ‮٨٣‬‬‬
Sodiq
Qachonki ularga Payg`ambarlari ochiq-oydin hujjatlar bilan kelganlarida, ular o`zlaridagi ilm bilan maqtandilar. Va ularni o`zlari istehzo qilgan narsa o`rab oldi.
84
فَلَمَّا رَأَوْاْ بَأْسَنَا قَالُوٓاْ ءَامَنَّا بِٱللَّهِ وَحْدَهُۥ وَكَفَرْنَا بِمَا كُنَّا بِهِۦ مُشْرِكِينَ‮٨٤‬‬‬
Sodiq
Qachonki azobimizni ko`rganlarida: «Biz Allohning yolg`iz O`ziga iymon keltirdik va Unga sherik qilgan narsalarimizga kufr keltirdik», dedilar.
85
فَلَمْ يَكُ يَنفَعُهُمْ إِيمَٰنُهُمْ لَمَّا رَأَوْاْ بَأْسَنَا ​ۖ سُنَّتَ ٱللَّهِ ٱلَّتِى قَدْ خَلَتْ فِى عِبَادِهِۦ ​ۖ وَخَسِرَ هُنَالِكَ ٱلْكَٰفِرُونَ‮٨٥‬‬‬
Sodiq
Bizning azobimizni ko`rganlaridagi iymonlari ularga manfaat bera olmas edi. Allohning bandalariga joriy bo`lib kelgan sunnati shu. Ana o`shanda kofirlar ziyon ko`rdilar.[1]

[1] Alloh taoloning joriy etgan sunnati — qoidasi bo`yicha, azobni ko`rganidan keyin qilingan tavba, keltirilgan iymon qabul etilmas. Fursatning borida iymon keltirib, amal qilib qolish kerak.)