Sura 43

Zuxruf

M

Zeb-ziynat

89 oyat |MakkaMakka |
Sura 43 • Oyat 1 / 89 • Juz 254⁄8 • Sahifa 489
Zuxruf
2
1
حمٓ‮١‬‬‬
Sodiq
Haa. Miym.
2
وَٱلْكِتَٰبِ ٱلْمُبِينِ‮٢‬‬‬
Sodiq
Ochiq-oydin kitob ila qasam.
3
إِنَّا جَعَلْنَٰهُ قُرْءَٰنًا عَرَبِيًّا لَّعَلَّكُمْ تَعْقِلُونَ‮٣‬‬‬
Sodiq
Albatta, Biz uni arabcha Qur'on qildik. Shoyadki, aql yuritsangiz.
4
وَإِنَّهُۥ فِىٓ أُمِّ ٱلْكِتَٰبِ لَدَيْنَا لَعَلِىٌّ حَكِيمٌ‮٤‬‬‬
Sodiq
Albatta, u huzurimizdagi ona kitobdadir, u oliydir, hikmatlidir.[1]

[1] Ulamolarimiz, «ona kitob»dan murod Lavhul Mahfuz, deganlar. Demak, Qur'oni Karim Alloh taoloning huzuridagi Lavhul Mahfuzda saqlangan. Bu esa, uni Alloh taolo naqadar zo`r qadrlaganini ko`rsatadi.)
5
أَفَنَضْرِبُ عَنكُمُ ٱلذِّكْرَ صَفْحًا أَن كُنتُمْ قَوْمًا مُّسْرِفِينَ‮٥‬‬‬
Sodiq
Nahotki, siz isrofchi qavm bo`lganingiz uchun sizdan yuz o`girib, zikr(eslatma)ni burib yuborsak?![1]

[1] Ya'ni, Qur'onni bular qabul qilmas ekan, mayli, yuraversinlar, deb uni boshqalarga tomon burib yuborsak bo`ladimi?! Yo`q, Bizning odatimiz bunday emas. Asl odatimizni bilish uchun o`tgan Payg`ambar va ummatlarning holiga bir nazar soling!)
6
وَكَمْ أَرْسَلْنَا مِن نَّبِىٍّ فِى ٱلْأَوَّلِينَ‮٦‬‬‬
Sodiq
Avvalgilarga qanchadan-qancha Payg`ambarlar yubordik.
7
وَمَا يَأْتِيهِم مِّن نَّبِىٍّ إِلَّا كَانُواْ بِهِۦ يَسْتَهْزِءُونَ‮٧‬‬‬
Sodiq
Ular o`zlariga kelgan har bir Payg`ambarni albatta istehzo qilganlar.
8
فَأَهْلَكْنَآ أَشَدَّ مِنْهُم بَطْشًا وَمَضَىٰ مَثَلُ ٱلْأَوَّلِينَ‮٨‬‬‬
Sodiq
Bas, Biz ulardan ko`ra kuchliroqlarni halok qilganmiz. Avvalgilarning misoli (zikr bo`lib) o`tdi.
9
وَلَئِن سَأَلْتَهُم مَّنْ خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ لَيَقُولُنَّ خَلَقَهُنَّ ٱلْعَزِيزُ ٱلْعَلِيمُ‮٩‬‬‬
Sodiq
Ulardan: «Osmonlaru yerni kim yaratgan!» – deb so`rasang, albatta: «Ularni aziyz va o`ta ilmli zot yaratgan», derlar.
10
ٱلَّذِى جَعَلَ لَكُمُ ٱلْأَرْضَ مَهْدًا وَجَعَلَ لَكُمْ فِيهَا سُبُلًا لَّعَلَّكُمْ تَهْتَدُونَ‮١٠‬‬‬
Sodiq
U zot sizga yerni beshik qilib berdi va sizga unda yo`llar qilib qo`ydi. Shoyadki, hidoyat topsangiz.[1]

[1] Alloh sizga Yerni chaqaloqning beshigidek qulay qilib, Yer yuzida yo`llar ham yaratib qo`ydi. Shoyadki, bu haqiqatlarni tushunib, insofga kelib hidoyat yo`liga yursangiz.)
11
وَٱلَّذِى نَزَّلَ مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءً​ۢ بِقَدَرٍ فَأَنشَرْنَا بِهِۦ بَلْدَةً مَّيْتًا ​ۚ كَذَٰلِكَ تُخْرَجُونَ‮١١‬‬‬
Sodiq
U zot osmondan o`lchov ila suv tushirdi. Bas, biz u(suv) ila o`lik yurtni tiriltirdik. Siz ham shunga o`xshash chiqarilursiz.
12
وَٱلَّذِى خَلَقَ ٱلْأَزْوَٰجَ كُلَّهَا وَجَعَلَ لَكُم مِّنَ ٱلْفُلْكِ وَٱلْأَنْعَٰمِ مَا تَرْكَبُونَ‮١٢‬‬‬
Sodiq
U zot barcha juftlarni yaratgan va sizga kemalar hamda chorva hayvonlaridan minadigan narsalaringizni qildi.
13
لِتَسْتَوُۥاْ عَلَىٰ ظُهُورِهِۦ ثُمَّ تَذْكُرُواْ نِعْمَةَ رَبِّكُمْ إِذَا ٱسْتَوَيْتُمْ عَلَيْهِ وَتَقُولُواْ سُبْحَٰنَ ٱلَّذِى سَخَّرَ لَنَا هَٰذَا وَمَا كُنَّا لَهُۥ مُقْرِنِينَ‮١٣‬‬‬
Sodiq
Toki, siz ularning ustiga o`rnashgaysizlar, so`ngra, ularning ustiga o`rnashib olgach, Robbingiz ne'matini eslab: «Bizga buni bo`ysundirgan Zot pokdir. Biz bunga qodir emas edik.
14
وَإِنَّآ إِلَىٰ رَبِّنَا لَمُنقَلِبُونَ‮١٤‬‬‬
Sodiq
Va, albatta, biz Robbimizga qaytguvchilardirmiz», degaysiz.[1]

[1] Inson markabga minganda allaqanday bir ko`tarinkilik, g`urur va manmanlik paydo bo`lganini sezadi. Ana shunda unga markab minish imkonini bergan Zotni eslasa va shu oyatdagi duoni o`qisa, hamma narsa o`rniga tushadi. Imom Muslim rivoyat qilgan hadisda quyidagilar aytiladi «Rasululloh alayhissalotu vassalom qachon safarga chiqib ulovga minsalar, uch marta «Alloh akbar», deb takbir aytar va quyidagilarni o`qir edilar «Bizga buni bo`ysundirgan Zot pokdir. Biz bunga qodir emas edik. Va, albatta, biz Robbimizga qaytguvchilardirmiz». Yo Alloh! Biz sendan bu safarimizda yaxshilik va taqvoni, O`zing rozi bo`ladigan amallarni so`raymiz. Yo Alloh! O`zing bizga bu safarimizni oson qilgin. Uning uzog`ini yaqin qilgin. Yo Alloh! Sening O`zing safardagi sohibsan. Ahli ayoldagi xalifasan. Yo Alloh! Men sendan safar qiyinchiliklaridan, turli yomonliklardan, molu mulk va ahli ayolning yomonlikka yuz tutishidan panoh so`rayman».)
15
وَجَعَلُواْ لَهُۥ مِنْ عِبَادِهِۦ جُزْءًا ​ۚ إِنَّ ٱلْإِنسَٰنَ لَكَفُورٌ مُّبِينٌ‮١٥‬‬‬
Sodiq
Ular bandalaridan Unga bo`lak (hukm) qildilar. Albatta, inson ochiq-oydin noshukrdir.[1]

[1] Allohga Uning bandalaridan bo`lmish farishtalarni U zotning bo`lagi-farzandi deb hukm qildilar.)
16
أَمِ ٱتَّخَذَ مِمَّا يَخْلُقُ بَنَاتٍ وَأَصْفَىٰكُم بِٱلْبَنِينَ‮١٦‬‬‬
Sodiq
Yoki U zot O`zi yaratadigan narsadan qizlar tutib, sizlarni o`g`illar ila siyladimi?
17
وَإِذَا بُشِّرَ أَحَدُهُم بِمَا ضَرَبَ لِلرَّحْمَٰنِ مَثَلًا ظَلَّ وَجْهُهُۥ مُسْوَدًّا وَهُوَ كَظِيمٌ‮١٧‬‬‬
Sodiq
Qachonki ulardan birortasiga, Rohmanga misol keltirgan narsaning xushxabari berilsa, g`azabga to`lib, yuzi qorayib ketur.
18
أَوَمَن يُنَشَّؤُاْ فِى ٱلْحِلْيَةِ وَهُوَ فِى ٱلْخِصَامِ غَيْرُ مُبِينٍ‮١٨‬‬‬
Sodiq
Zebu ziynat ichida o`stiriladigan va xusumat paytida ochiq-oydin bo`la olmaydigan kimsanimi?![1]

[1] Bu oyatlarda mushriklarning, farishtalar Allohning qizi, degan e'tiqodlariga rad kelmoqda.)
19
وَجَعَلُواْ ٱلْمَلَٰٓئِكَةَ ٱلَّذِينَ هُمْ عِبَٰدُ ٱلرَّحْمَٰنِ إِنَٰثًا ​ۚ أَشَهِدُواْ خَلْقَهُمْ ​ۚ سَتُكْتَبُ شَهَٰدَتُهُمْ وَيُسْـَٔلُونَ‮١٩‬‬‬
Sodiq
Ular Rohmanning bandalari bo`lmish farishtalarni ayollar hisobladilar. Yoki ularning yaratilishiga guvoh bo`ldilarmi?! Albatta, bu guvohliklari yozilur va so`roqqa tutilurlar!
20
وَقَالُواْ لَوْ شَآءَ ٱلرَّحْمَٰنُ مَا عَبَدْنَٰهُم ​ۗ مَّا لَهُم بِذَٰلِكَ مِنْ عِلْمٍ ​ۖ إِنْ هُمْ إِلَّا يَخْرُصُونَ‮٢٠‬‬‬
Sodiq
Ular: «Agar Rohman xohlaganida, biz ularga ibodat qilmas edik», dedilar. Ularda bu haqda hech bir ilm yo`q. Ular faqat aljiramoqdalar, xolos.
21
أَمْ ءَاتَيْنَٰهُمْ كِتَٰبًا مِّن قَبْلِهِۦ فَهُم بِهِۦ مُسْتَمْسِكُونَ‮٢١‬‬‬
Sodiq
Yoki Biz ularga u(Qur'on)dan oldin bir kitob berganmiz-u, ular uni mahkam tutuvchilarmi?!
22
بَلْ قَالُوٓاْ إِنَّا وَجَدْنَآ ءَابَآءَنَا عَلَىٰٓ أُمَّةٍ وَإِنَّا عَلَىٰٓ ءَاثَٰرِهِم مُّهْتَدُونَ‮٢٢‬‬‬
Sodiq
Yo`q! Ular: «Biz ota-bobolarimizni bir dinda topdikki, albatta, biz ularning izlaridan (ergashib) hidoyat topguvchidirmiz», dedilar.
23
وَكَذَٰلِكَ مَآ أَرْسَلْنَا مِن قَبْلِكَ فِى قَرْيَةٍ مِّن نَّذِيرٍ إِلَّا قَالَ مُتْرَفُوهَآ إِنَّا وَجَدْنَآ ءَابَآءَنَا عَلَىٰٓ أُمَّةٍ وَإِنَّا عَلَىٰٓ ءَاثَٰرِهِم مُّقْتَدُونَ‮٢٣‬‬‬
Sodiq
Xuddi shuningdek, Biz sendan ilgari ham qaysi bir qishloq-shaharga ogohlantirguvchi yuborsak, albatta, uning zodagonlari: «Ta'kidki, biz ota-bobolarimizni bir dinda topdik va, albatta, biz ularning izlaridan ergashguvchilardirmiz», dedilar.
24
۞قَٰلَ أَوَلَوْ جِئْتُكُم بِأَهْدَىٰ مِمَّا وَجَدتُّمْ عَلَيْهِ ءَابَآءَكُمْ ​ۖ قَالُوٓاْ إِنَّا بِمَآ أُرْسِلْتُم بِهِۦ كَٰفِرُونَ‮٢٤‬‬‬
Sodiq
U (ogohlantiruvchi): «Agar men sizga siz ota-bobongizni ustida topgan narsangizdan ham hidoyatliroqni keltirgan bo`lsam ham-a?!» – dedi. Ular: «Biz sen ila yuborilgan narsaga kofirdirmiz», dedilar.
25
فَٱنتَقَمْنَا مِنْهُمْ ​ۖ فَٱنظُرْ كَيْفَ كَانَ عَٰقِبَةُ ٱلْمُكَذِّبِينَ‮٢٥‬‬‬
Sodiq
Bas, Biz ulardan intiqom oldik. Endi nazar sol. (Payg`ambarlarni) yolg`onchi qilguvchilarning oqibati qanday bo`ldi?!
26
وَإِذْ قَالَ إِبْرَٰهِيمُ لِأَبِيهِ وَقَوْمِهِۦٓ إِنَّنِى بَرَآءٌ مِّمَّا تَعْبُدُونَ‮٢٦‬‬‬
Sodiq
Esla, Ibrohim otasiga va qavmiga: «Men, albatta, siz ibodat qilayotgan narsadan voz kechguvchiman.
27
إِلَّا ٱلَّذِى فَطَرَنِى فَإِنَّهُۥ سَيَهْدِينِ‮٢٧‬‬‬
Sodiq
Magar meni yaratgan Zotdangina (voz kechmasman). Albatta, U zot meni hidoyat qilur», degan edi.
28
وَجَعَلَهَا كَلِمَةً​ۢ بَاقِيَةً فِى عَقِبِهِۦ لَعَلَّهُمْ يَرْجِعُونَ‮٢٨‬‬‬
Sodiq
Va bu (so`z)ni u o`z ortidan zurriyotiga boqiy qolguvchi qildi. Shoyadki (iymonga) qaytsalar.[1]

[1] Ya'ni, Ibrohim alayhissalom Allohdan o`zga hech bir ilohga ibodat qilmaslik haqidagi so`zni, boshqacha aytganda, «La ilaha illalloh»ni o`zidan keyin keladigan zurriyotlari ichida boqiy qoladigan qildi. Shoyadki, zurriyotlari kufr va shirkdan iymonga qaytsalar.)
29
بَلْ مَتَّعْتُ هَٰٓؤُلَآءِ وَءَابَآءَهُمْ حَتَّىٰ جَآءَهُمُ ٱلْحَقُّ وَرَسُولٌ مُّبِينٌ‮٢٩‬‬‬
Sodiq
Men esa, anavilarni va ularning ota-bobolarini, to ularga haq hamda ochiq-oydin Payg`ambar kelguncha foydalantirdim.
30
وَلَمَّا جَآءَهُمُ ٱلْحَقُّ قَالُواْ هَٰذَا سِحْرٌ وَإِنَّا بِهِۦ كَٰفِرُونَ‮٣٠‬‬‬
Sodiq
Qachonki ularga haq kelganida, ular: «Bu sehrdir va, albatta, biz bunga kofirdirmiz», dedilar.
31
وَقَالُواْ لَوْلَا نُزِّلَ هَٰذَا ٱلْقُرْءَانُ عَلَىٰ رَجُلٍ مِّنَ ٱلْقَرْيَتَيْنِ عَظِيمٍ‮٣١‬‬‬
Sodiq
Ular: «Ushbu Qur'on ikki shahardan (birida) bo`lgan ulug` kishiga nozil qilinganida edi», dedilar.[1]

[1] Ularning johiliy o`lchovlari bo`yicha molu dunyosi ko`p, mansabi, hukmi va sultoni bor odam «ulug` kishi» deb e'tirof etilardi. Ana shunday odam payg`ambar bo`lishga loyiq edi. O`sha paytda mushriklarning bu maqomga nomzodlari ham bor edi. Makkada al-Valid ibn Mug`iyra, Toifda Urvatu ibn Mas'ud as-Saqafiy ismli odamlar bo`lib, mushriklar ana shulardan biri payg`ambar bo`lsa arziydi, degan fikrda edilar.)
32
أَهُمْ يَقْسِمُونَ رَحْمَتَ رَبِّكَ ​ۚ نَحْنُ قَسَمْنَا بَيْنَهُم مَّعِيشَتَهُمْ فِى ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا ​ۚ وَرَفَعْنَا بَعْضَهُمْ فَوْقَ بَعْضٍ دَرَجَٰتٍ لِّيَتَّخِذَ بَعْضُهُم بَعْضًا سُخْرِيًّا ​ۗ وَرَحْمَتُ رَبِّكَ خَيْرٌ مِّمَّا يَجْمَعُونَ‮٣٢‬‬‬
Sodiq
Yoki ular Robbingning rahmatini taqsimlaydilarmi? Biz hayoti dunyoda ularning oralarida maishatlarini taqsimladik va ba'zilari ba'zilarini xizmatkor qilib olishlari uchun ayrimlarining darajalarini ayrimlaridan ustun qilib qo`yganmiz. Robbingning rahmati ular jamlaydigan narsadan yaxshidir.
33
وَلَوْلَآ أَن يَكُونَ ٱلنَّاسُ أُمَّةً وَٰحِدَةً لَّجَعَلْنَا لِمَن يَكْفُرُ بِٱلرَّحْمَٰنِ لِبُيُوتِهِمْ سُقُفًا مِّن فِضَّةٍ وَمَعَارِجَ عَلَيْهَا يَظْهَرُونَ‮٣٣‬‬‬
Sodiq
Agar odamlar bir millat bo`lib qolishlari (xavfi) bo`lmaganda, albatta, Biz Rohmanga kufr keltiradiganlarning uylari shiftini va unga chiqadigan narvonlarini kumushdan qilib qo`yar edik.
34
وَلِبُيُوتِهِمْ أَبْوَٰبًا وَسُرُرًا عَلَيْهَا يَتَّكِـُٔونَ‮٣٤‬‬‬
Sodiq
Va uylarining eshiklarini ham, ustida yonboshlab yotadigan so`rilarini ham.
35
وَزُخْرُفًا ​ۚ وَإِن كُلُّ ذَٰلِكَ لَمَّا مَتَٰعُ ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا ​ۚ وَٱلْـَٔاخِرَةُ عِندَ رَبِّكَ لِلْمُتَّقِينَ‮٣٥‬‬‬
Sodiq
Va zebu ziynatu bezaklarni ham. Bularning hammasi hayoti dunyoning matohidan boshqa narsa emas. Oxirat esa, Robbing nazdida taqvodorlar uchundir.
36
وَمَن يَعْشُ عَن ذِكْرِ ٱلرَّحْمَٰنِ نُقَيِّضْ لَهُۥ شَيْطَٰنًا فَهُوَ لَهُۥ قَرِينٌ‮٣٦‬‬‬
Sodiq
Kim Rohmanning eslatmasidan shabko`r bo`lib olsa, Biz unga shaytonni yaqin qilib qo`yurmiz, bas, u unga doimiy hamroh bo`lur.
37
وَإِنَّهُمْ لَيَصُدُّونَهُمْ عَنِ ٱلسَّبِيلِ وَيَحْسَبُونَ أَنَّهُم مُّهْتَدُونَ‮٣٧‬‬‬
Sodiq
Albatta, u(shayton)lar yo`ldan to`surlar va ular o`zlarini shak-shubhasiz hidoyat topguvchilardek hisoblaydilar.
38
حَتَّىٰٓ إِذَا جَآءَنَا قَالَ يَٰلَيْتَ بَيْنِى وَبَيْنَكَ بُعْدَ ٱلْمَشْرِقَيْنِ فَبِئْسَ ٱلْقَرِينُ‮٣٨‬‬‬
Sodiq
Toki, huzurimizga kelganda: «Qani endi men bilan sening orang mag`rib ila mashriqchalik uzoq bo`lsa edi. Bas, sen naqadar yomon hamrohsan», der.[1]

[1] Allohning zikridan shabko`r bo`lib olgan g`aflatda yura-yura, bir kuni qiyomat qo`pib «huzurimizga kelganda», haqiqatni anglaydi hamma balo shayton bilan yaqinligi natijasi ekanligini tushunib yetadi.)
39
وَلَن يَنفَعَكُمُ ٱلْيَوْمَ إِذ ظَّلَمْتُمْ أَنَّكُمْ فِى ٱلْعَذَابِ مُشْتَرِكُونَ‮٣٩‬‬‬
Sodiq
Zulm qilganingiz uchun bugungi kunda azobga sherik bo`lishingiz ham hech foyda bermas.
40
أَفَأَنتَ تُسْمِعُ ٱلصُّمَّ أَوْ تَهْدِى ٱلْعُمْىَ وَمَن كَانَ فِى ضَلَٰلٍ مُّبِينٍ‮٤٠‬‬‬
Sodiq
Sen karlarga eshittira olarmiding yoki ko`rlarni va ochiq-oydin zalolatda bo`lgan kimsalarni hidoyatga sola olarmiding?!
41
فَإِمَّا نَذْهَبَنَّ بِكَ فَإِنَّا مِنْهُم مُّنتَقِمُونَ‮٤١‬‬‬
Sodiq
Agar seni ketkazsak ham, albatta, Biz ulardan intiqom olurmiz.
42
أَوْ نُرِيَنَّكَ ٱلَّذِى وَعَدْنَٰهُمْ فَإِنَّا عَلَيْهِم مُّقْتَدِرُونَ‮٤٢‬‬‬
Sodiq
Yoki Biz ularga va'da qilingan narsani senga ko`rsaturmiz. Bas, albatta, Biz ularga (azob berishga) qodirmiz.
43
فَٱسْتَمْسِكْ بِٱلَّذِىٓ أُوحِىَ إِلَيْكَ ​ۖ إِنَّكَ عَلَىٰ صِرَٰطٍ مُّسْتَقِيمٍ‮٤٣‬‬‬
Sodiq
Bas, o`zingga vahiy qilingan narsani mahkam tut! Albatta, sen to`g`ri yo`ldasan.
44
وَإِنَّهُۥ لَذِكْرٌ لَّكَ وَلِقَوْمِكَ ​ۖ وَسَوْفَ تُسْـَٔلُونَ‮٤٤‬‬‬
Sodiq
Albatta, u(Qur'on) senga ham, qavmingga ham sharafdir. Va, albatta, so`ralursizlar.
45
وَسْـَٔلْ مَنْ أَرْسَلْنَا مِن قَبْلِكَ مِن رُّسُلِنَآ أَجَعَلْنَا مِن دُونِ ٱلرَّحْمَٰنِ ءَالِهَةً يُعْبَدُونَ‮٤٥‬‬‬
Sodiq
Sendan oldin Biz yuborgan Payg`ambarlarimizdan so`ra: Rohmandan boshqa ibodat qilinadigan ilohlar qilgan ekanmizmi?![1]

[1] Dunyo tarixida hech bir payg`ambar Allohdan boshqaga ibodat etishga chaqirgan emas. Dunyoda hech bir payg`ambar Allohdan boshqa ilohga ibodat qilgan ham emas. Dunyoda o`tgan hamma payg`ambarlar faqat Rohman sifatli Alloh taologagina ibodat qilganlar va odamlarni ham faqat Allohning O`zigagina ibodat qilishga chaqirganlar.)
46
وَلَقَدْ أَرْسَلْنَا مُوسَىٰ بِـَٔايَٰتِنَآ إِلَىٰ فِرْعَوْنَ وَمَلَإِيْهِۦ فَقَالَ إِنِّى رَسُولُ رَبِّ ٱلْعَٰلَمِينَ‮٤٦‬‬‬
Sodiq
Batahqiq, Biz Musoni O`z oyat(mo`'jiza)larimiz ila Fir'avnga va uning a'yonlariga yubordik. Bas, u: «Albatta, men olamlar Robbining Payg`ambaridirman», dedi.
47
فَلَمَّا جَآءَهُم بِـَٔايَٰتِنَآ إِذَا هُم مِّنْهَا يَضْحَكُونَ‮٤٧‬‬‬
Sodiq
Bas, qachonki u ularga oyat (mo`'jiza)larimizni keltirganda, ular banogoh u(mo`'jiza)lardan kula boshladilar.
48
وَمَا نُرِيهِم مِّنْ ءَايَةٍ إِلَّا هِىَ أَكْبَرُ مِنْ أُخْتِهَا ​ۖ وَأَخَذْنَٰهُم بِٱلْعَذَابِ لَعَلَّهُمْ يَرْجِعُونَ‮٤٨‬‬‬
Sodiq
Biz ularga qaysi bir oyat (mo`'jiza)ni ko`rsatsak ham, albatta, u o`z sherigidan kattaroq bo`lar edi. Shoyad, (xatolaridan) qaytsalar, deb ularni azob-la tutdik.
49
وَقَالُواْ يَٰٓأَيُّهَ ٱلسَّاحِرُ ٱدْعُ لَنَا رَبَّكَ بِمَا عَهِدَ عِندَكَ إِنَّنَا لَمُهْتَدُونَ‮٤٩‬‬‬
Sodiq
Ular: «Ey sehrgar! Senga bergan ahdiga binoan, biz uchun Robbingga duo qil! Albatta, biz hidoyat topguvchilardan bo`lamiz», dedilar.
50
فَلَمَّا كَشَفْنَا عَنْهُمُ ٱلْعَذَابَ إِذَا هُمْ يَنكُثُونَ‮٥٠‬‬‬
Sodiq
Bas, qachonki ulardan azobni aritsang, to`satdan ular (ahdni) buzarlar.
51
وَنَادَىٰ فِرْعَوْنُ فِى قَوْمِهِۦ قَالَ يَٰقَوْمِ أَلَيْسَ لِى مُلْكُ مِصْرَ وَهَٰذِهِ ٱلْأَنْهَٰرُ تَجْرِى مِن تَحْتِىٓ ​ۖ أَفَلَا تُبْصِرُونَ‮٥١‬‬‬
Sodiq
Fir'avn o`z qavmiga: «Ey qavmim! Misr mulki va mana bu ostimdan oqib turgan anhorlar meniki emasmi?! Ko`rmayapsizlarmi?!
52
أَمْ أَنَاْ خَيْرٌ مِّنْ هَٰذَا ٱلَّذِى هُوَ مَهِينٌ وَلَا يَكَادُ يُبِينُ‮٥٢‬‬‬
Sodiq
Men mana bu xor, gapini ochiq bayon qila olmaydigan kimsadan yaxshi emasmanmi?
53
فَلَوْلَآ أُلْقِىَ عَلَيْهِ أَسْوِرَةٌ مِّن ذَهَبٍ أَوْ جَآءَ مَعَهُ ٱلْمَلَٰٓئِكَةُ مُقْتَرِنِينَ‮٥٣‬‬‬
Sodiq
Unga tillodan bo`lgan bilakuzuklar tashlansa yoki u bilan birga farishtalar hamroh bo`lib kelsa bo`lmas edimi?!» – deb nido qildi.
54
فَٱسْتَخَفَّ قَوْمَهُۥ فَأَطَاعُوهُ ​ۚ إِنَّهُمْ كَانُواْ قَوْمًا فَٰسِقِينَ‮٥٤‬‬‬
Sodiq
Bas, u qavmini laqillatdi va ular unga itoat qildilar. Chunki, ular fosiq qavm edilar.
55
فَلَمَّآ ءَاسَفُونَا ٱنتَقَمْنَا مِنْهُمْ فَأَغْرَقْنَٰهُمْ أَجْمَعِينَ‮٥٥‬‬‬
Sodiq
Bas, qachonki ular Bizni darg`azab qilishgach, ulardan intiqom oldik — ularning barchalarini jamlab, g`arq qildik.
56
فَجَعَلْنَٰهُمْ سَلَفًا وَمَثَلًا لِّلْـَٔاخِرِينَ‮٥٦‬‬‬
Sodiq
Bas, ularni o`tmishga aylantirdik va keyingilarga misol qilib qo`ydik.
ﻉ429Juz 25 6⁄8429ﻉ
57
۞وَلَمَّا ضُرِبَ ٱبْنُ مَرْيَمَ مَثَلًا إِذَا قَوْمُكَ مِنْهُ يَصِدُّونَ‮٥٧‬‬‬
Sodiq
Ibn Maryam misol keltirilgan chog`da sening qavming birdan shodlanib qichqirurlar.[1]

[1] Payg`ambarimiz alayhissalotu vassalom Anbiyo surasidagi «Albatta, sizlar va Allohdan o`zga ibodat qilgan narsalaringiz jahannam o`tin-toshidirsiz. Sizlar unga kirguvchidirsiz» oyatini tilovat qilganlarida, Abdulloh ibn az-Zab'ariy at-Tamimiy ismli mushrik «Bu biz va bizning olihalarimiz uchunmi yoki hamma ummatlar uchunmi?» deb so`ragan. Rasululloh alayhissalotu vassalom «U siz uchun hamma ummatlar uchun», dedilar. U «Shubhasiz, endi seni yengdim, Ka'baning Robbiga qasam! Nasorolar Masiyhga, Yahudiylar Uzayrga, Bani Fulon farishtalarga ibodat qilmaydilarmi?! Agar ana o`shalar ham jahannamga tushsalar, bizning va olihalarimizning jahannamda bo`lishiga rozimiz», dedi. Shunda Alloh taolo «Albatta, bizdan ularga oldin go`zal so`z o`tganlar u jahannam)dan uzoqlashtirilgandirlar», oyatini tushirdi. «Ibn Maryam misol keltirilgan choqda sening qavming birdan shodlanib qichqirurlar» oyati bilan o`sha hodisani yodga solmoqda.)
58
وَقَالُوٓاْ ءَأَٰلِهَتُنَا خَيْرٌ أَمْ هُوَ ​ۚ مَا ضَرَبُوهُ لَكَ إِلَّا جَدَلً​ۢا ​ۚ بَلْ هُمْ قَوْمٌ خَصِمُونَ‮٥٨‬‬‬
Sodiq
Ular: «Bizning olihalarimiz yaxshimi yoki umi?» – dedilar. Ular uni senga faqat talashib-tortishish uchungina misol keltirdilar. Zero, ular xusumatchi qavmdirlar.
59
إِنْ هُوَ إِلَّا عَبْدٌ أَنْعَمْنَا عَلَيْهِ وَجَعَلْنَٰهُ مَثَلًا لِّبَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ‮٥٩‬‬‬
Sodiq
U faqat bir bandadir. Biz unga ne'mat berdik va uni Bani Isroilga misol qildik.
60
وَلَوْ نَشَآءُ لَجَعَلْنَا مِنكُم مَّلَٰٓئِكَةً فِى ٱلْأَرْضِ يَخْلُفُونَ‮٦٠‬‬‬
Sodiq
Agar xohlasak, o`rningizga yer yuzida xalifa bo`ladigan farishtalar qilib qo`yar edik.
61
وَإِنَّهُۥ لَعِلْمٌ لِّلسَّاعَةِ فَلَا تَمْتَرُنَّ بِهَا وَٱتَّبِعُونِ ​ۚ هَٰذَا صِرَٰطٌ مُّسْتَقِيمٌ‮٦١‬‬‬
Sodiq
Albatta, u (Iyso) soat(qiyomat) ilmi(belgisi)dir. Bas, siz u (qiyomat) haqida hech shubha qilmang va menga ergashing. Mana shu to`g`ri yo`ldir.[1]

[1] Vaqti kelib Iyso qiyomat kunining belgisi bo`ladi. Uning qayta tushishidan qiyomat juda ham yaqin qolgani bilib olinadi.)
62
وَلَا يَصُدَّنَّكُمُ ٱلشَّيْطَٰنُ ​ۖ إِنَّهُۥ لَكُمْ عَدُوٌّ مُّبِينٌ‮٦٢‬‬‬
Sodiq
Shayton sizni hargiz (to`g`ri yo`ldan) to`smasin. Albatta, u sizga ochiq-oydin dushmandir.
63
وَلَمَّا جَآءَ عِيسَىٰ بِٱلْبَيِّنَٰتِ قَالَ قَدْ جِئْتُكُم بِٱلْحِكْمَةِ وَلِأُبَيِّنَ لَكُم بَعْضَ ٱلَّذِى تَخْتَلِفُونَ فِيهِ ​ۖ فَٱتَّقُواْ ٱللَّهَ وَأَطِيعُونِ‮٦٣‬‬‬
Sodiq
Iyso ochiq-oydin hujjat (mo`'jiza)lar bilan kelgan chog`ida: «Batahqiq, men sizga hikmatni keltirdim va siz ixtilof qilayotgan ba'zi narsalarni bayon qilish uchun keldim. Bas, Allohga taqvo va menga itoat qilinglar.
64
إِنَّ ٱللَّهَ هُوَ رَبِّى وَرَبُّكُمْ فَٱعْبُدُوهُ ​ۚ هَٰذَا صِرَٰطٌ مُّسْتَقِيمٌ‮٦٤‬‬‬
Sodiq
Albatta, Alloh mening ham Robbim, sizning ham Robbingizdir. Bas, Unga ibodat qiling. Mana shu to`g`ri yo`ldir», dedi.[1]

[1] Iyso alayhissalom qavmlariga «Alloh mening Robbim», deganlar. Alloh mening otam, degan emaslar. Demak, Alloh taolo boshqa bandalarga Robb bo`lgani kabi, Iyso alayhissalomga ham Robbdir. Bu haqda boshqa gap behuda.)
65
فَٱخْتَلَفَ ٱلْأَحْزَابُ مِن​ۢ بَيْنِهِمْ ​ۖ فَوَيْلٌ لِّلَّذِينَ ظَلَمُواْ مِنْ عَذَابِ يَوْمٍ أَلِيمٍ‮٦٥‬‬‬
Sodiq
Bas, ularning orasidan firqalar ixtilof qildilar. Zulm qilganlar holiga alamli kun azobidan voy bo`lsin![1]

[1] Iyso alayhissalom Bani Isroilga payg`ambar qilib yuborilgan edilar. U zot Bani Isroilga ularning Muso alayhissalom shariati xususidagi ixtiloflariga barham berish, yagona Allohning ibodatiga chaqirish uchun hikmat ila kelgan edilar. Ammo ular bu chaqiriqqa munosib javob bermadilar. Balki Iyso alayhissalomga qarshi chiqdilar. Turli firqalarga bo`linib olib, hozirgacha ixtilof qilib kelmoqdalar.)
66
هَلْ يَنظُرُونَ إِلَّا ٱلسَّاعَةَ أَن تَأْتِيَهُم بَغْتَةً وَهُمْ لَا يَشْعُرُونَ‮٦٦‬‬‬
Sodiq
Ular faqat o`zlari ham sezmay qolgan holda soat(qiyomat) kelib qolishini kutmoqdalar, xolos.
67
ٱلْأَخِلَّآءُ يَوْمَئِذٍ بَعْضُهُمْ لِبَعْضٍ عَدُوٌّ إِلَّا ٱلْمُتَّقِينَ‮٦٧‬‬‬
Sodiq
O`sha kunda taqvodorlardan boshqa do`stlar bir-birlariga dushmandir.[1]

[1] Qiyomat kuni hamma o`z oqibatini bilgach, garchi bu dunyoda yaqin o`zaro do`st bo`lsa ham, bir-biriga dushmanga aylanadi. Chunki u dunyoda bir-birlarini turli amallarga undagan do`stlarning do`zaxga tushib jazo tortishlari aniq ma'lum bo`lib qoladi. Ana o`shanda, yomon bilan do`st bo`lganiga afsuslanadi.)
68
يَٰعِبَادِ لَا خَوْفٌ عَلَيْكُمُ ٱلْيَوْمَ وَلَآ أَنتُمْ تَحْزَنُونَ‮٦٨‬‬‬
Sodiq
Ey bandalarim! Bugungi kunda sizga xavf yo`q va mahzun ham bo`lmassiz.
69
ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ بِـَٔايَٰتِنَا وَكَانُواْ مُسْلِمِينَ‮٦٩‬‬‬
Sodiq
Oyatlarimizga iymon keltirganlar va musulmon bo`lganlar...
70
ٱدْخُلُواْ ٱلْجَنَّةَ أَنتُمْ وَأَزْوَٰجُكُمْ تُحْبَرُونَ‮٧٠‬‬‬
Sodiq
Jannatga kiringlar, sizlar va juftlaringiz shod bo`lursizlar.
71
يُطَافُ عَلَيْهِم بِصِحَافٍ مِّن ذَهَبٍ وَأَكْوَابٍ ​ۖ وَفِيهَا مَا تَشْتَهِيهِ ٱلْأَنفُسُ وَتَلَذُّ ٱلْأَعْيُنُ ​ۖ وَأَنتُمْ فِيهَا خَٰلِدُونَ‮٧١‬‬‬
Sodiq
Ularga tillodan bo`lgan tovoqlar va qadahlar aylantirilur. U yerda ko`ngil ishtaha qiladigan va ko`zlar lazzatlanadigan narsalar bordir. Sizlar u yerda abadiy qolursizlar.
72
وَتِلْكَ ٱلْجَنَّةُ ٱلَّتِىٓ أُورِثْتُمُوهَا بِمَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ‮٧٢‬‬‬
Sodiq
Mana shu, qilib yurgan amallaringiz sababli sizga meros qilib berilgan jannatdir.
73
لَكُمْ فِيهَا فَٰكِهَةٌ كَثِيرَةٌ مِّنْهَا تَأْكُلُونَ‮٧٣‬‬‬
Sodiq
Sizga u yerda ko`plab mevalar bor, ulardan yersizlar.
74
إِنَّ ٱلْمُجْرِمِينَ فِى عَذَابِ جَهَنَّمَ خَٰلِدُونَ‮٧٤‬‬‬
Sodiq
Albatta, jinoyatchilar jahannam azobida abadiy qolurlar.
75
لَا يُفَتَّرُ عَنْهُمْ وَهُمْ فِيهِ مُبْلِسُونَ‮٧٥‬‬‬
Sodiq
U ulardan yengillatilmas va ular u(azob)da noumid holda qolurlar.[1]

[1] Ya'ni, azob ahli jahannamdan hech yengillatilmaydi. Ular o`sha azob ichida noumid bo`lgan hollarida abadiy qolib ketadilar.)
76
وَمَا ظَلَمْنَٰهُمْ وَلَٰكِن كَانُواْ هُمُ ٱلظَّٰلِمِينَ‮٧٦‬‬‬
Sodiq
Biz ularga zulm qilganimiz yo`q. Lekin ular o`zlari zolim bo`ldilar.
77
وَنَادَوْاْ يَٰمَٰلِكُ لِيَقْضِ عَلَيْنَا رَبُّكَ ​ۖ قَالَ إِنَّكُم مَّٰكِثُونَ‮٧٧‬‬‬
Sodiq
Ular: «Ey Molik! Robbing bizni bitirsin!» – deb nido qildilar. U: «Albatta, siz turib qolguvchisiz», dedi.[1]

[1] Ya'ni, do`zaxilar o`zlariga berilayotgan azoblar og`rig`i, alami va shiddatiga chiday olmay, do`zax ishlariga qarab turuvchi Molik ismli farishtaga qarab «Ey Molik! Robbing bizni bitirsin!» deydilar.)
78
لَقَدْ جِئْنَٰكُم بِٱلْحَقِّ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَكُمْ لِلْحَقِّ كَٰرِهُونَ‮٧٨‬‬‬
Sodiq
Batahqiq, Biz sizga haqni keltirdik. Lekin ko`plaringiz haqni yomon ko`rguvchisiz.[1]

[1] Shuning uchun bugungi kunda ushbu ayanchli holga tushib turibsiz.)
79
أَمْ أَبْرَمُوٓاْ أَمْرًا فَإِنَّا مُبْرِمُونَ‮٧٩‬‬‬
Sodiq
Yoki ular biron ishga qaror qildilarmi? Bas, Biz, albatta, qaror qilguvchimiz.
80
أَمْ يَحْسَبُونَ أَنَّا لَا نَسْمَعُ سِرَّهُمْ وَنَجْوَىٰهُم ​ۚ بَلَىٰ وَرُسُلُنَا لَدَيْهِمْ يَكْتُبُونَ‮٨٠‬‬‬
Sodiq
Yoki ular Bizni ularning sirlarini (bilmas) va pichirlashib qilgan maslahatlarini eshitmas, deb hisoblaydilarmi? Yo`q! Holbuki, elchilarimiz ularning oldilarida yozmoqdalar.
81
قُلْ إِن كَانَ لِلرَّحْمَٰنِ وَلَدٌ فَأَنَاْ أَوَّلُ ٱلْعَٰبِدِينَ‮٨١‬‬‬
Sodiq
Sen: «Agar Rohmanning bolasi bo`lganida, men unga ibodat qilguvchilarning birinchisi bo`lar edim», deb ayt.
82
سُبْحَٰنَ رَبِّ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ رَبِّ ٱلْعَرْشِ عَمَّا يَصِفُونَ‮٨٢‬‬‬
Sodiq
Osmonlaru yerning Robbi, Arshning Robbi ular qilayotgan vasfdan pokdir.
83
فَذَرْهُمْ يَخُوضُواْ وَيَلْعَبُواْ حَتَّىٰ يُلَٰقُواْ يَوْمَهُمُ ٱلَّذِى يُوعَدُونَ‮٨٣‬‬‬
Sodiq
Bas, ularni qo`yib ber, o`zlariga va'da qilinayotgan kunga ro`baro` bo`lgunlaricha (yomonlikka) sho`ng`iyversinlar, o`ynayversinlar.
84
وَهُوَ ٱلَّذِى فِى ٱلسَّمَآءِ إِلَٰهٌ وَفِى ٱلْأَرْضِ إِلَٰهٌ ​ۚ وَهُوَ ٱلْحَكِيمُ ٱلْعَلِيمُ‮٨٤‬‬‬
Sodiq
U zot osmonda ham ilohdir, yerda ham ilohdir. U zot o`ta hikmatli, o`ta ilmlidir.
85
وَتَبَارَكَ ٱلَّذِى لَهُۥ مُلْكُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَمَا بَيْنَهُمَا وَعِندَهُۥ عِلْمُ ٱلسَّاعَةِ وَإِلَيْهِ تُرْجَعُونَ‮٨٥‬‬‬
Sodiq
Osmonlaru yerning va ularning orasidagi narsalarning mulkiga ega bo`lgan Zot barakotli(buyuk)dir. Soat (qiyomat) ilmi Uning huzuridadir. Ungagina qaytarilursizlar.
86
وَلَا يَمْلِكُ ٱلَّذِينَ يَدْعُونَ مِن دُونِهِ ٱلشَّفَٰعَةَ إِلَّا مَن شَهِدَ بِٱلْحَقِّ وَهُمْ يَعْلَمُونَ‮٨٦‬‬‬
Sodiq
Allohdan o`zga iltijo qilayotgan narsalari shafoatga ega bo`lmaslar. Magar, bilgan hollarida haq shahodat berganlargina (ega bo`lurlar).
87
وَلَئِن سَأَلْتَهُم مَّنْ خَلَقَهُمْ لَيَقُولُنَّ ٱللَّهُ ​ۖ فَأَنَّىٰ يُؤْفَكُونَ‮٨٧‬‬‬
Sodiq
Agar sen ulardan o`zlarini kim yaratganini so`rasang, albatta, «Alloh», derlar Bas, qayoqqa burilib ketmoqdalar?!
88
وَقِيلِهِۦ يَٰرَبِّ إِنَّ هَٰٓؤُلَآءِ قَوْمٌ لَّا يُؤْمِنُونَ‮٨٨‬‬‬
Sodiq
U(Muhammad)ning: «Ey Robbim, albatta, anavilar iymon keltirmaydigan qavmlardir», degan gapini ham (bilur).
89
فَٱصْفَحْ عَنْهُمْ وَقُلْ سَلَٰمٌ ​ۚ فَسَوْفَ يَعْلَمُونَ‮٨٩‬‬‬
Sodiq
Bas, sen ulardan yuz o`gir va: «Sizlarga salom bo`lsin», degin. Bas, ular tezda bilurlar.