Sura 47
Muhammad
U
Muhammad
38 oyat |
Madina |
Sura 47 • Oyat 1 / 38 • Juz 262⁄8 • Sahifa 507
Muhammad
2
1
ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ وَصَدُّواْ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ أَضَلَّ أَعْمَٰلَهُمْ١
Sodiq
Kufr keltirgan va Allohning yo`lidan to`sganlarning amallarini U zot botil qildi.[1]
[1] Iymonsizlarning qilgan yaxshiliklari ham ajr-savobsiz bo`ladi. Inson Allohga ishonmasa, kofir bo`lsa, Alloh unga qandoq qilib savob ato etadi.)
2
وَٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَعَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ وَءَامَنُواْ بِمَا نُزِّلَ عَلَىٰ مُحَمَّدٍ وَهُوَ ٱلْحَقُّ مِن رَّبِّهِمْ ۙ كَفَّرَ عَنْهُمْ سَيِّـَٔاتِهِمْ وَأَصْلَحَ بَالَهُمْ٢
Sodiq
Iymon keltirgan, solih amallarni qilgan va Muhammadga nozil qilingan narsa(Qur'on)ga — holbuki u (Qur'on) Robbilaridan kelgan haqdir — iymon keltirganlarning ayblarini berkitar va ahvollarini yaxshilar.
3
ذَٰلِكَ بِأَنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ ٱتَّبَعُواْ ٱلْبَٰطِلَ وَأَنَّ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ ٱتَّبَعُواْ ٱلْحَقَّ مِن رَّبِّهِمْ ۚ كَذَٰلِكَ يَضْرِبُ ٱللَّهُ لِلنَّاسِ أَمْثَٰلَهُمْ٣
Sodiq
Undoq bo`lishiga, albatta, kufr keltirganlarning botilga ergashganlari va iymon keltirganlarning Robbilaridan bo`lgan haqqa ergashganliklari sababdir. Alloh kishilarga o`zlarining misollarini shunday keltirar.
4
فَإِذَا لَقِيتُمُ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ فَضَرْبَ ٱلرِّقَابِ حَتَّىٰٓ إِذَآ أَثْخَنتُمُوهُمْ فَشُدُّواْ ٱلْوَثَاقَ فَإِمَّا مَنًّۢا بَعْدُ وَإِمَّا فِدَآءً حَتَّىٰ تَضَعَ ٱلْحَرْبُ أَوْزَارَهَا ۚ ذَٰلِكَ وَلَوْ يَشَآءُ ٱللَّهُ لَٱنتَصَرَ مِنْهُمْ وَلَٰكِن لِّيَبْلُوَاْ بَعْضَكُم بِبَعْضٍ ۗ وَٱلَّذِينَ قُتِلُواْ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ فَلَن يُضِلَّ أَعْمَٰلَهُمْ٤
Sodiq
Qachonki kufr keltirganlar bilan to`qnashsangiz, bas, bo`yinlarga urmoq kerak. Vaqtiki, ularni tor-mor qilsangiz, bas, mahkam bog`lang. So`ngra yoki minnat, yoki tovon olishdir. Hattoki, urush o`z anjomlarini qo`yguncha. Ana shunday. Alloh xohlasa, ulardan O`zi g`olib kelardi, lekin ba'zilaringizni ba'zilaringiz ila sinash uchun (qildi). Alloh yo`lida qatl qilinganlarning amallarini U zot hech zoye qilmas.
5
سَيَهْدِيهِمْ وَيُصْلِحُ بَالَهُمْ٥
Sodiq
Albatta, ularni hidoyat qilar va ahvollarini yaxshilar.
6
وَيُدْخِلُهُمُ ٱلْجَنَّةَ عَرَّفَهَا لَهُمْ٦
Sodiq
Hamda O`zi ularga ta'riflab bergan jannatga kiritar.[1]
[1] Bu oyatda urushdan boshqa iloj qolmagan maydonda to`qnashuv bo`lgandan so`ng qilinadigan ishlar haqida so`z ketmoqda.)
7
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ إِن تَنصُرُواْ ٱللَّهَ يَنصُرْكُمْ وَيُثَبِّتْ أَقْدَامَكُمْ٧
Sodiq
Ey, iymon keltirganlar, agar Allohga yordam bersangiz, sizga ham yordam berur va qadamlaringizni sobit qilur.
8
وَٱلَّذِينَ كَفَرُواْ فَتَعْسًا لَّهُمْ وَأَضَلَّ أَعْمَٰلَهُمْ٨
Sodiq
Va kufr keltirganlarga baxtsizlik va amallarini zoye qilish bo`lur.
9
ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمْ كَرِهُواْ مَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ فَأَحْبَطَ أَعْمَٰلَهُمْ٩
Sodiq
Bu, ularning Alloh nozil qilgan narsani xush ko`rmaganlari sababidandir. Bas, U zot amallarini botil qildi.
10
۞أَفَلَمْ يَسِيرُواْ فِى ٱلْأَرْضِ فَيَنظُرُواْ كَيْفَ كَانَ عَٰقِبَةُ ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ ۚ دَمَّرَ ٱللَّهُ عَلَيْهِمْ ۖ وَلِلْكَٰفِرِينَ أَمْثَٰلُهَا١٠
Sodiq
Yer yuzida yurib, o`zlaridan avvalgilarning oqibati qandoq bo`lganiga nazar solmaydilarmi? Alloh ularni vayron qildi-ku! Kofirlarga shunga o`xshash bo`lur.
11
ذَٰلِكَ بِأَنَّ ٱللَّهَ مَوْلَى ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَأَنَّ ٱلْكَٰفِرِينَ لَا مَوْلَىٰ لَهُمْ١١
Sodiq
Shundoq bo`lishi, albatta, Alloh iymon keltirganlarga do`st ekanligidan va albatta, kofirlarga do`st yo`qligidandir.
12
إِنَّ ٱللَّهَ يُدْخِلُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَعَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ جَنَّٰتٍ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَٰرُ ۖ وَٱلَّذِينَ كَفَرُواْ يَتَمَتَّعُونَ وَيَأْكُلُونَ كَمَا تَأْكُلُ ٱلْأَنْعَٰمُ وَٱلنَّارُ مَثْوًى لَّهُمْ١٢
Sodiq
Albatta, Alloh iymon keltirganlar va yaxshi amal qilganlarni tagidan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiritur. Kufr keltirganlar huzur qilurlar va xuddi chorva hayvonlari yegandek yerlar va do`zax ularning joyidir.[1]
[1] Bu yerda gap haqiqiy va nihoiy nasib haqida ketayapdi. Kofirlarga bu dunyoda mol kabi yegan taomidan o`zga nasiba yo`q.)
13
وَكَأَيِّن مِّن قَرْيَةٍ هِىَ أَشَدُّ قُوَّةً مِّن قَرْيَتِكَ ٱلَّتِىٓ أَخْرَجَتْكَ أَهْلَكْنَٰهُمْ فَلَا نَاصِرَ لَهُمْ١٣
Sodiq
Ko`pgina shaharlar seni chiqargan shaharingdan ko`ra quvvatliroq edi, ularni halok qildik. Bas, ularga nusrat beruvchi yo`qdir.[1]
[1] Bu oyati karima Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga Makkai Mukarramani tashlab, majburan Madinai Munavvaraga hijrat qilib ketayotgan yo`llarida nozil bo`lgan.)
14
أَفَمَن كَانَ عَلَىٰ بَيِّنَةٍ مِّن رَّبِّهِۦ كَمَن زُيِّنَ لَهُۥ سُوٓءُ عَمَلِهِۦ وَٱتَّبَعُوٓاْ أَهْوَآءَهُم١٤
Sodiq
O`z Robbisidan aniq hujjatga ega bo`lgan shaxs yomon amali o`ziga ziynatli ko`ringan va havoyi nafsiga ergashganlarga o`xshashi mumkinmi?!
15
مَّثَلُ ٱلْجَنَّةِ ٱلَّتِى وُعِدَ ٱلْمُتَّقُونَ ۖ فِيهَآ أَنْهَٰرٌ مِّن مَّآءٍ غَيْرِ ءَاسِنٍ وَأَنْهَٰرٌ مِّن لَّبَنٍ لَّمْ يَتَغَيَّرْ طَعْمُهُۥ وَأَنْهَٰرٌ مِّنْ خَمْرٍ لَّذَّةٍ لِّلشَّٰرِبِينَ وَأَنْهَٰرٌ مِّنْ عَسَلٍ مُّصَفًّى ۖ وَلَهُمْ فِيهَا مِن كُلِّ ٱلثَّمَرَٰتِ وَمَغْفِرَةٌ مِّن رَّبِّهِمْ ۖ كَمَنْ هُوَ خَٰلِدٌ فِى ٱلنَّارِ وَسُقُواْ مَآءً حَمِيمًا فَقَطَّعَ أَمْعَآءَهُمْ١٥
Sodiq
Taqvodorlarga va'da qilingan jannatning misoli (shuki): ichida aynimagan suvli anhorlari, ta'mi o`zgarmagan sutli anhorlari, ichuvchilarga lazzatbaxsh xamr(sharob)li anhorlari, musaffo asalli anhorlari bor. Ular uchun unda barcha mevalar va o`z Robbilaridan mag`firat bor. (O`shalar) otashda mangu qoluvchi va o`ta qaynoq suv ila sug`orilib, ichaklari titilib ketgan kimsaga o`xsharmi?
16
وَمِنْهُم مَّن يَسْتَمِعُ إِلَيْكَ حَتَّىٰٓ إِذَا خَرَجُواْ مِنْ عِندِكَ قَالُواْ لِلَّذِينَ أُوتُواْ ٱلْعِلْمَ مَاذَا قَالَ ءَانِفًا ۚ أُوْلَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ طَبَعَ ٱللَّهُ عَلَىٰ قُلُوبِهِمْ وَٱتَّبَعُوٓاْ أَهْوَآءَهُمْ١٦
Sodiq
Va ulardan senga quloq osadiganlari bor. Huzuringdan chiqqanlarida esa, ilm berilganlarga: «Hali nima dedi?» – derlar. Ana o`shalar qalblariga Alloh tamg`a bosganlar va havoyi nafslariga ergashganlardir.
17
وَٱلَّذِينَ ٱهْتَدَوْاْ زَادَهُمْ هُدًى وَءَاتَىٰهُمْ تَقْوَىٰهُمْ١٧
Sodiq
Hidoyat topganlarning hidoyatini U zot ziyoda qildi va ularga taqvolarini berdi.
18
فَهَلْ يَنظُرُونَ إِلَّا ٱلسَّاعَةَ أَن تَأْتِيَهُم بَغْتَةً ۖ فَقَدْ جَآءَ أَشْرَاطُهَا ۚ فَأَنَّىٰ لَهُمْ إِذَا جَآءَتْهُمْ ذِكْرَىٰهُمْ١٨
Sodiq
Ular soat(qiyomat)ning birdan kelishidan boshqa narsaga intizor bo`lishayotgani yo`q. Darvoqe, alomatlari kelib ham qoldi. U kelib qolsa, ular qayerdan eslatma olurlar?![1]
[1] Payg`ambar alayhissalomning majlislariga kirib hech narsani tushunmay chiqayotgan g`ofil munofiqlar va ularning izdoshlari nimani kutishyapti? Ularga nima kerak? Ular qiyomat soatining birdan, to`satdan kelib qolishidan boshqa narsani kutishayotgani yo`q. Qiyomatning alomatlari esa, kelib qoldi. Demak, o`zining kelishi ham yaqin. Qiyomatning eng katta alomatlaridan biri Muhammad alayhissalomning payg`ambar etib yuborilishlari. Chunki u kishi payg`ambarlarning oxirgilaridirlar. U kishidan keyin payg`ambar kelmaydi, balki qiyomat keladi.)
19
فَٱعْلَمْ أَنَّهُۥ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا ٱللَّهُ وَٱسْتَغْفِرْ لِذَنۢبِكَ وَلِلْمُؤْمِنِينَ وَٱلْمُؤْمِنَٰتِ ۗ وَٱللَّهُ يَعْلَمُ مُتَقَلَّبَكُمْ وَمَثْوَىٰكُمْ١٩
Sodiq
Bas, bilgin: Allohdan o`zga ibodatga sazovor zot yo`q, o`zingning, mo`minlarning va mo`minalarning gunohlari mag`firat qilinishini so`ra. Alloh sizlarning kezar joylaringizni ham, borar joylaringizni ham bilur.[1]
[1] Alloh taoloning «Bilgin» deb xitob qilishi aqida masalasida bilim zarurligiga ta'kiddir. Bu ishda ko`r-ko`rona taqlid foyda bermaydi. Demak, «Allohdan o`zga ibodatga sazovor zot yo`q»ligiga aqida qilish bilim asosida bo`lishi juda ham yaxshi bo`lar ekan.)
20
وَيَقُولُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ لَوْلَا نُزِّلَتْ سُورَةٌ ۖ فَإِذَآ أُنزِلَتْ سُورَةٌ مُّحْكَمَةٌ وَذُكِرَ فِيهَا ٱلْقِتَالُ ۙ رَأَيْتَ ٱلَّذِينَ فِى قُلُوبِهِم مَّرَضٌ يَنظُرُونَ إِلَيْكَ نَظَرَ ٱلْمَغْشِىِّ عَلَيْهِ مِنَ ٱلْمَوْتِ ۖ فَأَوْلَىٰ لَهُمْ٢٠
Sodiq
Va iymon keltirganlar: «Biron sura nozil qilinsa edi», derlar. Vaqtiki, muhkam sura nozil qilinib, unda urush zikr qilinsa, qalblarida kasali borlarning senga xuddi jon berayotganning qarashidek qarayotganini ko`rasan.
21
طَاعَةٌ وَقَوْلٌ مَّعْرُوفٌ ۚ فَإِذَا عَزَمَ ٱلْأَمْرُ فَلَوْ صَدَقُواْ ٱللَّهَ لَكَانَ خَيْرًا لَّهُمْ٢١
Sodiq
Ularga toat va yaxshi so`z yaxshiroqdir, bas, ish jiddiylashganda, Allohga sodiq qolsalar, o`zlariga yaxshi bo`lur edi.[1]
[1] Iymon saodatiga muyassar bo`lganlar doimo o`zlari iymon keltirgan Zotdan farmon bo`lishini orziqib kutadilar. Chunki ularning eng ulkan saodati farmoni ilohiyga amal qilib Allohga qurbat hosil qilishdir. Xuddi shu tuyg`u ularni «Va iymon keltirganlar, biron sura nozil qilinsa edi, deydilar», kabi mavqifiga sabab bo`lgan. O`sha orzu qilingan sura nozil qilinsa, nima bo`ladi? U vaqtda mo`min musulmonlar xursandlik ila unga amal qilishni boshlaydilar. O`zlarining iymonda sodiqliklarini isbot qiladilar. Ammo shunday paytda munofiqlarning haqiqiy basharalari namoyon bo`ladi, ularning riyo pardalari yirtiladi.)
22
فَهَلْ عَسَيْتُمْ إِن تَوَلَّيْتُمْ أَن تُفْسِدُواْ فِى ٱلْأَرْضِ وَتُقَطِّعُوٓاْ أَرْحَامَكُمْ٢٢
Sodiq
Ehtimol, (iymondan) yuz o`girsangiz, yer yuzida fasod qilib, qardoshlik rishtalarini uzarsiz?![1]
[1] Bu oyatda iymondan yuz o`girib, johiliyatga qaytishdan keladigan bu dunyodagi zararlar eslatilmoqda.)
23
أُوْلَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ لَعَنَهُمُ ٱللَّهُ فَأَصَمَّهُمْ وَأَعْمَىٰٓ أَبْصَٰرَهُمْ٢٣
Sodiq
Ana o`shalarni Alloh la'natladi, ularni kar qildi va ko`zlarini ko`r qildi.
24
أَفَلَا يَتَدَبَّرُونَ ٱلْقُرْءَانَ أَمْ عَلَىٰ قُلُوبٍ أَقْفَالُهَآ٢٤
Sodiq
Qur'onni tadabbur ila o`ylab ko`rmaydilarmi? Yoki qalblarda qulflar bormi?[1]
[1] Har bir oyatni, har bir so`zni chuqur tushunishga harakat qilish Qur'onni tadabbur qilishdir. O`shanda parda ko`tariladi, hamma narsa ravshanlashadi, qalb halovot topadi, vijdon musaffo bo`ladi. «Qalblarida qulf» bo`lsa, unda hamma narsa berk, ularga hech narsa, jumladan, Qur'on nuri ham kirmaydi.)
25
إِنَّ ٱلَّذِينَ ٱرْتَدُّواْ عَلَىٰٓ أَدْبَٰرِهِم مِّنۢ بَعْدِ مَا تَبَيَّنَ لَهُمُ ٱلْهُدَى ۙ ٱلشَّيْطَٰنُ سَوَّلَ لَهُمْ وَأَمْلَىٰ لَهُمْ٢٥
Sodiq
Albatta, hidoyat ravshan bo`lgandan so`ng ortlariga qaytganlarga shayton ziynatlab ko`rsatadi va ularni o`sha yo`lladi.[1]
[1] «Ortlariga qaytganlar»dan murod munofiqlardir, ular hidoyat — iymon nima ekanligini ravshan ko`rgan, mo`minlikka yaqin bo`lgan edilar, lekin ortga qaytdilar.)
26
ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمْ قَالُواْ لِلَّذِينَ كَرِهُواْ مَا نَزَّلَ ٱللَّهُ سَنُطِيعُكُمْ فِى بَعْضِ ٱلْأَمْرِ ۖ وَٱللَّهُ يَعْلَمُ إِسْرَارَهُمْ٢٦
Sodiq
Undoq bo`lishligi, albatta, ularning Alloh nozil qilgan narsani xush ko`rmaganlarga: «Sizlarga ba'zi ishlarda itoat qilurmiz», deyishlari sababidandir. Va holbuki, Alloh sir-asrorlarini bilib turibdi.[1]
[1] Oyatdagi «Alloh nozil qilgan narsani xush ko`rmaganlar»dan murod yahudiylardir.)
27
فَكَيْفَ إِذَا تَوَفَّتْهُمُ ٱلْمَلَٰٓئِكَةُ يَضْرِبُونَ وُجُوهَهُمْ وَأَدْبَٰرَهُمْ٢٧
Sodiq
Farishtalar yuzlariga va ortlariga urib jonlarini olayotganlarida qandoq bo`larkin?!
28
ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمُ ٱتَّبَعُواْ مَآ أَسْخَطَ ٱللَّهَ وَكَرِهُواْ رِضْوَٰنَهُۥ فَأَحْبَطَ أَعْمَٰلَهُمْ٢٨
Sodiq
Bunday bo`lishi, albatta, ularning Allohni g`azablantirgan narsaga ergashganlari va Uning roziligini xush ko`rmaganliklari sababidandir. Bas, U zot amallarini habata qildi.
29
أَمْ حَسِبَ ٱلَّذِينَ فِى قُلُوبِهِم مَّرَضٌ أَن لَّن يُخْرِجَ ٱللَّهُ أَضْغَٰنَهُمْ٢٩
Sodiq
Qalblarida kasal borlar, Alloh ularning qattiq hasadlarini oshkor qilmas, deb hisoblaydilarmi?![1]
[1] Munofiqlar o`zlaricha, munofiqlik san'atini qoyillatib qo`yamiz, bizning Islomga, musulmonlarga bo`lgan dushmanligimizni hech kim bilmaydi, deb o`ylashadi.)
30
وَلَوْ نَشَآءُ لَأَرَيْنَٰكَهُمْ فَلَعَرَفْتَهُم بِسِيمَٰهُمْ ۚ وَلَتَعْرِفَنَّهُمْ فِى لَحْنِ ٱلْقَوْلِ ۚ وَٱللَّهُ يَعْلَمُ أَعْمَٰلَكُمْ٣٠
Sodiq
Agar xohlasak, Biz ularni senga ko`rsatamiz, ta'kidki, sen ularni siymolaridan taniysan, albatta, sen ularni gap ohanglaridan taniysan. Alloh amallaringizni bilib turur.[1]
[1] Munofiqlar o`z kirdikorlarini qanchalik yashirsalar ham, o`zlarini Islom uchun fidokor qilib ko`rsatsalar ham, qalblarida kasali bo`lgani uchun nifoqlari oshkor bo`ladi.)
31
وَلَنَبْلُوَنَّكُمْ حَتَّىٰ نَعْلَمَ ٱلْمُجَٰهِدِينَ مِنكُمْ وَٱلصَّٰبِرِينَ وَنَبْلُوَاْ أَخْبَارَكُمْ٣١
Sodiq
Va ta'kidki, Biz sizlarni sinarmiz, toki, sizlardan mujohidlarni, sabrlilarni bilsak va xabarlaringizni imtihon etsak.[1]
[1] Sinov Alloh taoloning O`zi uchun emas. U shundoq ham hamma narsani — odamlarning kimligini, sir yashirganlari-yu oshkorini, imkoniyati-yu xohishini — barcha-barchasini yaxshi biladi. Ammo odamlar bu narsani anglamaydilar. Insonlarning bu narsalarni anglashi kelajak hayotlarida yordam beradi.)
32
إِنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ وَصَدُّواْ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ وَشَآقُّواْ ٱلرَّسُولَ مِنۢ بَعْدِ مَا تَبَيَّنَ لَهُمُ ٱلْهُدَىٰ لَن يَضُرُّواْ ٱللَّهَ شَيْـًٔا وَسَيُحْبِطُ أَعْمَٰلَهُمْ٣٢
Sodiq
Albatta, kufr keltirganlar va Allohning yo`lidan to`sganlar hamda hidoyat aniq bo`lgandan so`ng Payg`ambarga qarshi chiqqanlar Allohga hech zarar keltira olmaslar. Va ularning amallarini habata qilur.[1]
[1] Bular u zotning hayotlik davrlarida shaxslariga, dinlariga, Qur'onlariga, sahobalariga qarshi chiqqanlardir. Payg`ambarning vafotlaridan so`ng esa u kishining dinlariga, shariatlariga, sunnatlariga, da'vatlariga, ummatlariga qarshi chiqanlardir.)
33
۞يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ أَطِيعُواْ ٱللَّهَ وَأَطِيعُواْ ٱلرَّسُولَ وَلَا تُبْطِلُوٓاْ أَعْمَٰلَكُمْ٣٣
Sodiq
Ey, iymon keltirganlar, Allohga itoat eting, Rasulga bo`yinsuning va amallaringizni botil qilmangiz.
34
إِنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ وَصَدُّواْ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ ثُمَّ مَاتُواْ وَهُمْ كُفَّارٌ فَلَن يَغْفِرَ ٱللَّهُ لَهُمْ٣٤
Sodiq
Albatta, kufr keltirganlar va Allohning yo`lidan to`sgan, so`ngra kofir hollarida o`lganlarni Alloh hech-hech mag`firat qilmas.
35
فَلَا تَهِنُواْ وَتَدْعُوٓاْ إِلَى ٱلسَّلْمِ وَأَنتُمُ ٱلْأَعْلَوْنَ وَٱللَّهُ مَعَكُمْ وَلَن يَتِرَكُمْ أَعْمَٰلَكُمْ٣٥
Sodiq
Bas, bo`sh kelmanglar va o`zingiz ustun bo`lib turib, yarashga chaqirmanglar. Alloh siz bilan va amallaringizni hech-hech kamaytirmas.[1]
[1] Allohning yo`lidagi kurash oson bo`lmaydi. Lekin din uchun xizmat qiluvchi mo`minlar doimo ustun bo`ladilar. Ustun turganlar esa «bo`sh kelmanglar» degan xitobni doimo yodda tutishadi. Ular hamma tarafdan ustun.)
36
إِنَّمَا ٱلْحَيَوٰةُ ٱلدُّنْيَا لَعِبٌ وَلَهْوٌ ۚ وَإِن تُؤْمِنُواْ وَتَتَّقُواْ يُؤْتِكُمْ أُجُورَكُمْ وَلَا يَسْـَٔلْكُمْ أَمْوَٰلَكُمْ٣٦
Sodiq
Albatta, bu dunyo hayoti o`yin va ko`ngil xushidir va gar iymon keltirsangiz va taqvo qilsangiz, U zot ajrlaringizni berur va molu dunyolaringizni so`ramas.
37
إِن يَسْـَٔلْكُمُوهَا فَيُحْفِكُمْ تَبْخَلُواْ وَيُخْرِجْ أَضْغَٰنَكُمْ٣٧
Sodiq
Agar sizdan ularni so`rasa, qiynasa, baxillik qilasizlar va Alloh kek-hiqdlaringizni chiqarur.
38
هَٰٓأَنتُمْ هَٰٓؤُلَآءِ تُدْعَوْنَ لِتُنفِقُواْ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ فَمِنكُم مَّن يَبْخَلُ ۖ وَمَن يَبْخَلْ فَإِنَّمَا يَبْخَلُ عَن نَّفْسِهِۦ ۚ وَٱللَّهُ ٱلْغَنِىُّ وَأَنتُمُ ٱلْفُقَرَآءُ ۚ وَإِن تَتَوَلَّوْاْ يَسْتَبْدِلْ قَوْمًا غَيْرَكُمْ ثُمَّ لَا يَكُونُوٓاْ أَمْثَٰلَكُم٣٨
Sodiq
Hoy, sizlar. Anavilar. Allohning yo`lida nafaqa qilishga chaqirilsangiz, bas, ba'zilaringiz baxillik qilursizlar. Va kim baxillik qilsa, albatta, o`ziga baxillik qilur. Va, holbuki, Alloh boy, sizlar kambag`alsizlar. Va agar siz yuz o`girib ketsangiz, sizdan boshqa qavmni o`rningizga keltirur, ular esa sizlarga o`xshagan bo`lmaslar.[1]
[1] Alloh taolo inson tabiatini qanchalik daqiq bilishini ta'kidlamoqda. Saxiylik, Allohning yo`lida mol sarflashdek fazilatlar ko`p musulmonlarga xos bo`lib, ularning bu boradagi ishlari tarix sahifalarida boqiy qolgan. Shu bilan birga, ba'zi baxillar ham bo`lgan, bu ham voqealikdir. Qur'oni Karim ushbu oyatda shu baxillikni muolaja qilmoqda.)