Sura 48
Fath
W
Fath
29 oyat |
Madina |
Sura 48 • Oyat 1 / 29 • Juz 264⁄8 • Sahifa 511
Fath
2
1
إِنَّا فَتَحْنَا لَكَ فَتْحًا مُّبِينًا١
Sodiq
Albatta Biz senga ravshan fathni berdik.[1]
[1] «Fath» so`zi lug`atda «ochish» ma'nosini anglatib, istilohda biror yurtni Islomga qo`shishga aytiladi. Musulmonlar biror joyga borib, xoh urush bilan, xoh sulh bilan Islomga kiritsalar, o`sha yerni «fath qilindi», deydilar. Bu oyatdagi «Fath»dan murod — Hudaybiya sulhi.)
2
لِّيَغْفِرَ لَكَ ٱللَّهُ مَا تَقَدَّمَ مِن ذَنۢبِكَ وَمَا تَأَخَّرَ وَيُتِمَّ نِعْمَتَهُۥ عَلَيْكَ وَيَهْدِيَكَ صِرَٰطًا مُّسْتَقِيمًا٢
Sodiq
Alloh sening avval o`tgan gunohlaringni va keyingilarini mag`firat etish, ne'matini batamom qilish va seni to`g`ri yo`lga boshlash uchun...
3
وَيَنصُرَكَ ٱللَّهُ نَصْرًا عَزِيزًا٣
Sodiq
Va Alloh senga izzatli nusrat berishi uchun.[1]
[1] «Izzatli» deganimiz — ustidan hech kim g`olib kela olmaydigan, degani. Ya'ni, Alloh Payg`ambarimiz alayhissalomga shunday izzatli yordam beradiki, undan hech kim va hech narsa g`olib kela olmaydi. Yuqoridagi oyatlarda zikr etilgan ulug` ilohiy marhamatlar ravshan fath, avvalu oxir gunohlarning mag`firat qilinishi, Alloh ne'matlarining batamom qilib berilishi, siroti mustaqimga hidoyat qilinishi va izzatli nusrat berilishi — hamma-hammasi Hudaybiya sulhning ochiq-aniq fath bo`lishiga bog`lanmoqda. Nima sababdan shuncha narsa sulhga bog`lanyapti? Negaki Payg`ambarimiz alayhissalom sulhni Baytullohni ulug`laganliklaridan tuzdilar, natijada Alloh u zotni mazkur ish bilan mukofotladi.)
4
هُوَ ٱلَّذِىٓ أَنزَلَ ٱلسَّكِينَةَ فِى قُلُوبِ ٱلْمُؤْمِنِينَ لِيَزْدَادُوٓاْ إِيمَٰنًا مَّعَ إِيمَٰنِهِمْ ۗ وَلِلَّهِ جُنُودُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ عَلِيمًا حَكِيمًا٤
Sodiq
U, iymonlariga iymon ziyoda bo`lishi uchun mo`minlar qalbiga sokinlikni nozil etgan Zotdir. Va osmonlaru yerning lashkari Allohnikidir. Va Alloh biluvchi va hikmatli Zotdir.
5
لِّيُدْخِلَ ٱلْمُؤْمِنِينَ وَٱلْمُؤْمِنَٰتِ جَنَّٰتٍ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَٰرُ خَٰلِدِينَ فِيهَا وَيُكَفِّرَ عَنْهُمْ سَيِّـَٔاتِهِمْ ۚ وَكَانَ ذَٰلِكَ عِندَ ٱللَّهِ فَوْزًا عَظِيمًا٥
Sodiq
Mo`minlar va mo`minalarni taglaridan anhorlar oqib turgan jannatlarga mangu kiritish uchun va ularning gunohlarini yuvish uchun. Va bu, Allohning huzurida katta yutuqdir.
6
وَيُعَذِّبَ ٱلْمُنَٰفِقِينَ وَٱلْمُنَٰفِقَٰتِ وَٱلْمُشْرِكِينَ وَٱلْمُشْرِكَٰتِ ٱلظَّآنِّينَ بِٱللَّهِ ظَنَّ ٱلسَّوْءِ ۚ عَلَيْهِمْ دَآئِرَةُ ٱلسَّوْءِ ۖ وَغَضِبَ ٱللَّهُ عَلَيْهِمْ وَلَعَنَهُمْ وَأَعَدَّ لَهُمْ جَهَنَّمَ ۖ وَسَآءَتْ مَصِيرًا٦
Sodiq
Alloh to`g`risida yomon gumon qiluvchi munofiq va munofiqalar, mushrik va mushrikalarni azoblash uchun... Ularni yomonlik o`rab olsin. Ularga Alloh g`azab qildi, ularni la'natladi va ularga jahannamni tayyorlab qo`ydi. Va naqadar yomon joy u!
7
وَلِلَّهِ جُنُودُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ عَزِيزًا حَكِيمًا٧
Sodiq
Osmonlaru yerning lashkarlari Allohnikidir. Va, Alloh izzatli va hikmatli Zotdir.
8
إِنَّآ أَرْسَلْنَٰكَ شَٰهِدًا وَمُبَشِّرًا وَنَذِيرًا٨
Sodiq
Albatta, Biz seni guvohlik beruvchi, xushxabar eltuvchi va ogohlantiruvchi qilib yubordik.
9
لِّتُؤْمِنُواْ بِٱللَّهِ وَرَسُولِهِۦ وَتُعَزِّرُوهُ وَتُوَقِّرُوهُ وَتُسَبِّحُوهُ بُكْرَةً وَأَصِيلًا٩
Sodiq
Allohga va Uning Rasuliga iymon keltirishingiz, Uni (dinni) qo`llab-quvvatlashingiz, ulug`lashingiz hamda Unga ertayu kech tasbih aytishingiz uchundir.
10
إِنَّ ٱلَّذِينَ يُبَايِعُونَكَ إِنَّمَا يُبَايِعُونَ ٱللَّهَ يَدُ ٱللَّهِ فَوْقَ أَيْدِيهِمْ ۚ فَمَن نَّكَثَ فَإِنَّمَا يَنكُثُ عَلَىٰ نَفْسِهِۦ ۖ وَمَنْ أَوْفَىٰ بِمَا عَٰهَدَ عَلَيْهُ ٱللَّهَ فَسَيُؤْتِيهِ أَجْرًا عَظِيمًا١٠
Sodiq
Albatta, senga bay'at qilayotganlar faqat Allohning O`ziga bay'at qilmoqdalar. Allohning qo`li ularning qo`llari ustidadir. Kim (bay'atni) buzsa, o`ziga qarshi buzadi, xolos va kim Allohga qilgan ahdiga vafo qilsa, unga tezda ulkan ajr berilur.[1]
[1] Hudaybiya sulhidagi bay'at paytda Rasuli akram alayhissalom xurmo daraxti ostida o`tirgan bo`lganlari uchun ham bu kunni «shajara daraxt) kuni» deb, bay'atni esa «daraxt ostidagi bay'at», deb atalgan. Sahobalardan Ma'qal ibn Yasar roziyallohu anhu «Daraxt kuni» Payg`ambar alayhissalom odamlarning bay'atini qabul qilar edilar, men esa u kishining boshlarida bir shoxni ko`tarib turar edim, o`shanda bir ming to`rt yuz kishi edik», deganlar. Har bir sahobiy Payg`ambar alayhissalomning qo`llarini tutib turib, urush bo`lib qolsa qochib ketmaslik, din yo`lida jon fido qilishga ahdu paymon bergan. Ushbu holatni Qur'oni Karim Payg`ambar alayhissalomga qo`l berib, ahdu paymon qilishni Alloh taologa ahdu paymon qilish — bay'at qilishdan o`zga narsa emas, deb tushuntirmoqda.)
11
سَيَقُولُ لَكَ ٱلْمُخَلَّفُونَ مِنَ ٱلْأَعْرَابِ شَغَلَتْنَآ أَمْوَٰلُنَا وَأَهْلُونَا فَٱسْتَغْفِرْ لَنَا ۚ يَقُولُونَ بِأَلْسِنَتِهِم مَّا لَيْسَ فِى قُلُوبِهِمْ ۚ قُلْ فَمَن يَمْلِكُ لَكُم مِّنَ ٱللَّهِ شَيْـًٔا إِنْ أَرَادَ بِكُمْ ضَرًّا أَوْ أَرَادَ بِكُمْ نَفْعًۢا ۚ بَلْ كَانَ ٱللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرًۢا١١
Sodiq
Ortda qolgan a'robiylar senga: «Molimiz va ahlimiz bizni mashg`ul qildi, bizga istig`for ayt», deyishar. Ular qalblarida yo`q narsani tillari ila ayturlar. Sen: «Agar Alloh sizga zararni iroda qilsa yoki sizga manfaatni iroda qilsa, kim sizlarni Allohdan (keladigan) biror narsadan (to`sishga) molik bo`ladir? Ta'kidki, Alloh qilgan amallaringizdan xabardordir», deb ayt.[1]
[1] Ular aslida qo`rqanlari uchun «Quraysh yaqinda Muhammadni Madinada Uhud urushida mag`lub qildi, endi Muhammad ularning yurtiga borib nima qila olar edi», deya qo`shilmagan edilar. Ammo Alloh taoloning yordami bilan bu gal ish yaxshilik bilan tugab, musulmonlarga zafar yor bo`lib qaytganlarida, iymoni zaif xoinlar, Payg`ambar huzuriga kelib, uzr ayta boshladilar.)
12
بَلْ ظَنَنتُمْ أَن لَّن يَنقَلِبَ ٱلرَّسُولُ وَٱلْمُؤْمِنُونَ إِلَىٰٓ أَهْلِيهِمْ أَبَدًا وَزُيِّنَ ذَٰلِكَ فِى قُلُوبِكُمْ وَظَنَنتُمْ ظَنَّ ٱلسَّوْءِ وَكُنتُمْ قَوْمًۢا بُورًا١٢
Sodiq
Balki sizlar, Rasul va mo`minlar abadiy o`z ahllariga qaytib kelmaslar, deb gumon qildingiz va bu narsa qalbingizda ziynatlandi, yomon gumon qildingiz va yomon qavm bo`ldingiz.
13
وَمَن لَّمْ يُؤْمِنۢ بِٱللَّهِ وَرَسُولِهِۦ فَإِنَّآ أَعْتَدْنَا لِلْكَٰفِرِينَ سَعِيرًا١٣
Sodiq
Va kim Allohga va Uning Rasuliga iymon keltirmasa, albatta, Biz kofirlarga do`zaxni tayyorlaganmiz.
14
وَلِلَّهِ مُلْكُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۚ يَغْفِرُ لِمَن يَشَآءُ وَيُعَذِّبُ مَن يَشَآءُ ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ غَفُورًا رَّحِيمًا١٤
Sodiq
Osmonlaru yerning mulki Allohnikidir. Kimni xohlasa, mag`firat qilar va kimni xohlasa, azoblar. Va Alloh kechiruvchi, rahimli Zotdir.
15
سَيَقُولُ ٱلْمُخَلَّفُونَ إِذَا ٱنطَلَقْتُمْ إِلَىٰ مَغَانِمَ لِتَأْخُذُوهَا ذَرُونَا نَتَّبِعْكُمْ ۖ يُرِيدُونَ أَن يُبَدِّلُواْ كَلَٰمَ ٱللَّهِ ۚ قُل لَّن تَتَّبِعُونَا كَذَٰلِكُمْ قَالَ ٱللَّهُ مِن قَبْلُ ۖ فَسَيَقُولُونَ بَلْ تَحْسُدُونَنَا ۚ بَلْ كَانُواْ لَا يَفْقَهُونَ إِلَّا قَلِيلًا١٥
Sodiq
O`ljalar tomon, ularni olish uchun yurganingizda ortda qolganlar: «Qo`yib bering, biz ham sizga ergashurmiz», deyishar. Allohning kalomini o`zgartirmoqchi bo`lishar. Ayt: «Hech-hech bizga ergashmaysiz, ushbuni Alloh avval aytgan». Ular: «Balki, hasad qilayotgandirsizlar», deyishar. Yo`q, ular ozgina narsadan boshqa narsani anglamaslar.[1]
[1] Alloh o`ljali g`azotga haqiqiy mo`minlarning borishini xohlagan edi, ular esa, Allohning xohshiga qarshi, mo`minlarga ergashib borishmoqchi. Alloh taolo O`z Payg`ambariga xitob qilib, ortda qolganlarni qaytarishga buyurmoqda. Ortda qolganlarning esa, nafslari buzuq, o`zlarining yomonligi tufayli o`lja tomon mo`minlarga ergashishdan man qilinishlarini hasaddan, deb tushunadilar.)
16
قُل لِّلْمُخَلَّفِينَ مِنَ ٱلْأَعْرَابِ سَتُدْعَوْنَ إِلَىٰ قَوْمٍ أُوْلِى بَأْسٍ شَدِيدٍ تُقَٰتِلُونَهُمْ أَوْ يُسْلِمُونَ ۖ فَإِن تُطِيعُواْ يُؤْتِكُمُ ٱللَّهُ أَجْرًا حَسَنًا ۖ وَإِن تَتَوَلَّوْاْ كَمَا تَوَلَّيْتُم مِّن قَبْلُ يُعَذِّبْكُمْ عَذَابًا أَلِيمًا١٦
Sodiq
Ortda qolgan a'robiylarga: «Katta kuchga ega qavmga (qarshi) chaqirilursiz, ular musulmon bo`lgunlaricha urushasiz. Agar itoat qilsangiz, Alloh sizga yaxshi ajr berur. Va agar yana avval qochganingizdek, ortga qochsangiz, alamli azob ila azoblar», deb ayt.[1]
[1] Ya'ni, kuchli, shiddatli qavmga qarshi urushga da'vat qilinasizlar, ular musulmon bo`lgunlariga qadar urush qilishingiz kerak. Farmonga itoat qilib buyruqni bajarsangiz, yaxshilar safidan o`rin olasiz, yaxshi ajrlarga ega bo`lasiz. Ammo avvalgi safargidek, ortingizga qarab qochsangiz, Alloh sizni alamli azob ila azoblaydi, dedi.)
17
لَّيْسَ عَلَى ٱلْأَعْمَىٰ حَرَجٌ وَلَا عَلَى ٱلْأَعْرَجِ حَرَجٌ وَلَا عَلَى ٱلْمَرِيضِ حَرَجٌ ۗ وَمَن يُطِعِ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥ يُدْخِلْهُ جَنَّٰتٍ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَٰرُ ۖ وَمَن يَتَوَلَّ يُعَذِّبْهُ عَذَابًا أَلِيمًا١٧
Sodiq
Ko`rga qiyinchilik yo`q, cho`loqqa ham qiyinchilik yo`q. Xasta kishiga ham qiyinchilik yo`q. Kim Allohga va Uning Rasuliga itoat qilsa, uni ostidan suvlar oqib turgan jannatlarga kiritiladi. Kim yuz o`girsa, alamli azob ila azoblar.
18
۞لَّقَدْ رَضِىَ ٱللَّهُ عَنِ ٱلْمُؤْمِنِينَ إِذْ يُبَايِعُونَكَ تَحْتَ ٱلشَّجَرَةِ فَعَلِمَ مَا فِى قُلُوبِهِمْ فَأَنزَلَ ٱلسَّكِينَةَ عَلَيْهِمْ وَأَثَٰبَهُمْ فَتْحًا قَرِيبًا١٨
Sodiq
Batahqiq, Alloh mo`minlardan daraxt ostida senga bay'at qilayotganlarida rozi bo`ldi. Bas, ularning qalblaridagini bildi, ularga sokinlikni tushirdi va yaqin fath ila mukofotladi.[1]
[1] Alloh taoloning O`zi kalomi pokida Hudaybiyada Payg`ambar alayhissalomga bay'at qilgan bir ming to`rt yuz sohabai kiromlardan rozi ekanligini e'lon qilib turibdi. Bu e'lon qiyomat kunigacha ibodat, tilovat bo`lib turishi ta'minlangan. Shuning uchun ham mazkur bay'atning bir nomi «Bay'atir-Rizvon» — «rozilik bay'ati»dir.)
19
وَمَغَانِمَ كَثِيرَةً يَأْخُذُونَهَا ۗ وَكَانَ ٱللَّهُ عَزِيزًا حَكِيمًا١٩
Sodiq
Va ko`pgina o`ljalarni ham olurlar. Va Alloh Aziyz va Hakiym Zotdir.
20
وَعَدَكُمُ ٱللَّهُ مَغَانِمَ كَثِيرَةً تَأْخُذُونَهَا فَعَجَّلَ لَكُمْ هَٰذِهِۦ وَكَفَّ أَيْدِىَ ٱلنَّاسِ عَنكُمْ وَلِتَكُونَ ءَايَةً لِّلْمُؤْمِنِينَ وَيَهْدِيَكُمْ صِرَٰطًا مُّسْتَقِيمًا٢٠
Sodiq
Alloh sizlarga ko`pgina o`ljalarni va'da qildi. Ularni olursizlar, bunisini sizga tezlatib berdi, (o`tgan voqea) mo`minlarga ibrat bo`lishi uchun va sizlarni sirotul mustaqiymga boshlash uchun odamlarning qo`lini sizdan to`sdi.[1]
[1] Oyati karimada «Bunisini sizga tezlatib berdi» deganda Hudaybiya nazarda tutilgan. «Odamlarning qo`lini sizdan to`stdi» ifodasining ma'nosi shuki, Quraysh mushriklari sizlarga qarshi urush qilmoqchi edilar, Alloh ularning ko`ngliga sulhni solib, qo`llarini musulmonlarga zarar berishdan to`sdi.)
21
وَأُخْرَىٰ لَمْ تَقْدِرُواْ عَلَيْهَا قَدْ أَحَاطَ ٱللَّهُ بِهَا ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرًا٢١
Sodiq
Va sizlar qodir bo`lmagan boshqasini ham (va'da qildi). Uni Alloh ihota qilgan va Alloh har bir narsaga qodir Zotdir.[1]
[1] «Boshqa» fath borasida tafsir ulomolari Xaybar fathi, Makka fathi va yana boshqa fathlarni nazarda tutilgan deganlar.)
22
وَلَوْ قَٰتَلَكُمُ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ لَوَلَّوُاْ ٱلْأَدْبَٰرَ ثُمَّ لَا يَجِدُونَ وَلِيًّا وَلَا نَصِيرًا٢٢
Sodiq
Agar kofirlar sizlar bilan urushganlarida, orqaga qarab qochar edilar, so`ngra o`zlariga valiy ham, nusrat berguvchi ham topmasdilar.
23
سُنَّةَ ٱللَّهِ ٱلَّتِى قَدْ خَلَتْ مِن قَبْلُ ۖ وَلَن تَجِدَ لِسُنَّةِ ٱللَّهِ تَبْدِيلًا٢٣
Sodiq
Allohning avvaldan kelayotgan sunnatidir. Va Allohning sunnatini hech o`zgartira olmassan.[1]
[1] Alloh taolo mo`minlarning g`alabasini va kofirlarning mag`lubiyatini O`z sunnatiga bog`lab qo`ymoqda. Haqiqatda ham, iymon kufrdan, mo`minlar kofirlardan doimo ustun keladilar. Zafr doim mo`minlarga yor bo`ladi. To`g`ri, zafar kechikishi, ortga surilishi yoki vaqtinchalik mag`lubiyatlar bo`lishi mumkin.)
24
وَهُوَ ٱلَّذِى كَفَّ أَيْدِيَهُمْ عَنكُمْ وَأَيْدِيَكُمْ عَنْهُم بِبَطْنِ مَكَّةَ مِنۢ بَعْدِ أَنْ أَظْفَرَكُمْ عَلَيْهِمْ ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ بَصِيرًا٢٤
Sodiq
U zot Makka vodiysida sizlarni ularning ustidan zafar qozontirganidan so`ng ularning qo`llarini sizdan, sizning qo`lingizni ulardan to`sgan Zotdir. Va Alloh qilayotgan amallaringizni ko`rib turuvchidir.[1]
[1] Hudaybiya sulhining o`zi mo`minlar uchun katta zafar, g`alabadir. O`sha zafar yakunlanish arafisida bir guruh mushriklar fitna qo`zg`ab sulhni bekorga chiqarishga urinib ko`rishdi. Lekin Alloh taoloning inoyati bilan fitna sodir bo`lmadi, qon to`kilmadi.)
25
هُمُ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ وَصَدُّوكُمْ عَنِ ٱلْمَسْجِدِ ٱلْحَرَامِ وَٱلْهَدْىَ مَعْكُوفًا أَن يَبْلُغَ مَحِلَّهُۥ ۚ وَلَوْلَا رِجَالٌ مُّؤْمِنُونَ وَنِسَآءٌ مُّؤْمِنَٰتٌ لَّمْ تَعْلَمُوهُمْ أَن تَطَـُٔوهُمْ فَتُصِيبَكُم مِّنْهُم مَّعَرَّةُۢ بِغَيْرِ عِلْمٍ ۖ لِّيُدْخِلَ ٱللَّهُ فِى رَحْمَتِهِۦ مَن يَشَآءُ ۚ لَوْ تَزَيَّلُواْ لَعَذَّبْنَا ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ مِنْهُمْ عَذَابًا أَلِيمًا٢٥
Sodiq
Ular kufr keltirgan, sizlarni Masjidul Haromdan, qurbonliklarni esa, ushlanib o`z joyiga yetishidan to`sgan kishilardir, agar siz bilmaydigan mo`min erkaklar va mo`mina ayollar bo`lmaganida, sizga bilmasdan ularni halok qilganingiz tufayli gunoh yetishi bo`lmaganida edi, Alloh kimni xohlasa, O`z rahmatiga kiritishi uchun, agar ajrab turganlarida edi, ulardan kofirlarini alamli azob ila azoblar edik.[1]
[1] Makkai Mukarramada kofirlardan qo`rqib iymonini yashirib yurgan mo`min va mo`minalar bor. Agar urushga ruxsat berilganda, musulmonlar bilmasdan o`sha din qardoshlarini ham o`ldirib yuborishlari mumkin. Ayni choqda, kofirlarning ichida ham keyinchalik Islomga kelib, hidoyat yo`liga kirishi mumkin bo`lgan kishilar ko`pchilik edilar.)
26
إِذْ جَعَلَ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ فِى قُلُوبِهِمُ ٱلْحَمِيَّةَ حَمِيَّةَ ٱلْجَٰهِلِيَّةِ فَأَنزَلَ ٱللَّهُ سَكِينَتَهُۥ عَلَىٰ رَسُولِهِۦ وَعَلَى ٱلْمُؤْمِنِينَ وَأَلْزَمَهُمْ كَلِمَةَ ٱلتَّقْوَىٰ وَكَانُوٓاْ أَحَقَّ بِهَا وَأَهْلَهَا ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ بِكُلِّ شَىْءٍ عَلِيمًا٢٦
Sodiq
Esla! Kufr keltirganlar qalblarida «hamiyyat»ni, «johiliyat hamiyyati»ni joylaganlarida, Alloh O`z sokinligini Payg`ambariga va mo`minlarga tushirdi va ularga taqvo kalimasini lozim ko`rdi, ular ushbuga haqli va ahl edilar. Va Alloh har bir narsani biluvchidir.[1]
[1] Kofirlar Muhammad alayhissalom boshchiliklaridagi sof niyatli musulmonlarni Masjidul Haromdan man qildilar. Hech bir vaqt, hech bir sharoitda ham sodir etilmagan sharmandalikni qildilar. Makka mushriklarining bu holatlariga qarshi ikkinchi taraf — Muhammad alayhissalom boshliq musulmonlar o`zlarini qanday tutdilar? Alloh taolo ularning qalbiga sokinlik va halovat soldi, hamma narsani kamtarlik va osoyishtalik bilan, Allohning roziligini tilab qiladilar. Ularga Alloh taolo taqvo kalimasini ravo ko`rgani ham shundan.)
27
لَّقَدْ صَدَقَ ٱللَّهُ رَسُولَهُ ٱلرُّءْيَا بِٱلْحَقِّ ۖ لَتَدْخُلُنَّ ٱلْمَسْجِدَ ٱلْحَرَامَ إِن شَآءَ ٱللَّهُ ءَامِنِينَ مُحَلِّقِينَ رُءُوسَكُمْ وَمُقَصِّرِينَ لَا تَخَافُونَ ۖ فَعَلِمَ مَا لَمْ تَعْلَمُواْ فَجَعَلَ مِن دُونِ ذَٰلِكَ فَتْحًا قَرِيبًا٢٧
Sodiq
Batahqiq, Alloh Rasulining tushini haq ila tasdiqladi, albatta, Masjidul Haromga, inshoalloh, omonlikda, sochlaringiz olingan, qisqartirilgan holda, qo`rqmasdan kirasizlar. Bas, U siz bilmagan narsani biladi va sizlarga bundan boshqa yaqin fathni qildi.[1]
[1] Bu oyatda Alloh taolo mo`minlarga bir necha xushxabar yetkazmoqda. Avvalo, Payg`ambar alayhissalomning tushlarini tasdiqlamoqda. Qolaversa, Masjidul Haromga kirish albatta nasib etishining xabarini bermoqda. Ushbu xabarni Allohning O`zi ta'kidlab berayotganiga qaramay, yana O`zi «inshoalloh» — Alloh xohlasa, degan iborani ishlatmoqda. Bunday deyish iymon odoblaridan bo`lib, dunyodagi har bir ishni va voqeani Alloh taoloning xohishiga bog`lashdan iboratdir. Bu va'da Hudaybiya sulhidan ko`p o`tmay amalga oshdi.)
28
هُوَ ٱلَّذِىٓ أَرْسَلَ رَسُولَهُۥ بِٱلْهُدَىٰ وَدِينِ ٱلْحَقِّ لِيُظْهِرَهُۥ عَلَى ٱلدِّينِ كُلِّهِۦ ۚ وَكَفَىٰ بِٱللَّهِ شَهِيدًا٢٨
Sodiq
U O`z Rasulini hidoyat va haq din bilan, u(din)ni barcha dinlardan ustun qilish uchun yuborgan Zotdir. Guvohlikka Allohning O`zi kifoyadir.
29
مُّحَمَّدٌ رَّسُولُ ٱللَّهِ ۚ وَٱلَّذِينَ مَعَهُۥٓ أَشِدَّآءُ عَلَى ٱلْكُفَّارِ رُحَمَآءُ بَيْنَهُمْ ۖ تَرَىٰهُمْ رُكَّعًا سُجَّدًا يَبْتَغُونَ فَضْلًا مِّنَ ٱللَّهِ وَرِضْوَٰنًا ۖ سِيمَاهُمْ فِى وُجُوهِهِم مِّنْ أَثَرِ ٱلسُّجُودِ ۚ ذَٰلِكَ مَثَلُهُمْ فِى ٱلتَّوْرَىٰةِ ۚ وَمَثَلُهُمْ فِى ٱلْإِنجِيلِ كَزَرْعٍ أَخْرَجَ شَطْـَٔهُۥ فَـَٔازَرَهُۥ فَٱسْتَغْلَظَ فَٱسْتَوَىٰ عَلَىٰ سُوقِهِۦ يُعْجِبُ ٱلزُّرَّاعَ لِيَغِيظَ بِهِمُ ٱلْكُفَّارَ ۗ وَعَدَ ٱللَّهُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَعَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ مِنْهُم مَّغْفِرَةً وَأَجْرًا عَظِيمًۢا٢٩
Sodiq
Muhammad Allohning Rasulidir, u bilan birga bo`lganlar kofirlarga shiddatli, o`zaro rahimdildirlar. Allohdan fazl va rozilik tilab ruku' va sajda qilgan hollarini ko`rasan. Ularning siymosi sajda asaridan yuzlarida (balqiydi). Ana o`sha, ularning Tavrot va Injildagi misollaridir. Bu, xuddi, urug`ini yorib chiqib, quvvatlanib, yo`g`onlashib, poyasida tik turib, dehqonlarni ajablantirgan bir ekinga o`xshar. Kofirlarning g`azabini qo`zitish uchun. Alloh ulardan iymon keltirib va solih amallarni qilganlariga mag`firat va ulug` ajrni va'da qildi.[1]
[1] Sahobalar, otalari yoki bolalari kofirlar safida bo`lsalar, ularga qarshi ham qattiqqo`l bo`lganlar. Ammo kim bo`lishidan qattiy nazar, musulmonga mehribon bo`lishgan. Ularning asosiy sifatlaridan biri — hamma ishni Allohning fazli va roziligi uchun qilishlari. Yana bir sifatlari — ular doim ruku' va sajda holatida, ya'ni ibodat holatida bo`ladilar.)