Sura 5

Moida

8

Dasturxon

120 oyat |MadinaMadina |
Sura 5 • Oyat 1 / 120 • Juz 63⁄8 • Sahifa 106
Moida
ﻉ86Juz 6 3⁄886ﻉ
2
1
۞ يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ أَوْفُواْ بِٱلْعُقُودِ ​ۚ أُحِلَّتْ لَكُم بَهِيمَةُ ٱلْأَنْعَٰمِ إِلَّا مَا يُتْلَىٰ عَلَيْكُمْ غَيْرَ مُحِلِّى ٱلصَّيْدِ وَأَنتُمْ حُرُمٌ ​ۗ إِنَّ ٱللَّهَ يَحْكُمُ مَا يُرِيدُ‮١‬‬‬
Sodiq
Ey, iymon keltirganlar! Ahdnomalarga vafo qiling! Sizga, keyin tilovat qilinadiganlaridan boshqa, chorva hayvonlari halol qilindi, ehromdalik vaqtingizda ovni halol sanamagan holingizda. Albatta, Alloh nimani iroda etsa, shuni hukm qiladir.[1]

[1] Oyati karimadagi «ahdnomalar» so`zi avvalo, insonning banda sifatida Alloh taolo huzuridagi ahdnomalaridir. Buni iymon ahdnomasi deyiladi va u o`z ichiga Allohning yagona ilohligini, Robbligini va Hokimligini e'tirof etishni, Unga banda bo`lish, itoat qilish va taslim bo`lishni oladi. Bu ahdnomani Alloh taolo birinchi inson Odam atodan boshlab ola boshlagan.)
2
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ لَا تُحِلُّواْ شَعَٰٓئِرَ ٱللَّهِ وَلَا ٱلشَّهْرَ ٱلْحَرَامَ وَلَا ٱلْهَدْىَ وَلَا ٱلْقَلَٰٓئِدَ وَلَآ ءَآمِّينَ ٱلْبَيْتَ ٱلْحَرَامَ يَبْتَغُونَ فَضْلًا مِّن رَّبِّهِمْ وَرِضْوَٰنًا ​ۚ وَإِذَا حَلَلْتُمْ فَٱصْطَادُواْ ​ۚ وَلَا يَجْرِمَنَّكُمْ شَنَـَٔانُ قَوْمٍ أَن صَدُّوكُمْ عَنِ ٱلْمَسْجِدِ ٱلْحَرَامِ أَن تَعْتَدُواْ ​ۘ وَتَعَاوَنُواْ عَلَى ٱلْبِرِّ وَٱلتَّقْوَىٰ ​ۖ وَلَا تَعَاوَنُواْ عَلَى ٱلْإِثْمِ وَٱلْعُدْوَٰنِ ​ۚ وَٱتَّقُواْ ٱللَّهَ ​ۖ إِنَّ ٱللَّهَ شَدِيدُ ٱلْعِقَابِ‮٢‬‬‬
Sodiq
Ey, iymon keltirganlar! Allohning dini alomatlarini, harom oyni, atalgan qurbonlikni, osilgan belgilarni va Robbilaridan fazl va rozilik tilab Baytul Haromni qasd qilib chiqqanlarni o`zingizga halol hisoblamang. Ehromdan chiqib halol bo`lsangiz, ov qilsangiz, mayli. Masjidul Haromdan to`sgani uchun bir qavmni yomon ko`rishingiz ularga tajovuzkor bo`lishingizga olib bormasin. Yaxshilik va taqvo yo`lida hamkorlik qiling. Gunoh va dushmanlik yo`lida hamkorlik qilmang. Allohga taqvo qiling. Albatta, Alloh iqobi shiddatli Zotdir.
3
حُرِّمَتْ عَلَيْكُمُ ٱلْمَيْتَةُ وَٱلدَّمُ وَلَحْمُ ٱلْخِنزِيرِ وَمَآ أُهِلَّ لِغَيْرِ ٱللَّهِ بِهِۦ وَٱلْمُنْخَنِقَةُ وَٱلْمَوْقُوذَةُ وَٱلْمُتَرَدِّيَةُ وَٱلنَّطِيحَةُ وَمَآ أَكَلَ ٱلسَّبُعُ إِلَّا مَا ذَكَّيْتُمْ وَمَا ذُبِحَ عَلَى ٱلنُّصُبِ وَأَن تَسْتَقْسِمُواْ بِٱلْأَزْلَٰمِ ​ۚ ذَٰلِكُمْ فِسْقٌ ​ۗ ٱلْيَوْمَ يَئِسَ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ مِن دِينِكُمْ فَلَا تَخْشَوْهُمْ وَٱخْشَوْنِ ​ۚ ٱلْيَوْمَ أَكْمَلْتُ لَكُمْ دِينَكُمْ وَأَتْمَمْتُ عَلَيْكُمْ نِعْمَتِى وَرَضِيتُ لَكُمُ ٱلْإِسْلَٰمَ دِينًا ​ۚ فَمَنِ ٱضْطُرَّ فِى مَخْمَصَةٍ غَيْرَ مُتَجَانِفٍ لِّإِثْمٍ ​ۙ فَإِنَّ ٱللَّهَ غَفُورٌ رَّحِيمٌ‮٣‬‬‬
Sodiq
Sizlarga o`limtik, qon, cho`chqa go`shti, Allohdan boshqaning nomi ila so`yilgan, bo`g`ilib o`lgan, urib o`ldirilgan, yiqilib o`lgan, suzib o`ldirilgan, yirtqich yegan hayvonlar harom qilindi. Magar, (o`lmay turib) so`yib olsangiz (halol). Va butlarga so`yilgan hayvonlar ham, cho`plar ila fol ochishingiz ham harom qilindi. Bunday qilmog`ingiz fosiqlikdir. Bugungi kunda kufr keltirganlar diningizga zarar yetkazishdan umid uzdilar. Ulardan qo`rqmanglar, Mendan qo`rqinglar. Bugungi kunda Men sizning diningizni mukammal qilib berdim. Sizga ne'matimni batamom qildim. Va sizga Islomni din deb, rozi bo`ldim. Kimki gunohga moyil bo`lmagan holida ochlikda muztar bo`lsa, albatta, Alloh mag`firatli va rahimli Zotdir.[1]

[1] Ushbu oyati karimada asli go`shti halol qilingan hayvonlar haqida so`z ketmoqda. Albatta, cho`chqani hisobga olmaganda. Aslida, go`shti harom bo`lgan hayvonlar o`z-o`zidan ma'lum, bahs ular haqida emas. Go`sht tirik hayvondan olinadi. Ana o`sha tirik jonivorni go`shtga aylantirish jarayoni va undagi niyat hamda e'tiqod uning halol yoki haromga aylanishiga sabab bo`ladi. Shuning uchun ham bu jarayonga, ya'ni tirik hayvonni go`shtga aylantirish jarayoniga shariatda alohida e'tibor beriladi. Bu shartlarning boshida hayvonning jonini chiqarish paytida unga jon bergan Allohning nomini zikr qilish turadi. Bu ish qilinmasa, katta ma'naviy jinoyat sodir bo`lgan bo`ladi, shu sababli uning go`shti haromga aylanadi.)
4
يَسْـَٔلُونَكَ مَاذَآ أُحِلَّ لَهُمْ ​ۖ قُلْ أُحِلَّ لَكُمُ ٱلطَّيِّبَٰتُ ​ۙ وَمَا عَلَّمْتُم مِّنَ ٱلْجَوَارِحِ مُكَلِّبِينَ تُعَلِّمُونَهُنَّ مِمَّا عَلَّمَكُمُ ٱللَّهُ ​ۖ فَكُلُواْ مِمَّآ أَمْسَكْنَ عَلَيْكُمْ وَٱذْكُرُواْ ٱسْمَ ٱللَّهِ عَلَيْهِ ​ۖ وَٱتَّقُواْ ٱللَّهَ ​ۚ إِنَّ ٱللَّهَ سَرِيعُ ٱلْحِسَابِ‮٤‬‬‬
Sodiq
Sendan ularga nima halol qilinganini so`rarlar. Sen: «Sizlarga pok narsalar halol qilindi. Ovchi itlarga o`xshatib, Alloh sizga o`rgatgan narsalardan ularga ham o`rgatgan ovchi hayvonlaringiz sizga tutib bergan narsadan yenglar. Ularga Allohning ismini zikr qilinglar. Allohga taqvo qilinglar. Albatta, Alloh hisobi tezkor Zotdir», deb ayt!
5
ٱلْيَوْمَ أُحِلَّ لَكُمُ ٱلطَّيِّبَٰتُ ​ۖ وَطَعَامُ ٱلَّذِينَ أُوتُواْ ٱلْكِتَٰبَ حِلٌّ لَّكُمْ وَطَعَامُكُمْ حِلٌّ لَّهُمْ ​ۖ وَٱلْمُحْصَنَٰتُ مِنَ ٱلْمُؤْمِنَٰتِ وَٱلْمُحْصَنَٰتُ مِنَ ٱلَّذِينَ أُوتُواْ ٱلْكِتَٰبَ مِن قَبْلِكُمْ إِذَآ ءَاتَيْتُمُوهُنَّ أُجُورَهُنَّ مُحْصِنِينَ غَيْرَ مُسَٰفِحِينَ وَلَا مُتَّخِذِىٓ أَخْدَانٍ ​ۗ وَمَن يَكْفُرْ بِٱلْإِيمَٰنِ فَقَدْ حَبِطَ عَمَلُهُۥ وَهُوَ فِى ٱلْـَٔاخِرَةِ مِنَ ٱلْخَٰسِرِينَ‮٥‬‬‬
Sodiq
Bugungi kunda sizlarga pok narsalar halol qilindi. Kitob berilganlarning taomi siz uchun haloldir. Sizning taomingiz ular uchun haloldir. Afiyfa mo`minalar va sizdan oldin kitob berilganlardan bo`lgan afiyfalar ham, agar iffatli bo`lgan holingizda, zinokor bo`lmay va o`ynash tutmay mahrlarini bersangiz, sizga haloldir. Kim iymonni inkor qilsa, uning amali behuda ketadi va oxiratda u ziyon ko`ruvchilardan bo`ladir.[1]

[1] Islomda musulmonlarga ahli kitoblarning so`ygan so`yishlari halol qilingan. Bu oyatda «taom» so`zi qo`llangan, ammo undan ahli kitoblarning barcha taomlari, jumladan, cho`chqa yoki boshqa harom hayvonlarning go`shti, aroqqa o`xshash ichimliklari ham halol ekan-da, deb tushunilmasligi kerak. Bu narsalarning haromligi o`z-o`zidan hammaga ma'lum. Asli o`zi halol bo`lgan boshqa narsalar haqida ham avval aytib o`tildi. Demak, bu yerda gap go`shti asli halol bo`lgan hayvonlar ahli kitoblarning dinlari asosida so`yilgan bo`lsa, halol bo`lishligi haqida ketmoqda.)
ﻉ87Sahifa 10887ﻉ
6
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ إِذَا قُمْتُمْ إِلَى ٱلصَّلَوٰةِ فَٱغْسِلُواْ وُجُوهَكُمْ وَأَيْدِيَكُمْ إِلَى ٱلْمَرَافِقِ وَٱمْسَحُواْ بِرُءُوسِكُمْ وَأَرْجُلَكُمْ إِلَى ٱلْكَعْبَيْنِ ​ۚ وَإِن كُنتُمْ جُنُبًا فَٱطَّهَّرُواْ ​ۚ وَإِن كُنتُم مَّرْضَىٰٓ أَوْ عَلَىٰ سَفَرٍ أَوْ جَآءَ أَحَدٌ مِّنكُم مِّنَ ٱلْغَآئِطِ أَوْ لَٰمَسْتُمُ ٱلنِّسَآءَ فَلَمْ تَجِدُواْ مَآءً فَتَيَمَّمُواْ صَعِيدًا طَيِّبًا فَٱمْسَحُواْ بِوُجُوهِكُمْ وَأَيْدِيكُم مِّنْهُ ​ۚ مَا يُرِيدُ ٱللَّهُ لِيَجْعَلَ عَلَيْكُم مِّنْ حَرَجٍ وَلَٰكِن يُرِيدُ لِيُطَهِّرَكُمْ وَلِيُتِمَّ نِعْمَتَهُۥ عَلَيْكُمْ لَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ‮٦‬‬‬
Sodiq
Ey, iymon keltirganlar! Namozga turmoqchi bo`lsalaringiz, yuzlaringizni va qo`llaringizni chig`anoqlari ila yuvinglar. Boshlaringizga mas'h tortinglar. Va oyoqlaringizni to`piqlari ila yuvinglar. Agar junub bo`lsalaringiz, poklaninglar. Agar bemor yoki safarda bo`lsalaringiz yoxud birortalaringiz tahoratxonadan kelsa yoki ayollarga yaqinlik qilsa-yu, suv topa olmasalaringiz, bas, pokiza tuproq ila tayammum qilinglar. Undan yuzingizga va qo`llaringizga mas'h tortinglar. Alloh sizlarga qiyinchilik tug`dirishni istamas. Ammo sizlarni poklashni va sizlarga O`z ne'matini batamom qilib berishni istaydir. Shoyadki, shukr qilsangizlar.[1]

[1] Ushbu oyatlar sinchiklab o`qib-o`rganilsa, Islomning poklik dini, poklik bo`lganda ham, mukammal poklik dini ekanligi yaqqol namoyon bo`ladi. Avvalgi besh oyatda pok narsalarning halol qilingani, musulmonlarga pok taomlar, pokiza ayollar halol qilingani haqida so`z borgan bo`lsa, bu oyatda badan pokligi hamda, eng muhimi, qalb pokligi haqida so`z ketmoqda. Chunki namoz qalbni poklovchi amaldir. Hamma narsa poklikka tayanadi, poklikka qaratilgandir. Xossatan, namoz o`qish uchun nafaqat badan, balki kiyim-bosh va joy ham pok bo`lishi zarur.)
7
وَٱذْكُرُواْ نِعْمَةَ ٱللَّهِ عَلَيْكُمْ وَمِيثَٰقَهُ ٱلَّذِى وَاثَقَكُم بِهِۦٓ إِذْ قُلْتُمْ سَمِعْنَا وَأَطَعْنَا ​ۖ وَٱتَّقُواْ ٱللَّهَ ​ۚ إِنَّ ٱللَّهَ عَلِيمُ​ۢ بِذَاتِ ٱلصُّدُورِ‮٧‬‬‬
Sodiq
Allohning sizga bergan ne'matini va sizdan olgan ahdini eslang. O`zingiz: «Eshitdik va itoat qildik», degansiz-a?! Va Allohga taqvo qiling. Albatta, Alloh ko`kraklardagi narsani ham bilguvchi Zotdir.[1]

[1] Insonga Alloh bergan ne'matlarning sanog`iga yetib bo`lmasligini, bu ne'matlarning shukrini ham ado eta olmasligimizni yaxshi bilamiz. Ammo Allohning bizga bergan ne'matlari ichida eng ulug`i iymon — Islom ne'mati ekanini tushunib yetmog`imiz lozim. Bu ulkan ne'matning shukri unga amal qilish bilan bo`lishini ham tushunmog`imiz kerak. Oyatda kelayotgan «miysoq» — ahdnoma esa, Allohning amriga itoat qilish ahdnomasi edi. Bandalar o`zlari iymon keltirib, mo`min-musulmon bo`lganlarida, «eshitdik va itoat qilamiz», deb ahd berishgan edi. Endi ahkomlar keldi. Uni tinglab, o`rgansinlar va itoat qilsinlar. Taqvodor bo`lsinlar. Chunki Allohga iymonsiz, itoatsiz va taqvosiz hayotning mazmuni bo`lmaydi.)
8
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ كُونُواْ قَوَّٰمِينَ لِلَّهِ شُهَدَآءَ بِٱلْقِسْطِ ​ۖ وَلَا يَجْرِمَنَّكُمْ شَنَـَٔانُ قَوْمٍ عَلَىٰٓ أَلَّا تَعْدِلُواْ ​ۚ ٱعْدِلُواْ هُوَ أَقْرَبُ لِلتَّقْوَىٰ ​ۖ وَٱتَّقُواْ ٱللَّهَ ​ۚ إِنَّ ٱللَّهَ خَبِيرُ​ۢ بِمَا تَعْمَلُونَ‮٨‬‬‬
Sodiq
Ey, iymon keltirganlar! Alloh uchun haqda turing, adolatli guvoh bo`ling. Bir qavmni yomon ko`rishingiz sizni ularga nisbatan adolat qilmaslikka olib bormasin. Adolat qiling. Bu taqvoga oid ishdir. Allohga taqvo qiling. Albatta, Alloh qilayotgan amalingizdan xabardor Zotdir.[1]

[1] Darhaqiqat, o`zi uchun yoki oilasi, qavmi-qarindoshi, millati yoki boshqa e'tiborlar uchun emas, faqat Alloh uchun haqda turish kerak. Bu oson ish emas. Shuningdek, kezi kelganda o`ziga qarshi, hatto ota-onasi, bola-chaqasiga qarshi adolatli guvoh bo`lishga ham to`g`ri keladi. Bunday mo`'jizasifat ishlar faqat iymonning ta'mini totgan, Islomning haqiqatini anglagan kishilardangina sodir bo`ladi.)
9
وَعَدَ ٱللَّهُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَعَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ ​ۙ لَهُم مَّغْفِرَةٌ وَأَجْرٌ عَظِيمٌ‮٩‬‬‬
Sodiq
Alloh iymon keltirib yaxshi amallarni qilganlarga va'da qildi: Ularga mag`firat va ulkan ajr bo`lur.
10
وَٱلَّذِينَ كَفَرُواْ وَكَذَّبُواْ بِـَٔايَٰتِنَآ أُوْلَٰٓئِكَ أَصْحَٰبُ ٱلْجَحِيمِ‮١٠‬‬‬
Sodiq
Kufr keltirganlar va oyatlarimizni yolg`onga chiqarganlar — ana o`shalar do`zax egalaridir!
11
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ ٱذْكُرُواْ نِعْمَتَ ٱللَّهِ عَلَيْكُمْ إِذْ هَمَّ قَوْمٌ أَن يَبْسُطُوٓاْ إِلَيْكُمْ أَيْدِيَهُمْ فَكَفَّ أَيْدِيَهُمْ عَنكُمْ ​ۖ وَٱتَّقُواْ ٱللَّهَ ​ۚ وَعَلَى ٱللَّهِ فَلْيَتَوَكَّلِ ٱلْمُؤْمِنُونَ‮١١‬‬‬
Sodiq
Ey, iymon keltirganlar! Allohning sizga bergan ne'matini eslang. Bir qavm sizga qo`l uzatmoqchi bo`lganida, U ularning qo`llarini sizdan qaytargan edi. Va Allohga taqvo qiling. Mo`minlar Allohga tavakkal qilsinlar.[1]

[1] «Musulmonlarga qo`l cho`zmoqchi bo`lgan qavm» kimlar ekanligi haqida turli rivoyatlar bor. Ammo muhaqqiq ulamolarimiz bu qavm Hudaybiya hodisasi paytida Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni va musulmonlarni g`aflatda qoldirib, qirib tashlamoqchi bo`lgan mushriklar guruhi ekanini ta'kidlaganlar. Alloh ularga yovuz niyatlariga erishish imkonini bermadi. Ular musulmonlar qo`liga asir tushdilar. Bu, albatta, Alloh tomonidan musulmonlarga berilgan ulkan ne'matdir. Ko`rinib turibdiki, Alloh xohlasa, har qanday holda ham bandasiga ne'mat ato etadi. Ammo banda bunday baxtga erishishi uchun bu inoyatga loyiq bo`lishi lozim. Bu esa, yana taqvo bilan bo`ladi.)
ﻉ88Juz 6 4⁄888ﻉ
12
۞وَلَقَدْ أَخَذَ ٱللَّهُ مِيثَٰقَ بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ وَبَعَثْنَا مِنْهُمُ ٱثْنَىْ عَشَرَ نَقِيبًا ​ۖ وَقَالَ ٱللَّهُ إِنِّى مَعَكُمْ ​ۖ لَئِنْ أَقَمْتُمُ ٱلصَّلَوٰةَ وَءَاتَيْتُمُ ٱلزَّكَوٰةَ وَءَامَنتُم بِرُسُلِى وَعَزَّرْتُمُوهُمْ وَأَقْرَضْتُمُ ٱللَّهَ قَرْضًا حَسَنًا لَّأُكَفِّرَنَّ عَنكُمْ سَيِّـَٔاتِكُمْ وَلَأُدْخِلَنَّكُمْ جَنَّٰتٍ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَٰرُ ​ۚ فَمَن كَفَرَ بَعْدَ ذَٰلِكَ مِنكُمْ فَقَدْ ضَلَّ سَوَآءَ ٱلسَّبِيلِ‮١٢‬‬‬
Sodiq
Batahqiq, Alloh Bani Isroildan ahdnoma oldi. Ulardan o`n ikkitasini naqib qilib yubordik. Va Alloh: «Albatta, Men sizlar bilanman. Agar namozni qoim qilsangiz, zakotni bersangiz, Payg`ambarlarimga iymon keltirsangiz, ularni qo`llasangiz va Allohga yaxshi qarz bersangiz, albatta, sizning xatolaringizni kechiraman hamda sizni ostidan anhorlar oqib turadigan jannatlarga kiritaman. Bas, bundan keyin ham sizdan kim kufr keltirsa, batahqiq, to`g`ri yo`ldan adashgan bo`ladir», dedi.[1]

[1] Bani Isroil — yahudiylardir. Isroil — Ya'qub alayhissalomning ikkinchi ismlari. Ma'lumki, u kishining o`n ikkita o`g`illari bo`lgan. Ushbu o`n ikki o`g`ildan tarqalgan zurriyotlar Bani Isroilni tashkil etadi. Alloh taolo ahdni o`sha o`n ikki urug`ning asbotning) o`n ikki naqibi — vakilidan olgan.)
13
فَبِمَا نَقْضِهِم مِّيثَٰقَهُمْ لَعَنَّٰهُمْ وَجَعَلْنَا قُلُوبَهُمْ قَٰسِيَةً ​ۖ يُحَرِّفُونَ ٱلْكَلِمَ عَن مَّوَاضِعِهِۦ ​ۙ وَنَسُواْ حَظًّا مِّمَّا ذُكِّرُواْ بِهِۦ ​ۚ وَلَا تَزَالُ تَطَّلِعُ عَلَىٰ خَآئِنَةٍ مِّنْهُمْ إِلَّا قَلِيلًا مِّنْهُمْ ​ۖ فَٱعْفُ عَنْهُمْ وَٱصْفَحْ ​ۚ إِنَّ ٱللَّهَ يُحِبُّ ٱلْمُحْسِنِينَ‮١٣‬‬‬
Sodiq
Ahdlarini buzganlari uchun ularni la'natladik va qalblarini qattiq qildik. Ular kalimalarni o`z o`rnidan o`zgartirdilar. O`zlariga eslatma bo`lgan narsadan ko`p nasibani unutdilar. Ularning ozginalaridan boshqalaridan mudom xiyonat ko`rasan. Bas, ularni afv et va ayblarini o`tib yubor. Albatta, Alloh yaxshilik qiluvchilarni sevar.[1]

[1] Bani Isroil yahudiyligiga bordi. Hatto Alloh taolo bilan bo`lgan ahdnomani ham buzdi. Uni bajo keltirmadi. Namozni qoim qilmadi. Namoz deb atalmish ulug` ibodatni Alloh aytganidek emas, o`zlari xohlaganlaridek buzib ado etadigan bo`lishdi. Zakot berish u yoqda tursin, hamma iqtisodiy aloqalarga harom-xarishni qo`shdilar. Odamlarning molini botil yo`l bilan yeyishni joriy qildilar. Allohning barcha payg`ambarlariga birday iymon keltirishmadi, aksincha, ularning ko`pchiligini haqorat qildilar. Hatto Zakariyo, Yahyo alayhissalomlarga o`xshashlarini o`ldirishgacha borib yetdilar. Iso alayhissalomni o`ldirdik, deb da'vo qildilar. Oxirgi Payg`ambar Muhammad alayhissalotu vassalomni ham o`ldirishga harakat qildilar. Allohga yaxshi qarz berish tugul, bandaga ham yaxshi qarz bermadilar. Qarz berishda riboxo`rlikni butun dunyo bo`yicha yo`lga qo`ydilar.)
14
وَمِنَ ٱلَّذِينَ قَالُوٓاْ إِنَّا نَصَٰرَىٰٓ أَخَذْنَا مِيثَٰقَهُمْ فَنَسُواْ حَظًّا مِّمَّا ذُكِّرُواْ بِهِۦ فَأَغْرَيْنَا بَيْنَهُمُ ٱلْعَدَاوَةَ وَٱلْبَغْضَآءَ إِلَىٰ يَوْمِ ٱلْقِيَٰمَةِ ​ۚ وَسَوْفَ يُنَبِّئُهُمُ ٱللَّهُ بِمَا كَانُواْ يَصْنَعُونَ‮١٤‬‬‬
Sodiq
Va, «Biz nasorolarmiz», deganlarning ham ahdnomasini oldik. Bas, ular o`zlariga eslatma bo`lgan narsadan ko`p nasibani unutdilar. Biz ular orasida adovat va yomon ko`rishni qiyomat kunigacha qo`zg`atdik. Alloh, albatta, ularga qilmishlari haqida xabar beradir.[1]

[1] Iyso alayhissalomga birinchi ergashganlar Nosiro nomli qishloq aholisi ekan. Shuning uchun ham ularga «nasorolar», deb nom berilgan. Boshqa bir talqinlarga ko`ra, Iyso alayhissalom «Kim menga nusrat yordam) beradi?» deganlarida, biz, deb chiqqan ekanlar. Shuning uchun «nasoro» nomini olganlar. Nasorolarning o`zaro adovatlari hammaga ma'lum va mashhur. Katolik protestant bilan, pravoslav moruniy bilan yoki boshqasi yana biri bilan hamisha dushman. Har bir cherkov o`zini alohida dinda deb hisoblaydi va boshqasini dushman bilib, yomon ko`radi. Ularning o`zaro olib borgan diniy-mazhabiy urushlari oqibatida qonlar daryo bo`lib oqqani tarixda mashhur.)
15
يَٰٓأَهْلَ ٱلْكِتَٰبِ قَدْ جَآءَكُمْ رَسُولُنَا يُبَيِّنُ لَكُمْ كَثِيرًا مِّمَّا كُنتُمْ تُخْفُونَ مِنَ ٱلْكِتَٰبِ وَيَعْفُواْ عَن كَثِيرٍ ​ۚ قَدْ جَآءَكُم مِّنَ ٱللَّهِ نُورٌ وَكِتَٰبٌ مُّبِينٌ‮١٥‬‬‬
Sodiq
Ey, ahli kitoblar! Batahqiq, sizlarga Payg`ambarimiz keldi. U, sizga kitobdan berkitib yurgan ko`pgina narsalaringizni bayon qilib berur. Ko`pginasini esa, afv qilur. Batahqiq, sizlarga Allohdan nur va oydin Kitob keldi.[1]

[1] Yahudiy va nasorolarga bu oyatda ta'kidlab aytilayotgan narsa — Allohning oxirgi Payg`ambari alayhissalotu vassalomning nafaqat arab mushriklariga, balki dunyodagi boshqa barcha xalqlarga, shu jumladan, ahli kitoblarga ham Alloh tomonidan kelganliklaridir. Muhammad alayhissalomning yahudiylarga ham payg`ambar bo`lib kelishlari xabari Tavrotda bor bo`lib, ulardan ahd olinganda, u zotga iymon keltirish ahdi ham olingan edi. Shuningdek, u zoti bobarakot alayhissalotu vassalomni nasorolarga ham payg`ambar bo`lib kelishlari xabari Injilda zikr qilingan bo`lib, Alloh taolo nasorolardan ahd olgan paytida, u zot kelgan vaqtlarida iymon keltirish ahdi ham olingan edi. Bu oyatda ularga o`sha ahdnomada aytilgan payg`ambar darhaqiqat kelganligining xabarini berib turib, u zotning ahli kitoblarga qiladigan ba'zi ishlari ham aytilmoqda.)
16
يَهْدِى بِهِ ٱللَّهُ مَنِ ٱتَّبَعَ رِضْوَٰنَهُۥ سُبُلَ ٱلسَّلَٰمِ وَيُخْرِجُهُم مِّنَ ٱلظُّلُمَٰتِ إِلَى ٱلنُّورِ بِإِذْنِهِۦ وَيَهْدِيهِمْ إِلَىٰ صِرَٰطٍ مُّسْتَقِيمٍ‮١٦‬‬‬
Sodiq
U bilan Alloh O`z roziligini istaganlarni salom yo`llariga boshlar va ularni O`z izni ila zulmatlardan nurga chiqarar. Hamda sirotul mustaqiymga hidoyat qilar.[1]

[1] O`sha oydin Kitob — Qur'on bilan Alloh taolo O`z roziligini istab musulmon bo`lgan bandalarini salom tinchlik) yo`llariga boshlaydi.)
17
لَّقَدْ كَفَرَ ٱلَّذِينَ قَالُوٓاْ إِنَّ ٱللَّهَ هُوَ ٱلْمَسِيحُ ٱبْنُ مَرْيَمَ ​ۚ قُلْ فَمَن يَمْلِكُ مِنَ ٱللَّهِ شَيْـًٔا إِنْ أَرَادَ أَن يُهْلِكَ ٱلْمَسِيحَ ٱبْنَ مَرْيَمَ وَأُمَّهُۥ وَمَن فِى ٱلْأَرْضِ جَمِيعًا ​ۗ وَلِلَّهِ مُلْكُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَمَا بَيْنَهُمَا ​ۚ يَخْلُقُ مَا يَشَآءُ ​ۚ وَٱللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرٌ‮١٧‬‬‬
Sodiq
Batahqiq, Masiyh ibn Maryam Allohdir, deganlar ham kofir bo`ldilar. Ularga: «Agar Alloh Masiyh ibn Maryamni, uning onasini va yer yuzidagi barcha kimsalarni halok etishni iroda qilsa, kim Uni biron narsadan man qila oladi? Holbuki, osmonlaru yer va ularning orasidagi narsalar Allohnikidir. U nimani xohlasa, xalq qiladir. Va Alloh har bir narsaga qodirdir», deb ayt![1]

[1] Nasorolar Allohga bergan ahdlarida vafo qilmagan eng bosh masala — Allohning tavhidini qo`yib, shirkka burilishlari edi. Ularning zalolatga ketishlarining asosiy masalasi shu bo`lgan.)
18
وَقَالَتِ ٱلْيَهُودُ وَٱلنَّصَٰرَىٰ نَحْنُ أَبْنَٰٓؤُاْ ٱللَّهِ وَأَحِبَّٰٓؤُهُۥ ​ۚ قُلْ فَلِمَ يُعَذِّبُكُم بِذُنُوبِكُم ​ۖ بَلْ أَنتُم بَشَرٌ مِّمَّنْ خَلَقَ ​ۚ يَغْفِرُ لِمَن يَشَآءُ وَيُعَذِّبُ مَن يَشَآءُ ​ۚ وَلِلَّهِ مُلْكُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَمَا بَيْنَهُمَا ​ۖ وَإِلَيْهِ ٱلْمَصِيرُ‮١٨‬‬‬
Sodiq
Yahudiy va nasorolar: «Biz Allohning o`g`illarimiz va Uning mahbublarimiz», – dedilar. Ularga: «Unday bo`lsa, nimaga U sizlarni gunohlaringiz tufayli azoblaydir? Balki, sizlar U yaratgan bashardirsizlar. U kimni xohlasa, mag`firat qiladi. Kimni xohlasa, azoblaydir. Osmonlaru yer va ularning orasidagi narsalar Allohnikidir. Qaytib borish faqat Uning O`zigadir», – deb ayt.
19
يَٰٓأَهْلَ ٱلْكِتَٰبِ قَدْ جَآءَكُمْ رَسُولُنَا يُبَيِّنُ لَكُمْ عَلَىٰ فَتْرَةٍ مِّنَ ٱلرُّسُلِ أَن تَقُولُواْ مَا جَآءَنَا مِن​ۢ بَشِيرٍ وَلَا نَذِيرٍ ​ۖ فَقَدْ جَآءَكُم بَشِيرٌ وَنَذِيرٌ ​ۗ وَٱللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرٌ‮١٩‬‬‬
Sodiq
Ey, ahli kitoblar! Batahqiq, sizlarga Payg`ambarimiz keldi. U sizlarga Payg`ambarlardan bo`sh davrda (dinni) bayon qiladir. Bizga bashorat berguvchi ham, ogohlantirguvchi ham kelmagan, demasligingiz uchun. Bas, batahqiq, sizlarga bashorat berguvchi ham, ogohlantirguvchi ham keldi. Va Alloh har bir narsaga qodirdir.[1]

[1] Biz «bo`sh davr» deb tarjima qilgan so`z Qur'oni Karim matnida «fatratin» deyilgan. Bu so`z lug`atda, sukunat, bo`shlik, kesilish va zaiflik ma'nolarini anglatadi. Shariatda bir payg`ambar bilan ikkinchisining orasidagi payg`ambarsiz o`tgan vaqtga «fatiratun» — bo`sh davr deyiladi. Ma'lumki, Iyso alayhissalomning payg`ambarliklaridan so`ng Muhammad alayhissalotu vassalom kelgunlariga qadar oradan olti yuz yil o`tgan.)
20
وَإِذْ قَالَ مُوسَىٰ لِقَوْمِهِۦ يَٰقَوْمِ ٱذْكُرُواْ نِعْمَةَ ٱللَّهِ عَلَيْكُمْ إِذْ جَعَلَ فِيكُمْ أَن​ۢبِيَآءَ وَجَعَلَكُم مُّلُوكًا وَءَاتَىٰكُم مَّا لَمْ يُؤْتِ أَحَدًا مِّنَ ٱلْعَٰلَمِينَ‮٢٠‬‬‬
Sodiq
Muso o`z qavmiga: «Ey qavmim, Allohning sizga bergan ne'matlarini eslang. Axir, U sizdan Payg`ambarlar yubordi, podshohlar chiqardi va olamlarda birortaga bermagan narsalarni berdi-ku», – deganini esla.
21
يَٰقَوْمِ ٱدْخُلُواْ ٱلْأَرْضَ ٱلْمُقَدَّسَةَ ٱلَّتِى كَتَبَ ٱللَّهُ لَكُمْ وَلَا تَرْتَدُّواْ عَلَىٰٓ أَدْبَارِكُمْ فَتَنقَلِبُواْ خَٰسِرِينَ‮٢١‬‬‬
Sodiq
Ey qavmim, Alloh sizga yozib qo`ygan muqaddas yerga kiring. Ortingizga qaytmang, bas, ziyon ko`rguvchiga aylanasiz.
22
قَالُواْ يَٰمُوسَىٰٓ إِنَّ فِيهَا قَوْمًا جَبَّارِينَ وَإِنَّا لَن نَّدْخُلَهَا حَتَّىٰ يَخْرُجُواْ مِنْهَا فَإِن يَخْرُجُواْ مِنْهَا فَإِنَّا دَٰخِلُونَ‮٢٢‬‬‬
Sodiq
Ular: «Ey Muso, unda zo`ravon qavm bor. Ular undan chiqmagunlaricha biz hech qachon kirmasmiz. Agar ular chiqsalar, biz kiruvchidirmiz», – dedilar.
23
قَالَ رَجُلَانِ مِنَ ٱلَّذِينَ يَخَافُونَ أَنْعَمَ ٱللَّهُ عَلَيْهِمَا ٱدْخُلُواْ عَلَيْهِمُ ٱلْبَابَ فَإِذَا دَخَلْتُمُوهُ فَإِنَّكُمْ غَٰلِبُونَ ​ۚ وَعَلَى ٱللَّهِ فَتَوَكَّلُوٓاْ إِن كُنتُم مُّؤْمِنِينَ‮٢٣‬‬‬
Sodiq
Ulardan U zotdan qo`rqadiganlardan bo`lgan va Alloh ularga ne'mat ato etgan ikki kishi: «Ularning ustiga eshikdan kirib boringlar. Agar unga kirsalaring, albatta g`olib bo`lasizlar. Agar mo`min bo`lsangiz, Allohga tavakkal qilingiz», – dedilar.[1]

[1] Muso alayhissalom muqaddas yerdagi ahvolni bilish maqsadida oldin o`n ikkita naqib — vakil yuborgan edilar. Ushbu oyatda zikri kelgan, Allohdan qo`rquvchi va uning ne'matiga sazovor bo`lgan ikki kishi o`sha naqiblardan edi. Allohdan qo`rqadigan banda hech qachon boshqadan qo`rqmaydi. Chunki bir qalb ikki xavfni ko`tarmaydi. Allohdan qo`rqmagan esa, hammadan qo`rqadi. Ushbu ikki solih banda ham Allohdan qo`rqadiganlardan bo`lganlari uchun, qo`rqmasdan muqaddas yerga borib, u yerda yurgan katta jussali, baquvvat va zo`ravon qavmni o`z ko`zlari bilan ko`rib keldilar. Qavmlarini Allohning amriga itoat etib o`sha zo`ravon qavm ustiga dadil bostirib boraverishga undadilar. Ammo Xudodan qo`rqmaganlar Allohning amriga itoat etmasliklariga zo`ravon qavmdan qo`rqishlarini bahona qildilar.)
24
قَالُواْ يَٰمُوسَىٰٓ إِنَّا لَن نَّدْخُلَهَآ أَبَدًا مَّا دَامُواْ فِيهَا ​ۖ فَٱذْهَبْ أَنتَ وَرَبُّكَ فَقَٰتِلَآ إِنَّا هَٰهُنَا قَٰعِدُونَ‮٢٤‬‬‬
Sodiq
Ular: «Ey Muso, modomiki, ular bor ekan, biz zinhor va zinhor u yerga kirmasmiz. Sen o`zing Robbing ila borib ikkovlon ularga qarshi urush qilaveringlar. Biz bu yerda o`tirib turuvchimiz», – dedilar.[1]

[1] Qo`rqoqlikning oqibati shu-da. Demak, Alloh Muso alayhissalomning Robbi, Bani Isroilning Robbi emas ekan-da. Qo`rqoq bo`lgandan keyin hol shu. Hamma narsadan, hatto aqidadan ham voz kechib yuboraveriladi.)
25
قَالَ رَبِّ إِنِّى لَآ أَمْلِكُ إِلَّا نَفْسِى وَأَخِى ​ۖ فَٱفْرُقْ بَيْنَنَا وَبَيْنَ ٱلْقَوْمِ ٱلْفَٰسِقِينَ‮٢٥‬‬‬
Sodiq
U: «Ey Robbim, albatta, men o`zim va birodarimdan boshqaga ega emasman. O`zing biz bilan fosiq qavmning orasini ajratgin», – dedi.
26
قَالَ فَإِنَّهَا مُحَرَّمَةٌ عَلَيْهِمْ ​ۛ أَرْبَعِينَ سَنَةً ​ۛ يَتِيهُونَ فِى ٱلْأَرْضِ ​ۚ فَلَا تَأْسَ عَلَى ٱلْقَوْمِ ٱلْفَٰسِقِينَ‮٢٦‬‬‬
Sodiq
U: «Albatta, bu yer ularga qirq yilgacha haromdir. Ular yer yuzida hayron bo`lib yurarlar. Fosiq qavmlar uchun xafa bo`lma», – dedi.[1]

[1] Bani Isroilning bu qilmishi uchun, ya'ni Allohning amriga itoat etmagani — Muqaddas yerga kirmagani uchun, Alloh ularga bu muqaddas yerga kirishni qirq yilgacha harom qilib qo`ydi. Tafsirchilarimizning aytishlaricha, yahudiylar bu muddatda Siyno yarim orolidagi sahroda farsahlik joydan tashqariga chiqa olmay, adashib, hayron bo`lib, bir borgan joyga qayta-qayta borib yuraverdilar. Ana shunday hayronlik va sarson-sargardonlikda qirq yil yurdilar. Bu davrda mazkur gunohni sodir etgan, nobakor avlod o`lib bitdi. Sahroda o`sgan yangi avlod paydo bo`ldi. Ya'ni, Alloh tayin qilgan muddat tugaguncha avvalgilar muqaddas yerga kira olmay o`lib ketdilar.)
ﻉ90Juz 6 5⁄890ﻉ
27
۞وَٱتْلُ عَلَيْهِمْ نَبَأَ ٱبْنَىْ ءَادَمَ بِٱلْحَقِّ إِذْ قَرَّبَا قُرْبَانًا فَتُقُبِّلَ مِنْ أَحَدِهِمَا وَلَمْ يُتَقَبَّلْ مِنَ ٱلْـَٔاخَرِ قَالَ لَأَقْتُلَنَّكَ ​ۖ قَالَ إِنَّمَا يَتَقَبَّلُ ٱللَّهُ مِنَ ٱلْمُتَّقِينَ‮٢٧‬‬‬
Sodiq
Ularga Odamning ikki o`g`li xabarini haq ila tilovat qilib ber. Ikkovlari qurbonlik qilganlarida, birlaridan qabul qilindi, boshqasidan qabul qilinmadi. U: «Albatta, men seni o`ldirajakman», – dedi. Birisi: «Albatta, Alloh taqvodorlardangina qabul qiladir.
28
لَئِن​ۢ بَسَطتَ إِلَىَّ يَدَكَ لِتَقْتُلَنِى مَآ أَنَاْ بِبَاسِطٍ يَدِىَ إِلَيْكَ لِأَقْتُلَكَ ​ۖ إِنِّىٓ أَخَافُ ٱللَّهَ رَبَّ ٱلْعَٰلَمِينَ‮٢٨‬‬‬
Sodiq
Agar sen meni o`ldirish uchun qo`l ko`tarsang, men seni o`ldirish uchun qo`l ko`tarmasman. Men, albatta, olamlarning Robbi Allohdan qo`rqaman.
29
إِنِّىٓ أُرِيدُ أَن تَبُوٓأَ بِإِثْمِى وَإِثْمِكَ فَتَكُونَ مِنْ أَصْحَٰبِ ٱلنَّارِ ​ۚ وَذَٰلِكَ جَزَٰٓؤُاْ ٱلظَّٰلِمِينَ‮٢٩‬‬‬
Sodiq
Men, albatta, mening ham gunohimni, o`zingning ham gunohingni olib ketishingni, shu sababdan do`zax ahlidan bo`lishingni xohlayman. Ana o`sha zolimlarning jazosidir», – dedi.
30
فَطَوَّعَتْ لَهُۥ نَفْسُهُۥ قَتْلَ أَخِيهِ فَقَتَلَهُۥ فَأَصْبَحَ مِنَ ٱلْخَٰسِرِينَ‮٣٠‬‬‬
Sodiq
Nafsi unga birodarini o`ldirishni yaxshi ko`rsatdi. Bas, uni o`ldirdi. Shu sababdan ziyonkorlardan bo`ldi.
31
فَبَعَثَ ٱللَّهُ غُرَابًا يَبْحَثُ فِى ٱلْأَرْضِ لِيُرِيَهُۥ كَيْفَ يُوَٰرِى سَوْءَةَ أَخِيهِ ​ۚ قَالَ يَٰوَيْلَتَىٰٓ أَعَجَزْتُ أَنْ أَكُونَ مِثْلَ هَٰذَا ٱلْغُرَابِ فَأُوَٰرِىَ سَوْءَةَ أَخِى ​ۖ فَأَصْبَحَ مِنَ ٱلنَّٰدِمِينَ‮٣١‬‬‬
Sodiq
Alloh yer yuzida kezib yurgan qarg`ani unga birodarining o`ligini qanday ko`mishini ko`rsatish uchun yubordi. U: «Sho`rim qursin! Mana shu qarg`achalik bo`lib, birodarim o`ligini ko`ma olmadim-a?!» – dedi. Bas, u nadomat qiluvchilardan bo`ldi.[1]

[1] Oyati karimaning siyoqidan ko`rinib turibdiki, qotil birodarini o`ldirib qo`ygandan keyin nima qilarini bilmay qolgan. O`likni ko`mish kerakligi xayoliga kelmagan. Chunki avval o`lik bo`lmagan. Bu Yer yuzidagi birinchi o`lik edi. Rivoyatlarda kelishicha, shu paytda Alloh unga o`likni ko`mishni o`rgatish uchun ikki qarg`ani yuborgan. Ular qotilning oldida urushib, biri ikkinchisini o`ldirgan. So`ngra qotil qarg`a o`lgan qarg`ani yerni kavlab ko`mgan.)
32
مِنْ أَجْلِ ذَٰلِكَ كَتَبْنَا عَلَىٰ بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ أَنَّهُۥ مَن قَتَلَ نَفْسً​ۢا بِغَيْرِ نَفْسٍ أَوْ فَسَادٍ فِى ٱلْأَرْضِ فَكَأَنَّمَا قَتَلَ ٱلنَّاسَ جَمِيعًا وَمَنْ أَحْيَاهَا فَكَأَنَّمَآ أَحْيَا ٱلنَّاسَ جَمِيعًا ​ۚ وَلَقَدْ جَآءَتْهُمْ رُسُلُنَا بِٱلْبَيِّنَٰتِ ثُمَّ إِنَّ كَثِيرًا مِّنْهُم بَعْدَ ذَٰلِكَ فِى ٱلْأَرْضِ لَمُسْرِفُونَ‮٣٢‬‬‬
Sodiq
Shuning uchun ham, Bani Isroilga: «Kim bir jonni nohaqdan yoki yer yuzida fasod qilmasa ham o`ldirsa, xuddi hamma odamlarni o`ldirgan bo`ladi. Kim uni tiriltirsa, xuddi hamma odamlarni tiriltirgandek bo`ladi», deb yozdik. Batahqiq, ularga Payg`ambarlarimiz bayonotlar olib keldilar. So`ngra, bundan keyin ham, ulardan ko`plari yer yuzida isrof qilguvchilardan bo`ldilar.[1]

[1] Islomda o`lim hukmiga loyiq jinoyat qilmagan jon juda ham yuqori baholanadi. Zotan, o`lim hukmi ham boshqa yaxshi jonlarning hayotini saqlab qolish uchun chiqariladi. Shu bois bir beayb insonni o`ldirgan odam butun boshli insoniyatni o`ldirgandek jinoyat qilgan hisoblanadi. Xuddi shu haqiqatni Alloh taolo Bani Isroilga yozishi — farz qilishi — ular o`sha vaqtda ahli kitob bo`lib turgan qavm ekanligidadir.)
33
إِنَّمَا جَزَٰٓؤُاْ ٱلَّذِينَ يُحَارِبُونَ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥ وَيَسْعَوْنَ فِى ٱلْأَرْضِ فَسَادًا أَن يُقَتَّلُوٓاْ أَوْ يُصَلَّبُوٓاْ أَوْ تُقَطَّعَ أَيْدِيهِمْ وَأَرْجُلُهُم مِّنْ خِلَٰفٍ أَوْ يُنفَوْاْ مِنَ ٱلْأَرْضِ ​ۚ ذَٰلِكَ لَهُمْ خِزْىٌ فِى ٱلدُّنْيَا ​ۖ وَلَهُمْ فِى ٱلْـَٔاخِرَةِ عَذَابٌ عَظِيمٌ‮٣٣‬‬‬
Sodiq
Allohga va Uning Payg`ambariga qarshi urush qiluvchilar, yer yuzida fasod qiluvchilarning jazosi, albatta, o`ldirilmoqlari yoki osilmoqlari yoxud qo`l-oyoqlari qarama-qarshi tomondan kesilmog`i yoki yer yuzida surgun qilinmoqlaridir. Bu, ularga bu dunyoda or bo`lur. Oxiratda esa, ularga ulkan azob bor.
34
إِلَّا ٱلَّذِينَ تَابُواْ مِن قَبْلِ أَن تَقْدِرُواْ عَلَيْهِمْ ​ۖ فَٱعْلَمُوٓاْ أَنَّ ٱللَّهَ غَفُورٌ رَّحِيمٌ‮٣٤‬‬‬
Sodiq
Magar, ularga qodir bo`lishingizdan oldin tavba qilsalar, bilingki, albatta, Alloh mag`firatli va rahimli Zotdir.[1]

[1] Qo`lga tushmasdan oldin tavba qilish haqiqiy afsus-nadomatning, yaxshilikka qaytishga qilingan qat'iy qarorning alomatidir. Ular o`z jinoyatlarini davom ettiraversalar ham bo`lardi, ammo insofga kirib, ishlarining noto`g`ri ekanini anglab yetibdilar, Islom dini bu rag`batni taqdirlaydi. Boshqa shar'iy hukmlar qatori ushbu hukmga ham amal qilingan davrda elu ulus tinch bo`lib, hamma omonda edi. Bepoyon sahroda qo`y boqib yurgan cho`pon qo`ylariga bo`ri hujum qilishidan xavfsiramasa, boshqa qo`rqinchi yo`q edi. Ammo hozir-chi? Odamlar uyida tinch o`tira olmaydilar. Har qadamda jonlari ham, molu mulklari ham xavf ostida. Dunyodagi jami hukumatlar birlashib ham jinoyatchilarni jilovlay olmayaptilar. Allohning hukmiga yurmaslikning oqibati shu.)
35
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ ٱتَّقُواْ ٱللَّهَ وَٱبْتَغُوٓاْ إِلَيْهِ ٱلْوَسِيلَةَ وَجَٰهِدُواْ فِى سَبِيلِهِۦ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ‮٣٥‬‬‬
Sodiq
Ey, iymon keltirganlar! Allohga taqvo qilinglar va Unga vasiyla axtaringiz hamda Uning yo`lida jihod qilingiz. Shoyadki, yutuqqa erishsangiz.[1]

[1] Dunyoda qo`rqish lozim bo`lgan yagona zot Allohdir. Qachonki insonlarda Allohdan qo`rqish hissi — taqvo hissi bo`lmas ekan, hech qanday qonun, hech qanday tuzum odamlarni yomonlikdan saqlab tura olmaydi. Qo`yilgan mirshab yoki josuslar nazoratidan qochib, oldingidan ham battar ishlarni qilaveradilar. Insonda taqvo bo`lsa-chi? Unda har bir inson o`ziga o`zi qo`riqchi va kuzatuvchi bo`ladi. Hech kim uni nazorat qilmasa ham, hech kim ko`rmayotgan bo`lsa ham, yomonlik qilmaydi.)
36
إِنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ لَوْ أَنَّ لَهُم مَّا فِى ٱلْأَرْضِ جَمِيعًا وَمِثْلَهُۥ مَعَهُۥ لِيَفْتَدُواْ بِهِۦ مِنْ عَذَابِ يَوْمِ ٱلْقِيَٰمَةِ مَا تُقُبِّلَ مِنْهُمْ ​ۖ وَلَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ‮٣٦‬‬‬
Sodiq
Agar kufr keltirganlar qo`lida yer yuzidagi hamma narsa va yana shuncha narsa bo`lsa-yu, uni qiyomat kunining azobidan qutulishga to`lov qilib bersalar ham, ulardan qabul qilinmas. Ularga alamli azob bor.
37
يُرِيدُونَ أَن يَخْرُجُواْ مِنَ ٱلنَّارِ وَمَا هُم بِخَٰرِجِينَ مِنْهَا ​ۖ وَلَهُمْ عَذَابٌ مُّقِيمٌ‮٣٧‬‬‬
Sodiq
Ular do`zaxdan chiqmoqchi bo`lurlar. Ammo undan chiqa olmaslar. Ularga muqim azob bor.
38
وَٱلسَّارِقُ وَٱلسَّارِقَةُ فَٱقْطَعُوٓاْ أَيْدِيَهُمَا جَزَآءً​ۢ بِمَا كَسَبَا نَكَٰلًا مِّنَ ٱللَّهِ ​ۗ وَٱللَّهُ عَزِيزٌ حَكِيمٌ‮٣٨‬‬‬
Sodiq
O`g`ri erkak va o`g`ri ayolning qo`llarini kesinglar. Bu ularning qilmishiga jazo va Allohdan iqobdir. Alloh Aziyz va Hakiymdir.
39
فَمَن تَابَ مِن​ۢ بَعْدِ ظُلْمِهِۦ وَأَصْلَحَ فَإِنَّ ٱللَّهَ يَتُوبُ عَلَيْهِ ​ۗ إِنَّ ٱللَّهَ غَفُورٌ رَّحِيمٌ‮٣٩‬‬‬
Sodiq
Kim zulmidan keyin tavba etsa va amali solih qilsa, Alloh, albatta, tavbasini qabul qiladir. Shubhasiz, Alloh mag`firatli va rahimli Zotdir.[1]

[1] Gunoh qilgan banda tavbaga shoshilmog`i lozim. Ammo bu oyati karimaga chuqurroq nazar soladigan bo`lsak, unda «tavba etsa va amali solih qilsa», deyilmoqda. Musulmon odam uchun yomonlikdan qaytishning o`zi kifoya qilmas ekan. Yomonlikdan qaytish bilan birga, yaxshilik amallarni qilishi ham zarur ekan. Madinai Munavvarada bir ayol o`g`rilik qilib qo`lga tushadi. Uning qarindosh-urug`lari bundan qattiq tashvishlanadilar. Agar qo`li kesilsa, butun urug`imizga or bo`ladi, deb qayg`uradilar. Maslahatlashishib, Usoma ibn Zayd Payg`ambarimizning erkasi, uni ishga solaylik, kechirib yuborsalar ajab emas, deyishadi. Usoma ibn Zayd roziyallohu anhumo vositachilik qiladilar. Shunda Rasululloh alayhissalotu vassalom qattiq g`azablanadilar va masjidda jamoat namozidan so`ng xutba qilib «Sizga nima bo`ldiki, Allohning haddidan bo`lmish bir hadda menga vositachi qo`yasizlar! Allohga qasamki, agar Muhammadning qizi Fotima o`g`rilik qilsa ham, qo`lini kesaman! Sizdan oldin o`tganlarning halok bo`lishiga sabab ham oddiy odamga hadni joriy etib, obro`liga joriy etmaslik edi», dedilar. «Had» deganda shar'iy jazo tushuniladi.))
40
أَلَمْ تَعْلَمْ أَنَّ ٱللَّهَ لَهُۥ مُلْكُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ يُعَذِّبُ مَن يَشَآءُ وَيَغْفِرُ لِمَن يَشَآءُ ​ۗ وَٱللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرٌ‮٤٠‬‬‬
Sodiq
Osmonlaru yerning mulki Allohniki ekanligini, kimni xohlasa, azoblashini, kimni xohlasa, mag`firat qilishini va Alloh har bir narsaga qodir ekanini bilmasmiding?!
41
۞يَٰٓأَيُّهَا ٱلرَّسُولُ لَا يَحْزُنكَ ٱلَّذِينَ يُسَٰرِعُونَ فِى ٱلْكُفْرِ مِنَ ٱلَّذِينَ قَالُوٓاْ ءَامَنَّا بِأَفْوَٰهِهِمْ وَلَمْ تُؤْمِن قُلُوبُهُمْ ​ۛ وَمِنَ ٱلَّذِينَ هَادُواْ ​ۛ سَمَّٰعُونَ لِلْكَذِبِ سَمَّٰعُونَ لِقَوْمٍ ءَاخَرِينَ لَمْ يَأْتُوكَ ​ۖ يُحَرِّفُونَ ٱلْكَلِمَ مِن​ۢ بَعْدِ مَوَاضِعِهِۦ ​ۖ يَقُولُونَ إِنْ أُوتِيتُمْ هَٰذَا فَخُذُوهُ وَإِن لَّمْ تُؤْتَوْهُ فَٱحْذَرُواْ ​ۚ وَمَن يُرِدِ ٱللَّهُ فِتْنَتَهُۥ فَلَن تَمْلِكَ لَهُۥ مِنَ ٱللَّهِ شَيْـًٔا ​ۚ أُوْلَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ لَمْ يُرِدِ ٱللَّهُ أَن يُطَهِّرَ قُلُوبَهُمْ ​ۚ لَهُمْ فِى ٱلدُّنْيَا خِزْىٌ ​ۖ وَلَهُمْ فِى ٱلْـَٔاخِرَةِ عَذَابٌ عَظِيمٌ‮٤١‬‬‬
Sodiq
Ey Payg`ambar! Og`izlari ila: «Iymon keltirdik» deb, qalblari iymon keltirmaganlar va yahudiy bo`lganlarning kufrga oshiqadiganlaridan xafa bo`lma. Ular yolg`onni ko`p eshiturlar, senga kelmagan qavmlardan ham eshiturlar. So`zlarni joylaridan o`zgartirurlar. Ular: «Agar sizga bu berilsa, olinglar, agar bu berilmasa, hazir bo`linglar», derlar. Alloh kimni fitnaga solishni iroda qilsa, unga Alloh tomonidan bo`ladigan biron narsani to`sa olmassan. Alloh ana o`shalarning qalblarini poklashni iroda qilmadi. Ularga bu dunyoda sharmandalik bor. Ularga oxiratda ulkan azob bor.[1]

[1] «Og`izlari ila, iymon keltirdik, deb qalblari iymon keltirmaganlar»dan murod — munofiqlardir. Demak, ushbu oyati karima munofiqlar va yahudiylar haqida tushgan. Ma'lumki, munofiqlikning kelib chiqishi ham yahudiylarga borib taqaladi.)
42
سَمَّٰعُونَ لِلْكَذِبِ أَكَّٰلُونَ لِلسُّحْتِ ​ۚ فَإِن جَآءُوكَ فَٱحْكُم بَيْنَهُمْ أَوْ أَعْرِضْ عَنْهُمْ ​ۖ وَإِن تُعْرِضْ عَنْهُمْ فَلَن يَضُرُّوكَ شَيْـًٔا ​ۖ وَإِنْ حَكَمْتَ فَٱحْكُم بَيْنَهُم بِٱلْقِسْطِ ​ۚ إِنَّ ٱللَّهَ يُحِبُّ ٱلْمُقْسِطِينَ‮٤٢‬‬‬
Sodiq
Ular yolg`onni ko`p eshituvchilar, haromni ko`p yeyuvchilardir. Agar senga kelsalar, oralarida hukm chiqar yoki ulardan yuz o`gir. Agar ulardan yuz o`girsang, senga hech zarar keltira olmaslar. Agar hukm qilsang, oralarida adolat ila hukm qil. Albatta, Alloh adolat qiluvchilarni sevadir.[1]

[1] Iymon-Islom bo`lmasa, jamiyatda yolg`on avj oladi. Ularning eshitadigan narsasi yolg`on bo`lib qoladi. Yolg`onni ko`p eshitadi degani, demak, qariyb hamma yolg`on gapiradi, deganidir. Atrof yolg`onga to`lib ketadi. Yetti yoshdan yetmish yoshgacha yolg`onchiga aylanadi. Rost va to`g`ri so`zga joy qolmaydi. Unday jamiyatda rost va to`g`ri so`zli odam aqldan ozgan va g`arib sanaladi. Chunki u yashab turgan jamiyatda rost so`zni faqat yolg`on topa olmay qolganlaridagina, noilojlikdan gapiradilar. Mazkur kishilarning yana bir sifati — «haromni ko`p yeyuvchilar»dir. Og`zi bilan iymon keltirib, qalbi iymon keltirmaganlar jamiyatida va yahudiy bo`lganlar jamiyatida harom yemoq odat tusiga kiradi. Iymon-Islom bo`lmagan jamiyatda harom yeyish avj oladi. Alloh harom qilgan cho`chqa, o`limtik, qon, aroq va boshqalarni o`zlari uchun eng tansiq va aziz taom hisoblaydilar. Buning ustiga, topganlari hammasi harom. Botil yo`l bilan, qimor, poraxo`rlik, riboxo`rlik, tovlamachilik, zo`ravonlik, o`g`rilik, birovning haqini tortib olish kabi yo`llar bilan mol topadilar. Ularning jamiyatida halol yo`l bilan rizq topish anqoning urug`iga aylanadi. O`zlari shunday holda bo`la turib, yana munofiqlik ila fatvo so`rab kelishadi.)
43
وَكَيْفَ يُحَكِّمُونَكَ وَعِندَهُمُ ٱلتَّوْرَىٰةُ فِيهَا حُكْمُ ٱللَّهِ ثُمَّ يَتَوَلَّوْنَ مِن​ۢ بَعْدِ ذَٰلِكَ ​ۚ وَمَآ أُوْلَٰٓئِكَ بِٱلْمُؤْمِنِينَ‮٤٣‬‬‬
Sodiq
O`zlarida Tavrot bo`la turib, unda Allohning hukmi bo`la turib, qanday qilib seni hakam qilurlar-u, so`ngra yana yuz o`girib keturlar? Ular mo`min emaslar.
44
إِنَّآ أَنزَلْنَا ٱلتَّوْرَىٰةَ فِيهَا هُدًى وَنُورٌ ​ۚ يَحْكُمُ بِهَا ٱلنَّبِيُّونَ ٱلَّذِينَ أَسْلَمُواْ لِلَّذِينَ هَادُواْ وَٱلرَّبَّٰنِيُّونَ وَٱلْأَحْبَارُ بِمَا ٱسْتُحْفِظُواْ مِن كِتَٰبِ ٱللَّهِ وَكَانُواْ عَلَيْهِ شُهَدَآءَ ​ۚ فَلَا تَخْشَوُاْ ٱلنَّاسَ وَٱخْشَوْنِ وَلَا تَشْتَرُواْ بِـَٔايَٰتِى ثَمَنًا قَلِيلًا ​ۚ وَمَن لَّمْ يَحْكُم بِمَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ فَأُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْكَٰفِرُونَ‮٤٤‬‬‬
Sodiq
Biz Tavrotni nozil qildik. Unda hidoyat va nur bor. U bilan U zotga taslim bo`lgan Payg`ambarlar, Allohning kitobini muhofaza qilishga mukallaf bo`lgan robboniylar va ahborlar yahudiy bo`lganlarga hukm yuriturlar. Ular bu kitobga guvoh qilinganlar. Odamlardan qo`rqmanglar, Mendan qo`rqinglar. Mening oyatlarimni arzon bahoga sotmanglar. Kim Alloh nozil qilgan narsa ila hukm yuritmasa, o`shalar kofirlardir.
45
وَكَتَبْنَا عَلَيْهِمْ فِيهَآ أَنَّ ٱلنَّفْسَ بِٱلنَّفْسِ وَٱلْعَيْنَ بِٱلْعَيْنِ وَٱلْأَنفَ بِٱلْأَنفِ وَٱلْأُذُنَ بِٱلْأُذُنِ وَٱلسِّنَّ بِٱلسِّنِّ وَٱلْجُرُوحَ قِصَاصٌ ​ۚ فَمَن تَصَدَّقَ بِهِۦ فَهُوَ كَفَّارَةٌ لَّهُۥ ​ۚ وَمَن لَّمْ يَحْكُم بِمَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ فَأُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلظَّٰلِمُونَ‮٤٥‬‬‬
Sodiq
Biz unda ularga: jonga — jon, ko`zga — ko`z, burunga — burun, quloqqa — quloq, tishga — tish va jarohatlarda qasos vojib, deb yozdik. Kim u(qasos)ni kechib yuborsa, bu unga kafforotdir. Kim Alloh nozil qilgan narsa ila hukm yuritmasa, o`shalar zolimlardir.[1]

[1] Ya'ni, Biz Tavrotda yahudiylarga jinoyatchilardan qasos olishni vojib, deb yozdik. Jonga — jon, ya'ni odam o`ldirganning o`zi ham o`ldiriladi. Ko`zga — ko`z, ya'ni birovning ko`zini ko`r qilgandan uning ham ko`zini ko`r qilish ila qasos olinadi. Burun, quloq, tish va boshqa a'zolar, shuningdek, yetgan jarohatlarga ham shunga o`xshatib qasos olinadi. Ushbu hukm Islom shariatida ham o`zgartirilmasdan qabul qilingan.)
46
وَقَفَّيْنَا عَلَىٰٓ ءَاثَٰرِهِم بِعِيسَى ٱبْنِ مَرْيَمَ مُصَدِّقًا لِّمَا بَيْنَ يَدَيْهِ مِنَ ٱلتَّوْرَىٰةِ ​ۖ وَءَاتَيْنَٰهُ ٱلْإِنجِيلَ فِيهِ هُدًى وَنُورٌ وَمُصَدِّقًا لِّمَا بَيْنَ يَدَيْهِ مِنَ ٱلتَّوْرَىٰةِ وَهُدًى وَمَوْعِظَةً لِّلْمُتَّقِينَ‮٤٦‬‬‬
Sodiq
Ularning izlaridan Iyso ibn Maryamni o`zidan oldingi Tavrotni tasdiqlovchi qilib yubordik. Unga Injilni berdik. Unda hidoyat va nur bor. U o`zidan oldingi Tavrotni tasdiqlaguvchidir. U taqvodorlar uchun hidoyat va mav'izadir.
47
وَلْيَحْكُمْ أَهْلُ ٱلْإِنجِيلِ بِمَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ فِيهِ ​ۚ وَمَن لَّمْ يَحْكُم بِمَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ فَأُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْفَٰسِقُونَ‮٤٧‬‬‬
Sodiq
Injil ahli unda Alloh nozil qilgan narsa ila hukm yuritsinlar. Kim Alloh nozil qilgan narsa ila hukm yuritmasa, ana o`shalar fosiqlardir.[1]

[1] Demak, Injilga e'tiqod qilgan nasorolar ham unda Alloh nozil qilgan hukmlar ostida, o`sha hukmlarni joriy qilgan holda yashamoqlari kerak bo`lgan. Tavrot ahli undagi hukmlar ostida, Injil ahli ham undagi hukmlar ostida yashamoqlari matlub bo`lgan. Qur'on tushib bo`lganidan keyin esa, hamma baravariga Qur'onning ahkomlari ostida yashashi vojibga aylangan.)
48
وَأَنزَلْنَآ إِلَيْكَ ٱلْكِتَٰبَ بِٱلْحَقِّ مُصَدِّقًا لِّمَا بَيْنَ يَدَيْهِ مِنَ ٱلْكِتَٰبِ وَمُهَيْمِنًا عَلَيْهِ ​ۖ فَٱحْكُم بَيْنَهُم بِمَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ ​ۖ وَلَا تَتَّبِعْ أَهْوَآءَهُمْ عَمَّا جَآءَكَ مِنَ ٱلْحَقِّ ​ۚ لِكُلٍّ جَعَلْنَا مِنكُمْ شِرْعَةً وَمِنْهَاجًا ​ۚ وَلَوْ شَآءَ ٱللَّهُ لَجَعَلَكُمْ أُمَّةً وَٰحِدَةً وَلَٰكِن لِّيَبْلُوَكُمْ فِى مَآ ءَاتَىٰكُمْ ​ۖ فَٱسْتَبِقُواْ ٱلْخَيْرَٰتِ ​ۚ إِلَى ٱللَّهِ مَرْجِعُكُمْ جَمِيعًا فَيُنَبِّئُكُم بِمَا كُنتُمْ فِيهِ تَخْتَلِفُونَ‮٤٨‬‬‬
Sodiq
Va Biz senga kitobni haq ila, o`zidan oldingi Kitobni tasdiqlovchi va uning ustidan nazorat etguvchi qilib nozil qildik. Bas, ular orasida Alloh nozil etgan narsa ila hukm yurit. O`zingga kelgan haqni qo`yib, ularning xohishlariga ergashma. Sizlardan har biringizga alohida shariat va yo`l qilib qo`ydik. Agar Alloh xohlasa, hammangizni bir ummat qilib qo`yar edi. Ammo U sizlarni O`zi ato etgan narsada sinamoq istaydir. Yaxshilikka shoshilingiz. Hammangizning qaytar joyingiz Alloh huzuridadir. Bas, o`shanda ixtilof qilgan narsalaringiz haqida xabar berur.[1]

[1] Qur'on, undan kelib chiqadigan Islom shariati Alloh tomonidan tushgan. Kim uni inkor etsa, Allohni inkor etadi. Ya'ni, Qur'oni Karim o`zidan oldingi kitoblarda kelgan ilohiy ta'limotlarni tasdiqlaydi. U oxirgi va boqiy kitob, shuning uchun ham oldingi kitoblarga haqiqiy bahoni u beradi. Qur'oni Karim oxirgi kitob bo`lgani uchun ham hamma ta'limotlar ustidan nozir va hakamdir. Ulardagi ixtilof va kelishmovchiliklar haqidagi hukmlar ham Qur'ondan chiqadi.)
49
وَأَنِ ٱحْكُم بَيْنَهُم بِمَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ وَلَا تَتَّبِعْ أَهْوَآءَهُمْ وَٱحْذَرْهُمْ أَن يَفْتِنُوكَ عَن​ۢ بَعْضِ مَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ إِلَيْكَ ​ۖ فَإِن تَوَلَّوْاْ فَٱعْلَمْ أَنَّمَا يُرِيدُ ٱللَّهُ أَن يُصِيبَهُم بِبَعْضِ ذُنُوبِهِمْ ​ۗ وَإِنَّ كَثِيرًا مِّنَ ٱلنَّاسِ لَفَٰسِقُونَ‮٤٩‬‬‬
Sodiq
Ular orasida Alloh nozil etgan narsa ila hukm yurit. Ularning xohishlariga ergashma va ular seni Alloh senga nozil qilgan narsada fitnaga solishlaridan hazir bo`l. Agar yuz o`girsalar, bilki, Alloh ularni ba'zi gunohlari tufayli musiybatga solishni iroda qilibdir. Albatta, odamlardan ko`plari fosiqlardir.[1]

[1] Ya'ni, odamlar shariat hukmini yuritishda ba'zi juz'iy kamchiliklar bo`lishini taklif qilsa ham, qabul etma, deganidir. Noma'qul odamlar shariatga umuman amal qilmaslik haqida takliflar kiritadilar, bu qabul bo`lmasa, kichikroq o`zgartish kiritishni taklif etadilar. Tabiiyki, bu ham qabul bo`lmaydi. Shunda Alloh insof berganlari o`ziga kelib, haqiqatga taslim bo`ladi. Musulmon bo`lib hayot kechirishni boshlaydi. Insofga kelmaganlari esa, yuz o`girib ketadi.)
50
أَفَحُكْمَ ٱلْجَٰهِلِيَّةِ يَبْغُونَ ​ۚ وَمَنْ أَحْسَنُ مِنَ ٱللَّهِ حُكْمًا لِّقَوْمٍ يُوقِنُونَ‮٥٠‬‬‬
Sodiq
Johiliyat hukmini istarlarmi?! Ishonchi komil qavmlar uchun Allohdan hukmi yaxshiroq kim bor?!
ﻉ93Juz 6 7⁄8 • Sahifa 11793ﻉ
51
۞يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ لَا تَتَّخِذُواْ ٱلْيَهُودَ وَٱلنَّصَٰرَىٰٓ أَوْلِيَآءَ ​ۘ بَعْضُهُمْ أَوْلِيَآءُ بَعْضٍ ​ۚ وَمَن يَتَوَلَّهُم مِّنكُمْ فَإِنَّهُۥ مِنْهُمْ ​ۗ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يَهْدِى ٱلْقَوْمَ ٱلظَّٰلِمِينَ‮٥١‬‬‬
Sodiq
Ey, iymon keltirganlar! Yahudiy va nasorolarni o`zingizga do`st tutmang. Ular bir-birlari bilan do`stdirlar. Sizdan kim ularni do`st tutsa, albatta, u ulardandir. Albatta, Alloh zolim qavmlarni hidoyat etmas.
52
فَتَرَى ٱلَّذِينَ فِى قُلُوبِهِم مَّرَضٌ يُسَٰرِعُونَ فِيهِمْ يَقُولُونَ نَخْشَىٰٓ أَن تُصِيبَنَا دَآئِرَةٌ ​ۚ فَعَسَى ٱللَّهُ أَن يَأْتِىَ بِٱلْفَتْحِ أَوْ أَمْرٍ مِّنْ عِندِهِۦ فَيُصْبِحُواْ عَلَىٰ مَآ أَسَرُّواْ فِىٓ أَنفُسِهِمْ نَٰدِمِينَ‮٥٢‬‬‬
Sodiq
Qalblarida kasallik borlarning «Zamon aylanib bizga musiybat yetishidan qo`rqamiz» deb, ular tomon shoshilganini ko`rasan. Shoyadki, Alloh fathu nusrat bersa yoki O`z tomonidan biron ish ato qilsayu o`zlaricha sirlashgan narsalariga nadomat qilsalar.[1]

[1] Ya'ni, mazkur kofirlar zamon aylanib musulmonlar yengilib qolsa, g`oliblarning zarbasi ostida qolmayin, deb qo`rqadi. Demak, Islomga u ixlos bilan kirgan emas. Musulmonlar ustun kelib turganda, ulardan qo`rqib, tili bilan musulmonligini izhor qilgan, ba'zi ibodatlarga va diniy ko`rsatmalarga ham amal qilib turgan. Musulmonlarga qarshi bo`lgan kofirlar bilan ham do`stlashib, hamkorlik qilib, mabodo zamon aylanib ular musulmonlardan ustun kelib qolsa, menga zarar berishmasin, deb turadi. Lekin ish tamoman boshqacha bo`lib chiqishi ham mumkin.)
53
وَيَقُولُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ أَهَٰٓؤُلَآءِ ٱلَّذِينَ أَقْسَمُواْ بِٱللَّهِ جَهْدَ أَيْمَٰنِهِمْ ​ۙ إِنَّهُمْ لَمَعَكُمْ ​ۚ حَبِطَتْ أَعْمَٰلُهُمْ فَأَصْبَحُواْ خَٰسِرِينَ‮٥٣‬‬‬
Sodiq
Iymon keltirganlar: «O`zlarini sizlar bilan deb, Allohning nomi ila jon-jahdlari ila qasam ichganlar anavilarmi?» – deyishadi. Amallari behuda ketdi. Bas, ziyon ko`rguvchilardan bo`ldilar.
54
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ مَن يَرْتَدَّ مِنكُمْ عَن دِينِهِۦ فَسَوْفَ يَأْتِى ٱللَّهُ بِقَوْمٍ يُحِبُّهُمْ وَيُحِبُّونَهُۥٓ أَذِلَّةٍ عَلَى ٱلْمُؤْمِنِينَ أَعِزَّةٍ عَلَى ٱلْكَٰفِرِينَ يُجَٰهِدُونَ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ وَلَا يَخَافُونَ لَوْمَةَ لَآئِمٍ ​ۚ ذَٰلِكَ فَضْلُ ٱللَّهِ يُؤْتِيهِ مَن يَشَآءُ ​ۚ وَٱللَّهُ وَٰسِعٌ عَلِيمٌ‮٥٤‬‬‬
Sodiq
Ey, iymon keltirganlar! Sizlardan kim dinidan qaytsa, Alloh albatta O`zi sevadigan va ular ham Allohni sevadigan qavmni keltirur. Ular mo`minlarga xokisor, kofirlarga qattiqqo`l, Allohning yo`lida jihod qilurlar va malomatchining malomatidan qo`rqmaslar. Bu, Allohning fazli bo`lib, xohlagan odamiga beradir. Alloh fazli-karami keng va biluvchi Zotdir.[1]

[1] Alloh taolo dinining Yer yuzida barqaror bo`lishni iroda etgan. Bu irodani yuzaga chiqarishda ba'zi bandalarini vosita — sabab qiladi. Mana shu sharafli ishga musulmon ummati tanlangan. Kim bu sharafni yetarli taqdir etsa, chin qalbidan ixlos bilan bu dinga xizmat qiladi. Bu din yo`lida jonini ham, molini ham baxsh etadi. Ammo kim bu ulkan baxtning qadriga yetmasa, turli bahonalar bilan Islomdan qaytsa — murtad bo`lsa, yomonligi o`zigadir. Islomga hech qanday zarar yetmaydi. Qaytaga, unga o`xshagan noma'qul shaxslardan xoli bo`ladi. Alloh undaylarga muhtoj emas.)
55
إِنَّمَا وَلِيُّكُمُ ٱللَّهُ وَرَسُولُهُۥ وَٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ ٱلَّذِينَ يُقِيمُونَ ٱلصَّلَوٰةَ وَيُؤْتُونَ ٱلزَّكَوٰةَ وَهُمْ رَٰكِعُونَ‮٥٥‬‬‬
Sodiq
Albatta, sizning valiylaringiz Alloh, Uning Payg`ambari va bo`ysungan hollarida namozni qoim qilib, zakotni ado etadigan iymon keltirganlardir.
56
وَمَن يَتَوَلَّ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥ وَٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ فَإِنَّ حِزْبَ ٱللَّهِ هُمُ ٱلْغَٰلِبُونَ‮٥٦‬‬‬
Sodiq
Kim Allohni, Uning Payg`ambarini va iymon keltirganlarni valiy qilib olsa, bas, albatta, Allohning hizbi — ana o`shalar g`oliblardir.
57
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ لَا تَتَّخِذُواْ ٱلَّذِينَ ٱتَّخَذُواْ دِينَكُمْ هُزُوًا وَلَعِبًا مِّنَ ٱلَّذِينَ أُوتُواْ ٱلْكِتَٰبَ مِن قَبْلِكُمْ وَٱلْكُفَّارَ أَوْلِيَآءَ ​ۚ وَٱتَّقُواْ ٱللَّهَ إِن كُنتُم مُّؤْمِنِينَ‮٥٧‬‬‬
Sodiq
Ey, iymon keltirganlar! Diningizni masxara va o`yin qilib olgan sizdan oldin kitob berilganlar va kufr keltirganlarni valiy — do`st tutmang. Agar mo`min bo`lsangiz, Allohga taqvo qiling.
58
وَإِذَا نَادَيْتُمْ إِلَى ٱلصَّلَوٰةِ ٱتَّخَذُوهَا هُزُوًا وَلَعِبًا ​ۚ ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمْ قَوْمٌ لَّا يَعْقِلُونَ‮٥٨‬‬‬
Sodiq
Agar namozga nido qilsangiz, ular uni masxara va o`yin qilishadi. Bu ularning aql qilmaydigan qavmligidandir.
59
قُلْ يَٰٓأَهْلَ ٱلْكِتَٰبِ هَلْ تَنقِمُونَ مِنَّآ إِلَّآ أَنْ ءَامَنَّا بِٱللَّهِ وَمَآ أُنزِلَ إِلَيْنَا وَمَآ أُنزِلَ مِن قَبْلُ وَأَنَّ أَكْثَرَكُمْ فَٰسِقُونَ‮٥٩‬‬‬
Sodiq
«Ey, ahli kitoblar! Bizni faqat Allohga hamda o`zimizga nozil qilingan va avvallari nozil qilingan narsalarga iymon keltirganimiz uchun va sizlarning ko`pchiligingiz fosiq bo`lganingiz uchun ayblaysizlarmi?!» – deb ayt.[1]

[1] Ahli kitob bo`lsin, xudosiz bo`lsin, mushrik bo`lsin, munofiq bo`lsin, kim bo`lishidan qat'iy nazar, musulmon bo`lmaganlar musulmonlarni yomon ko`rishiga asosiy sabab iymondir. Kofirlarning bu ishlari hech qanday mantiqqa to`g`ri kelmaydigan bir holat. O`ylab ko`ring-a iymonsiz odam mo`min insonni mo`min bo`lgani uchun yomon ko`rsa?! Qo`polroq misol keltiradigan bo`lsak, bu narsa aroqxo`r-alkash aroq ichmaydigan pok odamni faqat aroq ichmagani uchun yomon ko`rishidek gap.)
60
قُلْ هَلْ أُنَبِّئُكُم بِشَرٍّ مِّن ذَٰلِكَ مَثُوبَةً عِندَ ٱللَّهِ ​ۚ مَن لَّعَنَهُ ٱللَّهُ وَغَضِبَ عَلَيْهِ وَجَعَلَ مِنْهُمُ ٱلْقِرَدَةَ وَٱلْخَنَازِيرَ وَعَبَدَ ٱلطَّٰغُوتَ ​ۚ أُوْلَٰٓئِكَ شَرٌّ مَّكَانًا وَأَضَلُّ عَن سَوَآءِ ٱلسَّبِيلِ‮٦٠‬‬‬
Sodiq
«Sizlarga Allohning huzuridagi bundan ham ko`ra yomonroq «savob»ning xabarini beraymi? Kim Allohning la'natiga uchragan, g`azabiga duchor bo`lgan, maymun va cho`chqaga aylantirilgan va tog`utga ibodat qilgan bo`lsa, ana o`shalar yomon martabadagi va to`g`ri yo`ldan butunlay adashgan kimsalardir», – deb ayt![1]

[1] O`zlari shunday ulkan «savob»ga — Allohning la'natiga uchrab turib, yana musulmonlarni Allohga va U nozil qilgan narsaga iymon keltirganlari uchungina ayblashni ularga kim qo`yibdi?!)
61
وَإِذَا جَآءُوكُمْ قَالُوٓاْ ءَامَنَّا وَقَد دَّخَلُواْ بِٱلْكُفْرِ وَهُمْ قَدْ خَرَجُواْ بِهِۦ ​ۚ وَٱللَّهُ أَعْلَمُ بِمَا كَانُواْ يَكْتُمُونَ‮٦١‬‬‬
Sodiq
Ular huzuringizga kelsalar, iymon keltirdik, derlar. Holbuki, ularning kufr ila kirib, kufr ila chiqishlari shubhasiz. Alloh ular berkitgan narsani yaxshi biladir.
62
وَتَرَىٰ كَثِيرًا مِّنْهُمْ يُسَٰرِعُونَ فِى ٱلْإِثْمِ وَٱلْعُدْوَٰنِ وَأَكْلِهِمُ ٱلسُّحْتَ ​ۚ لَبِئْسَ مَا كَانُواْ يَعْمَلُونَ‮٦٢‬‬‬
Sodiq
Va ulardan ko`plarining gunohga, dushmanlikka va harom yemoqqa oshiqayotganini ko`rasan. Qilayotgan ishlari qanday ham yomon!
63
لَوْلَا يَنْهَىٰهُمُ ٱلرَّبَّٰنِيُّونَ وَٱلْأَحْبَارُ عَن قَوْلِهِمُ ٱلْإِثْمَ وَأَكْلِهِمُ ٱلسُّحْتَ ​ۚ لَبِئْسَ مَا كَانُواْ يَصْنَعُونَ‮٦٣‬‬‬
Sodiq
Robboniylari va ahborlari ularni gunoh aytish va haromni yeyishdan qaytarsalar bo`lmasmi?! Qilayotgan hunarlari qanday ham yomon-a!
64
وَقَالَتِ ٱلْيَهُودُ يَدُ ٱللَّهِ مَغْلُولَةٌ ​ۚ غُلَّتْ أَيْدِيهِمْ وَلُعِنُواْ بِمَا قَالُواْ ​ۘ بَلْ يَدَاهُ مَبْسُوطَتَانِ يُنفِقُ كَيْفَ يَشَآءُ ​ۚ وَلَيَزِيدَنَّ كَثِيرًا مِّنْهُم مَّآ أُنزِلَ إِلَيْكَ مِن رَّبِّكَ طُغْيَٰنًا وَكُفْرًا ​ۚ وَأَلْقَيْنَا بَيْنَهُمُ ٱلْعَدَٰوَةَ وَٱلْبَغْضَآءَ إِلَىٰ يَوْمِ ٱلْقِيَٰمَةِ ​ۚ كُلَّمَآ أَوْقَدُواْ نَارًا لِّلْحَرْبِ أَطْفَأَهَا ٱللَّهُ ​ۚ وَيَسْعَوْنَ فِى ٱلْأَرْضِ فَسَادًا ​ۚ وَٱللَّهُ لَا يُحِبُّ ٱلْمُفْسِدِينَ‮٦٤‬‬‬
Sodiq
Yahudiylar: «Allohning qo`li bog`liqdir», dedilar. Qo`llari bog`lansin ularning! Aytganlari uchun la'natga uchrasinlar! Aksincha, Allohning ikki qo`li ochiq, xohlaganicha nafaqa qilur. Senga Robbingdan nozil qilingan narsa ulardan ko`plarining tug`yon va kufrini ziyoda qilur. Ularning orasiga qiyomat kunigacha dushmanlik va yomon ko`rishni soldik. Ular qachon urush olovini yoqsalar, Alloh o`chirur. Ular yer yuzida fasod qilib yurarlar. Alloh fasod qilguvchilarni sevmas.[1]

[1] Ushbu oyati karima yahudiylarning Alloh taologa nisbatan katta beodobliklaridan birini keltirish bilan so`z boshlanmoqda. Ular Alloh taolo to`g`risida noto`g`ri tasavvurga borib «Allohning qo`li bog`liqdir», dedilar». Hamma ayblardan xoli bo`lgan Alloh taoloni baxil, deya sifatlash uchun faqat yahudiy bo`lish kerak. Faqat ulargina bunday da'vo qilishga jur'at etishlari mumkin. Aslida, baxillik yahudiylarning o`zlariga xos.)
65
وَلَوْ أَنَّ أَهْلَ ٱلْكِتَٰبِ ءَامَنُواْ وَٱتَّقَوْاْ لَكَفَّرْنَا عَنْهُمْ سَيِّـَٔاتِهِمْ وَلَأَدْخَلْنَٰهُمْ جَنَّٰتِ ٱلنَّعِيمِ‮٦٥‬‬‬
Sodiq
Agar ahli kitoblar iymon keltirib, taqvo qilganlarida edi, ularning gunohlarini yuvgan va jannati na'iymga kiritgan bo`lardik.
66
وَلَوْ أَنَّهُمْ أَقَامُواْ ٱلتَّوْرَىٰةَ وَٱلْإِنجِيلَ وَمَآ أُنزِلَ إِلَيْهِم مِّن رَّبِّهِمْ لَأَكَلُواْ مِن فَوْقِهِمْ وَمِن تَحْتِ أَرْجُلِهِم ​ۚ مِّنْهُمْ أُمَّةٌ مُّقْتَصِدَةٌ ​ۖ وَكَثِيرٌ مِّنْهُمْ سَآءَ مَا يَعْمَلُونَ‮٦٦‬‬‬
Sodiq
Agar ular Tavrotga, Injilga va ularga Robbilaridan nozil bo`lgan narsaga amal qilganlarida edi, albatta, tepalaridan ham, oyoqlari ostidan ham yegan bo`lardilar. Ulardan mo`'tadil toifalar ham bor. Ularning ko`plarining qilgan narsalari juda ham yomon.[1]

[1] Albatta, iymon va taqvo Alloh taolodan nozil bo`lgan Tavrot va Injilni, boshqa ilohiy kitoblarni, jumladan, Qur'oni Karimni hayotga tatbiq etishni taqazo qiladi. Tavrot ham, Injil ham Muhammad alayhissalotu vassalomga iymon keltirishga, u kishining diniga kirishga amr qilgan. Hamma Islomga kirishi, so`nggi Payg`ambarga ergashishi va Qur'oni Karimga amal etishi lozim. Qur'oni Karim kelishidan oldin Tavrot va Injilga amal qilganlarida ham, ushbu oyatdagi ilohiy va'daga noil bo`lar edilar. Qur'oni Karim kelgandan keyin unga amal qilinsa ham, albatta, o`sha va'daga vafo qilinadi.)
ﻉ95Juz 6 8⁄895ﻉ
67
۞يَٰٓأَيُّهَا ٱلرَّسُولُ بَلِّغْ مَآ أُنزِلَ إِلَيْكَ مِن رَّبِّكَ ​ۖ وَإِن لَّمْ تَفْعَلْ فَمَا بَلَّغْتَ رِسَالَتَهُۥ ​ۚ وَٱللَّهُ يَعْصِمُكَ مِنَ ٱلنَّاسِ ​ۗ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يَهْدِى ٱلْقَوْمَ ٱلْكَٰفِرِينَ‮٦٧‬‬‬
Sodiq
Ey, Payg`ambar! Senga Robbingdan nozil qilingan narsani yetkaz. Agar shunday qilmasang, Uning elchiligini yetkazmagan bo`lasan. Alloh seni odamlardan saqlar. Albatta, Alloh kofir qavmlarni hidoyat qilmas.
68
قُلْ يَٰٓأَهْلَ ٱلْكِتَٰبِ لَسْتُمْ عَلَىٰ شَىْءٍ حَتَّىٰ تُقِيمُواْ ٱلتَّوْرَىٰةَ وَٱلْإِنجِيلَ وَمَآ أُنزِلَ إِلَيْكُم مِّن رَّبِّكُمْ ​ۗ وَلَيَزِيدَنَّ كَثِيرًا مِّنْهُم مَّآ أُنزِلَ إِلَيْكَ مِن رَّبِّكَ طُغْيَٰنًا وَكُفْرًا ​ۖ فَلَا تَأْسَ عَلَى ٱلْقَوْمِ ٱلْكَٰفِرِينَ‮٦٨‬‬‬
Sodiq
«Ey, ahli kitoblar! Tavrot, Injil va sizga Robbingizdan nozil qilingan narsaga amal qilmaguningizcha hech narsaga arzimassizlar», deb ayt. Senga Robbingdan nozil qilingan narsa ulardan ko`plarining tug`yon va kufrlarini ziyoda qilur. Kofir qavmlar uchun achinma.
69
إِنَّ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَٱلَّذِينَ هَادُواْ وَٱلصَّٰبِـُٔونَ وَٱلنَّصَٰرَىٰ مَنْ ءَامَنَ بِٱللَّهِ وَٱلْيَوْمِ ٱلْـَٔاخِرِ وَعَمِلَ صَٰلِحًا فَلَا خَوْفٌ عَلَيْهِمْ وَلَا هُمْ يَحْزَنُونَ‮٦٩‬‬‬
Sodiq
Albatta, iymon keltirganlar, yahudiy bo`lganlar, sobi'unlar va nasorolardan kim Allohga va qiyomat kuniga iymon keltirsa va yaxshi amal qilsa, ularga xavf yo`q va ular xafa ham bo`lmaslar.[1]

[1] Kim bo`lishidan qat'iy nazar — xoh musulmon bo`lsin, xoh yahudiy bo`lsin, xoh Payg`ambarimiz sollallohu alayhi va sallam kelishlaridan oldin butlarga sig`inishni tark etib, o`z holicha, muayyan bir dinga ergashmasdan, yolg`iz Allohga ibodat qilgan sobi'unlar toifasi bo`lsin, xoh nasroniy dinidagilar bo`lsin — Allohga va qiyomat kuniga iymon keltirib, yaxshi amal qilishi kerak. Har dinning muddati tugab, uni bekor qiluvchi din kelganda, yangi dinga o`tish zarur. Muddati qiyomat kunigacha tugamaydigan oxirgi va mukammal din bo`lmish Islom kelganidan keyin hamma bunga o`tishi, Allohga, Muhammad alayhissalotu vassalomga, Qur'onga va iymon keltirilishi lozim bo`lgan yana boshqa narsalarga iymon keltirishi hamda yaxshi amallar qilishi lozim.)
70
لَقَدْ أَخَذْنَا مِيثَٰقَ بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ وَأَرْسَلْنَآ إِلَيْهِمْ رُسُلًا ​ۖ كُلَّمَا جَآءَهُمْ رَسُولُ​ۢ بِمَا لَا تَهْوَىٰٓ أَنفُسُهُمْ فَرِيقًا كَذَّبُواْ وَفَرِيقًا يَقْتُلُونَ‮٧٠‬‬‬
Sodiq
Batahqiq, Biz Bani Isroildan miysoq — ahdnoma oldik va ularga Payg`ambarlar yubordik. Har qachon ularning havoyi nafslariga to`g`ri kelmaydigan narsa keltirgan Payg`ambarni: bir guruhlarini yolg`onchi dedilar, bir guruhlarini o`ldirdilar.
71
وَحَسِبُوٓاْ أَلَّا تَكُونَ فِتْنَةٌ فَعَمُواْ وَصَمُّواْ ثُمَّ تَابَ ٱللَّهُ عَلَيْهِمْ ثُمَّ عَمُواْ وَصَمُّواْ كَثِيرٌ مِّنْهُمْ ​ۚ وَٱللَّهُ بَصِيرُ​ۢ بِمَا يَعْمَلُونَ‮٧١‬‬‬
Sodiq
Ular, hech qanday sinov bo`lmas, deb ko`ru kar bo`lib oldilar. So`ngra, Alloh ularni kechirdi. Keyin ulardan ko`plari yana ko`ru kar bo`lib oldilar. Alloh ularning qilayotganini ko`ruvchi Zotdir.[1]

[1] Yahudiylarning sinov, hisob-kitob bo`lishiga iymonlari yo`q edi. Ular shunday o`tib ketishlariga, amallarining sarhisobini bermasliklariga qattiq ishonardilar. Bunday botil ishonch ularni ko`ru kar qilib qo`ygan edi. Ko`zlari o`ngida ro`y berib turgan hodisalardan ibrat olmasdilar. Quloqlari bilan eshitayotgan narsalar ham ularga ta'sir qilmas edi. Hech qanday sinov, hisob-kitob bo`lmaydi, deb qattiq ishonishlari ularni shu holga olib kelgandi.)
72
لَقَدْ كَفَرَ ٱلَّذِينَ قَالُوٓاْ إِنَّ ٱللَّهَ هُوَ ٱلْمَسِيحُ ٱبْنُ مَرْيَمَ ​ۖ وَقَالَ ٱلْمَسِيحُ يَٰبَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ ٱعْبُدُواْ ٱللَّهَ رَبِّى وَرَبَّكُمْ ​ۖ إِنَّهُۥ مَن يُشْرِكْ بِٱللَّهِ فَقَدْ حَرَّمَ ٱللَّهُ عَلَيْهِ ٱلْجَنَّةَ وَمَأْوَىٰهُ ٱلنَّارُ ​ۖ وَمَا لِلظَّٰلِمِينَ مِنْ أَنصَارٍ‮٧٢‬‬‬
Sodiq
Alloh, albatta, Masiyh ibn Maryamdir, deganlar, batahqiq, kofir bo`ldilar. Masiyh ibn Maryam esa: «Mening Robbim va sizning Robbingiz Allohga ibodat qiling. Kim Allohga shirk keltirsa, albatta, Alloh unga jannatni harom qilur va uning turar joyi do`zax bo`lur. Va zolimlarga nusrat beruvchilar yo`qdir», dedi.
73
لَّقَدْ كَفَرَ ٱلَّذِينَ قَالُوٓاْ إِنَّ ٱللَّهَ ثَالِثُ ثَلَٰثَةٍ ​ۘ وَمَا مِنْ إِلَٰهٍ إِلَّآ إِلَٰهٌ وَٰحِدٌ ​ۚ وَإِن لَّمْ يَنتَهُواْ عَمَّا يَقُولُونَ لَيَمَسَّنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ مِنْهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ‮٧٣‬‬‬
Sodiq
Alloh uchtaning uchinchisidir, deganlar, batahqiq, kofir bo`ldilar. Yagona ilohdan o`zga hech qanday iloh yo`q! Agar aytayotganlaridan qaytmasalar, ulardan kufr keltirganlarini alamli azob tutadir.[1]

[1] Nasroniy dinidagilarning mantiqsiz, o`zlari o`ylab chiqargan, haqiqiy diniy ta'limotni buzib ko`rsatadigan aqidalaridan biri ushbu oyatda muhokama qilinmoqda. Ular «Allohning tabiati bir-biriga teng uchta ko`rinishdan — Ota xudo, o`g`il xudo va muqaddas ruhdan iboratdir. O`g`il xudo, ya'ni Iyso vositasi ila butun maxluqot Ota xudoga ulashadi. O`g`il xudoga fido qilinganlik, Muqaddas ruhga «tozalash» nisbati beriladi», deydilar. Shu bilan birga, o`zlarini tavhid aqidasida deb da'vo qiladilar.)
74
أَفَلَا يَتُوبُونَ إِلَى ٱللَّهِ وَيَسْتَغْفِرُونَهُۥ ​ۚ وَٱللَّهُ غَفُورٌ رَّحِيمٌ‮٧٤‬‬‬
Sodiq
Allohga tavba qilib, unga istig`for aytmaydilarmi?! Zotan, Alloh mag`firatli va rahimli Zotdir.
75
مَّا ٱلْمَسِيحُ ٱبْنُ مَرْيَمَ إِلَّا رَسُولٌ قَدْ خَلَتْ مِن قَبْلِهِ ٱلرُّسُلُ وَأُمُّهُۥ صِدِّيقَةٌ ​ۖ كَانَا يَأْكُلَانِ ٱلطَّعَامَ ​ۗ ٱنظُرْ كَيْفَ نُبَيِّنُ لَهُمُ ٱلْـَٔايَٰتِ ثُمَّ ٱنظُرْ أَنَّىٰ يُؤْفَكُونَ‮٧٥‬‬‬
Sodiq
Masiyh ibn Maryam bir Payg`ambar, xolos. Undan oldin ham Payg`ambarlar o`tgan. Uning onasi esa, siddiqadir. Ikkovlari ham taom yer edilar. Biz ularga oyatlarni qanday bayon qilayotganimizga nazar sol-u, keyin ularning qanday burilib ketayotganlariga nazar sol.[1]

[1] Bibi Maryam binti Imron Allohning aytganlarini, amru farmonini tasdiqlovchi — siddiqadir. Sodiq, pok bir bandadir. Bu kishini ham «ona xudo» deb e'tiqod qilib bo`lmaydi. Demak, Masih ibn Maryamni ham, uning onasi Maryam siddiqani ham «xudo» deb e'tiqod qilish xatodir.)
76
قُلْ أَتَعْبُدُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ مَا لَا يَمْلِكُ لَكُمْ ضَرًّا وَلَا نَفْعًا ​ۚ وَٱللَّهُ هُوَ ٱلسَّمِيعُ ٱلْعَلِيمُ‮٧٦‬‬‬
Sodiq
Sen: «Allohni qo`yib, sizga zarar ham, foyda ham bera olmaydigan narsaga ibodat qilasizlarmi?! Alloh eshituvchi va biluvchi Zotdir», deb ayt.[1]

[1] Haqiqiy foyda va zarar beruvchi zot Allohdir, uni qo`yib, foyda ham, zarar ham bera olmaydigan narsaga, jumladan, Masih ibn Maryam va uning onasiga ibodat qilish mutlaqo noto`g`ri ishdir. Kim shunday ish qilsa, albatta, e'tiborsiz qolmaydi.)
77
قُلْ يَٰٓأَهْلَ ٱلْكِتَٰبِ لَا تَغْلُواْ فِى دِينِكُمْ غَيْرَ ٱلْحَقِّ وَلَا تَتَّبِعُوٓاْ أَهْوَآءَ قَوْمٍ قَدْ ضَلُّواْ مِن قَبْلُ وَأَضَلُّواْ كَثِيرًا وَضَلُّواْ عَن سَوَآءِ ٱلسَّبِيلِ‮٧٧‬‬‬
Sodiq
Sen: «Ey, ahli kitoblar! Diningizda haddan oshib, nohaqlik qilmang. Va oldin o`zlari adashib va ko`pchilikni adashtirib, to`g`ri yo`ldan umuman chiqqanlarning havoyi nafslariga ergashmang», deb ayt.[1]

[1] Dinda haddan oshishlik arabchada «g`uluv» deyiladi. G`uluv — aslida, dinda bo`lmagan narsalarni o`zini yana ham dindorroq, taqvodorroq ko`rsatish maqsadida dinga kiritishdir.)
78
لُعِنَ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ مِن​ۢ بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ عَلَىٰ لِسَانِ دَاوُۥدَ وَعِيسَى ٱبْنِ مَرْيَمَ ​ۚ ذَٰلِكَ بِمَا عَصَواْ وَّكَانُواْ يَعْتَدُونَ‮٧٨‬‬‬
Sodiq
Bani Isroildan kufr keltirganlari Dovud va Iyso ibn Maryam tilida la'natlandilar. Bu esa, isyon qilganlari va tajovuzkor bo`lganlari uchun bo`ldi.[1]

[1] Dovud va Iyso alayhissalomlar Bani Isroilni isyoni va tajovuzkorligi uchun la'natlagan edilar. Aslida, hidoyatga boshlash uchun, Alloh tomonidan rahmat bo`lib kelgan payg`ambar bo`lar-bo`lmas ishga bir qavmni la'natlayvermaydi. Juda ham o`tib ketganidan, chidab bo`lmaydigan holga yetganligidangina qilishi mumkin bu ishni. Shuning o`zi ham Bani Isroilning kim ekanligini ko`rsatib turibdi.)
79
كَانُواْ لَا يَتَنَاهَوْنَ عَن مُّنكَرٍ فَعَلُوهُ ​ۚ لَبِئْسَ مَا كَانُواْ يَفْعَلُونَ‮٧٩‬‬‬
Sodiq
Ular, qilingan yomon ishdan bir-birlarini qaytarmas edilar. Bu qilmishlari qanday ham yomon bo`ldi!
80
تَرَىٰ كَثِيرًا مِّنْهُمْ يَتَوَلَّوْنَ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ ​ۚ لَبِئْسَ مَا قَدَّمَتْ لَهُمْ أَنفُسُهُمْ أَن سَخِطَ ٱللَّهُ عَلَيْهِمْ وَفِى ٱلْعَذَابِ هُمْ خَٰلِدُونَ‮٨٠‬‬‬
Sodiq
Ulardan ko`plarining kufr keltirganlarni valiy — do`st tutganini ko`rasan. Ularga nafslari taqdim qilgan narsa qanday ham yomon bo`ldi. Alloh ularga g`azab qildi. Va ular azobda boqiy qoluvchilardir.[1]

[1] Yahudiylar doimo musulmonlarga qarshi kofirlar bilan til biriktirib, o`zaro hamkorlik qilib kelganlar. Payg`ambarimiz alayhissalom vaqtlarida mushriklarni afzal ko`rib, musulmonlarga qarshi til biriktirgan bo`lsalar, hozirgacha turli kofirlar bilan til biriktirib, Islomga qarshi bo`lib kelmoqdalar.)
81
وَلَوْ كَانُواْ يُؤْمِنُونَ بِٱللَّهِ وَٱلنَّبِىِّ وَمَآ أُنزِلَ إِلَيْهِ مَا ٱتَّخَذُوهُمْ أَوْلِيَآءَ وَلَٰكِنَّ كَثِيرًا مِّنْهُمْ فَٰسِقُونَ‮٨١‬‬‬
Sodiq
Agar Allohga, Payg`ambarga va unga nozil qilingan narsaga iymon keltirganlarida edi, ularni valiy — do`st tutmas edilar. Lekin ulardan ko`plari fosiqlardir.[1]

[1] Ya'ni, o`sha yahudiylar Alloh taologa, Muhammad alayhissalotu vassalomga va Qur'onga iymonlari bo`lganda edi, kofirlarni do`st tutmas edilar. Ushbu oyatda ular Allohga ham iymonlari yo`qlikda ayblanmoqdalar. Yahudiy va boshqa ahli kitoblarning, biz mo`minmiz, degan da'volari shu bilan puchga chiqadi. Ularning ko`plari fosiq ekanliklari ham tasdiqlanmoqda. Fosiqlik esa, din ko`rsatgan chegaradan chetga chiqishdir.)
82
۞ لَتَجِدَنَّ أَشَدَّ ٱلنَّاسِ عَدَٰوَةً لِّلَّذِينَ ءَامَنُواْ ٱلْيَهُودَ وَٱلَّذِينَ أَشْرَكُواْ ​ۖ وَلَتَجِدَنَّ أَقْرَبَهُم مَّوَدَّةً لِّلَّذِينَ ءَامَنُواْ ٱلَّذِينَ قَالُوٓاْ إِنَّا نَصَٰرَىٰ ​ۚ ذَٰلِكَ بِأَنَّ مِنْهُمْ قِسِّيسِينَ وَرُهْبَانًا وَأَنَّهُمْ لَا يَسْتَكْبِرُونَ‮٨٢‬‬‬
Sodiq
Yahudiy va shirk keltirganlarning iymon keltirganlarga nisbatan odamlarning ashaddiy adovatlisi ekanini topasan. Ulardan iymon keltirganlarga do`stlikka yaqinrog`i, biz nasorolarmiz, deganlar ekanini topasan. Bu, ularning ichida diniy olimlar va rohiblar bo`lganidan va ularning takabburlik qilmasliklaridandir.[1]

[1] Bu uch toifa musulmonlarga munosabatda ikkiga bo`linadi. Birinchisi — musulmonlarga nisbatan ashaddiy adovatli toifa bo`lib, ular yahudiy va mushriklardan iboratdir. Ikkinchi toifa — musulmonlarga nisbatan, boshqa kofirlarga qaraganda, do`stlikka yaqinroq toifa bo`lib, ular nasorolardan iboratdir.)
83
وَإِذَا سَمِعُواْ مَآ أُنزِلَ إِلَى ٱلرَّسُولِ تَرَىٰٓ أَعْيُنَهُمْ تَفِيضُ مِنَ ٱلدَّمْعِ مِمَّا عَرَفُواْ مِنَ ٱلْحَقِّ ​ۖ يَقُولُونَ رَبَّنَآ ءَامَنَّا فَٱكْتُبْنَا مَعَ ٱلشَّٰهِدِينَ‮٨٣‬‬‬
Sodiq
Ularni Payg`ambarga nozil qilingan narsani tinglaganlarida, haqni bilganliklaridan, ko`zlari yosh to`kkanini ko`rasan. Ular: «Ey Robbimiz, biz iymon keltirdik, bas, bizni shohidlar qatoriga yozgin», – derlar.
84
وَمَا لَنَا لَا نُؤْمِنُ بِٱللَّهِ وَمَا جَآءَنَا مِنَ ٱلْحَقِّ وَنَطْمَعُ أَن يُدْخِلَنَا رَبُّنَا مَعَ ٱلْقَوْمِ ٱلصَّٰلِحِينَ‮٨٤‬‬‬
Sodiq
«Nima uchun Allohga va bizga kelgan haqqa iymon keltirmas ekanmiz va Robbimiz bizni ham solih qavmlar qatoriga kiritishini tama' qilmas ekanmiz?!» – derlar.[1]

[1] Ya'ni, mazkur nasorolar, Allohga va Undan kelgan haq din bo`lmish Islomga iymon keltirmaslikni, tushunib bo`lmaydigan hol deb hisoblaydilar.)
85
فَأَثَٰبَهُمُ ٱللَّهُ بِمَا قَالُواْ جَنَّٰتٍ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَٰرُ خَٰلِدِينَ فِيهَا ​ۚ وَذَٰلِكَ جَزَآءُ ٱلْمُحْسِنِينَ‮٨٥‬‬‬
Sodiq
Aytganlariga yarasha Alloh ularga ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarda boqiy qolishni mukofot qilib berdi. Yaxshilik qiluvchilarning mukofoti shuldir.
86
وَٱلَّذِينَ كَفَرُواْ وَكَذَّبُواْ بِـَٔايَٰتِنَآ أُوْلَٰٓئِكَ أَصْحَٰبُ ٱلْجَحِيمِ‮٨٦‬‬‬
Sodiq
Kufr keltirganlar va oyatlarimizni yolg`onga chiqarganlar — ana o`shalar jahannam egalaridir.
87
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ لَا تُحَرِّمُواْ طَيِّبَٰتِ مَآ أَحَلَّ ٱللَّهُ لَكُمْ وَلَا تَعْتَدُوٓاْ ​ۚ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يُحِبُّ ٱلْمُعْتَدِينَ‮٨٧‬‬‬
Sodiq
Ey, iymon keltirganlar! Alloh sizga halol qilgan pok narsalarni harom qilmang. Haddingizdan oshmang. Albatta, Alloh haddidan oshuvchilarni sevmas.
88
وَكُلُواْ مِمَّا رَزَقَكُمُ ٱللَّهُ حَلَٰلًا طَيِّبًا ​ۚ وَٱتَّقُواْ ٱللَّهَ ٱلَّذِىٓ أَنتُم بِهِۦ مُؤْمِنُونَ‮٨٨‬‬‬
Sodiq
Va Alloh sizga rizq qilib bergan halol-pok narsalardan yenglar. O`zingiz ishongan Allohga taqvo qiling.[1]

[1] Hukm chiqarish, jumladan, nima halolu nima haromligining hukmini chiqarish ham Alloh taoloning o`zigagina xosdir. Alloh halol degan narsani kim harom desa yoki Alloh harom qilgan narsani kim halol desa, kofir bo`ladi. Unday odam Allohning ilohlik sifatiga — shariat hukmlarini chiqarish sifatiga sherik bo`lishga uringan bo`ladi. Shuningdek, bir kishi o`zi uchun ham bunday hukmni chiqarib, qandaydir dindorlik sifatini ziyoda qilishga urinish, deb o`ylashi ham noto`g`ridir. Bunday ish dindagi g`uluv — haddan oshish hisoblanadi.)
89
لَا يُؤَاخِذُكُمُ ٱللَّهُ بِٱللَّغْوِ فِىٓ أَيْمَٰنِكُمْ وَلَٰكِن يُؤَاخِذُكُم بِمَا عَقَّدتُّمُ ٱلْأَيْمَٰنَ ​ۖ فَكَفَّٰرَتُهُۥٓ إِطْعَامُ عَشَرَةِ مَسَٰكِينَ مِنْ أَوْسَطِ مَا تُطْعِمُونَ أَهْلِيكُمْ أَوْ كِسْوَتُهُمْ أَوْ تَحْرِيرُ رَقَبَةٍ ​ۖ فَمَن لَّمْ يَجِدْ فَصِيَامُ ثَلَٰثَةِ أَيَّامٍ ​ۚ ذَٰلِكَ كَفَّٰرَةُ أَيْمَٰنِكُمْ إِذَا حَلَفْتُمْ ​ۚ وَٱحْفَظُوٓاْ أَيْمَٰنَكُمْ ​ۚ كَذَٰلِكَ يُبَيِّنُ ٱللَّهُ لَكُمْ ءَايَٰتِهِۦ لَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ‮٨٩‬‬‬
Sodiq
Alloh sizlarni behuda qasamlaringiz uchun tutmas. Lekin qasd ila tukkan qasamlaringiz uchun tutadir. Bas, uning kafforoti o`z ahlingizni o`rtacha taomlantirish miqdorida o`nta miskinga taom yoki kiyim berish yoxud bir qul ozod qilishdir. Kim topa olmasa, bas, uch kun ro`za tutsin. Ana o`sha, agar qasam ichgan bo`lsangiz, qasamingizning kafforotidir. Qasamlaringizni muhofaza qiling. Alloh sizga shunday qilib O`z oyatlarini bayon etadi. Shoyadki, shukr qilsangiz.[1]

[1] Shuni alohida ta'kidlash lozimki, islomiy ta'limotlarda umuman qasam ichishga targ`ib qilinmaydi. Avvalo, qasamni faqat Allohning nomi bilan ichiladi. Boshqasi mumkin emas. Bu jumlada qasamning mahkamligi hissiy ta'bir ila bayon qilinmoqda. Buning uchun «qasd ila» iborasining ma'nosiga «tukkan» iborasi ham bog`lanmoqda. Xuddiki, qasam bir hissiy narsayu uni mahkamlash uchun tugish mumkin bo`lganidek. Bundan shu narsa kelib chiqadiki, tutish — ayb sanash uchun qasam qasd va mustahkam niyat ila ichilgan bo`lishi shart ekan. Ana shunday holatda qasam ichuvchi agar qasamxo`r bo`lsa, ya'ni qasamini o`rinlata olmasa, shariat bo`yicha unga nisbatan jazo chorasi ko`riladi.)
90
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ إِنَّمَا ٱلْخَمْرُ وَٱلْمَيْسِرُ وَٱلْأَنصَابُ وَٱلْأَزْلَٰمُ رِجْسٌ مِّنْ عَمَلِ ٱلشَّيْطَٰنِ فَٱجْتَنِبُوهُ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ‮٩٠‬‬‬
Sodiq
Ey, iymon keltirganlar! Albatta, xamr, qimor, butlar va (fol ochadigan) cho`plar iflosdir. Shaytonning ishidir. Bas, undan chetda bo`ling. Shoyadki, najot topsangiz.
91
إِنَّمَا يُرِيدُ ٱلشَّيْطَٰنُ أَن يُوقِعَ بَيْنَكُمُ ٱلْعَدَٰوَةَ وَٱلْبَغْضَآءَ فِى ٱلْخَمْرِ وَٱلْمَيْسِرِ وَيَصُدَّكُمْ عَن ذِكْرِ ٱللَّهِ وَعَنِ ٱلصَّلَوٰةِ ​ۖ فَهَلْ أَنتُم مُّنتَهُونَ‮٩١‬‬‬
Sodiq
Albatta, shayton xamr va qimor tufayli oralaringizga adovat va yomon ko`rishlikni solishni hamda sizlarni Allohning zikridan va namozdan to`sishni xohlaydir. Endi to`xtarsizlar?![1]

[1] Alloh taolo bu ikki narsani — xamr va qimorni «ifloslik va shaytonning ishi», deb atamoqda. Alloh O`z bandalariga mehribon bo`lgani uchun ularni ifloslik va shaytonning ishidan qaytaradi. Nopok taomlarni zararli bo`lgani uchun harom qilganidek, iflos ishlarni ham bandalariga zararli bo`lgani uchun harom qiladi. Ushbu oyati karimada zikr qilingan aroq bilan qimorning zararlaridan ikkinchisi — ular odamlarni Allohning zikridan va namozdan to`sishi. Bu ma'lum va tushunarli hol. Aroqxo`rning aroq ichishining o`zi Allohni eslamasligiga dalil. Ichib mast bo`lib olgandan keyin esa, umuman esga olmaydi. Namoz ham, boshqa ishlar qatori, aroqxo`rning esidan chiqadi. Shuningdek, qimorga berilib ketgan qimorboz Allohning zikrini ham, namozni ham unutadi. Bu narsa aroq va qimor keltiradigan zararlarning eng kattasidir. Boshqa jinoyatlar shu unutishdan kelib chiqadi.)
92
وَأَطِيعُواْ ٱللَّهَ وَأَطِيعُواْ ٱلرَّسُولَ وَٱحْذَرُواْ ​ۚ فَإِن تَوَلَّيْتُمْ فَٱعْلَمُوٓاْ أَنَّمَا عَلَىٰ رَسُولِنَا ٱلْبَلَٰغُ ٱلْمُبِينُ‮٩٢‬‬‬
Sodiq
Allohga itoat qiling va Payg`ambarga itoat qiling va hazir bo`ling! Agar yuz o`giradigan bo`lsangiz, bilingki, Payg`ambarimiz vazifasi aniq yetkazish, xolos.
93
لَيْسَ عَلَى ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَعَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ جُنَاحٌ فِيمَا طَعِمُوٓاْ إِذَا مَا ٱتَّقَواْ وَّءَامَنُواْ وَعَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ ثُمَّ ٱتَّقَواْ وَّءَامَنُواْ ثُمَّ ٱتَّقَواْ وَّأَحْسَنُواْ ​ۗ وَٱللَّهُ يُحِبُّ ٱلْمُحْسِنِينَ‮٩٣‬‬‬
Sodiq
Iymon keltirganlar uchun, agar taqvo qilib, iymon keltirib, yaxshi amallarni qilgan bo`lsalar, so`ngra taqvo qilib, iymon keltirsalar, keyin taqvo qilib ehson qilsalar, yeb-ichganlarida gunoh yo`qdir. Zotan, Alloh ehson qiluvchilarni sevadir.
94
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ لَيَبْلُوَنَّكُمُ ٱللَّهُ بِشَىْءٍ مِّنَ ٱلصَّيْدِ تَنَالُهُۥٓ أَيْدِيكُمْ وَرِمَاحُكُمْ لِيَعْلَمَ ٱللَّهُ مَن يَخَافُهُۥ بِٱلْغَيْبِ ​ۚ فَمَنِ ٱعْتَدَىٰ بَعْدَ ذَٰلِكَ فَلَهُۥ عَذَابٌ أَلِيمٌ‮٩٤‬‬‬
Sodiq
Ey, iymon keltirganlar! Alloh Undan kim g`oyibona qo`rqishini bilish uchun sizlarni qo`llaringiz va nayzalaringiz yetadigan ovlarda bir oz sinab ko`radir. Bundan keyin kim tajovuz qilsa, unga alamli azob bor.
95
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ لَا تَقْتُلُواْ ٱلصَّيْدَ وَأَنتُمْ حُرُمٌ ​ۚ وَمَن قَتَلَهُۥ مِنكُم مُّتَعَمِّدًا فَجَزَآءٌ مِّثْلُ مَا قَتَلَ مِنَ ٱلنَّعَمِ يَحْكُمُ بِهِۦ ذَوَا عَدْلٍ مِّنكُمْ هَدْيً​ۢا بَٰلِغَ ٱلْكَعْبَةِ أَوْ كَفَّٰرَةٌ طَعَامُ مَسَٰكِينَ أَوْ عَدْلُ ذَٰلِكَ صِيَامًا لِّيَذُوقَ وَبَالَ أَمْرِهِۦ ​ۗ عَفَا ٱللَّهُ عَمَّا سَلَفَ ​ۚ وَمَنْ عَادَ فَيَنتَقِمُ ٱللَّهُ مِنْهُ ​ۗ وَٱللَّهُ عَزِيزٌ ذُو ٱنتِقَامٍ‮٩٥‬‬‬
Sodiq
Ey, iymon keltirganlar! Ehromdalik holingizda ovni o`ldirmang. Sizdan kim uni qasdan o`ldirsa, jazosi sizdan ikki odil kishi hukmiga muvofiq chorva hayvonlaridan u(ov)ga teng keladiganini hadyi qilib Ka'baga yetkazishdir. Yoxud uning kafforoti miskinlarga taom berish yoki shu barobarida, o`z qilmishining yomon oqibatini tatib ko`rsin uchun, ro`za tutishdir. O`tganlarini Alloh afv qildi. Kim qaytarsa, Alloh undan intiqom olur. Zotan, Alloh Aziyz, intiqom egasidir.[1]

[1] Demak, «ovda sinab ko`rish» deganda, musulmon kishiga ehromdalik holida ov qilish harom ekanligi tushuniladi. Zotan, haj va umra ibodati musulmon kishi uchun ko`p tomonlama sinov sanaladi. Jumladan, molu mulk sarflashga tayyormi-yo`qmi ekani, jismoniy qiyinchiliklarga dosh bera oladimi, o`zini shahvatdan, turli fahsh gap-so`zlardan tiyishga qurbi yetadimi-yo`qmi — bular sinaladi.)
96
أُحِلَّ لَكُمْ صَيْدُ ٱلْبَحْرِ وَطَعَامُهُۥ مَتَٰعًا لَّكُمْ وَلِلسَّيَّارَةِ ​ۖ وَحُرِّمَ عَلَيْكُمْ صَيْدُ ٱلْبَرِّ مَا دُمْتُمْ حُرُمًا ​ۗ وَٱتَّقُواْ ٱللَّهَ ٱلَّذِىٓ إِلَيْهِ تُحْشَرُونَ‮٩٦‬‬‬
Sodiq
Dengiz ovi va uning taomi sizga va sayr qiluvchilarga halol qilindi. Modomiki, ehromda ekansiz, sizga quruqlik ovi harom qilindi. Huzurida to`planadiganingiz Allohga taqvo qiling.
97
۞جَعَلَ ٱللَّهُ ٱلْكَعْبَةَ ٱلْبَيْتَ ٱلْحَرَامَ قِيَٰمًا لِّلنَّاسِ وَٱلشَّهْرَ ٱلْحَرَامَ وَٱلْهَدْىَ وَٱلْقَلَٰٓئِدَ ​ۚ ذَٰلِكَ لِتَعْلَمُوٓاْ أَنَّ ٱللَّهَ يَعْلَمُ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ وَأَنَّ ٱللَّهَ بِكُلِّ شَىْءٍ عَلِيمٌ‮٩٧‬‬‬
Sodiq
Alloh Ka'bani — Baytul Haromni, harom oyni, hadyini va osiladigan belgilarni odamlar uchun asos qilib qo`ydi. Bu esa, Alloh albatta osmonlaru yerdagi narsalarni bilishini va albatta Alloh har bir narsani biluvchi Zot ekanini bilishingiz uchundir.
98
ٱعْلَمُوٓاْ أَنَّ ٱللَّهَ شَدِيدُ ٱلْعِقَابِ وَأَنَّ ٱللَّهَ غَفُورٌ رَّحِيمٌ‮٩٨‬‬‬
Sodiq
Bilingki, albatta, Allohning iqobi shiddatlidir va, albatta, Alloh mag`firatli va rahimli Zotdir.
99
مَّا عَلَى ٱلرَّسُولِ إِلَّا ٱلْبَلَٰغُ ​ۗ وَٱللَّهُ يَعْلَمُ مَا تُبْدُونَ وَمَا تَكْتُمُونَ‮٩٩‬‬‬
Sodiq
Payg`ambar zimmasida faqat yetkazish bor, xolos. Alloh oshkor qilganingizni ham, yashirganingizni ham biladir.
100
قُل لَّا يَسْتَوِى ٱلْخَبِيثُ وَٱلطَّيِّبُ وَلَوْ أَعْجَبَكَ كَثْرَةُ ٱلْخَبِيثِ ​ۚ فَٱتَّقُواْ ٱللَّهَ يَٰٓأُوْلِى ٱلْأَلْبَٰبِ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ‮١٠٠‬‬‬
Sodiq
Sen: «Agar nopokning ko`pligi seni ajablantirsa ham, pok bilan nopok teng bo`la olmas. Ey, aql egalari, Allohga taqvo qiling, shoyadki, najot topsangiz», deb ayt.
101
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ لَا تَسْـَٔلُواْ عَنْ أَشْيَآءَ إِن تُبْدَ لَكُمْ تَسُؤْكُمْ وَإِن تَسْـَٔلُواْ عَنْهَا حِينَ يُنَزَّلُ ٱلْقُرْءَانُ تُبْدَ لَكُمْ عَفَا ٱللَّهُ عَنْهَا ​ۗ وَٱللَّهُ غَفُورٌ حَلِيمٌ‮١٠١‬‬‬
Sodiq
Ey, iymon keltirganlar! Har xil narsalarni so`rayvermanglar. Agar zohir bo`lsa, sizga yomon bo`ladir. Agar Qur'on nozil qilinib turgan chog`da so`rasangiz, sizga zohir bo`ladir. Holbuki, Alloh ularni afv qilgan edi. Alloh mag`firatli va Haliym Zotdir.[1]

[1] Hamma narsaning me'yori va chegarasi bo`lganidek, savolning ham chegarasi va uslubi bor. Islom voqelik dini bo`lganidan, ma'rifat uchun beriladgan savollar ham voqelikdan kelib kelib chiqishi, kishilarga manfaat jalb etishi lozim. Insonning ilmini oshirmaydigan, ma'rifatiga xizmat qilmaydigan, voqelikda bo`lmaydigan ikir-chikirlarni so`rayverishdan nima va kimga foyda bor? Ayniqsa, Qur'on nozil etilib turgan paytda. Chunki shariatning yangidan-yangi hukmlari joriy etilib turgan paytda har xil savollar berilaversa, qo`shimcha hukmlar tushib, ko`pchilikka jabr bo`lib qolish ehtimoli bordir.)
102
قَدْ سَأَلَهَا قَوْمٌ مِّن قَبْلِكُمْ ثُمَّ أَصْبَحُواْ بِهَا كَٰفِرِينَ‮١٠٢‬‬‬
Sodiq
Sizdan oldin ham bir qavm ularni so`ragan, so`ngra esa, ularga kofir bo`lgan edi.
103
مَا جَعَلَ ٱللَّهُ مِن​ۢ بَحِيرَةٍ وَلَا سَآئِبَةٍ وَلَا وَصِيلَةٍ وَلَا حَامٍ ​ۙ وَلَٰكِنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ يَفْتَرُونَ عَلَى ٱللَّهِ ٱلْكَذِبَ ​ۖ وَأَكْثَرُهُمْ لَا يَعْقِلُونَ‮١٠٣‬‬‬
Sodiq
Alloh bahiyra, soiba, vasiyla va hommlarni qilgani yo`q. Lekin kufr keltirganlar Allohga nisbatan yolg`on to`qirlar. Ularning ko`plari aqlsizdirlar.[1]

[1] Beshinchi bo`taloq urg`ochi tug`ilsa, ona tuyaning qulog`ini tilib, belgili qilib qo`yib yuborilar va u «bahiyra» deb aytilar edi. Johiliy arablarning buzuq e'tiqodlariga ko`ra, bunday tuyaning go`shtini yeyish, sutini ichish, o`zini minish yoki ustiga yuk yuklash harom hisoblanardi. «Bahiyra» deb qo`yib yuborilgan tuya erkin holda yuraverar, unga birov tegmas edi. «Soiba» lug`atda «qo`yib yuborilgan» ma'noni anglatib, bir kishi safardan kelgani, kasaldan tuzalgani uchun nazr qilgan tuyaga aytilardi. «Vasiyla» lug`atda «ulovchi» ma'nosini anglatib, birin-ketin ulab urg`ochi bola tuqqan qo`yga aytilardi. Uni ham so`ymas edilar. «Homm» esa, lug`atda «himoya qiluvchi» ma'nosini anglatib, urg`ochi hayvonlarga qochirish uchun qo`yiladigan erkak hayvonga aytiladi. Johiliy arablar bir erkak hayvon o`nta urg`ochini qochirsa, uni «homm» deb atar edilar va unga ham alohida munosabat ko`rsatilar, minilmas, yuk yuklatilmas edi.)
104
وَإِذَا قِيلَ لَهُمْ تَعَالَوْاْ إِلَىٰ مَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ وَإِلَى ٱلرَّسُولِ قَالُواْ حَسْبُنَا مَا وَجَدْنَا عَلَيْهِ ءَابَآءَنَآ ​ۚ أَوَلَوْ كَانَ ءَابَآؤُهُمْ لَا يَعْلَمُونَ شَيْـًٔا وَلَا يَهْتَدُونَ‮١٠٤‬‬‬
Sodiq
Ularga: «Alloh nozil qilgan narsaga, Payg`ambarga kelinglar», deyilsa, «Bizga ota-bobolarimizni nimaning ustida topgan bo`lsak, o`sha yetarli», derlar. Agar ota-bobolari hech narsaga aqli yetmaydigan va hidoyatga erishmagan bo`lsalar ham-a?!
105
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ عَلَيْكُمْ أَنفُسَكُمْ ​ۖ لَا يَضُرُّكُم مَّن ضَلَّ إِذَا ٱهْتَدَيْتُمْ ​ۚ إِلَى ٱللَّهِ مَرْجِعُكُمْ جَمِيعًا فَيُنَبِّئُكُم بِمَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ‮١٠٥‬‬‬
Sodiq
Ey, iymon keltirganlar! O`zingizni biling. Agar hidoyatda bo`lsangiz, adashganlari sizga zarar qilmas. Hammangizning qaytib boradigan joyingiz Allohning huzurida. O`shanda sizga qilib yurgan ishlaringizning xabarini beradir.[1]

[1] Allohning shariatida yurmay kofir bo`layotganlarga va'z-nasihat, amri ma'ruf va nahyi munkar qilib, ularni to`g`ri yo`lga solish uchun qo`lingizdan kelgan harakatni qildingiz. Ammo ular ko`nmadilar, aytganingizni qabul qilmadilar. Endi «o`zingizni biling», ishlaringizni joyiga qo`ying. Allohning amrini bajo qilishda davom eting. Kofirlarning qilmishlari sizni turli xayollarga olib bormasin, ular o`z qilmishlari uchun o`zlari javob beradilar.)
106
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ شَهَٰدَةُ بَيْنِكُمْ إِذَا حَضَرَ أَحَدَكُمُ ٱلْمَوْتُ حِينَ ٱلْوَصِيَّةِ ٱثْنَانِ ذَوَا عَدْلٍ مِّنكُمْ أَوْ ءَاخَرَانِ مِنْ غَيْرِكُمْ إِنْ أَنتُمْ ضَرَبْتُمْ فِى ٱلْأَرْضِ فَأَصَٰبَتْكُم مُّصِيبَةُ ٱلْمَوْتِ ​ۚ تَحْبِسُونَهُمَا مِن​ۢ بَعْدِ ٱلصَّلَوٰةِ فَيُقْسِمَانِ بِٱللَّهِ إِنِ ٱرْتَبْتُمْ لَا نَشْتَرِى بِهِۦ ثَمَنًا وَلَوْ كَانَ ذَا قُرْبَىٰ ​ۙ وَلَا نَكْتُمُ شَهَٰدَةَ ٱللَّهِ إِنَّآ إِذًا لَّمِنَ ٱلْـَٔاثِمِينَ‮١٠٦‬‬‬
Sodiq
Ey, iymon keltirganlar! Birortangizga o`lim kelganda — vasiyat qilar chog`ida o`zingizdan bo`lgan ikki adolatli kishi, agar yer yuzida safardalik chog`ingizda o`lim musiybati yetsa, o`zgalardan ikki kishi o`rtangizda guvoh bo`lsin. Agar shubha qilsangiz, guvohlarni namozdan keyin tutasiz va ular: «Garchi qarindoshimiz uchun bo`lsa ham, qasamni ozgina qiymatga sotmasmiz va Alloh uchun guvohligimizni yashirmasmiz. Zotan, u holda, albatta, gunohkorlardan bo`lib qolamiz», deb Alloh nomi ila qasam icharlar.
107
فَإِنْ عُثِرَ عَلَىٰٓ أَنَّهُمَا ٱسْتَحَقَّآ إِثْمًا فَـَٔاخَرَانِ يَقُومَانِ مَقَامَهُمَا مِنَ ٱلَّذِينَ ٱسْتَحَقَّ عَلَيْهِمُ ٱلْأَوْلَيَٰنِ فَيُقْسِمَانِ بِٱللَّهِ لَشَهَٰدَتُنَآ أَحَقُّ مِن شَهَٰدَتِهِمَا وَمَا ٱعْتَدَيْنَآ إِنَّآ إِذًا لَّمِنَ ٱلظَّٰلِمِينَ‮١٠٧‬‬‬
Sodiq
Agar ikkovlarining gunohlari bilinib qolsa, o`rinlariga ustilariga nohaqlik tushgan yaqinlardan ikkitalari o`turlar va Alloh ila qasam ichib: «Bizning guvohligimiz ularning guvohliklaridan to`g`riroq va biz tajovuz qilmadik. Agar qilgan bo`lsak, albatta, zolimlardan bo`lurmiz», deyishadi.
108
ذَٰلِكَ أَدْنَىٰٓ أَن يَأْتُواْ بِٱلشَّهَٰدَةِ عَلَىٰ وَجْهِهَآ أَوْ يَخَافُوٓاْ أَن تُرَدَّ أَيْمَٰنُ​ۢ بَعْدَ أَيْمَٰنِهِمْ ​ۗ وَٱتَّقُواْ ٱللَّهَ وَٱسْمَعُواْ ​ۗ وَٱللَّهُ لَا يَهْدِى ٱلْقَوْمَ ٱلْفَٰسِقِينَ‮١٠٨‬‬‬
Sodiq
Ana shunday qilmoqlik, guvohlikni haqqoniy ado etishlariga yoki qasamlaridan so`ng raddiya qasam bo`lishidan qo`rqishlariga yaqinroqdir. Allohga taqvo qilinglar va quloq osinglar. Alloh fosiq qavmlarni hidoyat qilmas.[1]

[1] Ya'ni, yuqoridagi ikki oyat ko`rsatmalariga amal qilmoqlik, avvalo, guvohlikni haqqoniy ado etishlariga yaqinroqdir. Namozdan keyin ko`pchilik ichida Alloh nomi bilan qasam ichtirilib, so`ngra «Garchi qarindoshimiz uchun bo`lsa ham, qasamni ozgina qiymatga sotmaymiz va Alloh uchun guvohligimizni yashirmaymiz. Zotan, u holda, albatta, gunohkorlardan bo`lib qolamiz», deyishlari haqiqatan ham haqqoniy guvohlik berishlariga kuchli omil bo`ladi. Boz ustiga, ular yana bir narsadan qo`rqib turishadi. Agar yuqorida aytilgan ishlardan keyin ham xiyonat qiladigan bo`lsalar, merosxo`rlardan ikki kishi raddiya qasami ila ularni fosh qilishlari, sharmanda bo`lishlari ehtimoli bor. Shundan qo`rqib ham o`zlariga ishonilgan vazifani vijdonan ado etadilar. Bular hammasi ehtiyot choralari. Ammo guvohlikni haqqoniy ado etishning asosiy tayanchi taqvodir.)
ﻉ100Juz 7 3⁄8 • Sahifa 126100ﻉ
109
۞يَوْمَ يَجْمَعُ ٱللَّهُ ٱلرُّسُلَ فَيَقُولُ مَاذَآ أُجِبْتُمْ ​ۖ قَالُواْ لَا عِلْمَ لَنَآ ​ۖ إِنَّكَ أَنتَ عَلَّٰمُ ٱلْغُيُوبِ‮١٠٩‬‬‬
Sodiq
Alloh Payg`ambarlarni jamlagan kunda: «Sizga qanday javob qilindi?» – deb so`raydir. Ular: «Biz bilmaymiz, albatta, Sening O`zinggina g`ayblarni yaxshi bilguvchisan», derlar.
110
إِذْ قَالَ ٱللَّهُ يَٰعِيسَى ٱبْنَ مَرْيَمَ ٱذْكُرْ نِعْمَتِى عَلَيْكَ وَعَلَىٰ وَٰلِدَتِكَ إِذْ أَيَّدتُّكَ بِرُوحِ ٱلْقُدُسِ تُكَلِّمُ ٱلنَّاسَ فِى ٱلْمَهْدِ وَكَهْلًا ​ۖ وَإِذْ عَلَّمْتُكَ ٱلْكِتَٰبَ وَٱلْحِكْمَةَ وَٱلتَّوْرَىٰةَ وَٱلْإِنجِيلَ ​ۖ وَإِذْ تَخْلُقُ مِنَ ٱلطِّينِ كَهَيْـَٔةِ ٱلطَّيْرِ بِإِذْنِى فَتَنفُخُ فِيهَا فَتَكُونُ طَيْرً​ۢا بِإِذْنِى ​ۖ وَتُبْرِئُ ٱلْأَكْمَهَ وَٱلْأَبْرَصَ بِإِذْنِى ​ۖ وَإِذْ تُخْرِجُ ٱلْمَوْتَىٰ بِإِذْنِى ​ۖ وَإِذْ كَفَفْتُ بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ عَنكَ إِذْ جِئْتَهُم بِٱلْبَيِّنَٰتِ فَقَالَ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ مِنْهُمْ إِنْ هَٰذَآ إِلَّا سِحْرٌ مُّبِينٌ‮١١٠‬‬‬
Sodiq
Alloh: «Ey, Iyso ibn Maryam, senga va volidangga bergan ne'matimni esla. Seni muqaddas ruh bilan qo`llaganimni, odamlarga beshikda ham, kattaligingda ham gapirganingni esla. Senga kitobni, hikmatni, Tavrotni va Injilni o`rgatganimni esla. Mening iznim ila loydan qush shaklini yasaganingda va unga puflaganingda, Mening iznim ila qush bo`lganini, Mening iznim ila tug`ma ko`rni va pesni tuzatganingni esla. Mening iznim ila o`liklarni chiqarganingni esla. Bani Isroilga aniq mo`'jizalar keltirganingda, ulardan kufr keltirganlari: «Bu ochiq sehrdan o`zga hech narsa emas», deganida, seni ulardan qutqarganimini esla», deganini yod et![1]

[1] Ushbu oyatda Alloh taolo bu haqiqatni barcha payg`ambarlar huzurida, masalaning bosh qahramoni Iyso ibn Maryam alayhissalomning o`zlariga eslatish bilan tasdiqlamoqda. Avvalo, nasorolar «xudo» deb e'tiqod qilayotgan Iysoning volidasi bor ekan. Xudoning esa, onasi bo`lishi mumkin emas. Dunyoga kelishda onaga muhtoj bo`lgan shaxs Xudo bo`la olmaydi. Ikkinchidan, Iyso ibn Maryamga ham, uning volidasi Maryam binti Imronga ham Alloh ne'mat bergan ekan. Boshqaning ne'matiga muhtoj shaxslar Xudo bo`lishi mumkin emas. «Muqaddas ruh» Jabroil farishta alayhissalomdir. «Gapirish» deganda esa, Allohga da'vat, payg`ambarlik gaplari nazarda tutilyapti. Odamlarning oddiy gaplaridek gap bo`lganida, buncha guvohlar huzurida hujjat sifatida keltirilmas edi. Agar beshikda gapirganing yoki doimo payg`ambarlarga xos gapirganing uchun seni «xudo» deb e'tiqod qilishayotgan bo`lsa, bu narsa seni Men Jabroil bilan qo`llaganim va u orqali o`z so`zlarimni yuborib turganimdan ekanligini bilsinlar.)
111
وَإِذْ أَوْحَيْتُ إِلَى ٱلْحَوَارِيِّـۧنَ أَنْ ءَامِنُواْ بِى وَبِرَسُولِى قَالُوٓاْ ءَامَنَّا وَٱشْهَدْ بِأَنَّنَا مُسْلِمُونَ‮١١١‬‬‬
Sodiq
Havoriylarga: «Menga va Mening Payg`ambarimga iymon keltiring», deb vahiy yuborganimda, ular: «Iymon keltirdik va shohid bo`l, biz albatta, musulmonlarmiz», deganini esla![1]

[1] Havoriylar, Iyso alayhissalomga ixloslari zo`r, din ishi uchun butunlay ajralib chiqqan insonlar edi. Iyso alayhissalomga haqiqiy ko`makchi bo`lgan kishilar ham o`shalar. Bu oyatdagi «vahiy yuborganimda» degan so`zlardan payg`ambarlarga yuboriladigan vahiyni tushunmaslik kerak. Arab tilida, Qur'on istilohida «vahiy» so`zi «ilhom» ma'nosida ham ishlatiladi.)
112
إِذْ قَالَ ٱلْحَوَارِيُّونَ يَٰعِيسَى ٱبْنَ مَرْيَمَ هَلْ يَسْتَطِيعُ رَبُّكَ أَن يُنَزِّلَ عَلَيْنَا مَآئِدَةً مِّنَ ٱلسَّمَآءِ ​ۖ قَالَ ٱتَّقُواْ ٱللَّهَ إِن كُنتُم مُّؤْمِنِينَ‮١١٢‬‬‬
Sodiq
Havoriylar: «Ey, Iyso ibn Maryam, sening Robbing bizga osmondan tuzatilgan dasturxon tushira olurmi?» – deganlarida, u: «Agar mo`min bo`lsalaringiz, Allohga taqvo qilinglar», deganini esla.
113
قَالُواْ نُرِيدُ أَن نَّأْكُلَ مِنْهَا وَتَطْمَئِنَّ قُلُوبُنَا وَنَعْلَمَ أَن قَدْ صَدَقْتَنَا وَنَكُونَ عَلَيْهَا مِنَ ٱلشَّٰهِدِينَ‮١١٣‬‬‬
Sodiq
Ular: «Undan yemoqni, qalblarimiz taskin topmog`ini, bizga rost gapirganingni bilmoqni va bunga guvoh bo`lmoqni istarmiz», dedilar.
114
قَالَ عِيسَى ٱبْنُ مَرْيَمَ ٱللَّهُمَّ رَبَّنَآ أَنزِلْ عَلَيْنَا مَآئِدَةً مِّنَ ٱلسَّمَآءِ تَكُونُ لَنَا عِيدًا لِّأَوَّلِنَا وَءَاخِرِنَا وَءَايَةً مِّنكَ ​ۖ وَٱرْزُقْنَا وَأَنتَ خَيْرُ ٱلرَّٰزِقِينَ‮١١٤‬‬‬
Sodiq
Iyso ibn Maryam: «Allohim! Robbimiz! Bizga osmondan yasatilgan dasturxon tushirgin, u avvalimizgayu oxirimizga bayram bo`lib qolsin. Sendan mo`'jiza bo`lib qolsin. Va bizga rizq bergin, zotan O`zing eng yaxshi rizq berguvchisan», dedi.
115
قَالَ ٱللَّهُ إِنِّى مُنَزِّلُهَا عَلَيْكُمْ ​ۖ فَمَن يَكْفُرْ بَعْدُ مِنكُمْ فَإِنِّىٓ أُعَذِّبُهُۥ عَذَابًا لَّآ أُعَذِّبُهُۥٓ أَحَدًا مِّنَ ٱلْعَٰلَمِينَ‮١١٥‬‬‬
Sodiq
Alloh: «Men, albatta, uni sizlarga tushirguvchiman. Bas, bundan keyin sizlardan kim kufr keltirsa, uni olamlarda hech kimni azoblamagan azob ila azoblagayman», dedi.[1]

[1] Alloh taolo dasturxon tushirish haqidagi so`rovni ijobat qilish bilan birga, O`zining doimiy odatini ham esga solmoqda. U odat mo`'jiza talab qilgan qavm, mo`'jiza kelgandan keyin ham kufr keltirsa, uni qattiq azobga duchor qilishdir. Bu azob ham bu dunyoda, ham u dunyoda bo`ladi.)
116
وَإِذْ قَالَ ٱللَّهُ يَٰعِيسَى ٱبْنَ مَرْيَمَ ءَأَنتَ قُلْتَ لِلنَّاسِ ٱتَّخِذُونِى وَأُمِّىَ إِلَٰهَيْنِ مِن دُونِ ٱللَّهِ ​ۖ قَالَ سُبْحَٰنَكَ مَا يَكُونُ لِىٓ أَنْ أَقُولَ مَا لَيْسَ لِى بِحَقٍّ ​ۚ إِن كُنتُ قُلْتُهُۥ فَقَدْ عَلِمْتَهُۥ ​ۚ تَعْلَمُ مَا فِى نَفْسِى وَلَآ أَعْلَمُ مَا فِى نَفْسِكَ ​ۚ إِنَّكَ أَنتَ عَلَّٰمُ ٱلْغُيُوبِ‮١١٦‬‬‬
Sodiq
Alloh: «Ey, Iyso ibn Maryam, sen odamlarga, Allohni qo`yib, meni va onamni iloh qilib olinglar, dedingmi?» – deganini, u esa: «O`zing poksan! (Allohim), men haqqim yo`q narsani ayta olmayman-ku. Agar aytgan bo`lganimda, batahqiq, Sen uni bilar eding. Sen mening dilimdagini bilasan, men Sendagi hech narsani bilmasman. Albatta, Sen O`zing g`ayblarni eng yaxshi bilguvchi Zotsan», deganini esla.
117
مَا قُلْتُ لَهُمْ إِلَّا مَآ أَمَرْتَنِى بِهِۦٓ أَنِ ٱعْبُدُواْ ٱللَّهَ رَبِّى وَرَبَّكُمْ ​ۚ وَكُنتُ عَلَيْهِمْ شَهِيدًا مَّا دُمْتُ فِيهِمْ ​ۖ فَلَمَّا تَوَفَّيْتَنِى كُنتَ أَنتَ ٱلرَّقِيبَ عَلَيْهِمْ ​ۚ وَأَنتَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ شَهِيدٌ‮١١٧‬‬‬
Sodiq
Men ularga O`zing menga amr qilgan narsa: «Allohga, mening Robbim va sizning Robbingizga ibodat qiling»dan boshqani aytganim yo`q. Va, modomiki, oralarida ekanman, ularga guvoh bo`ldim. Meni O`zingga olganingdan so`ng, Sening O`zing ularga kuzatuvchi bo`lding. Zotan, Sen har bir narsaga guvohsan.[1]

[1] Ya'ni, qilgan ishlari, aytgan gaplari va boshqa narsalariga guvoh bo`ldim. Jumladan, Sening amringni qanaqa qabul qilishlariga guvoh bo`ldim. Mening ular ichida bo`lgan vaqtimdagi gaplar shulardan iborat. Men xudolik da'vosini qilganim yo`q. Mendan keyin nima bo`lganini O`zing bilasan.)
118
إِن تُعَذِّبْهُمْ فَإِنَّهُمْ عِبَادُكَ ​ۖ وَإِن تَغْفِرْ لَهُمْ فَإِنَّكَ أَنتَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ‮١١٨‬‬‬
Sodiq
Agar ularni azoblaydigan bo`lsang, bas, albatta, ular Sening bandalaring. Agar ularni mag`firat qiladigan bo`lsang, bas, albatta, Sening O`zing Aziyz — g`olib va hikmatli Zotsan.
119
قَالَ ٱللَّهُ هَٰذَا يَوْمُ يَنفَعُ ٱلصَّٰدِقِينَ صِدْقُهُمْ ​ۚ لَهُمْ جَنَّٰتٌ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَٰرُ خَٰلِدِينَ فِيهَآ أَبَدًا ​ۚ رَّضِىَ ٱللَّهُ عَنْهُمْ وَرَضُواْ عَنْهُ ​ۚ ذَٰلِكَ ٱلْفَوْزُ ٱلْعَظِيمُ‮١١٩‬‬‬
Sodiq
Alloh: «Bu kun, rostgo`ylarga rostgo`yliklari manfaat beradigan kun. Ularga ostidan suvlar oqib turgan jannatlar bor, unda abadiy — boqiy bo`lurlar. Alloh ulardan rozi bo`ldi. Ular Allohdan rozi bo`ldi. Bu esa, ulug` yutuqdir», – dedi.[1]

[1] Oyatdagi «rostgo`ylar»dan murod iymoni sodiqlardir.)
120
لِلَّهِ مُلْكُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَمَا فِيهِنَّ ​ۚ وَهُوَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرُ​ۢ‮١٢٠‬‬‬
Sodiq
Osmonlaru yer va ulardagi narsalar Allohning mulkidir. Va U har bir narsaga qodirdir.