Sura 59
Hashr
s
To'planish
24 oyat |
Madina |
Sura 59 • Oyat 1 / 24 • Juz 282⁄8 • Sahifa 545
Hashr
2
1
سَبَّحَ لِلَّهِ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ ۖ وَهُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ١
Sodiq
Osmonlardagiyu yerdagi barcha narsalar Allohni poklab yod etdi. U zot aziyz va hikmatli Zotdir.
2
هُوَ ٱلَّذِىٓ أَخْرَجَ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ مِنْ أَهْلِ ٱلْكِتَٰبِ مِن دِيَٰرِهِمْ لِأَوَّلِ ٱلْحَشْرِ ۚ مَا ظَنَنتُمْ أَن يَخْرُجُواْ ۖ وَظَنُّوٓاْ أَنَّهُم مَّانِعَتُهُمْ حُصُونُهُم مِّنَ ٱللَّهِ فَأَتَىٰهُمُ ٱللَّهُ مِنْ حَيْثُ لَمْ يَحْتَسِبُواْ ۖ وَقَذَفَ فِى قُلُوبِهِمُ ٱلرُّعْبَ ۚ يُخْرِبُونَ بُيُوتَهُم بِأَيْدِيهِمْ وَأَيْدِى ٱلْمُؤْمِنِينَ فَٱعْتَبِرُواْ يَٰٓأُوْلِى ٱلْأَبْصَٰرِ٢
Sodiq
U zot ahli kitobdan bo`lgan kofirlarni o`z diyorlaridan birinchi hashr uchun chiqargan Zotdir. Ularni chiqar deb o`ylamagan edingiz. O`zlari ham, qo`rg`onimiz bizni Alloh(azobi)dan saqlab qolur, deb o`ylashardi. Alloh ular o`ylamagan tarafdan oldi va ularning qalbiga qo`rqinch soldi. Uylarini o`z qo`llari bilan va mo`minlarning qo`llari bilan buza boshladilar. Ibrat oling, ey, aql egalari![1]
[1] Yahudiylar qo`rg`onlariga ishonib, bizga hech qanday yomonlik yetishi mumkin emas, deb xotirlari jam edi. Lekin Alloh taolo ular o`ylamagan, xayollariga kelmagan ishni amr qildi. Qo`rg`onlar joyida qolib, yahudiylarning qalblaridan putur ketdi. Alloh ularning qalblariga qo`rqinch va vahima soldi. Ana shunda, biz ko`chib ketsak, bu qo`rg`onlar musulmonlarga qolmasin, deya uylarini o`zlari buza boshladilar. Musulmonlar qamal davomida binolarga tashqaridan putur yetkazdi. Oqibatda mustahkam qo`rg`onlar vayron bo`ldi. Bu voqea aqli bor har bir kishiga o`rnak bo`larlik bir ogohlantirishdir. Demak, bandasi qanchalik xom xayol qilmasin, Xudoning buyurgani bo`ladi.)
3
وَلَوْلَآ أَن كَتَبَ ٱللَّهُ عَلَيْهِمُ ٱلْجَلَآءَ لَعَذَّبَهُمْ فِى ٱلدُّنْيَا ۖ وَلَهُمْ فِى ٱلْـَٔاخِرَةِ عَذَابُ ٱلنَّارِ٣
Sodiq
Mabodo, Alloh ularga ko`chishni yozmaganda ham, bu dunyoda ularni azoblar edi. Va ularga oxiratda do`zax azobi bordur.[1]
[1] Inson oxiratda bu dunyoda qilgan gunoh amallariga yarasha jazo olishi muqarrar. Yahudiylarning ko`chirilishi, ular uchun nisbatan yengil azobdir.)
4
ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمْ شَآقُّواْ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥ ۖ وَمَن يُشَآقِّ ٱللَّهَ فَإِنَّ ٱللَّهَ شَدِيدُ ٱلْعِقَابِ٤
Sodiq
Unday bo`lishi ular Allohga va Uning Rasuliga xilof qilganlari uchundir. Kimki Allohga xilof qilsa (unutmasinki), bas, albatta, Alloh azobi shiddatli Zotdir.
5
مَا قَطَعْتُم مِّن لِّينَةٍ أَوْ تَرَكْتُمُوهَا قَآئِمَةً عَلَىٰٓ أُصُولِهَا فَبِإِذْنِ ٱللَّهِ وَلِيُخْزِىَ ٱلْفَٰسِقِينَ٥
Sodiq
Sizning xurmoni kesganingiz yoki aslida tik qoldirganingiz, faqat, Allohning izni bilan va buzg`unchilarni xorlashi uchun bo`ldi.[1]
[1] Xurmo daraxtining eng yaxshi navi «liynatin» deb ataladi. Oyat tafsirida ta'kidlanganidek, ba'zi xurmo daraxtlarini kesib, ba'zilarining qoldirilishi buzg`unchilik uchun emas, balki Allohning izni bilan bo`ldi. Islom shariatida urush paytida ham o`simlik va hayvonot dunyosiga zarar keltirish qat'iyan man qilinadi. Bu boqiy hukmdir. Lekin Bani Naziyr hodisasida Alloh taolo O`zi ularni ba'zi xurmo daraxtlarini kesib o`t qo`yishga izn bergan.)
6
وَمَآ أَفَآءَ ٱللَّهُ عَلَىٰ رَسُولِهِۦ مِنْهُمْ فَمَآ أَوْجَفْتُمْ عَلَيْهِ مِنْ خَيْلٍ وَلَا رِكَابٍ وَلَٰكِنَّ ٱللَّهَ يُسَلِّطُ رُسُلَهُۥ عَلَىٰ مَن يَشَآءُ ۚ وَٱللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرٌ٦
Sodiq
Alloh O`z Rasuliga ulardan qaytarib bergan narsaga sizlar ot yoki tuya choptirib bormadingiz. Lekin Alloh O`z Payg`ambarini, kimning ustidan xohlasa, g`olib qiladi. Alloh har bir narsaga qodirdir.[1]
[1] Bu oyatda Alloh taolo qo`lga tushgan mol-mulk uchun musulmonlar tuya minib, ot choptirib qiynalmaganlarini, bu narsalarni Payg`ambariga Allohning O`zi, O`z qudrati bilan berganini eslatmoqda.)
7
مَّآ أَفَآءَ ٱللَّهُ عَلَىٰ رَسُولِهِۦ مِنْ أَهْلِ ٱلْقُرَىٰ فَلِلَّهِ وَلِلرَّسُولِ وَلِذِى ٱلْقُرْبَىٰ وَٱلْيَتَٰمَىٰ وَٱلْمَسَٰكِينِ وَٱبْنِ ٱلسَّبِيلِ كَىْ لَا يَكُونَ دُولَةًۢ بَيْنَ ٱلْأَغْنِيَآءِ مِنكُمْ ۚ وَمَآ ءَاتَىٰكُمُ ٱلرَّسُولُ فَخُذُوهُ وَمَا نَهَىٰكُمْ عَنْهُ فَٱنتَهُواْ ۚ وَٱتَّقُواْ ٱللَّهَ ۖ إِنَّ ٱللَّهَ شَدِيدُ ٱلْعِقَابِ٧
Sodiq
Alloh O`z Rasuliga shahar-qishloq ahlidan qaytarib bergan narsa... Allohgadir va Uning Rasuliga va yaqin qarindoshlariga, yetimlarga va miskinlarga va ko`cha o`g`illarigadir. Sizlardan boylaringiz orasida aylanadigan narsa bo`lib qolmasligi uchun. Payg`ambar sizga nimani bersa, o`shani olinglar va nimadan qaytarsa, o`shandan qaytinglar. Allohdan qo`rqinglar. Albatta, Alloh azobi zo`r Zotdir.[1]
[1] Alloh taolo yahudiylar qoldirgan mollarni «qaytarilgan mol» deb nomlayapti. Aslida, mol Allohniki, Bani Naziyrga bergan molini endi Payg`ambariga qaytardi. Aslida o`ljalarni jihodda qatnashgan mujohidlarga taqsimlanadi. Ammo bu safar o`lja urushsiz qo`lga tushgani uchun ushbu va keyingi oyatda zikri kelgan Alloh, Allohning Rasuli, Payg`ambar alayhissalomning yaqin qarindoshlari, safarda og`ir ahvolga tushganlar, yetim, miskin va faqir muhojirlarga taqsimlanmoqda.)
8
لِلْفُقَرَآءِ ٱلْمُهَٰجِرِينَ ٱلَّذِينَ أُخْرِجُواْ مِن دِيَٰرِهِمْ وَأَمْوَٰلِهِمْ يَبْتَغُونَ فَضْلًا مِّنَ ٱللَّهِ وَرِضْوَٰنًا وَيَنصُرُونَ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥٓ ۚ أُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلصَّٰدِقُونَ٨
Sodiq
O`z diyorlaridan va mol-mulklaridan judo qilingan faqir muhojirlargadir. Ular Allohdan fazl va Uning roziligini umid qiladilar. Allohga va Uning Rasuliga yordam beradilar. O`shandoq kishilar sodiqdirlar.
9
وَٱلَّذِينَ تَبَوَّءُو ٱلدَّارَ وَٱلْإِيمَٰنَ مِن قَبْلِهِمْ يُحِبُّونَ مَنْ هَاجَرَ إِلَيْهِمْ وَلَا يَجِدُونَ فِى صُدُورِهِمْ حَاجَةً مِّمَّآ أُوتُواْ وَيُؤْثِرُونَ عَلَىٰٓ أَنفُسِهِمْ وَلَوْ كَانَ بِهِمْ خَصَاصَةٌ ۚ وَمَن يُوقَ شُحَّ نَفْسِهِۦ فَأُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْمُفْلِحُونَ٩
Sodiq
U(muhojir)lardan avval bu joy(Madina)da yashagan va iymonga (ixlos qilganlar). Ular yurtlariga hijrat qilib kelganlarni sevarlar va ularga berilgan narsalarga qalblarida hasad qilmaslar. Va gar o`zlarining hojatlari bo`lsa ham, ularni o`zlaridan ustun qo`yarlar. Kim o`z nafsining baxilligidan saqlansa, undoq kishilar, ha, o`shalar yutuvchilardir.[1]
[1] Madinalik musulmonlar Payg`ambar alayhissalomga va muhojirlarga yordam berganlari uchun «Ansorlar» deb nomlanganlar. Ushbu oyat ansorlarning insoniyat tarixida misli ko`rilmagan saxovatlariyu odamgarchiliklarini vasf qilmoqda.)
10
وَٱلَّذِينَ جَآءُو مِنۢ بَعْدِهِمْ يَقُولُونَ رَبَّنَا ٱغْفِرْ لَنَا وَلِإِخْوَٰنِنَا ٱلَّذِينَ سَبَقُونَا بِٱلْإِيمَٰنِ وَلَا تَجْعَلْ فِى قُلُوبِنَا غِلًّا لِّلَّذِينَ ءَامَنُواْ رَبَّنَآ إِنَّكَ رَءُوفٌ رَّحِيمٌ١٠
Sodiq
Ulardan keyin kelganlar: «Ey Robbimiz, bizni va bizdan avval iymon bilan o`tgan birodarlarimizni mag`firat qilgin, iymon keltirganlarga qalbimizda nafrat (paydo) qilmagin. Ey Robbimiz, albatta, Sen shafqatli va mehribonsan», derlar.[1]
[1] Oyati karimada Islom ummatining avvali bilan oxirini bog`lab turuvchi ip namoyon bo`lmoqda. Keyin kelgan musulmon avlodi, kim bo`lishidan qat'iy nazar, o`zidan avval o`lib ketganlarni yaxshilik bilan eslab, ularning haqqiga xayrli duolar qiladilar. O`lganlarni so`kish, ularni xorlash musulmonlarga munosib ish emas. Islom ummatining o`ligiyu, tirigi, avvaliyu oxiri bir xilda e'zozga loyiqdir.)
Qur'oniy duolar
Oyat 59:10 11
۞أَلَمْ تَرَ إِلَى ٱلَّذِينَ نَافَقُواْ يَقُولُونَ لِإِخْوَٰنِهِمُ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ مِنْ أَهْلِ ٱلْكِتَٰبِ لَئِنْ أُخْرِجْتُمْ لَنَخْرُجَنَّ مَعَكُمْ وَلَا نُطِيعُ فِيكُمْ أَحَدًا أَبَدًا وَإِن قُوتِلْتُمْ لَنَنصُرَنَّكُمْ وَٱللَّهُ يَشْهَدُ إِنَّهُمْ لَكَٰذِبُونَ١١
Sodiq
Nifoq qilganlarning ahli kitobdan bo`lgan o`z birodarlariga: «Agar sizlar (diyorlaringizdan) quvilsangiz, biz ham sizlar bilan ketamiz, sizni qo`yib hech qachon hech kimga itoat qilmasmiz va mabodo sizlarga urush qilinsa, albatta yordam berurmiz», deyishlarini ko`rmaysanmi?[1]
[1] Munofiqlar ahli kitob bo`lmish yahudiy qabilasi Bani Naziyrga kelib «Muhammaddan qo`rqmanglar, biz sizlar bilan birgamiz. Mabodo o`z yurtlaringdan chiqib ketishga majbur bo`lsalaringiz, biz ham sizga qo`shilib chiqib ketamiz. Agar Muhammad sizga qarshi urush qiladigan bo`lsa, biz sizlarga yordam beramiz», deyishgan.)
12
لَئِنْ أُخْرِجُواْ لَا يَخْرُجُونَ مَعَهُمْ وَلَئِن قُوتِلُواْ لَا يَنصُرُونَهُمْ وَلَئِن نَّصَرُوهُمْ لَيُوَلُّنَّ ٱلْأَدْبَٰرَ ثُمَّ لَا يُنصَرُونَ١٢
Sodiq
Albatta, agar u(yahudiy)lar chiqarilsalar, (munofiqlar) ular bilan birga chiqmaslar. Va, albatta, agar u(yahudiy)larga (qarshi) urush qilinsa, (munofiqlar) yordam bermaslar. Bordi-yu, yordam berganlarida ham, ortlariga qarab qocharlar va ular yordamsiz qolarlar.
13
لَأَنتُمْ أَشَدُّ رَهْبَةً فِى صُدُورِهِم مِّنَ ٱللَّهِ ۚ ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمْ قَوْمٌ لَّا يَفْقَهُونَ١٣
Sodiq
Albatta, ularning qalblariga Allohdan ko`ra sizlar ko`proq qo`rqinchli tuyulasizlar. Chunki, ular yaxshi anglamaydigan qavmdir.[1]
[1] Munofiqu kofirlar Allohdan ko`ra mo`min-musulmonlardan ko`proq qo`rqadilar. Agar Allohning O`zidangina qo`rqanlarida edi, munofiq ham, kofir ham bo`lmas edilar.)
14
لَا يُقَٰتِلُونَكُمْ جَمِيعًا إِلَّا فِى قُرًى مُّحَصَّنَةٍ أَوْ مِن وَرَآءِ جُدُرٍ ۚ بَأْسُهُم بَيْنَهُمْ شَدِيدٌ ۚ تَحْسَبُهُمْ جَمِيعًا وَقُلُوبُهُمْ شَتَّىٰ ۚ ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمْ قَوْمٌ لَّا يَعْقِلُونَ١٤
Sodiq
Sizlarga qarshi uyushib, ochiq urush qila olmaslar, balki qo`rg`on bilan o`ralgan qishloqlarda yoki devorlar ortiga bekinib olib urush qilurlar. O`z oralarida adovatlari shiddatli. Ularni bir deb o`ylaysan. Holbuki, qalblari tarqoqdir. Bu hol ularning aql yuritmaydigan qavm ekanliklaridandir.[1]
[1] Tabiiyki, ixtiloflar tufayli istaklar, maqsadlar, firqalar va shiorlar ko`payadi. Bu esa har bir millatni halokatga olib boradi.)
15
كَمَثَلِ ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ قَرِيبًا ۖ ذَاقُواْ وَبَالَ أَمْرِهِمْ وَلَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ١٥
Sodiq
Bu, xuddi, yaqinda o`z qilmishlarining oqibatini tatib ko`rganlarga o`xshashdir. Va ularga (oxiratda) alamli azoblar bor.[1]
[1] Bu oyatda, Bani Naziyr ahli ham xiyonat, isyon tufayli xuddi ulardan avvalgi Bani Qayniqo' ahli tushgan holga tushganlari eslatilmoqda.)
16
كَمَثَلِ ٱلشَّيْطَٰنِ إِذْ قَالَ لِلْإِنسَٰنِ ٱكْفُرْ فَلَمَّا كَفَرَ قَالَ إِنِّى بَرِىٓءٌ مِّنكَ إِنِّىٓ أَخَافُ ٱللَّهَ رَبَّ ٱلْعَٰلَمِينَ١٦
Sodiq
Bu, xuddi, shayton insonga, «kofir bo`l», degan paytga o`xshaydir. U kufr keltirganda esa: «Sen bilan mening ishim yo`q, men olamlar Robbi — Allohdan qo`rqaman», dedi.
17
فَكَانَ عَٰقِبَتَهُمَآ أَنَّهُمَا فِى ٱلنَّارِ خَٰلِدَيْنِ فِيهَا ۚ وَذَٰلِكَ جَزَٰٓؤُاْ ٱلظَّٰلِمِينَ١٧
Sodiq
Bas, ularning oqibatlari bir — albatta, ikkovlari ham do`zaxda bo`lurlar, u yerda abadiy qolurlar. Va bu zolimlarning jazosidir.[1]
[1] Bani Naziyr qabilasi ushbu jonli misol bilan xotima topadi.)
18
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ ٱتَّقُواْ ٱللَّهَ وَلْتَنظُرْ نَفْسٌ مَّا قَدَّمَتْ لِغَدٍ ۖ وَٱتَّقُواْ ٱللَّهَ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ خَبِيرُۢ بِمَا تَعْمَلُونَ١٨
Sodiq
Ey, iymon keltirganlar! Allohga taqvo qilinglar! Har kim ertalik kun uchun nima qilganiga nazar solsin. Allohga taqvo qilinglar! Albatta, Alloh nima qilayotganingizdan xabardordir.[1]
[1] Qiyomat nisbatan juda yaqin vaqt, shuning uchun ham u «erta» deyiladi. Demak, har bir inson qiyomat kuni uchun nima ish qilganini o`ylab qo`yishi kerak.)
19
وَلَا تَكُونُواْ كَٱلَّذِينَ نَسُواْ ٱللَّهَ فَأَنسَىٰهُمْ أَنفُسَهُمْ ۚ أُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْفَٰسِقُونَ١٩
Sodiq
Allohni unutganlarga o`xshagan bo`lmanglar. U zot ularga o`z shaxslarini unuttirdi. Undoq kishilar fosiqdirlar.[1]
[1] Allohni unutgan odam bu dunyoda uni oliy maqom bilan bog`lab turuvchi aloqani yo`qotadi. Uni boshqa jonzotlardan ajratib turadigan oliy maqsaddan mahrum bo`ladi. Va nihoyat, o`zining insonligini unutadi.)
20
لَا يَسْتَوِىٓ أَصْحَٰبُ ٱلنَّارِ وَأَصْحَٰبُ ٱلْجَنَّةِ ۚ أَصْحَٰبُ ٱلْجَنَّةِ هُمُ ٱلْفَآئِزُونَ٢٠
Sodiq
Olov egalari va jannat egalari teng emaslar. Jannat egalari yutuqqa erishganlardir.
21
لَوْ أَنزَلْنَا هَٰذَا ٱلْقُرْءَانَ عَلَىٰ جَبَلٍ لَّرَأَيْتَهُۥ خَٰشِعًا مُّتَصَدِّعًا مِّنْ خَشْيَةِ ٱللَّهِ ۚ وَتِلْكَ ٱلْأَمْثَٰلُ نَضْرِبُهَا لِلنَّاسِ لَعَلَّهُمْ يَتَفَكَّرُونَ٢١
Sodiq
Agar ushbu Qur'onni toqqa tushirganimizda edi, uning Allohdan qo`rqqanidan titrab-qaqshab, parchalanib ketganini ko`rar eding. Ushbu misollarni odamlarga keltirurmiz, shoyadki, ular fikr yuritsalar.
22
هُوَ ٱللَّهُ ٱلَّذِى لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ۖ عَٰلِمُ ٱلْغَيْبِ وَٱلشَّهَٰدَةِ ۖ هُوَ ٱلرَّحْمَٰنُ ٱلرَّحِيمُ٢٢
Sodiq
U — Alloh Undan o`zga iloh yo`q Zotdir. U g`oyibni ham, oshkorni ham biluvchidir. U mehribon va rahimlidir.
Tanlangan oyatlar va suralar
Hashr surasining so'nggi uch oyati: matn, tarjimalar va tafsir 23
هُوَ ٱللَّهُ ٱلَّذِى لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ٱلْمَلِكُ ٱلْقُدُّوسُ ٱلسَّلَٰمُ ٱلْمُؤْمِنُ ٱلْمُهَيْمِنُ ٱلْعَزِيزُ ٱلْجَبَّارُ ٱلْمُتَكَبِّرُ ۚ سُبْحَٰنَ ٱللَّهِ عَمَّا يُشْرِكُونَ٢٣
Sodiq
U — Alloh Undan o`zga iloh yo`q Zotdir. U — Malik, U — Quddus, U — Salom, U — Mu'min, U — Muhaymin, U — Aziyz, U — Jabbor, U — Mutakabbirdir. Alloh ular shirk keltirayotgan narsalardan pokdir.[1]
[1] Malik — haqiqiy egadir, Undan o`zga ega yo`q. Shuning uchun bandalar faqat unga qul bo`ladilar. Quddus — barcha ayblardan xoli, noloyiq sifatlardan pok. Mutlaq muqaddaslik va mutlaq poklik Allohning O`zigagina xosdir. Salom — nuqsonlardan salomat, shuningdek, tinchlik-xotirjamlik va rohat beruvchi zot. Alloh «Salom» sifati ila bandalarga tinchlik, omonlik, xotirjamlik ato qiladi. Mo`min — iymon va omonlikni beruvchi. Muhaymin — hamma narsani qamrab oluvchi, ya'ni Alloh bandalarning barcha holatlarining guvohi bo`lib turadi, undan hech narsa maxfiy qolmaydi. Aziz — barchaning ustidan g`olib. Jabbor — oliy qadar, ulug`, Uning oldida o`zgalar o`zini xor tutadi. Mutakabbir — kibiryosi va ulug`ligi mubolag`ali zot.)
24
هُوَ ٱللَّهُ ٱلْخَٰلِقُ ٱلْبَارِئُ ٱلْمُصَوِّرُ ۖ لَهُ ٱلْأَسْمَآءُ ٱلْحُسْنَىٰ ۚ يُسَبِّحُ لَهُۥ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۖ وَهُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ٢٤
Sodiq
U — Alloh — Xoliq, Bori', Musovvirdur. Barcha go`zal ismlar Unikidir. Osmonlaru yerdagi barcha narsalar Uni poklab yod etadilar. Yana U — Aziyz va Hakiymdir.[1]
[1] Xoliq — yaratuvchi. Bari'u — yo`qdan bor qiluvchi. Musavvir — maxluqotlarning suvratini shakllantiruvchi zot. Dunyodagi barcha chiroyli ismlar Allohnikidir. Hadisi sharifda Allohning to`qson to`qqizta chiroyli ismi zikr qilingan. Osmonda bo`lsin, yerda bo`lsin, dunyodagi barcha narsalar Alloh taoloni poklab yod etadi, lekin biz ularning tasbihini tushunmaymiz. U Alloh g`olibdir va hakim-barcha ishlarni hikmat bilan qiluvchi Zotdir.)