Sura 6

An'om

A

Chorva

165 oyat |MakkaMakka |
Sura 6 • Oyat 1 / 165 • Juz 73⁄8 • Sahifa 128
An'om
ﻉ102Sahifa 128102ﻉ
2
1
ٱلْحَمْدُ لِلَّهِ ٱلَّذِى خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ وَجَعَلَ ٱلظُّلُمَٰتِ وَٱلنُّورَ ​ۖ ثُمَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ بِرَبِّهِمْ يَعْدِلُونَ‮١‬‬‬
Sodiq
Osmonlaru yerni yaratgan, zulmatlaru nurni taratgan Allohga hamd bo`lsin. So`ngra, kufr keltirganlar o`z Robbilariga (o`zgalarni) tenglashtirurlar.
2
هُوَ ٱلَّذِى خَلَقَكُم مِّن طِينٍ ثُمَّ قَضَىٰٓ أَجَلًا ​ۖ وَأَجَلٌ مُّسَمًّى عِندَهُۥ ​ۖ ثُمَّ أَنتُمْ تَمْتَرُونَ‮٢‬‬‬
Sodiq
U sizlarni loydan yaratgan, so`ngra ajalni belgilab qo`ygan Zotdir. Belgilangan ajal esa Uning huzuridadir. Shundan keyin ham siz shak keltirursiz.
3
وَهُوَ ٱللَّهُ فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَفِى ٱلْأَرْضِ ​ۖ يَعْلَمُ سِرَّكُمْ وَجَهْرَكُمْ وَيَعْلَمُ مَا تَكْسِبُونَ‮٣‬‬‬
Sodiq
U osmonlarda ham, yerda ham Allohdir. Siringizni ham, oshkoringizni ham biladir. Qilgan kasbu koringizni ham biladir.
4
وَمَا تَأْتِيهِم مِّنْ ءَايَةٍ مِّنْ ءَايَٰتِ رَبِّهِمْ إِلَّا كَانُواْ عَنْهَا مُعْرِضِينَ‮٤‬‬‬
Sodiq
Mudom ularga o`z Robbilari oyatlaridan bir oyat kelsa, undan yuz o`giruvchi bo`ldilar.
5
فَقَدْ كَذَّبُواْ بِٱلْحَقِّ لَمَّا جَآءَهُمْ ​ۖ فَسَوْفَ يَأْتِيهِمْ أَن​ۢبَٰٓؤُاْ مَا كَانُواْ بِهِۦ يَسْتَهْزِءُونَ‮٥‬‬‬
Sodiq
Ularga haq kelganda uni ham yolg`onga chiqardilar. Tezda ularga o`zlari istehzo qilgan narsaning xabari kelur.[1]

[1] Yuqoridagi oyatlarda sifatlari zikr qilingan mushriklar Alloh taolodan ularga haqiqat, ya'ni haq din, haq kitob, haq payg`ambar va haq shariat kelganida, burungi sarkashliklarini ishga solib, uni ham yolg`onga chiqardilar.)
6
أَلَمْ يَرَوْاْ كَمْ أَهْلَكْنَا مِن قَبْلِهِم مِّن قَرْنٍ مَّكَّنَّٰهُمْ فِى ٱلْأَرْضِ مَا لَمْ نُمَكِّن لَّكُمْ وَأَرْسَلْنَا ٱلسَّمَآءَ عَلَيْهِم مِّدْرَارًا وَجَعَلْنَا ٱلْأَنْهَٰرَ تَجْرِى مِن تَحْتِهِمْ فَأَهْلَكْنَٰهُم بِذُنُوبِهِمْ وَأَنشَأْنَا مِن​ۢ بَعْدِهِمْ قَرْنًا ءَاخَرِينَ‮٦‬‬‬
Sodiq
Ulardan oldin qancha asrlarni halok qilganimizni bilmaslarmi? O`shalarga yer yuzida sizlarga bermagan imkonlarni bergan edik. Osmondan ustlariga baraka yomg`iri yuborgan va ostlaridan anhorlar oqib turadigan qilib qo`ygan edik. Bas, gunohlari tufayli ularni halok qildik va o`rinlariga boshqa asrlarni paydo qildik.[1]

[1] «Asr» so`zi yuz yillik muddatni anglatishini bilamiz. Bu yerda o`sha muddat orasida yashagan odamlar ko`zda tutilmoqda. Inson o`zi bilan o`zi ovora bo`lib qolib, o`tmishga ibrat ila nazar solishni unutib qo`yadi.)
7
وَلَوْ نَزَّلْنَا عَلَيْكَ كِتَٰبًا فِى قِرْطَاسٍ فَلَمَسُوهُ بِأَيْدِيهِمْ لَقَالَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓاْ إِنْ هَٰذَآ إِلَّا سِحْرٌ مُّبِينٌ‮٧‬‬‬
Sodiq
Agar senga qog`oz — kitob tushirsak, uni qo`llari bilan ushlab ko`rishsa ham, kufr keltirganlar: «Bu aniq sehrdan o`zga hech narsa emas», derlar.[1]

[1] Agar ular haqiqatga yetish istagida bo`lsalar, Qur'oni Karimning og`zaki shaklda nozil bo`lib turganining o`zi ham yetar edi. Haqiqatni istaganlaridanmi? Yo`q, ularda bunday maqsad yo`q.)
8
وَقَالُواْ لَوْلَآ أُنزِلَ عَلَيْهِ مَلَكٌ ​ۖ وَلَوْ أَنزَلْنَا مَلَكًا لَّقُضِىَ ٱلْأَمْرُ ثُمَّ لَا يُنظَرُونَ‮٨‬‬‬
Sodiq
Ular: «Agar unga farishta tushirilsa edi», dedilar. Agar farishta tushirsak, ish bitdi hisob. So`ngra ularga qarab turilmas.
9
وَلَوْ جَعَلْنَٰهُ مَلَكًا لَّجَعَلْنَٰهُ رَجُلًا وَلَلَبَسْنَا عَلَيْهِم مَّا يَلْبِسُونَ‮٩‬‬‬
Sodiq
Agar uni farishta qilsak ham, erkak qilgan bo`lar edik va o`zlari mushkullashtirgan narsani ularga yana ham mushkullashtirar edik.[1]

[1] Kofir-mushriklar odam-payg`ambarga ishonmay, uni tasdiqlovchi farishta ham tushishini da'vo qilib, ishni mushkullashtirdilar. Shu bilan birga, ular farishtalar haqidagi tasavvurni ham, farishtalar — ayol, ular Allohning qizlaridir, degan aqida bilan mushkullashtirgan edilar. Shuning uchun ham ularning payg`ambarlikni tasdiq etish uchun farishta tushirish iddiolari qondirilsa, ular uchun mushkulot yana ham og`irlashgan bo`lar edi. Ya'ni, ular e'tiqod qilganlaridek, osmondan payg`ambarni tasdiqlash uchun yuborilgan farishta ayol suvratida bo`lmas edi. Buni ko`rgan mushriklar farishta bo`lsa, ayol bo`lishi kerak edi, bu ham boshqa bir narsa shekilli, deb turli xom xayollar bilan chalg`ir edilar.)
10
وَلَقَدِ ٱسْتُهْزِئَ بِرُسُلٍ مِّن قَبْلِكَ فَحَاقَ بِٱلَّذِينَ سَخِرُواْ مِنْهُم مَّا كَانُواْ بِهِۦ يَسْتَهْزِءُونَ‮١٠‬‬‬
Sodiq
Sendan oldingi Payg`ambarlar ham istehzo qilinganlar. Ularni masxara qilganlarni qilgan istehzolari o`z domiga tortgan.
11
قُلْ سِيرُواْ فِى ٱلْأَرْضِ ثُمَّ ٱنظُرُواْ كَيْفَ كَانَ عَٰقِبَةُ ٱلْمُكَذِّبِينَ‮١١‬‬‬
Sodiq
«Er yuzida sayr qilingiz, so`ngra yolg`onchi qiluvchilarning oqibati qanday bo`lganiga nazar solingiz», deb ayt.
12
قُل لِّمَن مَّا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ​ۖ قُل لِّلَّهِ ​ۚ كَتَبَ عَلَىٰ نَفْسِهِ ٱلرَّحْمَةَ ​ۚ لَيَجْمَعَنَّكُمْ إِلَىٰ يَوْمِ ٱلْقِيَٰمَةِ لَا رَيْبَ فِيهِ ​ۚ ٱلَّذِينَ خَسِرُوٓاْ أَنفُسَهُمْ فَهُمْ لَا يُؤْمِنُونَ‮١٢‬‬‬
Sodiq
«Osmonlar va yerdagi narsalar kimniki?» – deb ayt! «Allohniki», deb ayt! U O`ziga O`zi rahmatni yozib qo`ygan. Sizlarni bo`lishida shubha yo`q qiyomat kuni albatta jamlaydir. O`ziga o`zi ziyon keltiruvchilargina, o`shalargina iymon keltirmaslar.
13
۞وَلَهُۥ مَا سَكَنَ فِى ٱلَّيْلِ وَٱلنَّهَارِ ​ۚ وَهُوَ ٱلسَّمِيعُ ٱلْعَلِيمُ‮١٣‬‬‬
Sodiq
Kechada va kunduzda sokin bo`lganlar Unikidir. U eshitguvchi va bilguvchi Zotdir.
14
قُلْ أَغَيْرَ ٱللَّهِ أَتَّخِذُ وَلِيًّا فَاطِرِ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَهُوَ يُطْعِمُ وَلَا يُطْعَمُ ​ۗ قُلْ إِنِّىٓ أُمِرْتُ أَنْ أَكُونَ أَوَّلَ مَنْ أَسْلَمَ ​ۖ وَلَا تَكُونَنَّ مِنَ ٱلْمُشْرِكِينَ‮١٤‬‬‬
Sodiq
Sen: «Allohdan o`zgani valiy — do`st qilib olamanmi? U osmonlaru yerni yaratguvchidir. U taom beradi va taomlanmaydi», deb ayt. «Men avvalgi taslim bo`luvchi bo`lmoqqa amr qilindim va menga hech mushriklardan bo`lmagin, deb aytildi», deb ayt.
15
قُلْ إِنِّىٓ أَخَافُ إِنْ عَصَيْتُ رَبِّى عَذَابَ يَوْمٍ عَظِيمٍ‮١٥‬‬‬
Sodiq
Sen: «Albatta, men agar Robbimga osiy bo`lsam, ulug` kun azobidan qo`rqaman», deb ayt.
16
مَّن يُصْرَفْ عَنْهُ يَوْمَئِذٍ فَقَدْ رَحِمَهُۥ ​ۚ وَذَٰلِكَ ٱلْفَوْزُ ٱلْمُبِينُ‮١٦‬‬‬
Sodiq
Kim o`sha kuni undan chetlansa, bas, batahqiq, Alloh unga rahim qilibdi. Ana o`sha aniq yutuqdir.
17
وَإِن يَمْسَسْكَ ٱللَّهُ بِضُرٍّ فَلَا كَاشِفَ لَهُۥٓ إِلَّا هُوَ ​ۖ وَإِن يَمْسَسْكَ بِخَيْرٍ فَهُوَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرٌ‮١٧‬‬‬
Sodiq
Agar Alloh seni zarariga oladigan bo`lsa, Uning O`zidan boshqa kushoyish beradigan yo`q. Agar U seni yaxshilikka oladigan bo`lsa, bas, U har bir narsaga qodirdir.[1]

[1] Bu dunyoda xohlasa zarar yetkazuvchi Zot yagona Allohning O`zidir. Agar U zot biror bandaga zarar yetkazadigan bo`lsa, butun dunyo bir bo`lib harakat qilganda ham, o`sha bandadan zararni ketkazishga qodir bo`la olmaydilar. Mazkur zarardan kushoyish beruvchi ham faqat Allohning O`zidir. Aksincha, Alloh taolo biror bandaga yaxshilik yetkazmoqchi bo`lsa, dunyo birlashib harakat qilganda ham, o`sha bandadan yaxshilikni to`sa olmaydi. Har bir narsaga qodir Alloh O`z irodasini amalga oshiradi.)
18
وَهُوَ ٱلْقَاهِرُ فَوْقَ عِبَادِهِۦ ​ۚ وَهُوَ ٱلْحَكِيمُ ٱلْخَبِيرُ‮١٨‬‬‬
Sodiq
U bandalari ustidan g`olibdur. U hikmat egasi va har bir narsadan xabardordir.
19
قُلْ أَىُّ شَىْءٍ أَكْبَرُ شَهَٰدَةً ​ۖ قُلِ ٱللَّهُ ​ۖ شَهِيدُ​ۢ بَيْنِى وَبَيْنَكُمْ ​ۚ وَأُوحِىَ إِلَىَّ هَٰذَا ٱلْقُرْءَانُ لِأُنذِرَكُم بِهِۦ وَمَن​ۢ بَلَغَ ​ۚ أَئِنَّكُمْ لَتَشْهَدُونَ أَنَّ مَعَ ٱللَّهِ ءَالِهَةً أُخْرَىٰ ​ۚ قُل لَّآ أَشْهَدُ ​ۚ قُلْ إِنَّمَا هُوَ إِلَٰهٌ وَٰحِدٌ وَإِنَّنِى بَرِىٓءٌ مِّمَّا تُشْرِكُونَ‮١٩‬‬‬
Sodiq
Sen: «Qaysi narsa eng katta guvohlikdir», deb ayt. «Alloh», deb ayt. Sen: «U men bilan sizlarning o`rtangizda guvohdir. Menga ushbu Qur'onni, Uning ila sizlarni va u yetib borganlarni ogohlantirishim uchun vahiy qilindi. Sizlar «Alloh bilan birga, albatta, boshqa xudolar bor», deb guvohlik berasizlarmi? «Men guvohlik bermayman», deb ayt. Sen: «Albatta, U bitta ilohdir va men siz keltirayotgan shirkdan pokdirman», deb ayt.[1]

[1] Allohni qo`yib o`zlariga o`zga valiy tutganlarga boshqa narsalar ham guvohlik bera olmaydi. Shuning uchun Alloh Payg`ambarimiz alayhissalotu vassalomga guvoh haqida savol berishni amr qildi. Demak, bahsli masalaga Alloh taoloning O`zi hakam bo`ldi. Uning O`zi guvoh bo`ladigan bo`ldi. Uning shahodati Qur'oni Karimdir. Mazkur bahsli masala ham unda bor. Demak, kimga ushbu Qur'on yetib borgan bo`lsa, unga guvoh muqarrar kelgan hisoblanadi. Ushbu guvohga — Qur'onga amal qilmasa, uning ogohlantirishidan hushyor tortmasa, azobga duchor bo`ladi.)
20
ٱلَّذِينَ ءَاتَيْنَٰهُمُ ٱلْكِتَٰبَ يَعْرِفُونَهُۥ كَمَا يَعْرِفُونَ أَبْنَآءَهُمُ ​ۘ ٱلَّذِينَ خَسِرُوٓاْ أَنفُسَهُمْ فَهُمْ لَا يُؤْمِنُونَ‮٢٠‬‬‬
Sodiq
Biz kitob berganlar uni o`z farzandlarini tanigandek tanirlar. Ular o`zlariga ziyon qilganlardir, ana o`shalar iymon keltirmaslar.
21
وَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّنِ ٱفْتَرَىٰ عَلَى ٱللَّهِ كَذِبًا أَوْ كَذَّبَ بِـَٔايَٰتِهِۦٓ ​ۗ إِنَّهُۥ لَا يُفْلِحُ ٱلظَّٰلِمُونَ‮٢١‬‬‬
Sodiq
Allohga nisbatan yolg`on to`qigan yoki Uning oyatlarini yolg`onga chiqarganlardan ham ko`ra zolimroq kimsa bormi? Albatta, zolimlar najot topmaslar.
22
وَيَوْمَ نَحْشُرُهُمْ جَمِيعًا ثُمَّ نَقُولُ لِلَّذِينَ أَشْرَكُوٓاْ أَيْنَ شُرَكَآؤُكُمُ ٱلَّذِينَ كُنتُمْ تَزْعُمُونَ‮٢٢‬‬‬
Sodiq
Hammalarini jamlaydigan, so`ngra shirk keltirganlarga: «Siz xudo deb gumon qilgan sheriklaringiz qani?» – deb aytadiganimiz kunni esla.
23
ثُمَّ لَمْ تَكُن فِتْنَتُهُمْ إِلَّآ أَن قَالُواْ وَٱللَّهِ رَبِّنَا مَا كُنَّا مُشْرِكِينَ‮٢٣‬‬‬
Sodiq
So`ngra, «Robbimiz Allohga qasamki, mushrik bo`lmagan edik», deyishdan boshqa fitnalari bo`lmas.[1]

[1] Boqiy dunyoda ko`pchilik nazdida so`roqqa tutilganlarida va hamma narsa aniqlangandan so`ng ham mushriklar qasam ichib, o`zlarini hech qanday gunoh qilmagan, shirk keltirmagandek tutishadi.)
24
ٱنظُرْ كَيْفَ كَذَبُواْ عَلَىٰٓ أَنفُسِهِمْ ​ۚ وَضَلَّ عَنْهُم مَّا كَانُواْ يَفْتَرُونَ‮٢٤‬‬‬
Sodiq
Nazar sol! Ular o`zlarini qanday aldadilar va to`qib yurgan narsalari ulardan qanday yo`qoldi.
25
وَمِنْهُم مَّن يَسْتَمِعُ إِلَيْكَ ​ۖ وَجَعَلْنَا عَلَىٰ قُلُوبِهِمْ أَكِنَّةً أَن يَفْقَهُوهُ وَفِىٓ ءَاذَانِهِمْ وَقْرًا ​ۚ وَإِن يَرَوْاْ كُلَّ ءَايَةٍ لَّا يُؤْمِنُواْ بِهَا ​ۚ حَتَّىٰٓ إِذَا جَآءُوكَ يُجَٰدِلُونَكَ يَقُولُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓاْ إِنْ هَٰذَآ إِلَّآ أَسَٰطِيرُ ٱلْأَوَّلِينَ‮٢٥‬‬‬
Sodiq
Ulardan senga quloq tutadiganlari ham bor. Biz uni fahmlamasliklari uchun qalblariga parda va quloqlariga to`siq qilib qo`ydik. Barcha oyatlarni ko`rsalar ham, ular iymon keltirmaslar. Hatto, oldingga sen bilan tortishuvga kelganlarida, kufr keltirganlar: «Bu, o`tganlarning afsonalaridan boshqa narsa emas», derlar.
26
وَهُمْ يَنْهَوْنَ عَنْهُ وَيَنْـَٔوْنَ عَنْهُ ​ۖ وَإِن يُهْلِكُونَ إِلَّآ أَنفُسَهُمْ وَمَا يَشْعُرُونَ‮٢٦‬‬‬
Sodiq
Va ular (odamlarni) undan qaytarurlar va undan uzoqlashurlar. Ular sezmagan hollarida o`zlarini halok qilurlar, xolos.
27
وَلَوْ تَرَىٰٓ إِذْ وُقِفُواْ عَلَى ٱلنَّارِ فَقَالُواْ يَٰلَيْتَنَا نُرَدُّ وَلَا نُكَذِّبَ بِـَٔايَٰتِ رَبِّنَا وَنَكُونَ مِنَ ٱلْمُؤْمِنِينَ‮٢٧‬‬‬
Sodiq
Do`zax ustida to`xtatilganlarida: «Qani endi (u dunyoga) qaytarilsak edi, Robbimizning oyatlarini yolg`onga chiqarmas edik va mo`minlardan bo`lar edik», deyishlarini ko`rsang edi.
28
بَلْ بَدَا لَهُم مَّا كَانُواْ يُخْفُونَ مِن قَبْلُ ​ۖ وَلَوْ رُدُّواْ لَعَادُواْ لِمَا نُهُواْ عَنْهُ وَإِنَّهُمْ لَكَٰذِبُونَ‮٢٨‬‬‬
Sodiq
Yo`q! Unday emas. Ular oldin maxfiy tutgan narsa o`zlariga oshkor bo`ldi, xolos. Agar ular (bu dunyoga) qaytarilsalar ham, o`zlari man qilingan narsaga qayturlar va, albatta, ular yolg`onchilardir.
29
وَقَالُوٓاْ إِنْ هِىَ إِلَّا حَيَاتُنَا ٱلدُّنْيَا وَمَا نَحْنُ بِمَبْعُوثِينَ‮٢٩‬‬‬
Sodiq
Ular: «Hayot — bu dunyo hayoti, xolos, biz qayta tiriltirilmasmiz», dedilar.
30
وَلَوْ تَرَىٰٓ إِذْ وُقِفُواْ عَلَىٰ رَبِّهِمْ ​ۚ قَالَ أَلَيْسَ هَٰذَا بِٱلْحَقِّ ​ۚ قَالُواْ بَلَىٰ وَرَبِّنَا ​ۚ قَالَ فَذُوقُواْ ٱلْعَذَابَ بِمَا كُنتُمْ تَكْفُرُونَ‮٣٠‬‬‬
Sodiq
Allohning huzurida to`xtatilganlarida, U: «Mana shu haq emasmi?!» – deganida, «Robbimizga qasamki, haqdir», deganlarini, U: «Bas, kufr keltirganingiz uchun azobini cheking», deyishini ko`rsang edi.
31
قَدْ خَسِرَ ٱلَّذِينَ كَذَّبُواْ بِلِقَآءِ ٱللَّهِ ​ۖ حَتَّىٰٓ إِذَا جَآءَتْهُمُ ٱلسَّاعَةُ بَغْتَةً قَالُواْ يَٰحَسْرَتَنَا عَلَىٰ مَا فَرَّطْنَا فِيهَا وَهُمْ يَحْمِلُونَ أَوْزَارَهُمْ عَلَىٰ ظُهُورِهِمْ ​ۚ أَلَا سَآءَ مَا يَزِرُونَ‮٣١‬‬‬
Sodiq
Allohga ro`baro` bo`lishni yolg`on deganlar, shubhasiz, ziyonga uchradilar. Hattoki, to`satdan qiyomat kelib qolganda, ustlariga gunohlarini orqalab olgan hollarida: «U(dunyo)da qilgan kamchiliklarimizga hasrat-nadomatlar bo`lsin», derlar. Ular orqalagan narsa qanday yomon-a!
32
وَمَا ٱلْحَيَوٰةُ ٱلدُّنْيَآ إِلَّا لَعِبٌ وَلَهْوٌ ​ۖ وَلَلدَّارُ ٱلْـَٔاخِرَةُ خَيْرٌ لِّلَّذِينَ يَتَّقُونَ ​ۗ أَفَلَا تَعْقِلُونَ‮٣٢‬‬‬
Sodiq
Bu dunyo hayoti o`yin-kulgudan o`zga hech narsa emas. Taqvo qiluvchilar uchun oxirat hovlisi yaxshiroqdir. Aql yuritmaysizlarmi?[1]

[1] Dunyo va oxirat ilohiy mezon bilan o`lchanyapti. Allohning e'tiborida bu dunyo hech narsaga arzimaydi va u dunyoga solishtirganda hech narsaga aylanib qoladi.)
33
قَدْ نَعْلَمُ إِنَّهُۥ لَيَحْزُنُكَ ٱلَّذِى يَقُولُونَ ​ۖ فَإِنَّهُمْ لَا يُكَذِّبُونَكَ وَلَٰكِنَّ ٱلظَّٰلِمِينَ بِـَٔايَٰتِ ٱللَّهِ يَجْحَدُونَ‮٣٣‬‬‬
Sodiq
Seni, albatta, ularning aytayotganlari xafa qilishini yaxshi bilamiz. Ular seni yolg`onchiga chiqarayotganlari yo`q, balki zolimlar Allohning oyatlarini inkor qilmoqdalar.
34
وَلَقَدْ كُذِّبَتْ رُسُلٌ مِّن قَبْلِكَ فَصَبَرُواْ عَلَىٰ مَا كُذِّبُواْ وَأُوذُواْ حَتَّىٰٓ أَتَىٰهُمْ نَصْرُنَا ​ۚ وَلَا مُبَدِّلَ لِكَلِمَٰتِ ٱللَّهِ ​ۚ وَلَقَدْ جَآءَكَ مِن نَّبَإِىْ ٱلْمُرْسَلِينَ‮٣٤‬‬‬
Sodiq
Sendan oldin ham Payg`ambarlar yolg`onchiga chiqarilganlar. Bas, ular to nusrat kelguncha yolg`onchiga chiqarilganlariga va berilgan ozorlarga sabr qilganlar. Allohning so`zlarini o`zgartiruvchi yo`q. Batahqiq, senga Payg`ambarlarning xabari kelgan.
35
وَإِن كَانَ كَبُرَ عَلَيْكَ إِعْرَاضُهُمْ فَإِنِ ٱسْتَطَعْتَ أَن تَبْتَغِىَ نَفَقًا فِى ٱلْأَرْضِ أَوْ سُلَّمًا فِى ٱلسَّمَآءِ فَتَأْتِيَهُم بِـَٔايَةٍ ​ۚ وَلَوْ شَآءَ ٱللَّهُ لَجَمَعَهُمْ عَلَى ٱلْهُدَىٰ ​ۚ فَلَا تَكُونَنَّ مِنَ ٱلْجَٰهِلِينَ‮٣٥‬‬‬
Sodiq
Agar senga ularning yuz o`girishlari og`ir botayotgan bo`lsa, qodir bo`lsang, yer ostidan yo`l qilib yoki osmonga narvon qo`yib, ularga oyat-mo`'jiza keltir. Alloh xohlaganida, ularni hidoyatga jamlardi. Hargiz johillardan bo`lma.[1]

[1] Oyati karimada Payg`ambarimizga, agar qodir bo`lsalar, mushriklarni ishontirish, iymonga keltirishga yaraydigan oyat-mo`'jizani yerni kavlab kirib bo`lsa ham, osmonga shoti qo`yib chiqib bo`lsa ham, keltirish taklif etilyapti. Ammo kofirlar oyat-mo`'jizalar yo`qligidan iymondan yuz o`girayotgani yo`q. Ular nafslarining buzuqligi, hasad va sarkashliklari oqibatida kufr yo`lini ixtiyor qilyaptilar. Alloh taolo odamlarni har xil tabiatli va ayri iste'dod sohibi qilib yaratgandir. Ba'zisi o`z-o`zidan hidoyat yo`liga kirib qoladi. Ba'zilari da'vatga, tushuntirishga muhtoj bo`ladilar. Boshqalari esa, bir oz qo`rqitishga, yana birlari targ`ibot ishlariga ehtiyoj sezadi. Ammo yana bir toifa borki, ularga hech narsa ta'sir qilmaydi. Ular har qancha da'vat qilinmasinlar, shu qadar bahona topaveradilar.)
36
۞إِنَّمَا يَسْتَجِيبُ ٱلَّذِينَ يَسْمَعُونَ ​ۘ وَٱلْمَوْتَىٰ يَبْعَثُهُمُ ٱللَّهُ ثُمَّ إِلَيْهِ يُرْجَعُونَ‮٣٦‬‬‬
Sodiq
Albatta, tinglay oladiganlargina qabul qilurlar. O`liklarni esa, Alloh tiriltirur va so`ngra Uning O`ziga qaytarilurlar.
37
وَقَالُواْ لَوْلَا نُزِّلَ عَلَيْهِ ءَايَةٌ مِّن رَّبِّهِۦ ​ۚ قُلْ إِنَّ ٱللَّهَ قَادِرٌ عَلَىٰٓ أَن يُنَزِّلَ ءَايَةً وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَهُمْ لَا يَعْلَمُونَ‮٣٧‬‬‬
Sodiq
Ular: «Unga Robbidan bir oyat-mo`'jiza tushsa edi?» – derlar. «Albatta, Alloh oyat-mo`'jiza tushirishga qodirdir», deb ayt. Lekin ko`plari bilmaslar.
38
وَمَا مِن دَآبَّةٍ فِى ٱلْأَرْضِ وَلَا طَٰٓئِرٍ يَطِيرُ بِجَنَاحَيْهِ إِلَّآ أُمَمٌ أَمْثَالُكُم ​ۚ مَّا فَرَّطْنَا فِى ٱلْكِتَٰبِ مِن شَىْءٍ ​ۚ ثُمَّ إِلَىٰ رَبِّهِمْ يُحْشَرُونَ‮٣٨‬‬‬
Sodiq
Yer yuzidagi har bir yuruvchi jonzot va ikki qanoti ila uchuvchi qush borki, hammasi siz kabi ummatlardir. Kitobga hech narsani qo`ymay yozganmiz. So`ngra Robbilariga jamlanurlar.[1]

[1] Oyati karimada yerdagi va osmondagi jonzotlar ham, insonlar kabi, ummatlar ekani ta'kidlanmoqda. Ya'ni, ularning hayotlarida ham tirikchilik, oila, tug`ish, ko`payish singari insonlarga xos ishlarda o`xshash jihatlar bor. Ularni kim bunday qilib yaratdi? Ulamolar misol qilib ko`pincha asalari va chumolini keltiradilar. Mutaxassislarning fikri bilan tanishgan odam bu ikki ummatning jamoa hayoti Allohning qudratidan ekanligiga tan bermay iloji yo`q.)
39
وَٱلَّذِينَ كَذَّبُواْ بِـَٔايَٰتِنَا صُمٌّ وَبُكْمٌ فِى ٱلظُّلُمَٰتِ ​ۗ مَن يَشَإِ ٱللَّهُ يُضْلِلْهُ وَمَن يَشَأْ يَجْعَلْهُ عَلَىٰ صِرَٰطٍ مُّسْتَقِيمٍ‮٣٩‬‬‬
Sodiq
Oyatlarimizni yolg`onga chiqarganlar kar va soqovlardir. Alloh kimni xohlasa, adashtirur va kimni xohlasa, to`g`ri yo`lda barqaror qilib qo`yadir.
40
قُلْ أَرَءَيْتَكُمْ إِنْ أَتَىٰكُمْ عَذَابُ ٱللَّهِ أَوْ أَتَتْكُمُ ٱلسَّاعَةُ أَغَيْرَ ٱللَّهِ تَدْعُونَ إِن كُنتُمْ صَٰدِقِينَ‮٤٠‬‬‬
Sodiq
Sen: «Agar rostgo`y bo`lsalaringiz, ayting-chi, sizga Allohning azobi yoki qiyomat soati kelganda, Allohdan boshqaga duo qilasizlarmi?» – degin.
41
بَلْ إِيَّاهُ تَدْعُونَ فَيَكْشِفُ مَا تَدْعُونَ إِلَيْهِ إِن شَآءَ وَتَنسَوْنَ مَا تُشْرِكُونَ‮٤١‬‬‬
Sodiq
Yo`q! Faqat Ungagina duo qilursiz. U esa, xohlasa, siz duo qilgan narsaga kushoyish berur. Siz esa, shirk keltirayotgan narsangizni unutursiz.
42
وَلَقَدْ أَرْسَلْنَآ إِلَىٰٓ أُمَمٍ مِّن قَبْلِكَ فَأَخَذْنَٰهُم بِٱلْبَأْسَآءِ وَٱلضَّرَّآءِ لَعَلَّهُمْ يَتَضَرَّعُونَ‮٤٢‬‬‬
Sodiq
Batahqiq, Biz sendan oldingi ummatlarga ham Payg`ambarlar yuborganmiz. So`ngra, shoyad, tazarru' qilsalar deb, ularni balo va ziyonlarga tutganmiz.[1]

[1] Alloh taolo Islom ummatidan avvalgilarga ham payg`ambarlar yuborgan. Ulardan payg`ambarlarning da'vatiga yurmaganlarini balo-ofatlarga duchor qilgan. Bundan, shoyadki boshiga og`ir kun tushganda o`ziga kelib, hushini yig`ib, xatosini tushunsa va iymon yo`liga yursa, degan maqsad ko`zda tutilgan.)
43
فَلَوْلَآ إِذْ جَآءَهُم بَأْسُنَا تَضَرَّعُواْ وَلَٰكِن قَسَتْ قُلُوبُهُمْ وَزَيَّنَ لَهُمُ ٱلشَّيْطَٰنُ مَا كَانُواْ يَعْمَلُونَ‮٤٣‬‬‬
Sodiq
Bizning balomiz ularga yetganda, tazarru' qilsalar edi! Lekin qalblari qattiq bo`ldi va shayton ularga qilayotgan ishlarini ziynatlab ko`rsatdi.
44
فَلَمَّا نَسُواْ مَا ذُكِّرُواْ بِهِۦ فَتَحْنَا عَلَيْهِمْ أَبْوَٰبَ كُلِّ شَىْءٍ حَتَّىٰٓ إِذَا فَرِحُواْ بِمَآ أُوتُوٓاْ أَخَذْنَٰهُم بَغْتَةً فَإِذَا هُم مُّبْلِسُونَ‮٤٤‬‬‬
Sodiq
Eslatilgan narsalarni unutgan chog`larida, ularga hamma narsaning eshiklarini ochib qo`ydik. O`zlariga berilgan narsalardan xursand bo`lib turganlarida, ularni birdaniga tutdik. Bas, qarabsizki, butunlay noumid bo`ldilar.[1]

[1] Ya'ni, ular istaganlaridan ham ortiq nozu ne'matlarga ko`mib tashlanganlar. Ammo iymonsiz, tazarru'siz kelgan nozu ne'mat yaxshilikka olib bormasligi turgan gap. Kofir-mushriklarga bu narsalar berilsa, xususan, hamma narsaning eshigi ochib qo`yilsa, orqasida boshqa gapi bo`ladi. Bunday bo`lishini xayollariga ham keltirmagan edilar. Birdaniga Allohning azobi ularni tutdi. Endi tavba-tazarru' qilishga imkon qolmadi.)
45
فَقُطِعَ دَابِرُ ٱلْقَوْمِ ٱلَّذِينَ ظَلَمُواْ ​ۚ وَٱلْحَمْدُ لِلَّهِ رَبِّ ٱلْعَٰلَمِينَ‮٤٥‬‬‬
Sodiq
Bas, zulm qilgan qavmlarning keti kesildi. Olamlarning Robbisi Allohga hamdlar bo`lsin.
46
قُلْ أَرَءَيْتُمْ إِنْ أَخَذَ ٱللَّهُ سَمْعَكُمْ وَأَبْصَٰرَكُمْ وَخَتَمَ عَلَىٰ قُلُوبِكُم مَّنْ إِلَٰهٌ غَيْرُ ٱللَّهِ يَأْتِيكُم بِهِ ​ۗ ٱنظُرْ كَيْفَ نُصَرِّفُ ٱلْـَٔايَٰتِ ثُمَّ هُمْ يَصْدِفُونَ‮٤٦‬‬‬
Sodiq
Ularga: «Ayting-chi, agar Alloh quloq va ko`zlaringizni olib qo`ysa, qalblaringizga muhr bossa, Allohdan o`zga qaysi iloh uni sizga beradi», degin. Biz oyatlarni qanday keltirishimizga, so`ngra ularning qanday yuz o`girib ketishiga nazar sol.
47
قُلْ أَرَءَيْتَكُمْ إِنْ أَتَىٰكُمْ عَذَابُ ٱللَّهِ بَغْتَةً أَوْ جَهْرَةً هَلْ يُهْلَكُ إِلَّا ٱلْقَوْمُ ٱلظَّٰلِمُونَ‮٤٧‬‬‬
Sodiq
Ularga: «Ayting-chi, agar sizga Allohning azobi birdaniga yoki ochiqchasiga kelsa, zolim qavmlargina halok qilinadilar-ku!» – deb ayt.
48
وَمَا نُرْسِلُ ٱلْمُرْسَلِينَ إِلَّا مُبَشِّرِينَ وَمُنذِرِينَ ​ۖ فَمَنْ ءَامَنَ وَأَصْلَحَ فَلَا خَوْفٌ عَلَيْهِمْ وَلَا هُمْ يَحْزَنُونَ‮٤٨‬‬‬
Sodiq
Biz Payg`ambarlarni faqat bashorat beruvchi va ogohlantiruvchi qilib yuborurmiz. Kim iymon keltirib, amali solih qilsa, ularga xavfu xatar yo`q va ular ranjimaslar.
49
وَٱلَّذِينَ كَذَّبُواْ بِـَٔايَٰتِنَا يَمَسُّهُمُ ٱلْعَذَابُ بِمَا كَانُواْ يَفْسُقُونَ‮٤٩‬‬‬
Sodiq
Oyatlarimizni yolg`onga chiqarganlarni, fosiqlik qilganlari uchun, azob tutadir.
50
قُل لَّآ أَقُولُ لَكُمْ عِندِى خَزَآئِنُ ٱللَّهِ وَلَآ أَعْلَمُ ٱلْغَيْبَ وَلَآ أَقُولُ لَكُمْ إِنِّى مَلَكٌ ​ۖ إِنْ أَتَّبِعُ إِلَّا مَا يُوحَىٰٓ إِلَىَّ ​ۚ قُلْ هَلْ يَسْتَوِى ٱلْأَعْمَىٰ وَٱلْبَصِيرُ ​ۚ أَفَلَا تَتَفَكَّرُونَ‮٥٠‬‬‬
Sodiq
Sen: «Sizlarga, huzurimda Allohning xazinalari bor, demasman. o`aybni bilaman, demasman. Va yana sizlarga, men farishtaman, deb ham aytmasman. Men faqat o`zimga vahiy qilingan narsaga ergashaman, xolos», deb ayt. «Ko`r bilan ko`zi o`tkir teng bo`la olurmi? O`ylab ko`rmaysizlarmi?» – deb ayt.[1]

[1] Ushbu oyati karimada zikr qilingan haqiqatni bugungi kunda ham chuqur anglashga ehtiyoj seziladi. Payg`ambar alayhissalotu vassalom merosxo`rlari bo`lmish ulamolar dinga da'vat qilsalar, da'vatga qo`shib, molu dunyo berishlarini ham so`raydilar. Shuningdek, g`ayb xabarlaridan «fol ochish»ni, boshqalar ayni shunday qilishayotganini aytishadi. Yoki da'vatchi shaxsida farishtaning xuddi o`zini ko`rishni xohlaydilar. Bu ham odam-ku, deb o`ylab ko`rmaydilar.)
51
وَأَنذِرْ بِهِ ٱلَّذِينَ يَخَافُونَ أَن يُحْشَرُوٓاْ إِلَىٰ رَبِّهِمْ ​ۙ لَيْسَ لَهُم مِّن دُونِهِۦ وَلِىٌّ وَلَا شَفِيعٌ لَّعَلَّهُمْ يَتَّقُونَ‮٥١‬‬‬
Sodiq
U bilan Robbilariga to`planishdan qo`rqadiganlarni ogohlantir. Ularga undan o`zga valiy ham, shafoatchi ham yo`q. Shoyadki, taqvodor bo`lsalar.
52
وَلَا تَطْرُدِ ٱلَّذِينَ يَدْعُونَ رَبَّهُم بِٱلْغَدَوٰةِ وَٱلْعَشِىِّ يُرِيدُونَ وَجْهَهُۥ ​ۖ مَا عَلَيْكَ مِنْ حِسَابِهِم مِّن شَىْءٍ وَمَا مِنْ حِسَابِكَ عَلَيْهِم مِّن شَىْءٍ فَتَطْرُدَهُمْ فَتَكُونَ مِنَ ٱلظَّٰلِمِينَ‮٥٢‬‬‬
Sodiq
Ertayu kech Robbilariga Uning yuzini iroda qilib duo etayotganlarni haydama! Ularning hisobidan sening zimmangda hech narsa yo`q. Sening hisobingdan ularning zimmasida hech narsa yo`q. Ularni haydab, zolimlardan bo`lib qolma.[1]

[1] «Ertayu kech Robbilariga Uning yuzini iroda qilib duo etayotganlar» ijtimoiy holatlari qanday bo`lishidan qat'iy nazar, hatto dunyodagi eng faqir-kambag`al odam bo`lsalar ham, oliymaqom inson hisoblanadilar. Shuning uchun ham Payg`ambar alayhissalotu vassalom boylarning gapiga kirib, ularni o`z huzurlaridan haydashga haqlari yo`q. Ularning kambag`alliklari Payg`ambar alayhissalotu vassalomning zimmalariga qo`shimcha vazifa yuklamaydi. Kambag`alliklari — o`zlariga. Ularning rizqini Alloh beradi. Shuningdek, ular Payg`ambar alayhissalotu vassalomning rizqlaridan mas'ul emaslar. U kishiga ham rizqni Alloh beradi. Yoki Payg`ambar alayhissalotu vassalom ular bilan o`tirsalar, kambag`al, ularni huzurlaridan haydab, boylarga yuz bursalar, boy bo`lib qolmaydilar.)
53
وَكَذَٰلِكَ فَتَنَّا بَعْضَهُم بِبَعْضٍ لِّيَقُولُوٓاْ أَهَٰٓؤُلَآءِ مَنَّ ٱللَّهُ عَلَيْهِم مِّن​ۢ بَيْنِنَآ ​ۗ أَلَيْسَ ٱللَّهُ بِأَعْلَمَ بِٱلشَّٰكِرِينَ‮٥٣‬‬‬
Sodiq
«Oramizdan Alloh ne'mat bergan shularmi?» – deyishlari uchun shunday qilib, ba'zilarni ba'zilari ila sinadik. Allohning O`zi shukr qiluvchilarni yaxshi bilguvchi emasmi?[1]

[1] Demak, boylarning boy, kambag`allarning kambag`al bo`lishi sinov ekan. Sinov bo`lganda ham, birlarini boshqalari bilan sinash ekan. Boy shukr qiladimi, yo`qmi — sinaladi. Kambag`al ham sabr qiladimi, yo`qmi — sinaladi. Ayniqsa, boylar ko`proq sinaladi.)
54
وَإِذَا جَآءَكَ ٱلَّذِينَ يُؤْمِنُونَ بِـَٔايَٰتِنَا فَقُلْ سَلَٰمٌ عَلَيْكُمْ ​ۖ كَتَبَ رَبُّكُمْ عَلَىٰ نَفْسِهِ ٱلرَّحْمَةَ ​ۖ أَنَّهُۥ مَنْ عَمِلَ مِنكُمْ سُوٓءً​ۢا بِجَهَٰلَةٍ ثُمَّ تَابَ مِن​ۢ بَعْدِهِۦ وَأَصْلَحَ فَأَنَّهُۥ غَفُورٌ رَّحِيمٌ‮٥٤‬‬‬
Sodiq
Agar huzuringga oyatlarimizga iymon keltirganlar kelsalar: «Sizlarga salom bo`lsin, Robbingiz O`z zimmasiga rahmatni yozdi. Sizdan kim bilmasdan yomonlik qilsa, so`ngra undan keyin tavba qilib, amali solih qilsa, bas, albatta, U zot mag`firatli va rahimli Zotdir», – deb ayt.
55
وَكَذَٰلِكَ نُفَصِّلُ ٱلْـَٔايَٰتِ وَلِتَسْتَبِينَ سَبِيلُ ٱلْمُجْرِمِينَ‮٥٥‬‬‬
Sodiq
Shunday qilib, jinoyatchilarning yo`li oshkor bo`lishi uchun, oyatlarni mufassal bayon qilurmiz.
56
قُلْ إِنِّى نُهِيتُ أَنْ أَعْبُدَ ٱلَّذِينَ تَدْعُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ ​ۚ قُل لَّآ أَتَّبِعُ أَهْوَآءَكُمْ ​ۙ قَدْ ضَلَلْتُ إِذًا وَمَآ أَنَاْ مِنَ ٱلْمُهْتَدِينَ‮٥٦‬‬‬
Sodiq
Sen: «Men Allohni qo`yib, siz ibodat qilayotganlarga ibodat qilishdan qaytarilganman», – deb ayt. «Men sizning havoyi nafslaringizga ergashmasman. Zero, adashgan bo`laman va hidoyat topganlardan bo`lmay qolaman», – deb ayt.
57
قُلْ إِنِّى عَلَىٰ بَيِّنَةٍ مِّن رَّبِّى وَكَذَّبْتُم بِهِۦ ​ۚ مَا عِندِى مَا تَسْتَعْجِلُونَ بِهِۦٓ ​ۚ إِنِ ٱلْحُكْمُ إِلَّا لِلَّهِ ​ۖ يَقُصُّ ٱلْحَقَّ ​ۖ وَهُوَ خَيْرُ ٱلْفَٰصِلِينَ‮٥٧‬‬‬
Sodiq
Sen: «Albatta, men Robbimdan berilgan aniq hujjatga egaman. Sizlar uni yolg`onga chiqardingiz. Siz shoshiltirayotgan narsa menda yo`q. Hukm faqat Allohning O`ziga xosdir. U haqni aniqlar. U ajrim qiluvchilarning eng yaxshisi», – deb ayt.[1]

[1] Payg`ambarimiz alayhissalotu vassalom da'vatlarini, e'tiqodlarini, amallarini «ochiq hujjatlar» asosida olib bormoqdalar. Bu ochiq hujjatlar yerdan chiqqani yo`q, balki osmondan tushgan. Mushrik-kofirlarning esa, hech qanday hujjatlari yo`q. Bo`lishi ham mumkin emas. Chunki ular Robbilarini yolg`onga chiqarib qo`yganlar. Mushriklar shoshiltirayotgan narsa esa — talab qilingan mo`'jiza kelgandan so`ng azobni tushirish. Bu ish Payg`ambarning ilkidagi ish emas. Uning imkoni ham yo`q, vazifasiga ham kirmaydi.)
58
قُل لَّوْ أَنَّ عِندِى مَا تَسْتَعْجِلُونَ بِهِۦ لَقُضِىَ ٱلْأَمْرُ بَيْنِى وَبَيْنَكُمْ ​ۗ وَٱللَّهُ أَعْلَمُ بِٱلظَّٰلِمِينَ‮٥٨‬‬‬
Sodiq
Sen: «Agar siz shoshiltirayotgan narsa mening huzurimda bo`lsa edi, men bilan sizning orangizda ish allaqachon bitgan bo`lar edi. Alloh zolimlarni yaxshi bilguvchidir», – deb ayt.
59
۞وَعِندَهُۥ مَفَاتِحُ ٱلْغَيْبِ لَا يَعْلَمُهَآ إِلَّا هُوَ ​ۚ وَيَعْلَمُ مَا فِى ٱلْبَرِّ وَٱلْبَحْرِ ​ۚ وَمَا تَسْقُطُ مِن وَرَقَةٍ إِلَّا يَعْلَمُهَا وَلَا حَبَّةٍ فِى ظُلُمَٰتِ ٱلْأَرْضِ وَلَا رَطْبٍ وَلَا يَابِسٍ إِلَّا فِى كِتَٰبٍ مُّبِينٍ‮٥٩‬‬‬
Sodiq
G`aybning kalitlari Uning huzurida bo`lib, ularni Uning O`zidan boshqa hech kim bilmas. U yerdagi, quruqlik va dengizdagi narsalarni biladir. Bitta yaproq uzilib tushmaydiki, magar uni ham biladir. Yer tubidagi bir dona don bormi, ho`lu quruq bormi, barchasi Ochiq kitobda bordir.[1]

[1] «Ochiq kitob»dan murod — Lavhul Mahfuzdir. Yer ostida yashirin turgan bir dona don bo`lsa ham, ho`lu quruqni bo`lsa ham biladi, degani, Uning bilmaydigan narsasi yo`qdir, deganidir. Bu ta'rif faqat Allohning O`zigagina xosdir. Cheksiz va shomil ilmga ega bo`lgan Alloh taolo, cheksiz va shomil qudratga ham egadir.)
60
وَهُوَ ٱلَّذِى يَتَوَفَّىٰكُم بِٱلَّيْلِ وَيَعْلَمُ مَا جَرَحْتُم بِٱلنَّهَارِ ثُمَّ يَبْعَثُكُمْ فِيهِ لِيُقْضَىٰٓ أَجَلٌ مُّسَمًّى ​ۖ ثُمَّ إِلَيْهِ مَرْجِعُكُمْ ثُمَّ يُنَبِّئُكُم بِمَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ‮٦٠‬‬‬
Sodiq
U kechasi sizni vafot ettiradir. U kunduzi qilgan kasbingizni biladir. So`ngra, belgilagan ajal tugal bo`lishi uchun u(kunduzi)da sizni qayta tiriltiradir. So`ngra, qaytib borishingiz Uning O`zigadir. So`ngra, nima qilib yurganingizning xabarini beradir.
61
وَهُوَ ٱلْقَاهِرُ فَوْقَ عِبَادِهِۦ ​ۖ وَيُرْسِلُ عَلَيْكُمْ حَفَظَةً حَتَّىٰٓ إِذَا جَآءَ أَحَدَكُمُ ٱلْمَوْتُ تَوَفَّتْهُ رُسُلُنَا وَهُمْ لَا يُفَرِّطُونَ‮٦١‬‬‬
Sodiq
U bandalari ustidan g`olibdir. U ustingizga hafazalarini yuboradir. Qachonki birortangizga o`lim kelsa, elchilarimiz kamchilikka yo`l qo`ymagan holda uni vafot ettiradir.
62
ثُمَّ رُدُّوٓاْ إِلَى ٱللَّهِ مَوْلَىٰهُمُ ٱلْحَقِّ ​ۚ أَلَا لَهُ ٱلْحُكْمُ وَهُوَ أَسْرَعُ ٱلْحَٰسِبِينَ‮٦٢‬‬‬
Sodiq
So`ngra haqiqiy Xojalari — Allohga qaytarilurlar. Ogoh bo`lingizkim, hukm qilish Uning O`zigagina xosdir. Va U eng tezkor hisob-kitob qiluvchidir.
63
قُلْ مَن يُنَجِّيكُم مِّن ظُلُمَٰتِ ٱلْبَرِّ وَٱلْبَحْرِ تَدْعُونَهُۥ تَضَرُّعًا وَخُفْيَةً لَّئِنْ أَنجَىٰنَا مِنْ هَٰذِهِۦ لَنَكُونَنَّ مِنَ ٱلشَّٰكِرِينَ‮٦٣‬‬‬
Sodiq
Sen: «Sizni quruqligu dengizning zulmatlaridan qutqaradigan kim? Unga tazarru' qilgan holda va maxfiy holda, agar mana shundan bizni qutqarsa, albatta, shukr qiluvchilardan bo`lar edik, deydiganingiz kim?» – deb ayt.
64
قُلِ ٱللَّهُ يُنَجِّيكُم مِّنْهَا وَمِن كُلِّ كَرْبٍ ثُمَّ أَنتُمْ تُشْرِكُونَ‮٦٤‬‬‬
Sodiq
«Sizni ulardan va barcha g`amlardan Alloh qutqarur. So`ngra esa, siz shirk keltirasiz», – deb ayt.
65
قُلْ هُوَ ٱلْقَادِرُ عَلَىٰٓ أَن يَبْعَثَ عَلَيْكُمْ عَذَابًا مِّن فَوْقِكُمْ أَوْ مِن تَحْتِ أَرْجُلِكُمْ أَوْ يَلْبِسَكُمْ شِيَعًا وَيُذِيقَ بَعْضَكُم بَأْسَ بَعْضٍ ​ۗ ٱنظُرْ كَيْفَ نُصَرِّفُ ٱلْـَٔايَٰتِ لَعَلَّهُمْ يَفْقَهُونَ‮٦٥‬‬‬
Sodiq
Sen: «U sizga ustingizdan yoki oyog`ingiz ostidan azob yuborishga, turli firqalarga aralashtirib yuborishga, ba'zilaringizga ba'zilaringizning azobini tottirishga qodirdir», – deb ayt. Oyatlarimizni qanday tasarruf qilishimizga nazar sol. Shoyadki, anglab yetsalar.[1]

[1] Kofir-mushriklarning ustidan yuboriladigan azobga Lut qavmiga va Fil egalariga yuborilgan azoblarni misol keltiradilar. Oyoq ostidan yuboriladigan azobga Qorunni yer yutishi va to`fon balosi misol qilib keltiriladi. Odamlar firqalarga bo`lingandan keyin, har firqa a'zolari o`z firqalariga taassub qilib, bir-biriga shafqatsiz ravishda zulm o`tkazishga, azob berishga qattiq urinadi. Insoniyat tarixida bunday holatlar ko`plab bo`lgan va hozir ham davom etib kelmoqda.)
66
وَكَذَّبَ بِهِۦ قَوْمُكَ وَهُوَ ٱلْحَقُّ ​ۚ قُل لَّسْتُ عَلَيْكُم بِوَكِيلٍ‮٦٦‬‬‬
Sodiq
Qavming uni yolg`onga chiqardi. Holbuki u haqdir. Sen: «Men sizlarga vakil emasman.
67
لِّكُلِّ نَبَإٍ مُّسْتَقَرٌّ ​ۚ وَسَوْفَ تَعْلَمُونَ‮٦٧‬‬‬
Sodiq
Har bir xabarning o`z vaqti bor. Tezda buni bilasizlar», deb ayt.[1]

[1] Kofirlar Qur'onni yolg`onga chiqarmoqdalar. Ammo bu bilan u yolg`onga aylanib qolmaydi. Chunki haqiqiy baho beruvchi Zot «Holbuki, u haqdir», demoqda.)
68
وَإِذَا رَأَيْتَ ٱلَّذِينَ يَخُوضُونَ فِىٓ ءَايَٰتِنَا فَأَعْرِضْ عَنْهُمْ حَتَّىٰ يَخُوضُواْ فِى حَدِيثٍ غَيْرِهِۦ ​ۚ وَإِمَّا يُنسِيَنَّكَ ٱلشَّيْطَٰنُ فَلَا تَقْعُدْ بَعْدَ ٱلذِّكْرَىٰ مَعَ ٱلْقَوْمِ ٱلظَّٰلِمِينَ‮٦٨‬‬‬
Sodiq
Oyatlarimizni (istehzo qilishga) sho`ng`iyotganlarni ko`rgan chog`ingda, to undan boshqa gapga sho`ng`igunlarigacha ulardan yuz o`gir. Agar shayton esingdan chiqargan bo`lsa, eslaganingdan so`ng, zolim qavmlar bilan o`tirma![1]

[1] Iymon masalasida zid bo`lgan qavm bilan birga o`tirish, uns-ulfat topish oson ish emas. Ayniqsa, o`sha kofirlar majlisda Allohning oyatlarini masxara qilayotgan bo`lsalar. Ularning bu istehzolarini tinglab o`tirish hech to`g`ri kelmaydi. Shuning uchun ham Alloh taolo O`z Payg`ambari Muhammad alayhissalotu vassalomga «zolim qavmlar» — mushriklarning o`shanday majlislarida o`tirishlarini man qilmoqda.)
69
وَمَا عَلَى ٱلَّذِينَ يَتَّقُونَ مِنْ حِسَابِهِم مِّن شَىْءٍ وَلَٰكِن ذِكْرَىٰ لَعَلَّهُمْ يَتَّقُونَ‮٦٩‬‬‬
Sodiq
Taqvo qiladiganlar zimmasida u (mushrik)larning hisobidan hech narsa yo`q. Lekin eslatma bor. Shoyadki, taqvo qilsalar.
70
وَذَرِ ٱلَّذِينَ ٱتَّخَذُواْ دِينَهُمْ لَعِبًا وَلَهْوًا وَغَرَّتْهُمُ ٱلْحَيَوٰةُ ٱلدُّنْيَا ​ۚ وَذَكِّرْ بِهِۦٓ أَن تُبْسَلَ نَفْسُ​ۢ بِمَا كَسَبَتْ لَيْسَ لَهَا مِن دُونِ ٱللَّهِ وَلِىٌّ وَلَا شَفِيعٌ وَإِن تَعْدِلْ كُلَّ عَدْلٍ لَّا يُؤْخَذْ مِنْهَآ ​ۗ أُوْلَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ أُبْسِلُواْ بِمَا كَسَبُواْ ​ۖ لَهُمْ شَرَابٌ مِّنْ حَمِيمٍ وَعَذَابٌ أَلِيمُ​ۢ بِمَا كَانُواْ يَكْفُرُونَ‮٧٠‬‬‬
Sodiq
O`z dinlarini o`yin-kulgu qilib olgan va hayoti dunyoga aldanib ketganlarni tark et. U (Qur'on) ila eslatginki, hech bir jon qilgan kasbi tufayli halokatga duchor bo`lib, Allohdan o`zga biror do`st va shafoatchisiz holga va barcha fido qiladigan narsani fido qilsa ham, undan qabul qilinmaydigan holga tushib qolmasin. Ana o`shalar qilgan kasblari tufayli halokatga duchor bo`lganlardir. Kufr keltirganlari uchun ularga qaynoq suvdan sharob va alamli azob bordir.[1]

[1] O`z dinlarini o`yin qilib olganlar, dinga ehtirom bilan qaramaydigan, dinni o`z xohishlaricha to`g`rilashga harakat qiladiganlardir. Ular mushriklardan, ahli kitoblardan yoki musulmonman deb yurganlardan ham bo`lishi mumkin. Ular, men falon dindanman, deydilar-u, ammo o`sha dinga amal qilmaydilar, ehtiromini joyiga qo`ymaydilar. Vaqti kelganda, o`zini dindor qilib ko`rsatishga urinadilar-u, ammo nariroqqa borib, bilganlaridan qolmaydilar. Ular, agar o`xshatish joiz bo`lsa, xo`jayinni aldab, o`yin-kulgu qilib yurgan xizmatchiga o`xshaydilar. Balki ulardan ham battardirlar.)
71
قُلْ أَنَدْعُواْ مِن دُونِ ٱللَّهِ مَا لَا يَنفَعُنَا وَلَا يَضُرُّنَا وَنُرَدُّ عَلَىٰٓ أَعْقَابِنَا بَعْدَ إِذْ هَدَىٰنَا ٱللَّهُ كَٱلَّذِى ٱسْتَهْوَتْهُ ٱلشَّيَٰطِينُ فِى ٱلْأَرْضِ حَيْرَانَ لَهُۥٓ أَصْحَٰبٌ يَدْعُونَهُۥٓ إِلَى ٱلْهُدَى ٱئْتِنَا ​ۗ قُلْ إِنَّ هُدَى ٱللَّهِ هُوَ ٱلْهُدَىٰ ​ۖ وَأُمِرْنَا لِنُسْلِمَ لِرَبِّ ٱلْعَٰلَمِينَ‮٧١‬‬‬
Sodiq
Sen: «Allohni qo`yib na foyda, na zarar bera olmaydigan narsalarga ibodat qilamizmi? Xuddi og`aynilari, bu yoqqa kel, deb hidoyatga chaqirib turgan bo`lsa ham, shayton adashtirib, yer yuzida hayron bo`lib qolganga o`xshab, Alloh bizni hidoyatga solgandan keyin orqamizga qaytamizmi?» – deb ayt. Sen: «Albatta, Allohning hidoyati haqiqiy hidoyatdir. Olamlarning Robbiga taslim bo`lishga amr qilinganmiz», – deb ayt.[1]

[1] Bular e'tiqodda, ibodatda, ixlosda, taslimda, rozilik tilashda va amrni ado etishda turli narsa va shaxslarni Allohga sherik qiladiganlarga aytiladigan gaplardir. Bu xitob ularning vijdon va aqllariga ochiqchasiga murojaatdir.)
72
وَأَنْ أَقِيمُواْ ٱلصَّلَوٰةَ وَٱتَّقُوهُ ​ۚ وَهُوَ ٱلَّذِىٓ إِلَيْهِ تُحْشَرُونَ‮٧٢‬‬‬
Sodiq
Namozni qoim qiling va Allohga taqvo qiling! U sizlar huzuriga to`planadigan Zotdir.
73
وَهُوَ ٱلَّذِى خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ بِٱلْحَقِّ ​ۖ وَيَوْمَ يَقُولُ كُن فَيَكُونُ ​ۚ قَوْلُهُ ٱلْحَقُّ ​ۚ وَلَهُ ٱلْمُلْكُ يَوْمَ يُنفَخُ فِى ٱلصُّورِ ​ۚ عَٰلِمُ ٱلْغَيْبِ وَٱلشَّهَٰدَةِ ​ۚ وَهُوَ ٱلْحَكِيمُ ٱلْخَبِيرُ‮٧٣‬‬‬
Sodiq
U, osmonlaru yerni haq ila yaratgan Zotdir. «Bo`l» degan kuni bo`ladir. Uning gapi haqdir. Dud chalinadigan kuni mulk Unikidir. U, g`aybni ham, shohidni ham biluvchi Zotdir. Va U hakiym va xabardor Zotdir.[1]

[1] Alloh taolo butun borliqni, jumladan osmonlaru Yerni haq ila yaratgan Zot. Bu masala — haq. Boshqa gap-so`z yoki taxminlar hammasi bekor. Ushbularni yaratgan Zot uchun qiyomatni qoim qilib, hamma odamlarni o`z huzurida jamlab, hisob-kitob qilishi va mukofot yoki jazo berishi juda ham osondir. Ya'ni, qiyomat kuni. Dud surnayga o`xshab chalinadigan asbob bo`lib, o`sha asbobni Isrofil alayhissalom chalganlaridan so`ng qiyomat qoim bo`ladi. Shuning uchun ham qiyomat kuni dud chalinadigan kun deb ham nomlanadi.)
74
۞وَإِذْ قَالَ إِبْرَٰهِيمُ لِأَبِيهِ ءَازَرَ أَتَتَّخِذُ أَصْنَامًا ءَالِهَةً ​ۖ إِنِّىٓ أَرَىٰكَ وَقَوْمَكَ فِى ضَلَٰلٍ مُّبِينٍ‮٧٤‬‬‬
Sodiq
Ibrohimning otasi Ozarga: «Sanamlarni xudolar qilib olasanmi? Men seni va sening qavmingni, albatta, ochiq-oydin adashuvda ko`rmoqdaman», – deganini esla.[1]

[1] Ibrohim alayhissalom sof qalbi va ongi ila bu ish noto`g`ri ekanligini, jonsiz tosh yoki jonsiz yog`och odamlar tomonidan bir oz ishlov berilgani bilan xudoga aylanib qolmasligini tushunib yetdi. Ibrohim alayhissalom otasini va uning qavmini ochiq-oydin adashuvda ekanini ham anglab yetdi. Bu tushunchani ularning yuziga ochiqchasiga aytdi.)
75
وَكَذَٰلِكَ نُرِىٓ إِبْرَٰهِيمَ مَلَكُوتَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَلِيَكُونَ مِنَ ٱلْمُوقِنِينَ‮٧٥‬‬‬
Sodiq
Xuddi shunday qilib, Ibrohimga, aniq ishonuvchilardan bo`lishi uchun, osmonlaru yerning mulklarini ko`rsaturmiz.[1]

[1] Ya'ni, Ibrohimga xuddi otasi va uning qavmi ochiq-oydin adashuvda ekanligini sof qalbi va ongi ila ko`rsatganimizdek, unga ushbu sof qalb va ong ila osmonlaru Yerdagi mulklarni, ulardagi siru asrorlarni ham ko`rsatamiz.)
76
فَلَمَّا جَنَّ عَلَيْهِ ٱلَّيْلُ رَءَا كَوْكَبًا ​ۖ قَالَ هَٰذَا رَبِّى ​ۖ فَلَمَّآ أَفَلَ قَالَ لَآ أُحِبُّ ٱلْـَٔافِلِينَ‮٧٦‬‬‬
Sodiq
Uni tun o`rab olganida yulduzni ko`rib: «Mana shu Robbimdir», – dedi. U botib ketganida esa: «Botuvchilarni yoqtirmasman», – dedi.
77
فَلَمَّا رَءَا ٱلْقَمَرَ بَازِغًا قَالَ هَٰذَا رَبِّى ​ۖ فَلَمَّآ أَفَلَ قَالَ لَئِن لَّمْ يَهْدِنِى رَبِّى لَأَكُونَنَّ مِنَ ٱلْقَوْمِ ٱلضَّآلِّينَ‮٧٧‬‬‬
Sodiq
Chiqayotgan oyni ko`rganda: «Mana shu Robbimdir», – dedi. U ham botganida: «Agar Robbim meni to`g`ri yo`lga boshlamasa, albatta, adashuvchilardan bo`laman», – dedi.
78
فَلَمَّا رَءَا ٱلشَّمْسَ بَازِغَةً قَالَ هَٰذَا رَبِّى هَٰذَآ أَكْبَرُ ​ۖ فَلَمَّآ أَفَلَتْ قَالَ يَٰقَوْمِ إِنِّى بَرِىٓءٌ مِّمَّا تُشْرِكُونَ‮٧٨‬‬‬
Sodiq
Chiqayotgan quyoshni ko`rganda: «Mana shu Robbim. Bu kattaroq», – dedi. U ham botib ketganida: «Ey qavmim, men siz shirk keltirayotgan narsadan voz kechdim», – dedi.
79
إِنِّى وَجَّهْتُ وَجْهِىَ لِلَّذِى فَطَرَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ حَنِيفًا ​ۖ وَمَآ أَنَاْ مِنَ ٱلْمُشْرِكِينَ‮٧٩‬‬‬
Sodiq
Albatta, men yuzimni osmonlaru yerni yaratgan Zotga, to`g`ri yo`lga moyil bo`lgan holimda, yuzlantirdim va men mushriklardan emasman.[1]

[1] Bu iqror Ibrohim alayhissalomning mushrik qavmdan ajralib, yolg`iz Alloh taologa, osmonlaru Yerni yaratgan Zotga, mushriklar unga shirk keltirayotgan but va sanamlar, oy-u yulduzlar va quyoshni yaratgan Zotning O`zigagina yuzlanganini e'lon qilishlaridir. U kishining bu yuzlanishlari, — ushbu yo`llari, millatlari haniflik deb nomlanadi. Bu degani — faqat to`g`rilikka moyil bo`lish, yuzlanish, yo`l tutish deganidir.)
80
وَحَآجَّهُۥ قَوْمُهُۥ ​ۚ قَالَ أَتُحَٰٓجُّوٓنِّى فِى ٱللَّهِ وَقَدْ هَدَىٰنِ ​ۚ وَلَآ أَخَافُ مَا تُشْرِكُونَ بِهِۦٓ إِلَّآ أَن يَشَآءَ رَبِّى شَيْـًٔا ​ۗ وَسِعَ رَبِّى كُلَّ شَىْءٍ عِلْمًا ​ۗ أَفَلَا تَتَذَكَّرُونَ‮٨٠‬‬‬
Sodiq
Va qavmi u ila tortishdi. U: «Men bilan Alloh haqida tortishasizlarmi, holbuki, U meni hidoyat etdi. Men Unga shirk keltirayotgan narsangizdan qo`rqmasman. Magar Robbim biror narsani iroda etsa, bo`lishi mumkin. Robbim barcha narsani O`z ilmi ila qamrab olgan. Eslasangiz bo`lmasmi?» – dedi.
81
وَكَيْفَ أَخَافُ مَآ أَشْرَكْتُمْ وَلَا تَخَافُونَ أَنَّكُمْ أَشْرَكْتُم بِٱللَّهِ مَا لَمْ يُنَزِّلْ بِهِۦ عَلَيْكُمْ سُلْطَٰنًا ​ۚ فَأَىُّ ٱلْفَرِيقَيْنِ أَحَقُّ بِٱلْأَمْنِ ​ۖ إِن كُنتُمْ تَعْلَمُونَ‮٨١‬‬‬
Sodiq
«Qanday qilib men siz shirk keltirgan narsadan qo`rqay. Holbuki, siz o`zingizga hech hujjat tushirmagan narsani Allohga shirk keltirib turib qo`rqmaysiz-u?» Agar bilsangiz, ayting-chi, qaysi guruh xotirjam bo`lishga haqliroq?![1]

[1] Oddiy mantiq aytib turibdi. Sizlar xudodan qo`rqmay, hech qanday hujjat-dalilsiz, o`zingizdan-o`zingiz ba'zi narsalarni unga sherik qilib oldingiz va yana qo`rqmay yuribsiz. Siz shunday qilganingizdan keyin, haqiqiy Allohga iymon keltirib turib, nima uchun men sizlarning soxta xudolaringizdan qo`rqay?!)
82
ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَلَمْ يَلْبِسُوٓاْ إِيمَٰنَهُم بِظُلْمٍ أُوْلَٰٓئِكَ لَهُمُ ٱلْأَمْنُ وَهُم مُّهْتَدُونَ‮٨٢‬‬‬
Sodiq
Iymon keltirganlar va iymonlariga zulmni aralashtirmaganlar. Ana o`shalarga xotirjamlik, omonlik bor. Ular hidoyat topganlardir.
83
وَتِلْكَ حُجَّتُنَآ ءَاتَيْنَٰهَآ إِبْرَٰهِيمَ عَلَىٰ قَوْمِهِۦ ​ۚ نَرْفَعُ دَرَجَٰتٍ مَّن نَّشَآءُ ​ۗ إِنَّ رَبَّكَ حَكِيمٌ عَلِيمٌ‮٨٣‬‬‬
Sodiq
Ana o`shalar, Ibrohimga qavmiga qarshi (tortishuvda) bergan hujjatlarimizdir. Kimni xohlasak, darajasini ko`taramiz. Albatta, Robbing hikmatli va yaxshi biluvchi Zotdir.[1]

[1] Alloh taolodan kelgan hujjatlarni qo`llagan Ibrohim alayhissalom tortishuvda mushriklardan ustun keldilar. G`olib bo`ldilar. Bu bilan Alloh taolo u kishining darajalarini ulug` qildi.)
84
وَوَهَبْنَا لَهُۥٓ إِسْحَٰقَ وَيَعْقُوبَ ​ۚ كُلًّا هَدَيْنَا ​ۚ وَنُوحًا هَدَيْنَا مِن قَبْلُ ​ۖ وَمِن ذُرِّيَّتِهِۦ دَاوُۥدَ وَسُلَيْمَٰنَ وَأَيُّوبَ وَيُوسُفَ وَمُوسَىٰ وَهَٰرُونَ ​ۚ وَكَذَٰلِكَ نَجْزِى ٱلْمُحْسِنِينَ‮٨٤‬‬‬
Sodiq
Va Biz unga Is'hoqni va Ya'qubni berdik. Barchalarini hidoyat qildik. Bundan oldin Nuhni ham hidoyat qilgan edik. Va uning zurriyotidan Dovud, Sulaymon, Ayyub, Yusuf, Muso, Horunni ham (hidoyat qildik). Chiroyli amal qiluvchilarni ana shunday mukofotlarmiz.
85
وَزَكَرِيَّا وَيَحْيَىٰ وَعِيسَىٰ وَإِلْيَاسَ ​ۖ كُلٌّ مِّنَ ٱلصَّٰلِحِينَ‮٨٥‬‬‬
Sodiq
Va Zakariyo, Yahyo, Iyso va Ilyosni ham. Hammalari ahli solihlardir.
86
وَإِسْمَٰعِيلَ وَٱلْيَسَعَ وَيُونُسَ وَلُوطًا ​ۚ وَكُلًّا فَضَّلْنَا عَلَى ٱلْعَٰلَمِينَ‮٨٦‬‬‬
Sodiq
Va Ismoil, al-Yasa', Yunus va Lutni ham. Barchalarini butun olamlardan afzal qildik.[1]

[1] Ushbu uch oyatda Alloh taolo Ibrohim alayhissalomni ishorat bilan, boshqa o`n sakkiz payg`ambarni ismlari bilan zikr qilmoqda. Ikkinchi guruhda zikr qilingan payg`ambarlar «Zakariyo, Yahyo, Iyso va Ilyos» alayhimussalomlar tarki dunyo, zuhdu taqvo bilan mashhur bo`lganlar. Shuning uchun ham ular oyati karimada «Hammalari ahli solihlardandir», iborasi ila vasf qilinayotir. Zotan, hamma payg`ambarlar ahli solihlardandir. Ushbu to`rt payg`ambar ahli solihlikda alohida martabaga erishganlar.)
87
وَمِنْ ءَابَآئِهِمْ وَذُرِّيَّٰتِهِمْ وَإِخْوَٰنِهِمْ ​ۖ وَٱجْتَبَيْنَٰهُمْ وَهَدَيْنَٰهُمْ إِلَىٰ صِرَٰطٍ مُّسْتَقِيمٍ‮٨٧‬‬‬
Sodiq
Va ularning otalaridan, zurriyotlaridan va birodarlaridan ham hidoyat qildik. Ularni tanlab oldik va sirotul mustaqiymga hidoyat qildik.
88
ذَٰلِكَ هُدَى ٱللَّهِ يَهْدِى بِهِۦ مَن يَشَآءُ مِنْ عِبَادِهِۦ ​ۚ وَلَوْ أَشْرَكُواْ لَحَبِطَ عَنْهُم مَّا كَانُواْ يَعْمَلُونَ‮٨٨‬‬‬
Sodiq
Ana o`sha, Allohning hidoyati bo`lib, O`z bandalaridan kimni xohlasa, o`shani unga yo`llar. Agar ular shirk keltirsalar, qilgan ishlari, albatta, behuda ketar.
89
أُوْلَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ ءَاتَيْنَٰهُمُ ٱلْكِتَٰبَ وَٱلْحُكْمَ وَٱلنُّبُوَّةَ ​ۚ فَإِن يَكْفُرْ بِهَا هَٰٓؤُلَآءِ فَقَدْ وَكَّلْنَا بِهَا قَوْمًا لَّيْسُواْ بِهَا بِكَٰفِرِينَ‮٨٩‬‬‬
Sodiq
Ana o`shalar Biz ularga kitobni, hukmni va Payg`ambarlikni bergan zotlardir. Agar anavilar bularga kufr keltirsalar, batahqiqki, Biz ularga kufr keltirmaydigan qavmni vakil qilib qo`yganmiz.
90
أُوْلَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ هَدَى ٱللَّهُ ​ۖ فَبِهُدَىٰهُمُ ٱقْتَدِهْ ​ۗ قُل لَّآ أَسْـَٔلُكُمْ عَلَيْهِ أَجْرًا ​ۖ إِنْ هُوَ إِلَّا ذِكْرَىٰ لِلْعَٰلَمِينَ‮٩٠‬‬‬
Sodiq
Ana o`shalar Alloh hidoyat qilgan zotlardir. Bas, ularning hidoyatiga ergash. Sen: «Men sizlardan buning uchun haq so`ramasman. U, olamlar uchun eslatmadan iborat, xolos», – deb ayt.[1]

[1] Zikr qilingan payg`ambarlar alayhimussalom Alloh hidoyat qilgan zotlardir. Allohdan kelgan hidoyat esa, doimo ergashish zarur bo`lgan narsadir. Payg`ambarimiz alayhissalotu vassalom iqtido qilishlari lozim hidoyat ham shu hidoyatdir. Kishilar da'vat qilinadigan hidoyat ham shu.)
ﻉ112Sahifa 139112ﻉ
91
وَمَا قَدَرُواْ ٱللَّهَ حَقَّ قَدْرِهِۦٓ إِذْ قَالُواْ مَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ عَلَىٰ بَشَرٍ مِّن شَىْءٍ ​ۗ قُلْ مَنْ أَنزَلَ ٱلْكِتَٰبَ ٱلَّذِى جَآءَ بِهِۦ مُوسَىٰ نُورًا وَهُدًى لِّلنَّاسِ ​ۖ تَجْعَلُونَهُۥ قَرَاطِيسَ تُبْدُونَهَا وَتُخْفُونَ كَثِيرًا ​ۖ وَعُلِّمْتُم مَّا لَمْ تَعْلَمُوٓاْ أَنتُمْ وَلَآ ءَابَآؤُكُمْ ​ۖ قُلِ ٱللَّهُ ​ۖ ثُمَّ ذَرْهُمْ فِى خَوْضِهِمْ يَلْعَبُونَ‮٩١‬‬‬
Sodiq
Ular, Alloh basharga hech narsa tushirgani yo`q, deganlarida, Allohni to`g`ri taqdirlamadilar. «Muso kishilarga hidoyat va nur etib olib kelgan, uni siz qog`ozga tushirib olib, ba'zisini zohir, ko`pini maxfiy qilgan va siz ham, ota-bobolaringiz ham bilmagan narsalarni sizga o`rgatgan kitobni kim tushirdi?!» – deb ayt. «Alloh» – deb ayt. So`ngra, ularni tek qo`y, sho`ng`igan narsalarida o`ynayversinlar.[1]

[1] Nima uchun Tavrotni Musoga Alloh nozil qilganini tan oladilar, biroq Qur'onga kelganda, Alloh basharga hech narsa nozil qilgan yo`q, deydilar?! Yoki Tavrot ham nozil bo`lmaganmi?! Yo`q, unday emas, «Tavrot»ni Allohdan nozil bo`lgan ilohiy kitob, deb biladilar. Yahudiylar Tavrotni yozib olishgach, undan o`zlariga muvofiq o`rinlarni odamlarga ko`rsatishar, muvofiq kelmagan o`rinlarini esa, maxfiy tutishar edi.)
92
وَهَٰذَا كِتَٰبٌ أَنزَلْنَٰهُ مُبَارَكٌ مُّصَدِّقُ ٱلَّذِى بَيْنَ يَدَيْهِ وَلِتُنذِرَ أُمَّ ٱلْقُرَىٰ وَمَنْ حَوْلَهَا ​ۚ وَٱلَّذِينَ يُؤْمِنُونَ بِٱلْـَٔاخِرَةِ يُؤْمِنُونَ بِهِۦ ​ۖ وَهُمْ عَلَىٰ صَلَاتِهِمْ يُحَافِظُونَ‮٩٢‬‬‬
Sodiq
Bu, Biz tushirgan kitob, muborakdir, o`zidan oldingini tasdiqlovchidir. Ummul Quro (shaharlar onasi) va uning atrofini ogohlantirishing uchundir. Oxiratga iymon keltirganlar unga iymon keltirurlar. Va ular namozlarini muhofaza qilurlar.[1]

[1] Ummul Qurodan, Makkai Mukarrama nazarda tutilyapti. Bu muqaddas shahar arablar orasida qadimdan shu nom bilan ham mashhur bo`lgan. Chunki bu muborak shaharda Allohga ibodat etish uchun qurilgan dunyo va basharning birinchi uyi «Baytulloh» bor.)
93
وَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّنِ ٱفْتَرَىٰ عَلَى ٱللَّهِ كَذِبًا أَوْ قَالَ أُوحِىَ إِلَىَّ وَلَمْ يُوحَ إِلَيْهِ شَىْءٌ وَمَن قَالَ سَأُنزِلُ مِثْلَ مَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ ​ۗ وَلَوْ تَرَىٰٓ إِذِ ٱلظَّٰلِمُونَ فِى غَمَرَٰتِ ٱلْمَوْتِ وَٱلْمَلَٰٓئِكَةُ بَاسِطُوٓاْ أَيْدِيهِمْ أَخْرِجُوٓاْ أَنفُسَكُمُ ​ۖ ٱلْيَوْمَ تُجْزَوْنَ عَذَابَ ٱلْهُونِ بِمَا كُنتُمْ تَقُولُونَ عَلَى ٱللَّهِ غَيْرَ ٱلْحَقِّ وَكُنتُمْ عَنْ ءَايَٰتِهِۦ تَسْتَكْبِرُونَ‮٩٣‬‬‬
Sodiq
Allohga nisbatan yolg`on to`qigan yoki unga hech narsa vahiy qilinmasa ham, menga vahiy keldi, degan, yoxud Alloh nozil qilgan narsaga o`xshash narsani men ham nozil qilaman, degan kimsadan ham zolimroq kimsa bormi? Zolimlarning o`lim talvasasi paytlarini, farishtalarning ularga qo`l cho`zib: «Joningizni chiqaring! Bugungi kunda Allohga nisbatan nohaq gap aytganlaringiz uchun va Uning oyatlaridan mutakabbirlik qilib yurganingiz uchun xorlik azobi ila jazolanursiz», – degandagi hollarini ko`rsang edi.[1]

[1] Kofir mushriklar Payg`ambar alayhissalomni inkor qilib, u zotga qo`yayotgan ayblar g`oyat katta ayblardir. Bunday ishlar Allohning mahbub Payg`ambaridan sodir bo`lishi aslo mumkin emas. Agar farazan kimdir bunday zulmni qiladigan bo`lsa, albatta, jazosini tortadi va tezda fosh bo`ladi. Tarix buning ko`piga guvoh. Payg`ambarimiz alayhissalotu vassalomning davrlarida Musaylamatul kazzob, uning xotini Sajoh binti al-Horis va al-Asvad al-Anasiylar shunday da'vo bilan chiqdilar. Ammo tezda sharmanda bo`ldilar. Bunday kishilar eng zolim kishilar hisoblanadilar. Ularning kimligini oyati karimadagi ta'rifdan ham bilib olish mumkin.)
94
وَلَقَدْ جِئْتُمُونَا فُرَٰدَىٰ كَمَا خَلَقْنَٰكُمْ أَوَّلَ مَرَّةٍ وَتَرَكْتُم مَّا خَوَّلْنَٰكُمْ وَرَآءَ ظُهُورِكُمْ ​ۖ وَمَا نَرَىٰ مَعَكُمْ شُفَعَآءَكُمُ ٱلَّذِينَ زَعَمْتُمْ أَنَّهُمْ فِيكُمْ شُرَكَٰٓؤُاْ ​ۚ لَقَد تَّقَطَّعَ بَيْنَكُمْ وَضَلَّ عَنكُم مَّا كُنتُمْ تَزْعُمُونَ‮٩٤‬‬‬
Sodiq
Xuddi sizlarni dastlab xalq qilganimizdek, huzurimizga yakka-yakka keldingiz. Sizlarga bergan narsalarimizni ortingizda qoldirdingiz. Sizlar o`zingizcha sherik deb o`ylagan shafoatchilaringizni ko`rmayapmiz?! Batahqiq, oralaringiz uzildi. Siz da'vo qilgan narsa g`oyib bo`ldi.
ﻉ113Juz 7 8⁄8 • Sahifa 140113ﻉ
95
۞إِنَّ ٱللَّهَ فَالِقُ ٱلْحَبِّ وَٱلنَّوَىٰ ​ۖ يُخْرِجُ ٱلْحَىَّ مِنَ ٱلْمَيِّتِ وَمُخْرِجُ ٱلْمَيِّتِ مِنَ ٱلْحَىِّ ​ۚ ذَٰلِكُمُ ٱللَّهُ ​ۖ فَأَنَّىٰ تُؤْفَكُونَ‮٩٥‬‬‬
Sodiq
Albatta, Alloh donni ham, danakni ham yoruvchi Zotdir. U, o`likdan tirikni chiqarur va tirikdan o`likni chiqarguvchidir. Ana shunday Allohdir. Siz qayoqqa burilib ketyapsiz?!
96
فَالِقُ ٱلْإِصْبَاحِ وَجَعَلَ ٱلَّيْلَ سَكَنًا وَٱلشَّمْسَ وَٱلْقَمَرَ حُسْبَانًا ​ۚ ذَٰلِكَ تَقْدِيرُ ٱلْعَزِيزِ ٱلْعَلِيمِ‮٩٦‬‬‬
Sodiq
U, subhni yoritguvchi Zotdir. U, tunni sukunat, quyosh va oyni hisob qilib qo`ydi. Bu esa, g`olib va yaxshi bilguvchi Zotning o`lchovidir.[1]

[1] Tunni inson, hayvonot, nabotot va jamodot olami uchun orom olguvchi sukunat qilib qo`ygan kim?! Nima uchun sukunat faqat tungagina xosdir? Xo`sh, buni kim qildi? O`z-o`zidan bo`lishi mumkin emas-ku. Inson har kuni tunga kiradi, uning sukunatidan taskin topadi, orom oladi. Ammo, buni kim qildi, deb so`rab ko`rmaydi.)
97
وَهُوَ ٱلَّذِى جَعَلَ لَكُمُ ٱلنُّجُومَ لِتَهْتَدُواْ بِهَا فِى ظُلُمَٰتِ ٱلْبَرِّ وَٱلْبَحْرِ ​ۗ قَدْ فَصَّلْنَا ٱلْـَٔايَٰتِ لِقَوْمٍ يَعْلَمُونَ‮٩٧‬‬‬
Sodiq
U sizlarga quruqlik va dengiz zulmatlarida yo`l topishingiz uchun yulduzlarni qilib qo`ygan Zotdir. Biladigan qavmlar uchun oyat-belgilarni batafsil qilib qo`yganmiz.
98
وَهُوَ ٱلَّذِىٓ أَنشَأَكُم مِّن نَّفْسٍ وَٰحِدَةٍ فَمُسْتَقَرٌّ وَمُسْتَوْدَعٌ ​ۗ قَدْ فَصَّلْنَا ٱلْـَٔايَٰتِ لِقَوْمٍ يَفْقَهُونَ‮٩٨‬‬‬
Sodiq
U sizlarni bir jondan yaratgan Zotdir. Bas, u (jon) qaror topadigan joy(ona rahmi)da yoki saqlab qo`yiladigan joy (ota sulbi)dadir. Yaxshi anglaydiganlar uchun oyat-belgilarni batafsil qilib qo`yganmiz.[1]

[1] Erkak bo`lsin, ayol bo`lsin, dastavval hammasi ota sulbida saqlanib turadi. So`ngra ona rahmiga — bachadonga o`tadi, u yerdan joy topadi va shundan keyin dunyoga keladi. Bu ishni kim qiladi? Albatta, Alloh taolo qiladi. Allohdan boshqa hech kim qila olmaydi. Agar biror zot qila olsa, aytsin! Albatta, inson o`zidan-o`zi dunyoga kela olmaydi. Ushbu haqiqatni o`ylab ko`rgan har bir inson Alloh taoloning biru borligiga qoyil qolmay iloji yo`q. Faqat, bu oddiy haqiqatni anglash uchun fahm kerak, ong kerak, xolos.)
99
وَهُوَ ٱلَّذِىٓ أَنزَلَ مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءً فَأَخْرَجْنَا بِهِۦ نَبَاتَ كُلِّ شَىْءٍ فَأَخْرَجْنَا مِنْهُ خَضِرًا نُّخْرِجُ مِنْهُ حَبًّا مُّتَرَاكِبًا وَمِنَ ٱلنَّخْلِ مِن طَلْعِهَا قِنْوَانٌ دَانِيَةٌ وَجَنَّٰتٍ مِّنْ أَعْنَابٍ وَٱلزَّيْتُونَ وَٱلرُّمَّانَ مُشْتَبِهًا وَغَيْرَ مُتَشَٰبِهٍ ​ۗ ٱنظُرُوٓاْ إِلَىٰ ثَمَرِهِۦٓ إِذَآ أَثْمَرَ وَيَنْعِهِۦٓ ​ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكُمْ لَـَٔايَٰتٍ لِّقَوْمٍ يُؤْمِنُونَ‮٩٩‬‬‬
Sodiq
U, osmondan suv nozil qilgan Zotdir. Bas, u (suv) ila turli nabototlar chiqardik. Undan yashil giyohlarni chiqardik. Undan g`ujum-g`ujum boshoqlar chiqaramiz. Va xurmodan, uning novdalaridan yaqin shingillar chiqaramiz va uzum bog`lari chiqaramiz. Bir-biriga o`xshagan va o`xshamagan zaytun va anorlarni chiqaramiz. Uning meva qilish paytidagi mevasiga va pishishiga nazar soling. Albatta, bunday narsalarda iymon keltiradigan qavm uchun oyat — belgilar bordir.
100
وَجَعَلُواْ لِلَّهِ شُرَكَآءَ ٱلْجِنَّ وَخَلَقَهُمْ ​ۖ وَخَرَقُواْ لَهُۥ بَنِينَ وَبَنَٰتٍ بِغَيْرِ عِلْمٍ ​ۚ سُبْحَٰنَهُۥ وَتَعَٰلَىٰ عَمَّا يَصِفُونَ‮١٠٠‬‬‬
Sodiq
Ular jinlarni Allohga sherik qildilar. Holbuki, U hammalarini yaratgan Zotdir. Ilmsiz holda Unga o`g`illar va qizlar yasadilar. U, ular vasf qilgan narsalardan pok va oliy bo`ldi.[1]

[1] Jinlarda insonlardan boshqacha — g`ayri tabiiy ba'zi sifatlar borligini bilgach, ularda ilohiy sifatlar bo`lsa kerak, deb gumon qildilar va Allohga shirk keltirdilar. Islom aqidasidan o`zga aqidalarda ushbu narsa bor, desak mubolag`a bo`lmaydi.)
101
بَدِيعُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ​ۖ أَنَّىٰ يَكُونُ لَهُۥ وَلَدٌ وَلَمْ تَكُن لَّهُۥ صَٰحِبَةٌ ​ۖ وَخَلَقَ كُلَّ شَىْءٍ ​ۖ وَهُوَ بِكُلِّ شَىْءٍ عَلِيمٌ‮١٠١‬‬‬
Sodiq
U, osmonlaru yerni yo`qdan bor qilguvchi Zotdir. Uning xotini bo`lmay turib, bolasi qanday bo`lsin?! U hamma narsani O`zi yaratdi va U hamma narsani yaxshi bilguvchidir.
102
ذَٰلِكُمُ ٱللَّهُ رَبُّكُمْ ​ۖ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ​ۖ خَٰلِقُ كُلِّ شَىْءٍ فَٱعْبُدُوهُ ​ۚ وَهُوَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ وَكِيلٌ‮١٠٢‬‬‬
Sodiq
Ana o`sha Alloh sizning Robbingizdir. Undan boshqa ibodatga sazovor zot yo`q. U har bir narsaning Yaratguvchisidir. Bas, Unga ibodat qiling. U har bir narsaga vakildir!
103
لَّا تُدْرِكُهُ ٱلْأَبْصَٰرُ وَهُوَ يُدْرِكُ ٱلْأَبْصَٰرَ ​ۖ وَهُوَ ٱللَّطِيفُ ٱلْخَبِيرُ‮١٠٣‬‬‬
Sodiq
Ko`zlar Uni idrok eta olmas, U ko`zlarni idrok etar. U latiyf va xabardor Zotdir.[1]

[1] Alloh ko`zlarni bu dunyo ashyolarini ko`rish uchun yaratgan. Shu vazifalarini bajaradilar, xolos. Ammo imkonlaridan tashqari narsani bajarishga qodir emaslar. Ko`zlar ma'lum masofadagi narsalarni ko`radi. Undan uzoqdagisini ko`ra olmaydi. Bu esa, o`sha ma'lum masofadan naridagi ko`zga ko`rinmagan narsa yo`qdir degani emas. Balki ko`z uni ko`ra olmaganidandir.)
104
قَدْ جَآءَكُم بَصَآئِرُ مِن رَّبِّكُمْ ​ۖ فَمَنْ أَبْصَرَ فَلِنَفْسِهِۦ ​ۖ وَمَنْ عَمِىَ فَعَلَيْهَا ​ۚ وَمَآ أَنَاْ عَلَيْكُم بِحَفِيظٍ‮١٠٤‬‬‬
Sodiq
Batahqiq, sizga Robbingizdan «ko`z ochuvchi»lar keldi. Kimki ko`rsa, o`ziga yaxshi. Kim ko`r bo`lib olsa, o`ziga zarar. Men sizlarga qo`riqchi emasman.[1]

[1] Biz «ko`z ochuvchi»lar deb tarjima qilgan so`z Qur'oni Karim istilohida «basoiru», deb kelgan. U «basiyra» so`zining jam'i bo`lib, bir narsani ko`rib, uni anglab yetishga dalolat qiluvchi hodisaga aytiladi. Alloh O`zining biru borligiga, Payg`ambarining va dinining haqligiga dalolat qiladigan «ko`z ochuvchi» narsalarni yuborib qo`yganini aytmoqda.)
105
وَكَذَٰلِكَ نُصَرِّفُ ٱلْـَٔايَٰتِ وَلِيَقُولُواْ دَرَسْتَ وَلِنُبَيِّنَهُۥ لِقَوْمٍ يَعْلَمُونَ‮١٠٥‬‬‬
Sodiq
Shunday qilib: «Dars olgansan», – deyishlari uchun va bilgan qavmlarga bayon qilishing uchun oyatlarni tasarruf qilurmiz.
106
ٱتَّبِعْ مَآ أُوحِىَ إِلَيْكَ مِن رَّبِّكَ ​ۖ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ​ۖ وَأَعْرِضْ عَنِ ٱلْمُشْرِكِينَ‮١٠٦‬‬‬
Sodiq
Senga Robbingdan vahiy qilingan narsaga ergash. Undan boshqa ibodatga sazovor zot yo`q. Mushriklardan yuz o`gir.
107
وَلَوْ شَآءَ ٱللَّهُ مَآ أَشْرَكُواْ ​ۗ وَمَا جَعَلْنَٰكَ عَلَيْهِمْ حَفِيظًا ​ۖ وَمَآ أَنتَ عَلَيْهِم بِوَكِيلٍ‮١٠٧‬‬‬
Sodiq
Agar Alloh xohlasa, shirk keltirmas edilar. Biz seni ularga qo`riqchi qilganimiz yo`q. Va sen ularga vakil ham emassan.
108
وَلَا تَسُبُّواْ ٱلَّذِينَ يَدْعُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ فَيَسُبُّواْ ٱللَّهَ عَدْوً​ۢا بِغَيْرِ عِلْمٍ ​ۗ كَذَٰلِكَ زَيَّنَّا لِكُلِّ أُمَّةٍ عَمَلَهُمْ ثُمَّ إِلَىٰ رَبِّهِم مَّرْجِعُهُمْ فَيُنَبِّئُهُم بِمَا كَانُواْ يَعْمَلُونَ‮١٠٨‬‬‬
Sodiq
Ularning Allohdan o`zga ibodat qiladiganlarini so`kmangiz. Bas, bilmasdan zulm ila Allohni so`kib yurmasinlar. Shunday qilib, har bir ummatga amalini ziynatlab qo`ydik. So`ngra esa, qaytib boradigan joylari Robbilarigadir. Bas, U qilib yurgan ishlarining xabarini berur.[1]

[1] Mushriklar Allohni qo`yib, sanam va butlarga ibodat qiladilar. Ushbu oyati karimada mushriklarning o`sha butlarini haqorat qilmaslik buyurilmoqda. Ya'ni, musulmon kishi mushrikning sanamini so`ksa, bundan g`azablangan mushrik ham javoban Alloh subhonahu taoloni tahqirlashiga sabab bo`ladi.)
109
وَأَقْسَمُواْ بِٱللَّهِ جَهْدَ أَيْمَٰنِهِمْ لَئِن جَآءَتْهُمْ ءَايَةٌ لَّيُؤْمِنُنَّ بِهَا ​ۚ قُلْ إِنَّمَا ٱلْـَٔايَٰتُ عِندَ ٱللَّهِ ​ۖ وَمَا يُشْعِرُكُمْ أَنَّهَآ إِذَا جَآءَتْ لَا يُؤْمِنُونَ‮١٠٩‬‬‬
Sodiq
Ular agar biron oyat — mo`'jiza kelsa, albatta, iymon keltirishlari haqida Allohning nomi bilan jon-jahdlari ila qasam icharlar. «Albatta, oyatlar faqat Allohning huzurida», – deb ayt. Sizga nima bildirdi? Ehtimol, oyat kelsa ham, ular iymon keltirmaslar.
110
وَنُقَلِّبُ أَفْـِٔدَتَهُمْ وَأَبْصَٰرَهُمْ كَمَا لَمْ يُؤْمِنُواْ بِهِۦٓ أَوَّلَ مَرَّةٍ وَنَذَرُهُمْ فِى طُغْيَٰنِهِمْ يَعْمَهُونَ‮١١٠‬‬‬
Sodiq
Xuddi avval iymon keltirmaganlaridek, qalblari va ko`zlarini burib qo`yarmiz va tug`yonlarida dovdiragan hollarida tek qo`yarmiz.
ﻉ115Juz 8 • Sahifa 142115ﻉ
111
۞ وَلَوْ أَنَّنَا نَزَّلْنَآ إِلَيْهِمُ ٱلْمَلَٰٓئِكَةَ وَكَلَّمَهُمُ ٱلْمَوْتَىٰ وَحَشَرْنَا عَلَيْهِمْ كُلَّ شَىْءٍ قُبُلًا مَّا كَانُواْ لِيُؤْمِنُوٓاْ إِلَّآ أَن يَشَآءَ ٱللَّهُ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَهُمْ يَجْهَلُونَ‮١١١‬‬‬
Sodiq
Agar Biz ularga farishtalarni tushirsak ham, ularga o`liklar gapirsa ham va ularning oldiga hamma narsani ochiq-oydin to`plasak ham, Alloh xohlamasa, iymon keltirmaslar. Lekin ko`plari johildirlar.[1]

[1] Alloh taolo turli oyat-mo`'jizani, kishini lol qoldiruvchi narsalarni jilva qildirib, odamlarni tang qoldirib, keyin iymonga kelishlarini xohlamagan. Alloh taolo iymon yo`lini inkishof etib, kishilar o`sha yo`l bilan aqllarini ishlatib, o`z ixtiyorlari asosida iymonga kelishlarini xohlaydi. Iymonga kelganlarga mukofot beradi, kelmaganlarga — jazo. Odamlarning «ko`plari johildirlar».)
112
وَكَذَٰلِكَ جَعَلْنَا لِكُلِّ نَبِىٍّ عَدُوًّا شَيَٰطِينَ ٱلْإِنسِ وَٱلْجِنِّ يُوحِى بَعْضُهُمْ إِلَىٰ بَعْضٍ زُخْرُفَ ٱلْقَوْلِ غُرُورًا ​ۚ وَلَوْ شَآءَ رَبُّكَ مَا فَعَلُوهُ ​ۖ فَذَرْهُمْ وَمَا يَفْتَرُونَ‮١١٢‬‬‬
Sodiq
Shuningdek, har bir Payg`ambarga insu jin shaytonlarini dushman qilib qo`ydik. Ularning ba'zilari ba'zilarini g`ururga ketkazishlari uchun jimjimador kalomlarni tanlarlar. Agar Robbing xohlasa, bunday qilmas edilar. Bas, ularni o`zlari to`qigan narsalari ila yolg`iz qo`y![1]

[1] Alloh taolo O`z xohishi bilan har bir payg`ambarga insiy va jinniy shaytonlarni dushman qilib qo`ygan ekan. Jin shaytonlar odamlarni ig`vo qilib, vasvasaga solib, zalolatga chaqirib turadilar. Ammo Allohning zikri bor joydan qochadilar. Allohni eslab turadigan mo`min-musulmon kishiga ular o`z ta'sirlarini o`tkaza olmaydilar. Ammo odamdan bo`lgan shaytonlar esa, hamma-hammasidan battaridir. Ular doimo oramizda, ko`zlarimiz o`ngida turadi. Allohning zikrini qilsang ham, qochmaydi. Turli yo`llar bilan vasvasa qilib, gunoh ishlarga boshlaydi. Insu jin shaytonlari doimo g`avg`o va tug`yon bilan mashg`uldirlar.)
113
وَلِتَصْغَىٰٓ إِلَيْهِ أَفْـِٔدَةُ ٱلَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ بِٱلْـَٔاخِرَةِ وَلِيَرْضَوْهُ وَلِيَقْتَرِفُواْ مَا هُم مُّقْتَرِفُونَ‮١١٣‬‬‬
Sodiq
Unga (gapning go`zaliga) oxiratga iymon keltirmaydiganlarning qalbi moyil bo`lishi, undan rozi bo`lib, qiladigan gunohlarini bajarishlari uchundir.
114
أَفَغَيْرَ ٱللَّهِ أَبْتَغِى حَكَمًا وَهُوَ ٱلَّذِىٓ أَنزَلَ إِلَيْكُمُ ٱلْكِتَٰبَ مُفَصَّلًا ​ۚ وَٱلَّذِينَ ءَاتَيْنَٰهُمُ ٱلْكِتَٰبَ يَعْلَمُونَ أَنَّهُۥ مُنَزَّلٌ مِّن رَّبِّكَ بِٱلْحَقِّ ​ۖ فَلَا تَكُونَنَّ مِنَ ٱلْمُمْتَرِينَ‮١١٤‬‬‬
Sodiq
Allohdan o`zgani hakam qilib olaymi? Holbuki, U sizga kitobni batafsil etib nozil qildi. Biz ularga kitob berganlar uning Robbingdan haq ila nozil qilinganini bilurlar. Bas, shak keltiruvchilardan bo`lma.
115
وَتَمَّتْ كَلِمَتُ رَبِّكَ صِدْقًا وَعَدْلًا ​ۚ لَّا مُبَدِّلَ لِكَلِمَٰتِهِۦ ​ۚ وَهُوَ ٱلسَّمِيعُ ٱلْعَلِيمُ‮١١٥‬‬‬
Sodiq
Robbingning so`zlari sodiqlik va adolat ila batamom bo`ldi. Uning so`zlarini o`zgartuvchi yo`q. Va U yaxshi eshitguvchi va yaxshi bilguvchi Zotdir.
116
وَإِن تُطِعْ أَكْثَرَ مَن فِى ٱلْأَرْضِ يُضِلُّوكَ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ ​ۚ إِن يَتَّبِعُونَ إِلَّا ٱلظَّنَّ وَإِنْ هُمْ إِلَّا يَخْرُصُونَ‮١١٦‬‬‬
Sodiq
Va agar yer yuzidagilarning ko`plariga itoat qilsang, seni Allohning yo`lidan adashtirurlar. Ular gumondan boshqaga ergashmaslar. Ular taxmin qilurlar, xolos.
117
إِنَّ رَبَّكَ هُوَ أَعْلَمُ مَن يَضِلُّ عَن سَبِيلِهِۦ ​ۖ وَهُوَ أَعْلَمُ بِٱلْمُهْتَدِينَ‮١١٧‬‬‬
Sodiq
Albatta, Robbing kim Uning yo`lidan adashishini yaxshi bilguvchidir. Va U hidoyat topuvchilarni ham yaxshi bilguvchidir.
118
فَكُلُواْ مِمَّا ذُكِرَ ٱسْمُ ٱللَّهِ عَلَيْهِ إِن كُنتُم بِـَٔايَٰتِهِۦ مُؤْمِنِينَ‮١١٨‬‬‬
Sodiq
Agar Uning oyatlariga iymon keltirguvchilardan bo`lsangiz, Allohning ismi zikr qilingan narsadan yeng!
119
وَمَا لَكُمْ أَلَّا تَأْكُلُواْ مِمَّا ذُكِرَ ٱسْمُ ٱللَّهِ عَلَيْهِ وَقَدْ فَصَّلَ لَكُم مَّا حَرَّمَ عَلَيْكُمْ إِلَّا مَا ٱضْطُرِرْتُمْ إِلَيْهِ ​ۗ وَإِنَّ كَثِيرًا لَّيُضِلُّونَ بِأَهْوَآئِهِم بِغَيْرِ عِلْمٍ ​ۗ إِنَّ رَبَّكَ هُوَ أَعْلَمُ بِٱلْمُعْتَدِينَ‮١١٩‬‬‬
Sodiq
Sizga nima bo`ldiki, Allohning nomi aytib so`yilgan narsani yemas ekansizlar?! U sizlarga harom qilgan narsalarini batafsil bayon qilib bergan-ku?! Magar muztar bo`lganingizda, mayli. Albatta, ko`pchilik bilmasdan, hoyu havaslari ila adashtirurlar. Albatta, Robbing tajovuzkorlarni yaxshi bilguvchidir.[1]

[1] U zot O`zining hukmiga tajovuz qilib, harom narsalarni, Allohning nomi aytilmay so`yilgan hayvonlar go`shtini yeganlarni juda yaxshi biladi va ularga tegishli jazoni beradi. Shuningdek, ilmsiz, havoyu nafsning ko`yiga kirib, bu masalada va boshqa masalalarda odamlarni adashtirganlarni ham yaxshi biladi va ularga ham tegishli jazosini beradi.)
120
وَذَرُواْ ظَٰهِرَ ٱلْإِثْمِ وَبَاطِنَهُۥٓ ​ۚ إِنَّ ٱلَّذِينَ يَكْسِبُونَ ٱلْإِثْمَ سَيُجْزَوْنَ بِمَا كَانُواْ يَقْتَرِفُونَ‮١٢٠‬‬‬
Sodiq
Va oshkora hamda maxfiy gunohlarni tark qilinglar! Gunoh qiluvchilar, albatta, qilgan gunohlarining jazosini olurlar.
121
وَلَا تَأْكُلُواْ مِمَّا لَمْ يُذْكَرِ ٱسْمُ ٱللَّهِ عَلَيْهِ وَإِنَّهُۥ لَفِسْقٌ ​ۗ وَإِنَّ ٱلشَّيَٰطِينَ لَيُوحُونَ إِلَىٰٓ أَوْلِيَآئِهِمْ لِيُجَٰدِلُوكُمْ ​ۖ وَإِنْ أَطَعْتُمُوهُمْ إِنَّكُمْ لَمُشْرِكُونَ‮١٢١‬‬‬
Sodiq
Allohning ismi zikr qilinmagan narsalarni yemanglar. Albatta, bu ish fisqdir. Albatta, shaytonlar o`z do`stlariga sizlar bilan tortishishni vasvasa qilurlar. Agar ularga itoat qilsangiz, sizlar ham mushriklardan bo`lursizlar.[1]

[1] Ulamolarimiz agar musulmon kishi hayvonni so`yayotib, Allohning ismini zikr qilishni unutib qo`ysa, so`ygan go`shti halol, deganlar. Ammo bilib turib, qasddan zikr qilmasa, unday go`sht harom bo`ladi.)
122
أَوَمَن كَانَ مَيْتًا فَأَحْيَيْنَٰهُ وَجَعَلْنَا لَهُۥ نُورًا يَمْشِى بِهِۦ فِى ٱلنَّاسِ كَمَن مَّثَلُهُۥ فِى ٱلظُّلُمَٰتِ لَيْسَ بِخَارِجٍ مِّنْهَا ​ۚ كَذَٰلِكَ زُيِّنَ لِلْكَٰفِرِينَ مَا كَانُواْ يَعْمَلُونَ‮١٢٢‬‬‬
Sodiq
Avval o`lik bo`lgan odamni tiriltirib, unga odamlar orasida yuradigan nurni berib qo`ygan bo`lsak, u bilan zulmatlar ichida undan chiqa olmay yuruvchi odam o`xshash bo`lurmi? Shunday qilib, kofirlarga qilayotgan amallari ziynatlab ko`rsatildi.[1]

[1] Bu oyati karimada kofir odam o`lik hisobida ekanligi ta'kidlanmoqda. Alloh taolo kimni iymonga hidoyat etsa, o`sha odamning mo`min bo`lishi go`yo o`likning qayta tirilishiga tenglashtirilmoqda.)
123
وَكَذَٰلِكَ جَعَلْنَا فِى كُلِّ قَرْيَةٍ أَكَٰبِرَ مُجْرِمِيهَا لِيَمْكُرُواْ فِيهَا ​ۖ وَمَا يَمْكُرُونَ إِلَّا بِأَنفُسِهِمْ وَمَا يَشْعُرُونَ‮١٢٣‬‬‬
Sodiq
Xuddi shunga o`xshash, har bir shaharda katta jinoyatchilarni unda makr qilish uchun qo`ydik. Ular, sezmagan holda, faqat o`zlariga o`zlari makr qilurlar, xolos.[1]

[1] Bu jinoyatchilar katta mansablarni egallab olib, odamlarni o`z yo`liga solish uchun turli hiyla-nayranglar qiladilar. Ularning jinoyati Alloh taoloning haq-huquqlariga tajovuz qilishdir. Katta jinoyatchilarning dinga qarshi qilgan makr-hiylalari o`zlarining boshiga yetadi. Chunki ular dinga qarshi chiqish bilan Allohga qarshi chiqadilar. O`zining halokatiga zamin yaratgan bo`ladilar. Mo`minlarni esa Alloh taoloning O`zi himoya qiladi.)
124
وَإِذَا جَآءَتْهُمْ ءَايَةٌ قَالُواْ لَن نُّؤْمِنَ حَتَّىٰ نُؤْتَىٰ مِثْلَ مَآ أُوتِىَ رُسُلُ ٱللَّهِ ​ۘ ٱللَّهُ أَعْلَمُ حَيْثُ يَجْعَلُ رِسَالَتَهُۥ ​ۗ سَيُصِيبُ ٱلَّذِينَ أَجْرَمُواْ صَغَارٌ عِندَ ٱللَّهِ وَعَذَابٌ شَدِيدُ​ۢ بِمَا كَانُواْ يَمْكُرُونَ‮١٢٤‬‬‬
Sodiq
Agar ularga oyat kelsa, Allohning Payg`ambarlariga berilgan narsaga o`xshash narsa bizga ham berilmaguncha zinhor iymon keltirmasmiz, derlar. O`z Payg`ambarligini qayerga qo`yishni Allohning O`zi yaxshi biladir. Jinoyat qilganlarga qilgan makrlari uchun Allohning huzurida, albatta, xorlik va shiddatli azob bordir.
125
فَمَن يُرِدِ ٱللَّهُ أَن يَهْدِيَهُۥ يَشْرَحْ صَدْرَهُۥ لِلْإِسْلَٰمِ ​ۖ وَمَن يُرِدْ أَن يُضِلَّهُۥ يَجْعَلْ صَدْرَهُۥ ضَيِّقًا حَرَجًا كَأَنَّمَا يَصَّعَّدُ فِى ٱلسَّمَآءِ ​ۚ كَذَٰلِكَ يَجْعَلُ ٱللَّهُ ٱلرِّجْسَ عَلَى ٱلَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ‮١٢٥‬‬‬
Sodiq
Kimni Alloh hidoyat qilmoqchi bo`lsa, uning ko`ksini Islomga ochib qo`yadir. Kimni zalolatga ketkazishni iroda qilsa, uning ko`ksini xuddi osmonga ko`tarilayotgandek, tor va tang qilib qo`yadir. Shunday qilib, Alloh iymon keltirmaydiganlarga azobni duchor qilur.[1]

[1] Alloh taolo bandalaridan kimga hidoyatni ravo ko`rsa, o`sha bandaning ko`ksini keng qilib qo`yadi. U banda iymon va Islomni keng qalb ila qabul qiladi. Aksincha, Alloh taolo kimga zalolat va kufrni ravo ko`rsa, uning qalbini tor va tang qilib qo`yadi. Iymon va Islom haqida biror gap eshitsa, siqilaveradi. Ilm rivojlanib, odamlar fazoga uchadigan bo`lganlarida, inson qanchalik balandga ko`tarilsa, yuragi-ko`ksi shunchalik siqilishi kashf etildi. Agar Qur'on haqiqiy ilohiy kitob bo`lmaganda, bundan o`n to`rt asr avval bu ilmiy haqiqatni qanday qilib kashf etar edi?)
126
وَهَٰذَا صِرَٰطُ رَبِّكَ مُسْتَقِيمًا ​ۗ قَدْ فَصَّلْنَا ٱلْـَٔايَٰتِ لِقَوْمٍ يَذَّكَّرُونَ‮١٢٦‬‬‬
Sodiq
Mana shu, Robbingning to`g`ri yo`lidir. Ibrat oluvchi qavm uchun oyatlarni batafsil bayon qildik.
127
۞لَهُمْ دَارُ ٱلسَّلَٰمِ عِندَ رَبِّهِمْ ​ۖ وَهُوَ وَلِيُّهُم بِمَا كَانُواْ يَعْمَلُونَ‮١٢٧‬‬‬
Sodiq
Ularga Robbilari huzurida dorus-salom (tinchlik uyi) bordir. U zot qilgan ishlari uchun ularning do`stidir.
128
وَيَوْمَ يَحْشُرُهُمْ جَمِيعًا يَٰمَعْشَرَ ٱلْجِنِّ قَدِ ٱسْتَكْثَرْتُم مِّنَ ٱلْإِنسِ ​ۖ وَقَالَ أَوْلِيَآؤُهُم مِّنَ ٱلْإِنسِ رَبَّنَا ٱسْتَمْتَعَ بَعْضُنَا بِبَعْضٍ وَبَلَغْنَآ أَجَلَنَا ٱلَّذِىٓ أَجَّلْتَ لَنَا ​ۚ قَالَ ٱلنَّارُ مَثْوَىٰكُمْ خَٰلِدِينَ فِيهَآ إِلَّا مَا شَآءَ ٱللَّهُ ​ۗ إِنَّ رَبَّكَ حَكِيمٌ عَلِيمٌ‮١٢٨‬‬‬
Sodiq
Ularning hammasini to`playdigan kunda: «Ey, jinlar jamoasi, insdan (adashtirganlaringizni) ko`paytirvordingiz?!» – der. Ularning insdan bo`lgan do`stlari: «Ey Robbimiz, biz bir-birimizdan huzur topdik va bizga belgilagan ajalingga yetib keldik», – derlar. U zot: «Qaytar joyingiz do`zaxdir. Magar Alloh xohlasa (qolmaysiz)», – der. Albatta, Robbing hikmatli va bilimli Zotdir.[1]

[1] Demak, jinlar odamlarni yo`ldan urib, ig`vo qilib, yomon yo`lga yurgizib huzur-halovat olgan va rohatlanganlar. Jinlar fitnasiga uchib kofir va gunohkor bo`lgan odamlar esa, ularning ziynatlab ko`rsatgan, havoyu nafsni qondiruvchi ishlarini bajarib huzur qilganlar. Bular irodasi zaif, g`ofil, havoyu nafsga berilgan, shahvatparast odamlar bo`lganlar. Shayton ularning ushbu zaif joylaridan tutib, ig`vosiga uchirgan va o`ziga malay qilib olib, har ko`yga solgan, bu dunyoda maqsadlariga erishish yo`lida ulardan foydalanib huzur qilgan.)
129
وَكَذَٰلِكَ نُوَلِّى بَعْضَ ٱلظَّٰلِمِينَ بَعْضً​ۢا بِمَا كَانُواْ يَكْسِبُونَ‮١٢٩‬‬‬
Sodiq
Shunday qilib, qilgan kasblariga binoan zolimlarni bir-birlariga do`st qilurmiz.
130
يَٰمَعْشَرَ ٱلْجِنِّ وَٱلْإِنسِ أَلَمْ يَأْتِكُمْ رُسُلٌ مِّنكُمْ يَقُصُّونَ عَلَيْكُمْ ءَايَٰتِى وَيُنذِرُونَكُمْ لِقَآءَ يَوْمِكُمْ هَٰذَا ​ۚ قَالُواْ شَهِدْنَا عَلَىٰٓ أَنفُسِنَا ​ۖ وَغَرَّتْهُمُ ٱلْحَيَوٰةُ ٱلدُّنْيَا وَشَهِدُواْ عَلَىٰٓ أَنفُسِهِمْ أَنَّهُمْ كَانُواْ كَٰفِرِينَ‮١٣٠‬‬‬
Sodiq
«Ey, jin va ins jamoalari, sizlarga o`zingizdan bo`lgan Payg`ambarlar kelib, oyatlarimni sizga aytib bermadilarmi, sizlarni ushbu kuningizga duchor bo`lishingiz haqida ogohlantirmadilarmi?» Ular: «O`zimizga qarshi guvohlik berdik», – derlar. Ularni dunyo hayoti g`ururga ketkazdi va o`zlariga qarshi, kofir bo`lganlarini aytib, guvohlik berdilar.
131
ذَٰلِكَ أَن لَّمْ يَكُن رَّبُّكَ مُهْلِكَ ٱلْقُرَىٰ بِظُلْمٍ وَأَهْلُهَا غَٰفِلُونَ‮١٣١‬‬‬
Sodiq
Bunday qilishining boisi, Robbing g`ofil turgan shahar-qishloq aholisini halok qilmasligidandir.
132
وَلِكُلٍّ دَرَجَٰتٌ مِّمَّا عَمِلُواْ ​ۚ وَمَا رَبُّكَ بِغَٰفِلٍ عَمَّا يَعْمَلُونَ‮١٣٢‬‬‬
Sodiq
Har kimga qilganlariga yarasha daraja bordir. Va Robbing ularning qilayotgan amallaridan g`ofil emasdir.
133
وَرَبُّكَ ٱلْغَنِىُّ ذُو ٱلرَّحْمَةِ ​ۚ إِن يَشَأْ يُذْهِبْكُمْ وَيَسْتَخْلِفْ مِن​ۢ بَعْدِكُم مَّا يَشَآءُ كَمَآ أَنشَأَكُم مِّن ذُرِّيَّةِ قَوْمٍ ءَاخَرِينَ‮١٣٣‬‬‬
Sodiq
Va Robbing behojat va rahmat sohibi bo`lgan Zotdir. Agar xohlasa, xuddi sizlarni boshqa qavmlar zurriyotidan paydo qilganidek, sizlarni ketkazib, ortingizdan nimani xohlasa, o`rinbosar qilib keltirur.[1]

[1] Alloh taolo rahmat sohibi bo`lgan Zot. Odamlarning bu dunyoda yurishlarining o`zi ham Allohning rahmatidan. U O`z rahmatini O`zi xohlagan bandalariga beradi. Hozirgi paytda yashab turgan odamlarni avval o`tgan kishilar zurriyotidan paydo qilganligi ham hammaga ma'lum. Ya'ni, Alloh O`zi xohlab shunday qilgan. Bandalarga hojatmandligidan emas. Shuningdek, hozirgi avlod odamlariga ham hech qanday hojati yo`qdir. Agar Alloh xohlasa, bu avlodni ham ko`tarib, yo`q qilib, o`rniga O`zi xohlagan narsani keltira oladi. Demak, Alloh bandalarga emas, bandalar Allohga hojatmanddirlar. Ular o`zlarining dunyoga kelishlarida Allohga hojatmand bo`lganlari kabi, bu dunyoda yashashlarida ham, har lahzada, har narsada hojatmanddirlar. Alloh esa, O`z rahmati ila ularning hojatlarini ravo qiladi. Allohning bandalariga nisbatan rahmatining eng yuqori cho`qqisi, ularga payg`ambarlari orqali din — shariat yuborishi. Dinga yurmaganlar o`sha oliy maqom ne'matdan yuz o`girganlar bo`ladilar. O`zlariga yomonlik qiladilar. Qiyomatda hollari yomon bo`ladi.)
134
إِنَّ مَا تُوعَدُونَ لَـَٔاتٍ ​ۖ وَمَآ أَنتُم بِمُعْجِزِينَ‮١٣٤‬‬‬
Sodiq
Albatta, sizga va'da qilingan narsa keluvchidir. Sizlar esa U zotni ojiz qoldiruvchi emassiz.[1]

[1] Ya'ni, albatta, sizga va'da qilingan qiyomat kuni, hisob-kitob, jazo va mukofot kelgusidir. Kelmasligi mumkin emas. U paytda siz Allohni ojiz qoldirib, qochib qutula olmaysiz. Albatta, qilganingizga yarasha jazoingizni olasiz.)
135
قُلْ يَٰقَوْمِ ٱعْمَلُواْ عَلَىٰ مَكَانَتِكُمْ إِنِّى عَامِلٌ ​ۖ فَسَوْفَ تَعْلَمُونَ مَن تَكُونُ لَهُۥ عَٰقِبَةُ ٱلدَّارِ ​ۗ إِنَّهُۥ لَا يُفْلِحُ ٱلظَّٰلِمُونَ‮١٣٥‬‬‬
Sodiq
Sen: «Ey qavmim, o`rningizda amalingizni qilavering. Men ham amal qiluvchiman. Tezda oxirat hovlisi oqibati kimning foydasiga bo`lishini bilasiz. Albatta, zolimlar najot topmaslar», – deb ayt.
136
وَجَعَلُواْ لِلَّهِ مِمَّا ذَرَأَ مِنَ ٱلْحَرْثِ وَٱلْأَنْعَٰمِ نَصِيبًا فَقَالُواْ هَٰذَا لِلَّهِ بِزَعْمِهِمْ وَهَٰذَا لِشُرَكَآئِنَا ​ۖ فَمَا كَانَ لِشُرَكَآئِهِمْ فَلَا يَصِلُ إِلَى ٱللَّهِ ​ۖ وَمَا كَانَ لِلَّهِ فَهُوَ يَصِلُ إِلَىٰ شُرَكَآئِهِمْ ​ۗ سَآءَ مَا يَحْكُمُونَ‮١٣٦‬‬‬
Sodiq
Ular Allohga Uning O`zi yaratgan ekinlar va chorvalardan nasiba ajratdilar va o`zlaricha: «Bu Allohga, bu esa butlarimizga», – dedilar. Bas, butlariga bo`lgan narsa Allohga yetmas. Allohga bo`lgan narsa esa, butlariga yetadir. Chiqargan hukmlari qanday ham yomon-a?![1]

[1] Arab mushriklari ekinlardan, chorva hayvonlaridan Allohga nasiba ajratish odatlari bor edi. Shu bilan birga, butlariga ham o`sha ekinlardan va chorva hayvonlaridan nasiba ajratar edilar. Agar Allohga ajratgan narsalari butlariga ajratgan narsalariga qo`shilib ketsa, mayli, deb qo`yar edilar. Ammo butlariga ajratgan nasibadan Allohga ajratilganiga qo`shilib ketsa, Alloh bunga muhtoj emas, deb qaytarib olishardi. Bu ish aslida mantiqsiz, qo`polroq qilib aytadigan bo`lsak, ahmoqona ish edi.)
137
وَكَذَٰلِكَ زَيَّنَ لِكَثِيرٍ مِّنَ ٱلْمُشْرِكِينَ قَتْلَ أَوْلَٰدِهِمْ شُرَكَآؤُهُمْ لِيُرْدُوهُمْ وَلِيَلْبِسُواْ عَلَيْهِمْ دِينَهُمْ ​ۖ وَلَوْ شَآءَ ٱللَّهُ مَا فَعَلُوهُ ​ۖ فَذَرْهُمْ وَمَا يَفْتَرُونَ‮١٣٧‬‬‬
Sodiq
Shuningdek, mushriklardan ko`plariga sheriklari ularni halok etish va dinlarini chalkashtirish uchun bolalarini o`ldirishni ziynatlab ko`rsatdi. Agar Alloh xohlasa, bunday qilmasdilar. Ularni va to`qiyotgan narsalarini qo`yib qo`y.
138
وَقَالُواْ هَٰذِهِۦٓ أَنْعَٰمٌ وَحَرْثٌ حِجْرٌ لَّا يَطْعَمُهَآ إِلَّا مَن نَّشَآءُ بِزَعْمِهِمْ وَأَنْعَٰمٌ حُرِّمَتْ ظُهُورُهَا وَأَنْعَٰمٌ لَّا يَذْكُرُونَ ٱسْمَ ٱللَّهِ عَلَيْهَا ٱفْتِرَآءً عَلَيْهِ ​ۚ سَيَجْزِيهِم بِمَا كَانُواْ يَفْتَرُونَ‮١٣٨‬‬‬
Sodiq
Ular o`zlaricha: «Mana bu chorva va ekinlar harom, ularni faqat biz xohlagan kishilargina yeydilar va mana bu minishi harom qilingan chorvalar», – dedilar. Ular ma'lum chorvalarga Allohning nomini zikr qilmaslar. Bu esa, U zotga tuhmatdir. U, tezda, qilgan tuhmatlari tufayli ularga jazo berajak.[1]

[1] Bu oyatda mushrik va kofirlarning eng katta jinoyatlaridan biri — halol-haromni ajratishda Allohning aytganiga yurmay, o`zlaricha ko`ngillari tusagan hukmni chiqarishlari bayon qilinmoqda. Aslida, halol yoki harom haqida hukm chiqarish Alloh taoloning haqqi. Bandalarning bu ilohiy haqqa tajovuz qilishi kufrga olib boradigan katta jinoyatdir. Agar bir inson hamma diniy aqidalarga to`liq iymon keltirsa, shariat ko`rsatmalariga mukammal amal qilsa-yu, Alloh halol degan narsani harom desa yoki, aksincha, harom deganini halol desa, kofir bo`ladi. Bu masala shu darajada nozik masaladir.)
139
وَقَالُواْ مَا فِى بُطُونِ هَٰذِهِ ٱلْأَنْعَٰمِ خَالِصَةٌ لِّذُكُورِنَا وَمُحَرَّمٌ عَلَىٰٓ أَزْوَٰجِنَا ​ۖ وَإِن يَكُن مَّيْتَةً فَهُمْ فِيهِ شُرَكَآءُ ​ۚ سَيَجْزِيهِمْ وَصْفَهُمْ ​ۚ إِنَّهُۥ حَكِيمٌ عَلِيمٌ‮١٣٩‬‬‬
Sodiq
Ular, mana shu chorvalarning qornidagi narsalar erkaklarimizga halol, ayollarimizga harom, derlar. Agar u (qorindagi narsa) o`lik bo`lsa, ular unga sheriklardir. Tezda ularga vasflari uchun O`zi jazo berajak. Albatta, U hikmatli va yaxshi biluvchi Zotdir.
140
قَدْ خَسِرَ ٱلَّذِينَ قَتَلُوٓاْ أَوْلَٰدَهُمْ سَفَهً​ۢا بِغَيْرِ عِلْمٍ وَحَرَّمُواْ مَا رَزَقَهُمُ ٱللَّهُ ٱفْتِرَآءً عَلَى ٱللَّهِ ​ۚ قَدْ ضَلُّواْ وَمَا كَانُواْ مُهْتَدِينَ‮١٤٠‬‬‬
Sodiq
Aqli pastlik qilib, johillik ila farzandlarini o`ldirganlar va Alloh ularga rizq qilib bergan narsalarni harom qilganlar ziyonkor bo`ldilar. Batahqiq, ular adashdilar va hidoyatga yuruvchilardan bo`lmadilar.[1]

[1] Agar ular johil bo`lmasalar, Allohning farzandlarni ko`paytirish, ularni tarbiyalab o`stirish haqidagi ta'limotiga dushmanlarcha ters, insu jin shaytonlarining gapiga kirib, o`z jigargo`shalarini o`ldirar edilarmi?! Yoki Alloh taolo ularga halol rizq qilib bergan narsalarni hech qanday sabab yoki dalilsiz o`zlariga harom qilib olarmidilar?! Ana shunday ahmoqona ishlarni qilganlar «... ziyonkor bo`ldilar».)
ﻉ118Juz 8 3⁄8118ﻉ
141
۞وَهُوَ ٱلَّذِىٓ أَنشَأَ جَنَّٰتٍ مَّعْرُوشَٰتٍ وَغَيْرَ مَعْرُوشَٰتٍ وَٱلنَّخْلَ وَٱلزَّرْعَ مُخْتَلِفًا أُكُلُهُۥ وَٱلزَّيْتُونَ وَٱلرُّمَّانَ مُتَشَٰبِهًا وَغَيْرَ مُتَشَٰبِهٍ ​ۚ كُلُواْ مِن ثَمَرِهِۦٓ إِذَآ أَثْمَرَ وَءَاتُواْ حَقَّهُۥ يَوْمَ حَصَادِهِۦ ​ۖ وَلَا تُسْرِفُوٓاْ ​ۚ إِنَّهُۥ لَا يُحِبُّ ٱلْمُسْرِفِينَ‮١٤١‬‬‬
Sodiq
U (ishkomlarga) ko`tariladigan va ko`tarilmaydigan bog`larni, xurmo va ekinlarni yemagini xilma-xil qilib, zaytun va anorlarni bir-biriga o`xshatib va o`xshatmay paydo qilgan Zotdir. Mevalagan paytida uning mevasidan yenglar va yig`im-terim kunida haqqini beringlar. Va isrof qilmanglar. Albatta, U isrof qilguvchilarni sevmas.
142
وَمِنَ ٱلْأَنْعَٰمِ حَمُولَةً وَفَرْشًا ​ۚ كُلُواْ مِمَّا رَزَقَكُمُ ٱللَّهُ وَلَا تَتَّبِعُواْ خُطُوَٰتِ ٱلشَّيْطَٰنِ ​ۚ إِنَّهُۥ لَكُمْ عَدُوٌّ مُّبِينٌ‮١٤٢‬‬‬
Sodiq
Va chorvalardan hammollarini va (so`ygani) yerga yotqaziladiganlarini paydo qildi. Alloh sizga rizq qilib bergan narsalardan yenglar va shaytonning izidan ergashmanglar. Albatta, u sizlarga ochiq-oydin dushmandir.[1]

[1] O`tgan oyatlarda mushriklar o`zlaricha hech qanday haq-huquqsiz, dalil-hujjatsiz ba'zi hayvonlarni minishni, ba'zilarining go`shtini yeyishni harom qilganlari aytilgan edi. Ammo, aslini olganda, hayvonlarni minish yoki minmaslik, go`shtini yeyish yoki yemaslik haqidagi hukmni faqat Alloh taoloning O`zigina chiqaradi.)
143
ثَمَٰنِيَةَ أَزْوَٰجٍ ​ۖ مِّنَ ٱلضَّأْنِ ٱثْنَيْنِ وَمِنَ ٱلْمَعْزِ ٱثْنَيْنِ ​ۗ قُلْ ءَآلذَّكَرَيْنِ حَرَّمَ أَمِ ٱلْأُنثَيَيْنِ أَمَّا ٱشْتَمَلَتْ عَلَيْهِ أَرْحَامُ ٱلْأُنثَيَيْنِ ​ۖ نَبِّـُٔونِى بِعِلْمٍ إِن كُنتُمْ صَٰدِقِينَ‮١٤٣‬‬‬
Sodiq
Sakkiz juft (paydo qildi): qo`ydan ikkini (erkak-urg`ochi) va echkidan ikkini. «Ikkala erkagini harom qildimi yoki ikkala urg`ochisinimi yoxud ikkala urg`ochining bachadonlarida shomil bo`lgan narsanimi?! Agar rostgo`y bo`lsangizlar, ilmiy qilib xabarini beringlar-chi?» – deb ayt.[1]

[1] Arab tilida «al-an'om» deb nomlangan hayvonlar turkumini biz «chorva» deb tarjima qilmoqdamiz. Aslida «al-an'om» deb tuya, sigir, qo`y va echkiga aytiladi. Ularni juft — bir erkak va bir urg`ochi hisob qilinsa, sakkizta bo`ladi.)
144
وَمِنَ ٱلْإِبِلِ ٱثْنَيْنِ وَمِنَ ٱلْبَقَرِ ٱثْنَيْنِ ​ۗ قُلْ ءَآلذَّكَرَيْنِ حَرَّمَ أَمِ ٱلْأُنثَيَيْنِ أَمَّا ٱشْتَمَلَتْ عَلَيْهِ أَرْحَامُ ٱلْأُنثَيَيْنِ ​ۖ أَمْ كُنتُمْ شُهَدَآءَ إِذْ وَصَّىٰكُمُ ٱللَّهُ بِهَٰذَا ​ۚ فَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّنِ ٱفْتَرَىٰ عَلَى ٱللَّهِ كَذِبًا لِّيُضِلَّ ٱلنَّاسَ بِغَيْرِ عِلْمٍ ​ۗ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يَهْدِى ٱلْقَوْمَ ٱلظَّٰلِمِينَ‮١٤٤‬‬‬
Sodiq
Tuyadan ikkitani, qoramoldan ikkini (paydo qildi). «Ikkala erkagini harom qildimi yoki ikkala urg`ochisinimi yoxud ikkala urg`ochining bachadonlarida shomil bo`lgan narsanimi?! Yoki Alloh sizlarga buni amr qilganda shohid bo`lib turganmidingiz? Ilmsiz holda odamlarni adashtirish uchun Allohga nisbatan yolg`on to`qigandan ham zolimroq odam bormi?! Albatta, Alloh zolim qavmlarni hidoyat qilmas».[1]

[1] Haqqingiz bo`lmay turib harom haqida hukm chiqarganingiz bir gunoh va o`zingizcha chiqargan hukmni Allohga nisbat berishingiz yanada ulkanroq gunoh. Qani, ayting-chi, agar siz ta'kidlayotgandek, Alloh bularni harom qilgan bo`lsa «Ikkala erkagini harom qildimi yoki ikkala urg`ochisinimi yoxud ikkala urg`ochining bachadonlarida shomil bo`lgan narsanimi?!». Bilmaysiz. Chunki gumon va taxmin bilan gapirib yurgansiz.)
145
قُل لَّآ أَجِدُ فِى مَآ أُوحِىَ إِلَىَّ مُحَرَّمًا عَلَىٰ طَاعِمٍ يَطْعَمُهُۥٓ إِلَّآ أَن يَكُونَ مَيْتَةً أَوْ دَمًا مَّسْفُوحًا أَوْ لَحْمَ خِنزِيرٍ فَإِنَّهُۥ رِجْسٌ أَوْ فِسْقًا أُهِلَّ لِغَيْرِ ٱللَّهِ بِهِۦ ​ۚ فَمَنِ ٱضْطُرَّ غَيْرَ بَاغٍ وَلَا عَادٍ فَإِنَّ رَبَّكَ غَفُورٌ رَّحِيمٌ‮١٤٥‬‬‬
Sodiq
«Menga vahiy qilingan narsada taomlanuvchi uchun harom qilingan narsani topmayapman. Magar o`limtik yoki oqizilgan qon yoki to`ng`iz go`shti bo`lsa, albatta, u iflos, haromdir. Yoxud fosiqlik ila Allohdan o`zganing nomiga so`yilgan bo`lsa (haromdir). Bas, kishi muztar bo`lib, maza talab qiluvchi va tajovuzkor bo`lmagan holida (iste'mol qilsa), albatta, Robbing mag`firat qilguvchi va rahimli Zotdir», – deb ayt.[1]

[1] Ya'ni, siz harom deb atagan narsalarning birortasini ham Alloh harom qilgani yo`q. Bu narsalarni siz o`zingizcha harom deb yuribsiz. Alloh taolo menga vahiy yuborib, nima halol, nima harom ekanini bayon qildi.)
146
وَعَلَى ٱلَّذِينَ هَادُواْ حَرَّمْنَا كُلَّ ذِى ظُفُرٍ ​ۖ وَمِنَ ٱلْبَقَرِ وَٱلْغَنَمِ حَرَّمْنَا عَلَيْهِمْ شُحُومَهُمَآ إِلَّا مَا حَمَلَتْ ظُهُورُهُمَآ أَوِ ٱلْحَوَايَآ أَوْ مَا ٱخْتَلَطَ بِعَظْمٍ ​ۚ ذَٰلِكَ جَزَيْنَٰهُم بِبَغْيِهِمْ ​ۖ وَإِنَّا لَصَٰدِقُونَ‮١٤٦‬‬‬
Sodiq
Va yahudiy bo`lganlarga barcha (butun) tuyoqlilarni harom qildik. Mol va qo`ydan esa, ularga yog`larini harom qildik. Magar orqa va ichaklaridagi yoki suyakka aralashgan yog`lari (haloldir). Bu, zulmlari uchun ularga bergan jazoimizdir. Albatta, Biz rostgo`ymiz.[1]

[1] Demak, bu oyatda zikr qilingan narsalar faqat yahudiylarga xos bo`lib, ular qilgan zulm evaziga Alloh taolo tomonidan jazo bo`lib keldi. Boshqa qavmlarga esa halol. Oyatda biz «butun) tuyoqli» deb tarjima qilganimiz so`z, tuyog`i ikkiga yoki ko`pga bo`linmagan hayvonlar, degan ma'nodadir. Bunday hayvonlar tuya, tuyaqush, o`rdak va shunga o`xshash oyog`idagi tuyog`i butun bitta) bo`lgan hayvonlardir. Ana shunday hayvonlarni Alloh taolo yahudiylarga harom qilgan. Shuningdek, mol va qo`ylarning oyatda istisno qilinganidan boshqa yog`larini ham harom qilgan.)
147
فَإِن كَذَّبُوكَ فَقُل رَّبُّكُمْ ذُو رَحْمَةٍ وَٰسِعَةٍ وَلَا يُرَدُّ بَأْسُهُۥ عَنِ ٱلْقَوْمِ ٱلْمُجْرِمِينَ‮١٤٧‬‬‬
Sodiq
Agar seni yolg`onchiga chiqarsalar: «Robbingiz keng rahmat sohibidir, ammo Uning azobi jinoyatchi qavmlardan qaytarilmas», – deb ayt.
148
سَيَقُولُ ٱلَّذِينَ أَشْرَكُواْ لَوْ شَآءَ ٱللَّهُ مَآ أَشْرَكْنَا وَلَآ ءَابَآؤُنَا وَلَا حَرَّمْنَا مِن شَىْءٍ ​ۚ كَذَٰلِكَ كَذَّبَ ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ حَتَّىٰ ذَاقُواْ بَأْسَنَا ​ۗ قُلْ هَلْ عِندَكُم مِّنْ عِلْمٍ فَتُخْرِجُوهُ لَنَآ ​ۖ إِن تَتَّبِعُونَ إِلَّا ٱلظَّنَّ وَإِنْ أَنتُمْ إِلَّا تَخْرُصُونَ‮١٤٨‬‬‬
Sodiq
Hali shirk keltirganlar: «Agar Alloh xohlaganda, biz ham, ota-bobolarimiz ham shirk keltirmas edik va biror narsani harom qilmas edik», – derlar. Ulardan oldingilari ham azobimizni tatigunlariga qadar shunga o`xshash yolg`onga chiqarib turganlar. «Sizning huzuringizda bizga chiqarib ko`rsatadigan biron ilm — hujjat bormi? Sizlar faqat gumonga ergashmoqdasiz va sizlar faqat yolg`on gapirmoqdasizlar», – deb ayt.[1]

[1] Ya'ni, Alloh sizlarning shirk keltirishingizni, ba'zi narsalarni harom deb e'lon qilishingizni xohlaganini isbot qiladigan hujjatingiz bormi? Alloh O`z bandalaridan nimani xohlasa, ochiq-oydin aytib qo`ygan. Bandalar iymon keltirishni xohlaganlari uchun, iymon keltiringlar, degan. Kofir-mushrik bo`lishlarini xohlamagani uchun, kufr keltirmanglar, mushrik bo`lmanglar, deb qat'iy hukm etgan. Shuningdek, bandalari nimani qilishini xohlasa, amr, nimalarni qilmasligini xohlasa, nahiy qilib qaytarib qo`ygan. Allohning xohishi hammasi ochiq-oydin, ilmiy sobit narsalardir. Allohning xohishi ichida, shirk keltiring, ba'zi narsalarni harom qiling, degan xohish yo`q. Yoki, mening g`oyib, hech kim bilmaydigan xohishlarimni izlab topib, o`shanga amal qiling, degani ham yo`q.)
149
قُلْ فَلِلَّهِ ٱلْحُجَّةُ ٱلْبَٰلِغَةُ ​ۖ فَلَوْ شَآءَ لَهَدَىٰكُمْ أَجْمَعِينَ‮١٤٩‬‬‬
Sodiq
Sen: «Etuk hujjat Allohning O`zidadir. Agar xohlasa, hammangizni hidoyatga solar edi», – deb ayt.[1]

[1] Alloh, shubhasiz, bunga qodir. Misol uchun, farishtalarni shunday qilib yaratdi. Ular doimo itoatkor, isyonsiz tabiat sohibi qilib yaratildilar. Lekin odamlarni xohlasa ham, xohlamasa ham, hidoyatga yuradigan qilib yaratishdan nima foyda bor? Alloh taolo odamlarga hidoyat va zalolat yo`lini ko`rsatib qo`ydi, aql-idrok berdi va xohlagan yo`lini tanlash ixtiyorini berdi. Ana o`sha ixtiyorga qarab jazo yoki mukofot oladi. Mushrik va kofirlar ana o`sha yomon — zalolat yo`lini tanlaganlardir. Ular o`sha ixtiyorlari uchun jazolarini oladilar.)
150
قُلْ هَلُمَّ شُهَدَآءَكُمُ ٱلَّذِينَ يَشْهَدُونَ أَنَّ ٱللَّهَ حَرَّمَ هَٰذَا ​ۖ فَإِن شَهِدُواْ فَلَا تَشْهَدْ مَعَهُمْ ​ۚ وَلَا تَتَّبِعْ أَهْوَآءَ ٱلَّذِينَ كَذَّبُواْ بِـَٔايَٰتِنَا وَٱلَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ بِٱلْـَٔاخِرَةِ وَهُم بِرَبِّهِمْ يَعْدِلُونَ‮١٥٠‬‬‬
Sodiq
Sen: «Alloh mana shuni harom qilganiga guvohlik beradigan guvohlaringizni keltiring», – deb ayt. Bas, agar guvohlik bersalar, sen ular ila guvohlik berma. Bizning oyatlarimizni yolg`onga chiqaruvchilarning va oxiratga iymon keltirmaydiganlarning havoyi nafslariga ergashma. Ular Robbilariga shirk keltirurlar.
ﻉ120Juz 8 4⁄8120ﻉ
151
۞قُلْ تَعَالَوْاْ أَتْلُ مَا حَرَّمَ رَبُّكُمْ عَلَيْكُمْ ​ۖ أَلَّا تُشْرِكُواْ بِهِۦ شَيْـًٔا ​ۖ وَبِٱلْوَٰلِدَيْنِ إِحْسَٰنًا ​ۖ وَلَا تَقْتُلُوٓاْ أَوْلَٰدَكُم مِّنْ إِمْلَٰقٍ ​ۖ نَّحْنُ نَرْزُقُكُمْ وَإِيَّاهُمْ ​ۖ وَلَا تَقْرَبُواْ ٱلْفَوَٰحِشَ مَا ظَهَرَ مِنْهَا وَمَا بَطَنَ ​ۖ وَلَا تَقْتُلُواْ ٱلنَّفْسَ ٱلَّتِى حَرَّمَ ٱللَّهُ إِلَّا بِٱلْحَقِّ ​ۚ ذَٰلِكُمْ وَصَّىٰكُم بِهِۦ لَعَلَّكُمْ تَعْقِلُونَ‮١٥١‬‬‬
Sodiq
Keling, Robbingiz sizlarga harom qilgan narsalarni tilovat qilib beraman: «Unga hech narsani shirk keltirmang! Ota-onangizga yaxshilik qiling! Ochlikdan qo`rqib, bolalaringizni o`ldirmang. Biz sizlarni ham, ularni ham rizqlantirurmiz. Fahsh — buzuq ishlarning oshkorasiga ham, maxfiysiga ham yaqinlashmang. Alloh harom qilgan jonni o`ldirmang. Magar haq ila bo`lsa, mayli». «Ushbularni sizga amr qildikki, shoyad, aql yuritsangiz», – deb ayt.
152
وَلَا تَقْرَبُواْ مَالَ ٱلْيَتِيمِ إِلَّا بِٱلَّتِى هِىَ أَحْسَنُ حَتَّىٰ يَبْلُغَ أَشُدَّهُۥ ​ۖ وَأَوْفُواْ ٱلْكَيْلَ وَٱلْمِيزَانَ بِٱلْقِسْطِ ​ۖ لَا نُكَلِّفُ نَفْسًا إِلَّا وُسْعَهَا ​ۖ وَإِذَا قُلْتُمْ فَٱعْدِلُواْ وَلَوْ كَانَ ذَا قُرْبَىٰ ​ۖ وَبِعَهْدِ ٱللَّهِ أَوْفُواْ ​ۚ ذَٰلِكُمْ وَصَّىٰكُم بِهِۦ لَعَلَّكُمْ تَذَكَّرُونَ‮١٥٢‬‬‬
Sodiq
Yetimning moliga to voyaga yetguncha yaqinlashmang. Magar yaxshi yo`l bilan bo`lsa, mayli. O`lchov va tarozini adolat ila to`liq ado eting. Biz hech bir jonni toqatidan tashqari narsaga taklif etmaymiz. Agar gapirsangiz, qarindoshingiz bo`lsa ham, adolat qiling. Allohga bergan ahdingizga vafo qiling. Bularni sizga amr qildikki, shoyad, eslasangizlar.[1]

[1] Etimning molini yeyish ijtimoiy aloqalarni buzishdir. Yetim zaif hol bo`lgani uchun jamiyat uni himoya qilishi kerak. Yetimning molini nohaq yegan odam uning haqqiga zulm qilgan bo`ladi, shu bilan birga, jamiyat haqqiga ham zulm qiladi. Chunki molsiz qolgan yetimni endi jamiyat boqishi kerak bo`lib qoladi. Shuning uchun ham yetimni qaramog`iga olgan odam uning moliga yaqinlashishi mumkin emas. Magar yaxshi yo`l bilan bo`lsa, o`sha molni o`stirish uchun, ko`paytirib voyaga yetganda uning qo`liga topshirish uchun yaqinlashsa, mayli.)
153
وَأَنَّ هَٰذَا صِرَٰطِى مُسْتَقِيمًا فَٱتَّبِعُوهُ ​ۖ وَلَا تَتَّبِعُواْ ٱلسُّبُلَ فَتَفَرَّقَ بِكُمْ عَن سَبِيلِهِۦ ​ۚ ذَٰلِكُمْ وَصَّىٰكُم بِهِۦ لَعَلَّكُمْ تَتَّقُونَ‮١٥٣‬‬‬
Sodiq
Albatta, bu Mening to`g`ri yo`limdir. Bas, unga ergashing. Va boshqa yo`llarga ergashmang. Bas, sizni Uning yo`lidan adashtirmasinlar. Mana shu sizga qilgan amrki, shoyad, taqvo qilsangiz.[1]

[1] Dunyodagi yagona to`g`ri yo`l — Allohning yo`li. Inson ergashmog`i lozim bo`lgan birdan-bir yo`l — shu yo`l. Undan boshqa yo`llarning hammasi noto`g`ri yo`llar. Kim ularga yoki ulardan birortasiga yursa, adashadi. Noto`g`ri yo`lga yurganlar Allohning yo`lidan adashgan bo`ladi. Alloh taoloning ushbu narsalarni bajarishga hukm qilishi ham bandalar taqvo qilib, to`g`ri yo`lni topishlari uchundir.)
154
ثُمَّ ءَاتَيْنَا مُوسَى ٱلْكِتَٰبَ تَمَامًا عَلَى ٱلَّذِىٓ أَحْسَنَ وَتَفْصِيلًا لِّكُلِّ شَىْءٍ وَهُدًى وَرَحْمَةً لَّعَلَّهُم بِلِقَآءِ رَبِّهِمْ يُؤْمِنُونَ‮١٥٤‬‬‬
Sodiq
Yana Musoga ham kitobni, yaxshilik qilganga (ne'mat) batamom bo`lishi uchun, har bir narsa batafsil bo`lishi uchun, hidoyat va rahmat bo`lishi uchun berdik. Shoyadki, ular Robbilariga ro`baro` bo`lishlariga iymon keltirsalar.
155
وَهَٰذَا كِتَٰبٌ أَنزَلْنَٰهُ مُبَارَكٌ فَٱتَّبِعُوهُ وَٱتَّقُواْ لَعَلَّكُمْ تُرْحَمُونَ‮١٥٥‬‬‬
Sodiq
Biz tushirgan bu kitob muborakdir. Bas, unga ergashinglar. Va taqvo qilinglar. Shoyadki, rahim qilinsangizlar.[1]

[1] Qur'oni Karim ko`plab yetuk sifatlarga musharraf kitobdir. U dunyoga ham, oxiratga ham barakadir. Bu haqiqatni Qur'oni Karimga aloqasi bo`lgan har bir musulmon yaxshi biladi. Agar dunyoda yashashdan maqsad ikki dunyoning barakasiga erishmoq bo`lsa «Bas, unga ergashing». Undan o`zga ergashishga arzigulik narsa yo`q. Boshqalar barakasiz narsalar. Ularga ergashganlar ikki dunyoda maqsadlariga erisha olmaydilar. Qur'onga ergashish bilan birga, taqvo ham bo`lishi zarur.)
156
أَن تَقُولُوٓاْ إِنَّمَآ أُنزِلَ ٱلْكِتَٰبُ عَلَىٰ طَآئِفَتَيْنِ مِن قَبْلِنَا وَإِن كُنَّا عَن دِرَاسَتِهِمْ لَغَٰفِلِينَ‮١٥٦‬‬‬
Sodiq
«Bizdan avvalgi ikki toifaga kitob tushirilgan, ularning darslaridan g`ofilmiz», demasliklaringiz uchun.
157
أَوْ تَقُولُواْ لَوْ أَنَّآ أُنزِلَ عَلَيْنَا ٱلْكِتَٰبُ لَكُنَّآ أَهْدَىٰ مِنْهُمْ ​ۚ فَقَدْ جَآءَكُم بَيِّنَةٌ مِّن رَّبِّكُمْ وَهُدًى وَرَحْمَةٌ ​ۚ فَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّن كَذَّبَ بِـَٔايَٰتِ ٱللَّهِ وَصَدَفَ عَنْهَا ​ۗ سَنَجْزِى ٱلَّذِينَ يَصْدِفُونَ عَنْ ءَايَٰتِنَا سُوٓءَ ٱلْعَذَابِ بِمَا كَانُواْ يَصْدِفُونَ‮١٥٧‬‬‬
Sodiq
Yoki «Agar bizga kitob tushirilganda, ulardan ko`ra hidoyatliroq bo`lar edik», demasliklaringiz uchun, batahqiqki, sizga Robbingizdan ochiq hujjat, hidoyat va rahmat keldi. Allohning oyatlarini yolg`onga chiqargan va ulardan yuz o`girgan kimsadan ham zolimroq shaxs bormi? Tezda, oyatlarimizdan yuz o`girganlarni yuz o`girganlari tufayli yomon azob ila jazolarmiz.
158
هَلْ يَنظُرُونَ إِلَّآ أَن تَأْتِيَهُمُ ٱلْمَلَٰٓئِكَةُ أَوْ يَأْتِىَ رَبُّكَ أَوْ يَأْتِىَ بَعْضُ ءَايَٰتِ رَبِّكَ ​ۗ يَوْمَ يَأْتِى بَعْضُ ءَايَٰتِ رَبِّكَ لَا يَنفَعُ نَفْسًا إِيمَٰنُهَا لَمْ تَكُنْ ءَامَنَتْ مِن قَبْلُ أَوْ كَسَبَتْ فِىٓ إِيمَٰنِهَا خَيْرًا ​ۗ قُلِ ٱنتَظِرُوٓاْ إِنَّا مُنتَظِرُونَ‮١٥٨‬‬‬
Sodiq
Ular farishtalar kelishini, yo Robbingning kelishini yoki Robbingning ba'zi oyatlari kelishini kutmoqdalar, xolos. Robbingning ba'zi oyatlari kelgan kunida hech bir jonga, oldin iymon keltirmagan yoki iymonida yaxshilik kasb qilmagan bo`lsa, iymoni naf bermas. «Kutaveringlar, biz ham kutguvchilarmiz», – deb ayt.[1]

[1] «Robbingning ba'zi oyatlari»dan murod — lol qoldiruvchi mo`'jizalar. Shunday talablar qilingani ushbu suraning avvalgi oyatlarida ham bir necha marta zikr qilingan edi. Agar oyati karimaga umumiy holni e'tiborga olib ta'vil beriladigan bo`lsa, «farishta»lardan murod — o`lim farishtalaridir. «Robbingning kelishi» — qiyomat kunining qoim bo`lishi; «Robbingning ba'zi oyatlari» — qiyomat alomatlari, demakdir.)
159
إِنَّ ٱلَّذِينَ فَرَّقُواْ دِينَهُمْ وَكَانُواْ شِيَعًا لَّسْتَ مِنْهُمْ فِى شَىْءٍ ​ۚ إِنَّمَآ أَمْرُهُمْ إِلَى ٱللَّهِ ثُمَّ يُنَبِّئُهُم بِمَا كَانُواْ يَفْعَلُونَ‮١٥٩‬‬‬
Sodiq
Dinlarini tafriqa qilib, o`zlari guruhbozlik qilganlar bilan hech bir aloqang yo`q. Albatta, ularning ishi Allohning O`ziga havola. So`ngra, qilgan ishlarining xabarini berur.[1]

[1] Dunyoda turli dinlarni tutganlar, diniga tafriqa tushganlar ko`p. Shu bilan birga, o`zlari turli guruhlarga, firqalarga bo`linib olib, tarafkashlik qilib yurganlar ham ko`p. Lekin sening ular bilan hech qanday aloqang yo`q. Sening Alloh huzuridan kelgan va uning huzurida maqbul dining bor.)
160
مَن جَآءَ بِٱلْحَسَنَةِ فَلَهُۥ عَشْرُ أَمْثَالِهَا ​ۖ وَمَن جَآءَ بِٱلسَّيِّئَةِ فَلَا يُجْزَىٰٓ إِلَّا مِثْلَهَا وَهُمْ لَا يُظْلَمُونَ‮١٦٠‬‬‬
Sodiq
Kim bir yaxshilik qilsa, unga o`n barobar qaytarilur. Kim bir yomonlik qilsa, unga faqat qilganiga yarasha jazo bo`lur. Va ularga zulm qilinmas.
161
قُلْ إِنَّنِى هَدَىٰنِى رَبِّىٓ إِلَىٰ صِرَٰطٍ مُّسْتَقِيمٍ دِينًا قِيَمًا مِّلَّةَ إِبْرَٰهِيمَ حَنِيفًا ​ۚ وَمَا كَانَ مِنَ ٱلْمُشْرِكِينَ‮١٦١‬‬‬
Sodiq
Sen: «Albatta, Meni Robbim to`g`ri yo`lga — rost dinga — to`g`rilikka moyil Ibrohim millatiga hidoyat qildi. U mushriklardan bo`lmagan edi», – deb ayt!
162
قُلْ إِنَّ صَلَاتِى وَنُسُكِى وَمَحْيَاىَ وَمَمَاتِى لِلَّهِ رَبِّ ٱلْعَٰلَمِينَ‮١٦٢‬‬‬
Sodiq
Sen: «Albatta, mening namozim, ibodatlarim, hayot va mamotim olamlarning Robbi Alloh uchundir.
163
لَا شَرِيكَ لَهُۥ ​ۖ وَبِذَٰلِكَ أُمِرْتُ وَأَنَاْ أَوَّلُ ٱلْمُسْلِمِينَ‮١٦٣‬‬‬
Sodiq
Uning sherigi yo`q. Ana shunga buyurilganman. Va men eng avvalgi musulmonlardanman.[1]

[1] Bu oyat musulmon odam butunlay Allohga ajralib chiqishi lozimligini ko`rsatadi. U namozni faqat Alloh uchun o`qiydi. Boshqa zot uchun yoki badantarbiya, axloqiy mashq, ota-onasini xursand qilish uchun emas. U ibodatlarini faqat Alloh uchun ado etadi. Haj qilsa, ro`za tutsa, zakot bersa, Alloh uchun qiladi. Birovning gapi, maqtovi yoki ehtiromi uchun qilmaydi.)
164
قُلْ أَغَيْرَ ٱللَّهِ أَبْغِى رَبًّا وَهُوَ رَبُّ كُلِّ شَىْءٍ ​ۚ وَلَا تَكْسِبُ كُلُّ نَفْسٍ إِلَّا عَلَيْهَا ​ۚ وَلَا تَزِرُ وَازِرَةٌ وِزْرَ أُخْرَىٰ ​ۚ ثُمَّ إِلَىٰ رَبِّكُم مَّرْجِعُكُمْ فَيُنَبِّئُكُم بِمَا كُنتُمْ فِيهِ تَخْتَلِفُونَ‮١٦٤‬‬‬
Sodiq
Allohdan o`zgani Robbim deymi? Holbuki, U hamma narsaning Robbidir. Har bir jon yomon kasb qilsa, faqat o`ziga ziyon qilur. Hech bir jon boshqaning og`irligini ko`tarmas. So`ngra, Robbilaringizga qaytishingiz bor. Bas, U sizlarga ixtilof qilgan narsalaringizning xabarini berur.
165
وَهُوَ ٱلَّذِى جَعَلَكُمْ خَلَٰٓئِفَ ٱلْأَرْضِ وَرَفَعَ بَعْضَكُمْ فَوْقَ بَعْضٍ دَرَجَٰتٍ لِّيَبْلُوَكُمْ فِى مَآ ءَاتَىٰكُمْ ​ۗ إِنَّ رَبَّكَ سَرِيعُ ٱلْعِقَابِ وَإِنَّهُۥ لَغَفُورٌ رَّحِيمُ​ۢ‮١٦٥‬‬‬
Sodiq
U sizlarni yer yuzida xalifalar qilgan va O`zi bergan narsalarda sizni sinash uchun ba'zingizning darajasini ba'zingizdan ustun qilgan Zotdir. Albatta, Robbing iqobi tez Zotdir. Va, albatta, U mag`firat qiluvchi va rahimlidir», – deb ayt.