Sura 60
Mumtahana
u
Imtihondan o'tkazilgan
13 oyat |
Madina |
Sura 60 • Oyat 1 / 13 • Juz 283⁄8 • Sahifa 549
Mumtahana
2
1
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ لَا تَتَّخِذُواْ عَدُوِّى وَعَدُوَّكُمْ أَوْلِيَآءَ تُلْقُونَ إِلَيْهِم بِٱلْمَوَدَّةِ وَقَدْ كَفَرُواْ بِمَا جَآءَكُم مِّنَ ٱلْحَقِّ يُخْرِجُونَ ٱلرَّسُولَ وَإِيَّاكُمْ ۙ أَن تُؤْمِنُواْ بِٱللَّهِ رَبِّكُمْ إِن كُنتُمْ خَرَجْتُمْ جِهَٰدًا فِى سَبِيلِى وَٱبْتِغَآءَ مَرْضَاتِى ۚ تُسِرُّونَ إِلَيْهِم بِٱلْمَوَدَّةِ وَأَنَاْ أَعْلَمُ بِمَآ أَخْفَيْتُمْ وَمَآ أَعْلَنتُمْ ۚ وَمَن يَفْعَلْهُ مِنكُمْ فَقَدْ ضَلَّ سَوَآءَ ٱلسَّبِيلِ١
Sodiq
Ey, iymon keltirganlar! Agar Mening yo`limda jihod qilib va roziligimni so`rab chiqqan bo`lsangiz, Mening dushmanlarimni va o`zingizning dushmanlaringizni do`st tutmanglar. Sizlar ularga do`stlik qilasizlar, ular bo`lsa, sizlarga kelgan haqqa kufr keltirurlar. Robbingiz bo`lmish Allohga iymon keltirganingiz uchun, Payg`ambarni va sizni haydab chiqarurlar. Siz ularga do`stlik qilib sir aytursiz. Holbuki, Men nimani maxfiy tutganingizniyu nimani oshkor qilganingizni juda yaxshi bilurman. Oralaringizda kim o`sha ishni qilsa, to`g`ri yo`ldan adashgan bo`lur.[1]
[1] Allohning va musulmonlarning dushmanlariga do`stlik qiluvchi kishilar bilib qo`ysinlarki, ular musulmonlarga kelgan haqqa — Qur'on va Islomga kofir bo`lganlar. Bu ham yetmaganidek, Payg`ambarning va mo`minlarning iymonlarini ayb hisoblab, o`z diyorlaridan haydab chiqarganlar. Shuning uchun u mushriklarni do`st tutmaslik kerak. Birov bilmaydi, deb ularga sir aytmang, Alloh taolo siru oshkor barcha amallaringizni bilib turuvchi Zotdir.)
2
إِن يَثْقَفُوكُمْ يَكُونُواْ لَكُمْ أَعْدَآءً وَيَبْسُطُوٓاْ إِلَيْكُمْ أَيْدِيَهُمْ وَأَلْسِنَتَهُم بِٱلسُّوٓءِ وَوَدُّواْ لَوْ تَكْفُرُونَ٢
Sodiq
Agar ular sizdan ustun kelsalar, sizga dushman bo`lurlar va sizlarga qo`llariyu tillari bilan yomonlik yetkazishga intilurlar. Va sizlarning kofir bo`lishlaringizni xohlarlar.
3
لَن تَنفَعَكُمْ أَرْحَامُكُمْ وَلَآ أَوْلَٰدُكُمْ ۚ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ يَفْصِلُ بَيْنَكُمْ ۚ وَٱللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ بَصِيرٌ٣
Sodiq
Qarindoshlaringiz va farzandlaringiz sizga hech manfaat bera olmaslar. Qiyomat kuni U zot oralaringizni bo`ladir. Alloh nima qilayotganingizni ko`rib turguvchidir.
4
قَدْ كَانَتْ لَكُمْ أُسْوَةٌ حَسَنَةٌ فِىٓ إِبْرَٰهِيمَ وَٱلَّذِينَ مَعَهُۥٓ إِذْ قَالُواْ لِقَوْمِهِمْ إِنَّا بُرَءَٰٓؤُاْ مِنكُمْ وَمِمَّا تَعْبُدُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ كَفَرْنَا بِكُمْ وَبَدَا بَيْنَنَا وَبَيْنَكُمُ ٱلْعَدَٰوَةُ وَٱلْبَغْضَآءُ أَبَدًا حَتَّىٰ تُؤْمِنُواْ بِٱللَّهِ وَحْدَهُۥٓ إِلَّا قَوْلَ إِبْرَٰهِيمَ لِأَبِيهِ لَأَسْتَغْفِرَنَّ لَكَ وَمَآ أَمْلِكُ لَكَ مِنَ ٱللَّهِ مِن شَىْءٍ ۖ رَّبَّنَا عَلَيْكَ تَوَكَّلْنَا وَإِلَيْكَ أَنَبْنَا وَإِلَيْكَ ٱلْمَصِيرُ٤
Sodiq
Haqiqatan, sizlarga Ibrohim va u bilan birga bo`lganlarda yaxshi o`rnak bor. Ular: «Biz sizdan va siz ibodat qilayotgan narsadan bezormiz, sizga kufr keltirdik, endi, toki yagona Allohga iymon keltirmagunlaringizcha, oramizda doimiy adovat va kuchli nafrat paydo bo`ldi», dedilar. Ammo, Ibrohimning otasiga qarata: «Albatta, sen uchun istig`for aytaman. Sendan Alloh(azobi)dan biror narsa qaytarishga molik emasman», degan so`zida (o`rnak yo`q). «Ey Robbimiz, faqat Senga tavakkal qildik, faqat Sengagina qaytdik va qaytib boradigan joy ham faqat Sengaginadir».[1]
[1] Ibrohim Payg`ambar otalariga rahmlari kelib «Albatta, sen uchun istig`for aytaman», deya va'da berganlar. Lekin otaning iymonga kelmasligiga ko`zlari yetgach, «Sendan Allohning azobini qaytarishga molik emasman», deb qo`shib qo`yganlar.)
Qur'oniy duolar
Oyat 60:4 5
رَبَّنَا لَا تَجْعَلْنَا فِتْنَةً لِّلَّذِينَ كَفَرُواْ وَٱغْفِرْ لَنَا رَبَّنَآ ۖ إِنَّكَ أَنتَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ٥
Sodiq
«Ey Robbimiz, bizni kofirlarga fitna qilib qo`ymagin va bizni kechirgin. Ey Robbimiz, albatta Sen, O`zing o`olibsan va Hakiymsan».
Qur'oniy duolar
Oyat 60:5 6
لَقَدْ كَانَ لَكُمْ فِيهِمْ أُسْوَةٌ حَسَنَةٌ لِّمَن كَانَ يَرْجُواْ ٱللَّهَ وَٱلْيَوْمَ ٱلْـَٔاخِرَ ۚ وَمَن يَتَوَلَّ فَإِنَّ ٱللَّهَ هُوَ ٱلْغَنِىُّ ٱلْحَمِيدُ٦
Sodiq
Albatta, kimning Allohdan va qiyomat kunidan umidi bo`lsa, shular uchun ularda yaxshi o`rnak bor edi. Lekin kim yuz o`girsa (bilib qo`ysinki), Alloh behojat, maqtalgan Zotdir.
7
۞عَسَى ٱللَّهُ أَن يَجْعَلَ بَيْنَكُمْ وَبَيْنَ ٱلَّذِينَ عَادَيْتُم مِّنْهُم مَّوَدَّةً ۚ وَٱللَّهُ قَدِيرٌ ۚ وَٱللَّهُ غَفُورٌ رَّحِيمٌ٧
Sodiq
Shoyadki, Alloh sizlar bilan ular ichidagi dushmanlaringiz o`rtasida do`stlik paydo qilsa, Alloh bunga qodirdir. Alloh kechiruvchi va rahiymlidir.[1]
[1] Alloh taolodan «shoyadki» kalimasi sodir bo`lsa, albatta, voqelikda sodir bo`lishi shart. Bu va'da Makkai Mukarrama fath bo`lishi bilan amalga oshdi. Mushriklar to`p-to`p bo`lib Allohning diniga kirdilar va musulmonlar bilan do`st-birodar bo`ldilar. Qalblaridagi dushmanlik tuyg`ulari ham ko`tarildi.)
8
لَّا يَنْهَىٰكُمُ ٱللَّهُ عَنِ ٱلَّذِينَ لَمْ يُقَٰتِلُوكُمْ فِى ٱلدِّينِ وَلَمْ يُخْرِجُوكُم مِّن دِيَٰرِكُمْ أَن تَبَرُّوهُمْ وَتُقْسِطُوٓاْ إِلَيْهِمْ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ يُحِبُّ ٱلْمُقْسِطِينَ٨
Sodiq
Alloh sizlarni diniy urush qilmagan va diyorlaringizdan quvib chiqarmaganlarga yaxshilik va adolat qilishdan qaytarmas. Albatta, Alloh adolat qiluvchilarni yaxshi ko`radir.
9
إِنَّمَا يَنْهَىٰكُمُ ٱللَّهُ عَنِ ٱلَّذِينَ قَٰتَلُوكُمْ فِى ٱلدِّينِ وَأَخْرَجُوكُم مِّن دِيَٰرِكُمْ وَظَٰهَرُواْ عَلَىٰٓ إِخْرَاجِكُمْ أَن تَوَلَّوْهُمْ ۚ وَمَن يَتَوَلَّهُمْ فَأُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلظَّٰلِمُونَ٩
Sodiq
Albatta, Alloh sizlarni diniy urush qiluvchilar, diyoringizdan chiqaruvchilar va chiqarilishingizga yordam berganlarga do`stlik qilishdan qaytaradir. Ularni do`st tutganlar zolim kishilardir.[1]
[1] Alloh taolo bu oyati karimada mo`min-musulmonlarni boshqa millat va diyonat vakillari bilan agar ular musulmonlarga diniy adovat ila urush qilmasa va ularni siquvga olib o`z diyorlaridan chiqarib yuborishga urinmasa, yaxshi aloqada bo`lishga buyurmoqda va ularga nisbatan adolatli bo`lishni ta'kidlamoqda. Ammo kimki musulmonlarga diniy adovat tufayli urush ochsa, ularni diyorlaridan chiqarsa yoki dushmanlariga ularni diyorlaridan chiqarishda yordam bersa, albatta, unday kishilarni do`st tutib bo`lmaydi. Bu ham ayni adolatdir.)
10
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓاْ إِذَا جَآءَكُمُ ٱلْمُؤْمِنَٰتُ مُهَٰجِرَٰتٍ فَٱمْتَحِنُوهُنَّ ۖ ٱللَّهُ أَعْلَمُ بِإِيمَٰنِهِنَّ ۖ فَإِنْ عَلِمْتُمُوهُنَّ مُؤْمِنَٰتٍ فَلَا تَرْجِعُوهُنَّ إِلَى ٱلْكُفَّارِ ۖ لَا هُنَّ حِلٌّ لَّهُمْ وَلَا هُمْ يَحِلُّونَ لَهُنَّ ۖ وَءَاتُوهُم مَّآ أَنفَقُواْ ۚ وَلَا جُنَاحَ عَلَيْكُمْ أَن تَنكِحُوهُنَّ إِذَآ ءَاتَيْتُمُوهُنَّ أُجُورَهُنَّ ۚ وَلَا تُمْسِكُواْ بِعِصَمِ ٱلْكَوَافِرِ وَسْـَٔلُواْ مَآ أَنفَقْتُمْ وَلْيَسْـَٔلُواْ مَآ أَنفَقُواْ ۚ ذَٰلِكُمْ حُكْمُ ٱللَّهِ ۖ يَحْكُمُ بَيْنَكُمْ ۚ وَٱللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌ١٠
Sodiq
Ey, iymon keltirganlar! Agar sizlarga mo`minalar hijrat qilib kelsalar, ularni imtihon qilib ko`ringlar. Alloh ularning iymonini bilguvchidir. Bas, mo`minaliklarini bilsangiz, ularni kofirlarga qaytarib yubormang. Bu(ayol)lar ularga halol emas va ular ham bularga halol bo`lmaslar. Va u(kofir)larga nafaqa qilgan narsalarini beringlar. Va agar u(ayol)larni mahrlarini berib, nikohlab olsangizlar, sizlarga gunoh bo`lmas. Kofir xotinlaringizni nikohlaringizda ushlab turmanglar. Nafaqa qilgan narsalaringizni so`ranglar, ular ham nafaqa qilgan narsalarini so`rasinlar. Bu, sizlarga Allohning hukmidir. U, orangizda hukm qiladir. Alloh bilguvchi va hikmatlidir.[1]
[1] Dushman tarafdan kelgan har bir kishini ham quchoq ochib kutib olinavermaydi. Chunki, dushman josus yuborishi ham mumkin. Shuning uchun Alloh taolo imtihon qilib ko`rishni amr qilmoqda. Ushbu oyati karima tushguncha musulmonlardan ba'zilari mushrika xotinlari bilan birga yashayotgan edilar. Oyat tushgandan so`ng ularni taloq qildilar.)
11
وَإِن فَاتَكُمْ شَىْءٌ مِّنْ أَزْوَٰجِكُمْ إِلَى ٱلْكُفَّارِ فَعَاقَبْتُمْ فَـَٔاتُواْ ٱلَّذِينَ ذَهَبَتْ أَزْوَٰجُهُم مِّثْلَ مَآ أَنفَقُواْ ۚ وَٱتَّقُواْ ٱللَّهَ ٱلَّذِىٓ أَنتُم بِهِۦ مُؤْمِنُونَ١١
Sodiq
Agar ayollaringizdan birortasi kofirlarga o`tib ketsa, urushda tushirilgan o`ljadan xotini ketib qolganga u nafaqa qilgan miqdorni beringiz. O`zingiz iymon keltirgan Allohdan qo`rqing.
12
يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّبِىُّ إِذَا جَآءَكَ ٱلْمُؤْمِنَٰتُ يُبَايِعْنَكَ عَلَىٰٓ أَن لَّا يُشْرِكْنَ بِٱللَّهِ شَيْـًٔا وَلَا يَسْرِقْنَ وَلَا يَزْنِينَ وَلَا يَقْتُلْنَ أَوْلَٰدَهُنَّ وَلَا يَأْتِينَ بِبُهْتَٰنٍ يَفْتَرِينَهُۥ بَيْنَ أَيْدِيهِنَّ وَأَرْجُلِهِنَّ وَلَا يَعْصِينَكَ فِى مَعْرُوفٍ ۙ فَبَايِعْهُنَّ وَٱسْتَغْفِرْ لَهُنَّ ٱللَّهَ ۖ إِنَّ ٱللَّهَ غَفُورٌ رَّحِيمٌ١٢
Sodiq
Ey Nabiy! Agar mo`minalar senga Allohga hech narsani shirk keltirmaslik, o`g`rilik qilmaslik, zino qilmaslik, bolalarini o`ldirmaslik, qo`llari va oyoqlari orasidan bo`hton to`qib keltirmaslik va senga yaxshilik ishda isyon qilmaslikka bay'at qilib kelsalar, ularning bay'atini qabul qil. Va Allohdan ularning gunohini kechishni so`ra. Albatta, Alloh gunohlarni kechiruvchi va mehribondir.[1]
[1] Ahdnoma bay'at) berish — Islom rahbariga o`zining sodiqligini bayon qilib va'da berishdir. Payg`ambar alayhissalom er musulmonlardan avvallari ahdnoma olgan edilar. Ayollardan esa ushbu oyat tushgandan so`ng ola boshlaganlar.)
13
يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ لَا تَتَوَلَّوْاْ قَوْمًا غَضِبَ ٱللَّهُ عَلَيْهِمْ قَدْ يَئِسُواْ مِنَ ٱلْـَٔاخِرَةِ كَمَا يَئِسَ ٱلْكُفَّارُ مِنْ أَصْحَٰبِ ٱلْقُبُورِ١٣
Sodiq
Ey, iymon keltirganlar! Allohning g`azabiga uchragan qavmni do`st tutmanglar. Kofirlar qabr egalaridan umid uzganlaridek, ular ham oxiratdan umid uzganlar.