Sura 70
Maorij
E
Ko'tarilish zinalari
44 oyat |
Makka |
Sura 70 • Oyat 1 / 44 • Juz 293⁄8 • Sahifa 568
Maorij
2
1
سَأَلَ سَآئِلُۢ بِعَذَابٍ وَاقِعٍ١
Sodiq
So`rovchi voqe' bo`luvchi azob haqida so`radi.
2
لِّلْكَٰفِرِينَ لَيْسَ لَهُۥ دَافِعٌ٢
Sodiq
Kofirlarga. Uni daf' qiluvchi yo`qdir.
3
مِّنَ ٱللَّهِ ذِى ٱلْمَعَارِجِ٣
Sodiq
U Allohdan — ma'orijlar egasidandir.
4
تَعْرُجُ ٱلْمَلَٰٓئِكَةُ وَٱلرُّوحُ إِلَيْهِ فِى يَوْمٍ كَانَ مِقْدَارُهُۥ خَمْسِينَ أَلْفَ سَنَةٍ٤
Sodiq
Farishtalar va Ruh Uning huzuriga miqdori ellik ming yil bo`lgan kunda ko`tarilur.
5
فَٱصْبِرْ صَبْرًا جَمِيلًا٥
Sodiq
Bas, chiroyli sabr qil.
6
إِنَّهُمْ يَرَوْنَهُۥ بَعِيدًا٦
Sodiq
Albatta, ular u(qiyomat)ni uzoq deb biladir.
7
وَنَرَىٰهُ قَرِيبًا٧
Sodiq
Va Biz uni juda yaqin deb bilurmiz.
8
يَوْمَ تَكُونُ ٱلسَّمَآءُ كَٱلْمُهْلِ٨
Sodiq
U kunda osmon xuddi qora moy qoldiqlariga o`xshab qoladir.
9
وَتَكُونُ ٱلْجِبَالُ كَٱلْعِهْنِ٩
Sodiq
Va tog`lar xuddi titilgan junga o`xshab qoladir.
10
وَلَا يَسْـَٔلُ حَمِيمٌ حَمِيمًا١٠
Sodiq
Va yaqin do`st o`z do`stidan so`ramaydir.
11
يُبَصَّرُونَهُمْ ۚ يَوَدُّ ٱلْمُجْرِمُ لَوْ يَفْتَدِى مِنْ عَذَابِ يَوْمِئِذٍ بِبَنِيهِ١١
Sodiq
Ularni ko`rib turadirlar. Gunohkor o`sha kun azobidan qutulish uchun o`z bolalarini ham.
12
وَصَٰحِبَتِهِۦ وَأَخِيهِ١٢
Sodiq
Va xotinini va aka-ukasini ham.
13
وَفَصِيلَتِهِ ٱلَّتِى تُـٔۡوِيهِ١٣
Sodiq
Va uni o`ziga olgan qabilasini ham.
14
وَمَن فِى ٱلْأَرْضِ جَمِيعًا ثُمَّ يُنجِيهِ١٤
Sodiq
Va yer yuzidagi jamiyki kimsalarni ham fido qilishni xohlaydir. So`ngra o`zi najot topsa.
15
كَلَّآ ۖ إِنَّهَا لَظَىٰ١٥
Sodiq
Yo`q! Albatta, u(jahannam) kuchli alangadur.
16
نَزَّاعَةً لِّلشَّوَىٰ١٦
Sodiq
Boshning terisini sidirib oluvchidur.[1]
[1] Bosh terisi shilib olingan do`zaxiyga Alloh taolo yana yangi teri ato etadi. Jahannam o`ti esa yana uni shilib oladi va shu tariqa to`xtovsiz davom etaveradi.)
17
تَدْعُواْ مَنْ أَدْبَرَ وَتَوَلَّىٰ١٧
Sodiq
U chaqiradir. Orqaga ketgan va yuz o`girganni.
18
وَجَمَعَ فَأَوْعَىٰٓ١٨
Sodiq
Va (molni) yig`ib, berkitganni.
19
۞إِنَّ ٱلْإِنسَٰنَ خُلِقَ هَلُوعًا١٩
Sodiq
Albatta, inson «halu'» qilib yaratilgandir.[1]
[1] «Halu'» so`zi hirs, zajr, chidamsizlik va sabrsizlik ma'nolarini mujassamlashtiradi.)
20
إِذَا مَسَّهُ ٱلشَّرُّ جَزُوعًا٢٠
Sodiq
Agar unga yomonlik yetsa, chidamsizdir.
21
وَإِذَا مَسَّهُ ٱلْخَيْرُ مَنُوعًا٢١
Sodiq
Va agar yaxshilik yetsa, ko`p man qiluvchidir.
22
إِلَّا ٱلْمُصَلِّينَ٢٢
Sodiq
Illo, namoz o`quvchilargina mustasnodir.
23
ٱلَّذِينَ هُمْ عَلَىٰ صَلَاتِهِمْ دَآئِمُونَ٢٣
Sodiq
Ular namozlarida doim bo`ladiganlardir.
24
وَٱلَّذِينَ فِىٓ أَمْوَٰلِهِمْ حَقٌّ مَّعْلُومٌ٢٤
Sodiq
Ularning molu mulklarida ma'lum haqq bordur.
25
لِّلسَّآئِلِ وَٱلْمَحْرُومِ٢٥
Sodiq
So`rovchi va bechoralar uchundir.
26
وَٱلَّذِينَ يُصَدِّقُونَ بِيَوْمِ ٱلدِّينِ٢٦
Sodiq
Va ular qiyomat kunini tasdiqlaydiganlardir.
27
وَٱلَّذِينَ هُم مِّنْ عَذَابِ رَبِّهِم مُّشْفِقُونَ٢٧
Sodiq
Va ular o`z Robbilari azobidan qo`rqadiganlardir.
28
إِنَّ عَذَابَ رَبِّهِمْ غَيْرُ مَأْمُونٍ٢٨
Sodiq
Albatta, Robbilarining azobidan omonlik yo`qdir.
29
وَٱلَّذِينَ هُمْ لِفُرُوجِهِمْ حَٰفِظُونَ٢٩
Sodiq
Va ular o`z farjlarini saqlaydiganlardir.
30
إِلَّا عَلَىٰٓ أَزْوَٰجِهِمْ أَوْ مَا مَلَكَتْ أَيْمَٰنُهُمْ فَإِنَّهُمْ غَيْرُ مَلُومِينَ٣٠
Sodiq
Illo, o`z xotinlari yoki mulki bo`lganlardan (saqlamasalar), albatta ular malomat qilinmasdir.
31
فَمَنِ ٱبْتَغَىٰ وَرَآءَ ذَٰلِكَ فَأُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْعَادُونَ٣١
Sodiq
Kimki o`shandan o`zgani istasa, bas, ular chegaradan chiqqanlardir.
32
وَٱلَّذِينَ هُمْ لِأَمَٰنَٰتِهِمْ وَعَهْدِهِمْ رَٰعُونَ٣٢
Sodiq
Ular omonatlariga va ahdlariga rioya qiladiganlardir.
33
وَٱلَّذِينَ هُم بِشَهَٰدَٰتِهِمْ قَآئِمُونَ٣٣
Sodiq
Va ular guvohliklarini to`g`ri beradiganlardir.
34
وَٱلَّذِينَ هُمْ عَلَىٰ صَلَاتِهِمْ يُحَافِظُونَ٣٤
Sodiq
Ular namozlarini muhofaza qiladiganlardir.
35
أُوْلَٰٓئِكَ فِى جَنَّٰتٍ مُّكْرَمُونَ٣٥
Sodiq
O`shalar jannatlarda hurmatlanadiganlardir.
36
فَمَالِ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ قِبَلَكَ مُهْطِعِينَ٣٦
Sodiq
Kufr keltirganlarga ne bo`ldiki, sen tomon bo`yin cho`zib shoshilmoqdalar?
37
عَنِ ٱلْيَمِينِ وَعَنِ ٱلشِّمَالِ عِزِينَ٣٧
Sodiq
O`ng tarafdan va chap tarafdan to`p-to`p bo`lmoqdalar?[1]
[1] Payg`ambar sollallohu alayhi va sallam Qur'on tilovat qilganlarida mushriklar shoshilib kelib, to`p-to`p bo`lib o`tirishar va ko`z uzmay tikilib turishar edilar.)
38
أَيَطْمَعُ كُلُّ ٱمْرِيٕٖ مِّنْهُمْ أَن يُدْخَلَ جَنَّةَ نَعِيمٍ٣٨
Sodiq
Ulardan har bir kishi na'iym jannatga kiritilishni tama' qilurmi?
39
كَلَّآ ۖ إِنَّا خَلَقْنَٰهُم مِّمَّا يَعْلَمُونَ٣٩
Sodiq
Yo`q! Albatta, Biz ularni o`zlari bilgan narsadan yaratganmiz.
40
فَلَآ أُقْسِمُ بِرَبِّ ٱلْمَشَٰرِقِ وَٱلْمَغَٰرِبِ إِنَّا لَقَٰدِرُونَ٤٠
Sodiq
Mashriqlar va mag`riblar Robbisi bilan qasam ichamanki, albatta, Biz qodirmiz.
41
عَلَىٰٓ أَن نُّبَدِّلَ خَيْرًا مِّنْهُمْ وَمَا نَحْنُ بِمَسْبُوقِينَ٤١
Sodiq
O`rinlariga ulardan yaxshiroqlarini almashtirishga va Biz bu ishni qilishdan ojizmasmiz.
42
فَذَرْهُمْ يَخُوضُواْ وَيَلْعَبُواْ حَتَّىٰ يُلَٰقُواْ يَوْمَهُمُ ٱلَّذِى يُوعَدُونَ٤٢
Sodiq
Ularni tek qo`y. To va'da qilingan kunga yo`liqqunlaricha (xohlaganlariga) sho`ng`iyversinlar va o`ynayversinlar.
43
يَوْمَ يَخْرُجُونَ مِنَ ٱلْأَجْدَاثِ سِرَاعًا كَأَنَّهُمْ إِلَىٰ نُصُبٍ يُوفِضُونَ٤٣
Sodiq
U kunda xuddi sanamlar(ibodati)ga shoshganlaridek, qabrlaridan shoshib chiqurlar.
44
خَٰشِعَةً أَبْصَٰرُهُمْ تَرْهَقُهُمْ ذِلَّةٌ ۚ ذَٰلِكَ ٱلْيَوْمُ ٱلَّذِى كَانُواْ يُوعَدُونَ٤٤
Sodiq
Ko`zlari qo`rqinchga to`lgan, o`zlarini xorlik qoplagan holda tururlar. Bu o`sha, ularga va'da qilingan kundur.[1]
[1] Qiyomatni inkor etuvchilarga bundan ortiq tahdid bo`lmasa kerak!)