Sura 76
Inson
Q
Inson
31 oyat |
Madina |
Sura 76 • Oyat 1 / 31 • Juz 297⁄8 • Sahifa 578
Inson
2
1
هَلْ أَتَىٰ عَلَى ٱلْإِنسَٰنِ حِينٌ مِّنَ ٱلدَّهْرِ لَمْ يَكُن شَيْـًٔا مَّذْكُورًا١
Sodiq
Darhaqiqat, insonga u esga olinadigan narsa bo`lmagan bir zamon kelmadimi?
2
إِنَّا خَلَقْنَا ٱلْإِنسَٰنَ مِن نُّطْفَةٍ أَمْشَاجٍ نَّبْتَلِيهِ فَجَعَلْنَٰهُ سَمِيعًۢا بَصِيرًا٢
Sodiq
Albatta, Biz insonni aralash nutfadan yaratdik. Sinash uchun, bas, uni eshitadigan, ko`radigan qildik.
3
إِنَّا هَدَيْنَٰهُ ٱلسَّبِيلَ إِمَّا شَاكِرًا وَإِمَّا كَفُورًا٣
Sodiq
Albatta, Biz unga yo`l ko`rsatdik. (U esa) yoki shukr qiluvchi, yoki kufr keltiruvchi bo`ldi.
4
إِنَّآ أَعْتَدْنَا لِلْكَٰفِرِينَ سَلَٰسِلَاْ وَأَغْلَٰلًا وَسَعِيرًا٤
Sodiq
Albatta, Biz kofirlar uchun zanjirlar, kishanlar va yonib turgan olovni tayyorlab qo`yganmiz.
5
إِنَّ ٱلْأَبْرَارَ يَشْرَبُونَ مِن كَأْسٍ كَانَ مِزَاجُهَا كَافُورًا٥
Sodiq
Albatta, yaxshilar kaafur aralashtirilgan qadahdan icharlar.[1]
[1] Kaafur — ichimlikni xushbo`y va xushta'm qiluvchi modda bo`lib, arablar u aralashgan sharobni eng yaxshi sharob hisoblashadi.)
6
عَيْنًا يَشْرَبُ بِهَا عِبَادُ ٱللَّهِ يُفَجِّرُونَهَا تَفْجِيرًا٦
Sodiq
Bir buloqdanki, undan Allohning bandalari otiltirib icharlar.
7
يُوفُونَ بِٱلنَّذْرِ وَيَخَافُونَ يَوْمًا كَانَ شَرُّهُۥ مُسْتَطِيرًا٧
Sodiq
Ular nazrga vafo qilarlar va yomonligi keng tarqaladigan kundan qo`rqarlar.
8
وَيُطْعِمُونَ ٱلطَّعَامَ عَلَىٰ حُبِّهِۦ مِسْكِينًا وَيَتِيمًا وَأَسِيرًا٨
Sodiq
O`zlari taomni yaxshi ko`rib tursalar ham, uni miskin, yetim va asirlarga berarlar.[1]
[1] Abrorlarning xislati nima ekan! Ular hattoki o`zlariga taom kerak bo`lib, hojatlari tushib tursa ham, miskin, yetim, asirlarni o`zlaridan ustun qo`yib, taomni ularga beradilar.)
9
إِنَّمَا نُطْعِمُكُمْ لِوَجْهِ ٱللَّهِ لَا نُرِيدُ مِنكُمْ جَزَآءً وَلَا شُكُورًا٩
Sodiq
«Albatta, biz sizlarni faqat Allohning roziligi uchun ovqatlantiramiz. Buning evaziga sizlardan mukofot yoki tashakkur xohlamaymiz.
10
إِنَّا نَخَافُ مِن رَّبِّنَا يَوْمًا عَبُوسًا قَمْطَرِيرًا١٠
Sodiq
Albatta, biz qo`rqinchli, shiddatli, uzun kunda o`z Robbimizdan qo`rqurmiz», derlar.
11
فَوَقَىٰهُمُ ٱللَّهُ شَرَّ ذَٰلِكَ ٱلْيَوْمِ وَلَقَّىٰهُمْ نَضْرَةً وَسُرُورًا١١
Sodiq
Bas, ularni Robbilari o`shal kun sharridan saqladi va ularga xushro`ylik hamda xursandchilik ato qildi.
12
وَجَزَىٰهُم بِمَا صَبَرُواْ جَنَّةً وَحَرِيرًا١٢
Sodiq
Va sabr qilganliklari uchun, ularni bog`u rog` va ipaklar bilan mukofotladi.
13
مُّتَّكِـِٔينَ فِيهَا عَلَى ٱلْأَرَآئِكِ ۖ لَا يَرَوْنَ فِيهَا شَمْسًا وَلَا زَمْهَرِيرًا١٣
Sodiq
U yerda so`rilarda suyangan holdalar. U yerda quyoshni ham, sovuqni ham ko`rmaslar.
14
وَدَانِيَةً عَلَيْهِمْ ظِلَٰلُهَا وَذُلِّلَتْ قُطُوفُهَا تَذْلِيلًا١٤
Sodiq
Va ustilariga u(jannat)ning soyalari yaqindir hamda uning mevalari juda ham oson qilingandir.
15
وَيُطَافُ عَلَيْهِم بِـَٔانِيَةٍ مِّن فِضَّةٍ وَأَكْوَابٍ كَانَتْ قَوَارِيرَاْ١٥
Sodiq
Va ularga kumush idishlar va billurlardan bo`lgan qadahlar aylantirib turilur.
16
قَوَارِيرَاْ مِن فِضَّةٍ قَدَّرُوهَا تَقْدِيرًا١٦
Sodiq
Billurlar kumushdandir, (soqiylar) o`lchovini keltirgandirlar.
17
وَيُسْقَوْنَ فِيهَا كَأْسًا كَانَ مِزَاجُهَا زَنجَبِيلًا١٧
Sodiq
Va ular u(er)da aralashmasi zanjabiyl bo`lgan qadahdan sug`orilurlar.
18
عَيْنًا فِيهَا تُسَمَّىٰ سَلْسَبِيلًا١٨
Sodiq
U(er)dagi «salsabiyl» nomli buloqdan.[1]
[1] Zanjabiyl — yerga tomir otgan o`simlik turi bo`lib, tomiri tuyilib xushbo`y modda yasaladi arablar undan o`z ichimliklariga qo`shib ichishni juda-juda sevadilar. Ichuvchining tomog`idan huzur bag`ishlab, osonlik bilan o`tuvchi sharobni arablar salsabiyl deb ataydilar. «Salsabiylan» deyilganda shunga ishora qilinyapti.)
19
۞وَيَطُوفُ عَلَيْهِمْ وِلْدَٰنٌ مُّخَلَّدُونَ إِذَا رَأَيْتَهُمْ حَسِبْتَهُمْ لُؤْلُؤًا مَّنثُورًا١٩
Sodiq
Va ularning atrofida abadiy yosh bolalar aylanarlar, agar ularni ko`rsang, sochilgan marjon, deb o`ylarsan.
20
وَإِذَا رَأَيْتَ ثَمَّ رَأَيْتَ نَعِيمًا وَمُلْكًا كَبِيرًا٢٠
Sodiq
Va agar ko`rsang, u yerda ne'matni va ulkan mulkni ko`rursan.
21
عَٰلِيَهُمْ ثِيَابُ سُندُسٍ خُضْرٌ وَإِسْتَبْرَقٌ ۖ وَحُلُّوٓاْ أَسَاوِرَ مِن فِضَّةٍ وَسَقَىٰهُمْ رَبُّهُمْ شَرَابًا طَهُورًا٢١
Sodiq
Ularning ustilarida yashil sundusdan (yupqa ipakdan) va istabraqdan (qalin ipakdan) kiyimlar bor va kumush bilakuzuklar-la yasanganlar va Robbilari ularni pok sharob bilan sug`orur.
22
إِنَّ هَٰذَا كَانَ لَكُمْ جَزَآءً وَكَانَ سَعْيُكُم مَّشْكُورًا٢٢
Sodiq
Albatta, bu sizga mukofot bo`ldi va sizning amalingiz qabul bo`ldi.
23
إِنَّا نَحْنُ نَزَّلْنَا عَلَيْكَ ٱلْقُرْءَانَ تَنزِيلًا٢٣
Sodiq
Albatta, Biz senga Qur'onni bo`lak-bo`lak qilib tushirdik.
24
فَٱصْبِرْ لِحُكْمِ رَبِّكَ وَلَا تُطِعْ مِنْهُمْ ءَاثِمًا أَوْ كَفُورًا٢٤
Sodiq
Bas, Robbing hukmiga sabr qil va ulardan gunohkor yoki kofirlariga itoat qilma.
25
وَٱذْكُرِ ٱسْمَ رَبِّكَ بُكْرَةً وَأَصِيلًا٢٥
Sodiq
Ertayu kech Robbing ismini zikr qil.
26
وَمِنَ ٱلَّيْلِ فَٱسْجُدْ لَهُۥ وَسَبِّحْهُ لَيْلًا طَوِيلًا٢٦
Sodiq
Va kechasida ham Unga sajda qil va uzoq kechalarda Unga tasbih ayt.[1]
[1] Tafsirchilar «bukratan»dan murod Bomdod namozi, «asiylo»dan murod peshin va asr namozi, «Va minal layli» Shom va Xufton namozlari. «Laylan toviylo»dan murod kechasi bedorlik bilan o`qilgan namoz deganlar.)
27
إِنَّ هَٰٓؤُلَآءِ يُحِبُّونَ ٱلْعَاجِلَةَ وَيَذَرُونَ وَرَآءَهُمْ يَوْمًا ثَقِيلًا٢٧
Sodiq
Albatta, anavilar shoshgan(dunyo)ni yaxshi ko`rurlar va og`ir kunni ortlarida qoldirurlar.
28
نَّحْنُ خَلَقْنَٰهُمْ وَشَدَدْنَآ أَسْرَهُمْ ۖ وَإِذَا شِئْنَا بَدَّلْنَآ أَمْثَٰلَهُمْ تَبْدِيلًا٢٨
Sodiq
Biz ularni yaratdik va yaratilishlarini mahkam qildik. Va agar xohlasak, ularning o`rinlariga o`xshashlarini keltiramiz.
29
إِنَّ هَٰذِهِۦ تَذْكِرَةٌ ۖ فَمَن شَآءَ ٱتَّخَذَ إِلَىٰ رَبِّهِۦ سَبِيلًا٢٩
Sodiq
Albatta, bu (sura) eslatmadur. Bas, kim xohlasa, o`z Robbisiga yo`l oladir.
30
وَمَا تَشَآءُونَ إِلَّآ أَن يَشَآءَ ٱللَّهُ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ عَلِيمًا حَكِيمًا٣٠
Sodiq
Va Alloh xohlasagina, sizlar ham xohlaysizlar. Albatta, Alloh biluvchi va hikmatli Zotdir.
31
يُدْخِلُ مَن يَشَآءُ فِى رَحْمَتِهِۦ ۚ وَٱلظَّٰلِمِينَ أَعَدَّ لَهُمْ عَذَابًا أَلِيمًۢا٣١
Sodiq
U kimni xohlasa, O`z rahmatiga kiritur va zolimlar uchun alamli azoblar tayyorlab qo`ygandir.