Sura 7
A'rof
C
To'siqlar
206 oyat |
Makka |
Sura 7 • Oyat 1 / 206 • Juz 85⁄8 • Sahifa 151
A'rof
2
1
۞ الٓمٓصٓ١
Sodiq
Alif. Laam. Miym. Sood.
2
كِتَٰبٌ أُنزِلَ إِلَيْكَ فَلَا يَكُن فِى صَدْرِكَ حَرَجٌ مِّنْهُ لِتُنذِرَ بِهِۦ وَذِكْرَىٰ لِلْمُؤْمِنِينَ٢
Sodiq
Bu, senga u ila ogohlantirishing uchun va mo`minlarga eslatma etib nozil qilingan kitobdir. Ko`nglingda undan tanglik bo`lmasin.
3
ٱتَّبِعُواْ مَآ أُنزِلَ إِلَيْكُم مِّن رَّبِّكُمْ وَلَا تَتَّبِعُواْ مِن دُونِهِۦٓ أَوْلِيَآءَ ۗ قَلِيلًا مَّا تَذَكَّرُونَ٣
Sodiq
Sizlarga Robbingizdan nozil qilingan narsaga ergashinglar! Undan boshqa valiy — do`stlarga ergashmanglar. Juda oz eslaysizlar.
4
وَكَم مِّن قَرْيَةٍ أَهْلَكْنَٰهَا فَجَآءَهَا بَأْسُنَا بَيَٰتًا أَوْ هُمْ قَآئِلُونَ٤
Sodiq
Qanchadan-qancha shahar-qishloqlarni halok qildik. Bas, azobimiz ularga tun uyqusida yoki kun uyqusida keldi.[1]
[1] Alloh taolo isyon qilgan ko`plab qavmlarni halokatga uchratgan, ularga Allohning azobi kechasi yoki kunduzi uxlab yotgan vaqtlarida, g`aflatning cho`qqisiga chiqqanlarida kelgan.)
5
فَمَا كَانَ دَعْوَىٰهُمْ إِذْ جَآءَهُم بَأْسُنَآ إِلَّآ أَن قَالُوٓاْ إِنَّا كُنَّا ظَٰلِمِينَ٥
Sodiq
Bas, Bizning azobimiz kelgan chog`ida ularning da'volari: «Albatta, biz zolimlardan bo`lgan edik», – deyishlaridan boshqa narsa bo`lmadi.
6
فَلَنَسْـَٔلَنَّ ٱلَّذِينَ أُرْسِلَ إِلَيْهِمْ وَلَنَسْـَٔلَنَّ ٱلْمُرْسَلِينَ٦
Sodiq
Bas, Biz, albatta, Payg`ambar yuborilganlardan ham va, albatta, Payg`ambarlardan ham so`rarmiz.[1]
[1] Ya'ni, oxiratda payg`ambar kelgan har bir qavmdan, shaxsdan «Sizlarga payg`ambar keldimi? Bizning amrlarimizni yetkazdimi? Sizlar nima dedingiz?» deb so`raladi. Shuningdek, payg`ambarlardan ham «Amrimizni ummatlaringizga yetkazdingizmi? Ular sizga qanday javob berdilar?» deb so`raladi.)
7
فَلَنَقُصَّنَّ عَلَيْهِم بِعِلْمٍ ۖ وَمَا كُنَّا غَآئِبِينَ٧
Sodiq
Bas, ularga ilmiy ravishda qissa qilib berurmiz. Holbuki, Biz g`oyib bo`lmagan edik.
8
وَٱلْوَزْنُ يَوْمَئِذٍ ٱلْحَقُّ ۚ فَمَن ثَقُلَتْ مَوَٰزِينُهُۥ فَأُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْمُفْلِحُونَ٨
Sodiq
O`sha kuni (amallarni) tortish haqdir. Bas, kimning tortilgan(amal)lari og`ir kelsa, ana o`shalar najot topguvchilardir.
9
وَمَنْ خَفَّتْ مَوَٰزِينُهُۥ فَأُوْلَٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ خَسِرُوٓاْ أَنفُسَهُم بِمَا كَانُواْ بِـَٔايَٰتِنَا يَظْلِمُونَ٩
Sodiq
Va kimning tortilgan (amal)lari yengil kelsa, bas, ana o`shalar Bizning oyatlarimizga zulm qilib, o`zlariga ziyon etganlardir.
10
وَلَقَدْ مَكَّنَّٰكُمْ فِى ٱلْأَرْضِ وَجَعَلْنَا لَكُمْ فِيهَا مَعَٰيِشَ ۗ قَلِيلًا مَّا تَشْكُرُونَ١٠
Sodiq
Batahqiq, sizlarga yer yuzida qudrat va imkoniyatlar berdik va unda sizlar uchun yashash vositalari qildik. qanchalar oz shukr qilasizlar-a?!
11
وَلَقَدْ خَلَقْنَٰكُمْ ثُمَّ صَوَّرْنَٰكُمْ ثُمَّ قُلْنَا لِلْمَلَٰٓئِكَةِ ٱسْجُدُواْ لِـَٔادَمَ فَسَجَدُوٓاْ إِلَّآ إِبْلِيسَ لَمْ يَكُن مِّنَ ٱلسَّٰجِدِينَ١١
Sodiq
Va batahqiq, Biz sizlarni yaratdik, keyin sizlarga suvrat berdik. So`ngra esa, farishtalarga: «Odamga sajda qiling», – dedik. Bas, ular sajda qildilar. Magar iblis sajda qiluvchilardan bo`lmadi.
12
قَالَ مَا مَنَعَكَ أَلَّا تَسْجُدَ إِذْ أَمَرْتُكَ ۖ قَالَ أَنَاْ خَيْرٌ مِّنْهُ خَلَقْتَنِى مِن نَّارٍ وَخَلَقْتَهُۥ مِن طِينٍ١٢
Sodiq
U zot: «Senga amr etganimda sajda qilishingdan nima to`sdi?» – dedi. U: «Men undan yaxshiman, meni o`tdan yaratding va uni loydan yaratding», – dedi.[1]
[1] Alloh taolo O`z amrini bajarmagan, Odamga sajda qilmagan Iblisdan «Senga amr etganimda sajda qilishingdan nima to`sdi?» deb so`raganida, u «tavba qildim, xato qilibman» deyish o`rniga «Men undan ya'ni, Odamdan) yaxshiman, meni o`t olov)dan yaratding va uni loydan yaratding», dedi. Ya'ni, Allohning ochiq-oydin farmoni turib, o`zining fikrini ishlatdi. Allohning amri turganda, qachon fikrbozliklar boshlansa, Iblisning ishi qilingan bo`ladi. Buning oqibati Iblisning oqibatiga o`xshash bo`ladi. Iblisning oqibati esa, quyidagi oyatda bayon qilinadi)
13
قَالَ فَٱهْبِطْ مِنْهَا فَمَا يَكُونُ لَكَ أَن تَتَكَبَّرَ فِيهَا فَٱخْرُجْ إِنَّكَ مِنَ ٱلصَّٰغِرِينَ١٣
Sodiq
U zot: «Bas, u(jannat)dan tush! Sen uchun unda mutakabbirlik qilib yurish yo`q. Bas, chiq! Albatta, sen xoru zor bo`lguvchilardansan», – dedi.
14
قَالَ أَنظِرْنِىٓ إِلَىٰ يَوْمِ يُبْعَثُونَ١٤
Sodiq
U: «Menga ular qayta tiriltiriladigan kungacha muhlat ber», – dedi.
15
قَالَ إِنَّكَ مِنَ ٱلْمُنظَرِينَ١٥
Sodiq
U zot: «Albatta, sen muhlat berilganlardansan», – dedi.
16
قَالَ فَبِمَآ أَغْوَيْتَنِى لَأَقْعُدَنَّ لَهُمْ صِرَٰطَكَ ٱلْمُسْتَقِيمَ١٦
Sodiq
U: «Meni ig`voga uchirganing sababli, albatta, men ularni To`g`ri yo`lingda to`sib o`tiraman.
17
ثُمَّ لَـَٔاتِيَنَّهُم مِّنۢ بَيْنِ أَيْدِيهِمْ وَمِنْ خَلْفِهِمْ وَعَنْ أَيْمَٰنِهِمْ وَعَن شَمَآئِلِهِمْ ۖ وَلَا تَجِدُ أَكْثَرَهُمْ شَٰكِرِينَ١٧
Sodiq
So`ngra, ularning oldilaridan, orqalaridan, o`ng tomonlaridan va chap tomonlaridan kelaman. Va ularning ko`plarini shukr qiluvchi holda topmassan», – dedi.
18
قَالَ ٱخْرُجْ مِنْهَا مَذْءُومًا مَّدْحُورًا ۖ لَّمَن تَبِعَكَ مِنْهُمْ لَأَمْلَأَنَّ جَهَنَّمَ مِنكُمْ أَجْمَعِينَ١٨
Sodiq
U zot: «Undan mazammatga uchragan va quvilgan holingda chiq!!! Ulardan kim senga ergashsa, albatta, jahannamni sizlarning hammangiz bilan to`ldirurman», – dedi.[1]
[1] Alloh taolo Odam alayhissalomni yaratganidan so`ng farishtalarni unga sajda qilishga buyurgani, ular sajda qilgani, ammo yolg`iz Iblis alayhi la'na sajda qilmaganini zikr qilgandan so`ng, Iblis bilan bu borada bo`lgan mukolama keltirildi. Binobarin, Iblisni jannatdan quvib yubordi.)
19
وَيَٰٓـَٔادَمُ ٱسْكُنْ أَنتَ وَزَوْجُكَ ٱلْجَنَّةَ فَكُلَا مِنْ حَيْثُ شِئْتُمَا وَلَا تَقْرَبَا هَٰذِهِ ٱلشَّجَرَةَ فَتَكُونَا مِنَ ٱلظَّٰلِمِينَ١٩
Sodiq
Ey Odam, sen jufting bilan jannatni maskan tut. Ikkovingiz xohlagan joyingizdan yeng. Ammo mana bu daraxtga yaqinlashmanglar. Uning sababidan zolimlardan bo`lib qolmanglar.
20
فَوَسْوَسَ لَهُمَا ٱلشَّيْطَٰنُ لِيُبْدِىَ لَهُمَا مَا وُۥرِىَ عَنْهُمَا مِن سَوْءَٰتِهِمَا وَقَالَ مَا نَهَىٰكُمَا رَبُّكُمَا عَنْ هَٰذِهِ ٱلشَّجَرَةِ إِلَّآ أَن تَكُونَا مَلَكَيْنِ أَوْ تَكُونَا مِنَ ٱلْخَٰلِدِينَ٢٠
Sodiq
Bas, shayton ikkovlarining berkitilgan avratlarini ochish uchun ularni vasvasa qildi va: «Robbingiz sizni ushbu daraxtdan faqat ikkovingiz farishta bo`lmasligingiz yoki abadiy qolmasligingiz uchungina man qildi», – dedi.
21
وَقَاسَمَهُمَآ إِنِّى لَكُمَا لَمِنَ ٱلنَّٰصِحِينَ٢١
Sodiq
Ularga: «Albatta, men sizlarga nasihat qiluvchilardanman», – deb qasam ichdi.
22
فَدَلَّىٰهُمَا بِغُرُورٍ ۚ فَلَمَّا ذَاقَا ٱلشَّجَرَةَ بَدَتْ لَهُمَا سَوْءَٰتُهُمَا وَطَفِقَا يَخْصِفَانِ عَلَيْهِمَا مِن وَرَقِ ٱلْجَنَّةِ ۖ وَنَادَىٰهُمَا رَبُّهُمَآ أَلَمْ أَنْهَكُمَا عَن تِلْكُمَا ٱلشَّجَرَةِ وَأَقُل لَّكُمَآ إِنَّ ٱلشَّيْطَٰنَ لَكُمَا عَدُوٌّ مُّبِينٌ٢٢
Sodiq
Bas, ularni aldov ila past(holat)ga tushirdi. Ikkovlari daraxtdan tatib ko`rishganda, avratlari o`zlariga ko`rinib qoldi va o`zlariga jannat barglaridan to`siq to`qiy boshladilar. Shunda, Robbilari ularga nido qilib: «Sizlarni ana o`sha daraxtdan qaytargan emasmidim va, albatta, shayton ikkovingizga ochiq-oydin dushmandir, demaganmidim?!» – dedi.
23
قَالَا رَبَّنَا ظَلَمْنَآ أَنفُسَنَا وَإِن لَّمْ تَغْفِرْ لَنَا وَتَرْحَمْنَا لَنَكُونَنَّ مِنَ ٱلْخَٰسِرِينَ٢٣
Sodiq
Ikkovlari: «Ey Robbimiz, biz o`zimizga zulm qildik. Agar Sen bizni mag`firat qilmasang va bizga rahim qilmasang, albatta, ziyon ko`rganlardan bo`lamiz», – dedilar.
Qur'oniy duolar
Oyat 7:23 24
قَالَ ٱهْبِطُواْ بَعْضُكُمْ لِبَعْضٍ عَدُوٌّ ۖ وَلَكُمْ فِى ٱلْأَرْضِ مُسْتَقَرٌّ وَمَتَٰعٌ إِلَىٰ حِينٍ٢٤
Sodiq
U zot: «Bir-biringizga dushman bo`lgan holingizda tushinglar. Sizlarga yer yuzida qarorgoh bor va ma'lum vaqtgacha foydalanish bor», – dedi.
25
قَالَ فِيهَا تَحْيَوْنَ وَفِيهَا تَمُوتُونَ وَمِنْهَا تُخْرَجُونَ٢٥
Sodiq
U zot: «Unda hayot kechirasizlar, unda o`lasizlar va undan qayta chiqarilasizlar», – dedi.
26
يَٰبَنِىٓ ءَادَمَ قَدْ أَنزَلْنَا عَلَيْكُمْ لِبَاسًا يُوَٰرِى سَوْءَٰتِكُمْ وَرِيشًا ۖ وَلِبَاسُ ٱلتَّقْوَىٰ ذَٰلِكَ خَيْرٌ ۚ ذَٰلِكَ مِنْ ءَايَٰتِ ٱللَّهِ لَعَلَّهُمْ يَذَّكَّرُونَ٢٦
Sodiq
Ey, Odam bolalari, batahqiq, sizlarga avratingizni to`sadigan libos va ziynat libosini nozil qildik. Taqvo libosi, ana o`sha yaxshidir. Ana o`shalar Allohning oyat-belgilaridandir. Shoyadki, eslasalar.[1]
[1] Libosning zaruri avratni pinhon tutadiganidir. Lekin Alloh insonning avratdan boshqa a'zolarini ham to`sish ehtiyoji borligini inobatga olib, libosni ziynat tarzida nozil qildi. Xuddi shunday — libosni o`z o`rnida, ya'ni shariatga muvofiq iste'mol qilgan inson ziynatli hisoblanadi. Ammo eng asosiy libos — taqvo libosi.)
27
يَٰبَنِىٓ ءَادَمَ لَا يَفْتِنَنَّكُمُ ٱلشَّيْطَٰنُ كَمَآ أَخْرَجَ أَبَوَيْكُم مِّنَ ٱلْجَنَّةِ يَنزِعُ عَنْهُمَا لِبَاسَهُمَا لِيُرِيَهُمَا سَوْءَٰتِهِمَآ ۗ إِنَّهُۥ يَرَىٰكُمْ هُوَ وَقَبِيلُهُۥ مِنْ حَيْثُ لَا تَرَوْنَهُمْ ۗ إِنَّا جَعَلْنَا ٱلشَّيَٰطِينَ أَوْلِيَآءَ لِلَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ٢٧
Sodiq
Ey, Odam bolalari, shayton ota-onangizni o`zlariga avratlarini ko`rsatish uchun ustlaridan liboslarini yechib, jannatdan chiqarganidek, sizni ham fitnaga solmasin. Albatta, u va uning yordamchilari sizni siz ko`rmaydigan tomondan ko`radir. Biz, albatta, shaytonlarni iymon keltirmaydiganlarga do`st qilganmiz.[1]
[1] Shayton insoniyatning ota-onasi Odam ato va Momo Havoni qanday fitnaga solgani yuqoridagi oyatlardan ma'lum bo`ldi. U Odam ato va Momo Havoni gunohga chorlab yalang`och qildi va jannatdan chiqarishga muyassar bo`ldi. Odam bolalari bu hodisani zinhor unutmasliklari zarur. Aks holda, shayton ularni ham sharmandalarcha yalang`ochlab, jannatdan mahrum etadi.)
28
وَإِذَا فَعَلُواْ فَٰحِشَةً قَالُواْ وَجَدْنَا عَلَيْهَآ ءَابَآءَنَا وَٱللَّهُ أَمَرَنَا بِهَا ۗ قُلْ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يَأْمُرُ بِٱلْفَحْشَآءِ ۖ أَتَقُولُونَ عَلَى ٱللَّهِ مَا لَا تَعْلَمُونَ٢٨
Sodiq
Ular qachon fohisha ish qilsalar: «Ota-bobolarimiz ushbuni qilayotganini ko`rdik. Buni bizga Alloh buyurgan», – derlar. «Alloh, albatta, fahsh ishlarga buyurmas. Alloh sha'niga bilmaydigan narsangizni aytasizmi?!» – degin.
29
قُلْ أَمَرَ رَبِّى بِٱلْقِسْطِ ۖ وَأَقِيمُواْ وُجُوهَكُمْ عِندَ كُلِّ مَسْجِدٍ وَٱدْعُوهُ مُخْلِصِينَ لَهُ ٱلدِّينَ ۚ كَمَا بَدَأَكُمْ تَعُودُونَ٢٩
Sodiq
Sen: «Robbim adolatga amr qildi. Har bir ibodatxonada yuzingizni to`g`ri tuting. Uning diniga ixlos etgan holda duo qiling. Sizlarni avvalda qanday yaratgan bo`lsa, o`sha holda qaytasizlar», – deb ayt.
30
فَرِيقًا هَدَىٰ وَفَرِيقًا حَقَّ عَلَيْهِمُ ٱلضَّلَٰلَةُ ۗ إِنَّهُمُ ٱتَّخَذُواْ ٱلشَّيَٰطِينَ أَوْلِيَآءَ مِن دُونِ ٱللَّهِ وَيَحْسَبُونَ أَنَّهُم مُّهْتَدُونَ٣٠
Sodiq
Bir guruhni hidoyat qildi. Boshqa guruhga yo`ldan ozish haq bo`ldi. Chunki, ular Allohni qo`yib shaytonlarni o`zlariga do`st tutdilar. Hamda o`zlarini, albatta, hidoyat topganlar, deb hisoblarlar.[1]
[1] Hatto payg`ambarlar, avliyo va solih bandalar ham shayton vasvasasidan salomat qolmaganlar. Ammo ular doimo yaxshilikni ixtiyor qilganlari, yomonlikdan qochganliklari uchun Alloh hidoyatiga sazovor bo`lganlar. Xatokorlarni ham birov majbur qilib yoki zo`rlab yo`ldan ozdirgani yo`q, shayton fitnasi shu holga tushirdi. Ikki guruh ham Alloh huzuriga qaytadilar.)
31
۞يَٰبَنِىٓ ءَادَمَ خُذُواْ زِينَتَكُمْ عِندَ كُلِّ مَسْجِدٍ وَكُلُواْ وَٱشْرَبُواْ وَلَا تُسْرِفُوٓاْ ۚ إِنَّهُۥ لَا يُحِبُّ ٱلْمُسْرِفِينَ٣١
Sodiq
Ey, Odam bolalari, har bir ibodat chog`ida o`z ziynatingizni oling. Yeb-iching va isrof qilmang. Chunki, U isrof qiluvchilarni sevmas.[1]
[1] O`tgan oyati karimada kelganidek, kiyimsiz holda ibodat-tavof qilish yoxud janda, yamoq-yasqoq kiyim bilan bajarish ibodat fazli va savobini ziyoda etmaydi. Lekin tabiati buzuq kishilar buzuq dindorlikka urinadilar, taqvoni juldur kiyimlar ila hosil bo`ladigan etib ko`rsatishga harakat qiladilar. Alloh taolo esa, engil-boshda haddan oshib faxr va g`ururga ketishni qoralaganidek, uning past va tabiatsiz holda iste'mol qilinishini ham qoralaydi.)
32
قُلْ مَنْ حَرَّمَ زِينَةَ ٱللَّهِ ٱلَّتِىٓ أَخْرَجَ لِعِبَادِهِۦ وَٱلطَّيِّبَٰتِ مِنَ ٱلرِّزْقِ ۚ قُلْ هِىَ لِلَّذِينَ ءَامَنُواْ فِى ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا خَالِصَةً يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ ۗ كَذَٰلِكَ نُفَصِّلُ ٱلْـَٔايَٰتِ لِقَوْمٍ يَعْلَمُونَ٣٢
Sodiq
Sen: «Alloh O`z bandalariga chiqargan ziynatlarni va pokiza rizqlarni kim harom qildi?!» – deb ayt. Sen: «Ular hayoti dunyoda iymon keltirganlarga, qiyomat kunida esa faqat o`zlariga xosdir», – deb ayt. Biladigan qavmlar uchun oyatlarni mana shunday mufassal bayon qilurmiz.[1]
[1] Ushbu oyatlar egnilariga kiyim kiymay tavof qilishni, haj mavsumida yaxshi taom iste'mol etmaslikni o`zlariga rusum qilib olib, bu Alloh amri, deb yurgan arab mushriklarining qilmishlari noto`g`ri ekanini bildirish uchun tushgani va bu orqali hamma zamon kofirlariga xitob qilinayotgani boshda aytib o`tilgan edi. Yalang`och holda tavof qilish joiz emasligini tushunib yetgan musulmonlar kiyim-bosh bilan tavof qilishsa, mushriklar ularning ustilaridan kulishgan. Shunda Alloh taolo mazkur oyati karimani nozil qilgan.)
33
قُلْ إِنَّمَا حَرَّمَ رَبِّىَ ٱلْفَوَٰحِشَ مَا ظَهَرَ مِنْهَا وَمَا بَطَنَ وَٱلْإِثْمَ وَٱلْبَغْىَ بِغَيْرِ ٱلْحَقِّ وَأَن تُشْرِكُواْ بِٱللَّهِ مَا لَمْ يُنَزِّلْ بِهِۦ سُلْطَٰنًا وَأَن تَقُولُواْ عَلَى ٱللَّهِ مَا لَا تَعْلَمُونَ٣٣
Sodiq
Sen: «Robbim faqatgina oshkora va yashirin fahsh ishlarni, gunohlarni, nohaq tajovuzkorlikni va Allohga hech qanday hujjat tushirmagan narsalarni sherik qilib olishingizni hamda Allohga nisbatan bilmagan narsani aytishni harom qilgan, xolos», – deb ayt.
34
وَلِكُلِّ أُمَّةٍ أَجَلٌ ۖ فَإِذَا جَآءَ أَجَلُهُمْ لَا يَسْتَأْخِرُونَ سَاعَةً ۖ وَلَا يَسْتَقْدِمُونَ٣٤
Sodiq
Har bir ummatning ajali bor. Ajallari kelgan vaqtida biror soatga ketga ham, oldinga ham sura olmaslar.[1]
[1] Dunyoga kelgan har bir shaxsning belgilik ajali bo`lib, o`sha ajal kelganda bu dunyoni, albatta, tark etishi haqiqat. Shuningdek, olamdagi har bir ummat — xalq va qavmning ham belgilik ajali bor. Bu ajal muqarrar suratda, o`z vaqtida keladi. Uni na biror soat oldinga, na biror soat ortga sura oladilar.)
35
يَٰبَنِىٓ ءَادَمَ إِمَّا يَأْتِيَنَّكُمْ رُسُلٌ مِّنكُمْ يَقُصُّونَ عَلَيْكُمْ ءَايَٰتِى ۙ فَمَنِ ٱتَّقَىٰ وَأَصْلَحَ فَلَا خَوْفٌ عَلَيْهِمْ وَلَا هُمْ يَحْزَنُونَ٣٥
Sodiq
Ey, Odam bolalari, agar sizlarga o`zingizdan bo`lgan Payg`ambarlar kelib, oyatlarimni so`zlaganda, bas, kim taqvo qilsa va yaxshi amal qilsa, ularga xavf yo`qdir va ular xafa ham bo`lmaslar.
36
وَٱلَّذِينَ كَذَّبُواْ بِـَٔايَٰتِنَا وَٱسْتَكْبَرُواْ عَنْهَآ أُوْلَٰٓئِكَ أَصْحَٰبُ ٱلنَّارِ ۖ هُمْ فِيهَا خَٰلِدُونَ٣٦
Sodiq
Oyatlarimizni yolg`onga chiqarganlar va ulardan kibr qilganlar, ana o`shalar do`zax egalaridir. Ular unda abadiy qolurlar.
37
فَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّنِ ٱفْتَرَىٰ عَلَى ٱللَّهِ كَذِبًا أَوْ كَذَّبَ بِـَٔايَٰتِهِۦٓ ۚ أُوْلَٰٓئِكَ يَنَالُهُمْ نَصِيبُهُم مِّنَ ٱلْكِتَٰبِ ۖ حَتَّىٰٓ إِذَا جَآءَتْهُمْ رُسُلُنَا يَتَوَفَّوْنَهُمْ قَالُوٓاْ أَيْنَ مَا كُنتُمْ تَدْعُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ ۖ قَالُواْ ضَلُّواْ عَنَّا وَشَهِدُواْ عَلَىٰٓ أَنفُسِهِمْ أَنَّهُمْ كَانُواْ كَٰفِرِينَ٣٧
Sodiq
Allohga nisbatan yolg`on to`qigan yoki uning oyatlarini yolg`onga chiqargan kimsadan ham zolimroq odam bormi?! Ana o`shalarga kitobdan nasibalari yetar. Bizning elchilarimiz kelib ularning jonlarini olayotib: «Allohdan o`zga ibodat qilayotgan narsalaringiz qani?» – derlar. Ular: «Bizdan g`oyib bo`lishdi», – derlar va o`z ziyonlariga, kofir bo`lganlarini aytib, guvohlik berarlar.
38
قَالَ ٱدْخُلُواْ فِىٓ أُمَمٍ قَدْ خَلَتْ مِن قَبْلِكُم مِّنَ ٱلْجِنِّ وَٱلْإِنسِ فِى ٱلنَّارِ ۖ كُلَّمَا دَخَلَتْ أُمَّةٌ لَّعَنَتْ أُخْتَهَا ۖ حَتَّىٰٓ إِذَا ٱدَّارَكُواْ فِيهَا جَمِيعًا قَالَتْ أُخْرَىٰهُمْ لِأُولَىٰهُمْ رَبَّنَا هَٰٓؤُلَآءِ أَضَلُّونَا فَـَٔاتِهِمْ عَذَابًا ضِعْفًا مِّنَ ٱلنَّارِ ۖ قَالَ لِكُلٍّ ضِعْفٌ وَلَٰكِن لَّا تَعْلَمُونَ٣٨
Sodiq
U zot: «Sizdan oldin o`tgan, jin va insdan bo`lgan ummatlar bilan do`zaxga kiring», – der. Qachonki, qaysi bir ummat (do`zaxga) kirsa, sherigini la'natlar. Biroq u yerda hammalari topishganlarida, keyingilari avvalgilarini (malomat qilib): «Ey Robbimiz, bizni anavilar adashtirgan edilar. Ularga do`zax azobini ikki barobar qilib ber», – derlar. U zot: «Hammaga ham ikki barobar, lekin bilmaysizlar», – der.[1]
[1] Osiy zot aynan o`z sherigiga ergashib, oqibat ushbu baloyi azimga giriftor bo`ldi. Shunday qilib, bir-birlarini la'natlab, birin-ketin do`zaxda topishadilar «Hammalari unda topishganda esa, keyingilari avvalgilarini malomat qilib) «Ey Robbimiz, bizni anavilar adashtirgan edilar. Ularga do`zax azobini ikki barobar qilib ber», derlar».)
39
وَقَالَتْ أُولَىٰهُمْ لِأُخْرَىٰهُمْ فَمَا كَانَ لَكُمْ عَلَيْنَا مِن فَضْلٍ فَذُوقُواْ ٱلْعَذَابَ بِمَا كُنتُمْ تَكْسِبُونَ٣٩
Sodiq
Avvalgilar keyingilarga: «Sizlarning bizdan afzallik tomoningiz yo`q. Qilgan kasbingizga yarasha azobni tortaveringlar», – derlar.
40
إِنَّ ٱلَّذِينَ كَذَّبُواْ بِـَٔايَٰتِنَا وَٱسْتَكْبَرُواْ عَنْهَا لَا تُفَتَّحُ لَهُمْ أَبْوَٰبُ ٱلسَّمَآءِ وَلَا يَدْخُلُونَ ٱلْجَنَّةَ حَتَّىٰ يَلِجَ ٱلْجَمَلُ فِى سَمِّ ٱلْخِيَاطِ ۚ وَكَذَٰلِكَ نَجْزِى ٱلْمُجْرِمِينَ٤٠
Sodiq
Albatta, oyatlarimizni yolg`onga chiqarganlar va ulardan kibr qilganlarga osmon eshiklari ochilmas va ular tuya igna teshigidan o`tmaguncha jannatga kirmaslar. Jinoyatchilarni mana shunday jazolaymiz.[1]
[1] Ularning ruhlari osmonga olib chiqilganda, eshik ochilmay, ahvollari rasvo bo`lgan edi. Endi jannatga kirishlari uchun g`oyat og`ir shart qo`yilmoqda. Bir tarafda ulkan jussali tog`dek tuya daryodek pishqirib turibdi. Ikkinchi tarafda ko`z ilg`ab-ilg`amay bir igna. Ammo uning teshigini, unga nigohi o`tkir odam yaqinroqdan tikilmasa, ko`rmaydi ham. Bu bahaybat tuya ushbu kichkina teshikdan o`tsa, bosh ustiga, «anavilar» ham jannatga kiraversinlar. Bu ilohiy ta'bir oddiygina qilib, abadul abad jannatga kirmaydi, deyishdan ko`ra yuz chandon ta'sirchandir. Bu ham ularning azobiga azob, jazosiga jazo qo`shish uchundir.)
41
لَهُم مِّن جَهَنَّمَ مِهَادٌ وَمِن فَوْقِهِمْ غَوَاشٍ ۚ وَكَذَٰلِكَ نَجْزِى ٱلظَّٰلِمِينَ٤١
Sodiq
Ularga jahannamdan to`shak va ustlariga choyshab bor. Zolimlarni mana shunday jazolaymiz.
42
وَٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَعَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ لَا نُكَلِّفُ نَفْسًا إِلَّا وُسْعَهَآ أُوْلَٰٓئِكَ أَصْحَٰبُ ٱلْجَنَّةِ ۖ هُمْ فِيهَا خَٰلِدُونَ٤٢
Sodiq
Iymon keltirib, yaxshi amallarni qilganlar — Biz hech bir jonni toqatidan tashqari narsaga taklif qilmaymiz — ana o`shalar jannat egalaridir. Ular unda abadiy qolurlar.[1]
[1] Alloh taolo hech bir jonni toqatidan tashqari narsaga taklif qilmaydi. Toqati doirasidagi amallarni bajarib jannatga sohib bo`lish qanday ulug` tole! Boz ustiga, jannatda abadiy qolish nechuk saodat!)
43
وَنَزَعْنَا مَا فِى صُدُورِهِم مِّنْ غِلٍّ تَجْرِى مِن تَحْتِهِمُ ٱلْأَنْهَٰرُ ۖ وَقَالُواْ ٱلْحَمْدُ لِلَّهِ ٱلَّذِى هَدَىٰنَا لِهَٰذَا وَمَا كُنَّا لِنَهْتَدِىَ لَوْلَآ أَنْ هَدَىٰنَا ٱللَّهُ ۖ لَقَدْ جَآءَتْ رُسُلُ رَبِّنَا بِٱلْحَقِّ ۖ وَنُودُوٓاْ أَن تِلْكُمُ ٱلْجَنَّةُ أُورِثْتُمُوهَا بِمَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ٤٣
Sodiq
Va ko`ksilaridagi g`illu g`ashlarni chiqarib oldik, ostilaridan anhorlar oqib turibdi. Ular: «Bizni shunga hidoyat qilgan Allohga hamdlar bo`lsin, agar Alloh bizni hidoyat qilmaganda, o`zimiz yo`l topa olmas edik. Robbimizning elchilari haqni keltirdilar», – dedilar. Va ularga: «Mana shu jannatingizni qilgan amallaringiz tufayli meros qilib oldingiz», – deb nido qilinur.
44
وَنَادَىٰٓ أَصْحَٰبُ ٱلْجَنَّةِ أَصْحَٰبَ ٱلنَّارِ أَن قَدْ وَجَدْنَا مَا وَعَدَنَا رَبُّنَا حَقًّا فَهَلْ وَجَدتُّم مَّا وَعَدَ رَبُّكُمْ حَقًّا ۖ قَالُواْ نَعَمْ ۚ فَأَذَّنَ مُؤَذِّنُۢ بَيْنَهُمْ أَن لَّعْنَةُ ٱللَّهِ عَلَى ٱلظَّٰلِمِينَ٤٤
Sodiq
Va jannat egalari do`zax egalariga: «Biz Robbimiz bizga va'da qilgan narsaning haq ekanini topdik. Sizlar ham Robbingiz va'da qilgan narsaning haq ekanini topdingizmi?!» – deb nido qiladir. Ular: «Ha!» – derlar. Bas, ular o`rtalarida bir jarchi: «Zolimlarga Allohning la'nati bo`lsin!!!
45
ٱلَّذِينَ يَصُدُّونَ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ وَيَبْغُونَهَا عِوَجًا وَهُم بِٱلْـَٔاخِرَةِ كَٰفِرُونَ٤٥
Sodiq
Allohning yo`lidan to`sadigan, uni buzishni istaydigan va oxiratga kofir bo`luvchilarga!!!» – deb jar soladir.[1]
[1] Bunday holatda savol berishga faqat jannat egalarigina qodirdirlar. Chunki do`zax egalari o`zlari bilan o`zlari ovora. Bu dunyoda kofirlar Allohning oxirati, jannati va do`zaxiga, ularda azob-uqubat, rohat-farog`at bo`lishiga iymon keltirgan mo`minlar ustidan kulgan edilar. Endi vaziyat butkul o`zgardi. Mo`minlarning yuzi yorug`, so`zlari haq bo`ldi.)
46
وَبَيْنَهُمَا حِجَابٌ ۚ وَعَلَى ٱلْأَعْرَافِ رِجَالٌ يَعْرِفُونَ كُلًّۢا بِسِيمَىٰهُمْ ۚ وَنَادَوْاْ أَصْحَٰبَ ٱلْجَنَّةِ أَن سَلَٰمٌ عَلَيْكُمْ ۚ لَمْ يَدْخُلُوهَا وَهُمْ يَطْمَعُونَ٤٦
Sodiq
Oralarida to`siq bor, u devorlar ustidagi kishilar hammalarini siymolaridan tanirlar. Tama' qilgan hollarida kirmay turgan jannat egalariga: «Sizga salom bo`lsin», – deb nido qilurlar.[1]
[1] Jannat bilan do`zax orasida to`siq bo`lib turgan baland va keng devor — a'rof ustida odamlar bor. Bu odamlar kimlar ekanligi haqida ulamolar o`rtasida ikki xil fikr mavjud. Birinchisi ular yaxshilik va yomonliklari teng kelib, na jannatga, na do`zaxga hukm bo`lmay qolgan kishilardir. Ikkinchisi, o`z qavmiga payg`ambarlarning haq da'vatlarini yetkazib, ularni yaxshilikka boshlagan da'vatchilar, ulamolar va shuhadolardir. Biz ikkinchi ma'noni ixtiyor qildik. Chunki, a'rof — oliymaqom joy, jannatning ham ustida. Uning yuzida turgan odamlar xaloyiqni yuqoridan kuzatishyapti. Ular ishonch bilan yaxshilarga yaxshi, yomonlarga munosib tarzda so`z qotmoqdalar. Jannat egalarini olqishlab, do`zax ahlini itob qilmoqdalar. O`zlarini nima kutayotganini bilolmay, qiyomat sahnida iztirob chekib turganlar bunga jur'at eta olmaydilar. Allohu a'lamu bis-savob.)
47
۞وَإِذَا صُرِفَتْ أَبْصَٰرُهُمْ تِلْقَآءَ أَصْحَٰبِ ٱلنَّارِ قَالُواْ رَبَّنَا لَا تَجْعَلْنَا مَعَ ٱلْقَوْمِ ٱلظَّٰلِمِينَ٤٧
Sodiq
Qachonki ko`zlari do`zax egalari tomon burilib qolsa: «Ey Robbimiz, bizni zolim qavmlar bilan birga qilmagin», derlar.
Qur'oniy duolar
Oyat 7:47 48
وَنَادَىٰٓ أَصْحَٰبُ ٱلْأَعْرَافِ رِجَالًا يَعْرِفُونَهُم بِسِيمَىٰهُمْ قَالُواْ مَآ أَغْنَىٰ عَنكُمْ جَمْعُكُمْ وَمَا كُنتُمْ تَسْتَكْبِرُونَ٤٨
Sodiq
A'rof egalari siymolaridan taniydigan kishilariga nido qilib: «To`plaganingiz va qilgan kibru havoingiz sizga asqotmabdi-ku!
49
أَهَٰٓؤُلَآءِ ٱلَّذِينَ أَقْسَمْتُمْ لَا يَنَالُهُمُ ٱللَّهُ بِرَحْمَةٍ ۚ ٱدْخُلُواْ ٱلْجَنَّةَ لَا خَوْفٌ عَلَيْكُمْ وَلَآ أَنتُمْ تَحْزَنُونَ٤٩
Sodiq
Sizlar «Alloh ularga rahmat yetkazmas», deb qasam ichganingiz ana ularmi?! (Ularga): Jannatga kiringlar! Sizga xavf yo`q va siz xafa ham bo`lmaysiz, deyildi-ku!» – derlar.
50
وَنَادَىٰٓ أَصْحَٰبُ ٱلنَّارِ أَصْحَٰبَ ٱلْجَنَّةِ أَنْ أَفِيضُواْ عَلَيْنَا مِنَ ٱلْمَآءِ أَوْ مِمَّا رَزَقَكُمُ ٱللَّهُ ۚ قَالُوٓاْ إِنَّ ٱللَّهَ حَرَّمَهُمَا عَلَى ٱلْكَٰفِرِينَ٥٠
Sodiq
Do`zax egalari jannat egalariga: «Bizga ham suvdan yoki Alloh sizga rizq qilib bergan narsadan to`kinglar», – deb nido qilarlar. Ular: «Albatta, Alloh bularni kofirlarga harom qilgan.
51
ٱلَّذِينَ ٱتَّخَذُواْ دِينَهُمْ لَهْوًا وَلَعِبًا وَغَرَّتْهُمُ ٱلْحَيَوٰةُ ٱلدُّنْيَا ۚ فَٱلْيَوْمَ نَنسَىٰهُمْ كَمَا نَسُواْ لِقَآءَ يَوْمِهِمْ هَٰذَا وَمَا كَانُواْ بِـَٔايَٰتِنَا يَجْحَدُونَ٥١
Sodiq
Dinlarini o`yin-kulgi qilib olgan va hayoti dunyo g`ururiga ketganlarga», – derlar. Bas, bu Kunda ular bugungi holga duchor bo`lishlarini unutganlari va oyatlarimizni inkor qilganlaridek, Biz ham ularni unutamiz.
52
وَلَقَدْ جِئْنَٰهُم بِكِتَٰبٍ فَصَّلْنَٰهُ عَلَىٰ عِلْمٍ هُدًى وَرَحْمَةً لِّقَوْمٍ يُؤْمِنُونَ٥٢
Sodiq
Batahqiq, Biz ularga ilm ila mufassal qilingan, iymon keltirgan qavm uchun hidoyat va rahmat bo`lgan kitobni keltirdik.
53
هَلْ يَنظُرُونَ إِلَّا تَأْوِيلَهُۥ ۚ يَوْمَ يَأْتِى تَأْوِيلُهُۥ يَقُولُ ٱلَّذِينَ نَسُوهُ مِن قَبْلُ قَدْ جَآءَتْ رُسُلُ رَبِّنَا بِٱلْحَقِّ فَهَل لَّنَا مِن شُفَعَآءَ فَيَشْفَعُواْ لَنَآ أَوْ نُرَدُّ فَنَعْمَلَ غَيْرَ ٱلَّذِى كُنَّا نَعْمَلُ ۚ قَدْ خَسِرُوٓاْ أَنفُسَهُمْ وَضَلَّ عَنْهُم مَّا كَانُواْ يَفْتَرُونَ٥٣
Sodiq
Ular uning ta'viylini — oqibatini kutmoqdalar, xolos. Uning ta'viyli kelgan kunda ilgari uni unutganlar: «Robbimizning Payg`ambarlari haq ila kelgan ekanlar. Endi bizga shafoat qiluvchilar bormi, shafoat qilsalar yoki ortga qaytarilsag-u, qilgan amallarimizdan boshqacha amallarni qilsak», – derlar. Batahqiq, ular o`zlariga ziyon qildilar va to`qib olgan narsalari ulardan g`oyib bo`ldi.[1]
[1] Qiyomatda shafoat qilguvchilarning ulug`i va ishonchlisi Muhammad alayhissalotu vassalom edilar. Ammo kofirlar u zotga bu dunyoda iymon keltirmadilar. U kishi alayhissalotu vassalomning shafoatlaridan umid qila olmaydilar. Qiyomatda shafoat qiluvchilarning yana biri Qur'oni Karim edi. Ammo kofirlar unga ham iymon keltirmadilar. Demak, Qur'oni Karimning shafoatidan ham umid qila olmaydilar. Qiyomatda shafoat qiluvchi vositalardan biri iymon edi, iymonlari yo`q. Imkoni bo`lsa edi, ular bu dunyoga qaytib, avval qilgan gunohlarini takrorlamay, iymon va ixlos bilan yashashga jon deb ko`nardilar. Balki birdan-bir orzulari shudir. Ammo buning sira ham iloji yo`q.)
54
إِنَّ رَبَّكُمُ ٱللَّهُ ٱلَّذِى خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ فِى سِتَّةِ أَيَّامٍ ثُمَّ ٱسْتَوَىٰ عَلَى ٱلْعَرْشِ يُغْشِى ٱلَّيْلَ ٱلنَّهَارَ يَطْلُبُهُۥ حَثِيثًا وَٱلشَّمْسَ وَٱلْقَمَرَ وَٱلنُّجُومَ مُسَخَّرَٰتٍ بِأَمْرِهِۦٓ ۗ أَلَا لَهُ ٱلْخَلْقُ وَٱلْأَمْرُ ۗ تَبَارَكَ ٱللَّهُ رَبُّ ٱلْعَٰلَمِينَ٥٤
Sodiq
«Albatta, osmonlaru yerni olti kunda yaratgan, so`ngra (Zoti va ulug`ligiga munosib suratda) Arshga yuksalgan Robbingiz kecha ila kunduzni qoplaydir. Unisi bunisini shoshilib quvlaydir. Quyosh, oy va yulduzlarni O`z amriga bo`ysundirilgan qilib yaratdi. Ogoh bo`ling, yaratish va amr qilish Uning O`ziga xosdir. Olamlarning Robbi — Alloh buyukdir.[1]
[1] Islom aqidasiga ko`ra, Alloh taolo o`xshashi yo`q Zotdir. Kim uni biror narsaga qiyoslashga urinsa, kofir bo`ladi. Nega, nima uchun, deb so`rash ham mumkin emas. Alloh taolo osmonlaru Yerni yaratgani haq. Ammo qanday usulda yaratganini bilmaymiz. Ularni olti kunda bunyod etganligi ham haq. Ammo bu kunlar qanday kunlar ekanini bilmaymiz. Bilishga imkonimiz yo`q. Bu kunlar ham Alloh taoloning o`ziga xos bo`lgan kunlardir. Alloh taolo arshga yuksalgani ham haq. Ammo qanday, nechuk yuksalish ekanini bilmaymiz. Bu haqda so`rab-surishtirmaymiz ham. O`tgan salafi solihlarimiz bunday masalalarni qo`ziganlarni bid'atchi, buzg`unchi, fitnakash, deb ataganlar va ba'zilarini jazolashga hukm qilganlar.)
55
ٱدْعُواْ رَبَّكُمْ تَضَرُّعًا وَخُفْيَةً ۚ إِنَّهُۥ لَا يُحِبُّ ٱلْمُعْتَدِينَ٥٥
Sodiq
Robbingizga tazarru' ila va maxfiy duo qiling. Zotan, U haddan oshuvchilarni sevmas.
56
وَلَا تُفْسِدُواْ فِى ٱلْأَرْضِ بَعْدَ إِصْلَٰحِهَا وَٱدْعُوهُ خَوْفًا وَطَمَعًا ۚ إِنَّ رَحْمَتَ ٱللَّهِ قَرِيبٌ مِّنَ ٱلْمُحْسِنِينَ٥٦
Sodiq
Va isloh qilingandan keyin yer yuzida fasod qilmang va Undan qo`rqib tama' ila duo qiling. Albatta, Allohning rahmati yaxshilik qiluvchilarga yaqindir.
57
وَهُوَ ٱلَّذِى يُرْسِلُ ٱلرِّيَٰحَ بُشْرًۢا بَيْنَ يَدَىْ رَحْمَتِهِۦ ۖ حَتَّىٰٓ إِذَآ أَقَلَّتْ سَحَابًا ثِقَالًا سُقْنَٰهُ لِبَلَدٍ مَّيِّتٍ فَأَنزَلْنَا بِهِ ٱلْمَآءَ فَأَخْرَجْنَا بِهِۦ مِن كُلِّ ٱلثَّمَرَٰتِ ۚ كَذَٰلِكَ نُخْرِجُ ٱلْمَوْتَىٰ لَعَلَّكُمْ تَذَكَّرُونَ٥٧
Sodiq
U O`z rahmatidan oldin shamollarni xushxabar qilib yuboradigan Zotdir. Qachonki, ular og`ir bulutlarni ko`tarib keltirgach, u ila o`lik yurtni sug`oramiz. Undan suv tushirib, o`sha ila turli mevalar chiqaramiz. O`liklarni ham shunday qilib chiqaramiz. Shoyadki, eslasangizlar.
58
وَٱلْبَلَدُ ٱلطَّيِّبُ يَخْرُجُ نَبَاتُهُۥ بِإِذْنِ رَبِّهِۦ ۖ وَٱلَّذِى خَبُثَ لَا يَخْرُجُ إِلَّا نَكِدًا ۚ كَذَٰلِكَ نُصَرِّفُ ٱلْـَٔايَٰتِ لِقَوْمٍ يَشْكُرُونَ٥٨
Sodiq
Pok yurtning nabototi Robbining izni ila chiqadir. Nopok bo`lgani esa, faqat qiyinchilik ila chiqadir. Shukr keltirgan qavmlar uchun oyatlarimizni shunday xilma-xil bayon qilamiz.[1]
[1] Yuqoridagi oyatda bo`lgani kabi, ushbu oyati karimada ham juda katta va nozik qiyos bor. Qur'oni Karim oyatlarida, Payg`ambarimiz alayhissalotu vassalomning hadisi shariflarida pok va sahiy qalb toza va sermahsul yerga — tuproqqa qiyos etiladi. Nopok va iflos qalb esa, g`ajd va mahsulsiz yerga o`xshatiladi. Pokiza zamindan yaxshi mahsullar yetishib chiqqanidek, pok va sahiy qalbda ham iymon, ixlos, yetuk mafkura va ezgu niyatlar yashaydi. Ularning mevasi Alloh rozi bo`ladigan amallardangina iborat bo`ladi. Nopok va nobop yerdan bir hosilning unib chiqishi mashaqqat bo`lganidek, nopok qalbdan ham yaxshilik chiqishi qiyin. Chirkin qalbdan chiqsa ham, faqat yomonlik chiqadi.)
59
لَقَدْ أَرْسَلْنَا نُوحًا إِلَىٰ قَوْمِهِۦ فَقَالَ يَٰقَوْمِ ٱعْبُدُواْ ٱللَّهَ مَا لَكُم مِّنْ إِلَٰهٍ غَيْرُهُۥٓ إِنِّىٓ أَخَافُ عَلَيْكُمْ عَذَابَ يَوْمٍ عَظِيمٍ٥٩
Sodiq
Batahqiq, Biz Nuhni o`z qavmiga yubordik. Bas, u: «Ey qavmim, Allohga ibodat qilinglar. Sizlarga Undan o`zga iloh yo`q. Albatta, men sizlarning buyuk kunning azobiga giriftor bo`lishingizdan qo`rqaman», – dedi.[1]
[1] Avval-boshda Odam alayhissalomning qissalari bayon etilgan edi. Endi u zotning zurriyotlari pushti kamaridan yaralgan Nuh alayhissalomning qissalari keltirilmoqda.)
60
قَالَ ٱلْمَلَأُ مِن قَوْمِهِۦٓ إِنَّا لَنَرَىٰكَ فِى ضَلَٰلٍ مُّبِينٍ٦٠
Sodiq
Uning qavmidan bo`lgan zodagonlar: «Albatta, biz sening ochiq-oydin zalolatda ekaningni ko`ryapmiz», – dedilar.[1]
[1] Har bir qavmning o`z zodagonlari bo`ladi. Ularni zodagon qilgan ularning mol-dunyosi, puli, kuch-qudrati, makkorligi va ustamonligi bo`ladi. Bu zotlar qavm nomidan gapirish haqqini o`zlariga o`zlari berganlar. Shu toifa zodagonlar Nuh alayhissalom qavmlarida ham bor edi.)
61
قَالَ يَٰقَوْمِ لَيْسَ بِى ضَلَٰلَةٌ وَلَٰكِنِّى رَسُولٌ مِّن رَّبِّ ٱلْعَٰلَمِينَ٦١
Sodiq
U: «Ey qavmim, menda zalolat yo`q. Va lekin men olamlarning Robbidan Payg`ambarman.
62
أُبَلِّغُكُمْ رِسَٰلَٰتِ رَبِّى وَأَنصَحُ لَكُمْ وَأَعْلَمُ مِنَ ٱللَّهِ مَا لَا تَعْلَمُونَ٦٢
Sodiq
Sizlarga Robbimning yuborganlarini yetkazaman, nasihat qilaman va Alloh tomonidan siz bilmagan narsani bilaman.
63
أَوَعَجِبْتُمْ أَن جَآءَكُمْ ذِكْرٌ مِّن رَّبِّكُمْ عَلَىٰ رَجُلٍ مِّنكُمْ لِيُنذِرَكُمْ وَلِتَتَّقُواْ وَلَعَلَّكُمْ تُرْحَمُونَ٦٣
Sodiq
O`zingizdan bo`lgan bir kishiga, sizlarni ogohlantirish uchun va taqvo qilib, shoyad, rahmatga erishsangiz deb, Robbingizdan eslatma kelganidan ajablanasizlarmi?!» – dedi.
64
فَكَذَّبُوهُ فَأَنجَيْنَٰهُ وَٱلَّذِينَ مَعَهُۥ فِى ٱلْفُلْكِ وَأَغْرَقْنَا ٱلَّذِينَ كَذَّبُواْ بِـَٔايَٰتِنَآ ۚ إِنَّهُمْ كَانُواْ قَوْمًا عَمِينَ٦٤
Sodiq
Bas, uni yolg`onchiga chiqardilar. So`ng, Biz uni va u bilan birga bo`lganlarni kemada qutqardik va oyatlarimizni yolg`onga chiqarganlarni g`arq qildik. Chunki, ular ko`r qavm edilar.
65
۞وَإِلَىٰ عَادٍ أَخَاهُمْ هُودًا ۗ قَالَ يَٰقَوْمِ ٱعْبُدُواْ ٱللَّهَ مَا لَكُم مِّنْ إِلَٰهٍ غَيْرُهُۥٓ ۚ أَفَلَا تَتَّقُونَ٦٥
Sodiq
Va Odga o`z birodari Hudni (yubordik). U: «Ey qavmim, Allohga ibodat qilinglar. Sizlarga Undan o`zga iloh yo`q. Taqvo qilmaysizlarmi?!» – dedi.
66
قَالَ ٱلْمَلَأُ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ مِن قَوْمِهِۦٓ إِنَّا لَنَرَىٰكَ فِى سَفَاهَةٍ وَإِنَّا لَنَظُنُّكَ مِنَ ٱلْكَٰذِبِينَ٦٦
Sodiq
Uning qavmidan kufr keltirgan zodagonlar: «Albatta, biz seni esi pastlikda ko`rib turibmiz va albatta biz seni yolg`onchilardan deb bilamiz», – dedilar.
67
قَالَ يَٰقَوْمِ لَيْسَ بِى سَفَاهَةٌ وَلَٰكِنِّى رَسُولٌ مِّن رَّبِّ ٱلْعَٰلَمِينَ٦٧
Sodiq
U: «Ey qavmim, menda esi pastlik yo`q. Va lekin men olamlarning Robbidan Payg`ambarman.
68
أُبَلِّغُكُمْ رِسَٰلَٰتِ رَبِّى وَأَنَاْ لَكُمْ نَاصِحٌ أَمِينٌ٦٨
Sodiq
Sizlarga Robbimning yuborganlarini yetkazaman va men sizlarga ishonchli nasihatgo`yman.
69
أَوَعَجِبْتُمْ أَن جَآءَكُمْ ذِكْرٌ مِّن رَّبِّكُمْ عَلَىٰ رَجُلٍ مِّنكُمْ لِيُنذِرَكُمْ ۚ وَٱذْكُرُوٓاْ إِذْ جَعَلَكُمْ خُلَفَآءَ مِنۢ بَعْدِ قَوْمِ نُوحٍ وَزَادَكُمْ فِى ٱلْخَلْقِ بَصْۜطَةً ۖ فَٱذْكُرُوٓاْ ءَالَآءَ ٱللَّهِ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ٦٩
Sodiq
O`zingizdan bo`lgan bir kishiga sizlarni ogohlantirish uchun Robbingizdan eslatma kelganidan ajablandingizmi?! Sizlarni Nuh qavmidan keyin xalifa qilganini va xilqatingizda kuch-quvvatni ziyoda qilganini eslang. Allohning ne'matlarini eslang. Shoyadki, najot topsangiz», – dedi.[1]
[1] Alloh taolo Nuh qavmini og`ir gunohlari tufayli Yer yuzidan gumdon qilib tashlagan edi. Xuddi shu osiy qavmdan so`ng sizlarni Yer yuzida o`zining xalifasi qilib tanladi. Bu — ulug` ne'mat. Bunga, albatta, shukr qilish lozim edi. Ammo Od qavmi ham jaholatida qattiq turib oldi.)
70
قَالُوٓاْ أَجِئْتَنَا لِنَعْبُدَ ٱللَّهَ وَحْدَهُۥ وَنَذَرَ مَا كَانَ يَعْبُدُ ءَابَآؤُنَا ۖ فَأْتِنَا بِمَا تَعِدُنَآ إِن كُنتَ مِنَ ٱلصَّٰدِقِينَ٧٠
Sodiq
Ular: «Sen bizga yolg`iz Allohning O`ziga ibodat qilishimiz va ota-bobolarimiz ibodat qilgan narsalarni tark etishimiz uchun keldingmi?! Agar rostgo`ylardan bo`lsang, bizga va'da qilayotgan narsangni keltir!» – dedilar.
71
قَالَ قَدْ وَقَعَ عَلَيْكُم مِّن رَّبِّكُمْ رِجْسٌ وَغَضَبٌ ۖ أَتُجَٰدِلُونَنِى فِىٓ أَسْمَآءٍ سَمَّيْتُمُوهَآ أَنتُمْ وَءَابَآؤُكُم مَّا نَزَّلَ ٱللَّهُ بِهَا مِن سُلْطَٰنٍ ۚ فَٱنتَظِرُوٓاْ إِنِّى مَعَكُم مِّنَ ٱلْمُنتَظِرِينَ٧١
Sodiq
U: «Batahqiq, ustingizga Robbingiz tomonidan azob va g`azab tushdi. Men bilan, Alloh hech bir hujjat tushirmagan, o`zingiz va ota bobolaringiz qo`yib olgan nomlar haqida tortishasizlarmi?! Bas, intizor bo`lib turinglar! Men ham sizlar bilan intizor bo`luvchilardanman», – dedi.
72
فَأَنجَيْنَٰهُ وَٱلَّذِينَ مَعَهُۥ بِرَحْمَةٍ مِّنَّا وَقَطَعْنَا دَابِرَ ٱلَّذِينَ كَذَّبُواْ بِـَٔايَٰتِنَا ۖ وَمَا كَانُواْ مُؤْمِنِينَ٧٢
Sodiq
Bas, unga va u bilan birga bo`lganlarga O`z rahmatimiz ila najot berdik va oyatlarimizni yolg`onga chiqarganlarning ketlarini uzdik. Ular mo`min emas edilar.[1]
[1] Mazkur bahsning oqibatida Biz Hud alayhissalomga va u zot bilan bo`lgan mo`minlarga najot berdik. Ular Alloh yuborgan balo-ofatlardan omonda bo`ldilar. Ya'ni, batamom halokatga giriftor qildik. Ularning Mug`ays deb atalguvchi vodiylari uzra uzoq muddat davom etgan qurg`oqchilikdan so`ng bir bulut namoyon bo`ldi. Od qavmi, mana shu kelayotgan bulut bizga yomg`ir yog`adi, deb shod bo`lishdi. Ammo orziqib kutilgan bulut yetib kelganida undan qattiq shamol ufurilib, barchalarini halok qildi. Ulardan birortasi omon qolmay, «ketlari uzildi».)
73
وَإِلَىٰ ثَمُودَ أَخَاهُمْ صَٰلِحًا ۗ قَالَ يَٰقَوْمِ ٱعْبُدُواْ ٱللَّهَ مَا لَكُم مِّنْ إِلَٰهٍ غَيْرُهُۥ ۖ قَدْ جَآءَتْكُم بَيِّنَةٌ مِّن رَّبِّكُمْ ۖ هَٰذِهِۦ نَاقَةُ ٱللَّهِ لَكُمْ ءَايَةً ۖ فَذَرُوهَا تَأْكُلْ فِىٓ أَرْضِ ٱللَّهِ ۖ وَلَا تَمَسُّوهَا بِسُوٓءٍ فَيَأْخُذَكُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ٧٣
Sodiq
Va Samudga o`z birodari Solihni (yubordik). U: «Ey qavmim, Allohga ibodat qilinglar. Sizlarga Undan o`zga iloh yo`q. Sizga Robbingizdan hujjat keldi. Allohning mana bu tuyasi sizlarga belgidir. Uni Allohning yerida tek qo`yinglar. Unga yomonlik yetkazmanglar. Yana sizni alamli azob tutmasin-a![1]
[1] Boshqa suralarda bayon qilinishicha, Samud qavmi Solih alayhissalomdan Allohning qudratiga dalolat qiluvchi oyat-belgi keltirishni talab qilganlarida, Alloh taolo katta xarsang toshdan bir tuyani chiqargan. Shuning uchun ham u «Allohning tuyasi» deb atalmoqda. Samud qavmidan ba'zi shaxslar bu mo`'jizaviy tuyani ko`rib iymon keltirdilar. Tuya yaylovda o`tlab yuraverdi. Suvdan istifoda qilish esa, navbatli bo`ldi. Chunonchi, suvni bir kun tuya, bir kun Samud qavmi iste'mol etar edilar.)
74
وَٱذْكُرُوٓاْ إِذْ جَعَلَكُمْ خُلَفَآءَ مِنۢ بَعْدِ عَادٍ وَبَوَّأَكُمْ فِى ٱلْأَرْضِ تَتَّخِذُونَ مِن سُهُولِهَا قُصُورًا وَتَنْحِتُونَ ٱلْجِبَالَ بُيُوتًا ۖ فَٱذْكُرُوٓاْ ءَالَآءَ ٱللَّهِ وَلَا تَعْثَوْاْ فِى ٱلْأَرْضِ مُفْسِدِينَ٧٤
Sodiq
Va sizlarni Oddan keyin xalifa qilganini va sizga yer yuzida imkon berib, tekisliklarida qasrlar qurib, tog`lardan uylar o`yganlaringizni eslang. Allohning ne'matlarini eslang va yer yuzida fasod-la buzg`unchilik qilmang!» – dedi.[1]
[1] Rivoyatlarda bayon etilishicha, Alloh taolo gunoh amallar qilgani uchun Od qavmini halokatga giriftor etganidan so`ng, ularning diyorida Samud nomli qavm makon etib, o`sha yerlarni obod qilganlar. Ularning umrlari bardavom bo`lib, farovon turmush kechirganlar. Past-tekislik joylarni tanlab, ulkan qasrlar bunyod etganlar. Tog`lar bag`rida toshlarni o`yib uylar yasaganlar. Hozirgacha o`sha maskanlarning ba'zilari saqlanib qolgan. Solih alayhissalom ularga bu narsalarning hammasi Allohning ne'mati ekanini eslatib, ularni shukr qilishga undadilar.)
75
قَالَ ٱلْمَلَأُ ٱلَّذِينَ ٱسْتَكْبَرُواْ مِن قَوْمِهِۦ لِلَّذِينَ ٱسْتُضْعِفُواْ لِمَنْ ءَامَنَ مِنْهُمْ أَتَعْلَمُونَ أَنَّ صَٰلِحًا مُّرْسَلٌ مِّن رَّبِّهِۦ ۚ قَالُوٓاْ إِنَّا بِمَآ أُرْسِلَ بِهِۦ مُؤْمِنُونَ٧٥
Sodiq
Uning qavmidan mutakabbir bo`lgan zodagonlar zaifhol bo`lganlardan iymon keltirganlariga: «Solihni Robbidan Payg`ambar qilib yuborilgan, deb bilmoqdamisiz?!» – dedilar. Ular: «Albatta, biz u ila yuborilgan narsaga iymon keltiruvchilarmiz», – dedilar.
76
قَالَ ٱلَّذِينَ ٱسْتَكْبَرُوٓاْ إِنَّا بِٱلَّذِىٓ ءَامَنتُم بِهِۦ كَٰفِرُونَ٧٦
Sodiq
Mutakabbir bo`lganlar: «Albatta, biz siz iymon keltirganga kofirmiz», – dedilar.
77
فَعَقَرُواْ ٱلنَّاقَةَ وَعَتَوْاْ عَنْ أَمْرِ رَبِّهِمْ وَقَالُواْ يَٰصَٰلِحُ ٱئْتِنَا بِمَا تَعِدُنَآ إِن كُنتَ مِنَ ٱلْمُرْسَلِينَ٧٧
Sodiq
Bas, tuyani so`ydilar, Robbilari amrida tajovuzkorlik qilishdi va: «Ey Solih, agar rostgo`ylardan bo`lsang, bizga va'da qilayotgan narsangni keltir!» – dedilar.[1]
[1] Allohning, tuyani tek qo`yinglar, unga yomonlik yetkazmanglar, degan amriga qasdma-qasd uni o`ldirdilar. Kufrda haddan oshdilar.)
78
فَأَخَذَتْهُمُ ٱلرَّجْفَةُ فَأَصْبَحُواْ فِى دَارِهِمْ جَٰثِمِينَ٧٨
Sodiq
Bas, ularni shiddatli zilzila oldi va joylarida o`tirib qoldilar.
79
فَتَوَلَّىٰ عَنْهُمْ وَقَالَ يَٰقَوْمِ لَقَدْ أَبْلَغْتُكُمْ رِسَالَةَ رَبِّى وَنَصَحْتُ لَكُمْ وَلَٰكِن لَّا تُحِبُّونَ ٱلنَّٰصِحِينَ٧٩
Sodiq
Keyin, ulardan yuz o`girdi va: «Ey qavmim, batahqiq, men sizga Robbimning yuborganini yetkazdim va nasihat qildim. Lekin siz nasihat qiluvchilarni sevmas ekansiz», – dedi.
80
وَلُوطًا إِذْ قَالَ لِقَوْمِهِۦٓ أَتَأْتُونَ ٱلْفَٰحِشَةَ مَا سَبَقَكُم بِهَا مِنْ أَحَدٍ مِّنَ ٱلْعَٰلَمِينَ٨٠
Sodiq
Va Lutni (yubordik). Uning o`z qavmiga: «Sizdan oldin olamlarda hech kim qilmagan fohisha ishni qilasizlarmi?!
81
إِنَّكُمْ لَتَأْتُونَ ٱلرِّجَالَ شَهْوَةً مِّن دُونِ ٱلنِّسَآءِ ۚ بَلْ أَنتُمْ قَوْمٌ مُّسْرِفُونَ٨١
Sodiq
Albatta, sizlar ayollarni qo`yib, erkaklarga shahvat ila yaqinlik qilmoqdasizlar. Yo`q! Sizlar isrofchi qavmsiz!» – deganini esla.[1]
[1] Lut alayhissalom qissalarida, u zot daf'atan o`z qavmlarining ulkan qabih ishlari — bachchabozliklarini qoralashga boshlaydilar. Alloh taolo insonni erkak va ayol jinsida yaratdi. Har biriga o`ziga xos a'zolar va xususiyatlar berdi. Alloh taolo inson zotini jinsiy yaqinlik yo`li bilan yaratib, uning nasli pokiza yo`l bilan ko`payib turishini iroda va hayotiy zarurat qildi. Bu yo`ldan tajovuz qilganlar va Alloh irodasiga zid borib, erkaklarga shahvat ila yaqinlik qiladiganlar aqidasi buzuq va tuban kishilar hisoblanadilar. Shu boisdan mazkur qissada xuddi shu fohishalik bosh masala qilib ko`tariladi. Binobarin, Lut alayhissalom bu yorug` olamda hech bir zot qilmagan ulkan gunohga birinchi bo`lib qo`l urgan qavmlarini «Yo`q! Sizlar isrofchi qavmsiz!» deb ta'riflamoqdalar.)
82
وَمَا كَانَ جَوَابَ قَوْمِهِۦٓ إِلَّآ أَن قَالُوٓاْ أَخْرِجُوهُم مِّن قَرْيَتِكُمْ ۖ إِنَّهُمْ أُنَاسٌ يَتَطَهَّرُونَ٨٢
Sodiq
Qavmning javobi: «Ularni qishlog`ingizdan chiqarib yuboring, chunki ular juda ham pokiza bo`laveradigan odamlar ekan», deyishlaridan boshqa narsa bo`lmadi.[1]
[1] Insofni ko`ring. Inson tabiatiga muvofiq ish qilgan, halolu pok bo`lib, boshqalarni pokizalikka chaqirgan kishilar yurtlaridan ixroj qilinar ekanlar. Ularning «ayblari» bitta — juda ham pokiza odam bo`lganliklari. Insoniylik qiyofasini yo`qotgan qavm shu darajaga yetar ekan-da. O`zlari insoniyat bo`yniga tavqi la'nat bo`lib osiladigan amallarni tap tortmay qilayotganlari yetmaganidek, ularga o`xshashni xohlamagan, insonligini yo`qotmagan, Allohning amrida yurishga harakat qilganlarni pokizalikda ayblaydilar.)
83
فَأَنجَيْنَٰهُ وَأَهْلَهُۥٓ إِلَّا ٱمْرَأَتَهُۥ كَانَتْ مِنَ ٱلْغَٰبِرِينَ٨٣
Sodiq
Bas, unga va ahliga najot berdik. Magar xotini halok bo`lguvchilardan bo`ldi.[1]
[1] Payg`ambarga faqat uning oila a'zolarigina iymon keltirdilar. Ammo ularning orasidan ham eng yaqin kishisi — xotini iymon keltirmadi. Oqibatda u jinoyatkor qavmga qo`shilib halok bo`ldi.)
84
وَأَمْطَرْنَا عَلَيْهِم مَّطَرًا ۖ فَٱنظُرْ كَيْفَ كَانَ عَٰقِبَةُ ٱلْمُجْرِمِينَ٨٤
Sodiq
Va Biz ularning ustidan «yomg`ir» yog`dirdik. Jinoyatkorlarning oqibati qanday bo`lganiga nazar sol![1]
[1] Alloh taolo ularning ustidan tosh selini yog`dirdi va barchalari halok bo`ldilar.)
85
وَإِلَىٰ مَدْيَنَ أَخَاهُمْ شُعَيْبًا ۗ قَالَ يَٰقَوْمِ ٱعْبُدُواْ ٱللَّهَ مَا لَكُم مِّنْ إِلَٰهٍ غَيْرُهُۥ ۖ قَدْ جَآءَتْكُم بَيِّنَةٌ مِّن رَّبِّكُمْ ۖ فَأَوْفُواْ ٱلْكَيْلَ وَٱلْمِيزَانَ وَلَا تَبْخَسُواْ ٱلنَّاسَ أَشْيَآءَهُمْ وَلَا تُفْسِدُواْ فِى ٱلْأَرْضِ بَعْدَ إِصْلَٰحِهَا ۚ ذَٰلِكُمْ خَيْرٌ لَّكُمْ إِن كُنتُم مُّؤْمِنِينَ٨٥
Sodiq
Va Madyanga o`z birodarlari Shu'aybni (yubordik). U: «Ey qavmim, Allohga ibodat qiling. Sizga Undan o`zga iloh yo`q. Batahqiq, sizga Robbingizdan hujjat keldi. Bas, o`lchov va tarozuni to`liq ado eting, odamlarning narsalaridan kamaytirib qolmang va yer yuzida uning islohidan keyin buzg`unchilik qilmang. Agar mo`min bo`lsangiz, shunday qilmog`ingiz o`zingiz uchun yaxshidir.
86
وَلَا تَقْعُدُواْ بِكُلِّ صِرَٰطٍ تُوعِدُونَ وَتَصُدُّونَ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ مَنْ ءَامَنَ بِهِۦ وَتَبْغُونَهَا عِوَجًا ۚ وَٱذْكُرُوٓاْ إِذْ كُنتُمْ قَلِيلًا فَكَثَّرَكُمْ ۖ وَٱنظُرُواْ كَيْفَ كَانَ عَٰقِبَةُ ٱلْمُفْسِدِينَ٨٦
Sodiq
Har ko`chada o`tirib olib qo`rqitmang. Allohning yo`lidan Unga iymon keltirganlarni to`smang va u(yo`l)ning egri bo`lishini istamang. Oz bo`lgan chog`ingizda sizni ko`paytirib qo`yganini eslang. Buzg`unchilarning oqibati qanday bo`lganiga nazar soling.
87
وَإِن كَانَ طَآئِفَةٌ مِّنكُمْ ءَامَنُواْ بِٱلَّذِىٓ أُرْسِلْتُ بِهِۦ وَطَآئِفَةٌ لَّمْ يُؤْمِنُواْ فَٱصْبِرُواْ حَتَّىٰ يَحْكُمَ ٱللَّهُ بَيْنَنَا ۚ وَهُوَ خَيْرُ ٱلْحَٰكِمِينَ٨٧
Sodiq
Agar sizdan bir toifa men ila yuborilgan narsaga iymon keltirgan va boshqa toifa iymon keltirmagan bo`lsa, bas, Alloh oramizda hukm qilguncha sabr qilinglar. U hukm qiluvchilarning yaxshisidir», – dedi.[1]
[1] Alloh taolo ushbu oyati karimalarda avvalo Shuayb alayhissalomni Madyanga payg`ambar qilib yuborganini, keyin esa, u kishining o`z qavmlariga qilgan pandlarini keltirmoqda. Madyanliklar ham asli arablar bo`lib, ularning yerlari Aqaba qo`ltig`idan Turi Sinoga qadar cho`zilgan. Shuayb alayhissalomning qavmi ko`proq amaliy shirkka mubtalo bo`lganga o`xshaydi. Chunki muomala ishlarida Allohning buyrug`ini ado etmay, boshqaning amrini bajarishdan, o`lchov va tarozudan urib qolib, birovlarning haqqini yeyishdan qaytarishlari shunga dalolat qilmoqda. Bu va bu kabi, Alloh yo`riqlarini chetlab, boshqa yo`lga yurish Alloh taolo Yer yuzini isloh qilib qo`yganidan keyin uni buzishdan iborat ekaniga ishora etib «va Yer yuzida uning islohidan keyin buzg`unchilik qilmang», demoqdalar.)
88
۞ قَالَ ٱلْمَلَأُ ٱلَّذِينَ ٱسْتَكْبَرُواْ مِن قَوْمِهِۦ لَنُخْرِجَنَّكَ يَٰشُعَيْبُ وَٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ مَعَكَ مِن قَرْيَتِنَآ أَوْ لَتَعُودُنَّ فِى مِلَّتِنَا ۚ قَالَ أَوَلَوْ كُنَّا كَٰرِهِينَ٨٨
Sodiq
Uning qavmidan mutakabbir bo`lgan zodagonlar: «Ey Shu'ayb, yoki, albatta, seni va sen bilan birga iymon keltirganlarni o`z qishlog`imizdan chiqaramiz yoki o`z millatimizga qaytasizlar», – dedilar. U: «Garchi yomon ko`ruvchi bo`lsak ham-a?!
89
قَدِ ٱفْتَرَيْنَا عَلَى ٱللَّهِ كَذِبًا إِنْ عُدْنَا فِى مِلَّتِكُم بَعْدَ إِذْ نَجَّىٰنَا ٱللَّهُ مِنْهَا ۚ وَمَا يَكُونُ لَنَآ أَن نَّعُودَ فِيهَآ إِلَّآ أَن يَشَآءَ ٱللَّهُ رَبُّنَا ۚ وَسِعَ رَبُّنَا كُلَّ شَىْءٍ عِلْمًا ۚ عَلَى ٱللَّهِ تَوَكَّلْنَا ۚ رَبَّنَا ٱفْتَحْ بَيْنَنَا وَبَيْنَ قَوْمِنَا بِٱلْحَقِّ وَأَنتَ خَيْرُ ٱلْفَٰتِحِينَ٨٩
Sodiq
Agar sizning millatingizga Alloh bizga undan najot bergandan so`ng qaytsak, batahqiq, Allohga nisbatan yolg`on to`qigan bo`lamiz. Biz uchun unga qaytish mutlaqo mumkin emas, magar Robbimiz — Alloh xohlasagina (mumkin). Robbimiz hamma narsani o`z ilmi ila qamrab olgandir. Allohga tavakkal qildik. Ey Robbimiz, biz bilan qavmimizning oramizni haq ila ochgin. Sen ochuvchilarning yaxshisidirsan», – dedi.[1]
[1] Ya'ni, biz uchun shirk va kufr millatiga, ya'ni ortga qaytish mutlaqo mumkin emas. Biz iymon keltirdik va uning lazzatini tatib ko`rdik. Endi yolg`iz, bir holatdagina — Alloh bizni adashtirishni iroda qilsagina, ortga qaytishimiz mumkin. Zero, Uning irodasiga hech qachon bas kelib bo`lmaydi. Kelajakda qilajak jamiki amallarimizni ham uning O`ziga topshirdik. Biz faqat Allohga suyanamiz. Sizning tahdid va zo`rligingiz, soxta xudolaringizdan zarracha hayiqmaymiz, ularga e'tibor bermaymiz ham. Shu yo`l bilan ishni o`zining haqiqiy egasi hukmiga havola qilib, iymon va kufr o`rtasida hukm chiqaruvchi hokimi mutlaqqa murojaat etdilar.)
90
وَقَالَ ٱلْمَلَأُ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ مِن قَوْمِهِۦ لَئِنِ ٱتَّبَعْتُمْ شُعَيْبًا إِنَّكُمْ إِذًا لَّخَٰسِرُونَ٩٠
Sodiq
Uning qavmidan bo`lgan, kufr keltirgan zodagonlar: «Agar Shu'aybga ergashsangiz, u holda, albatta, ziyon ko`ruvchidirsiz», – dedilar.
91
فَأَخَذَتْهُمُ ٱلرَّجْفَةُ فَأَصْبَحُواْ فِى دَارِهِمْ جَٰثِمِينَ٩١
Sodiq
Bas, ularni shiddatli zilzila oldi va joylarida o`tirib qoldilar.
92
ٱلَّذِينَ كَذَّبُواْ شُعَيْبًا كَأَن لَّمْ يَغْنَوْاْ فِيهَا ۚ ٱلَّذِينَ كَذَّبُواْ شُعَيْبًا كَانُواْ هُمُ ٱلْخَٰسِرِينَ٩٢
Sodiq
Shu'aybni yolg`onchiga chiqarganlar, xuddi u yerda yashamagandek bo`ldilar. Shu'aybni yolg`onchiga chiqarganlar, o`shalar ziyon ko`ruvchilar bo`ldilar.[1]
[1] Ya'ni, mazkur shiddatli zilziladan keyin Shuayb alayhissalomga muxolif bo`lgan kofirlar halok bo`lib, batamom gumdon bo`lib ketdilar.)
93
فَتَوَلَّىٰ عَنْهُمْ وَقَالَ يَٰقَوْمِ لَقَدْ أَبْلَغْتُكُمْ رِسَٰلَٰتِ رَبِّى وَنَصَحْتُ لَكُمْ ۖ فَكَيْفَ ءَاسَىٰ عَلَىٰ قَوْمٍ كَٰفِرِينَ٩٣
Sodiq
Keyin ulardan yuz o`girdi va «Ey qavmim, batahqiq, sizga Robbimning yuborganlarini yetkazgan edim hamda sizga nasihat qilgan edim. Qanday qilib kofir qavmlarga qayg`uray», – dedi.
94
وَمَآ أَرْسَلْنَا فِى قَرْيَةٍ مِّن نَّبِىٍّ إِلَّآ أَخَذْنَآ أَهْلَهَا بِٱلْبَأْسَآءِ وَٱلضَّرَّآءِ لَعَلَّهُمْ يَضَّرَّعُونَ٩٤
Sodiq
Qaysi bir qishloqqa Payg`ambar yuborsak, albatta, uning ahlini tazarru' qilishlari uchun zararlar va musiybatlar ila tutganmiz.
95
ثُمَّ بَدَّلْنَا مَكَانَ ٱلسَّيِّئَةِ ٱلْحَسَنَةَ حَتَّىٰ عَفَواْ وَّقَالُواْ قَدْ مَسَّ ءَابَآءَنَا ٱلضَّرَّآءُ وَٱلسَّرَّآءُ فَأَخَذْنَٰهُم بَغْتَةً وَهُمْ لَا يَشْعُرُونَ٩٥
Sodiq
So`ngra yomonlikni yaxshilikka almashtirganmiz. Toki, ko`payishib va «Ota-bobolarimizga ham qiyinchilik va xursandchilik yetgan edi», deganlarida, ularni o`zlariga sezdirmay, to`satdan tutganmiz.[1]
[1] Vaqt-soati kelib Alloh taolo mazkur yomon holatlarni yaxshilik holatlarga almashtirib qo`yadi. Odamlar bu yaxshi hollarda yanada ko`payishadi. Ammo bu ziyodalik ham ular uchun sinov ekanligini anglab yetmaydilar. Alloh ularni shukr qilarmikin, deb yaxshi holatlarga solganini bilmaydilar.)
96
وَلَوْ أَنَّ أَهْلَ ٱلْقُرَىٰٓ ءَامَنُواْ وَٱتَّقَوْاْ لَفَتَحْنَا عَلَيْهِم بَرَكَٰتٍ مِّنَ ٱلسَّمَآءِ وَٱلْأَرْضِ وَلَٰكِن كَذَّبُواْ فَأَخَذْنَٰهُم بِمَا كَانُواْ يَكْسِبُونَ٩٦
Sodiq
Agar qishloqlar ahllari iymon keltirganlarida va taqvo qilganlarida edi, Biz, albatta, ularga osmonu yerdan barakotlarni ochib qo`yar edik. Lekin ular yolg`onga chiqardilar, bas, ularni qilgan kasblari tufayli tutdik.[1]
[1] Ushbu oyati karimada bayon qilinayotgan oddiy va sodda haqiqatni insoniyat tushuna olmayotgani g`oyatda ajablanarli hol. Inson uchun osmon va zamindan barakot eshiklari ochilishi uchun birgina shart kifoya, ya'ni u iymonli va taqvoli bo`lishi lozim ekan. Ana o`shanda insonga osmonu zamindan barakotlar eshigi lang ochib qo`yiladi. Chunki iymon insonni barakotli hayot yo`liga boshlaydi. Chunki taqvo insonni farovon hayot yo`liga soladi. Iymon bilan taqvo bir-biriga chambarchas bog`liq bo`lganidek, barakot ham ularga bog`liqdir. Bu haqiqatga kattayu kichik har bir sohada guvoh bo`lishi mumkin.)
97
أَفَأَمِنَ أَهْلُ ٱلْقُرَىٰٓ أَن يَأْتِيَهُم بَأْسُنَا بَيَٰتًا وَهُمْ نَآئِمُونَ٩٧
Sodiq
Qishloqlar ahli ularga Bizning balo-qazoyimiz tunda, uxlayotgan hollarida kelishidan xotirjammilar?!
98
أَوَأَمِنَ أَهْلُ ٱلْقُرَىٰٓ أَن يَأْتِيَهُم بَأْسُنَا ضُحًى وَهُمْ يَلْعَبُونَ٩٨
Sodiq
Qishloqlar ahli ularga Bizning balo-qazoyimiz choshtgohda, o`ynayotgan hollarida kelishidan xotirjammilar?!
99
أَفَأَمِنُواْ مَكْرَ ٱللَّهِ ۚ فَلَا يَأْمَنُ مَكْرَ ٱللَّهِ إِلَّا ٱلْقَوْمُ ٱلْخَٰسِرُونَ٩٩
Sodiq
Allohning makridan xotirjam bo`ldilarmi?! Allohning makridan faqat ziyon ko`ruvchi qavmlargina xotirjam bo`lurlar.[1]
[1] G`aflatga solib, gunoh qilsa ham, daxlsiz tek qo`yib, keyin tuyqusdan sezdirmay olish Allohning ishidir, ya'ni makridir.)
100
أَوَلَمْ يَهْدِ لِلَّذِينَ يَرِثُونَ ٱلْأَرْضَ مِنۢ بَعْدِ أَهْلِهَآ أَن لَّوْ نَشَآءُ أَصَبْنَٰهُم بِذُنُوبِهِمْ ۚ وَنَطْبَعُ عَلَىٰ قُلُوبِهِمْ فَهُمْ لَا يَسْمَعُونَ١٠٠
Sodiq
Yerga uning ahlidan keyin merosxo`r bo`lganlarga, agar xohlasak, gunohlari tufayli ularga musiybat yetkazishimiz va qalblariga muhr bosib, eshitmaydigan qilib qo`yishimiz ayon bo`lmadimi?!
101
تِلْكَ ٱلْقُرَىٰ نَقُصُّ عَلَيْكَ مِنْ أَنۢبَآئِهَا ۚ وَلَقَدْ جَآءَتْهُمْ رُسُلُهُم بِٱلْبَيِّنَٰتِ فَمَا كَانُواْ لِيُؤْمِنُواْ بِمَا كَذَّبُواْ مِن قَبْلُ ۚ كَذَٰلِكَ يَطْبَعُ ٱللَّهُ عَلَىٰ قُلُوبِ ٱلْكَٰفِرِينَ١٠١
Sodiq
Biz senga ana o`sha qishloqlarning xabarlarini qisqa qilib aytib bermoqdamiz. Batahqiq, ularga Payg`ambarlari ochiq-oydin hujjatlar bilan keldilar. Ammo, ular oldin yolg`onga chiqargan narsalariga iymon keltirmadilar. Alloh shunday qilib kofirlar qalbiga muhr bosdi.
102
وَمَا وَجَدْنَا لِأَكْثَرِهِم مِّنْ عَهْدٍ ۖ وَإِن وَجَدْنَآ أَكْثَرَهُمْ لَفَٰسِقِينَ١٠٢
Sodiq
Ularning ko`plarida ahdga vafo ko`rmadik. Agar ularning ko`plarini topsak ham, fosiqlikda topdik.[1]
[1] Ya'ni, ular subutsiz kimsalar bo`lib, ahdga hech vafo qilmasdilar. Bu qavmning aksar qismi faqat fosiqlik bilan mashg`ul edi. Fosiqlikning ma'nosi Alloh chizib ko`rsatgan chegaradan chiqishdir. Ya'ni, ular Alloh ko`rsatgan yo`ldan ozgan kimsalar sirasidan edilar.)
103
ثُمَّ بَعَثْنَا مِنۢ بَعْدِهِم مُّوسَىٰ بِـَٔايَٰتِنَآ إِلَىٰ فِرْعَوْنَ وَمَلَإِيْهِۦ فَظَلَمُواْ بِهَا ۖ فَٱنظُرْ كَيْفَ كَانَ عَٰقِبَةُ ٱلْمُفْسِدِينَ١٠٣
Sodiq
So`ngra, ularning ortidan Musoni O`z oyatlarimiz ila Fir'avn va uning zodagonlariga yubordik. Bas, u(oyat)larga zulm qildilar. Buzg`unchilarning oqibati qanday bo`lishiga nazar sol.
104
وَقَالَ مُوسَىٰ يَٰفِرْعَوْنُ إِنِّى رَسُولٌ مِّن رَّبِّ ٱلْعَٰلَمِينَ١٠٤
Sodiq
Muso: «Ey Fir'avn, albatta, men olamlarning Robbidan Payg`ambarman.
105
حَقِيقٌ عَلَىٰٓ أَن لَّآ أَقُولَ عَلَى ٱللَّهِ إِلَّا ٱلْحَقَّ ۚ قَدْ جِئْتُكُم بِبَيِّنَةٍ مِّن رَّبِّكُمْ فَأَرْسِلْ مَعِىَ بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ١٠٥
Sodiq
Menga Alloh haqida haqdan boshqani aytmaslik lozimdir. Batahqiq, men sizlarga Robbingizdan ochiq-oydin hujjat keltirdim. Men ila Bani Isroilni qo`yib yubor», – dedi.[1]
[1] Fir'avn Bani Isroilni qul-banda qilib olgan va ularga Robb ekaniga shubhalanmas edi. Muso alayhissalom unga haqiqiy Robb Alloh ekanini tushuntirib, Bani Isroilni ozod qilish o`sha yagona Allohning — haqiqiy Robbning amrini izhor etdilar.)
106
قَالَ إِن كُنتَ جِئْتَ بِـَٔايَةٍ فَأْتِ بِهَآ إِن كُنتَ مِنَ ٱلصَّٰدِقِينَ١٠٦
Sodiq
U: «Agar mo`'jiza keltirgan bo`lsang, rostgo`ylardan bo`lsang, keltir uni», – dedi.
107
فَأَلْقَىٰ عَصَاهُ فَإِذَا هِىَ ثُعْبَانٌ مُّبِينٌ١٠٧
Sodiq
Asosini tashlagan edi... banogoh u aniq ajdar bo`ldi.
108
وَنَزَعَ يَدَهُۥ فَإِذَا هِىَ بَيْضَآءُ لِلنَّٰظِرِينَ١٠٨
Sodiq
Va qo`lini chiqargan edi... banogoh u nazar soluvchilarga oppoq bo`lib ko`rindi.[1]
[1] Aslida, Muso alayhissalom bug`doyrang tusda edilar. Fir'avn mo`'jiza ko`rsatishni talab qilganda qo`llarini qo`ltiqlaridan chiqargan zahoti oppoq tusda namoyon bo`ldi.)
109
قَالَ ٱلْمَلَأُ مِن قَوْمِ فِرْعَوْنَ إِنَّ هَٰذَا لَسَٰحِرٌ عَلِيمٌ١٠٩
Sodiq
Fir'avn qavmidan bo`lgan zodagonlar: «Albatta, bu bilimdon sehrgardir!
110
يُرِيدُ أَن يُخْرِجَكُم مِّنْ أَرْضِكُمْ ۖ فَمَاذَا تَأْمُرُونَ١١٠
Sodiq
Sizlarni yeringizdan chiqarishni xohlaydi. Bas, nimaga amr qilasizlar?» – dedilar.
111
قَالُوٓاْ أَرْجِهْ وَأَخَاهُ وَأَرْسِلْ فِى ٱلْمَدَآئِنِ حَٰشِرِينَ١١١
Sodiq
Ular: «Uni va akasini qo`yib turgin-da, shaharlarga to`plovchilarni yubor.
112
يَأْتُوكَ بِكُلِّ سَٰحِرٍ عَلِيمٍ١١٢
Sodiq
Hamma bilimdon sehrgarlarni senga olib kelsinlar», – dedilar.[1]
[1] Muso va akasi Horunni qo`yib turgin-da, barcha shaharlarga odam yubor, ular bor bilimdon sehrgarlarni to`plab kelsinlar.)
113
وَجَآءَ ٱلسَّحَرَةُ فِرْعَوْنَ قَالُوٓاْ إِنَّ لَنَا لَأَجْرًا إِن كُنَّا نَحْنُ ٱلْغَٰلِبِينَ١١٣
Sodiq
Sehrgarlar Fir'avnga kelib: «Agar biz g`olib bo`lsak, albatta, mukofot olsak kerak?» – dedilar.
114
قَالَ نَعَمْ وَإِنَّكُمْ لَمِنَ ٱلْمُقَرَّبِينَ١١٤
Sodiq
U: «Ha. Va, albatta, mening yaqin kishilarimdan bo`lursizlar».
115
قَالُواْ يَٰمُوسَىٰٓ إِمَّآ أَن تُلْقِىَ وَإِمَّآ أَن نَّكُونَ نَحْنُ ٱلْمُلْقِينَ١١٥
Sodiq
Ular: «Ey Muso, yoki sen tashla, yoki biz tashlovchi bo`laylik», – dedilar.
116
قَالَ أَلْقُواْ ۖ فَلَمَّآ أَلْقَوْاْ سَحَرُوٓاْ أَعْيُنَ ٱلنَّاسِ وَٱسْتَرْهَبُوهُمْ وَجَآءُو بِسِحْرٍ عَظِيمٍ١١٦
Sodiq
U: «Sizlar tashlanglar», – dedi. Ular tashlaganlarida, odamlarning ko`zini sehrladilar, qo`rqitdilar va zo`r sehr ko`rsatdilar.[1]
[1] Ular qo`llaridagi arqon va asolarini tashladilar. Boyagi arqon va asolar odamlarning nazariga ilon bo`lib ko`rindi.)
117
۞وَأَوْحَيْنَآ إِلَىٰ مُوسَىٰٓ أَنْ أَلْقِ عَصَاكَ ۖ فَإِذَا هِىَ تَلْقَفُ مَا يَأْفِكُونَ١١٧
Sodiq
Biz Musoga: «Asoingni tashlagin», deb vahiy yubordik. Birdan, u ular uydirayotgan narsani yuta boshladi.[1]
[1] Usta sehrgarlarning ko`zbo`yamachiligi to`planganlarni dahshatga solib qo`ygan edi. Muso alayhissalom ham ko`pchilik bilan birga sodir bo`layotgan voqeani kuzatib turar edilar. Alloh u zotga «Asongni tashla», deb vahiy yubordi. Muso alayhissalom yerga asoni tashladilar. Aso ajdarga aylandi va birdan sehrgarlar namoyish etayotgan uydirma — ko`zbo`yamachiliklarni yuta boshladi.)
118
فَوَقَعَ ٱلْحَقُّ وَبَطَلَ مَا كَانُواْ يَعْمَلُونَ١١٨
Sodiq
Bas, haq qaror topdi va ularning qilayotganlari botil bo`ldi.
119
فَغُلِبُواْ هُنَالِكَ وَٱنقَلَبُواْ صَٰغِرِينَ١١٩
Sodiq
O`sha yerda yengildilar va beobro` bo`ldilar.
120
وَأُلْقِىَ ٱلسَّحَرَةُ سَٰجِدِينَ١٢٠
Sodiq
Va sehrgarlar sajdaga tashlanib:
121
قَالُوٓاْ ءَامَنَّا بِرَبِّ ٱلْعَٰلَمِينَ١٢١
Sodiq
«Olamlarning Robbiga iymon keltirdik.
122
رَبِّ مُوسَىٰ وَهَٰرُونَ١٢٢
Sodiq
Muso va Horunning Robbiga», – dedilar.[1]
[1] Ne boisdan sehrgarlar birinchi bo`lib iymon keltirdilar? Chunki ular Muso alayhissalom keltirgan narsa sehr emas, haqiqiy ilohiy mo`'jiza ekanini hammadan burun anglab yetdilar. Sehrgarlarga haqiqat birinchi bo`lib yetib bordi. Vijdonlari uyg`ondi va qalblarini iymon nuri yoritdi. Ular Allohga sajda qilish uchun o`zlarini yerga tashladilar.)
123
قَالَ فِرْعَوْنُ ءَامَنتُم بِهِۦ قَبْلَ أَنْ ءَاذَنَ لَكُمْ ۖ إِنَّ هَٰذَا لَمَكْرٌ مَّكَرْتُمُوهُ فِى ٱلْمَدِينَةِ لِتُخْرِجُواْ مِنْهَآ أَهْلَهَا ۖ فَسَوْفَ تَعْلَمُونَ١٢٣
Sodiq
Fir'avn: «Men sizga izn bermay turib unga iymon keltirdingizmi?! Albatta, bu sizning shahardan uning ahlini chiqarish uchun qilgan makringizdir. Hali bilasiz.
124
لَأُقَطِّعَنَّ أَيْدِيَكُمْ وَأَرْجُلَكُم مِّنْ خِلَٰفٍ ثُمَّ لَأُصَلِّبَنَّكُمْ أَجْمَعِينَ١٢٤
Sodiq
Albatta, oyoq-qo`llaringizni qarama-qarshi tomonidan kesaman va hammangizni osaman», – dedi.[1]
[1] Bu ham barcha fir'avnlarga xos xususiyat. Ular o`zlariga qul bo`lgan fuqarolarning hatto Allohga iymon keltirishni ham undan so`rab, iltijolanib, ado etishlarini xohlaydilar. Barcha davr fir'avnlarining mo`minlarga qarshi qo`llaydigan uslubi shu qadimda qo`l-oyoqlarini kesib, osishgan; hozirda qamaydilar, azoblaydilar, otadilar. Ammo ularning bu usullari iymon nuri bilan charog`on bo`lgan qalblarga zarracha qo`rqinch sola olmaydi.)
125
قَالُوٓاْ إِنَّآ إِلَىٰ رَبِّنَا مُنقَلِبُونَ١٢٥
Sodiq
Ular: «Albatta, biz Robbimizga qaytguvchimiz.
126
وَمَا تَنقِمُ مِنَّآ إِلَّآ أَنْ ءَامَنَّا بِـَٔايَٰتِ رَبِّنَا لَمَّا جَآءَتْنَا ۚ رَبَّنَآ أَفْرِغْ عَلَيْنَا صَبْرًا وَتَوَفَّنَا مُسْلِمِينَ١٢٦
Sodiq
Sen bizdan faqat Robbimizning oyatlari kelganda ularga iymon keltirganimiz uchungina o`ch olmoqdasan! Ey Robbimiz, ustimizdan sabr to`kkin va musulmon holimizda vafot ettirgin», – dedilar.
127
وَقَالَ ٱلْمَلَأُ مِن قَوْمِ فِرْعَوْنَ أَتَذَرُ مُوسَىٰ وَقَوْمَهُۥ لِيُفْسِدُواْ فِى ٱلْأَرْضِ وَيَذَرَكَ وَءَالِهَتَكَ ۚ قَالَ سَنُقَتِّلُ أَبْنَآءَهُمْ وَنَسْتَحْىِۦ نِسَآءَهُمْ وَإِنَّا فَوْقَهُمْ قَٰهِرُونَ١٢٧
Sodiq
Fir'avn qavmidan bo`lgan zodagonlar: «Seni va xudolaringni tark qilsa ham, Muso va uning qavmini yer yuzida buzg`unchilik qilishlariga yo`l qo`yib berasanmi?» – dedilar. U: «O`g`illarini o`ldirurmiz va ayollarini tirik qoldirurmiz va, albatta, biz ular ustidan qahr o`tkazuvchimiz», – dedi.
128
قَالَ مُوسَىٰ لِقَوْمِهِ ٱسْتَعِينُواْ بِٱللَّهِ وَٱصْبِرُوٓاْ ۖ إِنَّ ٱلْأَرْضَ لِلَّهِ يُورِثُهَا مَن يَشَآءُ مِنْ عِبَادِهِۦ ۖ وَٱلْعَٰقِبَةُ لِلْمُتَّقِينَ١٢٨
Sodiq
Muso o`z qavmiga: «Allohdan yordam so`ranglar va sabr qilinglar. Yer Allohniki, uni bandalaridan kimni xohlasa, o`shanga meros qilib beradir. Va oqibat taqvodorlarnikidir», – dedi.
129
قَالُوٓاْ أُوذِينَا مِن قَبْلِ أَن تَأْتِيَنَا وَمِنۢ بَعْدِ مَا جِئْتَنَا ۚ قَالَ عَسَىٰ رَبُّكُمْ أَن يُهْلِكَ عَدُوَّكُمْ وَيَسْتَخْلِفَكُمْ فِى ٱلْأَرْضِ فَيَنظُرَ كَيْفَ تَعْمَلُونَ١٢٩
Sodiq
Ular: «Sen bizga kelmasingdan oldin ham, kelganingdan keyin ham ozor tortdik», – dedilar. U: «Shoyadki, Robbingiz dushmanlaringizni halok etib, sizlarni yer yuziga xalifa qilib, qanday amal qilishingizga nazar solsa», – dedi.[1]
[1] Qavm payg`ambariga ta'na qildi. Sen kelmasingdan burun ham ozor tortar edik, o`shanda ham o`g`illarimizni o`ldirib, ayollarimizni tirik qoldirar edilar, sen kelganingdan keyin ham bari bir ozor topmoqdamiz. Ularning fikricha, payg`ambar kelishi hamono hamma narsa ularning foydasiga hal bo`lib qolishi kerak ekan. Ular payg`ambar shaxsiga ta'na qilmoqdalar. Ammo nega o`zlariga nazar solmaydilar? O`zlari nimalar qildilar? Iymon keltirdilarmi? Iymon taqozo etgan biror-bir ishni qildilarmi?)
130
وَلَقَدْ أَخَذْنَآ ءَالَ فِرْعَوْنَ بِٱلسِّنِينَ وَنَقْصٍ مِّنَ ٱلثَّمَرَٰتِ لَعَلَّهُمْ يَذَّكَّرُونَ١٣٠
Sodiq
Biz Fir'avn ahlini, shoyad eslasalar deb, (qahatchilik) yillar va mevalar tanqisligi ila tutdik.
131
فَإِذَا جَآءَتْهُمُ ٱلْحَسَنَةُ قَالُواْ لَنَا هَٰذِهِۦ ۖ وَإِن تُصِبْهُمْ سَيِّئَةٌ يَطَّيَّرُواْ بِمُوسَىٰ وَمَن مَّعَهُۥٓ ۗ أَلَآ إِنَّمَا طَٰٓئِرُهُمْ عِندَ ٱللَّهِ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَهُمْ لَا يَعْلَمُونَ١٣١
Sodiq
Ular o`zlariga yaxshilik yetganda: «Bunga biz haqdormiz», – dedilar. Agar ularga yomonlik yetsa, Muso va u bilan birga bo`lganlardan shumlandilar. Ogoh bo`lsinlarkim, ularning shumliklari Allohning huzuridan boshqa joyda emas. Lekin ko`plari bilmaslar.
132
وَقَالُواْ مَهْمَا تَأْتِنَا بِهِۦ مِنْ ءَايَةٍ لِّتَسْحَرَنَا بِهَا فَمَا نَحْنُ لَكَ بِمُؤْمِنِينَ١٣٢
Sodiq
Ular: «Har qancha oyat keltirib bizni sehrlamoqchi bo`lsang ham, biz senga iymon keltirguvchi emasmiz», – dedilar.
133
فَأَرْسَلْنَا عَلَيْهِمُ ٱلطُّوفَانَ وَٱلْجَرَادَ وَٱلْقُمَّلَ وَٱلضَّفَادِعَ وَٱلدَّمَ ءَايَٰتٍ مُّفَصَّلَٰتٍ فَٱسْتَكْبَرُواْ وَكَانُواْ قَوْمًا مُّجْرِمِينَ١٣٣
Sodiq
Bas, ularning ustidan to`fon, chigirtka, mita, baqa va qonlarni ochiq-oydin va mufassal belgilar qilib yubordik. Bas, ular mutakabbirlik qildilar va jinoyatchi qavm bo`ldilar.[1]
[1] Alloh taolo Fir'avn va uning ahli va'z-nasihatga quloq tutsin, insofu iymonga kelsin, qilayotgan jinoyatlaridan qaytsin, deb ularga mufassal qilib, alohida-alohida tarzda oyat-belgilarni yubordi. Ba'zi ulamolarning fikricha, Isro surasidagi «Musoga to`qqizta ochiq-oydin, oyat-belgi berdik», deyilishiga qaraganda, to`qqiz yilda to`qqizta oyat yuborgan, chunonchi aso, qo`l, qahatchilik, meva va jonlarni nuqsonga uchratish, to`fon, chigirtka, mita, baqa va qon. Alloh taolo har gal balo yuborganida, Fir'avn ahli dod-voy solishib, tavba qilishar, jinoyatlarini tark etishga va Bani Isroilni qo`yib yuborishga Muso alayhissalomga va'da berishar edi.)
134
وَلَمَّا وَقَعَ عَلَيْهِمُ ٱلرِّجْزُ قَالُواْ يَٰمُوسَى ٱدْعُ لَنَا رَبَّكَ بِمَا عَهِدَ عِندَكَ ۖ لَئِن كَشَفْتَ عَنَّا ٱلرِّجْزَ لَنُؤْمِنَنَّ لَكَ وَلَنُرْسِلَنَّ مَعَكَ بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ١٣٤
Sodiq
Qachonki ustilariga azob tushsa: «Ey Muso, senga bergan ahd hurmati, Robbingga duo qil, agar bizdan azobni ko`tarsang, albatta, senga iymon keltirurmiz va Bani Isroilni sen bilan qo`yib yuborurmiz», – der edilar.
135
فَلَمَّا كَشَفْنَا عَنْهُمُ ٱلرِّجْزَ إِلَىٰٓ أَجَلٍ هُم بَٰلِغُوهُ إِذَا هُمْ يَنكُثُونَ١٣٥
Sodiq
Qachonki ustilaridagi azobni o`zlari yetib boradigan muddatga ko`tarsak, qarabsanki, qasamlarini buzib turibdilar.
136
فَٱنتَقَمْنَا مِنْهُمْ فَأَغْرَقْنَٰهُمْ فِى ٱلْيَمِّ بِأَنَّهُمْ كَذَّبُواْ بِـَٔايَٰتِنَا وَكَانُواْ عَنْهَا غَٰفِلِينَ١٣٦
Sodiq
Bas, ulardan intiqom oldik. Oyatlarimizni yolg`onga chiqarganlari va ulardan g`ofil bo`lganlari uchun ularni dengizga g`arq qildik.[1]
[1] Alloh taolo vaqti-soati yetganida, qoyil maqom qilib intiqom oldi. Allohning oyatlarini rad etib, kofirlardan ibrat olmay, g`ofil bo`lganlari uchun suv qa'riga g`arq bo`lib, hammalari birdaniga halok bo`ldilar. Oyati karimada, dengizga g`arq qildik, deyiladi.)
137
وَأَوْرَثْنَا ٱلْقَوْمَ ٱلَّذِينَ كَانُواْ يُسْتَضْعَفُونَ مَشَٰرِقَ ٱلْأَرْضِ وَمَغَٰرِبَهَا ٱلَّتِى بَٰرَكْنَا فِيهَا ۖ وَتَمَّتْ كَلِمَتُ رَبِّكَ ٱلْحُسْنَىٰ عَلَىٰ بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ بِمَا صَبَرُواْ ۖ وَدَمَّرْنَا مَا كَانَ يَصْنَعُ فِرْعَوْنُ وَقَوْمُهُۥ وَمَا كَانُواْ يَعْرِشُونَ١٣٧
Sodiq
Va xo`rlanib yurgan qavmni esa, o`zimiz barakali qilgan yerning mashriqiyu mag`ribiga merosxo`r qildik. Sabr qilganlari uchun Robbingning go`zal so`zlari Bani Isroilga batamom bo`ldi. Fir'avn va uning qavmi qurgan narsalarni va ular yuksaltirgan narsalarni vayron qildik.[1]
[1] Oyatdagi «xo`rlanib yurgan qavm»dan murod Bani Isroildir. Fir'avn va uning ahli Bani Isroil o`g`lonlarini o`ldirib, qizlarini cho`ri, o`zlarini xizmatkor qilib, mudom xo`rlashar edilar. Alloh taolo Fir'avn va uning qavmini ulkan jinoyatlari boisidan g`arq etib, halok qilganidan so`ng, «xo`rlanib yurgan qavm»ni O`zi barakali qilib qo`ygan yerning mashriq va mag`ribiga merosxo`r qilganini eslatmoqda. Endi ular xorlikdan qutulib, ozod va farovon turmush kechirish imkoniga ega bo`ldilar.)
138
وَجَٰوَزْنَا بِبَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ ٱلْبَحْرَ فَأَتَوْاْ عَلَىٰ قَوْمٍ يَعْكُفُونَ عَلَىٰٓ أَصْنَامٍ لَّهُمْ ۚ قَالُواْ يَٰمُوسَى ٱجْعَل لَّنَآ إِلَٰهًا كَمَا لَهُمْ ءَالِهَةٌ ۚ قَالَ إِنَّكُمْ قَوْمٌ تَجْهَلُونَ١٣٨
Sodiq
Va Bani Isroilni dengizdan olib o`tdik. Bas, ular o`z sanamlariga berilib sig`inayotgan qavm ustiga keldilar. Ular:» Ey Muso, bizga ham xuddi ularning xudolariga o`xshash xudo qilib ber», – dedilar. U: «Albatta, siz johil qavm bo`layotibsiz.
139
إِنَّ هَٰٓؤُلَآءِ مُتَبَّرٌ مَّا هُمْ فِيهِ وَبَٰطِلٌ مَّا كَانُواْ يَعْمَلُونَ١٣٩
Sodiq
Axir, anavilar ichida turgan narsa halokatdir va qilayotgan ishlari botildir», – dedi.[1]
[1] Aslida, ularni Fir'avn va uning ahlining uzoq muddatli ezishidan, xo`rlashidan xalos etgan Allohga shukr aylab, yolg`iz Ungagina ibodat qilishlari kerak edi. Aslida, ularni dahshatli azob-uqubatlardan Allohning amri va yordami ila fidokorlik qilib qutqazib olib chiqqan payg`ambarlari Muso alayhissalomning maslahatisiz hech bir ish qilmasliklari lozim edi. Lekin ular bir zolim butparast qavmni yo`l-yo`lakay ko`rib qolib, ularga havas qilyaptilar.)
140
قَالَ أَغَيْرَ ٱللَّهِ أَبْغِيكُمْ إِلَٰهًا وَهُوَ فَضَّلَكُمْ عَلَى ٱلْعَٰلَمِينَ١٤٠
Sodiq
«Sizlarga Allohdan o`zgani xudo qilib beraymi?! Holbuki, U sizlarni olamlardan afzal qilgan zot-ku!» – dedi.[1]
[1] Alloh taolo ularga payg`ambar yuborib, ilohiy kitob nozil qilsa, shariat berib, o`z zamonasidagi odamlardan afzal etib qo`ysa-yu, ular o`z payg`ambarlariga, bizga ham anavi qavmning xudolariga o`xshash xudo qilib ber, deb turishsa. Bu g`oyat darajada noshukrlik va o`taketgan shakkoklik edi.)
141
وَإِذْ أَنجَيْنَٰكُم مِّنْ ءَالِ فِرْعَوْنَ يَسُومُونَكُمْ سُوٓءَ ٱلْعَذَابِ ۖ يُقَتِّلُونَ أَبْنَآءَكُمْ وَيَسْتَحْيُونَ نِسَآءَكُمْ ۚ وَفِى ذَٰلِكُم بَلَآءٌ مِّن رَّبِّكُمْ عَظِيمٌ١٤١
Sodiq
Sizlarni yomon azoblarga qo`yayotgan, o`g`illaringizni o`ldirib, qizlaringizni tirik qoldirayotgan Fir'avn ahlidan qutqarganimizni eslang! Va bu ishda Robbingizdan ulug` sinov bordir.
142
۞وَوَٰعَدْنَا مُوسَىٰ ثَلَٰثِينَ لَيْلَةً وَأَتْمَمْنَٰهَا بِعَشْرٍ فَتَمَّ مِيقَٰتُ رَبِّهِۦٓ أَرْبَعِينَ لَيْلَةً ۚ وَقَالَ مُوسَىٰ لِأَخِيهِ هَٰرُونَ ٱخْلُفْنِى فِى قَوْمِى وَأَصْلِحْ وَلَا تَتَّبِعْ سَبِيلَ ٱلْمُفْسِدِينَ١٤٢
Sodiq
Va Muso bilan o`ttiz kechaga va'dalashdik. Keyin esa, uni o`n (kecha) bilan tugal qildik. Bas, Robbining belgilagan vaqti to`liq qirq kecha bo`ldi. Muso akasi Horunga: «Qavmimda mening o`rnimni ol, yaxshi ish qil, buzg`unchilarning yo`liga ergashma», – dedi.
143
وَلَمَّا جَآءَ مُوسَىٰ لِمِيقَٰتِنَا وَكَلَّمَهُۥ رَبُّهُۥ قَالَ رَبِّ أَرِنِىٓ أَنظُرْ إِلَيْكَ ۚ قَالَ لَن تَرَىٰنِى وَلَٰكِنِ ٱنظُرْ إِلَى ٱلْجَبَلِ فَإِنِ ٱسْتَقَرَّ مَكَانَهُۥ فَسَوْفَ تَرَىٰنِى ۚ فَلَمَّا تَجَلَّىٰ رَبُّهُۥ لِلْجَبَلِ جَعَلَهُۥ دَكًّا وَخَرَّ مُوسَىٰ صَعِقًا ۚ فَلَمَّآ أَفَاقَ قَالَ سُبْحَٰنَكَ تُبْتُ إِلَيْكَ وَأَنَاْ أَوَّلُ ٱلْمُؤْمِنِينَ١٤٣
Sodiq
Muso miyqotimizga kelib, Robbi unga gapirganida, U: «Robbim, menga (jamolingni) ko`rsatgin, Senga nazar solay», – dedi. U zot: «Meni hech ko`ra olmassan. Lekin toqqa nazar sol, agar u makonida sobit tura olsa, bas, Meni ko`rasan», – dedi. Robbi toqqa tajalliy qilganida, uni titilgan holga keltirdi va Muso hushidan ketib yiqildi. Hushiga kelgach: «Sen poksan, Senga tavba qildim. Men mo`minlarning avvalgisiman», – dedi.[1]
[1] Bashar farzandi tarixidagi tengi va o`xshashi yo`q hodisa. Robb ila bandaning uchrashuvi. Butun olamlarni yaratgan Zot bilan o`sha olamlarning kichik bir zarrasining yuzlashuvi. Bu uchrashuv tafsilotini va qanday holda ro`y berganini Allohning O`zi biladi. Biz esa, Qur'onda zikr etilgani bilan kifoyalanamiz, xolos. Ehtimol ushbu uchrashuv kelajakdagi mashaqqatlarni yengib o`tish uchun Muso alayhissalomga quvvat va sabot manbai bo`lar. Ehtimol shuning uchun uchrashuvdan burun qirq kun hamma narsani tark etib, chilla o`tirib alohida hozirlik ko`rilgandir. Vaqti-soati yetib, uchrashuv o`z vaqtida, belgilangan joyda sodir bo`ldi. Bu uchrashuv arab lafzida «miyqot», ya'ni ismi zamon va ismi makon bo`lib, uchrashuv vaqti va zamoni ma'nosini bildiradi.)
144
قَالَ يَٰمُوسَىٰٓ إِنِّى ٱصْطَفَيْتُكَ عَلَى ٱلنَّاسِ بِرِسَٰلَٰتِى وَبِكَلَٰمِى فَخُذْ مَآ ءَاتَيْتُكَ وَكُن مِّنَ ٱلشَّٰكِرِينَ١٤٤
Sodiq
«Ey Muso, men seni odamlar ichidan Payg`ambarligim va gaplashishim ila tanlab oldim. Bas, senga bergan narsamni ol va shukr qiluvchilardan bo`l!» – dedi.
145
وَكَتَبْنَا لَهُۥ فِى ٱلْأَلْوَاحِ مِن كُلِّ شَىْءٍ مَّوْعِظَةً وَتَفْصِيلًا لِّكُلِّ شَىْءٍ فَخُذْهَا بِقُوَّةٍ وَأْمُرْ قَوْمَكَ يَأْخُذُواْ بِأَحْسَنِهَا ۚ سَأُوْرِيكُمْ دَارَ ٱلْفَٰسِقِينَ١٤٥
Sodiq
Va unga lavhlarda hamma narsadan mav'iza va har bir narsaning tafsilotini yozib berdik. «Bas, ularni quvvat ila tut va ahlingga buyur, ularning eng yaxshilarini olsinlar. Endi, sizlarga fosiqlarning diyorini ko`rsataman», – dedik.[1]
[1] Ushbu oyati karimada zikr qilingan «lavhlar» haqida tafsir ulamolari ko`plab ma'lumotlar keltirishgan, ko`plab bahs munozara qilishgan. Ammo keyingi davrdagi muhaqqiq tafsirchi olimlarimiz, ma'lumotlarning hammasi ham ishonchli manbalardan olinmaganligi uchun ular haqida tortishuvning hojati yo`q, degan xulosaga kelganlar. Biz uchun «lavhlar» nimadan iboratligi, qaysi moddadan bo`lgani, shakli yoki hajmi ahamiyatsiz, balki ularga yozilgan ma'nolar ahamiyatlidir, deydi mufassirlar.)
146
سَأَصْرِفُ عَنْ ءَايَٰتِىَ ٱلَّذِينَ يَتَكَبَّرُونَ فِى ٱلْأَرْضِ بِغَيْرِ ٱلْحَقِّ وَإِن يَرَوْاْ كُلَّ ءَايَةٍ لَّا يُؤْمِنُواْ بِهَا وَإِن يَرَوْاْ سَبِيلَ ٱلرُّشْدِ لَا يَتَّخِذُوهُ سَبِيلًا وَإِن يَرَوْاْ سَبِيلَ ٱلْغَىِّ يَتَّخِذُوهُ سَبِيلًا ۚ ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمْ كَذَّبُواْ بِـَٔايَٰتِنَا وَكَانُواْ عَنْهَا غَٰفِلِينَ١٤٦
Sodiq
Endi, yer yuzida nohaqdan mutakabbirlik qilayotganlarni, barcha oyatlarni ko`rsalar ham, ularga iymon keltirmayotganlarni, to`g`rilik yo`lini ko`rsalar ham, uni o`zlariga yo`l tutmayotganlarni, agar adashuv yo`lini ko`rsalar, uni o`zlariga yo`l tutayotganlarni O`z oyatlarimdan buraman. Bunday bo`lishi ularning oyatlarimizni yolg`onga chiqarishlari va ulardan g`ofil bo`lishlari sababidandir.
147
وَٱلَّذِينَ كَذَّبُواْ بِـَٔايَٰتِنَا وَلِقَآءِ ٱلْـَٔاخِرَةِ حَبِطَتْ أَعْمَٰلُهُمْ ۚ هَلْ يُجْزَوْنَ إِلَّا مَا كَانُواْ يَعْمَلُونَ١٤٧
Sodiq
Oyatlarimizni va oxirat muloqotini yolg`onga chiqarganlar amallari behuda ketganlardir. Ular faqat qilib yurgan amallarining jazosini olurlar.
148
وَٱتَّخَذَ قَوْمُ مُوسَىٰ مِنۢ بَعْدِهِۦ مِنْ حُلِيِّهِمْ عِجْلًا جَسَدًا لَّهُۥ خُوَارٌ ۚ أَلَمْ يَرَوْاْ أَنَّهُۥ لَا يُكَلِّمُهُمْ وَلَا يَهْدِيهِمْ سَبِيلًا ۘ ٱتَّخَذُوهُ وَكَانُواْ ظَٰلِمِينَ١٤٨
Sodiq
Musoning qavmi undan keyin taqinchoqlaridan (bo`lgan), bo`kiradigan buzoq jasadini (xudo) tutdilar. Uning ularga gapirmasligini va ularni hidoyat qilmasligini bilmadilarmi?! Uni (xudo) tutdilar va zulm qiluvchilardan bo`ldilar.[1]
[1] Ya'ni, Muso alayhissalomning qavmi bo`lmish Bani Isroil, u zot Robbining miyqotiga ketganlaridan so`ng, o`zlari bilan Misrdan olib chiqqan taqinchoqlardan yasalgan buzoq jasadi — haykalini o`zlariga xudo qilib oldilar. Bu taqinchoqlar Misr aholisi — qibtiylarning taqinchoqlari edi. Qavm ichidan Samuriy ismli odam o`sha taqinchoqlardan buzoq shaklini yasab, ustakorlik bilan undan xo`kizning bo`kirishiga monand ovoz chiqadigan holga keltirdi. Muso alayhissalom Bani Isroilga ma'lum o`ttiz kundan ortiq qolib ketganlaridan so`ng, Samuriy «Muso miyqotiga ketgan Robbi shuning o`zi, u unutib qo`yib boshqa yoqlarda adashib yuribdi», dedi. Bani Isroil payg`ambarlari Musoning so`zlarini unutib, uning xalifasi Horunning ham gapiga kirmay, Samuriyning ig`vosi ila tilla taqinchoqlardan yasalgan allanechuk bo`kirguvchi buzoq haykaliga sig`inmoqqa yopirildilar.)
149
وَلَمَّا سُقِطَ فِىٓ أَيْدِيهِمْ وَرَأَوْاْ أَنَّهُمْ قَدْ ضَلُّواْ قَالُواْ لَئِن لَّمْ يَرْحَمْنَا رَبُّنَا وَيَغْفِرْ لَنَا لَنَكُونَنَّ مِنَ ٱلْخَٰسِرِينَ١٤٩
Sodiq
Qo`llari tushgan paytda va o`zlarining adashganlarini bilganlarida: «Agar Robbimiz bizga rahim qilmasa va mag`firat etmasa, albatta, ziyonkorlardan bo`lamiz», – dedilar.
150
وَلَمَّا رَجَعَ مُوسَىٰٓ إِلَىٰ قَوْمِهِۦ غَضْبَٰنَ أَسِفًا قَالَ بِئْسَمَا خَلَفْتُمُونِى مِنۢ بَعْدِىٓ ۖ أَعَجِلْتُمْ أَمْرَ رَبِّكُمْ ۖ وَأَلْقَى ٱلْأَلْوَاحَ وَأَخَذَ بِرَأْسِ أَخِيهِ يَجُرُّهُۥٓ إِلَيْهِ ۚ قَالَ ٱبْنَ أُمَّ إِنَّ ٱلْقَوْمَ ٱسْتَضْعَفُونِى وَكَادُواْ يَقْتُلُونَنِى فَلَا تُشْمِتْ بِىَ ٱلْأَعْدَآءَ وَلَا تَجْعَلْنِى مَعَ ٱلْقَوْمِ ٱلظَّٰلِمِينَ١٥٠
Sodiq
Qachonki Muso o`z qavmiga g`azablangan va afsus qilgan holida qaytganida: «Mening ketimdan qanday ham yomon xalifa bo`ldingiz. Robbingizning amridan (oldin) shoshildingizmi?!» – dedi va lavhlarni tashlab, akasining boshidan tutib, o`ziga torta boshladi. U (Horun): «Ey onamning bolasi, shubhasiz, bu qavm meni xo`rladi va o`ldirib qo`yishlariga sal qoldi. Endi sen dushmanlarni ustimdan kuldirmagin va meni ham zolim qavmlardan deb bilmagin», – dedi.[1]
[1] Darg`azab bo`lgan ukadan bu tasarrufni ko`rgan Horun alayhissalom uni bir oz hovridan tushirish uchun oralaridagi aka-ukalik hurmatini eslatib «Ey onamning bolasi, shubhasiz, bu qavm meni xo`rladi va o`ldirib qo`yishlariga sal qoldi», dedilar.)
151
قَالَ رَبِّ ٱغْفِرْ لِى وَلِأَخِى وَأَدْخِلْنَا فِى رَحْمَتِكَ ۖ وَأَنتَ أَرْحَمُ ٱلرَّٰحِمِينَ١٥١
Sodiq
U: «Robbim, meni va akamni mag`firat qilgin va bizlarni O`z rahmatingga kiritgin. Sening O`zing rahim qilguvchilarning rahimlirog`isan», dedi.
152
إِنَّ ٱلَّذِينَ ٱتَّخَذُواْ ٱلْعِجْلَ سَيَنَالُهُمْ غَضَبٌ مِّن رَّبِّهِمْ وَذِلَّةٌ فِى ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا ۚ وَكَذَٰلِكَ نَجْزِى ٱلْمُفْتَرِينَ١٥٢
Sodiq
Albatta, buzoqni (xudo) tutganlarga Robbilaridan g`azab va hayoti dunyoda xorlik yetadir. Yolg`on to`quvchilarni mana shunday jazolarmiz.
153
وَٱلَّذِينَ عَمِلُواْ ٱلسَّيِّـَٔاتِ ثُمَّ تَابُواْ مِنۢ بَعْدِهَا وَءَامَنُوٓاْ إِنَّ رَبَّكَ مِنۢ بَعْدِهَا لَغَفُورٌ رَّحِيمٌ١٥٣
Sodiq
Gunoh ishlarni qilganlar, undan keyin tavba qilsalar va iymon keltirsalar, albatta, Robbing undan so`ng mag`firat qilguvchi va mehribon Zotdir.
154
وَلَمَّا سَكَتَ عَن مُّوسَى ٱلْغَضَبُ أَخَذَ ٱلْأَلْوَاحَ ۖ وَفِى نُسْخَتِهَا هُدًى وَرَحْمَةٌ لِّلَّذِينَ هُمْ لِرَبِّهِمْ يَرْهَبُونَ١٥٤
Sodiq
Qachonki Musoning g`azabi bosilgach, lavhlarni oldi. Ularning nusxasida Robbilaridan haqiqatda qo`rqadiganlar uchun hidoyat va rahmat bor edi.[1]
[1] Horunning gapidan keyin bir oz o`ziga kelib, Allohdan mag`firat so`rab, uning rahmatidan umidvorliklarini bildirganlaridan so`ng, Muso alayhissalomning g`azablari bosildi. Shunda yerga qo`ygan lavhlarni qo`llariga oldilar. Bu lavhlarda Alloh taolodan haqiqatda qo`rqadigan odamlar uchun katta hidoyat va ulkan rahmatlar borligi yozilgan edi.)
155
وَٱخْتَارَ مُوسَىٰ قَوْمَهُۥ سَبْعِينَ رَجُلًا لِّمِيقَٰتِنَا ۖ فَلَمَّآ أَخَذَتْهُمُ ٱلرَّجْفَةُ قَالَ رَبِّ لَوْ شِئْتَ أَهْلَكْتَهُم مِّن قَبْلُ وَإِيَّٰىَ ۖ أَتُهْلِكُنَا بِمَا فَعَلَ ٱلسُّفَهَآءُ مِنَّآ ۖ إِنْ هِىَ إِلَّا فِتْنَتُكَ تُضِلُّ بِهَا مَن تَشَآءُ وَتَهْدِى مَن تَشَآءُ ۖ أَنتَ وَلِيُّنَا فَٱغْفِرْ لَنَا وَٱرْحَمْنَا ۖ وَأَنتَ خَيْرُ ٱلْغَٰفِرِينَ١٥٥
Sodiq
Va Muso miyqotimizga qavmidan yetmish kishini tanlab oldi. Ularni dahshatli zilzila tutgan paytda: «Ey Robbim, agar xohlasang, bularni ham, meni ham bundan oldin halok qilsang bo`lardi. Esi pastlarimiz qilgan ish tufayli bizni halok qilasanmi? Bu Sening sinovingdan boshqa narsa emas. U ila kimni xohlasang, adashtirasan va kimni xohlasang, hidoyatga solasan. Sen valiyimizsan, bas, bizni mag`firat qil va rahim et. Sening O`zing mag`firat qiluvchilarning eng yaxshisisan.[1]
[1] Bani Isroil tilladan yasalgan buzoq haykaliga ibodat qilib, ulkan gunoh sodir etganlari, keyin afsus bilan tavba qilganlari uchun Alloh taolo Muso alayhissalomga ulardan yetmish kishini O`z miyqotiga olib kelishni amr qilgan edi. Muso alayhissalom Bani Isroilning o`n ikki urug`idan, buzoqqa ibodat qilmagan yetmish kishini tanlab, Allohning miyqotiga olib bordilar. Ular esa Muso alayhissalomga, bizga Xudoning O`zini ko`rsat, deb turib oldilar. Hattoki ular orasidan tanlab olinganlarning qilmishi shu bo`ldi. Bunday shakkoklik sodir etganlaridan so`ng, ularni dahshatli zilzila tutib, o`zlaridan ketdilar.)
156
۞وَٱكْتُبْ لَنَا فِى هَٰذِهِ ٱلدُّنْيَا حَسَنَةً وَفِى ٱلْـَٔاخِرَةِ إِنَّا هُدْنَآ إِلَيْكَ ۚ قَالَ عَذَابِىٓ أُصِيبُ بِهِۦ مَنْ أَشَآءُ ۖ وَرَحْمَتِى وَسِعَتْ كُلَّ شَىْءٍ ۚ فَسَأَكْتُبُهَا لِلَّذِينَ يَتَّقُونَ وَيُؤْتُونَ ٱلزَّكَوٰةَ وَٱلَّذِينَ هُم بِـَٔايَٰتِنَا يُؤْمِنُونَ١٥٦
Sodiq
Va bizga bu dunyoda ham, oxiratda ham yaxshilikni yozib qo`y. Biz Sening O`zingga tavba qildik», – dedi. U zot: «Azobim ila kimni xohlasam, tutaman. Rahmatim esa, hamma narsadan kengdir. Uni taqvo qilganlarga, zakot berganlarga, oyatlarimizga iymon keltirganlarga yozajakman.
157
ٱلَّذِينَ يَتَّبِعُونَ ٱلرَّسُولَ ٱلنَّبِىَّ ٱلْأُمِّىَّ ٱلَّذِى يَجِدُونَهُۥ مَكْتُوبًا عِندَهُمْ فِى ٱلتَّوْرَىٰةِ وَٱلْإِنجِيلِ يَأْمُرُهُم بِٱلْمَعْرُوفِ وَيَنْهَىٰهُمْ عَنِ ٱلْمُنكَرِ وَيُحِلُّ لَهُمُ ٱلطَّيِّبَٰتِ وَيُحَرِّمُ عَلَيْهِمُ ٱلْخَبَٰٓئِثَ وَيَضَعُ عَنْهُمْ إِصْرَهُمْ وَٱلْأَغْلَٰلَ ٱلَّتِى كَانَتْ عَلَيْهِمْ ۚ فَٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ بِهِۦ وَعَزَّرُوهُ وَنَصَرُوهُ وَٱتَّبَعُواْ ٱلنُّورَ ٱلَّذِىٓ أُنزِلَ مَعَهُۥٓ ۙ أُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْمُفْلِحُونَ١٥٧
Sodiq
Ular o`z huzurlaridagi Tavrot va Injilda yozilgan holida topiladigan, ularni yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytaradigan, ularga pokiza narsalarni halol qilib, nopok narsalarni harom qiladigan, ustilaridagi yukni yengillatib, kishanlarni yechadigan ummiy Nabiy, Payg`ambarga ergashurlar. Bas, unga iymon keltirib, yordam berib va uni qo`llab-quvvatlagan hamda unga nozil bo`lgan nurga ergashganlar — ana o`shalar najot topguvchilardir», – dedi.[1]
[1] Allohdan gunohlarini kechishini so`raganlaridan so`ng, u zot ikki dunyoning yaxshiligini ham so`radilar. Faqat oxiratninggina emas, bu dunyo va u dunyoning yaxshiliklarini so`radilar. Bu hammaga o`rnak bo`lishi kerak. Muso alayhissalom tanlab olingan yetmish nafar nomidan qilgan iltijolari oxirida «Biz senga tavba qildik», dedilar. Muhammad alayhissalotu vassalomning sifatlari haqiqiy Tavrot va haqiqiy Injilda yozilgan. Shunday bo`lishini Alloh taolo qadimda Muso alayhissalom bilan birga miyqotga kelgan Bani Isroilning yetmishta vakiliga ham aytgan. Keyinchalik shunday bo`ldi ham. Qanchadan-qancha ahli kitoblar yoki bu kitoblardan bo`lajak payg`ambarning sifatlari haqida ma'lumot olganlar Muhammad alayhissalotu vassalomni ko`rishlari bilan iymonga keldilar.)
158
قُلْ يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ إِنِّى رَسُولُ ٱللَّهِ إِلَيْكُمْ جَمِيعًا ٱلَّذِى لَهُۥ مُلْكُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۖ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ يُحْىِۦ وَيُمِيتُ ۖ فَـَٔامِنُواْ بِٱللَّهِ وَرَسُولِهِ ٱلنَّبِىِّ ٱلْأُمِّىِّ ٱلَّذِى يُؤْمِنُ بِٱللَّهِ وَكَلِمَٰتِهِۦ وَٱتَّبِعُوهُ لَعَلَّكُمْ تَهْتَدُونَ١٥٨
Sodiq
Sen: «Ey odamlar, albatta, men sizlarning barchangizga, osmonlaru yerning mulki Uniki bo`lgan, Undan o`zga iloh yo`q bo`lgan va tiriltirib o`ldiradigan Allohning Payg`ambaridirman. Bas, Allohga hamda Uning Alloh va Uning kalimalariga iymon keltiradigan ummiy Nabiysiga iymon keltiring. Va unga ergashing, shoyadki, hidoyat topsangiz», – deb ayt.[1]
[1] Burungi payg`ambarlar o`z qavmlari va o`z zamonlariga, o`zlaridan so`ng yangi payg`ambar kelguncha bo`lgan davrga payg`ambar bo`lganlar. Ular insoniyat tarixining ma'lum bir davri uchun mas'ul bo`lganlar. Ammo Islom payg`ambari Muhammad alayhissalotu vassalom butun olam xalqlariga va qiyomatga qadar kechadigan zamonlarga payg`ambar bo`lib keldilar. U kishining shariatlari vaqt o`tishi bilan eskirib qolmaydi, balki barcha vaqt va makonga salohiyati bor shariatdir. Shuning uchun ham Muhammad alayhissalotu vassalomga butun insoniyatga qarata, men barchangizga payg`ambarman, deb aytish huquqi berilgan.)
159
وَمِن قَوْمِ مُوسَىٰٓ أُمَّةٌ يَهْدُونَ بِٱلْحَقِّ وَبِهِۦ يَعْدِلُونَ١٥٩
Sodiq
Va Musoning qavmidan ba'zi jamoalar borki, haq ila hidoyat qilib, u ila adolat qilurlar.[1]
[1] Ya'ni, Bani Isroil yoppasiga yomon bo`lmagan. Muso alayhissalom davrlarida ularning orasida ba'zi jamoalar haq so`zlar ila odamlarni hidoyatga boshlab, haq ila ularning safida adolat qilganlar. Keyinchalik Muhammad alayhissalotu vassalom payg`ambar bo`lib kelganlarida Abdulloh ibn Salom roziyallohu anhuga o`xshash Bani Isroil ahli shunday qildilar.)
160
وَقَطَّعْنَٰهُمُ ٱثْنَتَىْ عَشْرَةَ أَسْبَاطًا أُمَمًا ۚ وَأَوْحَيْنَآ إِلَىٰ مُوسَىٰٓ إِذِ ٱسْتَسْقَىٰهُ قَوْمُهُۥٓ أَنِ ٱضْرِب بِّعَصَاكَ ٱلْحَجَرَ ۖ فَٱنۢبَجَسَتْ مِنْهُ ٱثْنَتَا عَشْرَةَ عَيْنًا ۖ قَدْ عَلِمَ كُلُّ أُنَاسٍ مَّشْرَبَهُمْ ۚ وَظَلَّلْنَا عَلَيْهِمُ ٱلْغَمَٰمَ وَأَنزَلْنَا عَلَيْهِمُ ٱلْمَنَّ وَٱلسَّلْوَىٰ ۖ كُلُواْ مِن طَيِّبَٰتِ مَا رَزَقْنَٰكُمْ ۚ وَمَا ظَلَمُونَا وَلَٰكِن كَانُوٓاْ أَنفُسَهُمْ يَظْلِمُونَ١٦٠
Sodiq
Ularni o`n ikki urug` — jamoaga bo`lib yubordik. Va qavmi undan suv talab qilgan paytda Musoga: «Asoing ila toshni ur!» deb vahiy yubordik. U(tosh)dan o`n ikkita buloq otilib chiqdi. Hamma odamlar o`z suvxonasini bildi. Va ularga bulutni soyabon qildik, mann va bedanalarni nozil qildik. «Sizlarga rizq qilib bergan narsalarimizning poklarini yenglar» (dedik). Ular Bizga zulm qilmadilar. Lekin o`zlariga zulm qilar edilar.[1]
[1] Ma'lumki, Isroil laqabini olgan Ya'qub alayhissalomning o`n ikkita o`g`illari bor edi. Alloh ana o`sha o`n ikkita o`g`ildan tarqalgan farzandlarning har birini bir jamoa — qabila qilib qo`ydi. Sahroda suv bilan ta'minlashning ustiga, Bani Isroil boshida bulutni soyabon bo`lib suzib yuradigan qilib qo`ydi. Ular qayerga bormasinlar, boshlari uzra bulut soya solib turar edi. Taom sifatida osmondan mann asalli halvo) va bedana go`shtini hozir qilib qo`ydi.)
161
وَإِذْ قِيلَ لَهُمُ ٱسْكُنُواْ هَٰذِهِ ٱلْقَرْيَةَ وَكُلُواْ مِنْهَا حَيْثُ شِئْتُمْ وَقُولُواْ حِطَّةٌ وَٱدْخُلُواْ ٱلْبَابَ سُجَّدًا نَّغْفِرْ لَكُمْ خَطِيٓـَٰٔتِكُمْ ۚ سَنَزِيدُ ٱلْمُحْسِنِينَ١٦١
Sodiq
Ularga: «Mana bu shaharni maskan tutinglar, unda xohlagan joyingizda taom yeng va «Hittatun» (gunohlarimizni kechir) deb eshikdan sajda qilgan holingizda kirsangiz, sizning xatolaringizni mag`firat qilamiz, ehson qiluvchilarga ziyoda qilamiz», deganimizni esla.
162
فَبَدَّلَ ٱلَّذِينَ ظَلَمُواْ مِنْهُمْ قَوْلًا غَيْرَ ٱلَّذِى قِيلَ لَهُمْ فَأَرْسَلْنَا عَلَيْهِمْ رِجْزًا مِّنَ ٱلسَّمَآءِ بِمَا كَانُواْ يَظْلِمُونَ١٦٢
Sodiq
Bas, ulardan zulm qilganlari ularga aytilgandan o`zga gapni almashtirdilar. Bas, zulm qilganlari tufayli ustlariga osmondan azob yubordik.[1]
[1] Ulardan zulm qilganlari aytishlari lozim bo`lgan «Hittatun» degan iborani, «Hintatun», ya'ni «bug`doy» degan so`zga almashtirdilar va shaharga sajda qilgan hollarida emas, ortlari bilan surilib kirdilar. Ana shu itoatsizlik va zulmlari uchun Alloh taolo ularning ustidan azob tushirdi.)
163
وَسْـَٔلْهُمْ عَنِ ٱلْقَرْيَةِ ٱلَّتِى كَانَتْ حَاضِرَةَ ٱلْبَحْرِ إِذْ يَعْدُونَ فِى ٱلسَّبْتِ إِذْ تَأْتِيهِمْ حِيتَانُهُمْ يَوْمَ سَبْتِهِمْ شُرَّعًا وَيَوْمَ لَا يَسْبِتُونَ ۙ لَا تَأْتِيهِمْ ۚ كَذَٰلِكَ نَبْلُوهُم بِمَا كَانُواْ يَفْسُقُونَ١٦٣
Sodiq
Ulardan dengiz sohilida bo`lgan qishloq haqida, shanba kunida haddan oshganlari, shanbalik kunlarida baliqlari ochiq kelib, shanbalik qilmagan kunlari kelmagani haqida so`ra. Qilgan fosiqliklari tufayli ularni shunday sinaymiz.[1]
[1] Oyatdagi bu xitob Payg`ambarimiz Muhammad alayhissalotu vassalomga qaratilgandir. Alloh ul zotga yahudiylardan ularning tarixida bo`lib o`tgan mashhur voqea haqida so`rashga amr qilmoqda. Bani Isroilning talablariga binoan haftaning shanba kuni ular uchun bayram, dam olish kuni qilib belgilandi. Bu kuni ularga ishlash va tirikchilikka urinish harom qilindi. Sohil bo`yidagi mazkur qishloqda yahudiylar uchun katta sinov bo`ldi. Shanba kuni baliqlar sohilga kelib ochiq-oydin ko`rinib, ko`zlarini o`ynatib yurar edi. Shanba kunidan boshqa kuni esa hech bir baliq ko`rinmasdi. Shunda Bani Isroildan ba'zilari chidab tura olmay man qilingan amrni buzdilar. Rivoyatlarda kelishicha, ular shanba kuni alohida to`siqlar tashlab, sohilga kelgan baliqlarni qaytib keta olmaydigan qilib qo`yishar va yakshanba kuni yig`ib olishar, shu bilan birga, biz Allohning amrini buzganimiz yo`q, shanba kuni dam oldik, ov qilganimiz yo`q, der edilar.)
164
وَإِذْ قَالَتْ أُمَّةٌ مِّنْهُمْ لِمَ تَعِظُونَ قَوْمًا ۙ ٱللَّهُ مُهْلِكُهُمْ أَوْ مُعَذِّبُهُمْ عَذَابًا شَدِيدًا ۖ قَالُواْ مَعْذِرَةً إِلَىٰ رَبِّكُمْ وَلَعَلَّهُمْ يَتَّقُونَ١٦٤
Sodiq
Ulardan bir jamoat: «Alloh halok qiluvchi yoki shiddatli azob-la azoblovchi qavmga va'z qilib nima qilasiz?!» deganida, ular: «Robbingizga uzr bo`lishi uchun va shoyadki, taqvo qilsalar deb», – dedilar.[1]
[1] Ya'ni, Alloh oldidagi burchimizni ado etdik. Oxirat kuni Alloh so`rab qolsa, uzr bo`lishi uchun ularga nasihat qildik va yana shoyadki nasihat ta'sir etib, taqvo qilib qolsalar, degan umidimiz bor edi, dedilar.)
165
فَلَمَّا نَسُواْ مَا ذُكِّرُواْ بِهِۦٓ أَنجَيْنَا ٱلَّذِينَ يَنْهَوْنَ عَنِ ٱلسُّوٓءِ وَأَخَذْنَا ٱلَّذِينَ ظَلَمُواْ بِعَذَابٍ بَـِٔيسٍ بِمَا كَانُواْ يَفْسُقُونَ١٦٥
Sodiq
Bas, ular o`zlariga eslatma bo`lgan narsani unutganlarida, yomonlikdan qaytarayotganlarga najot berdik va zulm qilganlarni qilgan fosiqliklari tufayli shiddatli azob ila tutdik.
166
فَلَمَّا عَتَوْاْ عَن مَّا نُهُواْ عَنْهُ قُلْنَا لَهُمْ كُونُواْ قِرَدَةً خَٰسِـِٔينَ١٦٦
Sodiq
Bas, ular o`zlari qaytarilgan narsadan qaytmay, takabburlik qilganlarida, ularga: «Xo`rlangan maymunlarga aylaning!» – dedik.[1]
[1] Solih qavmlar va'z qilib qaytarsalar ham, ular qaytmadilar. Mutakabbirlik qildilar va ular «xo`rlangan maymunga» aylandilar. Chunki Alloh taoloning «Bo`l» degan amri bo`lmasdan qolmaydi. Ular oddiy maymun emas, «xo`rlangan maymun»ga aylandilar.)
167
وَإِذْ تَأَذَّنَ رَبُّكَ لَيَبْعَثَنَّ عَلَيْهِمْ إِلَىٰ يَوْمِ ٱلْقِيَٰمَةِ مَن يَسُومُهُمْ سُوٓءَ ٱلْعَذَابِ ۗ إِنَّ رَبَّكَ لَسَرِيعُ ٱلْعِقَابِ ۖ وَإِنَّهُۥ لَغَفُورٌ رَّحِيمٌ١٦٧
Sodiq
Robbing, albatta, ularning ustlariga qiyomat kunigacha ularga yomon azobni tottiradiganlarni yuborishni e'lon qilganini esla! Albatta, Robbing iqobi tez Zotdir va, albatta, U mag`firatli va rahimli Zotdir.
168
وَقَطَّعْنَٰهُمْ فِى ٱلْأَرْضِ أُمَمًا ۖ مِّنْهُمُ ٱلصَّٰلِحُونَ وَمِنْهُمْ دُونَ ذَٰلِكَ ۖ وَبَلَوْنَٰهُم بِٱلْحَسَنَٰتِ وَٱلسَّيِّـَٔاتِ لَعَلَّهُمْ يَرْجِعُونَ١٦٨
Sodiq
Va ularni yer yuzida jamoatlarga bo`lib yubordik. Ulardan ahli solihlari bor va ulardan unday emaslari ham bor. Shoyadki, qaytsalar deb, ularni yaxshiliklar va yomonliklar ila sinadik.
169
فَخَلَفَ مِنۢ بَعْدِهِمْ خَلْفٌ وَرِثُواْ ٱلْكِتَٰبَ يَأْخُذُونَ عَرَضَ هَٰذَا ٱلْأَدْنَىٰ وَيَقُولُونَ سَيُغْفَرُ لَنَا وَإِن يَأْتِهِمْ عَرَضٌ مِّثْلُهُۥ يَأْخُذُوهُ ۚ أَلَمْ يُؤْخَذْ عَلَيْهِم مِّيثَٰقُ ٱلْكِتَٰبِ أَن لَّا يَقُولُواْ عَلَى ٱللَّهِ إِلَّا ٱلْحَقَّ وَدَرَسُواْ مَا فِيهِ ۗ وَٱلدَّارُ ٱلْـَٔاخِرَةُ خَيْرٌ لِّلَّذِينَ يَتَّقُونَ ۗ أَفَلَا تَعْقِلُونَ١٦٩
Sodiq
Bas, ulardan so`ng, ortlaridan kitobni merosga olgan bir o`rinbosarlar keldiki, ular mana bu tubanning o`tkinchi(matohi)ni oladilar va «Bizni kechirilur», – derlar. Agar o`shanga o`xshash o`tkinchi narsa kelsa, yana olaveradilar. Ulardan Allohga nisbatan faqat haqdan boshqa narsa aytmaslikka Kitobning ahdu paymoni olingan emasmidi?! Ular u(kitob)dagi narsalarni o`rganganlar-ku?! Oxirat hovlisi taqvo qilganlar uchun yaxshidir. Aql ishlatmaysizlarmi?![1]
[1] Aslida, Alloh gunohni bilmay qilib qo`yib, tavba-nadomat chekkan, qayta unga yaqinlashmaganlarnigina kechiradi. Ammo bilib turib gunoh qilgach, tavba qilmaydigan, o`zlaricha «bizni kechiriladi», deb hukm chiqarib, yana gunoh qilaveradiganlar Allohga nisbatan faqat haqdan boshqa narsa aytmaslikka Kitobning ahd-paymonini olgan emasmidilar?! Alloh Tavrotda Bani Isroilga buni ta'kidlab aytgan edi.)
170
وَٱلَّذِينَ يُمَسِّكُونَ بِٱلْكِتَٰبِ وَأَقَامُواْ ٱلصَّلَوٰةَ إِنَّا لَا نُضِيعُ أَجْرَ ٱلْمُصْلِحِينَ١٧٠
Sodiq
Kitobni mahkam tutganlar va namozni to`kis ado etganlar bo`lsa, albatta, Biz ahli solihlarning ajrlarini zoye qilmasmiz.
171
۞وَإِذْ نَتَقْنَا ٱلْجَبَلَ فَوْقَهُمْ كَأَنَّهُۥ ظُلَّةٌ وَظَنُّوٓاْ أَنَّهُۥ وَاقِعُۢ بِهِمْ خُذُواْ مَآ ءَاتَيْنَٰكُم بِقُوَّةٍ وَٱذْكُرُواْ مَا فِيهِ لَعَلَّكُمْ تَتَّقُونَ١٧١
Sodiq
Ularning ustiga tog`ni xuddi soyabondek ko`targanimizni, ular uni, ustimizga tushib ketadi, deb o`ylaganlarida, sizga bergan narsamizni quvvat ila olinglar va undagi narsani eslanglar, shoyadki, taqvo qilsangiz, deganimizni esla.
172
وَإِذْ أَخَذَ رَبُّكَ مِنۢ بَنِىٓ ءَادَمَ مِن ظُهُورِهِمْ ذُرِّيَّتَهُمْ وَأَشْهَدَهُمْ عَلَىٰٓ أَنفُسِهِمْ أَلَسْتُ بِرَبِّكُمْ ۖ قَالُواْ بَلَىٰ ۛ شَهِدْنَآ ۛ أَن تَقُولُواْ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ إِنَّا كُنَّا عَنْ هَٰذَا غَٰفِلِينَ١٧٢
Sodiq
Robbing Bani Odamning umurtqa pog`onasidan, qiyomat kuni «bundan g`ofil edik» demasliklaringiz uchun, zurriyotlarini olib, o`zlariga o`zlarini guvoh qilib: «Robbingiz emasmanmi?» – deganida, «Xuddi shunday! Guvoh bo`ldik!» – deganlarini esla.[1]
[1] Alloh taolo O`ziga ma'lum bo`lgan bir paytda, davri qiyomatgacha dunyoga keladigan barcha odamlarni otalarining sulbidan urug`liklarni chiqarib olgan va o`sha urug`liklarga «Robbingiz emasmanmi?!» deb savol bergan. Mazkur ilohiy savolga hamma zurriyotlar «Xuddi shunday», ya'ni albatta, sen Robbimizsan, «guvoh bo`ldik», deb javob berishgan. Shunga binoan inson urug`lik paytida, ya'ni ona qorniga o`tganda va inson bo`lib yaralganda, Allohning Robb ekanligini e'tirof etguvchi tabiat sohibi bo`ladi.)
173
أَوْ تَقُولُوٓاْ إِنَّمَآ أَشْرَكَ ءَابَآؤُنَا مِن قَبْلُ وَكُنَّا ذُرِّيَّةً مِّنۢ بَعْدِهِمْ ۖ أَفَتُهْلِكُنَا بِمَا فَعَلَ ٱلْمُبْطِلُونَ١٧٣
Sodiq
Yoki: «Haqiqatda, shirk keltirganlar oldingi ota-bobolarimiz, biz, ularning keyingi zurriyotimiz. Botil ish qiluvchilarning qilmishi tufayli bizlarni halok etasanmi?» demasligingiz uchun.
174
وَكَذَٰلِكَ نُفَصِّلُ ٱلْـَٔايَٰتِ وَلَعَلَّهُمْ يَرْجِعُونَ١٧٤
Sodiq
Shoyad qaytsalar deb, oyatlarni mana shunday batafsil bayon qilamiz.
175
وَٱتْلُ عَلَيْهِمْ نَبَأَ ٱلَّذِىٓ ءَاتَيْنَٰهُ ءَايَٰتِنَا فَٱنسَلَخَ مِنْهَا فَأَتْبَعَهُ ٱلشَّيْطَٰنُ فَكَانَ مِنَ ٱلْغَاوِينَ١٧٥
Sodiq
Ularga oyatlarimizni berganimizda, ulardan o`zini olib qochgan va uni shayton ergashtirib ketib, ig`voga uchganlardan bo`lgan shaxsning xabarini tilovat qilib ber![1]
[1] Ushbu oyati karimada zikr qilingan shaxs kim ekani xususida mo`'tabar tafsir kitoblarimizda ko`p sonli turli-tuman rivoyatlar bor. Shuning o`zi ham bu oyat muayyan bir shaxsga xos bo`lmay, balki ma'lum bir toifa odamlarga xos ekanini ko`rsatib turibdi. Oyati karimada «oyatlarimizni berganimizda», deyilishiga ko`ra, u odam diniy ilmdan ogoh ekani ko`rinib turibdi. Demak, u odamga Alloh taolo diniy ilmlarni egallashga imkon bergan, ammo u Alloh) oyatlaridan o`zini olib qochgan, ya'ni ilmiga amal qilmagan. Shu tufayli, «uni shayton ergashtirib ketib, ig`voga uchganlardan bo`lgan».)
176
وَلَوْ شِئْنَا لَرَفَعْنَٰهُ بِهَا وَلَٰكِنَّهُۥٓ أَخْلَدَ إِلَى ٱلْأَرْضِ وَٱتَّبَعَ هَوَىٰهُ ۚ فَمَثَلُهُۥ كَمَثَلِ ٱلْكَلْبِ إِن تَحْمِلْ عَلَيْهِ يَلْهَثْ أَوْ تَتْرُكْهُ يَلْهَث ۚ ذَّٰلِكَ مَثَلُ ٱلْقَوْمِ ٱلَّذِينَ كَذَّبُواْ بِـَٔايَٰتِنَا ۚ فَٱقْصُصِ ٱلْقَصَصَ لَعَلَّهُمْ يَتَفَكَّرُونَ١٧٦
Sodiq
Agar xohlasak, uni o`sha(oyat)lar bilan ko`tarar edik. Lekin uning o`zi yerga yopishdi va havoyi nafsiga ergashdi. Bas, uning misoli xuddi bir itga o`xshar, uni haydasang ham, tilini osiltirib turaveradir, tek qo`ysang ham, tilini osiltirib turaveradir. Bu, Bizning oyatlarimizni yolg`onga chiqargan qavmlarning misolidir. Bu qissani hikoya qil, shoyadki, tafakkur qilsalar.
177
سَآءَ مَثَلًا ٱلْقَوْمُ ٱلَّذِينَ كَذَّبُواْ بِـَٔايَٰتِنَا وَأَنفُسَهُمْ كَانُواْ يَظْلِمُونَ١٧٧
Sodiq
Oyatlarimizni yolg`onga chiqargan qavmlarning misoli qanday ham yomon bo`ldi! Ular o`zlariga zulm qiladilar.
178
مَن يَهْدِ ٱللَّهُ فَهُوَ ٱلْمُهْتَدِى ۖ وَمَن يُضْلِلْ فَأُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْخَٰسِرُونَ١٧٨
Sodiq
Alloh kimni hidoyatga solsa, o`sha hidoyat topuvchidir. Kimni adashtirsa, o`shalar o`zlari ziyon ko`ruvchilardir.
179
وَلَقَدْ ذَرَأْنَا لِجَهَنَّمَ كَثِيرًا مِّنَ ٱلْجِنِّ وَٱلْإِنسِ ۖ لَهُمْ قُلُوبٌ لَّا يَفْقَهُونَ بِهَا وَلَهُمْ أَعْيُنٌ لَّا يُبْصِرُونَ بِهَا وَلَهُمْ ءَاذَانٌ لَّا يَسْمَعُونَ بِهَآ ۚ أُوْلَٰٓئِكَ كَٱلْأَنْعَٰمِ بَلْ هُمْ أَضَلُّ ۚ أُوْلَٰٓئِكَ هُمُ ٱلْغَٰفِلُونَ١٧٩
Sodiq
Batahqiq, jahannam uchun ko`plab jin va inslarni yaratdik. Ularning dillari bor-u, tushuna olmaslar. Ko`zlari bor-u, ko`ra olmaslar. Quloqlari bor-u, eshita olmaslar. Ana o`shalar chorva hayvonlari kabidirlar. Balki ulardan ham battarroqdirlar. Ana o`shalar g`ofildirlar.
180
وَلِلَّهِ ٱلْأَسْمَآءُ ٱلْحُسْنَىٰ فَٱدْعُوهُ بِهَا ۖ وَذَرُواْ ٱلَّذِينَ يُلْحِدُونَ فِىٓ أَسْمَٰٓئِهِۦ ۚ سَيُجْزَوْنَ مَا كَانُواْ يَعْمَلُونَ١٨٠
Sodiq
Allohning go`zal ismlari bordir. Bas, Unga o`sha (ism)lar ila duo qiling va Uning ismlaridan og`adiganlarni tek qo`ying. Yaqinda qilgan amallariga yarasha jazolanurlar.[1]
[1] Allohning barcha ismlari go`zaldir. Mo`min-musulmon banda Allohga duo qilganida, o`sha go`zal ismlar ila duo qilmog`i lozim. Imomi Buxoriy va imom Muslimlar Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisi sharifda Payg`ambarimiz alayhissalotu vassalom «Allohning to`qson to`qqizta, bir kam yuzta ismi bordir. Kim ularni sanab chiqsa, jannatga kiradi. Alloh toqdir, toqni yaxshi ko`radi», deganlar.)
181
وَمِمَّنْ خَلَقْنَآ أُمَّةٌ يَهْدُونَ بِٱلْحَقِّ وَبِهِۦ يَعْدِلُونَ١٨١
Sodiq
Va Biz yaratgan kimsalar ichida haq ila hidoyat qiladigan va u ila adolat qiladigan jamoat ham bor.
182
وَٱلَّذِينَ كَذَّبُواْ بِـَٔايَٰتِنَا سَنَسْتَدْرِجُهُم مِّنْ حَيْثُ لَا يَعْلَمُونَ١٨٢
Sodiq
Oyatlarimizni yolg`onga chiqarganlarni esa, ular bilmaydigan tomondan asta-sekin olamiz.[1]
[1] Ya'ni, Alloh taolo kofir va munofiqlarni ohista-ohista o`zlariga bildirmagan holda halok qiladi. Dastavval ularning xohlagan yo`rig`iga yurishga imkon berib qo`yadi. Kofirlar bu holni o`zlarining tadbiri, aqli va urinishlariga yo`yib, zalolatda shiddatlayveradi. Oxir borib, halokatga duch keladi.)
183
وَأُمْلِى لَهُمْ ۚ إِنَّ كَيْدِى مَتِينٌ١٨٣
Sodiq
Ularga muhlat berib qo`yaman. Albatta, Mening «makrim» metindir.
184
أَوَلَمْ يَتَفَكَّرُواْ ۗ مَا بِصَاحِبِهِم مِّن جِنَّةٍ ۚ إِنْ هُوَ إِلَّا نَذِيرٌ مُّبِينٌ١٨٤
Sodiq
Ular o`z sohiblarida majnunlik yo`qligini tafakkur qilib ko`rmaydilarmi?! U faqat oshkora ogohlantiruvchi, xolos.
185
أَوَلَمْ يَنظُرُواْ فِى مَلَكُوتِ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَمَا خَلَقَ ٱللَّهُ مِن شَىْءٍ وَأَنْ عَسَىٰٓ أَن يَكُونَ قَدِ ٱقْتَرَبَ أَجَلُهُمْ ۖ فَبِأَىِّ حَدِيثٍ بَعْدَهُۥ يُؤْمِنُونَ١٨٥
Sodiq
Osmonlaru yerning mulklariga, Alloh yaratgan narsalarga va, ajab emaski, ajallari yaqinlashib qolgan bo`lishiga nazar solmaydilarmi? Bundan keyin yana qaysi gapga ishonadilar?!
186
مَن يُضْلِلِ ٱللَّهُ فَلَا هَادِىَ لَهُۥ ۚ وَيَذَرُهُمْ فِى طُغْيَٰنِهِمْ يَعْمَهُونَ١٨٦
Sodiq
Alloh kimni zalolatga ketkazsa, unga hidoyat qiluvchi yo`qdir. Ularni tek qo`yib qo`yadi, tug`yonlarida adashib-uloqib yuraveradilar.
187
يَسْـَٔلُونَكَ عَنِ ٱلسَّاعَةِ أَيَّانَ مُرْسَىٰهَا ۖ قُلْ إِنَّمَا عِلْمُهَا عِندَ رَبِّى ۖ لَا يُجَلِّيهَا لِوَقْتِهَآ إِلَّا هُوَ ۚ ثَقُلَتْ فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۚ لَا تَأْتِيكُمْ إِلَّا بَغْتَةً ۗ يَسْـَٔلُونَكَ كَأَنَّكَ حَفِىٌّ عَنْهَا ۖ قُلْ إِنَّمَا عِلْمُهَا عِندَ ٱللَّهِ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَ ٱلنَّاسِ لَا يَعْلَمُونَ١٨٧
Sodiq
Sendan soat (qiyomat) qachon sobit bo`lishi haqida so`rarlar. Sen: «Uning ilmi faqat Robbim huzuridadir. Uni faqat O`zigina zohir qiladir. U osmonlaru yerda og`ir ish bo`ladi. Sizlarga faqat to`satdan keladir», – deb ayt. Xuddi sen uni bilishing kerakdek, sendan so`rarlar. Sen: «Uning ilmi faqat Allohning huzuridadir. Lekin ko`p odamlar bilmaslar», – deb ayt.[1]
[1] Qiyomat Allohdan boshqa hech kim bilishi mumkin bo`lmagan hodisadir. Lekin mushriklar Payg`ambarimiz alayhissalotu vassalomni sinash, ul zotni xijolat qilish uchun, qiyomat qachon bo`ladi, deb so`roq qiladilar. Qiyomatning qachon bo`lish ilmi Allohning O`ziga xos ilmidir. Uni hech kimga, hatto Muhammad alayhissalotu vassalomga ham bildirmagan. U zot faqat qiyomatning qachon bo`lishinigina emas, boshqa g`ayb ilmlarini ham bilmaydilar. Bu bilmasliklari esa ayb emas.)
188
قُل لَّآ أَمْلِكُ لِنَفْسِى نَفْعًا وَلَا ضَرًّا إِلَّا مَا شَآءَ ٱللَّهُ ۚ وَلَوْ كُنتُ أَعْلَمُ ٱلْغَيْبَ لَٱسْتَكْثَرْتُ مِنَ ٱلْخَيْرِ وَمَا مَسَّنِىَ ٱلسُّوٓءُ ۚ إِنْ أَنَاْ إِلَّا نَذِيرٌ وَبَشِيرٌ لِّقَوْمٍ يُؤْمِنُونَ١٨٨
Sodiq
Sen: «O`zim uchun na foyda va na zararga molik emasman. Magar Allohning xohlagani bo`lur. Agar g`aybni bilganimda, yaxshilikni ko`paytirib olgan bo`lar edim va menga yomonlik yetmasdi. Men faqat iymon keltiradigan qavmlar uchun ogohlantiruvchi va bashorat beruvchiman, xolos», – deb ayt.
189
۞هُوَ ٱلَّذِى خَلَقَكُم مِّن نَّفْسٍ وَٰحِدَةٍ وَجَعَلَ مِنْهَا زَوْجَهَا لِيَسْكُنَ إِلَيْهَا ۖ فَلَمَّا تَغَشَّىٰهَا حَمَلَتْ حَمْلًا خَفِيفًا فَمَرَّتْ بِهِۦ ۖ فَلَمَّآ أَثْقَلَت دَّعَوَا ٱللَّهَ رَبَّهُمَا لَئِنْ ءَاتَيْتَنَا صَٰلِحًا لَّنَكُونَنَّ مِنَ ٱلشَّٰكِرِينَ١٨٩
Sodiq
U sizlarni bir jondan yaratgan va orom olsin uchun undan juftini yaratgan Zotdir. Vaqtiki u (juftini) o`raganida yengil homilador bo`ldi. Bas, u bilan yurdi. U og`irlashganda esa, ikkovlon Robbilari Allohga: «Agar bizga solih (farzand) bersang, albatta, shukr keltiruvchilardan bo`lamiz», – deb duo qildilar.
190
فَلَمَّآ ءَاتَىٰهُمَا صَٰلِحًا جَعَلَا لَهُۥ شُرَكَآءَ فِيمَآ ءَاتَىٰهُمَا ۚ فَتَعَٰلَى ٱللَّهُ عَمَّا يُشْرِكُونَ١٩٠
Sodiq
Ularga solih(farzand)ni berganida esa, Alloh bergan narsada Unga sheriklar qila boshlarlar. Alloh ular keltirgan shirkdan oliydir.[1]
[1] Qur'oni Karim nozil bo`layotgan davrda odamlar o`z bolalarini ba'zi butlarga nazr qilardilar. Ularga shunday ma'nolarni aks ettiradigan ismlarni qo`yar edilar. Hozir ham shunga o`xshash hodisalar uchrab turadi. Bolaga turli maqsadlar asosida nom qo`yish yoxud faqat shu jihatlarga e'tibor berish, tarbiyasini ham ushbu holatga moslab qilish keng tarqalgan. Johil insonlar ahvollari og`ir paytlarda Allohga yolborganlari, bolamizni sog`-salomat qo`limizga olsak, Allohga shukr qilamiz, deb bergan ahdu paymonlarini unutib, boshqa turli-tuman shirk yo`lidagi orzu-havaslarga berilib ketadilar. Natijada Alloh bergan ne'mat — farzandda o`sha g`alat orzu havaslar kamol topishi uchun harakat qiladilar. Bu narsa Qur'oni Karimda shirk deb nomlanmoqda.)
191
أَيُشْرِكُونَ مَا لَا يَخْلُقُ شَيْـًٔا وَهُمْ يُخْلَقُونَ١٩١
Sodiq
Hech narsani yarata olmaydigan, o`zlari yaratiladigan narsalarni shirk keltirurlarmi?[1]
[1] Ota-onalar yoxud o`sha bolaning kamolotiga daxldor barcha kishilar Allohga sherik qiladigan narsalari nima bo`lishidan qat'iy nazar, hech narsani yarata olmaydilar. Balki ularning hammasi Allohning qudrat qo`li bilan yaratilgandirlar. Shunday ekan, qanday qilib ularni Allohga sherik kilish mumkin?)
192
وَلَا يَسْتَطِيعُونَ لَهُمْ نَصْرًا وَلَآ أَنفُسَهُمْ يَنصُرُونَ١٩٢
Sodiq
Va ularga yordam berishga qodir emaslar hamda o`zlariga ham yordam bera olmaslar.[1]
[1] Ya'ni, Allohga shirk qilib keltirilayotgan o`sha narsalari birovga yordam berish u yoqda tursin, hatto o`ziga ham yordam berishga qodir emas.)
193
وَإِن تَدْعُوهُمْ إِلَى ٱلْهُدَىٰ لَا يَتَّبِعُوكُمْ ۚ سَوَآءٌ عَلَيْكُمْ أَدَعَوْتُمُوهُمْ أَمْ أَنتُمْ صَٰمِتُونَ١٩٣
Sodiq
Agar ularni hidoyatga da'vat qilsangiz, sizga ergashmaslar. Ularni da'vat qilasizmi yoki jim turuvchi bo`lasizmi, siz uchun bari bir.
194
إِنَّ ٱلَّذِينَ تَدْعُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ عِبَادٌ أَمْثَالُكُمْ ۖ فَٱدْعُوهُمْ فَلْيَسْتَجِيبُواْ لَكُمْ إِن كُنتُمْ صَٰدِقِينَ١٩٤
Sodiq
Albatta, siz Allohdan o`zga ibodat qilayotganlar o`zingizga o`xshash bandalardir. Agar rostgo`y bo`lsangiz, ularni chaqirib ko`ring, bas, sizga javob bersinlar-chi!
195
أَلَهُمْ أَرْجُلٌ يَمْشُونَ بِهَآ ۖ أَمْ لَهُمْ أَيْدٍ يَبْطِشُونَ بِهَآ ۖ أَمْ لَهُمْ أَعْيُنٌ يُبْصِرُونَ بِهَآ ۖ أَمْ لَهُمْ ءَاذَانٌ يَسْمَعُونَ بِهَا ۗ قُلِ ٱدْعُواْ شُرَكَآءَكُمْ ثُمَّ كِيدُونِ فَلَا تُنظِرُونِ١٩٥
Sodiq
Yoki ularning oyoqlari bormiki, yursalar; yoki qo`llari bormiki, ushlasalar; yoki ko`zlari bormiki, ko`rsalar; yoki quloqlari bormiki, eshitsalar. Sen: «Sheriklaringizni chaqiring-da, menga hech muhlat bermay, ziddimga hiyla-nayrang qilavering!
196
إِنَّ وَلِـِّۧىَ ٱللَّهُ ٱلَّذِى نَزَّلَ ٱلْكِتَٰبَ ۖ وَهُوَ يَتَوَلَّى ٱلصَّٰلِحِينَ١٩٦
Sodiq
Albatta, mening valiyim — egam Kitobni nozil qilgan Allohdir. U solihlarni do`st tutadir.
197
وَٱلَّذِينَ تَدْعُونَ مِن دُونِهِۦ لَا يَسْتَطِيعُونَ نَصْرَكُمْ وَلَآ أَنفُسَهُمْ يَنصُرُونَ١٩٧
Sodiq
Undan o`zga siz ibodat qilayotganlar sizga yordam berishga qodir emaslar va o`zlariga ham yordam bera olmaslar.
198
وَإِن تَدْعُوهُمْ إِلَى ٱلْهُدَىٰ لَا يَسْمَعُواْ ۖ وَتَرَىٰهُمْ يَنظُرُونَ إِلَيْكَ وَهُمْ لَا يُبْصِرُونَ١٩٨
Sodiq
Agar ularni hidoyatga da'vat qilsangiz, eshitmaslar. Ularni senga nazar solib turgandek ko`rasan. Holbuki, ular ko`rmaslar», – deb ayt.
199
خُذِ ٱلْعَفْوَ وَأْمُرْ بِٱلْعُرْفِ وَأَعْرِضْ عَنِ ٱلْجَٰهِلِينَ١٩٩
Sodiq
Kechirimli bo`l, yaxshilikka buyur va johillardan yuz o`gir.[1]
[1] Payg`ambarimiz alayhissalotu vassalom bu sifatni muborak shaxslarida mujassam qilgan edilar. Ul zot haqidagi rivoyatlarda kishini hayron qoldirarli darajadagi holatlar zikr etilgan. Ul zotning sahobai kiromlari, haqiqiy mo`min-musulmonlar ham doimo oyati karimada ta'kidlanganidek bo`lishga, ana shu qoida asosida yashashga harakat qilganlar.)
200
وَإِمَّا يَنزَغَنَّكَ مِنَ ٱلشَّيْطَٰنِ نَزْغٌ فَٱسْتَعِذْ بِٱللَّهِ ۚ إِنَّهُۥ سَمِيعٌ عَلِيمٌ٢٠٠
Sodiq
Agar senga shayton tomonidan sanchish sanchilsa, Allohdan panoh so`ra. Albatta, U yaxshi eshituvchi va yaxshi ko`ruvchi Zotdir.[1]
[1] Ya'ni, johillar bilan muomala qilish mushkul ish. Ulardan har narsani kutish mumkin. Mabodo o`shanday muomala chog`ida biror ko`ngilsizlik sodir bo`lib, shayton vasvasa qiladigan bo`lsa, qizishmasdan, darhol Allohdan panoh so`ra. U eng yaxshi eshitguvchi Zot, so`rovingga darhol javob beradi.)
201
إِنَّ ٱلَّذِينَ ٱتَّقَوْاْ إِذَا مَسَّهُمْ طَٰٓئِفٌ مِّنَ ٱلشَّيْطَٰنِ تَذَكَّرُواْ فَإِذَا هُم مُّبْصِرُونَ٢٠١
Sodiq
Taqvo qiluvchilar, agar ularga shaytondan bir sharpa yetsa, albatta, zikr qilarlar, bas, ko`ribsanki, ular (to`g`ri yo`lni) ko`ruvchi bo`lib turibdilar.[1]
[1] Shaytondan biror bir sharpa vasvasa, ig`vo va g`azab) yetishi jaholat, ko`rlik va nodonlikka boshlaydi. Allohning zikri esa, ilm-ma'rifat, ko`zi ochiqlik va oqillik manbaidir.)
202
وَإِخْوَٰنُهُمْ يَمُدُّونَهُمْ فِى ٱلْغَىِّ ثُمَّ لَا يُقْصِرُونَ٢٠٢
Sodiq
Va u(shayton)larning birodarlari yo`ldan ozdirishda ularga madad berarlar, so`ngra bunda to`xtamaslar.
203
وَإِذَا لَمْ تَأْتِهِم بِـَٔايَةٍ قَالُواْ لَوْلَا ٱجْتَبَيْتَهَا ۚ قُلْ إِنَّمَآ أَتَّبِعُ مَا يُوحَىٰٓ إِلَىَّ مِن رَّبِّى ۚ هَٰذَا بَصَآئِرُ مِن رَّبِّكُمْ وَهُدًى وَرَحْمَةٌ لِّقَوْمٍ يُؤْمِنُونَ٢٠٣
Sodiq
Va agar ularga mo`'jiza keltirmasang, «O`zing to`qib qo`yavermaysanmi?» – derlar. Sen: «Men faqat Robbimdan vahiy qilingan narsaga ergashaman, xolos. Mana bu — iymon keltiruvchi qavm uchun Robbingizdan ko`z ochuvchi, hidoyat va rahmatdir», deb ayt.
204
وَإِذَا قُرِئَ ٱلْقُرْءَانُ فَٱسْتَمِعُواْ لَهُۥ وَأَنصِتُواْ لَعَلَّكُمْ تُرْحَمُونَ٢٠٤
Sodiq
Qur'on tilovat qilganda, uni tinglanglar va jim turinglar, shoyad, rahmatga erishsangiz.
205
وَٱذْكُر رَّبَّكَ فِى نَفْسِكَ تَضَرُّعًا وَخِيفَةً وَدُونَ ٱلْجَهْرِ مِنَ ٱلْقَوْلِ بِٱلْغُدُوِّ وَٱلْـَٔاصَالِ وَلَا تَكُن مِّنَ ٱلْغَٰفِلِينَ٢٠٥
Sodiq
Robbingni ertayu kech ichingda tazarru'-la, qo`rqib, ovoz chiqarib gapirmay zikr qil va g`ofillardan bo`lma.
206
إِنَّ ٱلَّذِينَ عِندَ رَبِّكَ لَا يَسْتَكْبِرُونَ عَنْ عِبَادَتِهِۦ وَيُسَبِّحُونَهُۥ وَلَهُۥ يَسْجُدُونَ ۩٢٠٦
Sodiq
Robbing huzuridagilar, albatta, Uning ibodatidan mutakabbirlik qilmaslar, Uni poklab yod etadilar va Unga sajda qilarlar.