Sura 81
Takvir
a
O'ralish
29 oyat |
Makka |
Sura 81 • Oyat 1 / 29 • Juz 302⁄8 • Sahifa 586
Takvir
2
1
إِذَا ٱلشَّمْسُ كُوِّرَتْ١
Sodiq
Vaqtiki, quyoshni buklab, o`ralsa.
2
وَإِذَا ٱلنُّجُومُ ٱنكَدَرَتْ٢
Sodiq
Va vaqtiki yulduzlar uzilib tushib, sochilib ketsa.
3
وَإِذَا ٱلْجِبَالُ سُيِّرَتْ٣
Sodiq
Va vaqtiki, tog`lar joyidan ko`chirilsa.
4
وَإِذَا ٱلْعِشَارُ عُطِّلَتْ٤
Sodiq
Va vaqtiki, homilasiga o`n oy to`lgan tuyalar qarovsiz qolsa.
5
وَإِذَا ٱلْوُحُوشُ حُشِرَتْ٥
Sodiq
Va vaqtiki, vahshiy hayvonlar bir joyga to`plansa.
6
وَإِذَا ٱلْبِحَارُ سُجِّرَتْ٦
Sodiq
Va vaqtiki, dengizlar alanga olib yonsa.
7
وَإِذَا ٱلنُّفُوسُ زُوِّجَتْ٧
Sodiq
Va vaqtiki, nafslar juftlashtirilsa.[1]
[1] Ya'ni, ruh tanaga qaytarilib, ikkovlari birlashsalar.)
8
وَإِذَا ٱلْمَوْءُۥدَةُ سُئِلَتْ٨
Sodiq
Va vaqtiki, tiriklay ko`milgan qizdan so`ralsa.
9
بِأَىِّ ذَنۢبٍ قُتِلَتْ٩
Sodiq
U nima gunoh uchun o`ldirilgan?
10
وَإِذَا ٱلصُّحُفُ نُشِرَتْ١٠
Sodiq
Va vaqtiki, sahifalar nashr qilinsa.
11
وَإِذَا ٱلسَّمَآءُ كُشِطَتْ١١
Sodiq
Va vaqtiki, osmon qo`porilsa.
12
وَإِذَا ٱلْجَحِيمُ سُعِّرَتْ١٢
Sodiq
Va vaqtiki, jahannam qizdirilsa.
13
وَإِذَا ٱلْجَنَّةُ أُزْلِفَتْ١٣
Sodiq
Va vaqtiki, jannat yaqinlashtirilsa.
14
عَلِمَتْ نَفْسٌ مَّآ أَحْضَرَتْ١٤
Sodiq
Har bir jon nima hozirlaganini biladir.
15
فَلَآ أُقْسِمُ بِٱلْخُنَّسِ١٥
Sodiq
(Kunduzi) maxfiy bo`luvchi(yulduz)lar bilan qasam.
16
ٱلْجَوَارِ ٱلْكُنَّسِ١٦
Sodiq
(Kechalari) yuruvchi, berkinuvchi(yulduz)lar bilan qasam.
17
وَٱلَّيْلِ إِذَا عَسْعَسَ١٧
Sodiq
Qorong`uligi ila kirib kelgan kecha bilan qasam.
18
وَٱلصُّبْحِ إِذَا تَنَفَّسَ١٨
Sodiq
Nafas olib kirib kelgan tong bilan qasam.
19
إِنَّهُۥ لَقَوْلُ رَسُولٍ كَرِيمٍ١٩
Sodiq
Albatta u(Qur'on) karamli elchining so`zidir.
20
ذِى قُوَّةٍ عِندَ ذِى ٱلْعَرْشِ مَكِينٍ٢٠
Sodiq
U quvvatli, arsh Egasi huzurida martabasi oliydir.
21
مُّطَاعٍ ثَمَّ أَمِينٍ٢١
Sodiq
Itoat qilingan, omonatlidir.
22
وَمَا صَاحِبُكُم بِمَجْنُونٍ٢٢
Sodiq
Sizning sohibingiz majnun emasdir.
23
وَلَقَدْ رَءَاهُ بِٱلْأُفُقِ ٱلْمُبِينِ٢٣
Sodiq
Batahqiq, ul ani ochiq-oydin ufqda ko`rdi.[1]
[1] Muhammad sollallohu alayhi va sallam Jibroilni ochiq-oydin ufqda o`z ko`zlari bilan asl yaratilishida ko`rdilar.)
24
وَمَا هُوَ عَلَى ٱلْغَيْبِ بِضَنِينٍ٢٤
Sodiq
Va u g`aybga baxil emasdir.
25
وَمَا هُوَ بِقَوْلِ شَيْطَٰنٍ رَّجِيمٍ٢٥
Sodiq
Va u(Qur'on) toshbo`ron qilingan shaytonning so`zi emasdir.
26
فَأَيْنَ تَذْهَبُونَ٢٦
Sodiq
Bas, qayoqqa ketmoqdasiz?!
27
إِنْ هُوَ إِلَّا ذِكْرٌ لِّلْعَٰلَمِينَ٢٧
Sodiq
U (Qur'on) olamlarga eslatmadan boshqa narsa emasdir.
28
لِمَن شَآءَ مِنكُمْ أَن يَسْتَقِيمَ٢٨
Sodiq
Sizlardan istiqomat(to`g`ri yo`l)da bo`lishni xohlovchilar uchundir.
29
وَمَا تَشَآءُونَ إِلَّآ أَن يَشَآءَ ٱللَّهُ رَبُّ ٱلْعَٰلَمِينَ٢٩
Sodiq
Olamlarning Robbi Alloh xohlamasa, sizlar xohlay olmassizlar.[1]
[1] Har bir narsa Allohning xohishiga bog`liq. Har bir narsa Alloh taoloning xohishi ila bo`ladi.)