Sura 90

Balad

s

Shahar

20 oyat |MakkaMakka |
Sura 90 • Oyat 1 / 20 • Juz 306⁄8 • Sahifa 594
Balad
ﻉ532Juz 30 6⁄8532ﻉ
2
1
۞ لَآ أُقْسِمُ بِهَٰذَا ٱلْبَلَدِ‮١‬‬‬
Sodiq
Mana shu shahar bilan qasam.
2
وَأَنتَ حِلُّ​ۢ بِهَٰذَا ٱلْبَلَدِ‮٢‬‬‬
Sodiq
Sen muqim turgan bu shahar-la.
3
وَوَالِدٍ وَمَا وَلَدَ‮٣‬‬‬
Sodiq
Va Volid va undan tarqagan valadlar bilan qasam.
4
لَقَدْ خَلَقْنَا ٱلْإِنسَٰنَ فِى كَبَدٍ‮٤‬‬‬
Sodiq
Batahqiq, Biz insonni mashaqqatda yaratdik.
5
أَيَحْسَبُ أَن لَّن يَقْدِرَ عَلَيْهِ أَحَدٌ‮٥‬‬‬
Sodiq
U inson unga hech kimning kuchi yetmas, deb hisoblarmi?
6
يَقُولُ أَهْلَكْتُ مَالًا لُّبَدًا‮٦‬‬‬
Sodiq
U: «Ko`plab mol-dunyo nafaqa qildim», deydir.[1]

[1] Mol-dunyo bilan g`ururga ketganlarga yaxshilik yo`lida ehson qil, deb aytilsa, yuqoridagi gapni aytishadi. Vaholanki, yaxshilik yo`lida hech narsa sarflamagan bo`ladi.)
7
أَيَحْسَبُ أَن لَّمْ يَرَهُۥٓ أَحَدٌ‮٧‬‬‬
Sodiq
U o`zini birov ko`rmadi, deb hisoblaydirmi?
8
أَلَمْ نَجْعَل لَّهُۥ عَيْنَيْنِ‮٨‬‬‬
Sodiq
Biz unga ikki ko`zni.
9
وَلِسَانًا وَشَفَتَيْنِ‮٩‬‬‬
Sodiq
Va tilni va ikki labni bermadikmi?
10
وَهَدَيْنَٰهُ ٱلنَّجْدَيْنِ‮١٠‬‬‬
Sodiq
Va Biz uni ikki yo`lga yo`llab qo`ymadikmi?
11
فَلَا ٱقْتَحَمَ ٱلْعَقَبَةَ‮١١‬‬‬
Sodiq
Bas, u dovon oshib o`tmadi.
12
وَمَآ أَدْرَىٰكَ مَا ٱلْعَقَبَةُ‮١٢‬‬‬
Sodiq
Dovon qandoq narsa ekanini senga nima bildirdi?
13
فَكُّ رَقَبَةٍ‮١٣‬‬‬
Sodiq
U qul ozod qilishdir.
14
أَوْ إِطْعَٰمٌ فِى يَوْمٍ ذِى مَسْغَبَةٍ‮١٤‬‬‬
Sodiq
Yoki ocharchilik kunida taom berishdir.
15
يَتِيمًا ذَا مَقْرَبَةٍ‮١٥‬‬‬
Sodiq
Qarindosh yetimga.
16
أَوْ مِسْكِينًا ذَا مَتْرَبَةٍ‮١٦‬‬‬
Sodiq
Yoki tuproqqa qorilgan miskinga.
17
ثُمَّ كَانَ مِنَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَتَوَاصَوْاْ بِٱلصَّبْرِ وَتَوَاصَوْاْ بِٱلْمَرْحَمَةِ‮١٧‬‬‬
Sodiq
So`ngra, iymon keltirganlar va bir-birini sabrga, mehr-shafqatga chaqirganlar bo`lsa...
18
أُوْلَٰٓئِكَ أَصْحَٰبُ ٱلْمَيْمَنَةِ‮١٨‬‬‬
Sodiq
Ana o`shalar o`ng tomon egalaridir.
19
وَٱلَّذِينَ كَفَرُواْ بِـَٔايَٰتِنَا هُمْ أَصْحَٰبُ ٱلْمَشْـَٔمَةِ‮١٩‬‬‬
Sodiq
Oyatlarimizga kufr keltirganlar chap tomon egalaridir.
20
عَلَيْهِمْ نَارٌ مُّؤْصَدَةُ​ۢ‮٢٠‬‬‬
Sodiq
Ularni chiqib bo`lmaydigan o`t-olov o`rab olgandir.