Sura 98

Bayyina

8

Ochiq-oydin dalil

8 oyat |MadinaMadina |
Sura 98 • Oyat 1 / 8 • Juz 307⁄8 • Sahifa 598
Bayyina
2
1
لَمْ يَكُنِ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ مِنْ أَهْلِ ٱلْكِتَٰبِ وَٱلْمُشْرِكِينَ مُنفَكِّينَ حَتَّىٰ تَأْتِيَهُمُ ٱلْبَيِّنَةُ‮١‬‬‬
Sodiq
Ahli kitob va mushriklardan bo`lgan kufr keltirganlar «bayyina» kelmaguncha ajralmasdilar.
2
رَسُولٌ مِّنَ ٱللَّهِ يَتْلُواْ صُحُفًا مُّطَهَّرَةً‮٢‬‬‬
Sodiq
U (bayyina), Alloh tarafidan yuborilgan Rasul bo`lib, poklangan sahifalarni tilovat qiladur.
3
فِيهَا كُتُبٌ قَيِّمَةٌ‮٣‬‬‬
Sodiq
Ularda ajoyib bitiklar bor.
4
وَمَا تَفَرَّقَ ٱلَّذِينَ أُوتُواْ ٱلْكِتَٰبَ إِلَّا مِن​ۢ بَعْدِ مَا جَآءَتْهُمُ ٱلْبَيِّنَةُ‮٤‬‬‬
Sodiq
Kitob berilganlar ularga «bayyina» kelganidan so`nggina bo`linib ketishdi.
5
وَمَآ أُمِرُوٓاْ إِلَّا لِيَعْبُدُواْ ٱللَّهَ مُخْلِصِينَ لَهُ ٱلدِّينَ حُنَفَآءَ وَيُقِيمُواْ ٱلصَّلَوٰةَ وَيُؤْتُواْ ٱلزَّكَوٰةَ ​ۚ وَذَٰلِكَ دِينُ ٱلْقَيِّمَةِ‮٥‬‬‬
Sodiq
Holbuki, ular faqat Allohgagina ibodat qilishga, Uning dinigagina ixlos qilishga, boshqa dinlarga moyil bo`lmaslikka, namozni to`liq o`qishga, zakot berishga buyurilgan edilar. Ana shu, to`g`ri(millat)ning dinidir.[1]

[1] Yahudiy va nasorolar Tavrot va Injilda faqat Alloh taoloning O`zigagina ibodat qilishga amr etilgan edilar.)
6
إِنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ مِنْ أَهْلِ ٱلْكِتَٰبِ وَٱلْمُشْرِكِينَ فِى نَارِ جَهَنَّمَ خَٰلِدِينَ فِيهَآ ​ۚ أُوْلَٰٓئِكَ هُمْ شَرُّ ٱلْبَرِيَّةِ‮٦‬‬‬
Sodiq
Albatta, ahli kitob va mushriklardan bo`lgan kufr keltirganlar jahannam o`tidadurlar, u yerda abadiy qolurlar. Undaylar xaloyiqning eng yomonidirlar.
7
إِنَّ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَعَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ أُوْلَٰٓئِكَ هُمْ خَيْرُ ٱلْبَرِيَّةِ‮٧‬‬‬
Sodiq
Albatta, iymon keltirganlar va solih amallarni qilganlar, ana o`shalar, xaloyiqning eng yaxshisidir.
8
جَزَآؤُهُمْ عِندَ رَبِّهِمْ جَنَّٰتُ عَدْنٍ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَٰرُ خَٰلِدِينَ فِيهَآ أَبَدًا ​ۖ رَّضِىَ ٱللَّهُ عَنْهُمْ وَرَضُواْ عَنْهُ ​ۚ ذَٰلِكَ لِمَنْ خَشِىَ رَبَّهُۥ‮٨‬‬‬
Sodiq
Ularning mukofotlari Robbilari huzuridagi (daraxtlari) ostidan anhorlar oqib turgan «adn» jannatlaridir. U yerda abadul-abad qolurlar. Alloh ulardan rozi bo`ldi, ular ham Undan rozi bo`ldilar. Bu, Robbidan qo`rqqanlar uchundir.