Sura 71
Nuh
G
Nuh
28 oyat |
Makka |
Sura 71 • Oyat 1 / 28 • Juz 294⁄8 • Sahifa 570
Nuh
2
1
إِنَّآ أَرْسَلْنَا نُوحًا إِلَىٰ قَوْمِهِۦٓ أَنْ أَنذِرْ قَوْمَكَ مِن قَبْلِ أَن يَأْتِيَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ١
Sodiq
Biz Nuhni o`z qavmiga, qavmingni ularga alamli azob kelishidan avval ogohlantirgin, deb Payg`ambar qilib yubordik.
2
قَالَ يَٰقَوْمِ إِنِّى لَكُمْ نَذِيرٌ مُّبِينٌ٢
Sodiq
U: «Ey qavmim, albatta, men siz uchun ochiq-oydin ogohlantiruvchiman.
3
أَنِ ٱعْبُدُواْ ٱللَّهَ وَٱتَّقُوهُ وَأَطِيعُونِ٣
Sodiq
Allohga ibodat qilinglar, Unga taqvo qilinglar va menga itoat qilinglar.
4
يَغْفِرْ لَكُم مِّن ذُنُوبِكُمْ وَيُؤَخِّرْكُمْ إِلَىٰٓ أَجَلٍ مُّسَمًّى ۚ إِنَّ أَجَلَ ٱللَّهِ إِذَا جَآءَ لَا يُؤَخَّرُ ۖ لَوْ كُنتُمْ تَعْلَمُونَ٤
Sodiq
U sizlarning gunohlaringizdan mag`firat qiladir va sizni belgilangan ajalgacha qo`yib qo`yadir. Agar bilsangiz, albatta, Allohning ajali orqaga surilmaydir», – dedi.[1]
[1] Bu oyatda zikr qilingan, gunohlarning kechirilishi va belgilangan muddatgacha yashab qolish, avvalgi oyatda shart qilingan Allohga ibodat qilish, unga taqvo qilish va Payg`ambarga itoat qilish ishlari bo`lsagina vujudga keladi.)
5
قَالَ رَبِّ إِنِّى دَعَوْتُ قَوْمِى لَيْلًا وَنَهَارًا٥
Sodiq
U: «Robbim, men o`z qavmimni kechayu kunduz da'vat qildim.
6
فَلَمْ يَزِدْهُمْ دُعَآءِىٓ إِلَّا فِرَارًا٦
Sodiq
Mening chaqirig`im ularda qochishdan boshqa narsani ziyoda qilmadi.
7
وَإِنِّى كُلَّمَا دَعَوْتُهُمْ لِتَغْفِرَ لَهُمْ جَعَلُوٓاْ أَصَٰبِعَهُمْ فِىٓ ءَاذَانِهِمْ وَٱسْتَغْشَوْاْ ثِيَابَهُمْ وَأَصَرُّواْ وَٱسْتَكْبَرُواْ ٱسْتِكْبَارًا٧
Sodiq
Va albatta, qachonki men ularni Sening mag`firat qilishing uchun chaqirsam, ular barmoqlarini quloqlariga tiqdilar va kiyimlariga burkanib oldilar, hamda (kofirlikda) sobit bo`ldilar va nihoyatda ulkan takabburlik qildilar.
8
ثُمَّ إِنِّى دَعَوْتُهُمْ جِهَارًا٨
Sodiq
So`ngra, albatta, men ularni jahriy da'vat qildim.
9
ثُمَّ إِنِّىٓ أَعْلَنتُ لَهُمْ وَأَسْرَرْتُ لَهُمْ إِسْرَارًا٩
Sodiq
So`ngra, albatta, men ularga oshkora va yashirin (da'vat) qildim.
10
فَقُلْتُ ٱسْتَغْفِرُواْ رَبَّكُمْ إِنَّهُۥ كَانَ غَفَّارًا١٠
Sodiq
Bas, o`z Robbingizga istig`for ayting, albatta, U gunohlarni ko`plab mag`firat qiluvchidir», dedim.
11
يُرْسِلِ ٱلسَّمَآءَ عَلَيْكُم مِّدْرَارًا١١
Sodiq
«U zot osmondan ustingizga ketma-ket baraka yomg`irini yuboradir.
12
وَيُمْدِدْكُم بِأَمْوَٰلٍ وَبَنِينَ وَيَجْعَل لَّكُمْ جَنَّٰتٍ وَيَجْعَل لَّكُمْ أَنْهَٰرًا١٢
Sodiq
Va sizga molu mulk va bola-chaqa ila madad beradir va sizlarga bog`u rog`lar hamda anhorlarni beradir.
13
مَّا لَكُمْ لَا تَرْجُونَ لِلَّهِ وَقَارًا١٣
Sodiq
Sizlarga nima bo`ldiki, Allohning azamatini o`ylab ko`rmaysizlar?
14
وَقَدْ خَلَقَكُمْ أَطْوَارًا١٤
Sodiq
Holbuki, U sizlarni holatma-holat yaratdi.
15
أَلَمْ تَرَوْاْ كَيْفَ خَلَقَ ٱللَّهُ سَبْعَ سَمَٰوَٰتٍ طِبَاقًا١٥
Sodiq
Alloh yetti osmonni qandoq qilib tabaqama-tabaqa yaratib qo`yganini ko`rmadingizmi?
16
وَجَعَلَ ٱلْقَمَرَ فِيهِنَّ نُورًا وَجَعَلَ ٱلشَّمْسَ سِرَاجًا١٦
Sodiq
Va ular ichida oyni nur va quyoshni chiroq qilib qo`yganini ko`rmadingizmi?
17
وَٱللَّهُ أَنۢبَتَكُم مِّنَ ٱلْأَرْضِ نَبَاتًا١٧
Sodiq
Va Alloh sizlarni yerdan o`stirib chiqaradir.
18
ثُمَّ يُعِيدُكُمْ فِيهَا وَيُخْرِجُكُمْ إِخْرَاجًا١٨
Sodiq
So`ngra sizlarni unga qaytaradir va yana chiqaradir.
19
وَٱللَّهُ جَعَلَ لَكُمُ ٱلْأَرْضَ بِسَاطًا١٩
Sodiq
Va Alloh sizlarga yerni gilamdek to`shab qo`ydi.
20
لِّتَسْلُكُواْ مِنْهَا سُبُلًا فِجَاجًا٢٠
Sodiq
Unda siz keng yo`llardan yurishingiz uchun», dedi.
21
قَالَ نُوحٌ رَّبِّ إِنَّهُمْ عَصَوْنِى وَٱتَّبَعُواْ مَن لَّمْ يَزِدْهُ مَالُهُۥ وَوَلَدُهُۥٓ إِلَّا خَسَارًا٢١
Sodiq
Nuh: «Ey Robbim, albatta, ular menga isyon qildilar va moli, bola-chaqasi xusrondan boshqani ziyoda qilmaganga ergashdilar.
22
وَمَكَرُواْ مَكْرًا كُبَّارًا٢٢
Sodiq
Va nihoyatda ulkan makr qildilar.
23
وَقَالُواْ لَا تَذَرُنَّ ءَالِهَتَكُمْ وَلَا تَذَرُنَّ وَدًّا وَلَا سُوَاعًا وَلَا يَغُوثَ وَيَعُوقَ وَنَسْرًا٢٣
Sodiq
Va ular: «Olihalaringizni hech tark qilmanglar, va, albatta, Vaddni ham, Suva'ni ham, Yag`usni ham, Ya'uqni ham va Nasrni ham tark qilmang», dedilar.[1]
[1] Shayton vasvasasi tufayli kishilar haykallarga sig`inishining bayoni ushbu oyatda nozil qilingandir.)
24
وَقَدْ أَضَلُّواْ كَثِيرًا ۖ وَلَا تَزِدِ ٱلظَّٰلِمِينَ إِلَّا ضَلَٰلًا٢٤
Sodiq
Darhaqiqat, ular ko`plarini adashtirdi. Va Sen zolimlarga zalolatdan boshqani ziyoda qilma», dedi.[1]
[1] Ko`rinib turibdiki, Nuh alayhissalomning bu duolari nihoyatda alamli duo. Nuh alayhissalom o`z qavmlariga qilgan ushbu duoiba'dni Alloh subhanahu va taolo u zotga sening qavmingdan hozir iymonga kelganlaridan o`zgasi zinhor iymonga kelmas, deb xabar berganidan so`ng, ularning iymonlaridan noumid bo`lib turib qilganlar.)
25
مِّمَّا خَطِيٓـَٰٔتِهِمْ أُغْرِقُواْ فَأُدْخِلُواْ نَارًا فَلَمْ يَجِدُواْ لَهُم مِّن دُونِ ٱللَّهِ أَنصَارًا٢٥
Sodiq
Ular xatolari tufayli g`arq qilindilar, bas, olovga kiritildilar. Bas, o`zlariga Allohdan o`zga yordamchi topa olmadilar.
26
وَقَالَ نُوحٌ رَّبِّ لَا تَذَرْ عَلَى ٱلْأَرْضِ مِنَ ٱلْكَٰفِرِينَ دَيَّارًا٢٦
Sodiq
Va Nuh: «Ey Robbim, yer yuzida kofirlardan birorta ham harakatlanuvchini qo`ymagin.
27
إِنَّكَ إِن تَذَرْهُمْ يُضِلُّواْ عِبَادَكَ وَلَا يَلِدُوٓاْ إِلَّا فَاجِرًا كَفَّارًا٢٧
Sodiq
Albatta, sen ularni tek qo`ysang, bandalaringni adashtiradilar va fojiru kofirdan boshqa tug`maslar.
28
رَّبِّ ٱغْفِرْ لِى وَلِوَٰلِدَىَّ وَلِمَن دَخَلَ بَيْتِىَ مُؤْمِنًا وَلِلْمُؤْمِنِينَ وَٱلْمُؤْمِنَٰتِ وَلَا تَزِدِ ٱلظَّٰلِمِينَ إِلَّا تَبَارًۢا٢٨
Sodiq
Robbim, meni mag`firat qilgin, mening ota-onamni ham va uyimga mo`min bo`lib kirganlarni va mo`minlaru mo`minalarni ham. Va zolimlarga halokatdan o`zga narsani ziyoda qilma», dedi.[1]
[1] Nuh alayhissalomning duolari qabul bo`ldi. Alloh taolo kofirlarni bitta ham qo`ymay halok qildi. Chunki ular insoniyat badaniga tushgan qorason kasalidek edilar. Ularni kesib tashlamasa bo`lmas edi.)
Qur'oniy duolar
Oyat 71:28