Allohning go'zal ismlari

Al-Kariym

Karamli, Saxiy

الكَرِیمُ

Al-Kariym (Karamli, Saxiy) — son-sanoqsiz ne’matlar beradigan va saxovatli hadyalar qilishni yaxshi ko’radigan, barcha fazilatlar va yuksak sifatlarga ega, barcha ishlari va qarorlari go’zal va maqtovga loyiq bo’lgan Zot. As-Suyutiy yozadi: «Bu — kechira olsa, kechiradigan, va’da bersa, bajaradigan, bersa, umid qilish mumkin bo’lganidan ko’proq beradigan, qancha va kimga berishining farqi bo’lmagan Zot; boshqa birovga iltimos bilan murojaat qilinganda U norozi bo’ladi, Undan yuz o’girsalar, malomat qiladi, ammo haddan oshmaydi; U O’zidan himoya va panoh izlagan kishini tashlab qo’ymaydi va uni vositalar va shafoatchilarga muhtojlikdan xalos etadi».

Qur’onda zikr qilinishi: 2 marta.
Bog’liq shakllar: ٱلْأَكْرَم — 1 marta.

Dalil: Ey Inson! Seni nima Karamli Robbing haqida g’ururga ketkazdi?! (Sura 82 «Infitor», Oyat 6)