Al-Muqiyt (Kuzatuvchi, Rizq Beruvchi) — O’z bandalarini kuzatadigan va ular ustidan hokimiyatga ega, ular uchun rizqni saqlaydigan va uni ularda belgilangan muddatgacha hayot saqlanib turadigan tarzda bo’lib-bo’lib yuboradigan Zot. Al-Qurtubiy bu ismning ma’nosini tushuntirib, yozadi: «U Alloh taoloning har bir inson va hayvonga ma’lum vaqt davomida doimo hayot vositalarini berishini, U buni to’xtatishni xohlaguncha berishini bildiradi; U maxluqni mavjudligi uchun zarur bo’lgan narsadan mahrum qilganda, u o’ladi».
Qur’onda zikr qilinishi: 1 marta.
Dalil: Kim yaxshi shafoat qilsa, undan o’z nasibasi bo’lur. Kim yomon shafoat qilsa, undan o’z nasibasi bo’lur. Alloh har bir narsaning bahosini beruvchi Zotdir. (Sura 4 «Niso», Oyat 85)