Allohning go'zal ismlari

As-Sayyid

Sayyid, Xo'jayin

السَّيِّدُ

As-Sayyid (Sayyid, Xo’jayin) — butun mavjudotga egalik qiladigan va boshqaradigan, eng a’lo sifatlarga ega va O’z maxluqotiga g’amxo’rlik qiladigan, boshqa hamma narsadan shunchalik yuksakki, Uning ulug’ligiga bandalari yeta olmaydigan Zot.

Bu ism Qur’onda zikr qilinmagan, Sunnatda uchraydi.

Dalil: Payg’ambar (unga Allohning salovoti va salomi bo’lsin) aytdi: Sayyid (As-Sayyid) — Allohdir. (Abu Dovud, Ahmad)