Allohning go'zal ismlari

Ash-Shofiy

Shifo Beruvchi

الشَّافِي

Ash-Shofiy (Shifo Beruvchi) — qalblar va tanalarga shifo beradigan, kasalliklarni ketkazadigan va yaralarni bitiradigan Yagona. U har qanday kasallik, zaiflik va holsizlikdan xalos etadi, g’amlarni ketkazadi va ozor, yo’qotish va umidsizlikdan paydo bo’lgan yaralarni davolaydi, qalblarni shirk va kufrdan, shubha va xavotirdan, kibr va manmanlikdan, hasad va g’arazdan, ochko’zlik va bu dunyoga bog’lanib qolishdan davolaydi. Undan boshqa kasalliklar va azoblardan davolay oladigan hech kim yo’q.

Bu ism Qur’onda zikr qilinmagan, Sunnatda uchraydi.

Dalil: Payg’ambar (unga Allohning salovoti va salomi bo’lsin) aytdi: Ey odamlarning Robbi, ziyonni ketkaz va shifo ber, Shifo beruvchi Sensan. (Buxoriy, Muslim)