Allohning go'zal ismlari

Ar-Robb

Robb

الرَّبُّ

Ar-Robb (Robb) — hamma narsa ustidan hukmronlik qiladigan va O’ziga teng keladigani yo’q, maxluqotlarni yaratgan, ularga g’amxo’rlik qiladigan va ishlarini boshqaradigan Zot. Bu sifatlarga Allohdan boshqa hech kim ega emas va Uning butun mavjudot ustidan alohida hukmronligini e’tirof etish musulmon e’tiqodining ajralmas qismidir. Alloh — yagona Robb, farishtalar, payg’ambarlar yoki boshqa maxluqotlardan hech kim bunday atalishi mumkin emas. Bas, mana shu Alloh sizning haq Robbingizdir. Haqdan so’ng nima bo’ladi? Magar zalolat bo’ladi. Bas, qayoqqa burilib ketmoqdasiz? (Sura 10 «Yunus», Oyat 32)

Qur’onda zikr qilinishi: 961 marta.

Dalil: Hamd olamlarning Robbi — Allohgadir. (Sura 1 «Fotiha», Oyat 2)