Al-Malik (Podshoh, Hukmdor) — osmonlar va yerda to’liq hokimiyatga ega, hokimiyatini amalga oshirish uchun yordamchilarga muhtoj bo’lmagan, buyruqlariga e’tiroz bildirilmaydigan va irodasiga qarshi turish mumkin bo’lmagan Zot. U O’z maxluqotlari ustidan cheksiz hokimiyatga ega va ulardan itoat va kamtarlikni talab qiladi. U ularning taqdirini xohlaganicha hal qiladi, xohlaganini yuksaltiradi va xohlaganini xor qiladi. U O’z maxluqotlariga muhtoj emas, ularning yuksalishi Unga ulug’lik qo’shmaydi, xor bo’lishi esa Uning sharafi va qudratini kamaytirmaydi.
Qur’onda zikr qilinishi: 5 marta.
Bog’liq shakllar: ٱلْمَلِيك — 1 marta, مَالِك — 2 marta.
Dalil: U — Alloh Undan o’zga iloh yo’q Zotdir. U — Malik, U — Quddus, U — Salom, U — Mu’min, U — Muhaymin, U — Aziyz, U — Jabbor, U — Mutakabbirdir. Alloh ular shirk keltirayotgan narsalardan pokdir. (Sura 59 «Hashr», Oyat 23)