Sura 25

Furqon

l

Haq-nohaqni ajratuvchi

77 oyat |MakkaMakka |
Sura 25 • Oyat 1 / 77 • Juz 188⁄8 • Sahifa 359
Furqon
ﻉ310Juz 18 8⁄8310ﻉ
2
1
۞ تَبَارَكَ ٱلَّذِى نَزَّلَ ٱلْفُرْقَانَ عَلَىٰ عَبْدِهِۦ لِيَكُونَ لِلْعَٰلَمِينَ نَذِيرًا‮١‬‬‬
Sodiq
Olamlarga ogohlantiruvchi bo`lsin uchun bandasiga Furqonni nozil qilgan Zot barakotli, ulug`dir.
2
ٱلَّذِى لَهُۥ مُلْكُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَلَمْ يَتَّخِذْ وَلَدًا وَلَمْ يَكُن لَّهُۥ شَرِيكٌ فِى ٱلْمُلْكِ وَخَلَقَ كُلَّ شَىْءٍ فَقَدَّرَهُۥ تَقْدِيرًا‮٢‬‬‬
Sodiq
U, osmonlaru yerning mulki Unga xos bo`lgan, O`ziga farzand tutmagan, mulkida sherigi bo`lmagan, har bir narsani o`lchov ila o`lchab yaratgan Zotdir.
3
وَٱتَّخَذُواْ مِن دُونِهِۦٓ ءَالِهَةً لَّا يَخْلُقُونَ شَيْـًٔا وَهُمْ يُخْلَقُونَ وَلَا يَمْلِكُونَ لِأَنفُسِهِمْ ضَرًّا وَلَا نَفْعًا وَلَا يَمْلِكُونَ مَوْتًا وَلَا حَيَوٰةً وَلَا نُشُورًا‮٣‬‬‬
Sodiq
U Zotdan boshqa, hech narsa yarata olmaydigan, o`zlari yaratiladigan, o`zlari uchun zararga ham, nafga ham ega bo`lmaydigan, o`limga ham, hayotga ham, qayta tirilishga ham molik bo`lmaydigan «xudo»lar tutdilar.
4
وَقَالَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓاْ إِنْ هَٰذَآ إِلَّآ إِفْكٌ ٱفْتَرَىٰهُ وَأَعَانَهُۥ عَلَيْهِ قَوْمٌ ءَاخَرُونَ ​ۖ فَقَدْ جَآءُو ظُلْمًا وَزُورًا‮٤‬‬‬
Sodiq
Kufr keltirganlar: «Bu (Qur'on) uydirmadan boshqa narsa emas. Uni o`zi uydirib oldi va bunda unga boshqa qavmlar ko`mak berdilar», dedilar. Bas, shubhasiz, zulm va yolg`on guvohlik keltirdilar.
5
وَقَالُوٓاْ أَسَٰطِيرُ ٱلْأَوَّلِينَ ٱكْتَتَبَهَا فَهِىَ تُمْلَىٰ عَلَيْهِ بُكْرَةً وَأَصِيلًا‮٥‬‬‬
Sodiq
Ular: «Bu avvalgilarning afsonasidir. Ularni yozdirib olgan. Holbuki, ular unga ertayu kech imlo qilinur», dedilar.[1]

[1] Avvalgi mushriklar har qancha johil bo`lsalar ham, hozirgilarga qaraganda bir oz insofli bo`lgan ekan. Ular hozirgi mushriklarga o`xshab, «yozib olgan», demasdan, «yozdirib olgan», demoqdalar. Chunki ular Muhammad alayhissalotu vassalomning o`qish va yozishni bilmasliklarini yaxshi biladilar. Shuning uchun afsonalarni boshqalarga yozdirib olgan, dedilar. Ya'ni, o`sha afsonalar Muhammad alayhissalotu vassalomga ertayu kech aytib turiladi, deydilar.)
6
قُلْ أَنزَلَهُ ٱلَّذِى يَعْلَمُ ٱلسِّرَّ فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ​ۚ إِنَّهُۥ كَانَ غَفُورًا رَّحِيمًا‮٦‬‬‬
Sodiq
Sen: «Uni osmonlaru yerdagi sirni biladigan Zot nozil qildi. Albatta, U mag`firatli va rahimli Zotdir», degin.[1]

[1] Qur'onni hamma narsani bilguvchi zot — Alloh nozil qilgandir. Hamma narsani bilguvchi Zot o`tgan ummatlarning tarixini ham juda yaxshi biladi. O`tganlarning afsonalarini birovdan yozdirib olishga hojat yo`q. Balki bu afsonalar yolg`on, bid'at va xurofotlarga to`liqdir. Qur'oni Karimda esa, o`tgan ummatlarning qissalari eng rost va to`g`ri ravishda keltiriladi. Kishilarni ulardan o`rnak olishga chaqiriladi. Vaqt o`tib, ilm rivojlanishi bilan bu haqiqat yana ham ravshanlashib bormoqda.)
7
وَقَالُواْ مَالِ هَٰذَا ٱلرَّسُولِ يَأْكُلُ ٱلطَّعَامَ وَيَمْشِى فِى ٱلْأَسْوَاقِ ​ۙ لَوْلَآ أُنزِلَ إِلَيْهِ مَلَكٌ فَيَكُونَ مَعَهُۥ نَذِيرًا‮٧‬‬‬
Sodiq
Ular: «Bu ne Payg`ambarki, taom yeb, bozorda yuradir?! Unga bir farishta tushirilsa edi, u bilan ogohlantirguvchi bo`lar edi.
8
أَوْ يُلْقَىٰٓ إِلَيْهِ كَنزٌ أَوْ تَكُونُ لَهُۥ جَنَّةٌ يَأْكُلُ مِنْهَا ​ۚ وَقَالَ ٱلظَّٰلِمُونَ إِن تَتَّبِعُونَ إِلَّا رَجُلًا مَّسْحُورًا‮٨‬‬‬
Sodiq
Yoki unga xazina tashlansa yoxud uning bog`i bo`lsa-yu, undan yesa», dedilar. Zolimlar: «Sizlar faqat sehrlangan kishiga ergashyapsizlar, xolos», dedilar.
9
ٱنظُرْ كَيْفَ ضَرَبُواْ لَكَ ٱلْأَمْثَٰلَ فَضَلُّواْ فَلَا يَسْتَطِيعُونَ سَبِيلًا‮٩‬‬‬
Sodiq
Senga qanday misollar keltirganiga nazar sol! Bas, ular yo`ldan ozdilar. Endi yo`l topishga qodir emaslar.
10
تَبَارَكَ ٱلَّذِىٓ إِن شَآءَ جَعَلَ لَكَ خَيْرًا مِّن ذَٰلِكَ جَنَّٰتٍ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَٰرُ وَيَجْعَل لَّكَ قُصُورً​ۢا‮١٠‬‬‬
Sodiq
Agar xohlasa, senga o`shandan yaxshirog`ini — ostidan anhorlar oqib turadigan bog`larni va qasrlarni qilib beradigan Zot barakotli va ulug` bo`ldi.[1]

[1] Alloh xohlasa, bu narsalarni istagan lahzada payg`ambariga ato etishi hech gap emas. Lekin maqsad bog`u rog` va qasrlar emas. Maqsad hamma narsaning xoliqi Alloh taoloning roziligiga erishishdir.)
11
بَلْ كَذَّبُواْ بِٱلسَّاعَةِ ​ۖ وَأَعْتَدْنَا لِمَن كَذَّبَ بِٱلسَّاعَةِ سَعِيرًا‮١١‬‬‬
Sodiq
Yo`q! Ular soatni (qiyomatni) ham yolg`onga chiqardilar. Va Biz soatni (qiyomatni) yolg`onga chiqarganlarga do`zaxni tayyorlab qo`ydik.[1]

[1] Kofirlar, qiyomat bo`lmaydi, dedilar. Qiyomat bo`ladi, deyayotganlarning gapi yolg`on, dedilar. Holbuki, do`zax ularni kutib turibdi. Ushbu mushriklar to`ppa-to`g`ri o`sha tayyor do`zaxga ravona bo`ladilar.)
12
إِذَا رَأَتْهُم مِّن مَّكَانٍ بَعِيدٍ سَمِعُواْ لَهَا تَغَيُّظًا وَزَفِيرًا‮١٢‬‬‬
Sodiq
Vaqtiki u ularni uzoq joydan ko`rganida, uning g`azabnok qaynashini va bo`kirishini eshiturlar.[1]

[1] Qiyomat soatini yolg`onga chiqarganlarga Alloh taolo tomonidan tayyorlab qo`yilgan do`zax shu darajada dahshatliki, u kofirlarni uzoqdan ko`rishi bilan g`azabi to`lib-toshib, qaynab o`kira boshlaydi.)
13
وَإِذَآ أُلْقُواْ مِنْهَا مَكَانًا ضَيِّقًا مُّقَرَّنِينَ دَعَوْاْ هُنَالِكَ ثُبُورًا‮١٣‬‬‬
Sodiq
Uning tor joyiga kishanlangan hollarida tashlanganlarida esa, o`sha joyda (o`zlariga) halokat tilarlar.
14
لَّا تَدْعُواْ ٱلْيَوْمَ ثُبُورًا وَٰحِدًا وَٱدْعُواْ ثُبُورًا كَثِيرًا‮١٤‬‬‬
Sodiq
«Bugungi kunda bir halokatni emas, ko`p halokatni tilanglar!»[1]

[1] Bir marta halok bo`lib qutulib keta olmaysizlar. Hali ko`p halok bo`lasizlar. O`zingizcha, halok bo`lsak, bu azoblardan qutularmiz, deb o`ylamanglar.)
15
قُلْ أَذَٰلِكَ خَيْرٌ أَمْ جَنَّةُ ٱلْخُلْدِ ٱلَّتِى وُعِدَ ٱلْمُتَّقُونَ ​ۚ كَانَتْ لَهُمْ جَزَآءً وَمَصِيرًا‮١٥‬‬‬
Sodiq
«Bu yaxshimi yoki taqvodorlarga tayyorlab qo`yilgan mangulik jannati yaxshimi?» U (jannat) ular uchun mukofot va qaytish joyidir.
16
لَّهُمْ فِيهَا مَا يَشَآءُونَ خَٰلِدِينَ ​ۚ كَانَ عَلَىٰ رَبِّكَ وَعْدًا مَّسْـُٔولًا‮١٦‬‬‬
Sodiq
Ularga u yerda xohlagan narsalari bor, abadiy holda qolurlar. Bu, Robbing zimmasidagi mas'uliyatli va'dadir.[1]

[1] Jannatda taqvodor mo`minlarga istagan narsalari bor. Jannatda nimalar borligini sanab adog`iga yetib bo`lmaydi. Shuning uchun osongina, istagan narsalari bor, deb qo`yildi.)
17
وَيَوْمَ يَحْشُرُهُمْ وَمَا يَعْبُدُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ فَيَقُولُ ءَأَنتُمْ أَضْلَلْتُمْ عِبَادِى هَٰٓؤُلَآءِ أَمْ هُمْ ضَلُّواْ ٱلسَّبِيلَ‮١٧‬‬‬
Sodiq
U(mushrik)larni va Allohdan o`zga ibodat qilgan narsalarini to`plagan kunda, U zot: «Anavi bandalarimni sizlar adashtirdingizmi yoki ular o`zlari yo`ldan ozdilarmi?!» deydir.[1]

[1] Bu dunyoda mushrik bo`lib, Allohdan o`zga narsalarga ibodat etib, o`shalarning «aytgani»ni qilib, o`shalarning «roziligi»ni tilab o`tgan manavi bandalarning mushrik bo`lishlari sababi nima? Ularni o`sha «xudo»lari adashtirdimi? Yoki o`zlari yo`ldan og`dilarmi?)
18
قَالُواْ سُبْحَٰنَكَ مَا كَانَ يَن​ۢبَغِى لَنَآ أَن نَّتَّخِذَ مِن دُونِكَ مِنْ أَوْلِيَآءَ وَلَٰكِن مَّتَّعْتَهُمْ وَءَابَآءَهُمْ حَتَّىٰ نَسُواْ ٱلذِّكْرَ وَكَانُواْ قَوْمً​ۢا بُورًا‮١٨‬‬‬
Sodiq
Ular: «O`zing poksan! Sendan o`zgani do`st tutmoq biz uchun yarashmas. Lekin Sen ularni va ota-bobolarini (shunchalik) huzurlantirdingki, hatto ular zikringni unutdilar va halokat qavmi bo`lib qoldilar», derlar.
19
فَقَدْ كَذَّبُوكُم بِمَا تَقُولُونَ فَمَا تَسْتَطِيعُونَ صَرْفًا وَلَا نَصْرًا ​ۚ وَمَن يَظْلِم مِّنكُمْ نُذِقْهُ عَذَابًا كَبِيرًا‮١٩‬‬‬
Sodiq
Batahqiq, ular sizlarni aytayotgan narsangizda yolg`onchiga chiqardilar. Endi (azobni) burishga ham, yordam olishga ham qodir bo`lmassiz. Sizdan kim zulm qilgan bo`lsa, unga azobni torttiramiz.
20
وَمَآ أَرْسَلْنَا قَبْلَكَ مِنَ ٱلْمُرْسَلِينَ إِلَّآ إِنَّهُمْ لَيَأْكُلُونَ ٱلطَّعَامَ وَيَمْشُونَ فِى ٱلْأَسْوَاقِ ​ۗ وَجَعَلْنَا بَعْضَكُمْ لِبَعْضٍ فِتْنَةً أَتَصْبِرُونَ ​ۗ وَكَانَ رَبُّكَ بَصِيرًا‮٢٠‬‬‬
Sodiq
Biz sendan oldin yuborgan Payg`ambarlarimiz ham, albatta, taom yer va bozorlarda yurar edilar. Ba'zilaringizni ba'zilaringizga sinov qildik. Sabr qilasizlarmikin?! Robbing ko`rguvchi bo`lgan Zotdir.[1]

[1] Oddiy bashardan payg`ambar yuborib odamlarni sinovga uchratdik, ba'zilari sinovdan o`ta olmay, oddiy bashar ham payg`ambar bo`ladimi, deb yo`ldan adashdi. Ularning bu tasarruflari esa, iymonlilar uchun sinov bo`ldi.)
ﻉ312Juz 19 • Sahifa 362312ﻉ
21
۞ وَقَالَ ٱلَّذِينَ لَا يَرْجُونَ لِقَآءَنَا لَوْلَآ أُنزِلَ عَلَيْنَا ٱلْمَلَٰٓئِكَةُ أَوْ نَرَىٰ رَبَّنَا ​ۗ لَقَدِ ٱسْتَكْبَرُواْ فِىٓ أَنفُسِهِمْ وَعَتَوْ عُتُوًّا كَبِيرًا‮٢١‬‬‬
Sodiq
Bizga uchrashdan umidsiz bo`lganlar, bizga farishtalar tushirilsa, yoki, Robbimizni ko`rsak edi, derlar. Batahqiq, ular o`zlaridan ketdilar va katta tug`yon-la tug`yon qildilar.
22
يَوْمَ يَرَوْنَ ٱلْمَلَٰٓئِكَةَ لَا بُشْرَىٰ يَوْمَئِذٍ لِّلْمُجْرِمِينَ وَيَقُولُونَ حِجْرًا مَّحْجُورًا‮٢٢‬‬‬
Sodiq
Ular farishtalarni ko`radigan kunda, ha, o`sha kunda jinoyatchilarga xushxabar bo`lmas. Va (farishtalar): «Harom, harom», derlar.[1]

[1] Ey kofir-mushriklar, sizlarga xushxabar harom, jannat harom, mag`firat harom, mehr-shafqat harom, osoyishtalik harom... derlar.)
23
وَقَدِمْنَآ إِلَىٰ مَا عَمِلُواْ مِنْ عَمَلٍ فَجَعَلْنَٰهُ هَبَآءً مَّنثُورًا‮٢٣‬‬‬
Sodiq
Va qilgan amaliga kelib, ularni to`zon kabi sochib yuboramiz.[1]

[1] Kofirlarning bu dunyoda qilgan ba'zi bir yaxshi amalaridan umidlari bo`lishi mumkin. Ammo iymon bo`lmaganidan keyin u ishlar hech foyda bera olmaydi. Qiyomat kuni Alloh taolo u amallarni ham to`zon kabi sochib yuboradi.)
24
أَصْحَٰبُ ٱلْجَنَّةِ يَوْمَئِذٍ خَيْرٌ مُّسْتَقَرًّا وَأَحْسَنُ مَقِيلًا‮٢٤‬‬‬
Sodiq
O`sha kunda jannat egalarining qarorgohlari va oromgohlari g`oyat yaxshidir.
25
وَيَوْمَ تَشَقَّقُ ٱلسَّمَآءُ بِٱلْغَمَٰمِ وَنُزِّلَ ٱلْمَلَٰٓئِكَةُ تَنزِيلًا‮٢٥‬‬‬
Sodiq
U kunda bulutli osmon yorilib, farishtalar bo`lak-bo`lak tushirilurlar.
26
ٱلْمُلْكُ يَوْمَئِذٍ ٱلْحَقُّ لِلرَّحْمَٰنِ ​ۚ وَكَانَ يَوْمًا عَلَى ٱلْكَٰفِرِينَ عَسِيرًا‮٢٦‬‬‬
Sodiq
U kunda hukmronlik Rohmanga haq bo`lur. U kun kofirlar uchun ko`p qiyin kun bo`lur.
27
وَيَوْمَ يَعَضُّ ٱلظَّالِمُ عَلَىٰ يَدَيْهِ يَقُولُ يَٰلَيْتَنِى ٱتَّخَذْتُ مَعَ ٱلرَّسُولِ سَبِيلًا‮٢٧‬‬‬
Sodiq
U kunda zolim ikki qo`lini tishlab: «Ey voh!!! Payg`ambar ila bir yo`lni tutganimda edi!» der.
28
يَٰوَيْلَتَىٰ لَيْتَنِى لَمْ أَتَّخِذْ فُلَانًا خَلِيلًا‮٢٨‬‬‬
Sodiq
«Ey voh!!! Koshki falonchini do`st tutmasam edi», der.
29
لَّقَدْ أَضَلَّنِى عَنِ ٱلذِّكْرِ بَعْدَ إِذْ جَآءَنِى ​ۗ وَكَانَ ٱلشَّيْطَٰنُ لِلْإِنسَٰنِ خَذُولًا‮٢٩‬‬‬
Sodiq
«Batahqiq, menga Zikr (Qur'on) kelgandan so`ng u (do`st) meni adashtirdi. Shayton insonni yordamsiz tashlab ketguvchidir».[1]

[1] Muhammad sollallohu alayhi va sallamdan boshqaga ergashganlarning barchasining holi shu bo`ladi. Qur'on yo`lidan boshqa yo`lga yurgan, Qur'ondan boshqa dasturga amal qilganlarning barchasining holi shu bo`ladi. Qiyomat kuni ularning hammasining bu dunyodagi «do`st»lari yordamsiz tashlab ketadi.)
30
وَقَالَ ٱلرَّسُولُ يَٰرَبِّ إِنَّ قَوْمِى ٱتَّخَذُواْ هَٰذَا ٱلْقُرْءَانَ مَهْجُورًا‮٣٠‬‬‬
Sodiq
Va Payg`ambar: «Ey Robbim, albatta, mening qavmim ushbu Qur'onni tark etdilar», dedi.[1]

[1] Muhammad alayhissalotu vassalom Robbilariga shikoyat qilib, ey Robbim, mening qavmim — Quraysh ushbu Qur'onni tark etdi, dedilar. Alloh taolo ularning qilmishlarini juda yaxshi biladi. Ammo Payg`ambar alayhissalotu vassalom o`zlarining dardlarini to`kib solish uchun, Allohning amrini to`la bajarganliklarini bildirish uchun aytmoqdalar.)
31
وَكَذَٰلِكَ جَعَلْنَا لِكُلِّ نَبِىٍّ عَدُوًّا مِّنَ ٱلْمُجْرِمِينَ ​ۗ وَكَفَىٰ بِرَبِّكَ هَادِيًا وَنَصِيرًا‮٣١‬‬‬
Sodiq
Ana shunday. Har Payg`ambar uchun jinoyatchilardan dushman qilganmiz. Hidoyat va yordamchilikda Robbing O`zi kifoya qilur.
32
وَقَالَ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ لَوْلَا نُزِّلَ عَلَيْهِ ٱلْقُرْءَانُ جُمْلَةً وَٰحِدَةً ​ۚ كَذَٰلِكَ لِنُثَبِّتَ بِهِۦ فُؤَادَكَ ​ۖ وَرَتَّلْنَٰهُ تَرْتِيلًا‮٣٢‬‬‬
Sodiq
Kufr keltirganlar: «Unga Qur'on bir yo`la nozil qilinsa edi», dedilar. Biz sening qalbingni u bilan sobit qilish uchun shunday qildik va uni dona-dona qilib o`qidik.[1]

[1] Ya'ni, ey Muhammad, Biz sening qalbingni Qur'on bilan sobit qilish, quvvatlash uchun uni bo`lak-bo`lak holda nozil etdik va go`zal ravishda dona-dona qilib o`qib berdik. Qur'on birdaniga tushmasdan, bo`lak-bo`lak bo`lib tushar, har vahiy kelganida Payg`ambar alayhissalotu vassalomning qalblari quvvatlanar, kuchlariga kuch, g`ayratlariga g`ayrat qo`shilar edi.)
33
وَلَا يَأْتُونَكَ بِمَثَلٍ إِلَّا جِئْنَٰكَ بِٱلْحَقِّ وَأَحْسَنَ تَفْسِيرًا‮٣٣‬‬‬
Sodiq
Ular senga biror masal keltirsalar, Biz, albatta, senga haqni va go`zal sharhini keltirurmiz.
34
ٱلَّذِينَ يُحْشَرُونَ عَلَىٰ وُجُوهِهِمْ إِلَىٰ جَهَنَّمَ أُوْلَٰٓئِكَ شَرٌّ مَّكَانًا وَأَضَلُّ سَبِيلًا‮٣٤‬‬‬
Sodiq
Jahannam tomon yuz tuban hollarida sudraladiganlar, ana o`shalar, makonlari eng yomon, yo`llari eng adashgan kimsalardir.
35
وَلَقَدْ ءَاتَيْنَا مُوسَى ٱلْكِتَٰبَ وَجَعَلْنَا مَعَهُۥٓ أَخَاهُ هَٰرُونَ وَزِيرًا‮٣٥‬‬‬
Sodiq
Batahqiq, Biz Musoga kitobni berdik va unga akasi Horunni vazir qildik.
36
فَقُلْنَا ٱذْهَبَآ إِلَى ٱلْقَوْمِ ٱلَّذِينَ كَذَّبُواْ بِـَٔايَٰتِنَا فَدَمَّرْنَٰهُمْ تَدْمِيرًا‮٣٦‬‬‬
Sodiq
Bas: «Ikkingiz Bizning oyatlarimizni yolg`onga chiqargan qavmga boring», dedik. So`ng ularni yer bilan yakson qildik.
37
وَقَوْمَ نُوحٍ لَّمَّا كَذَّبُواْ ٱلرُّسُلَ أَغْرَقْنَٰهُمْ وَجَعَلْنَٰهُمْ لِلنَّاسِ ءَايَةً ​ۖ وَأَعْتَدْنَا لِلظَّٰلِمِينَ عَذَابًا أَلِيمًا‮٣٧‬‬‬
Sodiq
Va Nuh qavmi Payg`ambarlarni yolg`onga chiqarganlarida g`arq etdik va ularni odamlarga ibrat qildik. Hamda Biz zolimlarga alamli azoblar tayyorlab qo`ydik.
38
وَعَادًا وَثَمُودَاْ وَأَصْحَٰبَ ٱلرَّسِّ وَقُرُونً​ۢا بَيْنَ ذَٰلِكَ كَثِيرًا‮٣٨‬‬‬
Sodiq
Od, Samud va quduq egalarini hamda bu oradagi asrlarni esla.[1]

[1] Biz «quduq» deb tarjima qilgan so`z oyati karimada «rass» iborasi ila ifodalangan bo`lib, ichi mahkamlanmagan, nurab turgan quduqqa aytiladi. Rivoyatlarda kelishicha, o`sha jinoyatchi qavm quduq atrofida o`tirganlarida, u qulab, hammalari ichiga tushib halok bo`lgan ekanlar. Ba'zi tafsirchilarimiz, bu qavm Solih alayhissalom qavmi, desalar, boshqalari Shuayb alayhissalom qavmidir, deydilar. Ibn Jarir Tabariy esa, ular Uxdud egalaridir, degan ekanlar. Ular haqida Buruj surasida so`z yuritilgan.)
39
وَكُلًّا ضَرَبْنَا لَهُ ٱلْأَمْثَٰلَ ​ۖ وَكُلًّا تَبَّرْنَا تَتْبِيرًا‮٣٩‬‬‬
Sodiq
Ulardan har biriga misollar keltirdik. Va ularni qirib bitirdik.[1]

[1] Ya'ni, o`sha o`tmish asrlardagi barcha jinoyatchi qavmlarning har biriga o`rnak bo`lsin uchun misollar keltirdik. Ular ibrat olmadilar, o`zlarini o`nglamadilar.)
40
وَلَقَدْ أَتَوْاْ عَلَى ٱلْقَرْيَةِ ٱلَّتِىٓ أُمْطِرَتْ مَطَرَ ٱلسَّوْءِ ​ۚ أَفَلَمْ يَكُونُواْ يَرَوْنَهَا ​ۚ بَلْ كَانُواْ لَا يَرْجُونَ نُشُورًا‮٤٠‬‬‬
Sodiq
Batahqiq, ular yomonlik yomg`iri yog`dirilgan shaharga kelgan edilar. Uni ko`rmagan edilarmi?! Yo`q! Ular qayta tirilishdan umidsiz edilar.[1]

[1] Ushbu oyati karimadagi «yomonlik yomg`iri yog`dirilgan shahar»dan murod Lut alayhissalom qavmi yashagan shahardir. Ma'lumki, bu shaharni Alloh taolo tosh yog`dirib halok qilgandir. Oyatdagi «Ular»dan murod esa, Makka kofirlari. Ular Shomga qilgan safarlarida Lut alayhissalom qavmi shahri xarobalari yonidan o`tar edilar. Agar ularda insof bo`lganida, zarracha tafakkur bo`lganida, ko`rganlaridan ibrat olardilar.)
41
وَإِذَا رَأَوْكَ إِن يَتَّخِذُونَكَ إِلَّا هُزُوًا أَهَٰذَا ٱلَّذِى بَعَثَ ٱللَّهُ رَسُولًا‮٤١‬‬‬
Sodiq
Ular seni ko`rgan vaqtlarida masxaraga olurlar: «Alloh Payg`ambar qilib yuborgan shumi?!
42
إِن كَادَ لَيُضِلُّنَا عَنْ ءَالِهَتِنَا لَوْلَآ أَن صَبَرْنَا عَلَيْهَا ​ۚ وَسَوْفَ يَعْلَمُونَ حِينَ يَرَوْنَ ٱلْعَذَابَ مَنْ أَضَلُّ سَبِيلًا‮٤٢‬‬‬
Sodiq
Agar sabr qilmaganimizda, albatta, u bizni, sal bo`lmasa, xudolarimizdan ozdirardi-ya!» deb. Yaqinda — azobni ko`rgan chog`larida — kim yo`ldan ozganroq ekanini bilurlar.
43
أَرَءَيْتَ مَنِ ٱتَّخَذَ إِلَٰهَهُۥ هَوَىٰهُ أَفَأَنتَ تَكُونُ عَلَيْهِ وَكِيلًا‮٤٣‬‬‬
Sodiq
Havoyi nafsini o`ziga xudo qilib olganni ko`rdingmi?! Endi sen unga vakil bo`lasanmi?![1]

[1] Yo`q, albatta. Payg`ambarning vazifasi havoi nafsini o`ziga xudo qilib olganlarga vakil bo`lish emas, balki Allohdan kelgan amrlarni kishilarga yetkazishdir.)
44
أَمْ تَحْسَبُ أَنَّ أَكْثَرَهُمْ يَسْمَعُونَ أَوْ يَعْقِلُونَ ​ۚ إِنْ هُمْ إِلَّا كَٱلْأَنْعَٰمِ ​ۖ بَلْ هُمْ أَضَلُّ سَبِيلًا‮٤٤‬‬‬
Sodiq
Yoki sen ularning ko`plari tinglay olurlar yo anglay olurlar, deb hisoblaysanmi? Aslida, ularning hayvonlardan farqi yo`q. Balki yana ham yo`ldan ozganroqdirlar.[1]

[1] Ushbu oyati karimada Payg`ambar alayhissalotu vassalomga tasalli va havoi nafslarini xudo qilib olgan kofirlarni yerga urish bor.)
45
أَلَمْ تَرَ إِلَىٰ رَبِّكَ كَيْفَ مَدَّ ٱلظِّلَّ وَلَوْ شَآءَ لَجَعَلَهُۥ سَاكِنًا ثُمَّ جَعَلْنَا ٱلشَّمْسَ عَلَيْهِ دَلِيلًا‮٤٥‬‬‬
Sodiq
Robbingning soyani qanday yoyib qo`yganini ko`rmadingmi? Agar xohlasa, uni jilmas qilardi. So`ngra quyoshni Biz unga dalil qildik.[1]

[1] Ha, agar Alloh xohlasa, soyani jilmas qilib, bir xilda, ya'ni uzaymay ham, qisqarmay ham turadigan qilib qo`yar edi. Misol uchun yerni aylanmaydigan qilib qo`ysa, soya jilmay turaverar edi, biz e'tibor bermaydigan soyaning yoyilishi hodisasi ortida Allohning ulkan qudrati turibdi.)
46
ثُمَّ قَبَضْنَٰهُ إِلَيْنَا قَبْضًا يَسِيرًا‮٤٦‬‬‬
Sodiq
So`ngra Biz uni O`zimizga asta-sekin tortib oldik.
47
وَهُوَ ٱلَّذِى جَعَلَ لَكُمُ ٱلَّيْلَ لِبَاسًا وَٱلنَّوْمَ سُبَاتًا وَجَعَلَ ٱلنَّهَارَ نُشُورًا‮٤٧‬‬‬
Sodiq
U siz uchun kechani libos, uyquni istirohat qilgan va kunduzni tirilish (zamoni) qilgan Zotdir.
48
وَهُوَ ٱلَّذِىٓ أَرْسَلَ ٱلرِّيَٰحَ بُشْرً​ۢا بَيْنَ يَدَىْ رَحْمَتِهِۦ ​ۚ وَأَنزَلْنَا مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءً طَهُورًا‮٤٨‬‬‬
Sodiq
U O`z rahmati oldidan shamollarni xushxabar qilib yuborgan Zotdir. Va osmondan pok suv tushirdik.
49
لِّنُحْـِۧىَ بِهِۦ بَلْدَةً مَّيْتًا وَنُسْقِيَهُۥ مِمَّا خَلَقْنَآ أَنْعَٰمًا وَأَنَاسِىَّ كَثِيرًا‮٤٩‬‬‬
Sodiq
U ila o`lik yurtni tiriltirishimiz va o`zimiz yaratgan ko`plab chorva hayvonlari hamda insonlarni sug`orishimiz uchun.
50
وَلَقَدْ صَرَّفْنَٰهُ بَيْنَهُمْ لِيَذَّكَّرُواْ فَأَبَىٰٓ أَكْثَرُ ٱلنَّاسِ إِلَّا كُفُورًا‮٥٠‬‬‬
Sodiq
Batahqiq, Biz u(Qur'on)ni eslatma olishlari uchun oralarida turlicha tasarruf qilib ko`rdik. Odamlarning ko`plari kufrdan boshqa narsadan bosh tortdilar.[1]

[1] Alloh osmondan pok suv tushiradi. Alloh osmondan pok so`z Qur'on) tushiradi. Alloh osmondan tushirgan pok suvi ila o`lik diyorlarni tiriltiradi, chanqoq hayvon va odamlarni sug`oradi. Alloh osmondan tushirgan pok so`zi bilan ma'naviy o`lik xalqlarni tiriltiradi, ruhiy chanqoqlarni, tashnalarni ruhiy-ma'naviy ta'limotlar ila sug`oradi. Qur'onni ularga turli uslublar ila taqdim qildik. Lekin ular bundan o`zlariga eslatma olmadilar.)
51
وَلَوْ شِئْنَا لَبَعَثْنَا فِى كُلِّ قَرْيَةٍ نَّذِيرًا‮٥١‬‬‬
Sodiq
Agar xohlasak, har shaharga bitta ogohlantirguvchi yuborar edik.
52
فَلَا تُطِعِ ٱلْكَٰفِرِينَ وَجَٰهِدْهُم بِهِۦ جِهَادًا كَبِيرًا‮٥٢‬‬‬
Sodiq
Kofirlarga itoat etma! Ularga qarshi u(Qur'on) bilan katta jiddu jahd qil!
53
۞وَهُوَ ٱلَّذِى مَرَجَ ٱلْبَحْرَيْنِ هَٰذَا عَذْبٌ فُرَاتٌ وَهَٰذَا مِلْحٌ أُجَاجٌ وَجَعَلَ بَيْنَهُمَا بَرْزَخًا وَحِجْرًا مَّحْجُورًا‮٥٣‬‬‬
Sodiq
U, ikki dengizni — bunisi chuchuk-shirin, unisi sho`r-achchiq qilib oqizib qo`ygan va oralariga ko`rinmas to`siq hamda ochilmas sarhad qilgan Zotdir.[1]

[1] Barcha ummonlar va dengizlar sho`r, daryolar chuchuk. Daryolar oqib borib suvini dengizlarga, ummonlarga quyadi. Ammo bu bilan dengiz suvi chuchuk bo`lib qolmaydi, daryo suvi sho`r bo`lib qolmaydi. Zotan, daryolarning suvi ham dengiz va ummonlardan bug`lanib ko`tarilgan suvdan iborat.)
54
وَهُوَ ٱلَّذِى خَلَقَ مِنَ ٱلْمَآءِ بَشَرًا فَجَعَلَهُۥ نَسَبًا وَصِهْرًا ​ۗ وَكَانَ رَبُّكَ قَدِيرًا‮٥٤‬‬‬
Sodiq
U, suvdan bashar yaratgan va uni nasl-nasab, quda-anda qilib qo`ygan Zotdir. Robbing qodir bo`lgan Zotdir.
55
وَيَعْبُدُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ مَا لَا يَنفَعُهُمْ وَلَا يَضُرُّهُمْ ​ۗ وَكَانَ ٱلْكَافِرُ عَلَىٰ رَبِّهِۦ ظَهِيرًا‮٥٥‬‬‬
Sodiq
Ular Allohdan o`zga, ularga naf ham, zarar ham yetkazmaydigan, narsalarga ibodat qiladilar. Va kofir, Robbiga qarshi yordamchi bo`lgandir.
56
وَمَآ أَرْسَلْنَٰكَ إِلَّا مُبَشِّرًا وَنَذِيرًا‮٥٦‬‬‬
Sodiq
Biz seni faqat xushxabarchi va ogohlantirguvchi etib yuborganmiz, xolos.
57
قُلْ مَآ أَسْـَٔلُكُمْ عَلَيْهِ مِنْ أَجْرٍ إِلَّا مَن شَآءَ أَن يَتَّخِذَ إِلَىٰ رَبِّهِۦ سَبِيلًا‮٥٧‬‬‬
Sodiq
Sen: «Men sizlardan buning uchun ajr so`ramayman, faqat, kim xohlasa, Robbi tomon yo`l olishini (so`rayman)», deb ayt.[1]

[1] Islomda e'tiqod-dinga kirish yoki uning a'zolari safida bo`lish uchun to`lanadigan badal yoki solig`u majburiyatlar yo`q. Xohlagan kishi Allohga tomon yo`l olsin. Unga iymon keltirsin, ibodat qilsin. Boshqalar esa, uning yo`lini to`smasin.)
58
وَتَوَكَّلْ عَلَى ٱلْحَىِّ ٱلَّذِى لَا يَمُوتُ وَسَبِّحْ بِحَمْدِهِۦ ​ۚ وَكَفَىٰ بِهِۦ بِذُنُوبِ عِبَادِهِۦ خَبِيرًا‮٥٨‬‬‬
Sodiq
Va barhayot, o`lmaydigan Zotga tavakkal qil hamda Uni hamdu sano ila poklab yod et. Bandalarining gunohlaridan o`ta xabardor bo`lishda Uning O`zi kifoyadir.
59
ٱلَّذِى خَلَقَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ وَمَا بَيْنَهُمَا فِى سِتَّةِ أَيَّامٍ ثُمَّ ٱسْتَوَىٰ عَلَى ٱلْعَرْشِ ​ۚ ٱلرَّحْمَٰنُ فَسْـَٔلْ بِهِۦ خَبِيرًا‮٥٩‬‬‬
Sodiq
U osmonlaru yerni va ularning orasidagi narsalarni olti kunda yaratgan, so`ngra (Zoti va ulug`ligiga munosib suratda) Arshga yuksalgan Zotdir. U Rohmandir. Bas, o`sha o`ta Xabardordan so`ra.[1]

[1] Ushbu ma'nolar e'tiqod bobida o`ta nozik va hassos ekanligi e'tiboridan ulamolarimiz juda ham ehtiyotkorlik bilan bayon qilishga harakat qiladilar. «Olti kun» masalasiga kelganda, ba'zilari, bu dunyoning kunlariga o`xshash kunlar, Alloh «bo`l» desa bo`lib qolar edi-yu, lekin bandalarga shoshilmay ish qilishni o`rgatish maqsadida shunday qildi, deydilar. Boshqalari esa, «olti kun» qanday kunlar ekanini Allohning O`zi biladi. Bizning kunlarimiz osmonlaru Yer yaratib bo`lingandan keyin, quyosh majmuasidagi sayyoralar nizomi yaratilgandan keyin vujudga kelgan tushunchalar, deydilar. «So`ngra» kalimasi odatda «keyin» ma'nosidagi tartibni ifoda qiladi, bu oyatdagi «so`ngra» esa, martabani bildiradi.)
60
وَإِذَا قِيلَ لَهُمُ ٱسْجُدُواْ لِلرَّحْمَٰنِ قَالُواْ وَمَا ٱلرَّحْمَٰنُ أَنَسْجُدُ لِمَا تَأْمُرُنَا وَزَادَهُمْ نُفُورًا ۩‮٦٠‬‬‬
Sodiq
Qachonki ularga: «Rohmanga sajda qilinglar!» deyilsa, ular: «Rohman nima? Sen buyurgan narsaga sajda qilaveramizmi?» derlar. Bu ularning uzoqlashishini ziyoda qilur.
61
تَبَارَكَ ٱلَّذِى جَعَلَ فِى ٱلسَّمَآءِ بُرُوجًا وَجَعَلَ فِيهَا سِرَٰجًا وَقَمَرًا مُّنِيرًا‮٦١‬‬‬
Sodiq
Osmonda burjlar qilgan va unda chiroq va nur sochguvchi oy qilgan Zot barakotli(buyuk) bo`ldi.
62
وَهُوَ ٱلَّذِى جَعَلَ ٱلَّيْلَ وَٱلنَّهَارَ خِلْفَةً لِّمَنْ أَرَادَ أَن يَذَّكَّرَ أَوْ أَرَادَ شُكُورًا‮٦٢‬‬‬
Sodiq
U ibrat olmoqni iroda qilgan va shukr qilmoqni iroda qilgan kishi uchun kecha-kunduzni birin-ketin qilgan Zotdir.
63
وَعِبَادُ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلَّذِينَ يَمْشُونَ عَلَى ٱلْأَرْضِ هَوْنًا وَإِذَا خَاطَبَهُمُ ٱلْجَٰهِلُونَ قَالُواْ سَلَٰمًا‮٦٣‬‬‬
Sodiq
Rohmanning bandalari yer yuzida tavozu' ila yuradigan va johillar xitob qilganida, «salom», deydiganlardir.[1]

[1] Rohmanning suyukli bandasi bo`lish sharafiga erishgan inson Yer yuzida kamtarlik, sodda va muloyimlik bilan yuradi. Unda takabburlik, manmanlik, vahshatu dahshat, turli soxta ko`rinishlardan asar ham bo`lmaydi. Shu bilan birga, bo`shanglik, irodasizlik, behuda qisilib-qimtinish, o`zini pastga urishlik ham bo`lmaydi.)
64
وَٱلَّذِينَ يَبِيتُونَ لِرَبِّهِمْ سُجَّدًا وَقِيَٰمًا‮٦٤‬‬‬
Sodiq
Ular tunlarni Robbilariga sajda qilib, bedor o`tkazadilar.
65
وَٱلَّذِينَ يَقُولُونَ رَبَّنَا ٱصْرِفْ عَنَّا عَذَابَ جَهَنَّمَ ​ۖ إِنَّ عَذَابَهَا كَانَ غَرَامًا‮٦٥‬‬‬
Sodiq
Ular: «Ey Robbimiz, O`zing bizdan jahannam azobini burgin, albatta, jahannam azobi doimiydir.
Qur'oniy duolar
Oyat 25:65
66
إِنَّهَا سَآءَتْ مُسْتَقَرًّا وَمُقَامًا‮٦٦‬‬‬
Sodiq
Albatta, u eng yomon qarorgoh va turar joydir», deydiganlardir.
67
وَٱلَّذِينَ إِذَآ أَنفَقُواْ لَمْ يُسْرِفُواْ وَلَمْ يَقْتُرُواْ وَكَانَ بَيْنَ ذَٰلِكَ قَوَامًا‮٦٧‬‬‬
Sodiq
Ular infoq qilganlarida isrof ham va xasislik ham qilmaslar. U ikkisi o`rtasida mo`'tadil bo`lurlar.
68
وَٱلَّذِينَ لَا يَدْعُونَ مَعَ ٱللَّهِ إِلَٰهًا ءَاخَرَ وَلَا يَقْتُلُونَ ٱلنَّفْسَ ٱلَّتِى حَرَّمَ ٱللَّهُ إِلَّا بِٱلْحَقِّ وَلَا يَزْنُونَ ​ۚ وَمَن يَفْعَلْ ذَٰلِكَ يَلْقَ أَثَامًا‮٦٨‬‬‬
Sodiq
Ular Alloh bilan birga biror ilohga iltijo qilmaslar. Alloh (o`ldirishni) harom qilgan jonni nohaqdan o`ldirmaslar. Zino qilmaslar. Kim ana shuni qilsa, uqubatga duchor bo`lur.[1]

[1] Allohga shirk keltirish ulkan zulmdir. Birovni nohaqdan o`ldiradigan odam Rohmanning suyukli bandasi bo`la olmaydi. Zinoda ham moddiy, ham ma'naviy ravishda odam o`ldirish ruhi bor. Zinokorlar bola ko`rishdan qochadilar. Ular, zinodan bola bo`lib qolmasligiga urinadilar. Bu esa, o`ziga xos odam o`ldirishdir. Allohga shirk keltirsa, nohaqdan odam o`ldirsa va zino qilsa, gunohning uqubatiga duchor bo`ladi.)
69
يُضَٰعَفْ لَهُ ٱلْعَذَابُ يَوْمَ ٱلْقِيَٰمَةِ وَيَخْلُدْ فِيهِۦ مُهَانًا‮٦٩‬‬‬
Sodiq
Qiyomat kuni uning azobi bir necha barobar ko`paytirilur va u(azob)da xor bo`lib abadiy qolur.
70
إِلَّا مَن تَابَ وَءَامَنَ وَعَمِلَ عَمَلًا صَٰلِحًا فَأُوْلَٰٓئِكَ يُبَدِّلُ ٱللَّهُ سَيِّـَٔاتِهِمْ حَسَنَٰتٍ ​ۗ وَكَانَ ٱللَّهُ غَفُورًا رَّحِيمًا‮٧٠‬‬‬
Sodiq
Magar kim tavba qilsa, iymon keltirib, solih amal qilsa, bas, Alloh ana o`shalarning yomonliklarini yaxshiliklarga almashtirur. Alloh mag`firatli va rahimli bo`lgan Zotdir.
71
وَمَن تَابَ وَعَمِلَ صَٰلِحًا فَإِنَّهُۥ يَتُوبُ إِلَى ٱللَّهِ مَتَابًا‮٧١‬‬‬
Sodiq
Kim tavba qilib, solih amal qilsa, u, albatta, Allohga (haqiqiy) qaytish ila qaytar.[1]

[1] Tavbaning haqiqiy yoki soxta ekanligi uning e'lonidan keyingi amaldan bilinadi. Agar e'londan keyingi amal solih-yaxshi bo`lsa, tavba haqiqiy, yomon bo`lsa, tavba soxta bo`ladi. Gunoh ham faqat niyat emas, balki qilingan amaldir, tavba ham amalsiz bo`lmas.)
72
وَٱلَّذِينَ لَا يَشْهَدُونَ ٱلزُّورَ وَإِذَا مَرُّواْ بِٱللَّغْوِ مَرُّواْ كِرَامًا‮٧٢‬‬‬
Sodiq
Ular yolg`on guvohlik bermaydiganlardir va behuda narsalar oldidan o`tsalar, hurmatlarini saqlagan holda o`tarlar.
73
وَٱلَّذِينَ إِذَا ذُكِّرُواْ بِـَٔايَٰتِ رَبِّهِمْ لَمْ يَخِرُّواْ عَلَيْهَا صُمًّا وَعُمْيَانًا‮٧٣‬‬‬
Sodiq
Ularga Robbilarining oyatlari eslatilganda, u(oyat)larga gung va ko`rlardek tashlanmaslar.[1]

[1] Rohmanning suyukli bandalari butparast mushriklarga o`xshab, o`zlari anglamagan narsaga yopishib olmaydilar. Mushriklar soxta xudolariga xuddi ko`r va karquloqdek bilib-bilmay, ko`rib-ko`rmay, eshitib-eshitmay yopishib oladilar. Agar ular «xudo»larining nima ekanligini bilganlarida, ko`rganlarida va eshitganlarida, hech qachon ularga ibodat qilmas edilar.)
74
وَٱلَّذِينَ يَقُولُونَ رَبَّنَا هَبْ لَنَا مِنْ أَزْوَٰجِنَا وَذُرِّيَّٰتِنَا قُرَّةَ أَعْيُنٍ وَٱجْعَلْنَا لِلْمُتَّقِينَ إِمَامًا‮٧٤‬‬‬
Sodiq
Ular: «Ey Robbimiz, O`zing bizga jufti halollarimizdan va zurriyotlarimizdan ko`zimiz quvonadigan narsa hadya et hamda bizlarni taqvodorlarga yo`lboshchi qil», deydiganlardir.
Qur'oniy duolar
Oyat 25:74
75
أُوْلَٰٓئِكَ يُجْزَوْنَ ٱلْغُرْفَةَ بِمَا صَبَرُواْ وَيُلَقَّوْنَ فِيهَا تَحِيَّةً وَسَلَٰمًا‮٧٥‬‬‬
Sodiq
Ana o`shalar sabr qilganlari uchun «g`urfa» ila mukofotlanurlar va unda tabrik va salom bilan qarshilanurlar.[1]

[1] Arab tilida oliy maqom xos xonani «g`urfa» deyiladi. Tafsirchi ulamolarimizdan ba'zilari ushbu oyatdagi «g`urfa» so`ziga, «oliy daraja», «jannat», «jannatdagi alohida xona» ma'nolarini berishgan. Aslida, hammasini qo`shib, jannatdagi oliy maqom xos xona, desak maqsadga muvofiq bo`lsa kerak.)
76
خَٰلِدِينَ فِيهَا ​ۚ حَسُنَتْ مُسْتَقَرًّا وَمُقَامًا‮٧٦‬‬‬
Sodiq
Ular o`shanda abadiy qolurlar. U qanday ham go`zal qarorgoh va manzildir.
77
قُلْ مَا يَعْبَؤُاْ بِكُمْ رَبِّى لَوْلَا دُعَآؤُكُمْ ​ۖ فَقَدْ كَذَّبْتُمْ فَسَوْفَ يَكُونُ لِزَامً​ۢا‮٧٧‬‬‬
Sodiq
Sen: «Agar duo-iltijolaringiz bo`lmasa, Robbim sizlarga hech qiymat bermas. Bas, batahqiq, siz yolg`onga chiqardingiz. Endi sizlarga (azob) lozim bo`lur», deb ayt.