Sura 38

Sod

C

Sod

88 oyat |MakkaMakka |
Sura 38 • Oyat 1 / 88 • Juz 235⁄8 • Sahifa 453
Sod
ﻉ391Sahifa 453391ﻉ
2
1
صٓ ​ۚ وَٱلْقُرْءَانِ ذِى ٱلذِّكْرِ‮١‬‬‬
Sodiq
Sod. Zikr sohibi bo`lmish Qur'on ila qasam.
2
بَلِ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ فِى عِزَّةٍ وَشِقَاقٍ‮٢‬‬‬
Sodiq
Ammo kufr keltirganlar kibru havo va muxoliflikdadirlar.
3
كَمْ أَهْلَكْنَا مِن قَبْلِهِم مِّن قَرْنٍ فَنَادَواْ وَّلَاتَ حِينَ مَنَاصٍ‮٣‬‬‬
Sodiq
Biz ulardan ilgari ham qancha asrlarni halok etganmiz. Ular (yordam so`rab) nido qildilar. Ammo qochib qutulish vaqti emas edi.
4
وَعَجِبُوٓاْ أَن جَآءَهُم مُّنذِرٌ مِّنْهُمْ ​ۖ وَقَالَ ٱلْكَٰفِرُونَ هَٰذَا سَٰحِرٌ كَذَّابٌ‮٤‬‬‬
Sodiq
Ular ichlariga o`zlaridan ogohlantirguvchi kelganidan ajablandilar va kofirlar: «Bu, sehrgar va kazzobdir», dedilar.
5
أَجَعَلَ ٱلْـَٔالِهَةَ إِلَٰهًا وَٰحِدًا ​ۖ إِنَّ هَٰذَا لَشَىْءٌ عُجَابٌ‮٥‬‬‬
Sodiq
«U xudolarni bitta xudo qildimi?! Albatta, bu ajablanarli narsa!»
6
وَٱنطَلَقَ ٱلْمَلَأُ مِنْهُمْ أَنِ ٱمْشُواْ وَٱصْبِرُواْ عَلَىٰٓ ءَالِهَتِكُمْ ​ۖ إِنَّ هَٰذَا لَشَىْءٌ يُرَادُ‮٦‬‬‬
Sodiq
Ularning a'yonlari: «Yuringlar, xudolaringiz to`g`risida sabr qilinglar. Albatta, bu qasdan qilinayotgan narsadir.
7
مَا سَمِعْنَا بِهَٰذَا فِى ٱلْمِلَّةِ ٱلْـَٔاخِرَةِ إِنْ هَٰذَآ إِلَّا ٱخْتِلَٰقٌ‮٧‬‬‬
Sodiq
Biz bu haqda oxirgi millatdan eshitganimiz yo`q. Bu, to`qilgandan boshqa narsa emas.
8
أَءُنزِلَ عَلَيْهِ ٱلذِّكْرُ مِن​ۢ بَيْنِنَا ​ۚ بَلْ هُمْ فِى شَكٍّ مِّن ذِكْرِى ​ۖ بَل لَّمَّا يَذُوقُواْ عَذَابِ‮٨‬‬‬
Sodiq
Bizning ichimizdan o`shanga zikr nozil qilinibdimi?!» – deb turib ketdilar. Yo`q! Ular Mening Zikrim haqida shak-shubhadadirlar. Yo`q! Ular azobimni tatib ko`rmadilar.
9
أَمْ عِندَهُمْ خَزَآئِنُ رَحْمَةِ رَبِّكَ ٱلْعَزِيزِ ٱلْوَهَّابِ‮٩‬‬‬
Sodiq
Yoki ularning huzurida Aziyzu o`ta saxovatli Robbingning rahmat xazinasi bormi?
10
أَمْ لَهُم مُّلْكُ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَمَا بَيْنَهُمَا ​ۖ فَلْيَرْتَقُواْ فِى ٱلْأَسْبَٰبِ‮١٠‬‬‬
Sodiq
Yoki osmonlaru yerning va ular orasidagi narsalarning mulki ularnikimi? Bas, unda sabablari ila (osmonga) ko`tarilsinlar!
11
جُندٌ مَّا هُنَالِكَ مَهْزُومٌ مِّنَ ٱلْأَحْزَابِ‮١١‬‬‬
Sodiq
Anavi yerdagi yengilgan firqalardan bo`lgan qandaydir lashkar.[1]

[1] Mushriklar, juda borganda, yengilgan firqalardan to`plangan qandaydir haqir bir lashkar bo`la oladi, xolos. Ularning bundan balandroq qiymati yo`q.)
12
كَذَّبَتْ قَبْلَهُمْ قَوْمُ نُوحٍ وَعَادٌ وَفِرْعَوْنُ ذُو ٱلْأَوْتَادِ‮١٢‬‬‬
Sodiq
Ulardan oldin ham Nuh qavmi, Od, qoziqlar egasi Fir'avn ham yolg`onchi qilgan.
13
وَثَمُودُ وَقَوْمُ لُوطٍ وَأَصْحَٰبُ لْـَٔيْكَةِ ​ۚ أُوْلَٰٓئِكَ ٱلْأَحْزَابُ‮١٣‬‬‬
Sodiq
Va Samud, Lut qavmi va daraxtzor egalari ham. Firqalar o`shalardir.
14
إِن كُلٌّ إِلَّا كَذَّبَ ٱلرُّسُلَ فَحَقَّ عِقَابِ‮١٤‬‬‬
Sodiq
Barchalari, albatta, Payg`ambarlarni yolg`onchi qildilar. Bas, Mening iqobim haq bo`ldi.
15
وَمَا يَنظُرُ هَٰٓؤُلَآءِ إِلَّا صَيْحَةً وَٰحِدَةً مَّا لَهَا مِن فَوَاقٍ‮١٥‬‬‬
Sodiq
Ana o`shalar lahzaga kechikmay keladigan birgina qichqiriqdan boshqa narsaga intizor bo`layotganlari yo`q.
16
وَقَالُواْ رَبَّنَا عَجِّل لَّنَا قِطَّنَا قَبْلَ يَوْمِ ٱلْحِسَابِ‮١٦‬‬‬
Sodiq
Ular: «Ey Robbimiz, bizga hisob kunidan ilgari nasibamizni tezroq ber!» – dedilar.
17
ٱصْبِرْ عَلَىٰ مَا يَقُولُونَ وَٱذْكُرْ عَبْدَنَا دَاوُۥدَ ذَا ٱلْأَيْدِ ​ۖ إِنَّهُۥٓ أَوَّابٌ‮١٧‬‬‬
Sodiq
Ular aytayotgan narsalarga sabr qil. Quvvat sohibi bo`lgan bandamiz Dovudni esla. Albatta, u o`ta qaytguvchidir.[1]

[1] Ya'ni, har bir narsada Allohga qaytuvchidir-tavba qiluvchidir. Tavbaning lug`aviy ma'nosi ham qaytishdir.)
18
إِنَّا سَخَّرْنَا ٱلْجِبَالَ مَعَهُۥ يُسَبِّحْنَ بِٱلْعَشِىِّ وَٱلْإِشْرَاقِ‮١٨‬‬‬
Sodiq
Albatta, Biz unga tog`larni bo`ysundirdik. Ular u bilan kechki paytu ertalab tasbih aytardilar.
19
وَٱلطَّيْرَ مَحْشُورَةً ​ۖ كُلٌّ لَّهُۥٓ أَوَّابٌ‮١٩‬‬‬
Sodiq
To`plangan holdagi qushlarni ham. Barchalari U zotga o`ta qaytguvchidir.[1]

[1] Alloh taolo Dovud alayhissalomga qushlarni ham to`p-to`p qilib, bo`ysundirib qo`ygan edi. Ular ham u kishiga qo`shilib, Alloh taologa ertayu kech tasbih aytar edilar.)
20
وَشَدَدْنَا مُلْكَهُۥ وَءَاتَيْنَٰهُ ٱلْحِكْمَةَ وَفَصْلَ ٱلْخِطَابِ‮٢٠‬‬‬
Sodiq
Va Biz unga mulkini quvvatli qilib berdik hamda hikmatni va hal qilguvchi kitobni berdik.[1]

[1] Biz Dovudga payg`ambarlikni ham berdik. Yana unga talashib-tortishganlar orasidagi janjalni hal qilish hukmini berdik. U hech ikkilanmay hukm chiqarar edi.)
21
۞وَهَلْ أَتَىٰكَ نَبَؤُاْ ٱلْخَصْمِ إِذْ تَسَوَّرُواْ ٱلْمِحْرَابَ‮٢١‬‬‬
Sodiq
Senga da'volashganlarning xabari keldimi? O`shanda ular mehrobga chiqishgan edi.
22
إِذْ دَخَلُواْ عَلَىٰ دَاوُۥدَ فَفَزِعَ مِنْهُمْ ​ۖ قَالُواْ لَا تَخَفْ ​ۖ خَصْمَانِ بَغَىٰ بَعْضُنَا عَلَىٰ بَعْضٍ فَٱحْكُم بَيْنَنَا بِٱلْحَقِّ وَلَا تُشْطِطْ وَٱهْدِنَآ إِلَىٰ سَوَآءِ ٱلصِّرَٰطِ‮٢٢‬‬‬
Sodiq
O`shanda ular Dovudning oldiga kirishgan edi. Bas, u ulardan qo`rqib ketdi. Ular: «Qo`rqma, bular — ikki da'volashguvchi tomon. Biz bir-birimizga zulm qildik. Bas, oramizda haq ila hukm chiqar. Jabr qilma. Bizlarni to`g`ri yo`lga hidoyat qil», dedilar.[1]

[1] Kutilmaganda, iznsiz, man qilingan joyga devor oshib kirib kelishlari yaxshilik alomati emas edi. Mo`min odam payg`ambarning huzuriga bunday suratda kirib bormaydi. Shuning uchun ham Dovud alayhissalom qo`rqib ketdi. Kirib kelganlar buni payqab, u kishini tinchlantirishga harakat qilishdi.)
23
إِنَّ هَٰذَآ أَخِى لَهُۥ تِسْعٌ وَتِسْعُونَ نَعْجَةً وَلِىَ نَعْجَةٌ وَٰحِدَةٌ فَقَالَ أَكْفِلْنِيهَا وَعَزَّنِى فِى ٱلْخِطَابِ‮٢٣‬‬‬
Sodiq
«Mana bu — mening birodarim. Uning to`qson to`qqizta sovlig`i bor. Mening esa, birgina sovlig`im bor. Bas, u: «Uni ham mening kafolatimga ber», dedi va so`zlashuvda mendan ustun chiqdi».
24
قَالَ لَقَدْ ظَلَمَكَ بِسُؤَالِ نَعْجَتِكَ إِلَىٰ نِعَاجِهِۦ ​ۖ وَإِنَّ كَثِيرًا مِّنَ ٱلْخُلَطَآءِ لَيَبْغِى بَعْضُهُمْ عَلَىٰ بَعْضٍ إِلَّا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَعَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ وَقَلِيلٌ مَّا هُمْ ​ۗ وَظَنَّ دَاوُۥدُ أَنَّمَا فَتَنَّٰهُ فَٱسْتَغْفَرَ رَبَّهُۥ وَخَرَّ رَاكِعًا وَأَنَابَ ۩‮٢٤‬‬‬
Sodiq
U: «Darhaqiqat, sening sovlig`ingni so`rab, o`z sovliqlariga (qo`shish) bilan senga zulm qilibdi. Albatta, ko`p sheriklar bir-birlariga zulm qilurlar. Magar iymon keltirib, solih amal qilganlargina (qilmaslar). Ular juda ham oz», dedi. Va Dovud Biz uni sinaganimizni bildi-da, tezda Robbiga istig`for aytib, sajdaga yiqildi va tavba qildi.
25
فَغَفَرْنَا لَهُۥ ذَٰلِكَ ​ۖ وَإِنَّ لَهُۥ عِندَنَا لَزُلْفَىٰ وَحُسْنَ مَـَٔابٍ‮٢٥‬‬‬
Sodiq
Bas, Biz uning o`sha (xatosi)ni mag`firat qildik. Albatta, uning uchun huzurimizda yaqinlik va go`zal oqibat bordir.
26
يَٰدَاوُۥدُ إِنَّا جَعَلْنَٰكَ خَلِيفَةً فِى ٱلْأَرْضِ فَٱحْكُم بَيْنَ ٱلنَّاسِ بِٱلْحَقِّ وَلَا تَتَّبِعِ ٱلْهَوَىٰ فَيُضِلَّكَ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ ​ۚ إِنَّ ٱلَّذِينَ يَضِلُّونَ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ لَهُمْ عَذَابٌ شَدِيدُ​ۢ بِمَا نَسُواْ يَوْمَ ٱلْحِسَابِ‮٢٦‬‬‬
Sodiq
Ey Dovud, albatta, Biz seni yer yuzida xalifa qildik. Bas, odamlar orasida haq ila hukm yurit. Havoyi nafsga ergashma! Yana, u seni Allohning yo`lidan adashtirmasin. Albatta, Allohning yo`lidan adashadiganlarga, unutganlari uchun, hisob kunida shiddatli azob bordir.
ﻉ393Sahifa 455393ﻉ
27
وَمَا خَلَقْنَا ٱلسَّمَآءَ وَٱلْأَرْضَ وَمَا بَيْنَهُمَا بَٰطِلًا ​ۚ ذَٰلِكَ ظَنُّ ٱلَّذِينَ كَفَرُواْ ​ۚ فَوَيْلٌ لِّلَّذِينَ كَفَرُواْ مِنَ ٱلنَّارِ‮٢٧‬‬‬
Sodiq
Biz osmonu yerni va ularning orasidagi narsalarni behuda yaratganimiz yo`q. Bu, kufr keltirganlarning gumonidir. Bas, kufr keltirganlar uchun do`zax(azobi)dan voy bo`lsin!
28
أَمْ نَجْعَلُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ وَعَمِلُواْ ٱلصَّٰلِحَٰتِ كَٱلْمُفْسِدِينَ فِى ٱلْأَرْضِ أَمْ نَجْعَلُ ٱلْمُتَّقِينَ كَٱلْفُجَّارِ‮٢٨‬‬‬
Sodiq
Yo`q! Biz iymon keltirib, solih amallar qilganlarni yer yuzida buzg`unchilik qiluvchilar kabi qilarmidik?! Yo`q! Biz taqvodorlarni fojirlar kabi qilarmidik?!
29
كِتَٰبٌ أَنزَلْنَٰهُ إِلَيْكَ مُبَٰرَكٌ لِّيَدَّبَّرُوٓاْ ءَايَٰتِهِۦ وَلِيَتَذَكَّرَ أُوْلُواْ ٱلْأَلْبَٰبِ‮٢٩‬‬‬
Sodiq
Biz senga nozil qilgan Kitob muborakdir. Aql egalari uning oyatlarini tadabbur qilishlari va eslashlari uchundir.[1]

[1] Qur'on oyatlaridan aqlli kishi eslatma oladi.)
30
وَوَهَبْنَا لِدَاوُۥدَ سُلَيْمَٰنَ ​ۚ نِعْمَ ٱلْعَبْدُ ​ۖ إِنَّهُۥٓ أَوَّابٌ‮٣٠‬‬‬
Sodiq
Va Biz Dovudga Sulaymonni hadya qildik. U qanday ham yaxshi bandadir. Albatta, u o`ta qaytguvchidir.
31
إِذْ عُرِضَ عَلَيْهِ بِٱلْعَشِىِّ ٱلصَّٰفِنَٰتُ ٱلْجِيَادُ‮٣١‬‬‬
Sodiq
Esla, bir oqshom unga gijinglab turgan uchqur otlar ko`rsatildi.
32
فَقَالَ إِنِّىٓ أَحْبَبْتُ حُبَّ ٱلْخَيْرِ عَن ذِكْرِ رَبِّى حَتَّىٰ تَوَارَتْ بِٱلْحِجَابِ‮٣٢‬‬‬
Sodiq
U: «Albatta, men Robbimning zikridan ko`ra dunyo ishqiga berilib ketib, hatto (quyosh) parda ila berkinibdi-ku!
33
رُدُّوهَا عَلَىَّ ​ۖ فَطَفِقَ مَسْحً​ۢا بِٱلسُّوقِ وَٱلْأَعْنَاقِ‮٣٣‬‬‬
Sodiq
Ularni menga qaytaring!» – dedi. So`ngra ularning oyoq va bo`yinlarini «silay» boshladi![1]

[1] Bir muddat zehnimni Allohning zikridan chalg`itgani uchun bu otlarni Alloh yo`lida qurbonlik qilay, deb bo`yinlari va oyoqlarini kesa boshladi.)
34
وَلَقَدْ فَتَنَّا سُلَيْمَٰنَ وَأَلْقَيْنَا عَلَىٰ كُرْسِيِّهِۦ جَسَدًا ثُمَّ أَنَابَ‮٣٤‬‬‬
Sodiq
Batahqiq, Biz Sulaymonni sinadik. Uning kursisiga jasadni tashladik. So`ngra, u tavba qildi.[1]

[1] Ushbu oyati karimadagi zikr qilingan sinov nimadan iborat? Kursiga tashlangan jasad nima edi? Bu savolga boshqa oyatlarda ham, Payg`ambarimiz alayhissalotu vassalomning sunnatlarida ham ochiq-oydin javob yo`q. Shuning uchun ham turli asossiz qissa va hikoyalar ko`payib ketgan.)
35
قَالَ رَبِّ ٱغْفِرْ لِى وَهَبْ لِى مُلْكًا لَّا يَن​ۢبَغِى لِأَحَدٍ مِّن​ۢ بَعْدِىٓ ​ۖ إِنَّكَ أَنتَ ٱلْوَهَّابُ‮٣٥‬‬‬
Sodiq
U: «Ey Robbim, meni mag`firat qilgin va menga o`zimdan keyin biror kishiga muyassar bo`lmaydigan mulkni hadya etgin. Albatta, sen ko`plab atolarni berguvchisan», dedi.
36
فَسَخَّرْنَا لَهُ ٱلرِّيحَ تَجْرِى بِأَمْرِهِۦ رُخَآءً حَيْثُ أَصَابَ‮٣٦‬‬‬
Sodiq
Bas, Biz unga shamolni bo`ysundirdik, u iroda qilgan tomonga mayin esaveradi.
37
وَٱلشَّيَٰطِينَ كُلَّ بَنَّآءٍ وَغَوَّاصٍ‮٣٧‬‬‬
Sodiq
Yana barcha binokor va g`avvos shaytonlarni ham.
38
وَءَاخَرِينَ مُقَرَّنِينَ فِى ٱلْأَصْفَادِ‮٣٨‬‬‬
Sodiq
Va boshqalarini ham kishanlangan holda to`plab (bo`ysundirdik).
39
هَٰذَا عَطَآؤُنَا فَٱمْنُنْ أَوْ أَمْسِكْ بِغَيْرِ حِسَابٍ‮٣٩‬‬‬
Sodiq
Bu Bizning ato etgan narsamizdir. In'om et yoki tutib qol, hisob yo`q.
40
وَإِنَّ لَهُۥ عِندَنَا لَزُلْفَىٰ وَحُسْنَ مَـَٔابٍ‮٤٠‬‬‬
Sodiq
Va, albatta, uning uchun huzurimizda yaqinlik va go`zal oqibat bordir.
41
وَٱذْكُرْ عَبْدَنَآ أَيُّوبَ إِذْ نَادَىٰ رَبَّهُۥٓ أَنِّى مَسَّنِىَ ٱلشَّيْطَٰنُ بِنُصْبٍ وَعَذَابٍ‮٤١‬‬‬
Sodiq
Bizning bandamiz Ayyubni esla. O`shanda u Robbiga nido qilib: «Albatta, meni shayton mashaqqat va azob ila tutdi», dedi.
42
ٱرْكُضْ بِرِجْلِكَ ​ۖ هَٰذَا مُغْتَسَلُ​ۢ بَارِدٌ وَشَرَابٌ‮٤٢‬‬‬
Sodiq
«Oyog`ing ila tepgin! Bu cho`miladigan va ichiladigan sovuq (suv)».[1]

[1] Ya'ni, oyog`ing bilan yerni tepgin, deyildi. Ayyub alayhissalom Allohning amriga itoat etib, oyog`i bilan yerni tepgan edi, u yerdan suv chiqdi.)
43
وَوَهَبْنَا لَهُۥٓ أَهْلَهُۥ وَمِثْلَهُم مَّعَهُمْ رَحْمَةً مِّنَّا وَذِكْرَىٰ لِأُوْلِى ٱلْأَلْبَٰبِ‮٤٣‬‬‬
Sodiq
Va Biz unga ahlini va yana ular bilan birga misllarichani ham hadya etdik. Bu, Bizdan rahmat o`laroq va aql egalariga eslatma uchun bo`ldi.[1]

[1] Ayyub alayhissalomga mazkur suvda cho`milib, undan ichib, shifo topganidan keyin Alloh taolo u kishiga ahlini qaytardi. Ular bilan birga ziyoda, yana o`shancha ahl ham berdi.)
44
وَخُذْ بِيَدِكَ ضِغْثًا فَٱضْرِب بِّهِۦ وَلَا تَحْنَثْ ​ۗ إِنَّا وَجَدْنَٰهُ صَابِرًا ​ۚ نِّعْمَ ٱلْعَبْدُ ​ۖ إِنَّهُۥٓ أَوَّابٌ‮٤٤‬‬‬
Sodiq
«Qo`lingga bir dastani ol-da, u bilan ur. Qasamingni buzma», (dedi). Biz uni sabrli topdik. U qanday ham yaxshi banda. Albatta, u o`ta qaytguvchidir.[1]

[1] Ey Ayyub, necha marta urishni aytgan bo`lsang, o`shancha novdani bir dasta qilib ol-da, u bilan xotiningni ur. Shunda qasamingni ado etgan bo`lasan. Qasaming buzilmaydi.)
45
وَٱذْكُرْ عِبَٰدَنَآ إِبْرَٰهِيمَ وَإِسْحَٰقَ وَيَعْقُوبَ أُوْلِى ٱلْأَيْدِى وَٱلْأَبْصَٰرِ‮٤٥‬‬‬
Sodiq
Qo`llar va ko`zlar sohiblari bo`lgan bandalarimiz Ibrohim, Is'hoq va Ya'qubni esla.
46
إِنَّآ أَخْلَصْنَٰهُم بِخَالِصَةٍ ذِكْرَى ٱلدَّارِ‮٤٦‬‬‬
Sodiq
Albatta, Biz ularni xolis bir xislat-la ajratdik. U (oxirat) diyorini eslash edi.
47
وَإِنَّهُمْ عِندَنَا لَمِنَ ٱلْمُصْطَفَيْنَ ٱلْأَخْيَارِ‮٤٧‬‬‬
Sodiq
Albatta, ular Bizning huzurimizda tanlangan axyorlardandirlar.
48
وَٱذْكُرْ إِسْمَٰعِيلَ وَٱلْيَسَعَ وَذَا ٱلْكِفْلِ ​ۖ وَكُلٌّ مِّنَ ٱلْأَخْيَارِ‮٤٨‬‬‬
Sodiq
Ismoil, al-Yasa' va Zul-Kiflni ham esla. Barchalari axyorlardandir.[1]

[1] Bu uch payg`ambar hayotida eslashga loyiq ibratli hodisalar bo`lib o`tgan. Ular ham Allohning huzurida eng yaxshi bandalardan.)
49
هَٰذَا ذِكْرٌ ​ۚ وَإِنَّ لِلْمُتَّقِينَ لَحُسْنَ مَـَٔابٍ‮٤٩‬‬‬
Sodiq
Bu eslatmadir. Albatta, taqvodorlar uchun go`zal oqibat.
50
جَنَّٰتِ عَدْنٍ مُّفَتَّحَةً لَّهُمُ ٱلْأَبْوَٰبُ‮٥٠‬‬‬
Sodiq
Ular uchun eshiklari ochiq adn jannatlari bordir.
51
مُتَّكِـِٔينَ فِيهَا يَدْعُونَ فِيهَا بِفَٰكِهَةٍ كَثِيرَةٍ وَشَرَابٍ‮٥١‬‬‬
Sodiq
U yerda yonboshlagan hollarida undagi ko`plab mevalar va sharoblardan chaqiradilar.
52
۞وَعِندَهُمْ قَٰصِرَٰتُ ٱلطَّرْفِ أَتْرَابٌ‮٥٢‬‬‬
Sodiq
Ularning huzurida ko`zlarini (nomahramdan) tiygan tengdosh(hur)lar bordir.
53
هَٰذَا مَا تُوعَدُونَ لِيَوْمِ ٱلْحِسَابِ‮٥٣‬‬‬
Sodiq
Bu sizga hisob kuni uchun va'da etilgan narsalardir.
54
إِنَّ هَٰذَا لَرِزْقُنَا مَا لَهُۥ مِن نَّفَادٍ‮٥٤‬‬‬
Sodiq
Albatta, bu Bizning (beradigan) rizqimizdir. Uning hech tugashi yo`qdir.
55
هَٰذَا ​ۚ وَإِنَّ لِلطَّٰغِينَ لَشَرَّ مَـَٔابٍ‮٥٥‬‬‬
Sodiq
Ish bundaydir. Albatta, tug`yonga ketguvchilar uchun yomon oqibat.
56
جَهَنَّمَ يَصْلَوْنَهَا فَبِئْسَ ٱلْمِهَادُ‮٥٦‬‬‬
Sodiq
Jahannam bordir. Unga kirurlar. Bas, u qanday ham yomon yotoq!
57
هَٰذَا فَلْيَذُوقُوهُ حَمِيمٌ وَغَسَّاقٌ‮٥٧‬‬‬
Sodiq
Mana buni tatib tursinlar: qaynoq suv va yiringni!
58
وَءَاخَرُ مِن شَكْلِهِۦٓ أَزْوَٰجٌ‮٥٨‬‬‬
Sodiq
Va boshqa uning shaklidagi qo`sha-qo`sha (azoblar) ham.
59
هَٰذَا فَوْجٌ مُّقْتَحِمٌ مَّعَكُمْ ​ۖ لَا مَرْحَبً​ۢا بِهِمْ ​ۚ إِنَّهُمْ صَالُواْ ٱلنَّارِ‮٥٩‬‬‬
Sodiq
«Mana bu guruh ham siz bilan birga bostirib kirguvchidir. Ularga marhabo yo`q. Ular, albatta, jahannamga kirguvchilardir», derlar.
60
قَالُواْ بَلْ أَنتُمْ لَا مَرْحَبً​ۢا بِكُمْ ​ۖ أَنتُمْ قَدَّمْتُمُوهُ لَنَا ​ۖ فَبِئْسَ ٱلْقَرَارُ‮٦٠‬‬‬
Sodiq
Ular: «Yo`q! O`zingizga marhabo yo`q! Sizlar o`sha(jahannam)ni bizga taqdim qildingiz! Bas, u naqadar yomon qarorgoh!» – derlar.
61
قَالُواْ رَبَّنَا مَن قَدَّمَ لَنَا هَٰذَا فَزِدْهُ عَذَابًا ضِعْفًا فِى ٱلنَّارِ‮٦١‬‬‬
Sodiq
Ular: «Ey Robbimiz, bizga bu(jahannam)ni kim taqdim etgan bo`lsa, unga do`zaxda ikki barobar azobni ziyoda qil!» – derlar.[1]

[1] Oxiratdagi bu tortishuv kofir peshvolar va ularning atbo'lari orasida bo`ladi. Peshvolar o`zlari adashib, boshqalarni ham adashtirganlari uchun ikki barobar azobga qoladilar.)
62
وَقَالُواْ مَا لَنَا لَا نَرَىٰ رِجَالًا كُنَّا نَعُدُّهُم مِّنَ ٱلْأَشْرَارِ‮٦٢‬‬‬
Sodiq
Ular: «Bizga nima bo`ldi? Yomonlardan hisoblab yurgan kishilarimizni ko`rmayapmiz?
63
أَتَّخَذْنَٰهُمْ سِخْرِيًّا أَمْ زَاغَتْ عَنْهُمُ ٱلْأَبْصَٰرُ‮٦٣‬‬‬
Sodiq
Biz ularni masxara qilib olgan edikmi yo?! Yoki ko`zlar ulardan toydimi?!» – derlar.
64
إِنَّ ذَٰلِكَ لَحَقٌّ تَخَاصُمُ أَهْلِ ٱلنَّارِ‮٦٤‬‬‬
Sodiq
Albatta, mana shu haqdir — do`zax ahlining o`zaro tortishuvidir.[1]

[1] Ushbu oyatlarda zikr qilinganlar haqdir. Bular do`zax ahlining o`zaro tortishuvidir. Bu narsa, albatta, bo`ladigan ishdir.)
65
قُلْ إِنَّمَآ أَنَاْ مُنذِرٌ ​ۖ وَمَا مِنْ إِلَٰهٍ إِلَّا ٱللَّهُ ٱلْوَٰحِدُ ٱلْقَهَّارُ‮٦٥‬‬‬
Sodiq
Sen: «Men faqat ogohlantirguvchiman, xolos. Hech bir ibodatga sazovor zot yo`qdir, magar yagona va Qahhor (barcha maxluqotlarni qabzasida tutib, ularni O`z hukmiga yuritib va qudrati ila bo`ysundirib turuvchi) Allohgina bor.
66
رَبُّ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَمَا بَيْنَهُمَا ٱلْعَزِيزُ ٱلْغَفَّٰرُ‮٦٦‬‬‬
Sodiq
U osmonlaru yerning va ularning orasidagi narsalarning Robbi, Aziyzu Faffordir», deb ayt.
67
قُلْ هُوَ نَبَؤٌاْ عَظِيمٌ‮٦٧‬‬‬
Sodiq
Sen: «Bu ulug` bir xabardir.
68
أَنتُمْ عَنْهُ مُعْرِضُونَ‮٦٨‬‬‬
Sodiq
Siz bo`lsangiz, undan yuz o`girmoqdasiz.
69
مَا كَانَ لِىَ مِنْ عِلْمٍ بِٱلْمَلَإِ ٱلْأَعْلَىٰٓ إِذْ يَخْتَصِمُونَ‮٦٩‬‬‬
Sodiq
Oliy to`plam haqida ular tortishayotganlarida mening hech bilimim bo`lmagan edi.[1]

[1] Ey mushriklar, bu Qur'on va payg`ambarlik sha'ni siz o`ylayotgandek oddiy va jo`n emas. U mening shaxsimga ham bog`liq emas. Oliy to`plamda farishtalar olamida) bu haqda o`zaro tortishuvlar bo`layotganida mening u haqda hech narsa bilmas edim.)
70
إِن يُوحَىٰٓ إِلَىَّ إِلَّآ أَنَّمَآ أَنَاْ نَذِيرٌ مُّبِينٌ‮٧٠‬‬‬
Sodiq
Menga faqat o`zimning ochiq-oydin ogohlantirguvchi ekanligimgina vahiy etilur», deb ayt.
71
إِذْ قَالَ رَبُّكَ لِلْمَلَٰٓئِكَةِ إِنِّى خَٰلِقُ​ۢ بَشَرًا مِّن طِينٍ‮٧١‬‬‬
Sodiq
Esla! O`shanda Robbing farishtalarga: «Albatta, men loydan bashar yaratguvchidirman.
72
فَإِذَا سَوَّيْتُهُۥ وَنَفَخْتُ فِيهِ مِن رُّوحِى فَقَعُواْ لَهُۥ سَٰجِدِينَ‮٧٢‬‬‬
Sodiq
Bas, qachonki uni rostlab, ichiga ruhimdan puflaganimda, unga sajda qilib yiqilinglar!» – degan edi.
73
فَسَجَدَ ٱلْمَلَٰٓئِكَةُ كُلُّهُمْ أَجْمَعُونَ‮٧٣‬‬‬
Sodiq
Bas, farishtalar barchalari jamlanib, sajda qildilar.
74
إِلَّآ إِبْلِيسَ ٱسْتَكْبَرَ وَكَانَ مِنَ ٱلْكَٰفِرِينَ‮٧٤‬‬‬
Sodiq
Magar iblisgina mutakabbirlik qildi va kofirlardan bo`ldi.
75
قَالَ يَٰٓإِبْلِيسُ مَا مَنَعَكَ أَن تَسْجُدَ لِمَا خَلَقْتُ بِيَدَىَّ ​ۖ أَسْتَكْبَرْتَ أَمْ كُنتَ مِنَ ٱلْعَالِينَ‮٧٥‬‬‬
Sodiq
U zot: «Ey, iblis, O`z qo`lim bilan yaratgan narsaga sajda qilishingdan seni nima man qildi?! Mutakabbirlik qildingmi?! Yoki oliy darajalilardan bo`ldingmi?!» – dedi.
76
قَالَ أَنَاْ خَيْرٌ مِّنْهُ ​ۖ خَلَقْتَنِى مِن نَّارٍ وَخَلَقْتَهُۥ مِن طِينٍ‮٧٦‬‬‬
Sodiq
U: «Men undan yaxshiman. Meni olovdan yaratgansan. Uni loydan yaratgansan», dedi.
77
قَالَ فَٱخْرُجْ مِنْهَا فَإِنَّكَ رَجِيمٌ‮٧٧‬‬‬
Sodiq
U zot: «Sen undan chiq! Bas, albatta, sen quvilgansan.
78
وَإِنَّ عَلَيْكَ لَعْنَتِىٓ إِلَىٰ يَوْمِ ٱلدِّينِ‮٧٨‬‬‬
Sodiq
Va, albatta, senga jazo kunigacha mening la'natim bo`lgay», dedi.
79
قَالَ رَبِّ فَأَنظِرْنِىٓ إِلَىٰ يَوْمِ يُبْعَثُونَ‮٧٩‬‬‬
Sodiq
U: «Ey Robbim, menga ular qayta tiriltirilajak kungacha muhlat bergin!» – dedi.
80
قَالَ فَإِنَّكَ مِنَ ٱلْمُنظَرِينَ‮٨٠‬‬‬
Sodiq
U zot: «Sen muhlat berilganlardansan.
81
إِلَىٰ يَوْمِ ٱلْوَقْتِ ٱلْمَعْلُومِ‮٨١‬‬‬
Sodiq
Ma'lum vaqt kunigacha», dedi.
82
قَالَ فَبِعِزَّتِكَ لَأُغْوِيَنَّهُمْ أَجْمَعِينَ‮٨٢‬‬‬
Sodiq
U : «Sening izzating ila qasamki, men ularning barchasini ig`vo qilaman.
83
إِلَّا عِبَادَكَ مِنْهُمُ ٱلْمُخْلَصِينَ‮٨٣‬‬‬
Sodiq
Magar, ulardan xalos qilingan bandalaringgina (ig`voga uchmas)», dedi.
84
قَالَ فَٱلْحَقُّ وَٱلْحَقَّ أَقُولُ‮٨٤‬‬‬
Sodiq
U zot: «Haq shulki, zotan, Men faqat haqni ayturman.
85
لَأَمْلَأَنَّ جَهَنَّمَ مِنكَ وَمِمَّن تَبِعَكَ مِنْهُمْ أَجْمَعِينَ‮٨٥‬‬‬
Sodiq
Albatta, Men jahannamni sen va ulardan senga ergashganlar bilan jamlab to`ldirurman», dedi.
86
قُلْ مَآ أَسْـَٔلُكُمْ عَلَيْهِ مِنْ أَجْرٍ وَمَآ أَنَاْ مِنَ ٱلْمُتَكَلِّفِينَ‮٨٦‬‬‬
Sodiq
Sen: «Men uning uchun sizdan hech ajr, haq so`ramasman. Men soxtakorlardan ham emasman.
87
إِنْ هُوَ إِلَّا ذِكْرٌ لِّلْعَٰلَمِينَ‮٨٧‬‬‬
Sodiq
U(Qur'on) faqat olamlar uchun eslatma, xolos.
88
وَلَتَعْلَمُنَّ نَبَأَهُۥ بَعْدَ حِينٍ‮٨٨‬‬‬
Sodiq
Albatta, uning xabarini bir muddatdan so`ng bilursiz», deb ayt.