Sura 53

Najm

g

Yulduz

62 oyat |MakkaMakka |
Sura 53 • Oyat 1 / 62 • Juz 272⁄8 • Sahifa 526
Najm
ﻉ460Sahifa 526460ﻉ
2
1
وَٱلنَّجْمِ إِذَا هَوَىٰ‮١‬‬‬
Sodiq
Botayotgan yulduz bilan qasam.
2
مَا ضَلَّ صَاحِبُكُمْ وَمَا غَوَىٰ‮٢‬‬‬
Sodiq
Sizning Birodaringiz adashgani ham yo`q, yo`ldan ozgani ham yo`q.
3
وَمَا يَنطِقُ عَنِ ٱلْهَوَىٰٓ‮٣‬‬‬
Sodiq
U havodan nutq qilmas.
4
إِنْ هُوَ إِلَّا وَحْىٌ يُوحَىٰ‮٤‬‬‬
Sodiq
U (Qur'on) vahiydan o`zga narsa emas.
5
عَلَّمَهُۥ شَدِيدُ ٱلْقُوَىٰ‮٥‬‬‬
Sodiq
U(Muhammad)ga shiddatli quvvat egasi ta'lim berdi.
6
ذُو مِرَّةٍ فَٱسْتَوَىٰ‮٦‬‬‬
Sodiq
Mirrat egasi ko`tarildi.
7
وَهُوَ بِٱلْأُفُقِ ٱلْأَعْلَىٰ‮٧‬‬‬
Sodiq
Va u oliy ufqda edi.
8
ثُمَّ دَنَا فَتَدَلَّىٰ‮٨‬‬‬
Sodiq
So`ngra yaqinlashdi va juda ham yaqin bo`ldi.
9
فَكَانَ قَابَ قَوْسَيْنِ أَوْ أَدْنَىٰ‮٩‬‬‬
Sodiq
Bas, ikki kamon miqdoriday joyda bo`ldi. Balki undan ham yaqinroq keldi.
10
فَأَوْحَىٰٓ إِلَىٰ عَبْدِهِۦ مَآ أَوْحَىٰ‮١٠‬‬‬
Sodiq
Va U zot bandasiga nimani vahiy qilgan bo`lsa, yetkazdi.
11
مَا كَذَبَ ٱلْفُؤَادُ مَا رَأَىٰٓ‮١١‬‬‬
Sodiq
Qalb (ko`z) ko`rganini yolg`onga chiqarmadi.
12
أَفَتُمَٰرُونَهُۥ عَلَىٰ مَا يَرَىٰ‮١٢‬‬‬
Sodiq
U bilan o`zi ko`rgan narsa ustida tortishasizlarmi?!
13
وَلَقَدْ رَءَاهُ نَزْلَةً أُخْرَىٰ‮١٣‬‬‬
Sodiq
Va, darhaqiqat, uni boshqa safar ko`rdi.
14
عِندَ سِدْرَةِ ٱلْمُنتَهَىٰ‮١٤‬‬‬
Sodiq
Sidratul muntaha(tugash daraxti) oldida.
15
عِندَهَا جَنَّةُ ٱلْمَأْوَىٰٓ‮١٥‬‬‬
Sodiq
Uning huzurida ma'vo jannati bor.
16
إِذْ يَغْشَى ٱلسِّدْرَةَ مَا يَغْشَىٰ‮١٦‬‬‬
Sodiq
O`shanda, u(daraxt)ni o`raydigan narsa o`rab turibdi.
17
مَا زَاغَ ٱلْبَصَرُ وَمَا طَغَىٰ‮١٧‬‬‬
Sodiq
Nigoh burilmadi ham, haddidan oshmadi ham.
18
لَقَدْ رَأَىٰ مِنْ ءَايَٰتِ رَبِّهِ ٱلْكُبْرَىٰٓ‮١٨‬‬‬
Sodiq
Darhaqiqat, o`z Robbisining ulkan belgilaridan ko`rdi.[1]

[1] Muhammad alayhissalom me'roj kechasida, jannatni, do`zaxni, Baytul ma'murni, o`tgan payg`ambarlarni, Jabroil alayhissalomning asl holatlarini va boshqalarni ko`rdilar.)
19
أَفَرَءَيْتُمُ ٱللَّٰتَ وَٱلْعُزَّىٰ‮١٩‬‬‬
Sodiq
Lot va Uzzoni o`ylab ko`rdingizmi?
20
وَمَنَوٰةَ ٱلثَّالِثَةَ ٱلْأُخْرَىٰٓ‮٢٠‬‬‬
Sodiq
Va boshqasi, uchinchisi — Manotni ham (o`ylab ko`rdingizmi)?
21
أَلَكُمُ ٱلذَّكَرُ وَلَهُ ٱلْأُنثَىٰ‮٢١‬‬‬
Sodiq
Sizlarga erkak-u, U zotga ayolmi?
22
تِلْكَ إِذًا قِسْمَةٌ ضِيزَىٰٓ‮٢٢‬‬‬
Sodiq
Undoq bo`lsa, bu noto`g`ri taqsim-ku!
23
إِنْ هِىَ إِلَّآ أَسْمَآءٌ سَمَّيْتُمُوهَآ أَنتُمْ وَءَابَآؤُكُم مَّآ أَنزَلَ ٱللَّهُ بِهَا مِن سُلْطَٰنٍ ​ۚ إِن يَتَّبِعُونَ إِلَّا ٱلظَّنَّ وَمَا تَهْوَى ٱلْأَنفُسُ ​ۖ وَلَقَدْ جَآءَهُم مِّن رَّبِّهِمُ ٱلْهُدَىٰٓ‮٢٣‬‬‬
Sodiq
U(but)lar siz va ota-bobolaringiz qo`ygan nomlardan o`zga hech narsa emas. Alloh bunga hech hujjat tushirgan emas. U(mushrik)lar, Robbilaridan hidoyat kelganiga qaramay, gumon va havoyi nafs xohishiga ergasharlar, xolos.
24
أَمْ لِلْإِنسَٰنِ مَا تَمَنَّىٰ‮٢٤‬‬‬
Sodiq
Yoki har inson nimani xohlasa, shu bo`laveradimi?
25
فَلِلَّهِ ٱلْـَٔاخِرَةُ وَٱلْأُولَىٰ‮٢٥‬‬‬
Sodiq
Zero, oxirat ham, dunyo ham Allohnikidir.
ﻉ461Juz 27 3⁄8461ﻉ
26
۞وَكَم مِّن مَّلَكٍ فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ لَا تُغْنِى شَفَٰعَتُهُمْ شَيْـًٔا إِلَّا مِن​ۢ بَعْدِ أَن يَأْذَنَ ٱللَّهُ لِمَن يَشَآءُ وَيَرْضَىٰٓ‮٢٦‬‬‬
Sodiq
Osmonlarda qanchadan-qancha farishtalar mavjud, ularning shafoati hech foyda bermas. Magar, Alloh O`zi xohlagan va rozi bo`lganlarga izn bersa.
27
إِنَّ ٱلَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ بِٱلْـَٔاخِرَةِ لَيُسَمُّونَ ٱلْمَلَٰٓئِكَةَ تَسْمِيَةَ ٱلْأُنثَىٰ‮٢٧‬‬‬
Sodiq
Albatta, oxiratga iymon keltirmaganlar farishtalarni ayol nomi bilan nomlarlar.
28
وَمَا لَهُم بِهِۦ مِنْ عِلْمٍ ​ۖ إِن يَتَّبِعُونَ إِلَّا ٱلظَّنَّ ​ۖ وَإِنَّ ٱلظَّنَّ لَا يُغْنِى مِنَ ٱلْحَقِّ شَيْـًٔا‮٢٨‬‬‬
Sodiq
Ularda bu haqda hech qanday ilm yo`q. Gumondan boshqa narsaga ergashmaslar. Albatta, gumon haqiqat o`rniga o`tmas.
29
فَأَعْرِضْ عَن مَّن تَوَلَّىٰ عَن ذِكْرِنَا وَلَمْ يُرِدْ إِلَّا ٱلْحَيَوٰةَ ٱلدُّنْيَا‮٢٩‬‬‬
Sodiq
Bizning zikrimizga orqa o`girgan, hayoti dunyodan boshqani xohlamaydiganlardan yuz o`gir.
30
ذَٰلِكَ مَبْلَغُهُم مِّنَ ٱلْعِلْمِ ​ۚ إِنَّ رَبَّكَ هُوَ أَعْلَمُ بِمَن ضَلَّ عَن سَبِيلِهِۦ وَهُوَ أَعْلَمُ بِمَنِ ٱهْتَدَىٰ‮٣٠‬‬‬
Sodiq
Ularning erishgan ilmlari mana shu. Albatta, Robbing Uning yo`lidan adashganlarni bilguvchidir va U hidoyatdagilarni ham bilguvchidir.
31
وَلِلَّهِ مَا فِى ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ لِيَجْزِىَ ٱلَّذِينَ أَسَٰٓـُٔواْ بِمَا عَمِلُواْ وَيَجْزِىَ ٱلَّذِينَ أَحْسَنُواْ بِٱلْحُسْنَى‮٣١‬‬‬
Sodiq
Osmonlardagiyu yerdagi barcha narsalar Allohnikidir. U yomonlik qilganlarni amaliga yarasha jazolar va yaxshilik qilganlarni go`zal (mukofot) ila mukofotlar.
32
ٱلَّذِينَ يَجْتَنِبُونَ كَبَٰٓئِرَ ٱلْإِثْمِ وَٱلْفَوَٰحِشَ إِلَّا ٱللَّمَمَ ​ۚ إِنَّ رَبَّكَ وَٰسِعُ ٱلْمَغْفِرَةِ ​ۚ هُوَ أَعْلَمُ بِكُمْ إِذْ أَنشَأَكُم مِّنَ ٱلْأَرْضِ وَإِذْ أَنتُمْ أَجِنَّةٌ فِى بُطُونِ أُمَّهَٰتِكُمْ ​ۖ فَلَا تُزَكُّوٓاْ أَنفُسَكُمْ ​ۖ هُوَ أَعْلَمُ بِمَنِ ٱتَّقَىٰٓ‮٣٢‬‬‬
Sodiq
Ular kichik gunohlardan boshqa katta gunohlar va fahsh ishlardan chetda bo`ladiganlardir. Albatta, Robbing mag`firati keng Zotdir. U sizlarni tuproqdan paydo qilganda ham, onalaringiz qorinlarida homilalik chog`ingizni ham yaxshi biluvchidir. Shundoq ekan, o`zingizni oqlamang, U kim taqvodorligini yaxshi biladir.[1]

[1] Oyatdagi «Lamam» so`zini biz «kichik gunohlar» deb tarjima qildik. Aslida, «lamam» so`zi «oz», «kichik» ma'nolarini anglatadi. «Kichik gunoh» iborasi eng munosib ma'nodir. «Fahsh ishlar» iborasi qabihligi katta ish va so`zlarga nisbatan ishlatiladi. Shariatda «katta gunoh» deb Alloh haromligini bayon qilgan va yoki jazosi belgilangan gunohlarga aytiladi. O`g`rilik, odam o`ldirish va zino kabilar.)
33
أَفَرَءَيْتَ ٱلَّذِى تَوَلَّىٰ‮٣٣‬‬‬
Sodiq
Yuz o`girib ketganni ko`rdingmi?!
34
وَأَعْطَىٰ قَلِيلًا وَأَكْدَىٰٓ‮٣٤‬‬‬
Sodiq
U ozgina berdi va to`xtadi.
35
أَعِندَهُۥ عِلْمُ ٱلْغَيْبِ فَهُوَ يَرَىٰٓ‮٣٥‬‬‬
Sodiq
Uning huzurida g`ayb ilmi bor-u, u ko`rib turibdimi?[1]

[1] G`aybni faqat Alloh bilib, boshqa hech kim bilmasligi aniq. Oxiratning g`amini yemay yurganlar nimaga suyanishadi? G`aybni bilmagandan keyin inson doimo o`ziga oxiratda foyda beradigan ishlarni ko`proq bajarishga harakat qilmog`i lozim.)
36
أَمْ لَمْ يُنَبَّأْ بِمَا فِى صُحُفِ مُوسَىٰ‮٣٦‬‬‬
Sodiq
Yoki Musoning sahifalaridagi narsalar xabari unga berilmadimi?
37
وَإِبْرَٰهِيمَ ٱلَّذِى وَفَّىٰٓ‮٣٧‬‬‬
Sodiq
Va vafo qilgan Ibrohimning?
38
أَلَّا تَزِرُ وَازِرَةٌ وِزْرَ أُخْرَىٰ‮٣٨‬‬‬
Sodiq
Albatta, hech bir gunohkor boshqaning gunohini ko`tarmas.
39
وَأَن لَّيْسَ لِلْإِنسَٰنِ إِلَّا مَا سَعَىٰ‮٣٩‬‬‬
Sodiq
Har bir insonga o`z qilganidan boshqa narsa yo`q.
40
وَأَنَّ سَعْيَهُۥ سَوْفَ يُرَىٰ‮٤٠‬‬‬
Sodiq
Va, albatta, uning qilmishi tezda ko`rinur.
41
ثُمَّ يُجْزَىٰهُ ٱلْجَزَآءَ ٱلْأَوْفَىٰ‮٤١‬‬‬
Sodiq
So`ngra jazo yoki mukofoti to`liq berilur.[1]

[1] Ushbu zikr etilgan ma'nolar Muso alayhissalomning Tavrotlarida va Ibrohim alayhissalomning sahifalarida kelgandir.)
42
وَأَنَّ إِلَىٰ رَبِّكَ ٱلْمُنتَهَىٰ‮٤٢‬‬‬
Sodiq
Va, albatta, intiho Robbing huzuridadir.
43
وَأَنَّهُۥ هُوَ أَضْحَكَ وَأَبْكَىٰ‮٤٣‬‬‬
Sodiq
Va, albatta, kuldirgan ham O`zi, yig`latgan ham O`zidir.
44
وَأَنَّهُۥ هُوَ أَمَاتَ وَأَحْيَا‮٤٤‬‬‬
Sodiq
Albatta, o`ldirgan ham O`zi, tiriltirgan ham O`zi.
45
وَأَنَّهُۥ خَلَقَ ٱلزَّوْجَيْنِ ٱلذَّكَرَ وَٱلْأُنثَىٰ‮٤٥‬‬‬
Sodiq
Albatta, ikki juftni — erkak va ayolni yaratgan ham O`zi.
46
مِن نُّطْفَةٍ إِذَا تُمْنَىٰ‮٤٦‬‬‬
Sodiq
Otilib chiqqan nutfadan.
47
وَأَنَّ عَلَيْهِ ٱلنَّشْأَةَ ٱلْأُخْرَىٰ‮٤٧‬‬‬
Sodiq
Va, albatta, keyingi paydo qilish zimmasidagi zot ham O`zi.
48
وَأَنَّهُۥ هُوَ أَغْنَىٰ وَأَقْنَىٰ‮٤٨‬‬‬
Sodiq
Va, albatta, behojat qilgan ham O`zi, badavlat qilgan ham O`zi.
49
وَأَنَّهُۥ هُوَ رَبُّ ٱلشِّعْرَىٰ‮٤٩‬‬‬
Sodiq
Va, albatta She'roning robbisi ham Uning O`zi.
50
وَأَنَّهُۥٓ أَهْلَكَ عَادًا ٱلْأُولَىٰ‮٥٠‬‬‬
Sodiq
Va, albatta, birinchi Odni halok qilgan ham O`zi.
51
وَثَمُودَاْ فَمَآ أَبْقَىٰ‮٥١‬‬‬
Sodiq
Va Samudni boqiy qoldirmagan ham O`zi.
52
وَقَوْمَ نُوحٍ مِّن قَبْلُ ​ۖ إِنَّهُمْ كَانُواْ هُمْ أَظْلَمَ وَأَطْغَىٰ‮٥٢‬‬‬
Sodiq
Va bundan oldin Nuh qavmini (halok qilgan ham O`zi). Chunki, ular o`ta zolim va o`ta tug`yonga ketgan edilar.
53
وَٱلْمُؤْتَفِكَةَ أَهْوَىٰ‮٥٣‬‬‬
Sodiq
Va to`ntarilganni qulatgan (ham O`zi).
54
فَغَشَّىٰهَا مَا غَشَّىٰ‮٥٤‬‬‬
Sodiq
Bas, uni o`ragan narsa o`rab oldi.
55
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكَ تَتَمَارَىٰ‮٥٥‬‬‬
Sodiq
Shunday ekan, Robbingning qaysi ne'matlariga shak keltirasan?
56
هَٰذَا نَذِيرٌ مِّنَ ٱلنُّذُرِ ٱلْأُولَىٰٓ‮٥٦‬‬‬
Sodiq
Bu, avvalgi ogohlantiruvchilar kabi bir ogohlantiruvchidir.[1]

[1] Ogoh bo`linglar avvalgi ogohlantiruvchilarga dushman bo`lganlarning kuni sizlarning boshingizga tushib qolmasin!)
57
أَزِفَتِ ٱلْـَٔازِفَةُ‮٥٧‬‬‬
Sodiq
Yaqinlashuvchi yaqinlashdi.
58
لَيْسَ لَهَا مِن دُونِ ٱللَّهِ كَاشِفَةٌ‮٥٨‬‬‬
Sodiq
Uni Allohdan boshqa kashf qiluvchi yo`q.
59
أَفَمِنْ هَٰذَا ٱلْحَدِيثِ تَعْجَبُونَ‮٥٩‬‬‬
Sodiq
Bu so`zdan sizlar ajablanasizlarmi?
60
وَتَضْحَكُونَ وَلَا تَبْكُونَ‮٦٠‬‬‬
Sodiq
Va kulasizlar-u, yig`lamaysizlarmi?
61
وَأَنتُمْ سَٰمِدُونَ‮٦١‬‬‬
Sodiq
Va holbuki, sizlar beparvosizlar.
62
فَٱسْجُدُواْ لِلَّهِ وَٱعْبُدُواْ ۩‮٦٢‬‬‬
Sodiq
Bas, Allohga sajda qilinglar va ibodat qilinglar.