Sura 56
Voqia
m
Voqea
96 oyat |
Makka |
Sura 56 • Oyat 1 / 96 • Juz 276⁄8 • Sahifa 534
Voqia
2
1
۞ إِذَا وَقَعَتِ ٱلْوَاقِعَةُ١
Sodiq
Voqi'a voqe' bo`lganda.
2
لَيْسَ لِوَقْعَتِهَا كَاذِبَةٌ٢
Sodiq
Uning voqe' bo`lishini yolg`onga chiqaruvchi (jon) yo`qdir.
3
خَافِضَةٌ رَّافِعَةٌ٣
Sodiq
U, ham pastlatuvchi, ham ko`taruvchidir.
4
إِذَا رُجَّتِ ٱلْأَرْضُ رَجًّا٤
Sodiq
Qachonki, yer qattiq larzaga keltirilganda.
5
وَبُسَّتِ ٱلْجِبَالُ بَسًّا٥
Sodiq
Va tog`lar maydalanib titilganda.
6
فَكَانَتْ هَبَآءً مُّنۢبَثًّا٦
Sodiq
Bas, tarqalgan chang-to`zonga aylanganda.
7
وَكُنتُمْ أَزْوَٰجًا ثَلَٰثَةً٧
Sodiq
Va siz uch toifa bo`lganingizda.
8
فَأَصْحَٰبُ ٱلْمَيْمَنَةِ مَآ أَصْحَٰبُ ٱلْمَيْمَنَةِ٨
Sodiq
O`ng taraf egalari. O`ng taraf egalari ne(saodatlilar)dir?!
9
وَأَصْحَٰبُ ٱلْمَشْـَٔمَةِ مَآ أَصْحَٰبُ ٱلْمَشْـَٔمَةِ٩
Sodiq
Va chap taraf egalari. Chap taraf egalari ne(badbaxtlar)dir?!
10
وَٱلسَّٰبِقُونَ ٱلسَّٰبِقُونَ١٠
Sodiq
Va peshqadamlar, peshqadamlar.
11
أُوْلَٰٓئِكَ ٱلْمُقَرَّبُونَ١١
Sodiq
Ular (Allohga) yaqin bo`lganlar.
12
فِى جَنَّٰتِ ٱلنَّعِيمِ١٢
Sodiq
Serne'mat jannatlardadirlar.
13
ثُلَّةٌ مِّنَ ٱلْأَوَّلِينَ١٣
Sodiq
Avvalgilardan ko`pchilik.
14
وَقَلِيلٌ مِّنَ ٱلْـَٔاخِرِينَ١٤
Sodiq
Va oxirgilardan ozchilik.
15
عَلَىٰ سُرُرٍ مَّوْضُونَةٍ١٥
Sodiq
To`qima so`rilardadirlar.
16
مُّتَّكِـِٔينَ عَلَيْهَا مُتَقَٰبِلِينَ١٦
Sodiq
Bir-birlariga ro`baro` bo`lib yonboshlagan holdadirlar.[1]
[1] Ya'ni, peshqadamlar jannat duru-yoqutlarni aralash qilib to`qilgan so`rilarda bir-birlariga qarab, yonboshlab-yastanib rohatlanishar ekan.)
17
يَطُوفُ عَلَيْهِمْ وِلْدَٰنٌ مُّخَلَّدُونَ١٧
Sodiq
Atroflarida mangu yosh yigitlar aylanib yururlar.
18
بِأَكْوَابٍ وَأَبَارِيقَ وَكَأْسٍ مِّن مَّعِينٍ١٨
Sodiq
Oqar chashma mayi to`latilgan qadahlar, ko`zalar va kosalar bilan.
19
لَّا يُصَدَّعُونَ عَنْهَا وَلَا يُنزِفُونَ١٩
Sodiq
Undan bosh og`rig`i ham, mast ham bo`lmaslar.
20
وَفَٰكِهَةٍ مِّمَّا يَتَخَيَّرُونَ٢٠
Sodiq
Va xohlagan mevalarini olib.
21
وَلَحْمِ طَيْرٍ مِّمَّا يَشْتَهُونَ٢١
Sodiq
Ishtahalari tusagan qush go`shtini olib (aylanib yurarlar).
22
وَحُورٌ عِينٌ٢٢
Sodiq
Yana, ko`zi go`zal hurlar bor.
23
كَأَمْثَٰلِ ٱللُّؤْلُؤِ ٱلْمَكْنُونِ٢٣
Sodiq
Misoli yashirilgan dur kabi.
24
جَزَآءًۢ بِمَا كَانُواْ يَعْمَلُونَ٢٤
Sodiq
Bular — qilib yurgan amallarning mukofotidur.
25
لَا يَسْمَعُونَ فِيهَا لَغْوًا وَلَا تَأْثِيمًا٢٥
Sodiq
Ular u(Jannat)da behuda, gunoh(so`z)larni eshitmaslar.
26
إِلَّا قِيلًا سَلَٰمًا سَلَٰمًا٢٦
Sodiq
Magar «Salom, salom» deyilganini (eshitarlar).[1]
[1] Bir-birlariga salom beradilar, ularga farishtalar ham salom beradilar. Allohning salomi ham yetkazib turiladi.)
27
وَأَصْحَٰبُ ٱلْيَمِينِ مَآ أَصْحَٰبُ ٱلْيَمِينِ٢٧
Sodiq
O`ng taraf egalari. O`ng taraf egalari nedir?!
28
فِى سِدْرٍ مَّخْضُودٍ٢٨
Sodiq
Ular tikonsiz sidrzorlardadirlar.[1]
[1] Sidr-xushbo`y hidli buta bo`lib, arablar uni hidi uchun yaxshi ko`rar ekanlar. Ammo tikani juda ko`p bo`larkan.)
29
وَطَلْحٍ مَّنضُودٍ٢٩
Sodiq
Sermeva bananzorlardadirlar.
30
وَظِلٍّ مَّمْدُودٍ٣٠
Sodiq
Va yoyilgan soyalardadirlar.
31
وَمَآءٍ مَّسْكُوبٍ٣١
Sodiq
Oqar suvlardadirlar.
32
وَفَٰكِهَةٍ كَثِيرَةٍ٣٢
Sodiq
Serob mevalardadirlar.
33
لَّا مَقْطُوعَةٍ وَلَا مَمْنُوعَةٍ٣٣
Sodiq
Tugamaydigan va man qilinmaydigan.
34
وَفُرُشٍ مَّرْفُوعَةٍ٣٤
Sodiq
Ko`tarilgan ko`rpachalardadirlar.
35
إِنَّآ أَنشَأْنَٰهُنَّ إِنشَآءً٣٥
Sodiq
Albatta, Biz u(hur)larni daf'atan, xos qilib, yaratdik.
36
فَجَعَلْنَٰهُنَّ أَبْكَارًا٣٦
Sodiq
Bas, ularni bokira qizlar qilib qo`ydik.
37
عُرُبًا أَتْرَابًا٣٧
Sodiq
Bir xildagi tengdosh mahbubalar.
38
لِّأَصْحَٰبِ ٱلْيَمِينِ٣٨
Sodiq
O`ng taraf egalari uchun.
39
ثُلَّةٌ مِّنَ ٱلْأَوَّلِينَ٣٩
Sodiq
Ular avvalgilardan ko`pgina jamoatlardir.
40
وَثُلَّةٌ مِّنَ ٱلْـَٔاخِرِينَ٤٠
Sodiq
Keyingilardan ham ko`pgina jamoatlardir.
41
وَأَصْحَٰبُ ٱلشِّمَالِ مَآ أَصْحَٰبُ ٱلشِّمَالِ٤١
Sodiq
Va chap taraf egalari. Chap taraf egalari ne(badbaxtlar)dir?!
42
فِى سَمُومٍ وَحَمِيمٍ٤٢
Sodiq
Ular o`t shamol va qaynoq suvdadirlar.
43
وَظِلٍّ مِّن يَحْمُومٍ٤٣
Sodiq
Qop-qora tutun soyasidadirlar.
44
لَّا بَارِدٍ وَلَا كَرِيمٍ٤٤
Sodiq
Na salqin emas va na foydali.
45
إِنَّهُمْ كَانُواْ قَبْلَ ذَٰلِكَ مُتْرَفِينَ٤٥
Sodiq
Albatta, ular bundan oldin hoyi-havasga berilganlardan edilar.
46
وَكَانُواْ يُصِرُّونَ عَلَى ٱلْحِنثِ ٱلْعَظِيمِ٤٦
Sodiq
Va katta gunoh ishlarni mudom qilib kelgan edilar.
47
وَكَانُواْ يَقُولُونَ أَئِذَا مِتْنَا وَكُنَّا تُرَابًا وَعِظَٰمًا أَءِنَّا لَمَبْعُوثُونَ٤٧
Sodiq
Va: «Biz o`lib, tuproq va suyak bo`lsak ham, qayta tiriltirilamizmi?
48
أَوَءَابَآؤُنَا ٱلْأَوَّلُونَ٤٨
Sodiq
Avval o`tgan otalarimiz ham-a?!» – der edilar.
49
قُلْ إِنَّ ٱلْأَوَّلِينَ وَٱلْـَٔاخِرِينَ٤٩
Sodiq
Aytgil: «Albatta, avvalgilar va oxirgilar.
50
لَمَجْمُوعُونَ إِلَىٰ مِيقَٰتِ يَوْمٍ مَّعْلُومٍ٥٠
Sodiq
Ma'lum kuni, belgilangan vaqtda, albatta, to`planuvchidirlar».
51
ثُمَّ إِنَّكُمْ أَيُّهَا ٱلضَّآلُّونَ ٱلْمُكَذِّبُونَ٥١
Sodiq
So`ngra, siz, ey adashganlar, yolg`onga chiqaruvchilar.
52
لَـَٔاكِلُونَ مِن شَجَرٍ مِّن زَقُّومٍ٥٢
Sodiq
Albatta, zaqqum daraxtidan yeyuvchisizlar.
53
فَمَالِـُٔونَ مِنْهَا ٱلْبُطُونَ٥٣
Sodiq
Bas, undan qorinlarni to`ldiruvchisizlar.
54
فَشَٰرِبُونَ عَلَيْهِ مِنَ ٱلْحَمِيمِ٥٤
Sodiq
Bas, ustidan o`ta qaynoq suvdan ichuvchisizlar.
55
فَشَٰرِبُونَ شُرْبَ ٱلْهِيمِ٥٥
Sodiq
Bas, chanqoq tuyadek ichuvchisizlar.
56
هَٰذَا نُزُلُهُمْ يَوْمَ ٱلدِّينِ٥٦
Sodiq
Ularning qiyomat kunidagi ziyofatlari mana shu!!!
57
نَحْنُ خَلَقْنَٰكُمْ فَلَوْلَا تُصَدِّقُونَ٥٧
Sodiq
Biz sizlarni yaratganmiz, ishonsalaring-chi!
58
أَفَرَءَيْتُم مَّا تُمْنُونَ٥٨
Sodiq
O`zingiz chiqaradigan maniyni o`ylab ko`ring-a!
59
ءَأَنتُمْ تَخْلُقُونَهُۥٓ أَمْ نَحْنُ ٱلْخَٰلِقُونَ٥٩
Sodiq
Uni sizlar yaratasizmi yoki Biz yaratuvchimizmi?!
60
نَحْنُ قَدَّرْنَا بَيْنَكُمُ ٱلْمَوْتَ وَمَا نَحْنُ بِمَسْبُوقِينَ٦٠
Sodiq
Orangizdagi o`limni Biz belgilaganmiz va Biz ojiz emasmiz.
61
عَلَىٰٓ أَن نُّبَدِّلَ أَمْثَٰلَكُمْ وَنُنشِئَكُمْ فِى مَا لَا تَعْلَمُونَ٦١
Sodiq
Sizning o`rningizga sizga o`xshashlarni almashtirishdan va sizlarni o`zingiz bilmaydigan holda yaratishdan.
62
وَلَقَدْ عَلِمْتُمُ ٱلنَّشْأَةَ ٱلْأُولَىٰ فَلَوْلَا تَذَكَّرُونَ٦٢
Sodiq
Va darhaqiqat, avvalgi yaratilishni bildingiz-ku, eslasalaringiz-chi!
63
أَفَرَءَيْتُم مَّا تَحْرُثُونَ٦٣
Sodiq
O`zingiz ekayotgan narsani o`ylab ko`ring-a!
64
ءَأَنتُمْ تَزْرَعُونَهُۥٓ أَمْ نَحْنُ ٱلزَّٰرِعُونَ٦٤
Sodiq
Uni siz undirasizmi yoki Biz undiruvchimizmi?
65
لَوْ نَشَآءُ لَجَعَلْنَٰهُ حُطَٰمًا فَظَلْتُمْ تَفَكَّهُونَ٦٥
Sodiq
Agar xohlasak, Biz uni quruq cho`pga aylantirib qo`yamiz. Sizlar esa, nadomatda ajablanib:
66
إِنَّا لَمُغْرَمُونَ٦٦
Sodiq
«Albatta, biz ziyon ko`rganlarmiz.
67
بَلْ نَحْنُ مَحْرُومُونَ٦٧
Sodiq
Balki, mahrum bo`lganlarmiz, (deysizlar).
68
أَفَرَءَيْتُمُ ٱلْمَآءَ ٱلَّذِى تَشْرَبُونَ٦٨
Sodiq
O`zingiz ichadigan suvni o`ylab ko`ring-a!
69
ءَأَنتُمْ أَنزَلْتُمُوهُ مِنَ ٱلْمُزْنِ أَمْ نَحْنُ ٱلْمُنزِلُونَ٦٩
Sodiq
Uni bulutlardan siz tushirasizmi yoki Biz tushiruvchimizmi?
70
لَوْ نَشَآءُ جَعَلْنَٰهُ أُجَاجًا فَلَوْلَا تَشْكُرُونَ٧٠
Sodiq
Agar xohlasak, Biz uni sho`r qilib qo`yamiz. Shukr qilsangiz-chi!
71
أَفَرَءَيْتُمُ ٱلنَّارَ ٱلَّتِى تُورُونَ٧١
Sodiq
O`zingiz yoqadigan olovni o`ylab ko`ring-a!
72
ءَأَنتُمْ أَنشَأْتُمْ شَجَرَتَهَآ أَمْ نَحْنُ ٱلْمُنشِـُٔونَ٧٢
Sodiq
Uning daraxtini siz yaratgansizmi yoki Biz yaratuvchimizmi?
73
نَحْنُ جَعَلْنَٰهَا تَذْكِرَةً وَمَتَٰعًا لِّلْمُقْوِينَ٧٣
Sodiq
Biz u(olov)ni eslatma va yo`lovchilar uchun manfaat qilib qo`ydik.
74
فَسَبِّحْ بِٱسْمِ رَبِّكَ ٱلْعَظِيمِ٧٤
Sodiq
Bas, ulug` Robbing ismini poklab yod et![1]
[1] Mazkur ne'matlarning egasini tanigan inson Ulug` Alloh taologa tasbih aytib, ibodat qilishga o`tadi.)
75
۞فَلَآ أُقْسِمُ بِمَوَٰقِعِ ٱلنُّجُومِ٧٥
Sodiq
Yulduzlarning manzillari bilan qasam ichaman.[1]
[1] «Joylari» deganimiz — uning o`rnashgan, chiqish va botish joylari — burjlaridir.)
76
وَإِنَّهُۥ لَقَسَمٌ لَّوْ تَعْلَمُونَ عَظِيمٌ٧٦
Sodiq
Albatta, agar bilsangiz, bu ulug` qasamdir.[1]
[1] Bu oyati karima o`n to`rt asrdan ko`proq muqaddam nozil bo`lganligi hammaga ma'lum. O`sha paytda odamlar yulduzlar haqida sodda tushunchaga ega edilar, ularning hajmi, soni, harakati haqida deyarli hech narsa bilmas edilar. Falakiyot ilmi rivojlanib, ular vositasida ochilgan juda ko`plab kulliyotlar Qur'on oyatlarining ulug`ligini tasdiqladi.)
77
إِنَّهُۥ لَقُرْءَانٌ كَرِيمٌ٧٧
Sodiq
Albatta, u Qur'oni Karimdir.
78
فِى كِتَٰبٍ مَّكْنُونٍ٧٨
Sodiq
U Saqlangan kitobdadir.
79
لَّا يَمَسُّهُۥٓ إِلَّا ٱلْمُطَهَّرُونَ٧٩
Sodiq
Uni faqat poklanganlargina ushlaydir.
80
تَنزِيلٌ مِّن رَّبِّ ٱلْعَٰلَمِينَ٨٠
Sodiq
U, olamlarning Robbisidan tushirilgandir.
81
أَفَبِهَٰذَا ٱلْحَدِيثِ أَنتُم مُّدْهِنُونَ٨١
Sodiq
Bas, sizlar mana shu so`zga beparvolik qilasizlarmi?
82
وَتَجْعَلُونَ رِزْقَكُمْ أَنَّكُمْ تُكَذِّبُونَ٨٢
Sodiq
Va yolg`onga chiqarishni rizq qilib olasizlarmi?[1]
[1] Ya'ni, iymon keltirish lozim bo`lgan narsalarga ishonmaslikni o`z nasibangiz qilib olasizlarmi?)
83
فَلَوْلَآ إِذَا بَلَغَتِ ٱلْحُلْقُومَ٨٣
Sodiq
Joningiz halqumga kelib qolsa-chi?
84
وَأَنتُمْ حِينَئِذٍ تَنظُرُونَ٨٤
Sodiq
Holbuki, o`sha vaqtda o`zlaringiz qarab turgan bo`lasizlar.
85
وَنَحْنُ أَقْرَبُ إِلَيْهِ مِنكُمْ وَلَٰكِن لَّا تُبْصِرُونَ٨٥
Sodiq
Biz esa, sizdan ko`ra unga yaqinmiz, ammo sizlar ko`rmaysizlar.[1]
[1] Ya'ni, Allohning O`z bandasiga qanchalar yaqinligini anglamaysizlar. O`layotgan odamga Alloh taolo uning ustida turgan qarindoshidan ko`ra yaqinroq bo`ladi.)
86
فَلَوْلَآ إِن كُنتُمْ غَيْرَ مَدِينِينَ٨٦
Sodiq
Agar siz hisob bermaydigan bo`lsangiz.
87
تَرْجِعُونَهَآ إِن كُنتُمْ صَٰدِقِينَ٨٧
Sodiq
U(jon)ni o`rniga qaytaring-chi, agar gaplaringiz rost bo`lsa.
88
فَأَمَّآ إِن كَانَ مِنَ ٱلْمُقَرَّبِينَ٨٨
Sodiq
Agar yaqinlashtirilganlardan bo`lsa.
89
فَرَوْحٌ وَرَيْحَانٌ وَجَنَّتُ نَعِيمٍ٨٩
Sodiq
Rohatda, farog`atda va serne'mat jannatdadir.
90
وَأَمَّآ إِن كَانَ مِنْ أَصْحَٰبِ ٱلْيَمِينِ٩٠
Sodiq
Agar o`ng taraf egalaridan bo`lsa.
91
فَسَلَٰمٌ لَّكَ مِنْ أَصْحَٰبِ ٱلْيَمِينِ٩١
Sodiq
Bas, senga o`ng taraf egalaridan Salom bo`lsin, (deyilur).
92
وَأَمَّآ إِن كَانَ مِنَ ٱلْمُكَذِّبِينَ ٱلضَّآلِّينَ٩٢
Sodiq
Va agar yolg`onga chiqaruvchi gumrohlardan bo`lsa.
93
فَنُزُلٌ مِّنْ حَمِيمٍ٩٣
Sodiq
Bas, o`ta qaynoq suvdan ziyofat.
94
وَتَصْلِيَةُ جَحِيمٍ٩٤
Sodiq
Va do`zaxga kirishdir.
95
إِنَّ هَٰذَا لَهُوَ حَقُّ ٱلْيَقِينِ٩٥
Sodiq
Albatta, ushbu, ta'kidki, ochiq-oydin haqiqatdir.
96
فَسَبِّحْ بِٱسْمِ رَبِّكَ ٱلْعَظِيمِ٩٦
Sodiq
Bas, ulug` Robbing ismini poklab yod et!