Sura 69
Hoqqa
C
Aniq voqea
52 oyat |
Makka |
Sura 69 • Oyat 1 / 52 • Juz 293⁄8 • Sahifa 566
Hoqqa
2
1
۞ ٱلْحَآقَّةُ١
Sodiq
Al-Haaqqoh.
2
مَا ٱلْحَآقَّةُ٢
Sodiq
Al-Haaqqoh nima o`zi?!
3
وَمَآ أَدْرَىٰكَ مَا ٱلْحَآقَّةُ٣
Sodiq
Al-Haaqqoh nimaligini senga nima bildirdi?!
4
كَذَّبَتْ ثَمُودُ وَعَادُۢ بِٱلْقَارِعَةِ٤
Sodiq
Samud va Od qori'ani yolg`onga chiqarishdi.[1]
[1] «Qori'a» ham qiyomatning nomlaridan biri, shiddat bilan eshik qoqib keluvchi ma'nosini anglatadi.)
5
فَأَمَّا ثَمُودُ فَأُهْلِكُواْ بِٱلطَّاغِيَةِ٥
Sodiq
Bas, ammo Samud haddan oshuvchi bilan halok qilindi.[1]
[1] «Haddan oshuvchi»dan murod qattiq chaqmoqdir.)
6
وَأَمَّا عَادٌ فَأُهْلِكُواْ بِرِيحٍ صَرْصَرٍ عَاتِيَةٍ٦
Sodiq
Va ammo Od qattiq (sovuq) shamol bilan halok qilindilar.
7
سَخَّرَهَا عَلَيْهِمْ سَبْعَ لَيَالٍ وَثَمَٰنِيَةَ أَيَّامٍ حُسُومًا فَتَرَى ٱلْقَوْمَ فِيهَا صَرْعَىٰ كَأَنَّهُمْ أَعْجَازُ نَخْلٍ خَاوِيَةٍ٧
Sodiq
U zot ularning ustidan bu shamolni yetti kechayu sakkiz kunduz «beminnat xizmat» qildirib qo`ydi. Bas, qavmning u yerda halok bo`lib, ag`darilib yotganini ko`rasan. Ular xuddi xurmoning chirigan tomirlariga o`xsharlar.
8
فَهَلْ تَرَىٰ لَهُم مِّنۢ بَاقِيَةٍ٨
Sodiq
Bas, sen ulardan birortasining boqiy qolganini ko`rasanmi?
9
وَجَآءَ فِرْعَوْنُ وَمَن قَبْلَهُۥ وَٱلْمُؤْتَفِكَٰتُ بِٱلْخَاطِئَةِ٩
Sodiq
Fir'avn, undan avvalgilar va to`ntarilganliklar xato qildilar.
10
فَعَصَوْاْ رَسُولَ رَبِّهِمْ فَأَخَذَهُمْ أَخْذَةً رَّابِيَةً١٠
Sodiq
Bas, ular Robbilarining Rasuliga osiy bo`ldilar. Darhaqiqat, U zot ularni qattiq tutishlik bilan tutdi.
11
إِنَّا لَمَّا طَغَا ٱلْمَآءُ حَمَلْنَٰكُمْ فِى ٱلْجَارِيَةِ١١
Sodiq
Albatta, Biz suv tug`yonga kelgan paytda sizlarni kemada ko`targanmiz.
12
لِنَجْعَلَهَا لَكُمْ تَذْكِرَةً وَتَعِيَهَآ أُذُنٌ وَٰعِيَةٌ١٢
Sodiq
Uni sizlarga eslatma qilish uchun va anglovchi quloqlar anglab olishi uchun.[1]
[1] Bo`lib o`tgan qissa va hodisalar hamma uchun o`rnak, eslatma, va'z-nasihat bo`lishi kerak.)
13
فَإِذَا نُفِخَ فِى ٱلصُّورِ نَفْخَةٌ وَٰحِدَةٌ١٣
Sodiq
Agar dudga birgina puflash-la puflansa...
14
وَحُمِلَتِ ٱلْأَرْضُ وَٱلْجِبَالُ فَدُكَّتَا دَكَّةً وَٰحِدَةً١٤
Sodiq
Va yeru tog`lar ko`tarilib, bir martagina silkitilsa...
15
فَيَوْمَئِذٍ وَقَعَتِ ٱلْوَاقِعَةُ١٥
Sodiq
Bas, o`sha kunda, Voqi'a voqe' bo`libdir.
16
وَٱنشَقَّتِ ٱلسَّمَآءُ فَهِىَ يَوْمَئِذٍ وَاهِيَةٌ١٦
Sodiq
Va osmon parchalansa, bas, o`sha kunda, u (osmon) beholdir.
17
وَٱلْمَلَكُ عَلَىٰٓ أَرْجَآئِهَا ۚ وَيَحْمِلُ عَرْشَ رَبِّكَ فَوْقَهُمْ يَوْمَئِذٍ ثَمَٰنِيَةٌ١٧
Sodiq
Va farishtalar uning atrofida va o`sha kunda Robbingning arshini sakkiztasi ko`tarib turadir.[1]
[1] Allohning arshini sakkizta yoki sakkiz turli farishtalar ko`tarib turadilar. Arsh o`zida izzat, sulton va moliklik ma'nolarini anglatadi. Bashariyat Arshning ismini biladi, uning haqiqatini Allohning O`zi biladi.)
18
يَوْمَئِذٍ تُعْرَضُونَ لَا تَخْفَىٰ مِنكُمْ خَافِيَةٌ١٨
Sodiq
Bas, o`sha kunda ko`rikdan o`tasizlar, birorta narsangiz maxfiy qolmaydir.
19
فَأَمَّا مَنْ أُوتِىَ كِتَٰبَهُۥ بِيَمِينِهِۦ فَيَقُولُ هَآؤُمُ ٱقْرَءُواْ كِتَٰبِيَهْ١٩
Sodiq
Bas, kimning kitobi o`ng tarafdan berilsa, u: «Mana, mening kitobimni o`qib ko`ringlar!
20
إِنِّى ظَنَنتُ أَنِّى مُلَٰقٍ حِسَابِيَهْ٢٠
Sodiq
Albatta, men hisob-kitobimga yo`liqishimga ishonardim», deydir.
21
فَهُوَ فِى عِيشَةٍ رَّاضِيَةٍ٢١
Sodiq
Bas, u rozilik hayotidadir.
22
فِى جَنَّةٍ عَالِيَةٍ٢٢
Sodiq
Oliy jannatdadir.
23
قُطُوفُهَا دَانِيَةٌ٢٣
Sodiq
Uning mevalari yaqindir.
24
كُلُواْ وَٱشْرَبُواْ هَنِيٓـًٔۢا بِمَآ أَسْلَفْتُمْ فِى ٱلْأَيَّامِ ٱلْخَالِيَةِ٢٤
Sodiq
O`tgan kunlarda qilgan narsalaringiz tufayli yenglar va ichinglar, osh bo`lsin.
25
وَأَمَّا مَنْ أُوتِىَ كِتَٰبَهُۥ بِشِمَالِهِۦ فَيَقُولُ يَٰلَيْتَنِى لَمْ أُوتَ كِتَٰبِيَهْ٢٥
Sodiq
Va ammo kimning kitobi chap tarafdan berilsa, u: «Voy sho`rim, koshki menga kitobim berilmasa edi.
26
وَلَمْ أَدْرِ مَا حِسَابِيَهْ٢٦
Sodiq
Va hisob-kitob qandoqligini bilmasam edim.
27
يَٰلَيْتَهَا كَانَتِ ٱلْقَاضِيَةَ٢٧
Sodiq
Qani endi, (bu dunyodagi o`lim) oxirgisi bo`lsa edi.
28
مَآ أَغْنَىٰ عَنِّى مَالِيَهْ ۜ٢٨
Sodiq
Molu mulkim meni saqlab qola olmadi.
29
هَلَكَ عَنِّى سُلْطَٰنِيَهْ٢٩
Sodiq
Mening sultonim ham halok bo`ldi», deydir.[1]
[1] Mulku sultonim, mansabu obro`yim, nasabu xasabim hamma hammasi halok bo`ldi.)
30
خُذُوهُ فَغُلُّوهُ٣٠
Sodiq
Tutinglar uni va kishanlanglar uni!!!
31
ثُمَّ ٱلْجَحِيمَ صَلُّوهُ٣١
Sodiq
So`ngra jahannamga solinglar uni!!!
32
ثُمَّ فِى سِلْسِلَةٍ ذَرْعُهَا سَبْعُونَ ذِرَاعًا فَٱسْلُكُوهُ٣٢
Sodiq
So`ngra yetmish qulochli zanjirga kiriting uni!!!
33
إِنَّهُۥ كَانَ لَا يُؤْمِنُ بِٱللَّهِ ٱلْعَظِيمِ٣٣
Sodiq
Chunki, u ulug` Allohga iymon keltirmagan edi.
34
وَلَا يَحُضُّ عَلَىٰ طَعَامِ ٱلْمِسْكِينِ٣٤
Sodiq
Va miskinlarga taom berishga qiziqtirmagan edi.[1]
[1] Miskinlarga taom berishga qiziqtirmaslik shunchalikka olib kelsa, imkoni bo`la turib ularga taom bermaslik qanchalik gunoh ekan — buni kitobxonning o`zi fahmlayversin.)
35
فَلَيْسَ لَهُ ٱلْيَوْمَ هَٰهُنَا حَمِيمٌ٣٥
Sodiq
Bas, bugungi kunda unga bu yerda biron chin do`st yo`q.
36
وَلَا طَعَامٌ إِلَّا مِنْ غِسْلِينٍ٣٦
Sodiq
Va g`isliyndan o`zga taom ham yo`q.
37
لَّا يَأْكُلُهُۥٓ إِلَّا ٱلْخَٰطِـُٔونَ٣٧
Sodiq
Uni xatokorlardan boshqa hech kim yemas.
38
فَلَآ أُقْسِمُ بِمَا تُبْصِرُونَ٣٨
Sodiq
Sizlar ko`rib turgan narsalar bilan qasam ichurman.
39
وَمَا لَا تُبْصِرُونَ٣٩
Sodiq
Va sizlar ko`rmaydigan narsalar bilan ham.
40
إِنَّهُۥ لَقَوْلُ رَسُولٍ كَرِيمٍ٤٠
Sodiq
Albatta u (Qur'on) karamli Rasulning so`zidir.[1]
[1] Qur'oni Karimni Payg`ambarimiz sollallohu alayhi va sallamga nisbat berilishi U zot sollallohu alayhi va sallam u kalomni tilovat qiluvchi va kishilarga yetkazuvchi ekanligidandir.)
41
وَمَا هُوَ بِقَوْلِ شَاعِرٍ ۚ قَلِيلًا مَّا تُؤْمِنُونَ٤١
Sodiq
Va u shoirning so`zi emas. Sizlar juda oz ishonasizlar.
42
وَلَا بِقَوْلِ كَاهِنٍ ۚ قَلِيلًا مَّا تَذَكَّرُونَ٤٢
Sodiq
Va u folbinning so`zi ham emas. Sizlar juda oz eslaysizlar.
43
تَنزِيلٌ مِّن رَّبِّ ٱلْعَٰلَمِينَ٤٣
Sodiq
U olamlar Robbisidan tushirilgandir.
44
وَلَوْ تَقَوَّلَ عَلَيْنَا بَعْضَ ٱلْأَقَاوِيلِ٤٤
Sodiq
Va agar u Bizning (nomimizdan) ba'zan yolg`on so`zlarni to`qisa.
45
لَأَخَذْنَا مِنْهُ بِٱلْيَمِينِ٤٥
Sodiq
Albatta, Biz uni qudrat bilan tutamiz.
46
ثُمَّ لَقَطَعْنَا مِنْهُ ٱلْوَتِينَ٤٦
Sodiq
So`ngra, albatta, uning shoh tomirini kesamiz.
47
فَمَا مِنكُم مِّنْ أَحَدٍ عَنْهُ حَٰجِزِينَ٤٧
Sodiq
Bas, sizlardan hech kim uni to`sib qola olmas.
48
وَإِنَّهُۥ لَتَذْكِرَةٌ لِّلْمُتَّقِينَ٤٨
Sodiq
Va albatta, u (Qur'on) taqvodorlar uchun eslatmadir.
49
وَإِنَّا لَنَعْلَمُ أَنَّ مِنكُم مُّكَذِّبِينَ٤٩
Sodiq
Va albatta, Biz sizlarning ichingizda yolg`onga chiqaruvchilar borligini bilib turamiz.
50
وَإِنَّهُۥ لَحَسْرَةٌ عَلَى ٱلْكَٰفِرِينَ٥٠
Sodiq
Va albatta, u (Qur'on) kofirlar uchun hasratdir.
51
وَإِنَّهُۥ لَحَقُّ ٱلْيَقِينِ٥١
Sodiq
Va albatta, u (Qur'on) shubhasiz haqiqatdir.
52
فَسَبِّحْ بِٱسْمِ رَبِّكَ ٱلْعَظِيمِ٥٢
Sodiq
Bas, ulug` Robbingning ismini poklab yod et.