Allohning go'zal ismlari

Al-Mubiyn

Ochiq-oydin, Bayon Qiluvchi

المُبِينُ

Al-Mubiyn (Ochiq-oydin, Bayon Qiluvchi) — mavjudligi ochiq-oydin bo’lgan va O’zini yaratilishda namoyon qiladigan, haqiqatni va bandalari muhtoj bo’lgan hamma narsani bayon qiladigan, hamma narsadan yuksak va O’zi yaratgan narsadan ajralgan Zot. Bu ism Allohning sharafi va qudratini hamda bizning Unga bo’lgan ta’riflab bo’lmas ehtiyojimizni ta’kidlaydi. U O’z ulug’ligi bilan faxrlanadi va uni yashirmaydi, O’z sifatlaridan uyalmaydi va ularni bayon qiladi, O’z ishlarini yashirmaydi va ularni bandalariga ko’rsatadi. Chunki Uning ismlari va sifatlari nuqsondan xoli va U eng yaxshi, eng to’liq va mukammal maqtovga loyiqdir.

Qur’onda zikr qilinishi: 1 marta.

Dalil: O’sha kunda Alloh ularning haq jazolarini to’liq berur va ular Allohning O’zi ochiq haq ekanini bilurlar. (Sura 24 «Nur», Oyat 25)