Al-Fattoh (Ochuvchi, Hukm Qiluvchi) — adolat bilan hukm qiladigan va to’g’ri qarorlar chiqaradigan, maxluqotlarning ahvolini yengillatadigan va ularni g’amdan xalos etadigan, maxluqotlar oldida O’z rahmati yoki azobiga eshik ochadigan Zot. U osmonlar va yerdagi barcha xazinalarning kalitlariga ega. U odamlar oldida muvaffaqiyat, boylik, ilm, kashfiyotlar va boshqa yutuqlarga eshik ochadi, toki ularni sinab, shu bilan O’z rejasini amalga oshirsin.
Qur’onda zikr qilinishi: 1 marta.
Dalil: Sen: «Robbimiz bizlarni jamlar, so’ngra haq ila oramizni ochiq qilur. U o’ta ochguvchi va o’ta bilguvchidir», deb ayt. (Sura 34 «Saba'», Oyat 26)