Al-Hakiym (Hakim) — ishlari, amrlari va qaytariqlari mukammal hikmatga to’la, qarorlar qabul qiladigan va hech kim bekor qila olmaydigan adolatli qonunlar o’rnatadigan, eng yaxshi tarzda rejalashtiradigan, yaratadigan va boshqaradigan Zot. Ibn al-Qayyim yozadi: «Al-Hakiym — o’zida yaxshilik bo’lgan narsaga amr qiladigan va o’zida yomonlik bo’lgan narsadan qaytaradigan Zot; U aytgan narsa — rost, U qilgan narsa — to’g’ri va U xohlagan narsa boshqasidan yaxshiroq. Bunday kamolot Allohdan boshqa hech kimga xos emas».
Qur’onda zikr qilinishi: 91 marta.
Dalil: Qaysiki Payg’ambarni yuborgan bo’lsak, bayon qilib berishi uchun, o’z qavmi tili ila yuborganmiz. Bas, Alloh kimni xohlasa, zalolatga ketkazadi, kimni xohlasa, hidoyatga soladir. U Aziyz va hikmatli Zotdir. (Sura 14 «Ibrohim», Oyat 4)