Allohning go'zal ismlari

Al-Mujiyb

Ijobat Qiluvchi

المُجِيبُ

Al-Mujiyb (Ijobat Qiluvchi) — bandalari Unga iltijo qilganda ularning duolariga javob beradigan, ular Unga ibodat qilganda namozlari va qurbonliklarini qabul qiladigan, ularning istaklarini qondiradigan va intilgan narsalariga erishishlarini osonlashtiradigan Zot.

Qur’onda zikr qilinishi: 2 marta.

Dalil: Va Samudga birodarlari Solihni (yubordik). U: «Ey qavmim, Allohga ibodat qiling. Siz uchun Undan o’zga iloh yo’q. U sizlarni yerdan paydo qildi va unga sizni obodligi uchun qo’ydi. Bas, Unga istig’for ayting, so’ngra Unga tavba qiling. Albatta, Robbim yaqin va ijobat qilguvchidir», dedi. (Sura 11 «Hud», Oyat 61)