Allohning go'zal ismlari

As-Samiy'

Eshituvchi

السَّمِیعُ

As-Samiy’ (Eshituvchi) — osmonlar va yerdagi har qanday ovozni eshitadigan, barcha maxluqotlarining ovozlarini farqlaydigan va ularning har qanday tilda aytganini tushunadigan, duolariga quloq solib, ularga javob beradigan Zot. U baland, pichirlab yoki ichida aytilgan narsani ham, okean tubida shovqin qilayotganini ham, yulduzlar ichida qaynayotganini ham, odamlarning qalbida harakatlanayotganini ham bir xil eshitadi.

Qur’onda zikr qilinishi: 45 marta.

Dalil: U, osmonlaru yerni yo’qdan bor qilguvchi Zotdir. U, sizlarga o’z jinsingizdan juftlar yaratdi. Chorva hayvonlarini ham juft qilib yaratdi. U zot sizni o’sha (juftlik) asosida ko’paytirur. U zotga o’xshash hech narsa yo’qdir. U zot o’ta eshitguvchi, o’ta ko’rguvchi Zotdir. (Sura 42 «Shuro», Oyat 11)