Allohning go'zal ismlari

Al-Basiyr

Ko'ruvchi

البَصِیرُ

Al-Basiyr (Ko’ruvchi) — yashirin va oshkora, katta va kichik, harakatlanuvchi va harakatsiz hamma narsani ko’radigan, osmonlar va yerdagi butun mavjudotni va sodir bo’layotgan hamma narsani O’z nazari bilan qamrab oladigan, maxluqotlarning o’tmishi, hozirgisi va kelajagini ko’radigan Zot. Allohning ko’rishi maxluqotlarning ko’rishiga o’xshamaydi, u mukammal va mutlaq, Uning nazaridan yashirin yoki U uchun yetib bo’lmaydigan hech narsa yo’q. Na rang, na o’lcham, na masofa, na yorug’lik Uning nazari uchun hech qanday ahamiyatga ega emas. U barcha tirik va jonsiz narsalarning shakli va mohiyatini ko’radi va maxluqotlar ichida sodir bo’layotgan hamma narsa U uchun ular bilan sodir bo’layotgan narsa kabi ochiq-oydindir.

Qur’onda zikr qilinishi: 42 marta.

Dalil: Agar Alloh bandalariga rizqni keng qilib qo’ysa, albatta, ular yer yuzida haddan oshib keturlar, lekin U O’zi xohlaganiga o’lchov bilan tushiradi. Albatta, u O’z bandalaridan o’ta xabardor va ularni o’ta ko’ruvchidir. (Sura 42 «Shuro», Oyat 27)