Allohning go'zal ismlari

At-Tavvob

Tavbalarni Qabul Qiluvchi

التَّوَّابُ

At-Tavvob (Tavbalarni Qabul Qiluvchi) — gunoh qilgan bandalarini qayta-qayta tavbaga keltiradigan va so’ngra ularni kechiradigan, bandalarini mahrumlik bilan sinagandan keyin ularga qayta-qayta ne’matlar beradigan Zot. Ar-Roziy yozadi: «U ularni madadsiz qoldirgandan keyin yordam beradi, mahrum qilgandan keyin beradi, biror narsada cheklagandan keyin yengillatadi, qo’rqitgandan keyin kechiradi, ularni turli balolardan xalos etadi va turli rahmatlar yuboradi. U g’amni quvonchga almashtiradi, gunohkorlarning tavbasini qabul qiladi va g’amginlarni musibatlardan xalos etadi».

Qur’onda zikr qilinishi: 11 marta.

Dalil: Ey, iymon keltirganlar! Ko’p gumonlardan chetda bo’linglar, chunki ba’zi gumonlar gunohdir. Josuslik qilmanglar. Ba’zilaringiz ba’zilaringizni g’iybat qilmanglar. Sizlardan birortalaringiz o’zining o’lgan birodarining go’shtini yeyishni yaxshi ko’rurmi? Ha, yomon ko’rasizlar. Allohdan qo’rqinglar! Albatta, Alloh tavbani ko’p qabul qiluvchi va rahimlidir. (Sura 49 «Hujurot», Oyat 12)