Allohning go'zal ismlari

Al-Javvod

Saxiy

الجَوَّادُ

Al-Javvod (Saxiy) — mutlaq borliqqa, mukammal sifatlarga va eng go’zal ismlarga ega, O’z saxovati bilan barcha maxluqotlarni qamrab oladigan, ularga ko’rinadigan va ko’rinmaydigan ne’matlarni ortig’i bilan beradigan, ularga O’z rahmatini mo’l-ko’l to’kadigan, yaxshiliklari to’xtamaydigan, xazinalari tugamaydigan, saxovati barcha ishlari va amrlarida namoyon bo’lgan Zot.

Bu ism Qur’onda zikr qilinmagan, Sunnatda uchraydi.

Dalil: Payg’ambar (unga Allohning salovoti va salomi bo’lsin) aytdi: Alloh saxiydir va saxiylikni yaxshi ko’radi. (Termiziy)