Al-Vitr (Bir, Yagona) — O’zining zoti, hukmronligi, ilohiyligi va mukammal sifatlarga ega bo’lishida Yagona, zoti tengsiz va bo’linmas bo’lgan Yagona. Bu ism shuni bildiradiki, agar Alloh boshqa birov tavsiflanishi mumkin bo’lgan sifat bilan tavsiflansa, Unga nisbatan u alohida, farqli ma’noga ega bo’ladi.
Bu ism Qur’onda zikr qilinmagan, Sunnatda uchraydi.
Dalil: Payg’ambar (unga Allohning salovoti va salomi bo’lsin) aytdi: Alloh yagonadir (Vitr) va toqni yaxshi ko’radi. (Muslim)